Iqtisodiy protsessida sud buyrug`i ustidan e`tiroz bildirish va bekor qilish tartibini tahlil eting


Download 15.11 Kb.
Sana08.07.2020
Hajmi15.11 Kb.
#123335
Bog'liq
iqtisodiy protsessual (1)


  1. Iqtisodiy protsessida sud buyrug`i ustidan e`tiroz bildirish va bekor qilish tartibini tahlil eting

  2. Iqtisodiy nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma) yuborish tartibiga amal qilish va unga rioya etmaslikning oqibatlarini ko`rsating

  3. Kreditor “Medical” iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor “CAY” xususiy korxonasidan qarzdorlikni undirish uchun sud buyrug`i berishni so`ragan. 2017-yil 1-dekabrda tan olingan 56.000 AQSh dollari qiymatidagi pul mablag`larini undirish uchun sud tomonidan sud buyrug`i berilgan.

Sudning mazkur hujjatidan norozi bo`lib, qarzdor 2018-yil 28-martda sud buyrug`ini bekor qilishni so`rab, iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada sudga sud buyrug`ini undirish uchun berilgan ariza sudga berilishidan tegishli ravishda xabardor bo`lmaganligini vaj qilib keltirilgan. Biroq sud arizachining ushbu talabini inobatga olmasdan, ariza uch oy o`tgandan keyin berilganligini asos qilib keltirib, arizachining sud buyrug`ini bekor qilish haqidagi arizasini qanoatlantirishni rad etgan.

Vaziyatga huquqiy baho bering


  1. Buyruq tartibida ish yuritish talabning nizoli yoki nizosizligini belgilash orqali kreditorning huquqlarini tez fursatlarda himoya qilish maqsadida sudya tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy sud ish yuritishining alohida turi hisoblanadi. Ushbu sud ishlarini yuritish turida chiqariladigan sud buyrug‘i o‘zining tarkibiy qismi, tuzilishi va mazmun-mohiyati, shuning bilan birga taraflarning ishda ishtirok etmasligi bilan odil sudlov hujjati hisoblangan sudning boshqa qarorlaridan, xususan, hal qiluv qaroridan jiddiy farq qiladi. Buyruq tartibidagi ishlardan tashqari boshqa barcha sud ishlarini yuritish turlarida xo‘jalik ishlari sud majlisida mazmunan ko‘rib hal qilinadi.

Sud buyrug‘i apellyatsiya, kassatsiya instansiyalarida, nazorat tartibida va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilmaydi.

Sud buyrug‘i - kreditorning pul summasini undirish yoki undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish haqidagi yoxud qarzdordan nizosiz talablar bo‘yicha mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha sudya chiqargan hujjat hisoblanadi.

Iqtisodiy protsessual kodeksning 17-bobi Sud buyrug`iga bag`ishlangan. Sud buyrug`i sudya tomonidan quyidagi hollarda beriladi. Agar,

  • Soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish to`g`risida talab bildirilgan bo`lsa;

  • Kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to`lovi bo`yicha qarzdorlikni undirish to`g`risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab bildirilgan bo`lsa;

  • Hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish to`g`risida talab bildirilgan bo`lsa;

  • Talab to`lanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qo`yilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslangan bo`lsa;

  • Yozma bitim mavjud bo`lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta`minoti bo`lgan mol-mulkka qaratish to`g`risida talab bildirilgan bo`lsa.

Sud buyrug`ini berish to`g`risidagi ariza sudga yozma shaklda, sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari bo`yicha beriladi. U kreditor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Arizada quyidagilar ko`rsatilishi kerak:

  • Ariza berilayotgan sudning nomi;

  • Kreditorning, qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri yoki yashash joyi;

  • Kreditorning qonun hujjatlariga asoslangan talabi;

  • Talabga asos bo`lgan holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar;

  • Undirilgan summaning hisob-kitobi, undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta`minoti sifatida turgan ko`char mol-mulkning tavsifi va to`lanmagan to`lovlar summasining hisob-kitobi;

  • Undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;

  • Ilova qilinayotgan hujjatlarning ro`yxati.

Quyida sud buyrug`idan na`muna keltirdik.


NAMUNA
SUD BUYRUG‘I
Toshkent sh. 2015 yil “__” ______ ____-sonli-B

Toshkent shahar xo‘jalik sudining sudyasi __________ tomonidan berildi.



Talab mazmuni: Qarzdor-«YaShNAR» xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatidan 5.948.678,91 so‘m qarzdorlikni undirish haqida.

Kreditor: “KOMPLEKTENERGIYa” sho‘ba korxonasi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, tupik 30, 8-uy. H/P 20208000304710883001, OAIKB «Ipak yo‘li» filial, Sag‘bon banki, kod MFO 01036, INN 206963952) foydasiga.

Qarzdor: Qarzdor - «YaShNAR» xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor S 17118, 39-uy. H/R 20208000204393305001, Olmazor tumani “Ipoteka bank”, INN 205530749, MFO 00901) hisobidan.

O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 103, 109-110-moddalariga asosan, qarzdor - «YaShNAR» xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati hisobidan “KOMPLEKT ENERGIYa” sho‘‘ba korxonasi foydasiga 5.948.678,91 so‘m qarzdorlik undirilsin.

-------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega.

Sud buyrug‘i bo‘yicha undirish buyruq berilgandan so‘ng o‘n kunlik muddat o‘tgach, sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.

Iqtisodiy sudi qabul qilgan sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.1



Sud buyrug`ini berish to`g`risidagi arizaga e`tirozni qarzdor arizaning ko`chirma nusxasi unga topshirilgan paytdan e`tiboran o`n kunlik muddatda sudga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Qarzdorning e`tirozni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi, shuningdek, uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrug`i ni berish uchun asos bo`ladi.

Sud buyrug`ini berish to`g`risidagi arizaga e`tiroz qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolanga e`tirozga ishonchnoma ilova qilinadi.



  1. Ba’zi toifadagi nizolar yuzasidan manfaatdor shaxslar sudga murojaat qilishdan oldin nizolarni kelishuv asosida hal etish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi, boshqacha qilib aytganda nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilishi lozim.

Masalan, FKning 551-moddasiga ko‘ra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan va unga o‘z majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga haqli2.

Sudgacha nizoni hal qilish turlaridan biri talabnoma bo‘lib hisoblanadi. Shartnoma taraflaridan biri tomonidan boshqa tarafning o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarilmaganligi yuzasidan unga talabnoma yuborish orqali o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi va buzilgan mulkiy huquqlarini tiklashni talab qiladi.



Talabnoma – bu kreditorning qarzdorga nisbatan qarzdorlikni to‘lash, zararni qoplash, mahsulotning, bajarilgan ishlarning va ko‘rsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini bartaraf etish haqidagi talabidir.

Sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilish qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollardagina majburiy bo‘lib hisoblanadi.


Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007 yil 15 iyundagi "Birinchi instansiya sudida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida"gi 162-son Qarorining 3-bandiga ko‘ra, XPK 6-moddasining birinchi qismiga muvofiq xo‘jalik sudi manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo‘jalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda davlat organlari va boshqa organlarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina xo‘jalik sudida ish qo‘zg‘atish mumkin. Bunday tartib, xususan O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi, "Temir yo‘l transporti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan. Nizolarni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibi da’vogar uchun faqat qonun va shartnomada belgilangan hollarda majburiy ekanligini nazarda tutish lozim. Agar u nizomlar, qoidalar va boshqa qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa ham, qonunda ularni qo‘llash haqidagi havola normalari belgilangan hollardan tashqari, unga rioya qilish taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi. Agar shartnomada taraflar tomonidan kelib chiqqan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish haqidagi shart nazarda tutilgan bo‘lsa, ammo nizoni hal etish tartibi belgilanmagan bo‘lsa, bu holda nizoni talabnoma yuborish yo‘li bilan hal etish tartibi majburiy hisoblanmaydi. Ishlarning prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atilishi talabnoma yuborish tartibiga rioya qilinganligidan qat’i nazar, amalga oshirilishini e’tiborga olish lozim.

Nizolarni sudgacha hal qilishning vujudga kelish manbalariga qarab ikki guruhga ajraladi:

1. Qonun bo‘yicha, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasiga ko‘ra, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan, jismoniy shaxslarga, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa, o‘ttiz kundan kechiktirmasdan yuboriladigan, soliq to‘lovchi majburiyatini bajarishi zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risidagi talabnoma kiradi.

2. Shartnoma asosida, taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra.
Nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tezkor tiklanishini ta’minlash;

- shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaslik sabablari va shartlarini aniqlashda ko‘maklashish;

- qonun yoki shartnoma intizomi buzilishini oldini olish.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi nizolarning talabnoma asosida hal etilishi:

a) taraflar o‘rtasidagi nizolarni o‘zaro kelishuv asosida, sudga murojaat etmasdan hal etish imkoniyatini beradi;

b) taraflar o‘rtasidagi nizolarni qisqa muddatlarda hal etilishini ta’minlaydi;

v) ortiqcha sud xarajatlarini iqtisod qilish imkoniyatini beradi;

g) ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olinadi.
Nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya qilinmasa:


  • Da`vo arizasi qaytariladi;

  • Da`vo arizasi ko`rmasdan qoldiriladi;

  • Da`vo arizasi bo`yicha ish yuritish tugatiladi.

  1. Yuqorida bizga berilgan kazusda ko`rib turganimkizdek, muammoli vaziyat sud buyrug`i bilan bog`liq. Iqtisodiy sudlar tomonidan ko`riladigan ishlarning yana bir turi – buyruq tartibida ko`riladigan arizalar hisoblanadi. Sud buyrug`i kreditorning nizosiz talablarini qanoatlantirish to`g`risidagi sudyaning hujjati hisoblabadi. Sud buyrug`i ijro hujjati kuchiga ega bo`lib, u bo`yicha undiruv buyruq berilgandan so`ng o`n kunlik muddat o`tgach sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi Plenumining 05.12.2013 – yildagi “Sud buyrug`i berish to`g`risidagi ishlarni ko`rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida”gi 254-sonli qarorining 2-bandida qayd etilishicha, PKning 103-moddasida nazarda tutilgan sud buyrug`i berish bo`yicha talablarning ro`yxati tugal hisoblanadi va u kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.

IPK 135-moddasining 3-bandiga asosan qarzdorlikni undirish to`grisida talab qo`yilganda qarzdorlikni undirish to`g`risida talab qo`yilganda qarzdorlik qarzdor tomonidan hujjatlar asosida tan olingan bo`lishi, ya`ni ikki tomonlama tasdiqlangan solishtirma dalolatnoma sudga taqdim etilishi lozim.

Shuningdek, kreditor sud buyrug`ini berish to`g`risida ariza berganida qarzdorga shu arizaning nusxasini topshirishi shart.

Kazusda esa qarzdor tegishli ravishda xabardor bo`lmaganligini aytgan. Bundan ariza nusxasi topshirilmaganligi, hujjatlar asosida tan olinmaganligi kelib chiqyapti. Bunday hollarda ariza rad etiladi.

Sudya arizani qaytarish haqidagi ariza kelib tushgandan besh kundan kechiktirmay, - sud buyrug`i berilgunga qadar uni qaytarib olish to`g`risida kreditordan ariza tushganda esa – sud buyrug`ini berish haqidagi arizani qaytarib olish to`g`risida ariza kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay ajrim chiqaradi.

Qarzdor unga sud buyrug`ini berish to`g`risidagi ariza nusxasi topshirilgan paytdan boshlab o`n kunlik muddatda sudga kreditor talablariga qarshi e`tirozini, uni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.

Belgilangan muddatda qarzdor tomonidan e`tiroz taqdim etilmasligi, shuningdek bildirilgan talabga roziligi sud buyrug`ini berish uchun asos bo`ladi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida” gi 4-sonli qarorining 13-bandiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi FPKning 2384-moddasiga muvofiq, sud buyrug`i chiqarish to`g`risida ariza berilganda qonun hujjatlarida davo arizalar uchun belgilangan tartib va miqdorda davlat boji undiriladi. IPKning 139-moddasida ham belgilab qo`yilgan.



Qarzdorning sud buyrug`ini rad etish haqidagi arizasi asossiz. Chunki muddat o`tib ketgan. Uzrli sabab ham keltirilmagan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  1. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi

  2. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi

  3. Mualliflar jamoasi “Iqtisodiy protsessual huquqi” darslik

  4. Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartibi - amaliy qo`llanmasi

1 Iqtisodiy protsessual huquqi, Mualliflar jamoasi – T.2018-y

2 O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

Download 15.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling