Ызбекистон Республикасининг 2009 йил 30 сентябрдаги «Ён\ин хавфсизлиги ту\рисида»ги =онуни ижросини таъминлаш борасида +изири= туман Хал= таълими былимига карашли сонли мактабда ытказилган йигилиш
Download 166.5 Kb.
|
МЧС доимий йиғилиш баёни янги 2023 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- B A YO N I № ___
- Yig‘ilish kotibi
“TASDIQLAYMAN” Muzrabot tumani ХТB gа qarashli ___umumta`lim maktabi direktori _____________ F.I.SH Muzrabot tumani ___ umumta`lim maktabi hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish B A YO N I № ___ Qatnashganlar: Muzrabot tumani FVB boshlig‘i mayor A.Xodjaev, tuman FVB xodimlari подполковник И.Бобониёзов, kapitan A.Azimov katta leytenant A.A.Toshpo‘latov, leytenant S.Qodirov, yetakchi inspektor Z.Po‘latova hamda ___ umumta`lim maktabi direktori va umumta`lim maktabi xodimlari qatnashdi. Jami: ____nafar. «____» ________2023-yil Muzrabot tumani KUN TARTIBIDA: 1. Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 13-yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi bo‘yicha 2022-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2023-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”ги 11-xdfu-sonli va Muzrabot tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 14-yanvardagi B-1-sonli buyruqlariга асосан, “Favqulodda vaziyatlar va Yong‘inlar profilaktikasi kuni” tadbiri doirasida ishlarni tashkillashtirish. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktyabr kunidagi “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi 272-sonli Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-iyul kunidagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika komissiyasining 1-son yig‘ilish bayoni” ijrosi yuzasidan kuz-qish mavsumi davomida olib borilishi lozim bo'lgan ishlar va aholi tomonidan yo'l qo'ilayotgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ustuvor vazifalar to'g'risida. Yig‘ilishni___ umumta`lim maktabi direktori F.I.SH kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilishda Muzrabot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari kelib qatnashayotganligini hamda bugungi kunda kun tartibidagi masalalar bilan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirib, so‘z navbatini Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor A.A.Xodjaevga berdi. Mayor A.Xodjayev o‘z ma’ruzasida, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 13-yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi bo‘yicha 2022-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2023-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”ги 11-xdfu-sonli va Muzrabot tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 14-yanvardagi B-1-sonli buyruqlariга асосан, Muzrabot tumanida amalga oshirilayotgan profilaktika tadbirlarining olib borishi va 2022/2023-yillar kuz-qish mavsumida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni tahlil qilinganida quyidagi noxush holatlar sodir bo‘lganligiga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan: 2022-yil давомиda tuman hududida chaqnash holatlari qayd etilmaganligini, yong‘inlar esa jami bo‘lib 29 ta, яъни 2021- йилга нисбатан 22 та ёнғинлар содир бўлганлиги, бу эса йилларга таққосланганда 7 тага (24,2%) ошганлигини aytib o‘tdi. 2022-yil давомиda insonlarning tan jaroxati olishi va halok bo‘lishi bilan bog‘liq yong‘inlar sodir bo‘lmagan. 2022- yil давомида is gazidan zaxarlanish xolatlari qayd etilmagan. 2023- yilнинг бир ойиda tumanimizda 5 ta yong‘in xodisasi sodir bo‘lib shundan 5 tasi axoli yashash uylarida sodir bo‘lib 22 mlndan ortiq moddiy zarar ko‘rilgan, ushbu yong‘inlarning kelib chiqish sabablari taxliliga ko‘ra, xonadonlarda yosh bolalarning ochiq olov bilan o‘ynashi qayd etilgan vaziyatlarning aksariyati nostandart (qo‘lbola) yoki sifat sertifikatga ega bo‘lmagan isitish anjomlari hamda suyultirilgan gaz va boshqa muqobil yoqilg‘i (siqilgan gaz, ko‘mir, o‘tin)dan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qilmaslik, gaz va elektr ta’minotlarida ogohlantirishlarsiz uzilishlar sabab bo‘layotganligiga to‘xtaldi Shuningdek, 2-masala yuzasidan ma’ruzachi O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha kuz-qish mavsumida aholining xavfsizligini ta’minlash, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i hamda moddiy boyliklarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning va yong‘inlarning oldini olish, aholi yashash uylarida profilaktik tadbirlarni keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada oshirish hamda tumanda 2022/2023-yillar kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va is gazidan zaharlanish, yong‘in va gaz-xavo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ularning natijalari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi. ko‘p qavatli uylar xonadonlarini isitish maqsadida standart talabiga javob bermaydigan pechlarni o‘rnatib, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid ravishda mo‘rikonlar xonadonlarning deraza romlaridan chiqarib qo‘yilgan (bunda, shamol ta’sirida is gazi xonadon ichiga va yuqori qavatdagi xonadonlarga to‘planish extimoli yuqori), ayrim xonadonlarda ventilyatsiya shamollatish tizimlariga ulab qo‘yish xolatlari mavjudligi; o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari shaxsan ob’ektlarning rahbarlari tomonidan imzolanib, o‘rganish yakunlari yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumot va axborotnomalar hokimiyat organlariga kiritib borilishi ta’minlanmayotganligi kamchiliklarini ma’lum qilib, ishchi guruhlar tomonidan profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdi. Shu bilan bir qatorda, aholi turar joylarida gaz plitalari va yondirgichlaridan xavfsiz foydalanish, yangi qurilish ishlari olib borilayotgan obektlarda yong‘in xavfsizligini qoidalariga rioya qilgan holda yong‘in xavfsizligini taminlash, qurilish tugallangan turar joylarni foydalanishga topshirishda ularning gaz va elektr ta’minoti, isitish va ventilitsayasi tizimi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda yong‘in xavfsizligi talablariga to‘g‘ri javob berishini, yashash uylarida nostandart va talabga javob bermaydigan gaz ballonlaridan va rezina shilanglardan foydalanmaslik zarurligi hakida gapirib o‘tish bilan birga xonadonlardagi o‘choqlarni xavfsiz joyga ya’ni o‘tinxona, somonxonalardan uzoqrok joyda o‘rnatilishi hamda olov yonib turgan o‘choqlarni, uylarda yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik va gaz, elektr asboblarini uydan chiqib ketayotgan vaqtda o‘chirishni unutmaslik ularni nazoratsiz qoldirilmaslik, yonib turgan olovga alangani kuchaytiruvchi kerasin, benzin, gaz kondesati mahsulotlarini sepmasliklari ayrim hollarda ularning yomon oqibatlarga olib kelishlari to‘g‘risida batafsil ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bo‘linma boshlig‘i kapitan A.Azimov chiqib, kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni 2022/2023-yillar quz-qish mavsumiga tayyorlash va o‘tkazish davrida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish borasida ta’kidlab, 2022-yil davomida joylarda olib borilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, fuqarolarning e’tiborsizligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida baxtsiz hodisalar uchrab turganligi, ayniqsa bu holatlar voyaga yetmaganlar orasida sodir bo‘layotganligi haqida misollar keltirdi. Jumladan, 2022-yil 21-dekabr` kuni soat 20:00 lar atrofida, Muzrabot tumani “Bodomzor” mahallasi “Ko'chkak” ko‘chasi 10-uyda yashovchi, 1987-yilda tug'ilgan fuqaro Shomurodova Dilbar Rustamovnaning yashash uyi hovlisidagi oshxonasida mavjud mayishiy gaz balonidan suyiltirilgan gazning sizib chiqishi oqibatida oshxonada gaz yig'ilib qolgan, shundan so'ng u oshxonasidagi gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt yoqqan vaqtida gaz va xavo aralashmasining chaqnashi sodir bo'lgan. Ushbu chaqnash oqibatida, fuqaro Shomurodova Dilbar Rustamovna tanasining yuz sohasi va ikki qo'li ko'yishi tan jaroxati bilan Angor tumani Tibbiyot birlashmasining RSHTTYOM bo'limiga yotqizilgan. Kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tumanimiz hududida mavsum davomida davra suhbatlarini tashkil etib, aholi yashash xonadonlarida xonadon bay qo‘shimcha ravishda profilaktik tadbirlarni olib borish lozimligi, ular bilan birgalikda xonadonlarga keladigan mexmonlarga xam tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi aytib o‘tdi.So‘ng yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berib o‘tildi. Kun tartibiga quyilgan masalalar yuzasidan qilingan ma’ruza va uning muhokamasi bo‘yicha berilgan savollar, bildirilgan fikr-muloxaza hamda talab va takliflarni inobatga olgan holda yig‘ilish, QAROR QILADI: 1. Muzrabot tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi hodimlarining ma’ruzalari ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Mahalla markazlari va aholi ommaviy to‘planish joylariga qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish bo‘yicha eslatmalarni o‘rnatish bo‘yicha tegishli takliflar kiritilsin. tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tumanning tegishli tashkilot, korxona, idora va muassasalar bilan hamkorlikda: profilaktik tadbirlar davomida fuqarolarning hayotiga bevosita xavf soluvchi hamda axoli yashash xonadonlarida yong‘inlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi har bir holatni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilsin; favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rganishlar hamda profilaktik tadbirlarni tegishli korxona va tashkilotlarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tarkibida yanada kuchaytirilsin; o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan xonadon egalari ishtirokida mahalla faollari o‘rtasida muhokama etib borilsin; aholi bilan o‘tkaziladigan suhbat va uchrashuvlarda, sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar, ularni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishiga alohida e’tibor qaratilib, sodir bo‘lgan yong‘inlar, chaqnash, is gazidan zaharlanish, quturish, botulizm va ovqatdan zaharlanish yoki halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida aniq misollar keltirilgan holda keng qamrovli tushuntirish ishlari o‘tkazilsin; aholi turar joylarini tekshirish jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini, ayniqsa isitish pechlari va dudburonlarining hamda gaz ta’minotining sozligiga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan tegishli idoralar yordamida bartaraf etish choralari ko‘rilsin; kuz-qish mavsumida aholi turar joylarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni olib borish maqsadida tabiiy va is gazidan zaxarlanishni oldini olish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, quturish, botulizm hamda ovqatdan zaharlanish mavzularida eslatmalar va bukletlar tarqatilishi ta’minlansin. Muzrabot ETK va Tuman gaz ta’minoti korxonalari bilan muntazam aloqada bo‘lib korxonalar tomonidan foydalaniladigan hamda ta’minotdagi elektr va gaz uzilishlari haqida aholini o‘z vaqtida hamda oldindan ogohlantirilishi ta’minlansin; aholi honadonlaridagi tabiiy va is gazlaridan zaxarlanish hamda qisqa tutashuv va chaqnashlarni inobatga olib, sodda, halqchil va qulay eslatmalar ishlab chiqilishi va profilaktik tadbirlar jarayonida keng ko‘lamda tarqatilishi ta’minlansin; nostandar elektr va gazdan isitish pechlaridan, rezina shlanglar va boshqa uskunalardan foydalanmaslik hamda me’yorlarga zid bo‘lgan gaz so‘rgich, dud bo‘ron va boshqa uskunalardan foydalanishni taqiqlash yuzasidan qat’iy choralar ko‘rilsin; aholi xonadonlarida aniqlangan kamchiliklar va hududlardagi mumamolarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida muhokamalar o‘tkazib borilsin. ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklaridagi elektr taqsimlash qutilari taftishdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etish tashkil qilinsin; ko‘p qavatli uylar chordoq va yer to‘la qismlarida yonuvchang buyumlarni saqlashni man etish va ular eshiklari doimiy berk saqlanishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilsin. yuqori qayd etib o‘tilgan talablarni o‘z hududlarida sifatli tashkilashtirish va bu bo‘yicha shaxsiy javobgarligi oshirilsin; nazorat tadbirlari davomida aniqlangan holatlar yuzasidan xonadon egalari, qat’iy choralar ko‘rish to‘g‘risida mahalla faollari o‘rtasida muxokama qilinib qarorlar qabul qilinsin; 3. Yig‘ilish bayoni barcha ijrochilar tarkibga yetkazilsin. 4. Mazkur bayon qarori talablari ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. Yig‘ilish kotibi _________ _______________ Download 166.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling