Islomdagi mazg`ablar va yo`nalishlar Reja


Download 61.34 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi61.34 Kb.
#114147
Bog'liq
9-SEMINARIslomdagi mazgablar va yonalishlar b2ce0a3ffc6bc2974691a6c75a7e268f

Islomdagi mazg`ablar va yo`nalishlar

Reja:

  • Reja:
  • 1.Musulmonlar orasidagi ixtifiloflar.Sunniylik.Xorijiylik.Shialik.
  • 2.Islomdagi oqim va yo`nalishlarining hozirgi kundagi ko`rinishlari.
  • 3.Mazg`ablari paydo bo`lishi:xanifalik,molikiylik,shofeylik va xanbaliylik.

Shialik (arabchaشيعة — guruh, tarafdorlar) — islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Oʻzining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Sh. 7-asr oʻrtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo boʻlgan ixtilof natijasida vujudga kelgan. Shia soʻzining toʻliq shakli "shi’at Ali" ("Ali partiyasi") boʻlib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 7-asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yoʻnalishga aylangan. Sh. avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan boʻlsada, keyinchalik aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli oʻziga xos jihatlar paydo boʻldi.

  • Shialik (arabchaشيعة — guruh, tarafdorlar) — islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Oʻzining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Sh. 7-asr oʻrtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo boʻlgan ixtilof natijasida vujudga kelgan. Shia soʻzining toʻliq shakli "shi’at Ali" ("Ali partiyasi") boʻlib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 7-asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yoʻnalishga aylangan. Sh. avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan boʻlsada, keyinchalik aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli oʻziga xos jihatlar paydo boʻldi.

Buning natijasida Sh. ham mustaqil oqim sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. shahrida musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlari) hukmron boʻlish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ularning taʼlimotiga koʻra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida oʻtadi. Imomlik paygʻambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanadi. Sh.ka koʻra, paygʻambar vafotidan keyin xalifalikka haqli kishi Ali boʻlgan, Abu Bakr, Umar va Usmon esa bu huquqni undan zoʻrlik bilan tortib olishgan. Sh. tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qurʼonni ilohiy deb eʼtirof etadi, lekin ularning ayrim oʻta reaksion ruhdagi vakillari xalifalar davrida Qurʼonning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. 

  • Buning natijasida Sh. ham mustaqil oqim sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. shahrida musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlari) hukmron boʻlish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ularning taʼlimotiga koʻra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida oʻtadi. Imomlik paygʻambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanadi. Sh.ka koʻra, paygʻambar vafotidan keyin xalifalikka haqli kishi Ali boʻlgan, Abu Bakr, Umar va Usmon esa bu huquqni undan zoʻrlik bilan tortib olishgan. Sh. tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qurʼonni ilohiy deb eʼtirof etadi, lekin ularning ayrim oʻta reaksion ruhdagi vakillari xalifalar davrida Qurʼonning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. 

 Sh. ilohiyotchilari Qurʼonning mazmunini majoziy sharhlash orqali oʻz taʼlimotlarini asoslaydi. Ular faqat Ali va uning avlodlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni tan oladi. Bunday hadislardan iborat toʻplam tuzilib, u axbor deb atalgan. shahrida 8 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi. Bular — tavhid (Allohning yagonaligini eʼtirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi), nubuvvat (paygʻambarlik), imomat (imomlik — imomlar hokimiyatini eʼtirof etish), Amri maʼruf (yaxshilikka buyurish), Nahyi munkar (yomonlikdan qaytarish), tavallo (Alloh doʻstlarini doʻst tutish), tabarro (Alloh dushmanlaridan uzoqlanish). shahrida Ali va uning avlodlaridan iborat oʻn ikki imom hokimiyati tan olinadi. 874—878 yillar orasida 7—9 yoshida bedarak yoʻqolgan 12imom Muhammad al-Mahdiyni shialar "yashiringan" hisoblaydi, zamona oxir boʻlganda uning qaytib kelishini va adolat oʻrnatishini kutadi (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). shahrida 12 imomlik (isnoashariya) Ali ibn Abu Tolibdan boshlanib, uning Fotimadan boʻlgan oʻgʻillari Hasan va Husaynga oʻtadi va Muhammad al-Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun shahridagi isnoashariylar firqasi "oʻn ikki imomni eʼtirof qiluvchilar", deb nomlangan

  •  Sh. ilohiyotchilari Qurʼonning mazmunini majoziy sharhlash orqali oʻz taʼlimotlarini asoslaydi. Ular faqat Ali va uning avlodlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni tan oladi. Bunday hadislardan iborat toʻplam tuzilib, u axbor deb atalgan. shahrida 8 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi. Bular — tavhid (Allohning yagonaligini eʼtirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi), nubuvvat (paygʻambarlik), imomat (imomlik — imomlar hokimiyatini eʼtirof etish), Amri maʼruf (yaxshilikka buyurish), Nahyi munkar (yomonlikdan qaytarish), tavallo (Alloh doʻstlarini doʻst tutish), tabarro (Alloh dushmanlaridan uzoqlanish). shahrida Ali va uning avlodlaridan iborat oʻn ikki imom hokimiyati tan olinadi. 874—878 yillar orasida 7—9 yoshida bedarak yoʻqolgan 12imom Muhammad al-Mahdiyni shialar "yashiringan" hisoblaydi, zamona oxir boʻlganda uning qaytib kelishini va adolat oʻrnatishini kutadi (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). shahrida 12 imomlik (isnoashariya) Ali ibn Abu Tolibdan boshlanib, uning Fotimadan boʻlgan oʻgʻillari Hasan va Husaynga oʻtadi va Muhammad al-Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun shahridagi isnoashariylar firqasi "oʻn ikki imomni eʼtirof qiluvchilar", deb nomlangan

Isnoashariylarning baʼzilari Alini Paygʻambardan afzal deb eʼtiqod qiladilar hamda Ali va uning 11 avlodi insonlarga rizq berib turadi, deb hisoblaydilar. Ular ning fikricha, Ali va uning avlodlari Paygʻambardan keyingi Allohning hujjatlaridir. Ularning buyruqlari, taqiqlari Paygʻambarning buyrugʻi, taqiqidir, ularga itoat qilish — Paygʻambarga itoat qilishdir, ularga boʻysunmaslik — Paygʻambarga isyon qilishdir. Ularning jasadlari nuroniyliklari sababli qabrlarda chirimaydi yoki baʼzilarining eʼtiqodiga koʻra, osmonga koʻtariladi. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga, Karbalo, Najaf shahrilarida joylashgan Sh. imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. shahrida 1 ta diniy-huquqiy mazhab — jaʼfariylik mavjud. Shialar imom Husaynga motam tutadi, "shaxseyvaxsey" deb nom olgan motam yurishlari oʻtkazadi va h.k. Oʻrta asrlarda Sh. ichida ixtiloflar yuz bergan, natijada koʻp firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va boshqalar hozir ham mavjud. Sh. hozirgi vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod hisoblandi. Iroq, Suriya, Livan, Afgʻoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Sh.ka eʼtiqod qiladi. Samarqand va Buxoroda shia jamoalari mavjud.

  • Isnoashariylarning baʼzilari Alini Paygʻambardan afzal deb eʼtiqod qiladilar hamda Ali va uning 11 avlodi insonlarga rizq berib turadi, deb hisoblaydilar. Ular ning fikricha, Ali va uning avlodlari Paygʻambardan keyingi Allohning hujjatlaridir. Ularning buyruqlari, taqiqlari Paygʻambarning buyrugʻi, taqiqidir, ularga itoat qilish — Paygʻambarga itoat qilishdir, ularga boʻysunmaslik — Paygʻambarga isyon qilishdir. Ularning jasadlari nuroniyliklari sababli qabrlarda chirimaydi yoki baʼzilarining eʼtiqodiga koʻra, osmonga koʻtariladi. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga, Karbalo, Najaf shahrilarida joylashgan Sh. imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. shahrida 1 ta diniy-huquqiy mazhab — jaʼfariylik mavjud. Shialar imom Husaynga motam tutadi, "shaxseyvaxsey" deb nom olgan motam yurishlari oʻtkazadi va h.k. Oʻrta asrlarda Sh. ichida ixtiloflar yuz bergan, natijada koʻp firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va boshqalar hozir ham mavjud. Sh. hozirgi vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod hisoblandi. Iroq, Suriya, Livan, Afgʻoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Sh.ka eʼtiqod qiladi. Samarqand va Buxoroda shia jamoalari mavjud.

Sunniylik (sunna soʻzidan) - islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93% i Ska (qolgan 7% i shialikka) mansub (2004). S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.

  • Sunniylik (sunna soʻzidan) - islom dinidagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 93% i Ska (qolgan 7% i shialikka) mansub (2004). S. tarafdorlari, asosan, Osiyo va Afrikada (Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Xitoy, Afgʻoniston, Turkiya, Arabiston yarim orol va Fors koʻrfazi atrofidagi arab mamlakatlarida, Suriya, Livan, Iordaniya, Shim.Sharqiy va Gʻarbiy Afrika mamlakatlarida), Bolqon mamlakatlari, Kipr va AQShda yashaydi.
  • Islom dastlabki davrda hech qanday yoʻnalish, mazhab va oqimlarga boʻlinmagan. 7-asrning oʻrtalarida turli siyosiy sabablarga koʻra, musulmonlar safida boʻlinish paydo boʻldi. Avval shialar, keyin xorijiylar musulmonlar ommasidan ajrab chiqdilar. Ular oʻzining haqligini isbot qilish uchun oʻz fikrini, yoʻnalishini himoya qila boshladi, shu tariqa har guruhning oʻziga xos aqidasi shakllana bordi.

S boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼtm) ning "alFiqh alakbar" asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ashʼariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. S yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan. S. tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Mavjudotlarning gʻaqiqat va mohiyati bor narsa boʻlib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari — beshta sezgi aʼzolari, ilohiy manbalar va aql. 2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 3. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u oʻziga xos azaliy va abadiy koʻpgina sifatlarga ega. 4. Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, koʻrish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir.

  • S boʻyicha Abu Hanifa (Imomi Aʼtm) ning "alFiqh alakbar" asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ashʼariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir. S yoʻnalishida shu ikki alloma asos solgan aqidaviy maktablar barcha sunniy ulamolar tomonidan eʼtirof etilgan. S. tamoyillari, asosan, quyidagilardan iborat: 1. Mavjudotlarning gʻaqiqat va mohiyati bor narsa boʻlib, ularni bilish mumkin. Bilish vositalari — beshta sezgi aʼzolari, ilohiy manbalar va aql. 2. Olam qadim emas, balki qachondir Alloh tarafidan yaratilgan. 3. Butun borliqni yaratgan Allohning zoti bitta, u oʻziga xos azaliy va abadiy koʻpgina sifatlarga ega. 4. Zotiy sifatlari sanalmish ilm, qudrat, hayot, iroda, eshitish, koʻrish, gapirish Allohning azaliy va abadiy sifatlaridir.
  • Uning zoti ham, sifatlari ham oʻzi yaratgan maxluqot va mavjudotlarning sifatlariga aslo oʻxshamaydi. Uning sifatlari nuqsonsiz, barkamoldir. 5. Allohning ismlari koʻp. Hadisda 99 ta goʻzal ismlari zikr etilgan (qarang al-Asmo al-husno). 6. Allohning adolatli ekani. Hidoyat va zalolat yoʻllarini koʻrsatib qoʻygach, adashgan va kufr yoʻlini tanlaganlarni jazolashi adolat hisoblanadi. Bordiyu, zalolat yoʻlidan asrab qolsa — bu Uning fazli, marhamati. Asramasa adolati hisoblanadi. 7. Paygʻambarlarning hammasini barhaq deb tasdiq etish. 

Ularning adadi garchi baʼzi hadis va rivoyatlarda koʻrsatilgan boʻlsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani maʼqul. Paygʻambarlarning birinchisi — Odam, oxirgisi — Muhammad. 8. Paygʻambarlarning moʻʼjizalarini haq deb eʼtiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo paygʻambar darajasiga yeta olmaydi. 9. Islomning besh rukni — imon kalimasi, namoz, roʻza, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki sharʼan taqiklangan ishlarga qoʻl ursa qattiq gunohkor boʻlishi, lekin kofir boʻlmasligini tasdiq etish. 10. Imon — Muhammad Alloh taolo tomonidan keltirgan barcha xabar va maʼlumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni koʻp qilganda imon nuri koʻpayib, gunoh ishlarni koʻp qilganda imon nuri ozayib turishini tasdiklash va h.k.

  • Ularning adadi garchi baʼzi hadis va rivoyatlarda koʻrsatilgan boʻlsada, muayyan bir adad qatiy deb hisoblanmagani maʼqul. Paygʻambarlarning birinchisi — Odam, oxirgisi — Muhammad. 8. Paygʻambarlarning moʻʼjizalarini haq deb eʼtiqod qilish. Shuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo paygʻambar darajasiga yeta olmaydi. 9. Islomning besh rukni — imon kalimasi, namoz, roʻza, zakot, haj har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan birortasini beuzr tark etsa yoki sharʼan taqiklangan ishlarga qoʻl ursa qattiq gunohkor boʻlishi, lekin kofir boʻlmasligini tasdiq etish. 10. Imon — Muhammad Alloh taolo tomonidan keltirgan barcha xabar va maʼlumotlarni haq va rost ekaniga til bilan iqror etib, dil bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni koʻp qilganda imon nuri koʻpayib, gunoh ishlarni koʻp qilganda imon nuri ozayib turishini tasdiklash va h.k.

Islom mazhabchiligi — islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. I. m. Qurʼon va hadisni turlicha talqin qilish, islom tarixida gʻoyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan. Tor maʼnoda — shariatga xos huquq yoʻnalishlarini anglatsa, keng maʼnoda — dindagi ajralgan barcha guruhlarni ifodalaydi

  • Islom mazhabchiligi — islom dinidagi turli oqim va firqalarning umumiy nomi. I. m. Qurʼon va hadisni turlicha talqin qilish, islom tarixida gʻoyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy hayotning boshqa sohalarida yuz bergan ixtiloflar natijasida vujudga kelgan. Tor maʼnoda — shariatga xos huquq yoʻnalishlarini anglatsa, keng maʼnoda — dindagi ajralgan barcha guruhlarni ifodalaydi

Ularni bir-biridan farqlash lozim. Islomdagi asosiy yoʻnalishlar — sunniylik, shialik, xorijiylar. Bulardan sunniylik va shialik hozir mavjud, lekin xorijiylar yoʻnalishi oʻrta asrlardayoq koʻp firqalarga ajralib, keyinchalik yoʻqolib ketgan, undan faqat bitta — ibodiylar (abodiylar) firqasi saklanib qolgan; Islomdagi firqalar — ularning eng kupi shialik ichidagi firqalardir; shariat mazhablari — islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, jaʼfariylik) (ya na q. Mazhab); ilohiyot oqimlari — ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar boʻyicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. 14-asrdan keyin ularning barchasi yoʻqolib ketgan; Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari — ularning koʻplari oʻrta asrlardayoq yoʻqolib ketgan.

  • Ularni bir-biridan farqlash lozim. Islomdagi asosiy yoʻnalishlar — sunniylik, shialik, xorijiylar. Bulardan sunniylik va shialik hozir mavjud, lekin xorijiylar yoʻnalishi oʻrta asrlardayoq koʻp firqalarga ajralib, keyinchalik yoʻqolib ketgan, undan faqat bitta — ibodiylar (abodiylar) firqasi saklanib qolgan; Islomdagi firqalar — ularning eng kupi shialik ichidagi firqalardir; shariat mazhablari — islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, jaʼfariylik) (ya na q. Mazhab); ilohiyot oqimlari — ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar boʻyicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. 14-asrdan keyin ularning barchasi yoʻqolib ketgan; Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari — ularning koʻplari oʻrta asrlardayoq yoʻqolib ketgan.

Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 632 yilda Payg‘ambar (alayhis-salom) vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib xalifa bo‘ldi. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va firqalanish bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o‘ldiradilar. Uning o‘ldirilishi xalifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. SHunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.

  • Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 632 yilda Payg‘ambar (alayhis-salom) vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib xalifa bo‘ldi. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va firqalanish bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o‘ldiradilar. Uning o‘ldirilishi xalifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. SHom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657 yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. SHunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.

SHuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad (alayhis-salom) hadislarida aytib o‘tilgan. Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom) aytadilar: «YAhudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida, sahobiylar: «Najot topadigan firqa qaysi?», deb so‘raganda Payg‘ambar (alayhis-salom): «Men bilan sahobiylarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.

  • SHuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad (alayhis-salom) hadislarida aytib o‘tilgan. Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom) aytadilar: «YAhudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida, sahobiylar: «Najot topadigan firqa qaysi?», deb so‘raganda Payg‘ambar (alayhis-salom): «Men bilan sahobiylarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.

E`TIBORIZ UCHUN RAHMAT


Download 61.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling