Исследование в XXI веке Июня, 2023 1083 global geoekologik muammolar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1739438
TuriИсследование


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
1083 
GLOBAL GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR 
Mo'minova Sevaraxon Isroiljon qizi 
Farg'ona davlat universiteti talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada dunyoning bugungi kundagi geoekologik muammolari 
batafsil taxlil qilingan. 
Kalit so'zlarstixiyaviy, iqlim jarayon, geoekologik muammo, lokal, bashoratlashtirish. 
 
Inson va tabiat o‘rtasidagi ta‘sirlar ko‘p qirrali bo‘lganligi va murakkablashib 
borayotganligi sababli ekologik muammolarning globallashuvi sodir bo‘ldi va ko‘p omilli 
tahlilni kuchayishiga olib keldi. Hozirgi paytda inson ta‘siri tufayli tabiatda ro‘y bergan 
o‘zgarishlar aks ta‘sir ko‘rsatib organizmlarga jiddiy zarar yetkazmoqda va hatto inson 
geniga ham ta‘sir ko‘rsatmoqda. 
Hozirgi paytda tirik organizmlar ‘ o‘simlik, hayvonot dunyosi va odamning atrof 
muhit bilan munosabatlari fan va texnika taraqqiyitining jadallashuvi tufayli tobora keng 
miqyosda sodir bo‘lib, avvalgi tabbiy barqaror muvozanat ayrim joylarda u butunlay 
buzilib, xavli va hatto halokatli ekolgik vaziyat tarkib topmoqda. Binobarin inson va atrof 
muhit orasida to‘g‘ri va aks ta‘sir kuchaymoqda va uning oqibatida murakkab, ko‘p 
qirrali va turli xususyatli muammolar yuzaga kelib, o‘zaro ta‘sir kuchaygan sari ular tezlik 
bilan shakllanib bormoqda. 
Ekologik muammo ‘ insonning tabiatga ta‘siri, tabiatning insonga va uning 
xo‘jaligiga aks ta‘siri, tabiiy sabablar (stixiyaviy ofat, iqlim jarayonlari va b.) taqozasi tufayli 
sodir bo‘ladigan hayotiy va xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayonlar bilan bog‘liq 
bo‘lgan har qanday hodisalardir. Har qanday ekologik muammo makonda (hududda) 
tarqaladi va zamonda (muayyan vaqt davomida) o‘zgaradi, o‘z asoratini qoldiradi. 
Ekologik muammolarni o‘rganishda eng avvalo ularni keltirib chiqaradigan omillarni
sabablarni aniqlash va o‘rganish lozim.
Ekologik muammolar tabiatdan foydalanish jarayonida, tabiat va jamiyat o‘zaro 
ta‘siri natijasida vujudga keladi. Kotlyakov (1987) ta‘kidlaganidek, ‘ ‘tabiat bilan o‘zaro 
ta‘sir jarayonida inson sivilizatsiyasi duchor bo‘ladigan barcha muammolar mazmun-
mohiyatiga ko‘ra ekologik muammolardir‘. 
Muayyan vaqtda va huddudda atrof muhitning ifloslanishi va o‘z-o‘zini tozalash 
imkoniyatlari orasidagi muvozanatning buzilishi (yomon tomonga o‘zgarishi) natijasida 
vujudga kelgan va ayni paytda sotsial ahamiyatga ega bo‘lgan vaziat geoekologik muammo 
deyiladi. Shu sababli har qanday ekologik muammo hududiy jihatdan qaralanda 
geoekologik muammodir. Geoekolgik mummoning vujudga kelishiga geosistemalarda 
komponentlar o‘rtasida tabiiy bog‘lanishning buzilishi, kimyoviy parametrlarning 
o‘zgarishi, tabiiy resurslarning qashoqlashuvi, tabiiy va antropogen geosistemalar
o‘rtasidagi nisbatlarning o‘zgarishi va boshqa omillar sabab bo‘ladi. Shu sababli ekologik 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
1084 
muvozanatni yuqori darajada saqlab qolish uchun tabiiy salohiyati maksimal darajada
foydalaniladigan va inson manfaatlaridan kelib chiqqan holda landshaftlarni optimal tashkil 
etish lozim. 
Shu sababi ekologik vaziyat tobora murakkablashib borayotgan hozirgi paytda 
geoekologik tadqiqotlarga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham ortib bormoda. Zero 
sayyoramizning turli hududlari va akvatoriyalarida ekologik vaziyatning murakkablashib 
borayotganligi ularning tarkib topishi sabablarini o‘rganishning ahamiyatini oshiradi. 
Geoekologik muammo - bu lanshaft xususiyatlarining aholining hayoti va saomatligi 
sharoitlarining yomonlashuviga olib keladigan, tabiiy resurslarning qasshoqlashuviga yoki 
yo‘qotilishiga, genofondning, landshaftlarning unikalligi va estetik qiymatining buzilishiga 
sabab bo‘ladigan salbiy o‘zgarishlaridir. Geoekologik muammo tushunchasiga tabiatning 
inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar kiradi Ekologik muammolar fanlarning 
yanada yirikroq tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy bloklarini yanada chambarchas bog‘liklikda 
bo‘lishini taqoza etadi. Geoekologiya esa ana shu bilim sohalari orasida tarkib topgan 
yangi integral ilmiy yo‘nalish (fan)dir. 
Geoekologik muammo qotib qolgan, o‘zgarmas holat bo‘lmay, balki muntazam 
ravishda tadrijiy o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko‘p tizimli, ko‘p sonli oddiy 
muammolarning majmuasidir (Rafiqov, 1997). 
Geokologik muammolar uchun ko‘plab ta‘sirlar, o‘zgarishlar va oqibatlarning 
ekologik, sotsial, iqtisodiy tiplarining chatishib (qo‘shilib perepletenie) ketishi xos. Shu 
sababli geoekologik muammolar alohidalik emas, balki bir butun majmuiylik sajiyasiga ega. 
Geoekologik 
muammolarning 
fundamental 
geografik 
vazifalaridan 
biri 
landshaftning, bir tomondan, rivojlanish, saqlanish va mavjudligi mexanizmi, ikkinchi 
tomondan esa, uning unumdorligini ta‘minlaydigan mexaniizmi orasidagi o‘zaro aloqalarni 
ochib berishdan iborat. Bu vazifani hal etish uchun geografiyada nomuvozanatli jarayonlar 
temodinamikasi va ekosistemalarning biologik kontsepsiyasi sohasidagi ishlanmalaning 
ta‘siri ostida tarkib topgan geosistemali kontseptsiya jalb qilinadi.. Bu nuqtai nazardan
landshaftning mavjudligi uning o‘z - o‘zini tartibga solishning natijasi sifatida qaraladi. 
Geoekologik muammolar yechimimning tabiiy asosini geografik qobiq evolyutsiyasi, 
geografik qobiq va biosfera o‘zaro aloqalariga doir fundamental tadqiqotlarni kuchaytirish 
lozim. Ekologik muammolar geoekologiya oldiga muayyan hududlarda jamiyat va tabiat 
o‘zaro 
ta‘sirining 
salbiy 
va 
ijobiy 
natijalarini 
baholash, 
tabiiy-antropogen 
geosistemalarning o‘zgarishlarinng bashoratlarini ishlab chiqish va ularni boshqarish 
bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar taklif qilish, yirik xo‘jalik loyihalarining oqibqtlarini 
o‘rganib oldindan aytib berish, geosistemalarnng resurslarini va muhitni qayta hosil qilish 
imkoniyatlarini saqlab qolish muammolarini hal etish kabi bir qator dolzarb vaifalar turadi. 
Geoekologik muammoni ilmiy o‘rganish ekologiya va geografiya fanlari tadqiqot 
usullari va tamoyillarini birga qo‘llagan holda amalga oshirilishi lozim. 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
1085 
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning keskinlashuvi oqibatida turli 
miqyosdagi geoekologik muammolar tarkib topadi. Shu bois geoekologik muammolarni 
global, regional va lokal (mahalliy) geoekologik muammolarga ajratish mumkin. 
Global geoekologik muammolar.XX asrning oxiri o‘n yilliklari dunyo xalqlari oldiga 
ko‘plab o‘tkir va murakkab muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Bu muammolar global 
(lotincha globus ‘ shar, kurra, frantsuzcha global umumiy) muammolar deb nom oldi. 
Xususiyatlariga ko‘ra global muammolar tabiiy, tabiiy ‘ antropogen yoki sof antropogen 
(shu jumladan, iqtisodiy ‘ ijtimoiy va b.sh.) hodisalar bo‘lib, butun dunyoga, butun 
insoniyatga tegishlidir. XX asrning oxiri va hozirgi davr uchun ko‘pgina hodisa va 
jarayonlarning globallashuvi harakterlidir. Global muammolar uchun quyidagi asosiy 
xususiyatlar xosdir: 
1) iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo‘lishi, 
chuqurlashgan taqdirda esa sivilizatsiyaning mavjudligini xavf ostida qoldirishi; 
2) jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va 
taqdiriga tegishli ta‘sir ko‘rsatishi; 
3) yechimini topishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni, barcha mamlakatlar va 
xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab etadigan muammolar ekanligi.
Global muammolar ijtimoiy - iqtisodiy, tabiiy va texnikaviy jihatlarga ega bo‘lganligi 
sababli bu muammolarni o‘rganishga doir tadqiqotlar hozirgi fanlarning deyarli barcha 
sohalarida o‘tkazilishi va o‘zaro bog‘liq harakterda bo‘lishi lozim. Global muammolarni 
tadqiq qilishda tabiatshunoslar, muxandislik ‘ texnika tarmoqlarining mutaxasislari, 
sotsialoglar, shifokorlar, iqtisodchilar va boshqa mutaxassislar hamkorlik qilishlari lozim. 
Global muammolarni o‘rganishga doir barcha tadqiqotlar ‘aholi ‘ ijtimoiy va iqtisodiy 
rivojlanish ‘ atrof muhit‘ uchburchagida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalarni ochish va 
o‘rganishni umumiy vazifa qilib qo‘yadi. Yechimiga doir tadqiqotlar o‘tkazmoqda. 
Shuningdek, insonning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati ta‘siri ostida 
o‘zgarish qonuniyatlarini ochib berishga, ishlab chiqarishni rivojlanishi, urbanizatsiya, atrof 
‘ muhitning barqarorligi va o‘zgaruvchanligining bashoratlashtirishning ilmiy asoslarini 
yaratish atrof muhitning global muammolarini o‘rganishga doir geografiya fanlari oldida 
turadigan vazifalarni tashkil etadi. Shu sababli atrof muhitni muhofaza qilish va 
optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar ‘ tabiiy muhitni muhofaza qilish va 
yaxshilash, geosistemalarni va ularni boshqarishni optimallashtirish, atrof muhit 
monitoringining ilmiy asoslarini, atrof muhitga inson faoliyati ta‘siri tufayli yetkaziladigan 
zararni baholashning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish, atrof muhit sifatini 
baholash 
mezonlarini 
tadbirlarning 
iqtisodiy 
samaradorligi 
mezonlari 
bilan 
muvofiqlashtirilgan holda aniqlash ayniqsa dolzarb masalalardir. 
Global muammolar ijtimoiy ‘ iqtisodiy va ekologik muammolar bo‘lsada, ular 
muayyan makonda (eng o‘lkan geosistema bo‘lgan geografik qobiqda va uning nisbatan 
kichikroq geosistemalarida ‘ materiklarda va Dunyo okeani miqyoslarida) sodir bo‘ladi 
hamda tabiiy va ijtimoiy ‘ iqtisodiy qonuniyatlar asosida kechadi. Shu sababli global 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
1086 
muammolarning aksariyat qismi mazmun va mohiyatiga ko‘ra geografik muammo ham 
hisoblanadi. Geografik tadqiqotlar tasarufadagi global muammolar tabiiy geografiya (uning 
‘Umumiy yer bilimi‘ sohasi) o‘rganadigan Yerning qobiqlari ‘ atmosfera, gidrosfera, 
litosfera va biosferaning o‘zaro munosabatlari qonuniyatlari asosida tadqiq qiliniladi. 
Geografiya fanlari tomonidan tadqiq qilinadigan yoki geografiya fanlari ishtirokida tadqiq 
qilinadigan muammolar geografiya va ekologiya oralig‘ida vujudga kelgan yosh integral fan 
‘ geoekologiyaning o‘rganish predmetini tashkil etadi.
XX asrda ekologik vaziyatning global tus olishi sayramizda butun tirik mavjudotning 
hayoti xavf ‘ xatar ostida qolganligini yaqqol ko‘rsatdi va insoniyatga bu muammo hayot ‘ 
mamot muammosi ekanligini anglatdi. Pirovardida hayotning o‘zi olimlar oldiga tabiat va 
jamiyat o‘zaro ta‘sirining mexanizmini imkoni boricha chuqur tadqiq qilishni, dunyodagi 
ekologik va demografik vaziyatni ob‘ektiv va har tomonlama baholash, tabiiy resurslarning 
barcha turlari va majmualaridan oqilona foydalanishni yo‘llarini belgilash, Koinotni va 
Dunyo okeani resurslarini insoniyat ravnaqi uchun o‘zlashtirish, tinch ‘ totuv yashash 
muammolarining yechimini topishni vazifa qilib qo‘ydi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, bu 
muammolarni yechimida turli ilmiy yo‘nalish mutaxassislari ‘ faylasuflar, iqtisodchilar, 
xuquqshunoslar, biologlar, agronomlar, muxandislar, kimyogarlar, tibbiyotshunoslar va 
boshqalar ishtirok etmoqdalar. Bu muammolar yechimida ishtirok etishdan geograflar ham 
chetda kolganlari yo‘q. Shu sababli geografiyada ilmiy izlanishning kompleks 
yo‘nalishlarini rivojlantirishga ko‘proq e‘tibor berila boshlandi. 
Tadqiqot predmetining xususiyatlariga ko‘ra tabiiy va ijtimoiy fanlar oralig‘ida 
turadigan, tabiatni tadqiq qilishga kompleks yondoshadigan geografiya fanlari jamiyat va 
tabiat o‘zaro ta‘siri muammolariga an‘anaviy ravishda juda katta e‘tibor bilan qaraydi. 
Geografiya fanlari atrof muhitni tashkil etuvchi turli kattalikdagi geosistemalarni, ularning 
o‘zaro aloqalarini, tabiiy jarayonlarning yo‘nalishi va o‘zaro ta‘sirining dinamikasini 
global va regional muammolari 
Geografik qobiq va uni tashkil etuvchi barcha geosistemalar ochiq sistemalardir. Shu 
sababli ularda modda va energiyaning aylanma harakati hududlar miqyosidan chiqib, 
umumsayyoraviy aylanma harakatga qo‘shilib ketmoqda va global geoekologik 
muammolarni keltirib chiqarmoqda. 
Regional ekolgik muammolar deb biror bir regiondagi jamiyat va tabiat o‘zaro 
ta‘siridagi vaziyatlar tushuniladi. Bu vaziyatlar atrof tabiiy muhitning o‘zgarishiga bog‘liq 
holda kishilarning salomatligi vahayoti, xojalikning rivojlanishi va tabiiy komplekslarning 
resurs va muhitni qayta hosil qiluvchi, genofondni saqlab qoluvchi tizimlar sifatida 
namoyon bo‘lishi qobiliyatlari uchun xavf tug‘diradi yoki tug‘dirishi mumkin. 
Tabiiy muhitning huduiy tabaqalashuvi bir xil global muammolarning tutli regionlada 
turlicha namoyon bo‘lishiga, ularning turlicha vaqtlarda paydo bo‘lishiga shart ‘ sharoit 
yaratadi. Har qanday regional muammoning yechimi qat‘iy individual bo‘lib qolgan holda, 
ayni paytda geografik qobiqning makon-zamonda uyushuvining va geosistemalarning 
barqarorligi umumiy qonunlarini bilishga tayanmog‘I lozim. 


Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
«Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
1087 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. Аbdugʼaniyev O.I. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etishning 
geoekologik asoslari (Fargʼona viloyati misolida). Monografiya. Fargʼona, 2020 y. 
2. Abduganiyev O., Obidjonov U., Mominova S. BIOLOGICAL DIVERSITY AND 
PROBLEMS OF ITS CONSERVATION (ON THE EXAMPLE OF THE FERGHANA VALLEY) 
//Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 4. – С. 1108-1114. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling