Qadimgi rim tarixiga kirish


Download 1.2 Mb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#1010105
  1   2   3   4
Bog'liq
QADIMGI RIM TARIXIGA KIRISH

QADIMGI RIM TARIXIGA KIRISH


REJA:
  • Kirish
  • Italiyaning geografik o`rni va tabiiy sharoiti
  • Aholisi va etnik xilma-xilligi
  • Qadimgi Rim tarixini davrlashtirish
  • Etrusklarning ijtimoiy tuzumi va madaniyati

Italiya so`zi yunonchadan “buzoqchalar o’lkasi “ deb tarjima qilinadi
ITALIYANING GEOGRAFIK O`RNI
Apennin yarim oroli va uning aholisi Qadimgi Italiya (yunoncha «buzoqlar mamlakati») deb aytilgan. Apennin yarim oroli O‘rtayer dengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo‘lib, qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, janub va g‘arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika dengizlari o'rab, uni O'rtayer dengizining barcha mamlakatlari bilan bog‘lagan edi. Er. avv. I ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo‘tadil iqlim zonasida bo‘lib, Apennin yarim orolning qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog‘lari, janubda Messin qo‘ltig‘i uni Sitsiliyadan ajratib turar edi.
Italiyaning ko‘pgina qismini tog'lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Qadimgi Italiyani 3 qismga bo‘lish qabul qilingan:
1.Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va Venetsiya)
2.O`rta (Etruriya, Latsiya, Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy)
3.Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya).
Davlatga bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. Er.avv. V asrda Po vodiysiga gallar ko‘chib kelib, u yerdan etrusklami siqib chiqardilar. Shu sababli bu o‘lka Rimda «Tsizlal’p galliyasi» deb nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o‘ng qirg‘og‘i va tarnspadan Galliyasi (daryodan shimol tomondagi viloyat) ni o‘z ichiga oladi.
Italiyani o‘zi Apennin janubidan boshlanadi. Bu yerda etrusk (hozirgi Florensiya), latin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik tashkil etadi. Bu yerdan kemachilik uchun qirg‘oqlari qulay tabiiy portlari bo‘lgan Tibr daryosi oqib o‘tadi.
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o‘rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq finikiyaliklar kelib, Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o‘stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar olib keldilar. Po vodiysi, Kampaniya viloyati sikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko‘p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug'orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning mohir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metall juda kam bo'Igani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo'rg'oshin, Elba orolida temir qazib olingan. Metallga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling