Tema Angliya Angliya


Download 14.13 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi14.13 Kb.
#1242901
Bog'liq
Tema Angliya


Tema Angliya
Angliya — Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-sharqini egallagan.
Buyuk Britaniyaning ma’muriy-siyosiy qismi, uning tarixiy oʻzagi. Buyuk Britaniya o.ning janubiy va oʻrta hududida joylashgan. Germaniyada yashagan va 5 — 6-asrlarda Yevropa qitʼasidan orolga koʻchib borgan angllar qabilasidan Angliya nomi kelib chiqqan. Keng maʼnoda koʻpincha Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma qirolligini Angliya deb ataydilar. Maydoni 131 ming km², aholisi — 56 mln. kishidan ortiq (2019). Buyuk Britaniya butun maydonining 54% va aholisining 80%dan koʻprogʻi. Angliya 39 graflik, 6 metropoliya grafligi va katta Londonga boʻlinadi. Londonning alohida boshqaruv tizimi bor: uning 28 okrugidan har birida kengash mavjud. Londondagi ijroiya hokimiyatini lord-mer amalga oshiradi. Angliya — iqtisodiy jihatdan Buyuk Britaniyaning eng rivoj-langan boʻlagi. Mamlakatning anʼanaviy sanoat tarmoqlari: konchilik (toshkoʻmir, temir ruda), qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati asosiy markazlari shu yerda joylashgan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik), elektr va radiotexnika, atom sanoati ham yaxshigina rivojlangan. Angliyada mamlakatning eng katta sanoat markazlari: London, Birmingem, Liverpul va boshqa joylashgan. Buyuk Britaniya jami ekinzorlarining salkam 70% Angliyaga toʻgʻri keladi. U sut chorvachiligi, sabzavotchilik va bogʻdorchilikning asosiy maskani hamdir. Angliyada transport tarmogʻi qalin, uning portlari (London, Liverpul, Sautxempton va boshqalar) orqali mamlakat yuk aylanmasining 80%dan koʻprogʻi oʻtadi.
Download 14.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling