Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti geologiya qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti


Download 0.77 Mb.
Sana04.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1691997
Bog'liq
Обложка курс иши


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
GEOLOGIYA QIDIRUV VA KON-METALLURGIYA FAKULTETI
Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
KAFEDRASI
Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari” fanidan

KURS ISHI
Mavzu­­­­­­­­­­­­­­­: Mis konlarining genetik va sanoat turlari

Gurux: C6-21 FQKG sirtqi
Bajardi: Ro’zmamatov R.
Qabul qildi: Almardonov A.

Mundarija:

Kirish.
Mis koni haqida umumiy ma’lumotlar.
Misning minerallari va ularning fizik – kimyoviy xossalari.
Mis konlarining genetik va sanoat turlari.
Dunyo boʻyicha shu genetik turga tegishli Mis konlari toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston hududidagi Mis konining genetik turlarga tegishli konlar toʻgʻrisida.
Mis konlari haqidagi soʻnggi ma’lumotlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.

Mis rudalari - misning sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan minerallari. Ular 170 dan ortiq boʻlib, shundan faqat 17 tasi sanoatda foydalaniladi. Mis rudalari boy (mis 3%dan ortiq), oʻrta (mis 0,3-1%), juda past (mis 0,3% dan kam) sifatli guruhlarga boʻlinadi. Xalkopirit CuFeS2(Cu-34,6%), bornit Cu5FeS4(Cu-52-65%), xalkozin Cu2S (Si-79,8%), kovellin CuS(Cu - 64,4%),malaxit Cu2[CO3][OH]2 (Cu57,4%) muqim Mis rudalaridir. Mis rudalarining paragenetik bogʻlanishi xilma-xil. Xalkopirit baʼzi sulfid rudalarining gidrotermal konlarida boʻladi. Koʻpchilik konlarda u rudalarning asosiy tarkibiy qismidir. Xalkopirit oʻrnida psevdomorfozalar hosil qilgan ikkilamchi mis sulfidlari - bornit, xalkozin va kovellinlar mis konlarining ikkilamchi sulfidli boyish zonalarida keng tarqalgan. Malaxit - oksidlangan Mis rudalarida eng koʻp uchraydigan mineral. Mis rudalari tarkibida oltin, molibden, reniy va boshqa ham boʻladi. Mis rudalarining muhim turlariga mis-porfirli va mismolibdenli, mis-qumtoshli va slanetsli, misnikelli (sulfidli), polimetall, tomirli, kvarssulfid li, skarnli (misvanadiyli), mis-kobaltli, misvismutli, mistemirli, mis-oltinli va boshqa kiradi. Jahonda ishlab chiqariladigan misning 90% sulfidli rudalardan olinadi. M.rg-konlari RF (Ural), Zakavkazye, Krzogʻiston, AQSH, Chili, Kongo, Zambiyada bor. Oʻzbekistonda Mis rudalari konlari Olmaliq rudali rayoni - Qalmoqqir, Saricheku, Qizota va boshqa joylarda mavjud. Shulardan hozirgi kunda Kalmoqqir va Sarichekuda Mis rudalari qazib olinmoqda. Olmaliqning Mis rudalari tarkibida nodir komponentlar borligi jihatidan ular kompleksli hisoblanadi. Ulardan 15 dan ortiq eng nodir ruda hosil qiluvchi elementlar - mis, oltin, kumush, molibden, reniy va boshqa olinadi.


Asosiy faoliyati konlarining sulfidli mis-molibden rudalarini qayta ishlash va mis-molibden konsentrantini hamda kuydirilgan molibden sanoat mahsulotini olish. Ushbu konsentrantlardan rangli metallardan tashqari qimmatbaho noyob metallar olinadi.

Kon sanoati, kon qazib olish sanoati - foydali qazilmalar konlarini qidirish, ularni yer ostidan kazib olish, dastlabki qayta ishlash - boyitish boʻyicha ishlab chiqarish tarmoqlari majmui.


Kon sanoati quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi:
1) yoqilgʻi (neft, tabiiy gaz, koʻmir, slanets, torf) qazib olish sanoati;
2) ruda (temir rudasi, marganets rudasi, rangli metallar, asil va noyob metallar rudalari, radioaktiv elementlar) qazib olish sanoati;
3) nometall qazilma va mahalliy qurilish materiallari sanoati (marmar, fanit, asbest, boʻr, dolomit, kvarsit, kaolin, gips, mergel, dala shpati, ohaktosh va boshqalarni qazib olish);
4) kon-kimyo (apatit, kaliy toʻzlari, nefelin, selitra, oltingugurt kolchedani, bor rudalari, fosfat xom ashyosi qazib olish) sanoati;
5) gidromineral suvlar (mineral yer osti suvlari, suv taʼminoti va boshqa maqsadlar uchun suv) olish sanoati.
Kon ishi qadimiy davrlardan beri maʼlum. 18-asr oxiri-19-asr boshlaridan jadal rivojlana boshladi. 20-asr oxirlariga kelib dunyoda yiliga 5 mlrd. t dan ziyod koʻmir, 3 mlrd.t dan ziyod neft, 2,3-2,5 trln. m3 tabiiy gaz va 1 mlrd. t temir rudasi qazib olinmoqda. Boshqa turdagi mineral xom ashyoni qazib olish hajmi kamroq. Jumladan, dunyoda keyingi vaqtda yiliga 2,2-2,3 ming t oltin qazib olinmoqda. Jahonda uran yetkazib beruvchi yirik mamlakatlar qatoriga Kanada, Avstraliya va JAR, kaliy toʻzlari boʻyicha Kanada va Germaniya davlatlari kiradi. Temir rudasini qazib olish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham (AQSH, Kanada, Avstraliya, JAR, Shvetsiya, shuningdek, Rossiya va Ukraina), rivojlanayotgan mamlakatlarda ham (Xitoy, Braziliya, Hindiston, Venesuela, Liberiya) keng miqyosda amalga oshirilmoqda.
Xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashishi va yanada rivojlanishi dunyoda 6 ta yirik Kon sanoati markazlarining shakllanishiga olib keldi. Ularning hissasiga jami qazib olingan xom ashyo va yoqilgʻining 2/3 qismi toʻgʻri kelmoqda. Shunday mamlakatlar qatoriga AQSH, Kanada, Avstraliya, JAR, Rossiya va Xitoy kiradi.
Kon sanoati koʻpchilik boshqa mamlakatlarda ham rivojlangan. Lekin ularda xom ashyo yoki yoqilgʻining bir-ikki turi kazib olinadi, xolos. Jumladan, dunyoda koʻmir qazib olishda Polsha, mis rudasi qazib olishda Chili, qalay rudasi qazib olishda Malayziya, neft qazib olishda Fors koʻrfazi mamlakatlari yuqori oʻrinlarni egallaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonda Kon sanoati yuqori rivojlangan mamlakatlar qatoridan mustahkam oʻrin olgan. Hozirga qadar Oʻzbekistonda hammasi boʻlib 2,7 mingdan ziyod istiqbolli turli foydali qazilma konlari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini oʻz ichiga oladi. Muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensati, tabiiy gaz boʻyicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar boʻyicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar boʻyicha 40, kon-kimyo xom ashyosi boʻyicha 15 ta kon va boshqa qidirib topilgan va ishga tushirilgan.
Oltin, uran, neft, fosforitlarning razvedka qilingan zahiralari boʻyicha Oʻzbekiston jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. Respublika jahonda oltin zahiralari boʻyicha 4-oʻrinda, mis zahiralari boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran zahiralari boʻyicha 7-8 oʻrinda turadi (2001) (yana qarang Gaz sanoati, Rangli metallurgiya, Kumir sanoati, Neft sanoati, Oltin sanoati, Temir ruda sanoati).




Xulosa qilib aytganda, bu kabi yirik loyihalar yurtimizning qimmatli ma'danlar, xususan, mis qazib olish va konchilik salohiyatidan unumli foydalanish, xomashyo va tayyor mahsulot ishlab chiqarib, eksport qilish quvvatlarini oshirishga qaratilgan. Zero, O'zbekiston yaqin kelajakda mis ishlab chiqarish va mis zaxirasi bo'yicha dunyoda yetakchi davlatga aylanishi uchun imkoniyatlarimiz yetarli.
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling