Islom dini tarixi va falsafasi


Download 0.74 Mb.
Sana07.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1081469
Bog'liq
Islom dini tarixi va falsafasi

Islom dini tarixi va falsafasi

  • Tayanch tushunchalar: Islom,Hijoz, quraysh, haniflar, muslim, umma, halifa, vahiy, Qur’on, hadis, sunnat, suhuf, sura, Usmon mus’hafi, ro’za, zakot, shariat, farz, shialar, mazhab, mutakallimlar, mu’taziliylar. Oyat; Pora juz’; Pergament, Tafsir, Hofiz; Qiroat; Hadis; Sunnat; Roviy; Isnod; Sahih; Zaif; Muhaddis;

Islom dini shakllanishidagi tarixiy shart-sharoit

  • Islom dini yuzaga kelishi jihatidai jahon dinlari ichida uchinchi o’rinda turadi. Islom dini Yaqin va Urta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubi-sharqiy Osiyo, 65 Kavkaz xalqlarining tarixida nihoyatda muhim o’rin tutadi va ayni vaqdda ham ularning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o’tkazib kelmokda. Eron, Pokiston, Afg’aniston, Saudiya Arabistoni, Liviya, Tunis, Sudan singari mamlakatlarda islom rasmiy davlat dini mavqeiga ega. MDX, davlatlari xududida Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ozarbayjon, Tatariston va Boshqirdiston xalqlari o’zlarining islom dinida ekanliklarini e’tirof etishadi

Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati

  • Olamlarning sarvari, Islom dinining asoschisi bo’lmish Muhammad payg’ambar haqida batafsil ma’lumot bersak maqsadga muvoffiq bo’ladi. Muhammad 570 yilda Makka shahrida tavallud topgan. Ayrim adabiyotlarda quyidagicha ma’lumot berilgan: “Tavrotda tug’ilishi bashorat qilingan so’nggi payg’ambar Muhammad alayhissalom ibn Abdulloh milodning 569-571-yillari orasida Makkada tavallud topgan”. Uning tug’ilishi arafasida otasi, 6 yoshligida esa onasi Amina vafot etgan. Ota-onasidan erta judo bo’lgan Muhammad dastlab bobosi Abd al-Mutallib tomonidan, u olamdan o’tgach esa amakisi Abu Tolibning qo’lida tarbiyalangan.

Qur`oni karim – islom dini muqaddas manbasi

  • . Qur’oni karim – Alloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad payg`ambarga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbai hisoblanadi. Islom ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko’ra, Qur’on Alloh taoloning so’zi va uning azaliy ilmidir. Mazkur ilohiy kitobning bir nechta nomlari bo’lib, ulardan «Qur’on» so’zi – arabcha «qara’a» (o’qimoq) fe’lidan olingan. Boshqa fikrga binoan, u suryoniy tilidagi «kerain» – «muqaddas yozuv» ma’nosini bildiruvchi so’zdan olingan. Qur’on 114 ta suradan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Oyatlar soni esa, Qur’on matnlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. B

Qur’onning jamlanishi arab yozuvining shakllanishi

  • Qur’on – islom dinining asosiy manbasi va qadimiy adabiy-tarixiy va madaniy yodgorlik hisoblanadi. U VII asrdagi arablar hayoti va ijtimoiy holatini o’zida aks ettiradi. Unda diniy- falsafiy tasavvurlar va rivoyatlar, qabila-urug’chilik hayot tarziga xos an’ana, urfodat va marosimlar, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy qonun-qoidalar, oila-nikoh, ajdod va avlodlarga munosabat, mulkchilik va vorislik, savdo-sotiq va qarz-muomalalariga xos ko’rsatmalar o’z ifodasini topgan.

Hadisi sharif

  • Hadis – Muhammad payg`ambarning aytgan so’zlari, qilgan ishlari, taqrirlari (ko’rib qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni o’zida mujassam qilgan xabar va rivoyatlardir. «Hadis» so’zining lug`aviy ma’nosi – «so’z, xabar, hikoya; yangi». Hadislar islom dini ta’limoti va qonunlari uchun, ba’zi mazhablar nazdida, Qur’ondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – isnoddan iborat

Hadislar o’zidagi ma’lumot xarakteriga qarab xilma-xildir:

  • - al-hadis al-qudsiy (bu kabi hadisda ma’no – Allohdan, lafz – Payg`ambardan deb hisoblanadi);
  • al-hadis an-nabaviy (bunda ma’no ham, lafz ham Payg`ambarniki deb hisoblanadi) va boshqalar.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling