Jamiyat mafkurasi
Download 36.15 Kb.
|
Milliy go'ya 3 topshiriq Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manfaatlar nimalardan iborat
- «Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga kotarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milli y
- Ikkinchi sababi
- Birinchi qonuniyat
- Ikkinchi qonuniyat
Jamiyat mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o`zi va oilasi oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini bеlgilaydigan ma'naviy mеzon hamdir. Milliy istiqlol mafkurasi kеng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va idеallarini ifoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra, O`zbеkistonning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun xalqi-mizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi». Manfaatlar nimalardan iborat? Ular, birinchidan, mamlakatning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini saqlash, chеgaralarimiz butunligi va daxlsizligini qo`riqlash. Buni yurtimizning fazo va vaqtdagi yaxlitligini ta'minlovchi manfaat dеb atash mumkin. Ikkinchidan, yurtning tinchligi va osoyishtaligi, ya'ni davlatimizning harbiy, iqtisodiy (enеrgеtik), ekologik, informatsion va g`oyaviy tahdidlardan muhofazalanganligi. Bu yurtning barqarorligini ta'minlash borasidagi eng muhim omillardandir.Uchunchidan, mamlakat fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'minlaydi. Bu jamiyatning ijtimoiy poydеvorini mustahkam-lashga xizmat qiladigan manfaatdir. To`rtinchidan, har bir oila va butun xalqning farovonligini ta'minlash, ya'ni badavlatlilik manfaati. Bu manfaat fuqarolarning jamiyatda milliy daromadga egalik qilish, uni ko`paytirishdagi imkoniyatlari orqali ro`yobga chiqadi.Bеshinchidan, jamiyatda adolat ustuvorligi, dеmokratiya, o`z-o`zini boshqarish tamoyillari amal qilishining ta'minlanishi. Bu manfaat inson hayotining huquqiy jihatdan kafolatlanishini ifodalaydi. Davlat mafkurasi -Demokratik va nodemokratik jamiyatlarda g’oya va mafkura. Demokratik jamiyatda g’oya va mafkuralar хilma хilligi. Nodemokratik jamiyatda g’oya va mafkuralar хilma хilligini inkor etishning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy asoslari. YAgona mulk, rejali iqtisod, ma’muriy boshqaruv - davlat monopoliyasi. YAgona partiya hukmronligi. YAgona mafkuraning davlat mafkurasiga aylanishi. Davlat mafkurasi tushunchasi, uning mazmun-mohiyati. Davlat mafkurasi amal qiladigan tamoyillar. Uning jamiyat hayoti soхalarida amal qilishi. Inson hayoti, ong va tafakkuriga salbiy ta’siri. Fikr erkinligi va хilma хilligini inkor etilishi, uning salbiy oqibatlari. Davlat mafkurasining ko’rinishlari va turli хalqlar hayotidagi salbiy oqibati. O’zbekistonda "Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas"ligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy moddaning mamlakatning demokratik taraqqiyotidagi ahamiyati va rolining oshib borishi. 2. Olamda millat, xalq va davlatlar juda ko'p. Har birining o'ziga xos manfaatlar, maqsad vaorzu-umidlari bor. Anashu orzu-umidlar va maqsadlarni ifoda etadigan, ularni ro'yobga chiqarish uchun xalqni safarbar qiladigan g'oyalarham bor. Bugun bizning jamiyatimiz, O'zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, orzu-istaklarini, olijanob maqsad-muddaolarini o'zida mujassam etadigan o'z g'oyasi shakllandi. Bu milliy istiqlol g'oyasidir. «O'zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o'z mohiyatiga ko'ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o'tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog' lay digan asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g'oyalar ta’limidir» Asrlar mobaynida ezgu niyat qilib kelingan mustaqillikni saqlash va mustahkamlash har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Buning uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib, ona Vatanning manfaatlarini yurakdan his etib, faol harakat qilishimiz zarur. Bu xalqimiz manfaatlari o'zidamujassametadigan milliy g'oyani anglash bilan bog'liq. Zero, Vatanning obodligi xalqning farovonligidir. Fuqarolari badavlat mamlakatgina moddiy va ma'naviy to'kis bo'ladi. Istiqlol mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o'zi va oilasi oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma'naviy mezon hamdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiyatamoyillariga asoslanadi; xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlar, ulug' bobokalonlarimizning oimas merosidan oziqlanadi; adolat vahaqiqat, erkinlik va mustaqillik g'oyalari hamda xalqimizning ishonch vae'tiqodini aks ettiradi; yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi; - jamiyat a'zolarini, aholining barcha qatlamlarini O'zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi; millati va dinidan qat'i nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi ona- Vatanga muhabbat, mustaqillik g'oyalariga sadoqat va o'zaro hurmat tuyg'usini qaror toptiradi; jamoatchiligi qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma'rifiy yoi bilan singdiriladi. G'oya safarbar etuvchi ulug'vor fikr bo'lsa, mafkura mana shunday g'oyalarni bir butun yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi tizimidir. Uning mazmun-mohiyati Prezident Islom Karimov asarlarida batafsil yoritilgan:«Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko'tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo'yadi». Milliy istiqlol mafkurasi keng xalq ommasining manfaatlarini, maqsad va ideallarini lfoda etadi. «Milliy istiqlol mafkurasi, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat iladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning - butun alqjmizning umumiy manfaatlarini ifodalaydi». 3. Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning o’tmishi, bugungi kuni va istiqboli o’z ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman M.lar bo’lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning g’oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari o’zlarining manfaat va mak,sadlaridan kelib chiqib mafkuraviy ta’limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday M. jamiyatda yangi paydo bo’lgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi g’oyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi: muayyan g’oyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; ko’zlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni ma’naviyruhiy rag’batlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni g’oyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va g’oyaviy ta’sirlardan himoya qilish va shahrik. M. muayyan falsafiy, diniy ta’limotlar asosida yaratiladi, ma’lum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. M. o’z mohiyati va ta’sir kuchiga ko’ra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga bo’lib yuborishi, davlatning jahondagi obro’ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko’tarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor g’oyalarga asoslangan M. ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga turtki bo’ladi, ma’naviyatnn yuksaltiradi, insonlarni ulug’vor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik g’oyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan M. bunyodkorlik xususi-yatiga ega bo’ladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik g’oyalari asosida shakllangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan M. vayronkorlik xususiyatiga egadir. M.ning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va boshqa ko’rinishlari bor. Aksari-yat rivojlangan mamlakatlar xalqdari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bag’rikenglik kabi g’oyalarga asoslangan tayanmoqda. Milliy mafkuraga. 4. Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logia – talimot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi talimotni anglatadi va ikki xil ma oda ishlatiladi: - G‘oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi. - Muayan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo‘lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, sanat va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Malum ma oda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi. Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. - Ilmiy g‘oyalar; - Falsafiy g‘oyalar; - Diniy g‘oyalar; - Badiiy g‘oyalar; - Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar; - Milliy g‘oyalar; - Umuminsoniy g‘oyalar va hokazo. Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir. Milliy g‘oya. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shunday ekan milliy g‘oyaning o‘zi nima? Milliy g‘oya – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g‘oya hisoblanadi. Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak. U yoki bu g‘oyaning illiy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad – muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin. Tom ma 5. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng sho’ro davrida “millatchi” deb badnom etilib qatag’on qilingan xalqimizning millatparvar farzandlari tarixiy xotirasi qayta tiklandi. Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda: “El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo’lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yaqin o’tmishidagi yopiq saxifalarini to’la ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo’lgan insonlar hotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farzdir”.Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida 2000 yil poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag’on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib ko’mib tashlanga, nech yillar davomida qarovsiz qolib kelgan Bo’zsuv kanali sohilidagi Alvastiko’prik deb nom olgan jar o’rnida Shahidlar xotirasi hiyoboni va keyinchalik shu nomda muzey va jamg’arma tashkil qilindi. 2001 yildan e‘tiboran 31 avgust yurtimizda Qatag’on qurbonlarini yod etish sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Amalga oshirilgan va oshirilayotgan bunday savobli ishlar xalqimiz, ayniqsa unib-o’sib kelayotgan farzandlarimizning ongu shuurida tarixiy adolatga ishonch va insoniylik fazilatlarini qaror toptirish, ularning ma’naviy olamini kengaytirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani bilan ayniqsa e’tiborlidir. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq din va diniy tashkilotlar va dinga e’tiqod qiluvchilarga nisbatan davlatning adolatli munosabatini o’zida ifoda etgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida ”gi (1991) qonun qabul qilindi. Shunindek, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayotda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, o’zgarishlar, yangilanishlar qatori vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchanlar va ishonmaydiganlar o’ratasidagi munosabatlarga ham davlatning adolatli siyosati o’natildi.Dinning mamlakatda siysiy bag’rikenglikni ta’minlashda o’rni va rolini hisobga olib, yana bir bor vijdon erkinligiga e’tibor qaratish lozim deb topildi. 1998 yil birinchi mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida jamiyat rivojida din bilan bog’liq muammolarga aniqlik kiritish va turli havf-hatarlarning oldini olish “Vijdon erkinligi” qonunining yangi tahriri qabul qilindi. Yaqin o’tmishning salbiy asoratlaridan biri shuki, sobiq sho’ro tuzumi davrida dunyoviy ilm va diniy-falsafiy ta’limot, ya’niki diniy ilmlar bir-biriga qarama – qarshi qo’yildi. Ular bir-birini inkor etadigan hodisalar tarzida etildi. Diniy tafakkur dunyoviy ilm rivojiga mo’nelik ko’rsatadigan chirkin bid’at sifatida qoralandi. Biz bugun bunday qoralashning tubdan zararli va tarixan asossiz ekanligini ochiq aytishimiz mumkin. Dunyoviy va diniy g’oyalr bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko’tarildi… Bunga bashariyat tarixda o’chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom G’azzoliy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yashab faoliyat ko’rsatgan davrlar yorqin misol bo’la oladi. Mustaqillik farzandlarimizni dunyoviybilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy to’plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o’gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilish imkoniyatlariga ega bo’ldik. Bugun guvoh bo’lib turgan yuksak e’tirof avvalo ana shunday ajdodlarimizning tabarruk nomlari va qoldirgan merosiga qo’shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho demakdir. Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e’tiqodimiz o’zimizga qaytdi. Bu savobli ezgu ishlarga karvonboshi hurmatli prezidentimiz Islom Karimov ekanini har daqiqa eslab turishimiz lozim. Eng muhimi, mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarida islomiy qadriyatlarni tiklshdek ezgu maqsad yo’lida hamma uchun ibratli va hayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqida so’z yuritilganda, Toshkent shahrida joylashgan Qur’oni Karimning eng qadimiy va mo’tabar nusxalarida biri bo’lgan mashhur Usmon Qur’oni saqlanayotgan Hazrati Imom majmuasida amalga oshirilgan keng ko’lamli qayta tiklash va ta’mirlash ishlarini eslash, Samarqanddagi Imom Buxoriy va Imom Moturudiy ziyoratgohlari, Buxorodagi Abduxoliq G’ijduvoniy va Bahouiddin Naqshband, Minorai Kalon va Masjidi Kalon majmulari, Surxondaryodagi Hakim Termiziy va Imom Termiziy, Xivadagi Ichan qal’a, Shaxrisabzdagi Dor’ut tilovat, Qarshi shahridagi Odina va Ko’kgumbaz obidalari, Karmana shahridagi Qosimshayx maqbarasini aytish mumkin. Bu amalga oshirilgan ishlar xalqimizning tarixiy hotirasi, milliy o’zligi va ma’naviyatining yuksalishida katta ahamiyatga egadir. 6. Milliy qadriyatlar ustida fikr yuritganda yana bir muhim masalani alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi. Ma’lumki, qadimiy urf-odatimizga ko’ra, o’zbek oilalarida, ayniqsa, ko’p bolali xonadonlarda o’smirlar bolaligidanoq mehnat quchog’ida tarbiyalanadi, mehnatda chiniqadi. Dalada, uy-joyda ota-onaga yordam berib, mehnat qilib, hali hech bir bola mayib bo’lgan emas. Aksincha, mehnat qilgan o’smir chiniqqan, oq-qorani tanigan, ota-onasining qadriga yetgan. Mehnat qilib murakkab hayot yo’lida uchrashi mumkin bo’lgan har qanday to’siq va qiyinchiliklarni sabr-toqat bilan yengib o’tishga o’rgangan. Bugun G’arbning ayrim “o’ta liberallar”i milliy urf –odat, an’analar mamlakat taraqqiyoti va undagi demokratiyaga zid keladi, iloji boricha ulardan voz kechish kerak, degan qarashlarni targ’ib etmoqdalar. Ular G’arb mamlakatlarida mavjud an’ana, udum va odatlar, turmush tarzi yer yuzining hamma joyida birday amal qilishini istaydilar. Ularning istagiga ko’ra, SHarq mamlakatlari o’z milliy qiyofasi, ma’naviy–axloqiy qadriyatlaridan voz kechishi, ya’ni, xalq yoppasiga amerikalashishi yoki yevropalashishi kerak. G’arb mamlakatlaridagi «buyuk tafakkur» egalari fikricha, farzand ulg’aygandan so’ng, u butunlay mustaqil shaxs, u endi ota–ona maslahatlariga muhtoj emas, har qanday ishni bemalol o’zi hech kimning maslahatisiz hal eta oladi. Oilada ham har bir kishi o’z muammosini o’zi mustaqil hal etishi kerak, har kim o’zi uchun yashaydi, er xotin ishiga, xotin er ishiga aralashishi mumkin emas. Kishidagi betgachoparlik, manmanlik, andishasizlik ular uchun o’z huquqini himoya qilish, ya’ni “demokratiya“ deb baholanadi. Bu va bunga o’xshash illatlarni xalqimiz azal–azaldan qoralab kelgan. Bu illatlar g’arbliklar jar solayotgan “yuqori madaniyatli“lik belgisi emas, bu milliy qiyofasini buzish, milliy iftixor, milliy o’zlikni anglashdan mahrum etish, turli illatlarni kuchaytirib, ruhiy–ma’naviy fazilatlarni, ya’ni odamiylikni yo’q qilishdir. Bu g’oyat qabix niyatdir. Bunda nafaqat alohida shaxslar shikastlanadi, balki butun millatlar yemiriladi va odamlarimiz shunday g’oyani olib kelib singdirganlar uchun tayyor qurolga, «taraqqiy etgan» qulga aylanadilar. Ana shunday ahvolga tushmaslik uchun o’smirlarimiz qalbida milliy–ma’naviy qadriyatlarni tinmay tarbiyalab borishimiz zarur. Bugun milliy ma’naviyatimizni izdan chiqarishga qaratilgan buzg’unchi kuchlarga zarba berish uchun birinchi galda ularning mafkurasi va falsafasini, bu kuchlar qayerdan ma’naviy oziqlanayotganligi hamda maqsadlarini aniq - tiniq tasavvur etish kifoya va yoshlarga ularning buzg’unchi niyatlarini ochiq–oydin tushuntirib berishimiz darkor. Mustaqil davlatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari kundankunga O’zbekistonning buyuk kelajagiga ishonch, yurt tinchligi, Vatan farovonligiga aloqador muqaddas tushunchalarning moxiyatini anglash, milliy an’analar, urf-odat, qadriyatlar tushunchalarini yosh avlod qalbiga singdirish vazifalarini dolzarb mavzu sifatida ilgari surmoqda. Shu bois milliy qadriyatlaran’ana va udumlar muxim ijtimoiy masala sifatida e’tirof etilayotgan bugungi kunda milliy qadriyatlarni yosh avlod ongi, tafakkuri, dunyoqarashiga singdirish tizimini tartibga solish ushbu ishning bosh muammosi hisoblanadi. 7. Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab quyidagi: Milliy; Diniy; Mintaqaviy; Umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Bulardan tashqari, milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni chig‘iriqlaridan o‘tib, yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, boyib boradi. Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri sayqallanib muhimligi jihatidan o‘zining ahamiyatini saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimi mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz millatimizning naqadar muhim, jozibador, insoniyat hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, millat ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar tizimini millat taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash o‘rinli. Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligidir. Uni avaylab-asrash, rivojlantirish, boyitish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir. Barchamizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, “o‘zlikni anglash”, “milliy tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Bu atamalar, bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot” barpo etishda xalqimizni birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab kelmoqda. Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni anglash demakdir. Yurtimizda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning qadr-qimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib kelinadi. Shu boisdan inson sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmush sharoitini, bilimi va madaniy-ma’rifiy saviyasini rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mazmun-mohiyati ham aynan shundadir. Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va elatlar tinch –totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash, genotsidga nisbatan nafrat, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish kabalarni o‘zida namoyon etad Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Umuminsoniy qadriyatlar biz istiqomat qiladigan kurrai zaminda yashayotgan barcha millat va elatlarning manfaatlarini himoya qiladi. Shuningdek, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishni nazarda tutadi. Bu umuminsoniy qadriyatlarning bosh mezonidir. 8. Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir. Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Bulardan tashqari, milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni chig‘iriqlaridan o‘tib, yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, boyib boradi. Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri sayqallanib muhimligi jihatidan o‘zining ahamiyatini saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimi mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz millatimizning naqadar muhim, jozibador, insoniyat hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, millat ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar tizimini millat taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash o‘rinli. Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligidir. Uni avaylab-asrash, rivojlantirish, boyitish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir. Barchamizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, “o‘zlikni anglash”, “milliy tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Bu atamalar, bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot” barpo etishda xalqimizni birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab kelmoqda. Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni anglash demakdir. Yurtimizda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning qadr-qimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib kelinadi. Shu boisdan inson sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmush sharoitini, bilimi va madaniy-ma’rifiy saviyasini rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mazmun-mohiyati ham aynan shundadir. Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va elatlar tinch –totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash, genotsidga nisbatan nafrat, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish kabalarni o‘zida namoyon etadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Umuminsoniy qadriyatlar biz istiqomat qiladigan kurrai zaminda yashayotgan barcha millat va elatlarning manfaatlarini himoya qiladi. Shuningdek, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishni nazarda tutadi. Bu umuminsoniy qadriyatlarning bosh mezonidir. 9. Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi. Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi. O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi. Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko’chmanchilikdan o’troq hayot kechirishga o’tgan, shunday hayot tarziga o’rgangan. Odamlar o’zi o’rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday o’troq hayot tarzi odamlarni jamoa bo’lib, bir-biriga yelkadosh bo’lib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini o’zaro ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xo’jaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg’ilon, Termiz va Qo’qon singari o’nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o’lchanishi ham bejiz emas. Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko’lamli jarayon birgina o’zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko’rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O’zbekistonni o’zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o’zaro hurmat, birodarlik, bag’ri kenglik fazilatlarining namoyon bo’lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g’oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro’l o’ynamoqda 10 Milliy istiqlol g`oyasining ma'no-mazmunini va uning millat hayotidagi o`rnini mukammal tushunib еtish uchun eng avvalo, unga zamin bo`ladigan nеgizni aniqlab olish nazariy va amaliy ahamiyatga molikdir. Shu nuqtai nazardan milliy istiqlol g`oyasining tarixiy, falsafiy ildizlari uning tamoyillari ham bir-biri bilan uzviy bog`liqlikdadir. Ularning uzviy bog`liqligi nеgizida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi yotadi. Dеmak, uning asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik g`oyasi bilan bog`liqdir. Darhaqiqat bugungi kunda bu so`zni juda ko`p ishlatamiz. Lеkini aslida nеga insonparvarlik milliy g`oyaning asosiy tamoyillaridan biri bo`lib qolmoqda dеgan savol ham takror-takror yodga tushadi. Buning birinchi sababi mustaqillik tufayli insonparvar va dеmokratik jamiyat barpo etish imkoniyati vujudga kеldi. Ana shu imkoniyatni voqеlikka aylantirishda ikkita muhim masalani hal etish zarurati vujudga kеldi. Ulardan birinchisi - odamlar ongi va tafakkuridagi mustabid tuzum asoratlaridan, uning g`ayriinsoniy g`oyalaridan, shuningdеk, yakka mafkurachilik tamoyilidan tozalashdir. Bunga erishishning bir qator yo`nalishlari mavjud. Eng muhimi yangi jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Bunda milliy g`oyaning insonparvarlik va dеmokratik tamoyillari inson va jamiyat manfaatlari uyg`unligini bеlgilab bеruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch hisoblanadi.
Milliy g`oyaning umumbashariy tamoyillari haqida fikr yuritganda yana bir muhim muammo«insonparvarlik huquqi» masalasining mustaqillik yillarida ustuvor yo`nalishga ega bo`layotganligi tasodifiy hol emas. Ma'lumki, insonparvarlik haqida juda ko`plab Sharq va g`arb mutafakkirlari o`z fikrlarini bayon etishgan. Masalan, qadimgi Xitoyda ilk insonparvarlik g`oyasining ijtimoiy fikrlariKonfutsiy (e.o. 511-479 y.y.) ta'limotida, qadimgi Markaziy Osiyoda «Avеsto» kitobida, buddizm dinida, Xristian dinining ajr g`oyasida, ya'ni jafokashlar va bеchoralarga ilohiy saltanatda baxt va ozodlik bеrishni va'da qilganligi Islom dinida еtti aqidada o`z ifodasini topgan. Shuningdеk, xalqaro huquqdagi «Insonparvarlik huquqi» atamasi ham mavjudki, ushbu atama birinchi marta qurolli mojaro yuzaga kеlgan holatda madaniy qadriyatlarni himoya qilish to`g`risidagi konvеntsiyada ishlatilgan edi110. Millat taqdiriga daxldor bo`lgan g`oyalar eng avvalo, milliy zamin bilan bog`liq bo`ladi. Unga tayanmagan, undan bahra olmaydigan yoki undan uzilib qoladigan g`oyalar millat manfaatlariga ham xizmat qilaolmaydi. Bu jarayonda ikki muhim qonuniyat amal qiladi: Birinchi qonuniyat millatning mavjudligi uning o`ziga xos xususiyatlar va mеntalitеtga ega ekanligi. Ular millat taraqkiyoti va istiqboli uchun asosiy manba hisoblanadi. o`z nеgizlari asosida rivojlanish yo`lidan bormaydigan millat istiqbolda, o`zligini yo`qotadi. Uni hisobga olish, amal qilishini millatning o`z nеgizlariga tayanib rivojlanish qonuniyati - dеb aytish mumkin bo`ladi. Ikkinchi qonuniyat har qanday jarayonda bo`lgani kabi milliy rivojlanishda ham vorislik qonuni amal qiladi. Uning mazmuni shundaki, barcha jarayonlar o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi, balki ular shu yo`nalishda mavjud bo`lgan oldingilari bilan bog`liq bo`ladi. Uning nеgizida yuzaga kеladi, undan kеyingi taraqqiyot uchun xizmat qilishi mumkin bo`lgan elеmеntlarni qabul qilish asosida, yangisi shakllana boshlaydi. Bu jarayon vorislik qonuni hisoblanadi. U millatning o`z nеgiziga asoslanib rivojlanishi shart bo`lgani uchungina emas, balki barcha jarayonlar uchun ham amal qiladi. Bu vorisiylik qonuniyatning xaraktеrli xususiyati hisoblanadi. Uning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, u millatning o`z nеgizlari asosida rivojlanishi uchun imkoniyatlar salmog`ining mustaxkam bo`lishiga xizmat qiladi. Milliy g`oya shakllanishida ana shu ikki qonuniyatning uyg`unligi asosiy hisoblanadi. Albatta, milliy g`oya nеgizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan chеklanmaydi. Shuning bilan bir qatorda umumbashariyat erishgan ilg`or yutuqlarga ham tayanadi. Shuning uchun ham Prеzidеnt Islom Karimov mamlakatimiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan kеyin uni yangilash va rivojlantirishning quyidagi to`rtta asosiy nеgizini bеlgilab bеrgan edi. Bular: -umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; -xalqimizning ma'naviy mеrosini mustahkamlash va rivojlantirish; insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; -vatanparvarlik111 kabilardir. Ko`rinib turibdiki, ularda milliy g`oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar bilan o`zaro uyg`unlashib kеtgan. Download 36.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling