Mavzu: Fanning maqsadi va vazifalari. Fan rivojining tarixi
Download 23.73 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu:Fanning maqsadi va vazifalari. Fan rivojining tarixi. Reja: 1. Kirish. 2. Komplekt va integrallangan elektr yuritmalar. 3.O‘zgarmas tokli komplekt elektr yuritma. 4.O‘zgaruvchan tokli komplekt elektr yuritma. Tayanch so‘z va iboralar Komplekt yuritmalar, funksional elementlar, stanoksozlik, qog‘oz ishlab chiqarish, metallurgiya, mashinasozlik, KEYU texnik ma’lumotlari, o‘zgarmas tokli komplekt elektr yuritma KEYUlarning seriallari, bir fazali, uch fazali ko‘prikli yoki noli, noversiv yoki reversiv sxemalar, tiristorli o‘zgartkichlar, dvigatel, mexanik xarakat, koordinatalar datchigi, komponentlar. Komplekt elektr yuritmalar» fani oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishiga mo‘ljallangan bo‘lib, mahlum darajada umummuxandis fani xisoblanadi, yuqori malakali texnik xodimlar etishtirishda muxim rol o‘ynaydi. Bu fanning asosiy maqsadi, o‘zgarmas tokli, o‘zgaruvchan tokli komplekt elektr yuritmaning tranzistorli, tiristorli elektr yuritmasi xaqida umumiy ma’lumotlar, ishlash prinsiplari xamda, keng rostlanadigan va tezkor elektr yuritmalar uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish uslubiyoti o‘rganiladi. «Komplekt elektr yuritmalar» fani talabalar tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilgandan so‘ng o‘rganiladi: oliy matematika, fizika, elektrotexnikaning nazariy asoslari, sanoat elektronikasi, elektr o‘lchash, elektr mashinalari. Komplekt va integrallangan elektr yuritmalar Komplekt elektr yuritmalar borgan sari sanoatning ko‘pchiligidan, yani stanoksozlik, qog‘oz ishlab chiqarish, metallurigiya, mashinasozlik va boshqa soxalarda keng qo‘llanilmoqda. KEYU larning bunday keng qo‘llamda qo‘llanilishiga sabab, ularni loyixalash va tayyorlashda, nisbatan kam mehnat sarflanishida, elektromontaj va sozlash ishlariga qisqa vaqt talab qilishida, ekspluatatsiya qilish qulayligidadir. Komplekt elektr yuritmalar quyidagi texnik ma’lumotlar orqali farqlanadi: ta’minlanayotgan tarmoq kuchlanish; dvigatellar soni (bitta, ikkita yoki ko‘p dvigatelli;) kuch o‘zgartgichining turi va nominal parametrlari; dvigatelda revers mavjudligi yoki yo‘qligi; asosiy koordinatalar turi (tezligi, xolati, cho‘zilishi, quvvati bo‘yicha rostlanuvchi EYU lar); tezlik rostlagichning diapazoni va yo‘nalishi (bir va ikki zonali); kuch zanjiridagi apparaturalarning tarkibi (chiziqli kontaktor yoki usiz); tormozlashning mavjudligi yoki yo‘qligi; tahminlovchi tarmoq bilan aloqa turi (transformator, reaktor yoki bevosita aloqa). O‘zgarmas tokli komplekt elektr yuritma U keng nomenklatura bilan xarakterlanib, tarkibiga quyidagilar kiradi: taxogeneratorli va xolatlar datchigi bo‘lgan dvigatel; o‘zgarmas tokli dvigatel yakori va qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini tahminlovchi tristorli o‘zgartgich; kuch transformatori yoki reaktor; silliqlovchi reaktor; kommutatsion va himoya apparaturasi (avtomatik uzgichlar, chiziqli kontaktorlar, rubilniklar); dinamik tormozlash qurilmasi (zarur bo‘lsa); elektr yuritmani boshqarish sxemasi; taxogeneratorning qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini va elektromagnit cho‘lg‘amini tahminlovchi blok; yuqori kuchlanishli kirish shkafi (kerak bo‘lsa) va nazorat qilish uchun apparatlar, priborlar va qurilmalar komplekti. Ishchi mashinalar va mexanizmlarning texnologik parametlar datchigi, shuningdek, boshqaruv pultiga o‘rnatiladigan boshqaruv va signal beruvchi qurilmalar spetsifik bo‘lgan uchun odatda komplekt tarkibiga kiritilmaydi. Elektrotexnika sanoatida o‘zgarmas tokli KEYU larning bir nechta seriyasi ishlab chiqariladi. KTEU seriasidagi komplekt elektr yuritmalar keng spektrli funksional imkoniyatlarga ega. Ular bir va ko‘p dvigatelli variantlarda reversiv va noreversiv ko‘rinishida dinamik tormozlanishli va tormozlashsiz ishlab chiqariladi. O‘zgaruchan tokli komplekt elektr yuritma Bunday elektr yuritmalarning safi doimiy ravishda kengayib bormoqda va ular tarkibida asinxron va sinxron dvigatelli elektr yuritmalar mavjud. Asinxron dvigatelli KEYU larning birinchi seriyalari safiga quvvatlari 19 va 66 kVt gacha bo‘lgan EKT va EKT2 tipi elektr yuritmalar taaluqli, shuningdek, CHPU li stanoklarda asinxron dvigatellarni chastotaviy tokli boshqarish imkonyatini beruvchi «Razmer 2M» EYU si xam shu seryasiga mansub. Nisbatan zamonaviy KEYU lar qatoriga quvvatlari 11dan 630 kVt gacha bo‘lgan KCHE, KPCHK KPCHN tipli EYU lar; ETA tipidagi dvigatelning nominal toklari 6 dan 50A gacha; EPA1; ETA1 va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Keyingi yillarda elektrotexnika sanoati tomonidan sinxron dvigatellar yordamida ishlovchi komplekt EYU lar ishlab chiqarilmoqda, ular ichida EIB2 ventilli dvigatel sxemasi asosida, EPB3 va EPB3-B doimiy magnitli sinxron dvigatellar asosida yaratilgan. Konchilik korxonalarining xozirgi talab qilinayotgan unumdorligini taminlash uchun ko’p miqdordagi katta quvvatli turli mashina va mexanizmlar jumladan bir kovshli va rotorli ekskavatorlar, bir necha turli burg’ulash stanoklari, tayyorlash va qazib olish kambaynlari hamda komplekslari, sidirgichli va lentali konveyerlar, elektrovoz transporti, ko’tarish mashinalari, suv xaydash nasoslari, ventilyatorlar, kompressorlar va yana bir necha turdagi yordamchi mexanizlar qo’llaniladi. Bularni xaraktlantirish uchun elektr yuritmalar ko’llaniladi. Elektr energiya yordamida mashina va mexanizmlarni harakatga keltiruvchi elektromexanik qurilmani-elektr yuritma deb ataladi va u bir yoki bir necha elektr yuritgichlarni,uzatish mexanizlar hamda boshqarish apparatlarni o’z ichiga oladi. Boshlang’ich davrda bitta elektr yuritgich bir necha mashinalarni uzatish tasmalar yordamida harakatga keltirilgan. Uzatish tasmalarning ko’pligi va tsexlardagi yoritgichlarning kamligi, ishlash jarayonida xavf tug’dirish imkoniyatini oshirdi, natijada bir yuritgichli va ko’p yuritgichli yuritmalar paydo bo’ladi. Elektr yuritma boshqa turdagi yuritmalardan – yuqori boshqaruvchanli xususiyati, alohida mashina va mexanizmlarga bir yoki bir necha yuritgichlarni o’rnatish mumkinligi, ish mashinalarning kinematikasini soddalashtirish, yuqori FIK, ixchamliligi, katta ishga tushirish momenti , konstruktsiyasining soddaliligi, ishchanliligi, tezligini keng rostlash qobiliyati, hamda boshqarishni masofadan yoki avtomatik ravshda bajarishi mumkinligi bilan ajralib turadi. Elektr yuritma quyidagi afzalliklarga ega: -ishchi mexanizmlarning talablarini to’liq ta’minlaydi; -boshqa yuritmalarga nisbatan yuqori unumdorli ishchi mexanizmlarga qo’llash mumkin; - elektr yuritma qo’llanganda ishchilarning mexnati yengillashadi; -elektr yuritmalarda avtomat boshqarishni keng qo’llash mumkin. -elektr yuritma boshqa turdagi yuritmalarga nisbatan tejamli bo’ladi; -atrof muxit ifloslanmaydi; -elektr energiyani uzatish boshqa energiyani uzatishga nisbatan ancha qulay bo’ladi; -elektr yuritmalarning ixchamligi. Foydalanilgan adabiyotlar: Pirmatov N.B, Yarmuxammеdova Z.A, Mustafakulova G.N, Elеktr mashinalari fanining transformatorlar qismi b o'yicha kurs loyihasini bajarishga oid o'quv -uslubiy qo'llanma T.:ToshDTU, 2012 Salimov J.S., Pirmatov N.B. Elеktr mashinalari.-T.: O'zbеkiston faylasuflari milliy jamiyati, 2011. Голдберг О.Д., Гурин Я.С., Свириденко И.С., Проектирование электрических машин. -М.: Высшая школа, 2001 Download 23.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling