Ishlab chiqarishda boshqaruv


Download 278.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.06.2020
Hajmi278.89 Kb.
#121768
Bog'liq
K1 19I Aminov S.Yu


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 

“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” 

FAKULTETI 

 

«IQTISODIYOT» KAFEDRASI 



 

 

 



 

 

 



«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan 

 

MAVZU: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. 



 

  Bajardi:                                                K1-19I gurux talabasi 

                                                Aminov Sodirbek Yusufovich.   

 

 



        Ilmiy rahbar:                        

                     Katta o’qituvchi 

                                                          M.M.To’xtasinova 

 

 



 

           

             FARG’ONA    2020 

KURS ISHI 



 

 



FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 

“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” 

fakulteti «IQTISODIYOT» kafedrasi 

   


 

 

 



 

 

«TASDIQLAYMAN» 



   

 

 



 

 

 



«Iqtisodiyot» kafedrasi mudiri 

   


 

 

   Iq.fan.nom.Mo`minova E.  «____» 



___________________2020 y 

 

KURS ISHINI BAJARISH BO`YICHA TOPSHIRIQ 



 

 

 



 

Aminov Sodirbek Yusufovich 

1. 

Kurs ishi mavzu: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari 



Ishni  bajarish  uchun  boshlang`ich  asoslar:  O`zbekiston  Respublikasi  Qonunlari, 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror,farmon va maruzalari, tanlangan mavzu 

bo`yicha  ijtimoiy-iqtisodiy  adabiyotlar,  davriy  ilmiy  nashrlarda  chop  etilgan  ilmiy 

maqola  va  tezislar,  O`zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  vazirligi  va  uning  xududiy 

xududiy  bo’linmalari  ma`lumotlari,  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  Statistika 

qo`mitasi statistik to`plamlari, rasmiy internet saytlari ma’lumotlari.                                           

2.  Tushuntirish qismi tarkibi 

Kirish 


__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________ 

3.Kerakli chizmalar ro`yxati 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________ 


 

 



4.Kurs ishini bajarish grafigi

 

Ishni bajarish muddati 



 

Ishning nomi 

Boshlanishi 

Tugashi 


Bajarganligi 

To’g’risidagi 

Belgi 







Al Farg`oniy nomli va FarPI axborot 

resurs markazlarida mavzu bo`yicha 

adabiyotlar yig`ish. 

 

 

 



Ishning rejasini tuzish 

 

 

 



Kirish qismi boyicha ishlash 

 

 

 



Birinchi rejani  tayyorlash va yozish. 

 

 

 



Ikkinchi rejani tayyorlash va yozish. 

 

 

 



Uchinchi rejani tayyorlash va yozish. 

 

 

 



To’rtinchi rejani tayorlash va yozish 

 

 

 



Beshinchi rejani tayorlash va yozish 

 

 

 



Xulosa qismini tayorlash va yozish 

 

 

 



10 

Adabiyotlarni rasmiyashtirish 

 

 

 



11 

Ilovalarni rasmiylashtirish 

 

 

 



12 

Tugallangan kurs ishini ilmiy rahbarga 

taqdim etish. 

 

 



 

 

 



Topshiriq berilgan sana:    “____”_________________2020 yil 

 

 



Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi: “____”_______________2020 yil 

 

Kurs ishi rahbari:  _____________________________________________ 



(imzo) 

Topshiriqni oldim: ________________________________________  

 

 

 



 

 

 



 

 (imzo) 


 

“______”______________2020y 

 

 

Kafedra mudiri__________________________  Iq.fan.nom. Mo`minova E.A 



 

 

 



TAQRIZ 

“Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti K1 19I guruh talabasi Aminov Sodirbek 

Yusufovichning  kurs  ishi  mavzusi:Mulkchilik  shakllarini  o’zgartirish  yo’llari 

va usullari. 

1. Kurs ishi mazmuni______________________________________________ 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

_____________________________________________________________ 

2. Kurs ishining ijobiy tomonlari ____________________________________ 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

________________________________________________________________ 

3. Kurs ishining salbiy tomonlari ____________________________________ 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

_____________________________________________________________ 

4. Tushuntirish qismi______________________________________________ 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________ 

5. Xulosa _________________________________________________________ 

__________________________________________________________________

__________________________________________________________________ 

Taqrizchi : _________________________________________________________ 

                                    (familiyasi, ismi, lavozimi, imzo) 


 

REJA 



Kirish 

1.Mulkchilik shakllari va ularning turlari. 

2.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. 

3.Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. 

4.

O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari. 



Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Kirish 



     Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat 

taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy 

munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, 

rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida mulkchilik shakllarini 

o’zgartirish yo’llari va usullari, bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha 

yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy 

tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi.Tahlil davomida iqtisodiy tizim 

modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.Ishlab chiqarish har doim 

ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun bu 

yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy 

mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini 

o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi. 

Kurs ishi mavzusi dolzarbligi: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va 

usullari, tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga 

oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli 

xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish 

kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari 

takidlaganlaridek “Bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – 

odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan 

demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni 

amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. 

Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan 

keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat 

e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va 

xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, 

Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriy 

huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor ro’lini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida 

davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani barchamizga 

yaxshi ma‘lum, albatta. 


 

Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan 



kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar 

samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor.Yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z 

tasdig’ini topdi: - Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik 

investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. 

Iqtisodiyotimizning ustuvor vazifalari mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib 

borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom 

ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l 

ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. Bu borada dastlabki yillar davomida ana 

shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh dollari miqdorida 

investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish 

majburiyatini olganini qayd etish lozim. 

Mulkchilik shakllarini o’zgartirish,xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, 

foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, 

buning natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi. Bu yerlarning 

qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmat ko‘rsatish 

obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi. 

Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, 

xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun auksion savdolariga qo‘yildi va ularning 

102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik 

jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish 

uchun ochiq savdoga qo‘yildi. 

Mulkchilik tizimi munosabatlarini tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfaatini 

ko‘zlab olib borilayapti?- degan savolga javob beradi. Agarda u shaxsiy 

manfaatni ko‘zlab olib borilayotgan bo‘lsa, unda xususiy, shaxsiy o‘zlashtirish 

(xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatini ko‘zlab 

olib borilsa, unda jamoa mulki to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki 

bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustuvor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o‘zlashtirish 

shakli bilan to‘qnash kelishimiz mumkin bo’ladi. 



 

Kurs ishining ob’ekti bo’lib, O‘zbekistondagi mulkchilik shakllarini o’zgartirish 



tizimining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. 

Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi mulkchilik tizimi,mulkchilik shakllarini 

o’zgartirish yo’llari va usullari hisoblanadi. 

Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi, 

mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, uning mazmun-mohiyatini 

ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish 

asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar 

va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 

Kurs ishining vazifalari: 

- O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari tizimining 

fundamental asoslarini o‘rganish; 

- O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari 

mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish; 

- O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish bosqichlari va 

xususiyatlarini tahlil qilish. 

Kurs ishi kirish, to’rtta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 

ro‘yxatidan tashkil topgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1.Mulkchilik shakllari va ularning turlari 



     Ma‘lumki moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz 

amalga oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab 

qiladi. 

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga quyidagi mulk 

turlari kiradi: 

1. Davlat mulki; 

2. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining 

xilma-xil turlari; 

3. Ijtimoiy tashkilotlar mulki; 

4. Uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi mulki; 

5. Yakka tatibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning 

shaxsiy mulki; 

6. Tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllari; 

7. Xususiy mulklardan iboratdir. 

“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turli tuman 

mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir: 

 

 

 



 

 

  



 

 

 



 

 

 



1-rasm.Mulkchilik shakllari. 

 

 



Mulkchilik 

shakllari  

 

 

Davlat mulki 



 

 

 



Jamoa mulki 

 

 



Xususiy mulk 

 

 



Shaxsiy mulk 

 

 



 

Aralash mulk 



 

10 


Davlat mulki

 

– bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish 



va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan barcha mulk ob‘ektlaridan iborat.  

Bu mulk asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: 

- birinchisi, xususiy mol-mulk milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkaziladi,  

- ikkinchisi, davlat mablag’lari hisobidan korxonalar 

qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritish.  

Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik 

inshoatlar va transport vositalari, yo’llarni ko’rsatish mumkin. 

O’zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki 

Respublika mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar 

mulkidan iborat bo’ladi.  

Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda 

boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol 

mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet 

mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika 

mulki hisoblanadi. 

Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy 

organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va 

kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, 

madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi. 

Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan 

moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan 

o’zlashtirilishidir.  

Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona 

qurishi, aksiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi. 

Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar 

jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy 

tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum 

guruh, kishilar egalik qiladilar. 

 


 

11 


Shaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki 

oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. 

Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va 

ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan kelgan 

dividend, bank foizlari, xususiy tadbirkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan 

kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi. 

Shaxsiy mulk ob‘ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport 

vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka 

tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. 

Xususiy mulk – bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli 

yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. 

O’zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida 

“Xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni 

tasarruf etish huquqidan iboratdir” - deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning 

miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish 

mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida aralash mulk paydo 

bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi - 

o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

12 


2.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. 

     Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 

munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli 

hisoblanadi. 

Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish 

hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 

Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, 

foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan 

iqtisodiy munosabatlardir. 

Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va 

yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi.  

Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan 

amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol 

mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning 

iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir.  

Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy 

ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.  

Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir.  

U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar 

orqali ro’y beradi. 

Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari 

(egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu 

munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli 

doirasida ham farqlanishi mumkin. 

Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini 

o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog`liq va 

bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham 

huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal 

qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy 

jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda 



 

13 


foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» 

kategoriya sifatida qoladi. Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli 

shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi. 

Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga 

nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab 

chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish 

jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan 

mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari 

(egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning 

aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi. 

Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini 

muhofaza qilish zarurati bilan bog`liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u 

tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g`oyat 

muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim 

ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash 

munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish 

imkoniyati paydo bo’ladi. 

Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari,  

- birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning 

muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini,  

- ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini, 

- uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. 

Mulk egasi, ya‘ni mulkdor mulkiy munosabatlarning faol tomoni bo‘lib, 

mulkni egallash uchun xuquq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mulk ob‘ekti 

tabiatdagi narsalar, energiya, aqliy qobiliyat, buyumlar sub‘ektiga to‘la yoki 

qisman tegishli bo‘lib, mulkiy munosabatlarning passiv tomoni xisoblanadi. 

Mulkiy munosabat, mulkning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qamrab oladi, ya‘ni 

mulkiy ob‘ektning sub‘ektiv munosabatlarini ifodalaydi. Bu munosabatlar 

iqtisodiy mazmunga ega bo‘lib, mulkdorlar o‘rtasida mahsulotlar, 

daromadlar,boyliklar taqsimlanishini belgilab turadi. 



 

14 


Mulkchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, 

foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi.  

Mana shu uch jihat mulchilikning ajralmas unsurlaridir. 

Zamonaviy mulk (ne‘mat mazmunidagi) tushunchasini keng ma‘noda naf, 

foydalilik, manfaat, samara, mulkiy huquqlar nuqtayi nazarlaridan mulkdorga, 

huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega hamda shaffof axborot va huquqiy 

himoyalanganlik xususiyatlari bilan xarakterlanuvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor 

uchligi sifatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq. 

Mulkni bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni tovar, kapital, turli 

munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga bo‘lgan huquq va 

manfaatlarni to‘liq himoyalanishini anglatadi. 

Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi:  

- ilohiy va omad faktorlari; 

- ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar; 

- inson mehnati, yuridik shaxslar (jumladan, biznes subektlari) faoliyati; 

- davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va milliylashtirish 

(natsionalizatsiya). 

Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida 

jamoalar mulkdor subektlar sifatida qaraladi. 

Sotsium nuqtayi nazaridan mulkka ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi 

sifatida qarash mumkin. Miqdoran iqtisodiy naf, manfaat, qimmatlilik mulkning 

jamiyat subektlari uchun qiymat va narx kategoriyalari asosida aniqlanadigan 

daromad (foyda) miqdori bilan ifodalanadi. 

Mulkiy munosabatlarsiz ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va bozor faoliyati 

mazmunga ega bo‘lmaydi. Zero, yuqoridagi fikrga qo‘shimcha sifatida aytilsa, 

mulkiy munosabatlar - bu jamiyatdagi boyliklarni bozor muomalasi va 

o‘zlashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy- iqtisodiy,informatsion-huquqiy munosabatlar 

bo‘lib, ularni amalga oshirilishi jarayonida huquq va majburiyat, mas‘uliyat va 

javobgarlik, manfaat kategoriyalarining uzviy birligi muhim ahamiyatga ega. 


 

15 


Bu dunyoning jonli va jonsiz materiyasi benafs yaratilmagan, ularning nafsi bir-

biriga bog‘liq yaratilgan! Inson nafsi nazariga vaqtinchalik tushmagan yoki undan 

yiroq ne‘mat mulkdor nafi uchun mazmunga ega bo‘lmagan hech qanday 

qimmatga ega bo‘lmagan materiyaligicha qoladi. Bunday materiya faqat inson 

nafsiga asoslangan nafli (qiymat, narx, qimmat kategoriyalariga asoslangandagina) 

mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘ladi.  

Mulkdor o‘zining nafsi va manfaatiga mos qiymatli va narxli ne‘matga ega 

(mulkdor) bo‘ladi degan prinsip (tamoyil) o‘rinli. Bu tamoyil negizida o‘z-o‘zidan 

mulkdorning manfaatli nafsi va unga mos manfaat beruvchi boylik sifatidagi 

ne‘mat(mulkiy huquq)ni o‘zaro ekvivalent kategoriyalar deb qabul qilishimiz 

mumkin bo‘ladi. Zero, bunda boylikning qimmati,qiymati va narxisiz manfaatni 

o‘lchab bo‘lmaydi. 

Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib 

qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir.  

Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy 

boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi 

va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish 

vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, 

ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi. 

Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, 

ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli 

darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk 

sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy 

mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy 

munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy 

guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik 

sub’ekti bo’lib chiqadi.Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik 

munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin.  

Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk 

sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir.  



 

16 


Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan 

munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib 

chiquvchi huquqlar majmuidir: 

Mulk sub’ektlari ko’p darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk 

egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va 

yuzaki tus oladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

17 


3.Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. 

     Mulkchilik shakllarini o’zgartirish usullari mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 

va xususiylashtirish, mulkchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning 

monopol hukmronligiga chek qo’yib,jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin 

tadbirkorlik tashabbusiga keng yo’l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. 

Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. 

Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum darajada xaqiqiy egalari fuqarolarga 

berish demakdir. 

 Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga 

davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa 

mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy 

tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan 

mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi 

aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. 

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, 

avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning 

umumlashuvi darajasi bilan bog`liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab 

chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy 

munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur. 

Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida 

bo’lgan mulk ob’ektlaridan iborat.  

Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki 

umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir.  

Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va 

salbiy tomonlariga ega. U so’zsiz tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga 

ma’suliyatlilik munosabatlarini rag`batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab 

chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug`diradi. 

Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan 

bo’g`inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini 

shakllantirishni taqozo qiladi.  



 

18 


Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman 

bog`liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil 

xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari,kooperativ firmalar, magazin, oshxona va 

shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. 

Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo 

bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida 

o’zlashtirilishini bildiradi.  

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxona va tashkilotlarini 

jamoa, ijara korxonalariga, aksionerlik jamiyatlariga,mas’uliyati cheklangan 

jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va 

tashkilotlarga aylantirishdir. 

Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan 

yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksionerlik  

jamiyatlari aksiyalarini davlatdan sotib olishidir. 

Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga 

qaraganda ancha keng tushuncha.  

Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy  

shaxslarga o’tishidir.  

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk 

hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda 

tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi:  

- davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish; 

- davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish;  

- mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul 

berish;  

- mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish;  

- ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga 

berish;  

- davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va boshqalarni 

tashkil etadi. 



 

19 


 

 

 



2-rasm.Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. 

 

Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish 



mumkin:  

1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish;  

2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;  

3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg`unlashtirish orqali 

xususiylashtirish.  

Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos 

jihati – bu uning bosqichma-bosqich amalga oshirilganligidir. 

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning 

hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat 

mulki monopolizmni tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p 

ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning 

turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish 

mexanizmlari yaratildi. 

Davlat mulkini xususiylashtirishning 

usullari 

Mulkni bo’lib berish orqali 

xususiylashtirish 

Mulkni sotish orqali 

xususiylashtirish 

Mehnat jamoalariga bepul tarqatish 

Mehnat jamoalariga sotish 

Jamiyat azolariga bepul bo’lib berish 

Barcha jamiyat a’zolariga sotish  

Aholining ayrim ijtimoiy 

qatlamlariga bepul berish  

Kim oshdi savdosi orqali jismoniy 

yoki yuridik shaxslarga sotish 

Harbir jamiyat a’zosining qo’shgan 

hissasiga qarab bo’lib berish  

Keyinchalik sotib olish sharti bilan 

ijaraga berish  

Foyda keltirmayotgan korhonani 

mehnat jamoasiga bo’lib berish  

Tashqi qarzni evaziga berish yoki 

sotish  


 

20 


4.O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari 

va xususiyatlari. 

     Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo’li - bu ko’p mulkchilikdir yoki 

ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirishdir. 

Buning asosida davlat tasarrufida bo’lgan mulkni xususiylashtirib davlatga qarashli 

mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 

Davlatimiz rahbari mulkchilik masalasini hal qilishni “....bozorni vujudga 

keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat 

qiladi” deb ko’rsatadi. Shu sababli O’zbekistonda mulkni davlat 

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berilib, 

“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi  

Qonuni 1991 yil 19 noyabr qabul qilindi. 

Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga 

o’tishini bildiradi. 

Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, 

aslida esa, davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va 

amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning 

chiqishi jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», 

«birovning mulki», deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. 

Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda 

davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning 

ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. 

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan 

yo‘llari hamda usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. 

Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli 

qo‘llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa 

muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng 

qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi.  

Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab 

olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi.  



 

21 


Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur 

bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. 

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa 

usullarni qo‘llashni rad etmaydi, aksincha,ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. 

Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, 

bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining 

ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin.  

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab  

- pulli; 

- pulsiz; 

- imtiyozli tarzda o‘tkaziladi.  

O‘z shakli va usulidan qat‘iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga 

keltirishni ta‘minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkning barcha 

shakllari va turlari rivojlanadi. 

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning 

rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek 

qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusiga keng yo‘l 

va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning 

davlat zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma‘lum 

darajada haqiqiy egalari - fuqarolarga berish demakdir.  

Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin 

qilinadi.Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib 

bo‘lmaydi,bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil 

etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi 

mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi. 

Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz 

beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining 

daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan, 

biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo‘lib, aksiya sotib olish va korxona 

mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar.  



 

22 


Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning 

keng ko‘lami dasturini ishlab chiqish zarur. 

Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalambor, 

xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar 

tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi 

kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlash mumkin. 

Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy 

xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega 

bo‘lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha 

kamaytirish va ayrimlarini ma‘lum muddatga soliqlardan ozod qilish zarur. 

Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma‘lum 

jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat 

qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni 

doimo raqobat kurashida o‘z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo 

korxona raqobat kurashiga dosh bera olmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat 

byudjetidan mablag‘ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali 

barham beriladi. 

Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o‘tishni aks 

ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo‘yilgan vazifa katta bo‘lib, 

xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o‘z qaramog‘ida turli uslublar orqali 

birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajralish uchun bir 

qancha tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi. 

Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, 

uning yangi bosqichiga o‘tishiga bo‘lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. 

Xususiylashtirishning rivojlanishini ta‘minlaydigan muhim omillardan biri  

- bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab 

chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish 

natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining 

faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk 

shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib 



 

23 


qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni 

takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati 

mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni,  

urf odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi. 

Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini 

rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum 

tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik 

asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u 

mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur 

yetkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi 

zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab 

chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy 

va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalardan samarali 

foydalanish,tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning 

pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligining oshishiga 

erishish talab etiladi. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 

xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida 

bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat.           

 

1-jadval.O’zbekistonda xususiylashtirishning bosqichlari. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

I Bosqich  

(1992-1993 yillar) 

 

II Bosqich 



(1994-1995 yillar) 

III Bosqich  

(1996-1998 yillar) 

IV Bosqich  

(1998-2002 yillar) 

V Bosqich  

(2003-yildan boshlab) 

Umumiy uy joy fondini,savdo,mahalliy sanoat ,xizmat ko’rsatish 

korxonalarini ,qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 

korxonalarini xususiylashtirish  

Ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik 

jamiyatlariga aylantirish hamda ularning aksiyalarini  respublika 

qimmatbaho qog’ozlar bozorida sotish.

 

Aksiyalarining nazorat paketi davlat mulkida bo’lgan yirik 



korxonalar va tarmoqlarni xususiylashtirish. 

Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni jalb 

etish,boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi 

munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish.  

Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va 

jadallashtirish , iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini 

faollashtirish va salmog’ini oshirish. 


 

24 


1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu 

bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy 

sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 

qayta ishlash tizimini qamrab oldi. 

Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining iqtisodiy 

jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida 

muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va 

mablag‘ bilan ta‘minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi. 

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik 

xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni 

mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar 

tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat 

korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.Yengil, mahalliy sanoatga, 

transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik 

korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijara korxonalariga, 

jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. 

Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. 

Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir 

milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog`i 

fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. 

Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga 

to’g`ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik 

jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatbaho 

qog`ozlar bozorining asosini tashkil etdi.  

Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes 

korxonalari qizg`in tashkil qilindi. 

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq 

turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida 

hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. 

Ko’chmas mulk va qimmatli qog`ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. 



 

25 


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki 

yoqlama tavsifga ega.  

Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag`larini o’ziga jalb qilib, ularning 

bozorga tazyiqini pasaytiradi.  

Ikkinchi tomondan, yangi mablag`larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab 

chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi.  

Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga 

qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. 

Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, 

shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar 

ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon 

hisoblanadi. 

Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan 

chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirishdi.  

Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar 

ro’yxatiga kirmagan barcha ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan 

chiqarildi. 

Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning 

asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan 

mablag`larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investistiyalarni 

jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini 

to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish 

ustuvor vazifa etib belgilandi. 

O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining 

hozirgi - beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 

yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini 

tubdan oshirish chora tadbirlari to’g`risida»gi Farmoni bilan bog`liq.  

Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yo’naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat 

korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini 

jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizastiyalash va barqaror 



 

26 


rivojlantirish uchun to’g`ridan-to’g`ri investistiyalarni jalb etish maqsadida 

xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.  

Xususan,xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang`ich 

narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni 

va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida 

investistiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari 

tasdiqlandi. Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni jalb etish, 

boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini 

to'laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish,xususiylashtirish jarayonlari 

samaradorligini oshirish va jadallashtirish,iqtisodiyotda xususiy sektorning 

ishtirokini faollashtirish va salmog'ini oshirish ustuvor vazifalar etib belgilandi. 

Keyingi yillarda mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy 

investorlarning ishtirokiga katta e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2005 yilning  

11 aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘g‘ridan 

to‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi 

qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni buning yaqqol dalilidir.  

Mazkur Farmonga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan korxonalar quyidagi soliq va majburiy 

ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi: 

-asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i; 

-mulk solig‘i; 

-obodonlashtirish solig‘i; 

- ekologiya solig‘i; 

- mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq; 

- Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratma. 

Xorijiy investisiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, shubhasiz, 

keyingi yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 

hamda xususiylashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va 

buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga 

olib keldi. 



 

27 


Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi 

xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va 

natijaliroq qatnashish imkonini yaratadi. Xususiylashtirishning manzilli 

yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, 

aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil 

dasturlari byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi 

xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 

O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim 

xususiyatidir.Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘yektlarni 

xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf 

etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi.  

Bulardan asosiysi, avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat 

tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor 

infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy 

muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. 

Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularning mulkchilikning 

boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan 

mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi raqobatbardosh 

korxonalar barpo etishga ham sarflanadi. 

Navbatdagi muhim xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan 

chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi. 

Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi.  

Bular:  

- xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar 

bilan sotish; 

- yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura 

ob‘yektlarini bepul topshirish; 

- davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli 

shartlar asosida xususiylashtirish, 

- shuningdek soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. 



 

28 


Ijtimoiy kafolatlar iste‘mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng 

kam ish haqini, daromad solig‘ini tartibga solish kabilarni ham o‘z ichiga oladi. 

Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar hissadorlar, 

xususiylashtirilgan uy-joylarning, sotib olingan texnika, avtotransport 

vositalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa 

vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o‘z ifodasini topadi. 

Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari 

Prezidentimiz tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga 

oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi.  

Bular quyidagilar: 

- davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan 

islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; 

- mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 

- xususiylashtirishni huquqiy-me‘yoriy jihatdan ta‘minlashda qonunlarga 

rioya etiladi. 

Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa, davlat sektori 

bozor sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashini inkor qilmaydi.  

Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar 

ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban 

moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab 

qilinadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

29 


Xulosa 

     O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va 

raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni 

shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 

chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda 

tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda 

iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib 

bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi.Mamlakatimizda 

mulkchilik tizimi va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishga hamda kichik 

biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga e‘tibor qaratilib, xususiy 

mulkning huquq va himoyasi mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor 

biladiki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir.Xususiylashtirish 

jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, 

ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi 

o‘rin egallashini ta‘minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida 

aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab 

foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste‘mol bozorini to‘ldira oladigan 

mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 

rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb 

qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu 

mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 

Kurs ishining ilmiy yo‘nalishi mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va 

usullari, mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni 

innovatsion rivojlantirish bo‘lib, uning maqsadi mamlakatimizda mulkchilik 

shakllarini o’zgartirish borasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga 

qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat: 

- xususiy mulk tushunchasini nodavlat mulkka asoslangan korxonalar 

tushunchasidan farqini aniqlashtirish; 

- qonunga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini 

amalda ta‘minlash yo‘nalishlarini takomillashtirish; 



 

30 


- xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash hisobiga 

ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish; 

- jahon bozorlariga yangi maxsulotlarni olib chiqishdagi mavjud 

muammolarni tahlil etib, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish; 

- tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko‘p talab qilishi 

va avvalo iqtisodiyotning xususiy mulkka asoslangan sektori tarmoqlarining 

texnologik jihatdan qoloqligini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish. 

Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija mulkchilik shakllarini o’zgartirish 

yo’llari va usullari tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish, 

qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini 

amalda ta‘minlash. Uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali 

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va 

xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish 

imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish 

va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘lim 

tarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va 

takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur. 

Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga 

o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga 

ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini 

himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi. 

Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida 

iqtisodiyotni ko`tarishga ta‘sir etuvchi strategik yo`nalishi hisoblanadi.Insoniyat 

taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy 

tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda 

muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va 

ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib 

borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq 

keladi. 


 

31 


Taraqqiyot bosqichlarini bilishda,tarixiy-formastion yondashuv; madaniylashish 

(stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv; texnika va texnologik taraqqiyot 

darajasi jihatidan yondashuv; sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan 

yondashuvlar keng qo`llaniladi. 

Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab 

chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi. 

Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy 

iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha 

ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi 

va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi. 

Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar 

majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va 

iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 

Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab 

chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat 

qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta 

nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va 

bozor iqtisodiyoti tizimlari.  

Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 

munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli 

hisoblanadi.Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab 

chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 

Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib 

qo’yadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik 

qilish hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining to’laqonli amal qilishi ko’p jihatdan 

mamlakatdagi monopoliyaga qarshi siyosatning samarasiga ham bog`liq. 

O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning 

muhim yo’nalishlaridan biri – bu monopolist korxonalarning tovar bozoridagi 

egallab turgan ustunlik mavqeini nazorat qilish va raqobatni qo’llab quvvatlashdir. 

 


 

32 


Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan 

biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2019 yil 

davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi 

ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 466 ta qishloq aholi punktlarida 

ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish 

boshqarmalarini 3100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 564ta ko’p qavatli 

uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman 

olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib, 

ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,6 mln. nafar 

aholining yoki 468,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy 

va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa, 

yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy 

farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga 

ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

33 


Foydalanilgan adabiyotlar 

1. Mc. Connell, Brue. Economics. 17th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2014. 

2. N. Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA 2016. 

3. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th Edition. 

McGraw Hill Companies. USA. 2015. 

4. O’lmasovA., Vaxobov A.B. Iqtisodiyot nazariyasi. “Iqtisod moliya” 2014. 

5. Shodmonov SH.SH.,GofurovU.V. Iqtisodiyot nazariyasi. “Iqtisod moliya” 2010. 

6. Y.Abdullayev ―Bozor iqtisodiyoti asoslari‖ Toshkent-―Mehnat‖-1997. 

7. T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ Toshkent 2012. 

8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992 (qo‘shimcha va 

o‘zgartirishlar bilan) 

9. O‘zbekiston Respublikasining Mulkchilik to‘g‘risidagi‖ Qonuni 31.10.1990 yil. 

10. O‘zbekiston Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va 

xususiylashtirish to‘g‘risidagi‖ Qonuni 19.11.1991yil 

Internet saytlari 

http://www.press-service.uz 

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali). 

www.gov.uz

. (O‘zbeksiton Respublikasi hukumatining rasmiy sayti). 

www.gki.uz 

(O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi). 

http:// www.rmm.uz 

(―Respublika mulk markazi‖ YoAJning sayti). 

www.sion.uz 

(Ko‘chmas mulk agentligi) 

www.wikipedia.ru 

(Ma‘lumotlar qidiruv portali) 

 

 



 

 

 



 

Document Outline


Download 278.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling