Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali "energetika va mashinasozlik" fakulteti
Download 1.23 Mb.
|
1-октябр тадбири баённомаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbir dasturi
- Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: A.Abdullayev “Energetika va mashinasozlik” fakulteti dekani: V.Jurayev
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI “ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK” FAKULTETI binosida bo’lib o’tgan “Hayot gulshanining gultoji-ustoz. Ma’rifat bog’ining bog’boni-ustoz” nomli tadbir BAYONNOMASI 28.09.2022 y. Ohangaron sh Qatnashdilar: TDTU Olmaliq filiali “Metallurgiya va kimyo texnologiya” fakulteti dekani D.X.Mirxamitova, fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, Respublika ma’naviyat markazi Ohangaron shahar bo’linmasi rahbari U.I. Cho’lponova, professor-o’qituvchilar, tyutorlar, ishchi-xodimlar va talabalar. Tadbir dasturi: 1. Kirish so’zi. 2. TDTU OF fakultet dekanlari D.X.Mirxamitova va V.N. Jurayevlarning bayram tabrigi. 3. “O’zbek milliy” kuyiga qizlar raqsi. 4. Ustoz va murabbiylarni madh etuvchi she’rlar. 5. Yigitlar ijrosida Erkin Bozorov monologi sahna ko’rinishi. 6. Respublika ma’naviyat markazi Ohangaron shahar bo’linmasi rahbari U.I. Cho’lponovaning ustozlarga atalgan iliq tilaklari. 7. Fakultet yigitlari ijrosida xususiy OTM jarayonini o’z ichiga olgan “Bojalar” nomli sahna ko’rinishi. 8. “Bio-bio” qo’shig’iga qizlar raqsi. 9. Mirzakamolov Sh ijrosida “Ustoz yaxshida” qo’shig’i ijrosi. 10. Tadbirning yakuniy qismi. Tadbirni boshlovchilar Barakayev Sherzod (ingliz tilida), Farukshin Dimitriy (rus tilida), Namozova Muharram (o’zbek tilida) va Kosimova Umida (o’zbek tilida) 1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan barcha professor-o’qituvchilarga o’zlarining samimiy tilaklarini izhor qilish bilan birga bayram dasturini boshlab berdi. Tadbirni ochib berish uchun so’z TDTU Olmaliq filiali fakultet dekanlari D.X.Mirxamitova va V.N. Jurayevlarga berildi. “M va KT” fakulteti dekani barcha professor-o’qituvchilarni yaqinlashib kelayotgan “1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar” kuni bilan samimiy muborakbod etib, barchalariga mustahkam sog’liq, uzoq umr, oilaviy baxt, ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilab o’z sozini yakunladi. “E va M” fakulteti dekani ham barcha professor-o’qituvchilarni kasb bayrami bilan qutlab, mashaqqatli va faxrli kasbda hech ham tolmay bilim berish, barkamol avlodni tarbiyalash va yetuk mutaxassislarni yetkazib chiqarishda omad yor bo’lishini aytib so’zini yakunladi. Tadbir ko’tarinki ruxda go’zal qizlar tomonidan “O’zbek milliy” kuyiga raqs ijro qilishdan boshlandi. Tadbir zo’r qiziqish va olqishlar bilan davom etdi. Tadbirda talabalar tomonidan ustoz va murabbiylarni madh etuvchi ajoyib she’rlar maromiga yetkazib yod olindi. Jumladan, Sobirov Islom “Ustoz bo’lmasa”, Obidjonova Nihola “Ustoz”, Muhammadaliyeva Nigora “Birinchi ustozim”, Kosimova Umida “Erkak yig’lamasin”, Yo’ldosheva Xusniya qoraqolpoq tilida “Muallim”. Ijro etilgan she’rlar tomoshabinlar tomonidan zavq va shavq bilan tinglandi. Tadbir fakultetning yigitlari tomonidan Erkin Bozorov monologiga sahnalashtirilgan “Xotin-qizlar uchun ajratilayotgan ta’lim kreditini” o’z ichiga olgan qiziqarli sahna ko’rinishi bilan davom etdi. Ushbu sahna ko’rinishi tomashabinlar tomonidan yaxshi kutib olindi va barchaning yuziga kulgi yugurdi. Tadbirda navbat o’z samimiy tilaklarini bildirish uchun Respublika ma’naviyat markazi Ohangaron shahar bo’linmasi rahbari U.I. Cho’lponovaga berildi. Ma’naviyat markazining boshlig’i o’z dil izhorini ustozlar haqidagi to’rtlik bilan boshladi. Shu bilan birga aziz ustozlarga o’zining samimiy tilaklarini bildirar ekan, chuqur his-hayajon bilan kasb egalari haqida Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning so’zlagan nutqlari to’g’risida aytib o’tdi. Navbat fakultet yigitlari ijrosidagi xususiy OTM jarayonini o’z ichiga olgan “Bojalar” nomli sahna ko’rinishi yetib keldi. Sahna ko’rinishi hozirgi davrning muammolari, oliy ta’limda uchrayotgan voqea hodisalarni yumorga boyitgan holda hazil tarzida musiqa sadolari ostida ijro etildi.Yigitlar tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan sahna ko’rinishi tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo’ldi. Tadbir OKMK “Metallurg” madaniyat saroyidan tashrif buyurgan go’zal ijrosida qizlar “Bio-bio” qo’shig’iga raqs tushish bilan davom ettirildi. Chiroyli kuy va raqsdan barchaning ko’ngli birday ko’tarildi. Tadbir davomida 9-20 TMJ guruhi talabasi Mirzakamolov Sh tomonidan “Ustoz yaxshida” qo’shig’i namoyish qilindi. Qo’shiq tomoshabinlarning qarsagi ostida juda ham maromiga yetkazib kuylandi. “Hayot gulshanining gultoji-ustoz. Ma’rifat bog’ining bog’boni-ustoz” nomli tadbirning so’ngi qismida boshlovchilar tomonidan ustozlar haqida she’rlar yod olindi. Nihoyat, tadbir boshlovchilari tomonidan oxirgi xayrlashuv so’zlari aytilib tadbir o’z yakuniga yetdi. Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: A.Abdullayev “Energetika va mashinasozlik” fakulteti dekani: V.Jurayev Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling