Bajardi : Temirov T. Tekshirdi: Yuldashev SH. Investitsiya Haqida Tushuncha - Investitsiya 1 (lot. investio - 0' rash) - iqtisodiyotni rivojlalltirish maqsadida o'z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, ill110vatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo 'yish) dir. An'anaviy tarzda invcstitsiya deganda kelgusida ko'zda tutilgan daromadlami olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalami amalga oshirish tushuniladi. Investitsiya mohiyatini tavsiflashdagi bunday yondashuvga milliy, shu bilan birga, xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda birlamchi e'tibor beriladi. «Investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlaming individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo'naltirilgan qo'yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig'indisi tushuniladi»
Investitsiyalarni turli mezonlar bo‘yicha tasniflanishi - Tashkiliy shakllari bo‘yicha .
- Investitsiya loyihasi (investitsiya faoliyatining aniq obyekti mavjudligi va investitsiyani odatda bir shak-lining amalga oshirishi); xo‘jalik yurituvchi subyekt-ning investitsiya portfeli (bir investorda investit-siyaning bir necha shakllari mavjud)
- Investitsiya faoliyati obyektlari bo‘yicha .
- Moddiy va nomoddiy aktivlarda asosiy vositalarni yaratish va ko‘paytirish uchun uzoq muddatli real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar); aylanma mablag‘larga qisqa muddatli investitsiyalar (tovar-moddiy zaxiralar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar); davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarga moliyaviy investitsiyalar
- Investitsiya resurslariga mulkchilik shakllari .
- Xususiy; Davlat; Xorijiy; Hamkorlikda.
- Ishonchlilik darajasiga ko‘ra .
- Nisbatan ishonchli; Riskli (innovatsiyalarda)
Do'stlaringiz bilan baham: |