Iqtisod va hayot


Download 5.02 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi5.02 Kb.
#1028026
Bog'liq
Iqtisod va hayot-hozir.org


Iqtisod va hayot

Iqtisod va hayot.

1.Iqtisodiyot bilan tanishuv .


2.Oila –uy xo’jaliklari iqtisodiyoti .
3.O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti sari.
4.Bank tizimi va davlatning iqtisodiyotdagi roli
5.O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyati
Biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz.


Iqtisodiyot — yunoncha "ekonom" va "oykos“
soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "ekonomika" qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi.
Iqtisod – jamiyatning hamma aʼzolari uchun farovon hayot yaratish usul va vositalarini oʻrganadigan va amalda qoʻllaydigan soha. Iqtisodning yagona maqsadi – jamiyatning har bir aʼzosi uchun yaxshi turmush tarzini yaratish. Ana shu asosiy maqsaddan boshqa ikkilamchi maqsadlar kelib chiqadi: iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, barchani ish bilan taʼminlash va hokazo.

Oila-uy xo’jaliklari iqtisodiyoti.

Iste’molchi – bu turli tovar va xizmatlarni o‘z shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlari uchun sotib oluvchi yoki buyurtma beruvchi shaxs. Bunda iste’molchi sifatida alohida olingan fuqarodan tashqari butun bir oilani ham nazarda tutiladi. Iste’molchi sifatida qaralganida iqtisodiyotda oila tushunchasi o‘rniga ko‘pincha uy xo‘jaligi tushunchasi ishlatiladi.


Iste’molchi daromadlari har doim ham pul ko‘rinishida bo‘lavermaydi. Masalan, oila o‘z tomorqasida sabzavot ekinlari yetishtirib, iste’mol qiladi. Bu bilan ular to‘g‘ridan to‘g‘ri tushum ko‘rinishidagi daromadni o‘zlashtiradilar.
O‘ZBEKISTON BOZOR IQTISODIYOTI SARI
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy xususiyatlari bu xususiy mulkchilik va unga asoslangan erkin iqtisodiy faoliyatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulk shakllari: xususiy, jamoa va davlat mulklari mavjud bo‘lib, ular teng huquqli rivojlanadi. Ishlab chiqarish vositalarining ko‘pchilik qismi xususiy shaxslar qo‘lida bo‘lib, ular o‘z iqtisodiy faoliyatlarini mustaqil, erkin ravishda olib boradilar.
Bu tizimda xoh u ishlab chiqaruvchi bo‘lsin, xoh u iste’molchi bo‘lsin, ular tomonidan iqtisodiy yechim faqat bozor munosabatlari va qonunlaridan kelib chiqib tanlanadi. Narxlar erkin bo‘lib, ular tovarga bo‘lgan talab va taklifning o‘zaro munosabati orqali shakllanadi.
Iqtisodiy samaradorlik — minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish uchun imkoniyatlar yaratish. • Iqtisodiy tenglik — barcha iqtisodiy xatti-harakatlarni adolatli amalga oshirish uchun sharoit yaratish. • Iqtisodiy xavfsizlik – aholini iqtisodiy bo‘hronlardan, qashshoqlik, ishsizlik, inflatsiya oqibatlaridan himoya qilish. • Iqtisodiy o‘sish – tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining muttasil o‘sib borishini ta‘minlash.
Bank o‘ziga xos umumiy jamg‘arma bo‘lib, aholi qo‘lida “ishlamay yotgan” pullarni “ishlashga” majbur qiladi. Jamg‘arilgan pullarni, pulga muhtoj bo‘lgan tadbirkorlarga ma’lum foiz evaziga qarzga beradi. Tadbirkorlar esa, o‘z navbatida, bu pullarni ishlab chiqarishga sarflab, iqtisodiy ne’mat yaratadi. Shu tariqa, bank iqtisodiyotning rivojiga hissa qo‘shadi. Odatda banklar ikki turga bo‘linadi: markaziy bank va tijorat banklari.
DAVLATNING IQTISODIY VAZIFALARI
Iqtisodiy erkinlik — iqtisodiyot qatnashchilarining mustaqil va erkin iqtisodiy qarorlar qabul qilishini ta‘minlash.
BANK TIZIMI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY SALOHIYATI
O‘zbekiston oltin zaxiralari va qazib chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Respublikamiz yer osti kumushga ham boydir. Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50—60 yil qazib olishni ta’minlaydi. O‘zbekiston aniqlangan uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda 11- o‘rinni, qazib olish bo‘yicha esa 9- o‘rinni egallaydi. Respublikamizda 160 dan ortiq gaz, neft, ko‘mir konlari qidirib topilgan va ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan ortiq neft va gaz kondensati olinadi.

O‘zbekiston paxta tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biridir. Respublikada katta hajmda g‘alla yetishtirish uchun asos yaratilgan. Oxirgi paytlarda yiliga 6 million tonnadan ortiq g‘alla yetishtirilmoqda. Respublika meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, pilla, qo rako‘l teri, jun yetishtirishda MDH mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi.


http://hozir.org
Download 5.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling