Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar manedjmenti yo`nalishi talabasi Bo`riboyev Sherali


Download 49.7 Kb.
bet1/2
Sana26.05.2020
Hajmi49.7 Kb.
#110368
  1   2
Bog'liq
7-javob



Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar manedjmenti yo`nalishi talabasi Bo`riboyev Sherali

7-mavzu : Xalqimizning ma`naviy yuksalishida dinlarning o`rni. O`zbekistonda vijdon erkinligi.

1. Tarixga yuzlanar ekanmiz , agar ajdodlarimiz hayot tarsi haqidagi ma`lumotlarni asrdan asrga o`tib kelayotgan tarixiy kitoblar, muqadass kitoblar va tarixiy yozma manbalardan topishimiz mumkin. Tarixdan nazar soladiga bo`lsak Zardushdiylik dini ildizi VII-VI asrlarga borib taqaladi.Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy mif va afsonalari turli mavzularda boʻlgan. Chunonchi kosmogonik miflar, xayvonlar va qushlar haqidagi miflar, xudolar va afsonaviy qahramonlar haqidagi miflar boʻlib, ularda yaxshilik baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik yomonlik baxtsizlik zulmat va dahshatli sovuqda qarama-qarshi qoʻyilgan. Bular haqidagi zardushtiylikning “Avesto” kitobiga ham kirgan. Mitra - quyosh xudosi hisoblangan hisoblangan ekan . Kayumars haqidagi mif ham “Avesto”ga kirgan. Mifologiyaga koʻra Kayumars yer yuzida paydo boʻlgan birinchi odam boʻlib, guyo u Axura Mazda tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: tashkil topgan. Insoniyatning ashaddiy dushmani boʻlgan Axriman Kayumarsni oʻldiradi. Kayumars tanasining xoʻqiz qismidan 55 xil don, 12 xil oʻsimlik sigir va hoʻkiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo boʻladi; tananing odam qismidan esa erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi.

“Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi, Zardusht eramizdan avvalgi 660 yilda Xorazmda dunyoga kelgan. Otasi savodli boʻlib, karomatguy boʻlgan ekan. Zardusht 20 yoshidan boshlab yakka xudolikni targʻib qilgan. 28 yoshida shuhrat qozonadi, lekin uning targʻibotlari mahalliy hukmdorlarga yoqmaydi. Uni osishga xukm etadilar. Zardusht oʻzi bilan 300 ga yaqin safdoshlarini olib hozirgi Afgʻoniston tomonga yoʻl oladi va oʻz gʻoyalarini targʻib etadi. U 77 yil umr koʻrgan.

Tarixdan nazar soladiga bo`lsak Zardushdiylik dini ildizi VII-VI asrlarga borib taqaladi. Uning muqaddas kitobi “Avesto” ham birdan yuzaga kelgan emas. U bir necha asrlar mobaynida yaratilgan. Zardusht “Avesto”ning qadimiy nusʼhalarini oʻrganib, toʻplab bir kitob holiga keltirgan. U 30 ta koxin bilan uch yil davomida “Avesto”ning bilimlarini yig`ib, bir tizimga solgan va 12 ming xoʻqiz terisiga zarhal harflar bilan yozdirgan.

Avesto quyidagi besh qismdan iborat:

1. Vendidod - 22 bobdan iborat boʻlib, unda Axura Mazda Yerdagi barcha mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi.

2. Visparad - 24 bobdan iborat boʻlib, ibodat qoʻshiqlaridan tashkil topgan. Zulmat kuchlariga qarshi kuchlar kuylanadi.

3. Yasna - 72 bobdan iborat boʻlib, qurbonlik vaqtida, marosimida aytiladigan qoʻshiqlardan tashkil topgan.

4. Yasht - 22 qoʻshiqdan iborat boʻlib, zardushtiylik maʼbudalari madxi kuylangan.

5. Xurda Avesto - Kichik Avesto - quyosh, oy va boshqa xudo hamda maʼbudalar sharafiga aytilgan kichik ibodat matnlaridan iborat.

Bu kitobning koʻp qismi Iskandar Zulqarnayn va arablar istilosi davrida yoʻqolib ketgan. Bizgacha yetib kelgan nusxasi 1374 yilda koʻchirilgan boʻlib, hozirda Kopengagendagi kutubxonada saqlanib kelinmoqda. Zardusht sariq tuya mingan, degan maʼnoni anglatadi. “Avesto” taʼlimotiga koʻra, olamda ikkita kuch, yaxshilik va yomonlik yorugʻlik va zulmat, issiqlik va sovuqlik kabi qarama-qarshi kuchlar mavjud boʻlib, ular abadiy murosasiz kurashib keladilar.

“Avesto”da mehnat nihoyatda ulugʻlanadi. Mehnatni yaxshilik moddiy noz-neʼmatlar manbai deb biladi. “Avesto”da: “Don ekkan kishi taqvodorli urgʻini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik eʼtiqodini olgʻa suradi, imonni oziqlantirib turadi..”, deyiladi. Ekin ekish, mehnat qilish - yerdagi yovuzlikni yoʻqotishdir, deb qaraladi. “Gʻalla yerdan unib chiqqanda, -deyiladi «Avesto”da, devlar larzaga keladi, gʻalla oʻrib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, gʻalla yanchib un qilinayotganda ular mahv boʻladi...» deb mehnat ulugʻlanadi. “Avesto”da inson axloq-odobi, maʼnaviyati quyidagi uchlikda: Gumata - yaxshi fikr, Gugta - yaxshi soʻz, Gvarshta - yaxshi ishda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, yaxshi soʻz, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman”, -deb taʼkidlaydi Axura Mazda. Zardushtiylik axloq-odobi hayvonlarga nisbatan ham beshafqat boʻlishni qatiyan man etadi. “Avesto”da tozalik poklikka alohida eʼtibor qaratilgan. Xovuzdan yuvilmagan, iflos koʻzada suv olgan kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, poklanish qatʼiyan qoralangan. “Avesto”da naslning pokligi, tozaligiga ham alohida eʼtibor berilgan, kattiq nazorat qilingan, qarindosh-urugʻ, aka-ukaning quda-anda boʻlishi qoralangan. Insonning jismoniy va maʼnaviy pokligi zardushtiylik axloqining eng qadimiy talablaridandir. Oila va nikoh yaratguvchining talabiga mos kelganligi bois uni buzish taqiqlangan. Agarda oilada er yoki xotin axloqsizlik yaʼni buzukchilik gunohi sodir etsa, unday kishilar tayoq bilan jazolangan. Shu orqali oila mustahkamligi uchun kurashganlar.

Zardushtiylik taʼlimotidan koʻrinib turibdiki, Sharqda qadimdan oila muqaddas hisoblangan. Uni mustahkamlab, darz ketishiga yoʻl qoʻymaganlar. Zardushtiylikda qabristonlar aholi turar joyidan chetda, tepalik joyda boʻlishi kerakligi, u yerga mevali daraxt oʻtqazish, oʻstirish mumkin emasligi, archa, qayragʻoch kabi mevasiz daraxt oʻstirish kerakligi taʼkidlanadi. “Avesto”da aholining koʻpayishiga ham ahamiyat berilgan. qasddan erga chiqmaydigan qiz qopga solinib, 50 darra urilgan. Qasddan uylanmagan yigitga ham 50 darra urilgan va beliga temir kamar bogʻlab yurish buyurilgan. “Avesto”da qadimgi tabiblarning qasamyodi va tabobat ramzi Ilon va jom berilgan. Demak tabib qasamyodi va ramzi Gippokratdan emas, balki bizdan boshlangan. Bu ham bizning maʼnaviyatimiz qadimiyligini koʻrsatuvchi dalillardan biridir.
2. Renessans bu – uygʻonish davri madaniyati, maʼnaviyati , maʼrifati mohiyati bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning “qayta uygʻonishi”ni anglatadi.

Ilk Sharq uygʻonish davri IX-XII asrlarni, soʻnggi uygʻonish davri XIV-XV asrlarni oʻz ichiga olsa, G`arb uygʻonish davri XV-XVII asrlarni oʻz ichiga olishi bilan farqlanadi. G`arb uygʻonish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos boʻlsa, Sharqda masalaning gʻarbdagidek keskin quyilishini qurmaymiz.Sharq va G`arb uygʻonishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni “qayta tiriltirish”, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni, gumanizmni targʻib etish va boshqalarda xarakterlanadi.

Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:

1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti;

2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish;

3) astronomiya, matematika, minerologiya, jugʻrofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji;

4) uslub (metodologiya)da - ratsionalizm, mantiqning ustunligi;

5) insoniy doʻstlik yuksak axloqiylikning targʻib etilishi;

6) falsafaning keng darajada rivoj topishi;

7) adabiyot, sheʼriyat, ritorikaniig keng miqyosda rivojlanishi;

8) bilimdonlikning qomusiy harakterda ekanligi.

Tarixga nazar solsak IX-XV asrlarni sharq mamlakatlarida shartli tarzda “Renessans” davri deb atashadi. Maʼnaviyat va maʼrifatning gullab-yashnashi bu davr uchun hos edi. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqgan. Dunyoviy fanlarning tez surʼatlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga taʼsir etadi va ayniqsa halifa Maʼmun davrida Bagʻdodda “Bayt ul-hikma” tashkil etilgan paytda jadallashadi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmga oid asarlar arab tiliga oʻgirildi. Bunda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlar, al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniylar o`rni beqiyosdir. Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va madaniyatning yirik oʻchogʻiga aylanadi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topgan edi.

Barchaga juda yaxshi ma`lumki qayerda ilm-fan, marifat, ma`naviyat rivojlanayotgan, taraqqiy topayotgan bo`lsa aynan o`sha yerlarga bo`lgan intilishlar juda ko`p bo`lgan. Shu jumladan bizning ham diyorimizda tarixdan juda yaxshi ma`lumki ko`plab zulmlar bo`lib o`tganligi , xalqimizni ilmsiz qilishga bo`lgan intilishlar, dinini unutishga bo`lgan harakatlar bizni anchagini yillar qamrab oldi . Men o`ylayman-ki agar tarixda bo`lib o`tgan barcha voqealar bo`lmaganda hozirda bizning yurtimizda Cambridge , Harvard kabi institutlar , eng yaxshi ilg`or texnologiyalarga ega bo`lgan , ilm-fan bo`yicha ilg`or mamlakatlardan biri bo`lgan bo`lar edik. Afsuski bizning xalqimiz tarixda nafs, urush qurboni bo`lishdi. Lekin ishonamanki yaqin kelajakda ilg`or , rivojlangan mamlakatlar qatoriga biz ham yuqori o`rinlardan joy olamiz.

Mavzuga qaytadigan bo`lsak mustaqillik davrga kelib islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-eʼtiqodimiz oʻzimizga qaytdi. Avvalo, masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi. qarovsiz qolgan masjidlar taʼmirlandi, yangilari barpo etildi. Aziz-avliyolar yotgan, oʻtmishda qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga keltirildi. Ramazon va qurbon xayitlari dam olish kuni deb elon qilindi. Har yili minglab fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu oʻtmishda faqat xayoliy orzu va armon edi. Ulugʻ allomalar - Iso Termiziy, xaqim Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Zamahshariy, Abduxolik Gʻijduvoniy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur Matrudiy, al-Mapgʻolniy va boshqa ulugʻ zotlarning yubileylari boʻlib oʻtdi, 1998 yilda esa Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi nishonlandi. Qurʼoni Karim, Hadislar va boshqa diniy kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. Oʻtmishda birorta ham diniy ulamoning yubileyi oʻtkazilmas edi, dinny kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida aytganimizdek borlari ham yoʻq, qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Mustaqillik yillari islom dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, Qurʼoni karimning bir necha tarjima va tafsirlari, buyuk mutafakkirlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziyning hadisshunoslikka oid asarlari chop etildi. Mahmud Zamaxshariy, Bahovuddin Naqshband, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Mahdumi Aʼzam Kosoniy, Xoja Ahror Valiy kabi allomalarning yubileylari oʻtkazildi, merosi aks etgan asarlari nashr qilindi. Diniy-irfoniy taʼlim muassasalari: Islom oʻrta maxsus bilim yurtlari, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy markaz, Oʻzbekiston Islom akademiyasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi, Qashqadaryoda ―Abu Muʼin an-Nasafiy nomidagi aqida ilmiy maktabi tashkil etildi.


Vijdon erkinligi haqida gap ketar ekan avvalo Konstitutsiyamizga diqqat qaratishimiz lozimdir. Oʻzbekiston Respublikasida vijdon erkinligining konstitutsion taʼminlanishi fuqarolarda din va diniy qadriyatlarga nisbatan adolatli va xolisona munosabatni belgilash imkoniyatini yaratdi. Yangi tahrirdagi ―Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun Konstitutsiyamiz tamoyillariga asoslanib, vijdon erkinligini amalga oshirishning oqilona demokratik yechimini topdi. Qonun fuqarolarning har qanday dinga eʼtiqod qilish yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan huquq va manfaatlarini himoya qilishni taʼminlamoqda. Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga eʼtiqod qilish yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslik huquqi borligini anglatadi.. Vijdon erkinligi inson huquqlari masalasining eng muhim qirralaridan biridir. Ma`lumot sifatida shuni aytishim joizki BMTning 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari Deklaratsiyasi”da bu masalaga alohida eʼtibor berilgan va deklaratsiyaning 18-moddasida bunday deb yozib qoʻyilgan: “Har bir inson... vijdon va din erkinligi huquqiga egadir”. Konstitutsiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hoxlagan diniga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi”.

Dinga eʼtiqod qilish erkinligi faqat milliy xavfsizlik va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinligini taʼminlash uchun zaruriyat tugʻilgandagina cheklanishi mumkin.

Demokratiyining tarkibiy qismi sifatida vijdon erkinligi katta ahamiyatga egadir. Vijdon erkinligining kafotlatlari nimalardan iborat? Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunida taʼriflab berilgan. Bular:

- avvalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi;

- barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi;

- maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi;

- taʼlim tizimining oʻquv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

- dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur boʻlgan muayyan sharoitlarning yaratib berilganligi.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mustaqillik boshlarida Oʻzbekistonda davlat va jamiyat hayotini demokratiyalash jarayoni boshlanishiga sabab bo`ldi. Bu jarayon ayni paytda, kun tartibiga din, diniy tashkilotlar va dindorlarga ham munosabatni oʻzgartirish masalasini qoʻydi.

Respublikamizda bu masalalar yuzasidan jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Biroq, dindan oʻz gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanishga urinish, dinni yagona xukmron mafkuraga aylantirishga harakat qiluvchilar ham yoʻq emas edi. Ana shunday sharoitda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” qonun qabul qilish hayotiy zaruratga aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi sharoitda dinning, diniy tashkilotlarning jamiyatdagi oʻrnini, davlat va din munosabati tamoyillarini belgilab berishi lozim edi. Natijada 1991 yil 14 iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday qonunni qabul qildi.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra voyaga yetmagan bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun fuqarolarga umumiy majburiy oʻrta taʼlimdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy oʻquv yurtlari albatta davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi lozim. Diniy oʻquv yurtlarida taʼlim beruvchilar albatta, diniy taʼlim olgan boʻlishlari hamda diniy taʼlim berishga qonunda belgilangan tartibda ruxsat olgan boʻlishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa shakllarda diniy taʼlim berish qonun yoʻli bilan man etiladi.

Istiqlol yillarida din sohasida chuqur oʻzgarishlar sodir boʻldi. Oʻzbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga oʻz eʼtiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular oʻrtasida qadimiy mushtarak anʼanalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida ―Bir samo ostida shiori ostida xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi oʻtkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasining 125 yilligi tantanalari oʻtkazildi.. 2013 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, respublikamizda 16 konfessiyaga (Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi, Toʻliq injil xristianlari, Yevangel-xristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Yettinchi kun adventistlari, ―Golos bojiy, Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta oʻrta maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, jumladan, Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat koʻrsatmoqda.



Dunyoviy davlat tushunchasi. Dunyoviy davlat – bu, din davlatdan ajratilgan davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. Ayni paytda, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga oʻzining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid boʻlmagan faoliyatiga aralashmaydi.

Dunyoviy davlat – bu, oʻz fuqarolari uchun vijdon erkinligini eʼlon qiladigan davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qatʼi nazar qonun oldida teng boʻladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda boʻlishiga qarab, ular huquqlarining biron bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, har bir fuqaroga diniy eʼtiqodini roʻkach qilib, davlat qonunida unga nisbatan belgilab qoʻyilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishiga ham yoʻl qoʻyilmaydi. Dunyoviy davlat – bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligini eʼlon qilgan va uni amalda ham taʼminlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlat dinning davtlatga, amaldagi qonunlariga qarshi targʻibotiga yoʻl qoʻymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga ruxsat bermaydi. Dunyoviy davlat – bu, oʻz taʼlim tizimini dindan ajratgan, oʻquv dasturlari diniy fanlardan holi boʻlgan hamda taʼlim mazmuniga din singdirilmaydigan davlatdir.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsa-da, jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasida va qonunlari asosida uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi.



Oʻzbekistonda davlat va din munosabati. Oʻzbekiston – dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari Oʻzbekistonda ham amal qiladi. Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida oʻziga xos jihatlar ham mavjud. Oʻzbekistonda maʼnaviy hayotning asosini fan yoki din, falsafa yoki ilohiyot tashkil etadimi, degan muammo bugungi kunda ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik. Bu muammoni toʻgʻri hal etish Oʻzbekistonning kelgusi taraqqiyoti uchun favqulodda muhimdir. Oʻzbekiston Konstitutsiyasning umumiy ruhi va respublika rahbariyatining fikrlariga koʻra maʼnaviyatning asosi fan boʻlib qolishi kerak. Dinga esa jamiyatning maʼnaviy-ahloqiy jihatdan poklanishining bir vositasi sifatida qarash toʻgʻri boʻladi.

Shunday qilinganda quyidagicha natijalarga erishamiz :



Birinchidan, vijdon erkinligi toʻgʻrisidagi Konstitutsion Qonun amalga oshishi uchun kafolat yuzaga keladi;

Ikkinchidan, bir dinning boshqa din, bir eʼtiqodning boshqa eʼtiqodga nisbatan imtiyozli boʻlishining oldi olinadi;

Uchinchidan, din maʼnaviy madaniyatda oʻziga munosib oʻrin egallaydi;

Toʻrtinchidan, biron-bir dinning siyosiylashmay, sofligi saqlanadi;

Beshinchidan, yoshlarning dindorlikni diniy mutaassiblikdan farqlashga aqllari yetadiki, bu oʻz-oʻzidan diniy partiyalar tuzish behuda, zararli ish ekanligini ayon qiladi.

Oʻzbekiston davlati oʻz fuqarolarining diniy eʼtiqodlarini hurmat qiladi. Ayni paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qoʻyilgan quyidagi talablarga ham rioya etishi lozim:



- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish;

- dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targʻibot olib borish, millatlararo adovat uygʻotish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik;

- diniy tashkilotlarning davlat roʻyxatidan oʻtishi;

- diniy oʻquv yurtlarida diniy fanlarni oʻqitayotgan shaxslarning diniy taʼlim olgan boʻlishlari va diniy tashkilot rahbariyati ruxsati bilangina oʻqitish ishlarini olib borishlari;

- dindorlardan majburiy pul yigʻimi yigʻmaslik va toʻlovlar undirmaslik;

- taqiqlangan gʻoyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video mahsulotlarni tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik.

Oʻzbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan:

- diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarni tuzish. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida aniq ifoda qilingan.

Ayni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning boʻlimlari tuzilishi ham taʼqiqlanadi:

- terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka koʻmaklashadigan, shuningdek, boshqa gʻarazli maqsadlarni koʻzlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalarning faoliyat koʻrsatishi;

- dindorlar va diniy tashkilotlarning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq oʻtkazishi;

- yashirin diniy faoliyat bilan shugʻullanish;

- davlat roʻyxatidan oʻtmagan diniy tashkilotlarning faoliyat koʻrsatishi;

- diniy tashkilotlar xizmatchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodining roʻyxati olinishi;

- diniy tashkilotlar xizmatchilarining xokimiyat vakillik organlari deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinishi.
Davlat va diniy tashkilotlar qonunga ogʻishmay amal qilsalar, jamiyatda siyosiy barqarorlik mustahkam boʻladi va fuqarolar totuvliligi toʻla qaror topadi. “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar qonun oldida tengdirlar” (18-modda) 1Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi”. (31-modda) 2 “Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga eʼtiqod qilish yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan Konstitutsiyaviy huquqidir.” 3

Insonlar oʻzining dinga, eʼtiqod qilishga yoki eʼtiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy taʼlim olishga oʻz munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga oʻqitishga yoʻl qoʻyilmaydi. Dinga eʼtiqod qilish yoki oʻzga eʼtiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinliklarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan darajadagina cheklanishi mumkin.

Davlat turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi va ularga eʼtiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil eʼtiqodlarga mansub diniy tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro murosa va xurmat oʻrnatilishiga koʻmaklashadi, diniy va oʻzga mutaassiblikka hamda ekstremizmga munosabatlarni qarama-qarshi qoʻyish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan hatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaydi.Davlat diniy konfessiyalar oʻrtasidagi tinchlik va totuvlikni qoʻllab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.

Topshiriqlarga javob !

1-topshiriq

1-mashq


V

+

-

?

Mitra - quyosh xudosi hisoblangan hisoblangan ekan .

Kayumars tanasining xoʻqiz qismidan 55 xil don, 12 xil oʻsimlik sigir va hoʻkiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo boʻladi; tananing odam qismidan esa erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan deb tasvirlanadi.


Gʻalla yerdan unib chiqqanda, -deyiladi «Avesto”da, devlar larzaga keladi, gʻalla oʻrib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, gʻalla yanchib un qilinayotganda ular mahv boʻladi...» deb mehnat ulugʻlanadi.

Zardushtiylik taʼlimotidan koʻrinib turibdiki, Sharqda qadimdan oila muqaddas hisoblangan.

Kayumars yer yuzida paydo boʻlgan birinchi odam

Zardusht eramizdan avvalgi 660 yilda Xorazmda dunyoga kelgan







“Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi

U 77 yil umr koʻrgan.







2-topshiriq

1-mashq


S

Insonlarda haq din ularning ham ruhiy ham jismoniy tomonlama kuchaytirdi

W

Uzoq davrlar qarshi hujumlarga qarshi tura olmadi

O

Ilm-fan va ma`naviyatni yuksaltirish uchun dasturlama

T

Ilm-fan va ma`naviyat kuchli xalqga har qaysi mamlakat ko`z tikib turadi


2 -mashq


1. Hozirgi kunda , nafaqat o`tmishda ham Islom dini boshqa dinlarga nisbatan o`zaro … sifatini bag`rikenglik sifatini qo`llab quvvatlaydi !

2. … e`tiqod, ishonch, haqiqat , marifatlarni o`z ichiga qamrab oladi.

3. … - uyg`onish ,tiklanish , yuzaga kelish ma`nosini anglatadi.

4. … dini payg`ambari Muhammad (s.a.v) hisoblanadi.

5. …dining muqaddas kitobi ikki yirik kitobdan iborat.

6. ... oyi Islom dinida ulug`lanadi.

7. … Zardushtiylik dini payg`ambary hisoblanadi.

8. … kitobi Zardushtiylik dini muqaddas kitobidir.

9. Muqaddas Tavrotdagi yozmalar Xristian dinining muqaddas kitobi bo`lmish … ning tarkibiy qismi hisoblanadi.

3-topshiriq

1-mashq


1. D

2 С


Mustalaka siyosita haqida fikr bildiradigan bo`lsam, menga bunday siyosat umuman yoqmaydi. Tarixdan ma`lumki mustamlakachilik siyosatini olib borgan davlatlar qo`l ostidagi davlat hisobigagina bir necha yilla tekin tomoqlik bilan hayot kechiradi. Bir vaqtlar Angliyaga mustamlaka bo`lgan Afrika davlatlari, Hindiston davlati ham hech qachon ro`shnolik ko`rmagan. Bizning yurtimiz ham tarixda ana shunday kunlarni boshidan o`tkazganini barcha juda yaxshi biladi .

Mustamlaka- Kuchli davlat tomonidan bosib olinib, ekspluatatsiya(foydalanmoq, ishlatmoq) qilinuvchi mamlakat

Istiqlol yillarida din sohasida chuqur oʻzgarishlar sodir boʻldi. Oʻzbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga oʻz eʼtiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular oʻrtasida qadimiy mushtarak anʼanalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida ―Bir samo ostida shiori ostida xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi oʻtkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasining 125 yilligi tantanalari oʻtkazildi.. 2013 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, respublikamizda 16 konfessiyaga (Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi, Toʻliq injil xristianlari, Yevangel-xristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Yettinchi kun adventistlari, ―Golos bojiy, Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta oʻrta maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, jumladan, Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat koʻrsatmoqda.


Download 49.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling