Iqtisodiyot 4-kurs 20-114 gurux talabasi abdulazizov abduqodirning tayorlagan ishi

Download 0.76 Mb.
bet1/9
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1721010
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
iqtisodiyot 4-kurs banklar Mustaqil ish

iqtisodiyot 4-kurs 20-114 gurux talabasi abdulazizov qodirjonning tayorlagan ishi

mavzu: bankning kelib chiqishi va bank turi. Tijorat banklarining operatsiyalari. bank inqirozlari. kredit turi.

Reja:

  • 1-Pulning zarurligi, mohiyati.
  • 2-Banklarning kelib chiqishi va turlari.
  • 3-Kredit turlari.
  • 4-Banklarning inqirozlari.
  • 5-Tijorat banklari.

Pulning kelib chiqishi haqidagi masala turli xil nazariyotchilar tomonidan ayriboshlashning rivojlanish jarayoni bilan bog‘liqlikda talqin qilinadi. Bir tovarning qiymati u boshqa tovarga ayriboshlaganda ma’lum bo‘ladi (T-T). Birinchi qarashda ayriboshlash bitimida tovarlar bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa ekvivalent rolida chiqadi, qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning kurtagi mavjud bo‘ladi. Ayriboshlash rivojining dastlabki bosqichi qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli deb ataladi. Bunda, masalan, boltaning egasi uni 1 qop donga almashtiradi. (1 bolta= 1 qop don). Bu tenglikda bolta o‘z qiymatini 1 qop donda ifodalaydi. Don esa bolta qiymatining ifodasidir, uning qiymatini ifodalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va ishlab chiqarishning o‘sishi natijasida ayriboshlash yanada rivojlandi. Tobora ko‘p turdagi va miqdordagi mahsulotlar ayriboshlash jarayoniga jalb etilib boriladi.

Bunda hamma tovarlarga ayriboshlash mumkin bo‘lgan tovarga zaruriyat tug‘iladi. Dastlab bunday vazifani turli tovarlar bajarib, ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonida bu rol asta-sekin oltinga o‘tib borgan. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valutaga, ya’ni monemetall tizimiga o‘ta boshlaydilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900-yilda sodir bo‘ladi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871-yilda,
O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq, kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507-yilda pul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501–1610) va Abdullaxon (1583–1598) zarb etgan tangalar yetib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtiriladi. 1695– 1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan. Qiymat shakllarining rivojlanishiga sabab bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar: Mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi; ishlab chiqarishning o‘sishi; mahalliy va milliy bozorlarning vujudga kelishi. Umumiy ekvivalent rolini nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilishiga sabab quyidagilar bilan izohlanadi: Sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi; Zanglamasligi va uzoq muddat saqlanishi; Bo‘linuvchanligi va uni yaxlit holga keltirish osonligi; Tabiatda nisbatan kamyobligi; Ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin. Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayriboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasidir. Oltin (yoki kumush) pul umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir. Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir. Pul tovar muomalasi doirasidan tashqarida ham amal qila boshlaydi: pul rentasi, pul soliqlari vujudga keladi, natural majburiyatlar pul majburiyatlariga aylanadi. Shu tariqa pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi:

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling