Issiq, iliq va sovuq asfalьtbetonlarga bo‘linadi. Issiq asfalьtbeton


Download 78 Kb.
bet1/7
Sana18.10.2023
Hajmi78 Kb.
#1707374
  1   2   3   4   5   6   7

Asfalьtbeton xossasi harorat ta’sirida sezilarli o‘zgaradi. Oddiy haroratda asfalьtbeton qayishqoq-egiluvchan holatda, sovuq sharoitda esa qattiq, mo‘rt holatda bo‘ladi. Masalan, 50 ºS haroratda saqlangan asfalьtbetonning mustahkamligi 1-2 MPa bo‘lsa, -35 ºS gacha sovutilganda mustahkamligi 30-40 MPa gacha ortadi.
Asfalьtbeton o‘zining xususiyatlari, bitumning quyuq-suyuqligi va qorishmani yotqizish haroratiga ko‘ra issiq, iliq va sovuq asfalьtbetonlarga bo‘linadi.
Issiq asfalьtbeton qorishmasi uchun ishlatiladigan quyuq bitumning markalari – BND 90/130, 60/90, 40/60 hamda BN 90/130, 60/90 bo‘ladi. Qorishmani yotqizish vaqtida uning harorati 130-160 ºS ga teng bo‘ladi.
Iliq asfalьtbeton uchun suyuq yoki nim quyuq bitumlar ishlatiladi (BND 130/200, 200/300). Uning yotqizish vaqtidagi harorati 60-90 ºS ga teng bo‘lishi kerak.
Sovuq asfalьtbeton uchun suyuq bitumlar ishlatiladi (MG 70/130 yoki SG 70/130). Uning yotqizish vaqtidagi harorati atrof muhit haroratiga teng bo‘lishi, ammo 10 ºS dan kam bo‘lmasligi kerak.
Asfalьtbetonning zich (g‘ovakligi 3-5%) va g‘ovak ( g‘ovakligi 6-10%) turlari mavjud.
Asfalьtbeton tuzilishini va hajmini tashkil etuvchi eng muhim tarkibiy qismlar undagi mayda, yirik va mineral kukun kabi to‘ldirgichlardir. Qorishma tayyorlashda avval mineral to‘ldirgichlar qizdiriladi va keyin bog‘lovchi sifatida bitum qo‘shiladi.
Asfalьtbetonning fizik xossallarini aniqlashdan maqsad suvga chidamlilik, sovuqbardoshlilik va ob-havo sharoitiga chidamlilik kabi xossalarini oldindan bashorat qilish demakdir.
Asfalьtbetonning fizik xossalariga quydagilar kiradi:
- hajmiy og‘irligi;
-mineral to‘ldiruvchilarning va bitumning zichligi;
-mineral to‘ldiruvchilarning va asfalьtbetonning g‘ovakligi;
-suvga to‘yinuvchanligi va boshqalar.
Asfalьtbetonning mexanik xossalarini aniqlashdan maqsad uning yuk va transport vositalari ta’sirida uzoq muddat xizmat qilishini aniqlashdan iborat. Asfalьtbetonning mexanik xossalari sifatida uning siqilish, egilish, cho‘zilish va surilishdagi mustahkamliklari aniqlanadi.
Asfalьtbeton tarkibini loyihalash mineral to‘ldiruvchilarning rasional taqsimlanishi bilan ifodalanadi.
Asfaltьbeton tarkibini loyihalash quyidagi tartibda bajariladi:
1. Mineral to‘ldiruvchilarni GOST talablariga mos ravishda tekshirish va tanlash;
2. Mineral to‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibini asoslash va hisoblash;
3. Kerakli bitum miqdorini hisoblash.
Ishning mohiyati: asfalьtbeton tarkibini loyihalash mineral to‘ldiruvchilar (chaqiqtosh, qum, mineral kukun)ning donadorlik tarkibini hisobga olgan holda uning maqbul (optimal) zich qorishmasini hisoblash, so‘ngra maqbul bog‘lovchi miqdorini aniqlashdan iborat.
Berilgan: yo‘l toifasi, ob-havo sharoitlari, asfalьtbetonning uzoq muddat xizmat qilishi, material sifati (me’eriy hujjatlarga mosligi).
Topish kerak: qoplamaning yuqori qatlami uchun mayda donali issiq asfalьtbeton tarkibini tanlash.
Asfalьtbeton tarkibini tanlash: chegaraviy uzluksiz donadorlik tarkibi egrisi asosida zich mineral qorishmani tanlash.
Asfalьtbeton zavodidagi barcha tosh materiallarning donadorlik tarkibini aniqlaymiz (2, 3, 4 qatorlar).

Elak o‘lchamlari


Mavjud mineral materiallar-ning donadorlik tarkibi, xususiy qoldiq, %


Tanlangan qorishmadagi mineral materiallarning donadorlik tarkibi, xususiy qoldiq, %


Tanlanayotgan mineral qorishmaning elakdagi xususiy qoldiqlarining yig‘indisi, %


Tanlanayotgan mineral qorishmaning elakdagi to‘liq qoldiqlari, %


Jadval asosidagi tavsiya etilgan to‘liq qoldiqlar chegarasi, %


Chaqiq tosh


Qum

Mineral kukun

Chaqiq tosh


Qum

Mineral kukun



































Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling