Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti


Download 390.93 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi390.93 Kb.
#1554490
  1   2
Bog'liq
Industrial 2 Mustaqil ish (1)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV”
FAKULTETI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
« INDUSTRIAL IQTISODIYOT» fanidan

MUSTAQIL ISH



Bajardi: Husanov .M
72H-20I Guruhi.
Qabul qildi:G’aybullayeva .G

SHisha va chinni-sopol (tabobat uchun oynak va chinni-sopoldan buyumlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar) sanoatining xozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari
Reja:

  1. Shisha va oynak sanoati haqida.

  2. Chinni-fayans sanoati buyumlari haqida.

  3. Sopol sanoatining xozirgi holati va ularni rivojlantrish istiqbollari.

  4. Foydalanilgan Adabiyot.


Shisha qattiq amorf moddadir. Shisha odatda moʻrt va shaffof boʻladi.
Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga koʻra, Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi:
Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin.

Kremniy dioksidining (SiO2) ikki o'lchamlik amorf tuzilishi. Kremniy atomlari (Si) atrofida kislorod atomlarining (O) tetraedrik joylashuviga nisbatan lokal tartib mavjud bo'lsa-da, uzoq tartib mavjud emas.
Oksid shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil qiladi
Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi (deraza oynasi, Shisha bloklar va boshqalar), meʼmorlik qurilish Shishasi, avtomobil Shishasi, termik barqaror Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum Shishasi, yorugʻlik texnikasi Shishasi, idish Shishasi, navli Shisha, shuningdek Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saklaydigan Shisha, yorib oʻtuvchi radiatsiya indikatorlari Shishasi, oʻzgaruvchan yorugʻlik oʻtkazuvchi fotoxrom Shisha, lazer materiallari sifatida qoʻllanadigan Shisha, eruvchan Shisha va h.k. ishlab chiqariladi.
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shishaga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.2 muhim masala — shaffof Shisha tayyorlash va mahsulotga puflab shakl berish hal qilingandan boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim oʻzgarish roʻy berdi. 19-asr oxirigacha shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi, 20-asrning 20-yillaridan boshlab turli xil Shishalar ishlab chiqarish avtomatlashtirildi.

Badiiy Shisha badiiy idish va buyumlar, meʼmorlik qismlari, manzarali kompozitsiyalar, haykaltaroshlik (asosan, kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy bezak toshlar, Shisha mozaika va boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy Misr (mil. av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya, Xitoyda rivojlangan. Bu davrdagi shishasozlik maktablarining ish tajribalari yozilgan asar va kitoblarning eng qadimgisi mil. av. 2 ming yillarga oid boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat topilgan. Aynan shu mamlakatda loyga mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan mil. av. 7-asrga taalluqli jadvallarda eng qadimgi rangli Shishalar tarkibi va tayyorlash usullari bayon etilgan. Arxeologik izlanishlar qadimgi sunʼiy Shisha buyumlar mil. av. 4-ming yillik oʻrtalariga mansubligini, ular ilk bor Misr yodgorliklarida, keyinroq Mesopotamiyada uchrashini koʻrsatadi. Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga mansub Shisha mahsulotlar koʻpgina mamlakatlar yodgorliklarida topilgan. Qadimgi dunyo sanʼatida Shisha mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa, tamga va boshqalar), asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori, feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy shishachilik markazi sifatida Vizantiya shuhrat qozondi, Gʻarbiy Yevropada gotika davrida vitraj sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi. Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda Suriya Shishasi mashhur boʻldi. 15—16-asrlarda Venetsiya Shishasi, 17-asrda Chexiya Shishasi dongtaratdi. 1770-yillardan (dastlab Angliyada) billursimon Shisha ishlandi. 18-asrdan sunʼiy qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi. 19-asr oxiri va 20asr boshida shahridan amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila boshlandi.

Skifos. Rangli shisha. Sharqiy õrtayer dengizi. I asrning birinchi yarmi. Ermitaj
Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo (tabiiy yoki sunʼiy) komponentlarini tayyorlash, aralashtirish (shixta hosil qilish), pishirish, Shisha massasini sovitish, shakl berish, qizdirish va ishlov berish (termik, kimyoviy va mexanik)dan iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars qumlari, soda, potash, ohaktosh, kaolin, dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi materiallar oʻrnida boʻyagichlar (kobalt, nikel, temir, xrom, mis oksidlari va boshqalar), oksidlovchilar (natriy yoki kaliyli selitra va boshqalar) va qaytaruvchilar (koʻmir, koks, vino toshi, qalay birikmalari) ishlatiladi. Shisha sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda pishiriladi. Shisha pishirish jarayoni Shisha massasini suyuqlantirish, tiniqlashtirish (havo va boshqalar gazlardan tozalash), gomogenlash va sovitishni oʻz ichiga oladi. Shisha 1400— 1450°da pishiriladi, 14601500°da tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi. shahriga shakl berish va undan buyumlar yasash presslash, puflash, choʻzish va prokatlash yoʻlibilan amalga oshiriladi. shahrini 500—600"da (shishalanish trasidan 20—30° yuqori) astasekin sovitish yoki sovitish trasidan keskin sovitish (toblash) yoʻli bilan undagi ichki kuchlanishlarning bir tekis taqsimlanishiga erishiladi. Shisha toblanganda mexanik mustahkamligi ortadi.

Shishani qayta ishlash mumkinligini anglatuvchi kodli belgi.
Shisha xalq xoʻjaligida (sanoat inshootlari qurilishida), Shisha tola va Shisha plastiklar ishlab chiqarishda, texnikaning turli sohalarida — optika, asbobsozlik, yorugʻlik texnikasi, elektrovakuum sanoatida kimyoviy laboratiya jihozlari, Shisha idishlar, badiiy va maishiy buyumlar ishlab chiqarishda keng qoʻllanadi.
Chinni-fayans sanoati - chinni, fayans va boshqa nafis keramika maxsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Uyroʻzgʻorda ishlatiladigan chinni buyumlar va badiiy chinni mahsulotlar, fayans, yarim chinni va mayolika mahsulotlari ishlab chiqarishni qamraydi. Chinni-fayans sanoatis. mahsulotlari roʻzgʻorda, ayrim sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi. Chinni idishlar tayyorlash qad. Xitoyda 4—6-asrlarda paydo boʻldi. Yevropada birinchi chinni zdi 1710-yilda Meysen (Germaniya)da, Rossiyada 1744-yilda qurilgan. Oʻzbekistonda Chinni-fayans sanoatis, asosan, 20-asrning 50-yillaridan rivojlana boshladi. Unga qadar Oʻrta Osiyoga chinni buyumlar qadimdan Xitoy va Erondan, 19-asrning 2yarmidan boshlab Rossiyadan keltirilgan. Roʻzgʻorda, asosan, mahalliy kulollar tayyorlagan sogyul idishlar (piyola, kosa, lagan, xum, xurmacha, chiroqdon va boshqalar)dan foydalanilgan (qarang Kulolchilik). 1952-yilda Toshkent chinni zdida milliy bezakli chinni buyumlar ishlab chiqarila boshladi. 1970-yilda yillik ishlab chiqarish kuvvati 22 mln. dona mahsulot boʻlgan Samarkand chinni zdi, 1978-yilda yillik ishlab chiqarish kuvvati 29 mln. dona mahsulot boʻlgan Quvasoy chinni zdi ishga tushirildi. 1967-yilda Angren keramika kti ishga tushirilishi bilan respublikada turli xil fayans va chinni plitkalar va sanitariyaqurilish mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiddi. 20-asrning 70-yillari oʻrtalarida Oʻzbekiston Chinni-fayans sanoatida 40,5 mln. dona chinni mahsulotlar (shu jumladan, 0,44 mln. dona sanitariyaqurilish buyumlari) ishlab chiqarildi. Respublika Chinni-fayans sanoatis. korxonalarida aholi ehtiyojlari uchun milliy uslubdagi chinni buyumlar (piyola, choynak, kosa, tarelka, lagan, koʻza, sovgʻabop toʻplamlar), qurilishda ishlatiladigan fayans plitkalar chiqariladi. Tarmoqda "Oʻzbekengilsanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar: Abdurauf Ibrohimov nomidagi "Toshkent chinni zavodi" aksiyadorlik jamiyati, Samarkand "Nafis" aksiyadorlik jamiyati, "Quvasoy chinnisi" aksiyadorlik jamiyati. 2003-yilda tarmoq korxonalarida 44 mln. dona chinni mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chinni buyumlar chet ellarga eksport qilinadi. "Oq oltin", "Tong", "Uzum", "Tovus", toʻplamlari xalqaro koʻrgazmalarda oltin medallar bilan taqdirlangan. Xorijiy mamlakatlardan Xitoy, GFR, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Chexiya va boshqalarda Chinni-fayans sanoatis. taraqqiy etgan. Germaniyada "Rozental", "Xuchenroyter", Fransiyada "Bernardo", "Dyupe", Buyuk Britaniyada "Uejvud", Yaponiyada "Noritake" tarmoqdagi eng yirik va tarixiy anʼanalariga ega boʻlgan firmalar hisoblanadi.


Sopol — maxsus loy (tuproq, suv, qisman qum va toʻzgʻoq aralashmasi)dan ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadigan magʻsulot; kulollik buyumlari. Loy 2 xil usulda — koʻlda hamda kulollik charxi yordamida shaklga solib yasaladi, soʻng gulxan (xumdon)da qizdirib Sopol tayyorlanadi. Roʻzgʻorda (piyola, kosa, lagan, koʻza, oftoba, xum va boshqalar), meʼmorlik (koshin, sopolak, parchin va boshqalar) hamda sanoat (utga chidamli qoliplar va boshqalar)da Sopol buyumlari keng qoʻllanadi; bolalar oʻyinchoqlari, ayrim bezak buyumlari (haykalcha, yirik haykallar) ham shu usulda tayyorlanadi. Foydalaniladigan loy tarkibiga qarab Sopolning rangi turlicha (och sariq, qizgʻish, kulrang va boshqalar) boʻladi. Angob (loya)ga chayib olingan Sopol soyada quritilib, yana xumdonda pishiriladi. Sta bezak ishlash ham turlicha: boʻrtma, oʻyma naqshlar uning hoʻlligida, qirma gullar Sopol angobga chayib olingandan soʻng ishlanadi; xumdonga bir bor kirib chiqqan buyumlar gullar ishlangandan keyin yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Sopol buyumlar 2 xil — sirlangan Sopol hamda sirlanmagan Sopol (terrakota)ga boʻlinadi. Sopol neolit davridan maʼlum boʻlib, sirlanmagan Sopol kadimiydir. Sirlangan Sopol buyumlar ishlab chiqarish. Oʻrta Osiyoda 10—12-asrlardan yuksak taraqqiy etdi. Oʻzbekiston hududida Sopol buyumlar ishlab chiqarish. keng yoʻlga qoʻyilgan; Sopol buyumlarni bezatilishi jihatidan birbiridan farqlanuvchi kulollik maktablari shakllangan.


Download 390.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling