Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va sinfdan tashqari to‘garaklar tashkil qilish
Download 123.5 Kb.
|
iqtidorli oquvchilar bilan ishlash va (1)
Aim.uz Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va sinfdan tashqari to‘garaklar tashkil qilishIqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashIqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda tabaqalashtirilgan (differensiallashgan) o‘qitish metodlari yaxshi samara beradi. Bunda o‘qituvchi faqatgina iqtidorli o‘quvchilar bilan emas, balki qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashga muvaffaq bo‘ladi. Tabaqalashtirilgan o‘qitish metodi haqida Tabaqalashtirib oqitishda o‘quvchilar bilim darajasiga, aqliy rivojlanganligiga qarab tabaqalashtiriladi. Informatikada esa, bundan tashqari kompyuterda ishlash darajasiga ko‘ra ham tabaqalashtirish extiyoji tug‘iladi. Tabaqalashtirib oqitishning asossiy maqsadi: Har bir o‘quvchini uning imkoniyatlari va qobiliyati darajasida o‘qitish; O‘qitish usulini o‘quvchilarning xususiyatlariga moslashtirish. O‘qitishning bunday usuli informatika o‘qitishning asosiy o‘ziga hos muammolarini hal etishga qaratilgan. Ya’ni, o‘quvchilarning informatika fanidan har xil bilim darajasiga egaligi; kompyuterda ishlash darajasining har xilligi, uy vazifalarini bajarish yoki zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z qiziqishlarini qondirish (matn yoki grafik muharrirlaridan, elektron pochta, internet resurslaridan foydalanish) uchun kompyuterdan foydalanish imkoniyati (kompyuteri bor yoki yo‘q). Tabaqalashtirib o‘qitish texnologiyasida odatda sinfni bilim va ko‘nikmalari darajasiga qarab uchta: A, B, C guruhlariga bo‘lish nazarda tutiladi. O‘qituvchi uchta guruh uchun uch xil dastur ishlab chiqadi. Dasturlar o‘rtasida uzviylik bo‘lib, ular bir birini to‘ldirishi kerak. C dastur majburiy minimumni tashkil etadi. Bu dastur tapshiriqlarini har bir o‘quvchi bajara olishi kerak. B dastur C dasturni to‘ldiradi. A dastur esa iqtidorli o‘quvchilarga mo‘ljallanadi. Bunday tabaqalashtirish o‘quvchilar rivojlanish darajasini ko‘proq hisobga olish, o‘quvchining individual o‘zlashtirish tempiga moslashish imkonini beradi. Ushbu usulda o‘qituvchining mahorati nuqtai nazaridan o‘quvchilarni baholash jarayoni anncha qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Chunki bu usulning asosiy shartlaridan biri har bir o‘quvchining shaxsiy rivojlanish darajasi, o‘quv faoliyatining sifati baholanishi kerak. Har bir guruhning ichida o‘z “a’lochilari”, “qoniqarli” o‘zlashtiruvchilari bo‘lgani sababli, o‘qituvchi har xil qiyinlik darajasidagi topshiriqga bir xil masalan, besh baho qo‘yishi kerak bo‘ladi. Lekin bu vaqtinchalik hol bo‘lib, kuchsiz guruhlarga besh baho qo‘yilishi o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Natijada uning bilim olishga intilishi kuchayadi. Informatikada boshqa fanlardan farqli o‘laroq, deyarli har bir mavzudagi har bir topshiriqni hech bo‘lmaganda ikki hil qiyinlik darajasiga ajratish imkoni mavjud. O‘quvchi berilgan topshiriqni shartiga qat’iy rioya qilgan holda bajarishi yoki axborot texnologiyalarini qo‘llab bajarishi mumkin. Masalan, “Algoritmlar” mavzusidan topshiriq berildi. Zaif o‘quvchi masalani yechish algoritmini tuzib, uni daftariga yozib kelishi mumkin. Iqtidorli o‘quvchidan esa, o‘qituvchi tuzilgan algoritm asosida ishlaydigan kompyuter dasturini talab qilishi mumkin. Berilgan mavzu bo‘yicha dokladni daftarga ruchka bilan yozsa ham bo‘ladi, huddi shuning o‘zini biror matn muharririda yoki Power Point dasturidan foydalanib amalga oshirish ham mumkin. Sanoq sistemalari mavzusi bo‘yicha topshiriqni “qo‘lda”, kalkulyatordan foydalanib, Excel dasturi yordamida yoki biror dasturlash tilida berilgan masalani yechish dasturini tuzish kabi usullardan birini o‘zi tanlad bajarishi mumkin Shuni aytish lozimki, tabaqalashtirib o‘qitish zamonaviy pedagogikada birday baholanmaydi. Bu usulning yutuqlari bilan bir qatorda kamchliklari ham yetarli. Bu usul mahorat bilan qo‘llanilmasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Ammo bu usulni qo‘llashdagi kamchiliklar va muammolarni “avtonom” deb hisoblash mumkin, chunki ular informatika honasidan tashqariga chiqmaydi. Lekin iqtidorli o‘quvchilar bilan ko‘proq ishlashga hamda zaif o‘quvchilarning ham e’tibordan chetda qolmasligiga imkon yaratadi. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda shaxsni faollashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari ham qo‘l keladi. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling