Iqtisodiy geografiya


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2020
Hajmi0.57 Mb.
#139787
Bog'liq
janubiy koreaning iqtisodiy geografik tavsifi (1)


 

O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV 



XO‟JALIGI VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI 

 

“SUV XO‟JALIGI IQTISODI” kafedrasi 

 

“IQTISODIY GEOGRAFIYA” fanidan 



 

KURS ISHI 

 

Mavzu: Janubiy Koreaning iqtisodiy geografik tavsifi 

 

 

 



 

 

 



Bajardi: SXBI fakulteti 1/1 guruh talabasi To‘xtapo‘latova Nazokat 

 

Qabul qildi: katta o‘qituvchi Yunusov Iskandar 

 

 

 



 

 

Toshkent - 2014 



 

Reja: 



 

Kirish 

Asosiy qism 

1.  Janubiy Koreyaning geografik joylashuvi  

2.  Davlat ramzlari 

3.  Janubiy Koreyaning aholisi. 

4.  Iqtisodiyoti 

5.  Xo‘jaligining umumiy tavsifi: 

a) qishloq xo‘jaligi 

b) sanoati 

c) transporti 

6.  Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanganlik darajasi 

7.  O‘zbekiston va Korea munosabatlari 

Xulosa  

Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Kirish

 

 

      ―Taehan Minguk‖ koreyachada Koreya Respublikasi demakdir. Koreya so‘zi 

hududdagi  qadimgi  Koryo  sulolasi  nomidan  kelib  chiqqan.  Qadimshunoslik 

tadqiqotlar  Korea  yarimoroli  hududidagi  odamlar  ming  yil  oldin  kelganligidan 

darak  beradi.  Xamgyon-Pukto,  Pxyonan-Namdo,  Kyongido  va  Chxunchxon-

Pukto viloyatlarida eng qadimgi tosh davriga oid mehnat qurollari topilgan. Eng 

qadimgi  kulolchilik  namunalari  miloddan  avvalgi  8000  yillarga  taaluqli.    Korea 

tarixidagi  birinchi  davlat  Qadimgi  Chosondir.  Bu  uyushma  ilk  bor  miloddan 

oldingi  IV–III  asr  manbalarida  tilga  olinadi.  Choson  davlati  boshida  qabilalar 

uyushmasi  sifatida  tashkil  topdi,  miloddan  oldingi  IV  asrga  kelibgina 

markazlashgan  davlatga  aylangan.  Bu  saltanat  inqirozga  yuz  tutgach,  Maxan, 

Chinxan  va  Pyonxan  uyushmalari  yuzaga  keldi.  Milodiy  asr  boshlarida  Korea 

yarimoroli hududida Silla, Pekche va Koguryo, shimolda esa Parxe davlati hukm 

surdi.  Silla  qabila  uyushmasi  676-yili  Pekche  va  Koguryoni  egalladi,  natijada 

Birlashgan Silla davlati paydo bo‘ldi. Bu saltanat 936 yili Koryo nomini oldi va 

1392-yilgacha hukmronlik qildi.  

      1231-yildan  mog‘ullar  Kogryoga  hujum  uyushtira  boshladi  va  yigirma  yil 

davom  etgan  urushlardan  so‘ng,  Koryo  qirolligi  vassalga  aylandi.  XIV  asr 

o‘rtalarida  mo‘g‘ul  hukmronligi  susaya  boshladi  va  qirol  Konmin  mustaqil 

harakat  eta  boshladi.  1392-yili  Koryo  bosh  qo‘mondoni  Li  Son  Ge  saltanatga 

barham berdi va Choson davlatiga asos soldi. Mamlakat poytaxti Xanson-hozirgi 

Seulga ko‘chirildi. XV asrda koreys alifbosi  – xangil yaratildi. Chason saltanati 

1627-1636 yillari esa Tsin qirolligi qo‘l ostida bo‘ldi. 1895-yili amalda Yaponiya 

hukmronligi ostiga o‘tdi. 1897-yili Van Kojon imperatorlik taxtini qayta egalladi, 

biroq  u  hech  qanday  kuchga  ega  bo‘lolmadi.  1904-1905  yillardagi  rus-yapon 

urushidan so‘ng Yaponiya Koreani yana qaram qilib oldi. 1910-yili esa butunlay 

zabt etdi.  Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyat tufayli Yaponiyaning Koreadagi 

hukmronligi tugatildi. Koreaning shimoliy qismini Sobiq Ittifoq, janubiy qismini 

Amerika Qo‘shma Shtatlari egallab oldi. 1948-yili Korea Respublikasi va Korea               


 

Xalq  Demokratik  Respublikasi  tuzildi.  Ikki  davlat  o‘rtasida  bo‘lib  o‘tgan  1950-



1953  yillardagi  urush  ko‘pchilik  aloqalarni  butunlay  buzib  yubordi.  Korea 

Respublikasida 40 yil mobaynida diktatorlik rejimi hukmronlik qildi. Oldiniga Li 

Sin Man (1960-yili ag‘darib tashlandi), so‘ng Pak Chjon Xi (1979-yili o‘ldirildi) 

hokimiyati  hukm  surdi.  1980-1987  yillari  Chon  Du  Xvan  president  lavozimida 

bo‘ldi. 1987 yili o‘tkazilgan referendum yangi konstitutsiyani tasdiqladi. 1988-yil 

25-fevralda  kuchga  kirgan  ushbu  konstitusiyaga  asosan  ko‘p  bosqichli  saylov 

o‘rniga  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  prezident  saylovi  joriy  etildi,  parlament  huquqlari 

kengaytirildi,  prezidentning  vakolatlari  cheklandi,  uning  lavozimda  bo‘lmish 

muddati yetti yildan besh yilga tushurildi, matbuot erkinligi mustahkamlandi.   

      1992-yil dekabrda o‘tkazilgan prezident saylovida Demokratik liberal partiya 

nomzodi  Kim  En  Sam  g‘alaba  qozondi.  Uning  shiori  ―Barqarorlik  shqaroitidagi 

islohotlar‖ bo‘lib, bir qator islohotlar o‘tkazdi. Ana shu davrdan boshlab davlatga 

bir  nechata  prezident  rahbarlik  qildi,  demokratiya  boshqaruvning  asosiy  mezoni 

bo‘lib qoldi.    



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1.GEOGRAFIK JOYLASHUVI 



        Janubiy  Koreya   maydoni  99 392  km/kv  (107-o‘rinda).  Axolisi  - 

50 004 441  (24–o‘rin)  2012  yil  ro‘yxati  bo‘yicha.   Poytaxti  Seul  shaxri.  9ta 

ma‘muriy provintsiyaga bo`linadi. Yirik shaharlari Seul va Pusan.  

Koreya  Respublikasi  -  Koreya  yarim  orolining  janubiy  qismida  joylashgan,  shu 

sababli  uni  norasmiy  tilda  Janubiy  Korea  deb  atashadi.  Korea  qirg‘oqlarini 

g‘arbda  Sariq  dengiz,  sharqda  Yapon  dengizi,  janubda  esa  Korea  bo‘g‘ozi  va 

Shimoliy  Xitoy  dengizi  yuvib  turadi.  Shimolda  Korea  Xalq  Demokratik 

Respublikasi  bilan  chegaradosh.  Mamlakat  hududi  asosan  tog‘liklardan  iborat, 

tekislik  30%ni  tashkil  etadi.  Ma‘muriy  tuzulishi  -  1  ta  alohida  maqomga  ega 

shahar – Sedjon , 6 ta viloyat maqomidagi shahar, 9 ta viloyatdan iborat. 

6 ta viloyat maqomidagi shahar: 

  Pusan  

  Tegu 

  Inchxon 

  Kvandju 

  Tedjon 

  Ulsan 

9 ta viloyat: 

  Chxunchxon-Pukto 

  Chxunchxon-Namdo 

  Kanvando 

  Kyongido 

  Kyonsan-Pukto 

  Kyonsan-Namdo 

  Chollo-Pukto 

  Chollo-Namdo 

  Chedju 


 

2.DAVLAT RAMZLARI 

      Har  bir  davlat  o‘zining  davlat  ramzlari  bilan  boshqa  davlatlardan  ajralib 

turadi. Bu jihatdan Korea o‘ziga xos davlat ramzlariga ega. Korea davlat bayrog‘i 

1950 yil 25 yanvarda qabul qilingan.  

Undagi oq rang mamlakatning milliy rangi hisoblanadi. Markazdagi IN va YAN-

qizil  hamda  ko‘k  rangdagi  ramziy  baliq  hayot  harakatini,  tabiatning 

o‘zgaruvchanligini  ifodalaydi.  Chap  tomondagi  belgi  kun,  keyingilari  olov,  yer, 

suv ma‘nolarini anglatuvchi belgilardir. 

 

  



 

 

 



 

 

      Janubiy  Korea  gerbi  1963-yilda  qabul  qilingan.  Unda  Koreaning  milliy  guli 



hisoblangan 5  ta  Sharon atirguli, markazda  esa hayot  ramzini anglatuvchi  IN  va 

Yan  belgisi,  shuningdek  Korea  Respublikasi  yozuvini  o‘zida  aks  ettirgan  lenta 

mavjud.  

 

 



 

 

 



 

       Janubiy  Koreaning  madhiyasi  1948-yilda  15-avgustda  qabul  qilingan  bo‘lib 



―Egukka‖  deb  nomlanadi  va  ―vatanga  bo‘lagn  muhabbat  qo‘shig‘i‖  ma‘nosini 

bildiradi. Kompozitori An Ik Txe hisoblanadi, ammo avtor ma‘lum emas.                  



3.AHOLISI 

       Aholisi  -  50 004 441  (24–o‘rin)  2012  yil  ro‘yxati  bo‘yicha,  asosiy  qismi 

koreyslar.  Yuz  mingga  yaqin  xitoyliklar  bor,  ular  asosan  Yaponiya,  Malaziya, 

Hindiston  va  Filippindan  ko‘chib  kelgan.  Savodxonlik  darajasi  97.9%ni  tashkil 

etadi. Maktab o‘quvchilari o‘rta va yuqori sinflarda o‘qish uchun koreys va ingliz 

tilini bilishi shart. Yuqori sinfga o‘tgach, xitoy, yapon, fransuz, olmon, rus, ispan 

va  arab  tillaridan  birini  qo‘shimchan  o‘ragnish  uchun  tanlashi  mumkin.  Dini  – 

xristianlar 26,3%, buddizm dinidagilar 23,2%, ateistlar esa 49,3%ni tashkil qiladi. 

Musulmonlarning 

soni 


40 000dan 

ortiq.                                                                                      

Koreyaning  milliy  libosi  ― Xandbok‖  deb  ataladi.Bu  kiyimni  Koreya  axolisi  

bayramlarga  kiyadi.  

 

 

 



 

 

 



 

        Janubiy    koreyaning    milliy    taomlari  ―  Pulkogi‖  va  ―Kimchxi‖      ya‘ni   

―Alangali    go‘sht    va    bir    necha    kun    tuzli    suvda    turgan    sabzavotlar‖  

hisoblanadi.      Janubiy    Koreyaning    iqlimi    kontinental  ,    qishda    sovuq,  yozda  

nam  va  issiq. 


 

        Janubiy    Koreada  prezident  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  5  yil  muddatga  saylanadi. 



Bugungi  kunda  ushbu  davlat  prezidenti  2013  -  yil  25  –fevralda    saylangan  Park 

Geun  -  hye  hisoblanadi.  Bosh  vaziri  esa  Jung  Hong  –  won.  Parlamentda  milliy 

yig‘in  a‘zolari  299  ta  bo‘lib,  ularning  237  tasi  umumiy  va  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

saylovlarda  4  yil  muddatga  saylanadi.  Qolgan  62  tasi  saylovlarda  olingan 

o‘rinlarga ko‘ra siyosiy partiyalardan tayinlanadi.  

Bayramlari: 

  1-yanvar    kuni    Janubiy    Koreyada    Yangi    Yil    bayrami    Quyosh  

kalendariga  asosan  nishonlanadi. 

  7- fevral kuni  esa  xuddi  shu   Yangi  Yilni  Oy  kalendariga  asoslanib  

bayram  qilishadi. 

  7-  mart    kuni      Koreyaning    Mustaqillik  uchun    Kurashi  bayrami  

nishonlanadi.   

  5- aprelda  Daraxtlar  ekish  kuni  nishonlanadi,  bu  kunda  barcha  Koreya  

axolisi    daraxt    ekadi.    Ushbu    bayramni    o‘rmonlar    yo‘q    bo‘lib  

ketmasligi  uchun  o‘ylab  topishgan. 

  6- iyun  kuni  Koreyada  Xotira  Kuni  xisoblanadi ,  bu  kunda  urushda  

halok    bo‘lgan    o‘z    jonini    vatani    uchun    fido    qilgan    insonlarni   

eslashadi. 

  17-iyul  kuni  Koreyaning  Konstitutsiya  kuni  nishonlanadi.   

  14-  sentabrda    Chxusok    bayrami  nishonlanadi.  Asosan  kuzda 

nishonlanadigan  bu  bayramni  koreys  xalqi  intiqib  kutadi.  Bayram  oy 

taqvimiga  ko‗ra  8-oyning  15-sanasida  nishonlanadi.  Uch  kun  davom 

etadigan  bayram  shodiyonalari  kuni  hech  kim  ishlamaydi.  Bayramning 

birinchi kuni ota-ona qabrini ziyorat qilish bilan boshlanadi. Chxusok hosil 

va  ona  zaminga  shukronalik  keltirish  bayramiga  ulanib  ketadi.  Bu  kunni 

hamma  tug‗ilib  o‗sgan  uyida  yaqinlari  davrasida  nishonlaydi.  Qolaversa, 

dunyoda kamdan-kam uchraydigan marosimlardan biri — Chonmyo Chere 



 

(ajdodlarga  hurmat  bajo  keltirish)  500  yillik  tarixga  ega.  Bu  marosim 



bugungi kunda o‗zining asl ko‗rinishini yo‗qotmagan. 

  3-  oktabr    Koreyaning    tashkil    topishi    kuni.  Odamlarning    aytishicha  

Koreyani    miloddan  avvalgi  2333-  yilda qirol  Tangun  tashkil  qilgan. 

  9- oktabr  Koreyaning  yozuvi  kuni.  Oldingi  paytlarda  ushbu  bayram  

kuni hamma  dam  olar  edi,  lekin  hozir  bu  kun  ish  kuni. 

  25-  dekabr  kuni  Katolik  Rojdestvo  nishonlanad 

  Feyerverklar  festivali  Seul  shahrida  o‗tkaziladigan  yirik  xalqaro 

feyerverklar  festivali  2000-yildan  buyon  o‗tkazib  kelinadi.  Rang-barang 

feyerverklar  minglab  tomoshabin  va  dunyo  sayyohlariga  cheksiz  quvonch 

va  shodlik  onlarini  hadya  etadi.  Har  yili  ushbu  festivalda  ishtirok  etish 

uchun dunyoning  manaman  degan  feyerverk ustalarini  tashrif buyuradilar. 

Festival  davomida  50  mingdan  ortiq  feyerverk  otiladi.  Bunday  qiziqarli 

tomosha  musiqa  sadolari,  kuy-qo‗shiqlarsiz  o‗tmaydi.  Mazkur  an‘anaviy 

festival  Xangan  daryosi  bo‗yidagi  Yooido  orolida  o‗tkazib  kelinadi. 

Festival  xalqaro  miqyosda  o‗tkazilishiga  qaramay,  uning  har  bir 

ishtirokchisi  feyerverlarda o‗z  xalqiga xos  unsurlarni ko‗rsatishga harakat 

qiladi. 

4.IQTISODIYOTI 

        Mamlakat iqtisodi chet el kapitaliga bog`liq (Yaponiya va Amerika). Iqtisodi 

militarizatsiya  va  industrializatsiyalashtirilgan.  Eksport  tarmog`i  va  og`ir  sanoat 

tez  sur‘atlar  bilan  rivojlanmoqda.  Yoqilg`i  sanoatida  elektr  energiya  va  ko`mir 

qazib  olish  rivojlangan.  Metallurgiya,  mashinasozlik,  neftni  qayta  ishlovchi  va 

kimyo  sanoati,  to`qimachilik  va  oziq-ovqat  sanoati  tarmoqlari  rivojlangan. 

Qishloq  xo‘jaligining  asosiy  tarmog‘i  dehqonchilik.  Don  (sholi,  g‘alla,  arpa), 

dukkaklilar  yetishtirish  ustun  turadi.  Paxta,  tamaki,  kanop  kabi  texnika  ekinlari 

yetishtiriladi.  Janubiy  Koreyaning  1997  yildagi  inqirozgacha  bo'lgan  ildam 

iqtisodiy  rivoji  ―Sharqiy  Osiyo  Mo'jizasi‖  deb  atalgan.  Uch  dekada  shiddatli 

iqtisodiy  rivojlanish  kambag'al  agrar  mamlakatni  dunyodagi  o'n  ikkinchi 


10 

 

iqtisodiy-eksport  davlatiga  aylantirdi.  1996  yil  12  dekabrda  Koreya  Iqtisodiy 



Hamkorlik  va  Rivojlanish  Tashkiloti  (IHRT)ga  qabul  qilinishi  haqiqatan 

Koreyaning  avjga  chiqqan  payti  bo'ldi.  Koreyaning  bunday  tez  rivoji  yuqori 

darajadagi  jamg'arma  va  sarmoyaga  katta  yordam  berdi,  shuningdek  milliy 

ta'limning  taraqqiy  topishiga  rag'bat  bo'ldi.  Shuning  evaziga  bugungi  kunda  bir 

qancha yosh o'g'il-qizlar dunyoning eng mashxuroliygohlarida ta'lim olishmoqda. 

Lekin  rivojlanishga  bo'lgan  yo'l  oson  bo'lmadi.  Bu  yo'lga  ergashish  turli 

qiyinchiliklarni  yengib  o'tishni  talab  etti.  1945  yili  Yaponiya  qaramligidan  ozod 

bo'ldanidan  so'ng  milliy  iqtisodiyotni  rivojlantirish  xalqning  hayot-mamot 

masalasiga aylandi. Tabiiy boyliklarning cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi, 

va  iqtisodiy  rivojlanish  tajribasiga  ega  bo'lmasligiga  qaramay,  Koreya  milliy 

iqtisodiyotni stabil va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi. 

      1950-1953  yillarda  bo'lib  o'tgan  Koreya  Urushi  Janubiy  Koreya  iqtisodiyoti 

rivojlanishiga  katta  putur  yetkazdi.  Bir  xalqning  o'zaro  urushib  ikki  qismga 

bo'linishi  Koreya  tuprog'iga  buzg'unchilik  va  alamli  xotiralarni  qoldirdi.  Urush 

qurbonlari  va  nogironlar  soni  1.5  mln.ni  tashkil  etadi.  Urushning  moddiy  zarar 

qiymati  1953  yil  narxlarida  3.1  mlrd  AQSh  dollarini  tahskil  etdi. 

 

      Janubiy Koreyaning urushdan ko'rgan zarari 1953 yilgi Milliy Yalpi Maxsulot 



(YMM)ning 85%ini tahskil etti. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-

1960y)  rivojlanish  darajasi  xorijiy  davlatlarning  yordamlari  bo'lishiga  qaramay 

past  bo'ldi.  Shunday  bo'lsada,  1953  yildan  1995  yilgacha  o'rtacha  Milliy  Yalpi 

Maxsulot  o'sishi  7.6%ni,  bu  esa  21  marta  o'sganligidan  dalolat  berdi.  

 

    Bu vaqt davomida aholi yillik o'sishi 2.2%, YMM real daromadi aholi boshiga 



5.6%ni,  yani  9.3  marta  o'sishni  tahskil  etti.  1953  yildan  2007  yilgacha  Janubiy 

Koreya  YMM  2.3  mlrd.dan  1.2  trln  AQSh  dollariga  o'sdi.  Aholi  boshiga  YMM 

daromadi  qiymati  67  AQSh  dollaridan  24600  dollarga  o'sganini  ko'rsatadi.  

1960 yillarda boshlangan iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish sohasida o‘z aksini 



11 

 

topti,  asosan  avtomobilsozlik,  neftni  qayta  ishlash,  elektronika,  kemasozlik, 



tekstil  va  po'latni  qayta  ishlash  sohalari  bunga  misol  bo‘la  oladi. 

 

      Koreyaning  o‘sha  davrdagi  iqtisodiy  ishlash  tizimini  quyidagicha  izohlash 



mumkin.  1961  yildan  boshlanib  1979  yilga  qadar davom  etgan  qo‘mondon  Pak 

Jong  Hi  davlat  rahbarligi  davrida  dunyodagi  mavjud  siyosiy  ziddiyat  sababli 

Janubiy  Koreyaga  g‘arb  davlatlari  va  Yaponiya  sarmoya  qila  boshladi.  Davlat 

koreys tilida ―chebo‘l‖ deb ataluvchi katta korxonalarni rivojlantirish maqsadida 

chet  eldan  kelgan  sarmoyani  ular  uchun  quyi  foizlarda  foydalanishiga  ruxsat 

berildi. Bunga asos katta korxonalarning rivojlanishi, keyinchalik kichik va o‘rta 

biznesni  rivojlanishiga  sabab  bo‘lishiga  ishonch  edi.  Qo‘mondon  Parkning 

eksportga  yo‘naltirilgan  iqtisodiy  rivojlanish  siyosati  5  yillik  rejalar  asosida 

muvoffaqiatli amalga oshirildi.  

     Iqtisodiyot  asosiy  qismini  qishloq  xo'jaligi  tashkil  qilgan  yillar  ham  bo'lgan. 

Endilikda  esa  Janubiy  Koreya  qayta  ishlash  sohasi  bilan  g'ururlansa  bo'ladi, 

chunki 1997 yilning o'zida YMM ning 25.7%ini ishlab chiqarish tashkil etti. 1997 

yilgi  YMM  5%ga,  1996  yil  6.8%ga,  1995  yil  esa  8.9%ga  o'sish  kuzatilgan  edi. 

1998  yil  YMM  o'sishi  6.7%  manfiy  ko'rsatkichni  tashkil  etti.  Buning  asosiy 

sababi  1997  yilda  Janubiy-sharqiy  Osiyo  davlatlarida  iqtisodiy  krizis  oqibatidir. 

Xorijiy  sarmoyadorlarning  Xitoy  kabi  boshqa  rivojlanayotgan  davlatlarga 

sarmoyalarini  ko'chirishi  bilan  iqtisodiy  ahvol  yanada  salbiy  oqibatlarni  keltirib 

chiqarishiga qaramay, 1999 yil YMM o'sishi 10.9%, 2000 yil 9.3%, 2001 yil 3%, 

2002 yil 6.3%ni, 2007 yil 4.8%ni va miqdori 1.2 milliard AQSh dollarini tashkil 

etdi.  YaIM  2011  yil  ro‘yhatiga  ko‘ra  1 556  trln.  AQSH  dollari  (13-o‘rinda),jon 

boshiga  esa  29 140  AQSH  dollari.  2008  yil  ro‘yhatiga  ko‘ra  Koreaning  YMM 

dunyo bo‘yicha 13-o‘rinda turadi. 

 

 


12 

 

Koreaning YMM ning o‟sishi % larda (2012-2013 yillar) 

 

5.Xo‟jaligining umumiy tavsifi

 

       Qishloq  xo‟jaligi.  20-asr  boshlarigacha  KR  qishloq  xo‘jaligida  asosiy 

mahsulot  guruch  bo‘lib  keldi.  Hozirgi  kunda  mahsulotlar  turi  bir  muncha 

ko‘paygan,  ularga  mevalarning  va  sabzavotlarning  turli  xillari,  chorvachilik 

mahsulotlari  va  o‘rmon  xo‘jaligi  mahsulotlarini  misol  qilishimiz  mumkin.2010-

yilda qishloq xo‘jaligi KRning YIM da 10% ulushni tashkil etdi. KRning qishloq 

xo‘jaligida  eng  ko‘p  yetishtiriladigan  mahsulot  bu  guruchdir.Yetishtirilgan 

guruch  asosan  ichki  bozorda  iste‘mol  qilinadi,  narxining  o‘ta  yuqoriligi  tufayli 

tashqi  bozorga  chiqarilmaydi.  Shaftolini  asosan  AQSH,  Kanada,  Tayvan  va 

Indonezoyaga  eksport  qiladi.Tayvan,  Singapur  va  Yaponiyga  olma  va  mandarin  

eksport qiladi. 

     Chorvachilik  qishloq  xo‘jaligi  sohasida  daromad  keltrish  bo‘yicha  guruchdan 

keyin ikkinchi  o‘rinda turadi. 

    O‘rmon  xo‘jligi  1960-yildan  keyin  rivojlana  boshlagan.  O‘rmonlar  davlatning 

6,4mln gektar qismini egallagan. 



13 

 

      Baliqchilik  sohasida  band  bo‘lganlar  soni  140mln  kishini  tashkil  etadi. 



Baliqchilik  iqtisodiyotning  asosiy  tarmoqlaridan  biridir.  Davlat  hududida  96 

mingga yaqin baliqchilik uchun mo‘ljallangan kemalar  mavjud. Bundan tashqari 

baliqlarni sun‘iy  hovuzlarda  yetishtirish ham  keng  tarqalgan.Misol  uchun 2000-

yilda  sun‘iy  havzalarda  yetishtirilgan  baliqlar  miqdori  560  mln  dollarni  tashkil 

qildi. Krning baliqchilik sanoati mahsulotlarini iste‘mol qiluvchi asosiy davlatlar- 

Rossiya,  Xitoy,  Yaponiya  va  AQSH-  bu  davlatlarning  hissasiga  jami  eksport 

qilingan mahsulotning 70% to‘g‘ri keladi. 

     Kemasozlik  –  Korea  Respublikasi  sanoatining  eng  asosiy  sohalaridan  biri 

bo‘lib,  shu  sohaga  aloqador  metallurgiya,  kimyo  sanoati,  elektronika 

tarmoqlarning ham rivojlanishiga turtki bo‘lib kelmoqda.  

    Kemasozlik  sohasi  1970-yildan  boshlab  rivojlanib  kelmoqda.  Hozirgi  kunda 

KRda  sanoatning  bu  sohasida  3ta  yirik    kompaniya  faoliyat  yurgazmoqda. 

Bular:Hyundai Heavy, Marine engineering, Samsung Heavy Industries. Hyundai 

Heavy  Industries  jahondagi  eng  yirik  kema  ishlab  chiqaruvchi  kompaniyalardan 

biridir.  1980-yildan  buyon  KR  kemasozlik  sohasida  jahonda    2-o‘rinda  turadi. 

2005-yilda jahonda kema ishlab chiqarishning 59,3% KR hissasiga to‘g‘ri keldi. 

Nefttankerlari bozorida KRning hissasi 42,4%ni tashkil qiladi. 

    Transporti 

Avtomobil  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  dunyoda  5-o‘rinda  turadi.  Dunyo  bo‘yicha 

ishlab  chiqarilgan  avlomobillarning  5.4%ini  tashkil  etadi.  Temir  yo‘llarning 

umumiy uzunligi – 6 240 km.  

Asosiy  jamoa  transporti  metropoliten,  avtobus  va  tramvay  hisoblanadi.  Havo 

transporti haqida to‘xtaladigan bo‘lsam 2 ta aeroprt mavjud. Bular Seul-Inchxon 

va Djimpo aeroportlaridir. Umumiy aeroportlar soni 108 tani tashkil etadi.  

 

 



14 

 

6.IQTISODIYOT TARMOQLARINING 



RIVOJLANGANLIK DARAJASI 

 Metallurgiya 

      1997-yilda  bo‘lib  o‘tgan  krizisda  nisbatan  barqaror  o‘sish  sur‘atlarini  saqlab 

qolgan.1999-yilda    kumush  homashyosi  ishlab  chiqarish  bo‘yich  jahonda  6-

o‘rinda  turadi.  Iqtisodiyotda  metallurgiya  sohasining  ulushi  1998-yilda  7%ga 

yetdi.2002-yilda kumush xom-ashyosini ishlab chiqarish 51,1 mln tonnaga yetdi. 

 Neft va Kimyo sanoati 

     Nefta  va  kimyo  sanoati  iqtisodiyotning  nisbatan  yosh  tarmoqlaridan 

hisoblanib, 1980-yildan buyon bugungi kunga qadar soha mahsulotlariga bo‘lgan 

ichki talab keskin sur‘atlarda o‘sib kelmoqda. 

 Energetika 

    KR  ning  foydali  qazilmalar  konlari  nisbatan  kam.  Uning  asosiy  energiya 

resurslari  toshko‘mir  konlari,  uran  zahiralari  va  gidroenrgiya  resurslarini  o‘z 

ichiga oladi. Asosiy enrgiya manbai –neft (umuiy ishlab chiqarilgan enrgiyaning 

51%ini  tashkil  qiladi).  KR  neft  iste‘mol  qilish  bo‘yich  oltinchi,  import  qilish 

bo‘yich esa to‘rtinchi o‘rinda turadi. Neftni asosan yaqin sharq mamlakatlaridani 

import  qiladi. Bundan tashqari KR jahonda tabiiy neftni import qiluvchi ikkinchi 

davlatdir.Toshko‘mirni  asosan  Xitoy  va  Avstraliyadan  import  qiladi.  1978-yilda 

birinchi  atom  elektro  stansiyasi  ishga  tushurilgan.  Hozirgi  kunda  ularning  soni 

16ta. Ular butun elektr energiyaning 39%ini ta‘minlab beradi. 

 Yuqori texnologiyalar sanoati 

      Hozirgi kunda KR maishiy elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha  

yetakchi o‘rinlarda turadi. Bu sohadagi eng yirik kompniyalar – LG, Samsung va 

Daewoo  electronics.  2004-yilning  sentabr  oyida  Samsung  electronics,  mobil 

telefonlar  sotuvi  hajmi  bo‘yicha  amerika  kompnaiyasi  Motorollani  ortda 


15 

 

qoldirdi(sotuv  hajmi  22,9mln  donani  tashkil  tashkil  etdi)  va  jahonda  2-o‘ringa 



chiqib oldi. 

      Eksport hajmi: 558,8 mlrd $ 

  

     Asosiy  eksport  qiladigan  mahsulotlari:  Yarimo‘tkazgichlar(  tranzistor,  diod, 



rezistor,  mikrosxemalar  va  h.),  simsiz  telekomunikatsiya  jihozlari,  yengil 

avtomobillar, kompyuter, kumush, kemalar, neft mahsulotlari. 

Eksportdagi asosiy hamkorlari Xitoy, AQSh, Yaponiya, Gankong. 

 

EKSPORTDAGI ASOSIY HAMKORLARI 

 

 

 



Import hajmi: 525,2 mlrd$  

   


Import qiladigan mahsulotlari:  

  

Ehtiyot qismlar , elektron qurilmalar, neft, kumush,transport jihozlari, plastmassa. 



 

Tashqi qarzi:  

  

333.6  mlrd  $.    Importdagi  hamkorlari  Xitoy,  AQSh,  Yaponiya,  Saudiya 

Arabistoni, BAA, Avstraliya davlatlari hisoblanadi.  

21,5%


10,9%

6,6%


4,6%

56,4%


Xitoy

Aqsh


Yaponiya

Gonkong


Boshqalar

16 

 

Janubiy  Korea  jahon  moliyaviy  inqirozini  1998-yildagi  inqirozga  qaraganda 



yengilroq  boshdan  kechirdi,  lekin  shunga  qaramay  Osiyo  davlatlari  ichida  eng 

ko‘p zarar ko‘rgani bo‘ldi.Inqiroz davrida horijiy to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar 

47%ga  va  portfel  invetsitsiyalar  31%ga  tushib  ketdi.Dunyodagi  moliya  ishlari 

bilan  shug‘ulanuvchi  yirik  firmalardan  biri  bo‘lmish  Lehman  Brotherning 

bankrotga uchrashi Koreya  vonining dollarga nisbatan 25,4%ga qadrsizlanishiga 

olib  keldi  Eksport  sohasi  barqarorligini  saqlab  qoldi.Inqirozdan  tezda  chiqib 

ketishiga ham aynan eksportni qo‘llab quvvatlanishi sabab bo‘ldi. 

 

IMPORTDAGI ASOSIY HAMKORLARI 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Janubiy  Koreada  banklar  ish  haftasi  davomida  9:30  dan  16:30ga  qadar,  shanba 



kunlari 13:30ga qadar ishlaydi.  

 

2009-yilda bozor bahosi bo‟yicha eng yirik kompaniyalar: 

Samsung  Electronics,  POSCO,  Hyundai  Motor,  KB  Financial  Group,  Korea 

Electric  Power,  Samsung  Life  Insurance,  Shinhan  Financial  Group,  LG 

Electronics, Hyundai Mobis, LG Chem. 

17,7%


8,9%

14,0%


7,8%

4,4%


4,1%

43,1%


Xitoy

Aqsh


Yaponiya

Saudiya


Arabistoni

BAA


Avstraliya

Boshqalar



17 

 

 



Sohalar bo‟yicha eng yirik kompaniyalari

  Oziq – Ovqat : Lotte Confectionery, Nam Yang, Pulmuone,  

 

O‟t-otuvchi qurollar: Poongsan,  

 

Sug‟urta:  Samsung  Fire  &  Marine  Insurance,  Samsung  Life  Insurance  Co., 

Ltd.,  

  Transport



 Hyundai 

Motor, Kia 

Motors, GM 

Daewoo 


Auto 

Technology, SsangYong Motor Company и Renault Samsung Motors. 



 

Yog‟och & qog‟oz mahsulotlari: Hansol Paper,  

 Qurilish:  ByuckSan  Corp,  Daelim  Industrial,  Hankuk  Vetrotex,  RH  Cement 

Corp.,  

 Reklama : In-Poong,  

 Telekommunikatsiya xizmatlari: Hanaro Telecom, KT Corporation, Shinsegi 

Telecom, Inc,  

 Tamaki mahsulotlari: KT&G (Korea Tobacco & Ginseng Corp). 

60-yilardan  so‘ng  iqtisodining  misli  ko‘rilmagan  darajada  gullab  yashnashi 

tarixda ―Han daryosidagi Mo‘jiza‖ nomi bilan tarixda qoldi.  

 ―Global qurilish‖ sohasi  juda  yaxshi  rivojlangan. Misol  uchun,   Dunyodagi  eng 

baland  bino  bo‘lmish  Burj  Khalifa  KRning  Samsung  C&T  tomonidan  bunyod 

etilgan.  

 


18 

 

Koreaning import va eksporti(1970-2010 yillar



 

7.O‟ZBEKISTON VA KOREA MUNOSABATLARI 

      Janubiy  Korea  1992  –  yil  29  –  yanvardab  boshlab  O‘zbekiston  bilan  turli 

sohalarda hamkorlik qilib keladi. 

2011 – yil O‘zbekiston va Janubiy Koreya Ustyurtdagi Surg‗il konida gaz-kimyo 

zavodi  qurilishi  uchun  4,1  mlrd  dollarlik  kelishuvni  amalga  oshirdilar.  Ushbu 

kelishuv    O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  va  Koreya 

Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakning uchrashuvlaridan so‘ng imzolandi. 

Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Jo‗qorg‗i  Kengesi  Raisi  Musa  Yerniyazov  va 

Koreya  Respublikasi  gaz  korporatsiyasi  prezidenti  Chu  Kang  Su  majmua  qad 

rostlaydigan  joyga  o‗rnatilgan  esdalik  tamal  toshini  ochdilar.  Unga  quyidagi 

so‗zlar bitilgan: ―O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Koreya 

Respublikasi  Prezidenti  Li  Myon  Bakning  tashabbusi  bilan  2011-yil  24-avgust 

kuni  Surg‗il  koni  negizidagi  Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasi  poydevoriga  tamal 

toshi qo‗yildi‖. 

Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasi  O‗zbekiston  va  Janubiy  Koreya  hamkorligida 

amalga  oshirilayotgan  eng  yirik  qo‗shma  loyiha  bo‘lib,  injiniring,  uskunalar 



19 

 

yetkazib  berish,  qurilish  ishlarida  Koreya  Respublikasining  yirik  kompaniyalari 



ishtirok etadi. 

Janubiy  Koreya  Iqtisodiyot  vazirligi  ma‘lumotlariga  ko‘ra,  Ustyurt  gaz-kimyo 

majmuasida  qurilish  ishlarini  olib  borish  uchun  o‘tkazilgan  tenderda  Samsung 

Engineering  Co.  Ltd.,  GS  Engineering  &  Construction  Corp.  va  Hyundai 

Engineering Co. kompaniyalari g‘olib bo‘lgan. 

Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ishga tushgach, yiliga 400 ming tonna polietilen va 

100  ming  tonna  polipropilen  ishlab  chiqariladi.  Ushbu  loyihaning  amalga 

oshirilishi  bilan  Qoraqalpog‗istonda  MDHda  ushbu  sohadagi  eng  yirik  majmua 

qad  rostlaydi.  Natijada  Qoraqalpog‗iston  mamlakatimizning  yirik  sanoat 

markazlaridan biriga aylanadi. 

Surg‘il  koni  2006-yil  mart  oyida  ochilgan  bo‘lib,  ayni  paytda  ―O‘zbekneftgaz‖ 

tomonidan  yiliga  3  mlrd  kub  metr  tabiiy  gaz  qazib  olinmoqda.  Ma‘lumotlarga 

ko‘ra, kon zahirasi 120 mlrd kub metrni tashkil etadi. 

O„zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumi 

    2012  –  yil    5  -  iyul  kuni  O‗zbekiston  va  Janubiy  Koreya  ishbilarmonlarining 

biznes-forumi  yurtimizda  bo‗lib  o‘tgan.  Tadbirda  ikki  mamlakatning  savdo-

sanoat, sarmoya, energetika, mashinasozlik, qurilish, axborot texnologiyalari kabi 

sohalar uchun mas‘ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlarining rahbar 

hamda  vakillari  ishtirok  etdi.  Anjumanda  O‗zbekiston  Respublikasi  moliya 

vazirining  o‗rinbosari  Bahrom  Ashrafxonov,  Savdo-sanoat  palatasi  raisi  Alisher 

Shayxov,  Koreya  Respublikasining  davlat  xaridlari  bo‗yicha  agentligi 

direktorining o‗rinbosari Min Xyun Chjon mamlakatlarimiz o‗rtasidagi hamkorlik 

aloqalari  barcha  sohalarda  izchil  rivojlanib  borayotganini  alohida  ta‘kidladi. 

Bunda  ikki  davlat  rahbarlarining  uchrashuvlarida  erishilgan  kelishuvlar  muhim 

huquqiy  asos  bo‗lib  xizmat  qilayotir.  Mazkur  biznes-forum  o‗zaro  savdo-

iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish, davlat xaridlari tizimini 

takomillashtirish  uchun  yangi  imkoniyatlar  ochishi  qayd  etildi.  Koreya 



20 

 

Respublikasi 



O‗zbekistonning 

eng 


yirik 

sarmoyaviy 

sheriklaridan. 

Mamlakatlarimiz  o‗rtasida  savdo-iqtisodiy  va  sarmoyaviy  hamkorlik  barqaror 

kengayib  bormoqda.  Iqtisodiy  sohada  eng  ko‗p  qulaylik  yaratish  tartibi  joriy 

qilingan. O‗tgan yili ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 1,5 milliard AQSh 

dollaridan  oshdi.  O‗zbekistonda  Janubiy  Koreya  sarmoyasi  ishtirokida  tuzilgan 

350  dan  ziyod  korxona  faoliyat  yuritmoqda.  Mamlakatimizda  Janubiy 

Koreyaning  saksondan  ortiq  kompaniyasi  o‗z  vakolatxonasini  ochgan.  Ular 

mashinasozlik,  savdo,  kimyo,  oziq-ovqat,  yengil  sanoat,  metallni  qayta  ishlash, 

farmatsevtika,  sayyohlik,  xizmat  ko‗rsatish  kabi  sohalarda  ish  yuritmoqda. 

Ayniqsa,  ―Korean  Air‖  aviakompaniyasining  Navoiy  shahri  xalqaro  aeroporti 

hududidagi  transkontinental  intermodal  xab  bilan  bog‗liq  faoliyati  diqqatga 

sazovordir.  Bu  yerdan  har  haftada  Osiyo  va  Yevropaning  yirik  iqtisodiy  va 

moliyaviy  markazlariga  24  tagacha  parvozlar  amalga  oshirilmoqda.  Janubiy 

Koreya  biznesi  vakillari  ―Navoiy‖  erkin  industrial-iqtisodiy  zonasini 

rivojlantirishda  faol  ishtirok  etib,  o‗zaro  manfaatli  qator  loyihalarni  tatbiq 

etmoqda.  

Biznes-forum 

ishtirokchilari 

2011-yilning 

avgust 


oyidagi 

O‗zbekiston 

Respublikasi 

Moliya 


vazirligi, 

Savdo-sanoat 

palatasi 

hamda 


Koreya 

Respublikasining  davlat  xaridlari  bo‗yicha  agentligi  o‗rtasida  imzolangan  uch 

tomonlama  anglashuv  memorandumi  mamlakatlarimiz  o‗rtasida  moliyaviy  va 

texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga, elektron davlat 

xaridlari  tizimini  joriy  etish,  rivojlantirish  va  takomillashtirishga  xizmat 

qilayotganini ta‘kidladilar. 

– Mamlakatlarimiz o‗rtasida o‗zaro manfaatli munosabatlar qaror topgan, savdo-

iqtisodiy  hamkorlik  jadal  rivojlanmoqda,  –  dedi  Min  Xyun  Chjon.                                 

–  O‗zbekistonda  elektron  ta‘minot  tizimini  tatbiq  etishga  katta  e‘tibor 

qaratilayotganining  guvohimiz.  Bugungi  kunda  O‗zbekiston  va  Janubiy  Koreya 

ishbilarmonlari  hamkorligida  qator  istiqbolli  iqtisodiy  loyihalar  muvaffaqiyatli 

amalga 


oshirildi 

va 


bu 

davom 


etmoqda. 

O‗zbekistonda 

xorijlik 


21 

 

ishbilarmonlarning  muvaffaqiyatli  ish  yuritishi  uchun  barcha  sharoit,  imkoniyat 



va  imtiyozlar  yaratilgani  o‗zaro  hamkorlik  aloqalarini  yanada  kengaytirish  va 

mustahkamlashga  xizmat  qilmoqda.  Ushbu  forum  kelgusida  o‗zaro  hamkorlik 

aloqalarini  yanada  taraqqiy  ettirish  va  mustahkamlashga  katta  hissa  qo‗shishi 

shubhasiz. 

Delegatsiya a‘zolari mamlakatimizda chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 

ish  yuritish  uchun  yaratilgan  qulay  sarmoyaviy  muhit  Janubiy  koreyalik 

ishbilarmonlarning  ham  qiziqishini  tobora  oshirayotganini  qayd  etdilar. 

Anjumanda  Janubiy  Koreyaning  bir  necha  firma  va  kompaniyalaridan  ko‗plab 

vakillar  ishtirok  etgani  O‗zbekistondagi  iqtisodiy  barqarorlik  va  qulay 

sarmoyaviy  muhit  ularning  o‗zaro  hamkorlikni  kengaytirishga  e‘tiborini 

kuchaytirayotganidan 

dalolatdir. 

Forumda 

koreyalik 

ishbilarmonlarga 

mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida, davlat xaridlarini 

amalga oshirish bo‗yicha olib borilayotgan keng ko‗lamli islohotlar, bu sohalarni 

rivojlantirish  borasidagi  o‗zgarishlar,  ushbu  tarmoqlarni  taraqqiy  ettirishning 

huquqiy  asoslari  haqida  batafsil  ma‘lumot  berildi.  Qurilish,  axborot 

texnologiyalari,  energetika,  suv  xo‗jaligi  sohalariga  ixtisoslashgan  korxonalar 

hamkorligini  rivojlantirishga  oid  masalalar  ko‗rib  chiqildi.  Biznes-forum 

yakunida  O‗zbekistonning  qator  kompaniya  va  korxonalari  hamda  Janubiy 

Koreya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo‗lib o‗tdi. 

O„zbekiston – Janubiy Koreya: Moliya-iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik 

istiqbollari 

2012-yilning 31 avgust – 2 sentabr kunlari Koreya Respublikasining strategiya va 

moliya  vaziri  Bak  Je  Van  boshchiligidagi  delegatsiya  rasmiy  tashrif  bilan 

mamlakatimizda  bo‗ldi.  Ushbu  mamlakat  hukumatining  yetakchi  a‘zolaridan 

birining  mazkur  tashrifi  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning 

Janubiy  Koreyaga  yaqinda  amalga  oshiriladigan  davlat  tashrifiga  tayyorgarlik 

ko‗rish  nuqtai  nazaridan  ikki  davlat  o‗rtasidagi  moliyaviy-iqtisodiy  hamda 


22 

 

investitsion  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish  istiqbollarini  muhokama  etishga 



bag‗ishlandi. 

Koreya  Respublikasi  strategiya  va  moliya  vaziri  Toshkentdagi  uchrashuvlar 

chog‗ida  mamlakatlarimiz  o‗rtasida  erishilgan  ikki  tomonlama  hamkorlik 

ko‗lamini  yuqori  baholadi.  U  O‗zbekistondagi  mustahkam  makroiqtisodiy 

barqarorlik, puxta o‗ylangan tarkibiy islohotlar siyosati, mamlakatimizda izchil va 

yuqori  iqtisodiy  o‗sish  sur‘atlarining  yiliga  8  foizdan  oshayotgani,  shuningdek, 

O‗zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan ta‘lim tizimini isloh etish, xalqaro 

bozorlarda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e‘tibor 

qaratilayotgani Koreya Respublikasining mamlakatimiz bilan keng ko‗lamli va har 

tomonlama o‗zaro hamkorligining asosiy omillari ekanini alohida ta‘kidladi. 

Koreya  Respublikasi  kompaniyalarining  O‗zbekistonga  kiritgan  investitsiyalari 

umumiy  hajmi  5  milliard  AQSh  dollaridan  oshdi,  2012-yilning  birinchi  yarmida 

ikki  tomonlama  savdo  aylanmasi  47  foizga  ko‗paydi,  mamlakatimizda  Koreya 

Respublikasi  kapitali  ishtirokida  tashkil  etilgan  400  dan  ziyod  kompaniya 

muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatmoqda. 

Uzoq muddatli ikki tomonlama moliyaviy-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning 

keng ko‗lamli masalalarini muhokama etish hamda ular yuzasidan fikr almashish 

yakunlari  bo‗yicha  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  Koreya 

Respublikasi  Strategiya  va  moliya  vazirligi  o‗rtasida  o‗zaro  anglashuv 

memorandumi  imzolandi.  Memorandumda  Koreya  Respublikasining  Iqtisodiy 

rivojlanish  jamg‗armasi  bilan  (EDCF)  2012-2015  yillarda  umumiy  qiymati  595 

million  dollar  miqdorida  imtiyozli  va  uzoq  muddatli  kreditlar  taqdim  etish 

hisobidan  amalga  oshirilishi  mo‗ljallangan  hamkorlik  dasturining  asosiy 

parametrlari aks etgan. 

Jumladan,  ko‗p  tarmoqli  bolalar  tibbiyot  markazini  tashkil  qilish,  uni  yuqori 

texnologiyali  tashxis  qo‗yish,  davolash  va  boshqa  maxsus  asbob-uskunalar  bilan 

jihozlash loyihasi, shuningdek, o‗quv, ilmiy, ilmiy-ommabop va badiiy manbalar, 

avvalambor,  Alisher  Navoiy  nomidagi  Milliy  kutubxona  resurslarini  elektron 



23 

 

formatga  o‗tkazishni  ko‗zda  tutuvchi  milliy  umumta‘lim  elektron  kutubxonani 



tashkil etish loyihasini amalga oshirish xususida kelishib olindi. 

Bundan tashqari, hamkorlik loyihalari Milliy teleradiokompaniyani raqamli asbob-

uskunalar  bilan  jihozlash,  o‗rta  va  o‗rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‘limi 

muassasalarining  zamonaviy  moddiy-texnik  bazasini  rivojlantirish,  energiya 

resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni o‗z ichiga olgan. 

Koreya Respublikasi strategiya va moliya vaziri O‗zbekiston Respublikasi Janubiy 

Koreya hukumati tomonidan bilim hamda tajriba almashish dasturlarini birgalikda 

amalga  oshirish  bo‗yicha  hamkor  davlat  sifatida  belgilangan  kam  sonli 

mamlakatlardan biri ekanini ta‘kidladi. 

Shu  munosabat  bilan  texnik  ko‗maklashish  bo‗yicha  qo‗shma  loyihalar  dasturiga 

davlat  elektron  byudjeti  va  G‗aznachilikni  rivojlantirish  tizimini  bosqichma-

bosqich  joriy  etish, davlat  mulkini boshqarish  samaradorligini  yuksaltirish, davlat 

xaridlarini  amalga  oshirish,  soliq  hamda  bojxona  organlari  faoliyatida  axborot 

texnologiyalaridan foydalanishni yanada kengaytirishga doir loyihalar kiritilgan. 

Shu  bilan  birga,  tomonlar  Osiyoda  valyuta  va  moliya  barqarorligini  ta‘minlash 

maqsadida Xalqaro valyuta jamg‗armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi 

xalqaro  moliya  institutlari,  shuningdek,  ko‗p  tomonlama  tashabbuslar  doirasida 

o‗zaro yaqin hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. 

Bak  Je  Van  Koreya  Respublikasi  rahbariyati  O‗zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  ushbu  mamlakatga  amalga  oshiradigan  davlat  tashrifini  sabrsizlik 

va  katta  qiziqish  bilan  kutayotganini,  bu  tashrif  ikki  tomonlama  hamkorlikning 

barcha  sohalarida  erishilgan  natijalarni  har  tomonlama  muhokama  qilish  va 

baholash,  mamlakatlarimiz  o‗rtasidagi  uzoq  muddatli  strategik  sheriklik 

munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda rivojlantirishning aniq yo‗nalishlari 

va  istiqbollarini  belgilab  olish  imkonini  berishini  ta‘kidladi.  Mazkur  tashrif  ikki 

davlat  o‗rtasidagi  an‘anaviy  yaqin  iqtisodiy  va  amaliy  aloqalarni  mustahkamlash 

hamda  Osiyoning  barqaror  rivojlanib  borayotgan  ikki  iqtisodiyoti  o‗rtasida  qaror 

topgan moliyaviy va investitsion hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 



24 

 

Tomonlar  muzokaralar  yakuni  bo‗yicha  Koreya  Respublikasi  bilan  O‗zbekiston 



Respublikasining  moliya-iqtisodiy  hamda  investitsion  hamkorligini  yanada 

kengaytirish  maqsadida  ikki  davlat  moliya  vazirliklari  o‗rtasida  bunday 

uchrashuvlarni muntazam o‗tkazish haqida kelishuvga erishdilar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


25 

 

Xulosa 

        Bugungi  kunda  Janubiy  Korea  rivojlangan  mamlakatlar  safiga  kiradi.  Ushbu 

mamlakat  o‘zining  sanoati,  qishloq  xo‘jaligi,  transport,  telekommunikatsiya 

sohasidagi  yutuqlari  bilan  ajralib  turadi.  Bundan  tashqari  turizm  sohasida  ham 

rivojlangan.  Bunyodkorlik  sohasida  ham  qator  yutuqlarga  erishgan.  Masalan, 

Eiydodagi 63-etajli sug‘urta binosi bunga yaqqol dalil bo‘la oladi.  

Shuningdek,  2012  –  yilda  qurib  bitkazilagan  4  etajli  ―Akvarium  Aqua  Planet‖ 

dunyodagi eng katta okeanirim sifatida qayd etilgan. Maydoni 16,400 metr, undagi 

suv  hajmi  6000  tonna  va  33 000dan  ortiq  suv  jonivorlarini  ko‘rish  mumkin. 

Janubiy  Korea  va  mamlakatimiz  o‗rtasida  o‗zaro  manfaatli  munosabatlar  qaror 

topgan,  savdo-iqtisodiy  hamkorlik  jadal  rivojlanmoqda.  Janubiy  Koreaning 

yurtimiz bilan hamdo‘stlik aloqalari yurtimizda qator sanoat sohalari rivojlanishiga 

sabab  bo‘lmoqda.  Jumladan,  ko‗p  tarmoqli  bolalar  tibbiyot  markazini  tashkil 

qilish, uni yuqori texnologiyali tashxis qo‗yish, davolash va boshqa maxsus asbob-

uskunalar  bilan  jihozlash  loyihasi,  shuningdek,  o‗quv,  ilmiy,  ilmiy-ommabop  va 

badiiy  manbalar,  avvalambor,  Alisher  Navoiy  nomidagi  Milliy  kutubxona 

resurslarini  elektron  formatga  o‗tkazishni  ko‗zda  tutuvchi  milliy  umumta‘lim 

elektron  kutubxonani  tashkil  etish  loyihasini  amalga  oshirish  ushbu  hamdo‘stlik 

aloqalari  natijasidir.  ―Korean  Air‖  aviakompaniyasining  Navoiy  shahri  xalqaro 

aeroporti  hududidagi  transkontinental  intermodal  xab  bilan  bog‗liq  faoliyati  ham 

diqqatga  sazovor  loyihalardan  biridir.  Joriy  yilning  12  sentyabr  kuni  Aloqa, 

axborotlashtirish  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari  davlat  qo‗mitasida 

Janubiy Koreya Respublikasining O‗zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Li 

Uk Xyon uchrashuv bo‗lib o‗tdi. 

Uchrashuv  elchining  O‗zbekiston  Respublikasida  yaqinda  boshlagan  diplomatik 

missiyasi munosabati bilan tashkil etildi. 

Uchrashuvda  O‗zbekiston  va  Koreya  respublikalari  o‗rtasida  axborot 



26 

 

kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasida  o‗rnatilgan  o‗zaro  hamkorlik  holati  va 



istiqbolli rejalar xususida fikr almashildi. 

So‗nggi  yillarda  ikki  mamlakat  o‗rtasida  AKT  sohasida  bir  qator  ahamiyatli 

hamkorlik  o‗rnatishga  erishildi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012 

yilda  Koreya  Respublikasiga  qilgan  tashrifi  AKT  sohasida,  xususan,  ―elektron 

hukumat‖  tizimini  joriy  qilish  bo‗yicha  mamlakatlar  o‗rtasidagi  munosabatlarni 

yanada mustahkamlanishiga zamin yaratdi. 

Uchrashuvda  ikki  tomonlama  hamkorlikning  samarasi,  xususan,  Koreyaning 

KOICA  agentligi  bilan  hamkorlikda  ilmiy-texnikaviy  adabiyotlar  elektron 

kutubxonasini  yaratish,  Toshkent  axborot  texnologiyalari  universitetida  koreyalik 

soha  mutaxassislari  bilan  hamkorlikda  o‗quv  markazi  tashkil  etish  borasidagi 

yutuqlar e‘tirof etildi. 

O‗zbekistonda  Janubiy  Koreya  Respublikasining  Davlat  boshqaruvi va xavfsizlik 

vazirligi 

bilan 


hamkorlikda 

koreys 


mutaxassislari 

ishtirokida 

axborot 

kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish,  elektron  hukumat  tizimini  joriy 

qilish,  shuningdek,  davlat  va  xo‗jalik  organlarida  AKTsohasida  faoliyat 

ko‗rsatuvchi  xodimlarning  soha bo‗yicha  bilim  va  ko‗nikmalarini  oshirishga  doir 

muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Uchrashuvda asosiy e‘tibor AKT sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash masalasiga 

qaratildi. Aytib o‗tish joiz, TATUda faoliyat ko‗rsatayotgan koreyalik maslahatchi 

ishtirokida muassasada maxsus o‗quvlar tashkil qilinib, universitet tuzilmasi ishlab 

chiqilib, o‗quv dasturlari yanada takomillashtirilmoqda. 

Mazkur hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tomonlar dasturiy ta‘minot 

ishlab chiqarish sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish bo‗yicha kelishib oldilar.  

 


27 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati: 

 

  Abirqulov Q. “Iqtisodiy geografiya” Toshkent 2005 



  “O‟zbekiston 

milliy 

ensiklopediyasi”-“Davlat 

ilmiy 

nashriyoti”              

2005-yil 

  Google.ru -“Мир после кризиса”(доклад) 

  Google.ru - “Jahon mamlakatlari”(ma‟lumotnoma) 

  www.nationmaster.com 

  www.cia.com 

  www.wikipedia.com 

  www.transnationale.com 

  http://stat.uz 



 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling