Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish


Download 27.56 Kb.
bet1/3
Sana16.04.2023
Hajmi27.56 Kb.
#1359061
  1   2   3
Bog'liq
Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish касабф уздан


Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazish
https://kasaba.uz/interaktiv-hizmatlar/mehnat-muhofazasi-2/ish-urinlarini-attestatsiyadan-utkazish/



  • Ish o’rinlarini attestasiyadan o’tkazishdan maqsad.

Attestasiya fuqarolarning mehnatni muhofaza qilish bo’yicha normalar, qoidalar va yo’riqnomalar talablariga javob beradigan sog’lig’i va mehnatning xavfsiz shart-sharoitlariga bo’lgan konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish maqsadida ish o’rinlaridagi mehnat sharoitlarini baholash hamda noqulay, zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarini aniqlash uchun o’tkaziladi.
Attestasiya natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi va:
– mehnat sharoitlarini mehnatni muhofaza qilish bo’yicha normalar, qoidalar va yo’riqnomalar talablariga muvofiqlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
– og’ir ishlarda, noqulay, zararli va (yoki) xavfli ishlarda va mehnatning boshqa alohida shart-sharoitlarida band bo’lgan xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va kompensasiyalarni belgilash;
– xodimlarni ish joylaridagi mehnat sharoitlari, sog’liqqa shikast yetkazishning mavjud xavfi, zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siridan himoya qilish chora-tadbirlari hamda og’ir ishlarda, noqulay, zararli va (yoki) xavfli ishlarda va boshqa alohida mehnat sharoitlarida ishlovchi xodimlarga berilishi kerak bo’lgan kompensasiyalardan xabardor qilish;
– ish joylarida mehnat sharoitlarini nazorat qilish;
– kasbiy xavfni baholash;
– xodimlarni yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlash;
– mehnat sharoitlarining holati to’g’risida statistika hisobotini tayyorlash;
– mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishning mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligini tasdiqlash;
– kasb kasalligiga shubha tug’ilganda kasallikning kasb bilan bog’liqligi to’g’risidagi masalani hal etish, shuningdek kasb kasalligi tashhisini aniqlash;
– xodimlar mehnatining xavfsiz shart-sharoitlarini ta’minlash bilan bog’liq masalalar va kelishmovchiliklarni ko’rib chiqish;
– mehnatni muhofaza qilish bo’yicha normalar, qoidalar va yo’riqnomalar talablariga muvofiq xodimlarni sanitariya-maishiy va tibbiy ta’minlash;
– xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni cheklashlarni asoslash, ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarni imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beruvchilarga tegishli deb topish;
– shu jumladan mehnatni muhofaza qilish fondi mablag’lari hisobiga korxonada mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va moliyalashtirish;
– xizmatchilar va ishchi kasblari lavozimlari nomlarini Xizmatchilar va ishchi kasblari asosiy lavozimlari klassifikatorida hamda xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalarida ko’rsatilgan nomlarga muvofiqlashtirish;
– korxonada mehnat sharoitlari va muhofazasining holati to’g’risidagi axborotlarni to’plash va qayta ishlash uchun asos hisoblanadi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling