Iqtisodiy tahlil va audit


Download 131.22 Kb.
bet1/12
Sana21.06.2023
Hajmi131.22 Kb.
#1643498
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Davlat Byudjeti

Moliyaviy nazorat

1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati

  • Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo'shilishini tushunmoq kerak:
  • 1. Davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya);
  • 2. shu kategoriyaning namoyon bo'lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi.

Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o'zida, o'zaro bog'langan va ma'lum darajada mustaqil bo'lgan uch bosqichga egadir:

  • 1. Umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari);
  • 2. Hududiy va ma'lum maqsadlarga mo'ljallangan ko'p sonli byudjet fondlarini yaratish;
  • 3. Byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).

1. Umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari);

  • Davlat byudjetiga to'lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to'lovchilaming xarajatlaridan iborat bo'lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o'zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi.

2. Hududiy va ma'lum maqsadlarga mo'ljallangan ko'p sonli byudjet fondlarini yaratish;

  • Byudjet va uning barcha bo'linmalarida iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoiy ta'minot, markazlashtirilgan investitsiyalar, hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va boshqalarning ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan maqsadli fondlar shakllantiriladi.

3. Byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).

  • Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromadlari singari, ikki yoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa - sub'ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag'lar bo'lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo'ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi.

Download 131.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling