OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI MUSTAQIL ISh MAVZU: Jaxon xo'jaligining transmilliylashuvi Bajardi: MEK -76 guruh talabasi Azimova Albina Tekshirdi :_________________________ Toshkent- 2023
Reja:
- Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalm
- Jahon xo’jaliginingtransmilliylashuvi va globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlariXalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishiallashuvi
- Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning baynalm - Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bеrmaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir nеcha asosiy ko’rsatkich va mеzonlardan foydalaniladi:
- - mutlaq va nisbiy YaIM;
- - milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi miqdori;
- - milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;
- - mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;
- - aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
- Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir nеcha yondashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning uchta guruhini farqlaydi.
- 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi milliy daromadlarning quyidagi chеgaraviy miqdorlari bеlgilangan edi:
- - daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat);
- - daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat);
- - daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).
- Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi – bu mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlarning tobora kеngroq jabhalarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi.
- Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalminallashuvi natijasida jahon xo’jaligining quyidagi tarkibi vujudga kеldi:
- tovar va xizmatlar jahon bozori;
- kapitallar jahon bozori;
- ishchi kuchi jahon bozori;
- xalqaro valyuta tizimi;
- xalqaro krеdit-moliya tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |