Islomning asosiy taminotlari va maktablari


Download 185.98 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi185.98 Kb.
#1573863
Bog'liq
falsafa

Islomning asosiy taminotlari va maktablari

Reja

  • Reja
  • 1.Islom
  • 2. Islom talimoti
  • 3 . Islom maktablari.

islom

  • Islom tarixi — islom dinining shakllanishi va tarqalishi. Islom (arabcha الإسلام‎ — „boʻysunish“, „oʻzini yagona Xudoga (Alloh) berish“) dunyodagi eng yosh va xristianlikdan keyin ikkinchi eng katta din, shuningdek, monoteistik Ibrohim dinidir. Dindorlar soni dunyoning 125 dan ortiq mamlakatlarida yashovchi 1,8 milliarddan ortiq kishini tashkil etadi.

Islomning asosi y talimoti

  • Islom ta’limoti. Islom so‘zi arabcha – Allohga o‘zni topshirish, itoat etish, taslim bo‘lish, bo‘ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, Muhammad payg‘ambar avvalgi payg‘ambarlar (O‘rta Er havzasi sivilizatsiyasi ichida ma’lum bo‘lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan olinadi. Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo‘lgan sunniylikda IX asrga kelib besh arkon (rukn – arabcha «ustun» ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot shakllanadi. Ko‘pchilik ulamolar fikricha, ular quyidagilar:
  • 1. imon 3. zakot; 5. hajj;
  • 2. namoz (arabcha – salotm 4. ro‘za (arabcha – savm);

Imon.

  • Imon. Imon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi‘alar, xavorijlar ichida) avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo‘qolib, yangi teologik maktablar paydo bo‘lgan. SHuningdek, ko‘p hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo‘li (mazhabi) ancha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davrda ikki asosiy maktab – moturidiylar va ash’ariylar kuchli mavqega ega bo‘ldilar. Masalan, moturidiylar nazdida aqida masalalarida quyidagicha fikr mavjud: «Imon» so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa Lo iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o‘zga ilohiyat yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-llison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan imon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Imonning etti sharti bor. Ular:

namoz

  • Namoz. Namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to‘liq bayon etilmagan bo‘lsa ham, ammo u haqda ba’zi ko‘rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada musulmonlar orasida har xilliklar mavjud bo‘lib, ular negizida turli mazhab ta’limotlari shakllandi. Har kuni besh vaqt: bomdod – (tong otishidan kun chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi o‘z bo‘yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to quyosh to‘liq botgunga qadar), shom – (quyosh to‘liq botganidan ufqdagi qizillik yo‘qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado etiladi.

zakot

  • Zakot. Zakot – «poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga etgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot etim-esir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida yurganlar, zakot yig‘uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari, xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi. Zakot vositasida jamiyat kishilari orasida o‘zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha tenglik yuzaga keladi. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Ro`za

  • Ro‘za. Ro‘za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi davomida kunduz kunlari eyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. Ro‘za Hijratning ikkinchi yili farz bo‘lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi boshqa kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay ro‘za tutishi lozim bo‘ladi. SHuningdek, ro‘za ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan, nafl ro‘za yoki qasamni buzishdagi kafforat uchun ham ro‘za tutiladi.

haj

  • Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz amallardan hisoblansada, O‘rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi sababli yuqorida zikr etilga «qudrati etganlik» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan. Haj zulhijja oyining 8 kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod» 9 – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va umra amallari oldinma-ketin bajariladi, «tamattu’» – avval umra qilinib, ehromdan chiqiladi va zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani tavof qilmoq.

Etiboringizz uchun raxmat.


Download 185.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling