Iqtisodiy ta’limotlar tarixi yakuniy savollariga javoblar Eshnunn qonunlari qanday boshlanadi?
Download 44.33 Kb.
|
1 2
Bog'liqitt javoblar
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi yakuniy savollariga javoblar 1. Eshnunn qonunlari qanday boshlanadi? 1. Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho o’rnatishdan boshlanadi. 2. Xammurapi qonunlarida qanday iqtisodiy masalalar ko‘rilgan? 2. Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish, ijara, sudxo’rlik va ishga yollash masalalari 3. Xammurapi qonunlarida nimalar ta’qiqlangan? 3. Xammurapi qonunlarida saroy, ibodatxona mulkini hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda, harbiylarning ulushi (yerlari) sotilishi, sudxo’rlar o’z holicha, qarzdorlarning ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etiladi. Birovning xususiy mulkiga ko’z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. 4. Avestoda nimalarni ifloslantirish og‘ir gunoh hisoblanadi? 4. Yer, suv, havo 5. Avestoda yomon ovqatlanishdan nimalar aynib ketadi deyilgan? 5. Odob-axloq 6. Artxashastrada iqtisodiyot sifatida nimalar ko‘riladi? 6. Dehqonchilik, chorvachilik va savdo 7. Artxashastrada odam yashamaydigan yer nimaga o‘xshatiladi? 7. Naslsiz sigirga 8. Artxashastra da qanday ishlarni yaxshilash nazarda tutilgan? 8. Irrigatsiya 9. Qadimgi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy qachon yashagan? 9. Mil.av. 551 – 479-yillar 10. “Aqliy mehnat bilan yuqori tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa oddiy kishilar shug’ullanadi” degan fikrlar kimga tegishli? 10. Konfutsiy 11. Ksenofont (m.o. 430-355 y.) asarlari 11. “Kiropediya” , “Daromadlar to’g’risida” va “Ekonomiks” (xo’jalik to’g’risida ta’lim) 12. Ksenofont «Daromadlar to‘g‘risida» asarida qaysi davlatning iqtisodiy holatini tahlil qilgan? 12. Afina 13. Tarixga birinchilardan bo‘lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim kim? 13. Ksenofont 14. Tovarning foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo‘lib tushungan olim kim? 14. Ksenofont 15. Natural-xo‘jalik munosabatlarini himoya qilgan qadimgi grek mutafakkiri kim? 15. Platon 16. Xrematistika – bu nima? 16. Xrematistika – bu yirik savdo yo’li bilan boylik orttirish mahoratidir. 17. Katon tovar qiymatidan ortiqchasini nima deb bilgan? 17. Foyda 18. Mark Terensiy Varron (m.o. 116-27 y.) xalq xo‘jaligida asosiy tarmoq deb nimani tarmoq hisobladi? 18. Dehqonchilik va chorvachilikni 19. Qur’oni Karimdagi asosiy g‘oyalarda nimalar ulug‘lanadi? 19. Dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat 20. Inson oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi degan fikr kimga tegishli? 20. Ibn Sino 21. Ibn Sino jamiyatning amal qilishining asosini nimada hisoblaydi? 21. Hunarmandchilik 22. Amir Temur davrida Devonning vazifasi qanday edi? 22. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. 23. Amir Temur qurdirgan langarxona qanday joy bo‘lgan? 23. Yo’lovchilar qo’nib o’tadigan, kambag’al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy. 24. Temuriylar davrida yerga egalik qilish necha turga bo’lingan? 24. 5 turga: Suyurg’ol yerlar, tarxon yerlar, ushr yerlar, vaqf yerlar, askarlarga va ularning rahbarlariga beriladigan yerlar 25. Amir Temur davrida xirojni yig‘ish vaqtida nechta vazir bo‘lgan? 25. 2ta 26. Amir Temur kimlarni soliqdan ozod etgan? 26. Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (erosti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa yoxud birorta xarob bo’lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. 27. Temuriylar davrida biror bir xizmati uchun beriladigan yerlar? 27. Tarxon yerlar 28. Temuriylar davrida oddiy sipoh qancha maosh olgan? 28. O’zi mingan ot bahosiga teng miqdorida 29. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari qaysi asarida berilgan? 29. «Hiloliya» 30. Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qaysi sohaga e’tibor berdi? 30. Qishloq xo’jaligi 31. Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida soliqlar qanday vaqtda yig’ib olingan? 31. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo’lingan: 1. saraton (iyun-iyul); 2. sumbula mezon (avgust va sentyabr); 3. qavs (noyabr). 32. Ksenofont “Daromadlar to’grisida” asarida Afina davlatining iqtisodiy o’sishi uchun necha xil yo’lini tafsiya etadi? 32. Uch yo’lini tavsiya etadi: 1) xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko’paytirish, ularning Afiinaga kelishini rag’batlantirish; 2) kumush qazib olishni kengaytirish; 3) qullar savdosini tashkil etish. 33. Merkantilistlar nimani himoya qilishgan? 33. Yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlari 34. Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash prinsipi... 34. Har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga protektsionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishi. 35. Birinchi iqtisodiy tafakkurlar maktabi... 35. Merkantilizm 36. Merkantilizmning asosiy vakillari? 36. Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) Tomas Man 37. Pulning paydo bo‘lishini odamlarning sun’iy ixtirosi deb ta’riflovchi oqim 37. Merkantilizm 38. Merkantilizm so’zining ma’nosi? 38. Merkantelizm — italyancha «mercante» so’zidan olingan bo’lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. 39. Pul qiymatining kelib chiqishini oltin va kumush pullarning «tabiiy xususiyati» va mamlakatdagi ularning miqdori bilan bog‘lab talqin qiluvchi oqim 39. Merkantilizm 40. Merkantilistlarning fikricha, iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi omil. 40. Davlatning tartibga solishi tufayli pul boyligining ko’payishi, bunda tashqi savdo va savdo balansi farqi ijobiy (aktiv) bo’lishi ta’minlanishi kerak 41. U.Stafford (Angliya), G.Skaruffi (Italiya) bular-qaysi maktab vakillari 41. Ilk merkantelizm 42. Dastlabgi merkantilistlardan farqli, keying merkantilistlar qaysi nazaryani ilgari surdilar? 42. “ Savdo balansi” nazariyasini 43. Merkantilistlarning aktiv savdo balansi... 43. Eksportning importdan ustun bo’lishi. Eksport va import o’rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o’sishidir. Demak, real boylik bu– «o’lik pullar» yig’indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. 44. Yetuk merkantilizmning atoqli vakillari... 44. Tomas Man (1571–1641), Antuan Monkreten (1576–1621), Jan Batist Kolbert (1619–1683 y.) 45. Aktiv savdo balansida 45. Eksport rag’batlantiriladi. 46. Merkantilizm bo`yicha boylik asosining yuzaga kelishi 46. Savdo sotiq orqali 47. Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi milliy ko‘rinishlari 47. Fransiyada - kolbertizm, Germaniyada kameralistika 48. Merkantilizm iqtisodiy konsepsiyasi qaysi tabaqa manfaatlariga javob berar edi? 48. Savdo burjuaziya 49. Rivojlangan merkantilistlarning siyosati ilk merkantilistlardan nima bilan farq qilgan? 49. Tashqi savdoni rivojlantirish 50. Ilk klassik iqtisodiy maktab qaysi davlatda vujudga kelgan? 50. Angliya 51. Klassik iqtisodiy maktab asoschisi kim? 51. Uilyam Petti 52. U. Pettining ish xaqi nazariyasi nima bilan xarakterlanadi? 52. Ishchining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi 53. Petti renta deganda nimani tushungan? 53. Tadbirkorlar va yer egalari daromadlari U.Petti o‘zi umumlashtirgan tushuncha — “renta” sifatida tavsiflanadi. 54. Fransiyada klassik iqtisodiy maktab asoschisi kim? 54. Pyer Buagilber 55. P. Buagilber boylik va davlat farovonligi asosini nimada deb hisoblagan? 55. Qishloq xo’jaligi Ishlab chiqarishni rivojlantirish 56. “Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasi” so’zlari kimga tegishli? 56. Petti Vilyam 57. “Xalqlar boyligi tabiati va sabablari” asari muallifi kim? 57. Adam Smit 58. Fiziokratlarning asoschisi kim? 58. Fransua Keyne 59. Fiziokratlar bo`yicha boylik qaysi sohada paydo bo‘ladi? 59. Qishloq xo’jaligi 60. «Siyosiy arifmetika» asari muallifi 60. Uilyam Petti 61. F. Kenening «tabiiy tartib» konsepsiyasining asosiy mazmuni nimada? 61. Bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan bo ‘lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan sharoitda bo‘ladi. Ana shunda dunyo o‘z-o‘zidan harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, ≪Yuqori hokimiyat≫ oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’taketgan beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin. U yuqori davlat hokimiyati davlat boshqaruvini amalga oshirish uchun zarur bo ‘Igan - tabiiy tartib — qonunlarini yaxshi biladigan, o'qimishli bir shaxs qo'lida bo‘lishini maqsadga muvofiq, deb hisoblagan. 62. “Qomus”da e’lon qilingan “Fermer”, “Don ” asarlari muallifi 62. Fransua Kene 63. F. Kene jamiyatni nechta sinfga bo‘lib ko‘rsatgan? 63. 3ta sinfga: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). 64. A. Tyurgo F. Kenedan farqli ravishda jamiyatda yana qaysi sinflar borligini tan oldi? 64. "unumsiz" sanoatchilar sinfini u ikki qismga bo`ladi: birinchisiga tadbirkor manufakturistlar, fabrika egalari kiradi, ular katta kapital egalari sifatida namoyon bo`lib, o`z avans, ya'ni bo`naklari yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar(kapitalistlar). Ikkinchilari - bu oddiy hunarmandlar bo`lib (ishchilar), ular o`z qo`l kuchlari hisobiga ish haqi oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum). 64. Qisqa javob: ishchilar va Kapitalistlar 65. A. Smit va D. Rikardo qaysi iqtisodiy maktabning yirik vakillari hisoblanadi? 65. Klassik iqtisodiy maktab 66. A. Smitning asosiy iqtisodiy asarini toping? 66. Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risidagi tadqiqot 67. “Ko’rinmas qo’l” g’oyasini ilgari surgan olim? 67. Adam Smit 68. Smit ta’limoti bo`yicha «muomalaning buyuk g‘ildiragi» nima? 68. Pul 69. A. Smit to’g`nog`ich ishlab chiqarish ustaxonasi misolida nimani asoslab beradi? 69. Mehnat taqsimoti boylikni yaratishda asosiy omil hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Chunki mehnat taqsimoti asosida uning unumdorligi oshadi. 70. D Rikardo qaysi ishlab chiqarishni yoqlab chiqdi? 70. Fabrika 71. Boylik faqat qishloq xo’jaligidan emas, balki sanoat, transport qurilish va boshqa sohalarda ham degan maktab vakillari? 71. Klassik siyosiy iqtisod 72. Rikardo qanday qiymat tushunchasini kiritgan? 72. Almashuv qiymati 73. D. Rikardo qaysi turdagi rentani ko‘ra biladi? 73. Differensial renta 74. A.Smit nazariyasiga ko‘ra foyda 74. Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma ishchi mehnatiga to`lanmagan mahsulotdir, degan xulosa chiqariladi. A.Smit qo`shimcha qiymat kelib chiqishining haqiqiy sababini aniqlashga yaqinlashgan, chunki foyda kapitalist bilan bevosita bog`langan, bunda ishchi o`z mehnat samarasini kapitalist bilan bo`lishishga majbur bo`ladi. Bu holatda foyda yangi paydo bo`lgan qiymat bilan ish haqining farqi ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan tovarning bir qismi tegadi, xolos. qolgan qismini kapitalist foyda sifatida oladi. Amalda foyda qo`shimcha qiymatdir. 75. Mehnat taqsimotini to’g`nog’ich ishlab chiqarish ustaxonasi misolida kim asoslab bergan? 75. A. Smit 76. A.Smitning birinchi kitobining nomi? 76. "Axloqiy hissiyot nazariyasi" 77. J B Seyning “bozor qonuni” asosiy qoidalari 77. Har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo’lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya’ni o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi. 78. Smit fikricha, tabiiy baho 78. A.Smitning fikri bo’yicha, «tabiiy baho» (qiymat) - bu shunday bahoki, uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va er uchun to’lanadigan tabiiy me’yorlarga taxminan mos keladi. 79. Smitning taqsimot nazariyasini kimlar mukammallashtirgan 79. Rikardo, J.S.Mill va Alfred Marshal 80. Qiyosiy ustunlik nazariyasi muallifi 80. Iqtisodiy ta’limotlar tarixchilari qiyosiy ustunlik nazariyasini asoschisini aytishda bir to’xtamga kelganlari yo’q. Asosiy nomzodlar ichida Rikardo, Robert Torrens (1780- 1864) va Djeyms Mill (1773-1836)lar joy olganlar. 81. Fransiyada Smit ta’limotining davomchisi 81. Jon Batist Sey 82. B.Seyning “Siyosiy iqtisod traktati” asari nima haqida? 82. U o’zining Download 44.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling