Ish joyida va mashinalarda rangning ratsional qo‘llanilishini o‘rganish


Download 33.25 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi33.25 Kb.
#1560077
  1   2
Bog'liq
6-amaliy mashg\'ulot


6 - AMALIY MASHG‘ULOT

Ish joyida va mashinalarda rangning ratsional qo‘llanilishini o‘rganish


Ishning davomiyligi - 4 soat
1. Darsning maqsadi. 1.1.Ish joyi va texnologik mashinalar va jixozlar ranglarini baxolash xaqida talabalar bilimini oshirish.
1..1.Ranglarni ergonomik talablarga, mexnatni muxofaza qilishga ta’sirini o‘rganish.
1.2.Ishlab chiqarish muxitida texnik – estetika xaqidagi talabalar bilimini oshirish.
2.Ishning mazmuni.Texnologik mashina va jixozlarga, ishchi zonalarga rangli ishlov berilishini tahlil qilish.
3. Dars o‘tish vositalari:kerakli jihozlar, materiallar, o‘lchash asboblari;
3.1 Ranglar to‘g‘risidagi ko‘rgazmali qurollar.
3.2. Shtangensirkul, metr.
4.Nazariy qism
Rang tanlash badiiy konstruktorning muxim vazifalaridan biridir, chunki, shakl bilan pardoz birgalikda jihoz tashqi ko‘rinishini namoyon etadi.
Ratsional pardozlash yoritishdagi rang yorug‘lik mu’itining yaxshilanishiga olib keladi. Buning natijasida mexnat mu’ofazasi yaxshilanadi: ishchilarda ko‘z charchashi oldi olinadi va yaxshilanadi, kayfiyati ko‘tariladi. Shunday ekan, bunda rang berishning ‘am alo’ida o‘rni bor.
Jihozlarga to‘g‘ri rang berish yana shunisi bilan muhimki, ish joyida va mashinalar bilan ishlovchilarga sistematik ravishda turli ranglar bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Ishchi zonalar, xizmat ko‘rsatish zonalari, boshqarish organi va pultlarni to‘g‘ri pardozlashni ishchilarni psixologik zerikishini sezilarli darajada pasaytiradi: muhim ishlab chiqarish va shikast olish havfi bor zonalarni ajralib turishi, ishchi operatsiyalarni bajarishda xarakatlarning refelektorligi, boshqarish organlaridan foydalanishda, turli ogohlantirishlarning yaqqolligi va boshqalar.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar kasallik kelib chiqishi va ish bilan bog‘liq travmalarni oldini olish, me’nat unumdorligining o‘sishi, jihozlardan foydalanish koeffitsientining ortishi, ish vaqtining yo‘qotilishini kamaytirishga va hokazolarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Rangning kompozitsiya vositasi sifatidagi roliga kelsak, uning ahamiyati yetarli darajada to‘liq o‘rganilmagan. Murakkab sanoat mahsulotini tayyorlashning rang tanlash yechimiga kelganda dizaynerlar ko‘pincha bunday muxim ishga yetarli darajada ahamiyat bermaydi. Biroq rangning kompozitsiyadagi rolini o‘rganishda shuni esda tuttish kerakki, badiiy konstruktor loyihadagi ranglar bilan seriyalab ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ranglari doimo bir xil emas. Bu shu bilan bog‘liqki, bo‘yoq ishlab chiqarish sanoati hali dizaynerlar qo‘ygan talabiga munosib bo‘yoqlarni yetkazib berolmaydi. Ba’zan esa mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona ‘am texnologik jarayon va mashinani soddalashtirish maqsadida ranglarga bo‘lgan talablarni jiddiy qabul qilmaydi.
Yuqoridagilarga qaramay, sanoat mahsulotlarini bezash takomillashib boradi.
Istalgan sanoat mahsulotlarining rangi, funksiyasi va shakli o‘zaro organik bog‘liq bo‘lishi kerak. Rangni texnikada ekspluatatsiya sharoiti va aniq formasiz ko‘rish mumkin emas. Shuning uchun bo‘yoq berish faqat dastgohlar, mashinalar va jihozlar komplekslari ish spesifikasiyasi, insonning ushbu buyum bilan aloqasini hisobga olgan holda bajarilish kerak. Aks holda barcha kompozitsion bog‘liqliklar buziladi.
Hozirgi kunda muhandis – konstruktorlar normativ harakterdagi materialga o‘z bilimiga ishonib ish ko‘rishga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday yo‘llarni to‘la ishonchli deb bo‘lmaydi. Texnikadagi shakllarning turliligi va ekspluatatsiya sharoitlarining har xilligi ranglar gammasiga individual yondoshini talab qiladi.
Rang oboektning hajmiy – kenglik struturasi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Bu esa badiiy konstruktorlik rangi qo‘llanishning asosiy shartidir.
Rang ustida ishlashda yana bir muammo yuzaga keladi, yaoni, ranglar ichida biror rangni alo’ida sezish muammosi. Ranglar to‘plami yetarli darajada kuchli bo‘lishi mumkin. Spektor ranglar uch turga ajratiladi: «issiq» (qizil, qizg‘ish sariq), «sovuq» (havorang, ko‘k, binafsha rang) va «oraliq» (qaymoq rang, zangori) rang lar.
«Issiq» ranglarni insonga fiziologik ta’siri xususiyatlari shundan iboratki, ular insonni tashqi va ichki yuzalari ‘aroratini va ish qobiliyatini oshiradi. Shu bilan bir vaqtda ba’zi issiq ranglar ayniqsa qizil rang odamda charchash, zerikish ‘issini uyg‘otadi. Sovuq ranglar esa buning aksi.
Ranglar tanlashda shuni ‘isobga olish zarurki, och-tiniq to‘ndagi ranglar odamda yengil ‘issini uyg‘otadi. To‘q qoramtir, xira tondagi ranglar esa og‘irlik, bosiqlik taosurotini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ochiq ranglar (tonlar) jihozga dinamiklik beradi, to‘q ranglar esa buning teskarisi. Ochiq tonlar go‘yoki jihozni qarab turgan odamga yaqinlashtiradi, to‘q tonlar esa uzoqlash- tiradi.
«Issiq» ranglar bilan shikastlanish xavfi bor jihozlar va yong‘inga qarshi inventar bo‘yaladi. Rivojlangan davlatlarda qabul qilinganidek, qizil rangga xavfli shitlar, to‘siqlar bo‘yaladi. Ba’zan bu rangga boshqarish organlarning ichki elementlari bo‘yaladi. To‘q sariq va sariq ranglarda shikastlanish xavfi bor zonalarning va eotibor kuchaytirilagan zonalarni, signal lampalarni boshqarish organlarining elementlarini bezashda foydalaniladi.
Zangori rang ‘amma turdagi bezaklarda keng foydalaniladi. Sababi, bu rang atrofdagilarga yoqimli va tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Halqaro normativga ko‘ra zangori va oq aralash zangori rang xavfsizlikni bilidiradi.
Ko‘k va havo rang bo‘yoqlar ish jarayonidan issiqlik miqdorini ko‘p chiqaradigan jihozlar hamda mashina tashqi yuzalirini isib ketishi mumkin bo‘lgan hollarda ishlatiladi. Bundan tashqari bu ranglarga suv va suv aralashmalari uchun qo‘llaniladigan jihozlar bo‘yaladi
6.1 -jadval
Konstruksion materiallarning tabiiy ranglari jadvali

Material nomi



Rangi

Nur qaytarish koeffitsienti

Po‘lat

Kulrang

22-27

Cho‘yan

Kulrang

20-25

Alyuminiy

Kumushrang

45 –50

Latun

Kulrang

43-45

Daraxt







Ochiq rang (sosna)

Sariq

50

tukrang (dub)

Sariq

30

Ftoroplast

Oq

85

Viniplast

jigarrang

12-27

Ebonit

Qora

30

Bu ranglar turli jadvallar, firma markalari va boshqa elementlarni bo‘yashda ham qo‘llaniladi. Krem ranglar metall shakllarning kul rang toniga yaxshi o‘tiradi va ularni qo‘llash asosan ish xususiyatidan kelib chiqadi. Qora rang odamga mungli ta’sir etadi, shuning uchun to‘liq bo‘yash uchun ishlatilmaydi. Bu rangni boshqarish pultlariga pannellarni dastaklarni va ularning ichki elementlari ba’zi knopkalarni bo‘yashda qo‘llash tavsiya etiladi. Qora rang sariq rang bilan birgalikda e’tibor kuchaytirilgan zonalarga keng qo‘llanadi. Ko‘k rang hamma turdagi bo‘yoqlar uchun keng qo‘llanadi.
Ushbu rang neytral bo‘lib, ko‘zni charchatmaydi va ortiqcha psixologik zerikishga yo‘l qo‘ymaydi.
Oq rang boshqarish pultlarining panellarini ba’zi yozuvlarni bino devorlarini bo‘yashda qo‘llanadi. Odam psixologiyasiga ta’siri o‘ziga xosdir.
Muhandis – konstruktor va dizayner xamkorlikda rang tanlashda bo‘yaladigan jihozlarning ish jarayonidagi funksional mo’iyatini nazarda tutadilar. Asosiy jihozlar uchun ko‘proq ochiq intensiv ajralib turadigan ranglar, qolgan jihozlar uchun esa ancha och ranglar tanlanadi.
Ba’zan rang tanlashda bo‘yoqsiz ishlatiladigan detallar rangiga mos rang tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Quyidagi konstruksion materiallarning natural (tabiiy) ranglari javdali keltirilgan:

Download 33.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling