Iqtisodiy zonalarni tashkil etishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash yo’llari Reja: Kirish
Download 115.3 Kb.
|
Iqtisodiy zonalarni tashkil etishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.O’zbekistonda iqtisodiy zonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Iqtisodiy zonalarni tashkil etishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash yo’llari Reja: Kirish Iqtisodiy zonalarni tashkil etishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash yo’llari Reja: Kirish 1.Iqtisodiy zonalarni tashkil etish va moliyaviy qo’llab-quvvatlashning nazariy-huqiqiy asoslari 2.Iqtisodiy zonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash mexanizmining tahlili 3.O’zbekistonda iqtisodiy zonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni takomillashtirish yo’nalishlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarligi. Hozirgi paytda ko‘pgina mamlakatlar o‘zining xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini o‘zgartirish, qatnashuvini faollashtirish uchun turli xil usullarga murojaat qiladilar. Eksport, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, valyuta tushumlarini ko‘paytirish, yangi texnologiyalarga ega bo‘lish, mamlakatning to‘lov balansini yaxshilash maqsadida, alohida huquqiy bojxona iqtisodiy maqomiga ega bo‘lish orqali xorijiy kapitalni jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishni taqozo etmoqda. Buning uchun ko‘pgina mamlakatlar erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishga intilmoqdalar. Qator mamlakatlar (Xitoy, Koreya, Irlandiya, Vengriya kabilar) tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, investitsiyaviy faollikni rag‘batlantiruvchi juda samarali vosita - bu erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdir . Erkin iqtisodiy hudud yaratish mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshirishning sinalgan va eng samarali qurolidir. Erkin iqtisodiy hududlar faoliyati nafaqat alohida mintaqa iqtisodiyoti, balki butun mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan. Shuning uchun ham erkin iqtisodiy hududlar yaratish faqatgina mintaqaviy muammo emas, balki butun mamlakatning muammosidir . Yuqoridagi fikrlardan ayonki, rivojlanib borayotgan mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlar yaratish dolzarb muammodir. Rivojlanayotgan mamlakat uchun xorijiy investitsiyalar muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Erkin iqtisodiy hududlar esa investitsiyalarni jalb qilish uchun asosiy ob'yekt hisoblanadi. Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to'xtovsiz rivojlanmoqda. Rivojlanish oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan ko'p tarmoqli va kapital talab qiluvchiga o'tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 25 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bo'lib, ulardan ko'p ulushga ega bo'lganlar bu bojxona hududlari, to'lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin hududlari, erkin eksport hududlari, erkin eksportga mo'ljallangan ishlab chiqarish hududlari, erkin ishlab chiqarish hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o'zaro tadbirkorlik hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va boshqalar iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. XXRda erkin iqtisodiy hududlar 1970 yilning boshidan mavjud ekan, uning tajribasi ko'pgina rivojlanayotgan iqtisodiyoti o'tish jarayonidagi davlatlar, jumladan O'zbekiston Respublikasi uchun ham foydalidir. O'zbekistonda ham iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar esa 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinuvchi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi Navoiy viloyatida erkin industrial- iqtisodiy zona tashkil etish to'g'risidallgi Farmoniga asosan, Navoiy erkin industrial- iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Prezidentimizning 2012 yil 13 apreldagi “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda ikkinchi erkin iqtisodiy zonaga asos solindi. 2013-yil 18- martda Prezidentimizning “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda uchinchi erkin iqtisodiy zonaga asos solindi. 2013- yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so‘mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o‘sish sur’ati 2012 -yilga nisbatan 25,8 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqdai. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish, ularning faoliyatini kengaytirish oldimizda turgan eng katta dolzarb muommolardan biridir. O'zbekistonda nafaqat erkin industrial-iqtisodiy zona balki boshqa turdagi hududlarni joriy etish maqsadga muvofiqdir. Shu bois shunday hududlarni shakllantirish bo'yicha xorij tajribasi zarur. Bunda Xitoy imkoniyatlarini keng o’rganib ulardan tajriba sifatida foydalanish mumkindir. Download 115.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling