Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish qismi


Download 199.01 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi199.01 Kb.
#1519325
  1   2   3
Bog'liq
Axmatova


Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish qismi
Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat – texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qa’bul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemasining (ARS) to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv Obyektiga nisbatan bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Har bir texnologik jarayon (texnologik jarayon parametrlari deb ataluchi) o‘zgaruvchan fizikaviy va kimyoviy kattaliklar (bosim, sarf, temperatura, namlik, konsentratsiya va h.k) bilan xarakterlanadi.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishida liniyadagi issiqlik almashinish qurilmasining rostlash tizimini tadqiq etamiz. Issiqlik almashinish qurilmasida isituvchi agent suv bug’I hisoblanadi.
Boshqaruvchi ko‘rsatkich – qurilmaga kirayotgan bug‘ning massaviy sarfi, kg/soat;
Boshqariluvchi ko‘rsatkich- qurilmadan chiqayotgan mahsulotning temperaturasi
Jarayondagi o‘zgartiriladigan Obyektning asosiy ko‘rsatkichi – harorat bo‘lib, uning o‘zgarish chegarasi tmax=190 oC; tmin =170 oC; to‘rt=180 oC; o‘zgarish chegarasi t = ±10oC.

Avtomatik rostlash tizimini shakllantirish


Keyingi bosqichda Obyektning optimal boshqarish jarayoni yaratiladi. Obyektni optimal boshkarish uchun unga to‘g‘ri keladigan rostlagich tanlanadi. Obyektga PI (proporsional-integral) rostlash qonuniga binoan rostlagich tanlanadi.
Haroratni avtomatik rostlash tizimining strukturaviy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

Haroratni avtomatik rostlash tizimining “MATLAB” dasturi asosidagi blok sxemasi quyida keltirilgan:
Optimal boshqarish tizimini sintez qilish tartibi, rostlagichni tanlash, rostlagichning sozlash parametrlarining optimal qiymatlari (K, T) quyida keltirilgan kompyuter modeli natijalari asosida aniqlanadi.


Download 199.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling