Islomning buyukligi va so’nishi (VIII – XVIII asrlar) VIII yoki IX asrgacha Musulmon sivilizatsiyasining yo’qligi Islomning oltin asri: VIII -xii asrlar


Download 31.89 Kb.
Sana11.06.2020
Hajmi31.89 Kb.

ISLOM SIVILIZATSIYASI

Reja:

  1. Islomning buyukligi va so’nishi (VIII – XVIII asrlar)

  2. VIII yoki IX asrgacha Musulmon sivilizatsiyasining yo’qligi

  3. Islomning oltin asri: VIII -XII asrlar

Islom sivilizatsiyasi rivojlanishing apogeyasi (o’z taraqqiyotining cho’qqisi) hamda uning taraqqiyoti VIII asrdan XII asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bunga hamma rozi. Faqat islom sivilizatsiyasi so’nishining sanasini aniqlash muammolidir. Doimiy fikrga asoslanadigan bo’lsa, unda islomning so’nishi XIII asrda boshlangan. Biroq bunday o’ylash – ikkita umuman har xil holatlarni chalkashtirishdir: islom qudratining so’nishi hamda islom sivilizatsiyasining so’nishi.

Shubhasizki, XIII asrda aniq ravshanki islom o’zining liderlik pozitsiyasini yo’qotdi. Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng yomoni, islom tomonidan rivojlanish dinamikasining yo’qotilishi XVIII asrda boshlangan. Agar sivilizatsiyaning sekinlik bilan rivojlanishini hisobga oladigan bo’lsak, bu unchalik uzoq vaqt emas. Islom sivilizatsiyasining taqdiri – bu ko’plab millatlarni taqdiridir. Bu millatlarni hozirda sust rivojlangan deb aytishadi, sababi ular industrial revolyutsiyani – xalqaro rivojlanishni juda tezlashtiradigan birinchi revolyutsiyani o’tkazib yuborishgan.

Bu sohadagi yutuqlarning yo’q bo’lishiga qaramasdan, islom sivilizatsiya sifatida tanazzulga yuz tutmagan. U faqat Yevropadan moddiylik nuqtayi nazaridan ikki asrga ortda qolgan.

VIII yoki IX asrgacha Musulmon sivilizatsiyasining yo’qligi

Islom siyosiy reallik sifatida bi necha yil ichida shakllandi. Arablar bosqinchilik urushlari vositasida imperiyani yaratishdi. Biroq islom sivilizatsiyasi shu imperyianing hamda qadimdan mavjud bo’lgan sivilizatsiyalar qorishmasining nattijasi bo’ldi. Bunga ko’p vaqt hamda ko’p avlod kerak bo’ldi.



  • Arablarning o’z diniga e’tiqodlar kam edi, ko’o narsa o’sha davrda ketayorgan jarayonlarga bog’liq edi: arablarning birinchi bosqinchilik davri davlatni, imperiyani yaratdi, biroq sivilizatsiyani emas.

Dastlab arab bosqinchilari mag’lub bo’lganlarni o’z e’tiqodiga o’tkazishga ham, ularning e’tiqodiga o’tishga ham harakat qilishmagan. Ular faqat bo’ysundirilgan sivilizatsiyalardan foydalanishgan, undan ziyotisi emas: Fors, Suriya, Misr, Rim Afrikasi (arablar bu yerni Ifrika deb atashgan, uning hududi bugungi kunda Tunisga to’g’ri keladi), Ipaniya (hozirgi Andaluziya). Agar o’sha davrda xristianlar islomni qabul qilishga harakat qilishsa, ularni tayoq bilan jazolashgan. Bu jarayon soliqlar faqat musulmon bo’lmaganlardan olingani uchun bo’lgan, yangi xo’jayinlar esa o’zlarining doromadining kamayishiga qarshi edi. 1

«Bosib olingan mamlakatlar … o’zining hayotiy ukladini saqlab qolishgan hamda qo’pol musosabatda ularga nisbatan bo’lishmagan, biroq… ularga yaxshilab qarashni talab etadigan qimmatli chorvadek munosabatda bo’lishgan, buning sababi “qimmatli chorva” soliq ko’rinishida katta daromad keltirgan» (Gaston Vyet).

Bu jarayon 632 – 660 yillarda mamlakatni boshqargan Muhammad payg’ambarning to’rtda izdoshi “xaliflar” tomonidan boshqarilgan paytda bo’lgan (Xalif – voris, yaqin xizmatkor, boshqaruvchining o’rinbosari ma’nolarini anglatadi), keyinchalik 660 – 750 yillarda mamlakatni boshqargan Umaviylar davrida ham shunday bo’lgan, ular Damashqni o’z poytaxti qilishgan. O’sha yillarda to’xtovsiz urushlar bo’lmagan yoki deyarli hech qachon diniy faktor oldingi planga chiqmagan. Misol uchun, Vizantiya bilan urush siyosiy bo’lgan, diniy emas.

Bundan tashqari, bosib olingan mamlakatlarda boshqaruv mahalliy aholi qo’lida bo’lgan; yozuv yo grek tilida, yo pahlaviy (o’rta fors tili) tilida bo’lgan; san’at hali ham ellinizmdan ilhomlangan, bu hattoki, masjitlar arxetekturasida bilinadi. Masjidlarning ichki qismlari, qator ustunlar, arkalar, gumbazlar Vizantiya obrazlarini eslatgan. Faqat aholini duoga undovchi muazzin uchun mo’ljallangan minora o’ziga xos (minora ham xristian qo’ng’iroqlar minorasini eslatgan).



  • Abbosiylar boshqaruv davrida tub o’zgarish: VIII asr o’rtalarida qat’iyatli o’zgarishlar ro’y beradi. Bular siyosiy, ijtimoiy va keyinchalik intelektual sohadagi burilishlar edi. Bu xalifalik Abbosiylarga o’tayotagan paytda hamda ularning qora shtandarti (davlat bayrog’i) oq shtandart o’rniga kelayotgan paytda yuz bergan.

Bu davrda arab dunyosi Sharqqa qadam quyadi va uni oldin o’ziga tortgan O’rtayer dengizidan sekinlik bilan uzoqlashadi. Yangi xaliflar davrida islom dunyosining poytaxti Damashqdan Bog’dodga ko’chiriladi. Bu holat eronliklarning hamda boshqa bosib olingan xalqlarning kuchayishiga olib keladi. Bu hokimiyat tepasida bir asr turgan, “qoni toza” arablar hukmronligining yakunini englatar edi, ular uch yoki to’rt avlod boshqargan. Shu davr mobaynida “yuqori kasta” boylik va hashmat botqog’iga botib qoldi, sivilizatsiya rohatida o’z afzalliklarini yo’qotadi. Ibn Xaldun, Andalusiyalik aslzoda arab, keyinchalik bu sivilizatsiyani “personifitsiyalashgan yovuzlik” (shaxslantirilgan, jonlantirilgan) deb ataydi.

Tabiiyki, moddiy taraqqiyot hamma joyga yetib borgan sharoitida birinchi o’ringa eski sivilizatsiyalashgan mamlakatlar chiqadi. 820 – yilga kelib xalifaning daromadi o’sha davrdagi Vizantiya imperiyasining yillik daromadidan 5 marta ko’p daromad kelgan. Katta boylik ilk savdo kapitalizmi, Xitoy va Hindiston, For ko’rfazi davlatlari, Efiopiya, Qizil dengiz mamlakatlari, Ifrika, Andaluziya va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari rivojlanganligi tufayli to’plangan.



Kapitalizm termini uchalik ham arxaik emas. Islom dini hukmronlik qilgan katta hudud tufayli tovarlae bilan spekulyantsiya (chayqovchilik) qilish chegara bilmasdi. Arab yozuvchisi Xariri arab savdogarining tili bilan shunday so’zlarni aytadi: «Men fors shafranini (zafaronini) Xitoyga olib borish niyatim bor, mish – mishlarga qaraganda Xitoyda uning narxi baland ekan. So’ng Xitoy farforini (chinnisini) Gretsiyaga, grek parchasini (kimxobini) Hindistonga, hind temirini Aleppoga, Aleppo shishasini Yamanga, Yaman yo’l – yo’l matolari Fors ga olib borish niyatim bor…» Basrada savdogarlar o’rtasidagi shartnomalar hozirgi kliringga (tashqi savdo munosabatlarida banklarning schot va va hujjatlar asosida naqd pulsiz hisob – kitob yurgizish) o’xshash savdo munosabatlari asosida amalga oshirilgan.

Savdo shartnomalarini shaharlarsiz amalga oshirib bo’lmas edi. Katta shahar markazlari vujudga keladi: faqat Bog’dod (762 – yildan to shaharni mo’g’ullar vayron qilguncha - 1258 – yilgacha shahar Eski Dunyoning eng boy va ‘ma’rifatlangan” poytaxti edi) emas, balki Bog’doddan uncha uzoq bo’lmagan Tigr daryosining sohilida joylashgan Samarra (836 – yili asos solingan), Basra – o’zining katta porti bilan, Kair (Qohira), Damashq, Tunis (qayta tiklangan Karfagen),Kordovalar hukmron mavqega erishadi,

Bu shaharlarda hamjihatlikdagi harakatlar bilan Qur’on tili va poeziya (nazm) tillari asosida arab “adabiy” tili (so’zsiz sun’iy va yozma) yaratildi va qayta yaratildi. Bu til tez orada barcha islom davlatlari uchun umumiy tilga aylanadi, xuddi xristianlar uchun lotin tili umumiy bo’lgani kabi. Arabistondagi arab tilining o’zi va boshqa mamlakatlarning so’zlashuv tillari dialekt (sheva) larga aylanadi. Bu faqat til emas, balki adabiyot, g’oya, ekumenik g’ayrat, Bog’dodda vujudga kelgan va dunyo bo’ylab tarqalgan sivilizatsiya edi.

Hali Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelguncha mansabdor shaxslarni tayinlash prinsipi o’zgargandi. 700 – yili umaviy xalifa Abdul Malik Ioanna Damashqiyni (keyinchalik 655 – 749 yillarda monax (ruhoniy) bo’lgan) maslahatchi sifatida chaqiradi: xalifa unga grek tilini rasmiy muomaladan zudlik bilan chiqarishni aytadi. Arab tarixchisi Baladorining aytishicha:”bu Sargunada katta norozilik uyg’otdi (buni Sergiya deb tushunish kerak, bu Ionna Daashqiyning boshqa nomi edi), so’ng u xalifani chuqur g’am bilan tark etdi, yo’lda grek amaldorlarini ko’rib, ularga shunday degan: «endi boshqa ish qidiringlar, bu ishingizni Xudo olib quydi» degan”.

Bu modus vivendining yakunini anglatar edi – xristianlar va musulmonlar o’rtasidagi ko’p yillik o’zaro sabr; yangi davr boshlanayotgan edi. Yagona tilning vujudga kelishi intelektual va ish ayirboshlash imkonini payo qildi, hukmdorlaar o’rtasidagi munosabatlarni soddalashtirdi. Yuqorida eslatib o’tilgan yahudiy savdogarlarining maktublari eski yahudiy harflari bilan bo’lsa – da, arab tilida yozilgan.

Yagona til madaniyatning rivojlanishiga asos bo’ldi. Mashhur xalifa Xorun ar – Rashidning o’g’li al – Ma’mun (813 – 833) ko’p chet el kitoblarini arab tiliga o’girishni buyuradi, avvalo grek tilidagi kitoblarni. Bu yangi kitoblar juda tez tarqalar edi, ustiga – ustak islom tez orada pergamentdan arzon bo’lgan qog’oz haqida xabar topishdi. Kordova xalifasi Al – Halim II (961 – 972), aytishlaricha, 400 000 qo’lyozmadan iborat kutubxonaga egalik qilgan (44 tomlik katalog). Bu raqamlar bo’rttirib ko’rsatilgan bo’lsa ham, bu raqamlarni Karl V ning kutubxonasidagi 900 qo’lyozma bilan qiyoslasa bo’ladi.2

Islom uchun muhim bo’lgan bu asrlarda ichki o’zgarishalr ham bo’ldi. Muhammadning dini Vizantiya tipidagi talqinlar hisobiga murakkablashadi, unga mistika elementlari kirib keladi, bunda olimlar neoplatonizmni qayta vujudga kelishini ko’radi. Hattoki, shi’a yo’nalishining ko’pgina muvaffaqqiyatlari dastlabki arab islomiga behona bo’lgan holatlarga bog’liq. Shialiklar o’zlarining paydo bo’lishini Umaviylar tomonidan o’dirilgan Ali bilan bo’glashadi. Ular o’zlarini islomning an’analariga va musulmonlarning ko’pchiligini tashkil qiladigan sunniylarga qarshi qo’yadi. Shialiklar ziyoratgohi – Iroqdafi Kerbeladir, u yerga minglab ziyoratchilar boradi. «Ali Isoga, uning onasi – Fotima esa Avliyo Maryamga tenglashtirilgan. Ali va uning o’g’illarining o’limi azob – uqubat deb tasavvur qilinadi» (E.F.Gotye).

Shunday qilib Islomning asoslari qadimgi Sharq va O’rtayer dengizi sivilizatsiyalaridan olish hisobiga boshqacha talqin qilinadi, ular esa o’z navbatida yosharish jarayoniga uchraydi. Bu sivilizatsiyalarning hammasi umumiy til bilan bog’liq holda yagona va imtelektual vazifani bajaradi; Arabiston tarixiy epizodlarning biri, xolos; ma’lum nuqtayi nazardan qaralsa, musulmon sivilizatsiyasi arab bo’lmagan xalqlarning islomga o’tishi, musulmon maktablarining ko’payishi, Anlantikadan to Pomirgacha bo’lgan hududda islomga e’tiqod qiluvchilarning birlashmasi vujudga kelishining natijasida paydo bo’lgan. Aytish mumkinki, eski vinoni yangi teriga quyishyapti deb.



Islomning oltin asri: VIII -XII asrlar

To’rt yoki besh asr davomida Islom Eski Dunyoning eng zo’r sivilizatsiyasi bo’lib qoldi. Umuman va xususan olganda, Xalifalikning oltin asri Xorun ar- Rashidning o’g’li Al – Ma’mun (813 – 833) davridan boshlanadi, u Bog’dodda Donishmandlik uyiga (bir vaqtning o’zida ham kutubxona, ham tarjima markazi va astronomik abservatoriya edi) asos soladi, va oltin asr Avveroesa (Ibn Rushda) ning o’limigacha davom etgan, u mashhur arab faylasuflaridan biri bo’lib, 1198 – yili Marokashda olamdan o’tadi (o’sha payt u 72 yoshda bo’lgan). Biroq g’iya va san’at tarixi o’zi bilan Islomning buyukligini tushuntirib bermaydi.

Musulmon falsafasining tadqiqotchisi Leon Gotyening fikricha, islom g’oyasining rivojlanishi uchun eng qulay payt hamma narsaga qodir va ma’rifatlangan xalifaning himoyasiga umid qiladigan paytda – «tinchlik va umumrivojlanish davrida» bo’lgan. VIII – IX asrlarda Sharqda Al – Mansurdan tortib toki Al – Mutavakkilgacha bo’lgan xalifalar shunday hukmdor bo’lishgan, ular deyarli yuz yil davomida musulmon olamida grek ilm – fani va falsafasining rivojlanishi uchun zamin yaratishdi, avvalo betaraf – xristianlar tomonidan qilingan ko’p sonli tarjimalar tufayli bo’ldi; xuddi shu gapni Almoxadax xalifalari (XII asr) haqida ham aytsa bo’ladi, ular o’ziga yaqin faylasuf va shifokorlar bilan yuzma – yuz suhbat qurish odati bor edi. Xuddi shunday qulay dave sifatida yagona imperiyasining so’nishi vaqtini ko’rsatish mumkin, chunki bu davrda jasur bilim sohiblar mahalliy hukmdorlar orasidan u yoki bu hukmdorni homiy sifatida tanlashi mumkin edi; Al – Farobiy uchun IX asrning birinchi yarmida shunday homiy Aleppo amiri Sayf ad – Daula bo’ldi.

Leon Gotye o’zingiz ko’rib turganingizdek, muammoni siyosiy tarix terminlarida deb ko’rsatmoqda. Sivilizatsiya hukmdorlarga, “ma’rifatlangan despotlarga” bog’liq edi. Bog’dod xalifaligining tezlik bilan qulashi aqlbovar qilmas siyosiy tarqoqlikni keltirib chiqardi, biroq g’oyaning tarqalishiga zarar yetkazmadi. Aksincha, u ma’lum darajada intelektual erkinlikka yordam berdi, chunki o’qimishli odamlarga qudratli homiylarni va davlatlarni almashtirish imkonini bergan. Natijada xuddi shudnay jarayon uyg’onish davrida italiyada, XVII va XVIII asrlarda Yevropada takrorlanadi. Islom sivilizatsiyasida bu ma’rifatlangan odamlarning imtiyozi bo’lgan.

Tafakkurning bunday umtiyozi yetarlicha bo’lmagan. Tafakkurni moddiy imtiyozlar bilan qo’llab – quvvatlash kerak edi. 750 -yilga Islom asosan o’zining asosiy tashqi cgegaralariga yetadi; bu davrga kelib uning ekspansiyasi himoyalanuvchilar muvaffaqiyati tufayli to’xtatildi (718 – yili qamal qilingan Konstantinopol uning himoyachilari qahramonligi tufayli saqlab qolindi; galliya va G’arb 732 – yili yoki 733 – yili Puatedagi jangda o’zining ozodligini yutib olishdi, shuningdek o’sha davrda Mag’ribda boshlangan isyon tufayli ham). Natijada chegaralarda o’ziga xos tinchlik o’rnatildi (nisbatan), imperiyaning ichida esa farovonlik holatining ko’tarilishi bilan iqtisodiy ko’tarilish ro’y beradi.

Iqtisodning ko’tarilishi bozor iqtisodiyotining vujudga kelishiga olib keldi, qishloq xo’jalik mahslotlarini «kommersalizatsiyalash» (tijorat yoki savdo qilish) kuchaydi; ularning ma’lum qismi o’sha yerda iste’mol qilinar edi, ortiqcha mahsulot esa shaharlarda sotiladigan va oxirgi ko’rsatgichlarni ko’tarilishiga olib keladigan tovarga aylanar edi. Xurmo savdosi har yili 100 000 yuk tashiydigan tuyani talab qilardi. Shaharlarning yopiq bozorlar qovun uylari nomini olishgandi, transoksian qovunlari boshqacha mashhur edi. Quritilgan qovunlarni katta hajmda G’arbga junatishgan. Yangi pishgan qovunlarni maxsus pochta yo’nalishlari orqali Bog’dodga olib kelishgan: qovunlarni muz solingan teri meshlarda tashishgan. Shakarqamishni o’stirish sanoatning yangi tarmog’i paydo bo’lishiga olib keldi.

Qishloq xo’jalik mahsulotlarining savdosi haqida gapirganda, tegirmonlar haqida eslatmaslikning iloji yo’q. suv tegirmonlarning paydo bo’lishi (Bog’dod yaqinida) va shamol tegirmonlarini paydo bo’lishi yordam berdi: shamol tegirmonlaridan 947 – yili Seistonda foydalanishagan, shu payt Basradagi suv tegirmonlarini harakatga keltirish uchun Tigr daryosining oqimidan foydalanishgan.

Iqtisodiyotning intensiv rivojlanishi sanoatning yangi sohalari paydo bo’lishiga olib keldi: metallurgiya, yog’ochni qayta ishlash, to’qimachilik (zig’ir tolasi, paxta, ipak, jun). Sharqda katta maydonlarda paxtachilik rivojlana boshladi. Buxoro, Armaniston, Fors gilamlari hamma yerda mashhur bo’lgan. Basra asosan bo’yoqlarni import qilgan, asosan indigo (to’q ko’k rang) sotib olgan. Qobul orqali keltirilgan hinf indigosi ancha sifatli bo’lgan, yuqori Misrnikiga qaraganda.

Shuncha tovarlarning harakati o’zining ortidan ko’p sonli natijalarni keltirgan. Monetar iqtisodiyoq senyor va dehqon o’rtasidagi munosabatlarga asoslanadigan ukladning asoslarini zirqiratdi, boylar yanada boylashgan va surbetlashgan; kambag’allar esa rad etilganlarga aylanishgan. Bunga irrigatsiya texnikasining rivojlanishi dehqonlarning krepostnoy qaramligini kuchaytirganiniqo’shadigan bo’lsak, jamiyatda sotsial vaziyat qanchalik tang avolda bo’lganini ko’ramiz.

Agar bu holat hal qiluvchi faktor bo’lmasa ham, ko’p narsani tushintirishi mumkin, xusussan, jamiyatdagi inqilobiy kayfiyatni, shahar va qishloqlardagi to’xtovsiz xavotirlikni, milliy ozodlik harakatlari bilan bog’liq bu Eron misoldida yaqqol namoyon bo’ladi. O’sha davr adabiyoti hozirgi zamon zamonaviy tushunchalarni eslashga undaydi: natsionalizm (milliylik), kapitalizm, sinfiy kurash.

Bularning hammasi o’zaro bog’langan: shu oltin asrda ko’payib ketgan bit’atlarning o’rta Yevropasi kabi siyosiy va ijtimoiy ildizlari mavjud. Boshqacha o’ylaydigan odamlarni guruhi paydo bo’ladi, rivojlanadi, taqibga uchrab yoki hokimiyat tepasidagilar tomonidan quvg’inga uchrab yo’qolib ketadi. Islom g’oyasining tarixi jamiyat barqarorligi uchun xavfli bo’lgan shunaqangi guruhlar bilan bog’liq.


  • Islomning oltin asrini ta’riflay turib, tarixchi A.Mets «Renessans» deb ataluvchi ikki ma’noli termindan foydalangan.

Bu narsa mo’jizaviy Italiya Renessansi bilan bog’lash uchun qilingan. Har qanday holatda taqqoslash afzalliklarga ega, bu yerda diqqatni moddiy va intelektual boylikka qaratish mumkin, bu holat dastlab Islom sivilizatsiyasi uchun, keyinchalik XV asrda Italiya Sivilizatsiyasi uchun uzoq yillar davomida rivojlanishni ta’minladi.

U sivilizatsiya ham, bu sivilizatsiya ham savdo va boylikning quylayliklaridan foydalanishga imkon beruvchi shahar jamiyatlariga tayangan; ikkala sivilizatsiya ham antik sivilizatsiyasidan ilhomlangan, unga hurmat va ehtirom ila qaraydigan, o’z davrini bir necha asrlarga oshib o’tgan tor doiradagi g’aroyib tafakkur sohiblari tomonidan yaratilgan. Ikkala holatda ham ularning turmushiga xavf soladigan qo’shni varvar qabilalari mavjud bo’lgan. Italiya uchun XV asr oxirida shvetsariyalik kantonlar to’dasi, shimoliy nemislar, fransuzlar, oyoq kiyimi ip bilan bog’lanadigan ispanlar, turklar (1480 – yil turklar tomonidan Otranta shahri olingan) ana shunday varvar bo’lgan. Islom uchun saljuqiy turklar, berberlar, G’arb aholisi, Saxarada yashaydigan badaviylar shunday varvar bo’lishgan.



  • Agar davrni butunligicha oladigan bo’lsak, biz tomonimizdan qabul qilingan sanalar – (813 – 1198) – bu islom sivilizatsiyaning mustahkamlanish davridir ( bu faqat tashqi tomondan qarasa qarama – qarshiday tuyuladi), sivilizatsiya sifatida tinch va diniy bir vaqtning o’zida ham yagona va turlichadir.



1 Фернан Бродель. Грамматика цивилизаций. – Москва 2008 г. стр – 93

2 Фернан Бродель. Грамматика цивилизаций. – Москва 2008 г. стр – 95


Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling