Investitsiya Faoliyati va Investitsiya Fondlari


Investitsiyalarni turli mezonlar bo‘yicha tasniflanishi


Download 1.05 Mb.
bet2/3
Sana02.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1421299
1   2   3
Bog'liq
Investitsiya Faoliyati va Investitsiya Fondlari

Investitsiyalarni turli mezonlar bo‘yicha tasniflanishi

  • Investitsiyalashda ishtirok etish xususiyatiga ko‘ra.
  • To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar (moddiy obyektga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya); bilvosita investitsiya-lar (vositachi – portfelli investitsiyalarning mavjud-ligi).
  • Harakat yo‘nalishi bo‘yicha .
  • Boshlang‘ich investitsiyalar; sof investitsiyalar (korxona loyihasi yoki uni sotib olish asosida); kelajakda korxonaning omon qolishiga qaratilgan investitsiyalar;
  • joriy xarajatlarni tejash uchun investitsiyalar; bozorda o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun investitsiyalar; ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga investitsiyalar; ishlab chiqarishni kengaytirish uchun investitsiyalar (ekstensiv); yangi ishlab chiqarishni yaratish uchun investitsiyalar (innovatsion); reinvestitsiya; yalpi investitsiyalar (sof investitsiya + reinvestitsiya ).
  • O‘zaro bog‘liqlik darajasi bo‘yicha .
  • 1. Izolyatsiyalangan investitsiyalar (boshqa inves-titsiyalarga ehtiyoj tug‘dirmaydigan mablag‘lar).
  • 2. Tashqi omillarga bog‘liq bo‘lgan investitsiyalar (ishlab chiqarish, ijtimoiy infratuzilma, inflyatsiya va boshqalarning mavjudligiga bog‘liq bo‘lgan kapital qo‘yilmalar).
  • 3. Tashqi omillarga ta’sir etuvchi investitsiyalar (ommaviy axborot vositalariga mablag‘lar).

Investitsiya Faoliyati

  • Investitsiyalar va investitsiya faoliyati bir-biriga juda yaqin tushunchalar hisoblanadi. Investitsiyalarga berilgan ta’rifga muvofiq, investitsiya faoliyati asosan ikki bosqichdan tashkil topadi. Investit-siyalar harakatining birinchi bosqichida investitsiya resurslari investitsiyalash obyektlariga qo‘yiladi, ya’ni investitsiya faoliyati yuz beradi. Ikkinchi bosqichda esa investitsiya obyektlariga qo‘yilgan qo‘yilmalardan olinadigan daromad, samara aks etadi. Investitsiya faoliyatiga tor va keng ma’noda ta’rif berish mumkin. Tor ma’noda investitsion faoliyat yoki investitsiyalash resurslarni qo‘yilma sifatida qayta yo‘naltirish, ya’ni qayta tiklash jarayonini o‘zida aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, kapitalning hozirgi qiymatini saqlagan holda, jamg‘armalarni qayta tiklashdan iborat bo‘ladi. Keng ma’noda esa investitsion faoliyat – bu daromad (samara) olish maqsadida investitsiyalash obyektiga mablag‘ qo‘yish bilan bog‘liq faoliyatdir. Ya’ni qiymatni kapitallashtirish, jamg‘armalarni ko‘paytirish maqsadlarida resurslarni u yoki bu investitsion obyektga yo‘naltirishdan iborat. Mana shu jarayonni investitsion sikl yoki investitsiyalarning doiraviy aylanishi deyish mumkin.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling