Qadimgi rim tarixiga kirish
Download 1.2 Mb.
|
QADIMGI RIM TARIXIGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Latin-sikul, sabin-umbrlar
- Aterna daryosining so‘l qirg‘og‘ida
- Er. avv. I ming yillikda
- Lokri, Sibaris, Tarent va Kroton
- . Er. avv. I asrga
- 476-yil 23-avgustida
QADIMGI AHOLISI
Arxeologik qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashganini tasdiqlaydi. Ular dastlab g‘orlarda yashaganlar va ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Apennin yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib o‘rnashdilar. Ular bilan Térra-Marra (italyancha-«qora unumdor yer») dehqonchilik madaniyatini olib keldilar. Bu qabilalar suvdan ko‘tarilgan ustunlarda qurilgan yoki uylarda yashaganlar to‘g‘ridan- to‘g‘ri qirg‘oqda qurilgan. Keyinchalik bu madaniyatning vakillari latin, samnit, umbrlar qabilalariga bo‘linib ketdilar Er. avv. VIII asrda Italiyada ikki til guruhida so‘zlaydigan Latin-sikul, sabin-umbrlar tashkil qildilar. Latinlar dastlab qadimgi Latsiya hududida yashadilar. Umbrlar Tibrning yuqori qismida, samnitlar tog‘li Samnit viloyatida, shimoliy Kampaniya, Apuliya, Lukaniya va Bruttiyada yashadilar. Volsklar tili umbrlar va sabin qabilalariga yaqin bo‘lgan Volsk hududida latinlardan janubda yashadilar. Aterna daryosining so‘l qirg‘og‘ida vestin va marusin qabilalari joylashdilar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo ibtidoiy edi. Italiyaliklar kelishigacha mamlakatni shimoli-g‘arbidagi ligurlar eng qadimgi tub joy aholisi edi. Jez davri boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Italiyaning shimoliy g‘arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylashgan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular dastlab Sitsiliyada yashar edilar. Keyinchalik ularni Finikiya va yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davrda Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar mehnatidan foydalanib jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga erishganlar. Er. avv. I ming yillikda yarim orolning aholisini asosiy qismini hind-yevropa qabilalari bo'lgan italiyaliklar, illiriyaliklar va yunonlar tashkil qildi. Yunonlar ilk bor Italiyaga er. avv. II ming yillikda paydo bo‘ldilar. Er. avv. VIII asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyada ko‘plab yunon koloniyalari barpo qilina boshlandi. Janubiy Italiyada shunday koloniyalardan Lokri, Sibaris, Tarent va Kroton, Sitsiliyada esa Sirakuza, Gela va Akragant koloniyalariga asos solindi. Er. avv. I ming yillik o'rtalarida Po vodiysida kelt qabilalari o‘rnashdilar. Ular bosh kiyimlarini xo‘roz patlari bilan bezar edilar, shu sababli rimliklar ularni gall (lotincha gallus – “xo‘roz”) deb atadilar. Er. avv. VI asrdan boshlab Sitsiliya va Italiyaga finikiyaliklar kela boshladilar. Er. avv. III asrda Italiya hududi Rim istilolari natijasida yagona davlatga birlashdi. Natijada bu yerda yashagan turli qabila va xalqlar bir-biri bilan yaqinlashish jarayonini boshdan kechirdi. Er. avv. I asrga kelib lotin tilida so'zlashadigan yagona italyan xalqi shakllandi. Shu davrdan boshlab mamlakat Italiya deb atala boshlandi. Rivoyatlarga ko‘ra Rim shahriga er. avv. 753-yil 21-aprelda asos solingan. «Qadimgi Rim» tushunchasi o‘n ikki asrdan ortiqroq tarixni o‘z ichiga olgan (er. avv. 753-yil 21-apreldan boshlanib, eramizning 476-yil 23-avgustida G‘arbiy Rim imperiyasining halokati bilan tugallandi) davlat jamiyat va sivilizatsiyani o‘z ichiga oladi. Boshida uncha katta polis bo‘lmagan Rim er. avv. 265-yilga kelib, butun Italiyani o‘ziga bo‘ysundirdi, er. avv. II asr o‘rtalarida eng qudratli 0‘rtayer dengizi davlatiga aylandi. Eramizning I—II asrlariga kelib, 0‘rtayer dengizi qadimgi sivilizatsiyalarini ulkan madaniy merosini o‘zlashtirgan bepoyon imperiya bo‘ldi. Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini qabul qilgan, o‘zlashtirgan va keyingi avlodlarga yetkazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rimning muhim o‘rni belgilanadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling