Jadidchilik yoki jadidizm


Download 235.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2020
Hajmi235.48 Kb.
#157782
Bog'liq
Jadidchilik - Vikipediya


Jadidchilik

Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: 

ﺪﻳﺪﺟ


jadīd — yangi) — 19-asr oxiri 20-asr

boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim,

Tatariston hayotida muhim ahamiyat

kasb etgan ijtimoiy-siyosiy,zmaʼrifiy

harakat.

[1]


 Jadidchilik dastlab 19-asrning

80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19-

asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda

tarqaldi.

Jadidchilik avvaliga madaniyat

sohasidagi harakat sifatida faoliyat



yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot

uchun kurashish, turkiy tillarni

rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni

boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan

yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar

va erkaklar tengligi uchun kurashishga

chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar

panturkizm gʻoyalarini targʻib qilishgan.

[2]

Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda



jadidchilikka „burjua-liberal, millatchilik

harakati“ deb taʼrif berilgan.

[3]

 Bu davrda



asosan tanqid qilingan jadidchilik

namoyandalari nomi SSRI parchalanib

ketganidan keyin qayta tiklandi.

Kelib chiqishi



Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-

yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy

rahbarligida 

qrimtatarlar

 oʻrtasida

vujudga keldi. Jadidchilik harakati

namoyandalari koʻpincha oʻzlarini

taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb

atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor

taraqqiyparvar kuchlari, birinchi

navbatda, ziyolilar mahalliy aholining

umumjahon taraqqiyotidan orqada

qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh

qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar.

Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo

siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va

magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib,

ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish

mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva



hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-

1916; 1917-1920; 1921-1929-yillarni oʻz

ichiga oladi.

Birinchi davrda Turkistonda podsho

Rossiyasining mustahkam oʻrnashib

olishi kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari

(vakillari) yordamida mahalliy xon va amir

vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni

qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb

sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi

uchun sharoit yaratadi, turli

kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari

manfaatini koʻzlaydi. Ayni chogʻda

mahalliy aholining talab va ehtiyojlari

nazarga olinmay qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari,

urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni



mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy

saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz

kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik,

ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi.

Madrasa va maktablar faoliyatini

cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha

atamalar bilan almashtirish, hatto

mahkama jarayonida qozilar boʻyniga

xoch taqtirishgacha borildi. Oʻsha davr

ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli

(Dukchi eshon) xalqqa qarata oʻz

„Xitobnoma“si (1898)da yaxshi bayon

qilgan.

Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar



kuchlar xalqning deyarli barcha

tabaqalari — hunarmand, dehqon,



savdogar, mulkdor, ulamolar orasida

mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga

qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan

uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan

boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik

harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda

Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun

oʻziga qulay zamin topdi.

Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va

ziroatchilik sohalarining zamonaviy

bilimdon mutaxassislari, madaniyat

arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va

oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu

qildilar va shu yoʻlda kurashdilar.

Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun

kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar



ustuvor edi: yangi usul maktablari

tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli

yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish;

turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari

tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish,

xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini

yuksaltirish bilan Turkistonda milliy

demokratik davlat qurish. Jadid

ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil

qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga

oshirish mumkin edi.

Jadidchilikning asosiy gʻoya va

maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni

oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy

Gʻoya va maqsadlari


xurofotdan ozod etish, shariatni isloh

qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish,

Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo

etish uchun kurash, Buxoro va Xivada

konstitutsiyaviy monarxiya va parlament,

keyinchalik demokratik respublika

tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon

jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani

joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish.

Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarqand

va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar

kishilarning ayrim guruhlari tomonidan

ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi

jamiyat va uyushmalardan jadidchilik

harakati shakllandi.

Turkiston mintaqasidagi



Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga

keltiruvchilar tepasida Mahmudxoʻja

Behbudiy, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy),

Ajziy (Samarqand), Munavvarqori

Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Majid

Qori Qodiriy, Ubaydullaxoʻja

Asadullaxoʻjayev (Ubaydulla Xoʻjayev),

Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov

 (Toshkent),

Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Usmonxoʻja

Poʻlatxoʻjayev, Abdulvohid Burhonov,

Sadriddin Ayniy, 

Abdulqodir Muhiddinov

(Buxoro), 

Obidjon Mahmudov

, Hamza,


Choʻlpon, Isʼhoqxon Ibrat,

Muhammadsharif Soʻfizoda (Fargʻona

vodiysi), Boltihoji Sultonov, Rahmonberdi

asoschilari



Madazimov, Fozilbek Qosimbekov (Oʻsh

uyezdi), Polvonniyoz hoji Yusupov,

Bobooxun Salimov

 (Xorazm) turardi.

Turkiston mintaqasidagi jadidchilik

harakati, tarqalish joyi va yoʻnalishiga

koʻra, uchga boʻlinadi: TurkistonBuxoro

va Xiva jadidchiligi.



Turkiston jadidchiligi

Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva

jadidlari oʻrtasida bir muncha tafovut bor.

Turkiston oʻlkasidagi jadidchilikning

Turkiston mintaqasidagi

yoʻnalishlari





ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular

chor Rossiyasi mustamlakachiligiga

qarshi kurashning oldingi saflarida turib,

chorizmning xom ashyo manbaiga

aylantirilgan Turkistonning dastlab

muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini

yoqlab chiqdilar.

Buxoro jadidchiligi

Buxorodagi jadidchilik Turkistondagiga

nisbatan ogʻir ijtimoiy-siyosiy sharoitda

yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan

Buxorodagi shahar aholisining

taraqqiyparvar qismi: ziyolilar,

mullavachchalar, mayda doʻkondorlar va

maʼmurlar, hunarmandlar, savdogarlardan





iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va

askarlar oʻrtasida nufuzi avvaliga past

boʻlgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv

sohasida bir qator talablar, chunonchi,

soliqlarni kamaytirish talabi bilan

chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi

amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy

qilmoqchi boʻlishdi. Buxoroda vobkentlik

dehqon Joʻraboy ilk yangi usul maktabini

ochgan edi.

Buxorodagi jadidchilik harakatiga ayrim

johil mullalar, har qanday yangilik va

islohotlarning dushmani boʻlgan

qadimiylar oqimi qarshi chiqdi. 20-asr

boshlarida Buxoro jamiyati 2 guruhga:

Ikrom domla rahbarligidagi



taraqqiyparvarlar va 

Mulla Abdurazzoq

boshchiligidagi qadimiylarga boʻlingan

edi.


1908-yil „Buxoroi sharif shirkati“ tuzilib,

darsliklar nashr etish va kitob savdosi

bilan shugʻullandi. 

Ahmadjon Hamdiy

(Abusaidov), Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev

(Usmon Xoʻja), 

Homidxoʻja Mehriy

,

Abdulvohid Burhonov, 



Abdulqodir

Muhiddinov

, Sadriddin Ayniy,

Abdurahmon Saʼdiy

 shirkatning

tashkilotchilari edi. 1909-yil dekabrda

jadidlar Buxoroda „Tarbiyai atfol“

(„Bolalar tarbiyasi“) maxfiy jamiyatini

tuzishdi (asoschilari: Abdulvohid

Burhonov, Homidxoʻja Mehriy, Ahmadjon



Hamdiy, Mukammil Burhonov, 

Hoji Rafe

).

Bu jamiyat turkistonlik va buxorolik



yoshlarni Istanbuldagi „Buxoro taʼmimi

maorif jamiyati“ boʻlimiga oʻqishga

joʻnatdi. Xorijdagi taʼlim yoshlar

dunyoqarashida tubdan burilish yasadi.

Jadidchilik Buxoro va Turkistonda bir

vaqtda boshlangan boʻlsa ham,

amirlikdagi ogʻir muhit uning taraqqiyotini

tezlashtirdi. 1910-yildan boshlab

Buxoroda jadidchilik harakati tashkiliy tus

oldi va „Tarbiyai atfol“ maxfiy jamiyati

asosida partiya tashkil topdi.

Xiva jadidchiligi



20-asr boshlarida Xivada shakllangan

jadidchilik bir qadar boshqacharoq tarixiy

shart-sharoitda vujudga keldi. U bu yerda

asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning



oʻng oqimi xonlikda rivojlanayotgan

savdo-sanoat korxonalari egalari hamda

yirik boylarning vakillarini oʻziga

birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni

Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxoʻja

boshchilik qilgan. Jadidchilikning oʻng

oqimi oʻz oldiga mamlakatda xon

hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-

iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali erkin

bozor munosabatlarining rivojlanishiga

keng yoʻl ochib berishni maqsad qilib

qoʻygan edi.



Xivada jadidchilikning soʻl oqimi esa

mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va

xalqning turli tabaqa vakillarini

birlashtirgan boʻlib, qozikalon 

Bobooxun

Salimov


 uning rahbari edi. Ular Xiva

xonligida 

yangi usul maktablari

 tashkil


qilish orqali xalq ommasining siyosiy

faolligini oʻstirish maqsadini qoʻyishgan

edi. 1904-yil „jamiyati xayriya“ tuzilib,

uning koʻmagi bilan Xiva shahrida

dastlabki yangi usul maktabi ochildi

(1904-yil 10-noyabrda). Xiva jadidlari

maʼrifiy ishlar bilan kifoyalanib

qolmasdan, xon tuzumiga qarshi kurash

ham olib bordilar. Birinchi jahon

urushigacha Xiva jadidlarining yagona

markazi va dasturiy hujjatlari boʻlmagan.


Biroq jadidchilik harakati Xiva xonligida

katta ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib,

1914-yil avgustda u partiya shaklini

olgan.


1904-1905-yillardagi rus-yapon urushi,

1905-1907-yillarda boʻlgan 

1-rus inqilobi

,

1905-1911-yillardagi 



Eron inqilobi

, 1908-


yil Turkiyada boʻlgan 

Yosh turklar inqilobi

jadidlar dunyoqarashiga kuchli taʼsir

koʻrsatdi. Jadidlar oʻz gazeta va jurnallari,

yangi usul maktablari

, turli kutubxona va

qiroatxonalar, havaskor teatr truppalari

tevaragida toʻplanishar edi. Ularning

koʻpchiligi shu davrning koʻzga koʻringan

Adabiyoti va sanʼati



ijodkorlari — shoir-u yozuvchilar edi. Ular

oʻz asarlari bilan tarixan yangi milliy

adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr

voqealariga hamohang bordi. 1910-

yillardayoq maʼrifat va ozodlik gʻoyalari

uning markaziy mavzuiga aylandi.

Adabiyotga „millat“ va „vatan“

tushunchalari kirib keldi. Milliy sheʼrlarga

ragʻbat kuchaydi. Yangi zamonaviy

dostonchilik maydonga keldi,

publitsistika (Behbudiy, Fitrat,

Munavvarqori, Mirmuhsin) rivojlandi,

realistik proza shakllandi. Shuning uchun

ham bu davr adabiyoti Oʻzbekiston

mustaqilligidan keyin milliy uygʻonish

davri oʻzbek adabiyoti deb davrlashtirildi.


Adabiyotdagi bunday uygʻonish, ayni

vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham

roʻy berdi. Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga

tom maʼnodagi milliy teatrni olib kirdi.

Milliy matbaaning vujudga kelishi bilan

kitob bosish ishi yoʻlga qoʻyila boshlandi.

Yevropa koʻpovozli musiqa sanʼati bilan

tanishgan jadidlar oʻzbek anʼanaviy

musiqa uslublarini ham isloh qilishga

daʼvat etishgan. 1919-yilda Toshkentning

Eski shahar qismi (hozirgi „Turon“

kutubxonasi yonidagi bino)da jadidlar

tashabbusi bilan Turkiston xalq

konservatoriyasining milliy (eski shahar)

boʻlimi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar

sanʼat vositasi bilan millat qadrini

koʻtarish, sanʼatning deyarli barcha


turlarini yuksaltirishga intildilar.

„Oʻzbekiston Respublikasi“ maxsus

jildining tegishli boʻlimlariga — adabiyoti,

teatrimusiqasiga jadidchilikning aksar

vakillari yoshlarga dastavval diniy taʼlim

bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni

oʻqitish masalasini kun tartibiga qoʻydilar.

Ular musulmon maktablarining taʼlim

usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha

usuldagi maktablarni ochdilar. Behbudiy,

Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov,

Abdulla Avloniy va boshqalar yangi usul

maktablari uchun darsliklar yozib, nashr

etishgan.

Matbuoti


Jadidchilik harakati davomida ularning

oʻz matbuoti shakllandi. Jadidlar

Toshkentda 1905-1906-yillarda

„Taraqqiy“ (muharriri — 

Ismoil Obiliy

),

„Xurshid“ (muharriri — Munavvarqori),



1907-1908-yillarda „Shuhrat“ (muharriri —

Abdulla Avloniy), „Osiyo“ (muharriri —

Ahmadjon Bektemirov

), „Tujjor“

(muharriri — 

Saidkarimboy Saidazimboy

oʻgʻli

), Buxoroda 1912-yilda „Buxoroyi



sharif“ (muharriri — 

Mirzo Jalol

Yusufzoda

), „Turon“ (muharriri — 

Gʻiyos

maxsum Husayniy



), Samarqandda 1913-

yilda „Samarqand“ (muharriri —

Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda

„Sadoyi Turkiston“ (muharriri —

Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev),


Qoʻqonda „Sadoyi Fargʻona“ (muharriri —

Obidjon Mahmudov

) gazetalari va

Samarqandda 1913-1915-yillarda „Oyina“

(muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy),

Toshkentda 1915-yil „Al-isloh“ (muharriri

— 

Abdurahmon Sodiq oʻgʻli



) jurnallarini

nashr qilishdi. Shuningdek, 1917-1918-

yillarda Toshkentda „Najot“ (muharriri —

Munavvarqori), „Kengash“ (muharrirlari —

Ahmad Zakiy Validiy va Munavvarqori),

„Turon“ (muharrirlari — M. Afandizoda,

Abdulla Avloniy), „Ulugʻ Turkiston“

(muharriri — 

Kabir Bakirov

), „Shuroy

Islom“ (muharriri — 

Abdulla Battol

), „Turk

soʻzi“ (muharriri — 

Temirbek

Xudoyorxonov

), „Turk eli“ (tahririyati),

Samarqandda „Hurriyat“ (muharrirlari —



Mardonqul Shohmuhammadzoda

Akobir



Shomansurov

, Fitrat), Qoʻqonda „Tirik

soʻz“ (muharriri — Obidjon Mahmudov),

„El bayrogʻi“ (muharriri — 

Boʻlat Soliyev

)

gazetalari va „Kengash“ (muharriri —



Hamza), „Yurt“ (muharriri — Ashurali

Zohiriy) jurnallari chop qilindi.

Matbuot millat dilidagi gaplarni oʻz

sahifalariga koʻchirish bilan

kifoyalanmay, qanday ishlarni birinchi

navbatda amalga oshirish masalasini

oʻrtaga qoʻydi. 1909-yilda Toshkent yosh

ziyolilari tomonidan „Jamiyati xayriya“

tashkil etildi. Mahalliy yoshlardan davlat

mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida

ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash,


kambagʻal musulmonlarga madaniy-

maʼnaviy yordam koʻrsatish masalasi

qoʻyildi. Bu millatning boshqa xalqlar

ichiga singib ketmasligi yoʻlida koʻrilgan

tadbirlar edi.

Bu davrda jadidlar ijtimoiy-siyosiy kuch

sifatida koʻrindilar. Xalq ularda oʻz

himoyachilarini his etdi. Sirdaryo

viloyatidan Peterburgda oʻtadigan Davlat

dumasiga aʼzolikka saylangan

Abduvohidqori Abduraufqoriyevga

Toshkent, Chimkent va boshqa joylarning

aholisidan 12 moddadan iborat

talabnomani Davlat dumasiga topshirish

yuklandi. Bu hujjatda koʻpgina ijtimoiy

talablar koʻrsatilgan edi. Abduvohidqori



1907-yil 20-fevral-3-iyunda Peterburgda

Sadri Maqsudiy, 

Muso Jorilloh

,

Alimardon Toʻpchiboshev



 kabi musulmon

ziyolilari bilan tanishib, musulmon

fraksiyasining raisi Biglovga Turkiston

xalqi dardini yetkazdi. Biroq

Abduvohidqori, oradan koʻp oʻtmay,

qamoqqa olindi va Tulaga surgun qilindi.

Shu tarzda, jadidchilik harakati 1906-

1916-yillarda oʻzining asosiy yoʻlini

belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari

xalqni yangi davr boshlangani bilan

tanishtirar ekan, oʻzligini anglab,

uyushishga chakirdi. Oʻlka moddiy va

maʼnaviy boyliklari talanayotganini

oshkor qildi. Choʻlpon sheʼr va



maqolalarida mustamlakachilarning asl

qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur

advokat Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev

oliy oʻquv yurtini tashkil etish, soliqlarni

tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy

eʼtibor berish masalasini bayon qildi. Lev

Tolstoy bilan fikrlashish chogʻida

mashhur yozuvchini yon berishga majbur

etgan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev

chor hukumati maʼmurlarining

poraxoʻrligi va zolimligini fosh etib,

ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga

erishdi. Musulmon aholisiga amaliy

tarzda yordam berib, mavjud hokimiyat

qonun-qoidalarini tushuntira bordi.


Jadid matbuoti oʻz vakillarining fikrlarini

eʼlon qilar ekan, xalqni „har vaqt gʻaflat

uyqusidan uygʻotuvchi millat ongining

ochqichi“ ekanligini namoyon etish bilan

birga Turkiston xalqini hur fikrlashga va

katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu

davrda „Erk“, „Turon“, „Oʻqituvchilar

jamiyati“ kabi uyushmalar paydo boʻldi.

Munavvarqori aytganidek, „Ularning

butun umidi Rossiyadagi inqilob

jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy

cheklash va jabrlashdan ozod qilish,

ularning haququqlarini ovrupoliklar bilan

tenglashtirish, xilma-xil maktab va

matbuot ishlari hamda turli-tuman

jamiyatlar tashkil etishga keng imkoniyat

yaratib berishga qaratilgan edi“.


Jadidlar bu davrda „Ozodlik, tenglik va

adolat“ shiori ostida ishladilar. Ularning

1916-yil mardikorlikka olish voqeasiga

munosabati gʻoyatda eʼtiborga molikdir.

Mardikorlikka olish — Birinchi jahon

urushi ketayotgan joylardagi ishlarga

turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning

1916-yil 25-iyun farmoniga muvofiq

amalga oshirildi. Bu kutilmagan tadbir,

birinchidan, 1865-yil shartnomasiga zid

edi. Ikkinchidan, general Aleksey

Kuropatkinning xulosasiga qaraganda,

„Aholi va maʼmuriyat turar joydan

tashqaridagi ishlarga mutlaqo

tayyorlanmagan va bunday shoshilinch

amalga oshirilgan tadbir ogʻir

tartibsizliklarni keltirib chiqargan“. Aholi


uchun ana shunday musibatli paytda

jadidlarning koʻzga koʻringan

namoyandalaridan Ubaydullaxoʻja

Asadullaxoʻjayev („Turkiston

mardikorlikka olish qoʻmitasi“ raisi) va

millatparvar boy 

Mirkomilboy

Mirmoʻminboyev

 Rossiya

jamoatchiligining eʼtiborini bu masalaga

jalb etish, farmonni bekor qildirish uchun

Peterburgga yoʻl oldilar. Davlat

dumasining 1916-yil 13- va 15-dekabr

kunlari oʻtgan majlisida Nikolay IIning 25-

iyundagi farmoni Rossiya imperiyasining

qonunchiligida koʻrsatilgan hollarga zid

ravishda qabul qilingani tan olindi.

Farmon Dumada muhokama qilingunga

qadar iyun—avgust oylarida jadidlar


harakati orqali bir necha eshelon toʻxtatib

qolindi. Jadidlarning mardikorlarni

qaytarishga urinishlari 1917-yil 

feval


inqilobi

 boshlanishi bilan toʻla amalga

oshdi. Bu hodisa el orasida ularning

obroʻsini koʻtardi. Mazkur holat jadidlar

maʼrifatparvarlikdan siyosiy kurashga

allaqachon oʻtganliklarini bildirar edi.

1917-yil jadidchilik harakati oʻzining yangi

bosqichiga qadam qoʻydi. Fevral

inqilobidan soʻng oʻzbek, tatar va

qozoqlar birlashishga ahd qiladilar va

„Turon“ uyushmasi zaminida „Shuroi

Islomiya“ jamiyati tuzildi (asoschilari

Panturkizm


Munavvarqori, Abduvohidqori

Abduraufqoriyev, Ubaydullaxoʻja

Asadullaxoʻjayev). 1917-yil 14-martda ish

boshlagan bu jamiyat qishloq va

shaharlarga targʻibotchilar yuborib,

ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib

borish, saylov toʻgʻrisida maʼlumot berish

bilan shugʻullandi. Uning dasturini

Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar

joylarda „Shuroi Islomiya“ tizimi

yaratilishining tashabbuskori boʻldilar.

Turkistonga muxtoriyat maqomini berish

harakati Turkiston mustaqilligi uchun

kurashga aylandi.

Turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasi kun

tartibidan mustahkam oʻrin oldi. Oʻzbek,



qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird,

tatar, turkman kabi negizi bitta xalqlarni

birlashtirish va shu asosda federativ yoki

muxtoriyatli davlat qurish masalasi boʻy

koʻrsata bordi. Ammo, Munavvarqori

soʻzi bilan aytganda, koʻpgina kishilar

jumhuriyat bilan muxtoriyat oʻrtasidagi

farqni tushunmagan edi. Xususan,

Turkiston namoyandalari chin maʼnodagi

respublikani barpo etish va uning davlat

tarkibini tashkil etishga toʻliq tayyor

boʻlishmagan. Qozoq va boshqird

namoyandalari — Mustafo Choʻqay, Zakiy

Validiy va boshqalar Peterburg ularga

hech qachon mustaqillik ham, muxtoriyat

ham bermasligini sezgach, Turkistonga



kelib, mahalliy jadidlar bilan birga ish

boshladilar.

Toshkentda „Shoʻroi Islomiya“, „Turon“,

„Shoʻroi Ulamo“, „Ittifoqi muslimin“,

Qoʻqonda „Gʻayrat“, Buxoroda Yosh

buxoroliklar, Xivada Yosh xivaliklardan

tashqari, Samarqandda „Ittifoq“, „Mirvaj

ul-islom“, „Miftah ul-maorif“ kabi

tashkilotlar faoliyat koʻrsata boshladi.

Bularning ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishini

belgilashda Munavvarqori, Ubaydullaxoʻja

Asadullaxoʻjayev, Mahmudxoʻja

Behbudiy, Majid Qori Qodiriy,Ashurali

Zohiriy, Zakiy Validiy, Mustafo Choʻqay,

Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Usmonxoʻja

Poʻlatxoʻjayev, Sherali Lapin, 

Mirkomilboy


Mirmoʻminboyev

Obidjon Mahmudov



,

Polvonniyoz hoji Yusupov, 

Toshpoʻlatbek

Norboʻtabekov

 va boshqalar faollik

koʻrsatdilar.

„Shoʻroi Islomiya“ning tashabbusi bilan

1917-yil 16-22-aprel kunlari Butun

Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi

chaqirildi. Qurultoy ishtirokchilari bir

qancha masalalar qatorida Turkiston

oʻlkasining davlat maqomi masalasini

ham muhokama qildilar. 1-qurultoyda

Turkiston oʻlka musulmonlari Shoʻrosi

(Kraymussovet) — Milliy markazni tashkil

etishga qaror qilindi. Milliy markazga rais

boʻlib Mustafo Choʻqay, unga

oʻrinbosarlar qilib Validiy va



Asadullaxoʻjayev saylanadi. Bu esa

tashkilotlarni birlashtirish bilan birga

milliy ozodlik harakatini izga solib,

tashkiliy jihatdan markazlashtirar edi.

Milliy markazning 1917-yil 12-iyunda

boʻlib oʻtgan yigʻilishida barcha jamiyat va

uyushmalarning Markaziy musulmon

deputatlari Shoʻrosiga boʻysunishi haqida

Nizom qabul qilinadi. Markazning

maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari —

mardikor va dehqonlarga toʻliq huquq

berish va Turkiston musulmonlarini

madaniy, ilmiy, iqtisodiy va gʻoyaviy

tarbiyalash edi.

1917-yil aprel-iyun oylari orasida jadidlar

koʻpgina siyosiy masalalarni va ularga oʻz



munosabatlarini belgilab oldilar.

Pirovardida hududiy muxtoriyat uchun

siyosiy vaziyat pishib yetilganini anglab

yetdilar.

1917-yil 1-11-mayda Moskvada boʻlgan

Butun Rossiya musulmonlarining 1-

qurultoyi bergan turtki natijasida

muxtoriyat masalasi yanada jiddiylashdi.

1917-yil 12-14-iyulda Fargʻonada boʻlib

oʻtgan musulmon tashkilotlarining

qurultoyida dasturiy masalalar koʻrib

chiqildi. Unda „Turk Adami Markaziyat

(Federalistlar)“ firqasining dasturi

(maromnomasi) va 22 moddadan iborat

nizomi qabul qilindi.


1917-yil 17-20-sentabrda Toshkentda

boʻlib oʻtgan Turkiston va Qozogʻiston

musulmonlarining qurultoyida „Shuroy

Islomiya“ va „Shoʻroi Ulamo“, „Turon“ va

boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish

yoʻli bilan „Ittifoqi muslimin“ siyosiy

partiyasini tuzishga kelishildi.

Turkistonni boshqarish shakli

toʻgʻrisidagi masala 1917-yil 26-28-

noyabrda Qoʻqonda boʻlgan Turkiston

oʻlka musulmonlarining favqulodda 4-

qurultoyining diqqat markazida turdi.

Muxtoriyat va mustaqillikni eʼlon qilish

fikrini hamma qoʻllab-quvvatladi.

Turkiston Muxtoriyati hukumati (raisi —

Muhammadjon Tinishboyev, soʻngra



Mustafo Choʻqay) tashkil qilindi. Fitrat,

Choʻlpon, Hamza singari jadid shoirlar

Turkiston Muxtoriyatini alqab, satrlar

bitishdi.

1918-yil fevralda Turkiston Muxtoriyati

bolsheviklar tomonidan qonga

botirilgach, jadidchilik harakati kuchli

oʻzgarishga uchradi. Sovet rejimi bilan

murosa qilishni xohlamagan Turkiston

jadidlarining katta qismi istiqlolchilik

harakati saflarida va yashirin milliy

tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan boʻlsa,

Sovet hukumati

oʻrnatilgandan keyingi

ahvoli


ayrimlari sovet hukumati idoralarida ish

boshlashga majbur boʻldilar.

Buxoro amirligi va Xiva xonligida ahvol

sal boshqacharoq kechdi. 1920-yilda qizil

armiya har ikki davlat hududiga bostirib

kirdi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilib,

jadidlar hokimiyat tepasiga kelishdi.

Demak, 1920-yildan jadidchilik harakati

oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga, yaʼni

sovetlar bilan murosa yoʻliga qadam

qoʻydi.


1920-yil 1-7-sentabrda Bokuda Sharq

xalqdari qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda

qabul qilingan qarorlar Turkiston

xalqlarining keyingi taqdirida muayyan rol



oʻynadi. Unda Munavvarqori, Turor

Risqulov, Choʻlpon, Salimxon Tillaxonov,

Rajab Muhamedov

Qudratilla Yunusov



,

Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov

Obidjon


Mahmudov

, Toʻraqul Jonuzoqov,

Zayniddin qori Nasriddinov

Hoji Safo



Joʻraboyev

, Gʻozi Yunus kabi turkistonlik

millat fidoyilaridan jami 90 kishi ishtirok

etdi. Qurultoy ishida Turkiyadan kelgan

va shaxsan Leninning oʻzi yuborgan

Anvar posho ham qatnashdi. Biroq,

mazkur qurultoy bolsheviklarning

Angliyaga qarshi qaratilgan doʻq-

poʻpisasi ekanligi majlislarda ayon boʻldi.

Shu bois turkistonlik 40 nafar delegat

qurultoy tugagach, oʻzaro kengash

oʻtkazib, unda „Turkistondagi sovet



hokimiyatiga qarshi tashviqot ishlari“ni

avj oldirishga va „Oktyabr inqilobining

uch yilligi kunida umumxalq qoʻzgʻoloni

koʻtarish“ga axd qildilar. Biroq, ularning

bu rejasi toʻliq amalga oshmadi.

Turkiston jadidlari faoliyati butun oʻlkani

qamraydigan, inglizlarning skauting

maktab dasturiga yaqin dastur asosida

ishlaydigan „Turon kuchi“, „Turk kuchi“,

„Temur“, „Izchilar“, „Lochin“ kabi

guruhlarni tuzdilar. Bu guruxlar oʻrta

maktab taʼlimi, hunar, sanʼatdan tashqari,

harbiy mashqlar bilan shugʻullanib,

shoʻrolarga asosiy zarba beruvchi kuch

sifatida koʻrina boshladi. 1920-yil sovet

rejimi bu guruxlar faoliyatini tugatdi.



Fargʻona va Toshkentdagi voqealar

yakuni jadidlarning umidlarini soʻndira

olmadi. Ular Buxoro respublikasi

rahbarlari bilan birgalikda ish boshladilar.

Buxoroda jadid taraqqiyparvarlar firqasi

tuzildi. Bu firqa dasturiga koʻra, davlatni

jumhuriyat raisi (prezident) va parlament

boshqarishi koʻzda tutilgan edi.

1921-yil 2-5-avgustda Buxoroda Validiy

boshchiligida Turkiston milliy birligi

tashkiloti tuzildi. U istiqlolchilik harakatini

jipslashtirishda muhim rol oʻynaydi.

Turkiston milliy birligi tashkiloti bilan

Munavvarqori rahbarligidagi „Milliy

ittihod“ (1919-yil tuzilgan) tashkiloti

oʻzaro hamkorlikda faoliyat koʻrsatdi. Har



ikki tashkilotning asosiy maqsadi Buxoro

respublikasi, umuman, Turkiston

mintaqasini 

sovetlashtirish

 va

ruslashtirish



 taʼsiridan saqlab qolish,

Turkistonning mustaqilligiga erishish

boʻlgan. 1925-yil „Milliy ittihod“ tashkiloti

asosida „Milliy istiqlol“ tashkiloti tuziladi.

Jadidchilik harakatining soʻnggi yillari

faol siyosiy kurashlar bilan ajralib

turmaydi. Bu davrda sovet rejimi turli

siyosiy ishlar („Oʻn sakkizlar guruhi“,

„Inogʻomovchilik“, „Qosimovchilik“,

„Badriddinovchilik“ va boshqa) tuzib,

milliy ziyolilarni ommaviy ravishda

Soʻnggi yillari



qatagʻon qilishga kirishdi. 1929-yil

noyabrda Munavvarqori boshchiligidagi

38 kishining qamoqqa olinishi

(keyinchalik ularning soni 87 kishiga

yetgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli

zarba berildi.

Jadidchilik harakati siyosiy

maʼrifatparvarlikdan jadid

taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga

koʻtarila oldi. Bu harakat hamda firqa

aʼzolari oʻz faoliyati va dasturiga koʻra,

shoʻro adabiyotlarida aytilganidek, „bir

hovuch boylar manfaatiga xizmat

qiluvchi liberal burjuaziya vakillari“ emas,

balki Turkistonning barcha xalqlari


taqdirini oʻylab ish koʻrgan demokratik

jarayonning namoyandalari edi.

Turkistonda sovet xrkimiyati zoʻravonlik

yoʻli bilan oʻrnatilgach, jadidlarning bir

qismi faol siyosiy xayotdan chetlashib,

faqat badiiy ijod bilan shugʻullandi

(Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy,

Sadriddin Ayniy va boshqalar). Ayrim

jadidlar sovet idoralari madaniy-maʼrifiy

shohobchalarida mehnat qilishdi

(Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev,

Munavvarqori, Hamza, Saʼdullaxoʻja

Tursunxoʻjayev, 

Toshpoʻlatbek

Norboʻtabekov

 va boshqalar). Baʼzi

jadidlar „mahalliy kommunistlar“ sifatida

yuqori davlat va hukumat lavozimlarida



ishlashni davom ettirdi (Fayzulla Xoʻjayev,

Abdulqodir Muhiddinov

, Nizomiddin

Xoʻjayev va boshqalar). Ayrim jadidlar

boʻlsa, Turkistondagi istiqlolchilik

harakati saflariga borib qoʻshildi va

xorijga muhojirlikka joʻnab ketdi

(Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, 

Sadriddinxon

Sharifxoʻjayev

Abdulhamid Oripov



 va

boshqalar).

Jadidchilik harakatining barcha taniqli

namoyandalari (Sadriddin Ayniydan

tashqari) 30-yillarda sovet mustabid

rejimi tomonidan amalga oshirilgan

qirgʻin natijasida halok boʻldi. Jadidchilik

harakatiga sovet davrida „millatchilik“,

panturkizm, 

panislamizm

 tamgʻalari


bosilib, qoralandi. Jadid adabiyotini

oʻqish taqiqlandi.

Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda

jadidchilikka „burjua-liberal harakat“ deb

taʼrif berilgan. SSRI parchalanib

ketganidan keyin jadidchilik harakati va

uning namoyandalari nomi qayta tiklandi.

Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos,

faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va

pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va

adabiy merosini oʻrganishda dastlabki

natijalarni qoʻlga kiritishdi. Mustaqillik

yillarida Fitrat, Choʻlpon, Abdulla

Oʻzbekiston mustaqilligidan

keyingi talqin


Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, Abdulla

Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy,

Soʻfizodaning 1 jildli, shuningdek,

Fayzulla Xoʻjayev, Munavvarqori,

Polvonniyoz hoji Yusupovning asarlari

chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur

vakili kiritilgan „Unutilmas siymolar.

Jadidchilik harakatining namoyandalari“

(Toshkent, 1999) albom-kitobi nashrdan

chiqdi. Ularning faoliyati darslik va

qoʻllanmalarga kiritildi.

1999-yil 16-18-sentabrda Toshkentda

„Markaziy Osiyo 20-asr boshida:

islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va

mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik,

Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)“ mavzuida



xalqaro konferensiya oʻtkazilib, unda

AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya,

Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston

va boshqa mamlakatlardan kelgan

nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik

harakatlari toʻgʻrisida jahon ilm-fanida

toʻplangan soʻnggi xulosalar yuzasidan

oʻzbekistonlik hamkasblari bilan oʻzaro

fikr almashdilar. Jadidchilik harakati

jahonshumul ahamiyatga molik hodisa

ekanligi eʼtirof qilindi. Konferensiyada

ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro

ilmiy kengash tuzildi.

Manbalar


1. Ahmedov, Sirojiddin; Rajabov,

Qahramon (2000-2005). "Jadidchilik".

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

Toshkent: Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi.

2. "Jadidizm". Ensiklopedik lugʻat. 1.



Toshkent: Oʻzbek sovet

ensiklopediyasi bosh redaksiyasi.

1988. p. 271.

3. "Jadidizm". Oʻzbek sovet



ensiklopediyasi. 4. Toshkent: Oʻzbek

sovet ensiklopediyasi bosh

redaksiyasi. 1973. 278-279 b.

Ayniy S., Buxoro inqilobi tarixi uchun

materiallar, Moskva, 1926;

Adabiyot


Risqulov Toshkent, Revolyusiya i

korennoye naseleniye, Toshkent, 1926;

Ziyo Sayd, Oʻzbek vaqtli matbuotiga oid

materiallar (1870—1927), Toshkent,

1927;

Programmnie dokumenti



musulmanskix politicheskix partiy

(1917—1920), Oksford, 1985;

Revolyusiya v Sredney Azii glazami

musulmanskix bolshevikov, Oksford,

1985;

Politicheskaya jizn russkix musulman



do fevralskoy revolyusii, Oksford, 1987;

Mustafo Choʻqay oʻgʻli, Istiqlol

jallodlari, Toshkent, 1992;


Choʻlpon, Asarlar, 1-2-jildlar, Toshkent.

1994;


Rajabova R. va boshqalar, Oʻzbekiston

tarixi (1917-1993-yillar), Toshkent,

1994;

Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga



materiallar, Toshkent, 1997;

Validiy, Boʻlinganni boʻri yer (Xotiralar),

Toshkent, 1997;

Avloniy A., Tanlangan asarlar, 1-2-

jildlar, Toshkent, 1998;

Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar

harakatidan milliy mustaqillikka qadar,

Toshkent, 1998;

Jadidchilik: islohot, yangilanish,

mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash,



Toshkent, 1999;

Behbudiy M., Tanlangan asarlar,

Toshkent, 1999;

Fitrat, Tanlangan asarlar, 1-2-jildlar,

Toshkent, 2000;

Alimova D., Djadidizm v Sredney Azii.

Puti obnovleniya, reformi, borba za

nezavisimost, Toshkent, 2000;

Oʻzbekistonning yangi tarixi. 1-kitob

[Turkiston chor Rossiyasi

mustamlakachiligi davrida], Toshkent,

2000;


2-kitob [Oʻzbekiston sovet

mustamlakachiligi davrida], Toshkent,

2000;


Yusupov P., Yosh xivaliklar tarixi

(Xotiralar), Urganch, 2000;

Turkestan v nachale XX veka: k istorii

istokov natsionalnoy nezavisimosti,

Toshkent, 2000;

Abdurashidxonov M., Xotiralarimdan,

Toshkent, 2001;

Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi

ocherklari, Toshkent, 2001;

Markaziy Osiyo XX asr boshida:

islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va

mustaqillik uchun kurash, Toshkent,

2001.

Havolalar



Jadidlarni Oʻzbekcha Vikipediya

taqiqlamagan , Ozodlik radiosi, 1-may,

2014

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Jadidchilik&oldid=2022550

dan olindi 



  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 235.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling