Ishchi kuchi


Download 5.77 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi5.77 Kb.
#1522313
Bog'liq
ISHCHI KUCHI, UNING BANDLIGI VA ISHSIZLIK

ISHCHI KUCHI, UNING BANDLIGI VA ISHSIZLIK

  • Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari.

Ishchi kuchi - bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari.
Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda, eng avvalo, o‘zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqat- lanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy va boshqa sharoitlar yaratilishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, ishchi va xizmatchilaming hozirgi avlodi ma’lum vaqt o‘tishi bilan o‘z faoliyatini yangi avlod vakillariga topshirishi kerak bo‘ladi. Ularning o‘rinlarini bosadigan yosh kadrlar ham tayyorianishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, farzandlari bo‘lishi lozim, ularning o‘sib-ulg‘ayishi, o‘qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham sharoit bo'lishi zarur.
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni bo‘lib, uning yoshi va mehnatga boigan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha boigan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha boigan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa sohalarda band boigan pensionerlar ham ishlashi mumkin.

Migratsiya


Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o‘sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida: ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.lar ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi, Migratsiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro‘y berishi mumkin.

Bir mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:


1. Tugal migratsiya - aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq migratsiya.
2. Tebranuvchi migratsiya - ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘liq migratsiya.
3.Mavsumiy migratsiya - mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya.
4.Tasodifiy migratsiya - ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya.
  • Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi o‘mi va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat
  • Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo boiib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon boiadi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy ko‘payishi hisoblanadi.
  • Aholining tabiiy o‘sishi - bu aholining emigratsiya, ya’ni fuqaro- larning o‘z mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tishi va immigratsiya, ya’ni xorijiy fuqarolarning doimiy yashash uchun mamlakatga ko‘chib kelishidan tashqari harakatini ifodalaydi.
  • Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlami ishlab chiqarishgajalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o‘rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga boigan ehtiyojlari qondirilishini va ayni vaqtda mavjud ishchi kuchining ish bilan toia va samarali band boiishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanixmim yaratishni ham o‘z ichiga oladi.

Tugadi


Download 5.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling