Ish reja “Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha tavsiya va taqvim – mavzu rejalari” asosida tuzilgan


Download 1.18 Mb.
bet1/11
Sana20.09.2020
Hajmi1.18 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ish reja “Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha tavsiya va taqvim – mavzu rejalari” asosida tuzilgan:
Tasdiqlayman”

Maktab direktori: _________________________________
O‘IBDO‘: _________________________________
Rishton tumani xalq ta’limi

bolimi boshlang’ich

sinflar metodisti : _____________________________________
Metodbirlashma

rahbari: __________________________________

________” ___________________2019-yil


MATEMATIKA FANIDAN

O‘QUV DASTURI

(1-4-SINFLAR)



UQTIRISH XATI

Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Boshlang‘ich ta’limning Matematika fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi.

Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;

milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;

o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.

Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.

4-sinf Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari


Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja

Nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari

A1

Matematika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi


Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta ta’limida matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;

milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.



Umumiy o‘rta ta’limi muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

O‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;

o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.

Matematika o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

A1

berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;

sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi;

sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi;

tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi;

ob’ektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi;

sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi.

2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)

A1

ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on tasdiqlarni farqlay oladi;

zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo‘llay oladi;

o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilay oladi;

matematikani o‘rganish jarayonida o‘zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi;

mustaqil ravishda o‘z bilimlarini mustahkamlay oladi.



4-sinf matematika fanidan tayanch kompetensiya

Me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:



TK - tayanch kompetensiyalar

TK1 - kommunikativ kompetensiya

TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

TK3 - o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya

TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

FK - fanga oid kompetensiyalar

FK1 - matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

FK2- kognetiv kompetensiya

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:А1

o‘rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;

so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;

fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;

matematikaga oid audio matnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;

matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:А1

tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;

ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslaym olish;

axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;

uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:А1

o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;

o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;

o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay qila olish;

o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;

o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;

xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar umumiy hossalarini aniqlay olish;

mavjud bilim va ko‘nikmalarni kundalik vaziyatga qo‘llay olish;

ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish;

o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtira olish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:А1

boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish;

atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;

muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;

guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta olish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:А1

kundalik hayotda matematik usullar samarali ekanligini tushuna olish;

zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera olish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish

hamda foydalanish kompetensiyasi:А1

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;

kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;

murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yyechishda, o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana oladi.



2019-2020 o’quv yili uchun 4-sinf “Matematika” fanidan taqvim-mavzu ish reja


T/R

Mavzu nomi

Soati

Rejada

Amalda

Uyga vazifa

Izoh

1 chorak – 45 dars

M I N G L I K

3 – sinf materialini takrorlash va umumlashtirish


1

1000 ichida raqamlashni mustahkamlash. Misol va masalalar yyechish.

1







6-misol (4-bet)




2

Jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lishni mustahkamlash

1







12-misol (5-bet)




3

Bir xonali songa ko’paytirish yoki bo’lishni o’z ichiga olgan tarkibli masalalar. Tengsizliklarni tanlash usuli bilan yechish.

1







17-misol (5-bet)




4

O’rganilgan ko’rinishdagi misol va masalalar yechish

1







22-misol (6-bet)




5

Uch xonali sonni bir xonali songa ko’paytirish va bo’lish amallarini mustahkamlash. Ikki usulda yechiladigan masalalar

1







27-misol (6-bet)




6

O’rganilgan ko’rinishdagi misol va masalalar yechish. Mustaqil ish.

1







32,33-misollar (7-bet)




K O’ P X O N A L I S O N L A R

O’nlik sanoq sistemasi

7

O’nlik sanoq sistemasi haqida tushuncha.

1







39,40-misollar (10-bet)




8

Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemasi.

1







47,48-misollar (11-bet)





Ko’p xonali sonlarni raqamlash

9

Raqamlash.Birlar sinfi, minglar sinfi, millionlar sinfi.

1







54,55-misollar (13-bet)




10

Raqamlash.Og’zaki hisoblashlar: qo’shish ,ayirish, ko’paytirish, yaxlit sonlarni bo’lish.

1







60,61-misollar (15-bet)




11

Ko’p xonali sonlarning o’qilishi. Xona qo’shiluvchilarining yig’indisi.

1







68,69-misollar (16-bet)




12

Raqamlash.Sonning sinflarga bo’linishi.

1







74,75-misollar(16,17-betlar)




13

Ko’p xonali sonlarning yozilishi va o’qilishi.

1







81,82-misol (18,19-betlar)




14

Sonning yozilishida har bir raqamning qiymati.

1







88,89-misollar(20-bet)




15

To’g’ri chiziqlarning perpendikulyarligi haqida tushuncha.

1







96,97-misollar(21,22-betlar)




16

Ko’p xonali sonlarni raqamlash. Sonni 10, 100, 1000 marta orttirish (kamaytirish).

1







103,104-misollar(22,24-betlar)




17

Ko’p xonali sonda xona birliklarini ajratish. Ikkita ko’paytmaning yig’indisini topishga doir masalalar.

1







109-misol(24,27-betlar)




18

Bir millionning hosil bo’lishi, o’qilishi va yozilishi.

1







115,116-misollar(26,27-betlar)




19

O’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish. Mustaqil ish.

1













To’rt arifmetik amal va ularni bajarish tartibi

20

Arifmetik amallarning nomlarini aniqlashtirish va bu amal belgilaridan foydalanish. Uzunlik o’lchov birliklari jadvalini takrorlash.

1







121,122-misollar(28,29-betlar)




21

Amallarning bajarilishi tartibi (qavssiz misollarda).

1







128,129-misollar(29,31-betlar)




22

Amallarning bajarilishi tartibi (qavsli misollarda)

1







135,136-misollar(31,32-betlar)




23

Hamma amallar bilan misollar yechish. Massa birliklari jadvalini takrorlash.

1







143,144-misollar(32,33-betlar)




24

Geometrik jismlar bilan tanishtirish. Yassi shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Nazorat ishi

1







148,149-misollar(34,35-betlar)




25

Uchburchaklarning burchaklari bo’yicha tasnifi.

1







154,155-misollar(35,36-betlar)




26

Uchburchaklarning tomonlari bo’yicha tasnifi.

1







160,161-misollar(37,38-betlar)




27

Ko’pyoq va uning elementlari.

1







167,168-misollar(37,38-betlar)




28

To’g’riburchakli parallelepiped. Kub.

1







176,177-misollar(41,42-betlar)




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling