Ishlab chiqarish dasturi


Download 40.16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi40.16 Kb.
#1052576
Bog'liq
Ishlab chiqarish dasturi - Vikipediya



Ishlab chiqarish
dasturi
Ishlab chiqarish dasturi -mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan oʻzaro uzviy
bogʻliq ilmiy-texnikaviy, tashkiliy-iqtisodiy va i.ch. chora-tadbirlari majmui. I.ch.d.ni tuzishda
ishlab chiqarshi gra-figi, texnologik yoʻnalish, mahsulotning konstruktiv tarkibi (yaʼni unga
kiruvchi detallar, uzellar, agregatlar soni) boshlangʻich axborot boʻlib xizmat qiladi. Uni
tuzishda ilmiy asoslanganlik, davlat, korxona, ishchilar manfaatlarini hisobga olish, dasturni
optimallashtirish, uzluksizlikni taʼminlash, mahsulot i.ch.ning komp-leksligini hisobga olish
kabi tamoy-illarga amal qilinadi. Bozor iqtiso-diyoti sharoitida bunday chora-tadbirlar
korxonaning biznes rejasiaa. aks etadi. Shunga muvofiq, korxonaning I.ch.d. ham biznes
rejadan boshlanadi. I.ch.d.da yalpi mahsulot hajmi, sotish uchun tayyorlangan mahsulot
hajmi, mahsulot assortimenti (turlari), mahsulot sifati, navi, meʼyoriga yetmagan mahsulotlar
miqdori, xom ashyo balan-si, i.ch. quvvati, i.ch. vositalaridan va xom ashyodan foydalanish,
shuningdek, mahsulotni qachon, qayerga, qanday tartibda yetkazib berishi yoki tashish va b.
aks etadi. I.ch.d.ni tuzishda tizimli tahlil, grafiklar nazariyasi, operatsiyalarni tadqiq qilish,
iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni hisoblash, mantiqiy-tarkibiy taxlil, iqtisodiy matematik
modellash, iqtisodiy taxlil va b. usullar qoʻllanadi. I.ch.d. muayyan i.ch.ning natural (dona,
tonna, metr, litr va h. k.), qiymat (meʼyoriy toza mahsulot, tovar, sotilgan mahsulot hajmi,
tugallanmagan mahsulot qiymati va b.) va sifat (meʼyoriy toza mahsulot, brak va b.)
koʻrsatkichlarini qamraydi.
[1]
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 4 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ishlab_chiqarish_dasturi&o
ldid=2843003
" dan olindi

Download 40.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling