Issiqlik nurlanish


Download 188.89 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi188.89 Kb.
#1184083
Bog'liq
Issiqlik nurlanish.pptx Azizbek

Issiqlik nurlanish

Qabul qiluvchi:qurbonova o’g’iloy

128-18.guruh talabasi rasulov azizbek

  • Issiqlik nurlanish, temperaturaviy nurlanish — jismning ichki energiyasi hisobiga chiqariladigan elektromagnit nurlanish.
  • Mas, choʻgʻlangan metallar sirtidan, yer atmosferasi va b. dan issiklik nurlanadi. Issiqlik nurlanish moddaning mikroskopik jarayoniga, uning mutlaq temperaturasi va optik xossalariga bogʻliq. Issiqlik nurlanishning asosiy tavsiyalaridan biri — jismning nurlanish qobiliyati; u Issiqlik nurlanish paytida jism yorituvchanligining spektr zichligiga teng . Qizigan jism bilan termodinamik muvozanatda boʻlgan Issiqlik nurlanish uchun Kirxgof nurlanish qonuni, mutlaq qora jism uchun Plank nurlanish qonuni, Stefan— Bolsman nurlanish qonuni va b. bajariladi.

Absolyut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining spektrida taqsimlanishini o‘rganish borasida XIX asr oxirlarida bir qator olimlar tajribalar o‘tkazdilar. O‘tkazilgan tajribalar, izlanishlar asosida kashf qilingan asosiy qonunlar
  • Stefan-Bolsman qonuni. Absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyatining temperaturaga bog‘liqligi Stefan-Bolsman qonuni bilan ifodalanadi. Qonun quyidagicha ta’riflanadi: absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati uning absolyut temperaturaning to‘rtinchi darajasiga proporsional: ET = T 4
  • formulada σ – Stefan-Bolsman doimiyligi bo‘lib, uning tajribada aniqlangan son qiymati quyidagicha: σ=5,67×10–8 Vt×m–2 K–4

Vin qonuni.

  • Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan o‘rgandi. Vin o‘z izlanishlari natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi: absolyut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishi zichligida maksimum bo‘lib, bu maksimum λmax to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladi va quyidagi munosabat orqali aniqlanadi.
  • λ max ×T = b
  • formulada λmax – absolyut qora jism nurlanishi energiyasining maksimumidagi to‘lqin uzunligidir. T – absolyut qora jismning absolyut temperaturasi, b – o‘zgarmas kattalik bo‘lib, Vin doimiyligi deyiladi,

Reley-Jins formulasi.

  • Issiqlik nurlanishining spektrida energiya taqsimlanishining zichligi tebranishlar modasining o‘rtacha energiyasi E ma’lum bo‘lganda, formula yordamida hisoblanadi. E ni topish uchun klassik fizikada nazariyadagi erkinlik darajalari bo‘yicha energiyaning teng taqsimlanishi teoremasidan foydalanish mumkin. Klassik statistik tizimda har bir erkinlik darajasiga 1/2 kT energiya to‘g‘ri keladi. Garmonik ossillyatorning o‘rtacha kinetik energiyasi, o‘rtacha potensial energiyasiga teng. Shuning uchun ossillyatorning o‘rtacha energiyasi kT ga teng. Qaralayotgan statistik tizimga kovak bo‘shlig‘idagi nurlanish va kovak devorlari ossillyatorlari kiradi, bu esa kovak bo‘shlig‘ida bir tebranish modasiga (turg‘un to‘lqinga)

Vin formulasi.

  • Vin formulasi. 1896-yilda nemis olimi Vin har bir tebranish modasi (kovak bo‘shlig‘idagi turg‘un to‘lqinlar) E(ν) – energiyani tashuvchidir degan g‘oyani taklif qildi. Lekin berilgan chastotada hamma modalar uyg‘otilmagan. Uyg‘otilgan modalarning nisbiy soni N/N Bolsman taqsimoti qonuni orqali aniqlanadi
  • ρν ning Vin formulasi asosida hisoblangan qiymatlari issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasida tajribadan olingan natijalar bilan mos keladi.Kichik chastotalar sohasida Vin formulasi asosida hisoblangan. ρν ning qiymatlari tajribadan olingan qiymatlardan kichikroq qiymatlarni beradi. Shunday qilib, Vin formulasi issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasida tajriba natijalari bilan mos keladigan to‘g‘ri natijalarni beradi. Reley-Jins formulasi esa spektrning kichik chastotalar sohasida tajriba natijalari bilan mos keladigan to‘g‘ri natijalarni beradi. Lekin har ikkala formula ham spektrning o‘rta qismini yoki to‘liq spektrni tushuntira olmadi. Bunday hol issiqlik nurlanishi nazariyasini klassik fizika qonunlari asosida tushuntirib bo‘lmasligini ko‘rsatadi.

Download 188.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling