Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligini ta’minlash


Download 36.58 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi36.58 Kb.
#1325229
  1   2
Bog'liq
Hayot faoliyti xavfsizligi



Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligini ta’minlash.
Elektr tokining inson organizmiga ta'siri.
Elektr toki urganda kishi organizmida bir kancha murakkab uzgarishlar sodir bo’ladi, jumladan, kishi xushidan ketishi, nafas ololmay kolishi, upka kafasi ogrishi va asab sistemasi yomonlashuvi mumkin. Odamni katta kuchlanishdagi tok urganda ion tarkibi buzilib, teri jizganak bo’lishi xam mumkin. Kishi tanasining tokni ta'siriga karshiligi tokning turiga (uzgaruvchan va uzgarmas), uzgaruvchan tokning tegib turgan kismiga, organizmdagi tokning o’tish yuliga boglik. Odam organizmi uchun uzgarmas va uzgaruvchan tok bir xilda xavfli, ammo uzgaruvchan tok 3-5 marta xavflirok uzgarmasga nisbatan. 0,05 A tok organizm uchun xavfli 0,1 A esa xalokatlidir. Elektr toki urishining 80% ni 1000 V gacha bo’lgan kuchlanishli elektr jixozlar bilan ishlashda elektr xavfsizligiga rioya kilmaslik okibatida ruy beradi.
Tok urishining 4 xil turi bo’ladi:
I – tok urgan kishi xushidan ketmaydi, ammo organizm bushashadi.
II – xushidan ketadi, ammo yuragi urishdan tuxtamaydi, nafas olib turadi
III – xushidan ketadi, yurak faoliyatiga ta'sir kiladi yoki nafas olmaydi.
IV – klinik ulim.
Elektr tokidan saklanish va shaxsiy ximoya choralari.
Korxonadagi elektr yordamida ishlatiladigan mashina va mexanizmlar, elektr jixozlari, transformatorlar, projektorlar, metalldan tayyorlangan vagon-uychalar, xammasi erga ulanishi lozim. Erga ulangichlarning karshiligi MS-08 yoki M-416 va M-417 markali asboblari bilan tekshirish mumkin. Tekshirish natijasiga kura AKT tuzilib, kilingan ishlar xujjatlashtiriladi. Elektr asboblari bilan ishlayotgan ishchi albatta rezinali kulkop xamda dielektrik kalish kiyib olishi zarur. Barcha elektr jixozlari va elektr toki ta'sir etishi mumkin bo’lgan joylarga ogoxlantiruvchi belgilar kuyiladi.
Elektr tokidan ximoya qilish vositalari.
Elektr tokidan ximoya kiladigan vositalar asosiy va qo’shimcha vositalariga bulinadi:
Asosiy vositalarga: 1000 V dan ortik kuchlanishli elektr moslamalarga xizmat kursatishda foydalanadigan izolyasiyali shtangalar, tok ulchovchi kleshlar, narvonlar, maydoncha, ushlagichlar, 1000 v gacha bo’lganlarga xizmat kiladigan dastlabki asboblar: otvyorka, ombir va tishlagichlar, dielektrik kulkoplar xamda izolyasiyalangan kleshlar.
Qo’shimcha vositalari: dielektrik etiklar, kalishlar, izolyasiyalangan takliklar va dielektrik tashamalar kiradi.
Bulardan tashkari yuqorida ishlayotganda mantyor belboglari, bogichli mantyor kovushi, muhofaza arkonlari kiradi.
(135÷225 кг 5 минут).
Elektr toki ta'siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko'rsatish.
Elektr toki urgan kishini zudlik bilan tok ta'siridan kutkarib, unga o’z vaqtida 1- yordami kursatiladi. Tok urgan kishining tok ta'siridan tezrok kutkarish uchun darxol tokni manbadan uchirish kerak. Buning iloji bulmasa shikastlangan kishini tok utayotgan simdan ajratib, xolirok joyga olib boriladi. Tok urgan kishini tokning ta'siridan kutkarib olingach, u xushida bulsa, tekisrok erga oxista yotkizib toza xavo bilan ta'minlash va to vrach kelguncha uni tinch kuyish kerak. Agar tok urgan kishi bexush bulsa, vrach kelguncha sun'iy nafas oldiriladi va yuragi massaj qilinadi. Sun'iy nafas oldirayotganda jaroxatlangan kishi zax erda, beton polda yotmasligi, uning ostiga biron-bir material tushalishi zarur. Sovuq paytlarda tok urgan kishini issiqrok urash, badani soviyotgan bulsa, isitish kerak. Bu kabi yordam kursatish usullarini ishlab chikishda ishlayotgan xar bir kishi bilishi va uddalashi lozim.
Sanoat elektr energiyasidan keng ko'lamda foydalanitsh yo'lga qo'yilanligi sababli elektr toki ta'sirida ro'y berishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda.
Elektr toki ta'sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo'q.
Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to'siq vositalari bilan ta'minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o'rnatish nihoyatda muhim.
Umuman elektr toki ta'siri faqat birgina biologik ta'sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta'siri, magnit maydoni ta'siri va statik elektr ta'sirlariga bo'linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma'lumotlar jumlasiga kiradi.
Klinik o'lim holati bu hayot bilan o'lim oralig'i bo'lib, ma'lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot belgilari: ya'ni nafas olish, qon aylanitsh bo'lmaydi, tashqi ta'sirlarga farqsiz bo'ladi, og'riq sezmaydi, ko'z qorachig'i kengayadi va yorug'likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so'nmagan, hujayralarda ma'lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga etarli bo'ladi. Shuning uchun tashqi ta'sir natijasida hayot faoliyatini yo'qotgan organizmning ba'zi bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bor. Klinik o'lim holati 5-8 minut davom etadi. Hech qanday yordam bo'lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig'idagi hujayralar parchalanadi va klinik o'lim holati biologik o'lim holatiga o'tadi.
Biologik o'lim – qaytarib bo'lmaydigan jarayon bo'lib, organizmdagi bilogik jarayonlar butunlay to'xtashi bilan tavsiyalanadi, shuningdek organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o'lim vaqti tugagandan keyin ro'y beradi.
Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2000 dan 20 000 Omgacha va undan yuqori qarshilikka ega bo'lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40÷5000 Om qarshilikka ega bo'ladi va bu qarshilik inson ichki a'zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.
Inson organizmi orqali 50 Gts li sanoat elektr tokining 0,6-1,5 ma oqib o'tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr tok deb ataladi.
Agar inson organizmidan oqib o'tgan tokning miqdori 10-15 ma ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o'z organizmi qismlarini boshqarish qobilyatidan mahrum bo'ladi, ya'ni elektr toki bo'lgan simni ushlab bo'lsa, panjaralarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta'sir ko'rsatayotgan elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday chok chegara miqdordagi ushlab qoluvchi tok deyiladi. Tok miqdori 25-50 ma ga etsa, unda tok ta'siri ko'krak qafasiga ta'sir ko'rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok ta'siri uzoq vaqt davom etsa, ya'ni bir necha minutga cho'zilsa, unda nafas olishning to'xtab qolishi natijasida odam o'lishi mumkin. Tok miqdori 100 ma va undan ortiq bo'lsa, bunday tok yurak muskullariga ta'sir ko'rsatadi va yurakning ishlash ritmi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o'limga olib keladi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta'sir ko'rsatishda muhim rol o'ynaydi. Eng zararli tok 20-100 Gts atrofidagi elektr toki hisoblanadi. Chastotasi 20 Gts dan kichik va 100 Gts dan katta toklarning ta'sir darajasi kamayadi.
Katta chastotadagi elektr toklarida tok urush bo'lmaydi, lekin kuydirishi mumkin. Agar tok o'zgarmas bo'lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 6-7 ma ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 ma, yarim sekund davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo'lgan miqdori 300 ma gacha ortadi.

Download 36.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling