Issiq ichimliklar va shifobaxsh damlamalarni tayyorlash texnologiyasi va texnika xavfsizligi qoidalari Сhoy ishlab chiqarish, navlari, sifatiga qo'yiladigan talablari, sharoitlari. Qahfa ichimliklari
Download 228.05 Kb. Pdf ko'rish
|
9 Issiq ichimliklar va shifobaxsh damlamalarni tayyorlash texnologiyasi (2)
Issiq ichimliklar va shifobaxsh damlamalarni tayyorlash texnologiyasi va texnika xavfsizligi qoidalari Сhoy ishlab chiqarish, navlari, sifatiga qo'yiladigan talablari, sharoitlari. Qahfa ichimliklari. Choy, qahva, kakaolar. Choy, kakao, qahva chanqov bosuvchi ichimliklar xisoblanadi. Ular tarkibidagi mahsulotlar kishi yurak faoliyatini yaxshilaydi, taom hazm bo‘lishini osonlashtiradi, charchoqni qoldiradi. Qahva va kakao esa yuqori ozuqaviy ahamiyatga ega xisoblanadi. Sovuq ichimliklarga: sut, qatiq mahsulotlari, sutli ichimliklar, kvas, xar xildagi rezavor meva sharbat va ichimliklari kiradi. Pishirilgan sut sovuq va issiq holda berilishi mumkin. Pasterizatsiya qilingan va sterilizatsiya qilnngan shishadagi sutlar avval issiq ishlov berilmagan holda tarqatiladi. Issiq ichimliklarning harorat darajasi 75°C dan past bo‘lmasligi, sovuq holdagisi esa 14°C dan yuqori 7°C dan past bo‘lmasligi kerak. Ba'zi sovuq ichimliklarga ozuqaviy muz bo‘lakchalari solib xam beriladi. Choy, qahva, kakaolar uzoq vaqt saqlanishi natijasida xushxo‘rligini yo‘qotadi. Choy, qahva, kakao idishi ochilgan bo‘lsa, maxsus qopqog‘i yopiluvchi idishga bo‘shatib saqlash lozim. Aks holda ularning xushxo‘rligi, ozuqaliligiga putur yetadi. Bundan tashqari qahva, kakao qaynatilganda va uzoq vaqt saqlanganda ularning xushxo‘r ta'mi buziladi. Bunday ichimliklarni talabga binoan, zarur miqdorda, qaynatmay, uzoq vaqt qizdirilmay, qayta isitilmay tayyorlash lozim. Choy, kakao, qahva chanqov bosuvchi ichimliklar hisoblanadi. Ular tarkibidagi mahsulotlar kishi yurak faoliyatini yaxshilaydi, taom hazm bo‘lishini osonlashtiradi, charchoqni qoldiradi. Qahva va kakao esa yuqori ozuqaviy ahamiyatga ega hisoblanadi. Choy, qahva, kakaolar uzoq vaqt saqlanishi natijasida xushxo‘rligini yo‘qotadi. Choy, qahva, kakao idishi ochilgan bo‘lsa, maxsus qopqog‘i yopiluvchi idishga bo‘shatib saqlash lozim. Aks holda ularning xushxo‘rligi, ozuqaliligiga putur yetadi. Bundan tashqari qahva, kakao qaynatilganda va uzoq vaqt saqlanganda ularning xushxo‘r ta'mi buziladi. Bunday ichimliklarni talabga binoan, zarur miqdorda, qaynatmay, uzoq vaqt qizdirilmay, qayta isitilmay tayyorlash lozim. Choy. Choydan chanqovni qoldiruvchi, tetiklashtiruvchi ichimlik tayyorlanadi. Uni tayyorlash uchun bayxa choyi (qora, ko‘k), presslangan qora g‘isht ko‘rinishiga ega bo‘lgan ko‘k choy ishlatiladi. Choy tarkibidagi qahvain odam tanasidagi nerv sistemasiga qo‘zg‘otuvchi ta'sir ko‘rsatadi. Efir moylari (oz miqdordagi) esa choyga xushxo‘r ta'm beradi. Choydagi dubil mahsulotlar qimizak ta'm beradi. Choyning rangi unga beriladigan maxsus ishlovga, ozuqaviy ranglarga bog‘liqdir. Choy V Vg, S, R, RR darmondorilariga boy. Choy damlash uchun asosan chinni choynaklardan foydalanish tavsiya etiladi. Metall choynaklarda, kastryulka, qozonlarda choy damlash mumkin emas. Metall ta'sirida choyning mazasi buziladi, rangi esa o‘zgaradi. Download 228.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling