Javob : Yaxshilab chaynash kerak


Download 0.99 Mb.
Sana05.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1273983
Bog'liq
SjS


Savol : __ _____ ____ Hafsala bilan. Guruch bu guruchda… Savol: Taneda Santokaning xokkusida qoldirilgan Fletcheristlarga bog’liq bo’lgan 3 ta so’zni toping. 
Javob : Yaxshilab chaynash kerak 
Izoh : Fletcherist-ovqatni uzoq chaynab so’ng tanovul qiluvchilar
Savol : Kópchilik ushbu tovushni inson quloği uchun eng yoqimlilaridan biri deb hisoblaydi. Xitoyda bunday tovushni XI asrdayoq eshitish mumkin edi. computerra.ru saytiga kóra, qaysi qurilma óz ish jarayonida bu tovushning yozib olinganidan foydalanadi? 
Javob : Bankomat 
Izoh : Gap pul sanalgandagi ovoz haqida ketmoqda
Savol : Ameriklaik tadqiqotchilar fikricha bunday omadning sababi o`sha davr iqlimiga borib taqaladi. U paytlarda Alpdagi daraxtlar sekinroq o`sgan, daraxtdagi halqalar zichlashgan va natijada yog`och chidamliligi oshib ketgan. SAVOL: Bu omadni odatda kimning ismi bilan bog`lashadi? 
Javob : Stradivari 
Izoh : Shu boisdan ham Stradivari skripkalari o`ziga xos akustikaga ega bo`lgan ekan
Savol : Zamonaviy kuzatuvlar natijasiga ko'ra, agar kimdir "Men o'zimni sevaman" deb aytsa, bu o'zini sevish(egoizm dir), agar "Men o'zimni sevaman" deb yozsa bu - ... Gapni to'ldiring! 
Javob : T9 
Izoh : Avtomatik ravishda mos keluvchi so'zlarni o'rniga qo'yib yozishni qulay qiladigan bu usulda osongina bunday xatolikka yo'l qo'yish mumkin
Savol : Inglizlar bunday insonga kinoya aralash shunday ta’rif berishadi: “Bunday inson hech qachon boshqalarga bilmasdan yomonlik qilmaydi”. Bu qanday insonga berilgan ta’rif? 
Javob : Gentleman 
Savol : Savolni Tobi beradi: Moriarti haqida gapirar ekan Sherlok Xolms u IGREK emas IKS ekanini ta'kidlaydi. “IKS-IGREK” insonlarga yordam berish bilan bir qatorda fotomuxbirlik bilan ham shu'gullanadi. Savol: IKS va IGREKni to'g'ri ketma-ketlikda yozib bering 
Javob : O'rgimchak, odam 
Izoh : “Moriarti odam emas, ulkan o'rgimchak to'ri markazida o'tirib to'rning har bir uchida bo'layotgan voqealardan xabardor bo'layotgan o'rgimchakka o'xshaydi”. Tobi Maguayer - Spiderman
Savol : Bernard Shou bir semiz odam bilan uchrashib qolganida u ozg'in yozuvchi ustidan kulmoqchi bo'lib, deydi: -Sizni ko'rgan odam Angliyada ocharchilik boshlanibdi deb o'ylaydi.Shou qanday mos javob qaytarganini tahmin qiling. 
Javob : Sizni esa shu ocharchilikning sababchisi deb o'ylashadi 
Savol : Ma`lum hollarda yaponlar bamuk o`rmoni va yashil maymunni esga olishadi. Xitoylik esa bunday holda bizga tanish iborani esga oladi. SAVOL: O`sha iborani toping. 
Javob : Qorong'u xonadan qora mushukni topish 
Savol : Kapitan Nemoning soatini boshqa soatlardan ajralib turuvchi farqi bo'lgan. Savol: qanday farq? 
Javob : 24 ga bo'lingan 
Izoh : suv ostida kun- tun ajratib bo'lmaydi...
Savol : O'.Umarbekovning mashhur bir asari qahramoni Abdulla Leningrad yadro-fizika instituti talabasi: "Hamma qonunlarning asosi bor. Bu - X" deb o'ylab qoladi. Hatto, Lomonosovning "Xdan yuksak qonun yo'q" degan so'zini eslaydi. Xnima? 
Javob : HAYOT 
Savol : Tabiiyki, kun qancha issiq bo`lsa, chanqoq shuncha kuchli bo`laveradi. Shu boisdan ham bu tadbir 1872-yildan boshlab, o`z nomiga to`la mos kelmay qoldi. Diqqat savol: Qaysi tadbir? 
Javob : Oktoberfest 
Izoh : Shu yildan bu tadbir sentabrning yarmidan boshlangan
Savol : Bizning tinib-tinchimas yumoristlarimiz nimalarni óylab topishmaydi :) masalan, ular akulaning oltin baliq bilan chatishmasini óylab topishibdi. Hurmatli bilimdonlar, hammangiz oltin baliq nima ekanligini juda yaxshi bilasiz, shuningdek, akulani ham kóz oldingizga keltirdingiz. Endi menga aytingchi, ushbu chatishmamiz(gibrid)ning asosiy qiziqarli jihati nimada deb óylaysiz? 
Javob : Ushbu gibrid sónggi 3ta tilakni bajo keltiradi 
Savol : Fin tilida ba`zi so`zlar ikkita boshqa so`zlar qo`shilishidan xosil bo`ladi. Masalan "karva" so`zi soch ma`nosini anglatsa, "madot" so`zi shilliqqurt deb tarjima qilinadi. Finlar "karvamadot" deb atovchi so`zning boshqa bir sinonimi ham bor. Bu sinonim Finlyandiya oq atirguli o`rdeni kavaleri familiyasidan kelib chiqqan. SAVOL: O`sha familiyani toping 
Javob : Brejnev 
Izoh : So'zning ma'nosi qalin qosh
Savol : Psixologlar uni sifatiga ko'ra 4 tipga ajratadilar, ya'ni tez-sekin, sekin-sekin, tez-tez, sekin-tez.Savol: uni ayting. 
Javob : xotira 
Izoh : 1-tip tez eslab qoladi, sekin unutadi...
Savol : M.V. Lomonosov Fanlar Akademiyasining minerallar kolleksiyasini sinchkovlik bilan tekshirishga kirishganda, u kolleksiyadagi bittasidan boshqa hamma toshlarning nomini hech qanday qiyinchiliksiz aniq ayta olgan. Akademiya kotibi Shumaxer Lomonosovning bu qanday tosh bóldi, degan savoliga, "bu kolleksiyadagi eng qimmatbaho mineral, zero buni shaxsan Polsha qiroli Yan Sobeskiy tuhfa etgan" deb javob beradi. Savol: U qanday mineral edi? 
Javob : Qirolning buyragidan chiqqan tosh 
Savol : Pyer Brasso kartinalari Gyoteborgdagi avangardchilar ko`rgazmasida yuksak bahoga sazovor bo`ldi. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha Pyer Brassoning asl ismi Piter ekan va u Burosdagi IKSda istiqomat qilarkan. SAVOL: IKSni toping. 
Javob : Zoopark 
Izoh : Bu shimpanze
Savol : Sportchi Meredit Mixaels Birbaum olimpiada bo'yicha Germaniya terma jamoasi tarkibidan chetlashtirilibdi. Bunga sabab esa ta'qiqlangan gidroksipromazin preparati bo'yicha ijobiy tahlil (ya'ni aniqlangan) edi, garchi Mixaels Birbaum uni iste'mol qilmagan bo'lsa ham. Savol: U ayol qaysi sport turi bo'yicha qatnashgan? 
Javob : Ot sporti 
Izoh : Ta'qiqlangan modda uning otidan topilgan
Savol : Yozuvchi Jozetta Frabsua sharq taomlarini maqtar ekan, Misrni " Bir ta'm mamlakati" deb ataydi. DS: yuqoridagi gapda tushib qolgan sozni ayting 
Javob : Ming 
Izoh : 1001 ta'm mamlakati
Savol : Irland xalq maqoliga ko'ra, uchta narsa bir “yomon ahvol”ga tushmasligi kerak – qilich, belkurak va ______. Bu qanday “yomon ahvol”ligini topib, uchinchi, qo'l bilan ushlab bo'lmas narsani ayting. 
Javob : “Yomon ahvol” – o'tmaslashib qolish. Uchinchisi – inson fikri, aql. 
Savol : Bu mamlakatning mahalliy axolisi o‘zlarini kxmerlar deb atashadi. Bu qaysi mamlakat? 
Javob : Kampuchiya (Komboja). 
Savol : Kunlardan bir kuni shveytsariyadagi mehmonxona xo`jayini qo`shni otelda Bayron, Meri va Persi Shellilar mehmon bo`lishlarini bilib o`z mijozlari uchun UNI harid qiladi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Teleskop 
Savol : Stilton pishlog`i Derbshir, Lestershir va Nottingemshir grafliklarining geografik jihatdan himoyalangan mahsuloti hisoblanadi. Pishloq nomi u birinchi marta tayyorlangan Stilton qishlog`i nomidan olingan. Ammo hozirda Stilton qishlog`ida bu pishloqni tayyorlash taqiqlangan. SAVOL: Nega? 
Javob : Stilton qishlog`i boshqa graflik, ya`ni Kembridjshir grafligi huduida joylashgan. Shu boisdan ham hozirda bu qishloqda pishloq ishlab chiqarish mumkin emas. 
Savol : Farida Afruzdan Tasbeh:Ilk bora sevgisin izhor etganiUyaladi u, hech kimdan emas, ... Savol Tasbehni 2so'zda yakunlang! 
Javob : Oqargan sochidan 
Savol : Zamonaviy Olimpiada o`yinlarining asosini o`z vaqtida Afinada bo`lib o`tgan Olimpiyalar tashkil etgan. Birinchi Olimpiya 1859-yilda Afinada qirol Otto I patronajligi ostida o`tqazilgan. Bu o`yinlar uchun namuna sifatida U xizmat qilgan ekan. SAVOL: UNI toping 
Javob : Oktoberfest 
Izoh : O`sha paytda pivo festivali doirasida sport musoboqalari ham o`tkazilgan. Otto I Bavariya qiroli.
Savol : Savol: Bir kishining ayoli nuqul uning gaplariga teskari javob qaytarar, buyruqlarini teskarisini bajarar ekan. Bir kuni ular ko`prikdan o`tishayotganda chirib qolgan bir necha yog`ochi sinibdiyu ikkisi suvga qulashibdi. Oqim kuchli bo`lishiga qaramay, bazo`r oyoqda turgan kishi oqimga qarshi yurib ayolini izlay boshlabdi. Uni ko`rgan boshqa kishi “Hotining allaqachon oqib ketgandur, oqim bo`ylab yurmaysanmi?”- debdi. Uning javobini siz yozib bering. 
Javob : U har doim teskari gapirib teskari ish qilardi. Hoynahoy, oqimga qarshi oqib ketgan bo`lsa kerak. 
Savol : To’qima obrazli savol: Qadim zamonda ikki amaldor o’rtasida bog’ bo’lgan ikki minoraning ustiga o’tirib olib, bog’dagi har xil rangli kiyim kiygan qizlarning raqsini tomosha qilishar va har-har zamonda qizlardan birini bog’dan tashqariga chiqarib yuborishardi. Savol: Ular nega bunday qilishardi? 
Javob : Ular shaxmat o’ynashardi 
Savol : Bir yozuvchining aytishi-cha, X bu doim berkinib yuradigan, ho'l, yalang'och va ko'r hayvondir. O'tgan asrning o'rtalarida chiqqan bir asarda esa, X umuman berkinmagan. X - ? 
Javob : Til 
Izoh : Asar deganda Eynshteynning mashhur tilini chiqarib tushgan rasmi nazarda tutildi.
Savol : Bo`lajak aktrisa Denis Richards maktabni tugatishi bilanoq kattalar uchun kosmetika mahsulotlari reklamalari modelligiga taklif etiladi. Reklama tashkilotchilari uning yumshoq terisi va yuzining rangidan hayratlangandilar. Denisning takidlashicha, bu uning onasining hizmati ekan. D.S: Qanaqasiga.? 
Javob : Onasi unga bo`yanishni ta`qiqlagandi. 
Savol : Nemis kanali bo`lgan ZDF tmoshabinlar o`rtasida eng mashxur nemis kimligi yuzasidan so`rovnoma o`tkazdi. Ushbu ro`yxatning dastlabki 10ligidan muzikant, yozuvchi va diniy odam ham o`rin oldi. D.S: ularni aniq ayting. 
Javob : Bax, Gyote, Martin Lyuter 
Savol : Uz noshiri bankrot bulgan V.Skott katta mikdorda karz bulib koladi.Karzini yopish uchun Skott erta tongda xam,yarim tunda xam yozuv stolida utirishga majbur buladi.G.Morten bu xakda xikoya kilar ekan V.Skottni shark ertaklaridan biridagi jonzotga uxshatadi.Bu kanday jonzot? 
Javob : Jin 
Izoh : Ertayu kech yozuv stolida utirganini stolning k,uliga aylanib koldi deb xikoya kiladi.Xuddi Alouddinning sexrli chirogi dagi jin kabi
Savol : Uolter Sammerforni 3marta yashin uradi. To`tinchisida esa “U” zarar ko`radi. D.S Nima zarar ko`rgan? 
Javob : Tobut. 
Savol : 2014-yilda "Moet & Chandon" kompaniyasi bu vaqea sharafiga maxsus shampan vinosini ishlab chiqaradi. SAVOL Qaysi voqea? 
Javob : 1994-yildagi Aerton Senni o'limi. 
Savol : Agar Gruziya Misr bilan, Armaniston Marokash bilan, Ozarbayjon JAR bilan mos kelsa Ukrainaga qaysi davlat to'g'ri kelishini ayting? 
Javob : Avstraliya 
Izoh : Gap davlatlarning internet domenlari haqida
Savol : Tarixiy faktlarga ishonadigan bo`lsak ushbu Shotlandiyalik hech nima qurmagan va hech nima ekmagan ekan. U o`zi haqida gapirganda ko`pirtirmasdan, boricha hikoya qilgan. Ammo 1719-yildan so`ng uning hikoyasi voqealarga boy va qiziqarli bo`lib qoladi. SAVOL: Bu shotlandni toping. 
Javob : Aleksandr Selkirk 
Izoh : Bu Robinzon Kruzo prototipi. 1719-yilda assr chop etilgach Selkirk ham voqealarni asardagidek qilib gapirishni boshlagan.
Savol : Uolt Disney ōz multfilm qahramonlaridan (mikki maus donald dak va boshqalardan) UNI olib tashlagan ekan. Hisob kitob qilishganda U kompaniyaga ortiqcha sarf xarajat va vaqt ketgan ekan. Uni toping! 
Javob : Beshinchi barmoq 
Savol : Kamerun mamlakatining Mamfe viloyatida xalqlar bir tabiat hodisasini istab xudogayolvorganlarida tunda «mavu» degan raqsni ijro etadilar. Afrikani ko‘z oldingizga keltiringda,ular raqsga tushgan holda xudodan nimani so‘rashlarini ayting. 
Javob : Yomg�irni 
Savol : Bir afrika ertagi barchaga yaxshi tanish bir afsonadan biroz farq qiladi. Unda bosh qahramonlar sehrgar va cho`chqa. Bundan tashqari ertak so`ngida cho`chqa o`lmaydi, balki o`ziga xos burunga ega bo`ladi. Qolgan jihatlari bilan ertak bizga tanish afsonadan qariyb farq qilmaydi. SAVOL: Bizga tanish afsonaning bosh qahramonlarini toping. 
Javob : Dedal va Ikar 
Izoh : Cho'chqani qanotlari yonib burni bilan yerga uriladi. Va burni 
Savol : Ishga tushdi sonsiz asir,Me'mor, naqqosh, sangtaroshZanji qullar og'och tashir,Fillar tashir xarsangtosh.Yigirma yil...Yigirma ming jon jabridan bir amal -Mo'jizasi bu olamning Bino bo'ldi ...Nuqtalar o'rniga so'z qo'ying. 
Javob : Tojmahal 
Savol : Kunlardan bir kuni Bernard Shoudan so`rashibdi:- Ishing yurishmaganda kimga arzi hol qilgan ma’qul? Do`stlargami yoki dushmanga?- Har xil tashvishlar va ko`ngilsizliklar haqida do`stlarga aytmagan ma’qul. Yaxshisi uni dushmanga ayting. Shunda birinchidan uni bir necha lahza hursand qilasiz, ikkinchidan esa… Mantiqan uning fikrini davom ettiring. 
Javob : Oxirigacha (diqqat bilan) eshitadi. 
Savol : Angliya Frantsiya va Germaniyada u yaxshi.Italiyada xam yaxshi bulishi yoki baxtli bulishi xam mumkin.Bizda kanday buladi? 
Javob : Xayrli 
Izoh : Xayrli tun tilagi edi
Savol : Aleksandr Povetkin Bladimir Klichkoga mag`lub bo`lganidan so`ng, Povetkin muxlislari Klichko nohaq yutgani haqidagi turli bahonalarni o`ylab topishgan. Shunday hazilomus bahonalardan birida har ikki raundda bir hodisa sodir bo`lgani aytiladi. Qanday hodisa? 
Javob : Vladimir Klichkoni Vitaliy Klichkoga almashtirish 
Savol : Antverpendagi Olimpiada paytidagi taqdirlash marosimida qiziq hol kuzatildi. G`olib sportchi mamlakatining madhiyasining notasi orkestrda yo`q edi. Dirijyor aqlli qaror chiqarib, shu musiqani chalishga buyurdi. Bu kuyni butun stadion jo`r ovoz bo`lib kuyladi. U ham ekranda payti murakkab holatga tushib qolgach, biz aytayotgan kuydan najot topishga uringan. Diqqat savol: UNI ayting! 
Javob : Quyon 
Izoh : Gap ,,O sole mio” kuyi haqida ketmoqda
Savol : Fuqarolar urushi paytida Xitoyning iqtisodiy ahvoliga maymunlar yig`lagan. Bir xitoylikning eslashicha, uning o`gay otasi oyda bir marotaba maktabga borish uchun riksha yollagan. Agar bu mehribonchilikdan bo`lmasa, unda sabab nima? 
Javob : O`qish uchun to`lovni shu rikshaga ortib borishgan 
Izoh : Juda kuchli inflyatsiya bo`lgan
Savol : Amerikadagi ozodlik haykalini bilasiz. U haqida ma'lumotga egasiz. Uning ochilish marosimida haybiy parad bo'lgan va dengizda salyutlar otilgan. Ko'plab kemalarda esa ULAR ning ko'tarilganini ko'rish mumkin edi. Savol: ULAR ni 2 so'z bilan yozib bering. 
Javob : Fransiya bayrog'i 
Izoh : Ma'lumkin, ozodlik haykali fransuzlarning amerikaliklarga sovg'asi bo'lgan. Parad vaqtida kemalarda fransiya bayrog'ini balandga ko'tarib, ilib qo'yishgan
Savol : Savol muallifining iqtisod qilishni yaxshi ko`radigan tanishi bor. U bir predmetning 14 tasini yig`ib, ularni navbatma-navbat nutun imri davomida ishlatmoqchi. SAVOL: O`sha predmetni toping. 
Javob : Kalendar 
Savol : Radiofizik Vasiliy Denisov BU ISHNI 1929-yilda qiladi. Oradan qariyb 10 yil o`tgach esa Juan ham BU ISHNI qiladi. SAVOL: Juanning familiyasini toping. 
Javob : Du Nasimentu 
Izoh : BU ISH - o`g`lini Edison sharafiga nomlash
Savol : Mashxur ixtirochi Tomas Edison AQSHning bir shtati chetrog'idan kichkina yer sotib olib, o'z ixtirolarini sinab ko'ra boshlaydi. 1908-yilda esa u yerda umuman boshqa maqsadga mo'ljallangan maydoncha quriladi. Diqqat savol. O'sha joyning hozirgi nomi nima? 
Javob : Hollywood 
Savol : Wikipediaga ishonsak U qadimgi Yunonistonda "yetti erkin san'at" deb atalgan. Ilk bor XVIII-asr o'rtalarida Fransuz Lui Breton tashabbusi va D Didroning 25yillik mehnati evaziga dunyoga keldi. XIX-Asr boshlarida esa Ispaniya, Germaniya va Rossiyaliklar ham Uni yaratishdi. Savol hozirda Uning eng mashxurining nomini ayting! 
Javob : WIKIPEDIA 
Izoh : gap Ensiklopediya haqida edi. Hozirda eng mashxuri Wikepedia
Savol : Bu aktyor bir intervyusida "Men aslida rusman, ammo tog'am tarixchi bo'lgan" degan ekan. SAVOL: Aktyorni toping. 
Javob : Spartak Mishulin 
Savol : Qiziqarli mos kelish: ayrim fransuz ertaklarida yalmog'izlar Uni tayyorlashda sichqon ham qo'shishgan ekan.Savol: Uni fransuzcha so'z bilan ayting 
Javob : Ratatuy 
Izoh : Ratatuy - sabzavotlardan tayyorlanadigan fransuz oshxonasining an'anaviy taomi. 

Savol : Braziliyadagi fevral oyida bo`lib o`tuvchi karnavallar haqida yaxshi bilasiz. Ba`zi bu karnavalning davomi yozda ham o`tkazilar ekan. Diqqat savol: Yozgi karnavallar necha marotaba o`tkazilgan? 


Javob : 5 
Izoh : Braziliya Jahon Chempioni bo`lgan yillari g`alabani nishonlash uchun 
Savol : Talia Prokopiu 2004-yil 25-martda parabolik ko`zgu yordamida bir ishni amalga oshirdi. Diqqat savol: Nima ish? 
Javob : Olimpiada mash`alasini yoqish 
Savol : ,,Ra” ekspeditsiyasida Chad fuqarosi Abdulla ham qatnashadi. U guruhga kelgach, ilk qilgan ishi X ni o`rganish bo`ldi. X unga juda muhim bir ishda yordam berardi. Diqqat savol: X va muhim ishni toping. 
Javob : Kompas 
Izoh : U Makkaga bo`lgan yo`nalishni aniqlashda yordam bergan. Abdulla namoz o`qish uchun buni bilishi kerak edi
Savol : 1792-yilning 30-iyulida Parijdagi inqilobga yordam berish maqsadida yo`lga chiqqan ko`ngillilar batalyoni yo`l bo`yi ,,Reyn armiyasining harbiy qo`shig`i” ni kuylab ketadi. Bu qo`shiq ikki oy oldin Strasburglik bir inson tomonidan yozilgan edi. Diqqat savol: Bu batalyon qaysi shahardan yo`lga chiqqan edi? 
Javob : Marsel 
Izoh : Fransiyaning madhiyasi ,,Marselyeza� deb atalishi shundan
Savol : 1882-yilning oxirida amerikalik suratkash Napoleon Seroni eng mashhur ijod namunalaridan birini yaratadi. Uning suratida yoshgina ingliz yigiti tasvirlangan edi. Endilikda u qarib qoldi va vafot etdi. Lekin suratda haligacha yoshgina ko`rinishda. Diqqat savol: Bu ingliz kim? 
Javob : Oskar Uayld 
Izoh : Uning ,,Dorian Greyning portreti� asarida bosh qahramonning portreti qarib boraveradi, qahramon esa yosh bo`lib qolaveradi.
Savol : Sitatani tinglang: U 1918-yil oktabrda barcha frontlarda tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgan paytda hayotdan ko`z yumdi. Bu paytda barcha harbiy hisobotlar bitta jumladan iborat edi. Diqqat savol: O`sha jumlani ayting. 
Javob : G`arbiy Frontda 
Savol : Dietolog hazilomuz maslahatini tinglang: Agar siz semirishdan qo`rqsangiz, ovqatlanish oldidan 50 gramm konyak iching. Chunki … Diqqat savol: Maslahatni yakunlang. 
Javob : konyak qo`rquv hissini yo`qotadi 
Savol : Saudiya Arabistoni shahzodasi konstruktorlarga ikki yil ichida bahaybat yaxta qurishga buyurtma beradi. Konstruktorlar bu loyihaga MIPOS deb nom berishadi. Diqqat savol: Bu nima ma`noni bildiradi? 
Javob : Mission Possible 
Izoh : Ya`ni uddalay olamiz deyishgan
Savol : Duplet: Hazillar Bu inson irqchilikka qarshi kurashda plastik jarrohlik amaliyotidan foydalanishni boshlab berdi. Diqqat savol: U kim? Bu inson ichkilikbozlik, kashandalik, ortiqcha vazn – omad garovi ekanligini isbotlab berdi. Diqqat savol: U kim? 
Javob : 1. Maykl Jekson 2. Uinston Cherchil 
Savol : Bir necha yil muqaddam ,,Total Football” jurnalining bir sonida Van der Sarga bag`ishlangan maqola chop etiladi. Uning yoshi o`tib qolgan bo`lsa-da, juda yuqori saviyada o`yin namoyish etayotganini inobatga olgan jurnalist maqolaga shunday nom beradi. Diqqat savol: Qanday? 
Javob : Van der Star 
Savol : Rossiyaga borib qaytgan bir tanishimning aytishicha, samolyotda unga qadoqlangan pishloq berishadi. Qadoq ustida esa X va Y ni ko`rish mumkin edi. U buning sababini so`raganida men unga bolalikni eslashni maslahat berdim. Diqqat savol: X va Y ni toping. 
Javob : Qarg`a va Tulki 
Izoh : Bu Krilov masali
Savol : ,,Kristi” auksionida Jeyms Kukka tegishli bo`lgan bir predmet sotilgan. Kuk unga Tich okeani bo`ylab qilgan sayohatlaridan birida ega bo`lgan. Sotuv jarayoni haqida xabar topgan bir inson esdalik yurtiga qaytishi kerakligini ta`kidlagan. Diqqat savol: Predmetni toping. 
Javob : Bumerang 
Savol : Ralf Xoffman bu filmni ko`rib, unda ,,Opel” kompaniyasi yashirin va ochiq tarzda reklama qilinganini aytgan. Birinchidan, bosh qahramonning qarindoshlari va qo`shnilari ,,Opel” da yurishadi. Ikkinchidan, bosh qahramonda ham ,,Opel” bog`liqlik bor. Diqqat savol: bu film bosh qahramoni kim? 
Javob : Garri Potter 
Savol : 1786-yilda astronom Uilyam Gershelning singlisi Karolina yangi kometani kashf etadi. Bu esa ilm-fan tarixida alohida ahamiyatga ega. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Bu kometa ayollar tomonidan kashf etilgan ilk kometadir 
Savol : Reklamaning turli ko`rinishlari bor. Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilgan ,,Eng qisqa reklama” 3 soniya davom etgan ekan. Diqqat savol: Nima reklama qilingan? 
Javob : Ginnes Rekordlar kitobi 
Savol : Bu mahsulotning nomi hindchadan kelib chiqqan. Tarjimasi ,,X massaji”. Uning hozirgi ko`rinishini bir nemis yaratgan. Bu nemisning familiyasida ham X ni ko`rish mumkin. Diqqat savol: Gap qaysi mahsulot haqida ketmoqda va o`sha nemisning familiyasi nima? 
Javob : Shampun, Schwarzkopf 
Izoh : Shampun, ma`nosi ,,bosh massaji�. Schwarzkopf esa ,,qora bosh� deb tarjima qilinadi
Savol : Bu mashhur qahramonning 50 yillik yubileyini nishonlash Londonda 2012-yilning 5-oktabrida bo`lib o`tdi. Diqqat savol: Marosimning aniq boshlanish soatini toping. 
Javob : 0:07 
Izoh : Qahramon Jeyms Bond
Savol : Deyv Vomondning karikaturasida ULAR kafeda alohida hisob so`rayotgan holatda tasvirlangan. Diqqat savol: ULARni toping. 
Javob : Siam egizaklari 
Savol : 1829-yildagi Moskvaning eng ashaddiy qarta o`yinchilari ro`yxatida eng yuqori o`rinni Fyodor Tolstoy band etgan. 21-o`rinda Pavel Nashokin. Diqqat savol: 36-o`rinda kim? 
Javob : Pushkin 
Savol : Diodor asarida – Xambes, Manefonda – Sufis, Eratosfenda – Saofis. Diqqat savol: Gerodot asaridachi? 
Javob : Xeops 
Savol : U 15 yoshida qatnashgan o`zining ilk musobaqasi haqida eslarkan, musobaqa tugagach, bir chashka choyni ko`tara olmaganini aytgan. Uning birinchi xotini ajrashuvdan keyin ,,Avstriya dubining soyasida” kitobini yozgan. Diqqat savol: U kim? 
Javob : Arnold Shvarsnegger 
Savol : Yelizaveta I umrining so`ngi yigirma yilida X bilan uchrashishdan qochib yurgan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Ko`zgu 
Savol : Duplet: ,,King`s Bounty” o`yini Bu o`yin qahramonlaridan biri bo`lgan X ,,Kutuzov” laqabiga ega. Diqqat savol: X ni toping. Gnusmas laqabli gnom X kompaniyasi tufayli katta pul yo`qotganini aytadi. Diqqat savol: X o`rnidagi to`rtta harfli so`zni toping.  
Javob : 1. Siklop 2. Inos 
Savol : ,,Giperion” kitob do`konida X larga qarshi mahsulot sotuvga chiqarilgan. Unda ,,Agar menga kerak bo`lsang, o`zim topaman” qabilidagi jumlani ko`rish mumkin. Diqqat savol: X ni ikkita so`z bilan ayting. 
Javob : Tashrif qog`ozi 

Savol : Bir injinerning ixtirosiga kōra bu qurilma sizning qarshingizda joylashgan bōlib unga qarab otirganingizda sizga trubka va cho'pli sorg'ichlar tavsiya etilmaydi. Bu qanday qurilma? 


Javob : Airbag/ extiyot yostig'i 
Savol : Yevrey qadimiy topiwmogini toping: "ikkisi quyadi biri ichadi" aytingchi u nimani ichadi? 
Javob : ona suti 
Savol : Bernar Verber hayoliy dunyosida BUni kabutarlar tashib yurishgan. Qisqa qilib ayting kabutarlar nima tashishgan? 
Javob : "SMS" 
Savol : Bir kuni Rossiyalik kino rejissor kino olmoqchi bolibti operator va postanovkachi BIRGALASHIB sujet tuzmoqchi bólishibti, shunda rejissor agar shu tarzda ishlaydigan bolishsa sovet mutfilmdagi chalkash bir kadrga olib keladi va aynan avtor bitta bolishi shartligini aytadi. Savol: bu qaysi chalkash kadr yoki multfilm nomini ayting! 
Javob : Xat yozish/Prostokvashina 
Izoh : Xatni bola ota onasiga yozishni boshlaydi uni mushuk davom ettiradi, kuchuk yakunlaydi.
Savol : Uolt Disney ōz multfilm qahramonlaridan (mikki maus donald dak va boshqalardan) UNI olib tashlagan ekan. Hisob kitob qilishganda U kompaniyaga ortiqcha sarf xarajat va vaqt ketgan ekan. Uni toping! 
Javob : Beshinchi barmoq 
Savol : Bir Rus xonim mashxur asarni ōqiyotib ōzini huddi Fransiyadagi Monreal pravoslav cherkovida sayr qilayotganday his qilar ekan. Bu cherkovda Rus imigrantlari fransuz tilida gaplashadilar. Bu qaysi asar? 
Javob : Urush va tinchlik 
Savol : Amerika shimolida yashuvchi Franklin shunday yozadi: Tōldirib qavat qavat kiyinsangiz ham tunda isina olmaysiz. Ammo OCH RANGDA bōlsangiz bu boshqa gap. Anarxasis hayron bōlardi, bazm boshida Elin xalqi kichik bokallardan boshlashardiyu, OCH RANG bo'lganlarida katta bokalga ōtishardi. Savol "och rang" qanday so'zlar bn almashtirilgan? 
Javob : Tōq qorin 
Savol : 2007 yilda NTV +(plyus) telekompaniyasi bir oyga Sport va Kino kanallariga bepul ulanish taklif etadi. Uning reklamasi uchun bir futbolchining darvozaga qarab tepayotganini va darvozada esa CHAYON turganini kōrsatadi. Diqqat chayon so'zi ostida biz qaysi ikki so'zni yashirdik? 
Javob : O'rgimchak odam 
Savol : Savolni topishingizda tassavuringizni ishlatishingiz kk boladi. Hozirgi o'rnatilayotgan oynali binolarning oynalari bir necha qavatdan iborat. Siz u biz oddiy qarashda ham oynalar nechchi qavatda joylashganini bilishimiz mumkin ekan buning uchun mahsus qurilma shart emas. Qo'limizga tushgan, xohlagan U yordamida bilib olar ekanmiz. Diqqat savol oynalar qatlamining soni bilishimiz uchun nima bizga yordam bera oladi? 
Javob : Yoritguvchi uskunalar(fonar,lazer,zajigalka) 
Savol : Tog'li Chexiya davlati manzarasi juda ham chiroyli ayniqsa qishning o'rtalari va baxorning boshlarida. Chexiya davlatining maktablari qish ta'tilida tatilga chiqishi navbatma navbat qilib joylashtirilgan. Savol nima un qish tatili barcha maktablari uchun xar xil qilib belgilangan? 
Javob : Chang'i kurortlari ko'p odamlarni sig'dira olmaydi 

Savol : U ning qorasi, qizili ancha ma'lum va mashhur. Bir arab maqoliga ko'ra o'z xatolarini bo'yniga olmaslik bu xatoning U-sidir. Savol. U-ni toping? 


Javob : Kvadrat 
Savol : ''Qishgi ta'til'' filmidagi qahramon osmondagi vertolyotni ko'raman deb orqasi bilan yiqilib tushadi(bo'ynidan yaralangani uchun). Savol. Shunday holat ko'p kuzatiladigan geografik toponimni aniq ayting? 
Javob : Antraktida qit'asi 
Savol : Amerikadagi bir basketbol jamoasini kapitanidan tashqari hammasi qora tanli. Oyinchilar gohida sardorini bir mashhur asar nomi bilan chaqirishadi.Savol. Asarni aniq ayting? 
Javob : Oq tanli sardor 
Izoh : Tomas mayin Rid asari
Savol : Bir arman maqolida, X ni eshakga berishganda SHUNDAY QILISH urniga eshak X ni yeb quyadi. Mashhur X esa ‘‘s‘‘ ni yomon kuradi. X mashhur qomusiy olimda bor. Savol. X ni topgan bulsangiz arman maqolidagi SHUNDAY QILISH urnidagi bir suzni toping? 
Javob : Hidlash 
Izoh : Maqol: "Eshakka rayhonni hidlagani bergandilar, uni yeb qo‘ydi". Qo'shiqchi Rayhon esa S harfini yaxshi talafuz qilolmaydi. Olim esa Abu Rayhon Beruniy

Savol : Nemis mebel fabrikasi ,,Huelsta” quyidagi reklama shiorida mahsulotga ma`lum muddatga kafolat berilayotgani qayd etilgan. Diqqat savol: Maksimal aniqlikda ayting, kompaniya qancha muddatga kafolat beradi? 


Javob : 1001 kecha 
Izoh : ,,Komfort fur mehr als 1001 Nacht� 
Savol : 2010-yilda Aaxen texnika universiteti dasturchilari o`z dasturlarini bepulga tarqata boshlashdi. Bu dastur ovozni ma`lum chastotaga sozlash uchun xizmat qilardi. Dastur nomining ikkinchi qismi ,,lautlos” edi. Diqqat savol: Birinchi qismini aniq ayting. 
Javob : Vuvuze 
Izoh : ,,VuvuzeLautlos�. ,,Lautlos� - ,,ovozsiz�.
Savol : Nemis ,,cho`pchak” lariga ishonadigan bo`lsak, Shveysariyalik inson Fransiya prezidentini ko`rib qolgan Sobiq Ittifoq vakilini noto`g`ri tushunadi. Diqqat savol: Bu voqea qachon va qayerda sodir bo`lgan? 
Javob : 1966-yil, Angliyada 
Izoh : 1966-yil ,,Uembli�dagi o`yinda futbol tarixidagi eng bahsli gollardan biri kiritiladi. Jeffri Xyorstning golini inobatga olishdan oldin shveysariyalik Dinst Tavfiq Bahramovga qaraydi. Bahramov prezident Sharl de Gollni ko`rib hayajonlanganidan ,,de Goll, de Goll� deb baqiradi. Hakam esa buni eshitib, golni inobatga oladi. Bu albatta alamzada nemislarning gapi!
Savol : XX asr rus adabiyotining mashhur bir qahramoni tashqi ko`rinishini ko`z oldingizga keltirsangiz, mashhur bir amerika kompaniyasi ishchilariga o`xshab ketishini payqaysiz. Menga qahramonni ham, kompaniyani ham ayting. 
Javob : Usta va ,,McDonald`s� 
Izoh : Bulgakovning Masteri bosh kiyimida ,,M� belgisi bor, xuddi kompaniya logotipidek.
Savol : Bryus Chatvinning qahramoni fikricha, X ilk sopol haykal ekan. Diqqat savol: X ni toping 
Javob : Odam Ato 
Savol : Fransuz qiroli Genrix II, Rim Papasi Piy IX, Lyudovik XIV, Kardinal Rishelye, Avstriya qiroli Leopold I, Fridrix Buyuk kabilar unga qarshi kurashishgan. Qiziq bir jihat: Wikipedia maqolasida Aleksandr Sergeyevich Pushkinning ,,Kapitan qizi”, ,,Yevgeniy Onegin”, Mixail Yurevich Lermontovning ,,Zamonamiz qahramoni” asarlarini U bog`lab turishi yozilgan. Diqqat savol: Qo`lda tayyorlangan bir tarqatmaga ishonadigan bo`lsak, 1979-yilda ULARDAN biri qayerda sodir bo`lishi kerak edi? 
Javob : Chinor ostida 
Savol : X madagaskarlik bir qancha insonni Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilishiga xizmat qilgan. X haqida iliq xulosa chiqarishga shoshilmang. Chunki 90-yillarda X bir inson o`limiga sababchi bo`lgan. X Pyer Issada ikki xil tuyg`ular uyg`onishiga sabab bo`lgan ekan. Diqqat savol: X tufayli o`ziga xos mashhurlikka erishgan o`zbekni ayting. 
Javob : Akmal Shorahmedov 
Izoh : Madagaskar chempionatidagi bir o`yinda 149:0 hisobi qayd etiladi. Bu o`yinda jamoalardan biri o`z darvozasiga gol kiritish bo`yicha rekord o`rnatgan. 1994-yilgi Jahon Chempionatida o`z darvozasiga gol kiritgan Anders Eskobar muxlislar tomonidan otib o`ldirilgan. JAR futbolchisi Pyer Issa JCH tarixidagi 1600-golni kiritgan, bu bilan tarixga kirgani aniq. Ammo uning avtogol ekanligi uni xursand qilmagani turgan gap. Akmal Shorahmedov bu yerda nima qilayotgani menimcha o`z-o`zidan tushunarli. U haqida bir narsa deyishim mumkin xolos: Birinchi raundda siz eshitgan ko`pgina toshoynalarning sinishiga aynan u sababchi!
Savol : Savolni Akmal Shorahmedov beradi!!! BIRINCHI Ekvador bilan mutanosiblikka ega. IKKINCHI esa Suriya bilan. UCHINCHI bu borada Kipr bilan bog`langan. Diqqat savol: Ushbu ma`lumotlardan kelib chiqib, O`N BIRINCHI qaysi davlat bilan mos kelishini toping. 
Javob : Afg`oniston 
Izoh : . Gap avtomobil nomlari va davlatlar poytaxtlari o`rtasidagi o`xshashlik bilan bog`liq. 1-mashina TIKO KITO bilan, 2-mashina DAMAS DAMASHQ bilan, 3-mashina NEKSIYA esa NIKOSIYA bilan o`xshab ketgani uchun shunday ro`yxat tuzilgan. 11-esa KOBALT hisoblanadi, bunga o`xshab ketuvchi esa QOBUL!
Savol : Boshqa xalqlarning urf-odatlari, qonunlari haqida ko`p savollar o`ynalmoqda. Bu yaxshi, dunyoni o`rganish hamisha qiziq. Ammo o`zimizni to`liq o`rganmay turib, bunga intilsak, insonfdan bo`lmasa kerak. Hozirgi savolimiz ham, xalqimizdagi chiroyli bir odat haqida. Maktabda Abduqodir ismli o`rtog`im bo`lardi. Uning bir odatini tushunmasdim. Sinfimizdagi Abdujabborni adash deb chaqirardi. Buni sababini keyinchalik tushundim. Diqqat savol: Abduqodir nega Abdujabborni adash deb chaqirishi sababini maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : Chunki Abduqodirning otasining ismi Abdujabbor bo`lgan! Xalqimizda shunday odat bor: farzand otasining ismini tilga olishdan andisha qilib, otasining ismdoshlarini ham adash deb chaqiradi! 
Savol : Xalqimiz orasida keng tarqalgan ibora va hikmatlar turmushning barcha jabhalarini qamrab olishi e`tiborga molik. Ular nutqimizning ravonligini va ta`sirchanligini ta`minlaydi. Shunday hikmatlardan biri: Yaxshi so`zga uchar qushlar el bo`lar, yomon so`zdan X kuchi Y bo`lar. X va Y orasidagi tafovutning juda kattaligi ham ularning yonma-yon kelishiga xalal bermagani g`alati. Chunki yana bir keng qo`llaniluvchi iborada ham ularni ko`rishimiz mumkin. Diqqat savol: X va Y ni toping. 
Javob : X � bu pashsha, Y - esa fil 
Savol : Kenguruning kulrang vallabi nomli turini asphalt yo`llar balosi deb atashadi.Kunduzlari son-sanoqsiz mashinalar g`izillab o`tib turadigan yo`llardan o`zini uzoqroq tortuvchi bu kichkina kengurular kech kirishi bilan o`zlarini asfaltga uradilar va mashinalar harakatiga xalal berishadi. Diqqat savol: Ular nega asfaltga talpinishadi? 
Javob : Asfaltda issiq havo ushlanib qoladi.Qishda ham yozda ham. Kengurular issiqqa talpinadilar. 
Manbaa : ,,Erudit� gazetasi 36-son 17.03.2009. 8-bet
Savol : Kolleksiya qilishning turli ko`rinishlari insonlar orasida tarqalgan. Masalan, angliyalik Jefri Smoll sut idishlarini yig`arkan. Diqqat savol: Bolgariyaning Gabrovo shahrida yashovchi Stefan Aleksandrov kolleksiyasi nimalardan iborat? 
Javob : Latifalardan (20 mingga yaqin). Gabrovo kulgi shahri 
Manbaa : ,,Erudit� gazetasi, 36-son, 17.03.2009. 22-bet
Savol : Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahrida marmar toshlardan baliqchi qushlarga haykal qo`yishgan. Diqqat savol: Baliqchi qushlarning qaysi dushman bilan kurashdagi jasorati bunday e`tirofga sazovor bo`lgan? 
Javob : Chigirtka 
Savol : Tarqatma material: Ogayo-7 Nyu-York-6 Virjiniya-5 Massachusest-4 Texas,Tennesi,Kaliforniya-3 Illinoys-2 Diqqat savol: Qanday ko`rsatkich haqida so`z bormoqda? 
Javob : shtatdan chiqqan Prezidentlar soni 
Savol : Hozirda Hindistonda bolalarga beriladigan eng mashhur sovg`alar qatorida yovvoyi ukkilar yetakchi o`rinda turadi. Hind matbuotida mamlakat tabiiy boyliklar vazirligi vakili mamlakatda yovvoyi ukkilar kamayib borayotganligini ma`lum qildi va uni bunga aybdor qilib ko`rsatdi. Diqqat savol: Kimni? 
Javob : Garri Potterni. Bolalar yovvoyi ukkilar sehrli ekanligiga ishonishmoqda. 
Savol : Agar meni yana ko`radigan bo`lsang, unda Yuan Lo bo`lmayman. Bu so`zlar O Chan ismli qizga bir yigit tomonidan aytilgan? Diqqat savol: Yuan Loni kim sifatida taniymiz? 
Javob : Jeki Chan 
Izoh : O Chan uning 1-sevgilisi
Savol : Uning tug`ilgandagi ismi Chan Kon San. Asl ismi Chen Ganshen bo`lib, ,,Chen Gonkongda tug`ilgan” degan ma`noni anglatadi. Ba`zi ma`lumotlarda haqiqiy ismi Fan Shi Lun deb ko`rsatilgan. Qizig`i otasi Charlz va onasi Lili kambag`allik bois uni 1500 gonkong dollariga sotmoqchi ham bo`lishadi. Diqqat savol: Sug`urta kompaniyalarining ,,qora ro`yxati” da turuvchi bu shaxs kim? 
Javob : Jeki Chan 
Savol : Chan Yuen Lung, Chan Yuan Lung, Chen Yuan Lung, Chen Yuen Lung, Chen Yuan Long,Yuan Lo,Chen Lon. Diqqat savol:Eng mashhurini ayting. 
Javob : Jeki Chan 
Izoh : Yuqoridagilar uning ekrandagi taxalluslari
Savol : X ni 1958-yilda Enrike Bernat o`ylab topgan. Shu vaqtda uning birinchi shiori ham o`ylab topilgan. ,,It`s round and long-lasting” (U dumaloq va davomli). Diqqat savol: Salvador Dalidek o`ylab o`tirmay X ni toping. 
Javob : Chupa chups 
Izoh : Dali suratini chizgan
Savol : Qizil panda lotincha Ailurus fulgens ,,olovrang mushuk” deganidir. Uning ko`rinishi bir vaqtning o`zida tulkini,mushukni va pandani yodga soladi. Umumiy qilib aytganda u mitti panda. Mozilla Firefox nomidagi Firefox ham aynan u. Diqqat savol: Qizil pandalarning eng mashhur vakilini ayting. 
Javob : Kung-fu pandadagi Shifu 
Savol : Portugaliyadagi Dora daryosining temiryo`l ko`prigi, Rossiyadagi to`g`on, Fillippindagi ibodatxona, Garabida viaduk, Bordoda ko`prik, Vengriyadagi temiryo`l vokzali, AQSh dagi ozodlik haykalining ichki konstruksiyasi. Diqqat savol: bu ro`yxatni yakunlovchi inshootni ayting. 
Javob : Eyfel minorasi 
Izoh : G.Eyfel yaratgan inshootlar
Savol : Bu xonimning otasi dijonlik edi.1909-yilda halok bo`lishiga oz qoldi. Birinchi jahon urushida vatani uchun anchagina xizmat qildi. 1980-yilda uning yuz yillik yubileyi nishonlandi. 1981-yillarda eski liboslarini o`zgartirdi. U haqida 12 dan ortiq filmlar suratga olingan. Diqqat savol: uni toping.  
Javob : Eyfel minorasi. 
Savol : Bu mamlakatning milliy shiori ,,A mari usque ad mare”. Diqqat savol: Qaysi mamlakat? 
Javob : Kanada 
Izoh : ,,Dengizdan dengizgacha�
Savol : Har yili sayyoramizda ular ovchilarga qaraganda ko`proq ohu o`ldirishadi. Diqqat savol: Kimlar? 
Javob : Haydovchilar 

Savol : Katta boylik sohibi, "po'lat qiroli",millioner Endryu Karnegi ana shunday xulosaga kelgan edi."O'ylay olmaydigan odam — telba, o'ylashni istamagan kishi — ko'r,intilmagan odam esa — U dir". Ularga eng yaxshi munosabat Parfiyada ko’rsatilgan. Diqqat savol ularni toping. 


Javob : Qullar 
Izoh : "O'ylay olmaydigan odam — telba, o'ylashni istamagan kishi — ko'r, intilmagan odam esa — quldir.
Savol : U 1863 yilning 30 iyulida michiganlik fermer — irlandiyalik muhojirning oilasida tavallud topgan. 12 ѐshga to'lganida otasi unga cho'ntak soatini hadya qildi. Bolakay chiday olmadi, soatni ochdi va ko'z o'ngida ajabtovur mo''jiza paydo bo'ldi. Mexanizm qismlari bir-birini harakatga keltirar, bitta jajji g'ildirak boshqasini ishga tushirar, har bir murvatcha muhim edi. Soatni qismlarga bo'lgan, so'ng qayta yig'ib yiqqan bola uzoq vaqt o'ylanib qoldi: ushbu mexanizmni kattalashtirsa bo'lmaydimi? Gap kim haqida ketmoqda? 
Javob : Genri Ford 
Savol : Tarqatma material Quyida bir necha harflar keltirilgan. Bu ro’yhatga ikki harf kamlik qilmoqda. Bu qaysi harflar? Y F M A I A S O N D 
Javob : M va I (ro’yhatda oylarning bosh harfi keltirilgan) 
Savol : Siz uni u yerda ko’rdingiz. Lekin , aslida , u o’sha yerda bo’lmagan. Siz uni o’sha yerda tez-tez ko’rib turasiz. Ko’rib turib , aslida, ko’ringan joyida bo’lmagan kim? 
Javob : Oynadagi tasvir 
Savol : Yaqinda Angliya chempionati doirasida bo’lib o’tgan Vest Bromvich – Sanderlend uchrashuvida Sanderlendning 31 yoshli xujumchisi Volter 3 ta gol urib xet trikka erishdi. Ho’sh nima bo’pti dersiz. Bunga izoh bergan sharhlovchi yaxshiyamki futbol qo’l bilan o’ynalmaydi deydi. Diqqat savol bu xet trik boshqalardan nimasi bilan farq qiladi 
Javob : Volters dastlab o’ng oyog’i bilan , so’ngra chap oyog’i bilan va nixoyat boshi bilan gol urib bu natijaga erishadi. 
Savol : Zamonaviy hazilkash faylasuflar fikricha agar siz biror ishni bajarishga kirishganingizda birinchi urinishdayoq muvaffaqiyatga erisholmasangiz , demak sportning bu turi siz uchun emas deb aytishadi. Ko’pchilik buni sport turi deb o’ylamaydi. Ammo AQSH da bu sport turining assotsatsiyasi deyarli 10 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Savol qaysi sport turi? 
Javob : Parashyutdan sakrash 
Savol : Irimchi irlandlar fikricha taqa omad keltirar ekan. Ammo Eyshteyn bunga ishonmagan. U ko’p yillik hayotiy tajribasiga asoslanib shunday degan : Taqa omad keltirishi uchun , bir ish qilish kerak ekan. Diqqat savol nima qilish kerak? 
Javob : Otday mehnat qilish lozim 
Savol : Bernard Shou fikricha : Hayot unga o’xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakatlanishda davom etishga majbursiz. Bu fikrni eshitib yoshligim esimga tushib ketdi. To’qqiz harfdan iborat so’zni yozib bering. 
Javob : Velosiped 
Savol : O’tkir Hoshimov ayol qalbini X ga o’xshatadi: Yaqinlashsang uzoqlashadi. Uzoqlashsang yaqinlashadi. X ni Beruniy nima deb atagan. 
Javob : Ohangrabo 
Izoh : O’. Hoshimov ayol qalbini magnitga o’xshatgan
Savol : Tayvan maqoliga ko’ra : X qal’a kabidir. Tashqaridagilar unga kirish uchun , ichkaridagilar undan chiqish uchun urinadilar. Gollandiyadlar fikricha Birinchi marta X vazifa, ikkinchi marta X ko'ngil ochish, uchinchisi azobdir. Xni toping. 
Javob : Uylanish 
Savol : U 1965 – yil Bristol yaqinida dunyoga keldi. U yoshligidan bosiq bo’lib o’sdi. Bo’sh vaqtlarida hikoyalar yozishga qiziqardi. Keyinchalik Portugaliyaga ketib u yerda bir muddat yashadi.Portugaliyalikka turmushga chiqdi va qizli bo’ldi. Hayotining ko’p qismini qashshoqlikda o’tkazdi. Siz menga uning kimligini emas , Uning tom ma’nodagi o’g’lini va dunyoga kelgan yilini ayting. 
Javob : Garri Potter 1997 -yil 
Izoh : Gap Joan Katling Rovling haqida borayotgandi. U Garri Potter hikoyalari muallifi
Savol : Hokku Huddi odamlarday izgib yuribdi, Kaptarlar , chumchuqlar X ovi mavsumida. X ni toping. 
Javob : Baliq ovi 
Savol : Hokku Baland qoyadagi daraxtga yana Ilinib qolibdi Mening X im. savol X ni toping. 
Javob : Varragim 
Savol : Ajoyib X ko’tarildi Kambag’alning tomi ustidan Ko’m – ko’k osmonga. Savol X ni toping. 
Javob : Varrak 
Savol : Oyning birinchi kuni , mening ushoqdek Varragim boshqa varraklar bilan Qo‘shilib likillar Edo* ustida . . . Savol Edo o’rnida qaysi so’z bilan almashinganini toping 
Javob : Yaponiya 
Izoh : Edo – Yaponiyaning qadimgi nomi
Savol : Uzoqdagi fudzi tog‘larin To‘sib qo‘ydi yashil to‘n ila Yoshgina X Savol X ni toping.  
Javob : Yaproq 
Savol : Tungi sovuq . Menga juldur to‘nin qarzga beradi Daladagi X Savol X ni toping.  
Javob : Qo’riqchi 
Savol : O’choq boshidagi kovakda Kuylar tamom o‘zin unutib O’sha Tanish X . . . Savol X ni toping.  
Javob : Chirildoq 
Savol : X ni ochaman . Qilt etmay osilib turar , Kul ustida mudroq o‘rgimchak Savol X ni toping. 
Javob : Mo‘ri 
Savol : Bir shaharda 3 etikdo’z yonma yon do’kon ochishibdi. Birinchisi eshigi peshtaxtasiga shahardagi eng yaxshi etikdo’z deb yozib qo’yibdi. 2-si esa katta qilib dunyodagi eng yaxshi etikdo’z deb yozibdi. 3-si esa oddiy qilib , yozib qo’yibdiki , natijada ikkala etikdo’zdan mijozlari ko’payib ketibdi. Savol u nima deb yozib qo’yganini mantiqan bo’lsada yozib bering. 
Javob : Shu ko’chadagi eng yaxshi etikdo’z 
Savol : Fransuz maqoliga ko’ra ular tabiat yaratgan bankirlardir. Ular bo’lmaganda bizlar ham bo’lmas edik deb qo’shib qo’yishadi. Ularni toping. 
Javob : Otalar 
Savol : Xazil savol -Allo - Fotimani chaqirib berolmaysizmi? - Yoq , hozir chaqirib bera olmayman. Dunyoni qutqargani ketdi. Oxirgi ishi unga suiqasd ekan. Savol ungani toping.  
Javob : Supermen 
Savol : Xazil savol -Allo -Kamol uydami? -Yo’q uyda emas. ‘’ Bu dunyoda yashab bo’lmaydi ‘’ ,-dedi-da, U yerga yo’l oldi. U yer so’zi bilan almashtirilgan bir so’zni toping.  
Javob : Kosmos 
Savol : Xazil savol -Allo , nima qilyapsizlar? -Nima qilardik, o’tiribmiz oyim bilan. -Qayerda o’tiribsizlar? Diqqat savol U nima deb javob bergan.  
Javob : Qayerga telefon qilgan bo’lsangiz o’sha yerda 
Savol : Blits 1) Pomirning eng yuqori nuqtasi bo'lgan Kommunizm cho'qqisi (7495 metr) 1932 yilga qadar Ismoil Somoniy deb atalgan, 1932 yildan 1962 yilgacha esa uning nomi “X cho'qqisi” bo'lgan. Sizga yordam berib aytaman bu shaxs nomi bilan bog’liq. X ni toping. 2) Ular tilida “qor” so'zini ifodalash uchun 20 dan ortiq so'z bor.Savol kaysi xalk tilida ? 3) Rossiyada U XIV asrda paydo bo'lgan. Dastlab u dori sifatida tomchilab sotilgan. Savol Uni toping. 
Javob : 1)Stalin cho’qqisi. 2)Eskimoslar. 3)Aroq 
Savol : Mashxur klassik bir kinoga ko’ra bir personaj bir yigitni oldiga keladi va so’raydi : Ho’sh sheriging qalay ? Yaxshi, qayta tarbiyalanyapti! Ha , yaxshi . Iya, Nega pichirlayapsan? …. Diqqat savol u nima deb javob berganini ikki so’z bilan yozib bering? 
Javob : U uxlayapti 
Izoh : Bu shurik bilan 15 sutkaga qurilishga surgun qilingan personaj haqidagi syujetdan parcha edi.
Savol : Blits Blits mavzusi : Numizmatika. 1)Bu so’z o’rta asrlarda Germaniyada paydo bo’lgan tanga nomi ‘’Taller’’ dan kelib chiqqan.Shimoliy Amerikada uzoq urushlardan so’ng mustaqillikka erishgan bir davlat rasmiy valyuta sifatida ikkilanmay bu so’zni tanladi. Bu so’zni toping. 2)Uzun inglizcha ibora ‘’piese of Eight’’ , 1/8 (nimchorak) qog’ozda o’chirilgan 8 ga aylanib , oxir oqibat bizga tanish bo’lgan bu belgi paydo bo’ldi. 3) 1… - Penni 5… - Nikel 10...- Daym 25 ...- Kvoter 50 … -Xaf Bu yerda qolib ketgan bir so’zni toping. 
Javob : 1)Dollar 2)$ belgisi 3)Sent 
Savol : Xokku Xurshid Davron ijodidan Qizil ninachi qanotini Yulsang,o’xshab qolar, X qo’zog’iga 
Javob : Qalampir 
Savol : U shunday dedi: ‘’Bu xokku emas.Sen ninachini o’ldiribsan. Aslida mana bunday aytish kerak edi: Qalampir qo’zog’iga Qanot bersang bas- Ninachiga aylanar. U ni toping. 
Javob : M.Basyo 
Savol : Uning ixtirosi haqiqiy hayratomuz voqea bo’ldi.Uning ona shaxri bo’lmish Delft shaxriga g’aroyib mitti jonzotlarni ko’rishga ishtiyoqmand qiziquvchan odamlar oqib kela boshladi. Uning mehmoni bo’lgan ingliz yozuvchisi Jonatan Svitf o’zining ‘’ Gulliverning liliputlar mamlakatiga sayohati ‘’ nomli asarini yozgan ekan. Savol U kim va u nima kashf qilgan? 
Javob : A.Levenguk va mikroblarni mikroskop ostida birinchi marta kuzatgan 
Savol : Ahmad ibn Ismoilning aytishicha U– mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. U– senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir. Uni toping. 
Javob : Kitob 
Savol : Rivoyatlarda aytilishicha, Hazrat Sulaymonning: «Bu dunyodagi hamma narsa o‘tkinchi», — degan so‘zlar o‘yib yozilgan uzugi bo‘lgan. Sulaymon hayotining qayg‘uli onlarida uzukdagi ana shu hikmatli bitikni o‘qib, taskin topgan. Bir kuni uning boshiga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so‘zlar dardiga malham bo‘lolmaydi. Sulaymon g‘azab bilan uzukni yechib, otib yuboradiva dumalab borayotgan uzukning ichki tomonida ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko‘zi tushadi. O’rnidan turib,uzukni qo‘liga oladi-da, bitikni o‘qiydi. Uzukning ichki tomonida: Bir yozuv bor edi. Sulaymon achchiq kulimsirab, uzukni barmog‘iga taqadi va umrining oxirigacha uni yechmaydi. Diqqat savol : Uzukning ichki tomonida yozilgan bitikni mantiqan bo’lsada yozib bering. 
Javob : Bu ham o‘tib ketadi. (Bu ham o’tkinchi javobi ham qabul qilinadi) 
Savol : BLITS Mavzu: Fales hikmatlari: 1)Fales shunday deb yozadi:Tangri hamma narsadan ko‘hnaroqdir. Chunki u … marhamat fikrni to’ldiring. 2)Falesdan so’rashadi: Hamma uchun umumiy narsa nima? U X . chunki X hech vaqosi yo’qlarda ham mavjuddir. X ni toping. 3) Fales eng oson narsa deb bu ishni aytadi. Bu ishni 3 so’z bilan yozib bering. 
Javob : 1) Chunki u yaratilmagan. 2)Umid 3) O’zgalarga maslaxat berish. 
Savol : Bilamizki 1901 – yildan etiboran Nobel mukofoti 5 yo’nalish Adabiyot , Tinchlik , Fizika , Kimyo va Tibbiyot bo’yicha beriladi. Shu mukofotlardan 4 tasi Nobel tug’ilgan Shvetsiyada berilgan. Ammo 1 tasi boshqa davlatda beriladi. Qaysi sovrin qaysi davlatda? 
Javob : Tinchlik bo’yicha va Norvegiyada 
Savol : Blits Nobel mukofoti. Nobel mukofotlari taqdim etilishi belgilab qo’yilgan holda , tarixda bu qoida ham buzilganiga guvoh bo’ldik. Mariya Skladovskaya Kyuri , Laynus Poling , Jon Bardon , Frederik Senger bu olimlarni birlashtirib turgan faktni toping. Qaysi mamlakatdan necha nafardan fuqaro Nobel mukofotiga loyiq ko’rilgani haqidagi ma’lumotlar ham kishini befarq qoldirmaydi. 2010 – yilgacha Avstraliyadan 7 , Germaniyadan 89 , Kosta Rikadan 1 , Misrdan 4 , Xitoydan 5 , Chilidan 2 va ularning ham 1 marta bu sovrinni soxibi bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Yuqoridagi ma’lumotlar sizga yordam berishiga ishonaman. Original o’ylab javob bering. Savol ular kimlar? Nobel mukofotiga sazovor bo’lganlar orasida Fransuz shoiri Syulli – Pryudomning vafot etganiga yuz yildan oshdi. Hozirga kelib , hatto o’z vatanida ham unutilayozgan shoir Nobel adabiyot sohasi sovrindorlari orasida huddi futbol bo’yicha Fransiya terma jamoasi futbolchisi Loran Blan kabi bir qatorga qo’yishadi. Savol Pryudom nima bilan tarixda qolgan ? 
Javob : 1) Nobel mukofoti nizomiga ko’ra 1 kishi 2 marotaba sovrin berilmasligi kerak , lekin bu shaxslar ikki marotabadan sovrindor bo’lishgan. 2)Ma’lumotlar bejizga emas edi. To’g’ri javob : Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. 3)Loran Blan JCH tarixidagi ilk gol mallifi hisoblanadi. Pryudom esa adabiyot bo’yicha Nobel mukofotining ilk soxibi. 
Savol : Vichenso Perudja ismli kambag’al italiyalik o’g’ri haqida ko’pchiligingiz bilmasangiz kerak. U ham 20 asr boshlarida boshqa o’g'rilar kabi mayda chuyda o’g’irliklar bilan kun ko’rardi. Ammo u boshqa bir davlatda qilgan o’g’irligi tufayli mashxur o’g’riga aylandi. Siz , savol shunday qo’yilyaptiki siz avval menga u o’g’irlagan narsani topasizda, u bu narsani qayerdan o’g’irlaganini aytasiz. Vaqt ketdi. 
Javob : Mona Liza – Luvr 
Savol : Bu mashhur o’g’irlangan asar o’zi yaratilgan joyida sotilayotganda qo’lga olindi. Albatta o’g’ri uni boshqa bir davlatdan o’g’irlagan. Savol bir muncha murakkab qo’yilmoqda siz avval u o’g’irlanmasdan oldin qaysi shaxarda saqlanganini va sotilayotganda qo’lga tushgan shaxarni topib ikkovini yozib berasiz. Vaqt ketdi. 
Javob : Parij va Florensiya 
Izoh : bu Jakonda edi. U Luvrda saqlanayogan edi
Savol : Savol bir asardan olingan : Ariqcha qirg’oqlarida endigina olamga kelib, ko’z ochgan maysalar atrofida ro’y berayotgan voqealarga hayratlanib tikiladi. Xiyobon chetidagi terak shoxlari baxor yomg’irining jonbaxsh kuyiga mast bo’lib , muloyim chayqaladi. Namxush xavoda qish uyqusini tark etgan uning mayin isi ohista qanot qoqadi. Diqqat savol u deb mashxur adib nimani nazarda tutmoqda?  
Javob : Tuproq 
Izoh : ‘’Nur borki soya bor ‘’ asari
Savol : Savol bir asardan olingan: Sherzod ko’chaga chiqar ekan , extiyotlab qadam tashlar , shu topda palatalardan o’ziga turli tuman odamlar tikilib turganini his etardi. ‘’bunaqa paytda odam deraza oldiga kelib tashqarini tomosha qilishni yaxshi ko’radi ,- deb o’yladi, ataylab sekin yurib borarkan. – ‘’demak , meniyam tomosha qilishyapti . Ichlarida masxara qilib kulishayotgan bo’lsa kerak” Javobni 1 emas 2 emas 3 so’z bilan ifodalay olasiz. 
Javob : Yomg’ir yog’ayotgan paytda 
Savol : Yunon maqoliga ko’ra Barba non facit philosophum . Ya’ni X donolik belgisi emas. X ni toping.  
Javob : Soqol 
Savol : Lotin maqoliga ko’ra De mortius aut bene , aut nihil . Ya’ni Ular haqida sukut saqlash yoki yaxshi gapirgan ma’qul. Ularni toping. 
Javob : Marhumlar 
Savol : Lotin maqoliga ko’ra Doctrina est fructus dulcis radicis amarae . Ya’ni X – achchiq ildizning shirin mevasi. 
Javob : ILM 
Savol : Savol Nur borki soya bor asaridan olingan: Asar qahramoni bir kasb egalarini huddi unga o’xshatgan. U qanchadan qancha suv tomchilarini kaftida ko’tarib yuqoriga olib chiqadi.Yo’lga soladi.Tomchilar bir oqimga tushib oladiyu,o’z yo’lidan ketadi.Aslo ortiga qaytmaydi, uni eslamaydi.Ammo u ranjimaydi.Bir joyda turib olgancha yana yangidan yangi tomchilarni kaftidan ko’tarib yo’lga solaveradi. Agar uning nima ekanligini topgan bo’lsangiz , qaysi kasb egalari unga o’xshashini topasizda , har ikkovini aytasiz 
Javob : Charxpalak va o’qituvchilar 
Savol : Asar qahramoni har gal u yerga borganda ko’nglida tantanavor , sehrli bir tuyg’u uyg’onar , bayramga kelgandek yasanib olgan odamlarni ko’rib hayajonga tushardi. Devorlarga ishlangan zarhal o’ymakor naqshlar unga ilhom baxsh etardi. Asar qahramoni borgan joyni topib ayting.  
Javob : Teatr 
Savol : Asar qahramoni bir joydan o’tar ekan dimog’iga ajib bir nafas urildi. U qarab turgancha uni Nurdan yasalgan afsonaviy daraxtga o’xshatdi. Uni ayting. 
Javob : Favvora 
Savol : 1923 yili Amerikalik ikki kishi , ya’ni Yakob Davis va Levis Strauss dastlabki X ni yaratdilar. Ularni dastlab mehnatkashlar uchun yaratishgan edilar. Lekin 90 yillarda bir shaxs X lar orqali haftasiga 12.5 mln dollar ishlab topdi. Siz menga bu shaxs bilan X larni an’anaviy rangini topib ayting.  
Javob : K.Klein va ko’k 
Savol : Germaniyalik Felix Hofman 1879 yili yaratgan X ni dastlab artrit bilan og’rigan dadasiga berib sinab ko’rgan. X ni Apollon astronavtlari doimo o’zlari bilan kosmosga olib chiqishgan , savol shuki Germaniya futbol jamoalarining birining laqabi aynan X bilan ataladi. Siz menga o’sha klubni ayting. 
Javob : Bayer Leverkuzen 
Izoh : Gap aspirin haqida bormoqda edi
Savol : Mavlono Jaloliddin Rumiy uylarida eydigan hech vaqo qolmaganini xabar bergan ayollaridan qayta-qayta so'rayveribdilar: — Hech narsa qolmadimi? — Yo'q. — Og'izga oladigan hech vaqo yo'qmi? — Yo'q. — Hech narsa-ya? — Hech narsa... — Rostdanmi?! Hazrati Mavlono shodliklaridan yuzlari gul-gul yonib, qo'llarini duoga ochdilar: — Allohim, senga hamdu sanolar bo'lsinki, uyim ularning ning xonadoniga o'xshabdi! Ularni toping. 
Javob : Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning 
Savol : 2000 yil boshlarida Yevropa nashrlarining birida 20 asr so’ngidagi eng mashxur voqea qaysi so’rovi bo’lib o’tadi. 3 – o’rinni Britaniya bosh vaziri bo’lgan Toni Bler egalladi.(1997) 2- o’rinni 11 mamlakatda yevroning muomalaga kiritilishi.(1999) 1-o’rinni 1997 yilda sodir bo’lgan bir voqea egalladi. O’sha shaxsni va voqeani maximal aniqlikda ayting.
Javob : Malika Diananing avtohalokatga uchrab vafot etishi. 
Savol : 1966 – yil Jahon ommasining shov shuvli voqealaridan biri albatta Angliyada bo’lib o’tgan jahon chempionati hisoblanadi. Ammo okean ortidagi bir inson 20 yilda nihoyat bu ishni qildi. U bu ishni qilish uchun geologlarga hos sabr va matonat bilan maqsadiga erishdi. . U buning uchun 500 yard beshta futbol maydoniga teng masofani kanalizatsiya quvurida bosib o’tdi. Bu shaxsni va qilgan ishini topib ayting.  
Javob : Eddi Difreyn Shoushenk qamoqhonasidan qochib ketdi. 
Savol : AQSH lik tarixchilarning aytishlaricha, Bu insonni 1822 –yilda adabiyot o’qituvchisi Klement Klark Mur bayram arafasida o’ylab topgan. Uning vatani Shimoliy Qutb emas , balki Nyu York ekan. 
Javob : Santa Klaus 

Savol : Ingliz olimi Uilyam Garvey “X” xaqida shunday degan: “Har qanday tirik mavjudot undan kelib chiqadi”. Mutahassislarning fikriga ko’ra “Y” yer yuzidan yo’q bo’lib ketsa yuz ming tur o’simlik nobud bo’lib ketadi. Siz X va Y ni o’ziga ramz qilib olgan 2ta tashkilotni to’g’ri ketma-ketlikda yozib bering? 


Javob : UMS, Beeline 
Izoh : X-tuxum, Y-asalari
Savol : Latifa: E’lon: Diqqat, Yigitlar bilan gaplashmaydigan qizlar qidirilmoqda, topilgan qizlar u yerga kiritiladi! Savol qayerga? 
Javob : Qizil kitobga 
Izoh : No Comment
Savol : Ispaniya-D, Germaniya-N, Angliya-N, Rossiya-A, Gollandiya-M, Hindiston-I bo’lsa, siz AQSHga qaysi xarf to’g’ri kelishini izoxi bn ayting? 
Javob : N 
Izoh : Davlat poytahtining oxirgi harfi, AQSHda WashingtoN, keyingilari MadriD, LondoN, MoskvA, AmsterdaM, DehlI
Savol : Badiiy asarlarda, romanlarda, kino syujetlarda voqealar rivojlanib borib oxirida u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha, hammasi undan keyin boshlanadi! Siz o’z faoliyatini McDonaldsda ofitsiantkalik qilish bilan boshlagan mashxur ayol shunday vaziyatda nima qilganini toping? 
Javob : Qochib ketgan 
Izoh : Gap to�y haqida ketayotgandi, Juliya Roberts �Qochoq kelin� filmida, to�ydan qochib ketgan
Savol : 1952-yilda Yozuvchilar uyushmasining o’tkazgan kengashi uni “Qonli urushlarni maqtovchi, xon va beklarning talonchiligini kuylovchi, millatchilikni targ’ib qiluvchi, xalqqa qarshi asar” deb baholadi! Bu qaysi asar ekanligini topingda, asardagi bosh qahramonning yaqin qarindoshini o’ziga ramz qilib opgan poytahtimizdagi tashkilotni ayting? 
Javob : Bunyodkor futbol klubi 
Izoh : Asar-Alpomish, Alpomishning singlisi Qaldirg�och, Qaldirg�och-Bunyodkor futbol klubi ramzi
Savol : Abu Ali Ibn Sinoning tib qonunlari asarida unga shunday ta’rif berilgan: “U gul va boshqa narsalarning ustiga tushadigan ko’zga ko’rinmas shudringdir, u TONGdan boshlab yuqoriga ko’tarilib havoda yetiladi va TUNda quyuqlashib pastga tushadi. Gap nima haqida ketayotganini topgan bo’lsangiz, shunday ismga ega bo’lgan qizga aloqasi bor janobni ayting? 
Javob : Janob XECH KIM 
Izoh : Ibn Sino as alga tariff bergan. Asal Shodiyevaga aloqasi bor janob JANOB XECH KIM. Alisher Uzoqov rol o�ynagan Tundan Tonggacha filmi esga tushishi uchun savolda TONG va TUN so�zlari katta harflarda yozildi
Savol : Bu ikki davlatning bir-biridan farqi juda ham katta. Ularning maydonining nisbati 243 ga 1, 1986-yilda mavjud bo’lgan aholisi 13ga 1ni tashkil qilgan. Bir necha yil oldin Rossiyada ularning yana bir nisbati paydo bo’ldi. Siz bu ikki davlatni emas, Rossiyada paydo bo’lgan nisbatning muallifini toping? 
Javob : Chayv guruhi 
Izoh : Davlatlar Argentina, Yamayka. Chayv guruhi �Argentina-Yamayka 5-0� nomli qo�shiq kuylagan
Savol : Barchamiz Tomas Edison haqida yetarlicha ma’lumotga egamiz, lekin tehnika bilimdonlariga ham Gremvil Vuds ismli inson unchalik tanish emas. Vuds Edison bilan bir vaqtda yashab 150dan ortiq ixtirolarga patent olgan, poyezd telegrafi, tramvay uchum simlarni ixtiro qilgan bo’lsada, bir hususiyati uning mashxur bo’lishiga halaqit bergan. Uning Edisondan farqi nimada edi ? 
Javob : Vuds qora tanli bo�lgan 
Savol : Odatda kemada 2ta kapitan bo’ladi, maboda 1-kapitan kasallikka chalinsa yoki vafot etsa, kemani 2-kapitan boshqaradi. 1779-yil 22-avgustda Kamchatka qirg’oqlari yaqinida kasallikka chalinib kemaning 2-kapitani vafot etadi. Ikkinchi kapitani vafot etgan ushbu kemaning birinchi kapitani bilan qanday voqea yuz berganligini aniq ayting? 
Javob : Aborigenlar yeb qo�ygan 
Izoh : Bu Jeyms Kukning kemasi edi, uni Odamxo�rlar yeb qo�yganidan habaringiz bor
Savol : Pushkin ushbu kasb vakillariga “ma’rifatning pochta otlari” deya tariff bergan! Pushkin ijodidan kelib chiqib bu qanday kasbligini topgan bo’lsangiz, mashxur filmda ushbu kasb vakili tajribasizligi sababli qanday jazolanganligini ayting? 
Javob : Qozonga tashlangan 
Izoh : Kasb tarjimonlik, I.Vasilevich kasbini o�zgartiradi filmidan lavxa: Bir tilmochimiz bo�lardi, biz bog�dan kelsak, u tog�dan kelardi, keyin biz uni qaynab turgan qozonga tashladik
Savol : 1-davlatning fuqarosi Lekok de Buabodran 1875-yil yangi kimyoviy elementni kashf qilib, unga o’z davlati nomini beradi, 2-davlatga esa qadimgi yunonlar tashrif buyurishganda chorva mollari ko’pligini ko’rib shunday nom berishgan. Mashxur o’zbek Estrada honandasining aytishicha ushbu ikki davlat poytahtidan O’zbekistondagi qaysi obyektlarni ko’rish mumkinligini ayting? 
Javob : Samarqandning qadim minoralari 
Izoh : 1-davlat Fransiya(kimyoviy elementi Fransiya nomiga qo�yilgan), 2-davlat Italiya(ma�nosi-buzoqlar yurti), ularning poytahti �Pariju-Rimdan ham ko�rinib turar Samarqandning qadim minoralari�-Ozodbek Nazarbekov
Savol : Eski manbaasida xech qanday Shekspir qahramonining adashi ham, Primatlar oilasiga mansub jonivor ham yo’q. Yangisidagi ayol esa bir guldan nom olgan, bosh qahramonning asosiy qurolining rangi moviy rangda. Bosh qahramonning ismi to’rtta unsurdan birini esga solsa, siz eski manbaaning muallifini yozib bering? 
Javob : Shaxrizoda 
Izoh : �Olovuddinnig sexrli chirog�i� ertagi asosida ishlangan multfilmda jin Moviy rangda, ayolning ismi JASMIN, ertakda hatto multfilmdagi MAYMUNni ham uchratmaysiz, to�rtta unsurdan biri olov, eski manbaa-ya�ni ertakning muallifi SHAXRIZODA
Savol : Afrikaning Marokash davlati qirg'oqlariga yaqin joyda, odam savdosi bilan shug'ullanuvchi kema qo'lga olinadi. Kema ekipaji hali voyaga yetmagan bir nechta bolani qul qilib sotish uchun olib ketayotgandi. Ushbu voqeadan so'ng, mahalliy gazetalardan birida chop etilgan maqola, mashxur asar nomi bilan bir xil edi. Siz ushbu asarni toping?  
Javob : O�nta negr bolasi 
Savol : Qadimgi Fransiyada qirol saroyida taniqli shoirlardan biri ayollarni haqorat qiladi: "Saroy honimlari hatto yuzlariga tupurishimgayam arzimaydi". Tabiiyki ayollar qirolichaga arz qilishadi. Qirolicha shoirni chaqirib gapini qaytarib olishini talab qiladi. Farostli shoir quidagi gapi bn ham qirolichaning talabini bajaradi, ham ayollarni yana haqorat qiladi: "Uzr, gapimni qaytarib olaman, …? 
Javob : 
Savol : Shifokor xuzuriga bemor kelib, semizlikdan shikoyat qilibdi. Biror mashg'ulot qilib ozsam bo'ladimi deb so'rabdi. Shifokor esa, boshingni oldin o'ng keyin chap tomonga qimirlat deb maslahat beribdi. Shifokor maslahatiga ko'ra, bemor qanday vaziyatda boshini qimirlatishi kerak? 
Javob : Ovqat taklif qilinganida 
Savol : Bu jonivorni yunonlar Sfinks deb atashgan. Sfinks so'zini o'zbekchaga tarjima qilsak, ushbu jonivor ishlatadigan qatl uslubi kelib chiqadi. Siz qaysi adabiy qahramon odam o'ldirish uchun, shunday usuldan foydalanganini toping? 
Javob : Otello 
Izoh : Sfinks o�zbekchaga bo�g�uvchi deb tarjima qilinadi. Yunonlar bo�g�ma ilonni Sfinks deb atashgan, Otello Dezdemonani bo�g�ib o�ldiradi
Savol : Erga tegmagani URI, turmushga chiqqani IPI bo’lsa, siz ushbu Amerikaliklarni toping? 
Javob : Missuri, Missisipi 
Izoh : Ushbu Amerikadagi daryolarda o�xshatish qilingan: Miss-erga tegmagan, missis-turmushga chiqqan
Savol : 1998-yil Fransiyada bo'lib o'tgan JCHda Portugaliya va Fransiya terma jamoasi o'yini bo'lib o'tadi. Uchrashuvdan oldin ko'pchilik muhlislar Fransiya terma jamoasidan an'anaviy kiyimda emas, mehmonda kiyadigan libosidan foydalanishini iltimos qilishadi. Tomoshabinlarning qanday toifasiga Fransuzlarning an'anaviy futbolkalari yoqmagan? 
Javob : Rangli televizorga ega bo�lmagan tomoshabinlar 
Savol : 1940-yil Shvetsiyada yangi metal qotishmali relsga ega bo'lgan o'sha vaqtdagi eng tez yurar poyezd liniyasi ishga tushadi. Ko'p o'tmay bir mashxur inson shunday relslardan 3-4km.ga buyurtma berib sotib oladi. Siz ushbu insonning familiyasini topgan bo’lsangiz, uning nomi bilan ataluvchi poytahtimizdagi obyektni ayting? 
Javob : Disney lend bog�i 
Izoh : Uolt Disney ushbu relslardan attraktsionlar yasashda foydalangan
Savol : Latifa Dialog: -xar kuni necha litr pivo sotasiz? -200litr -xar kuni 300 litr pivo sotishni xoxlaysizmi? -Ha, albatta, buning iloji bormi? Dialogni davom ettiring? 
Javob : Krujkalarni to�ldiribroq quying 
Savol : 11-iyul sanasida, JCH-2010 finalida Gollandiya va Ispaniya uchrashuvi bo'lib o'tdi. E'tibor bergan bo'lsangiz, o'yindan oldin davlat madxiyalari musiqasi yangrayotganda Golland futbolchilar vatanparvarlik ila, jo'r bo'lib madxiya kuylashdi. Ispanlar esa hatto og'izlarini ham qimirlatishmadi. Ispan futbolchilarining madxiya aytmaganligining sababi nimada? 
Javob : Ispaniya davlat madhiyasi so�zlarga ega emas, faqat musiqadan iborat 
Savol : Bu shaxar 1997-yildan boshlab Taraz deb atala boshlandi. Bu shaxarning eski nomini mashxur bir filmda eshitganmiz. O'shanda shu shaxardan bo'lgan bir jentelmen u yer issiq ekanligini, onasi o'sha yerda ekanligini aytadi. Siz menga o'sha jentelmenning otasining mashxur adashi, nechta raqibga qarshi kurashganligini ayting? 
Javob : 40 ta 
Izoh : Bu Jambul shaxri, �Omadli jentelmenlar� filmida, film qahramoni Vasiliy Aliboboyevich ushbu so�zlarni aytib o�tadi. Alibobo 40 ta qaroqchiga qarshi kurashgan
Savol : Bir necha yil oldin Mo’g’uliston davlatida McDonalds o’z filialini ochadi. Va unga nom berishda firmenniy taomlaridan birining nomini o’zgartirib shunday nom berishdi? 
Javob : Chingizburger 
Savol : Qutbda olingan suratda 4ta eskimos dengiz flori bayrog’oni ushlab turibdi, negrning qo’lida esa Amerika bayrog’I bor, qizig’I ekspeditsiyaning 6-a’zosi kadrga tushmay qolgan. Savol: 6-a’zoning qo’lida nima bor edi? 
Javob : Fotoapparat 
Savol : 2009-yil Krilya Sovetov jamoasining premer-ligada ketma-ket mag’lubiyatlarga uchrashi, jamoa rahbarlarining haqiqiy bosh og’rig’iga aylandi. Vaziyatdan chiqish maqsadida CSKA jamoasidan Ramon ismli futbolchini ijaraga olishgach natijalar bir muncha yaxshilandi. Savol: Keyinchalik jamoa muhlislari Ramon ismli futbolchiga qanday laqab qo’yishgan? 
Javob : SitRamon 
Savol : Titanik filmining litsenzion video kassetasini sotib olsingiz, unda 12 raqamiga ko’zingiz tushishi mumkin. Savol: bu raqam nimani bildiradi? 
Javob : Filmni 12 yoshdan kichik bolalar ko�rishi ta�qiqlanadi 
Savol : Inglizlar bunday vaziyatda tosh va qushni esga olishdi, rus va o’zbeklarda boshqa bir xil hayvon yodga olinsa, ushbu jonivorni toping? 
Javob : Quyon 
Izoh : �Bitta o�q bilan 2ta quyonni urdi�, inglizlarda �Bitta tosh bilan 2ta qushni urdi�
Savol : Yaponiyada abiturientlar orasida quidagicha irim bor ekan: “Agarda 4 soat bo’lsa kirasan, 5 soat bo’lsa yiqilasan!” Ushbu irimdagi vaqtlar nimani bildiradi? 
Javob : Imtihondan oldingi uyqu vaqtini 
Savol : 2008-yil AQSH matbuotida quidagi habar paydo bo’ldi: “ Mars sayyorasiga yo’lga chiqqan havo kemasi eson-omon manziliga yetib bordi”. Ushbu maqola qaysi sanada chiqarilgandi? 
Javob : 1-aprel 
Izoh : Jurnalistlar hazillashgan
Savol : Urf-odatlarimizga ko’ra bu ishni(agar hoxlashsa) kattalar farzandlari 3yoshga to’lguniga qadar qilishlari kerak. Dunyoning boshqa tomonida esa bu ishni kap-katta odam o’zidan ham katta odamga nisbatan qilgan. U inson kimligini toping? 
Javob : Mayk Tayson 
Izoh : Gap quloq tishlash haqida ketayapti, Mayl Tayson Holifeldning qulog�ini tishlagan.
Savol : Undan ilk bor Misrda foydalanishgan. Ko’rinishidan hushxo’r ko’rinsada, uni yeyish mumkin emas. Ba’zi insonlar uni kuniga bir necha mahal yeyishadi va shu zahoti yangi portsiyani qo’yishadi. U nima? 
Javob : Lab bo�yog�i 
Savol : Hazil savol: “Bo’ldi, joyingizdan pastga tushing, muddatingiz yetib keldi.” U qancha muddatga hukm qilingan edi? 
Javob : 9-oyga 
Izoh : Bu gaplar ona qornidagi embrionga aytilgandi
Savol : U o’z asarlari tiraji ko’pligi bo’yicha Bibliya va Shekspir asarlaridan keyin 3-o’rinda turadi. Uning asarlari dunyoning 103 ta tiliga tarjima qilngan. Uning bosh qahramonlaridan biri Nikaragua davlati pochta markasida tasvirlangan bo’lsa, siz ushbu qahramonning odatda qaysi ichki a’zolari tez-tez ishlamay qolishini toping? 
Javob : Miya hujayralari 
Izoh : Agata Kristi-Erkyul Puaro, uning miya hujayralari ishlamay qoladi
Savol : Rauf Parfi ijodidan: Siz menga juda …, Men sizga juda …! Ushbu she’rda shoirning sevgilisiga e’tirozini tushunish mumkin bo’lsa, tushirib qolirilgan 2ta bir hil so’zni toping! 
Javob : KERAKSIZ 
Izoh : Siz menga juda KERAKSIZ, Men Sizga juda KERAKSIZ!
Savol : 2010-??????? ?????????? uff.uz ???????? ??????? “?????? ?????????? ??? ???? ???????? ??????” ????? ?????? ??? ??????. ??? ???? ???????????? ??? ?????????? ??????? ??????? 
Javob : 16 
Izoh : Uff.uz sayti hodimlari tarjimada hatolikka yo�l qo�yishgan. Lotinchadagi �XVI Osiyo o�yinlari�ni �??? ???? ????????� deb kirillchaga aylantirishgan! 
Savol : Ko’z shifokorlarining halqaro konferensiyasi xar yilning may-iyun oylarida Yevropadagi ushbu shaxarda bo’lib o’tadi. Konferensiyaning nomlanishi ko’zni ham unutmagan holda ushbu shaxardagi iqlim sharoiti bilan bog’liq. Bu shaxar o’z davlatining poytahti hisoblanmasa, shaxarning mashxur futbol jamoasini toping? 
Javob : Zenit 
Izoh : Konferensiya �Oq tunlar� deb nomlanib, Rossiyaning Sankt-peterburg shaxrida bo�lib o�tadi.
Savol : 1998-yil JCH finalidagi yaxshi natija, 2002-yil JCH guruh bosqichida boshlangan yomon start va 2006-yil JCH finalidagi yovuz xatti-harakatlari sababli sports.ru saytida chiqarilgan bu futbolchi xaqidagi maqola sarlavhasi mashxur badiiy film nomi bilan bir xil edi. Siz ushbu filmni toping? 
Javob : Yaxshi, yomon, yovuz 
Izoh : Futbolchi Zayniddin Zidan. 
Savol : Antik davrda bu ko’rsatgich 86, 69, 93ni tashkil qilgan bo’lsa, hozirda bu ko’rsatgich qaysi sonlarga teng ekanligini topingda, bu ko’rsatgich haqida qo’shiq kuylagan o’zbek estrada honandasini toping? 
Javob : Shoxruhhon 
Izoh : Ko�rsatgich 90, 60, 90
Savol : Bu so’z arabchadan olingan bo’lib, “kun kechirish” degan ma’noni bildiradi. Lekin hozirda kun kechirish uchun uning kamlik qilayotganini ko’rishimiz mumkin. Bir o’zbek estrada honandasini esa yosh sevimli qizi, do’sti va sirdoshidan ayrilishiga u sababchi bo’lgan. Honandani toping? 
Javob : Radius 21 yoki Shaxzod G�ulomov 
Izoh : So�z-maosh, Radius 21 qo�shig�i: �Taqdir shartlariga berolmay bardosh tashlab ketti mana yosh bir QALAMQOSH, bir deganda ketti ham DO�ST ham SIRDOSH, o'ylab ko'r sababi nima, ha MAOSH (Radius-21)
Savol : Buyuk Britaniyaning dengizorti bir hududida ishlab chiqariladigan souvenir tangalar 3 nominalga ega, tanganing shakli ham o’zgacha. Siz bu hududni ayting? 
Javob : Bermud orollari 
Izoh : Tangalar uchburchak shaklida va 3 Bermud dollari qiymatiga ega
Savol : Britaniyalik fiziolog va terapevt Jon Reynolds 1851-yilda London Universitetining tibbiyot fakultetini oltin medal bilan bitirdi. Biroq uning eng asosiy G’ALABAlaridan biri 1878-yilga to’g’ri keladi. O’shanda u … bo’lib tayinlangan. Maksimal aniqlikda kim bo’lib tayinlanganligini ayting? 
Javob : Qirolicha Viktoriyaning shaxsiy vrachi 
Izoh : Britaniyada tibbiyot hodimlari uchun eng faxrli mansab qirolichaning shaxsiy vrachi bo�lish. Viktoriya �g�alaba� deb tarjima qilinadi
Savol : Bir yosh bola avtomobil markasi nomini eshitib, unda 6ta g’ildirak bo’lsa kerak deb o’yladi. Ushbu avtomobil qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan? 
Javob : Volksvagen 
Izoh : Volksvagen Qo�ng�iz(???) nomli avtomobil markasi bor. Qo�ng�izda 6ta oyoq bo�ladi
Savol : Ro’yhat: Lankaster 1777-yil 1 kun Prinston 1783-yil 30 iyundan 4 noybargacha Annapolis 1783-yil 26 noyabrdan 1794-yil 19 avgustgacha Trenton 1784-yil 1 noyabrdan 1784-yil 24 dekabrgacha Bu kata ro’yhatning bir qismi. Siz menga 1800-yildan hozirga qadar amalda bo’lganini ayting? 
Javob : Washington 
Izoh : 1800-yilgacha ko�plab shaxarlar AQSH poytahti vazifasini o�tagan
Savol : Mushukcha changyutgichga birinchi marta duch kelganda, undan umuman qo’rmadi. Unga esa bir sabab bore di. Shu sababli mushukchani egalari bir bastakor familiyasi bilan atay boshlashdi. Mushukchaning laqabini ayting? 
Javob : Bethoven 
Izoh : Mushukchani qulog�I kar bo�lganligi sababli changyutgichning ovozini eshitmagan. Bethoven ham hayoti oxirida yaxshi eshitmay qolgan
Savol : Peugeot.com saytidagi bir sahifada matli ma’lumotlar mavjud emas, u yerda faqat bir mashina tasvirlangan. Ushbu mashina modelini ayting? 
Javob : 404 
Izoh : 404-Sahifa topilmadi.Ushbu saytda �404 hato�ni shunday tasvirlashgan
Savol : Birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida yashab, ijod qilgan bir shoir ularning eng yuqori darajasidagisiga quyidagicha ta’rif beradi: “Ular otliqning oyoqlaridagi charm etiklar kabi g’ijimlarga ega bo’lishi, buyvolning lablari kabi bukilishi, vodiyda yuzaga kelgan tuman kabi yoyilishlari, kechki shabada esayotgan ko’l kabi yaltirashlari lozim”. Shoir nimaga bunday ta’rif bergan? 
Javob : Choy 
Izoh : Shoir Hitoylik Lu Yu
Savol : Chuqur o’ylashni maslahat bermiyman. Bir mashxur inson(kimligi muhim emas): “Bir qandaydir millimeter mening butun hayotimni sig’diradi” degan . U nimani nazarda tutgan? 
Javob : Tug�ilish va o�lish sanasini bog�laydigan tire 
Savol : Lola anchadan beri Gollandiya ramziga aylanib ulgurgan. Yillar mobaynida yuzlab navlar yaratildi. Lolalar ekish butun mamlakat bo’yicha keng tarqaldi. “Lola vasvasasi”ning yangi to’lqini ikkinchi jahon urushi yillariga tog’ri keladi. Ushbu “lola vasvasasi”ga nima sabab bo’lgan? 
Javob : Ochlik 
Izoh : Urush yillarida lola piyozboshlari ko�plab gollandlarni ochlikdan saqlab qolgan
Savol : O’rta asrlarda Hitoyda u kumush, qalay, simobdan, g’arbda mum, qotgan non, turli xil smolalardan tayyorlangan. U nimaligini topgan bo’lsangiz, u o’z nomini nimadan olganini toping? 
Javob : Qo�rg�oshin 
Izoh : Izox Bu tish plombasi, Plomba o�z nomini qo�rg�oshin(Pb)dan olgan
Savol : 1885 yilda Amerikaning kichik shaxarchasidan bo’lgan aka-uka Frenk va Charlz Manglar birinchi marta kotletli sendvich yaratishdi. Ular qaysi shaxarchadan edilar? 
Javob : Hamburg(Gamburg). 
Izoh : Ko�pchilik gamburger nomini Germaniyadagi Gamburg shaxri bilan bog�lashadi. Aslida u nomini Amerikadagi Hamburg nomli shaxarchadan olgan
Savol : 1905 yil 25 yanvardagi bir voqeadan keyin “Premer Daymond Mayn” kompaniyasi prezidenti familiyasi juda mashxur bo’lib ketdi. Voqeani so’ramayman, president familiyasini toping? 
Javob : Kullinan 
Izoh : 1905 yil JARda dunyodagi eng kata olmos topilib, prezident Tomas Kullinan familiyasi bilan atala boshlandi
Savol : Uning ishtirokchilari uchun yoqimsiz bir record 1990-yi 12-yanvarda Yaponiyada Vaynona tayfuni tufayli o’rnatildi. Rekorning parametrlari: 140 va 15000 bo’lsa, bu sonlar nimani anglatishini toping? 
Javob : Kilometr va mashina 
Izoh : Bu dunyodagi eng uzun avomobillar tirbandligi(????????) edi
Savol : Bino A. XII asrda qurilishi boshlangan. Qurilish davomida janubga og’gan. Bugungi kunda qiya holda. Bino B. XIII asrda qurilishi boshlangan. Qurilish davimida shimolga og’gan. Bugungi kunda qiya holda. Ko’pchlik topganidek Bino A –bu Piza minorasi. Siz bino B nomini toping? 
Javob : Piza minorasi 
Izoh : Ikkinchi qurilishi davomida bir necha sath qo�shilganidan so�ng minora qarama-qarshi tomonga og�gan
Savol : Mendeleyev davriy jadvalidagi bir element tabiatda unga kimyoviy jihatdan o’xshash “tellur” elementining yo’ldoshi hisoblanadi. Yani ular birgalikda uchraydi. Siz ushbu elementni ayting? 
Javob : Selen 
Izoh : Tellur lotin tilidan �Yer� deb tarjima qilinadi. Selena-Oy(Yerning tabiiy yo�ldoshi)
Savol : 2003-yilda Wolksvagen yangi avtomobil modelini namoyish qilganda, ko’pgina reklama bannerlari va yo’l belgilari tayyorlangan va osib qo’yilgan. Ajablanarli tomoni bu banner va yo’l belgilarida mashxur toponimning birinchi harfi o’zgartirilgan edi. Siz ushbu o’zgargan nomni ayting? 
Javob : Golfsburg 
Izoh : Volksvagen shtab kvartirasi Volfsburg shaxrida joylashgan. 2003 yilda Volkswagen Golfning yangi modeli namoyishi sababli Volfsburg shaxri nomi Golfsburgga o�zgartirilgan
Savol : Rossiyada XVIII asrda bu ko’rsatkich chamasi 67%ni tashkil etgan-to’rttalasi sababli, Buyuk Britaniyada XIX asrda 63%-faqat bittasi sababli. Niderlandiyada XX asrda mutloq ko’rsatkich-100%ni tashkil etdi va buning uchun uchtasi kerak bo’ldi. Siz uchtaning har birini bitta so’z bilan ayting? 
Javob : Qirolicha 
Izoh : Bu ayollarning mamlakat taxtida bo�lganini foiz ko�rsatkichi. Rossiyada Yekaterina, Anna, Elizaveta, Yekaterina II sababli 67 yil, Buyuk Britaniyada Viktoriya sababli 63 yil, Niderlandiyada Velgilmina, Yuliana va Beatriks sababli 100%
Savol : Wikipedia electron hisoblagichlarni birinchi ishlab chiqaruvchilaridan biri haqidagi maqoladan oldin sizga silikat(kimyoviy modda) haqidagi maqolaga havolani taklif qiladi. Nimaning silikati haqida maqola? 
Javob : Kaltsiy silikatiga 
Izoh : �Casio� firmasi 1957 yilda birinchi butunlay electron kalkulyatorni ishlab chiqaradi. Kaltsiy silikati-CaSiO3. Havola firmani izlaganlarga kaltsiy silikati haqidagi maqolani taklif qiladi
Savol : Businessweek.com sayti ma’lumotlariga ko’ra bu kompaniya dunyodagi eng yirik, shina ishlab chiqaruvchi hisoblanar ekan. Bu shinalar aynan shu kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobil va yuk mashinalari uchun mo’ljallangan. Bu kompaniyani ayting? 
Javob : �LEGO� 
Izoh : Shinalar o�yinchoq avtomobillar uchun
Savol : 1923-yilda asos solingan serb aviatsiya korhonasi urushdan keyin yer usti transporti ishlab chiqarishga o’tdi. 1992-yilda chalkashlik va qo’shnilar bilan sud da’volaridan qochib, korhona nomiga “B” harfini qo’shadi. Yangi nomni ayting? 
Javob : Ikarbus 
Izoh : Avtobuslarni ishlash chiqarish bilan mashg�ul ikkita �Ikarus� nomli kompaniyada haqiqatda g�alati
Savol : Britaniya imperiyasi davrida uni “Ajdarho og’zidagi dur” deb atashgan. Uni bir harf bilan boshlani, o’sha harf bilan tugaydigan so’z bilan ayting? 
Javob : Gongkong 
Izoh : Ajdarho-bu albatta Hitoy, u hohlagan vaqtda Gongkongni yutib yuborishi mumkin
Savol : Birov u dedi, birov bu. So'ng yoshi oltmishlarga borib qolgan bir kishi ularning etiborini o'ziga qaratib, nimalarnidir uqtirdi. Hamma uning gapiga ko'nib, ishga kirishib ketdi.Bu olimlarga Otasi zardushtiy kohin bo'lgan bir inson boshchilik qilmoqda edi. Ularning vasifasi esa, abbosiy halifa tomonidan berilgan bo'lib, ......ni o'lchashdan iborat edi! Ular nimani o'lchashmoqchi bo'lishgan? 
Javob : Yer Meridiani 1 darajasini uzunligini 
Izoh : Al-Mamun tomonidan berilgan vazifaga Xorazmiy boshchilik qilgan
Savol : Farg'oniy va Xorazmiy Donishmandlar uyida faoliyat yuritishgan davrlarda, yunon, hind olimlarining asarlarini tarjima qilish ishlari bo'lgan, bundan tashqari Baytul hikma vakillari aniq fanlar bo'yicha tadqiqotlar ham o'tkazishgan. ularning ikki eng taniqli tadqiqotlaridan biri, Quyoshning eng katta og'ishini o'lchash bo'lsa, ikkinchisida nimani o'lchashganini toping 
Javob : Yer Meridiani 1 darajasini uzunligini 
Savol : Bu inshoot orolda bunyod etilgan, silindr shaklidagi bino ichida dioraviy kuzatish sathi bo'lgan. Ushbu inshoot bir rejimni tartibga solgan va XX asrning 60-yillarigacha to'liq 11 asr davomida ishda bo'lgan. Hozir esa muzey... Bu inshootni ayting 
Javob : Nilni suvini tartibga soluvchi farg'oniy tomonidan qurilgan miqyos 
Savol : Ushbu asar mundarijasini Napoleonning qulashi, Mariananing sevishi , Xofiz lirikasi va boshqa ko'plab sherlar majmui tashkil etadi. Asar muallifini ikkinchi shoh asari ushbu asarligini bilgan holda uning geografik atamalari mavjud bo'lgan nomini toping 
Javob : G'arbu Sharq devoni 
Izoh : Gyote
Savol : Tarixda qahramonlik ko'rsatgan, o'z nomini abadiylashtirgan ayollar ko'p: To'maris, Janna Dark, BibiHonim, Yelizaveta. va hokazo. 14 ta farzandni onasi bo'lmish bu ayolni ham ko'pchilik o'qtin-o'qtin eslashadi. u o'lar ekan, eridan farzandlariga mehribon bo'lishini, boshqa uylanmasligini va nihoyat yana bir ish qilishi kerakligini aytadi. Va bu bajarilgan ish tufayli biz bu ikki er-hotinni yodga olamiz. Siz bajarilishi kerak bo'lgan ishni ayting? 
Javob : Ayolga atab dunyoda tengi yo'q maqbara qurishni. 
Izoh : Bu maqbara esa Toj Mahal deb ataladi.
Savol : X insonlarning ikkinchi umri hisoblanadi. Qadimgi yunonlarning buyuk shoiri Gomerning "iliada" va "odissey" dostonlarida tangrilar Xdan foydalanishadi.X ning ikki turi mavjud: Ramziy va Karomatli. Insoniyat kashf qilgan buyuk ixtirolarning bir qanchasida Xning o'rni katta ekanligini isbotlovchi misollar tarixiy manbalarda ko'p uchraydi. Savol X nima? 
Javob : Tush 
Savol : Uning vazifasi Qadimgi rimliklar hayotida juda katta o'ringa ega edi, va shu tufayli U ni o'sha davrdayoq ixtiro qilishgan. dastlab u yog'och doskachalar ko'rinishida edi. yuliy Sezar davrida esa yanada takomillashdi. hatto sezar davridagi Uning vazifasi hozirgi kunda ham bajarilmoqda. XVI asrga kelib zamonaviy ko'rinishga ega bo'ldi. Ana endi savol Italiyanlarning o'sha davrdagi tangasini nomini toping 
Javob : Gazeta 
Savol : Dunyoda bu ishni har kuni 700 millionga yaqin erkak qiladi. U ilgari oliftagarchilik uchun emas, himoya vositasi sifatida paydo bo'lgan. Birinchi bo'lib shamollashni oldini olish maqsadida nu ishni rimlik askarlar boshlagan. Italiyada bosilgan kitobga ko'ra, bu ishni usullari 180 ta ekan. Bu ish ni ayting 
Javob : Bo'yinbog' taqish 
Savol : O'rta asrlarda ular ramziy mano kasb eta boshladi. Masalan, Ular podsholarning adolatli qarorini ifodalovchi vositaga aylandi, bundan tashqari ular yordamida turli maqom va martabalar berish qadimgi shohlarga hos odat edi. Ayollar esa undan bezak sifatida foydalanishdi. Savol ular nima? 
Javob : Qo'lqoplar 
Savol : Ushbu mashxur kashfiyotchi avtomobil halokatiga uchragunga qadar harbiy-dengiz uchuvchisi bo'lishni orzu qilar edi. Biroq mashum avtohalokot shunday jiddiy bo'ladiki, hatto jarrohlar uning qo'lini kesib tashlamoqchi bo'lishadi.Ammo 8 oy davom etgan mashqatlar, davolanishlar, tinimsiz mashqlar evazigagina qo'l saqlab qolinadi. Ancha vaqtdan so'ng do'sti Filip Taye unga suvda suzib qo'lini chiniqtirishi kerak ekanligini uqtiradi... Savol U kim? 
Javob : Jak Iv Kusto 
Savol : Dunyodagi eng qadimgi qonunlar majmuasi deb hisoblangan podsho Hammurapi qonunlarida BU TOIFADAGI INSONLAR o'lim jazosiga mahkum etilshi belgilab qo'yilgan. ko'hna Rimda BU TOIFADAGI INSONLAR agar qul bo'lsa so'zsiz o'lim jazosiga tortilgan, oddiy fuqaro bo'lsa yirtqichlarga yem qilingan. Qadimgi Rusda esa tomog'iga qalay yoki qo'rg'oshin eritib qo'yishgan, ko'p xollarda qo'l-oyog'ini kesib jazolashgan. Bu toifa insonlar orasida Diogen ham bor. savol BU TOIFA INSONLAR KIM lar? 
Javob : Qalbaki pul yasovchilar 
Savol : Londonning bir maydonida, taxminan 2 asr davomida mashxur Britaniyalikni hotirasini yo'q qilishga harakat qilayotganlar bor deyishadi. Bazi bir ro'znomalarning fikriga ko'ra bir paytlar aynan ularga nisbatan bo'lgan munosabat (ularni ko'p ishlatilgani) tufayli ular endi qasos olishmoqda deb yozishadi. Savol: nimalar qasos olishayapti 
Javob : Kabutarlar 
Izoh : Bir vaqtlar Admiral nilson kabutarlarni juda ko'p ishlatgan pochtachi vositasida. Uni haykalini kabutarlar chiritib yuborishayapti
Savol : Portugaliyalik tadqiqotchilar 1502-yili yangi yil arafasida Janubiy Amerikada bir davlatda izlanishlar olib boradi. tog'lar orasidan buyuk daryoning og'ziga yetib kelganiga ishonch hosil qilgach, unga nom berishadi. Savol: yuqoridagi ma'lumotlarga tayanib daryoning o'zbekcha manosini ayting? 
Javob : Yanvar daryosi 
Izoh : Rio-de-Janeyro
Savol : Ma'lumki ko'plab kinostudiyalar eng orziqib kutadigan mukofot bu Oskar, Oskarga bir kino bilan qatnasib juda ko'p nominatsiyalar bo'yicha ushbu mukofotlarni olganlarni bilamiz. Masalan Titanik va Hobbit. Ammo multfilm orqali ushbu mukofotga 8 marta erishgan Kompaniya bu Disney hisoblanadi. Ana endi savol: Bunga qanday erishilgan? 
Javob : Oppog'oy va yetti gnomcha 
Savol : Virtual olamdagi Zakovatchi-bilimdonlarning aksariyati bo'ydoqlar hisoblanadi, xususan kamina ham. Ana shunday bo'ydoqlar uchun O'zbek urf-odatlarining shohlaridan biri bo'lmish SOVCHILIK haqida savol! O'zbek halqi juda shirinso'z va g'uruli halq. Sovchilar birinchi kelishidayoq ularga rozilik berish, qizning ota-onasini biroz pastga ursa, birinchi kelgandayoq rad javobini berish kuyov tarafni yerga uradi. kelin taraf "Qarindoshlar bilan bafurja maslahatlashib olaylik, qizimiz hali yosh" kabi bahonalar to'qiydi. Lekin shunday irim-sirim bor ekanki bu irimlardan so'ng kuyov taraf kelasi safar ham kelishi yoki kemasligi kerakligini kelin tarafdan bir imo sifatida qabul qilinadi. Ushbu irim-sirim tufayli halqimizda bir ibora ham paydo bo'lgan! bu Iborani ayting 
Javob : Kovushini to'g'rilab qo'ydi 
Savol : Ma'lumotlarga ko'ra 1500 kishi Rotshildlar oilasidan umumiy hisoblaganda 35 million dollor undurib olishgan emish. Bu kishilarning ko'pchiligi yevreylar edi, va bundan tashqari ularni bir narsa bog'lab turar edi. Siz esa menga pullar olingandan keyin bu insonlar Rotshildlar oilasi uchun nima qilishi kerak ekanligini ayting? 
Javob : Familiyasini o'zgartirishi 
Savol : Mashxur yugoslav aktyori Mitich haqida ko'pchilik shitgan bo'lsa kerak, U GDR tomonidan olingan hindular haqidagi kinolarning aksariyatida bosh rolni o'ynagan. u juda ham baquvvat inson edi va shu tufayli deyarli barcha tryuklarni dublyorlarsiz o'zi ijro etardi. yarim xazil gapiga ko'ra: Syomka jarayonida bir epizodlarda u qiyinchilikka uchragan emish. unga nima qiyinchilik tug'dirgan? 
Javob : Hindularning trubka chekishi 
Savol : Agata Kristini bir asarida Londonga kelgan qizlarning ismlari Zili va Meddi bo'ladi. Ana endi savol bu ismlar kelib chiqish manbaasini bir so'z bilan ayting 
Javob : Madmuazel so'zi 
Savol : O'zbeklarda ismi jismiga mos degan ibora bor. bizning qahramonimizda esa javobi ismiga mos. lekin shunisi qiziqki U o'zi haqidagi 1-kitobda "javobini" ikki bor ishlatadi. Shoir bilan suhbatda va taqdir haqidagi qiiyin savolda... Siz qahramonni ayting 
Javob : Bilmasvoy 
Savol : Bir jinoyatchi uyiga yashirinib olgan vaqtda, politsiyachilar uning qayerdaligi haqida bilib olishadi. Uyiga kelishadi. Jinoyatchi uchun o'sha kun muhim kun edi. Politsiyachilar eshikni buzish o'rniga 1893-yilda paydo bo'lgan xdan foydalanishdi. Jinoyatchi esa eshikni o'zi ochib berdi. Savol X nima? 
Javob : Happy Birthday qo'shig'i 
Savol : Kallashnikov avtomatini yigi'sh musobaqalarida, bir qo'l bilan yig'ish, oyoqlar bilan yig'ish, ko'zgu yordamida yig'ish,ko'zlar yopiq holda yig'ish, 10 bokal pivodan keyin yig'ish kabi nominatsiyalar mavjud. " Kallashnikov avtomati " so'zi o'rnidagini toping? 
Javob : Kubik-Rubik 
Savol : Finlandiyaliklarning bu yangi yil ananasi g`am-tashvish, qiyinchiliklarni eski yilda qoldirib ketish istagi bilan bog`liq ekan. Boshqa bir davlatda xuddi shu ananani bir guruh do`stlar o`zlari uchun odat tusiga kiritganini Myagkovning sharofati bilan barchamiz bilamiz. Diqqat savol: Bu anananing so`ngi qaysi ibora bilan tugaydi? 
Javob : Qushdek yengil bo`ling. 
Savol : Ro`yxatni eshiting: zeruri, singeki, bugaku, gigaku,dengaku, sarugaku.Ular orasida yana biri qoldi. Diqqat savol: Eng mashhur o`sha qoldirilganni ayting. 
Javob : Kabuki 
Savol : Parij universitetlaridan birining eshigi ustida quyidagi shiorni uchratish mumkin: Vaqt- yaxshi dori, lekin juda yomon. Diqqat savol: Shiorni yakunlang. 
Javob : Kosmetolog 
Izoh : Go`zallik universiteti.
Savol : Yaponiyalik serjant Shoichi Yokoi Ikkinchi Jahon urushida birorta arzigulik katta jasorat ko`rsatmagan. U shon-shuhratga 1972-yilda erishgan. Hozirgi kunda Guamdagi butun boshli bir muzey unga bag`ishlangan. Diqqat savol:U urush bilan bog`liq qanday ishni amalga oshirgan? 
Javob : U urush tugaganini bilmasdan 1972-yilgacha o`rmonda partizanlik qilib yurgan. 
Savol : 1889-yil Rimdagi Gullar maydonida haykal o`rnatiladi. Aytishlariga qaraganda, buni eshitgan Rim Papasi Lev XIII qattiq xafa bo`ladi va hatto Rimni tashlab ketishga qaror qiladi. Diqqat savol: U yerga kimning haykali o`rnatilgan? 
Javob : Jordano Brunoning 
Izoh : U aynan shu yerda yoqilgan.
Savol : Sitsiliyaliklar azaldan qat`iy belgilangan tartiblarga amal qiladilar. ,,Cho`qintirgan ota” asarida aytilishicha, sitsiliyaliklar bu kunda biron-bir odamning hech bir iltimosini yerda qoldirmas ekan. Diqqat savol: Maksimal aniqlikda ayting, aynan qaysi kunda? 
Javob : Qizining to`yi kuni 
Manbaa : ,,Cho`qintirgan ota� asari
Savol : Italiyaliklarda shunday hazil gap bor: Hayot shunchalik shafqatsizki, yana bir usiz yashab bo`lmaydi. Shuning uchun ham ularda boshqacha u bo`ladi. Diqqat savol: U va Boshqacha U ni toping. 
Javob : Ota va Cho`qintirgan ota 
Izoh : ,,Cho`qintirgan ota� asari
Savol : ,,Cho`qintirgan ota” asarida qahramonlardan biri Solotsoga Turk deb laqab qo`yishgan. Birinchi sabab Turkiyada uzoq yashaganligi. Diqqat savol: Ikkinchisini siz ayting. 
Javob : Huda-behudaga pichoqqa qo`l yugurtirgani uchun 
Manbaa : ,,Cho`qintirgan ota� asari
Savol : ,,Choliqushi” asarida Hoji xalfa o`z o`g`li Miratga nasihat qiladi: Mirat, mendan senga otalik nasihati; o`ng quloq so`l qulog`ingda bo`lsin, zinhor X va Y ning orasiga tusha ko`rma. X Y ipakdir, oraga tushgan ko`ppakdir degan gap bor. Diqqat savol: X va Y ni toping. 
Javob : Er va Xotin 
Manbaa : ,,Choliqushi� asari
Savol : Maria Rokkning qo`shig`idan parcha: Qolar sening qalbingda. Kuy doimo bizlarga hamroh, Daraxtlar ham tushar o`yinga, Faqat sho`rlik bir chag`alay tezob suvda cho`kar, Sen esa najot qo`lin cho`za olmassan… She`rning birinchi qatorida to`rtta so`z tashlab ketildi. Diqqat savol: To`rtta so`zni toping. 
Javob : Bahorning o`n yetti lahzasi 
Manbaa : Bahorning o`n yetti lahzasi� asari. Semenov Yu. T.Valiyev tarjimasi. 1973. 341-bet.
Savol : Frenk Donellan 130 metrlik natija bilan Avstraliya rekordini o`rnatgan. Diqqat savol: Qaysi borada? 
Javob : Bumerang uloqtirish borasida 
Savol : Avstraliyalik savdogar Fred Jons o`z mahsulotida uch kilometrlik sayohatni amalga oshiradi. Qaytar chog`ida uning transport vositasi asta-sekinlik yo`qota boshladi. Diqqat savol: Fred nima sotgan? 
Javob : Havo shari 
Savol : 1775-yil Londonda to`rtburchak shakldagi kauchuklar sotuvga chiqarilgan. Diqqat savol: Ulardan nima maqsadda foydalanilgan? 
Javob : O`chirg`ich 
Savol : Bu xitoylik Londonda 1750-yilda paydo bo`ldi va London kebmenlarining dushmaniga aylandi. Diqqat savol: Xitoylikni toping. 
Javob : Zont. Yomg`irpo`sh 
Savol : Sigir va kreslo, tovuq va sirkul, shtativ va royal. Bu juftliklar bir umumiylikka ega. Diqqat savol: Umumiylikni toping. 
Javob : Oyoqlari soni bir xil. 
Savol : Shveytsariyalik Jan-Jak Babelning hisoblashicha, insoniyat 3500 yillik tarixi davomida 292 yil ularsiz yashagan. Diqqat savol: Nimalarsiz? 
Javob : Urush 
Savol : Suto, Janubiy Sharqiy Afrika xalqida shunday gap bor: Notanish, yangi joy yurakni bezovta qilsa, tanish joy ularni bezovta qilarkan. Diqqat savol:Nimalarni? 
Javob : Oyoqlarni 
Savol : Diqqat savol: Miltiad armiyasida xizmat qilgan Fidippid qaysi ishi tufayli mashhurlikka erishgan? 
Javob : Marafon jangidagi g`alaba xabarini yetkazgan. 
Savol : Har yili dekabrda Oq uyda milliy saralash musobaqasining ayol g`olibi aniqlanadi va AQSh prezidentining xotini bilan uchrashish huquqini qo`lga kiritadi. Diqqat savol: Qanday tanlov o`tkaziladi? 
Javob : Yilning eng yaxshi archasi 
Savol : 1988-yilda adabiyotchi Naum Grebnev vafot etadi. David Samoylov esa bu unchalik taniqli bo`lmagan shaxsni Rasul Hamzatov bilan bir qatorga qo`yadi. Diqqat savol: Nega? 
Javob : U Hamzatov she`rlarini ruschaga tarjima qilgan. 
Savol : Amerikaliklar dastlabki tajriba uchun yaratilgan atom raketalarining dvigatelini kivi deb atashgan. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Bu qush uchmaydi. 
Savol : Polshalik professor Krupinskiy fikricha, ilmiy asar binoyidek bo`lishi uchun yetarlicha uzun, boshqalar qiziqishini jalb etish uchun yetarlicha kalta bo`lishi kerak ekan. Diqqat savol: ilmiy asar qaysi so`zlar bilan almashtirilgan? 
Javob : Ayollar kiyimi 
Savol : Lotin Amerikasidagi deyarli barcha yirik portlarda bir inshootni uchratish mumkin. Yordam berib aytaman bu bino emas. Diqqat savol: Unda qanday inshoot? 
Javob : Kolumb haykali 
Savol : Lima Uankayo temir yo`li Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.U 65 ta tunneldan o`tadi. Biroq rekordning sababi bu ko`rsatkich emas. Diqqat savol: O`sha ko`rsatkichnii toping. 
Javob : Eng balanddagi temiryo`l 
Savol : 1867-yili Oranj daryosi sohillaridan 21,73 karat lik yarqiroq shag`al tasodif tufayli topiladi. Albatta bu ishlov berilmagan olmos edi. Diqqat savol: Unga qanday nom beriladi? 
Javob : Evrika 
Savol : Bu mavzudagi ilk tanga eramizdan avvalgi 480 yilga oid. Bu ananani zamonaviy davrda 1951-yili finlar davom ettirishdi. SSSR esa 1977-yilga kelib. Diqqat savol: Qanday anana? 
Javob : Olimpiadaga bag`ishlab tanga zarb etish 
Savol : Isfahon yaqinida ishlab chiqariluvchi Ukrainaning An-140 samolyoti o`z nomi biroz o`zgartirdi. Diqqat savol: Uning avvalgi nomiga qaysi ikki harf qo`shilgan? 
Javob : Ir 
Izoh : Natijada Iran-140 bo`lgan
Savol : AQSh prezidenti Barak Obama o`z qarorgohida Stenli Kubogi sohibi ,,Pittsburg Pingvins” jamoasi vakillarini qabul qiladi. Xokkeychilar unga jamoa libosini topshirishadi. Diqqat savol: Unda qaysi raqam aks etgan? 
Javob : 44 
Izoh : Obama 44-prezident
Savol : Kristofer Shoulz o`z ixtirosi uchun 1868-yil 23-iyunda patent oldi. ,,EGO” jurnalining yozishicha, uning bu ixtirosi bir qancha qizlarni ish bilan ta`minlaydi, qaysiki X ni yaxshi ko`ruvchilarni. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Fortepiano 
Izoh : Ixtiro esa yozuv mashinasi 
Savol : Juda qisqa asar: Taksichi: Qayerga? U: ,,X” mehmonxonasiga Taksichi: Ketdik. Diqqat savol: Uning kimligini va mehmonxona nomini toping. 
Javob : Yuriy Gagarin, ,,Kosmos� mehmonxonasi 
Savol : Aytishlaricha, brom, reniy, selen va kislorodni ,,aralashtirsak” boshqa bir kimyoviy elementning ruscha nomi hosil bo`ladi. Diqqat savol: Siz menga o`zbekchasini ayting. 
Javob : Kumush 
Izoh : SeReBrO
Savol : U 2000-yillar boshida ,,vafot etdi”. Uning millati italyan edi. Uning yoshi 140 da edi. Rieti shahrida shahrida unga atab haykal o`rnatildi. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Italyan lirasi 
Savol : Omadli biznesmen bilan suhbat: -Muvaffaqqiyatingizning siri nimada? -Bor-yo`g`i ikkita so`z. -Qaysi? -To`g`ri qaror. -Qanday qilib to`gri qaror qabul qildingiz? -Bor-yo`g`i bitta so`z. -Qaysi? -Tajriba. -Tajriba qanday paydo bo`ldi? -Bor-yo`g`i ikkita so`z. -Qaysi? Diqqat savol: Qaysi ikki so`z? 
Javob : Noto`g`ri qaror 
Savol : Aytishlaricha, Mark Tven bir safar Yangi Yilni Rossiyada kutib oladi. -Janob, an`anamizga ko`ra ichiga tanga yoki tugma yashirilgan chuchvara pishirganmiz. Kimning oldidan chiqsa, unga omad kuladi. Agar istasangiz, yana bir kishini mehmonga taklif qilishingiz mumkin. Diqqat savol: Tven kimni taklif qilaman degan? 
Javob : Rentgen 
Savol : Fransiyada baholash tizimi 20 ballik ekan. Hozirgacha olingan eng yuqori baho 18 ball. Diqqat savol: 19 va 20 ball sohiblarini toping. 
Javob : 19 ball o`qituvchiniki, 20 ball ni esa fransuzlar fikricha, faqat Xudo olishi mumkin ekan 
Savol : Mashhur fizik Rixard Gans Yerning yoshi haqida uzoq vaqt ma`ruza o`qiydi. Ma`ruza so`ngida quyidagi fikrni ilgari surdi: Yerning yoshi ayolning yoshiga o`xshab ketadi, chunki … Diqqat savol: Fikrni yakunlang. 
Javob : Ikkalasi haqida ham aniq gapirib bo`lmaydi 
Savol : Edinburgda bu skripkachiga haykal o`rnatilgan. Diqqat savol: U kim? 
Javob : Sherlok Xolms (prototipi Jozef Bell) 
Savol : Bu mashhur poytaxt shaharning tanlanishiga qo`ylar sababchi degan afsona mavjud. Diqqat savol: Qaysi poytaxt shahar? 
Javob : Samarqand 
Savol : Michigan, Rio-de-Janeyro, Niger, Yukatan, Yap, Orissa. Diqqat savol: Ularni birlashtirib turuvchi bitta so`zni toping. 
Javob : Shtat 
Izoh : Michigan (AQSh), Rio-de-Janeyro (Braziliya), Niger (Nigeriya), Yukatan (Meksika), Yap (Mikroneziya), Orissa (Hindiston).
Savol : Bu AQSh prezidenti fashistlar kiyimini kiygan. Diqqat savol: Qaysi prezident? 
Javob : Ronald Reygan 
Izoh : U aktyor sifatida fashistlar rolini o`ynagan
Savol : Bu davlat hududi Argentina, Shimoliy Amerika, Turkiya, Kipr va hatto Ugandada joylashishi mumkin edi. Biroq hozir boshqa bir joyda. Diqqat savol: Qaysi davlat? 
Javob : Isroil 
Savol : Xitoyliklarning aytishicha, agar Odam At ova Momo Havo xitoylik bo`lganida jannatni tark etishmasdi. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Ularning fikricha, avval olmani emas, maslahat bergan ilonni yeb qo`yishardi 
Izoh : Diniy kitoblarda turli variantlar bor. Bu ,,Injil� variantiga ko`ra
Savol : Amerika latifasi: Hamma Pedroning ustidan kulardi. Unga 10 sentlik va 5 sentlik taklif qilishsa, doimo 5 sentlikni tanlardi. O`qituvchi bir safar buning sababini so`raganda Pedro buni osongina izohlab beradi. Diqqat savol: Pedro nima deb izoh bergan? 
Javob : Agar men 10 sentlikni tanlasam, menga taklif qilmay qo`yishadi 
Savol : Riduey shahridagi bir muassasada shovqin o`lchagich o`rnatilgan. Agar shovqin me`yordan oshib ketsa, magnitafon yoqiladi va tinchlik saqlash haqidagi talab yangraydi. Diqqat savol: Bu qanday muassasa? 
Javob : Maktab 
Savol : XVII asrda u uyiga eson-omon yetib keladi. XVIII asrda uni qattiq jazolashadi. XIX asrda unga yordam ko`rsatishadi. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Qizil Qalpoqcha 
Savol : UEFA kubogi doirasida bo`lib o`tgan ,,Ayaks” va ,,AEK” bahsi avvalida ,,Adidas” kompaniyasiga tegishli reklama roligining musiqasi yangraydi. Ajablanarlisi, ikkala klub muxlislari ham chuqur hurmat bilan bu musiqani tinglashadi. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Ikkala jamoa muxlislari ham bu musiqa raqib jamoaning madhiyasi deb taxmin qilgan 
Savol : Novial, oksidental, volyapuk, odjuvanto, ido, universalglot, solresol. Diqqat savol: Aytilmagan eng mashhurini toping. 
Javob : Esperanto 
Izoh : Yuqoridagilar sun`iy tillar
Savol : J.Uonders fikri: Orfey ham o`lishi aniq edi, sababi o`limning …. Diqqat savol: Fikrni yakunlang. 
Javob : Qulog`i yo`q 
Savol : Internet ma`lumotiga ko`ra, bu inson o`zining ko`rsatkich barmog`ini sug`urta qildirgan. Diqqat savol: U kim? 
Javob : Andrey Arshavin 
Savol : Ba`zilar uni juda yomon ko`radi, unga xafsalasizlik va e`tiborsizlik bilan munosabatda bo`lishadi. U esa buni bilgani sari sizga mahkam yopishaveradi. Bizning hayotimizni saqlab qolishga urinaveradi. Yarim asr davomida millionlab insonlar hayotini saqlab qoldi. Diqqat savol: Sitatada nazarda tutilganni toping. 
Javob : Xavfsizlik kamari 
Savol : Tarixchilar bu iboraning kelib chiqishi haqida aniq bir to`xtamga kelishmagan. Kimlardir bu iborani ilk bor Levitan qo`llagan desa, boshqalar feldmarshal Paulyus aytgan deyishadi. Boshqa bir manbaga ko`ra, bu ibora XVI asrdayoq qo`llangan. Diqqat savol: O`sha manbani ayting. 
Javob : ,,Ivan Vasilevich o`z kasbini o`zgartiradi� filmi 
Savol : Agar omadingiz kelib Karib havzasida joylashgan Aruba oroliga sayohat qilsangiz, u yerdagi bir e`lon e`tiboringizni tortishi aniq. Unda yozilishicha, Arubada U yo`q ekan. Bir qo`shiqda esa Uni yo`qotolmayotganlar haqida so`z boradi. Diqqat savol: Ular qayerda yashaydi? 
Javob : Omadsizlar oroli 
Izoh : X � dushanba. E`lon: 
Savol : Janubiy Amerika aholisining Shimoliy Amerikaga ko`chib o`tishi keng tus olmoqda. Bu holatga izoh bergan jurnalist Amerikani teskari X deb ataydi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Qum soat 
Savol : Bir-biriga o`xshab ketuvchi mashhur bir rus aktyori passport stolidan passport olish chog`ida muammoga duch keladi. Uning familiyasini xato yozib qo`yishgani uchun janjal ko`taradi. Bu voqeaga izoh bergan inson ,,Uning hayotida ham baribir X bor edi” deydi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : ? 
Izoh : Bu inson Georgiy Vitsin. Uning familiyasidagi I lardan birini ? ga almashtirib qo`yishadi. Hayotidagi ? esa ,, ? operatsiyasi�.
Savol : Bu voqeaning fojiali tugashiga yangi bir sabab topildi. Aytishlaricha, Devid Bler ismli shaxs ishdan haydaladi. Alami kelgan Bler cho`ntagidagi mitti kalitchani bilmasdan o`zi bilan birga olib ketadi. Buni qarangki, 2007-yilda bu kalitcha 90 ming funtga sotiladi. Diqqat savol: Bu kalitchaning olib ketilishi tufayli nima yuz bergan? 
Javob : ,,Titanik� cho`kkan 
Izoh : Bu kalitcha bilan uzoqni ko`ruvchi binokl turgan shkafni ochish mumkin edi. Shunda aysbergni ancha avval ko`rgan bo`lishardi.
Savol : XIX asrda minglab qullar X ga qarab qochib qolishdi. XX asrda esa harbiy xizmatga borishni istamaganlar X ga qarab yo`l olishdi. Bu minglab insonlarni tanimasligingiz mumkin, ammo X tomon yo`nalganlar orasida ularni albatta taniysiz. Diqqat savol: O`sha taniydiganlarimizni ikki so`z bilan ayting. 
Javob : Ishbilarmon kishilar 
Izoh : X- Kanada chegarasi
Savol : U tug`ilgan paytida Andolini familiyasini olgan edi. Biroq keyinchalik ona shaharchasi sharafiga familiyasini o`zgartirdi va shu familiya bilan tanildi. Diqqat savol: Siz menga uning yangi familiyasini emas, barchaga mashhur unvonini ayting. 
Javob : Cho`qintirgan ota 
Izoh : Bu inson Don Karleone
Savol : 1909-yilda italiyalik Gilermo Markoni Nobel mukofotiga sazovor bo`ladi. Ammo ko`pchilik bilganidek bu mukofot aslida Aleksandr Popovga berilishi kerak edi. Diqqat savol: Nega Popovga berilmagan. 
Javob : Nobelni olish uchun nomzod o`sha vaqtda hayot bo`lishi kerak 
Savol : ,,Borussiya” Dortmund jamoasi liboslarida qora va sariq rang uyg`unligini ko`rgansiz albatta. Qora rang – Rur konlaridan qazib olinuvchi ko`mirni ifodalaydi. Diqqat savol: Sariq rangchi? 
Javob : Pivo 
Savol : Bir safar ,,Nokport” klubi muxlislari rosa mast bo`lishadi va jamoa talismanidan bir maqsadda foydalanmoqchi bo`lishadi. Unga passport va pullarini ishonib topshirmoqchi bo`lishadi. Diqqat savol: Jamoa talismanini ayting. 
Javob : Kenguru 
Savol : Blits. Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi tomonidan qo`llaniluvchi abbreviaturalar (O`sbekiston - UZB) 1.1908-1912-yillarda ANZ abbreviaturasi qo`llangan. Diqqat savol: Bu abbreviaturani kengaytiring. 2. Diqqat savol: 1972-yilgacha qaysi davlat uchun VOL abbreviaturasi qo`llangan? 3. Diqqat savol: 1920-1922-yillarda qaysi davlat uchun TCH abbreviaturasi qo`llangan? 
Javob : 1. Avstraliya va Yangi Zelandiya. 2. Burkina-Faso. 3. Chexoslovakiya 
Izoh : 1. Bu ikki davlat birga qatnashgan. 2. Avval Yuqori Volta deyilgan.
Savol : Daniel Pennak asari qahramoni bo`lgan ayol hayotni yangidan boshlash bu X dan boshlashdir deydi. Diqqat savol: X tufayli mashhurlikka erishgan boshqa bir ayolni ayting. 
Javob : Gulsanam Mamazoitova 
Izoh : X - ,,Oq ko`ylak�
Savol : Milorad Pavich asari qahramoni birovlarning tayyor asarlariga o`zining yozganlarini qo`shib qo`yadigan odat chiqaradi. Pavich uni X ga o`xshatadi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Kakku 
Savol : www.XXYZ.ru sayti o`tgan asrning 70-80-yillaridagi mashhur filmlar turkumiga bag`ishlangan. Diqqat savol: X , Y, Z ni toping. 
Javob : X- 2, Y- 1, Z- b 
Izoh : www.221b.ru sayti Sherlok Xolms haqidagi filmlarga bag`ishlangan. Bu esa Sherlok Xolms yashovchi Beyker-Stritdagi xonadon raqami 
Savol : Dizayner Rob Yanovning gapiga qaraganda, buyurtmalaridan birini bajarish chog`ida u umuman X yemagan ekan. Diqqat savol: Uning buyurtmasini toping. 
Javob : ,,Apple� logotipi 
Izoh : Uning aytishicha, ,,Apple� logotipini chizayotganda olma yemagan. Lekin logotipda olma tishlangan holatda
Savol : Bu inson intervyularidan birida shunday degandi: ,,Men endi o`z yurtimda avvalgidek mashhur emasman”. Bunga sabab u vatandoshlarini futbol translyatsiyalaridan mahrum qilgani ekan. Boshqa bir intervyusida esa bu ish umuman xobbisi emasligini aytgan. Diqqat savol: Bu inson kim? 
Javob : Aleksandr Ribak 
Izoh : Uning 2010-yilgi ,,Eurovision� da chiqishini translyatsiya qilishgani uchun JCH -2010 translyatsiyasiga pul yetmay qoladi. Ikkinchi intervyuda familiyasi Ribak bo`lsa ham baliq ovlashga umuman qiziqmasligini aytgan
Savol : Uolter Gratserning bir asarida xaridor bir necha kun oldin qilgan xaridi yuzasidan e`tiroz bildirib, sotuvchiga murojaat qiladi. Shunda sotuvchi: ,,Men adashibman. U faylasuf ekan” deydi. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : To`tiqush 
Izoh : Xaridor: Siz sotgan to`tiqush gapirmayapti � desa, sotuvchi: Adashibman, u notiq emas, faylasuf ekan-ku � degan!
Savol : Fransuz yozuvchisi Jan Koktoning yozishicha, X ning ham o`z geografiyasi, o`z koinoti, o`z geometriyasi va hatto o`z kalendari bor ekan. ,,X kasalligi” Afrikada kuzatiluvchi tripanosomoz kasalining ikkinchi nomi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Uyqu 
Izoh : Tripanosomoz bu Setse pashshasi chaqqanda yuzaga keluvchi uyqu holati
Savol : Yaqinda chop etilgan karikaturada U bilan narigi dunyoda bo`lib o`tayotgan savol-javob tasvirlangan. Farishtalar savol-javob vaqtida avval insonlarni, keyin havvonni tilga olishadi. Bundan ko`rinadiki, U narigi dunyoda u darajada mamnuniyat bilan qarshi olinmagan. Diqqat savol: U kim? 
Javob : Stiv Jobs 
Izoh : Farishta: To`g`risini aytsam, mister Jobs, olma bu yerda avval katta mojaroni yuzaga keltirgandi. Shu tufayli Odam Ato, Momo Havo va ilon yer yuziga quvilgandi - deydi
Savol : AQShda bir firma tashabbusi bilan zebralar (barchasi emas) sariq rangga bo`yaladi. Ular esa birlashib bitta qutiga jam bo`lishadi. Albatta bu reklama maqsadida qilingan. Diqqat savol: Qaysi kompaniya bu ishni qilgan? 
Javob : McDonalds 
Savol : Jan-Jak Russo fikricha, X ni yozishdan oldin nima deyishni bilmaysiz, X ni yozib bo`lgach esa nima deganingizni bilmaysiz. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Sevgi xati 
Savol : Ro`yxat: Yudif, Roksana, Yelena Troyanskaya, Afina Pallada, Didona, Yelizaveta I, Janna d’Ark. Ular tarixda mashhur bo`lish bilan birga , X vazifasini ham o`tashgan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Kartadagi Damalar 
Savol : ,,Newsweek” jurnalining yozishicha, ,,izm” lardan biri XX asrda tabiatga eng katta zarar keltirgan. Diqqat savol: Qaysi ,,izm”? 
Javob : Turizm 
Savol : Sudanliklar fikricha, shamolning ham tishi bor ekan. Diqqat savol: Shamolning tishini biz nima deb ataymiz? 
Javob : Chigirtka 
Savol : Bir multfilmda X ga Bubka laqabini berishadi. Hazil reytingda X Graf Drakula bilan bir qatorga qo`yilgan. O`zbek xalq iboralaridan birining bosh qismida ham X uchraydi. Shu iboraning ikkinchi qismi o`ziga xos maslahat hisoblanadi. Diqqat savol: O`sha maslahatni ayting! 
Javob : KO`RPANI KUYDIRMA 
Izoh : Burgacha juda yuqoriga sakray olgani uchun unga Bubka deb laqab berishgan. Qo`nxo`rlar nomli hazil reytingda bu jonivor nega Drakula bilan yonma-yon qo`yilgani o`z-o`zidan tushunarli. O`zbek xalq iborasi sezganingizdek, BURGAGA ACHCHIQ QILIB KO`RPANI KUYDIRMA!!! 
Savol : Yozuvchilar Uyushmasida bir tanqidchi doimo Azim Suyun ijodini kuzatib borar, uning asarlarini qattiq tanqid qilardi. Kamiga bu ishi haqida boshqalar oldida faxrlanib gapirardi. Yozuvchilar unga bir so`z bilan laqab qo`yishgan. 1982-yildan beri guvohlik qilayotgan bir voqeamizda esa bu so`z kata quvonch bilan, barilla aytiladi. Diqqat savol: Baralla aytilgan bu so`zni emas, u qanday orzu amalga oshishiga xalal berganini ayting! 
Javob : Oilaviy futbol jamoasi 
Izoh : Bu so`z SUYUNCHI
Savol : SAVOLDA ALMASHTIRISHLAR TIQILIB YOTIBDI!!! Bu insonni avvalboshda BIZNESMEN sifatida tanidik. Keyin esa u QIMMATBAHO METALLAR XUSUSIYATINI o`rganishga kirishdi. Bu borada yetarlicha muvaffaqqiyatga ham erishdi. Ammo bu ba`zi insonlar tomonidan yaxshi qabul qilinmadi. Oqibatda U SEMIZLIK masalalarini o`rganishga majbur qilindi. U yoqdan bu yoqqa o`taverish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi aniq edi. U jinoyatga qo`l urdi… Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar, shu parchadan kelib chiqib, U insonning ismini toping! 
Javob : OTABEK 
Izoh : U asar boshida Marg`ilonga savdo-sotiq uchun kelgan savdogar edi. Keyin esa qimmatbaho metall � KUMUSH ni sevib qoldi va muvaffaqqiyatga erishib, unga UYLANDI. Ammo, O`zbekoyim bundan qattiq iztirob chekib, oxiri uni SEMIZ, TO`LACHADAN KELGAN ma`nosini beruvchi ism sohibasi ZAYNAB ga uylanishga majbur qiladi. Uyoqdan buyoqqa ya`ni, TOSHKENTDAN MARG`ILONga yoki aksincha yo`nalishda yuravergan OTABEK fitna qurboni bo`ldi va keyinroq dushmanlari HOMID va uning hamtovoqlarini o`ldiradi! 
Savol : Angliyadan kelgan turist gid bo`lib ishlayotgan Matmusadan bu nima deb so`rabdi. Matmusa uning inglizchasini bilmasa ham uddaburonlik qilibdi. U so`zning o`zbekchasini inglizcha aksentda aytibdi. Mehmon esa : Hechqisi yo`q, hijolat bo`lmang - deb javob beribdi. Diqqat savol: Mehmon nimani ko`rsatgan? 
Javob : So`ri 
Izoh : Matmusa So`rini inglizcha aksentda SO`RRI degan ekan. Bilmaganidan uyalib kechirim so`rayapti deb o`ylagan mehmon esa Hijolat bo`lmang degan )))
Savol : Matmusa bilan bir Gollivud filmini tomosha qildik. Film so`ngida Matmusa titrlarga e`tibor qilib, shunday dedi: Ana madaniyat! Film ijodkorlari shuncha mehnat qilib kino olishibdi. Yana film so`ngida bizga rahmat ham aytishmoqda! Diqqat savol: Biz qaysi aktyor ishtirok etgan filmni tomosha qilgandik? 
Javob : Tom Hanks. 
Izoh : Titrda T.Hanks so`zlari chiqqanda u buni THANKS ya`ni RAHMAT deb o`qigan ekan
Savol : O`zbek tilidagi ba`zi jumlalarni sof o`zbekchalashtirsak, qiziq holatga duch kelishimiz mumkin. Masalan, shajara daraxti jumlasini daraxt daraxt deb tarjima qilsa bo`ladi. Yoki bosh-oyoq sarpo jumlasi sof o`zbekcha holatda bosh-oyoq bosh-oyoq ko`rinishini oladi. Diqqat savol: To`liq tarjima qilinganda keldi-keldi bo`luvchi jumlani toping. 
Javob : Omad keldi 
Izoh : Hurmatli bilimdonlar! Bugungi o`yinda keldingiz kelsin!!! Yo`g`e omadingiz kelsin, iloyim!
Savol : BLITS bo`lomagan duplet!!! Savolda almashtirishlar to`lib yotibdi. 1. Bu davlat avvalroq tashkil topgan bo`lib, 2006-yilda biz bilgan nomni oldi. 2011-yilgi ma`lumotlarga ko`ra, aholisi soni 6 milliondan ortiq edi. Men aniq aytishim mumkinki, bu davlat aholisi 2012-yilning ikkinchi yarmida keskin ko`paygan. Diqqat savol: Davlat nomini yozib bering! 2. Bu davlat avvalroq tashkil topgan bo`lib, biz bilgan nomni 2008-yilda oldi. 2011-yilgi ma`lumotlarga ko`ra, aholisi 8 millionga yaqin edi. Men aniq aytishim mumkinki, bu davlat aholisi 2012-yilning ikkinchi yarmida keskin ko`paygan. Diqqat savol: Davlat nomini yozib bering! 
Javob : 1. Beeline, 2. Ucell 
Izoh : Avval bu davlatni Unitel nomi ostida tanirdik. 2006-yilda Beeline nomini olgan. 2012-yilning ikkinchi yarmida MTS yopiladi va abonentlar soni keskin oshgan. Ucell! Avval bu davlatni Coscom nomi ostida tanirdik. 2008-yilda Ucell nomini olgan. Yuqorida aytilganidek, 2012-yilda MTS yopilib, abonentlar soni ortgan.
Savol : Tarqatma material bu o`zlaringizning telefonlaringiz bo`ladi! Bu savolni Rossiyalik bir do`stimiz yo`llagan. U yoz mavsumida Rostovdagi akvaparklardan biriga tashrif buyuribdi. Akvapark nomi uning e`tiborini tortibdi. Albatta juda mantiqiy nom tanlangan. Men sizlarga bu nomni topishingizga bir qancha yordamlar beraman: Telefoningizdagi 2, 4, 6 knopkalaridan foydalaning; Ular aynan shu tartibda bosilmaydi; Ular faqat bir marta ishlatiladi, ya`ni ulardagi 1 ta simvol kerak bizga; 2 ta harfni topsangiz ish oson bo`ladi; Diqqat savol: Akvapark nomini toping! 
Javob : H2O. 
Savol : Keyingi paytlardagi o`zbek futbolida qayd etilayotgan natijalar quvonarli emas. Shu munosabat bilan shoir BOTIR ERGASH xokkusi: Futbolimiz tufayli, Juda oz qoldi: ULAR… Diqqat savol: ULAR ni toping. 
Javob : TOSHOYNALAR 
Izoh : BOTIR ERGASH ismi savoldagi eng katta ilmoq edi. BOTIR Imomxo`jayev sobiq TOSHOYNA loyihasining boshlovchisi edi. ERGASH Karimov esa TOSHOYNA bilan bog`liq o`sha mashhur sahnada barchamizning xotiramizga muhrlangan. Avvalgi savolda H2O ashikkoning ashikkosi edi, bu safar onamdan qolgan toshoyna qani! iborasi
Savol : Said Ahmadning ,,Qirq besh kun” kitobidan lavha. Farg`ona kanali qurilishi arafasi. Norin daryosiga beton to`g`on qurish kerak. Ma`lumki, beton to`g`on qurish uchun suv xalaqit beradi. Shuning uchun uni boshqa yo`nalishga vaqtincha burish kerak. Buning uchun damba qurish kerak. Ikki suvchining suv dambasi qurilishidan oldingi suhbati (ish boshlanadigan kun kuchli bo`ron ko`tariladi): -Menimcha, qilayotgan ishimiz Yaratganga yoqmayapti. Havoni qarang - dedi keksa suvchi. -Yoshingiz keksa bo`lsa ham tajribangiz kam ekan. Bu Yaratganning bizga yordami - debdi yoshrog`i. Oradan bir necha kun o`tgach u haq bo`lib chiqdi. Izohlab bering. 
Javob : Shamol bo`lganda tog`dagi muzlar erimaydi va suv kamayadi. Bunday paytda damba qurish ancha oson. Ma`lumki, Norin o`z suvini Norin muzliklaridan oladi. 
Savol : Bir tilanchi yangi qurilayotgan baland uylar yonida qad rostlagan, buzilaman deb turgan uchta uyga ko`zi tushdi. Sal hayron bo`ldiyu, keyin qorin g`ami ijobiy hal bo`lishi mumkinligini o`ylab u yoqqa yo`l oldi. Birinchi eshikni taqillatdi, gavdaligina bir erkak eshikni ochdi. Tilanchiga bitta non olib chiqib berdi. Tilanchi xursand, ikkinchi eshikni taqillatdi. Yana o`sha erkak. Bu safar ham non olib chiqdi. Tilanchi hayollarini yig`ib olmasdan turib uchinchi eshikni taqillatdi. Biroz vaqt o`tib… Eshikni yana o`sha erkak ochdi. Tilanchi umuman karaxt ahvolga tushdi. Erkak uzatgan shirinliklar uni e`tiborini tortolmasdi. Hurmatli bilimdonlar, bu biror bir film yoki asardan parcha emas… Sizlar uchun umuman kutilmagan savol: Tilanchiga uch safar ham narsa olib chiqqan erkak va uning o`sha uyda uxlab yotgan sheriklari mehnati mahsulini bir necha so`z bilan ayting. 
Javob : Mahallada duv-duv gap! Bu parcha film rejissori Shuhrat Abbosov xotiralaridan olingan. 
Savol : Matmusa turkumidan: Matmusa shaharga boribdi. Bir bino peshtoqidagi yozuvni o`qib, ishtaha bilan yutinib qo`ydi. Oho, mening rafiqam bu yerda ishlasa bo`larkan. Qo`llari baquvvatgina. Bu ishning ustasi bo`lib ketgan. Lekin birozdan keyin binoga kirib ketayotgan qo`llari nozik-nozik qiz va yigitlarni ko`rib juda hayron bo`ldi. Diqqat savol: Matmusa qanday bino yonida turganini toping. 
Javob : Konservatoriya 
Savol : Aforizmga ko`ra, agar barcha erkaklar kundalik hayotda xuddi X paytidagidek sabrli, e`tiborli, kamgap bo`lganlarida edi, hayotimiz bundan ancha go`zalroq bo`lardi. Diqqat savol: X ni ikki so`z bilan ayting! 
Javob : Baliq ovi 
Savol : Bir asar voqealariga ko`ra kichik bir qishloqda kasallik tarqaladi. Bu kasallikning nojo`ya ta`sirlari avvalboshda hech kimni tashvishlantirmas edi. Biroz vaqt o`tib barchani sarosimiga solib qo`yadi. Bu kasal bilan og`riganlar asta-sekin o`z xotiralarini yo`qota boshlaydilar. Dastavval ular bolalikdagi xotiralarni esdan chiqarishadi. Keyin buyumlar nomini, yaqin kishilar ismini, o`z ismi va shu kabilar. Va oxirida UNI esdan chiqarishadi. Diqqat savol: Ular eng so`nggi bo`lib NIMANI unutishadi? 
Javob : Nafas olishni 
Savol : Karikaturadagi holat. Parijdagi eng nufuzli va eng qimmat restoran. Ofitsiant mijozga menyu emas, UNI uzatmoqda. Diqqat savol: UNI ikki so`z bilan ayting. 
Javob : Qizil Kitob 
Savol : Keyingi paytlarda ruslar ayollari orasida TTT abbreviaturasi ko`p ishlatilayotgan ekan. Hayron bo`lganim bu abbreviatura kengaytmasini faqat biz va bizga qardosh millatlar ishlatsa kerak deb yurardim. Rus ayollari bu abbreviaturani 90 % holatda bir savolga javob berishda ishlatisharkan. Diqqat savol: TTT ni eng ko`p qaysi toifa ayollari ishlatishini ayting. 
Javob : bolalilar (yosh onalar) 
Izoh : TTT bu tuf-tuf-tuf ko`z tegmasin degani ekan. Buni shaxsan men sof o`zbekcha lutflar qatoriga kiritgan bo`lardim. Yosh onalarga �Chaqaloq qalay? deb berilgan savolga, ko`p o`zini qiynamasdan TTT deb qo`yisharkan. 
Savol : ULAR haqidagi Wikipedia maqolasida AQShning eng mashhur prezidentlaridan biri, mashhur rus aktyori, nemis bastakori, golland rassomi ismlarini uchratish mumkin. Diqqat savol: ULARNI toping. 
Javob : Nogironlar 
Izoh : Franklin Delano Ruzvelt yura olmay qolgan, Morgunov filmda INVALID rolini o`ynagan. Betxoven kar bo`lib qolgan. Van Gog esa qulog`ini kesib tashlagan. 
Savol : Mo`g`uliston haqidagi maqolani o`qib bu davlat haqida menda iliq fikrlar uyg`ondi. Mo`g`ulistonda haligacha insoniy munosabatlar yuksak e`tiborda ekan. Masalan, ULARGA qo`l ko`targan inson uzoq yillik qamoq jazosiga mahkum etilarkan. Diqqat savol: ULAR ni toping. 
Javob : Yoshi Kattalar 
Savol : O`zbeklarda bitta g`alati gap bor: ,,Otamni o`lishini bilganimda bir qop kepakka alishtirgan bo`lardim”. Nemislarda bu gapning muqobil variant bor ekan. Unda bir mashhur shaxs va joy nomi tilga olinadi. Bu gap nemislarda qadim zamonlardan beri bor bo`lmagan. Balki besh asr, ana boring olti asr oldin paydo bo`lgandir. Diqqat savol: Siz menga mashhur shaxs va joy nomini ayting. 
Javob : Xristofor Kolumb va Amerika. 
Savol : Duplet!!! Sharqda eng yaxshi pandnoma asarlardan biri bo`lgan Kaykovusning ,,Qobusnoma” si milodiy 1082-1083-yillarda yozilgan. Kaykovus bu asarni o`g`li Gilonshohga bag`ishlaydi. Diqqat savol: Kaykovus qaysi qabiladan bo`lgan? Sharqda eng yaxshi pandnoma asarlardan biri bo`lgan Kaykovusning ,,Qobusnoma” si milodiy 1082-1083-yillarda yozilgan. Kaykovus bu asarni o`g`li Gilonshohga bag`ishlaydi. Diqqat savol: Kaykovusning bobosining ismi nima bo`lgan? 
Javob : 1. Javob: Gilon. 2. Javob: Qobus. 
Izoh : Javoblar matnda yashirin edi
Savol : She`riy savol: She`rlari Zakovatga eng mos keluvchi shoir Erkin Vohidov ijodidan hazil she`r! Tibbiyotga ayon bo`ldi, bas, Barcha kasallikning davosi, Endi bizni dard o`ldirolmas,- O`ldiradi … … Diqqat savol: She`rni ikki so`z bilan yakunlang! 
Javob : Dori bahosi 
Savol : Zamonamizda turli xil tabiat muammolariga qarshi kurashuvchi tashkilotlar bor. Ana shunday tashkilotlardan biri daraxtlarning kesilishining oldini olish maqsadida reklama afishasi chiqargan. Unda shunday yozilgan: Tasavvur qiling daraxtlar toza havo o`rniga UNI ishlab chiqarganida edi. Barcha insonlar qayerga borsalar daraxt ekishga harakat qilar edilar. Afsuski, daraxtlar faqatgina bizning hayotimizni ta`minlovchi toza havo ishlab chiqara oladilar. Diqqat savol: Kinoyali afishadagi UNI toping. 
Javob : Wi-fi signallari 
Savol : Savolni fransuz beradi! Matmusa turkumidan: Matmusa bilan kino tomosha qilayotgandik. Shohruxxon qatnashgan bir hind filmini ko`rdik. Film nomi Matmusaga qiziq tuyuldi. Undan so`ng boshqa bir hindcha bo`lmagan filmga navbat keldi. Film o`rtalarida Matmusa menga shunday dedi: Bu film nomi birinchi ko`rgan filmimiz nomining teskarisi bo`lsa keraka? Diqqat savol: Biz ko`rgan ikkinchi film nomini toping. 
Javob : ,,Kavkaz asirasi�. 
Izoh : Birinchi film ,,O`g`irlanmagan kelin� edi. Matmusa ,,Kavkaz asirasi� dagi Ninaning o`g`irlanish sahnasidan so`ng film nomi ,,O`g`irlangan kelin� deb o`ylagan ekan. Fransuz bu Pushkinning laqabi, uning ,,Kavkaz asiri� asari bor.
Savol : Audio savol!!! GULSANAM MAMAZOITOVANING YOR-YOR QO`SHIG`I Qo`shiqda O`lan va Yor-yor so`zlarini eshitish mumkin. Diqqat savol: O`lan va Yor-yorning farqini aniq ayting. 
Javob : O`lan kelin uydan olib ketilayotganda aytiladi va mahzun ohangda bo`ladi. Yor-yor kuyovning uyida aytiladi va sho`x ohangda bo`ladi! 
Savol : Bir necha yil oldin ,,Futbol Week End” ko`rsatuvi sharhlovchisi Rossiya premer-ligasining o`tkazilish davrini hisobga olib bir maqolni o`zgartirib aytgan edi. Endilikda bunday qilomasligi aniq. Diqqat savol: Maqolni o`zgartirilgan holda toping.  
Javob : Ochkoni kuzda sanaydilar 
Savol : Latifa. Bir ikkinchisidan so`ramoqda: ,, … ingliz tiliga qanday tarjima qilinishini bilasanmi?”. -,,Bilmayman”. -,,Ko`rdingmi, hech kim bilmaydi”. Diqqat savol: Nuqtalar o`rnidagi inglizcha jumlani toping.  
Javob : I don`t know 
Savol : 93 yoshli Sutomu Yamaguchi bir jihat bo`yicha dunyodagi yagona inson hisoblanarkan. Diqqat savol: Uning o`ziga xosligi nimada? 
Javob : Ikki atom bombardirovkasini ham boshdan kechirgan 
Izoh : 6-avgustda xizmat safari tufayli Xirosimada edi. 8-avgust uyiga qaytadi. Omadsizlikni qarang!
Savol : SSSR terma jamoasi 1974-yilda Devis Kubogi doirasida o`yinlarni o`tkazish uchun Hisndistonga boradi. Bahslar boshlanishidan oldin kortda X umuman yo`q edi. Bir necha kun o`tib esa X paydo bo`ldi. Qizig`i, bunga tashkilotchilarning hech bir aloqasi yo`q. Diqqat savol: X ni toping.  
Javob : Soya 
Izoh : Kort tribunalari atrofida bambuklar o`sgan va bir necha kunda hammayoqni soya qoplaydigan darajada to`sib qo`yishgan
Savol : Futbolchi Sergey Nazarenko yoshligida ,,Dnepr” jamoasi tarkibiga kirishga uch bor urinib ko`radi. Jurnalist Valeriy Prigornitskiy bu holatga izoh berarkan: Agar Nazarenko bir mashhur sitatani eslaganida edi, uchinchi muvaffaqqiyatsiz urinishni amalga oshirmasdi- deydi. Diqqat savol: O`sha fikr muallifi kim?  
Javob : Geraklit 
Izoh : Sitata: Bir daryoga ikki marta tushib bo`lmaydi
Savol : 1970-yil 9-iyunda noodatiy shaxmat o`yini bo`lib o`tadi. Shaxmat donalari maxsus teshiklar bo`ylab harakat qiladi. O`yin 6 soat davom etadi va durrang bilan intiho topadi. Diqqat savol: O`yin qatnashchilari kimlar? 
Javob : Kosmonavtlar 
Savol : Donetsk shahridagi ko`p qavatli aholi turar joylaridan birida quyidagi e`lon yozilgan : ,,Yonimizdagi uy biznikidan qulayroq”. Diqqat savol: Bundan qanday maqsad ko`zlangan? 
Javob : BOMJlardan xalos bo`lish 
Savol : ,,Jiro d`Italiya” ko`pkunlik velopoygalari uchun 2009-yilda maxsus logotip ishlab chiqiladi. Logotipda velosiped haydab ketayotgan velosipedchining surati bor. Diqqat savol: Velosipedchi aynan nimaga o`xshatib chizilgan? 
Javob : 1 soniga 
Izoh : 2009-yilda musobaqaning 100 yilligi nishonlandi. Velosiped g`ildiraklari ikkita 0 0 ni hosil qilgan. Velosipedchi 1 ga o`xshatib chizilgach, 100 hosil bo`lgan!
Savol : Futbol sharhlovchisi Tomas Xitslshpergerning eng katta kamchiligi X degan edi. Lars fon Trierning muvaffaqqiyatga erishishida X muhim ahamiyatga ega. Diqqat savol: X ni toping.  
Javob : Familiya 
Izoh : Trier fon qo`shimchasini o`zi qo`shib olgan
Savol : Aforizm: ,,Optimistlar baxt … ga ishonishadi”. Diqqat savol: Nuqtalar o`rnidagi so`zni toping.  
Javob : Oxirzamon 
Savol : Kubalik Xose Kastelar uning uzunligini 43 metr 38 santimetrga yetkazib, dunyo rekordini o`rnatgan. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Kuba sigarasi 
Savol : Pele ularni pulemyotchilarga o`xshatgan. Bundan tashqari ularga bir jihati bilan yordam berishini ham aytgan. Diqqat savol: Ular kimlar?  
Javob : Futbol sharhlovchilari 
Izoh : Ismining qisqaligi ularga yordam
Savol : Xitoyliklarning Yangi Yil dasturxonida har bir narsa o`z ma`nosiga ega. Masalan, bambuk novdasi – ertangi kunga ishonch. Diqqat savol: Ugra (Lapsha) nimaning ramzi?  
Javob : Uzoq umr 
Savol : Denis Xoup Oydagi joylarni sotgani tufayli mashhurlik va boylikka erishgan. Jurnalistlar esa endilikda bunday ishlarni u yerda davom ettirgan ma`qul degan fikrni ilgari surishadi. Diqqat savol: Qayerda?  
Javob : Merkuriy sayyorasida 
Izoh : Merkuriy savdo-sotiq xudosi
Savol : ,,Chery QQ” avtomobili xalq orasida shunday laqab olgan. Diqqat savol: Qanday?  
Javob : Kakku 
Izoh : QQ ,,Kyu-Kyu� tarzida o`qiladi
Savol : Tabiatni sevuvchi Uolter Rotshild sharofati bilan X 1895-yil Britaniyada paydo bo`ldi. Diqqat savol: X ni toping.  
Javob : Zebra 
Savol : ,,Klinika” seriali bosh qahramoni doktor Dorian o`z bemorlarini o`ldiruvchi qonxo`r vampir edi. Keyinroq u o`ziga X deb taxallus qo`yib oladi. Diqqat savol: X ni toping.  
Javob : Akula 
Izoh : Dr.Acula
Savol : Bir qo`shiqchining hazil qo`shig`ida shunday so`zlar bor: ,,Men daltonik bo`lib tug`ilishni va butun dunyoga qichitqi o`t ekishni juda xohlayman”. Diqqat savol: Bu qo`shiq qaysi voqeaga bag`ishlangan?  
Javob : Qizil va Oq atirullar urushi 
Savol : Ingliz tilidagi bir suratda ingliz xalq maqolini o`zgartirib qo`yilganini ko`rish mumkin. Maqolning o`zgartirilgani: Xudo – temirchi, lekin … emas. Diqqat savol: Bu suratda kimni ko`rish mumkin?  
Javob : Garri Potter 
Izoh : Maqolning inglizchasi: ,, God is the potter, not Harry�
Savol : Kvebek provinsiyasida Kanada tarkibidan chiqishni asosiy maqsadi qilib olgan partiya ish yuritadi. Diqqat savol: Ularning ikkinchi maqsadini topib, partiya nomida qaysi son borligin toping.  
Javob : 51 
Savol : Bu asarning ekranlashtirilgan variantida bosh qahramon shunday deydi: Meni qattiq tumov qiynamoqda. Diqqat savol: Bu qaysi asar?  
Javob : Otello 
Izoh : Ro`molchani so`rash yo`li
Savol : ,,Pashshalarning oyga sayohati” mutfilmida pashshalar oilasi bir salat tayyorlashadi. Uning nomi mavjud bir salatdan ozgina farq qiladi. Diqqat savol: O`sha nomni toping.  
Javob : Setsezar 
Izoh : Setse pashshasi mavjud, shuningdek Sezar salati ham
Savol : E`londan: Kartrijingizni istalgan bo`yoq bilan to`ldirib beramiz, bu rang esa tekin. Diqqat savol: Qaysi rang?  
Javob : Oq 
Savol : Afrikadagi ,,Kariba” nomli ulkan GES qurilishi oqibatida hayvonot olami uchun katta xavf tug`iladi. Diqqat savol: Ularni qutqarish uchun tuzilgan qutqaruv ekspeditsiyasi qanday nom olgan.  
Javob : Nuh 
Savol : Bu inglizcha so'z ikki nuqta orasidagi eng qisqa yo'lni anglatadi, chunki inglizlarning fikricha, bir hasharot uyiga to'g'ri qaytar ekan. Bu ingliz so'zini ko'cha-kuyda ko'plab eshitganingizni hisobga olib, ushbu so'zni ayting. 
Javob : Bilayn (Beeline) 
Izoh : Asalari (inglizcha �Bee�) iniga to'g'ri chiziq bo'ylab qaytadi
Savol : Bu inson operaning asoschilaridan biri hisoblanadi. Boltsano shahridagi konservatoriya nomi unga atab qo'yilgan. Yehtimol AQSh shtatlaridan biridagi musiqa maktabi ham unga atab qo'yilgandir, ehtimol maktabning bunday atalishiga shtatning o'zi ham ta'sir qilgan bo'lishi mumkin. Ushbu shtatni ayting. 
Javob : Vermont 
Izoh : Bu inson Klvudio Monteverdi (1567-1643). �Monteverdi� so'zini italyanchadan, Vermont� so'zi frantsuzchadan tarjima qilsak, bir xil �yashil tog'� degan ma'noni beradi
Savol : Bu davlat bayrog'ida 10 ta yulduz mavjud, u o'z nomini qumliklar orasidan yaqqol ajralib turgan qirg'oq qismidan olgan. Bu mamlakatni ayting 
Javob : Kabo-Verde (Yashil Burun orollari) Respulikasi 
Izoh : Yulduzlar mamlakatga kiruvchi yirik orollarni anglatadi. Yashil burun (ms) esa yashil o'simliklari bilan savannadan ajralib turadi. 
Savol : 1968 yili 16 fevralda soat 14-00 da Alabama shtatidagi Xeylivell shaharchasi meriyasida telefon apparati jiringladi. Qo'shni politsiya uchastkasidan kongressmen Tomas Belvill va "Alabama Telefoun Kompani" prezidenti Robert Gallaxer qo'ng'iroq qilishgan edi. Ular shunchaki aloqani tekshirish uchun qo'ng'iroq qilishgan. Ular qaysi telefon raqamidan qo'ng'iroq qilishgan? 
Javob : 911 
Izoh : O'shanda birinchi marta ushbu favqulotda aloqa telefon raqami (911) ishlatilgan.
Savol : Iskandariyalik olim Klavdiy Ptolemeyga u «Nubning vaqti-vaqti bilan vujudga keladigan botqog'i» nomi bilan mashhur bo'lgan. Bu ajablanarli emas, chunki oxirgi ming yilda u olti marta qurib qolgan. Bizning davrimizda uning maydoni yildan yilga kamayib bormoqdava hozirda 23 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Uni ayting. 
Javob : Chad ko'li 
Izoh : Nubiya � Nil vodiysidagi tarixiy viloyat.
Savol : Bu hususiyatga 2ta summa ega bo’lib, summalarning biri ikkinchisiga nisbatan 32marta kam. Mashxur asar qahramoni bir predmetga nisbatan ishlatgan bo’lsa, siz ushbu predmetni toping? 
Javob : Qo�lyozma 
Izoh : �Kim millioner bo�lishni hoxlaydi?� ko�rsatuvida 2ta summa(1000 va 32000) yonmaydi. Mihail Bulgakov qahramoni Voland �Qo�lyozmalar yonmaydi� degan edi.
Savol : Odatda kemada ikkita kapitan bo’ladi. Mabodo 1-kapitan kasallikka chalinsa, vafot etsa, yoki shunga o’xshash baxtsiz hodisalar ro’y bersa, uning o’rniga ikkinchi kapitan kemani boshqaradi. 1779-yil 22-avgustda Kamchatka qirg’oqlarida mahalliy kasallikka chalinib kemaning ikkinchi kapitani vafot etadi. Ushbu kemaning birinchi kapitani bilan qanday voqea yuz bergan? 
Javob : Gavayi oroli aborigenlari yeb qo�ygan 
Izoh : Kemaning birinchi kapitani Jeyms Kuk edi
Savol : Diqqat elementar ketma-ketlik: Ayol, dog’, talaba, belgi, meva… Siz ro’yhatning davomini topingda, shunday ismga ega bo’lgan mashxur insonning xotinining ismini yozib bering? 
Javob : Jozefina 
Izoh : Konan Doylning Holms haqidagi hikoyalari raqamlar ketma-ketligida: �Velosiped mingan AYOL�, �Ikki dog��, �Uchta talaba�, �To�rtlar belgisi�, �Besh dona apelsin urug�I� va �Oltita Napaleon� napoleon Bonapartning turmush o�rtog�I Jozefina.
Savol : X tufayli mashxur kinofilmdagi yigit do’stiga endi ancha vaqtgacha onasini ko’rolmasligini aytadi va keyinchalik umuman ko’ra olmay vafot etadi. “X”ning ikki xil talqindagi eng katta figuralarini qo’shsak o’lchov birliklaridan birining sinonimi kelib chiqadi. Siz X dagi figuralarning umumiy sonini ayting? 
Javob : 36 yoki 52 
Izoh : �Titanik� filmi boshida karta o�yini tufayli bilet yutib olganda do�stiga �endi ancha vaqtgacha onangni ko�rolmaysan, biz Amerikaga ketamiz� deydi. Kartaning eng katta Figuralari T va A xarflarini qo�shsak �Ta� so�zi hosil bo�ladi. Ta dona so�zining sinonimi hisoblanadi.
Savol : Dehqon, ho’jayin, zodagonlik, podsholik. Ushbu ketma-ketlik nimadan boshlanib nima bilan tugaganini ikkita so’z bilan yozib bering? 
Javob : Teshik tog�ora 
Izoh : Pushkinning �Baliqchi chol va oltin baliq xaqida ertagi�ni o�qigan bo�lsangiz kerak.
Savol : 2003-yil Sirakuz News gazetasida sensatsion maqola chop etiladi. Politsiyachi Bill va sherigi Renni jinoyatchini qidirib barga tashrif buyuradi. Bill shubxali mijozlardan birining xujjatini so’raydi. Shunda mijoz politsiyachilarga tashlanib Rennini tishlab oladi va qo’lga tushadi. Jarohat olgan Rennini qaysi shifokor davolagan? 
Javob : Veterinar 
Izoh : Renni politsiya iti bo�lgan.
Savol : Dunyoda juda ko’plab insonlar tana a’zolari tufayli “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirishga muvffaq bo’lgan. Ya’ni kimdir soch o’stirish orqali, kimdir qo’llarining uzunligi bilan va hokazo. Bizning qahramonimiz esa yaqinda o’zining uchta tana a’zosi yordamida record o’rnatishga erishdi. Recordaga ta’na a’zolari mos ravishda 3, 8 va 80 marta o’z hissalarini qo’shishdi. Siz ushbu recordchini toping? 
Javob : Lionel Messi 
Izoh : 2012-yil bir yil davomida bosh bn 3ta, o�ng oyoqda 8ta, va chap oyoqda 80ta jami 91 ta gol urib jahon recordini o�rnatdi.
Savol : Tomas Edison unga xech qachon charchamaydigan mashina deb tarif bergan. Siz bu “mashina”ning birinchisi nimadan yasalganini toping? 
Javob : Odam Atoning CHAP QOVURG�Asi 
Izoh : Edison AYOL kishiga shunday tarif bergan, 1-ayol kishi Momo Havo Odam Atoning CHAP QOVURG�Asidan yasalgan
Savol : Hazilga ko'ra, Avstraliyada yashaydigan, "Koala" nomli jonivordan ayollar uchun yaxshigina turmush o'rtog'i chiqishi mumkin ekan. "Koala"dagi qanday hususiyat ayollarga manzur bo'ladi? 
Javob : Ichmasligi 
Izoh : Koala jonivori umuman suv ichmaydi, u iste�mol qiladigan Evkalipt darahti barglari suvga ehtiyoj qoldirmaydi. �Koala so�zining tarjimasi ham �ICHMAYMAN� degan ma�noni bildiradi. Tabiiyki ichmaydigan erkakdan ayollar uchun yaxshigina turmush o�rtog�I chiqishi mumkin
Savol : Fransuz yozuvchisi Volterning fikricha, yangi turmush qurganlarga eng yaxshi sovg'a ushbu yegulik ekan? 
Javob : Asal 
Izoh : Versiyalarga ko'ra Volterning ushbu gaplaridan so�ng asal oyi atamasi paydo bo�lgan
Savol : Inson tanasidagi suvning 10%i yo'qolsa odam vafot etadi, 5%i kamaysa xushidan ketadi. Agar inson organizmidagi suvning 1%i kamaysa qanday holat yuz beradi? 
Javob : Inson chanqaydi(suv ichgisi keladi)! 
Savol : U 1985-yilning Noyabrida Andijon shaxrida tavallud topdi. Bir necha yil oldin bir Xorazmlik bilan hamkorlik qilgan bo’lsa, bu o'zbek yigitni mashxur qilgan bo'lishsiz shakldagi fe'lni toping? 
Javob : Boylama 
Izoh : U qo'shiqchi Aslbek Negmatov
Savol : 1-nuqta oyoq uchlari, 2-nuqta oyoqdan deyarli 1-metr uzoqlikdagi masofa, 3-nuqta tik turgan holatda odam ko’zi tushadigan eng uzoq nuqta, 4 va 5 nuqtalarni bir so'z bilan ayting? 
Javob : Salom 
Izoh : 1-nuqta oyoq uchlari-NIYAT, 2-oyoqdan 1-metr uzoqlikdagi masofa-RUKU, 3-tik turgan holatda odam ko�zi tushadigan eng uzoq nuqta-SAJDA, 4-5-SALOM!
Savol : Bu mahsulotning eng noyobi sariq olmos deb ataladi va 1 kg.ni 20000$ ga sotib olishingiz mumkin. Bizga esa uning asosan boshqa turlari ma'lum. Siz bu mahsulotning XVI asr Rossiyasidagi eng qimmati qayerdan olib kelinganini emas, nimadan tayyorlanganini yozib bering? 
Javob : BAQLAJON 
Izoh : Mahsulot ikra. Chet eldan olib kelingan BAQLAJON ikrasi(Ivan Vasilevich o'z kasbini o'zgartiradi)
Savol : Bu mashxur kinopersonajning 6ta oyog'i, 2ta qo'li bitta boshi va dumi bo'lgan. Tasavvur va hotirangizni ishga solingda ushbu personajni toping? 
Javob : Boshsiz chavandoz 
Savol : Lotin alifbosi harflarini yozib oling: A, K, Q, J. Siz ushbu xarflardan keyingi 5ta, yoki 9 ta simvol(belgi)ni yozib bering? 
Javob : 10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2 
Izoh : O'yin kartalari
Savol : Bir ingliz futbol muhlisi, o'zining birinchi farzandiga quidagicha antiqa ism qo'yibdi: WILYAM EDVARD SIDNEY TERRY HENRIK EMMANUEL MILLER. Bu muhlis qaysi jamoaning fanati hisoblanadi? 
Javob : WEST HEM United 
Izoh : Ismlar bosh xarflaridan jamoa nomi kelib chiqadi
Savol : Latifa: Dialog -Bilasanmi, nega ko'pchilik insonlar "KIA" rusumidagi avtomobillarni yoqtirishmaydi? -Albatta bilaman, chunki ularning bir buyumlarida boshqa yozuv mavjud. Savol: "KIA" avtosini yoqtirmaydigan insonlarning qaysi buyumida, qanday yozuv bor? 
Javob : Qo�l telefonlarida NOKIA yozuvi bor 
Savol : Qadimgi hindlarning fikricha, aql-xurmatni, qalb-do'stlikni, tana-xoxishni mustaxkamlar ekan. Ularning fikricha aql, qalb, tana birgalikda mustahkamlaydigan tuyg'uni topingda, ushbu tuyg'uga "shoxning o'g'li" qanday tarif berganini ayting? 
Javob : Sotilmaydi 
Izoh : Tuyg�u-sevgi, 
Savol : Uning bo'yi 34 sm, og'irligi 3085 gram, usti Britanium oltini bn qoplangan, ichi esa Postamante qora marmaridan iborat. Bu haykalchaning muallifi Sedrik Gibbens bo'lsa, bu haykalchani eng ko'p qo'lga kiritgan insonni toping? 
Javob : Uolt Disney 
Izoh : Oskar mukofoti haykalchisi edi
Savol : Amerikalik millionerlardan biri vafotidan oldin vasiyat qoldiribdi: mening sevimli avtomobilim bo'lgan qora Mersedesni qabrimga birga ko'minglar! Murdani mozorga olib kelishgach go'rkov vasiyatni eshitib, bir fakt keltiribdi va avtomobil uchun boshqa mozor izlashlari kerakligini aytibdi. Go’rkov avtomobilni ko'mish mumkinmasligiga qanday fakt keltirilgan? 
Javob : Bu qabristonga qora tanlilarni ko�mish mumkinmasligini aytgan 
Izoh : Mersedes qora rangda edi
Savol : Ispaniyada xar yili shov-shuvli transferlar bo'lishi tabiiy xolga aylangan. Xar qanday chempionatda porlagan futbolchini sotib olishga xarakat qilishadi. Ma'lumotlarga qaraganda Madridliklar 2010-yilgi JCHning ushbu ishtirokchisini juda katta summaga sotib olishmoqchi edi, unga hatto yashash joyi ham tayyorlab qo'yishgandi. Lekin transfer amalga oshmay qoldi. Madridliklarning unga qiziqishlariga nima sabab bo’lgan? 
Javob : Ispaniyani JCH g�olibi bo�lishini bashorat qilgani 
Izoh : Gap Sakkizoyoq Paul haqida ketayotgandi
Savol : Oila qurganlariga ko'p vaqt bo'lgan bo'lsada farzand ko'rmayotgan oilaviy juftlik, Vengriyadan Isroilga davolanish uchun pul topish maqsadida ko'chib kelishadi. Omadni qarangki, ish haftasining oltinchi kunida qarovsiz itni topib olishadi va unga Pentag deb ism qo'yib asrab olishadi. Siz venger tilidan Pentag so'zini tarjima qilingda, shunday ismga ega bo'lgan mashxur adabiy qaxramonning do'stining ismini yozib bering? 
Javob : Robizon Kruzo 
Izoh : Isroilda 6-ish kuni juma kuni hisoblanadi. Jumavoyning do�sti Robinzon Kruzo
Savol : Rossiyada yashayotgan ingliz, Angliyada yashayotgan hotiniga hat yozibdi: ? ???? ???! Aqlli ayol eri xato qilganini tushinibdi va baribir xatni o'qishga muvaffaq bo'libdi. Ayol xatni o'qish uchun nimadan foydalangan? 
Javob : QVERTY Klaviaturasi 
Izoh : Kirilchada ? ???? ???!, lotinchada I LOVE YOU! bo�ladi
Savol : Uning familiyasini eshitib ovchi deb o'ylashingiz mumkin, lekin u ov bilan shug'ullanmaydi. Bir necha yil oldin unga bir ertak mashxurlik olib kelgan bo'lsada, u ertakchi ham emas. Muchal yillaridan birini yodga olingda, menga uning familiyasini ayting?  
Javob : Ribak 
Izoh : Ribak-baliq ovlovchi, ertak nomidagi qo�shiq aytgan, baliq-muchal yili
Savol : Bir asarda yozilishicha bahor fasli kirib kelgach bola otasidan varrak sotib olish uchun pul so’raydi. Ota esa pul o’rniga o’g’liga “ot”ni beradi. Savol: bola varrak sotib olishi uchun “ot”ni nima qilishi kerak? 
Javob : Sindirishi kerak 
Izoh : Ota farzandiga pul yig�iladigan o�yinchoq ot bergandi.
Savol : Yoshligimizda ko'rgan bir mashhur filmda o'sha shaharda osoyishtalik hukm surayotgani bir necha marta qayd etilgan. Lekin hozirda buning aksi ekanligi barchaga ma'lum. O'zbekistondagi bir viloyatda ham xuddi shunday nomli shahar mavjud. O'sha shaharning nomini bir daqiqadan so'ng yozib bering. 
Javob : Bag'dod 
Izoh : �Olovuddinning sehrli chirog'i� filmida �Bag'dodda hammayoq tinch� degan ibora bir necha marta takrorlanadi.
Savol : Dunyoning yirik shaharlari hozirgi kunda ko'p millatli bo'lib bormoqda. Bu narsa restoran sohasida ham namoyon bo'lmoqda. Savol muallifi “Selon” nomi ostidagi restoranlarni kupgina davlatlarda, masalan AQSh, Finlyandiya, Germaniya, Buyuk Britaniyada izlab topdi. Savol: Umum ovkatlanish joylari yana kanday nomlanishini uylab kuringda, «Selon» nomli kafe-restoranlarda kaysi xalklarning milliy taomlari pishirilishini yozib bering? 
Javob : Kataloniya yoki ispan 
Izoh : Ushbu restoranlar nomi �Bar Celona� veb yoziladi.
Savol : Internet ensiklopediyasi Wicipedia deb nomlanishidan habaringiz bor. Gretsiyaning wicipediyasiga u inson haqida maqola joylashtirsangiz darhol maqolangizni o’chirib tashlashadi. To’g’ri, ushbu wicipediyada mashxur arxitektura inshooti to’g’risida maqola bor, lekin bu maqolada ham u insonning ismi eslatilmaydi. Siz ham u insonni unutingda, arxitektura inshootini yozib bering? 
Javob : �Artemida� ibodathonasi 
Izoh : Vikipediyaning grek bo'limida davriy ravishda �Gerostrat� maqolasi vujudga kelib va tezda yo'q qilib turiladi. Artemida ibodatxonasi to'g'risidagi maqolada Gerostrat bu laqab, uning asl ismi ma'lum emas deb aytib o'tilgan. Shu bilan birga u erda �Ibodatxona m. a. 356 yilda noma'lum sababga ko'ra yonib ketgan� deb qayd etilgan.
Savol : Bu ikki o’zbek futbolchisining birining ismi uy hayvonini eslatadi va jamoaning legioneri hisoblanadi. Ikkinchisi esa kurash bilan ham shug’ullangan bo’lib, birinchi jangdayoq qo’shni millat vakiliga mag’lub bo’lgan. Bu futbolchining tarbiyasi ham biroz yomon bo’lsa, ularning ismini yozib bering? 
Javob : Qo�zivoy va Tursunboy 
Savol : Bu harakatni biz ko'pincha hazil yoki beozor ayyorlik sifatida ishlatamiz. Lekin AQShning Alabama shtati qonunchiligiga ko'ra, agar siz bu harakatni ayol kishiga nisbatan 3 bora takrorlasangiz, o'sha ayol sizning ustingizdan bemalol sudga murojaat etish huquqiga ega bo'ladi. Gap qanday harakat ustida bormoqda? 
Javob : Ko'z qisish 
Savol : Uning 1-qochqinidan so'ng hayotiga uch bora suiqasd qilishadi. Har safar uddaburonligi va batafsil tarjimai holi uni o'limdan saqlab qolgan. Lekin oxiri bular unga yordam berolmaydi. Uning qotilini toping. 
Javob : Tulki 
Izoh : Bo'g'irsoq multfilmida
Savol : 2008 yili Anatoliy Timoshuk “Shaxtyor”dan “Zenit”ga o'tganida bildiki, uning sevimli to'rtinchi raqami band ekan, lekin futbolchi vaziyatdan chiqish yo'lini topdi va boshka rakam oldi. Shu bois futbolchining “Zenit” tarkibidagi dastlabki yig'inida “Sport-Ekspress” gazetasi muxbiri u bilan suhbatda gapni bu odam to'g'risida so'rashni boshlaganidan unchalik hayron bo'lmadi. Bu odamni toping? 
Javob : Barak Obama 
Izoh : Anatoliy Timoshuk, ma'lumki, �Zenit�da 44-raqam ostida o'ynagan. Sergey TSimmermanning birinchi savoli futbolchining AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning innaguaratsiya marosimini ko'rganligi to'g'risida bo'lgan.
Savol : Ko'p insonlar o'zining sevimli jamoasini faol qo'llab-quvvatlaydi. Bir kuni bir inson shunday ishqibozni masxarabozga o'xshatadi. Ayting-chi aslida u qaysi davlat terma jamoasi muxlisi bo'lgan? 
Javob : Yaponiya 
Izoh : Ishqibozning yuzi Yaponiya milliy bayrog'i: oq fonda qizil doira tarzida bo'yalgan edi, bu ko'proq masxaraboz qizil burnini eslatardi
Savol : 1887 yilda Uimbldon tennis turnirida 15 yoshli tennischi qiz Lotti Dodd g'alaba qozondi. Albatta, bunga u boshqalarga nisbatan sezilarli ustunlikka ega ekanligi sabab bo'lgan. Qanaqa ustunlik? 
Javob : Uning yoshini hisobga olib, korsetsiz o'ynashga ruxsat berishgan 
Izoh : Korset bilan tennis o'ynash qanchalik qiyinligini tasavvur qilish qiyin emas
Savol : Ko'pchilik ushbu o'yin nomi nemis tilida “Federball” deb atalishini Doniyor Shokirov o'qigan savollar natijasida bilib olgan edi. O'yinning asosiy inventari ingliz tilida “shuttlecock” (shatlkok) deb ataladi, “shuttle” (shatl) moki deb tarjima qilinadi.Ushbu inventarni ayting. 
Javob : Volan 
Izoh : O'yin badminton. �cock� (kok) xo'roz ekanligini ko'pchilik bilsa kerak. Volan xo'roz kabi patlarga ega, moki kabi u erdan bu erga borib keladi.
Savol : O'rta asrlada Xitoyda u kumush, qalay, simobdan yasalgan. G'arbda mum, qotgan non, turli xil smolalardan tayyorlashgan. Uning nimaligini topgan bo'lsangiz u o'z nomini nimadan olgan? 
Javob : Qo'rg'oshin 
Izoh : Bu tish plombasi edi. Plomba esa o'z nomini qo'rg'oshindan (Pb) olgan.
Savol : Bu mamlakatda son jihatdan 3-o'rinda chexlar, to'rtinchi o'rinda slovaklar, beshinchi o'rinda slovaklar turgan. Keyingi o'rindagilar xorvatlar, polyaklar, ukrainlar va boshqalar. Qaysi ikki millat birgalikda mamlakat aholisining 42%ini tashkil etgan? 
Javob : avstriyaliklar va vengrlar 
Izoh : Bu mamlakat � Avstriya-Vengriya. 
Savol : Ilf va Petrovning “Bir qavatli Amerika” asaridagi qoshoq ishchi aytishicha, IKS – unga transport harajatlariga ajratiladigan yagona vosita ekan. IKSni bir xil harf bilan boshalanadigan ikki so'z bilan atang. 
Javob : Bosh barmoq 
Izoh : Bepul avtostop bilan harakatlanish nazarda tutilmoqda.
Savol : Yozuvchi-emigrant Yanush Glovatskiy asarlaridan birida qayd etilishicha, u erda dastlab tishlarga qaralarkan. Boshqa asarida U o'zining old ikki tishini yo'qotgan, shu bois agar jilmaysa, samimiy ko'rinmaydi. Uni ayting. 
Javob : Nyu-York 
Izoh : �Nyu-Yorkda dastlab tishlar va tufliga qaraladi� (�Beshinchi avenyuda�). Ikkita tish�Jahon Savdo Markazi minoralari. 
Savol : 1945 yili bir filmni ekranlashtirish davomida bosh xizmatkor kechki ovqat paytida necha kishi bo'lishini so'raydi va tushunarli sabablar tufayli javob ololmaydi. Ekranlashtirilgan film nomini toping. 
Javob : �O'nta negr bolasi� 
Izoh : Rene Klerning �Va hech kim qolmadi� filmida detektivga komediya elementlari berilgan. Bosh xizmatkor javob ololmaydi, chunki hech kim kechki ovqatgacha necha kishi qolishini bilmaydi.
Savol : Mashhur tennis ustasi Rodjer Federer 2008 yil 8 avgustda shunday qildi. Mashhur rassom El Greko kartinasi qahramoni esa bahorda shunday qiladi. Ular nima qiladi. 
Javob : xochni ko'taradi. 
Izoh : 2008 yil 8 avgustda Pekin Olimpiadasi ochilish marosimida Rodjer Federer o'z vatani Shvetsariya bayrog'ini ko'tarib chiqadi. Bilamizki, Shvetsariya bayrog'ida xoch tasvirlangan. El Greko chizgan surat esa xristianlikka bag'ishlangan bo'lib, unda monax xochni ko'tarib turadi. 
Savol : AQShdagi Uorm-Springs kurorti XX asr ikkinchi choragida bir kuchli xastalikdan keyingi reabilitatsiya markazi bo'lgan. Ushbu kurortdagi kottedjlarning biri “Kichik U” degan laqab olgan. Uni ayting. 
Javob : Oq Uy 
Izoh : Og'ir xastalik�poliomielit. 1920 yildan 1945 yilgacha Uorm-Springsga davolanish uchun FDR(AQShning 33-prezidenti Franklin Delano Ruzvelt) ko'p bora kelgan. Ushbu uyda vafot ham etgan. 
Savol : Bu familiyaning Angliyada keng tarqalganini kinoya qilib, mashhur shoir Bayron yozadiki, hatto “Yevgeniy” ham “Onegin” bo'lgan. Biz “Yevgeniy Onegin” o'rnida qaysi ismni berkitganmiz. 
Javob : Adam Smit 
Izoh : Shoir Jorj Bayron hatto Adamning, ya'ni Odam Atoning ham familiyasi Smit bo'lgan deb piching qilgan.
Savol : Umid qilamizki, siz ushbu turdan qoniqish hosil qilgansiz. Xuddi aka-uka Strugatskiy povestining bosh qahramoni hisoblaganidek: “Qanday Iksdan Igrek hosil bo'lganini bilish eng katta qoniqishdir”. Biz iks va igrek o'rnida nimani o'zgartirganmiz? 
Javob : Savol va javob 
Savol : Aytishlaricha, 1844 yili baron Vrangel bir beva ayolning kimga turmushga chiqayotgani bilan qiziqqan. Petr Petrovichga tegayotganini eshitib, mamnun bo'lib aytgan: “Molodets, bu uchun maqtasa bo'ladi! Hech bo'lmaganda eri general, qanaqadir ... ismsiz va mavqesiz odam emas”. Bu beva ayolning birinchi erini toping. 
Javob : Pushkin 
Izoh : Bu 1844 yili P.P. Lanskiyga turmushga chiqqan Natalya Nikolaevna Goncharova edi.
Savol : O'rta asrlar oxiridagi “Buyuk Aleksandrning tug'ilishi va g'alabalari haqidagi povest”da 12 ta punkt ro'yxati keltirilgan bo'lib, unda biz “oritlardagi”, “Pordagi”, “Bukefal otidagi”, “Issdagi”, “Granikdagi”, “Uzoqdagi” kabi nomlarni uchratish mumkin. Qaysi sifat oxirgi o'n ikkinchi punktga mos keladi. 
Javob : Misrdagi 
Izoh : Gap Aleksandr asos solgan Aleksandriya nomi ostidagi shaharlar haqida ketmoqda
Savol : Bir kollajning muallifi Maratning boshini boshqa bir tarixiy shaxsning boshiga almashtirib Lui Davidning “Maratning o'limi” surati ustidan kulgan. Kollaj qahramoni qog'ozga yozgan so'zni toping. 
Javob : Evrika 
Izoh : Arximed ham vannada cho'milgan, lekin ancha omadliroq ravishda, albatta.
Savol : “Nokiya” kompaniyasi shtab-kvartirasining yangi binosi xalq orasida “PPP”(inglizcha) deb qisqartirish mumkin bo'lgan laqab oldi. So'nggi P ingliz tilidagi “Palace ” – “qasr” so'zidan kelib chiqqan. Oldingi ikki harfi bo'lsa ushbu binoda xodimlar eng ko'p foydalanadigan instrument nomidan olingan. Uni ayting. 
Javob : PowerPoint 18 
Savol : “Visitors” filmining uzun versiyasi 100 daqiqa davom etadi.Mashhur iborani va bu ibora muallifining mashhurlikda kam bo'lmagan rasmini eslab, film rejissyori familiyasini toping. 
Javob : Franklin 
Savol : ISO 639-2 (2002) xalqaro standarti lotin va kirill alfavitlari asosida dunyo tillarining uch so'zli kodlariga ega. Masalan, Eng — ingliz tili, Ita — italyan, Fra/fre — frantsuz, Rus — rus, Ron/rum — rumin tillari kabi. Qaysi til bu standartda rom so'zi bilan belgilangan? 
Javob : lo'li 
Izoh : Lo'lilar (tsiganlar) eng ko'p yashaydigan mamlakat bu Ruminiya bo'lib, u er aholisining 20%ini tashkil etishadi. Shu bois lo'li tilining xalqaro qisqartmasi Ruminiya davlati nomidan olingan. Savolda ham rumin tilining kodi bekorga berilmadi.
Savol : 1967 yil kuzida bir Yevropa mamlakatida targ'ibot aktsiyasi davomida noodatiy qo'lqoplar sotilgan. Har bir juftdagi perchatkaning biri qizil, ikkinchisi yashil rangda bo'lgan. Bu aktsiya qanday voqea bilan bog'liq ravishda o'tkazilganini toping. 
Javob : o'ng tomonlama harakatlanishga o'tish 
Izoh : 1967 yil 3 sentyabrda Shvetsiya o'ng tomonlama harakatga o'tdi. Bo'lajak o'zgarish to'g'risida eslatib turish uchun hukumat kampaniyasi o'tkazilgan. O'xshash perchatkalardan foydalanilishi, g'oya mualliflarining fikricha, yo'lning qaysi tarafida yurish mumkin yoki mumkin emasligi to'g'risida eslatib turishi lozim edi.
Savol : Rossinining “Muso Misrda” operasida bosh qahramon fir'avnni, agar u Xudo tarafidan tanlangan xalqni qo'yib yubormasa, Misrdagi hamma narsa kulga aylanadi, deb ogohlantiradi. 1819 yil prem'erada rejissyor g'oyasi bilan sahnadagi yolg'ondakam piramidalar ularga aylanishgan. Biz sizdan ularni so'ramaymiz, balki premera qaysi shaharda bo'lganini topib bering. 
Javob : Neapol 
Izoh : Ular vulqonlardir. Neapol Vezuviyga yaqin joylashgan.
Savol : 2009 yil mavsumida Samara klubi “Krilya Sovetov”ning natijalari rahbariyatda tez-tez bosh og'rig'ini keltirib chiqardi. Vaziyatni to'g'rilash uchun braziliyalik Ramon ijaraga olindi. Siz bizga klub muxlislari bu futbolchiga qo'ygan laqabni topib berishingizni so'raymiz. 
Javob : TSitramon 
Izoh : TSitramon � bosh og'rig'iga qarshi dori, Ramon o'zining yaxshi o'yini bilan ko'pchilikni, shu qatorda muxlislar va klub rahbariyatini xursand qilgan.
Savol : Nemis sayohatchi ayoli Preyfer Iroqdagi Al-Qasr xarobalarida saqlanib qolgan, bu o'lkada mutlaqo no'malum bo'lgan ignabargli daraxtni mo'jiza deb ta'riflagan. Ushbu daraxtni Undan qolgan yagona narsa deb hisoblagan. Uni ayting. 
Javob : Semiramida bog'lari 
Izoh : �Yetti mo'jiza�ning biri hisoblanadigan Semiramida, Bobil osma bog'lari eramizdan oldingi davrdayoq yo'q bo'lib ketgan. Sayohatchi ayol o'sha kamyob ignabargli o'simlikni qadimgi Bobil o'rnidan topilganiga ishora qilib, shunday hisoblagan.
Savol : Bir qancha vaqt muqaddam Rossiya Fanlar Akademiyasi Falsafa instituti xodimlari o'zlarining doimiy ish joylari — Volxonkadagi uydan ajralish xavfi ostida qolishdi. Gazetalardan biridagi bu haqidagi maqola “Faylasuflar bu ishni qilishni istashmaydi”. Sizlar bu ishni qilgan faylasufni topib bering. 
Javob : Diogen 
Izoh : Antik davrda yashagan mashhur yunon faylasufi Diogen insonda hech qanday ehtiyoj bo'lmasligi kerak, deb hisoblagan va bir umr oddiy bir bochkada yashagan. Gazeta xodimlari faylasuflarning o'z ish binolaridan ajralib qolishdan o'ta xvotirga tushib qolganlari ustidan shu orqali piching qilishgan.
Savol : 1791 yilda Frantsiya parlamenti Jarrohlik Akademiyasi kotibi va doktori Antuan Luis hamda anatomiya bo'yicha professor Jozef Ignatsga maxsus topshiriq beradi. Bu topshiriq asosida ular Frantsiyaning o'zida 1981 yilgacha foydalanilgan bir ixtironi amalga oshirishadi va uni Antuan Luisning familiyasi bilan atashadi. Qiziq tarafi shundaki, ixtirodan maqsad insonga iloji boricha kam zarar etkazish bo'lgan. Siz bizga ixtiro nomini yoxud Antuan Luisning familiyasini yozib bering. 
Javob : Gilotina 
Savol : Faylasuf Zenonning barchaga ma'lum fikrini to'ldiring: “Xudo bizga kam gapirishimiz va ko'p eshitishimiz uchun...”. Javob: bitta til va ikkita quloq bergan 35. 1975 yili Sobiq Sovet ittifoqining “Salyut” va AQShning “Shatl” kosmik kemalari fazoda birlashadi. Birlashgan kema bir nom oladi. Biz sizdan o'sha nomni emas, balki bu nom qaysi rus ismining qisqartmasi ekanligini topib berishingizni so'raymiz. 
Javob : Aleksandr yoki Aleksandra 
Izoh : Kosmik kema nomi �Salyut� va �Shatl� so'zlarining birinchi bo'g'inidan olinib, �Sasha� deb ataladi.
Savol : Bu atoqli otning nomi lotinchadagi “sovuq” va yunonchadagi old inkor qo'shimchaning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Uning sovuq emasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Uni toping. 
Javob : Afrika 
Izoh : �a��yunoncha old inkor qo'shimcha, o'zbekchaga �no�, �be� deb tarjima qilinadi. Lotinchasiga �friz� degani esa �sovuq� degan ma'noni bildiradi.
Savol : Ispaniya terma jamoasining Jahon Chempionatida o`ta muvaffaqqiyatsiz qatnashganidan xabaringiz bor albatta. Gollandiyadan qabul qilib olingan sharmandali mag`lubiyatdan so`ng ispan gazetalaridan biri ,,QORA MUSHUK” nomli maqola chop etdi. ,,QORA MUSHUK” ni ko`rishni istasangiz 2015-yilning fevralini kutishingiz kerak. Diqqat savol: ,,QORA MUSHUK” o`rnidagi so`zlarni toping! 
Javob : 13, JUMA! Bu ko`rinishdagi sana qora mushuk kabi omadsizlik keltiradi deb irim qilinadi. Ispaniya Gollandiyaga aynan shu sanada yengildi. ,,El Mundo� nashri esa omadsizlikni aynan shu sana bilan bog`ladi! 
Savol : Yaqinda Namanganda bo`lib qaytdim. Toshkentga qaytayotganimizda dovondagi e`lonlardan biri e`tiborimni tortdi. Unda shunday yozilgandi: ,, X ULKAN MUVAFFAQQIYATLAR GAROVI”. Beixtiyor yuzimga tabassum yugurdi. Axir bu gap ikki ma`noda ham juda to`g`ri edi-da! Diqqat kutilmagan savol: Bu e`londa qaysi muassasa nomi tilga olingan? 
Javob : PAXTABANK! E`lon: ,,Paxta � ulkan muvaffaqqiyatlar garovi�! O`zbekiston iqtisodi paxtaga bog`liq ekanligi bor gap. Ammo Paxta qo`yib ulkan muvaffaqqiyatlarga erishayotganlar ham anchagina! 
Savol : Qishlog`imizda pilla boqilsa-da, bir odatga e`tibor qilmagan ekanman, yaqinda ko`rsatuvda ko`rib qoldim. Pilla yetilib, terilib bo`lganidan so`ng pilla boqilgan uyda o`ziga xos ziyofat boshlanadi. Qo`shnilar ham o`z hissasini qo`shish uchun turli taomlar va yeguliklarni olib chiqishadi. E`tiborlisi, ularga bir talab qo`yilarkan. Diqqat savol: Taom va yeguliklarga qanday talab qo`yiladi? 
Javob : Ularning barchasi oq rangda bo`lishi kerak (masalan, shirguruch, qatiq, sut va hokazo) ! Ular ham pilla bilan rang uyg`unligini hosil qilishi kerak ekan! 
Savol : Yaqinda bir film ko`rib qoldim (nomi esimda yo`q, bu muhim emas). Filmda ikki qiz o`z hayotlarini o`zgaritish maqsadida bir-birining uyiga ko`chib o`tadilar. Birinchisi AQShlik bo`lsa, Ikkinchisi Angliyadan edi. Ular uylarini ayirboshlab, yangi hayotga qadam qo`yishadi. AQShlik qiz yangi joyda ilk kundayoq bir muammoga duch keladi. Diqqat savol: Muammo sababini uchta so`z bilan ayting! 
Javob : O`NG QO`L QOIDASI! Ma`lumki, Angliyada bu qoida amalda va AQShdagidan farq qiladi! Qiz ilk kundanoq avtomobil boshqarishda muammoga duch keladi! 
Savol : Tasavvur qiling, yigit va qiz yoningizda turibdi. Ular afsonaviy qahramonlar hisoblanishadi. Ularning qo`lida bitta 200 so`mlik, ikkita 1000 so`mlik, bitta 50 so`mlik va bitta 500 so`mlik bor. Diqqat savol: Ikkalasining ham ismini ayting! 
Javob : SAMAR va QAND! Afsonalardan biriga ko`ra, SAMARQAND ni SAMAR va QAND ismli sevishganlar halok bo`lgan joyga qurishgan. Pullarni jamlasangiz 2750 so`m bo`ladi. Bu SAMARQAND ning yoshi! 
Savol : Kecha Matmusanikida oshda edik. E`tiborimni hovlidagi katta it tortdi. Matmusadan uning laqabini so`radim. U itning uchta laqabi borligini aytib qoldi. Qizig`i, uchchala laqab ham inson ismi edi. Birinchi laqab 90-yillar oxirida qo`yilgan ekan. Ikkinchisi 2000-yillarda. Uchinchisini yaqindagina qo`yibdilar. Ikki ism ajnabiyniki, biri esa o`zbeklarniki ekan. Diqqat savol: Uchchala ismni ham toping. 
Javob : MAYK (TAYSON), OZODBEK (NAZARBEKOV), LUIZ (SUAREZ)!!! Qopag`on odamlarga tishlash bilan shug`ullanib ko`rgan mashhurlar laqabini beribdi ))) 
Savol : Jannatda ikki farishta yashar ekan. Birinchisi doimo harakatda u yoqdan bu yoqqa o`tib yurarkan. Ikkinchisi esa doimo xotirjam, joyidan deyarli jilmas ekan. Bir ikkinchisi so`rab qolibdi: Sen doimo harakatdasan, qanday farishtasan? Birinchi javob beribdi: Men Ey, Yaratgan Egam yordam ber… deb boshlanuvchi tilaklarga javob beraman. Senchi? Ikkinchi debdi: Men OYIJON deb boshlanuvchi tilaklarga javob beraman! Yordam o`rnida ayitishim mumkin, OYIJON 1997-yildan beri mavjud! Diqqat savol: OYIJON o`rnida ikki so`zni toping. 
Javob : YARATGANGA SHUKR!!! OYIJON va YARATGANGA SHUKR (1997-yilda chiqqan) Z.Musoqov filmlari. 
Savol : Bu mashhur kinoqahramonlarni ismini ham o`zbekchaga o`girib ko`rdim. Birinchisi Olimtoy bo`lgani ma`qul ekan. Ikkinchisiga va To`rtinchisiga mantiqli bo`lmasa-da, Matyoqub va Doniyor ismlari yopishtirildi. Uchinchisini esa mantiqan Ali akaning o`g`li deb tarjima qildim. Diqqat savol: Bu tarjima mantiqan qaysi so`zni yuzaga keltirishi kerak edi? 
Javob : OMAD! Bosh harflardan shu so`z yasaladi. Kinoqahramonlar ,,Omadli jentelmenlar� dan. Dotsent Olimtoyga muqobil. Qahramonlardan biri Vasiliy Aliboboyevich, ya`ni Ali akaning o`g`li. 
Savol : Hazilga ko`ra, Yer yuzidagi eng chuv tushgan insonlar aynan ular ekan. Ularning ismi ma`lum emas. Ammo ular qilgan ish haqida barchamiz boxabarmiz. Diqqat savol: Ular nima ish qilishgan? 
Javob : Nuh kemasini qurishgan! U bechoralar kemani qurishgan, ammo kemaga chiqolmay to`fonda qolib ketishgan. Nuh kemasida Nuhdan boshqa inson bo`lmagan, axir. Bechoralarni aldab ishlatishgan ekan ))) 
Savol : Matmusa o`zining izquvarlarga xos sinchkovligi bilan ham ajralib turadi. Bir kuni Matmusa uzoq yillar ko`rmagan do`stini uchratibdi. Avval do`stining yara bosgan chap qo`liga qarabdi. Keyin esa o`rnidan turib do`stining chap tarafiga o`tibdi va suhbatni davom ettiribdi. Biroz oldin yaxshi eshitib turgan do`sti ba`zi gaplarni tushunmay boshlabdi. Ko`z osti terisi biroz osilgan do`stiga tikilgancha Matmusa uning kasbini aytibdi va haq bo`lib chiqibdi. Diqqat savol: Uning kasbini toping. 
Javob : Uzoq yo`lga yuradigan haydovchi (dalnoboyshik)! Ular yo`lda chap qo`lini oynadan chiqarib oladi. Qo`l quyoshda kuyadi, chang qo`nib yaraga aylanadi. Shovqin ham asosan chap tarafdan bo`lgani uchun quloq og`irlashadi. Ko`z ostining osilishi uyqusizlik oqibati albatta! 
Savol : AQShda u odatda qiyin va noqulay holatlarda qilinadigan ishni qilishga ruju qo`ydi va tanildi. Hindistonda u bilan bog`liq reja amalga oshmadi. O`zbekistonda u qaysi joydan ekanligi ma`lum. Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : Kelin! Gollivudda ,,Qochoq kelin�, Bollivudda ,,O`g`irlanmagan kelin�, O`zbek kinosida ,,Vodillik kelin�! 
Savol : Bir kuni Matmusa aka bilan kino ko`rib o`tirsak, qiziq gap aytib qoldi: Men aniq bilaman, bu kinoqahramon Coca-Cola ichishni yoqtiradi, ismidan ham ko`rinib turibdi. Maza qilib kulib oldim. Lekin akaning gapi ham ancha mantiqli edi. Diqqat savol: Biz qaysi filmni ko`rayotgan edik? 
Javob : Fantomas! Matmusa aka Fantamas deb eshitib, Fanta emas deyapti, bu kinoqahramon Fantani rad etyapti, demak u Coca-Cola ni yoqtiradi degan xulosaga kelibdi. 
Savol : Aforizm: Agar ichi bo`sh bo`lganida u bunchalik mashhur bo`lolmasdi! Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : Troya oti 
Savol : Ular haqida aniq bir to`xtamga kelish qiyin bo`ldi: Kimdir 78 ta dedi, kimdir 85 ta. Yana kimdir ishonch bilan 98 ta dedi. Ammo yakuniy qaror boshqacha bo`lib chiqdi. Diqqat savol: Ularni toping. 
Javob : Dalmatinlar! Ular jami 101 ta edi. Film (multfilm) boshida dalmatinlarni sanash sahnasi bor! 
Savol : Bir o`zbekning gapida X haqida gapirilaturib, shahar esga olinadi. Bir amerikalikning fikriga ko`ra, X mavhum bir tushunchaga tenglashtiriladi. Maqolga ko`ra, X ning mavjudligi taomlardan biri bilan bog`lanadi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Pul. Obid Asomov: ,,Puling bo`lsa xaltada, Dam olasan Yaltada�. Benjamin Franklin: ,,Vaqt � bu puldir�. Maqol: ,,Pul bo`lsa, changalda sho`rva�! 
Savol : Yaqinda sovg`a va suvenirlar sotiluvchi do`konlarni aylanayotganimda, KO`PGINA ULAR e`tiborimni tortdi. KO`PGINA ULAR hazilmi yoki haqiqat bilmadim, insonlarga bir ishni qilishda yordam beradi. Diqqat savol: ULAR ni ayting! 
Javob : QO`Y! 
Izoh : Nega qo`y tasviri bunchalik ko`p desam, yangi yilimiz qo`y muchali ostida ekan. Qo`ylar esa uxlolmayotgan insonlarga yordam tuyog`ini cho`zadi degan qiziq aqida bor. 
Savol : Agar uning barchasi yerda bo`lsa, demak jangchi o`z ajali bilan o`lgan. Agar uning bittasi yerda bo`lsa, jangchi jangda olgan jarohati tufayli o`lgan. Agar uning ikkalasi ham yerda bo`lmasa, demak jangchi jangda halok bo`lgan. Aynan shu prinsipga amal qilinmaganligi tufayli X ikkinchi marta buzilgan. Diqqat savol: ,,Qarshingizda turgan narsani” arabchaga tarjima qilingda, X ning birinchi marta nega buzilganini toping! 
Javob : Amir Temur haykalining oyog`i qiblaga teskari bo`lib qolgan 
Izoh : Qibla - ,,Qarshi tomonda turgan narsa�!
Savol : Latifa: Ikki kishining suhbati: - Voy o`lmasam, quloqlaring kuyibdiku! -Haa, o`tgan kuni shimimni dazmollayotgandim, birdan telefon jiringlab qoldi. Hayol bilan dazmolni qulog`imga qo`yibman. Buni barchangiz yaxshi bilasiz albatta! Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar, bu insonning ikkinchi qulog`i nega kuygan? 
Javob : Tez yordam�ga telefon qilmoqchi bo'lgan 
Savol : AQShning Kornell universiteti olimlari o`ta qiziq bir ilmiy tadqiqot o`tkazishdi. Markaziy Afrika o`rmonlarida yashovchi fillarni o`rgangan olimlar fillar dinamit portlashidan, mashina shovqinidan, qurilishdagi turli ovozlardan qo`rqisharkan. Albatta bu oddiy hol. Lekin eng qizig`i, ularning qo`rquviga eng ko`p sabab bo`la oladigan omil umuman boshqa ekan. Diqqat savol: O`sha omilni ikki so`z bilan yozib bering! 
Javob : AYOL OVOZI 
Savol : Xitoyda endigina jilmayishni o`rganayotgan ofitsiantlar xasi tayoqchalaridan foydalanishlari haqida savol o`ynalgandi. Yaqinda o`qigan maqolamga ko`ra, Xitoy armiyasida oddiygina ninadan bir maqsadda foydalanishar ekan. Diqqat savol: Aynan qaysi maqsadda? 
Javob : BOSHNI TIK TUTISH 
Izoh : Ignalar kiyimning yoqa qismiga tik qilib suqib qo`yilgan
Savol : KARIKATURA! Sartaroshxonadagi holat. Farrosh poldagi soch va quloqlarni supurib olmoqda. Diqqat savol: O`rindiqda nima osilib turganini toping. 
Javob : O` harfi 
Izoh : O`rganuvchi
Savol : ALMASHTIRILGAN SO`ZLAR BOR! Kleopatraning biror mamlakatga kema orqali tashrif buyurayotganini TUTUN ORQALI bilishgan. Forslarda esa TUTUN ORQALI kishining jamiyatdagi mavqeyini, ya`ni u zodagon yoki oddiy fuqaro ekanligini darrov bilib olishgan. Diqqat savol: TUTUN ORQALI so`zlari bilan almashtirilgan bitta so`zni yozib bering! 
Javob : Parfyumeriya 
Izoh : Kleopatra kemalarining yelkanlariga yaxshigina miqdordagi parfyumeriya mahsulotlari surib qo`yilgan. Biror mamlakatga yaqinlashganda shamoldagi ifor bundan darak berib turgan. Shaxsan mening tasavvurimda juda badjahl va jangari bo`lib gavdalanuvchi forslarda ham parfyumeriya keng qo`llanilgan va hatto tabaqalarga qarab foydalanilgan ekan.
Savol : SAVOLDA ALMASHTIRISH BOR!!! E.Vohidov ijodidan: Dastxat bir, Imzo bir she`rlar ketida, Lek, ajab, Hamisha qilurlar nifoq KILOGRAMM GRAMM ni to`pori deydi, Sen pastsan men sendan yuqori deydi. GRAMM uni ko`hna – Xarobasan der, Parvozlar asrida arobasan der. Diqqat savol: Almashtirilgan ikki so`zni yozib bering! 
Javob : ARUZ va BARMOQ 
Izoh : Kg va gr VAZN 
Savol : ,,Grifon� yunoncha so`z bo`lib, burgut tumshuqli va qanotli, shoxdor, arslon shaklli afsonaviy mavjudotdir. Diqqat savol: Cho`ntagimdan nima chiqaraman? 
Javob : 100 so`m pul 
Savol : Italiyalik hujumchi Antonio Kassano doimo bolalarcha fe`l-atvori bilan diqqat markazida turadi. Aynan shu xususiyati tufayli muxlislar unga bir laqab berishgan. Diqqat savol: Qanday? 
Javob : Piter-Pen 
Izoh : Yoshi ulg`aysa ham bolaligicha qolavergan
Savol : U 1941-yil harbiy xizmatga chaqiriladi. Mo`g`ulistonda xizmat qilgan bu askar bir kuni ofitserning ,,Kim artilleriyaga?� degan savoliga ,,Men!� deb javob beradi. ,,Kavaleriyagachi?�, ,,Flotgachi? ,,Men�. Diqqat savol: Bu askar kim edi? 
Javob : Leonid Gayday 
Izoh : Filmga aynan hayotidagi epizodni qo`shgan.
Savol : Bir kuni ko`zguga qarab, go`zalligi so`nib borayotganini ko`rgan u shunday dedi: ,,Kim aytadi meni ikki bor o`g`irlashgan deb�. Diqqat savol: U kim edi? 
Javob : Sohibjamol Yelena 
Savol : Latifa. Geografiya darsi: Boltavoy, Panama kanali haqida gapirchi? Diqqat savol: Boltavoy nima deb javob bergan? 
Javob : Televizorimizda bunday kanal yo`q? 
Savol : Latifa. Ikkita X restorandan chiqdi. Ikkisi ham mast. Biri dedi: Piyoda ketamizmi yoki itni kutamizmi? Diqqat savol: X ni toping 
Javob : 
Izoh : Burga
Savol : Nestle logotipida dastlabki yillar ona qush va uch nafar polaponlarning tasviri tushirilgan edi. Ammo 1998-yildan boshlab, ular ikkitaga kamaydi. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Oilalardagi farzandlar soni o`rtacha uchtadan ikkitaga kamaydi 
Savol : Yozuvchi Jeyms Barrining akasi 14 yoshida vafot etgan. U bu voqeadan umrbod ta`sirlanib yurgan va dunyoga mashhur obrazni aynan akasiga atab yaratgan. Diqqat savol: Qaysi obrazni? 
Javob : Piter Pen 
Izoh : Akasi uning ko`z oldida bolaligicha qolib ketgan
Savol : Har bir alpinist yer yuzidagi 14 ta cho`qqini zabt etsagina, u haqiqiy professional va chinakam namuna sanalarkan. Diqqat savol: 14 ta cho`qqining o`ziga xosligi nimada? 
Javob : Ular 8000 metrdan baland 
Savol : Shisha Pangma,Gasherbrum II,Broud-pik,Xidden-pik,Annapurna I, Nanga Parbat,Manaslu,Cho-Oyyu,Dxaulagiri,Makalu,Lxotsze, Kanchenjanga,Chogori Diqqat savol: Ro`yxatni yakunlang. 
Javob : Jomolungma, 8000 metrdan baland tog`lar 
Savol : X bu hamma odamlar o`zining xatolariga qo`yadigan ismdir. Diqqat savol: X ni toping 
Javob : Tajriba 
Savol : Fransiyadagi bu orol haqida Yuliy Sezar quyidagicha fikr bildirgan: Har xil qalang`i va qasang`ilar to`planadigan joy. Bu orol o`z navbatida bir inshooti orqali mashhur. Diqqat savol: Bu orolning eng mashhur mehmoni kim? 
Javob : Graf de Monte Kristo. If oroli 
Savol : Afrika qit`asida joylashgan Botsvana davlatining pul birligi ,,pula� deyilarkan. Bu so`zni ular salomlashishda ham ishlatishadi. Qizig`i davlat shiorida ham pula so`zi uchraydi. Diqqat savol: Pula so`zining ma`nosi nima? 
Javob : Yomg`ir. 
Izoh : Mamlakat shiori: Qo`yaver, yomg`ir yog`aversin
Savol : Aforizm: Agar erkak ayol uchun hamma narsaga tayyor bo`lsa, demak u ayolni sevadi. Agar ayol erkak uchun hamma narsaga tayyor bo`lsa, demak u � Diqqat savol: Fikrni yakunlang. 
Javob : Erkakni dunyoga keltirgan. Erkakning onasi 
Savol : 1776-yilda Angliya va Amerika o`rtasida ozodlik urushi borardi. Inglizlar Jorj Vashingtongni o`ldirishni niyat qiladilar. Sotqin oshpaz Jeyms Bestli Vashingtongga ,,zaharli o`simlikning mevalari� bilan bezatilgan ovqatni beradi. Diqqat savol: Zaharli o`simlikni hozir qanday ataymiz? 
Javob : Pomidor (tomati-yirik reza meva). 
Savol : Duplet. Olib chiqish taqiqlangan mahsulotlar. 1. Kubadan uning 23 tadan ortig`ini olib chiqib ketish taqiqlangan.Nimaning? 2. Hindistondan yoshi 100 dan ortiq mahsulotlar va uni olib chiqib ketish mumkin emas. Nimani? 
Javob : 1. sigaraning, 2. Hind rupiyasini 
Savol : Shri-Lankacha latifa. �Uchar likopchalarga ishonasizmi? �Ha, albatta, ishonaman. -O`zi biron marta uchar likopchani ko`rganmisiz? �Qamoqqa tushganimdan beri ko`rganim yo`q. Diqqat savol: Qamoqqa tushganimdan beri so`zlari qaysi so`zlar bilan almashtirilgan? 
Javob : Xotinim bilan ajrashganimdan beri 
Izoh : ShLda ajrashgan odam qamaladi
Savol : Qadimgi yunon faylasuflarining mashhur iborasi: ,,nihil ex nihilo� Tarjimasi: Keraksiz narsani sotib yuborishdan avval, bir ish qilish kerak� Diqqat savol: nima qilish kerak? 
Javob : uni sotib olish kerak 
Savol : ,,Asteriks va Obeliks� filmining ,,Kleopatra missiyasi� qismida bosh arxitektorning yordamchisi uning yoniga kelib, ,,toshlarni yuqoriga olib chiqib beruvchi moslama� yaratganini aytadi. Diqqat savol: Yordamchining ismi nima edi?
Javob : Otis 
Izoh : U lift ixtirochisi
Savol : Rivoyatlarga qaraganda Iskandar Zulqarnayn o`z qo`shinlari bilan shaharni kechib o`tar ekan, mahalliy xalq ularni tovuq va qirg`ovul go`shtidan tayyorlangan tansiq taomlar, tandirdan yangi uzilgan issiqqina nonlar bilan mehmon qilishgan ekan. Bu narsalarning forscha atalishi esa keyinchalik shaharning nomiga asos bo`lgan. Diqqat savol: Qaysi shahar haqida gap ketmoqda? 
Javob : Marg`ilon. 
Izoh : Murg`-u non so`zlari
Savol : Bu mukofot 1991-yilda Mark Abraxams va ,,Aqlga sig`mas tadqiqotlar� hajviy jurnali tomonidan ta`sis etilgan. Diqqat savol: Qaysi mukofot? 
Javob : Ignobel mukofoti (Antinobel, Shnobel) 
Savol : : Yevropada ularni misrlik ko`chmanchilar deb hisoblashgan. Inglizlar ularni ,,Gypsy� (Egyptian so`zidan olingan), vengriyaliklar ,,Pharao nepek� (,,firavnlar qabilasi�) deb atashgan. Ba`zilar esa ularni Zanzibar arxipelagi kelginlari deb bilishgan. Diqqat savol: Ular kimlar? 
Javob : Lo`lilar 
Savol : Nemiszabon mamlakatlarda ularning ,,sinti�, fransuzzabon mamlakatlarda ,,manush�, Ispaniya va Portugaliyada esa ,,iberiy� deb ataluvchi guruhlari istiqomat qilishadi? Diqqat savol: Ularni biz qanday ataymiz? 
Javob : Lo`lilar 
Savol : B. SHOU fikricha: Siz agar baxt orqasidan quvib qachondir unga yetishsangiz, U ishni qilgan kampir singari, baxt doim burningiz ostida yurganini sezib qolasiz. Diqqat savol: Nima ish qilgan? 
Javob : ko�zoynagini axtargan 
Savol : Luqmoni Xakim o‘g‘liga uch vasiyat qildi: birinchisi shuki, xotiningga zinxor siringniaytma, ikkinchisi – nokasdan qarz olma, uchinchisi – u bilan do‘st bo‘lma. U kim bilan do‘stbo‘lmaslikni nasihat qilgan? 
Javob : Mirshab 
Savol : O’qish, kitoblar, qonun, o‘rganish, sanolar, hushxabar. Ushbu so‘zlarning umumiyliginimada? 
Javob : Bular muqaddas kitoblar nomlarining ma’nosi: Qur’on, Bibliya, Tavrot, Talmud, Zabur va Injil. 
Savol : Sanksrit tilida «birlashish», «qo‘shilish» deb ayting 
Javob : Yoga. 
Savol : Ernest Renan uni mustaqil fan sifatidagi ahamiyatini inkor etgan: «U shundayziravorki, u bo‘lmasa hamma ovqat ta’msiz bo‘lib tuyuladi, ammo uning o‘zi ovqat bo‘lishgayaramaydi». U qaysi fan bo‘lishi mumkin? 
Javob : Falsafa 
Savol : «Hamma narsani kim biladi?» - degan shogirdlarining savoliga Aflotunning ustozibo‘lmish buyuk donishmand, qadimgi yunon faylasufi Suqrot: «Hamma narsani u biladi, lekinuning bir qismi o‘lib ketgan, ikkinchi qismi hali tug‘ilgan emas» - deb javob bergan. U kim? 
Javob : Hamma 
Savol : Umar Xayyomning ruboiysini tinglang:Dunyoning tilagi, samari xam u,Aql ko‘zin qorasi-javhari xam u.To‘garak jaxonni uzuk deb bilsak,Shaksiz uning ko‘z-gavhari xam u.Umar Xayyom u deganda nimani nazarda tutgan? 
Javob : Biz 
Savol : Falesning shunday iborasi bor: «Yulduzlar aqlsizlarni boshqaradi, oqillar esa ularniboshqaradi». Oqillar nimani boshqaradi? 
Javob : Yulduzlarni 
Savol : Avreliy Avgustin u haqda: «Agar mendan odamlar uning nima ekanliginiso‘ramagunlaricha men uni biladiganga o‘xshayman, biroq u nima ekanligini boshqalarga chuqurroq tushuntirmoqchi bo‘lsam, uni hargiz bilolmasligimni his etaman» degan. U nimahaqida shunday degan? 
Javob : Vaqt 
Savol : Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalam aytganlar: «U bamisoliAllohning yerdagi bayrog‘idir. Qachonki biror bandasiga yomonlikni iroda qilsa, uning bo‘ynigashu bayrog‘ini ilib qo‘yadi». U nima? 
Javob : Qarz 
Savol : Ularning har biriga quyidagi ta’riflar berilgan: Ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli;oilaning tabibi; qizlarning sepi; qozonning yog‘i; qorinning belbog‘i; imoratning suyagi, qozonolovi; ham obi yevg‘on, ham dori-darmon. Ular nimalar? 
Javob : Bular yetti xazina: sigir, asalari, ipak qurti, objuvoz, tegirmon, o‘rmon va tovuq 
Savol : Morze kodida o‘zgaruvchan koddan kamroq, o‘zgarmas koddan ko‘proqfoydalaniladi. Bunda nuqta va tire o‘rnida aynan o‘sha ikki belgi ishlatiladi. Ular qaysilar? 
Javob : Plyus va minus 
Savol : Ular xar yili kuzda dexqonlardan hosildan mahsulot hisobida 1-2 g‘alvir g‘allaundirar edilar. Agar ular kimligini topgan bo‘lsangiz, ushbu undirib olingan ulushning nominiayting. 
Javob : Mirobona 
Izoh : bular miroblar edi
Savol : Spenser fikricha bu hissiyotga to‘lgan nutq oxangi, Darvin fikricha qushlarningsayrashi va hayvonlarning o‘z juftlarini chaqirishi, Byuxer fikricha ibtidoiy odamlarning mehnatusullari, Shtumpf fikricha ibtidoiy odamlarning chaqiriq tovushlari, Kombare fikricha esa jodusehrlash marosimlari uning ilk manbalari xisoblanadi. U nima? 
Javob : Musiqa. 
Savol : Bu mayda toshlar buyrak shaklida bo‘lganligidan qadimda o‘sha toshlar buyraknidavolash xususiyatiga ega deb ishonganlar. Bu holat toshning nomida o‘z ifodasini topgan.Ushbu tosh qanday ataladi? 
Javob : Nefrit. 
Savol : Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda 10 dekabrda o‘tkaziladi.Nega aynan 10 dekabrda? 
Javob : Chunki, 1896 yil 10 dekabrda Alfred Nobel vafot etgan 
Savol : Nimaning orqa tomonida biz ushbu familiyalarni ko‘rishimiz mumkin: Artamonov,Petrov, Firsov, Vant Goff, Korolev, Gavrilov, Alexin, Grachev, Kondratyuk, Chernishev va x.k.? 
Javob : Oyning orqa tomonida 
Izoh : Bular u yerdagi kraterlarning nomlari
Savol : Xaros Mann yozgan: «U arqonga o‘xshaydi – biz uni kundan kunga bitta toladan o‘ribboramiz va ohir oqibat uni uzish uchun bizning kuchimiz yetmay qoladi». U nima? 
Javob : Odat. 
Savol : Moskvaning «Progress» nashriyotida 1966 yilda chiqqan kitobda 3 ta Rim imperatori,10 ta AQSh prezidenti va ko‘plab boshqa mashxur insonlarning ism-shariflarini ko‘rish mumkin.Ushbu kitobning siyosat va davlat boshqaruviga xech qanday aloqasi yo‘q, bu entsiklopedikma’lumotlar kitobi xam emas, o‘ylab ko‘ringchi, bu qanday kitob bo‘lishi mumkin? 
Javob : Aforizmlar to‘plami 
Savol : 1952 yilda O’zFA Til va adabiyot instituti hamda Yozuvchilar uyushmasiningbirgalikda o‘tkazgan kengashi uni «Qonli urushlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtovchi, xon vabeklarning talonchiligi va ularning kambag‘al xalqqa o‘tkazgan zulmini dabdaba bilan kuylovchi,millatchilikni targ‘ib qiluvchi, xalqqa qarshi asar», -deb baxoladi. U qaysi asar? 
Javob : «Alpomish» dostoni 
Savol : Hadisi Sharifda shunday yoilgan: «Qachonki Alloh Taolo biror podshohga yaxshiliknihohlasa, o‘sha podshohga uning yaxshisini bahsh etur, u unutgan paytda eslatadi, eslagan paytdayordamlashadi. Va agar Alloh podshohga yomonlikni istasa, o‘sha podshohga uning yomoniniato qilur, u unutsa, eslatmaydi, eslasa yordamlashmaydi». U kim yoki nima? 
Javob : Vazir. 
Savol : Mahmudovning «Mehmonnoma» kitobida shunday yozilgan: «Juda issiq va suyuqovqatlar dasturxonga keltirib qo‘yilgandan keyin unga albatta o‘sha narsani qo‘shib berishmaqsadga muvofiq» deyilgan. U nima? 
Javob : Yog‘och qoshiq 
Savol : Mashhur qadimgi yunon faylasufi Pifagordan so‘ragan ekanlar: «Sendonishmandmisan?». U kamtarlik bilan: «Yo‘q, men donishmand emasman. Men bor-yo‘g‘iuman» degan. Kimman degan? 
Javob : Donishmandlikni sevuvchi ya’ni faylasufman. 
Savol : Payg‘ambarimiz u xaqida shunday deganlar: «U zulmatda quyosh, vaxshatda hamroh,yolg‘izlikda yo‘ldosh, begona yurtda sirdosh, og‘ir damda raxbar, dushmanga qarshi quroldir». Unima? 
Javob : Ilm. 
Savol : Volter aytgan: «U yo‘q narsa. Bu dunyoda ro‘y beradigan xamma narsalar yo sinov, yoki jazo, yohud mukofot va yoinki avvaldan yuborilgan xabardir». U nima? 
Javob : Tasodif. 
Savol : Erkak qoramolni biz buqa yoki ho‘kiz deymiz. Buqa bilanhxo‘kizning farqi nimada? 
Javob : Buqa-bichilmagan yosh erkak qoramol. Xo‘kiz – 2 yoshdan oshib, qo‘shga yaraydigan holga kelgan bichilgan erkak qoramol. 
Savol : Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, «xalqni va vatanni omon saqlovchi», «tartibo‘rnatuvchi» kabi ma’nolarni beradi. Tarixiy adabiyotlarda u qo‘llanma xamda qoida ma’nolaridaishlatilgan. Bu qanday so‘z? 
Javob : Zobit. 
Savol : Bu so‘z asli yunoncha so‘z bo‘lib so‘zma-so‘z tarjimasi aynan «muqaddas o‘yiq»degan ma’noni bildiradi. Bu qanday so‘z? 
Javob : Ieroglif. 
Savol : Bu so‘z asosan «dramatik spektakl oralig‘ida ijro etiladigan musiqali drama yokiopera» degan ma’noni beradi. Hozirgi kunda bu so‘z san’at soxasida keng ishlatiladi. Bu qandayso‘z? 
Javob : Intermediya. 
Savol : Inflyuentsa italyan tilidan olingan bo‘lib, «tarqalaman» degan ma’noni bildiradi. 1780-82 yillarda bir kasallik yoppasiga tarqalganida unga shunday nom berilgan edi. Hozirgi kungachabu kasallikning ikkinchi nomi bo‘lib qolgan. Bu qaysi kasallik? 
Javob : Gripp. 
Savol : Sigir suti tarkibida kazein deb nomlangan murakkab oqsil mavjud. Bu oqsilning nomibir sut maxsulotining lotincha nomlanishidan kelib chiqqan. Qanday maxsulotning? 
Javob : Pishloq (caseus). 
Savol : Bu qushni ispanlar 15 asrning oxirlarida Kanar orollaridan Yevropaga olib kelganlar.Ho‘sh, bu qushning nomi nima? 
Javob : Kanareyka. 
Savol : Xalqaro birliklar tizimi SI da yettita asosiy birliklardan biri – yorug‘lik kuchi birligikandella bilan belgilanadi. Bu so‘z qadimgi lotincha so‘z bo‘lib xisoblanadi. U qanday ma’nonibildiradi? 
Javob : Sham (candella). 
Savol : Karamel konfetlarini barchamiz sevib iste’mol qilamiz. Lekin karamel so‘zining ma’nosini xamma xam bilmasa kerak. Bu so‘z lotincha cannamella so‘zidan olingan bo‘lib biro‘simlikning nomi xisoblanadi. Qaysi o‘simlikning? 
Javob : Shakarqamish. 
Savol : Bu so‘z yunoncha «ko‘rpa-to‘shak» degan so‘zdan olingan. Albatta dastlab u vujudgakelganida u yerda ko‘rpa-to‘shakdan boshqa ko‘p narsa bo‘lmagan. Hozirda u o‘ta rivojlanganbo‘lsada, baribir ko‘rpa-to‘shaksiz u yerni tasavvur qilib bo‘lmaydi. U qaysi joy? 
Javob : Klinika (kline). 
Savol : Yunonistonda uzumchilik va vinochilik xudosi Dionis sharafiga o‘tkazilgan bayramdaodatdagidan boshqacha kiyimda qatnashgan va hammaning kayfiyatini ko‘targan odamlarkeyinchalik o‘z nomlarini bir soha kishilariga berganlar. Ularning nomi nima bo‘lgan? 
Javob : Komik. 
Savol : Uning vatani AQSh. 1922 yilda u Frantsiyada topildi. Keyinchalik u o‘ziningYevropa bo‘ylab sayohatini davom ettirib, Sharqiy Yevropaga, Ukrainaga, Belorussiyaga yetibboradi. O’zbekistonga u Belorussiyadan 1972 yilda kelib qoladi. Ho‘sh endi aytingchi, u AQShning qaysi shtatidan kelgan? 
Javob : Kolorado. 
Izoh : Bu yerda gap kolorado qo‘ng‘izi xaqida ketmoqda
Savol : Bu asarni deyarli barchamiz sevib o‘qiganmiz. U dastlab paydo bo‘lganida «Aliflayla va layla» deb nomlanadi. Bu asar o‘zbekcha qanday nomlanadi? 
Javob : «Ming bir kecha». 
Savol : Mehrob so‘zi arab tilida harb joyi, ya’ni jang joyi degan ma’noni bildirar ekan.Aytingchi, u yerga nega aynan shunday nom berilgan? 
Javob : Bu yerda namoz paytida shayton bilan imom o‘rtasidagi urush bo‘ladi degan tasavvurlardan kelib chiqqan holda. 
Savol : Bu munosabat belgisi matematika faniga 1557 yilda Rekord tomonidan kiritildi. Buqaysi belgi? 
Javob : Tenglik belgisi. 
Savol : Ularni Tojikistonda jo‘gilar, Armanistonda bosha, Angliyada misrlik, Eronda qoracha,Frantsiyada fir’avn qabilasi, Finlyandiyada qora deb ataydilar. Ho‘sh ular bizda qanday ataladi? 
Javob : Lo‘lilar 
Savol : Bu harbiy unvon Frantsiyada 15 asrda paydo bo‘lgan, o‘sha paytlarda boshlig‘ivazifasini vaqtinchalik bajarib turgan ofitserni shunday deb atashgan. U qanday atalgan? 
Javob : Leytenant. 
Savol : Bu sintetik tolani Polshada elana, Angliyada terilen, AQShda dakron, Yaponiyadatetoron, Germaniyada diolen va Frantsiyada tergal deb nomlashadi. U bizda qanday nomlanadi? 
Javob : Lavsan. 
Savol : Bu transport turi 20 asr boshlarida paydo bo‘lgan. Ko‘pchilik uni tramvayningo‘tmishdoshi deb biladi. Bu transportning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi nima edi? 
Javob : Otlar (konka-kon). 
Savol : Uyg‘unning she’ridan bir to‘rtlikni eshiting:Qay yoshdan yurakda ishq o‘ti yonar?So‘rog‘in salomday so‘raydi alik.Aynan ……dan yoshlik boshlanar,Ungacha bo‘lgani bari bolalik.Ushbu to‘rtlikda tushirib qoldirilgan so‘zlarni toping. 
Javob : Birinchi bo‘sa 
Savol : Qadimgi hind traktatida shunday yozilgan: «Aql mayli hurmatni tug‘dirsa, qalb maylido‘stlikni, tana mayli hohishni tug‘diradi. Aql, qalb, tana mayli bir bo‘lib uni tug‘diradi». Nimanitug‘diradi? 
Javob : Muhabbat. 
Savol : O’rta asr Xitoy aforizmi (Syuy Syuemo)da shunday iboralar bor: «Erkak kishi ayolnichanqoqdan azob chekib, suvga intilayotgan yo‘lovchidek sevadi». Nega aynan shundayo‘xshatish qilingan? 
Javob : Undan o‘z extiyojini qondirib bo‘lgandan so‘ng unga bo‘lgan qiziqishi yo‘qoladi. 
Savol : O’rta asr Xitoy aforizmi (Syuy Syuemo)da shunday iboralar bor: «Ayol kishi erkakniissiqdan toliqib salqinga intilayotgan yo‘lovchidek sevadi». Nega aynan shunday o‘xshatishqilingan? 
Javob : U hatto o‘zi hohlagan narsaga erishsa ham uni hech tark etmaydi. 
Savol : Aleksandr Dyuma: «Bu boshqalardan ko‘ra o‘ziga ko‘proq azob berish san’atidir»degan. Nima haqida shunday degan? 
Javob : Rashk. 
Savol : L.N.Tolstoy «Badiiy asarlarda, romanlarda, kinolarda syujetlar, voqealar rivojlanibborib oxirida hammasi u bilan tugaydi. Hayotda esa aksincha, hamma narsa undan keyinboshlanadi». Tolstoy u deganda nimani nazarda tutgan? 
Javob : To‘y 
Savol : Xoratsiy Safrin shunday degan: «Ayol bilan tanishish uchun bir necha daqiqa yetarli,uni yaxshi bilish uchun yillar kerak, haqiqiy va to‘liq bilish uchun……». Nima qilish kerak? 
Javob : U bilan ajralish kerak 
Savol : Aleksandr Ratner aytgan: «Bu ayollarga bo‘lgan sevgi-muhabbatning benihoyakuchliligi oqibatidir». U nima? 
Javob : Bo‘ydoqlik 
Savol : Ambroz Birs fikricha: «Italiyada bu go‘zal ayoldir, Angliyada esa kuchli zahardir.Ikki til orasidagi bu o‘xshashlik kishini hayratga soladi». Bu qanday so‘z? 
Javob : Beladonna. 
Savol : U o‘zining asarlari tiraji bo‘yicha Bibliya va Shekspir pesalaridan keyin uchinchio‘rinni egallaydi. Uning asarlari bir yuz uchta tilga tarjima qilingan.Uning eng asosiyqahramonlaridan biri Nikaragua pochta markasida tasvirlangan. Bu mashxur ijodkor kim? 
Javob : Detektiv qirolichasi Agata Kristi. 
Savol : «Haqiqiy yigit arslonday irillay olishi kerak» degan shior ostida xar yili JanubiyAfrikaning Nelotreyt shaxrida musobaqa o‘tkaziladi. Musobaqada arslonday irillay olgan yigitlarsaralanadi. Musobaqa g‘oliblari bilan sovrindorlari unga eng mos deb hisoblanilar ekan. Nimaga? 
Javob : Kuyovlikka. 
Savol : Turkiyaning ayrim qishloqlarida hozirgi kunga qadar qiz kuyovning haqiqiy yigitekanligini ko‘rsatish maqsadida uning eshigi oldida ko‘pchilikni yig‘ib unga nisbatan bir ishniqiladi. Nima qiladi? 
Javob : Kuyovning soqol va mo‘ylovini qirib tashlaydi. 
Savol : Ximolay tog‘ida yashaydigan sherp qavmida ikki aka-uka xovlini bo‘lmaslik uchunbir qizga uylanishar ekan. Agar o‘sha oilada uch bola tug‘ilsa kattasi bilan kenjasi bir qizgauylanadi. O’rtanchasichi? 
Javob : Cherkovga ketadi 
Savol : Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida unga tog‘dan-tog‘gacha o‘tkazilgantom» deb ta’rif berilgan. U nima? 
Javob : Buyuk Xitoy devori. 
Savol : To‘ng‘uzlug‘ – G’arbiy Anato‘liyadagi shahar. XI asrda bu yerlarni Saljuqiylar zabtetganlarida atrofda to‘ng‘iz ko‘p bo‘lganligi uchun shaharni shu nom bilan ataganlar. Lekin shaharning xristian axolisi islomlashib, atrofdagi to‘ng‘izlar ham qirilib bitgandan so‘ngUsmoniylar davrida butunlay musulmonlashgan shahar ahli shaharlarining nomidan orlanib, XVasr oxiridan uni u yerdan ancha uzoq bo‘lishiga qaramay bir nom bilan ataydilar. Qanday nom? 
Javob : Dengizdan ancha uzoq bo‘lishiga qaramay Denizli deb atashadi. 
Savol : Xitoy imperatori (Min sulolasi 1368 yil) Amir Temurga yuborgan maktublarida ungabir nom bilan murojaat qilardi. Diplomatiya tilida esa bu «sen menga tobesan» degan ma’nonibildirardi. Imperator o‘z maktublarida Amir Temurga qanday murojaat qilardi? 
Javob : «O’g‘lim» deb. 
Savol : Bu «hovli»ning dastlabkisi Frantsiya qiroli Genrix VIII farmoniga asosan 1529 yildaParijda bunyod etilgan. Toshkentda bunday «hovli» ilk bor 1903 yilda qurilgan. Hozirgi kundaO’zbekistonda 530 ta bunday «hovli» bor. Shu hovlilarning eng kattasini ayting. 
Javob : «Yunusobod» tennis korti (ing.court – hovli). 
Savol : Konyak spirti 3,4,5 yil saqlanishi mumkin. Biz konyak spirti necha yil saqlanganiniqanday bilishimiz mumkin? 
Javob : Konyak shishasidagi yorliqda ko‘rsatilgan yulduzlar soniga qarab. 
Savol : Uning ota-onasi asli odessalik. U yoshligidan xotirasi juda kuchli bo‘lgan. 4 yoshidabobosi ko‘rsatgan fokuslarni tezda o‘zlashtirib, izidan qaytarar edi. 7 yoshdan mustaqil o‘zio‘ylab topgan fokuslarni odamlar oldida namoyish eta boshlagan. 15 yoshida «Afsungarlarjamiyati»ga qabul qilingan. U kim? 
Javob : Asli ismi Dodik Kotkin bo‘lgan Devid Kopperfild 
Savol : Bu so‘z ingliz tilida dexqon uyi degan ma’noni bildiradi. Asosan 16 asr oxiri 17 asrboshlarida Angliyada qurila boshlagan, keyinchalik Skandinaviya, AQSh va b. joylardatarqalgan. Bu dexqon uyini biz qanday ataymiz? 
Javob : Kottej. 
Savol : Bu asarning muallifi o‘z asari haqida shunday yozgan: «Men bu kitobni mahsus alifbetartibida hikmatli so‘zlar, saj’lar, maqollar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalarbilan bezadim». Bu qaysi asar va uning muallifi kim? 
Javob : «Devonu lug‘otit turk», Mahmud Qoshg‘ariy. 
Savol : Bu so‘z yunonchada «katta kosa» degan ma’noni bildiradi. Bunday «katta kosa»laryerdan ko‘ra boshqa joyda ko‘proq. Qaerda? 
Javob : Oyda. 
Izoh : Gap bu yerda kraterlar haqida ketmoqda (krater-katta kosa).
Savol : Bitmay qolgan ish; inson tanasining bir qismi; peshona teri bilan topilgan pokizane’mat; qilgan nojo‘ya ishlar uchun koyish va o‘yinga yolg‘on aralashtirib nohaq o‘ynash. Butushunchalarning umuiyligi nimada? 
Javob : Bular barchasi o‘zbek milliy kurashida ishlatiladigan atamalar: chala, yonbosh, halol, tanbeh, dakki va g‘irrom. 
Savol : Xorunjiy Potanin 1829-30 yillardaToshkentda bo‘lganida «Shahar markazida hiylabaland do‘nglik joylashgan bo‘lib, shahar aholisi u yerda tez-tez sayillar, bayramlar o‘tkazishuchun to‘planganlar. Bu yerdan shahar hududi xuddi kaftdek ko‘zga tashlanib turadi» debyozgan. U yuqoridagi ta’rifini Toshkentdagi qaysi joyga nisbatan bergan? 
Javob : Ko‘kcha (ko‘hcha so‘zi forschadan tarjim qilinganida tog‘cha, tepalik degan ma’noni bildiradi). 
Savol : Bu yerda yashovchi xalq juda hushfe’l xamda ochiqko‘ngil. Ular har bir mehmonni“Selemat datang” deya yuzlarida tabassum bilan qarshi oladilar. Ular o‘zlarini «Bumiputra» ya’ni«zamin o‘g‘lonlari» deb ataydilar. Bu qaysi xalq? 
Javob : Malayziyaliklar (malaylar). 
Savol : 1927 yil, Yaponiya «Monsyu» - 9810 m. 1952 yil Britaniya «Chelenjer II» - 10863 m.1959 yil sobiq SSSR «Vityaz» - necha m? 
Javob : 11022 m. 
Izoh : Bu yerda gap mana shu yillari mana shu davlatlarning shu nomdagi suvosti kemalari Marianna botig‘ini chuqurligini o‘lchab, bergan ma’lumotlari haqida ketmoqda.
Savol : U II - Jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alaba sharafiga yodgorlik sifatida barpoetilgan. Uning asosini A. Ayzenshteyn Sharqiy Prussiyaning Allenshteyn shahridan keltiribo‘rnatgan. U nima? 
Javob : Toshkent kuranti 
Savol : Unda 8 ta g‘ildirak bo‘lib, ularning har biri o‘z dvigateliga ega. Televizion kameralaruning ko‘zlari vazifasini bajargan. U nima? 
Javob : «Lunoxod-1» apparati 
Savol : Yaponiyada ularni dasturxonda ko‘rishsa xech kim ajablanmaydi. Ushbu kunchiqarmamlakatda uni taom sifatida iste’mol qiladilar. Ularni qaynatib, ustiga uksus sepib, ozginashakar ham solishadi. Shundan keyin qarabsizki shirin va mazali taom tayyor. Umuman,Yaponiyada ular uchun yuzlab retseptlar bor. U nima? 
Javob : Xrizantema guli. 
Savol : Fransuzlar uchun ovqatning sifati muhim, inglizlar uchun odamning ovqatlanish paytida o‘zini tuta bilishi muhim. Ho‘sh endi aytingchi, bu borada nemislarni nima qiziqtiradi? 
Javob : Dasturxonga tortilgan taomlarning soni. 
Savol : Hadisni eshiting: «Xotinlarga bashorat: homilador bo‘lurlar, tug‘arlar, bolalariniemizadilar, bolalariga marhamatli ham bo‘lurlar, agar erlari bilan yaxshi muosharat qilib, namozham o‘qisalar o‘sha narsa shubhasizdir». Nima? 
Javob : Jannatga kirishlari 
Savol : «Zichi Ko‘ragoniy» asarida odatdagi matematik formulalar ham, tenglamalar ham,yulduzlar nomi ham yo‘q, hatto ushbu asarda ulardan birortasini uchratmaysiz. Ular o‘shapaytlarda harflar bilan ifodalangan. Ular nimalar? 
Javob : Raqamlar. 
Savol : Rossiyada joylashgan «Kasperskiy laboratoriyasi» tahliliy markazi u yerda tarqalganviruslar haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. O’tgan yili 9 ta virus epidemiyalari va 26 ta lokal virustarqalgan. Bu viruslar qaerda tarqalgan? 
Javob : Internetda. 
Savol : Anton Chexov u narsani doimo yonida olib yurgan, uning aksi o‘laroq Buninda unarsa umuman bo‘lmagan. U nima? 
Javob : Yon daftar 
Savol : XIX asrda germaniyalik Paul Shults ismli qassob ish qidirib Amerikaga borib qoladi.U har kuni kushxonadan qaytayotganida o‘zi so‘ygan mollarning ichaklarini o‘zi bilan birgauyiga olib kelib, ularning ichini har xil masalliqlar bilan to‘ldirib, iste’mol qilar edi. Shu tariqaShults uning ixtirochisiga aylanadi. U nimani ixtiro qilgan? 
Javob : Sosiska. 
Savol : Barchamiz turli sosiska turlarini bilamiz: mol go‘shtidan, qo‘y go‘shtidan, tovuqgo‘shtidan tayyorlangan va h. Sosiskalar ichida sutli sosiskalar xam bor. Ularga sut qo‘shiladimi,nima uchun ular shunday ataladi? 
Javob : Sutli sosiskaga sut qo‘shilmaydi, albatta. Ularning bunday atalishiga sabab ular sut emib turgan cho‘chqa bolasining go‘shtidan tayyorlanadi. 
Savol : Hindistonda har oyda ularga ma’lum miqdorda pul to‘lab boriladi. Bundan tashqari,ular bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida xam davlatqaramog‘ida bo‘lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ularshartnomani buzishsa, ularni qamoq va jarima jazosi kutadi. Ular kimlar? 
Javob : Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar. 
Izoh : Hindistonda axoli soni keskin o‘sib borayotganligi munosabati bilan hukumat tabiiy o‘sishni shu yo‘l bilan kamaytirish maqsadida hohlovchilarga shunday shartnomani taklif qiladi.
Savol : Samyuel Jonson: «Qachonki ikkita angliyalik uchrashib qolsa, ularning birinchikalomi hamisha mana shu mavzudan boshlanadi» degan. Qaysi mavzudan? 
Javob : Ob-havo xaqida. 
Savol : A.S.Pushkin aytgan: «Ular ma’rifatning pochta otlaridirlar». Qaysi kasb vakillarihaqida shunday degan? 
Javob : Tarjimonlar. 
Savol : Rim huquqiga tartib va to‘plam beruvchi mashhur Yustinian kodeksida ularning sudjarayonidagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida farmon bor. Unda shundaydeyiladi: «Ular guvoh emaslar,ular guvohlardan ham, hatto sudyalardan ham yuqoridirlar». Ularkimlar? 
Javob : Vrachlar. 
Savol : Arab alximigi Jobir (Geber) tomonidan VIII asrda kashf qilingan modda Rim papapsiAleksandr VI ning o‘g‘li, XVII asrda yashagan Teofaniya di Adomaga juda qo‘l keladi va uushbu kashfiyot yordamida «akva tafana» nomli suv tayyorlaydi. U bu suvdan g‘arazli maqsaddafoydalanadi.Siz menga uning bu suvdan nima maqsadda foydalanganini emas, o‘sha moddaningnomi nima ekanligini ayting. 
Javob : Margimush. 
Savol : Bu so‘z ikki yunon xudolari: Germes (erkak) va Afrodita (ayol) nomlaridan kelibchiqqan bo‘lib o‘zida bu ikkovining bir xususiyatini birlashtiradi. Bu qanday so‘z? 
Javob : Germafrodit (O’zida ikki jinsning belgilarini saqlovchi organizm). 
Savol : Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha, undan o‘lish hollariyurak-qon tomir kasalliklari, onkologik kasalliklardan o‘lish xollaridan keyin uchinchi o‘rindaturadi. U qanday sabab? 
Javob : Avtohalokatlar. 
Savol : U haqida Ismoil Jurjoniy «U hamma uchun foydali, charchoqni chiqazadi, ovqat hazmqilishni yaxshilaydi» degan. Ruslarning 1770 yilda chop etilgan kitobida uni «ikkinchi ona» debtasvirlaydilar. U nima? 
Javob : Hammom. 
Savol : Hadisda shunday deyilgan: «Pishay desang u ishni qil. Unda besh foyda bor: ko‘ngilyozish, kuch to‘plash, ilm va adab o‘rganish, dono kishilar bilan ziyoratda, suxbatda bo‘lish».Qaysi ish haqida shuday deyilagn? 
Javob : Safar qilish. 
Savol : Abdulla Qodiriy unga shunday ta’rif bergan: «Bu zo‘rlikniki emas, haqliknikidir, buzolimlarniki emas, mazlumlarnikimdir. Shuning uchun buning ma’nosi ham boshqachadir».Qodiriy nimaga nisbatan shu ta’rifni bergan? 
Javob : «Mushtum»ga nisbatan 
Savol : Peruda aqlli otalar avokado daraxti mevasi pishgan davrda o‘z qizlarini ko‘chagachiqarmaydilar. Nega? 
Javob : Chunki, Peruda eng kuchli shahvoniy hissiyotni qo‘zg‘atuvchi meva avokado hisoblanadi. 
Savol : Abdulla Oripovning shunday satrlari bor:Men ham yashayapman o‘z zamonamda,Davrimdan qayga xam tushardim yiroq.Va lekin bilmadim mening qonimdaQaysi bir bobomning hislati ko‘proq.Yuqoridagi satrlarning mazmunidan kelib chiqqan holatda aytingchi, ushbu she’r qandaynomlanadi? 
Javob : Genetika. 
Savol : Tog‘ay Murodning «Oydinda yurgan odamlar» asarida u shunday ta’riflanadi: «Uelimizta’rixi. Unda elimiz kechirmish hayitlari bor, fojialari bor. U-qo‘shiq, elimizning azaliyham so‘ngsiz qo‘shig‘i». U nima? 
Javob : Atlas. 
Savol : Ular o‘zlarini «Ni Malagasi» deb atashadi. Aynan mana shu so‘zdan ularningfrantsuzcha atalishi «malagasilar» kelib chiqqan. U qaysi xalq? 
Javob : Madagaskarliklar. 
Savol : Madagaskarda biror jonivor uchalik e’zoz ko‘rmagan. Orolning shimoli-g‘arbidayashovchi tsimixeti elati uni kuch-qudrat timsoli sifatida etirof etishadi. Uni o‘ldirish judabehosiyat ish hisoblangan. Chunki uni o‘ldirish ajdodlar ruhini ham halok qilishni bildiradi. Uqaysi hayvon? 
Javob : Timsox. 
Savol : Boburning «Boburnoma» asarida u kishiga shunday ta’rif beriladi: «UstozQulmuhammad va shayhi Noyi va Husayn Udiykim sozda ilg‘or, usta edilar, bekning tarbiyat vaquvvati yordami bila muncha taraqqiy va shuxrat qildilar. Ustod Behzod va Shoh Muzaffartasviri bekning sa’y va ehtimoli bilan mundoq mashxur va taniqli bo‘ldilar». Yuqorida tilga olingan «bek» kim? 
Javob : Alisher Navoiy. 
Savol : Ular ba’zi joylarda bahshi deb ham yuritiladi. Uning asosiy qurollari doira yokiqamchi, ba’zan dutor yoki hivchinlardan iborat bo‘ladi. Ular kimlar? 
Javob : Parixonlar (duoxonlar, azayimxonlar). 
Savol : Leonardo da Vinchi uning g‘oyasini ilmiy asoslab bergan. Uning hozirgi kundagiko‘rinishini Rossiyada birinchi marta Kotelnikov 1911 yilda yaratgan. 18 sarda esa Mongolfeismli frantsuz u bilan minoradan sakragan. U nima? 
Javob : Parashyut. 
Savol : Uning qirqdan ortiq turi bor: ivitma, bedana, to‘g‘rama, to‘y, sofaki, qorma, suzma vab.. Ularni tayyorlash o‘zbeklar o‘rtasida, ayniqsa erkaklarga hos fazilat hisoblanadi. U nima? 
Javob : Palov. 
Savol : 20 yil davomida qurilgan bu bino to‘g‘risida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagichama’lumot beradi: «Temur ishga yaroqli bo‘lganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnaxrgako‘chishga buyruq berdi». Qaysi binoning qurilishi haqida gap bormoqda? 
Javob : Oqsaroy. 
Savol : O’rta Osiyo xalqlarida, jumladan, o‘zbeklarda «osh xalol» degan odat bo‘lgan. Bu birkasb egasining xalol mexnati uchun berilgan osh, taomdan iborat bo‘lgan. «Osh xalol» kimgaberilgan? 
Javob : Podachilarga. 
Savol : Dastlab 16-17 asrlar Frantsiyadagi katta hashamatli uylar shunday atalgan.Keyinchalik shularga taqlidan qurila boshlagan shahardagi bir turkum binolar o‘sha nom bilanatalgan. Ular qanday atalgan? 
Javob : Otel. 
Savol : 12-13 asrlarda Yaqin Sharqdagi ayrim mamlakatlardagi davlat boshliqlarning unvoni;Mamluklar davrida Misr lashkarboshisi; Saljuqiy sultonlar valiahdlari murabbiysi. Bularningbarchasi bir nom bilan atalgan. Siz menga ular qanday atalganini emas, shu nomga ega bo‘lganadabiy qahramonning muallifini ayting 
Javob : Abdulla Qodiriy 
Izoh : Bu yerda gap «otabek» degan nom haqida ketmoqda. Otabek ismli adabiy qaxramon Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanining bosh qahramoni.
Savol : Bu sport turi 1900-yildan boshlab Olimpiada o‘yinlaridan joy olgan. 1953 yildan jaxon va Yevropa chempionatlari o‘tkaziladi. Halqaro federatsiyasi FEI 100 ga yaqinmamlakatlar milliy federatsiyalarini birlashtiradi. O’zbekistonning bu sport federatsiyasi FEI ga1993 yildan a’zo. Bu qaysi sport turi? 
Javob : Ot sporti. 
Savol : O’zbekiston va bir qancha mamlakatlarda u 735,499 Vt, AQSh va Buyuk Britaniyadaesa 745,7 Vt. Bunga qarab, AQSh va Yevropada ular bizdagiga qaraganda sal baquvvatroqekanda degan hulosaga kelish mumkin. Ular kimlar yoki nimalar? 
Javob : Otlar (Gap «ot kuchi» quvvat o‘lchov birligi haqida ketmoqda). 
Savol : Bu voqea Bangkokda 4 marta, Dehlida 2 marta, Manila, Tokio, Jakarta, Tehron, Seul,Pekin va Xirosimada 1 marta sodir bo‘lgan. Uning oxirgisi qaerda sodir bo‘lgan? 
Javob : Janubiy Koreyaning Pusan shaxrida (2002 yil). 
Izoh : Gap Osiyo o‘yinlari haqida ketmoqda
Savol : U namlik yerni yoqtiradi. «Tagim ko‘l bo‘lsin, tanam cho‘l bo‘lsin» degan maqol xamborki, buni bog‘bonlar uning tilidan aytishgan. U nima? 
Javob : Anjir daraxti 
Savol : Xalqimizda dexqonlarning piri-Bobo Dexqon, yilqichilarniki -Qambar ota, sigirboquvchilarniki - Zangi ota, echki boquvchilarniki - Saksak ota, poyafzal tikuvchi kosiblarniki -Boboi Parado‘z,chilangarlarniki - Hayoti Dovud bo‘lgan. Qo‘y boquvchilarning piri kim bo‘lgan? 
Javob : Cho‘pon ota. 
Savol : Xalqimizda arpa og‘sa, kanduginingni (g‘alla soladigan joy) tuzat, bug‘doy og‘sa,somonxonangni degan ibora bor. Buni qanday izohlash mumkin? 
Javob : Arpa og‘sa (boshini ko‘tara olmay bir tarafga og‘sa)soyada doni to‘lishib, hosildor bo‘ladi,bug‘doyda esa buning tamomila aksi bo‘ladi. 
Savol : Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida unga shunday ta’rif beradilar: «U gul vaboshqa narsalarning ustiga tushadigan, ko‘zga ko‘rinmas shudringdir, u shunday bir bug‘ki,yuqoriga ko‘tarilib, havoda yetiladi va kechasi quyuqlashib pastga tushadi». U nima? 
Javob : Asal. 
Savol : O’rta Osiyo xalqlari uni «to‘qson» deb ataganlar. Yana bunga ehtiyot yuzasidan 10 niqo‘shib, yuzga to‘lg‘azib, «Sad pok» deb yuritganlar. Ular nimani shunday ataganlar? 
Javob : Qishni. 
Savol : Xalqimizda «Baloning mingi Sirda, biri qirda» degan maqol bor. Bu maqol nimaxaqida aytilgan. 
Javob : Sirdaryo daryosi xaqida 
Izoh : Ilgari Sirdaryo juda ko‘p toshib, uning bo‘yida yashovchi xalqqa ko‘p talofatlar yetkazgan, qirga chiqib ketgan xalq esa, bunday ofatga duchor bo‘lmas edi.
Savol : O’tmishda ba’zi oqlig‘i (sut,qatiq) yo‘q xonadonlarga sigiri borlar hurmada qatiq olibkelib berardilar. Ushbu hurmalarni qaytarib berayotganlarida unga bir narsa solib berishgan.Nima solib berishgan? 
Javob : Moliga yem bo‘lsin deb kepak solib berishardi 
Savol : Etnograf Snesarev shunday yozadi: «Xorazmda u to‘g‘risida «U xudoga zikr aytadi»derdilar. Bundan tashqari, Xorazmda u o‘z ishini bevaqt sodir etsa, unga nisbatan keskin choralarko‘rilib, kallasi olingan». Bir daqiqadan so‘ng o‘sha kallasi olinganni nomini ayting. 
Javob : Xo‘roz (bevaqt qichqirganida). 
Savol : Xalqimizda «Bo‘rining yesa ham, yemasa ham og‘zi qon» degan maqol bor. Bumaqolning ma’nosi barchamizga ma’lum. Lekin bu ibora bejiz aytilmagan. Bu iboraning vujudgakelishiga nima sabab bo‘lgan? 
Javob : Bo‘ri doimo og‘zini ochib, qizil tilini osiltirib yurgani uchun og‘zi qonday bo‘lib ko‘rinadi. 
Savol : Qishloq ho‘jaligi fanlari doktori, professor Z. Tursunxo‘jaevning yozishicha, agarushbu maqolga amal qilinsa, hosildorlik gektariga 3 tsentnerdan 6 tsentnergacha yuqori bo‘ladi.Bir daqiqadan keyin shu maqolni aytib bering 
Javob : «Yer haydasang kuz hayda,kuz haydamasang yuz hayda». 
Savol : Xalqimiza «Jo‘jani kuzda sanaydilar» degan maqol bor. Jo‘jani nega aynan kuzdasanash kerak? 
Javob : Bahorda tuxumdan chiqqan jo‘jani kuzgacha kalxat,tulki va b. yeb kuzgacha ularning soni kamayib, o‘zini eplab olgan jo‘jalargina qoladi. Aynan o‘shanda sanash kerak deyilmoqchi. 
Savol : Uning «qulog‘i chinoq bo‘lmasin, oyog‘i oqsoq yo kasal bo‘lmasin; salimul a’zosibenuqson bo‘lsin» degan shartlari bor. Bu shartlar nimaga nisbatan aytilgan? 
Javob : Qurbonlikka so‘yiladigan qo‘y. 
Savol : Xalqimizda «Ko‘rmoq bor yemoq yo‘q» degan maqol bor. Qaerda ko‘rmoq boryemoq yo‘q? 
Javob : Diniy tushunchalarga ko‘ra, jannatda jamiki noz-ne’matlar, oziq-ovqatlar bo‘larmish. Ammo ularni huddi tushda ko‘rgandek ko‘rish mumkin emish-u yeb-ichib bo‘lmasmish. 
Savol : AQSh ning 17-prezidenti Endryu Jonson boshqa prezidentlar bir kasb vakillariga ishonib topshiradigan ishni o‘zi amalga oshirgan. Bu ish bilan shug‘ullanib yuksak darajagayetgan insonlar ham bor. Bu qanday ish bo‘lishi mumkin? 
Javob : Tikuvchilik. Endryu Jonson o‘z liboslarini o‘zi tikkan. 
Savol : Angliyadagi eng taniqli qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona rahbarining isminihammamiz eshitganmiz. Uni ayting. 
Javob : Vatman. 
Savol : Bu so‘z forschadan olingan bo‘lib, boshdan oxirigacha, butunlay, tamoman, to‘liqdegan ma’nolarni bildiradi. Biz bu so‘zni ishlatganimizda uning o‘zbek tilidagi tarjimasi bilanbirgalikda qo‘llaymiz. Bu qanday so‘z bo‘lishi mumkin? 
Javob : Sarpo (Forschada sar-bosh, poy-oyoq degani, biz esa «bosh-oyoq sarpo» deymiz). 
Savol : O’tkir Hoshimov o‘zining «Sakkizinchi mo‘‘jiza» rukni ostida bosib chiqarilganbitiklarida shunday yozadi: «Dramaturgiyani adabiyot gultojisi deyishadi. Biroq menga qolsa uniadabiyot gultojisi degan bo‘lur edim. Negaki, unda proza ham, she’riyat ham, dramaturgiya hambor». U nimani adabiyot gultojisi deb atagan? 
Javob : Romanni. 
Savol : Frantsiyaning Portugaliyadagi elchisi Jan Niko 1560 yili frantsuz qirolichasiYekaterina Medichiga uni taqdim etgan va qirolichani bir darddan forig‘ qilgan. Jan Nikoqirolichaga nima taqdim qilgan? 
Javob : Tamaki o‘simligi bargalari. 
Izoh : Yekaterina Medichi migren bilan og‘rigan edi, tamakidan foydalana boshlagandan so‘ng u o‘z dardidan forig‘ bo‘ladi, tamaki bargidagi alkaloid esa Jan Niko sharafiga nikotin deb ataladigan bo‘ldi.
Savol : Ro‘dakiyning iste’dodli shogirdi Shohid Balxiy shunday yozgan edi: «Bu ikkovi –nargis guli bilan atirguldir, ularhxech qachon birgalikda ochilmaydilar. Ulardan birinchisi kimdabo‘lsa, ikkinchisi bo‘lmaydi». U ikki narsnima? 
Javob : Boylik va olimlik. 
Savol : Bizga ma’lumki, har yili «Yil insoni» unvoniga sazovor bo‘lgan kishilar aniqlanadi.1982 yili «Time» jurnali «Yil insoni» unvonini unga bergan. Bir daqiqadan keyin menga o‘shayilgi «Yil insoni» ni ayting. 
Javob : Kompyuter. 
Savol : Qadimgi lotin maqollarida shunday yozilgan: “Pigritia est mater omnia vitiorum” -ya’ni u barcha kamchiliklarning onasidir. U nima? 
Javob : Dangasalik. 
Savol : Abdulla Oripov bir nomli she’rida bu moslamaning insonda yo‘qligiga achinadi.Lekin insonda sabot borligini aytadi. Unda esa sabot yo‘qligi uchun insonda yo‘q bo‘lgan o‘shamoslama borligini aytadi. U nima bo‘lishi mumkin? 
Javob : Qanot. 
Izoh : Qushda-chi, sabot yo‘q, shuning-chun unga Qochib qolmoq uchun qanot berilgan.
Savol : Unga har qanday boylikning manbai, shon-sharafga olib boradigan yo‘l, chinakkamolijanoblikning yagona unvonidir deb ta’rif berishgan. U nima? 
Javob : Mehnat. 
Savol : Bu ro‘yxatda it birinchi o‘rinni egallaydi. Ot esa ushbu ro‘yxatda oxirgi o‘rinlardanbirida turadi. Bu qanday ro‘yxat bo‘lishi mumkin? 
Javob : Xonakilashtirilgan hayvonlar ro‘yxati (Inson tomonidan it birinchi bo‘lib xonakilashtirilgan, ot esa deyarli oxirgi xonakilashtirilgan hayvon hisoblanadi). 
Savol : Sherning ilonga aylanishi aql bovar qilmaydigan holat. Lekin bir asarda sherni ilondeb, o‘qilon deb atashadi. U qaysi asar? 
Javob : «Shaytanat» (Asad-arabchada sher degani). 
Savol : 
Javob : 
Savol : Bu qiymat suvda 225000, olmosda 124000, Kanada balzamida 198000, oltingugurtuglerodida 184000 ga teng. Bu qiymat havoda nechaga teng? 
Javob : 300000 km/s (Gap yorug‘lik tezligining turli muhitlardagi qiymati haqida ketmoqda). 
Savol : Ko‘pchilik fiziklar uni to‘g‘ri tartibda eslab qolish uchun quyidagi rus tilidagi iboraniyod olishni taklif etishadi: «Kajdiy oxotnik jelaet znat gde sidit fazan». Bu qanday ketma-ketlik? 
Javob : Kamalakdagi ranglarning ketma-ketligi: krasniy (qizil), oranjeviy (olovrang), jeltiy (sariq), zeleniy (yashil), goluboy (xavorang), siniy (ko‘k) va fioletoviy (binafsharang). 
Savol : U boshqalarga bu xaqda ma’lumot beradi, uning o‘zida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10ga, eng ko‘pi bilan 40 ga teng. U nima va u boshqalarga nima xaqida ma’lumot beradi. 
Javob : Kakku qushi necha marta sayraganiga qarab insonlar qancha umr ko‘rishlarini bashorat qilish odati bor, kakkuning o‘zi esa 10 yil, eng ko‘pi bilan 40 yil yashashi mumkin. 
Savol : Gyote shunday yozgan edi: «U hazillarni tan olmaydi, u doimo haqqoniy, doimojiddiy, doimo qattiqqo‘l, u doim haq, xatolar va yanglishishlar insonlar tomonidan kelib chiqadi».U nimaga shunday ta’rif bergan? 
Javob : Tabiat. 
Savol : Qadimgi yunonlar bu yerga kelganlarida bu yerda ozuqabop o‘t, o‘simlik va chorvamollari ko‘pligini ko‘rib hayratga tushganlar. Shuning uchun ular o‘sha yerni aynan shundayatagan ekanlar. Qanday ataganlar? 
Javob : Buzoqlar mamlakati-ya’ni Italiya. 
Savol : Etrusklar ularni muqaddas hayvon deb bilganlar. Ulardan faqat harbiymaqsadlardagina foydalanganlar. U qaysi hayvon? 
Javob : Ot 
Savol : Rimliklar gallarni masharalab, ularni bir nom bilan ataganlar, chunki gallardubulg‘alariga o‘sha narsani qadab yurar edilar. Ular nima qadab yurishgan? 
Javob : Xo‘roz patini. 
Izoh : Shuning uchun yunonlar gallarni «xo‘roz» deb masxaralashar edi
Savol : Miloddan avvalgi 279 yilda Epir podshosi Pirr qo‘shinlari Adriatika dengizi sohilidagiAuskul shahri yonida bo‘lgan jangda Rim qo‘shinlarini tor-mor etgan. Shunda Pirr: «Agar bizrimliklar ustidan yana bir marta shunday g‘alaba qilsak,…» - degan. Uning so‘zlarini davomettiring. 
Javob : «…tamomila halok bo‘lamiz». 
Izoh : Bu jangda Pirr o‘zining juda ko‘p jangchilaridan ayrilgan
Savol : Xitoyliklar undan juda ko‘p zarar ko‘rishgan. Shuning uchun ular uni «Tentak»,«Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi» deb atashgan. U xozir qanday ataladi? 
Javob : Xuanxe daryosi 
Savol : Qadimgi Xitoyda istilochilik urushlari va b. harakatlari uchun juda katta mablag‘ talabetilgan Xan podsholigi bo‘lgan.Aynan o‘sha hokimiyat davrida qashshoq oilalarda yosh bolalar,keksa ota, ona, buvi va buvalarni o‘ldirish hollari ko‘payib ketgan. Bunga nima sabab bo‘lgan? 
Javob : Saltanatda soliq haddan tashqari oshirilib, jon boshi solig‘i yosh go‘daklar va keksalardan ham olinar edi. Kamroq soliq to‘lash maqsadida shunday qilishga majbur bo‘lishgan. 
Savol : O’tmishda ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida u buyum eng qimmat, hatto muqaddashisoblanardi. Birov agar ko‘chmanchining o‘zini haqorat qilsa,u buni ko‘pincha esdan chiqaribyuborar, ammo o‘sha narsasini haqorat qilsa, bunga asli chiday olmas, urishib-janjallashar, hatto«to‘p»ga solib to‘qqiz ayb jarima soldirtirar edi. Ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida bunchalike’zozlangan buyum nima? 
Javob : Qozon. 
Savol : Oskar Uayld shunday yozgan: «Jamiyatning pul haqida boylardan ham ko‘proqo‘ylaydigan faqat bitta sinfi bor, bu ulardair». Kimlar? 
Javob : Kambag‘allar. 
Savol : Hind faylasuflari Charvak degan ta’limot yaratganlar. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm vabilimning bosh manbai - aynan udir. U nima? 
Javob : Tajriba. 
Savol : Xitoy tilida «samoviy tog‘lar» deb ayting. 
Javob : Tyan-shan 
Savol : «Alpomish» dostonida Alpomishning yoyi o‘n to‘rt botmon birichdan deb ta’rifberiladi. Botmon og‘irlik o‘lchov birligi ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Birich nima? 
Javob : Bronza. 
Savol : XIX asrdan arifmometrlar keng qo‘llanila boshlandi. Hatto mahsus kasb mavjudbo‘lgan - ya’ni ma’lum tartibdagi instruktsiyalarni arifmometr yordamida tez va aniq bajaruvchiodam bo‘lgan. Bu odamni qanday atashgan? 
Javob : Kalkulyator. 
Savol : Antuan de Sent Ekzyuperi unga shunday ta’rif bergan: «Sening na ta’ming, naranging, na xiding bor, seni ta’riflash mumkin emas, sendan sening nima ekanligingni bilmaganholda lazzatlnishadi. Seni hayot uchun zarur deb bo‘lmaydi - sen hayotning o‘zisan. Sen biz o‘ztuyg‘ularimiz bilan tushuntirib bo‘lmaydigan quvonch bilan bizni to‘ldirasan. Sen dunyodagi engkatta boyliksan…». U nimaga ta’rif bergan? 
Javob : Suvga. 
Savol : Bu kitob 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va bu mualliflar turli jamiyatqatlamlaridan bo‘lishgan: davlat arbobi, baliqchi, cho‘pon, harbiy boshliq, vinochi, shifokor,shoh, soliqlar yig‘uvchi, shoir, faylasuf va b. Bu qaysi kitob? 
Javob : Bibliya. 
Savol : 1890 yilda Xosyu tomonidan chizilgan gravyurada bog‘ o‘rindig‘ida bir insono‘tiribdi. U boshiga shlyapa kiygan, egnida qora smoking va bo‘ynida kapalaknusxa bo‘yinbog‘ibor. Bu insonning tepasida «U - yangi fanning genial va kamtarin asoschisi» degan yozuv turibdi.Agar siz ushbu gravyurada kim tasvirlanganini topgan bo‘lsangiz, u o‘tirgan o‘rindiqning oldidaqanday daraxt o‘sib turganini ayting. 
Javob : Olma daraxti (Gravyurada Isaak Nyuton tasvirlangan). 
Savol : Hind matematigi, VI asrda yashagan Aryabxataning quyidagicha she’ri bor:Yuzga to‘rtni qo‘shib sakkizga ko‘paytir,Keyin yana oltmish ikki mingni qo‘sh. Natijani yigirma mingga bo‘lsang,Senga bir qiymat ma’lum bo‘ladi.Yuqoridagi to‘rtlikda qanday qiymat nazarda tutilgan? 
Javob : Aylana uzunligining diametrga nisbati ya’ni Pi. 
Savol : 
Javob : 
Savol : Ushbu tabiat hodisasi haqida hamma narsa ma’lum va hech narsa ma’lum emas.Optiklar tasvirlar va formulalar bilan bu hodisa haqida gapirib berishlari mumkin. Ularnio‘rganish deyarli mumkin emas, chunki ular buyurtma bo‘yicha paydo bo‘lmaydilar. Agar sizso‘z qaysi tabiat hodisasi haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, shu tabiat hodisasi nomibilan ataluvchi asar yozgan o‘zbek yozuvchisini ayting. 
Javob : Abdulla Qahhor. 
Izoh : Gap bu yerda saroblar haqida ketmoqda
Savol : 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqargan mahsulotidabalandlikni o‘lchash qurilmasi,kompas,barometr, termometr kabi qo‘shimcha qurilmalari bor.Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima? 
Javob : Vaqtni ko‘rsatish. 
Izoh : Gap TISSOT kompaniyasi soatlari haqida ketmoqda
Savol : Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho‘yandan inson figuralarini yasash bilanshug‘ullanadi.Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko‘pgina shaharlarini bezab turibdi.Uo‘zining cho‘yan figuralarini ko‘pincha bir insongdan andoza olib yasaydi.Siz menga buinsonning kim ekanligini emas,balki uning kasbi nima ekanligini ayting. 
Javob : Haykaltarosh. 
Izoh : U cho‘yan figuralarini o‘z gavdasidan andoza olib o‘ziga o‘hshatib yasaydi
Savol : Tailandning Sa Kaev provintsiyasida yashovchi pakana buqaning sohibi o‘zbuqasidan avlod olish niyatida huddi o‘sha zotdagi sigirni qidirishga tushdi.Qo‘shnixo‘jaliklardan birida u o‘z buqasining juftini topadi va uni sotib olmoqchi bo‘ladi,lekin sigir egasibunga rozi bo‘lmaydi. Shunda pakana buqa egasi bu vaziyatni o‘z foydasiga hal qilish yo‘linitopadi. Qanday qilib u o‘z maqsadiga erishadi? 
Javob : U o‘z buqasiga o‘sha sigirni to‘y qilib olib beradi va «kelin»ni o‘zi bilan olib ketadi 
Savol : Bartolomyu Gosnold 1606-1607 yil «Godspid»,otalar-asoschilar 1620 yil«Mayflauer»,Layf Erikson 1000 yil «Viking».Sizlar menga ushbu ro‘yxatni to‘ldiradigan va engmashhurini huddi shu tartibda ayting. 
Javob : Xristofor Kolumb 1492 yil «Santa Mariya». 
Izoh : Yuqoridagi ro‘yxatda Yevropadan Amerikaga turli yillarda uyushtirilgan ekspiditsiyalar keltirilgan.
Savol : Unga anchadan buyon haykal o‘rnatish niyatida edilar,lekin buning hech uddasidanchiqa olmayotgandilar.Lekin,1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchiyodgorlik o‘rnatildi.Bronzadan quyilgan unchalik baland bo‘lmagan postamentda faqatgina birjuft yalang oyoqlarning izi turibdi.Bu haykal kimga o‘rnatilgan? 
Javob : Gerbert Uellsning «Ko‘rinmas odam»iga. 
Savol : Qadimgi hind qo‘shiqlaridan birida «ko‘kdan ham ko‘kroq faqat u bo‘lishi mumkin»deyilgan.U nima? 
Javob : Indigo bo‘yog‘i. 
Savol : Kataloniyaning O’rtaer dengizi qirg‘oqlarida barber qaroqchilari tomonidanispanlarning «El Sol»- «Quyosh» deb nomlangan kemasi bosib olinadi.U Neapoldan chiqib,Barselona tomon yo‘l olgan edi.Kemadagi bir necha yo‘lovchilar orasida besh yillik armiyaxizmatidan qaytayotgan 28 yoshli askar bor edi.U Jazoir podshosiga qullikka sotib yuboriladi.To‘rt marotaba qochishga uringach,nihoyat 1580 yilda 500 oltin eskudo evaziga qo‘yibyuboriladi.U inson kim edi? 
Javob : Migel de Servantes Saavedra. 
Savol : Dastlab Napoleon I o‘z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkaniqurdirmoqchi emas edi.U o‘sha yerda bir hayvonning haykalini o‘rnatmoqchi bo‘lgan.Chunki buhayvonlarni ko‘rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi,baribirTriumfal arka qurildi.U qaysi hayvonning haykalini o‘rnatmoqchi edi? 
Javob : Fil. 
Savol : Mashhur «Misr katta yodgorligi» da fir’avn Ramses II ning podshohligi haqidayozilgan va uning yoshi 3300 yil.Shundan 3130 yilini u o‘ziga qadrdon bo‘lgan Luqsordagi Nilqirg‘oqlarida turdi.Qolgan 170 yilini esa aynan mana shu o‘ziga begona bo‘lgan daryo bo‘yidao‘tkazmoqda.Bu qaysi daryo? 
Javob : Sena daryosi. 
Izoh : Ushbu yodgorlik 170 yil oldin Misr podshohi tomonidan Napoleonga sovg‘a sifatida yuborilgan.Hozirda u Parijni bezab turibdi.
Savol : Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o‘zining unga bag‘ishlanganqo‘llanmasida «Erkak kishi o‘zining o‘sha narsasiga qarab hurmat topadi-bu uning o‘zi,buningyordamida u o‘zining asl ko‘rinishini bekitadi,bu narsada uning aqli namoyon bo‘ladi» degan.Agar «Zakovat» bilimdonlari bir yilcha avval uni boshqa predmet bilan almashtirishgan bo‘lsa,unima? 
Javob : Galstuk. 
Savol : Ushbu mahsulot reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: «Unga musiqiyasarlar bag‘ishlangan,uni to‘lov vositasi sifatida ishlatishgan,uning yordamida sevgi izhorqilishgan,u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan,uni ko‘pgina illatlarga qarshidori sifatida yozib berishgan».Bu qaysi mahsulot? 
Javob : Kofe. 
Savol : Afsonaga ko‘ra,shoh daryodan suv olgani keladi va kutilmaganda suvda go‘zalshaharning aksini ko‘rib qoladi,u shunchalik hayratga tushadiki,qo‘lidagi suv olish uchun olibkelgan idishini suvga tushirib yuboradi.U bir yaltirab, suv tubiga cho‘kib ketadi va izsizyo‘qoladi.Shu-shu bu shahar aynan o‘shanday atala boshlandi.Qanday? 
Javob : Qozon. 
Savol : Bu kasb egalarida fazoda orientatsiya olish qobiliyati kuchli rivojlangan bo‘ladi.Bukasb vakillari Londonda «Markoni» firmasida ishlashadi va bir vaqtlar Londonning mafiyalaribo‘lganlar.Bir mashhur filmda esa bosh qahramon hayotidagi eng muhim kunda shu ishniqilishga majbur bo‘ladi.Siz menga film nomini yoki mana shu film bosh qahramonining filmoxirida aytgan so‘zini ayting. 
Javob : «To‘ylar muborak» 
Izoh : Gap bu yerda taksi haydovchilari haqida ketmoqda
Savol : Malayziyada «Sen qaerga ketayapsan?» deyishadi,bu savolga «Aylangani» deb javobberishadi.Yahudiy «Sizga tinchlik» desa,fors «Quvnoq bo‘l»deydi,Grenlandiyaliklar esa «Yaxshiob-havo» deyishadi.Biz bunday holatda nima deymiz? 
Javob : Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom 
Savol : Jahon adabiyotining eng dramatik tarixi Kiprning o‘z go‘zalligi bo‘yichaVenetsiyadan qolishmaydigan Famagusta shahrida sodir bo‘lgan.Siz menga bu voqeaning nominiemas,balki uning bosh qahramonlaridan birining o‘limiga sababchi bo‘lgan ashyoni ayting. 
Javob : Ro‘molcha 
Izoh : Gap bu yerda U.Shekspirning «Otello» asari voqealari haqida ketmoqda.
Savol : Kalamushlar bilasiz,har doim insonga zarar keltirib kelgan.Lekin yaqindaTanzaniyada ushbu hayvonlarga yangi bir vazifani o‘rgatishdi va ular o‘z ishlarini juda yaxshibajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli ularoq,hattoki birmarta ham xato qilishmayapti.Ularni qaysi kasbga o‘rgatishgan? 
Javob : Sapyor. 
Izoh : Kalamushlarda hid bilish qobiliyati juda kuchli rivojlangan va ular minalarni bexato topib berishmoqda.Savolda «Sapyor bir marta xato qiladi» degan iboraga ishora qilingan
Savol : Mavzu: Kofe.1.Birinchi qahvaxona aynan mana shu davlatda 1554 yili ochilgan.Qaysi davlatda?2.Eruvchan kofeni ishlab chiqarishning birinchi texnologiyasi XX asrning 30-yillarida aynanmana shu kompaniya mutahassislari tomonidan ishlab chiqilgan.3.Petr I aynan mana shu davlatda bo‘lganida qahvani yoqtirib qoladi va vataniga qaytgach,uAssambleyalarning ajralmas atributiga aylanadi.U qaysi davlatda bo‘lganida qahvani yoqtiribqoladi? 
Javob : 1.Turkiya. 2.Nestle. 3.Gollandiya. 
Savol : Bekon fikricha,u yaxshi nonushta,lekin yomon kechki ovqatdir,Dantega ko‘ra esa,jahannam darvozalariga kiraverishda u yerga kiruvchi barcha uni qoldirib kirishi kerak.U nimabo‘lishi mumkin? 
Javob : Umid. 
Savol : Injilda Iso Masih davridagi pullar keltirilgan.Unga ko‘ra, 2 lepton-1 kvadrant,4kvadrant-1 assariy,16 assariy-1 dinor,4 dinor-1 statir, 100 dinor-1 mina,6000 dinor-1 o‘sha pulbirligiga teng.Hozirda esa siz uni hech qancha pulga sotib ololmaysiz,u faqat o‘zingizda bo‘lishikerak.Uni ayting. 
Javob : Talant. 
Savol : Uning otasi Imron «Bani Isroil» qavmi ichida eng obro‘li kishilardan edi.Uning xotiniXanna befarzand edi.Xanna Allohga iltijo qilib farzand ato etishini so‘rar edi,Alloh unga qizfarzand ato etdi.Siz menga bu qizning kim ekanligini emas,balki uning o‘g‘lini ismini ayting. 
Javob : Iso Alayhisalom. 
Savol : Mavzu: Islom.1.Islomda ular 4 ta:Azroil,Jabroil,Mikoil va u.Uni ayting.2.Toshkent Islom Universiteti aynan mana shu inson nomida.U kim?3.Qur’oni Karimdagi eng uzun sura-Baqara surasi bo‘lib,286 oyatdan iborat.Siz menga 3 oyatdaniborat bo‘lgan eng qisqa suraning nomini ayting. 
Javob : 1.Isrofil. 2.Imom Ismoil al Buxoriy. 3.Kavsar. 
Savol : Hattoki katta tajribaga ega bo‘lgan usta-duradgorlar ham uni o‘zlariga bo‘ysundira olmaydilar.U duradgorlarning ashaddiy dushmani hisoblanadi,ularning ishiga halaqit beradi. Bu bo‘ysunmasni bir daqiqadan keyin aytasiz. 
Javob : Yog‘ochning ko‘zi 
Savol : Polyak shoiri va aforisti Stanislav Yeji Letsning shunday aforizmi bor: «Buprogressiv-diniy odam edi;u odamning maymundan kelib chiqqaniga rozi bo‘lar edi, lekin faqato‘sha maymundan kelib chiqqaniga rozi bo‘lar edi». Qaysi maymundan? 
Javob : Nuh payg‘ambar kemasidagi 
Izoh : Baribir uni xudo yaratgan demoqchi
Savol : Etnograf G.P.Snesarev Xorazm vohasining o‘tmishi haqida yozarkan, bu hususdashunday deydi: «Hamma informatorlar bu kasb egalarini «gunohkor» ekanliklarini tushuntiradilar.Qachonlardir ularni el-yurtdan ajratib,yakkalab qo‘yish,ular o‘lganda esa umumiy mozordanchekka joyga qo‘yish odati mavjud bo‘lganligini ma’lum qiluvchi dalillar ko‘p…».Bunchalikxalq nafratiga duchor bo‘lgan kasb vaillarini ayting. 
Javob : Zargarlar. 
Izoh : Ular berilgan buyurtmadan urib qolishadi deb hisoblab ularni o‘g‘rilar bilan tenglashtirishgan.
Savol : Litva – 55, Chili – 150, Kamerun – 900, Monako – 1100. Diqqat savol: Qaysi davlat 2000? 
Javob : Myanma 
Izoh : Domenlarning Rim raqamidagi qiymati: Latviya � LV, Chili � CL, Kamerun � CM, Monako � MC. Myanma esa MM
Savol : Fransuz latifasi. Ikki dugona suhbati: - Sen anavi shifokor bilan uchrashmay qo`ydingmi? - Yo`q, men hozir farmatsevt bilan uchrashyapman. - Lekin, sen menga shifokorni sevaman deganding. - Ha, albatta. U hozir safarda. Farmatsevt esa … 
Javob : Shifokordan kelgan xatlarni menga o`qib bermoqda 
Savol : Bu insonning tug`ilgan kuniga bag`ishlab Marokash qirolligi o`ziga xos sovg`a tayyorladi. Uning barchamiz biladigan asarini amazig tiliga tarjima qilishdi. Bu tilda Saxara qabilalari gaplashishadi. Diqqat savol: Bu asar muallifi kim? 
Javob : A.Sent-Ekzyuperi 
Izoh : ,,Kichkina shahzoda�
Savol : 2005-yilda bu davlat pochta markalari sotuvidan 4,5 million yevro daromad ko`rdi. Diqqat savol: Sotilgan markalarning asosiy qismida kim tasvirlangan? 
Javob : Rim Papasi 
Izoh : Davlat Vatikan
Savol : Aristotelning aytishicha, X o`lim va hayot o`rtasidagi holatdir. Diqqat savol: X ning insoniyatga keltirgan eng katta foydasini toping. (V.Kovalzon) 
Javob : Mendeleyev jadvali 
Izoh : X-tush ko'rish, Mendeleyev davriy jadvalni tushida o'ylab topgan degan tahmin bor
Savol : Hazilga ko`ra, BAA amiri huzurida bu kasb egalari haligacha saqlab qolingan. Agar BAA da paytingiz siz bir kasallik (agar deb atalsa) ka yo`liqsangiz, ularga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin. Diqqat savol: Ularning xizmat raqamini toping. 
Javob : 1001 
Izoh : Ular ertak aytuvchilar
Savol : Falsafa” nomli hazil kitobda aytilishicha, U bu ishni soliq to`lamaslik uchun qilgan, Diqqat savol: Kim u? 
Javob : Diogen 
Izoh : Yer solig'i to'lamaslik uchun bochkada yashagan
Savol : ,,Argumenti I fakti” gazetasida 28 yoshli Anatoliy Timoshukning ,,Zenit” ga o`tgani haqida yozilgan. Maqoli nomi mashhur bir asar nomi bilan juda o`xshash. Diqqat savol: Maqoli nomidagi birinchi so`zni yuqorida tilga olinganini hisobga olib, menga asar muallifini ayting. 
Javob : Jyul Vern 
Izoh : ,,O`n besh yoshli kapitan�
Savol : Sulaymon orollarida bir anana mavjud: Agar mahalliy qabilalar joy zaruriyatidan atrofidagi o`rmonlardan xalos bo`lishni istasa, daraxtlarni kesib o`tirmaydi. Ular o`rmonni o`rab olib bir ish qilishadi. Bir necha kun o`tib daraxtlar quriy boshlaydi va asta-sekin nobud bo`lishadi. Bu voqea xalqimiz bir narsani bilmasa, aytmasligiga isbot. Diqqat savol: Ular nima ish qilishadi? 
Javob : Qarg`ashadi 
Savol : Latifa: Folbin o`z mijoziga: - Men kelajagingizni ko`ryapman. Juda ajoyib: yuqori lavozim, Siz zinapoyalar bo`ylab tezlikda ko`tarilasiz, yaltiroq kiyimdasiz. - Buni o`zim ham bilaman. Diqqat savol: Mijozning kimligini toping. 
Javob : O`t o`chiruvchi 
Savol : Shahzoda Albert va qirolicha Viktoriyaning to`yida mehmonlar shahzoda oyog`i yonida qo`rqchi it, qirolicha yonida esa juft kabutarlarni ko`rishadi. Ammo to`y oxirida bundan asar ham qolmagandi. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Mehmonlar yeb bitirishgan 
Izoh : Bu tortdagi holat edi
Savol : Sharqiy Afrika maqoliga ko`ra, kechasi ko`p ovqat yeyishning foydasi yo`q. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Ertalab baribir qorning ochadi 
Savol : Militsiya mahkamasida: - Nima bu porami? - Nega unaqa deysiz, bu UNING yuz yillik yubileyiga bag`ishlangan otkritka. Diqqat savol: Kimning? 
Javob : Benjamin Franklin 
Savol : Darsdagi suhbat: - Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar nimasi bilan farq qiladi- dedi o`qituvchi. - Yovvoyi hayvonlar hech qachon … sut, go`sht, teri berishmaydi-dedi o`quvchi Diqqat savol: Nuqtalar o`rnini to`ldiring. 
Javob : O`z ixtiyori bilan 
Savol : Meksika shaharlaridan biridagi e`lon: …! Shaharda shifoxona, shifokor va dorilar yo`q. Diqqat savol: Nuqtalar o`rnidagi so`zni toping. 
Javob : Haydovchilar 
Savol : Mashhur futbol murabbiyi Elenio Errera fikricha, omadga erishishning siri to`rtta tezlikda ekan: yugurish tezligi, pas berish tezligi, fint tezligi. Diqqat savol: Oxirgisini toping. 
Javob : O`ylash tezligi 
Savol : ,,Salomatlik” jurnalining 2003-yilgi bir sonida ,,Bir nafasda yog` bosishi” maqolasi chop etiladi. Maqoladagi suratda ,,Bibliya” syujetini ko`rish mumkin. Unda Odam Ato va Momo Havoga X tutayotgan ilon tasvirlangan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Gamburger 
Savol : 1938-yilgi Jahon Chempionati finalida Italiya va Vengriya bahs olib boradi. Italyanlar o`yinda g`alaba qozongan bo`lsa-da, Vengriya darvozaboni Saboning kayfiyati yaxshi edi. U shunday degandi: ,,Men hayotimda hech qachon bu qadar iftixorni his etmaganman, chunki biz …”. Keyinchalik bu gap ko`pchilikning qalbida saqlanib qolgan. Diqqat savol: Darvozabonning keying gapini toping. 
Javob : 11 insonning hayotini saqlab qoldik 
Izoh : O`yindan oldin italyanlarga hokimiyatdan ,,Yoki g`alaba, yoki o`lim� mazmunidagi telegramma keladi.
Savol : Avraam Linkoln fikri: ,,Bu jannat ham, do`zax ham emas, shunchaki arosat”. Diqqat savol: Nimaga ta`rif berilmoqda? 
Javob : Nikoh 
Savol : Jan Jak Russo fikri: Baxt uchun uchta narsa zarur: yaxshigina bank hisobi, yaxshi oshpaz va yaxshi X”. Diqqat savol: X ni toping 
Javob : Oshqozon 
Savol : Yevropadagi bir poytaxt shahar nomining birinchi va oxirgi harflarini olib tashlasak, Yevropadagi bir millat hosil bo`ladi. Diqqat savol: Qaysi shahar? 
Javob : Afina 
Savol : Yevropada bir poytaxt nomining birinchi va oxirgi harflarini olib tashlasak, Osiyodagi bir davlat nomining inglizchasi kelib chiqadi. Diqqat savol: Qaysi shahar? 
Javob : Tirana 
Savol : 2009-yili oyning 13-sanasi juma kuni Eurosport kanali logotipida X paydo bo`ldi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Yurak 
Izoh : Ertasi kuni 14-fevral bo`lgan. 
Savol : Amerikalik qiziqchi Jorj Byorns fikricha, ushbu geografik obyekt yosh paytida bedavo dardga chalinadi. Diqqat savol: Ushbu geografik obyektni toping? 
Javob : O'lik dengiz 
Savol : Hazilomuz twitterlardan sahifalaridan birida har kuni 20 dan ortiq yozuv paydo bo`ladi. Yozuvlar har doim bir xil, ammo soni o`zgartirib turadi. Diqqat savol: Bu twitter Angliyada ro`yxatga olinganligini hisobga olgan holda, uning nomini ayting. 
Javob : Big-Ben 
Izoh : So`z esa ,,bong�
Savol : Minskdagi Sofiya ibodatxonasi kirishida taxtachaga shunday e`lon yozilgan: X muqaddas suvda cho`ktiriladi. Diqqat savol: X ni maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : Jiringlagan mobil telefonlar 
Savol : Xitoy tilida ba`zi so`zlar o`rniga evfemizmlarlardan, ya`ni yumshoqroq jumlalardan foydalanishadi. Shulardan biri ,,Yanlo Vanni ko`rdi”. Diqqat savol: Bu jumla qaysi so`z o`rnida ishlatiladi? 
Javob : O`ldi 
Izoh : Yanlo Van o`lim xudosi
Savol : U birinchi filmini suratga olishdan oldin kamerani germetik qopqoqli banka ichiga joylashtirdi. Diqqat savol: U kim? 
Javob : Jak-Iv Kusto 
Savol : Moskvaning ,,Dinamo” jamoasiga telbalarcha muxlislik qiluvchi bir inson 1986-yildan boshlab SSSR terma jamoasiga muxlislik qilmay qo`yadi. Buning sababi o`sha yili uning uyida paydo bo`lgan X edi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Rangli televizor 
Izoh : U SSSR ,,Spartak� jamoasi bilan bir xil rangdagi futbolkalar kiyishini bilib qolgan.
Savol : Yaroslav Sviridov fikri: Men uni qanchalik ko`p bilganim sari, itlarni shunchalik yaxshi ko`rib ketyapman. Diqqat savol: Uni ikkita so`z bilan ayting. 
Javob : Koreys oshxonasi 
Savol : Afsonlarga qaraganda, XVIII asrda inglizlar Malayziyadagi Pinang oroliga borishadi. Bu orol qalin daraxtzordan iborat edi. Inglizlar o`rmonga kumush tangalar to`ldirilgan sandiqni yashirishadi va bu haqida mahalliy aholiga xabar berishadi. Albatta bundan bir maqsad ko`zlangan edi. Xuddi shu voqea haqida yozilgan gazeta maqolasida bir film ham esga olinadi. Diqqat savol: Qaysi film? 
Javob : Omadli jentelmenlar 
Izoh : Inglizlar bu haqida aytishgach, aholi sandiqni topish uchun o`rmonning katta qismini qirqib yuborishadi. Oqibatda inglizlar niyat qilgan ochiq hududlar vujudga keladi. ,,Omadli jentelmen� larda pulni olish uchun to`rtta shovvoz temir batareyalarni olib tashlashlariga to`g`ri keladi.
Savol : 2011-yil avgustda Rim Papasi Ispaniyaga tashrif buyuradi. Madridning ,,Real” klubi vakillari unga klub futbolkasini sovg`a qilishdi. Diqqat savol: Futbolkada qaysi raqam bor edi? 
Javob : 16 
Izoh : Rim Papasi Benedikt XVI edi.
Savol : Armanistonda qadimiy quticha topiladi. Unda ikki kishining surati bor edi. Ulardan biri ikkiyoqlamali bolta ushlab turibdi. Ikkinchisining qo`lida esa juft narsa turibdi. Diqqat savol: Ikkinchisining ismi nima? 
Javob : Ikar 
Izoh : Birinchisi otasi Dedal. Qo`lida qanot turibdi.
Savol : ,,Spartak” darvozaboni Stanislav Cherchesov bir davrada o`zining haqiqiy uch do`sti uchun ichishni taklif qiladi. Diqqat savol: Cherchesov hurmat bilan tilga olgan uch do`stni toping. 
Javob : Darvoza ustuni va ikkita to`sini 
Savol : Diqqat savol: Qaysi sayyora oltinchi bo`lib ochilgan? 
Javob : Yer 
Savol : Diqqat savol: Yetti machtali ,,Tomas Lauson” kichik kemasining yettinchi machtasi qanday nomlanadi? 
Javob : Yakshanba 
Savol : Dunyodagi oltin zahiralari quyidagi maqsadlarda ishlatilar ekan: 7 % - elktronika, 4 % - mukofotlar, ordenlar, 20 % - tangalar, 66 % - bezak ishlari, taqinchoqlar. Diqqat savol: Qolgan 3% oltin qanday maqsadda ishlatiladi? 
Javob : Tilla tishlar uchun 
Savol : Nuy-Yorkdagi Stredland orolida bir g`alati tog` bor. Bu tog` doimiy ravishda kattalashib bormoqda. 2005-yilda uning o`lchamlari Xeops piramidasini ham ortda qoldirdi. Diqqat savol: Bu tog`ning yanada kattalshib borishiga nima sabab bo`lmoqda? 
Javob : Chiqindi 
Savol : Ilmiy taxminlarga ko`ra, u 2000-yilda Zimbabvedan Zambiyaga ko`chib o`tishi kerak edi. Olimlarning hisob-kitobiga ko`ra, u o`zi bilan bir million dollarni olib ketar ekan. Diqqat savol: UNI toping. 
Javob : Viktoriya sharsharasi 
Savol : Bu asar Rossiyada 1879-yilda nashr etilgan. Nomi o`zgartirilgan: ,,Sonya devlar qirolligida”. Diqqat savol: Biz bu asarni qaysi nom ostida taniymiz? 
Javob : Alisa mo`jizalar mamlakatida 
Savol : 1966-yilgi Jahon Chempionatida Angliya va Argentina jamoalari to`qnash keladi. O`yinda mojaro kelib chiqadi va futbolchilardan biri keyinchalik bu holatga izoh berib: Men nemis tilini tushunmayman- deydi. Shundan so`ng FIFA bir yangilikka qo`l urdi. Diqqat savol: O`sha yangiliklarni toping. 
Javob : Sariq va Qizil kartochka 
Savol : Chukotkada bir-biridan uzoq bo`lmagan to`rtta cho`qqi mavjud. Ulardan birining nomi Artagnan. Diqqat savol: Qolgan uchtasini toping. 
Javob : Atos, Portos, Aramis 
Izoh : Dyuma Mushketerlari
Savol : Angliyaning ,,Match of the day” jurnalida bir ro`yxat e`lon qilingan. Unda 23-o`rinni Bobbi Mur, 20-o`rinni Jyul Rime, uchinchi o`rinni Piter Teylor, ikkinchi o`rinni Rupert Merdok egallagan. Diqqat savol: Kim 1-o`rinda? 
Javob : Pele 
Izoh : Zamonaviy futbol yuzlari. Rime JCH ni tashkil etgan, Merdok MY ga egalik qilgan, Teylor Xillsboro fojiasi yuzasidan o`tkazilgan tergov ishlariga boshchilik qilgan
Savol : X Nobel mukofotini uch marta (1917, 1944, 1963) qo`lga kiritgan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Qizil Xoch Jamiyati 
Savol : 1928-yilda bir inson parijlik Abel Leflerga murojaat qilib, o`sha paytlarda hali mashhur bo`lib ulgurmagan tadbir uchun asosiy sovrinni tayyorlashni iltimos qiladi. Diqqat savol: O`sha inson kim edi? 
Javob : Jyul Rime 
Izoh : Futbol bo'yicha Jahon Chempionati asoschisi
Savol : Leningradlik yozuvchi Aleksandr Jitinskiy sakkiz sahifalik ,,Ovoz” asari orqali Marsel Prustni ortda qoldirdi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Diqqat savol: U qanday rekord o`rnatgan? 
Javob : Eng uzun gap 
Izoh : Asar bitta gapdan iborat
Savol : Arablar uni ,,abul-xvavi” deb atasharkan. Ma`nosi: ,,Abadiyat otasi”. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Sfinks 
Savol : X haqidagi ilk yozma ma`lumotlar eramizdan avvalgi 1122-yilga tegishli bo`lib, Xitoy yilnomalarida uchraydi. 1492-yilda Amerika aborigenlari, 1788-yilda Avstraliya aborigenlari X bilan to`qnash kelishgan. X haqida eng so`nggi ma`lumot 1977-yilga taalluqli va Somalida uchragan. Diqqat savol: Siz menga X ni emas, uning umriga zomin bo`lgan hayvonni ayting. 
Javob : Sigir 
Savol : Hazil yangiliklardan biriga ko‘ra, Isroil Amerika X laridan bir partiya xarid qilishga kelishib olibdi, garchi X larni hali ko‘rishmagan bo‘lsa ham. Savol X ni ikkita so‘z bilan yozib bering? 
Javob : Ko‘rinmas samalyot 
Izoh : Isroil bir necha yillar oldin AQSh ning ko‘rinmas josus samalyotlari borligi haqida da‘vo qilgan
Savol : 2009-yilda Maldiv orollarida atmosfera ifloslanishi va global isish mavzusida noodatiy marosim o'tkazildi. Uchrashuv avvalida Maldiv orollari bayrog'i dengiz sathidan 6 m balandlikka o'rnatildi. Savol: Biz almashtirgan so'zni toping. 
Javob : Chuqurlikda so'zi balandlikda so'zi bn almashtirilgan 
Savol : Karikaturalardan biriga ko'ra, unga quloq orqasidan tanga topish fokusi ko'rsatilmoqda va u bundan g'azablanmoqda. Savol: U ni ayting 
Javob : Kopilka cho'chqacha 
Savol : Taqatma. Excited Exstatic Exuberated "Mening oshxonam qoidalari" nomli tok shoudagi muvaffaqiyatli ishtirok etgach, oshpaz o'z taassurotlarini shu so'zlar bilan bayon etgan. Savol u pishirgan taomlarning asosiy masallig'ini ayting. 
Javob : Tuxum 
Izoh : 3 ta so'zning talaffuzida "egz" qismi bor. Eggs so'zi shunday talaffuz qilinadi
Savol : Internet sahifalaridan birida bir poster namoyish etildi. Unda bir nechta harflar ketma ketligi keltirilgan bo'lib, har bir harf oldingisiga nisbatan kattaroq. Bu harflar ifodalagan familiyani yozib bering. 
Javob : Darvin 
Savol : Tarqatma. .... > Фракия - Джерба - Неополитанский залив - Стромболи - Порто-поццо - Монте-Чирчео - Мыс мисенко - Архипелаг Галли - Мессинский Пролив - Сицилия - Гоцо - Корфу > .... Geo jurnali quyidagi sayohat marshrutini taqdim etadi. Sayyoh kimligini anglagan bo‘lsangiz, sayohatning boshlanish va tugash manzilini yozib bering. 
Javob : Troya, Itaka 
Izoh : Odiisey aynan shu yo‘nalishda sayohat qilgan
Savol : X ga qarshi kurashishda Singapurda turli xildagi ish soatlari joriy etilgan. Y ning tezligi esa 100 km/soatga yetishi mumkin ekan va bu vrachga murojaat etishga majbur qilishi mumkin. Savol: X va Y ni bitta so‘z bilan yozib bering. 
Javob : Probka 
Savol : Teffining so‘zlariga ko‘ra, 1920 yillarda Yevropada raqsning keskin ommalashuvi ayrim hollarda Ularning ish faoliyatiga halaqit bergan, chalg‘itgan ekan. Savol U ni ayting. 
Javob : Seysmolog, (seysmograf) 
Izoh : Ba‘zi joylarda shu qadar ko‘p odam bir paytda raqsga tushganidan seysmograflarning zilzila qayd etish holatlari kuzatilgan ekan.
Savol : Professor Kennet Saunders takidlashicha, Unda ayrim nomutanosibliklar mavjud. Masalan pichoqni umuman ishlatmaslik. Savol uni toping 
Javob : Gippokrat qasami 
Izoh : Gippokrat davridagi ayrim qoidalar hozirgi zamonga to‘g‘ri kelmaydi
Savol : Ayrim san‘atshunoslar fikricha, odamlar uning yuz mimikasini ko‘rishni juda ham xohlashadi. Kulyaptimi yoki yo‘q, asabiymi yoki xotirjam, jaxldormi yoki muloyim.. Savol: U ni toping. 
Javob : Dirijyor 
Savol : Buxarestdagi X lar bilan tanishing: Mixaya Vode, Patriarxi, Radu Vode, Kotrochen, Spirey, Vekeresht va Avliyo Georgiy. Savol X nima? 
Javob : Tepalik 
Izoh : Ruminlar o‘zlarini rimliklarga qarindosh sifatida bilishadi va Buxarest ham 7 ta tepalik ustida barpo etilgan deb ishonishadi
Savol : Jozef Amato fikricha, Yevropadagi industrial inqilob tarixini - juda katta miqdorda ishlab chiqarilgan U ning tarixi deb atash mumkin ekan. Fikrida davom etar ekan "industry" so‘zini isbot qilib ko‘rsatadi. Savol U ni toping 
Javob : Chang 
Izoh : Amato aynan sanoat sabab chang miqdori keskin oshib ketganini va "industry" so‘zidagi "dust" yani chang so'zini ko‘rsatib o‘tgan.
Savol : Real Madrid klubining ashaddiy muxlislaridan biri bo‘lgan Xadson ismli shaxs avtohalokatdan so‘ng o‘ng qo‘lini kesib tashlashlarini doktorlardan iltimos qiladi. Qiz‘ig‘i shundaki bunga jiddiy sabab yo‘q edi. Xadson o‘z fikrini izohlar ekan qo‘lidagi kichik jarohat uni qattiq bezovta qilayotganini aytadi. Savol: U nega doktorlardan qo‘lini kesib tashlashlarini qattiq talab qiladi? 
Javob : qo‘li momataloq bo‘lib, ko‘k qizil tusga kirib qolgan edi 
Izoh : Aytib o‘tilganidek, u Real muxlisi, jarohat esa Barselona formasi rangida edi
Savol : Ko‘pgina xristian davlatlarida pasxa bayram stolining ajralmas bo‘lagi bu Shokoladli pasxa quyoni hisoblanadi. Biroq shunday mamlakatlarning birida quyon o‘rniga bilbi deb ataluvchi hayvondan foydalaniladi. Savol bu qaysi mamlakat? 
Javob : Avstraliya 
Izoh : Bilbi faqatgina Avstraliyada uchraydigan bo‘rsiq turi hisoblanadi. Quyon esa Avstraliyada bir necha asrlardan buyon unchalik xushlanmaydi.
Savol : Britaniyalik Kelli o‘ziga xos hujjatga ega birinchi itga aylandi. O‘z xo'jayini Grem Mauntford bilan sheriklikda 250 birlik(o‘lchov birligi yashiringan) ko‘rsatkichga ega ham bo‘ldi. U shuningdek rasmiy ravishda ikkinchi X bo‘lish huquqiga ham ega. X ni ayting. 
Javob : Uchuvchi 
Izoh : Hujjat esa - uchuvchilik sertifikati
Savol : Pekin olimpiadasining ramzi sifatida bir yo‘la 5 ta : moviy baliq, qora panda, sariq antilopa, yashil qaldirg‘och va U tanlangan. Savol U ni toping. 
Javob : Olimpiya mash'alasi 
Izoh : Ramzlar Olimpiya halqalari rangiga monand ravishda tanlangan va Olimpiya mashalasi qizil rang uchun qabul qilingan.
Savol : Sochidagi Olimpiya o‘yinlari translyatsiyasi vaqtida sharhlovchi fransiyalik figurachi Mae Berenis Meyteni Alfa deb ataydi. So‘ziga izoh berar ekan, u Alfa uning ko‘rinishi uchun emas, balki barchani hayratga solgan iqtidori uchun aytilganligini takidlaydi. Savol: Alfani 2 ta so'z bilan xoh ruscha xoh o‘zbekchada ayting. 
Javob : Qora ot yoki Тёмная лошадка 
Izoh : U qora tanli bo‘lgan va sharhlovchining bu so‘zlari ikki xil ma‘noda anglashilgan. Shu sabab ham u o‘z so‘zini izohlagan
Savol : Qiziqarli ma‘lumotlar ensiklopediyasida aytilishicha, bugungi kunda kinoteatrlarda seanslar vaqtida zalda eng ko‘p eshitish mumkin bo‘lgan iltimoslar orasida 4 ta so‘zdan iborat bittasi yetakchilik qilayotgan ekan. U iltimosni siz mashhur filmda bir tashkilot ochilish marosimida ham eshitgansiz. Savol: O‘sha iltimosni yozib bering. 
Javob : Iltimos, sekinroq, yozib olyapman (yoki "yozib olay") 
Izoh : Kinoteatrlarda videoqaroqchilar boshqa tomoshabinlardan jim bo‘lishlarini so‘rab shunday iltimos qilar ekan. Shurik ham Saaxovdan sekinroq gapirishini iltimos qiladi.
Savol : Vietnam. Danang shahridagi marmar to‘g‘lari 5 ta tepalikdan iborat ekan. Ularga quyidagicha nom berilgan: Txuyshon, Mokshon, Xoashon, Kimshon va Txoshon. Nomlanishda ramziylik borligini inobatga olingda, xohlagan bittasini o‘zbek tilida yozib bering. 
Javob : Suv (Olov, Tuproq, Metal, Yog‘och) 
Izoh : Tepaliklar borliqni tashkil etgan 5 ta element sharafiga nomlangan
Savol : Diqqat savolda almashtirish bor. Hind oilalarida hech bir nikoh marosimi generalsiz o‘tmaydi. Aytish mumkinki, inglizlar generalni cherkov ierarxi deb ham atashadi. Savol qaysi so‘z general so‘zi bn almashtirilgan. 
Javob : Fil 
Izoh : Shaxmatdagi "fil" inglizlarda "bishop" yani episkop manosini beradi
Savol : Yapon imperatorining Kiotodagi saroyida ajoyib bir ko’ngilhushlik bor edi,unga ko’ra kelgan mehmonlar ariq bo’yiga o’tirishardi va suvga bir qayiqcha qo’yib yuborilardi. Agar qayiq yoningizga kelguncha hokku yozishga ulgursangiz sizni mukofotlashardi. O’yin shu ko’rinishda bir necha bor amalga oshirilardi, borgan sari esa yanada qiziq bo’lib boraveradi. Men sizlardan qanday mukofot berishadi deb so’ramayman,qayiqning ichida qanday yuk borligini ayting? 
Javob : Sake 
Izoh : Kimki qayiq yetib kelgunga qadar hokku yozib bo�lsa qayiqdagi sakedan ichishi mumkin edi!
Savol : XIX asrda peterburg o’t o’churuvchilarida hali protivogazlar yo’q edi. Shuning uchun ular olov va tutun ichiga kirishyotganda og’iz va burunlarini ho’l latta bilan berkitishgan, “X”ni ho’llab tishlab olishgan. “X” hozirda ko’pchiligimizda bor,lekin uni yuqoridagi maqsadda hammamiz ham foydalana olmayiz. “X”ni ayting? 
Javob : Soqol 
Savol : 30.05.1999 yil da Saudiya Arabistoning xabar berishicha shu yil mobaynida 53 ta indoneziyalik,40 ta pokistonlik,40 ta hindistonlik va 30 ta malayziyalik yurak huruji va shunga o’xshash kasalliklardan vafot etgan va ularning barchasi jannatga tushgan deydi. Nega ular jannatga tushgan? 
Javob : Bularning barchasi Haj paytida olamdan o�tgan 
Izoh : Musulmon e�tiqodi bo�yicha Haj ziyorati paytida o�lganlar jannatga tushadi deyiladi
Savol : Shvetsariyalik o’g’rilar Burgundiya gertsogi Karl Dovyurakning xazinasiga kirishga erishadilar. Ular xazinadagi olmoslarni o’g’irlab ketish o’rniga ,barcha olmoslarni yo’q qilishadi,maydalab qumga aylantirib tashlashadi. Bunga ularning savodsizligi sabab edi. Nega ular barcha olmoslarni maydalab tashlashgan? 
Javob : Haqiqiy olmosmi yo�qmi aniqlashmoqchi bo�lishgan 
Izoh : Ular Olmos dunyodagi eng qattiq mineral ekanligini bilishgani bilan u mustahkam emasligini bilishmagan. Olmos haqiqiy bo�lsa sinmaydi deb o�ylashgan
Savol : “National Geographic” jurnalining xabar berishicha dunyoda har 14 kunda bitta “U” yo’q bo’layotgan ekan. Xarbiy sohada “U”ning o’lmasligi juda muhim ahamiyatga ega. “U”ni ayting? 
Javob : Til 
Izoh : Har 14 kunda bitta til yo�q bo�lib bormoqda ekan. Xarbiy ishda esa �til�ni tiriklay tutib kelish muhim ahamiyatga ega.
Savol : Inkivizitsiya davrlarida Ispaniyada jazo quroli sifatida “X”dan ham foydalanishgan. “X”ning suvi yaralarga malham ekanligini bilishgan undan voz kechishgan. “X”ni ayting? 
Javob : Kaktus 
Savol : Kriptomeriya daraxti Yaponiyada uzoq umr ko’rish-boqiylik ramzi sanaladi. Lekin bu daraxtdan tayyorlanadigan “X” foniylik(o’tkinchilik)ramzi sanalar ekan. “X”ning paydo bo’lishi portugaliyaning Koimbre rohiblarini yumshoq-yopishqoq konfetlarni o’g’irlab yeyishiga borib taqalar ekan. “X”ni ayting? 
Javob : Tishkovlagich (zubachistka) 
Izoh : Kriptomeriya qattiq daraxt bo�lsa ham zubachitkalarning umri juda qisqa. Rohiblar konfet yeganliklarini bildirib qo�ymasliklari uchun tishlarini tozalashlariga to�g�ri kelgan natijada tishkovlagichlar paydo bo�lgan
Savol : Sholom-Aleyxomning aytishi bo’yicha ”X” boylar uchun-komediya, ahmoqlar uchun-o’yin, donolar uchun-tush,kambag’allar uchun-tragediya! “X”ni ayting? 
Javob : Hayot 
Savol : Sparta qiroli Agesilay Persiya(Eron)ga qarshi jang qiladi, eronliklar esa boshqa yunon shaharlarini Spartaga qarshi qilib qo’yadi. Natijada spartaliklar Gretsiyaga qaytib ketishga majbur bo’lishadi. Bu haqida Agesilay shunday hazil qiladi: “meni Osiyodan o’n ming kamonchilar quvib chiqardi”. Aytingchi bu yerda gap qanday 10000 kamonchi haqida bormoqda? 
Javob : Tangada tasvirlangan kamonchilar 
Izoh : Eronliklar 10000 tanga evaziga bazi yunon shaharlarini Agesillayga qarshi qilib qo�yadi. Natijada u jangda mag�lub bo�ladi
Savol : Anatoliy Gostyushinning “Ekstrimal holatlar ensiklopediyasi”da E harfi bilan boshlanuvchi birgina ekstrimal holat kiritilgan. Qaysi? 
Javob : Ekzamen (Imtixon) 
Savol : 1852-yilda uning zavodlaridan birida bo’lgan jurnalist shunday yozadi: “Nozik qizlar u yerda baquvvat erkaklar bilan tengma-teng ishlamoqda” bu bilan u ayollar va erkaklarni tengligini ta’kidlamoqda. Uning kimligini ayting? 
Javob : Samuel Kolt 
Izoh : Kolt zavodlarida nozik qizlar ham erkaklar bilan birga ishlashgan.Oldinlari esa qurollarni faqat erkaklar ishlab chiqarganlar. �Xudo odamlarni kuchli va kuchsiz qilib yaratdi,Kolt esa ularni tenglashtirdi� degan mashxur gap bor
Savol : Grigoriy Gorinning pyessalaridan birida qahramon “U” ni sotib olib bemalol,vijdoni hotirjamligi bilan sotuvchining karmonini o’g’irlaydi. U nima sotib olgan edi? 
Javob : Indulgensiya 
Izoh : Qilgan gunoxlaridan forig� bo�lishlari uchun avallari indulgensiyalar �jannatga chipta�lar sotilgan.
Savol : Biz barchamiz bayramlarni yaxshi ko’ramiz. Lekin Koboyasi Issa bundan mustasno ko’rinadi. Uning hokkusiga e’tibor bering: Tezda uchib ketishdi!ular Misoli qanot chiqarib. Yilning oxirida. 
Javob : Pullar 
Savol : Dunyodagi eng qiyin,murakkab yo’llar ushbu taom nomi bilan atalar ekan. Qanday? 
Javob : Spagetti 
Savol : Norvegiyada bu ish kasb darajasiga ko’tarilgan. Bu ish bilan davlatining 30% ayollari shug’ullanishadi. Hukumat ularga yiliga 4 hafta dam olish kuni bilan ta’minlaydi.65 yoshida esa nafaqaga chiqishadi. Gap qanday ish haqida ketmoqda? 
Javob : Uy bekalik 
Savol : “Qisaqa qo’shiq” VII asrda paydo bo’lgan. Yana IX asr o’tib esa “Qisqa qo’shiq”dan ham 40% qisqaroq u paydo bo’lgan. Uni ayting? 
Javob : Hokku 
Izoh : �Qisqa qo�shiq�-tanka
Savol : Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda Tojikistonda davlat rahbarlarida u bo’lmasligi kerak ekan. Germaniyaning Vaylburg qasrida joylashgan og’zidan suv oqib turuvchi sher haykalida esa u bor. Vladimor Putinning aytishi bo’yicha esa, tez boyib ketgan odamlar birinchi navbatda qimmat moshinalari va U bilan maqtanishni yoqtirishar ekan. U ni ikki so’z bilan ayting? 
Javob : Tilla tish 
Savol : Arkanzas shtatining Alma shahri hech qanday dengiz yo’liga chiqmasa ham,u yerda bir dengizchiga atab haykal qo’yilgan. Bu shaharni hazil tariqasida “X”lar poytaxti deyishar ekan. Dengizchini kimligini topgan bo’lsangiz “X”ni ayting? 
Javob : Ismaloq 
Izoh : Bu shaharda ismaloq ko�p yetishtiriladi. Papay sababli esa ismaloq savdosi ancha oshgan. Dengizchi bu Papay
Savol : Bir bolalar uchun chiqarilgan kitobda bunday insonlarga “ kattayoshli bolalar ” deya ta’rif berilgan. Statistik ma’lumotlarga qaraganda 1500 ta insondan bittasi shunday bo’lishi mumkin ekan. Qanday odamlar haqida gap ketmoqda? 
Javob : 29-fevralda tug�ilganlar 
Izoh : Bilasizki bu sanada tu�gilganlar tug�ilgan kunlarini 4 yilda bir marotaba nishonlaydilar 4 yil bu 1461 kun demakdir
Savol : 1989-yilda chiqarilgan bir qiymatga teng “X” pul birligida “X”ning rasmini uchratishimiz mumkin. Besh qiymatga teng “X”ida esa Fransiski de Miranda ham tasvirlangan.Bitta “X” qila olmagan ishni beshta “X” bajara oladi degan ibora mavjud. “X”ni ayting? 
Javob : Bolivar 
Izoh : Venesuella pul birligi bolivar. O.Genrining mashxur iboralariga mos ravishda �Bitta bolivar ikki kishini ko�tarolmaydi,beshtasi esa ikki kishini ko�taradi�.
Savol : Karib davlatlarida joylashgan mehmonxona hodimlari doimiy mijozlarini ba’zi vaziyat(holat)larda tanimaganga olishlari lozim ekan. Qanday vaziyatlarda? 
Javob : Boshqa ayol bilan kelganida 
Savol : Aytishlaricha uning eng birinchisi eramizdan oldingi VI asrda Xitoyda paydo bo’lgan ekan. Hozirda uning zamonaviy variantlari juda ko’p: djostik bilan,shturval bilan boshqariladigani… Saudiya Arabistoni qiroli Ibn Saud undan foydalanmagan bo’lsa-da,uni o’zining qimmatbaho buyumlari ichida saqlagan. Bu narsa Ibn Saudga bir inson bilan uchrashuvida sovg’a qilingan edi. Kim bilan uchrashuvida? 
Javob : Franklin Delano Ruzvelt 
Izoh : Gap nogironlar aravachasi haqida ketmoqda. Ruzvelt: �Siz mendan ko�ra baxtlisiz,chunki hohlagan joyingizga o�z oyoqlaringiz bilan bora olasiz,men esa hamma yerga nogironlar aravachasida borishim kerak�-deganida,qirol unga- �Yo�q do�stim,siz mendan ko�ra baxliroqsiz,chunki sizning aravachangiz sizni istagan joyingizga olib bora oladi, meni esa ishonganlarim-oyoqlarim. Oyoqlarim esa kundan-kunga kuchsizlanib bormoqda�-deya javob qaytargandi. �Agarda nogironlar aravachasi haqida fikringiz shunqa yuqori bo�lsa,men sizga huddi shunaqasini sovg�a qilaman,samolyotim bortida yana bitta bor�deya sovg�a qilib ketgan edi.
Savol : Shvetsiya qiroli “XY” Napoleon marshallaridan biri bo’lgan Jan Bernadotaning o’g’li edi. “XY”o’zining birinchi ho’jayinini 1929-yili Los-Angelsdagi “Ruzvelt”mehmonxonasida topdi. “XY”ni ayting? 
Javob : Oskar,birinchi yoki Oskar-I 
Savol : Angliyalik Pol Makkartni va mashhur qora tanli xonanda Stiv Uander birgalikda qo`shiq kuylab, irqchilikka qarshi chiqadilar. Qo`shiqda ular birdamlikni targ`ib qilib, X ni tilga olishadi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Fortepiano 
Izoh : Unda qora va oq hamohanglikka ega
Savol : Italiyalik bir dramaturg mashhur aktyor-improvizator Sakki uchun 1734-yilda kichik sahna ko`rinishi yoza boshlaydi. 11 yil o`tib butun boshli komediyani yozib tugatadi. Diqqat savol: Menga asar nomini emas, Sakkining taxallusini ayting. 
Javob : Truffaldino 
Savol : 1994-yilda Oldrij Eyms va uning xotini hibsga olinadi. Ularga ikkita ayb qo`yiladi: birinchisi Rossiya foydasiga josuslik qilish. Diqqat savol: Ikkinchisini toping. 
Javob : Soliqlarni o`z vaqtida to`lamaslik 
Savol : XVIII asrda Yevropalik shifokorlar: X bosh aylanishi, tutqanoq, ko`z og`rig`i, bezgak va kuyishning oldini oluvchi vosita deyishgandi. Diqqat savol: Biz bugun X asosan qaysi maqsadda ishlatamiz? 
Javob : Yomg`irdan yoki quyoshdan himoyalanish 
Izoh : Gap soyabon-zontlar haqida ketmoqda
Savol : Fransiyalik Frederik Ogyust Bartoldi onasi Sharlottaning haykalini yaratdi. Bu ish jarayonida boshqa bir mashhur fransuz ham qatnashdi. Diqqat savol: Bu ijod namunasini hozir qaysi nom ostida taniymiz? 
Javob : Ozodlik haykali 
Izoh : Mashhur fransuz Gustav Eyfel
Savol : Germaniyaning Offenburg shahrida mashhur ingliz qaroqchisi Frensis Dreykka bag`ishlab haykal o`rnatilgan. Uning qo`lida esa gul turibdi. Diqqat savol: Aynan nimaning guli? 
Javob : Kartoshka 
Izoh : Dreyk Yevropaga kartoshkani olib kelgan
Savol : 1870-yillarda tennis juda ommalashib ketdi. Oqibatda biroz vaqt oldin Edvin Badding tomonidan qilingan ixtiroga ehtiyoj ortib ketdi. Tabiiyki, uning ixtirosi katta miqdorda sotila boshladi. Hozir u har bir amerikalik xonadonida bor ekan. Diqqat savol: Badding ixtirosini toping. 
Javob : Gazon o`rgich. Gazonokosilka 
Savol : Stenli Kubogi bahslari tashkil etilganidan beri atigi bir marotaba belgilangan o`yin (,,Monreal Kanadiens” va ,,Sietl Metropolitens”) o`tkazilmay qolgan ekan. Voqea XX asr boshlarida yuz bergan. Buning sababi siyosiy nizolar ham, tabiiy ofatlar ham emas, balki X edi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Gripp 
Savol : Bu sport turini ko`z oldingizga keltirsangiz, ishtirokchilar uchun qandaydir xavf borligini sezmaysiz. Ammo statistik ma`lumotlarga ko`ra, o`lim bilan tugovchi chaqmoq urishlarining 20 % i aynan shu sport turi shinavandalariga ,,bag`ishlanarkan”. Diqqat savol: Bu qaysi sport turi? 
Javob : Golf 
Savol : Plutarx shunday yozadi: Agar aql bovar qilmaydigan, ertaknamo narsalar haqida gap ketsa, ko`pchilikning yodiga bir naql tushadi:,, Bu gaplarga ishonish kerak emas, hatto Katon (kishi ismi) aytgan bo`lsa ham”. Redrifda esa shunday holatda bir maqol qo`llaniladi: ,,Bu bo`lishi mumkin, agar U aytgan bo`lsa”. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Gulliver 
Izoh : Redrif London yaqinida joylashgan
Savol : AQShdagi ko`plab avtomobillar oynasiga quyidagi hazilomuz jumlani yozib olisharkan: ,,Men bobom kabi uyquda, tinchgina, shovqinsiz o`lishni xohlayman, … … insonlar kabi yig`lab, baqirib-chaqirib emas”. Diqqat savol: Qoldirilgan ikkita so`zni toping. 
Javob : Uning avtomobilidagi 
Izoh : Rulda uxlab qolmanglar, aziz haydovchilar
Savol : Hazil savol: Olimlar akula va tilla baliqning xususiyatlarini o`zidan jamlagan baliq turini yaratishibdi. Diqqat savol: Ikkala baliqning ham o`ziga xos xususiyatlarini eslangda, yangi baliq turining o`ziga xosligini toping. 
Javob : Bu baliq SO`NGGI UCHTA TILAK ni bajaradi 
Izoh : Keyin esa....))
Savol : Mixail Svetlov fikri: ,,Buyuklik davosi shunday narsaki, bunda sichqon o`zini mushuk deb tasavvur qiladi va … Diqqat savol: Fikrni yakunlang. 
Javob : O`zini yeb qo`yadi 
Savol : Stol tennis ,,ping-pong” deb ham ataladi. Diqqat savol: Bu nom qayerdan kelib chiqqan? 
Javob : To`pning raketka va stolga tekkanda chiqaradigan tovushidan. 
Savol : Tarqatma material: Verdi va Apollon – 1000 Kolumb va Galiley – 5000 Mikelanjelo va Dante – 10000 Diqqat savol: Siz qoldirilgan bitta so`zni toping. 
Javob : Lira 
Izoh : Kupyuralar
Savol : Qadimgi Rim xudosi Favn jonli tabiat homiysi hisoblanadi. Diqqat savol: Unga ko`mak beruvchi rafiqasining ismini toping. 
Javob : Fauna 
Savol : Kristofer Morli shunday degan: ,,Hayot - bu chet tili, chunki …”. Diqqat savol: Fikrni yakunlang. 
Javob : Hamma xato qiladi 
Savol : Chililik Ivan Samarano himoyachilar uchun katta bosh og`rig`i edi. Uning gollari darvozabonlarning tushiga kirib chiqardi. Shundan kelib chiqib unga bir laqab berishgan. Diqqat savol: Qanday laqab? 
Javob : Ivan Grozniy 
Savol : 1999-yil bahori. Londonda davomli terroristik harakatlar avj oldi. Bu harakatlar uchun javobgarlikni Kombat -18 tashkiloti o`z bo`yniga oldi. Diqqat savol: Ularning nomidagi 18 nima ma`no bildiradi? 
Javob : Adolf Gitler 
Izoh : 1-harf A Adolf, 8-harf H Hitler. Bu tashkilot neofashistik ruhga ega
Savol : Tomas Shish fikricha, agar siz Xudo bilan gaplashsangiz, bu ibodat qilish deyiladi. Agar Xudo siz bilan gaplashayotgan bo`lsa, demak bu … Diqqat savol: Qoldirilgan so`zni toping. 
Javob : Shizofreniya 
Savol : Pyer Lyarus fikri: Sevgi, baxt, haqiqat, boylik, sog`lik kabilarni faqatgina bir joyda birgalikda uchratish mumkin. Diqqat savol: Qayerda? 
Javob : Lug`atda 
Savol : Avstriyalik rassom Lampiy sherigi bilan spektakldan qaytardi. Sherigi: Bu darajada zerikarli spektakldan nega hushtak chalib norozi bo`lishmagani meni hayron qoldirmoqda. Lampiy: Buning iloji yo`q, chunki … Diqqat savol: Nega? 
Javob : Chunki hamma uxlayotgan edi 
Savol : 2004-yil yoz. Isroilda noodatiy yugurish musobaqasi bo`lib o`tdi. Musobaqa bosh sovrini sabzavotlar va mevalar to`ldirilgan savat edi. Tarixga nazar solsak, qatnashchilar qadimdan o`z mahoratlari bilan dong taratishgan. Diqqat savol: Qatnashchilarni ayting. 
Javob : Toshbaqalar 
Izoh : Zenonda Axilles va toshbaqa
Savol : Afsonaga ko`ra, Mumtoz Mahal o`limidan oldin chaqaloq yig`isini eshitadi. Diqqat savol: Oradan biroz vaqt o`tib nima sodir bo`lgan? 
Javob : Chaqaloq dunyoga kelgan 
Izoh : Chaqaloq o`lim sababchisi bo`lishini bilib yig`lagan ekan
Savol : Gruziyaning Alazan vodiysidagi Kaxetiya tumanida bir shahar bor. Bu shaharningnomini eshitgan kishining hayoliga Osiyoning boshqa davlatidagi shahar keladi. Lekin harikkalasida ham gruzinlar yashaydi. Endi siz menga bu ikkala shaharda yashovchi ikki insono‘zaro suhbatlashayotib, ehtiroslarga barilib ketib nima qilishganini ayting. 
Javob : Qo‘shiq kuylashgan 
Izoh : Telavi va Tel-aviv shaxarlari
Savol : U 1966 yilda Saratovda tug‘iladi, erta bolaligida ota-onasidan mahrum bo‘ladi vaotasining ukalaridan biri tomonidan asrab olinadi. Gubkin nomidagi Moskva neft va gazinstitutida tahsil oladi. Endi siz menga u 2003 yilda nimani harid qilganini ayting. 
Javob : Angliyaning “Chelsi” futbol klubi. 
Savol : Bu Rossiya flotining birinchi rangiga tegishli a’zosi rus-yapon, birinchi jahon,fuqarolar, Ulug‘ Vatan urushlarida qatnashgan. Uning Diana va Pallada ismli ikkita singlisi hambo‘lgan. Endi siz menga hozir u qaerda yashashini ayting. 
Javob : Sankt-Peterburgda, Kichik Nevaning chap qirg‘og‘ida. 
Savol : Bu mamlakat gerbida bir nechta hayvonlarni ko‘rish mumkin: sut emizuvchilar,qushlar. Lekin ularning ko‘pchiligi bu davlatga aloqador emas. Faqat asosiy fondagi bir suemizuvchi va qushni avtoxton desa bo‘ladi. Siz menga bu davlat rahbari kim ekanligini ayting. 
Javob : Buyuk Britaniya qirolichasi. 
Izoh : Bu yerda gap Avstraliya davlati gerbi haqida bormoqda.
Savol : Unga nom berishda ikkita so‘zdan foydalanishgan: birinchi so‘zning birinchi yarmi vaikkinchi so‘zning ikkinchi yarmi. Yana shunisi qiziqki, unga nom berishda birinchi so‘zning“o‘zi” olinib, ikkinchi so‘zdan “umuman” olinmagan. U nima? 
Javob : Avtobus (avto(mobil)va (omni)bus so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan). 
Savol : Uning shiori: “Fan-Sport-Do‘stlik-Tinchlik”Uning o‘tkazilishini FISU nazorat qiladi.U nafaqat halqaro miqyosda o‘tkaziladi, balki mamlakatlar miqiyosida mahalliy musobaqalarham o‘tkazilib turiladi. Bu yil ham shunday mahalliy musobaqalardan biri Osiyodagipoytahtlardan birida bo‘lib o‘tdi. Siz menga shu poytaht qanday gulik bilan bog‘liqligini ayting 
Javob : Non. 
Savol : Bu fanning nomini eshitgan kishi bu fan shimolda joylashgan davlatlardan birininghukmdorlarining ayniqsa, ularning eng yorqin namoyondasi haqidagi fan deb o‘ylashi mumkin.Lekin bu fan tog‘ jinslarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Siz menga bu fanning nomini emas,o‘sha yuqorida aytilgan hukmdorlarning eng yorqin namoyondasi Eski dunyoga nisbatan nimaqilganini ayting. 
Javob : Deraza ochgan. 
Savol : Uning gumbazining balandligi 30 m, diametri 24x2 m. Tilla bilan bezatilgan moviyfon Tillakori madrasasi an’analarini davom ettirgan. Uni nafaqat u joylashgan shahar aholisi vamehmonlari ko‘rishgan, balki mamalkatning chekka-chekka qishloqlarida yashovchilar hamko‘rishgan. Agar televidenie yoki matbuotda bo‘lmasa qaerda ko‘rishgan? 
Javob : 1000 so‘mlik kupyuraning orqa tomonida 
Izoh : Bu yerda gap Temuriylar tarixi davlat muzeyi haqida ketmoqda
Savol : Kaykovusning “Qobusnoma” asarida shunday yozilgan: “Ey farzand, bilgilki,donishmandlar uni kichik o‘lim deganlar. Uni ko‘p bo‘lishi yomon odatdirki, badanni sust,tabiatni vayron qiladi, yuzni kasalga o‘xshatib qo‘yadi”. U nima? 
Javob : Uyqu. 
Savol : Bu ishning haqiqiy ustalari bizda Olim va Murod Toshkenboevlar bo‘lishgan.Ularning ishi juda qiyin, havfli bo‘lgan va katta mahoratni talab qilgan. Ular qilgan ishni bizgaham qilishni bundan bir necha yil ilgari bir guruh yigitlar maslahat berishgandi. Yaqinda esa birqiz bizga bu ishni qilishni maslahat bera boshladi. U qizning ismi nima? 
Javob : Rayhona. 
Izoh : Toshkenboyevlar mashhur dorbozlar bo‘lishgan. Dor o‘ynashni bundan bir necha yil avval “Yalla” guruhi yigitlari maslahat berishgandi, yaqinda esa qo‘shiqchi Rayhona ham bizga shu maslahatni bera boshladi.
Savol : Tasavvur qiling, mashhur “Kavkaz asirasi” filmining bosh qahramoni Shurik va Xo‘jaNasriddin yo‘lda uchrashib qolishdi va uzundon uzoq suhbatga tushib ketishdi, tasavvur qilganbo‘lsangiz huddi shunday sharoit munosabati bilan paydo bo‘lgan mashhur iborani qisqa qilibayting. 
Javob : “Ko‘p gap eshakka yuk”. 
Izoh : “Kavkaz asirasi” filmida Shurik doimo eshakda yuradi, Xo‘ja Nasriddinning hamrohi ham eshak bo‘lgan. Endi tasavvur qiling, eshak mingan ikki kishi yo‘lda uchrashib qolishsa, eshak ustida o‘tirib suhbatlashaveradi, hamma og‘irlik esa eshakka tushadi. Shuning uchun sizdan ham qisqagina qilib javob berish so‘ralgandi
Savol : Barchamiz mashhur “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmida Shurikningvaqt mashinasi yordamida bizning zamonamizga rus shohi Ivan Grozniy tushib qolganini, ya’nitirik shohni ko‘rganmiz. Bu albatta bir film. Lekin O’zbekistonning bir shahrida biz hozirgikungacha “tirik shoh” ni ko‘rishimiz mumkin. Qaysi shaharda? 
Javob : Samarqandda. 
Izoh : “Shohi Zinda” so‘zi fors tilidan tarjima qilinganida aynan “tirik shoh” degan ma’noni anglatadi.
Savol : Jahonda kemalarning turlari juda ko‘p. Lekin bu "kema"ning bor yo‘g‘i ikki hil turibo‘lib, birinchisi dromedar, ikkinchisi esa baktrian deb ataladi. Xo‘sh, bu kemalarning bir-biridanfarqi nimda? 
Javob : O’rkachining sonida. Dromedar-bir o‘rkachli, baktrian ikki o‘rkachli tuya. Tuya esa sahro kemasi hisoblanadi. 
Savol : Turli-tuman niqoblar odamlarning yuzini berkitib, ularni atrofdagilar tanimasligiuchun hizmat qilishi hammangizga ma’lum. Lekin u insonni juda mashhur qilib yuborishi hammumkin ekan. Jumladan 1994 yilda bir inson niqob tufayli yanada mashhur bo‘lib ketadi. Uinson kim? 
Javob : Jim Kerri. 
Savol : Bu dengizda 300 dan ortiq orol bor. Bu orollarning ichida eng yiriklaridan birigabormaganingiz ma’qul. Chunki u orolga borsangiz qaytishingiz amri mahol. Xo‘sh bunday orolqaysi dengizda joylashgan? 
Javob : Orol dengizida. 
Savol : Birinchisi va haqiqiysi – Latsio viloyatining ma’muriy markazi, ikkinchisi – hozirgikunda Istambul viloyatining ma’muriy markazi. Uchinchisi qaysi viloyatning ma’muriy markazihisoblanadi? 
Javob : Moskva. 
Izoh : Uchinchi Rim - Moskva shu nomdagi viloyatning ma’muriy markazi
Savol : Bu bahodirning Semetey ismli o‘g‘li va Seytek ismli nabirasi bo‘lgan. Buuchchalovining o‘z vatanlarini himoya qilishdagi jasoratlari haqidagi ijod mahsuli aynan o‘shabahodirning nomi bilan ataladi. O’sha bahodirning ismini ayting. 
Javob : Manas. 
Savol : Bu sohada eng ko‘p muvaffaqiyatga erishganlar Tayxo, Tienofudzi, Kitanoumihisoblanadi. Lekin boshqa ko‘rsatkich bo‘yicha Akebono hozircha rekordni qayd qilib turibdi.Uning ko‘rsatkichi 233 ni tashkil etadi. Bu raqam nimani anglatadi? 
Javob : Sumo jangchisining kilogrammlardagi vaznini. Akebono eng og‘ir sumochi hisoblanadi 
Savol : Mashhur rus sarkardasi Aleksandr Suvorov: "U ko‘milgandan so‘nggina urushtugaydi degan". U kim? 
Javob : So‘nggi askar. 
Savol : Uni chinakkam himoya kuroli desa bo‘ladi, chunki u nafaqat mikroblardan ba’zanodamlardan ham himoya qiladi. Uning qalbakisini bir sudralib yuruvchining nomi bilanbog‘lashadi. O’sha sudralib yuru vchini ayting 
Javob : Timsoh. 
Izoh : Gap bu yerda ko‘z yoshi to‘g‘risida ketmoqda
Savol : Ushbu ikki raqsning kuylari bir-biriga juda o‘xshab ketadi. Hattoki bu ikkala raqsmusiqasini chalishda bir hil musiqa asbobidan foydalanilgan. Bu bilan ularning o‘xshashtomonlari tugamaydi. Ularnig birinchisi ya’ni bizga yaqinrog‘ining nomiga uchta harf qo‘shilsava ikkinchi unlini boshqasi bilan almashtirilsa ikkinchisining nomi kelib chiqadi. Menga harikkala raqs nomini yozib bering 
Javob : Lazgi va lezginka 
Savol : "Kirill va Mefodiyning katta entsiklopediyasi" ning 2006 yilda chiqarilgan sonidaXitoy haqidagi maqolada bu davlatning 13 davlat bilan chegaradosh ekanligi haqida yozilgan vashu davlatlarning ro‘yhati keltirilgan. Lekin bu ro‘yxatdagi bir davlat bilan Xitoy hech qachonchegaradosh bo‘lmagan. Siz menga shu davlatning poytahtini ayting 
Javob : Toshkent. 
Savol : Ikkinchi jahon urushida u kim bo‘lganligini aniqlash kiyin. O’tkir Hoshimovningfikricha, u erkak emas, ayol kishi bo‘lgan ekan. Siz menga uning o‘limiga sababchi bo‘lganmevani ayting. 
Javob : Qulupnay. 
Izoh : O’tkir Hoshimovning "Urushning so‘nggi qurboni" asarining bosh qahramoni qulupnay teraman deb tok zarbidan halok bo‘ladi.
Savol : Ming yillardan beri bu it zoti Xitoy ibodatxonalarida buddistlarning diniy an’analaribilan bog‘liq bo‘lganlar. Bu itni faqatgina imperator oilasi vakillarigina saklashlari mumkinbo‘lgan. Agar uni kimdir o‘g‘irlasa yoki haqorat qilsa o‘lim jazosiga mahkum qilingan. Qaysi itzoti Xitoyda bunchalik qadrga ega bo‘lganligini ayting. 
Javob : Pekines. 
Savol : Bunday holat "Zakovat" o‘yinida 2006 yilning dekbrida sodir bo‘lgan. 1998 yilda esaaynan shunday holat yuz berganida u xaqida hattoki qo‘shiqlar kuylandi. Bunday natijani qaydqilgan davlatlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting. 
Javob : Argentina va Yamayka. Xisobning 5-0 bo‘lishi. 
Savol : 1778 yili Angliyada bir lord tomonidan uch yoshli toza zotli otlarning 1,5 milmasofaga bo‘lgan poygasi bo‘lib o‘tgan. Siz menga bu poygada birinchi o‘rinni olgan otni emas,oxirgi o‘rinni olganini ham emas, o‘sha ingliz lordining familiyasini ayting. 
Javob : Derbi. 
Savol : Bu kasallikka qarshi faqatgina qoramollar emlanadi. Uning Rossiyadagi oxirgiepidemiyasi 60-yillarda sodir bo‘lgan. Aynan o‘sha yillarda uchta "qo‘noq" bu kasallikka karshiemlanadi. Aslida u vaktsina emas boshqa dori edi. Qanday dori? 
Javob : Uxlatadigan dori 
Izoh : Bu oqsim kasalligi. "Kavkaz asirasi" filmida kuyov bolaning qo‘noqlari uxlatadigan dori bilan "emlanadi".
Savol : Afsonaga ko‘ra, sehrgar kampir unga bir kuni kelib qirol bo‘lishini aytadi. Shundankeyin u armiya to‘plab, Eldjin yaqinida qirolni mahv etadi. Qirol esa shu jangda halok bo‘ladi.Mashhur dramturg esa qirol to‘shakda o‘ldirilgan deb yozgan. Usha mashhur dramaturgningfikricha, qirolning qotili kim? 
Javob : Makbet. 
Savol : Fabritsio ismli cherkov xodimi o‘zining shiddatli xarakteri tufayli qamaladi vaqamoqxona komendantining qizi Kleliya Kontini sevib qoladi va o‘sha qiz unga qamoqxonadanqochishga yordam beradi. Lekin ularning ittifoqi uzoqqa cho‘zilmaydi va Fabritsio yoshginapaytida ibodatxonada vafot etadi. Siz menga o‘sha ibodatxona qaysi shaharda joylashganiniayting. 
Javob : Parma. 
Izoh : Bu yerda gap Stendalning "Parma ibodatxonasi" asarining bosh qahramoni Fabritsio haqida bormoqda.
Savol : Bu it zotining qadimiy ajdodlari harbiy yurishlarda, it urishtirish janglarida juda ko‘pishtirok etishgan, buqalarni ovlashda insonga yordam berishgan, darvoqe, ularning o‘zi hambuqaga juda o‘xshab ketadi. Bu qaysi it zoti? 
Javob : Buldoglar. 
Izoh : Inglizcha bull - buqa, dog - it.
Savol : Ularning birinchisi 1483 yilda yozib tugatilgan, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchisi 1484yilda, beshinchisi esa 1485 yili yozib tugatilgan. Siz menga ularni beshtalovi birgalikda qanday atalganini ayting. 
Javob : "Hamsa" 
Izoh : Gap bu yerda Alisher Navoiyning "Hamsa"sidagi 5 doston haqida ketmoqda
Savol : 1948 yili Yaponiyaning "Konishi" firmasi o‘zining ilk fotokamerasini ishlabchiqargach, o‘z nomini o‘zgartiradi. Ushbu firma qanday atala boshlandi? 
Javob : "Konika" 
Izoh : KONIshi + Camera
Savol : Bu joy nomining ma’nosi "qum bilan qoplangan joy" degan ma’noni anglatadi.Ko‘pchiligingiz u yerda bo‘lgan bo‘lsangiz kerak. Agar bo‘lmagan bo‘lsangiz uni suratlarda,televizorda va kitoblarda ko‘rgansiz. Endi siz menga uning tarkibiga kiruvchi uch inshootningnomini yozib bering. 
Javob : Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalari 
Izoh : Bu yerda gap Samarqanddagi Registon maydoni haqida ketmoqda.
Savol : Atoqli shoirimiz Erkin Vohidov insondagi bu hususiyat xaqida she’r yozib, barchanio‘sha hususiyatga ega bo‘lishga chaqiradilar va ushbu hislatning yaxshi tomonini ikkita oshxonabuyumini misolida tushuntiradilar. U qaysi buyumlar ekanini yozib bering. 
Javob : Choynak va piyola 
Savol : Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi shahar, Buxoro viloyatidagi tuman,Tojikistondagi katta ko‘llardan biri, shuningdek qo‘y zoti. Ularning barchasi bir hil ataladi.Qanday ataladi? 
Javob : Qorako‘l 
Savol : Bu inson 1918 yilda ilk marotaba sahnaga chiqqan. 1927 yildan 1958 yilgacha birmashhur dramaturgning nomi bilan ataladigan teatrda faoliyat ko‘rsatgan va Shekspirning boshqahramonlarining rollarini ijro etgan. Keyinchalik uning nomi bilan ham boshqa teatr atalaboshlagan. Siz u qaysi teatrda o‘zining mashhur rollarini ijro etganligini va u insonning nomibilan ataladigan teatr nomini yozib bering 
Javob : "Hamza" va "Abror Hidoyatov" 
Savol : Bu shaharga asos solgan inson bilan shu shahar meri adash hisoblanishadi. Bu qaysishahar? 
Javob : Moskva. 
Izoh : Yuriy Dolgorukiy va Yuriy Lujkov
Savol : Bu so‘z lotin tilidan olingan bo‘lib, "chegaralayman" degan ma’noni anglatadi.Shuningdek bu so‘z bilan sayyoralarning yoritilgan va yoritilmagan qismi o‘rtasidagi chegaraham ataladi. Endi siz menga ushbu so‘z bilan ataluvchi filmda bosh qahramonning kelasizamonda aytgan iborasini ayting. 
Javob : I'll be back 
Savol : Richard Sheryurak, prezident Nikson, Pikasso. Ularning g‘ovakshoxlilar oilasigakiruvchi kavsh qaytaruvchi juft tuyokli hayvonning bolasining oltinga teng ishiga nima aloqasibor? 
Javob : Yuqoridagi rollarni ijro etgan aktyor Entoni Xopkins "Qo‘zilarning sukunati" filmida J. Demmi rolini ijro etgan. Sukunat esa, maqolga ko‘ra oltinga teng 
Savol : Ko‘pchiligimiz "yuragim to‘lib yig‘lab yubordim" degan iborani eshitganmiz.Haqiqatan ham yurakning to‘lishi, ayniqsa liq to‘lishi yaxshilikka olib kelmaydi. Nima uchun? 
Javob : Chunki bu yurak infarkt bo‘lgan bo‘ladi. 
Savol : Uglevodorodlardan biri va osiyodagi davlatni birlashtiruvchi nomni yozib bering 
Javob : Butan. 
Savol : Bu kompaniyaga 1939 yili Stanford universitetining bitiruvchilari Bill va Devid ismliikki kishi tomonidan asos solingan. Dastlab audioostsilyatorlar ishlab chiqarishdan o‘z faoliyatiniboshlagan sheriklar hozirgi kunga kelib aniq o‘lchashlarni amalga oshiradigan vositalardan tortibtibbiy jihozlargacha ishlab chiqaradi. Lekin bu kompaniya tomonidan ishlab chikriladigan asosiymahsulotlarni aytmadim, sizdan ham buni so‘ramayman, siz menga Bill va Devidlarningfamiliyalari nima ekanligini ayting. 
Javob : Xyulett va Pakkard. 
Savol : Bu jurnal ko‘pgina mamlakatlarda mashhurlikka erishgan bo‘lib, ko‘pgina tillardachop etilgan, alohida davrlarda uning tiraji 5 mln. dan ham ortib ketgan edi. Bu jurnalga asossolgan Xyu Xefner tomonidan o‘z vaktida shu jurnal nomi bilan ataladigan klublar tashkil etilganedi. Endi siz menga ushbu klublardagi hizmatchilar qaysi hayvon ko‘rinishida mijozlarga hizmatko‘rsatishganini ayting. 
Javob : Quyon (bunnies) 
Savol : Bu terminni eshitganlar hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan transport vositasinisevuvchilarga tegishli termin bo‘lsa kerak degan xulosaga kelishlari mumkin. Aslida buterminning transport vositasiga hech qanday alokasi yo‘q. Bu terminning sinonimi sifatidakadimgi yunon mifologiyasining qahramonlaridan birining sharafiga qo‘yilgan boshqaterminni keltirishadi. Siz menga o‘sha mifologik qahramonni emas, balki u kimni sevib qolganiniayting 
Javob : O’zini 
Savol : Artur Shopengauer boylikni dengiz suviga o‘hshatgan. Ularning o‘hshash tomoninimada ekan? 
Javob : Undan qancha ko‘p ichsang chanqoging ngunchalik ortadi 
Savol : Bu buyuk rus aktyori teatr va kinodagi rollari uchun ko‘plab mukofotlarga sazovorbo‘lgan. Biz uning ismi-familiyaini kamida ikkita filmda eshitganmiz. Birinchi filmda uning o‘zio‘z ismi-sharifini aytib o‘zini tanishtiradi, ikkinchi filmda esa uning ismi-sharifini bir rejissyoraytadi. Albatta ikkinchi holda o‘sha rejissyor adashgan edi, u bizning qahramonimiz emasdi. Uholda kim edi? 
Javob : Haqiqiy Ivan Grozniy 
Savol : Biz hammaning ko‘z o‘ngida jazolar ijro etiladigan davrda yashamaymiz albatta, lekinbir yerda millionlar nigohi ostida jazo ijro etiladi. Bu jazo har doim ham adolatli bo‘lavermaydi.Bu jazo hammaga ham zarar keltiravermaydi, bu jazodan foyda ko‘ruvchilar ham bor. Endi sizmenga shu jazoni ko‘pchilik hal qiluvchi hollarda nimaga o‘hshatishini ayting 
Javob : Lotereyaga 
Savol : Bu shahar 1997 yildan boshlab Taraz deb atala boshlandi. Bu shaharning eski nominiko‘pchilik mashhur bir filmda eshitgan. O’shanda shu shahardan bo‘lgan bir jentlmen u yer issiqekaninin, uning onasi o‘sha yerda ekanligini aytadi. Siz menga o‘sha jentlmenning otasiningmashhur adashi nechta raqibga qarshi kurashganini ayting 
Javob : 40 ta 
Izoh : Bu shaharning ilgarigi nomi Jambul bo‘lgan. "Omadli jentlmenlar" filmining qahramonlaridan biri Vasiliy Aliboboevich aynan Jambullik bo‘lgan. Alibobo esa 40 ta qaroqchiga qarshi kurashgan
Savol : Mashhur qiziqchi va tabiat landshaftlaridan birining nomlarini o‘zaro qo‘shadiganbo‘lsak bir shaharning ilgarigi nomi kelib chiqadi. Siz menga bu shaharning hozirgi nomi bilanbir hil ataluvchi asar yozgan mashhur yozuvchini ayting. 
Javob : Sa’diy 
Izoh : Guliston shahrining ilgarigi nomi aynan Mirzacho‘l bo‘lgan.
Savol : Bu ikkala o‘zaro raqobatchi kompaniyaning qishloq xo‘jaligiga hech qanday aloqasiyo‘q. Lekin ulardan ikkovi ham o‘z ramzlarida qishloq ho‘jaligining yirik sohalari bilan bog‘liqnarsalarni o‘zlariga ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq ho‘jaligi sohalaridan birining engasosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa, ikkinchisi qishloq ho‘jaligining yanabir sohasining asosiy mahsulotini yaratuvchilarini o‘z ramziga aylantirgan. Shukompaniyalarning nomini ayting. 
Javob : UMS va Bilayn 
Izoh : UMS ramzi tuxum, Bilayn ramzi esa asalari
Savol : 2000 yilning 27 avgustida Moskva shahrida sodir bo‘lgan voqea tufayli shahar aholisibir oy bir narsadan mahrum bo‘lishgan. Bu bir oy Moskva aholisi uchun juda zerikarli o‘tganini e’tiborga olgan holda ushbu voqea Moskvaning kaerida sodir bo‘lganini ayting. 
Javob : Ostankino teleminorasida 
Izoh : U yerda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli shahar aholisi bir oycha teleuzatishsiz qolgan.
Savol : Barchamizning kattami kichikmi uyimiz bor. Bu haqida kimdir biladi, kimdirbilmaydi. Lekin 1967 yil tadbirkor Kim U Jun tomonidan "kurilgan" "katta uy" ni butun jahonbiladi. Uning bu "katta uyini" biz qaysi nom bilan bilamiz? 
Javob : Deu (koreyscha "katta uy"). 
Savol : Bu mashhur inson tongda soat 7 dan 12 daqiqa o‘tganda tug‘ilgan, kunduzi soat 11dan 52 daqiqa o‘tganda texnikumni, 13 dan 12 daqiqa o‘tganda institutni tamomlaydi. 13.44 dan14.32 gacha Moskvada tahsil oladi. 15 dan 12 daqiqa o‘tganda qilgan ishi uchun yuksakmukofotga sazovor bo‘ladi. U mashhur inson kimligini ayting. 
Javob : Chingiz Aytmatov 
Izoh : Bu yerda uning biografiyasi 100 yilga nisbatan bir sutka sifatida olingan. "Asrga tatigulik kun" asarini eslang...
Savol : Siz rasmda ko‘rib turgan suratda avstriyalik tadbirkor, diplomat va avtopoygachi EmilYellinekning qizi tasvirlangan. Bir daqiqadan keyin siz menga bu qizning ismi nimaligini ayting. 
Javob : Mersedes. 
Izoh : Aynan mana shu qiz sharafiga 1901 yil Maybax tomonidan yaratilgan avtomobil atalgan
Savol : Quyida berilgan suratlarda 100 nemis markasining yuz tomonida nemis pianistkasiKlara Shuman tasvirlangan, orka tomonida esa uning asosiy ish kuroli bo‘lgan royal tasvirlangan.200 nemis markasining yuz tomonida esa nemis mikrobiologi Robert Kox tasvirlangan, orkatomonida esa uning asosiy ish kuroli mikroskop tasvirlangan. Endi diqqatingizni uchinchi, 1000marka bo‘lgan banknotaga qarating. Bir daqiqadan keyin uning yuz tomonida tasvirlangankishilar kimligini ayting. 
Javob : Aka-uka Grimmlar 
Savol : Diqqat qora quti! Mashhur "Ming bir kecha" asaridagi "Kanizak Tavaddud hikoyasi"da unga shunday ta’rif beriladi: "Qochoq bo‘lmasa ham zanjirband qilingan, o‘g‘ri bo‘lmas hambog‘langan, urushda bo‘lmas ham nayza urilgan, jarohatlangan, ammo mushtlashish vaqtidaemas, kechasi xotinidan ayriladi va kunduzi qo‘yniga oladi". Qora qutida nima bor? 
Javob : Tugma. 
Savol : Afsonaga ko‘ra, Sohibqiron Amir Temur uni ko‘rgach, shunday xitob qilgan ekan:"Mana endi, biz ikki nogiron – barcha insonlar ichida eng qudratlilarimiz". Siz menga uning kimekanligin emas, bu xitob qaysi shaharda yangraganini ayting 
Javob : Anqara. 
Izoh : 1402 yil 20 iyulda Anqarada bir ko‘zli Yildirim Boyazidni ko‘rganida aytilgan xitob
Savol : Hayotda turli tasodiflar ko‘p albatta. Bu hech qaysimiz unutmagan inson o‘z g‘arazlimaqsadini amalga oshirgan kuni undan ham mashhur bo‘lgan inson dunyoga keladi. Bu ikkiinsonning millati bir ekanligini hisobga olib, ularning ismlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting. 
Javob : Gerostrat va Aleksandr 
Izoh : Gerostrat Artemida ibodatxonasiga o‘t qo‘ygan kuni Aleksandr Makedonskiy dunyoga kelgan.
Savol : Mashhur "Yaguar" avtomobil kompaniyasi dastlab paydo bo‘lganida "SwallowSidekar" deb nomlangan edi. Lekin 1945 yilda uning nomini o‘zgartirib, "Yaguar" deb atayboshlashdi. Nima uchun kompaniyaning nomini o‘zgartirishga to‘gri kelib qoldi? 
Javob : Chunki ushbu nomni "SS" ko‘rinishida qisqartirishar edi va 1945 yili ushbu abbreviatura jinoiy natsistlik tashkiloti bilan assotsiatsiyalanadigan bo‘lib qoldi 
Savol : Mashhur adib o‘zining mashhur asaridagi ikki qahramonga shunday ta’rif beradi:"Ikkovi ham bo‘yi past, juda qiziquvchan, bir-biriga juda o‘xshash, ikkovining ham unchalikkatta bo‘lmagan qorni bor, ikkovi ham jud tez gapiradi va gapirayotganlarida hatti-haraktlari vaqo‘llari bilan tushuntirishadi". Bu bilan ularning o‘xshash tomonlari tugamaydi ularning hattoismlari va otalarining ismi ham bir hil, faqat familiyalari bir-biridan bitta harfga farq qiladi. Ularkim ekanligini ayting. 
Javob : Dobchinskiy va Bobchinskiy 
Savol : Sitata: "Uni Saratovda har bir it biladi, - dedi prikazchik, yozishga ihtiyor eting janobioliylari, Saratov shahriga muhtaram Yakov Vasilich...Vasilich..." ga. Siz o‘sha tish doktoriningfamiliyasini unutmagan bo‘lsangiz, bir daqiqadan keyin uni menga yozib bering 
Javob : Ovsov. 
Savol : Qadimgi Sharq mifologiyasida tanasi sherniki, qanotlari burgutniki, boshi esa hamshernikidek ham burgutnikidek bo‘lgan shoxli fantastik hayvon bo‘lgan. Ularni grifonlar debatashgan. Bu grifonlarning tasviri bizgacha yetib kelgan. Britaniya muzeyida eramizdan avvalgi 4-5 asrga tegishli bo‘lgan, Tojikiston xududidan topilgan, grifonlar boshining tasviri tushirilganoltin bilakuzuk saqlanadi. Bu bilakuzuk juda qimmatbaho bo‘lishiga qaramasdan, uning tasvirinibarchamiz ko‘rganmiz, lekin hammamiz ham uning aynan o‘sha bilakuzuk tasviri ekanliginibilmaymiz. Qora kuti da esa mana shu bilakuzuk tasviri tushirilgan va deyarli barchamizdabo‘lgan narsa turibdi. U nima ekanligini aniq qilib ayting. 
Javob : 100 so‘mlik kupyura 
Savol : Ularning ikkalasi ham Atlantika okeanida joylashgan. Ular uchun umumiy bo‘lgannom birinchisining asosiy nomi emas, lekin uni ko‘pincha shu nom bilan atashadi, ikkinchisiuchun bu nom xaqiqiy nom hisoblanadi. Birinchisi o‘zining yetakchisi bilan mashhur bo‘lsa,ikkinchisi o‘zining arxitektura inshooti bilan mashhur. Siz menga ular uchun umumiy bo‘lgannomni ayting. 
Javob : Ozodlik oroli 
Izoh : Kuba davlatini "Ozodlik oroli" deb atashadi, haqiqiy Ozodlik oroli esa AQSh ga tegishli bo‘lib, unda mashhur inshoot - Ozodlik haykali qad ko‘targan
Savol : Diqqat savolda almashtirilgan so‘zlar bor: "Men shu narsaga erishamanki, baliq ovigaboksga bo‘lgan hurmatdan kam bo‘lmagan hurmat bilan yondoshishadi, Muhammad Ali o‘ziningnavbatdagi chiqishi uchun qancha so‘ramasin, men undan ko‘proq so‘rayman". Diqqat savol,agar siz bu so‘zlarning muallifi kim ekanligini topgan bo‘lsangiz, "baliq ovi" so‘zi bilan qaysiso‘z almashtirilganini aytasiz. 
Javob : Shaxmat. 
Izoh : Bu so‘zlarning muallifi esa mashhur shaxmatchi Fisher hisoblanadi
Savol : Diqqat qora quti! Shoir Erkin Vohidovning she’rini eshiting:She’riyatning timsoli – qalam,U hakda-ku she’rlar behisob,Ey shoirlar, bitganda kitobEslab qo‘ying buni ham.Busiz bo‘lmas she’ringiz ravon,Busiz qilmas satrlar xanda,Siz qalamga she’r aytganda,Bunga bag‘ishlang doston.Sezgan bo‘lsangiz, shoir bu deganda nazarda tutgan narsa qora quti ichida turibdi, qora qutidanima bor? 
Javob : O’chirg‘ich 
Savol : O’zbek maqolida birinchi ishni qilgan – katta suv havzasiga, ikkinchi ishni qilgan esa,tozalangan qamish cho‘pidan to‘qilgan to‘shamaga o‘hshatiladi. Endi siz menga ikkinchi vabirinchi ishni bir vaqtning o‘zida bajaradigan kishilar shug‘ullanadigan sport turini ayting. 
Javob : Shaxmat. 
Izoh : Shaxmat bilan shug‘ullanuvchi shaxmatchilar o‘tirib yurishadi. Maqol esa, "Yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra".
Savol : U insonning asl ismi Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja bo‘lgan. Arslonbob eshonning avarasibo‘lgan. O’ta qora tanli bo‘lgani uchun u insonni o‘sha biz bilgan nom bilan atashgan. Agar sizkim haqida gap ketayotganligini anglagan bo‘lsangiz, uning nomi bilan ataladigan tumanrespublikamizning qaysi viloyatida joylashganini ayting. 
Javob : Toshkent. 
Izoh : Bu yerda gap Zangi ota haqida ketmoqda
Savol : Blits.Mavzu: Islom.1. Bu qit’a aholisining 20 %idan ortiqrog‘ini musulmonlar tashkil etadi. Bu qaysi qit’a?2. Islomda zaruriylik nuqtai nazaridan farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadigan amal turiqanday nomlanadi?3. Islom tarixidagi birinchi muazzin, ya’ni azon aytuvchi inson kim bo‘lgan? 
Javob : Javoblar: 1. Osiyo. 2. Vojib. 3. Bilol. 
Savol : Agar amerikalik filologlarning izlanishlari natijalariga ishonadigan bo`lsak, bu toponimning ma`nosi ,,tepaliklarga boy orol” degani ekan. Bu toponimning ma`nosi bilan bog`liq bir afsona ham bor. Unga ko`ra algonkinskiy tilida bu so`z ,,biz aldangan joy” deb tarjima qilinarkan. Diqqat savol: Toponimni toping. 
Javob : Manhetten 
Manbaa : : ?.?.????????? "??????? ? ??????????", ?., "??????? ??????????", 1986 ??? ???. 185
Savol : Tilshunos yozuvchi Lev Uspenskiyning taxminiga ko`ra bu orolning nomi shvedcha ikki so`zning qo`shilishidan hosil bo`lgan. Ma`nosi ,,mitti bolakay”. Bu orol nomi italyancha so`z ,,putti” - ,, go`dak, yosh bola” dan kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Bu orol Sumatradan janubda joylashgan bo`lib, 1699-yilda ochilgan. Diqqat savol: Qaysi orol haqida gap ketmoqda va uni mashhur qilgan shaxsni ayting. 
Javob : Liliputiya va Jonatan Svift. 
Savol : 1957-yil Stokgolmdagi Nobel institutining xalqaro fiziklar guruhi davriy jadvaldagi 102-element nobeliyning sintezi haqida ma`lumotlarni e`lon qilishadi. Lekin boshqa hech qayerda va hech kimga bu elementning mavjudligini isbotlash nasib etmaydi. Bu holat esa qo`pol bir hazilni tug`dirdi: Nobeliydan faqat … qoldi. Diqqat savol: So`zni toping. 
Javob : No 
Izoh : Bu nobeliyning belgisi, nomerning qisqartmasi, inglizcha yo`q.
Savol : Barchangiz Edisonni taniysiz. Lekin Grenvill Vudsni biz tugul hatto ba`zi texnika bilimdonlari ham tanishmaydi. U 150 dan ortiq patentlar muallifi. Ikki bor sudda Edison bilan bahsda g`olib chiqadi. Vuds harakatdagi poyezdlarning telegraf aloqasi usulini, tramvaylar uchun osma simli aloqani ixtiro qilgan. Lekin uning o`ta mashhur bo`lib ketishiga bir narsa sabab bo`lgan. Diqqat savol: O`sha sababni toping. 
Javob : U negr edi. 
Savol : Y keksa bo`lib tug`iladi va asta-sekin yosharib boradi. Bu hayotning kulgili tarafi. J esa yosh bo`lib tug`iladi va asta-sekin keksayib boradi. Bu hayotning qayg`uli tarafi. Diqqat savol: Oskar Uayld Y va J deb nimalarni nazarda tutgan? 
Javob : Yurak va Jism 
Savol : Qizil kxmerlar komandirining aytishicha, ular eng yaxshi jangchilardir. Ular xato qilmaydilar, hech qachon uxlashmaydi, hech narsadan qo`rqmaydilar. Kambodjada bu jangchilardan uy va tomorqani qo`riqlashda foydalanishadi. Diqqat savol: Ularni toping. 
Javob : Minalar 
Savol : Amerikalik astronavt Mayki Kollinz hazili: Men ishdan qaytganimda mening 25 mingtam tugagan bo`ladi. Xotinimda esa bu endigina 30 ta. Diqqat savol: u nimani nazarda tutgan? 
Javob : So`z 
Savol : Bu janubiy poytaxt (shtat) shaharning ma`nosi port bo`lib, XVI asrda paydo bo`lgan. Demakki bir qarashda mashhur shaxs nomi bilan bog`lab qo`yish noto`g`ri. Ba`zilar esa bu nomni eshitib, darrov ,,leytenant” so`zini eslarkan. Diqqat savol: Ravanning tanishi bo`lmasangiz ham bu toponimni ayting. 
Javob : Kolombo 
Savol : ,,Qizil va qora” asaridan epigraf: X! Hali siz buni bo`lmag`ur narsa deb o`ylaysizmi,afandim? Ahmoqlarning hurmati, go`daklarning hayrati,boyonlarning hasadi-yu,donolarning nafrati…(Barnav) Diqqat savol:X ni toping. 
Javob : mansab 
Savol : Britaniyada ma`lum bir kasb egalari nikoh uzugini taqib yurish imkoniyatidan mahrumlar. Diqqat savol: O`sha kasb egalarini toping. 
Javob : Shifokorlar va hamshiralar 
Izoh : Dezinfeksiya paytida uzuk osti qolib ketadi.
Savol : Venadagi mashhur konzert zali ,,Konserthaus” da barcha tashrif buyuruvchilarga tekinga tabletkalar tarqatiladi. Diqqat savol: Tabletkalar qaysi kasallikka qarshi ishlatishga mo`ljallangan? 
Javob : Tumov 
Izoh : Aksirib xalal bermasliklari kerak
Savol : 2000-yil yanvarning oxirida Mayk Tayson va unchalik mashhur bo`lmagan bokschi Julius Frensis o`rtasida jang bo`lib o`tadi. Frensis jang uchun 500 ming dollar olishi kerak edi. Julius bir ayyorlik ishlatib, yana 20 ming dollar ishlab oladi. Bir firma bilan shuncha pulga shartnoma imzolaydi va ularning belgisini noodatiy bir joyga joylashtiradi. Diqqat savol: Qayerga? 
Javob : Poyafzalining tagiga 
Izoh : Muxlislar buni nokaut payti tasodifan ko`rib qolishgan.
Savol : Ular Hindiston, Birma, Shri-Lanka va Yavada yashashadi. Ulardan 1500 tasini Los-Anjelesdan uncha uzoq bo`lmagan joyda uchratish mumkin. Ular ,,Har qanday yaltiragan narsa ham oltin emas” maqolining isbotidir. Ular yaqin joydagi aholiga bir noqulaylik tug`diradilar. Diqqat savol:Ularni toping. 
Javob : Tovus 
Izoh : Ovozining yomonligi noqulaylik tug`diradi.
Savol : ,, Bu tabassumning oliy darajasi”, Oskar Uayld ,, Bu chiroyli bo`lmagan ayollar uchun boshpana, chiroylilari uchun fojea”, Marchello Mastroyani ,,Bu boshqalar bilan muloqotning vositasi ekan” Diqqat savol: U nima? 
Javob : Ko`z yosh 
Savol : 1999-yil oktyabr Dog`istonda yangi tug`ilgan chaqaloqqa uning nomi berildi. Biroz vaqt o`tib u oliynasablar orasida paydo bo`ldi. Uning ikki nafar farzandi o`zbek bo`lgan. Diqqat savol: Ulardan birining ismini ayting. 
Javob : Odil Ahmedov yoki Jafar Irismetov 
Izoh : Anji klubi edi.
Savol : Germaniyadagi (ikki marta)bu mashhur familiyani ko`pchilik ,,gapiruvchi” deb tushunishadi. Afishalarda esa biroz boshqacharoq yondashuvni ko`rish mumkin. Familiyaning birinchi bo`g`inini ,,zarba” deb, ikkinchi bo`g`inini esa ,,mutlaq g`alaba” deb tarjima qilsa bo`larkan. Diqqat savol: Familiyani toping. 
Javob : Klichko. 
Izoh : (klitsch va knockout)
Savol : Qadimgi irland maqolini eshiting: Haqiqiy irland uchta narsadan ehtiyot bo`lishi kerak: ot tuyog`idan, buqa shoxidan va tabassumdan. Diqqat savol: Kimning tabassumidan? 
Javob : Ingliz ayolining. 
Savol : Xyustondagi nafis san`at muzeyida bo`lganlar allaqanday abstract haykalning guvohi bo`lishlari mumkin. Haykal serqirra,mavhum va qismlari har tarafga vahshiyona o`sib ketgan predmetni eslatadi. 1970-yil AQShdagi X Butunjahon Shifokorlar kongressining ramzi etib aynan u tanlab olingan. Diqqat savol: Haykalda nima aks etganini tushungan bo`lsangiz, qaysi mutaxassislikdagi shifokorlar congress o`tkazganini ayting. 
Javob : Onkologlar 
Izoh : (bu rak haykali)
Savol : Mal,bulan,gumba,bulan-bulan,bulan-gumba. Diqqat savol: O`zbekchasini ayting. 
Javob : 1,2,3,4,5 
Savol : Bu kiyimni amerikaliklar taksido, angliyaliklar- dinke jenet. Bizga bu so`z rus tilidan, ruslarga esa fransuz va nemischadan. Alisher aka yoki Sodiq bu savolga to`g`ri javob bersa kerak. Diqqat savol: Kiyim nomini ayting. 
Javob : Smoking 
Savol : Akonkagua,Mak-Kinli,Kosyushko. Diqqat savol: Qatorni davom ettiring. 
Javob : Monblan,Kilimandjaro,Jomolungma 
Savol : Amerikaga kelgan ispanlar qirg`oq bo`ylarida qoziqlar ustiga qurilgan hindular qishlog`ini ko`rib qolishadi. Diqqat savol:Bu qishloq hozir qaysi davlatda joylashgan? 
Javob : Venesuela. ,,Kichik Venetsiya� 
Savol : ,,Bibliya”da yozilishicha, bir kishi qandaydir o`simlik o`tqazadi. Shayton uni qo`y,sher,maymun,cho`chqa qoni bilan sug`oradi. Diqqat savol:O`simlikni toping. 
Javob : Uzum 
Savol : XIX asrda hayvonlarning qonini odamga quyish bo`yicha tajribalar o`tkazilgan. Odatda qo`y yoki qo`chqor qonidan foydalanilardi. Mashhur nemis jarrohi Folkman fikricha, bu kabi operatsiya uchun uchta qo`y zarur ekan. Diqqat savol: Qanday uchta qo`y? 
Javob : birinchisi-qo`y, ikkinchisi-bemor, uchinchisi-shifokor 
Savol : Berkinadi o‘t - o‘lan ichra Tunash uchun o‘tloq Ukkisi, Yaqinlashar tun . . . Diqqat savol:Ukki so`zini qaysi so`z bilan alishtirdim? 
Javob : kakku 
Savol : Akutagava Ryunoske: Xatto Xning ham , lYari shalpayib qoldi Qanday issiq xavo ! Diqqat savol: X vaY ni toping 
Javob : quyon, Quloq 
Savol : Natsume Soseki: Men kasal yotgan xonaning Bambuk pardasida Kuzgi … Diqqat savol: Xokkuni bitta so`z bilan yakunlang. 
Javob : kapalak 
Savol : Takaxama Kyosi: Guvillagan sovuq shamolni , Ko‘ksim bilan qarshi olib . Bir zumga unutdim . . . Diqqat savol: Nimani? 
Javob : qariganimni 
Savol : Takaxama Kyosi: Mo‘rini ochaman . Qilt etmay osilib turar , Kul ustida mudroq … Diqqat savol:Xokkuni bitta so`z bilan yakunlang 
Javob : o�rgimchak 
Savol : Kovaxigasi Xekigado: Oyog‘im ostida o‘ralashib , O’sgan maysalar aro Chiyillaydi mitti Ular Diqqat savol:Nimalar? 
Javob : 
Izoh : jo�ja
Savol : Bristolda ,,Yerdagi Jannat” nomli do`kon bor. Diqqat savol: Bu do`konda nimalar sotiladi? 
Javob : Dafn marosimida kerak bo`luvchi anjomlar 
Savol : X arabcha ,,tilzam” so`zidan kelib chiqqan. ,,Tilzam” ,,sehrli ko`rinish” ma`nosini beradi. X lar safiga Villi va Straykerni kiritish mumkin. Diqqat savol: X ni toping 
Javob : Talisman 
Izoh : Sher Villi angliyadagi, it Strayker AQShdagi JCHlar talismanlari 
Savol : Nemis futbolida bir yil yuqori ligada o`ynab kelasi yil quyi ligaga tushib ketishni odat qilib olgan jamolar mavjud. Ularga xos xususiyatdan kelib chiqib, bu jamoalarni ,,X jamoa” deb atasharkan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Lift 
Izoh : Chiqadi-Tushadi va hokazo.
Savol : Savolda almashtirish bor. Tilshunoslarning aytishicha, ,,TER” so`zi narkotik bilan savdo qiluvchilar tilida marixuanani ifodalar ekan. Shundan kelib chiqib, Malayziya tilshunoslar assotsatsiyasi U haqidagi filmlarni mamlakatda taqiqlashni taklif qilgan. Diqqat savol: ,,TER” so`zi o`rnida qaysi qisqa so`z qo`llangan? 
Javob : POT 
Izoh : Malayziyada u haqidagi kitob va filmlar taqiqlangan
Savol : Aytishlaricha, amerikalik biznesmenlar o`z muvaffaqqiyatlarini asoslash uchun quyidagi shiorni ko`p takrorlashar ekan: (Uchta so`z qoldirilgan), boshqalar esa pul to`lab turishadi. Diqqat savol: Qoldirilgan uchta so`zni toping. 
Javob : ,,Biz Xudoga ishonamiz�. (,,In God we trust�). 
Izoh : AQSh dollaridagi shior
Savol : Mashhur chang`ichi Stefaniya Belmondo Albervillda qishki Olimpiada chempioni bo`ladi. Keyin esa Solt-Leyk-Sitida bu natijani takrorlaydi. Diqqat savol: Keyingi Olimpiadada u nima ish qilgan? 
Javob : Olimpiada mashalasini yoqqan 
Izoh : Keyingi Olimpiada Vatani Italiyaning Turin shahrida bo`lgan. U esa bu paytda faoliyatini yakunlagan edi. U mashhur sportchi sifatida Olimpiadani ma`lum ma`noda ochib bergan. 
Savol : Avstraliya miflariga ko`ra, X – tezda qaytib kelmaydigan bumerang ekan. X ni ko`rish uchun avstraliyalik bo`lish shart emas, zero o`zbeklar X ni juda ko`p marta ko`rishgan. Diqqat savol: X ni ikki so`z bilan ayting. 
Javob : Yarim oy 
Izoh : Uni O`zbekiston bayrog`ida ko`rish mumkin.
Savol : Futbol bo`yicha Jahon Chempionati davrida o`lim jazosiga hukm qilingan meksikalik muxlis jazo ijrosi musobaqa so`ngigacha kechiktirilishini iltimos qiladi. Unga imkoniyat berishadi. Diqqat savol: Mahbusning o`lim sababini toping. 
Javob : Infark 
Izoh : Meksika mag`lub bo`lganda infarkdan o`lgan
Savol : Misr firavni Piopi yonida doimo tanasiga asal surkalgan qullar turishgan. Diqqat savol: Bundan nima maqsad ko`zlangan? 
Javob : Pashsha chivinlardan firavnni himoyalashgan. 
Savol : Bu musobaqa inglizcha ,,spidkubing” nomini olgan. Diqqat savol: Maksimal aniqlikda ayting, musobaqa ishtirokchilari nima bo`yicha bahslashishadi? 
Javob : Kubik Rubikni tez terish bo`yicha 
Izoh : Speed+kubing
Savol : ,,Samson” brokonyerlik kemasi kapitani Xendrik Ness shunday degandi: Havoga ko`tarilgan oq raketani ko`rdim. Bu bizni ta`qib qilayotgan Amerika patrul kemasiga tegishli deb o`yladim. Ammo aslida unday emas ekan. Diqqat savol: Bu voqea qachon sodir bo`lgan? 
Javob : 1912-yil 
Izoh : Bu ,,Titanik� halokatidan darak bergan oq raketa edi
Savol : Saytlardan birida bu xorij brendining nomi haqida fikr yuritilgan va ,,Mashina – Insonlarga” variant maqullangan. Chunki, bu nomda ozroq harakat qilsangiz, brendning asl logotipini ham ko`rish mumkin. Diqqat savoL: Qaysi brend haqida so`z ketmoqda? 
Javob : Folksvagen 
Izoh : M va L harflarini teskari o`girsangiz, V va W hosil bo`ladi
Savol : Saytlardan birida Xitoyda qo`lda to`qilgan eng uzun gilam haqida xabar e`lon qilinadi. Shuningdek xabarda X ham eslab o`tilgan. Diqqat savol: X ni uchta so`z bilan ayting. 
Javob : Buyuk Xitoy Devori 
Savol : Bir mashhur fikrni o`zida aks ettirgan illustratsiyada tarozi tasvirlangan. Tarozining bir pallasida bir dasta pul, ikkinchisida esa soat tasvirlangan. Diqqat savol: Bu mashhur fikr kimga tegishli? 
Javob : Benjamin Franklin 
Izoh : Vaqt bu pul
Savol : Emma Bombek fikri: Bolalar - farishtalardir. Ularning oyoq-qo`li o`saveradi, X lari esa qisqaraveradi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Qanotlari 
Savol : Bernar Verber romani qahramonlaridan birining fikriga ko`ra, X- bu ilohiy shahmatchilarning (xudolarning) odamlarni boshqarishiga isbot ekan. Diqqat savol: X ni ikki so`z bilan ayting. 
Javob : Troya oti 
Savol : Bir necha yil oldin Shotlandiyada bir kitob topildi. Unda X ning qoidalari o`sha davr uchun mukammal ifodalangan edi. Bu esa shuncha yildan beri ishonilib kelingan bir haqiqatni xavf ostiga qo`ydi. Diqqat savol: X ni topgan bo`lsangiz, qaysi xalq shuhrati xavf ostida qolganini toping. 
Javob : Inglizlar 
Izoh : Gap futbol haqida ketmoqda
Savol : Rosssiyalik va zambiyalik insonlar oilasida aktyor Georgiy Siyatvinda dunyoga keladi. U ,,Paragraf 78” filmida suratga tushayotganda barcha murakkab sahnalarni kaskadyorsiz o`ynashga majbur bo`ladi. Diqqat savol: Buning sababini toping. 
Javob : Qora tanli kaskadyor Rossiyada topilmagan 
Izoh : U qora tanli bo`lgan
Savol : Yoshlar o`rtasidagi 2009-yilgi Yevropa chempionatining finalida Ukraina va Angliya duch keladi. Angliyalik Deniel Drinkvoter hakam ko`rsatgan sariq kartochkadan qattiq norozi bo`lib, o`z hissiyotlarini jilovlay olmaydi. Buni ko`rgan ,,Yevrosport” kanali sharhlovchisi futbolchi tinchlanish uchun tanaffusda bir ish qilishi kerak deydi. Diqqat savol: Nima ish? 
Javob : Suv ichish 
Izoh : Futbolchining familiyasi Drinkvoter edi
Savol : Gabriel Garsiya Markesning ,,Oq yo`l, senyor prezident” asarida bosh qahramon Jenevada bo`ladi. Biroz vaqt o`tib muhtojlik tufayli o`zining X ini sotmoqchi bo`ladi.Ammo unga bu yaxshi g`oya emasligini aytishadi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Qo`l soat 
Savol : Tbilisida NTN nomli shaxmat klubi bor. Dastlabki N mashhur gruziyalik shaxmatchi Nonna Gaprindashvili sharafiga, uchinchi N esa yana bir shaxmatchi Nana Aleksandriya sharafiga qo`yilgan. Diqqat savol: T kimning sharafiga qo`yilgan? 
Javob : Tigran Petrosyan 
Savol : Ko`pchilik bu boradagi rekord Lev Tolstoyga tegishli deb o`ylarkan. Aslida esa record Viktor Gyugoga tegishli bo`lib, ko`rsatkich 823 ga teng. Diqqat savol: Qanday ko`rsatkich haqida gap ketmoqda? 
Javob : Bitta gapdagi so`zlar soni 
Savol : Mixail Sholoxov Nobel mukofotini olishga borganda marosimga ma`sul shaxslardan biri unga shunday deydi: - Zalga qirol kirib kelganida o`rningizdan turishingiz kerak. Sholoxov so`raydi: - Men qirol kelganini qayerdan bilaman? Diqqat savol: Xodimning javobini toping. 
Javob : Barcha o`rnidan turadi 
Savol : Hozirgi vaqtda Paragvayda duellarga ruxsat berilgan. Faqat bitta talab bor: O`zingiz uchun X topsangiz kifoya. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Donor 
Savol : Italiyada dengiz suvidan olib uyga olib ketish qonun bilan taqiqlangan. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Osh tuziga davlat monopoliyasi o`rnatilgan 
Savol : Jan Jak Russo fikricha, baxt uchun uchta narsa zarur ekan: bankda yetarli hisob raqami, yaxshi oshpaz va … Diqqat savol: Ikkinchisidan kelib chiqib uchinchisini ayting. 
Javob : Yaxshi oshqozon 
Savol : Bu xatning yubileyi 1992-yilda nishonlandi. Shu paytgacha uning 200 tildagi tarjimasi bor edi. Yubiley munosabati bilan u 500 tilga tarjima qilindi. Bu xatning tarjimalari Bibliyaga va Butunjahon Inson huquqlari Deklaratsiyasiga kiritilgan. Diqqat savol: Bu qanday xat? 
Javob : Kolumbning Amerikani ochgani haqida qirolichaga xat 
Savol : Nyu-Yorkda ,,Butkul alibi” nomli restoran bor. Diqqat savol: U nega bunday nomga ega? 
Javob : Har bir tashrif buyuruvchiga restoranda qaysi vaqtda bo`lgani ko`rsatilgan spravka beriladi 
Savol : Amerikalik Oliver Uendell ismli yozuvchi bu qahramonga o`z familiyasini bergan. Britaniyalik tibbiyot professori Jozef Bell esa o`z qobiliyatini. Diqqat savol: Menga qahramonni emas, Bellning shogirdi kim bo`lganini ayting. 
Javob : Artur Konan Doyl. Sherlok Xolms 
Savol : Finikiyadagi Sabrat, Lentiy va Magna koloniyalari birlashishidan qaysi shahar paydo bo`lgan? 
Javob : Tripoli (Uch shahar) 
Savol : 1890-yilning 6-avgusti. Nyu-York yaqinidagi turmalardan birida bo`lib o`tgan voqea texnika taraqqiyotining noxush tarafini o`zida aks ettirdi. Diqqat savol: Qanday voqea? 
Javob : Elektr stuldagi ilk qatl 
Savol : Piza shahrida turistlar bu raqamdagi mashinani ko`rishsa, og`izlari ochilib qoladi. Diqqat savol: Qanday raqamli? 
Javob : PI 314 159 
Savol : Avraam Linkoln mavzoleyi 36 ta ustun bilan o`ralgan. Diqqat savol: Nega? 
Javob : U o`ldirilganda AQSh tarkibida 36 ta shtat bor edi 
Savol : Qaysi davlat bayrog`idagi detallar 28 marta o`zgartirilgan? 
Javob : AQSh 
Savol : Nuh payg`ambar uzumni zanjabil va salsabil suvi bilan sug`organ.Natijada ikki mahsulot paydo bo`lgan? Diqqat savol: Ularni toping. 
Javob : Shinni va sirka 
Savol : Doniyor aka. Tasavvur qiling, Jahongir akaning oldida chuvalchangchalar va arqonlar turgan bo`lsa, siz nima deyishingiz kerak. 
Javob : Yoqimli ishtaha 
Izoh : Vermishel-chuvalchangcha, spagetti-arqon 
Savol : G`arbiy monastir qayerda joylashgan? 
Javob : ,,G`arbiy monastir�=,,Vestminster�-Buyuk Britaniya parlamenti 
Savol : VII asrda u Yasrib shahriga ko`chib o`tadi.Keyinchalik bu shahar uning sharafiga qayta nomlanadi. Diqqat savol: U kim va shahar qanday nomlangan? 
Javob : Muhammad va Madina 
Savol : Gollandiyaning Lezvarden shahrida unga atab haykal o`rnatilgan. Past tomonda esa ,,Bizning onamiz” deb yozilgan. Diqqat savol:Uni toping. 
Javob : Sigir 
Savol : Rimliklar har yili bir marta X larni taqdirlab, Y larni kaltaklaydilar. Diqqat savol: X va Y ni toping. 
Javob : G`oz va Itlar 
Savol : Duplet. O`zbek tilidagi ba`zi iboralar tarjimada g`alati ma`noga ega. Shulardan ikkitasi bilan tanishing. 1. O`zbek tilidagi bu ibora ,,keldi,keldi” degan ma`noni berarkan. Diqqat savol: Iborani toping. 2. O`zbek tilida bu birikma ,,daraxt,daraxt” degan ma`noni berarkan. Diqqat savol: Birikmani toping.
Javob : 1.Omad keldi, 2.Shajara daraxti 
Savol : Yangi Gvineyadagi papuaslar boltani ,,toporr” deb atasharkan. Diqqat savol: buning sababchisi kimligini toping. 
Javob : Mikluxo Maklay 
Savol : Axalkalaki,Karfagen,Neapol,Nevill. Bu qatorga kiruvchi yana bir mashhur shaharni ayting. 
Javob : Nyu-York 
Manbaa : Yangi shaharlar
Savol : Janubiy va Markaziy Amerikadagi qabilalar kundalik turmushda chiyabo`ri dumidan X sifatida foydalanadilar. Diqqat savol:X ni toping. 
Javob : Dastro`mol 
Savol : Qurbaqa,bug`u,kabutar,delfin,cho`chqa va uning bolasi,kaktus kuyasi. Diqqat savol: Bu ro`yxatga kiruvchi eng mashhur hayvonni toping. 
Javob : Bo`ri 
Izoh : Kapitoliy bo`risi haykali
Savol : Ular jami oltita: Nuh,Abram,Muso,Iso,Muhammad. Diqqat savol: Bu ro`yxatda tushib qolganini toping 
Javob : Odam Ato 
Savol : Nemislar fransuzlarnikidan, inglizlar nemislarnikidan, fransuzlar shvedlarnikidan foydalanadilar. Diqqat savol: Nimaning? 
Javob : Shkala Selsiy shkalasi shvedlarniki. Farengeyt 
Savol : O’rta asrlarda yevropa shaxarlarida bu potensial jinoyatchilar ko’chalarda bemalol izg’ib yurishar edi, tez tez kambag’allarni uyiga kirib hamma yoqni ag’dar to’ntar qilib, arg’imchoqdagi go’daklarni tishlab jarohat yetkazib ketishardi. Ularni hibisga olib qamoqda ushlab “sud” lashar va odatda osishga hukm qilishar edi. Savol: Ularni toping? 
Javob : Cho’chqalar 
Izoh : U vaqtlarda cho’chqalar ko’p boqilib, qarovsiz holda bo’lishgan va bu cho’chqalar ko’chalarda asosan kechalari haos keltirib chiqarishgan.
Savol : V-VI asrlargacha Yevropada yaxshi yo’llar saqlanib qolingan, odatga ko’ra bu yo’llar chetida yozuvlari bilan beton ustunlar turar edi. Savol: bir mashhur ibora (jumla) esga olib bu ustunlarda nimalar yoziganini ayting? 
Javob : Rimgacha bolgan masofa 
Izoh : Iboramiz barcha yo’llar Rimga olib boradi, ustunlarda esa har bir ma’lum oraliqda Rimgacha bo’lgan, qolgan masofani ko’rsatib turilgan
Savol : Bu insonni qabrida o’lgan yilini teskari ko’rsatilgan deyishadi, misol uchun 1958 emas 8591 deb. Bunga esa uni aksariyat holda o’z ”avtoo’lovini” teskari minganin sabab etib ko’rsatishadi. Savol : gap kim haqda ketmoqda? 
Javob : Ho’ja Nasriddin 
Izoh : Uning tug’ilgan yili 386 yozilgan, 683 emas. “Avtoo’lov” esa eshshagi-dir
Savol : Qonunga ko’ra Singapurda yashovchi aholi yangi avtomobilga ega bo’lmoqchi bo’lsa eskisin yo’qotishchun to’lov qilmog’i yoki BU ishni qilishi kerak ekan. Savol: BU ishni ya’ni ikkinchi yo’lni maksimal aniqlikda ayting? 
Javob : uni chegaradan tashqariga, o’zga davlatga sotishi kerak. 
Izoh : Singapur juda kichik hududga ega bo’lgani uchun eski keraksiz mashinalar ko’payishi ularga qiyinchilik keltirgan shuningchun mashinani qayta ishlovga to’lov qilishgan yoki chet davlatga sotishgan
Savol : Shvetsiyada kimni-ki iti bolsa ularni kichik, bo’yiga katta bo’lmaganini afzal ko’rishadi. Ammo qo’shni davlat hisoblangan Norvegiyada esa teskarisi, eniga uzun bolmagan, bo’yi uzun itlarni boqishni yoqtirishar ekan. Savol bu ikki qoshni davlatlarni didlari turlicha ekanin qanday izohlab bo’ladi? 
Javob : Shvetsiyada it itlarni bo’y balandligiga qarab soliq solinsa Norvegiyada uzunligiga qarashar ekan, shuning uchun ikki davlatham kamchiqim variantda toxtalishadi. 
Savol : Ispanlar birinchi bor bu orollarga kelib qolishganda, o’zlari bilan bu yerni “aholi”sini olib olishgan, va keyin ularni sevib tanovur qilib ortga qaytishgan. Ularga bu manzur kelgani sababli keyinchlik ushbu hududni “aholi”si nomi bilan atashadigan bolishdi. Savol: Ular qanday nom berishgan? 
Javob : Galapagos orollari 
Izoh : Galapagos – bu toshbaqa degani, Ispanlar orolda toshbaqalarni ko’rib ularni iste’mol qilishgan va uyerga shu toshbaqalar nomini berishgan
Savol : 1993 yili Livanning gen. prokurori “Miss Livan”ni hibsga olishga buyruq bergan. Bunday to’xtamga kelishga esa “Miss world” yanikim dunyo go’zali konkursida olingan surat sabab bo’ladi. Savol: U kim bilan rasmga tushayotganda extiyotsizlikka qol urganin 2 so’z bilan yozib bering 
Javob : Miss Isroil, yoki: Isroil go’zali 
Izoh : Qadimdan bu ikki davlat bir birlari bilan chiqisholmay urush holatida yurishadi, Dunyo go’zali konkursida esa Livanlik honim bilmay Isroil go’zali bilan rasmga tushishgani davlat amaldorlariga yoqmagan. Ushbu holat 2015- yilda ham amalga oshdi.
Savol : Chad fuqarosi bo’lmish bir ayolga “Miss Chad” unvoni umrbot berilgan. U 85 yosh bolganida aholini yoshu-qarisi uni 60 yoshda qanday ko’ringanini aniq bilishgan. U 60 yoshda qanday ko’rinishda bo’lsa haliham o’sha chexrani aniq eslashgan, bilishgan. Savol bu qanday mumkin bo’lgan? 
Javob : Chad davlatining pul banknotalarida uning 60 yoshda tusgan surati aks ettirilgan edi 
Savol : Malayziyalik kosmonaftni kosmosga uchushi uchun tayorgarlik vaqtida u yerga chiqgach sodir bolishi mumkin bolgan muammoni aniqlashdi, unga ko’ra u inson kosmosga chiqgach BUni 80 marta qilishi kerak bo’lgan. Savol : BU so’zin o’rnida yashiringan so’z birikmasini toping 
Javob : Namoz o’qish 
Izoh : U Yerda bo’lganda bir marta quyosh chiqib botganda(bizdagi 1 kun) 5 mahal namoz o’qisa. “Yuqorida” esa kunda 16 marotaba quyosh chiqib botar ekan. Bu esa kuniga 80 mahal namoz o’qish deganidir, buni amalga oshirish esa birmuncha oson bo’lmasdi
Savol : Mister Bin haqidagi epizodlarning birida Roun Adkinson kechasi qo’lida kalkulyator ushlagan holda, uxlolmay “M”lar aks etgan rasmga tikilib o’tirgan bo’ladi. Savol : “M” ni toping 
Javob : Qo’ylar 
Izoh : Mister Bin uxlolmagach rasmda keltirilgan gorizontal va vertikal holatida turgan qo’ylarni hisoblab bir biriga ko’paytirib uxlab qolgan edi.
Savol : Birnecha yillar avval bu inson Bagama arxipelagidan bir orol sotib oladi. O’sha vaqt uning qizidan otasin kasbini so’rashganida, u, otasi qaroqchi ekanligini ta’kidlaydi. Savol :siz menga u insonkim ekanin aniq ayting? 
Javob : Jonni Depp 
Izoh : Bu aktyor Karib dengizi qaroqchilari filmida bosh (qaroqchi) ro’lni ijro etgan edi
Savol : Bir rus karikaturachining san’at asarlariga nazar tashlasak, unda bir karikaturada asarning ichki mazmuniga mos kelmaydigan kitob muqovalari aks etgan edi. Masalan Drayzerning “Titan” romanini kitobnig ust qatlamida isitgich moslamasi “titan” bilan bezalgan, Djovanolinig “Spartak” romanini esa Spartak futbol jamoasini rasmi bilan izohlagan. Savol: Kitob muqovasida Sigir tasvirlangan asarni toping. 
Javob : Turgenevning “MUMU” asari 
Izoh : Mumu deganda biz asosan Sigirni tushunamiz, lekin Turgenevni qaxramoni ushbu asarda bir kuchukga shunday nom bergan edi, sababi u soqov inson bo’lgan va kuchukni shu nom bilan chaqira olgan xolos.
Savol : “M” –XVI asrlardayoq shartnomalarda ishlatila boshlangan. Masalan, Fyodor Ivanovich va shved qiroli o’trasida tuzilgan shartnomada, shvedlar rus davlatini taxqirlash va uni Shvedlardan quyi o’rinda ko’rsatish maqsadida “M” ni ishlatishgan. Savol: “M” ni nima ekanini 2 so’z bilan izohlab bering? 
Javob : Kichik shrift 
Izoh : Bilamiz joy nomlari va inson ismlari hozirda bosh xarfi katta shriftda yoziladi, bu usul o’sha 16- asrdaham mavjud bo’lgan ekan, o’shanda shvedlar rus xalqini va uning boshchisini kichik shriftda ifodalashgan 
Savol : Brest qal’asi memoriy obidalari ichida, yerda sudralib yurgan jangchi tasvirlangan, u qo’lin uzatgan holda dubulg’asini ushlab turadi. Yoshlar va bolalar uni tomosha qilgani kelgan vaqt esa skulptura yoniga kelib dubulg’asiga “M” ni “joylab” ketadi. Savolda ko’rib turganizdek o’zgartirishlar borligin bilgan holda bu ijod mahsulini nomi qanday ekanin ayting? 
Javob : Chanqoq 
Izoh : U holdan toyib chanqoqqa chidolmay yotgan skulptura edi, u yerga tashrif buyurganlar jangchini ko’rib qo’lda tutgan dubulg’asiga suv quyib ketishardi.
Savol : O’rta asrlarda Yevropada Feodallarning hizmatchilarini “M” deya atashgan, hozir esa ularni aksariyat holda “Xalq hizmatkorlari va yoki ishchilari” deb atalib, ular o’zlarini teng huquqli davlat egalaridek his etishadi degan ta’rif bor ekan. Siz menga M o’rnida qanday so’z yashiringanin ayting. 
Javob : Vazir 
Savol : Har bir halqda hukmdor yanikim qirolni o’rni kata ahamiyatga ega bo’lib kelgan, va hozirda kop davlatlarda qirollik tizimi saqlanib qolganini guvohi bo’lamiz. Ba’zi Afrika davlatlarida qirollar “Bu ishni” 3 kun mobaynida ketma-ket qilishlari halq ichida kulguga olib kelar ekan, ya’ni qirolni qirol deb shubxasiz tan olishlari uchun bu ishni qilmasliklari ma’qul ekan. Savol bu ishni deganda nimani nazarda tutdim? 
Javob : Kasal bo’lish 
Izoh : Ular 3 kun va undan ko’p bo’lgan muddat mobaynida kasal bo’lish qirollarga hos emas deb bilishgan
Savol : Keniya davlati poytaxtida 75 yoshda olamdan o’tgan Ahmad sharafiga “Uzoq umr ko’rgani uchun” deb haykal o’rnatishgan. 75 yoshgacha yashashkatta yutiq emas , lekin bu haykalni o’rnatishchun yetarli bir asos bolgan ekan. Siz menga bu holatni izohlab bering? 
Javob : Ahmad bu filning nomi. U o’sha vaqtda dunyodagi eng katta yuqori jag’ tishiga ega bo’lgan va ular bilgan eng qari fil bo’lgan 
Savol : Braziliyada ko’chalarida, Jaxon chempionati efirga uzatilgan vaqt deyarli hech bir zotni ko’rmaysiz. Bir qo’shni davlat “Kichik Venetsiya”daham shu holni ko’zatishimiz mumkin, lekin 4 yilda bir emas har yili. Savol: qaysi “musobaqa” ularni oynai jaxonga bunchalar biriktirib qo’yishin ayting? 
Javob : Go’zallik tanlovi(miss world) 
Izoh : Kichik Venetsiya bu Venesuella, ular har yili Go’zallik tanlovi ni TV da kuzatishadi ko’chalarga chiqmay
Savol : Argentinada birgina go’sht mahsuloti 2 narsani bildiradi, yani qovurilganholatida boylikqaynatilganida eas qashshoqlik ramzi bola oladi. Savol: Nega bunday deb o’ylaysiz? 
Javob : Asosiy urg’u yog’ mahsulotida, yani qovurilgan go’shtda yog’ni hizmati bolgani sabab u boylik ramzi, qaynatilganda ishlatilmagani uchun esa qashshoqlik deb bilishadi 
Savol : Meksikada ba’zan qiziq futbol o’yinlari bo’lib o’tadi, bunda birinchi 20-30 daqiqa odatdagidek futbol namoish etishadi, undan keyin maydonga yana bir o’yinchi tushadi va uning urgan har bir goli juftlanadi ya’ni 2 ta golga yuradi. Savol: nega bu o’yinchini goli 2 ta hisoblanishin ayting. 
Javob : Chunki o’yinga Buqa kelib qo’shiladi 
Izoh : Meksida davlatida shunday o’yin bo’lib unda o’yinni ikkinchi yarmida Buqalar ham maydonda o’ynashi mumkin, ularning urgan goli 2 taga hisoblanadi.
Savol : Yangi gvineya aholisi bayram kunlarida ingichka bambuk tayoqchalari aks etgan galstukni nafaqat o’qimishli bilimdon ekanin korsatishchun, balki boyliklarin ko’z ko’z qilishchunam taqishar ekan. Savol: bu tayoqchalar nimani bildirganligin menga maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : Cho’chqalar soni 
Izoh : Ulada, aksariyat har bir oilada cho’chqa boqishadi, va kimni cho’chqasi ko’p bo’lsa u o’zuga to’q, obro’li deb hisoblangan
Savol : Okeaniyada o’rtacha orol tahminan 9-11 ta mashinadan qimmat turar ekan. Lekin orolni narxi uning yuzasi va aholi soniga qarab emas aynan boshqa bir ko’rsatgichga qarab baxolanar ekan. Savol: Siz menga shuni ayting 
Javob : Oroldagi palmalar soniga qarab 
Izoh : Orolda qancha Palma daraxti ko’p bo’lsa shuncha qimmatga baxolashgan
Savol : Sovet davrida josuslar haqida yozilgan bir asarda suv tagida uzoq vaqt yotgan odam jasadi topilishi tasvirlanadi. Davlat xavfsizligi komiteti hodimlari jasadni kimligi, tashqi qiyofasini aniqlashda faqat U inson yordam bera oladi degan qarorga kelishadi. Savol U ning familiyasini ayting 
Javob : Gerasimov antropolog-haykaltarosh 
Izoh : U odam skeletiga qarab uning tashqi qiyofasini tiklash metodini ishlab chiqgan edi. Suv tagida uzoq yotgan odamni tanib bolmasligi uchun KGB hodimlari shu qarorga keladi.
Savol : Bir saytda yozilishicha bu “qotil” XX –asr yarmida rekordlarni yangilab atiga 3 kun ichida 3000 mingga yaqin Londonliklarni jonini olgan. Bu shavqatsiz jinoyatiga qaramay, Unga nisbatan hali hanuz jazo tayinlanmagan ekan. Savol: Uni ayting 
Javob : Smog(zaharli tutun, tuman) 
Izoh : Bu hodisa 1952 yili qayd etilgan, va umumiy hisobda 12 minga yaqin odamni o’limiga sababchi bo’lgan
Savol : Hindlarni “Maxabxorat”ida bir jumla keltirilgan, unga ko’ra 3 ta yuz va 6 ta o’nlik sigirlar bir buzoqni dunyoga keltirishi yozilgan. Savol: bu nimani bildiradi? 
Javob : Bir yilni 
Izoh : 3 ta yuz 300 bo’lib, 6 ta o’nlik esa 60, shu bilan ular 1 yilni ifoda etishgan
Savol : Xitoyliklar bir tomoni yorqin va ikkinchi tomoni to’q rangda bolgan tog’ tasvirlangan rasmda BU qaramarshilikni tushunishar ekan. Savol siz BUni topgan bolsangiz menga uni anglatadigan ieroglifni 2 so’z bilan ayting? 
Javob : In yan 
Izoh : bu ieroglif yaxshilik va yomonlik, oq va qora, ezgulik va yozuvlikni bildiradi
Savol : Yaponlar bu ishni yevropaliklarga qaraganda o’n marotaba sekinroq o’rgansada ohir oqibat o’rganib bolgach ularga qaraganda to’rt besh marotaba tezroq bajarishar ekan. Bu ishni ayting 
Javob : Yozish 
Savol : Bu yozuvchi doim kitobining ust qismida yani jildida “Sizga tinchlik, sog’lik tilayman” deya kitobhonlarga murojaat qilib, kitob nashr ettiradi deb aytishadi, va bizham buni guvohi bo’lishimiz mumkin. Savol: Bu yozuvchi kim ekanin aniq ayting 
Javob : Sholom Aleyhem 
Izoh : U Ukrainada tug’ilgan, ivrit, idish va rus tillarida ijod qilgan edi. Uning asl ism sha’rifi Solomon(Sholom) Naumovish bo’lgan va u Sholom Aleyhemga o’zgartirgan
Savol : Yo’l harakati qoidalari bu shaxarning aksariyat markaziy ko’chalarida tramvay va avtobus qatnovini taqiqlaydi. Va bu qoidani hech kim buzolmaydiham. Savol nima uchun? 
Javob : Chunki shaxar to’la suv 
Izoh : Gap Venetsiya ko’chalari haqida ketayotgan edi, bilamiz ko’chalari suv bilan to’lgan shu bois mashinalar qatnolmaydi
Savol : Oramizdagi aksariyat kishilar bilamizki, Pensiya tizimi dastlab nemis kansleri Otto fon Bismark tomonidan joriy etilgan. Osha vaqt, Bismark davlat pensiyasiga erkaklar 60 yoshdan chiqishi kerak deb taklif kiritgan. Bismarkning olg’a surganpensiya tizmini maqullashgan bo’lsa-da, maqul deb topilgunga qadar bu tizimni anchagina gap so’z va kulgu ostida qoldirishgan. Savol: nega bu yangi tizim endi joriy etilganda odamlar tomonidan jiddiy qabul qilinmagan? 
Javob : Chunki u vaqtda kamdan kam odam 60 yoshdan ortiq umr ko’ra olgan ekan 
Savol : XX Asrning 60-yillarida Hindiston hududida faoliyat yuritadigan Ingliz transport kompaniyasi o’z kompaniyasida ishlovchi hodimlarchun yangi talab va qoidalar joriy qilinganin e’lon qildi. Bu talablarni o’qigach, kompaniyaning oz bo’lmagan qismini tashkil etivchi bir guruh “M” lar darhol ish tashlash e’lon qilishdi. Savol: M o’rnida yashiringan so’zni topgan bo’lsangiz nega bunday qilishganin maksimal aniqlikda tushuntiring… 
Javob : Ular soqolsiz yurishmagan 
Izoh : Kompaniya doim soqol olib yurishni joriy qilingan edi va bu Singhlarga yoqmagan
Savol : Ispaniyadagi bir guruh erkaklarining hayotida 10 va 15 soni juda muhim ro’l o’ynaydi. Yani 10 soni mashhurlik, omad va g’alaba belgisi bo’lsa 15 esa ko’p hollarda aksini bildiradi, ya’ni qisqa qilib aytganda- sharmandalikni.Savol: Siz menga bu sonlar ularning hayotida nega muhim voqelikni anglatishini, yani nimani bildirishini ayting 
Javob : Ular Toreodorlar edi. 10 va 15 esa daqiqalar, ular 10 daqiqa ichida Korrida da buqani taslim etishsa shon shuxrat kutadi. Agar buni uddalay olishmasayu va bu hol 15- daqiqagachaham amalga oshmagan bo’lsa ularni mag’lub deb tan olinib sharmandalik kutadi. 
Savol : XVI-asr boshida gersog P. Medichini, muqovasida bizning tilimizda “Yangi o’lka” yoki “Yangi diyor” manosini beruvchi so’zlar keltirilgan xat qabul qilib oladi. Savol: siz menga xatni kim tomonidan yuborilganini ayting… 
Javob : Amerigo Vespuchchi 
Izoh : U Amerikaga shunday nom qo’yishni taklif etgan edi
Savol : Gamletni o’ynagan birinchi aktyor o’ta semiz va kal bo’lgan. Gamlet obrazga bu insonni ko’rinishi umuman mos tushmasada lek Shekspir unga boshrolni topshirgan. Savol: nima sababdan? 
Javob : Chunki u inson o’sha teatrning yani “Globus” ning raxbari bolgan, va Shekspir unga rad etolmagan 
Savol : Ilk bor xarbiy bo’lim bilan Meksikaga tashrif buyurgan Ispan xronologlari “Bu yerda pullar daraxtlarda o’sadi” deb yozishgan edi. Savol: Ularni qaysi pullar hayratga solganin aniq ayting… 
Javob : Kakao donachalari 
Izoh : Meksikada u vaqtlar Kakao donachalari pul vazifasini o’tagan
Savol : XX asrning oxirgi yillarida bo’lib o’tgan jaxon chempionatida Braziliya terma jamoasi 2- o’rinni olgan. 2-o’rinni olishganiga qaramay, ularga oltin medallar taqdim etilgan. Nega 1-o’rinni olgan Terma jamoaga oltin medallar taqdim etilmagan? 
Javob : Chunki 1-o’rin egallagan Fransuzlarga oltindanham qiymati baland bolgan Platina medallari topshirilgan 
Savol : Vaqti vaqti bilan Indoneziyada mahsulotga bo’lgan narx-navo 2-3 barobargacha oshib ketib va biroz muddat o’tgach ana joyiga tushar ekan. Bu o’zgarishlar boshqarilib bo’linmas va sababi mahalliy faktorga borib taqalar ekan. Savol narx – navoni birdan oshib so’ngra joyiga tushishiga qaysi faktor sabab bo’la oladi? 
Javob : Vulqon otilishi 
Izoh : Ular, oshxona ishchilari, do’kon sotuvchilari vulqon otilgan
Savol : XX asr boshlarida ideal Jentlmenlarchun mahsus qoidalar chiqarildi, bu qoidalarni biriga ko’ra Jentelmenlar bu ishni kunda 6 mahal qilishlari kerak bolgan ekan. Savol qanday ish haqda gap ketmoqda? 
Javob : Qo’lqop almashtirish 
Savol : Qadimdan nemislarda 26- dekabr hosildorlik va muhabbat mabudasi bo’lmish FREYA ni tavallud topgan kuni deb kelingan. Bu mabuda ularning eng asosiysi va chiroylisi bo’lgan ekan. Savol: Zamonaviy nemis halqida bu ism qaysi ko’rinishda shakllangan? 
Javob : FRAU- honimlarga nisbatan murojaat shakli 
Savol : Amerikaliklar aytishadiki, Rodjestvo kunida, tunda ota o’z o’g’lini va yoki farzandlarini katta qiyinchilik bilan o’zini Santa Klaus ekanligiga ishontirishga urinar ekan, ayolini bo’lsa … . Savol: gapni aniq so’zlar bilan yakunlang… 
Javob : Santa Klaus emasligiga ishontiradi 
Izoh : Ota o’z ro’liga shunday kirishib ketadiki natijada ba’zan ayollari ham ishonib qoladi shunga ularga Santa Klaus emasligini tushuntirishga urinadi
Savol : XX asr boshlaridan beri Monreal portida bir urf-odat paydo bo’lib, hozirgacha mavjud bo’lib kelmoqda. Unga ko’ra har yili o’zga davlatga tegishli bo’lgan, yani, kemani boshqarib kelgan boshqa davlat fuqarosi bo’lgan kapitanga oltindan bo’lgan sovga taqdim etib taqdirlanar ekan. Savol: Bu kapitanlar qanday ishi uchun mukofotlangan? 
Javob : Yangi yil kirib kelgandan keyin, kemasi eng birinchi bo’lib portga yetib kelgani uchun 
Savol : Isroil davlatida har yili Yangi Yil kechasida, sikl yaxshi yakun topishi uchun shirin yumaloq non, kirib kelayotgan yil shirin, mazmunli va yoqimli o’tishi uchun asalli olmalar, kelgusi yilda doim bosh bo’lib ortda yurmaslik uchun esa baliq boshini iste’mol uchun tayorlashadi. Savol qaysi maqsadni ko’zlab ular ANOR yeyishadi? 
Javob : Ko’payish(turmush va bola nazarda tutildi) 
Savol : O'rta asrlardan Yevropada juda ko'p memoriy obidalar, inshootlarva cherkovlar qolgan. Lekin negadir X-asrni ikkinchi yarmida qurulish ishlari keskin kamaygan, xatto uylarxam kam qurilgan degan gap bor. Savol nima uchun? 
Javob : Yevropalik xristianlar 1000-yilga kelib oxir zamon bolishin bashorat qilishgan ekan 
Savol : Sport xazilkashlari aytadilar, “Agar sizda birinchi martasida bo’lmadimi(eplolmadizmi), demak bu sport turi sizga emas ekan” deb. Savol: ular qaysi sport turini nazarda tutishgan? 
Javob : Parashutda sakrash 
Izoh : Bilamiz Parashutiz ochilmadimi demak tirik qolishingiz amri mahol va ikkinchi urunish bo’lmaydi)
Savol : Ikki yirik brend raqobatiga bag'ishlangan karikaturada tishlarida BU ni tishlab(ushlab) turgan tulkicha tasvirlangan. Savol BU o'rnida nima yashiringanini toping. 
Javob : e (internet explorer belgisi) 
Izoh : Tulkicha esa Mozilla firefox
Savol : XVIII-asr oxirida Fransiyada vaqtinchalik un yetishmovchiligi bölgan, zero xosil odatdagidek körinish olgan bo’lsada. Savol: buni sababini tushuntirib bering, ya'ni un yetishmovchiligi nimaning hisobiga yuzaga kelgan? 
Javob : Ayollar unni upa sifatida ishlatishgan 
Izoh : har hil dog’larni berkitish biroz oqarish uchun unni yuzlariga surtishgan ekan
Savol : Rossiyadagi bir gazetada yozilishicha, Amerikani bir shtatidagi közga köringan shaxrini "sichqonlar shaxri" deb aytishar ekan, sababi ular shaxarliklardan deyarli 2 marotaba köp. Shaxarliklarni sevimli mashg'uloti kechalari sohil bo’yida ularni bir ish qilishini tomosha qilish ekan. Savol: nega aholi ularni yoqtirishgan? 
Javob : Ularga ziyon beruvchi zararkunandalarni ovlagani uchun 
Izoh : Bu sichqonlar uchar sichqon, ya’ni letuchiy mish(ko'rshapalak) edi aholi esa ko'rshapalaklarni kechalari suv bo’yida ov qilishin tomosha qilgan. 
Savol : Bir odam ba'zi so'zlarni yoqtirib ba'zilarina esa hush ko'rmas ekan Yoqtirganlari: Ferrari, Jallod, qirqqiz, Alouddin… Yoqtirmaganlariesa : Adidas, Azroil, Munisa, kuchaytirgich …Buni sababi nimada? 
Javob : U duduq bo’lgan 
Izoh : Ketma-ket kelgan undosh harfli sozlarni yoqtiradi sezgan bolsangiz
Savol : Leonardo da Vinchi xaqida o'qiyotib bir malumotga ko'zim tushdi, Internet saytida yozilishicha u qizil rangni gul yo qondanxam olgan. Yashilni esa maysa o't o'landan. Kop ranglarni shu yo'lar bilan hosil qilgan ekan, qizig'i u sariq rangni ishlatishda tovuq tuxumdan foydalangan. Savol unga to'q sariq va och sariq kerak bolganda qanday yo'l tutgan? 
Javob : U qishloqdagi xonaki va shaxardagi yoki ferma(kopgina, qafasdan chiqarmay boqiladigan)dagi tovuq tuxumlaridan foydalangan. Ularni sarig'ida farq bor buni bilasiz. 
Savol : Xitoyda axoli mutanosibligini o’rnatish uchun bir tizim joriy etilgan ekan, ya’ni yigitlar va qizlar soni bir biridan keskin farq qilmaslikni oldini olish maqsadida bu "ISH" taqiqlangan. Agar bu qonun bolmasa yaqin 15~20 yilda ular boshqa davlatlarga sovchilikga kelishmasdi deb hech kim aytolmaydi. Savol bu ISH o'rnida qanday so'zlar yashiringanin toping? 
Javob : Homila jinsini aniqlash 
Izoh : Xitoyda xozirda “Bir oila va bir farzand” tizimi mavjud, shunga ko’ra bo’lajak ota ona oilada bir farzand bo’ladigan bo’lsa u -O’g’il bo’lishin istashadi, jinsini aniqlaganda bu homila agar qiz bo’lsa ko’p hollarda abort qilish holati kuzatilgani uchun homila jinsini aniqlash taqiqlangan. 
Savol : Kolumbiyaning bir rayonida hech bir tovuqni davlat amaldorlari ishtirokisiz so'yish mumkin emasmish. Diqqat savol ular nega bunday qonun o'ylab topishgan? 
Javob : U tovuqlar jig'ildonida zumrad bolishi mumkin degan o’yda yurishar ekan 
Savol : Yaqinda, bosh ro’lda Jeki Chan qatnashgan bir yangi filmni namoish etishdi. Unda Jeki bir rimlikni jangda o'ldirdi. Bunga qadar u Rimlik oilasidagilarni ya’ni ukasi va dadasini o'ldirib hukmronlik o’rnatgan edi, bu ko'pga cho'zilmadi, deylik yarim yil. Uning o'limidan keyin bir ayol personaj "Bu so’zlarni" aytdi, albatta bu bizning dublyajchilarimizni qilgan ishi natijasidir.Savol: U nima deganligini iloji boricha aniq ayting. 
Javob : Padarkushning hukmronligi 6 oydan oshmaydi. 
Izoh : Ulug’bekni o’ldirib taxtga o’tirgan o’g’li Abdulatipga ham shu so’zlar aytilgan edi. Kinoda esa otasin o’ldirib hukmdor bo’lgan Rimlikka
Savol : XVIII asrda angliyadagi qimor o’ynaydigan uylarda(yashirin joylarda) faqat bir maqsadda foydalaniladigan ishchilar bolgan. Ular uyni militsiya(nazoratchi) qurshab olganga yoki bostirib kirganda bu ishni qilishgan. Savol ularni vazifalari nima bolgan?  
Javob : Ular shoshqol va kartalarni yutib yuborgan 
Izoh : U vaqtda qimorlar taqiqlangan bo’lgan, bilib qolingan taqdirda uy egasini mulki talon taroj qilinga shunga bu ishchilar uncha katta bo’lmagan karta va shoshqollarni yutib yuborishgan.
Savol : Rubensning "Adam va Yeva" kartinasida Adam va Yeva jannat bog'ida tasvirlangan. Rassom Rubens ushbu asarga Titsianning xuddi shu nomli kartinasi asos qilib olinganligiga ishora qilish maqsadida, o'z kartinasida BOSH PERSONAJLAR va bola ko'rinishiga kirib olgan ILON tasviridan tashqari yana bir "personaj"ni kiritadi. Xo'sh, Rubens o'z kartinasiga qo'shib qo'ygan 4-"qahramon" kim/nima? 
Javob : To'ti 
Savol : Yaponiyada ham hindlarga o'xshash o'ziga xos kasta tizimi mavjud bo'lgan. Ya'ni odamlarni tabaqalarga bo'lingan davrlar bo'lgan. Buraku - bu eng quyi tabaqaga mansub odamlar bo'lgan. Ular eng past nazar bilan qaralgan ishlarni bajarishgan. Burakular (burakumin) ichida yana "Eta" deb atalgan bir guruh odamlar bo'lib, ular burakular orasida o'ziga xos o'rin tutgan va ALFAning 1/7 qismiga teng deb hisoblangan. Alfa? 
Javob : oddiy inson 
Savol : Plyajlari asli qora qumli bo'lgan Tenerife va Madeyraga atayin oq sahro qumini opkelingan turist chaqirish uchun. Bu yerlarga Sahro Kabirdan qum bo'ronlari ham yetib keladi ba'zan. Uni bir vaqtlar Tenerife va Madeyraga olib kelishgan. Bu xududlarga kelgan turistlarni U o'zining oqligi bilan quvontiradi. Biroq gohi-gohida U Tenerife va Madeyraga mustaqil ham yetib kela oladi va bunday holatda U hech kimni quvontirmaydi :) Uni toping 
Javob : Sahroi Kabir qumi 
Savol : Polshalik davlat arbobi Yuzef Pilsudskiy hokimiyat tepasiga kelgach sotsialistik yo'ldan voz kechadi. O'zining yaqinlariga bu qarorini quyidagicha tushintiradi: "Men qizil tramvayga X bekatiga yetib borish uchun chiqqandim". Pilsudskiy qanday "bekat" haqida gapirgan deb o'ylaysiz? 
Javob : Mustaqillik 
Savol : 20-asrning birinchi choragida bir gravyurachi (kimligi muhim emas) Albrext Dyurer qalamiga mansub bir kartina qahramoni ortiga ko'rinar-ko'rinmas bir vampirni chizib qo'yadi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu vampir Fransiya va X timsoli ekan. X - lotincha so'z. X-? 
Javob : Reparatsiya 
Savol : And tog'larida yashovchi xalqlar afsonasiga ko'ra, Inkalar o'z hukmdorlarini okean orqali qayergadir tezda suzib ketgan oq tanli odamlardan kelib chiqqan deb hisoblashar ekan. Terisining rangi va okeandagi bunday "g'oyib" bo'lishidan kelib chiqib, xukmdorlarini "virakocha" deb atashgan. O'ylab ko'rib bu so'zning tarjimasini ayting. 
Javob : Dengiz ko'pigi 
Savol : Magellan hozirgi Braziliya hududlariga yetib borganda u yerlik hindularni uchratadi. Ularning yashash joyini kuzatar ekan, Magellan u yerda AMÁKILARga ko'zi tushadi. Amákilarda hindular X bilan band bo'lishar ekan. Hayotimizning ajralmas qismi bo'lmish X ayni kunlarda "Iblis advokati"ga emas, ko'proq "Matritsa" ga o'xshayapti. 
Javob : Uyqu/uxlash 
Izoh : Amaki - bu hindularning gamaklari, ya'ni ikki osma krovatga o'xshash narsa, bilasizlar. Hozirgi kunda, ya'ni ramazonda, uyqu Kianu Rivz o'ynagan 
Savol : Maktabda rasm darsi. O'qituvchi o'quvchilardan o'zlaring eng sevimli asarlari qahramonlarini chizishni so'radi va agar qiynalishsa qahramonlarni huddi kitobda tasvirlanganidek o'xshatib chizish shart emasligini aytdi. Rasmlar ichidan eng antiqasi bir bolaga tegishli bo'lib chiqdi. U bir pistolet va bir avtomobil rasmini chizib qo'ygandi. Bu bolakayni eng sevimli asarini topishga harakat qiling? 
Javob : Graf Monte Kristo 
Izoh : Undagi bosh qahramonlar Dantes va Mersedes tasvirlangan rasmda. Mersedes avtomobil ekanligi tushinarli. Dantes deganda esa ko'pchilikni hayoliga birinchi bo'lib Pushkin bilan duelda uni otib qo'ygan raqibi keladi. Duel deganda esa hayolga birinchi pistolet keladi..:) O'sha bolakayni qanaqa fikrlaganini endi bilib oldingiz.
Savol : 1986-yil Xitoy tashqi ishlar vaziri Tsyan Tsichen mamlakatga yangi kelgan sovet elchisi Troyanovskiy sha'niga ziyofat beradi. Ziyofat davomida tashqi ishlar vaziri sovet elchisiga quyidagicha arz qilganday bo'ladi: "Nega so'nggi yillarda SSSRdan bizga bironta yuqori martabali mehmon tashrif buyurmadi, ahir men o'zim sizlarning mamlakatingizga ohirgi 4 yilda uch marta bordim. Bu qanaqasi?" Bu gapni eshitgan sovet elchisi hazil tariqasida javob beradi: "Bunday bo'lishi tabiiy, chunki bu vaqt mobaynida Xitoyda "Z"lar ancha kam bo'ldiku!" Z - ? 
Javob : Janoza 
Savol : Keyptaunda erkaklar uchun atirlar turkumi chiqarildi. Ular oddiy atirlar emas, balki hiyonatkor erkaklar uchun :) atirlar turli aromatli, jumladan benzin va moshna moyi; siyoh va sigaret; okean va arqon hidlaridan iborat... Bu atirlar turkumi nima deb atalgan? 
Javob : Alibi 
Savol : Yudjin Piperrou ilk bor olimpiada o'yinlarini iqtisodiy jihatdan foydali ishga aylantira oldi, ya'ni u Los Angelesda o'tgan olimpiada o'yinlaridan foyda bilan chiqilishilishiga erishdi. Shu sababli uning AQShda obro'si juda oshib ketdi va ko'p mukofotlarlarni qo'lga kiritdi. Shunga qaramasdan Piperrou yilning eng mashxur odamlari ro'yxatida faqatgina 2-o'rinni oldi. 1-o'rinni kim olgan? 
Javob : Goerge Orwell 
Savol : Nobel mukofotlarini berishga bagishlangan banketda 3-qadah shu kungi g'oliblar sha'niga ko'tariladi; 2-qadah Alfred Nobel sha'niga ko'tariladi. 1-qadah kimning sha'niga ko'tariladi 
Javob : Shvedsiya qiroli 
Savol : Agar e'tibor bergan bo'lsangiz Google logotipi bayramlarda o'zgarib, bayramga moslashib turadi. Bir mashxur bayramda logitipdagi "o"lar bir narsa aylanib qoladi. 17-asrda yozilgan mashxur asarda esa X ham u narsaga aylanib qolgan. X-? 
Javob : Foytun arava 
Izoh : Asar Zolushka
Savol : Gruziyada Poti degan shahar bor. Qora Dengiz bo'yida joylashgan bu shahar bayrog'ida ko'k rangli fonda sariq rangli X tasvirlangan. Ko'k rang - dengizni bildiradi. X-? 
Javob : Zolotoe Runo (Oltin Mo'yna) 
Izoh : Argonavtlar shu hududga kelishgan
Savol : Esa de Keyrosh yozgan romanda afrikalik harbiy qo'mondon Hudo bilan vositachi-shamanlarsiz gaplashmoqchi bo'ladi. Buning uchun u bir qulni chaqiradi va uning qulog'iga bir habarni pichirlab aytadi hamda o'sha qulni o'ldiradi. Birozdan so'ng u biroz o'ylanib turib yana bir qulni chaqirib, uning ham qulog'iga pichirlab, uni ham o'ldirib yuboradi. Shunda Ikkinchi qulni lotinchadan olingan bir so'z bn atashadi. Qaysi so'z? 
Javob : Postskriptum 
Savol : Mishel Platinining fikricha, 1978-yilgi Fransiya-Argentina uchrashuvi adolatli boshqarilmagan. Platini: "Uchrashuv bosh hakami Jan Dyubah o'z vatandoshlarining hammaga mashxur odatiga qarshi borib bir ishni qildi" deb hisoblaydi. Hakam nima qilgan? 2 so'zdan iborat. 
Javob : Neytralitetni buzish 
Izoh : Hakam Shveytsariyalik. Neytral Davlat bo'lib kelgan doim. Shveysariyani yarmi fransuzcha gaplashadiku, familiyalar ham fransuzcha
Savol : Keyt Uinslet bolaligida yuvinish xonasidagi oynaga qo'lida shampun' butilkasini ushlab ko'p tikilib turganini aytib o'tadi. Bunda shampun' butilkasi nima vazifani bajargan? 
Javob : Oskar haykalchasi 
Izoh : U kelajakda oskar yutsa, o'zini qanday tutishi va aytadigan nutqini mashq qilgan
Savol : Axamoniylar imperiyasi shohlari shu qadar o'z kuch-qudratlariga ishonishganki, yangi poytaxtlari Persepolni qurishda Xdan voz kechishgan. X - ? 
Javob : Shahar o'rab turadigan mudofaa devorlari 
Savol : Flober qalamiga mansub asarda bir tadbirkor qorovul kartoshka ekib undan katta foyda ola boshlaydi. Biroq shaharda vabo tarqalgach qorovul qayg'uga botadi. Ho'sh u qayerda qorovullik qilgan? 
Javob : Qabristonda 
Izoh : Vabo tarqalgach, odamlar ko'p o'la boshlagan va qabristonda kartoshka ekish uchun bo'sh joy kamayib ketgan
Savol : Avvallari Volgabo'yi halqlari kabutarlarni boqishga va ularni uchirib tomosha qilishga ishqivoz bo'lishgan. Quyosh tikka chiqqan paytda kabutarlarni tomosha qilish qiyin bo'lgan, shuning uchun ular bu jarayonni yengillashtirish va ko'zlarini asrash uchun bir yo'l topishgan. Ular qanday yo'l tutib kaptarlarni parvozini tomosha qilishgan? 
Javob : Tog'araga suv to'ldirib, keyin shu suvga qarab tomosha qilgan 
Savol : 1945-yil may oyi – urishning nihoyasiga yetishi. 1953-yil – Stalinning o`limni. 1961-yil insonning kosmosga ilk parvozi. Diqqat savol: Bu uchchala voqea qaysi mashhur insonning avtobiografiyasida uchraydi? 
Javob : Levitan 
Savol : Bu inson o`z faoliyati samarasi o`laroq 30 million dollardan ortiq mablag` ishlab topgan. O`sha paytlarda pulini sanaganmi yoki yo`q menga noma`lum. Lekin, XX asr 80-yillaridan boshlab uning ,,pul sanash”ini ko`rishda davom etyapmiz. Bu uning xasis ekanligidan darak bermaydi. Diqqat savol: U inson kim? 
Javob : Muhammad Ali (Kassius Kley) 
Izoh : ,,Pul sanash sindromi� ,,Parkinson kasalligi� ning ikkinchi nomi.
Savol : 1972-yilda Nyu-York shahri hokimiyati ularning ichki tarafini yaqqol ko`zga tashlanuvchi qizil rangga bo`yash haqida qaror chiqardi. Psixologlar fikricha, bu rang inson nerv sistemasiga salbiy ta`sir qilarkan. Buning oqibatida esa jarayon tezlashadi. Diqqat savol: Ularni toping. 
Javob : Taksofonlar 
Savol : Ken Kiz romanlaridan birida ajoyib favvora tasvirlanadi. Favvora o`rtasidagi haykalda tiz cho`kkan holatdagi inson tasvirlangan. Uning qo`lida maxsus bir idish bor va undan suv chiqib favvoraga quyilmoqda. Bu albatta ma`lum bir kasb egalariga bag`ishlangan yodgorlik. Diqqat savol: Menga kasb egalarini emas, ularning shu holatda ishlashlaridagi muammo tufayli o`z ixtirosini yaratgan insonni ayting? 
Javob : Levi Shtraus 
Izoh : Kasb egalari oltin izlovchilar. Ular cho`kkalab, tizzalab ishlaganidan shimlari tezda yaroqsiz holga kelavergan. Levi esa jinsi shimlarni shundan kelib chiqib yaratgan.
Savol : 1999-yilda Chempionlar Ligasi doirasidagi o`yinda ,,Malorka” jamoasi o`z uyida bu jamoa yirik hisobda yutqazadi. Germaniyada esa bu holat ,,Borussiya” va ,,Gerta” ning boshiga tushadi. Bu albatta qiziq ko`rinish olgan. Diqqat savol: Siz menga ularni mag`lub etgan jamoani va hisobni ayting. 
Javob : ,,Shalke-04� 
Izoh : Hisob esa 0-4
Savol : Yozef Pavlovichning ,,Chumolilar” asarining bosh qahramonlari Yulo va Gusto bo`ladi. Diqqat savol: Ikkalasining tug`ilgan kunini aniq ayting. 
Javob : 31-iyul va 1-avgust. 
Izoh : Ular egizaklar
Savol : Ro`yxat: Moskva – 1980 Tehron – 1981 Berlin – 1987 Sietl – 1993 Las-Vegas – 1998 Parij – 2006 Diqqat savol: Ro`yxatda … ning juftini toping 
Javob : Toshkent 
Izoh : ,,Moskva ko`z yoshlarga ishonmaydi�, ,,Tehron- 43�, ,,Berlin osmoni ostida�, ,,Las-Vegasda qo`rquv va nafrat�, ,,Parij, men seni sevaman� filmlari shu yillarda suratga olingan. ,,Toshkent- non shahri� filmi esa � "?????? ?????? ?? ?????", "???????-43", "???? ??? ????????", "???????? ? ??????", "????? ? ????????? ? ???-??????", "?????, ? ????? ????".
Savol : Tatyana Kovalenkoning ,,X haqida ertak” asarida yozilishicha, ko`tarilgan yengil shabada ham uning noroziligiga sabab bo`lardi. Chunki, bu uning sevimli ishini qilishda xalal berardi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Nartsis 
Izoh : Shamol esgach suv qalqiydi, bu esa o`zining suvdagi aksini ko`rishga imkon bermagan.
Savol : Savolni Uilyam Genri Harrison beradi. Xalqimizda shunday naql bor: X ning uzuni yaxshi, Y ning qisqasi. Diqqat savol: Y ni toping. 
Javob : Gap (nutq). 
Izoh : Harrison sovuq kunda shlyapa va palto kiymay ikki soatlik inauguratsiya nutqini o`qigan. Oqibatda u qattiq kasal bo`lib, bir oydan so`ng vafot etgan.
Savol : 2007-yilda Pol Chalenning ,,X qurgan uy” nomli asari dunyo yuzini ko`rdi. X 1959-yili Oksfordda shifokor va uy bekasi oilasida dunyoga kelgan. Diqqat savol: U ni toping 
Javob : House 
Savol : Bir muhim voqeilikdan oldin yozilgan maqolada shunday deyilgan: ,,Agar ular bizni milliy o`yinimizda mag`lub etishsa, buning fojiali tarafi yo`q. Biz ularni o`zlarining milliy o`yinida ikki marta mag`lub etganmiz. Diqqat savol: O`sha voqelikni toping. 
Javob : 1966-yilgi Jahon Chempionati finali 
Savol : O`tgan asrning 80-yillarida bu italyan klubi ikkinchi divizionga tushib ketadi. Shundan so`ng bu jamoani xush ko`rmaydiganlar bir laqab o`ylab topishadi. Bu laqab bir mashhur insonning taxallusi bilan bir xil. Diqqat savol: O`sha mashhur kimligini toping. 
Javob : Dima Bilan 
Izoh : ,,Milan� klubi ,,B� seriyaga tushib ketgach, ,,Bilan� laqabini olgan.
Savol : Ma`lumki, shaxmatdagi eng qadri past bo`lgan sipoh bu piyoda. Lekin u farzinga aylanishi va avval o`zidan kuchli bo`lgan boshqa sipohlarni safdan chiqarishi mumkin. Renessans davrida Donatello ismli duradgor shaxmat yasaydi. Diqqat savol: Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, Donatello shaxmatidagi piyodalarda kim tasvirlanganini toping. 
Javob : David 
Savol : Keb (foytun) lar Londonning ramzlaridan biri. Benjamin Dizraeli keblarga ta`rif beryotganda boshqa bir shaharga nisbat berib: ,,Keb – X Y i deb ataydi”. Diqqat savol: Harflar tarkibi o`xshab ketuvchi X va Y ni toping. 
Javob : LONDON GONDOLA si 
Izoh : Gondolalar Venetsiya ramzi
Savol : Mishel Platinini bolaligidayoq ,,Futbolning X i” deb atashgan ekan. Diqqat savol: Siz menga X ni emas, Mishel Platini futbol o`ynab katta bo`lgan ko`cha kimning sharafiga nomlanganini toping. 
Javob : Antuan de Sent-Ekzyuperi 
Izoh : X - ,,Kichkina shahzoda�
Savol : Qizilqon (pushtirang gulli giyoh, guli choy o`rnida ishlatiladi). Lipa (jo`ka) Iyul oyi lipa va qizilqonning gullash davri ekan. Shundan kelib chiqib bir jurnalist iyulni X uchun eng mos keluvchi deya e`tirof etgan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Asal oyi 
Izoh : Asalarilar bu oyda aynan shu ikki o`simlikdan eng ko`p asal olisharkan
Savol : 1.Kichik Roy Jons eng yaxshi yon tarafdan beriluvchi zarbalar muallifi hisoblanadi. Diqqat savol: Shundan kelib chiqib unga berilgan laqabni toping. 2. Kubada inqilib boshlangach, u yerdagi bolalarni qutqarish va evakuatsiya qilish maqsadida operatsiya tashkil etiladi. Diqqat savol: Operatsiyaga qanday nom berilgan?  
Javob : 1.Kapitan Kryuk (Kapitan Hook). Yondan beriluvchi zarba ,,xuk� ,,hook� deyiladi. 2.Piter Pen 
Savol : Ronald Reygan chuqur afsus bilan shunday degandi: Nahotki, xomilani nobud (abort) qilayotganlar bir paytlar … eslashmasa. Diqqat savol: Fikrni to`ldiring. 
Javob : Tug`ilganini 
Izoh : Bu bilan nima demoqchi ekanligi tushunarli menimcha
Savol : Islom olamida katta obro` topgan taqvodor Uvays al-Qaroniy Muhammad s.a.v ning bir jangda tishidan ayrilganini eshitadi. Shundan so`ng u bir ish qiladi. Diqqat savol: Siz menga o`sha ishni emas, bu ish oqibatida paydo bo`lgan narsani toping. 
Javob : Tasbeh 
Izoh : Uvays al Qaraniy payg`ambarning bir tishidan ayrilganini eshitadi, lekin aynan qaysinisi ekanligini bilmaydi. Oqibatda o`zining 32 tishini sug`urib tashlaydi. Shu tariqa 33 ta tarkibiy qismga ega tasbeh paydo bo`lgan.
Savol : . O`tgan asr o`rtalarida Avstriya terma jamoasi quyi liga jamoalaridan biri bilan o`ynab 14:0 hisobida g`alaba qozonadi. O`yindan so`ng terma jamoa himoyachisi Ernst Xappel jurnalistlarga shunday tushuntirish beradi: ,,Men taxminan 25 metrlardan darvoza ,,to`qqizligi” ni nishonga oldim. Zarba yaxshi chiqdi, ammo darvozabon uni bartaraf etdi”. Diqqat savol: Xappel bu gaplari bilan nimani izohlagan? 
Javob : O`z darvozasiga yo`llagan zarbani. 
Izoh : O`yin Avstriyaning to`liq ustunligi ostida o`tadi. Raqib biron marta darvozaga zarba bermaydi. Shunda Xappel darvozabon Valter Zemanning xushyorligini tekshirish uchun o`z darvozasiga zarba yo`llaydi!
Savol : Tarqatma material: homo sapiens — culicidae — homo sapiens — musca — homo sapiens — bombus — homo sapiens Siz mashhur bir asardagi evrilishlar tartibini ko`ribsiz. Diqqat savol: Asar nomini toping. 
Javob : ,,Shoh saltan haqida ertak� 
Izoh : homo sapiens (odam) � culicidae (chivin)� homo sapiens (odam) � musca (pashsha)� homo sapiens (odam) � bombus (ari) � homo sapiens (odam) 
Savol : Elzasdagi Suls shaharchasida shahar tarixidagi merlardan biriga bag`ishlab muzey tashkil etilgan. Muzeyning ,,Qaydlar kitobi”ni varaqlar ekansiz, tez-tez ,,Sharmanda”, ,,Fashist”, ,,Ahmoq” tarzidagi qaydlarga duch kelasiz. Diqqat savol: Bu muzey kimga bag`ishlangan? 
Javob : Jorj-Sharl Dantes 
Izoh : Qaydlarni esa ruslar yozib qoldirgan
Savol : Britaniya imperiyasining faxriy unvoniga uchta xorijlik loyiq ko`rilgan: Elizabet Teylor, Stiven Spilberg va U. Diqqat savol: U kim? 
Javob : Vasiliy Livanov 
Izoh : Sherlok Xolms roli uchun
Savol : Amerikalik rentgenologlarning ma`lum qilishicha, so`nggi o`n sakkiz yilda roentgen apparati uchun o`qib bo`lmas narsalar soni ikki barobar ko`paygan. Buning sababi texnikadagi kamchiliklar emas, balki X ekan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Semirish, yog`lanish 
Savol : Katta olis safarga chiqqan karvonlar haqida gap ketkanda albatta,yuk ortilgan tuyalar ko'z oldimizga keladi.Sahroda bu asosiy "transport" jonivordan tashqari otlar ham olib ketiladi.Otlardan nafaqat yuk ortish vazifasi,yana bir maqsadda,bir muhim narsani aniqlashda xam foydalaniladi.Bunga esa tuyalardagi bir salbiy hususiyat sababdir.Savol: Otlarni karvonda yuk va odam tashishdan tashqari yana nima maqsadda olib yurishadi? 
Javob : Tuyaning charchaganini ot orkali aniklash uchun. 
Izoh : uyalarni shunday bir yaramas fe'li bor,ular charchash nimaligini bilmaydi,yuraveradi,yuraveradi va to'sattan cho'k tushadida,tappa o'ladi-qoladi.Ot esa sekin holdan toya boradi.Tuyaning qattiq charchaganini,jonivorlar qachon dam olish kerakligini,yana qancha yurishligini,qachon yiqilishini aynan ot orqali bilib boradi.
Manbaa : P.Koelo
Savol : XX asr boshlarida bir firma gazetaga e’lon beradi va shunday shart qo’yadi-“ shunday chop etingki bu e’lonni hamma o’qisin”.Gazeta redaktori antiqa usuldan foydalanib,buni uddasidan chiqadi va firma talabini qanoatlantiradi. Savol: Gazeta e’lonni qanday ko’rinishda chop etgan edi? 
Javob : E’lon gazetada teskari bosilib chiqarilgan va mushtariylar buni nimaligiga qiziqib albatta o’qib ko’rishgan. 
Savol : Katmandu.Nepal. Agarda siz ushbu davlatga tashrif buyursanggiz,kuchalarda jamoat transportlarining tuxtash joylari, bekat, bozor va odamlar gavjum joylarda konduktorlar yoki maxsus yosh bolalarning mazkur transportning kaysi manzilgacha borishini baland ovozda bakirib chakirib aytayotkanini kurishinggiz mumkun.Garchi,eltib kuyiladigan manzillar usha avtotransport tablolariga yozilgan bulsaxam. Savol: Aytingchi,bunga sabab nima? 
Javob : Chunki,mamlakatda savodsiz,ukish-yozishni bilmaydigan odamlar kup. Davlat axolisining xar uchta ayoldan ikkitasi, xar ikkita erkakdan bittasi ukish va yozishni bilmaydi 
Savol : Hayot tuhfa etuvchi,umr in'om qiluvchi biz uchun albatta qadrdon Ota-Onalarimizdir.Nafaqat Ota-Onalar,balki Ular hamdir.Chunki Ular ham hayot IN'OM ETUVCHIdir. Savol: Ular-?Javob 
Javob : Donorlar 
Savol : Ulug’ Hakim Abu ali Ibn Sino oldiga o’z dardlaridan forig’ bo’lish ilinjida bir nechta bemorlar keladi.Ularni orasida bir yigit ham bor edi. -Xo’sh,sen nimaga kelding?-so’radi tabib.Jag’ suyagi chiqib,qiyshayib qolgan bu yigit dardini aytib tushuntirishni uddalay olmadi.Shunda tabib yigitni yuziga bir tarsaki tushurdi va yigit tarsaki alamidan gapira boshladi. -Men sizni huzuringgizga davo istab kelsam-u,siz meni urasizmi? Ibn Sino jilmaygancha:-Men ham huddi shunday qildim,seni davoladim-dedi-yu yana bitta maslahat berdi. Savol: Endi,siz tabibni tavsiyasini toping! 
Javob : Bundan keyin odob bilan esna.Esnayoganingda jag’ingni katta ochib yuborma,og’zingni kafting bilan yopib esna! 
Savol : Toshkent shaxriga metro kurish rejasi,kurilish ishlari boshlanmasidan oldin bu yirik loyixani ishga tushirish uchun shaxar iklimi,tuprok tarkibi,geografik joylashuvi,iktisodiy tarakkiyoti,shaxarning bunga extiyoji va xokozo jixatlari obdon urganib chikiladi.Metroning loyixalash ishlari muxokamasida maxalliy kuruvchilar metroning ochik usulda kurilmokchi bulgan ba'zi bulimlarini yopik usulda,aynan er ostidan utkazish lozimligi taklifini bildiradi.Bunga asosiy sabab qilib ULARni kursatishadi. Savol: ULARni toping? 
Javob : Chinor va Eman daraxtlari. 
Izoh : Bu xududlarda 70-80,100 xatto undan xam kup yillik chinorlar,eman daraxtlari bor bulib,agar u erdan metro er ustidan utadigan bulsa,bu daraxtlarni tag-tomiri bilan kuporib tashlashga tugri kelardi.Toshkent-serkuyosh,issik ulka.Bu erda bunday daraxlar oltinga teng.Xar bir daraxt-kuxna,ota meros.Bu daraxtlar urmondagiday uz-uzidan usib ketgan emas,balki xarbir daraxt uchun bir zamonlari odamlar arik kovlab,suv chikarib,er chopib,kancha mexnat sarflagan.
Savol : A.P.Chexov unga quyidagicha ta’rif beradi: “Bu ish bilan mashg’ul bulganinggizda sizda harxil uzgarishlar bulishi mumkun.Goho xursand bulganga uxshaysizu,yana chuchish,xavotir belgisiniyam kursa buladi,birdaniga qurqqan kishiga uxshab qolasiz va yana yuzinggizga tabassum qaytgan buladi.Balki,hayratlanganinggi zni ilg’aysiz,keyin yana sergak tortib,bor mehr va diqqatinggizni unga baxshiyda etasiz va u bunga arziydi” Savol: Chexov qaysi ishdagi jarayonni tasvirlaydi? 
Javob : 
Izoh : Ovqat pishirish,taom tayyorlash vaqtida yuz beradigan holat,tashqi kurinish edi bu.
Savol : BILAMIZKI, AQSH VA KO’PCHILIK YEVROPA DAVLATLARIDA “AVENYU,STREET” SO’ZLARI BOR. BU IKKISIHAM BIZNI TILIMIZDA KO’CHA DEGANI. LEKIN, ASLIDA ULARNI BIR-BIRIDAN FARQI BOR. SAVOL: ULARNI FARQINI AYTING! 
Javob : AVENYU-SHIMOLDAN JANUBGA ,JANUBDAN SHIMOLGA QARAGAN KO’CHALAR,STREET-G’ARBDAN SHARQQA,SHARQDAN G’ARBGA YO’NALGAN KO’CHALAR 
Savol : L.N.Tolstoy: “X-Y ni paydo qilmaydi,balki aksincha,Y sabab atrofimiz bizga doimo Xdir.” Yordam sifatida: Dostayevskiy fikricha: X-olamni “qutqaruvchi” bo’lsa, xalqimiz iborasiga ko’ra, Yning jiddiy “nuqsoni”bor.Savol: X va Y o’rnidagi so’zlarni toping! 
Javob : X-go’zallik,Y-muhabbat. L.N.Tolstoy: “Go’zallik-muhabbatni paydo qilmaydi,balki muhabbat tufayli atrof bizga doimo guzal kurinadi.Dostayevskiy: “Guzallik-olamni qutqaradi”.Muhabbatning ko’zi ko’r 
Savol : Bir ingliz latifasiga ko’ra,talaba imtihon paytida berilgan qiyin savolga javob topolmay “buni Xudo biladi,men bilmayman” deb javob beribdi.Domlaham anoyilardan emas edi,talabaning javobiga mos gapni aytadi.Savol: Domlaning gapi qanday bo’lishi mumkun? 
Javob : Unday bo’lsa, Xudo imtihondan o’tdi, sen esa yiqilding 
Savol : RUS VA UNGA YAQIN TILLAR: INDIYA NIDERLAND VA BARCHA SKANDINAV TILLARI: HINDISTON SHAXRI KAL’KUTTA INGLIZ TILI: TURKIYA PORTUGAL,XORVAT VA XINDU TILLARI: PERU SAVOL: BU NOMLARNI UMUMLASHTIRUVCHI UNI TOPING 
Javob : KURKA. 
Izoh : ИНДЕЙКА-ИНДЮК, KALIKUT,TURKEY, PERUE. BU TILLARDA KURKA SHU NOMLARDA ATALADI
Savol : Astrid Lingren asarlaridan birida mualif 15 yoshar Bosse xakida gapirar ekan,uning ukishga uncha xushi yukligini gapira turib, «U doska oldida turishdan kura, U YeRDA turishni avzal kuradi» deya,uning kuprok nimaga kizikishiga ishora kiladi. Savol: Bosse nimaga kizikadi, va u yer? 
Javob : Futbolga 
Izoh : «U doska oldida turgandan kura, darvozada turishni avzal kuradi»
Manbaa : A.Lingren «Mittivoy va Karlson» asaridan
Savol : Qadimda, XVIII-asrda Xiva xonligida xarhil og’ir jazo turlari bulgan. Shulardan biri-aybdorni tashnalik azobida o’ldirish. Bir tog’ora issiq suvga tuzni ataladay qilib eritib, sovugach jazolanayotganga majburlab ichiriladi va u kuchli chanqoq azobida halok buladi. Lekin, bazida bunday azobdan bir, ikki kungacha ham jon bermay tirik qoladiganlar uchragan. Ularni xon, saroy mulozimlarining uzlari bu qiynoqdan, mavjud bulgan bir usul bilan yana saqlab qolgan va bunday baquvvat, sabr-bardoshli odamlarni davlat uchun boshqa xizmatlarda foydalangan. Savol: Aybdorni bu azobdan yana hayotga qaytaruvchi bu usul qanday bulishi mumkun? 
Javob : Ular qo’y yog’ini eritib ichirish bilan jazodorni yuqoridagi zaharlanishdan asrab qolgan va baquvvat, chidamli bulgani uchun ularni navkarlikka junatishgan. 
Manbaa : Uzbekiston qahramoni, Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi T.Kayipbergenovning “Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi, “Maman biy afsonasi” kitobidan
Savol : Siz ham ko’rgansiz, kichkina bolachalar, chaqaloqlar qo’liga tushgan narsani, hoh o’yinchoq bo’lsin, hoh boshqa biror predmet darhol og’ziga soladi, og’ziga solishga urunadi. Biz kattalar bu shunchaki bolalarni odati yoki u qo’lidagini “yesa bo’ladi ” deb o’ylayabdi deb qo’ya qolamiz. Aslida esa, unday emas ekan. Savol: Aytingchi, bolakaylarning bu “odati”ning asl sababchisi nimalar? 
Javob : sezgi tolalari 
Izoh : Kattalar narsalarning yumshoq-qattiq, issiq-sovuq, dag’al-silliq, tekisligini qo’l va barmoqlar uchi yordamida bilamiz, bolakaylarda esa lab, til va og’iz bushlig’ida bu sezgilar yaxshi rivojlangan. Ular o’zlari qiziqqan narsa haqidagi ma’lumotni og’iz bushlig’i a’zolari orqali qabul qilib miyaga uzatadi va bir umr saqlab qoladi. Vaqti kelib esa siz o’rgatmagan buyumniyam bemalol taniy oladi. 
Savol : Uning hozirgi nomini eshitganimizda hech shubhasiz bog’-rog’li chamanzor ko’z oldimizda gavdalanadi. Ilgarigi nomi esa hozirgisining butunlay aksi bo’lgan manzarani, sahro-biyobonni eslatadi. Savol: Aytingchi, U yurtimizdagi ikki “qadrdonning” qaysi birining “boshi”? 
Javob : Sirdaryo viloyatining 
Izoh : Bosh shahri-Guliston. Ilgarigi nomi esa-Mirzacho’l bo’lgan
Savol : Sharq donishmandligida unga shunday ta’rif beriladi: “U-ishonarli va mustahkam qo’rg’oningdir. Agar, undan yuz o’girgan biron jamoa bor bo’lsa, ular o’z binosini tuzdan barpo etibdi. U-hayotning egri-bugri so’qmoqlari-yu, alg’ov-dalg’ov past-balandliklaridan o’tishda senga madad beradi, g’amli onlarda yupata oladi. Muhammad Jabalrudiy esa: “U-latofatda tengi yo’q, munofiqlikdan holi sodiq hamdamingdir” deya fikrlaydi. Savol: Yuqorida nimaga ta’rif berildi? 
Javob : Kitob 
Savol : O’zbek adabiyotining nodir asarlaridan birining qahramoni saroydagi har xil nizolar sabab zindonband qilinadi. Uni alohida quduqday chuqur, uzuniga uch-to’rt, eniga ikki, ikki yarim qadam keladigan tor bir zimistonga tashlashadi. Bu yerda tashqaridan nuqtaday nur olib kiruvchi teshikham yuqligi sabab, u qachon tong otdiyu, qachon kun botganini bilmay juda qiynaladi. Lekin, bir kuni u kunduzi va tunning farqini anglay oldi. Savol: Asar qaharamoni buni qanday bilgan? 
Javob : Hashoratlar harakatidan 
Izoh : U yerda kechasi devor kavaklaridan chiqadigan kana va burgalar ko’payar, kunduzi esa kamayar edi
Manbaa : O.Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” asaridan, yuqoridagi zindonband qahramon-Ali Qushchi.
Savol : Afsonalarga ko’ra, qadimda Xorazmshohlar davrida bir udum bo’lgan. Unga ko’ra, har yili ma’lum bir oyning o’ninchi kuni shahardagi nufuzli baqqollardan (oshpazlar) biri turli ne’matlar terilgan barkashlar ko’tarib shoh saroyiga boradi va xalq nomidan “yаsharish” uchun xondan ijozat so’raydi. Xon “yаsharish” uchun maxsus farmon chiqaradi. Savol: Yаsharish so’zida biz qaysi uchta so’zni yashirganmiz? 
Javob : Navro’z bayramini nishonlash 
Manbaa : Sadulla Siyoyev, “Yorug’lik” kitobidan
Savol : Leonardo da Vinchi bu inson a’zosi xaqida shunday yozgan: «Xech bir a’zo bu kabikatta miqdordagi muskullarga muxtoj emas; ulardan qolgan, men ochganlarimni xisobgaolmaganda 24 tasi ma’lum; va ixtiyoriy xarakatlar bilan xarakatlanadigan barcha a’zolardan u o‘zxarakatlarining soni bo‘yicha ustun turadi». Bu qaysi a’zo? 
Javob : Til 
Savol : Sharq elining donishmandi, axloq ilmining otasi Luqmoni xakim aytadi: «Barchayukni ko‘tardim, ammo burchdan og‘irroq yukni ko‘tarmadim. Barcha lazzatni totib ko‘rdim,ammo undan chuqurroq lazzatni topolmadim». U lazzat deganda nimani nazarda tutgan? 
Javob : Salomatlik 
Savol : Qadimgi Misrda qo‘l yoki oyoqni kesish, qovuqdagi toshlarni olib tashlash va o‘sha davrda juda keng tarqalgan bir operatsiya qilingan. U qanday operatsiya? 
Javob : Bichish (xaramdagi xizmatchi yigitlar axta qilingan) 
Savol : Mashhur xind shifokori Sushrut bunday deb yozgan edi: «U tibbiyotning barchasoxalari ichida birinchi va asosiy o‘rinni egallaydi, u xudoning in’omi bo‘lib, shon-sharaflargako‘milgandir». Bu qaysi tibbiyot sohasi? 
Javob : Xirurgiya 
Savol : Ingliz olimi Uilyam Garvey shunday deb yozgan edi: «Har qanday jonli mavjudotundan kelib chiqadi». U nima bo‘lishi mumkin? 
Javob : Tuxum 
Savol : U qadimdan inson xayotining qaqshatqich, ayovsiz va qutulib bo‘lmas yo‘ldoshibo‘lib kelgan. Shu bilan bir qatorda u falokatning elchisi, inson organizmining sadoqatli va sezgirximoyachisidir. Ammo u me’yoridan o‘tgach, uning ximoyaviy kuchi butun organizm uchunfalokat qudratiga aylanadi. U nima? 
Javob : Og‘riq 
Savol : Tibbiyotda juda keng ishlatiladigan bu so‘zning asl ma’nosi «quritilgan» deganma’noni bildiradi. U inson organizmining asosi bo‘lib xisoblanadi. Bu qanday so‘z? 
Javob : Skelet 
Izoh : Qadimda ular oftobda yoki qum qizig‘ida tayyorlanar edi
Savol : Ushbu Temuriy malikaning qabr toshiga uning vaiyatiga binoan: «Xech kim meningqabrimni sabzadan o‘zga narsa bilan yopmasin, g‘ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyoxningo‘zi basdir» degan so‘zlargina bitilgan. Ushbu malika kim? 
Javob : Zebinusobegim 
Savol : Ko‘pincha qoraqurtlarga qarshi kurashish maqsadida bu gazandalar tarqalgan yerlardama’lum bir tur xayvonlar boqiladi. Ular qoraqurtlarni bosib-yanchib tashlayveradi. Chunki uningzaxri ushbu xayvonlarga ta’sir qilmaydi. Ular qanday xayvonlar? 
Javob : Qo‘y-echkilar 
Savol : Rimning butun uzoq tarixi davomida ko‘zoynaklar bor yo‘g‘i bir martaginatayyorlangan, aniqrog‘i ko‘zoynaklar emas, bittagina oynak – monokl. Va uni shishadan emas,zumraddan yasashgan. Mana shu zumrad orqali ikkinchi ko‘zini yopib turgan xolda bu uzoqniyaxshi ko‘ra olmaydigan inson gladiatorlar jangini kuzatar edi. U kim edi? 
Javob : Neron 
Savol : Bir yuz ellik yillar avval arxeologlar Misr maqbaralaridan biridan unchalik katta bo‘lmagan, usti qalin zang qoplami bilan qoplangan metall disk topib olishdi. Disk yosh ayolko‘rinishida yasalgan xaykalchaning bosh qismiga o‘rnatilgan edi. Keyinchalik aniqlanishicha,ushbu disk mis va qalay qotishmasidan ya’ni bronzadan tayyorlangan ekan. Bu disk qandaymaqsadda ishlatilgan? 
Javob : Ko‘zgu sifatida ishlatilgan 
Savol : Payg‘ambar S.A.V. aytadilar: «Albatta u o‘tdan uchqundir. Kimda u kelsa, tik turganbo‘lsa, o‘tirib olsin, agar o‘tirgan xolda u to‘xtamasa, yotib olsin, agar yotib olgan xolda xam ukelsa, tuproqqa yumalasin». U nima? 
Javob : G’azab 
Savol : Hakimlar aytishlaricha, u charchog‘i yo‘q ibodat, bezaksiz ziynat, davlatsiz haybat,devorsiz qo‘rg‘ondir, u olim uchun ziynat, johil uchun pardadir. Hakimlar nimani nazardatutganlar? 
Javob : Jim turish 
Savol : 79 yilning yigirma to‘rtinchi avgustida kutilmaganda u uyg‘onadi. Agarda u umumanxech qachon uyg‘onmaganida yaxshiroq bo‘lgan bo‘lur edi. So‘z nima xaqida bormoqda? 
Javob : Vezuviy vulqoni 
Savol : U inson xaqida o‘ylar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda ikki buyuk siymo gavdalanadi. Birio‘rta asrning buyuk riyoziyotchi faylasufi va munajjim olimi, ikkinchisi esa XIX-XX asrdanboshlab jaxon she’riyati klassiklari qatorida sharafli o‘rin egallagan, hozir ham she’riyatosmonining yorqin yulduzlaridan biri bo‘lmish zabardast shoir. U kim? 
Javob : Umar Xayyom. 
Savol : Umar Xayyom ruboiylaridan birini eshiting:Bu ko‘p eski ravot,…….. unga nom,-Tun-kun tulporiga bor bunda orom.Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi,Bu go‘rda yotadi yuz-yuzlab Bahrom.Umar Hayyom yuqoridagi ruboiysida nimaga shunday ta’rif bergan? 
Javob : Olam 
Savol : Jan Dyushe shunday yozadi: “Osiyoning barcha farzandlari ichidan G’arb birinchio‘rinda uni o‘ziga ma’naviy ustoz qilib tanladi. Uning g‘oyalari Iso Masix ta’limotidan ilgariYunonistonni boyitgan edi. Uni Platon xam bilar edi. Budda va Konfutsiylarning ovozlariYevropaga yetib kelishi uchun ko‘p vaqtlar kerak bo‘ldi. Shu sababli u G’arbda qadim Osiyoningyagona donishmandi bo‘lib qoldi”. Dyushe kim xaqida shunday yozgan? 
Javob : Zardo‘sht 
Savol : Bu so‘z nemischa so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, hamyon degan ma’noni bildiradi. Buiqtisodiy atama bo‘lib, hozirgi kunda bir nechta turlari mavjud. Bu qanday so‘z? 
Javob : Birja 
Savol : Xitoydagi Shanxay shahri, Belgiyadagi Kortrayk shahri, AQSh dagi Sietl shahri,Tunisdagi Tunis shaharlarining bizlarga nisbatan umumiyligi nimada? 
Javob : Bular barchasi Toshkent bilan birodarlashgan shaxarlar 
Savol : Bu so‘z arab tilida “yuk ko‘taruvchi” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘zqaysidir ma’noda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Lekin bu so‘z deyarli umumman boshqa ma’nonianglatadi. Bu qanday so‘z? 
Javob : Vazir 
Savol : Bu so‘z italyan tilidan olingan bo‘lib, “chuvalchanglar”degan ma’noni bildiradi.Italiyani eslaganda bu chuvalchanglar shubhasiz hayolimizga keladi. Bu qanday so‘z? 
Javob : Vermishel 
Savol : XVII-asrda ingliz Jeyn Voks (Jane Vaux) xonim London yaqinida bog‘ va koshonazal qurdirdi. Hozirgi kunda bu bog‘ning nomini eshitmagan odam deyarli yo‘q. Bu bog‘ningnomidan bir so‘z kelib chiqqan. Bu qanday so‘z? 
Javob : Vokzal (Vaux hall) 
Savol : 1968 yilda birinchi feminist yozuvchilardan biri Elizabet Kedi Stenton ularga shundayta’rif bergan: «Bu shafqatsiz, o‘ziga bino qo‘ygan, ochofat, urushga va bosqinchilikka moyilyemiruvchi kuchdir. Ham moddiy, ham ma’naviy dunyoda u faqatgina tartibsizlik, dushmanlik,kasallik va o‘lim sochadi» degan. U kimlar haqida shunday yozgan? 
Javob : Erkaklar xaqida 
Savol : Norvegiyada bunday jinoyat 8 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.AQSh da bunday jinoyatchining ikki politsiya xodimi yuziga tupurgani uchun qotillikkasuiqasdda ayblovchi sud ishi ko‘rilgan. Bu qanday jinoyat yoki bu jinoyatni sodir etganlar qandayinsonlar? 
Javob : OITS bilan qasallanganlar 
Savol : «Deyli telegraf» gazetasining 1976 yil 29 iyul sonida «Qanday qilib omadsiz bo‘lib,hech narsa qilmaganlik uchun pul olinadi?» sarlavxasi ostida material chop etilgan. Bu maqolakimlar haqida edi? 
Javob : Tilanchilar haqida 
Savol : Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidanfoydalanishadi. U nima? 
Javob : Til. 
Savol : Siverra narretis non opustis testibus. Qadimgi lotin aforizmiga ko‘ra, agar siz haqiqatnigapirsangiz, uning hojati yo‘q. Ularni kimni nazarda tutishgan? 
Javob : Guvoh. 
Savol : Bodrirallar aytgan: «U turmani mahbuslar bilan to‘ldirib turuvchi xizmatkordir». Unima? 
Javob : Ichkilik. 
Savol : Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima? 
Javob : Reklama. 
Savol : U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida hamuning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qandaydaraxt? 
Javob : Tut daraxti. 
Savol : O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» ida shunday yozilgan: «Ikkita engholis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima? 
Javob : Vaqt. 
Savol : Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishikerak». Nimani? 
Javob : Tokqaychi. 
Savol : Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar.Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z? 
Javob : Islom. 
Savol : Eramizdan avvalgi V asrda yashagan yunon olimi Gerodot: «U Nilning sovg‘asidir»degan. U nimani nazarda tutgan? 
Javob : Misr. 
Savol : U 1855 yili sayyoh Livingston tomonidan kashf etilgan. Uning yonida bu sayyohninghaykali o‘rnatilgan. Uning yaqinida «katta daraxt» o‘sib turibdi. U nimani kashf qilgan? 
Javob : Viktoriya sharsharasi. 
Savol : Ular Zanjibarda uyning kishi diqqatini jalb etadigan asosiy va go‘zal qismidir. Ularboshqa san’at turlari kabi Zanjibar xalqining shon-shavkati hisoblanganidan uni oroldantashqariga chiqarishmaydi. U nima? 
Javob : Eshik. 
Savol : Ular bamisoli «tirik konservalar». Ularni kemalarga to‘ldirib olib ketilaverganliginingboisi ham shundadir. U nima? 
Javob : Bahaybat toshbaqalar. 
Savol : Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Buvulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada? 
Javob : Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi. 
Savol : Tabiblar uni qanday ichish kerakligini yozishgan: «Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich,shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik hisetasan». Bu qaysi ichimlik? 
Javob : Choy. 
Savol : Rossiyaga u dastlab Mongoliyadan 1638 yilda dori sifatida yuborilgan; Rossiyada uniiste’mol qilish XVIII asr o‘rtalaridan boshlab odat tusiga kirgan. U nima? 
Javob : Choy. 
Savol : Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga,qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrimviloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva? 
Javob : Xurmo. 
Savol : Uning vatani Bengaliya hisoblanadi. E.av. 327 yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistongayurish qilgan paytlarida uni «arisiz asal» deb atagan. U nima? 
Javob : Shakarqamish. 
Savol : «Fil sichqondan qo‘rqadi, chunki sichqon filning hartumiga kirib ketarmish» deyishadi.Bu noto‘g‘ri. Fil hartumiga sichqon kirishidan qo‘rqmaydi. Mabodo sichqon filning hartumigakirgudek bo‘lsa, uni chirpirak qilib puflab yuboradi. Lekin «fil sichqondan qo‘rqadi» deganiboraning zamirida haqiqat bor. Bu haqiqat nimadan iborat? 
Javob : Sichqon va kalamushlarning narsalarni qitirlatib kemirishi filni asbiylashtirib yuboradi, jazavasini qo�zg�otadi va shuning uchun fil o�sha yerdan qochishga harakat qiladi. 
Savol : Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlarayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashintezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalararqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydiva zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitgandahatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz? 
Javob : Sher na�rasi. 
Savol : Polineziya orollarida ularga cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunets balig‘i, tovuq kabilazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlarga nisbatan bunday ta’qiq qo‘llaniladi? 
Javob : Ayollarga. 
Savol : Bu diyorda yetim qolgan cho‘chqa bolasini emizayotgan ayolni, eng yaqin kishisi vafotetganida ta’ziya bildirish sifatida bir barmog‘ini kesib tashlaydigan odamlarni hozir hamuchratish mumkin. Bu diyorning nomi nima? 
Javob : Papua-yangi Gvineya. 
Savol : Kamerun mamlakatining Mamfe viloyatida xalqlar bir tabiat hodisasini istab xudogayolvorganlarida tunda «mavu» degan raqsni ijro etadilar. Afrikani ko‘z oldingizga keltiringda,ular raqsga tushgan holda xudodan nimani so‘rashlarini ayting. 
Javob : Yomg�irni 
Savol : Afrikadagi Sahroi Kabirda yashovchi Tubu qabilasida qiziq bir maqol bor: «Tubugahar kuni uning bittasi kifoya. Ertalab uning po‘chog‘ini,kunduzi etini, kechqurun esa danagini yeydi» deyishadi. Bu maqol nima haqida? 
Javob : Xurmo mevasi haqida. 
Savol : Birmaning tog‘li rayonlaridan birida yashovchi paduanglar qabilasida ayol kishininggo‘zalligi uning bo‘ynining uzunligiga qarab belgilanadi va ayollar bo‘yinlarini uzaytirishmaqsadida mahsus xalqalar kiyib yurishadi. Paduanglarda og‘ir gunoh qilgan ayollargaberiladigan eng qattiq jazo bor. Eriga xiyonat qilgan ayolga bunday jazo qo‘llaniladi. Bu qandayjazo bo‘lishi mumkin? 
Javob : Bo�ynidagi xalqalarni olib tashlashdan iborat. 
Savol : Bepoyon jazirama cho‘ldagi yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxtva go‘zallik rangi, jannat rangidir. Bu qaysi rang? 
Javob : Yashil rang. 
Savol : Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotabaibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchimarta-nikoh to‘yida. Uchinchi marta qachon? 
Javob : Birinchi o�g�il ko�rganda. 
Savol : Janubiy Afrikada yashovchi gerero degan qabilada «Ularga qo‘shni bo‘lishdan og‘irroqmusibat yo‘q» degan maqol bor. Ho‘sh bu maqol nima yoki kim haqida? 
Javob : Egizaklar haqida. 
Izoh : Gerero qabilasida egizaklar muqaddas sanaladi va ular o�z uyidan tashqari qo�shnisining uyiga ham bemalol kirib, hohlagan ishlarini qilishlari mumkin, tabiiyki, bu qo�shnilar uchun bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
Savol : Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar,ko‘katlar, ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligichakeltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar? 
Javob : Parranda go�shti. 
Izoh : Chunki ularning tushunchalari bo�yicha, parranda uchadi va uning go�shti bayram dasturxoniga qo�yilsa, yil davomidagi baraka va baxt uchib ketadi deb hisoblashadi.
Savol : Shotlandiyada yangi yil kechasi ular xonadoniga men yoki G’anisher Rahmatullaev,Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, boringki Obid Asomov birinchi bo‘lib qadam qo‘ysa, bu oilayil bo‘yi baxt-saodatli bo‘larmish. Nega shunday bo‘lishi mumkin? 
Javob : Chunki bizlarning barchamizning sochlarimiz qora rangda. 
Savol : O’tmishda Seyshel orolida bu meva «baxt ramzi» hisoblangan. Baxt va daromadniqo‘lga kiritish maqsadida bu mevaning bir donasini qimmatbaho buyumlarga, hatto bir kemamolga almashib olgan kishilar ham bo‘lgan. Bu qanday meva? 
Javob : Seyshel yong�og�i. 
Savol : Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan.Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘uribolganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan» deyiladi. Bunima? 
Javob : Baobab daraxti. 
Savol : Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida «ichmaydi» deganma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suvuning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon? 
Javob : Koala. 
Savol : Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi vavodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini ochdilar.Nimaning? 
Javob : Benzin. 
Savol : 1895 yili amerikalik ixtirochi metalli almashtiruvchi ustarani xavfsiz soqol olishmoslamasi bilan almashtirdi. U olimning ismi-sharifi kim? 
Javob : K.Jilleti. 
Savol : U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yildama’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘libilan tayyorlangan. U nima? 
Javob : Ko�zgu. 
Savol : Bu moslamani ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosidaqurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasiniqo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima? 
Javob : Lift. 
Savol : U haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunon shifokori Klavdiy Galenning yozmamanbalarida uchraydi. Ilgari undan foydalanish uchun uni surtishgan. Faqtgina Jyulen LuiJoffruning ihtirosidan keyingina u qattiq holda ishlatila boshlangan. U nima? 
Javob : Sovun. 
Savol : 1945 yilda AQSh da uning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishi boshlangan. U ilk borangliyalik mikrobiolog Aleksandr Fleming tomonidan 1920 yildayoq ajratib olingan edi. Bukashfiyot uzoq vaqt amalga kiritilgani yo‘q. Ikkinchi Jahon urushi vaqtida angliyalik bioximikErnst Boris Cheyn va vrach Xouard Uolter Flori uni keng ishlab chiqarishga joriy etdi. U nima? 
Javob : Penitsillin. 
Savol : U narsa bizning yanada ko‘rkamroq ko‘rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470 yildapaydo bo‘lgan. Faqtgina 1890-1894 yillardan boshlab aynan hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kirgan.Bu nima bo‘lishi mumkin? 
Javob : Dazmol. 
Savol : Bu davlatning nomi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib «suv o‘rtasidagi quruqlik,orol»degan ma’nolarni bildiradi. Bu davlatning nomi nima? 
Javob : Jazoir. 
Savol : Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan olingan bo‘lib,nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z? 
Javob : Zakovat. 
Savol : Zardob, zardolu degan so‘zlarni barchamiz eshitganmiz. Zardob va zardoluni ko‘zoldingizgi keltiringda, shu so‘zlarning o‘zagi bo‘lgan «zard» so‘zi qanday ma’noni bildirishimumkinligini ayting. 
Javob : Fors tilida �sariq� degan ma�noni bildiradi. 
Savol : Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib «tirikchilik, umr kechirish, yashash» deganma’nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik hamyetmasligi mumkinligini ko‘rish mumkin. Bu qanday so‘z? 
Javob : Maosh. 
Savol : 1763 yilda shotland monaxi tomonidan yaratilgan elektr asbobi dunyodagi ilk elektrasbobi hisoblanadi. Undan cherkov qo‘ng‘irog‘i sifatida foydalanilgan. U nima? 
Javob : Zvonok (eshik qo�ng�irog�i). 
Savol : Alisher Navoiyning «Hayrat-ul abror» dostonida «U shoxona to‘shagini muallaqhavoda soldirar, safarda unga yellar hamrohlik qilar, sehrli uzugi tufayli devu parilar odamlarqatorida amru farmoniga itoatda edi» deb yozilgan. U qaysi payg‘ambar haqida shunday yozgan? 
Javob : Sulaymon. 
Savol : Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovg‘a shunday atalgan. U qiznitarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh to‘yi oldidan kuyov tomonidanberilgan. Uni ona o‘z ixtiyori bilan sarf etishga haqli bo‘lgan. U qanday nomlangan? 
Javob : Sut haqi. 
Savol : Bu taom nomi turkchada «tovada pishiriladigan ovqat» degan ma’noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste’mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi? 
Javob : Tabaka. 
Savol : U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoqyoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temirplastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima? 
Javob : Taqa. 
Savol : Bu butun jahonni o‘z qobiliyati va iste’dodi bilan zabt eta olgan buyuk ijodkor ropparosa 56 yoshida, ya’ni o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etgan. U kim? 
Javob : Vilyam Shekspir. 
Savol : O’tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabarshunday atalgan, hozirgi kunda esa bu so‘z bilan bir sport musobaqasi ataladi. Bu qaysi so‘z? 
Javob : Estafeta. 
Savol : Bu so‘z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi.Shahardan tashqarida qurilgan villa,atroflari bog‘li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so‘zbilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog‘liq bir joy ataladi. Bu qanday nom? 
Javob : Ermitaj. 
Savol : Bu so‘zning ma’nosi «yo‘q joy, hayoliy joy», boshqa taxminlarga ko‘ra «farovon joy»degan ma’nolarni bildiradi. Bu ilmiy asoslab berilmagan, ideal ijtimoiy tuzum tasviridir. Bu qaysiso‘z? 
Javob : Utopiya. 
Savol : G’arbiy Yevropada o‘rta asrlarda ritsarlarning xarbiy musobaqasi bo‘lib o‘tgan. Uningmaqsadi – ritsarlarning jangovarlik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iborat bo‘lgan. 16-asrgakelib ko‘pchilik mamlakatlarda barham topib ketgan. Ushbu musobaqa qanday nomlangan? 
Javob : Turnir. 
Savol : 1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta yelkanli kema yo‘lgachiqdi. Bular: «Santa Mariya», «Ninya» va «Pinta» edi. Ularning kapitani kim bo‘lgan? 
Javob : Xristofor Kolumb. 
Savol : Ochiq dengiz Kolumb boshchiligidagi dengizchilarni cho‘chitardi, chunki ularavvallari faqat sohil bo‘ylab suzishardi. Shuning uchun ufqda yashil tasmani ko‘rishganida bexadsevinib ketishdi. Lekin u yer emas, balki u edi. Nima edi? 
Javob : Yuzi qalin suvo�tlar bilan qoplangan Sargasso dengizi edi. 
Savol : Ilgaridan olimlar ushbu osmon jismlarini «ko‘rinadigan hech narsa» deb atashardi.Qaysi osmon jismlarini? 
Javob : Kometalar. 
Izoh : Chunki, ba�zi kometalarning boshi ham, dumi ham juda siyrak � ularning zichligi biz nafas oladigan havo zichligidan milliardlarcha marotaba kichik bo�ladi.
Savol : Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalaruylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdekmusiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan? 
Javob : Konservatoriyalar. 
Savol : Hozir Moskva konservatoriyasi buyuk rus kompozitori P.I. Chaykovskiy nomi bilanyuritiladi. Toshkent konservatoriyasi esa o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy nomida. SanktPeterburg konservatoriyasi esa boshqa bir rus kompozitori nomi bilan ataladi. U kim? 
Javob : Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov 
Savol : Petr I ning farmoniga binoan, jahonda birinchi marta Tula zavodida ular faqatmetalldan yasala boshlangan. Ular Rossiya iqlimi uchun juda qulay bo‘lgan vositalarhisoblangan. U nima? 
Javob : Konki. 
Savol : Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayiningnafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi.Bu qaysi mamlakat? 
Javob : Koreya. 
Savol : Yunonchada bu sohaning nomi «kema xaydash mahorati» degan ma’noni bildiradi.Hozirda bu soha bilan bog‘liq kishilar ham kema xaydashadi, ammo ularning kemalarining nayelkani bor, na bug‘li dvigateli. Bu qaysi soha? 
Javob : Kosmonavtika. 
Savol : Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilishjoyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’aquriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p bo‘lgan. Aynan mana shushaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimninghayoliga kelmagan. U qal’a-shaharcha qanday nomlangan? 
Javob : Kreml 
Savol : Rossiya tarixidagi eng yorqin va qahramonona sahifalar bu yer bilan bog‘langan.Dmitriy Donskoy drujinalari shu yerdan dushmanga qarshi kurashga jo‘nab ketishgan. Rus xalqini polyak va shved bosqinchilaridan ozod etgan Minin va Pojarskiyning ko‘ngilli qo‘shinlaribu joydagi qo‘ng‘iroq ovozlari bilan kutib olingan. Bu yerda Petr I va Karl XII va shvedqo‘shinlari ustidan qozonilgan Poltava g‘alabasini nishonlagan. Bu qaysi joy? 
Javob : Kreml 
Savol : Sankt Peterburgdagi Yozgi bog‘da bir haykal bor. Uning atrofida har doim bolalargavjum. O’rindiqda o‘tirgan qariya chuqur o‘yga tolgan, uning poyida hayvonlarning bronzahaykalchalari. Bu odam kim? 
Javob : Ivan Andreevich Krilov 
Izoh : Ivan Andreevich Krilov va uning masallari qahramonlari
Savol : «Kristallos» so‘zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi? 
Javob : Muz 
Savol : Kishi bu davlatning qaysi joyida yashayotgan bo‘lmasin, agar u cho‘milishni istabqolsa, avtobusga o‘tirib dengiz bo‘yiga borishi, miriqib cho‘milishi va o‘sha kuniyoq yana uygaqaytib kelishi mumkin. Chunki orolning eng keng joyida u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqacha bo‘lganmasofa 230 km dan oshmaydi. Bu qaysi davlat? 
Javob : Kuba 
Savol : Bu sportning eng qadimgi turlaridan biri. Miloddan 2500 yil avval u bilan misrliklarqiziqishgan. Yunonlar ham bu sportni sevishgan. U paytlarda ko‘proq qumli maydonchadamusobaqalashishgan. Bu qaysi sport turi? 
Javob : Kurash. 
Savol : U qozoqlarda «kures», gruzinlarda «chidaoba», armanlarda «kox», ozarbayjonlarda«gyulesh» deb ataladi. U o‘zbeklarda qanday nomlanadi? 
Javob : Kurash 
Savol : Bu sport turining nomi «qurolsiz o‘zini himoya qilish» degan ma’noni bildiradi. Buqaysi sport turi? 
Javob : Sambo 
Izoh : rus.«Samozaùita bez orujiya»
Savol : 1502 yilning yozida Florentsiya aholisi ko‘chalarda ko‘pincha tashqi qiyofasi g‘alatibir kishini uchratishardi. Uning oq oralagan uzun sochlari bosh kiyimi tagidan yelkasigayoyilagan, soqoli yuzini qoplab, ko‘ksiga tushgan edi. Quyuq qoshlari ostidan sinchkov ko‘zlaritermulib turardi. Baland yirik gavdasiga keng kiyim yarashardi. Bu inson kim edi? 
Javob : Leonardo da Vinchi 
Savol : 1837 yilning yanvarida, Pushkinning fojiali o‘limi kunlarida Rossiya to‘satdan rusadabiyotida Pushkinning vorisi bo‘lish nasib etgan yosh shoirning ovozini eshitdi. U kim edi? 
Javob : M.Yu.Lermontov 
Savol : Bu davlatdan bo‘lgan shoira o‘z davlati haqida shunday yozgan edi:«Mo‘jaz o‘lkam mening bamisoliQahraboning zarrin tomchisi».Chindan ham bu o‘lkani qahrabo o‘lkasi deyishadi. Bu qaysi mamlakat? 
Javob : Litva 
Savol : Bu puflama mundshtukli musiqa asbobining nomi uning ixtirochisi bo‘lgan belgiyalikpuflama asboblar ustasi nomiga qo‘yilgan. Bu qaysi musiqa asbobi? 
Javob : Saksofon 
Izoh : Saksa (1814-1894) sharafiga
Savol : Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz mingtur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting. 
Javob : Asalarilar. 
Izoh : Ular o‘simliklarning gulini changlatib ularning ko‘payishiga qulay sharoitni yaratadi
Savol : Qadimgi Rimda qirq yoshli odam chol hisoblangan, oltmish yoshlisi esa-dopontanus,ya’ni faqat ungagina yaraydigan bo‘lgan. Nimaga yaraydigan bo‘lgan? 
Javob : Faqatgina qurbonlik qilishga yaraydigan bo‘lgan. 
Savol : Bu san’at 16-17 asrlar bo‘sag‘asida, Uyg‘onish davrida paydo bo‘ldi. ItaliyaningFlorentsiya shahridagi shoirlar, musiqachilar, rassomlar bu san’atning asoschisi bo‘lishgan. Busan’atda ular san’atning har xil turlarini (she’riyat, musiqa, drama, tasviriy san’at) birlashtirishdi.O’shandan buyon bu san’at butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. Bu qaysi san’at? 
Javob : Opera. 
Savol : U inson haqida H. No‘‘mon va A. Shorahmedov «Ota» romanini yozishgan,«O’zbekfilm» kinostudiyasida «Mazmunli qisqa hayot» nomli badiiy film yaratilgan. U insonkim edi? 
Javob : Yo‘ldosh Ohunboboev 
Savol : Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyongo‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklaridako‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiqkuylashi haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi qush? 
Javob : Oqqush. 
Savol : U juda iste’dodli edi, ximiyaga qiziqib, 27 yoshida professor bo‘ldi. Uning tadqiqot vakashfiyotlari olimlarni hayratda qoldirardi. Hech kim uning yaqin orada ximiya qolib, butunlay boshqa soha bilan shug‘ullanib ketishini hayoliga ham keltirmagan edi. Bu olim kim edi? 
Javob : Lui Paster 
Savol : XVIII asrda Gollandiyaning Zaandam shaharchasidagi dengiz kemalari qurilayotgankorxonada kunlarning birida yangi duradgor paydo bo‘lib qoldi. Boshqalar qatori u hamtaxtalarni randalar, mix qoqar, og‘ir g‘o‘lalarni tashir edi. Ishdan keyin u iloji boricha ko‘proqqiziqarli narsalarni ko‘rish ishtiyoqida uzoq vaqt shahar aylanib yurardi. Keyinchalik Zaandamaholisi ana shu yosh duradgor aslida chet el sayohatiga chiqqan rus kishisi ekanligi haqida taajjubbilan xabar topdi. U rus kishisi kim edi? 
Javob : Petr I. 
Savol : U podsho o‘zining shahsiy muhriga «Men shogirdman va ustozlarga muhtojman» debo‘yib yozdirgan. U podsho kim edi? 
Javob : Petr I 
Savol : U mustahkamligi jihatidan po‘lat simga o‘xshaydi. Uni uzish qiyin bo‘lib, 1 kvadratmillimetrini uzish uchun 50 kg kuch kerak. U nima? 
Javob : Ipak. 
Savol : Birinchi marta ularni ko‘rgan dengizchilar ularni uzoqdan frak va sutdek oppoqmashnika kiyib olgan odamlar to‘dasi deb o‘ylashgan. O’sha zamonlarda erkaklar tantanlimarosimlarda shunday kiyinishar edi. Dengizchilar o‘shanda aslida nimani ko‘rishgandi? 
Javob : Pingvinlarni 
Savol : Bundan 135 yilcha avval Amerika firmalaridan biri qimmatbaho fil suyagi o‘rnini bosaoladigan material tayyorlashga konkurs e’lon qildi. Konkursda ko‘p ixtirochilar, injinerlar vaolimlar ishtirok etishdi. Shular orasida Xayaat degan aka-uka ixtirochilar ham bor edi. Ularhozirgi kunda juda keng tarqalgan bir materialning dastlabkilarini yaratishgan edi. U qandaymaterial edi? 
Javob : Plastmassa 
Savol : Bu voqea dastlab Londonda yuz yildan ko‘proq vaqt muqaddam sodir bo‘ldi.Moskvada esa, 1935 yilning 15 mayida sodir bo‘ldi. Ho‘sh, bu voqea Toshkentda qachon sodirbo‘ldi? 
Javob : 1977 yilning 6 noyabrida 
Izoh : Bu yerda gap ushbu shaharlarda ilk bor metropolitenning ishga tushirilishi haqida bormoqda.
Savol : Qaysi mamlakat gerbida ot choptirib ketayotgan chavandoz tasvirlangan? 
Javob : Mongoliya. 
Savol : Bu shahar nomining tarjimasi «qizil botir» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi shahar? 
Javob : Ulan Bator 
Savol : Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki buhayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan? 
Javob : Mushuklar. 
Izoh : Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar.
Savol : Tarixchi Xondamir o‘zining «Makorimul-ahloq» deb nomlangan kitobida «Navoiyvafotiga hatto tabiat ham motam tutdi» deb yozgan. Xondamir nima sababdan shunday debyozgan? 
Javob : 1501 yil uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan 
Savol : Dunyodagi eng yebto‘ymas mavjudot u ekan. Chunki, u 2 soat ichida 40 ta pashsha vachivinlvrni yeb bitirar ekan. U qaysi mavjudot? 
Javob : Ninachi. 
Savol : Rus olimi K.A.Timiryazev: «U narsa inson tafakkurining buyuk ixtirolaridan birinitashkil etadi» degan edi. U nimaga shunday ta’rif bergan? 
Javob : Yaxshi yopilgan bug‘doy noni 
Savol : O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pinchaklassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabima’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassikfan deyiladi. Bu qaysi fan? 
Javob : Bu Nyutonning klassik mexanikasidir 
Savol : Dunyoda turli fanlar ko‘p va ularning barchasi nimanidir o‘rganish bilan shug‘ullanadi.Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho‘sh, onomastika nimani o‘rganadi? 
Javob : Odamlar ismining kelib chiqishi, ma’nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi 
Savol : «Mo‘l-ko‘lchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlikdengizi», «Yomg‘irlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzular dengizi» kabi dengizlar qaerdajoylashgan? 
Javob : Oyda. 
Savol : Turkman yozuvchisi Berdi Kerboboev «Men uni qardosh O’zbekiston adabiyotiosmonidagi oy deb hisoblayman. U yaratgan mashhur asarlarning O’zbekiston tuprog‘iga alangali nur sochayotganini kim tan olmaydi?» deb yozgan edi. U kim haqida shunday yozgan? 
Javob : Muso Toshmuhammad Oybek. 
Savol : Nima uchun kaltakesak dumini tashlab ketganda uning dumi yerda goh yig‘ilib, gohto‘g‘irlanib harakat qiladi? 
Javob : Raqibi diqqatini ana shu dumga qaratgani zamon dum egasi o‘zining yashirin uyasiga qochib qoladi. 
Savol : Bu mamlakatning mahalliy axolisi o‘zlarini kxmerlar deb atashadi. Bu qaysi mamlakat? 
Javob : Kampuchiya (Komboja). 
Savol : Bu yerda qizil zarang o‘sadi. Uning barglari kuzda shunday yorqin tusga kiradiki,daraxt go‘yo lovullab yonayotgan mash’alani eslatadi. Bu qaysi mamlakat? 
Javob : Kanada. 
Savol : Yaponiyada urush vaqtida o‘z qo‘shinlariga kaptarlar yordamida xabaryetkazilayotganda bir muammo paydo bo‘ladi. Ya’ni xabarni olib ketayotgan kaptarni dushmanmerganlari urib tushirar yoki ularga yirtqich qushlar xujum qilar edi va xabar kerakli joyga yetibbormas edi. Shunda uddaburon yaponlar bu muammoning xam yechimini topishdi va xabarlarilgarigidek, kerakli joyiga xech bir shikastsiz yetib bora boshladi. Ular kaptarlar bilan bog‘liqqanday yangilikni o‘ylab topishgan? 
Javob : Ular xatto tunda xam xuddi kunduzgidek bemalol ucha oladigan yangi kaptar zotini yetishtirishdi, natijada dushman uni ko‘ra olmaydi, yirtqich qushlar esa ularga xujum qila olmaydi. 
Savol : Yer sharining xamma joyida tarqalgan bu baliq xovuz va ko‘llarda yashaydi. Uningnomi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘p bolalovchi», «serurug‘» degan ma’nolarnibildiradi. Yunonlar bu baliqni bejiz bunday nomlashmagan, xaqiqatdan xam bu baliq nixoyatdako‘p bolalaydi. Bu baliqning nomi nima? 
Javob : Karp. 
Savol : Rossiyaga bu sabzavot Petr I davrida olib kelingan. U paytlarda uning donalarimaydaroq va taxir bo‘lgan. Ular zich ekilgan, shuning uchun yanada maydalashib ketgan.Dexqonlar uzoq vaqt bu sabzavotni ekishdan bosh tortishgan. Uni ekishga majbur qilingandaxatto qo‘zg‘olonlar xam bo‘lib o‘tgan. Bunday isyonlar xarbiy qo‘shinlar bilan bostirilgan.Dexqonlar shunchalik ekishni xoxlamagan sabzavot qaysi? 
Javob : Kartoshka. 
Savol : Uning birinchisini 1807 yilda amerikalik R.Fulton yasagan. U o‘zining yangikashfiyotini «Klermont» deb atagan. U nimani ixtiro qilgan? 
Javob : Birinchi paroxodni 
Savol : Bu xayvonning bolasi juda kichkina, yalang‘och va ko‘zi yumuq xolda tug‘iladi.Uzunligi 2,5 metrdan ortiq bo‘lgan bu katta sariqning bolasi atigi 3 sm bo‘lib tug‘iladi. Bu qaysixayvon? 
Javob : Kenguru. 
Savol : Maksim Gorkiyning shunday gapi bor: «Bu insoniyat tomonidan yaratilgan barchamo‘‘jizalar ichida eng buyuk mo‘‘jizadir». U nimaga shunday yuqori baxo bergan? 
Javob : Kitob. 
Savol : U dalada xam, konda xam, oshxonada xam kerak bo‘lishi mumkin. U nima? 
Javob : Kombayn. 
Savol : Bu davlatning qadimgi nomi-Nairi. Bu «daryolar mamlakati» degan ma’nonibildiradi. Haqiqatdan ham bu yerda daryolar 200 dan ortiq. Bu qaysi davlat? 
Javob : Armaniston. 
Savol : Bundan 300 yil avval Janubiy Amerika konlarida ispanlar oltin yuvishga xalal berganog‘ir metallarni jaxllari chiqib bazo‘r uloqtirib tashlashar edi. Ular kelajakda bu metall oltindanxam qadrliroq bo‘lishini xayollariga keltirmagan xolda uni o‘z tillarida «kumush» deb atashgan.Bu qaysi metall? 
Javob : Platina. 
Savol : Bu chiroyli o‘yin ancha yil ilgari vujudga kelgan va uni frantsuzcha bir so‘z bilanatashgan. Ammo bu o‘yin Yevropaga Sharqdan o‘tgan. Uni XIX asrda Xindistondan inglizgertsogi olib kelgan. Bu o‘yinni mana shu gertsogning yeri joylashgan shaxar nomi bilanataydigan bo‘lganlar. Bu qanday o‘yin? 
Javob : Badminton. 
Savol : A.S.Pushkin bu san’at xaqida shunday fikrlarni aytgan: «U qalbdan ijro etilganparvozdir». Bu qaysi san’at turi bo‘lishi mumkin? 
Javob : Balet. 
Savol : AQSh ning Solt Leyk Siti shaxrida ajoyib bir xaykal bor: baland granit ustun ustidaglobus va uning tepasida ikki qush qanotini yozib parvozga shay bo‘lib turibdi. Bu xaykal qaysiqushlarga qo‘yilgan? 
Javob : Shaxar atrofida million-million chigirtkalar galasi yopirilganda ularni qirib tashlagan va axolini ochlikdan saqlab qolgan baliqchi qushlar ya’ni chaykalar sharafiga o‘rnatilgan xaykal 
Savol : Afrikada yashovchilar «U ulkan daraxt, lekin undan xatto kichkina gulxan xam yoqibbo‘lmaydi» deyishadi. Qaysi daraxt haqida shunday deyishadi? 
Javob : Baobab daraxti, chunki baobab yog‘ochi yonmaydi. 
Savol : Bu buyuk g‘alaba edi. Bu g‘alaba frantsuzlar qalbida xamisha yashaydi, shuninguchun xar yili bu g‘alaba amalga oshirilgan kun Frantsiyada milliy bayram sifatida nishonlanadi.Bu qanday g‘alaba edi? 
Javob : Bastiliyaning olinishi. 
Savol : Batiskafning uzunchoq korpusi xavo bilan emas, aynan mana shu suyuqlik bilanto‘ldiriladi. Chunki u yerda xavo ketmaydi, katta chuqurlikda suvning kuchli bosimi batiskafnixuddi konserva bankasidek pachoqlab tashlashi mumkin. Bu suyuqlik esa, bosimga yaxshiqarshilik ko‘rsatadi. Bu qaysi suyuqlik? 
Javob : Benzin. 
Savol : Tuyaqush tuxumlarini erkagi va urg‘ochisi navbat bilan bosib yotadi. Odatdaurg‘ochilari kunduzlari, erkaklari kechqurun tuxum bosadi. Nima uchun shunday? 
Javob : Chunki urg‘ochi tuyaqushning pati cho‘l manzarasiga mos kulrang qo‘ng‘ir bo‘lganidan ochiq joyda uzoqdan ko‘zga tashlanmaydi. Erkak tuyaqushlarning pati qora, faqat qanotlari va dumlari uchida patlari oq bo‘lib, qorong‘i tunda ko‘zga ko‘rinmaydi. 
Savol : Qadimgi yunon shaharlarining xar birida eng baland tepalik ustiga qurilgan va atrofiqalin devor bilan o‘ralgan qal’a bo‘lgan.Afinadagi shunday qal’alardan biri eng mashxurixioblanadi. Bu qal’aning nomi nima? 
Javob : Akropol. 
Savol : Bu baliqning bolg‘a, tulki, arratumshuq, zebrasimon, yo‘lbarssimon kabi turlari bor.Bu qaysi baliq? 
Javob : Akula. 
Savol : Miloddan avvalgi 4-asr boshlarida yunon faylasufi Platon tashkil qilgan maktabshunday atala boshlangan. Chunki Platon o‘z shogirdlari bilan suxbatni soya salqin bog‘da,afsonaviy qaxramonning xaykali oldida o‘tkazar edi. Platonning maktabining nomi bilan xozirgikunda shunga o‘xshash muassasalar ataladi. Qanday ataladi? 
Javob : Akademiya. 
Savol : Aristotel o‘rta asr sharqida «Birinchi muallim» deb atalar edi. Farobiy Aristotelningasarlarini yaxshi bilishi, u kabi entsiklopedik bilimga ega bo‘lganligi sababli «Ikkinchi muallim»,«Sharq Arastusi» degan buyuk unvonga sazovor bo‘lgan. Bu mashxur olim esa, Aristotel vaFarobiyning ilg‘or g‘oyalarini tabiatshunoslik ilmining yangi yutuqlari asosida yanada rivojlantirdi va «Uchinchi muallim» degan buyuk unvonga ega bo‘ldi. U kim? 
Javob : Abu Ali ibn Sino 
Savol : U tabiat va yer farzandi edi. U yerni ham dexqoncha mexr, ham olimona tuyg‘u bilansevardi. Shu sababli u butun umrini yer ilmiga baxshida etdi. Bu yo‘ldagi mashaqqatlarni sabotbilan yengdi. O’rta Osiyoning tog‘u toshlari, cho‘lu biyobonlarini kezdi, yer ostida necha millionyillardan buyon yashirinib yotgan qazilma boyliklarni «tilga kiritish»ga undadi. Bu kim edi? 
Javob : Habib Abdullaev 
Savol : 1913 yili Rossiyada injener I.I.Sikorskiy «Rus paxlavoni» deb atalgan texnikaniyaratdi. Jahon miqiyosida shuhrat qozongan «Ilya Muromets» «Rus paxlavoni»ning davomibo‘lib qoldi. Bu qanday texnika edi? 
Javob : Samolyot. 
Savol : Bu davlatni ko‘pincha «Qoldiq xayvonlar muzeyi» deb atashadi. Qaysi davlatni? 
Javob : Avstraliya. 
Savol : Bu so‘z yunon tilidan olingan bo‘lib, u «oyoq uchida yuraman», «yuqorigachiqaman» degan ma’nolarni anglatadi. Bu tsirk san’atining alifbosidir. U nima? 
Javob : Akrobitika. 
Savol : Kometa, teleskop, apistogramma, metinnis, puntiuskonxonius, mezonkauta. Bunomlarning umumiyligi nimada? 
Javob : Bularning barchasi akvarium baliqlarining nomi 
Savol : Frenk Boyl ,,agarda arab mamlakatlari paraolimpiya terma jamoasi tashkil etilsa, tarkibning asosiy qismini ular tashkil etgan bo`lardi” deb hazillashadi. Diqqat savol: Ularni toping. 
Javob : O`g`rilar 
Savol : Bir safar yosh futbolchi Yevgeniy Lovchev o`ta muvaffaqqiyatsiz o`yindan so`ng uyiga qaytadi. Otasiga, ya`ni o`z davrida ancha taniqli bo`lgan futbolchiga ,,Ota, biz 0-8 ga yutqazdik, nima qilay?”. Ota javob beribdi: ,,Onangning yoniga bor va uning X ini ol”. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Qizlik familiya 
Savol : Latifa. ,,Gazprom” ning bir necha yil oldin Yevropa bo`ylab belgilagan chegirmalari: Gretsiya uchun 10 %, Shvetsiya uchun 20 %, Gollandiya uchun 30 %. Diqqat savol: Qayerda gaz 70 % ga qimmatlashgan? 
Javob : Ispaniya 
Savol : Eramizgacha bo`lgan 196-yilda muhim bir buyruq chiqariladi. Shu darajada muhim ediki, bu buyruq uch tilda bitildi. Diqqat savol: shu yil shu kuni kim tug`ilgan? 
Javob : Shampolyon 
Savol : Diqqat savol: 1979-yilda yapon tilidan ingliz tiliga kirib kelgan o`zlashma so`zni toping. 
Javob : Karaoke 
Savol : Paul Keresga bag`ishlangan pochta marakasida uning yonida ikki hayvon tasvirlangan, biroq u zoolog emas. Unga ,,yog`och bo`laklar harakatlantiruvchisi” deb laqab berishgan, biroq u sehrgar ham, dendrolog ham emas. Diqqat savol: Uning kasbini toping. 
Javob : Shaxmatchi 
Izoh : U mashhur eston shahmatchisi. Ikkita hayvon fil va ot
Savol : Uning ko`pgina asarlari g`oyasi bir kechada tug`ilar va yozilar edi. Juda oshib borsa bu muddat ikki kunni tashkil etardi. Bir safar uning bir tanishi hazillashadi: Siz hatto oddiy yamoq uchun ishlatiluvchi igna haqida ham yoza olsangiz kerak”. Diqqat savol: U kim? 
Javob : Hans Kristian Andersen 
Savol : Yapon tilidagi ,,Kitsu-katsu” iborasi ,,g`alaba qilishingga ishonaman” deb tarjima qilinarkan. Shundanmi Oliy o`quv yurtiga hujjat topshiruvchi abiturientlar imtihon kuni X ni talisman sifatida yonida olib yurishadi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Kit-Kat 
Savol : 2012-yil aprelda ingliz teploxodi ,,Balmoral” dengiz sayohitini amalga oshirdi. Qizig`i, chiptalar ancha oldin sotuvga chiqarilgan edi. Diqqat savol: Maksimal aniqlikda ayting, 2012-yil 14-aprelda teploxod qayerga yetib bordi? 
Javob : ,,Titanik� cho`kib ketgan joyga 
Savol : Bir safar Denis Xoup shunday degandi: Agar Uning yeri yanada ko`p bo`lganida, men bundan ham boyroq bo`lardim. Uning ortidan Xoup allaqchon 9 million dollar ishlab olgan. U mashhur bir trilogiyaning uchinchi qismi nomida ham bor. Diqqat savol: Bu trilogiyaning bosh qahramoni kim? 
Javob : Bilmasvoy 
Izoh : U � Oy
Savol : Gollandiya rahbarlari aholi sog`ligi xususida yetarlicha qayg`urar ekan. Rotterdam shahrida original avtobus bekati bor. Bu originallik u yerdagi o`rindiqlar bilan bog`liq. O`rindiqlar dastavval vaqtni ko`rsatib turadi. Diqqat savol: O`rindiqlarning ikkinchi xususiyatini toping. 
Javob : Ularga o`tirishingiz bilan vaqt yo`qolib sizning vazningiz ko`rsatiladi 
Izoh : Agar ortiqcha vazli odam bo`lsangiz, uyalaganingizdan sog`liq haqida qayg`urishga majbur bo`lasiz.
Savol : Juliya Robersts fikri: Shou-biznes ikkita qismdan tarkib topgan va men birinchisiga yaqinroqman. Diqqat savol: O`sha birinchini ayting. 
Javob : Shou 
Savol : Topishmoq: Sho`r, lekin tuz emas. Oqadi, lekin daryo emas. Yaltiraydi, lekin oltin emas. Diqqat savol: Topishmoqning javobi nima? 
Javob : Ko`z yosh 
Savol : SSSR da chop etilgan ,,Dunyo atlasi” da Gviana aholisi tarkibiga quyidagilar kiritilgan: negrlar, mulatlar, yevropaliklar. Va yana ikkita guruh. Bu ikki guruhning aytilishi juda o`xshash. Biri o`z nomini ikkinchida olgan degan farazlar ham mavjud. Diqqat savol: O`sha ikkala guruhni ham ayting. 
Javob : Hindlar va hindular 
Savol : Angolada ,,Primeyro de Agoshtu” futbol klubi bor. Diqqat savol: Angola qaysi sanada o`z mustaqillik bayramini nishonlaydi? 
Javob : 1-avgust 
Savol : Ruslarda xokkuga o`xshash ,,beskrilka” degan janr bor ekan. Bitta misol: Meduza Gorgona degan qudratli qiz bo`lgan ekan, U bir shior ostida umrguzaronlik qilardi: … … … Diqqat savol: Uchinchi qatorda qoldirilgan uchta so`zni xohlasangiz originalda, xohlasangiz o`zbek tilida ayting. 
Javob : Veni, Vidi, Vici. Keldim, ko`rdim, g`alaba qildim 
Savol : Italyan tilida bir so`z borki, u ma`noni anglatadi. Birinchi ma`nosi Yevropadagi davlatlardan birining fuqarosi, ikkinchi ma`nosi askar. Boshqa tilda bo`lganda biz bilgan yana bir ma`nosi kelib chiqardi. Diqqat savol: Siz menga askarlarning tepasida kim turishini ayting. 
Javob : Rim Papasi 
Savol : Savolni qadimgi yunon miflaridan birining bosh qahramoni beradi. Asar qahramonlaridan biri Maugliga shunday deydi: Insonlar bu gulni tuvakda o`stiradilar, gul esa qorong`u tushganda o`sadi. Diqqat savol: Nimaga ta`rif berilmoqda? 
Javob : Olov 
Izoh : Savol bergan qahramon esa olovni o`g`irlagan Prometey
Savol : XX asrning 20-yillarida Turkiya Yevropa andozalarini ko`chira boshladi. Konstitutsiya, Grigorian kalendari, familiya shular jumlasidan. 1928-yil (3-noyabr) dan keyin esa Turkiya 180 gradusga burildi va arab dunyosiga tegishli bo`lmay qoldi. Diqqat savol: Qanday voqea yuz bergan? 
Javob : Yozuv 
Savol : Aytishlaricha, Nepal askarlari Britaniya tarafda turib deyarli barcha qit`alarda olib borilgan harbiy harakatlarda qatnashishadi. Faqat ikki qit`a bundan mustasno. Birinchisi Shimoliy Amerika. Diqqat savol: Ikkinchisini toping. 
Javob : Antarktida 
Savol : ,,Asteriks Olimpiada o`yinlarida” filmida Obeliks disk uloqtiradi. Shundan so`ng: ,,Endi u bizga qarsak chala olmaydi” deydi. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Venera Milosskaya 
Savol : Bu asar haqida yozilgan taqrizda shunday deyiladi: ,,Bu asar nomi qanchalik sovuq bo`lmasin, 200 yildan beri millionlab bolalar qalbida yaxshilik uchquni hosil bo`lishiga xizmat qilmoqda”. Diqqat savol: Asar nomini toping. 
Javob : Qor malikasi 
Savol : 1911-yil Oksfordda qadimiy tillardan dars beruvchi professor Jozef Rayt talabalaridan biriga: ,,Kelt tillarini o`qi, nimadir ishlab topishing mumkin”. Talaba uning gapiga amal qildi va nafaqat pul ishlab topdi, balki katta mashhurlikka erishdi. Diqqat savol: Siz uning kimligini emas, uni mashhurlik sababini ikki so`z bilan toping. 
Javob : Uzuklar hukmdori 
Izoh : Talaba esa Tolkien
Savol : Bu kasb egalari 38 yoshida nafaqaga chiqisharkan. Ularning barmoqlar har doim sug`urta qilingan bo`lishi shart. Diqqat savol: Ular kimlar? 
Javob : Balerinalar 
Savol : TAOM: TUXUM!!! V asr Tayvanlik monax Xuey Shen, VI asrda Irland monaxi Avliyo Brendan, XIII asrda Tampliyer ordeni vakillari, 1331-yil Mali sultoni Abubakar II, taxminan 1398-yil Genri Sinkler va graf Orkneyskiy, 1421-yil Chjen Xe, 1472-yil portugaliyalik Juan Korterial. Bu ro`yxatdagi insonlar balki hech birimizga tanish emasdir. Lekin ro`yxatdagi keyingi insonni albatta taniysiz. Diqqat savol: Ro`yxatdagi keyingi insonni ayting! 
Javob : XRISTOFOR KOLUMB!!! 
Izoh : Gap AMERIKANI OCHISH haqida ketmoqda. Turli farazlarga ko`ra, yuqorida esga olingan insonlar AMERIKANI OCHGAN ekan, hatto KOLUMB dan oldin. Ammo bugun biz AMERIKANI OCHISH deganda albatta KOLUMB ni tilga olamiz. AMERIKA OCHILDI, biz ham o`yinni OCHIQ deb e`lon qilamiz! Taom sifatida bekorga TUXUM ni taqdim etmadik. Rimliklar ovqatlanishni TUXUM dan boshlagan ekan. Bundan tashqari frazeologiyada KOLUMB TUXUMI tushunchasi bor. O`ta murakkab muammoning oddiy yechimi KOLUMB TUXUMI deyiladi. 
Savol : TAOM: SHO`RVA!!! Tarqatma material: Toshkent – 6606 Samarqand – 285 Buxoro – 25 ? – 1510 Diqqat savol: ? o`rnidagi kim turganligini toping! 
Javob : AMIR TEMUR 
Izoh : Bekorga SHO`RVA tayanch so`z sifatida berilmadi. Xalqimizda PUL BO`LSA, CHANGALDA SHO`RVA gapi bor. Bu sizni PULga yetaklashi kerak edi. Bu yerda gap o`zbek so`mlari haqida ketmoqda. Kupyuralarda qayerda joylashgan binolar tasvirlanganiga qarab yuqoridagi qiymatlar kelib chiqqan. Masalan, T ya`ni Toshkentda 1, 5, 100, 500, 1000, 5000 so`mliklardagi binolar joylashgan. Bu qiymatlarni qo`shsak, 6606 soni kelib chiqadi. S ya`ni Samarqandda 10, 25, 50, 200 so`mliklardagi obidalar joylashgan, qo`shsak 285 hosil bo`ladi. B ya`ni Buxoroda 25 so`mlikdagi me`moriy obida joylashgan. Amir Temur shaxsi bilan bog`liq me`moriy obidalar 10, 500, 1000 so`mliklarda tasvirlangan, bu esa 1510 ga teng!
Savol : TAOM: PIYOZ! (Xafa bo`lmang, shunchaki ovqatlarni hazm qilib olishimiz kerak) Yozib olishni maslahat berardim! Mard X da sinaladi! Y bo`lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi! Parvoz qancha Z bo`lsa, qulash shuncha dahshatli bo`ladi! Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar, Siz menga X, Y , Z ni emas balki uchchalasi uchun umumiy bo`lgan so`zni ayting! 
Javob : BOG` 
Izoh : Maydon, SHamol, Baland so`zlari yashirilganini topib bo`ldingiz. Ular uchun umumiy so`z BOG`, ya`ni Bog`i Maydon, Bog`i Shamol, Bog`i Baland kabi. Avvalgi savolimiz javobi Amir Temur edi, endi esa u kishining tashabbusi bilan barpo etilgan go`zal bog`larga to`xtaldik. Piyozni tanlashimizga sabab, Xalqimizdagi TOPGAN GUL KELTIRAR, TOPMAGAN BIR BOG` PIYOZ ) Bog` so`zining omonimlik xususiyatidan foydalandik )
Savol : TAOM: AJABSANDA!!! Hayotni yangidan boshlamoqchi bo`lsangiz nimadan boshlagan bo`lardingiz? Kimdir dushanbadan deydi, kimdir ertadan. Kimdir oyning 1-sanasidan boshlash kerak desa kerak. Daniel Pennak asari qahramoni bo`lgan ayol kishi esa Hayotni yangidan boshlamoqchi bo`lsangiz, X dan boshlashingiz kerak der ekan. X boshqa bir ayolga yaxshigina mashhurlik olib kelgan. Diqqat savol: O`sha ayolning kimligini yozib bering! 
Javob : Gulsanam Mamazoitova 
Izoh : X - ,,Oq ko`ylak�. Asar qahramoni yangitdan turmushga chiqqan ma`qul deb hisoblagan bo`lsa kerak. ,,Oq ko`ylak� Gulsanam Mamazoitovaga chinakam mashhurlik olib kelgan qo`shiq hisoblanadi. AJABSANDA taomini tanlashimizga sabab bu qo`shiqning boshqa bir nomi ,,AJAB-AJAB� hisoblanadi!
Savol : TAOM: PISHLOQ!!! Karikaturada U o`z o`g`liga merganlikni o`rgatish maqsadida o`z kasbidan foydalanayotgani tasvirlangan. Bu albatta UNING kasbi bilan bog`liq jumla bilan bog`liq. Diqqat savol: U kim? 
Javob : FOTOGRAF 
Izoh : ULAR orasida hozir qushcha uchib chiqadi jumlasi mashhur. U qushchani uchirtiradi, o`g`li esa nishonga olaveradi ))) Suratga tushayotganda CHEESE so`zini aytish ham odatiy hol. Buni esa PISHLOQ deb ham tarjima qilsa bo`ladi!
Savol : BU SAFAR TAYANCH YEGULIK SAVOLIMIZ BILAN BOG`LIQ!!! Qadimda bir hukmdor g`alati ziyofat uyushtiradi. Bu ziyofat ishtirokchilari qamoqxona asirlari edi. O`sha yili mamlakatda UNING hosili shu qadar mo`l bo`lgandiki, ancha-muchasi ayniy boshlagandi. Ba`grikenglik qilib bu mahsulotni mahbuslarga ulashib qo`ya qolishdi. Ammo bu harakat ular kutgandek natijani olib kelish o`rniga, mahbuslarga olam-olam quvonch bag`ishladi. Diqqat savol: Bir daqiqadan so`ng mahsulot nomini emas, balki o`sha hukmdor ismini yozib bering! 
Javob : JAMSHID 
Izoh : Mahsulot ko`pchilik sezganidek UZUM edi. Ular aynigan uzum bilan mahbuslarni qiynamoqchi bo`lishadi, ammo bu aks ta`sir qiladi. Sababi ayniy boshlagan uzum o`ziga xos mast qiluvchi ichimlikka aylanib qolgandi. Keyinchalik bu bazm xalq orasida BAZMI JAMSHID nomi bilan keng tarqaldi!!! Tayanch so`z VINO emas, UZUM edi )))
Savol : BLITS!!! HAZIL ENSIKLOPEDIYADAN LAVHALAR!!! BLITSNING 1-savoli: Nimaga ,,Armiyaga Tayyorgarlik” deb izoh berilgan? BLITSNING 2-savoli: Nimaga ,,Arxivlashtirilgan Uzum” deb izoh berilgan? BLITSNING 3-savoli: Nimaga ,,Insoniyatning do`sti” deb ta`rif berilgan? 
Javob : Javoblar: 1-javob: Counter-Strike 2-javob: Mayiz 3-javob: @ belgisi 
Savol : TAOM: LIRIK CHEKINISH!!! Kunlardan bir kuni yozuvchi Said Ahmad do`st O`tkir Hoshimovga quticha va uning ustida xat jo`natdi. Xatda shunday yozilgan edi: ,,Siz qadrdonim, qutichadagi tuhfamizni olar ekansiz, sizga ushbuni yozib ma`lum qilamiz: Kaminaning qo`y go`shtiga tobim yo`q. Osh iloji boricha yaxshilab dimlangani ma`qul. Oshnamiz Ekinbek kabobni xush ko`radi. Lekin ikkalamiz ham oq sharobni ichmaymiz”. Diqqat savol: Ushbu ,,xarajatnoma” ni tinglagan bo`lsangiz, qutichada nima borligini ayting! 
Javob : QOR 
Izoh : Bu faqat bizning xalqimizga xos bo`lgan ,,QORXAT� o`yini edi. Unga muvofiq siz qor jo`natgan odam uni qabul qilsa, ziyofat uyushtirib berishga majbur. Uni xalq tilida ,,XARAJATNOMA� ham deyishadi. Mashhur shaxmatchi Botvinnik O`zbekistonga kelganda QORXATNI ,,O`zbekona aldov� deb atagan ekan! )
Savol : ,,Ming bir kecha”dagi ertaklardan birida Bog`dod xalifasi bir turdagi qushlarni boqib ko`paytirgan va ular xalifaga hatto o`g`illaridan ham kerakliroq bo`lgan? Diqqat savol: Maksimal aniqlikda ayting, qanday qushlar haqida gap bormoqda? 
Javob : Pochtachi kabutarlar 
Savol : B. Shoudan so`rashadi: Nima deb o`ylaysiz, omadga erishish uchun qaysi biri muhimroq: iste`dod yoki mehnatsevarlik? Shou savolga savol bilan javob beradi. Velosiped uchun nima muhim? Diqqat savol: Uning fikrini davom ettiring. 
Javob : Orqa g`ildirakmi yoki oldingisi 
Savol : Tomi Ungerer asari qahramoni bojxonachi uning xaltasini kavlaganidan norozi bo`ladi. Diqqat savol: Uning vatani qayer? 
Javob : Avstraliya. 
Izoh : U kenguru edi.
Savol : Absurdopediya ma`lumotiga ko`ra X zamonamizning eng yaxshi ertagi ekan. Diqqat savol: X ni uchta so`z bilan ayting. 
Javob : Ob-havo bashorati 
Savol : Gomer ,,Odissey” asarida Odissey va uning hamrohlari bellarini kamar yoki ip bilan mahkam qilib bog`lab olganliklari aytiladi. Diqqat savol: Bundan ko`zlangan maqsadni toping. 
Javob : Dengiz kasaliga qarshi kurashish 
Savol : Shvetsiyaning Lonsdoben shahri aholisi o` z shaharlari nomini Tvilllingstad deb o`zgartirish talabi bilan chiqishgan. Bu shaharda bir hodisa boshqalardan ko`ra ko`proq sodir bo`lishi bunga sabab. Diqqat savol: Bu yerda qanday hodisa tez-tez sodir bo`lib turadi. 
Javob : Egizaklar tug`ilishi 
Savol : Bu armiya dunyodagi eng qadimgilaridan biri va jami 80-90 kishidan iborat. U 1506-yil 21-yanvarda tashkil topgan va mana 1400 yildan beri mavjud. Diqqat savol: Bu armiya qaysi davlat hududini qo`riqlaydi?? 
Javob : Vatikan 
Savol : Dnepropetrovskiy viloyati Mogilev qishlog`idan bo`lgan Najedja Artyomovna Lebedina bu ishni barchadan uzoqroq amalga oshirgan. 1954-yilda eri bilan urishib qolgan ayol 1974-yilgacha shu ishni qilgan. Diqqat savol: Qaysi ishni? 
Javob : Uxlash 
Savol : Aqsh ikki mutaxassislikdagi shifokorlar soni bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turar ekan. Birinchisi stomatologlar. Diqqat savol: Ikkinchisini toping. 
Javob : Psixiatrlar 
Savol : Yevropadagi bir mamlakat gerbida dengiz bilan jang qilayotgan sher tasviri bor.Va yana ,,Jang qilaman va g`alaba qozonaman” yozuvi ham. Sher dengizni 1932-yildayoq mag`lub etib bo`lgan. Diqqat savol: Davlatni toping. 
Javob : Niderlandiya (Gollandiya) 
Izoh : 1932-yilda Zayder-Zeg qo`ltig`i dambalar bilan o`ralgan yer quritilgan.
Savol : Bu davlatda hech kim tug`ilmaydi. Fuqarolarining barchasi chet ellik va bu yerda ikkinchi fuqarolikka ega bo`lishgan . Diqqat savol: Davlat nomini ayting. 
Javob : Vatikan 
Savol : Daraxt va yig`lamoq. Diqqat savol: Bu ikki so`zning indeyschasi qo`shilgan holda qaysi so`zni hosil qiladi? 
Javob : Kauchuk 
Izoh : Kau va uchu so`zlaridan.
Savol : Prussiya qiroli Paganiniga X sovg`a qiladi. X ning ustida ,,Har biri yaralaydi, so`nggisi o`ldiradi” deb yozilgan edi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Soat 
Savol : Amerikalik bir insonning qizi 1914-yilda BBC polkovnigiga turmushga chiqadi. 1920-yilda esa mittigina belgiyalikni dunyoga keltiradi. Diqqat savol: Belgiyalikning ismi sharifini toping. 
Javob : Erkyul Puaro 
Savol : O`zbek xalq topishmog`i: Azon aytar, Namoz o`qimas. Diqqat savol: Topishmoq javobini toping. 
Javob : Xo`roz 
Manbaa : Zubayda Husainova, O`zbek xalq topishmoqlari
Savol : ,,Alkimyogar” asaridan: “Ehtimol, tangri Uni yaratganda, odam daraxtlarga kulib, xursand bo‘lib qarasin degandir”. Ikkinchi bir hazilomuz fikrda esa uni Olloh emas, insonlar yaratgan deyiladi. Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : sahro 
Manbaa : ,,Alkimyogar� asari, P. Koelo. EV.36
Savol : ,,Alkimyogar” asaridan: Sahroyi ayollardan biri Santyagoni ogohlantirib, urf-odatlarni hurmat qilishini, qora libosdagi ayollarga gap qotmasligini uqtiradi. Diqqat savol:Nega aynan qora libosli ayollarga? 
Javob : Ular erli ayollar 
Manbaa : ,,Alkimyogar� asari, P. Koelo. EV.38
Savol : ,,Alkimyogar” asaridan: Birinchisining fe’li bemaza: charchoq nimaligini bilmay lo‘killagani-lo‘killagan. Keyin tuyqusdan tappa yotib o‘lib qoladi. Ikkinchisi esa sekin-asta toliqadi. Harakatiga (Yo‘rg‘alashiga) qarab yana qancha yurishini va qachon yiqilishini bilsa bo‘ladi. Diqqat savol: Birinchi va ikkinchini toping. 
Javob : Tuya va Ot 
Manbaa : ,,Alkimyogar� asari, P. Koelo. EV.48
Savol : ,,Alkimyogar” asaridan: Santyago:— Yurak har doim ham odamga yordam beradimi? — so‘radi u. — Har kimga ham emas. Faqat o‘z Taqdiri yo‘lidan borayotganga. Va yana bolalarga, qariyalarga va Ularga. Diqqat savol: Kimlarga? 
Javob : mastlarga 
Manbaa : ,,Alkimyogar� asari, P. Koelo. EV.55
Savol : Xemingueyning ,,Chol va Dengiz” asaridan: Chol qayiqda yolg‘iz o‘zi Golfstrimda baliq ovlardi. Dengizga chiqayotganiga mana sakson to‘rt kun ham to‘ldi, ammo hali bironta baliq tutganicha yo‘q. U bilan qirq kun bola birga bo‘ldi. Hadeganda qo‘li quruq qaytavergach, ota-onasi unga endi cholning o‘ta-ketgan Salao ekanini aytib, bundan buyon boshqa qayiqda dengizga chiqish kerakligini qulog‘iga quydilar. Diqqat savol: Salao so`zining ma`nosini toping? 
Javob : �o�lguday omadi yurishmagan odam� 
Manbaa : ,,Chol va Dengiz� EV.1
Savol : Go`zal oqshomlardan birida xuddi shunday go`zal ekzekutor Ivan Dmitrich Chervyakov ikkinchi qator kreslolarning birida o`tirib,durbin bilan ,,Kornevelskie kolokola degan spektaklni tomosha qilar edi. U sahnaga qarab ko`p rohat qilmoqda edi,lekin birdaniga… hikoyalarda lekin birdaniga so`zi tez-tez uchrab turadi. Avtorlar shunday deyishga haqli, chunki turmushda tasodifiy hodisalar juda ko`p! Lekin birdaniga uning afti burushdi, ko`zlari suzildi, nafasi ichiga tushdi… U ko`zidan durbinni oldi, engashdi va … Diqqat savol: Nima qildi? 
Javob : Aksirdi 
Manbaa : ,,Chinovnikning o`limi� EV 2. A.P.Chexov hikoyalari
Savol : Yevropadagi birinchi chekuvchilardan biri ispan matrosi Rodrigo de Giere bo`lgan ekan. Vataniga qaytganida keyin u uyi eshigini ichkaridan qulflab olar va yolg`izlikda chekar edi. Uning xotini erining burnidan chiqayotgan tutunni ko`radi va burchini bajargan holda u yerga murojaat qiladi? 
Javob : Inkvizitsiya sudiga 
Savol : 1982-yildan boshlab Norvegiyada ishlab chiqariluvchi tinchlantiruvchi va og`riq qoldiruvchi dorilar idishi ustida qizil uchburchak paydo bo`ladi. Diqqat savol: Bu nimani anglatadi? 
Javob : Bu dorilar qabul qilinganidan so`ng avtomobil haydash mumkin emas. 
Savol : Bu apparat 1948-yilda shved Ogyust Pikar tomonidan yaratilgan. 1960-yilda u sherigi Uolsh bilan birgalikda bu apparat yordamida record o`rnatishdi. Agar tabiatda katta o`zgarishlar sodir bo`lmasa, ularning rekordini yangilab bo`lmaydi, faqatgina takrorlash mumkin. Diqqat savol: Ularning apparati qanday nomlanadi? 
Javob : Batiskaf 
Savol : Bilamizki poytaxt tanlashda shaxarning joylashgan o’rni,iqlimi,siyosiy mavqei va h.k.faktorlariga qaraladi. Bir afsonaga ko’ra qaysi shaxar qo’y g’o’shti yordamida poytaxt maqomini olgan? 
Javob : Samarqand 
Izoh : Afsonaga ko�ra Amir Temur poytaxt tanlashda ikkilanib qoladi,shunda uchta qo�yni so�yib har birini alohida shaxarlarga-Toshkent,Samarqand,Buxoroga jo�natishni buyuradi. Uch kundan so�ng Toshkent va Buxorodagi g�o�shtlar buziladi(ayniydi),Samarqanddagisi esa barraligicha qoladi.Shunga qarab poytaxt Samarqandga ko�chiriladi.
Savol : XV asr oxirlarida ko’plab ispan yevreylarini xristian cherkovlariga borib qaytishganidan so’ng bu ishni qilganliklari uchun ayblashgan. Fizika soxasi bo’yicha Nobel lauriyati Adam Risning aytishi bo’yicha ko’plab yangi g’oyalar unga shu ishni qilayotgan vaqtda kelar ekan. Qanday ish haqida gap ketmoqda? 
Javob : Yuvinish 
Izoh : 1492-yilda Ispaniyada yevreylarni xristian diniga o�tkazish haqida qonun qabul qilinadi,bu dinga o�tmaganlar esa qonundan tashqarida hisoblangan. Evreylar majburlikdan cherkovga borishgan,u yerda muqaddas suv tanalariga tekkani uchun uyga kelib yuvinishgan. Riss esa yangi g�oyalar menga ko�pincha yuvinayotganimda keladi deydi,huddi Arximed kabi.
Savol : Yaqinda Neapol arxiepiskopi shunday qarorni e’lon qildi,unga ko’ra mafiya a’zolari cherkov marosimlarida qatnashishlari taqiqlanadi. Ularga yana to’ylarda guvox sifatida bo’lish va eng qiziqarlisi U ishni qilish ham taqiqlangan. Qanday ish? 
Javob : Cho�qintirish (Cho�qintirgan ota bo�lish) 
Savol : Rimlik xarbiy qo’mondon Marsell o’zining jangovor harakteri va dovyurakligi bilan ajralib turgan. Boshqa bir xarbiy qo’mondon Kvint Fabiy Maksim esa o’zining ehtiyotkorligi va sabrliligi bilan nom chiqargan. Shuning uchun Plutarxning guvoxlik berishicha rimliklar Marsellni “X”,Maksimni “Y” deb atashgan ekan, “X va Y” nomli film 1968-yilda ekranlashtirilgan. Shu film nomini ayting? 
Javob : Qalqon va qilich 
Savol : 1773-yilda Fransiyada bir ajoyib soch turmagi urfga kirgan. Bu soch turmagining asosiy jihati yengil matodan uzun dum qilib ishlangan. Bu soch turmagining paydo bo’lishiga “X” sabab bo’ldi. “X”ni ayting? 
Javob : Kometa 
Izoh : Sharl Messening yozishi bo�yicha 1772-yilda uzun dumli kometani ko�rishgan,bu Bieli kometasi edi.
Savol : Ular haqida hujjatli film tayyorlagan muallifning fikrini eshiting: “ Ularning ikki tomoni bor: ochligini bildiradigan,ketishini ifodalovchi qora tomoni va oq,-ularning to’qligini va qaytayotganligini bildiruvchi tomoni”. Ularni ayting? 
Javob : Pingvinlar 
Izoh : Pingvinlarning orqa tomoni qora oldi tomoni esa oq. Ota-Ona pingvinlar ov qilgani okenga ketishadi va yegulik bilan qaytishadi. Bolani boqishdi Otaning ham Onaning ham vazifasi bir xil.
Savol : Ruschaga tarjima qilingan Piter Akroid asarining unchalik ma’lumotli bo’lmagan qahramonlaridan biri menga, vino,voda(suv),viski olib keling deydi. U bu gapi bilan kimgadir o’xshashga xarakat qiladi. Kimga? 
Javob : Yuliy Sezar 
Izoh : U Sezar g�alabdan so�ng shunday degan deb o�ylaydi.Veni,vidi,vici.
Savol : Hozirgi kunda uning 50 dan ortiq turi mavjud.Masalan:”chuvalchanglar”,”otlar” va h.k. Evgeniy birinchi bo’lib ular bilan 1989-yildan to’qnash kelgan va ularning ashaddiy dushmaniga aylangan. Hozirda Evgeniy “Ford”,”Nokia” kabi katta kompaniyalar bilan doimiy hamkorlikda. Evgeniyning familyasini ayting? 
Javob : Kasperskiy 
Savol : Bir yil davomida Sena daryosi bo’ylarida “X”lar soni bir necha yuztaga ortayotgan bir paytda “Y”lar suvda ko’payib bormoqda ekan. Hukumat fikriga ko’ra “X”lar shaxarning tashqi ko’rinishini buzmoqda. “X” va “Y”ni ayting? 
Javob : Qulf va kalit 
Izoh : Parijdagi ko�prikka sevishganlar sevgi ramzi sivatida qulf ilib,kalitini suvga otishlarini hammangiz bilsangiz kerak
Savol : ??????? ????? ?????. ????? ???. ???? ??? ??? ?????. ?????? ????? ????????. ???. ???-??????? ??? ???????? ????????. Qarshingizda ular. Ularni ikki so’z bilan ayting? 
Javob : Olti Napaleon 
Izoh : Yuqoridagi ismlar Banopartlar avlodiga tegishli. Artur Konan Doylning �Olti Napaleon� asariga allyuziya edi
Savol : Sergey Rogojkinning “Kukushka”filmida,fin soldati urush tugaganini sovet soldatiga tushuntirish uchun 1929-yilda Parijda yakunlangan asarni tilga oladi. Qaysi asar? 
Javob : Alvido,qurol 
Izoh : Ernest Xemenguey
Savol : Nikolay Fomenkoning hazilini davom ettiring: “ Napoleon o’zining “X” ekanligini bilganidan so’ng jinni bo’lib qoldi. “X”ni ayting? 
Javob : Tort (Konyak) 
Savol : Zimbabvega borgan chet elliklar bir narsadan hayron qolishar ekan: aborigenlar,agarda restoran yoki kafelarga kirgudek bo’lsalar ovqatlarni juda tez hatto chaynamasdan ham yeyishar ekan. Buning sababini ular bitta so’z bilan tushuntirishadi. Qanday so’z? 
Javob : Inflyatsiya 
Izoh : Zimbabveda inflyatsiya yiliga 2 million foizni tashkil qilar ekan. Bemalol o�tirib ovqatni yeb bo�lguningcha uning narxi oshib ketishi mumkin
Savol : Hokku: Yana Bahor! Eriyotgan sumallakka o’xshaydi ”X”. “X”ni ayting? 
Javob : So�roq belgisi 
Savol : Bir kinotanqidchining aytishi bo’yicha U allaqachon “buyuk derjavaning elchisi”ga aylanib ulgurgan. Bir safar “Tayms” jurnalining muqovasidagi karikaturada U Iso ko’rinishida tasvirlangan ekan. 12 yil oldin esa Uning 70 yilligi katta tantana bilan nishonlandi. Bir gurux amerikalik talabalar madam Tyusso muzeyini sayr etishar ekan, Uning mumdan yasalgan egizagini uchratmaganliklariga hayron bo’lishadi. Siz menga gap kim haqida ketayotganini ayting? 
Javob : Mikki Mouse 
Savol : Yapon tilida “furu”ning ma’nosi “eski”, “sato”-“qishloq”degani. “Furusato” so’zining ikki ma’nosi bor. Ulardan biri yuqorida aytilganidek “eski qishloq”. Siz menga yana qanday ma’no anglatishini ayting? 
Javob : Vatan, Ona yer, Tug�ilgan joy 
Savol : Anton Popovning marketingga ba’gishlangan kitobida, avtomobillarni ijaraga beradigan kompaniyaning g’aznasi(kassa) yonida bir simmetrik “X” turgani haqida aytiladi. Kelgan mijoz bu “X” bilan bir ish qilishi mumkin. Agarda ma’lum bir vaqtda sizga xizmat ko’rsatishmasa, olgan moshinangizning birinchi kuniga ijara puli to’lamaysiz. “X”ni maxmal aniqlikda ayting? 
Javob : Qumsoat 
Izoh : Bu qumsoatda shunday yozuv bor �Qumsoatni ag�daring, agarda qumlarning hammasi to�kilib bo�lmaguncha biz sizga xizmat ko�rsatmasak,moshinaning birinchi kuniga ijara pili olinmaydi.
Savol : BLITS: Andrey Knishevning “Bu ham kitob” jamlanmasida mashxur greklar hayoti haqida qiziqarli faktlar keltiriladi. 1. “Uning “Uy”idagi teshikdan ko’zlari ko’rinib turar edi”deganda kimni nazarda tutgan edi? 2. “mEE bUyuu nOOqmaN” degan ibora kimga tegishli? 3. Bir tanqidchi undan yangi yozgan biror nimasidan o’qib berishini so’raydi. U esa javob o’rniga tilini ko’rsatib ketib qoladi. Kim haqida gap ketmoqda? 
Javob : 1. Diogen 2. Demosfen 3. Ezop 
Izoh : 1-Teshik bochkada edi. 2-Demosfen og�zini toshchalarga to�ldirib�mEE bUyuu nOOqmaN� � �Men buyuk notiqman�degan. Men ham og�zimni gorox va moshga to�ldirib aytgan edi yuqoridagi tovushlar paydo bo�ldi(savolni BAZAdan olyapti deydiganlarga�tarjima qilish ham oson ish emas, mosh va goroxni og�zimga solib 15 minut yurdim, tilim uvilib ketdi). 3-Ezop doim achchiq haqiqatlarni masal ko�rinishida yozgan. Shundan o�sha davrda �Ezop tili�degan atama kelib chiqqan deyishadi.
Savol : “Toonbox” studiyasi ishlagan bir multfilimda ulardan biri endi Xudoni ko’raman deb xursand bo’ladi. Ikkinchisi esa “Xudo mavjud emas”deydi. Lekin aslida ular deyarli bir sutka birga bo’lishgan bo’lsa ham bir-birlari bilan umuman gaplashishmagan. Ularni ayting? 
Javob : Belka va Strelka 
Izoh : Belka va Strelkaning koinotga sayoxati deyarli bir sutkani tashkil qilgan edi
Savol : Ioxim Festning yozishi bo’yicha, Gitler o’z nutqini boshlaganida ULARning ovozi birdan tinib qolardi. Sharl de Koster esa har xil boshkiyimlarnni ta’riflayotib, boshida ULARni ko’tarib yurgan mashxur bir afsonaviy qirolni eslab o’tadi. ULARni ikki so’z bilan ayting? 
Javob : Pivo krujkalari 
Izoh : Bilasizki Gitler o�zining notiqligini pivoxonalarda boshlagan. Pivoni ixtori qilgan deb hisoblanuvchi Gambrinus boshida pivo krujkalarini ko�tarib yurgan deyiladi
Savol : Buning har xil usullarini Silvetr,Govard,Shefer,Nilsenlar taklif qilishgan: Natijada bu tufayli minglab insonlarning hayoti saqlanib qolgan. Bu ishni maxsus qurilmalar(apparat) yordamida ham bajarish mumkin. Nima haqida gap ketmoqda? 
Javob : Sun�iy nafas berish 
Izoh : yuqoridagi insonlar kabi sun�iy nafas berish usullari mavjud
Savol : O’tgan asrning 80-yillarida Yevropada “X”ning 535 tonnasi qayta ishlangan edi. Qayta ishlangan “X”ning 40% pichoq ishlab chiqarishga, 26% har xil sovg’alarga, 21% musiqiy anjomlar(instrument)ga , 13% esa bir o’yin ushun ishlatilar edi. Qaysi o’yin uchun ishlatilar edi? 
Javob : Biliard 
Izoh : Gap fil suyagi haqida ketayotgan edi. Billiard sharlari fil suyagidan yasalgan
Savol : Bu xitoycha so’z 4 qismdan iborat: “gun”(umumiy), “chan”(mahsulot), “chju”(ho’jayin), “i”(etika). “gunchanchjui” so’zini tarjima qilib ko’ringchi (bir so’z bilan)? 
Javob : Kommunizm 
Savol : London ko’chalari. Ota va yosh bolakay birga ketishmoqda. Bolakay: -Dada, bu amakilar nima uchun QAMALGAN? -Bu amakilaringni QAMOQdan bir ixtirogina qutqaradi hali. Lekin yaratilganidan 35 yil keyin. Gap nima haqida ketmoqda? 
Javob : Uyali aloqa vositasi , Mobilnik 
Izoh : QAMOQ deganda-telefon butkasi nazarda tutilgan edi, bilasizki mobilnik 1949-yili yaratilib, 75-yillarda ommaga taqdim etilgan
Savol : Ular – ko’p asarlarning qahramoni. Bogemiyada tug’ilgan rassom - kubistning rasmida uning tana qismlari to’g’ri to’rtburchakli konturlardan iborat edi. Bu mehnatsevar rassomning familiyasini ayting 
Javob : Chapek 
Izoh : Yozef Chapek robot so’zini o’ylab topgan va uni akasi Karelga ko’rsatgan. Chex tilida robot – og’ir mehnat. Bogemiya – Chexiyadagi viloyat
Savol : Nyu Jersidagi shaxarchada qirg’oqlarning yemirilishi oqibatida ular ko’chalarga chiqib qolishdi. Bir spektaklda aktyor uzun mato bilan dengizga qayta tashiyotganini tasvirlaydi. Bunda aktyor bir qiyofani gavdalantiradi. Bu spektaklda qaysi pyesa qo’yilgan edi ? 
Javob : Chol va Dengiz 
Izoh : ular – akulalar. 2012 – yilgi tornado oqibatida Brigantin ko’chalariga chiqb qolishadi. 
Savol : Angel Karalichev asari qahramonlaridan biri o’ziga bino qo’ygan nozigoyimni noqulay ahvolga solmaslik uchun hamma o’zini chetga olardi. Voqealarning birida u boshiga suv to’kilib ketganidan keyin safdoshlari qatoriga qayta olmadi. Bu qahramonni ayting. 
Javob : Gugurt 
Savol : Bolaligida qo’shiqchi Polin Gagarin do’mboqroq bo’lgan va buvisi bilan yashagan. O’z ijodi davomida doimo prodyusserlari bilan yonma yon yurishga harakat qilgan , faqat hiylagar Konstantin Meladzedan boshqa. Meladze familiyasi tarjima qilinganda aynan shu ma’noni bildiradi. Qanday ? 
Javob : Tulki 
Savol : Nikolay Radoshanskiyning yozishicha , 19 – asr Moskva opera teatrlarida tez tez kassa tirbandligi yuzaga kelib turgan. Ammo teatrdagi chaqqon hodimlar bu vaziyatni tez tuzata olishgan. Biz chaqqon hodimlar so’zi bilan qaysi bir so’z bilan almashtirdik. 
Javob : Ofitsiantlar 
Savol : Fridrix Neznansning romanida AQSH lik fuqaro bir amerikalikni o’ldirish uchun rus zabon shaxarga keladi. Bunda u bir narsadan foydalanadi. Agar u uning kurtka va ko’ylagida joylashmagan bo’lsa , quroli qayerda joylashgan edi ? 
Javob : Kapalaknusxasi bo’yinbog’ida 
Savol : Odatda ular el orasida obro’ e’tiborli , tag – tugli , oqilu fozil kishilardan tanlab olingan. Chunki ularning vazifasi og’ir , ma’suliyatli, gap so’zlari mantiqli , ishonarli , tosh bosadigan , zalvorli bo’lmog’I lozim.Ular ishiga ko’ra ikkita hayvon nomidan foydalanishadi. Ular kimlar ? 
Javob : Sovchilar 
Izoh : Sovchilik natijasiga ko’ra bo’ri yoki tulki deb qaytishadi
Savol : Dante “Mahshargoh “ pyesasidagibir qo’shiqda 515 nomli ilohiy vakilni eslab o’tadi. Tekshiruvchilar bu sonni so’zga aylantirishadi , natijada bu bir 20 – asrda yashagan insonning biografiyasining nomiga to’g’ri keldi. Kimning ? 
Javob : Benito Mussolini 
Izoh : Rim rqamlarida 515 - DXV bo’ladi. Agar uni harflarini o’zgartirsak , DVX yoki DUX ga aylanadi. DUX – bu rahnamo degani. 1926 –yili uning muxlisi Margarita Sarfatti uni shunday nomlaydi.
Savol : Halqaro kosmik stansiyada bu ishni qilish uchun alohida astronavt ajratilgan. Faqat unga himoya ko’zoynagi va dastaki pilesos kerak bo’ladi. Bu ishni qilish so’zi bilan qaysi ikki so’zni almashtirdik ? 
Javob : Lampochka almashtirish 
Savol : Kompozitor Daniel Krouford 1880 – 2012 yil ma’lumotlarini to’plab kompozitsiya yaratdi. Siz bu qo’shiqning oxirini eshitgansiz. Bu kompozitsiya nimaga bag’ishlanganini 2 so’z bilan ayting. 
Javob : Global isish 
Izoh : U quyi notalar bilan past temperaturalarni va sovuq yillarni , yuqori notalar bilan issiq yillarni ifodalaydi
Savol : Britaniya muzeyida Maputuda Angliya uchun tayyorlangan “ Qurolli taxt “ nomli eksponat bor. Bunda bir ramziy ma’no ham bor. Bu taxt nimadan tayyorlanganini aniq ayting 
Javob : AK – 74 
Izoh : Maputu – Mozambik poytaxti. Mozambik gerbida avtomat Kalashnikov tasvirlangan
Savol : 1985 – yil yaratilgan mashhur asarda enaga Janna Byussi o’zining doimiy qiladigan ishini bajarishni rad etadi. Bunga sabab qilib esa , chaqaloqning boshidan karamel isi kelayotganini aytadi. Bu romanni toping 
Javob : Parfyumer 
Izoh : Jan Batist Grenuy o’zining hidini farqlay olmay qoladi
Savol : 1903 – yili film tomoshabinlari bu ishni birinchi marotaba ko’rishdi. Filmning oxirgi kadrida bosqinchi bu ishni qiladi. Kim bu ishni 1962 – yildan qilishni boshladi ? 
Javob : Bond 
Izoh : Bosqinchi huddiki guvohlarni o’ldirganday qilib , oxirida kameraga qarata bu ishni qiladi. Bond esa har film oxirida bu ishni qiladi.
Savol : Uni olimlar sakkiz qo’l oyoq va yana tirsak bilan tizzalarning jangi deb atashadi. Unga Twins firmasi tomonidan maxsulotlar ishlab chiqariladi. Uni ikki so’z bilan ayting. 
Javob : Muay Tay 
Izoh : Taycha boksda tirsak va tizzalardan ham foydalaniladi. Twins – Siam egizaklariga ishora edi.
Savol : Katenachcho yaratuvchilaridan biri Annibale Frossining mashxur iborasini tinglang : Ideal futbol uchrashuvi 0 : 0 hisobi bilan tugaydi. Agar mening jamoam bilan bu xodisa ro’y bersa, men hech ikkilanmay maydondagi futbolchilarga qarata uni otaman. Nimani ? 
Javob : Ko’zoynak 
Izoh : 0:0 hisobi ko'zoynakni eslatadi
Savol : Norvegiyaning 70 – yillari avlodini norveglar X avlodi deb atashadi. Chunki ota onalar bolalarni ko’chalarda o’ynashlari mobaynida ko’chalarni tozalashlarini kuzatadi. Buni bolalar bir sabab tufayli qilishadi. Siz menga X ayting. 
Javob : Kyorling 
Savol : Cherchilning so’zlariga qaraganda , bu ayol jinoyatlar bilan hammaga ma’lum Lukretsiy Borjiaga qaraganda ko’proq ishlab topdi. U kim ? 
Javob : Agata Kristi 
Savol : Bu lauretlarni vaqtning o’zi ko’rsatadi. Birinchi bo’lib unga 1927 – yili Charlz Lindberg sazovor bo’lgan. Lauretlar orasida Maxatma Gandi , Martin Lyuter King , Cherchil , Gorbachov , Stalin va hattoki Den Syapin ikki marotaba sazovor bo’lgan. Bu qanday sovrin ? 
Javob : Amerika jurnali taym tomonidan beriladigan yil kishi sovrini 
Savol : Uni 1940 – yili Yaponiyada ko’rishimiz kerak edi. Yaponiya uni Xitoy bilan bellashuvda olgan edi. U keyinchalik Finlyandiyaga berildi. Xullas Finlyandiya uni 1952 – yili qabul qildi, Yaponiya esa 1964 - yilga kelibgina. Aynan nima ? 
Javob : Yozgi Olimpiada o’yinlari 
Savol : Amerikalik qiz 1914 – yili BBS polkovnikiga turmushga chiqdi. 1920 – yil ularning oilasida kichkina belgiyalik tug’ildi. Uni kim deb nomlashdi ? 
Javob : Erkyul Puaro 
Savol : Agata Kristining aytishicha , u erini bekorga tanlamagan , boshqalardan farqi bor. Eri Agata qancha yoshi o’tishi bilan uni ko’proq yaxshi ko’ra boshlar ekan. Uning erini kasbini toping. 
Javob : Arxeolog 
Savol : Mashxur fiziolog Pavlov aytishicha , bu odamlarda maqsadlarga nisbatan reflekslar yuqori rivojlangan. Qiziqarlisi ularda jinoyat qilishga tayyorligi bilan ajralib turishadi. Bu odamlarga misol qilib , Petrarka , tita Ruffo , Uinston Cherchil ni olsak bo’ladi. Savol shunday ular kimlar ? 
Javob : Kolleksionerlar 
Savol : So’nggi 100 yildagi parnik effektiga sabab bo’layotgan havodagi karbonat angidrid miqdorini o’rganish oson ish emas. 1958 – yilga kelib Los Alamos laboratoriya hodimlari buni yo’lini topishdi. Buning uchun ular muzeyga murojaat qilishgan. Qanday qilib buni uddalashgan ? 
Javob : Buning uchun ular muzeydagi germetik yopiq jismlarni – masalan teleskop , mis tugmalarni olishgan. Bularda eski havo saqlangan. 
Savol : Bu muzey eksponatining markaziy bo’lagi shvedlarning Burleng shaxrida , eng qiziqarli bo’lagi ham shvedlarning Falun shaxrida , eng uzoq qismi esa Avstraliyaning Melburn shaxrida joylashgan. Bu qanday eksponat ? 
Javob : Quyosh sistemasi modeli 
Izoh : Burlengda – quyosh , Falunda – yer , Melburnda – Proksima Sentavr
Savol : Madridda yangi muzey ochildi. Bu muzeyga butun dunyo shedevrlari – Eyfel minorasi , Ozodlik haykali , Moskva Kremli kabilar joylashtirilgan. Qiziq tarafi bironta joyida qo’l bilan tegilmasin degan yozuv yo’qligida. Nimaga ? 
Javob : chunki bu muzey maxsus ko’zi ojizlar uchun 
Savol : Yapon serjanti Shoichi Yokoi 2 – jahon urushida umuman qaynashmagan. U 1972 – yili yurtiga qaytib keladi. Unga bugungi kunda Guamda bitta muzey bag’ishlangan. Nima sababdan Yokoi bu yerda buncha mashxur ? 
Javob : U urush tugaganligini bilmagan. Guamda 1972 – yilgacha partizanlik uchun jo’natilgan edi. 
Savol : Dermaniyaning Dyusserdolf shaxri yaqinida 1996 – yil ochilgan bu muzey shiori shunday bo’lgan : “ U bizga yaqinroq bo’lgan “ Bu muzey qanday nomlanadi? 
Javob : Neandertallar muzeyi. 
Savol : Yaqinda Sidney bandargohiga bir eskiroq kema olib kelindi va tekshirishlardan ma’lum bo’ldiki , u bu kema Avstraliya milliy dengiz ro’yhatida doimiy turgan. Diqqat savol bu kemada qo’mondonlik qilgan odam qanday halok bo’lgan ? 
Javob : Kuk 
Izoh : Uni yeb qo’yishgan
Savol : Martning shu kunida Albert Enshteyn tug’ilgan. San Fransiskoda boshqa bir bayram har yili soat ikki bo’lishiga bir daqiqa qolganda boshlanadi. Bu bayramni toping. 
Javob : Pi soniga bag’ishlangan bayram. 3,14 159 PM 
Savol : Ikkinchi jahon urushi davrida yapon askarlari krevetkalarning quritilgan turidan foydalangan. Buning uchun ular avval ularni ozgina ho’llab, to’plab qo’yishgan. Nima maqsadda ishlatishgan ? 
Javob : Yorug’lik manbayi sifatida. 
Savol : 1924 –yili amerikalik Robert Le jandr uzunlikka sakrash bo’yicha 7.76 mert natija ko’rsatib , jahon rekordini qayd etdi , ammo yakunda hech kim unga yaqinlasha olmagan bo’lsa ham bronza medali bilan taqdirlandi. Nega ? 
Javob : Chunki u Pentatlonda qatnashgan. 
Savol : Qora olti n- Neft , Oq oltin – paxta , nima 2 – jahon urushi davrida kulrang oltin deb nomlangan ? 
Javob : Akula jigari 
Izoh : Unda A vitamini bo’ladi.
Savol : Ikkinchi jahon urushida nemislarni okkupatsiyasi vaqtida Daniyaliklar bunday odamlarni kelajaklari uchun , o’z nasllari uchun o’zlari himoya qilish sharti bilan olib qolishadi. Bu odamlar mamlakadagi oltin zahirasidan ham , olimlaridan ham kuchli darajada yashirib saqlangan. Ularni ayting. 
Javob : Egizaklar 
Savol : Platonning aytishicha , u hudolarning sevimli moddasi bo’lgan. Rimlik legionerlarga u bilan haq to’langan. U ikkinchi jahon urushigacha ayrim davlatlarda ichki pul vazifasini bajargan , masalan Efiopiyada. Bu nima ? 
Javob : Tuz 
Savol : Bu kitob ikkinchi jahon urushidan biroz vaqt o’tib yozilgan. Muallif unga nom qo’yish haqida uzoq o’ylagan . Uning oxirgi qismiga qo’l qo’yib , nomi uchun joy qoldirgan. Bu kitobga nihoyat nom qo’yilganidan ikki yil o’tib bosib chiqariladi. Bu qanaqa kitob va uning muallifi kim ? 
Javob : Jorj Oruell . “1984 “ 
Savol : Elzbet Shragmyuller 2 – jahon urushida nemis armiyasida josus bo’lib ishlaydi va tarixga Doktor Freylen nomi bilan kiradi. O’z shogirdlariga shunday degan :raqamlar va o’lchamlarni habar qilib aytmoqchi bo’lsangiz , yaxshisi raqamlarni shunday yozing. Qanday ? 
Javob : Shaxsiy harajatlar ko’rinishida 
Savol : Birinchi jahon urushida bu shaxarda odamlarni qurbon bo’lishi bo’yicha birinchi 3 ta o’rinni egallaydi. Britan – Kanada armiyasi bu yerda 60 mingdan oshiq qo’shinini yo’qotadi. Bu qaysi shaxar ? 
Javob : IPR 
Izoh : Bu yerda ilk bor kimyoviy qurol ishlatilgan. 
Savol : Birinchi jahon urushi davrida ular Britaniya harbiy zavodlarida ishlashgan va futbol jamoasiga asos solishgan. 1920 –yili ular uchun Sent elis firmasi homiylik qiladi. Bu o’yinlar davomida ular bilan bog’liq muammoalar vujudga keldi va match vaqtida uruslar bo’lib o’tadi. O’yindan so’ng Britaniya futbol federatsiyasi mutasaddilari ular bilan uchrashadi va futbol ular uchun mos emasligini aytishadi. Ularni ayting. 
Javob : Ayollar 
Savol : Ularni ko’pini biz har kuni ko’ramiz. Ikkinchi jahon urushi davrida AQSH armiyasi ular uchun fermalar tashkil qiladi. Chunki ular snayper avtomatlarning bir qismi to’liq bo’lishi uchun kerak edi. Ularni toping. 
Javob : O’rgimchaklar 
Izoh : optik mo’ljali uchun 
Savol : Bu inson 365 ta ixtiro va kashfiyotlar muallifi hisoblangan. Uning 1894 – yil qilgan 366 – ixtirosi uni abadiylashtirgan. Shu tufayli biz uni har yili kuzatamiz. Bu insonni ayting. 
Javob : Alfred Nobel. 
Izoh : Gap Nobel Mukofoti haqida bormoqda
Savol : Bu savolimiz induizm bilan bog’liq.Buyuk hind xudosi Bramning Hindistonning janubida joylashgan ibodatxonasida haykali bor. U bir ko’zi bilan Rossiyaga , bir ko’zi bilan Angliyaga qarab turibdi. Buning tagida bir ma’no bor. O’sha ma’noni topib bering. 
Javob : Uning ko’zlarida oldin olmos bo’lgan. Ulardan biri hozirda Angliya qirolichasi tojida , ikkinchisi esa Rossiyaning Olmos fondida saqlanmoqda 
Savol : Aleksandr Makedonskiy o’zining Hindistonga yurishlaridan so’ng Gretsiyaga xushtam – “xind tuzi “ ni olib keladi. Keyinchalik , o’rta asrlarda , dorixonachilar uni sotish mobaynida uning “ukropli” , “arpabodiyonli” , “ kashnichli” turlarini o’ylab topishgan. Napoleon uni o’rtacha miqdorda iste’mol qilish kerak deb aytib o’tgan. Bu nima ? 
Javob : Shakar(Shakarqamishli) 
Savol : Men so’ramoqchi bo’lgan narsa , xitoy imperatorida to’rt qavatli bo’lgan. Siam qirolida esa 7 qavatli, Yaponiya imperatorida qizil rangda, Abissina negusida 3 metrlisi Dagomeyada u 84 ta jag’lar va bitta kalla suyagi bilan bezatilgan. U hatto robinzon Kruzoda ham bo’lgan. Gap nima haqida ketmoqda ? 
Javob : Soyabon 
Savol : O’tgan asrning 30 – yillarida Xindistonda ish tashlash sodir bo’lgan. Ish tashlashlar odatda ularning yig’ilishi va namoyish o’tkazishi bilan sodir bo’lar edi. Bu ish tashlashda esa hech qanday yig’ilganlar va namoyishlar bo’lmadi. Kimlar ish tashlash e’lon qilishgan ? 
Javob : Musor yig’uvchilar. 
Izoh : Hindistonda past kastalilar bu ish bilan shug’ullanishadi.
Savol : Hirurgiyaning ilk kurtaklari Qadimiy Hindistonda vujudga kelgan. Ularning asosoy mijozlari sobiq jinoyatchilar bo’lishgan. Bu qanday soxasi ? 
Javob : Hindistonda jinoyatchilarini quloqlarini kesishadi. Bu bilan ular plastic jarroxlikning vujudga kelishida yordamlashib yuborishgan 
Savol : 1824- yili , bu inson hali 15 yosh ekanligida kashfiyotga qo’l urdi. Bu kashfiyot uning nomi abadiylashtirildi va bu kashfiyoti millionlab insonlarga foydasi tegmoqda. Atigi 2 yildan so’ng uning ixtirosi yordamida kitob bosilib chiqdi. Hozirgi kunda uning yordami bilan hattoki gazaetalar chiqarilmoqda. Kutilmagan savol , bu insonni yoshligi bilan bog’liq qanday voqea sodir bo’lgan ? 
Javob : U ko’r bo’lib qoladi. 
Izoh : Bu inson Brayl edi.
Savol : Bu predmetning kashfiyotchisi Platon bo’lgan. Bu predmet ikkita qismdan iborat edi. Yuqoridagisidan suv quyilganda , u pastki qismiga oqib tusha boshlaydi. Pastkisidan bu vaqtda havo ingichka trubka orqali fleytadan o’ta boshlaydi. Buning natijasida fleytadan ovoz chiqa boshlaydi. Aminmanki, bu predmetning analogidan chiqgan ovozni hammangiz bir necha yil oldin eshitgansiz. Platon nimani kashf etgan ? 
Javob : Maktab qo’ng’irog’i 
Savol : Braziliyalik futbolchi Edmundoning Fiorentina klubi bilan tuzgan shartnomasining bir bandiga ko'ra , klub uni har yili bir vaqtda bir necha kunlarga vataniga borib kelishi uchun qo’yib yuborishi kerak edi. Edmundoning bir necha muhim uchrashuvlarini o’tkazib yuborishiga sabab bo’lgan maqsadni topib bering. 
Javob : U bu vaqtda Rio de Janeyrodagi karnavalda qatnashar edi. 
Savol : Meksikada bo’lib o’tgan jahon chempionatini qari futbol muxlislari yaxshi eslashadi. SSSR va Vengriya terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda Bessonov vengrlar darvozasiga 3 ta gol urib xet trikka erishadi. O’yindan so’ng 17- asr o’rtalarida sport musobaqalarida 3 talik natijaga erishgan o’yinchilarga beriladigan bir narsa Bessonovga ham sov’g’a qilinadi. Nima aynan ? 
Javob : Shlyapa 
Izoh : Xet- trik – Shlyapa bilan tryuk ma’nosini beradi
Savol : Koventri stadioni tribunalarida sodir bo’layotgan tartibsizliklarga sabab bo’layotgan tomoshabinlarni aniqlash maqsadida politsiyachilar yashirin kamera o’rnatishadi. O’tkazilgan bu ish samara bermadi. Bunga sabab muxlislar bunga qarshi xiyla o’ylab topishadi. Bu xiylaga sabab Koventrida bo’layotgan bir tadbir edi. Qanday tadbir ? 
Javob : Karnaval 
Izoh : Ishqibozlar stadionda karnaval niqoblarida tashrif buyurishadi
Savol : 30 yil oldin Yevropada bir record qayd etildi. 2006 – yil Tomas Dold bu rekordni yangilashga muvaffaq bo’ldi. Buning uchun u 86 ta birinchini yoki 1576 ikkinchini zabt etgan. Birinchi va ikkinchini toping. 
Javob : Qavatlar va Zinalar 
Savol : Sayohatchi Stomaxin qiziq voqeaning guvohi bo’ladi : kuzatishlariga qaraganda , Garizendning bir tomoniga hech kim avtomobilini qo’ymas ekan. Garizendning mashxur o’xshashi qayerda joylashganini toping. 
Javob : Piza shaxrida 
Izoh : Bolonyadagi Garizend minorasi ham bir tomonga og’ib qolgan. O’sha og’gan tomoniga hech kim avtomobilini qo’ymas ekan
Savol : Arab ko’rfazida ular akvalanglar uchun katta muammo tug’dirishgan. Shulardan biri esa Rossiyada qo’shiqchi. Ularni ayting.  
Javob : Delfinlar 
Savol : Bu milliy sport turini jahon sporti deb tan olishganiga ko’p bo’lmadi. Ilgarilari bu sintoizm dini marosimlarining bir qismi hisoblanar edi. Bu sport turidagi eng yuqori unvon qanday atalishini toping.  
Javob : Yokodzuna 
Izoh : bu sumo edi. 
Savol : Olimlar ichki quloqni tekshirish mobaynida uni juda chalkash yo’llardan iborat ekanligini ko’rishdi. Uni nimaga o’xshatishadi.  
Javob : Labirint 
Savol : Ommetr barchaga tanish bo’lgan o’lchov qurilmasi hisoblanadi va ortiqcha reklamaga muxtoj emas. Elektr sxemalarda standart bo’yicha uni qaysi ikki xarf bilan belgilashlarini toping. 
Javob : PR (Pi – Ar ) 
Savol : Angliyada bunday odamlarni ONFA deb atashlari mumkin. Bu yerda F harfi ‘’fixed’’ ma’nosini beradi. Ruslarda bu abrevatura qanday ?  
Javob : BOMJ 
Izoh : Inglizchasiga of no fixed abode , ruschasiga esa 
Savol : Samuel Marshak faoliyati davomida ayrim she’rlariga “ 1616 – 1949 “ nomini bergan. Qanday turdagi sherlarga u bu nomlarni bergan. 
Javob : Sonetlarga 
Izoh : Marshak Shekspir sonetlarini tarjimasi bilan shug’ullangan. Sherlari ham “ Men Shekspir sonetlarini tarjima qildim” deb boshlagan. 1616 – yil Shekspir vafoti. 
Savol : Ispaniya 1582 – yil , Shvetsariya – 1584 – yil , Prussiya – 1610 –yil , Buyuk Britaniya – 1752 –yil , Yaponiya – 1873 – yil grigoriy kalendariga o’tdi. U esa 1867 – yil. Uni ayting. 
Javob : Alyaska 
Izoh : Dastlab Rossiya tarkibida yuliy , AQSH takibiga o’tgach esa grigoryanga o’tgan
Savol : Mikropsiya – bu psixologik buzilish va bu kasallikda insonga narsalar haddan tashqari katta yoki haddan tashqari kichik bo’lib ko’rinadi. Bu kasallik shuningdek sindrom … deb nomlanadi. Qanday ? 
Javob : Alisa mo’jizalar mamlakatida. 
Savol : 1. Xokku Bo’ronni uyg’otib soqoling bilan , Qayg’urarsan X kirdi deb. Kim senga bag’ishladi jon ? Xokkuni 2 ta so’z bilan tugallang.  
Javob : Kech kuz 
Savol : 70- yillarda Parijda Boris Posternakning judayam ingichka qog’ozda , lekin juda aniq ko'rinishli kichik formatdagi “ Doktor Jivago” romani nashr etildi. Bundan maqsad nima edi ?  
Javob : Sobiq Ittifoqda bu kitob taqiqlangan bo’lgan va bu yerga olib o’tish uchun shu yo’l o’ylab topilgan. 
Savol : Yaponiyaning avtokonsernlaridan biri nafaqat mavjud mijozlari , balki , kelajakdagi mijozlari haqida xam qayg’uradi . ,,Tokio Toy Show” ko’rgazmasida bu konsern ular uchun xam avtomobil ishlab chiqardi . Kimlar uchun? 
Javob : Bolalar uchun 
Savol : 1934 – yilda chop etilgan bu asar asosida ishlangan kompyuter o’yinida siz personajlarning barmoq izlarini olishingiz , qordagi izlarni o’rganishingiz , hatto qo’lingizga stakan olib , qo’shni kupelardagi suhbatlarni bildirmay eshitishingiz mumkin. Bu asarni toping. 
Javob : Sharqiy ekspressdagi qotillik. 
Savol : Nemislar bunday vaziyatda obrazli qilib aytganda “ Chamadonlarini yig’ishtirishni boshlaydi “ . Ruslar esa bunday vaziyatda kesishni boshlaydi. Aynan nimani ? 
Javob : Haqiqatni 
Izoh : gap ochiqchasiga to’g’ri gapirish haqida ketmoqda
Savol : Sherlok Holms o’rta asrlardagi ushbu nazariyaning tarafdorlaridan bo’lgan. So’rovlar natijasiga ko’ra , Germaniyaning Allens Baxe shaxridagi axolining 11 % ham bu nazariyaga ishonishar ekan. Holbuki bu nazariya 1543 –yil rad etilgan. Kim tomonidan rad etilgan ? 
Javob : Kopernik 
Izoh : Bu geosentrik nazariya haqida edi.
Savol : Turkmanlarda tarjimasi qiziq Besser nomli qizlar ismi bor. U yetarli ma’nosini anglatadi. Tasavvur qiling siz turkmansiz va siz qizingizga Besser ismini qo’ydingiz. Nima maqsadda ?  
Javob : Navbatdagi farzand o’g’il tug’ilsin deb 
Savol : O’rta asrlarda bir romanida ritsar qasrni himoya qilishiga to’g’ri keladi. Lekin o’zining qalqoni bo’lmaganligi uchun , qasrda topgan bu narsadan o’ziga qalqon sifatida foydalanishga majbur bo’ladi. Versiyalardan biriga ko’ra , uning tasviri tushirilgan qalqonni bir respublika gerbida ko’rishimiz mumkin. Bu mamlakatni toping. 
Javob : Xorvatiya 
Izoh : Bu shaxmat doskasi edi
Savol : Bu poytaxtning gerbida quyidagilar tasvirlangan. Yuqorida bir binoli qal’a , pastda uch binochali qal’a , ushbu qal’alarni oq to’lqinsimon chiziq ajratib turadi. Bu qaysi shaxar ?  
Javob : Budapesht 
Savol : Siz menga qaysi ikki mashxur AQSH prezidentlarini nomi avtomobil markalari nomi bilan atalishini ayting.  
Javob : Linkoln va Ford 
Savol : Agar siz Moskvaga yo’lingiz tushsa albatta Chaykovskiy yodgorligini ziyorat qiling. U yerda sizni albatta Chaykovskiyning atrofidagi qayinlar diqqatingizni tortadi. Aytingchi u yerda nechta qayin bor. 
Javob : 7 ta 
Izoh : Notalar sababli shuncha ekan.
Savol : Hozirgi kunga kelib har ikki fransuzdan biri ota –onalari bilan 24 yoshgacha yashashar ekan. Bunday avlodni olimlar bir termin bilan atashmoqda. Ular bunday fransuzlarni qaysi jonzot bilan tenglashtirilmoqda ?  
Javob : Kenguru 
Savol : Biz aytayotgan birinchi shaxar Nil daryosi yaqinida joylashgan . Xuddi shu nomli ikkinchi shaxar Misisipi daryosi yonida . Siz ikkalasini umumiy nomini ayting? 
Javob : Memfis 
Savol : Internetda shunday sayt bor : liberte.newmail.ru . Bu sayt yuklanish vaqtida bir musiqa yangray boshlaydi. Aynan qaysi musiqa ? 
Javob : Marseliza 
Savol : “Ajoyib insonlar xayoti “ kitoblar seriyasining katta qismida , odatga ko’ra kitob nomida ism va familiya yozilgan. Mixail Filinning XVIII asrda yashagan oddiy ayol haqidagi kitobda esa kitob nomida ism va qahramonning otasining ismi keltirilgan. Kitob kimning xayoti to’g’risida yozilganini toping.  
Javob : Arina Rodionovna 
Izoh : Pushkinning enagasi.
Savol : O’yinimizni davom ettiramiz. Taniqli psixologlarning fikricha , insonning hamma aktiv faoliyati uchta narsani o’z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchisi : ish va o’quv jarayoni . uchinchisini siz ayting.  
Javob : O’yin 
Savol : Bir nemis firmasi Internetga a’zo bo’lishning yangi usulini topdi. Agar siz internetga kirmoqchi bo’lsangiz , parol terib o’tirish shart emas. Buning uchun bir dona tugmachani bossangiz kifoya. Bu tugmani vazifasi qanday ?  
Javob : Barmoq izini yozib olish. 
Savol : Bu iyeroglifda X va tetiklik so’zlari uchun bir xil belgi qo’llaniladi. 
Javob : choy 
Savol : Versaldagi qirollik saroyidagi bir xonaning burchagi ip bilan ajratib qo’yilgan. Hozirgi kunda ham ushbu burchak ip bilan ajratib qo’yilgan va burchakka sayyohlar kirishlari mumkin. Nega burchak ip bilan ajratib qo’yilgan. 
Javob : Ushbu ip qirol va uning oilasi ovqatlanayotganda oddiy xalq yoki mehmonlar tomosha qilishi uchun chegara bo’lishi uchun tortib qo’yilgan. 
Savol : 1. Xokku Sochi yoyiq X Uyimga ketolmasdan , Mixlanib qoldim uzoq. X ni ayting. 
Javob : Majnuntol 
Savol : Dizaynerlarning fikricha , bunday qadoqlar sigaret qutilaridagi “ chekish sog’liq uchun zarar “ yozuvidan qolishmaydi . 
Javob : Tobut ko’rinishidagi qutilar. 
Savol : Italiyaliklarning aytishicha , aktrisalar orasida baletdagilarga qiyin ekan. Chunki ular doim shu ishni qilishga to’g’ri keladi. Turgenevning asarida kim bu ishni doim qilgan ? 
Javob : Gerasim 
Izoh : Balet aktrisalari doim sukut saqlab , gapirmasliklari kerak. 
Savol : Zimbabvelik professor Gorley “ Bu daxshatni yo’qotish uchun qit’adagi barcha jonivorlarni qirib tashlash kerak. Mana shundan keyin unga yemish qolmaydi va u ham yer yuzidan yo’q bo’ladi “ degan edi. Savol qaysi jonzot ? 
Javob : Tsetse pashshasi. 
Savol : Har yili sentabr oyida Braziliyada harbiylar mamlakat xududiga noqonuniy yo’l bilan kelib qolgan migrantlarni qaytarib olib kelishadi. Qiziq tomoni shundaki , ushbu jinoyatchilar Braziliyaga o’ziga xos va deyarli vayron bo’lgan kemada suzib kelishadi. Ularni toping. 
Javob : Pingvinglar 
Savol : Ma’lumotlarga qaraganda , Angliyada har haftada bitta o’rtacha barmen aynan mana shu sabab tufayli vafot etadi. Bu yerda alkogolning aloqasi yo’q , shunchaki barmenlarning ish faoliyati bilan bog’liq vaziyat. Sabab nimada? 
Javob : Passiv chekish tufayli. 
Savol : Dunyodagi eng ko’p SMS xabarlarni yaponlar yuborishadi. Bu yaponlarning madaniyatiga bog’liq deyish mumkin. Yaponlar nimadan qo’rqib telefonlaridan xabarni ko’proq yuborishadi. 
Javob : Qo’ng’iroq bilan boshqa insonni bezovta qilishni xohlamasliklari sababli 
Savol : Dunyoda bir ulkan o’simlik mavjud bo’lib , u xatto sichqon va kalamushlarni yeb , ularning tishlari va suyaklarini hazm qilishga qodir ekan. Siz menga uning nomini emas , uning ichiga tushgan hayvon asosan nimadan vafot etishini ayting. 
Javob : Ochlik 
Savol : Amerika dollari Xitoy tilida ikkita iyeroglif bilan yoziladi. Birinchisi “ Mey “ deb o’qiladi va Amerika Qo’shma SHtatlari degan ma’noni bildiradi. Ikkinchi iyeroglif qanday o’qiladi ? 
Javob : Yuan 
Izoh : Xitoyliklar yuan deb faqat o’zlarining emas , hamma valyutani atasharkan.
Savol : 1895 – yilda Vaslav Laurin va Klimentlar velosiped brendiga asos solishgan. 1920 – yilda ularning firmasini sotib olishadi va yirik kompaniyaga asos solishadi. Bu kompaniyani toping. 
Javob : Shkoda 
Savol : Mashxur Wolkswagen qo’ng’iz avtomobilining dastlabki modellarida oldi oynani tozalovchi qurilma (dvornik ) elektr bilan emas balki bosim bilan ishlagan. Savol : bosim kuchini qayerdan olgan ?  
Javob : Zaxira g’ildiragidan 
Savol : Mongoliyada dastlab u dastlab tuya va kibitka orasida joylashgan. Mongoliyalik ustalar uni puxtalik bilan yasashga harakat qilishgan. Savol : ustalar nimani yasashganini 2 ta so’z bilan ayting. 
Javob : Shaxmatdagi ot 
Izoh : Ko’chmanchilar albatta shaxmat figuralaridan otni tanlashgan. Bu yerda Kibitka – rux , tuya – fil.
Savol : ,,Hikmatlar saodatga yetaklar” kitobida aytilishicha yo’qligingda seni mudofaa qiladigan eng yaxshi himoyaching bu sening X ing . X ni toping? 
Javob : Axloqing 
Savol : Qadimgi Gretsiyada spartaliklar turli xil latifalar aytib yurishgan. Greklar fikricha spartaliklar 3 sababga ko’ra soch soqolini oldirmay yurishadi. Birinchidan, soch - soqol erkak kishini bezaydi. Ikkinchidan , tabiatga yaqin bo’lish uchun , uchinchi sababini ayting.  
Javob : Tekin bo’lmaganligi uchun 
Izoh : Greklar spartaliklarni xasis deb xisoblashgan
Savol : “ Xavfli sevgi “ nomli karikaturada X uzuk taklif qilyapti. Savol karikaturada nima tasvirlangan ? 
Javob : Granatalar 
Savol : Diqqat ruscha xarflarga e’ribor bering. 2 ta V , 2 ta P , 2 ta S . bu qatorda qolib ketgan uni ayting.  
Javob : CH 
Izoh : CH – Chetverg. Bu xafta kunlari edi.
Savol : Rossiyada birinchi temir yo’l ochilgandan keyin , odamlar poyezdga chiqishga qo’rqishgan. Ular poyezdni qo’rqinchli narsa deb o’ylashgan. Shundan keyin ma’muriyat bir qaror qabul qilganki , keyinchalik odamlar poyezddan qo’rqmasdan poyezdga chiqa boshlagan. Qanday qaror ? 
Javob : 3 kun davomida yo’l haqini bepul qilishgan 
Savol : Tadqiqotchilarning fikricha ularning kattalri kichiklariga qaraganda foydaliroq , ranglilari rangsizlariga qaraganda samaraliroq ekan. Ularni ayting? 
Javob : Platsebo , tabletkalar 
Savol : Bunday xolatning yuzaga kelishiga Bonanusning poydevorni tejamoqchi bo’lganligida deyishar ekan . Qaysi xolat? 
Javob : Qiyshayish , og’ish 
Izoh : Gap Piza minorasi xaqida ketayotgandi uni Bonanus Kompanila qurgan
Savol : Savolda almashtirish bor. Miken shaxridagi teatr tomoshabinlari teatrdagi akustikani juda ajoyib ekanligiga guvoh bo’lishlari uchun ularga bu ishni qilish taklif qilinadi. Odatga ko’ra , bu ishni yana qaytish uchun qilishadi. Bu ishni qilish o’rnida qaysi so’zlarni almashtirganimizni toping. 
Javob : Tanga tashlash. 
Savol : Bu ko’rsatgich Avstriyada Mariya Tereza davrida record darajaga ko’tarilgan .Bunda u 16-yilni tashkil qilgan . Rossiyada record 25-yil . Qadimgi Rimda 30-yil . Jaxon rekordi Chingizxon davrida bo’lgan 56-yil . Buni nimaligini topgan bo’lsangiz menga xozirda eng uzuni qayerda ekanligini ayting? 
Javob : Shimoliy Koreada 12-yil . 
Izoh : Gap xarbiy xizmat xaqida edi.
Savol : Sten Manro ismli shaxs Tojmaxal maketini yasash uchun 170 litr yelim va 6 mln dona ulardan foydalandi. 
Javob : Zubachistka 
Savol : 2004-yil Isroilda bir bank maxsus kredit kartalarini chiqara boshladi . Bu kartalarni qolganlaridan farqi nimada edi? 
Javob : Shanba kunlari ishlamas edi 
Izoh : Yaxudiylarda shanba kuni xech kim ishlamasligini bilasiz
Savol : Uni birinchi marta o’ynashganda xuddi xozir yosh bolalar qilganligi kabi kitobdan foydalanishgan . Uning xalqaro federatsiyasi 1903-yil tashkil etilgan . Bu qaysi sport turi? 
Javob : Stol tennis yoki Ping-Pong 
Savol : Yevropaning rekordlaridan biri taxminan 90 kmga teng . Bu qanday rekord? 
Javob : Quyosh sistemasidagi eng chuqur joy . Gap yupiterning Yevropa yo’ldoshi xaqida borayotgan edi. 
Savol : ,,Din xalq uchun afyun” iborasini xammamiz eshitganmiz . AQSH prezdenti Niksonning fikricha amerika xalqi uchun u afyun ekan . Uni ayting? 
Javob : TV 
Savol : 1. Bir jangari filmda Uesli Snayps superqahramon rolini o’ynaydi. Ueslining terrorist bilan suxbati: -Qayerga boryapsan? -Kazinoga -Unda …. Uesli Snaypsni ko’rgan bo’lsangiz buni topish oson bo’ladi. Uesli terroristga nima deb maslaxat bergan? 
Javob : Doim qoralarga tik . 
Izoh : Uesli Snayps afroamerikalik
Savol : Maqollarni yaxshi korasizmi? Ozarbayjon xalq maqolini eshiting ,,So’z bu gul , u esa buketdir” . Uni ayting? 
Javob : Maqol 
Savol : U o’z vadasini bajarish uchun , xech bo’lmasa 1 smga bajarish uchun , yorug’lik tezligida 100’000 yil xarakatlanishi kerak ekan . Men sizlardan uni kimligini yoki vadasini so’ramayman . U vadasini bajarishi uchun biz nima qilishimiz kerakligini so’rayman. 
Javob : Yerning tayanch nuqtasini topib berishimiz kerak 
Izoh : Gap Arximed xaqida edi
Savol : Uill Smit bu rolni o’ynayotgan vaqtda 13,5 kgga semirishga majbur bo’ladi va islom dinini qabul qiladi . Qaysi rolni? 
Javob : Ali rolini 
Savol : Latifa: Tilshunos talaba lotin tilidan imtixondan yiqildi . Xafa xolda uyiga keldi . Onasi : O’glim xafa bo’lma . Men senga juda shirin taom tayyorlaganman . Qo’zichoq tilidan . Ex yana … Jumlani to’ldiring. 
Javob : O’lik til 
Savol : Braziliyalik Savio Madridning ,,REAL” klubida o’ynayotgan vaqtda jamoadoshlari unga ,,Billur tizza” deb nom berishgan edi . Nima uchun? 
Javob : Juda ko’p jaroxat olganligi uchun 
Savol : Uning dafn marosimiga Filodelfiyaga 20 mingga yaqin odam yig’ilgan . Vaxolanki u paytda Filodelfiyada 33 ming odam istiqomat qilardi . Uning vafotidan so’ng butun amerika xalqi 30 kun aza tutishgan . Gap kim xaqida ketyapti? 
Javob : Benjamin Franklin 
Savol : Buyuk Britaniyada xuddi shu usuldagi tug’ruqxonalar bor ekan . Bu usulda ayollarda tug’ruq oson kechishi aniqlangan ekan . Bu qanday usul ekanligini emas xar bir palatada nima joylashganini ayting? 
Javob : Basseyn 
Savol : O’tgan yili Leonardo di Kaprio Jahon chempionati ochilish uchrashuvini tomosha qilishga brogan paytida, so’zga chechan muxlislardan biri unga ushbu uchrashuvning bir ishtirokchisiga e’ribor qaratishini so’raydi. Aynan kimga ? 
Javob : Oskarga 
Izoh : Kaprio 5 marta oskarga nomzod bo’lsada , uni qo’lga kiritolmagan. Muxlislar braziliya termasining yarim himoyachisi tavsiya qiladi.
Savol : Bir fransuz , o’zining asosiy ishidan tashqari , o’rtacha mashshoq va yaxshigina ingichka ovoz eshitishning ham egasi edi. O’zining ixtirosini yaratishda , hattoki goboyini ham arralab ko’radi. Uning ixtirosini toping. 
Javob : Stetoskop ( Fonendoskop ) 
Izoh : Gap vrach Rene Lanneke haqida bormoqda, u bemorlarni stetoskop yordamida eshitib ko’rishni kiritgan. Goboy – puflab chalinadigan musiqa asbobi. 
Savol : Ayvazovskiy fenomenal ko’z hotirasiga ega edi. Ranglarni hattoki nozik joyigacha ko’rsatib berardi. 1840 – yil chet el ro’znomalaridan biri uni shunday deb e’lon qiladi. Ya’ni , Ayvazovskiy … . 
Javob : Kar – soqov 
Izoh : Rezident Avvazovskiyni shaxsan ko’rmagan, rasmini ko’radi. Shunda o’ylaydiki , kuchli ko’z xotirasi faqat kar – soqovlarda bo’ladi deb.
Savol : 1930- yili cardinal Bellarminoning qabridan quyidagi so’zlarni tasodifan o’qib qolishdi : “ “ Mening qilichim kibrli aqllarni jazolagan.” . Kardinal bizga ma’lumki ikki mashxur insonni taqdirida asosiy rol o’ynagan. Shu ikki insonni ayting. 
Javob : Bruno va Galiley 
Izoh : Bellarmino ularning sudida qoralovchi bo’lgan.
Savol : Bir roman qahramonlaridan biri ,chet elda musofir bo’lganida , do’zaxni ko’rganini aytib, Gekenfeld familiyasini oladi. U qaysi davlatda bo’lgan ? 
Javob : Islandiya 
Izoh : U Gekla vulqoni og’zigacha borib ko’rishga muyassar bo’lgan ekan. 
Savol : Germaniyada deyarli yarim asrdan beri norozi ohangda kimni Gerr Tsvay Dray deb atashadi ? 
Javob : Tofik Bahromov 
Izoh : Janob ikki uch , qanot hakami
Savol : Teddi Terner ismli magnat shunday savol berdi : Otang senga million qoldirdi. Sen uni milliardga aylantirding. Agar sen bugun otangni ko’rganingda , otang senga nima degan bo’lar edi ? 
Javob : Inflatsiya 
Savol : 90 – yillarda sport jurnalistlaridan biri bir tennischining ketma ket bergan zarbalarini to’xtatib bo’lmaydi deb tarif bergan. Siz menga bu tennischining tug’ilgan tilini ayting 
Javob : 1974 
Izoh : Yevgeniy Kafelnikovning laqabi Kalashnikov bo’lgan. Uni AK – 74 deb ham nomlashgan
Savol : Bir xazilga ko’ra , bu gimn – shizofreniklar uchun ekan. Qaysi shaxarda bu qo’shiq ko’proq yangraydi ? 
Javob : Liverpul 
Izoh : “ You’ll never walk alone “ (Sen hech qachon yolg’iz bo’lmaysan ) gimni
Savol : Ba’zi hind vegetarianlari lavlagi va pomidorni yeyishmaydi. Buning asosiy sababi nima ? 
Javob : Qizil rang 
Izoh : Qon rangiga o’xshagani uchun, shuningdek qalampirni ham yemas ekan.
Savol : Motobol – mototsiklda to’p bilan o’ynaluvchi jamoaviy o’yin. Agar siz bu o’yin qoidalarini buzsangiz qanday rangdagi kartochkalar olasiz ? 
Javob : Qizil , sariq , yashil. 
Savol : Bu personajni yaratgan odam restoranda dengiz taomlari tayyorlash bilan shug’ullangan ekan. Bu personajni toping. 
Javob : Spanch Bob 
Izoh : Multfilmda Spanch Bob ham Krasti Krabsda ishlaydi.
Savol : Pol Merton xotiralaridan birini eshiting : Mening Nyu Yorkdagi birinchi kunimda qandaydir yigit ko’chada mendan : Markaziy park qayerda joylashganini so’radi. Men bilmasligimni aytdim , u esa agar qarshi bo’lmasangiz , bu ishni qilsam ? Qanday ish ? 
Javob : Sizni tunasam 
Savol : Al Pachino teatrda o’ynashni dorda yurish bilan tenglashtirgan. Nimani yerga chizilgan arqonda yurish bilan tenglashtiradi ? 
Javob : Kinoda o’ynash 
Izoh : Kinoda dubl bor
Savol : Frayburgda obro’li tumanlardan birida mashinada harakatlanish batamom taqiqlangan. Bu taqiq yevropaning boshqa bir shaxrida ham bor. Qaysi shaxar ? 
Javob : Venetsiya 
Savol : Pompeyda juda chiroyli mozaika bilan bezatilgan “ Tragedik shoir” nomli uy bor. Eshik ostonasida cave canem yozuvi bor. Bu yozuvning o’zimizdagi analogini toping 
Javob : Extiyot bo’ling , jahldor it. 
Savol : Xitoylik paleontolog Den Jimin dinozavrlarning bir necha turlarini topishga muvaffaq bo’ldi va ularni Ankilozaurus Kraytoni deb atadi. Bu nomni u qaysi asar sharafiga qo’ygan ? 
Javob : Yura davri parki. 
Savol : Bir necha yil oldin amerika o’yinchoq do’konlarida o’yinchoqlarning yangi to’plami sotuvga chiqarildi. Bolalar qutini ochib , ikkita qora rangli o’yinchoqlarni olishardi. Bu to’plamda yana qanday aksessuar albatta bo’lishi kerak? 
Javob : Tennis raketkalari. Qabul : Tennis to’pchalari 
Izoh : Gap opa singil Uilyamslar haqida ketmoqda.
Savol : Hindlarning manu qonuniga ko’ra , ayol kishi butun hayoti davomida erkaklarga bo’ysunishi kerak. Bu qonunda qaysi erkaklar nazarda tutiladi 
Javob : Otasi , eri , o’g’li. 
Savol : Xitoyliklarning qayd etishicha , buyuk rahnamo , Pekindagi Mao Szedunning maqbarasiga qaraganda , Tsyuyfu shaxarchasiga ko’proq tashrif buyurishar ekan. Nima sababdan ? 
Javob : Bu yerda Konfutsiy tug’ilgan va uning ibodathona kompleksi joylashgan. 
Savol : Ozodlik haykalining chap qo’lida ikkita sana qayd etilgan. Birinchisi 04.07.1776 – Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun. Ikkinchi sana haykal yaratuvchisi bilan bog’liq bo’lsa , qaysi sana va qanday voqea yozilgan ? 
Javob : Bastiliyaning olinishi (14.07.1789) 
Savol : Jorj Vashingtonning tug’ilgan kuni – 22 – fevral . Ammo amerikaliklar uni 15- fevraldan 21 fevralgacha belgilashar ekan. Nima sababdan ? 
Javob : Dam olish kunini yo’qotmaslik uchun 
Izoh : Fevralning 3 – dushanbasiga to’g’irlashar ekan
Savol : Rayan Giggz haqida gap borar ekan, bu voqea paytida Rio Ferdinand 12 yoshu 4 oylik , Ueyn Runi 5 yoshu 5 oylik , David de Xea 3 oylik va Fil Jons hali tug’ilmagan ekan. Qaysi voqea ? 
Javob : M Yu dagi debyut uchrashuvini o’tkazganida. 
Savol : Bu rassomning mashxur rasmi nomi bilan nomdosh rossiyada ko’rsatuv bor. Ammo uning boshqa mashhurroq bir rasmini daltonik adashtirib yuborgan. Arkadiy Raykin esa : negrlarning Qora dengiz orqali o’tishi deb nomlagan. Bu rassomni ayting 
Javob : Malevich 
Izoh : Qizil kvadrat nomli ko’rsatuv bor.
Savol : Titanikka zamonaviy parodiya : Dam olayotgan yo’lovchilardan bir odam xotinini ko’rgan ko’rmaganini so’rab yuribdi. Shunda yo’lovchilar uning ismini mashxur reklamadagi bir so’zning ikki marotaba takrorlanishidan xosil bo’lgan nom bilan izlashibdi. Uning xotinining ismini ayting. 
Javob : G. Blanka 
Izoh : Bul - bul
Savol : Ispanlardagi iborani tinglang : Bir vaqtda xushtak chalish va suv ichib bo’lmaydi. Bizda bu ibora qanday ? 
Javob : Ikki quyonni quvgan – bittasini ham tutolmaydi. 
Savol : Latsio futbol klubini asoschisi Entoni Berjetto olimpiadani targ’ib qilish uchun aynan shu ranglarni jamoaga tatbiq qildi. Siz menga moskvaning qaysi klubi shu rangda o’ynashini ayting. 
Javob : Dinamo 
Izoh : Berjetto Gretsiya bayrog’idagi oq – ko’kni o’z klubiga andoza qilib olgan.
Savol : 1977- yili Nyu Yorkda ommaga bir statistika taqdim etildi. Unga ko’ra 24712 ta insonlarga yetkazilgan jarohatlar o’rganildi. 22076 holatda ularni it tishlagan , 1152 marta mushuk , 548 marta kemiruvchilar, 40 marotaba quyonlar , 3 marta – sher va bir holatda esa chumoli. 892 holatdagisi siz ayting. 
Javob : Boshqa odamlar 
Savol : 1982- yil Budapeshtda vyetnamlik Min Tay 22,95 soniya bilan jahon chempioni bo’ldi. U nima ish qildi ? 
Javob : Kubik Rubik yig’ib. 
Savol : Turli yillarda bu kubokka quyidagi klublar ega chiqishgan : Villareal , Nyukasl , Gamburg. So’nngi marotaba esa Sporing g’olib bo’ldi. Qaysi kubok ? 
Javob : Intertoto kubogi. 
Savol : 1990 yillar o’rtalarida X Oskar soxibi bo’ldi. Boshqa X esa 70 yillarning oxirida Yevropada tengsiz klubga aylandi. X ni bir so’z bilan ayting. 
Javob : Forest 
Izoh : 1994 – yil Robert Zemenikesning Forest Gamp filmi Oskarni oldi. 1979 . 1980 – yillarda esa angliya klubi Nottingem Forest Chempionlar Ligasida tengsiz bo’ldi.
Savol : Artyom Lebedov atom elektrostaniyasiga tashrif buyurganda : Havfsizlik uchun javobgar , shu inson , deb bir predmetga yozib ketgan. Shu predmetni toping. 
Javob : Oyna 
Savol : Vinsent Van Gog hisoblashicha , San’atning ulardan yomonroq dushmani yo’q . 1869 – yil ular Gulil va Ko nomli gagada filial ochishdi. Ularni toping. 
Javob : Rasm sotuvchilar. 
Savol : Styuart Britning fikricha usiz biznes yuritish – qorong’uda qizlarga ko’z qisish bilan barobar , nima qilayotganingni o’zing bilasan , ammo boshqalar bilmaydi. Uni ayting. 
Javob : Reklama 
Savol : Hozirgi kunga qadar 1888 – yil rim raqamlarida yozilgan eng uzuni hisoblanadi : 13 ta . 14 ta belgi bo’la oladigan eng yaqin yilni toping. 
Javob : 2888 
Izoh : 1888 — MDCCCLXXXVIII, 13 belgi; 2888 — MMDCCCLXXXVIII — 14 belgi
Savol : 2005 – yilda Kaliningrad Bodenverder shaxridan uchayotgan ko’rinishdagi geraldikani sovg’a sifatida qabul qilib oldi. Geraldika nimada uchayotgan edi ? 
Javob : Yadro (zambarak to’pi ) 
Izoh : Bodenverder – Myunxauzen tu’gilgan joy . 
Savol : Dunyodagi birinchi ayol – pilot Eliza Derosh , u 1909 –yil 22 – oktabrda Voyzen biplanda uchdi. Keyingi yil esa u uchuvchilik diplomini oldi. Qaysi sanada ? 
Javob : 8 martda 
Savol : Qadimgi Misrda uni oltindan yoki qimmat metalldan tayyorlashgan. Italyaliklar uni stussikadenti deyishsa , makedonlar chepkalka za zabi deyishadi. Biz uni qanday ataymiz ? 
Javob : Zubachistka 
Savol : Portugalchasiga oq tovuq deb ayting. 
Javob : Galina Blanka 
Savol : Hazilni davom ettiring. Bir tibbiyot muassasida qo’rqoqlikka qarshi dori kashf qilindi, uning qo’llanishi uzoq davom etmadi , chunki bemorlar …. 
Javob : Uni ichishga qo’rqishmoqda. 
Savol : Norvegiyaning Bergen shaxri eng yomg’irli joylardan hisoblanadi. Xazilga ko’ra u yerda 360 kun yomg’ir yog’adi . Qolgan 6 kunda nima yuz beradi ? 
Javob : Qor yog’adi. 
Savol : Shotlandiyada kattaligi bo’yicha ikkinchi o’rinda turuvchi , suv sig’imi bo’yicha esa birinchi o’rinda turuvchi ko’l nomini ayting. 
Javob : Lox ness 
Savol : 1. Xokku Yangi davrda , Neoplast Qor Bobo Shunday archa ostida. 
Javob : Sun’iy 
Savol : 1519 – yili Atsteklar Ernan Kortesga 2 ta ikkita dumaloq disk ko’rsatishdi- oltin va kumushdan tayyorlangan. Ularning kattaligi aravaning g’ildiragiday kelar edi. Aytingchi ular nimani bildirar edi ? 
Javob : Oy va Quyosh. 
Savol : Statistikaga ishonadigan bo’lsak , har 10 ta amerikalikdan bittasi shunday . Amerika prezidentlarining 19 % I shunday bo’lishgan. Ularni ayting. 
Javob : Chapaqay 
Savol : Kubaliklarda shunday maqol bor : Sevgi uyga oshxona orqali kiradi. Uni o’zimizdagi analogida qaysi ikki a’zo eslab o’tiladi. 
Javob : Oshqozon va yurak. 
Izoh : Erkak yuragiga yo’l oshqozon orqali o’tiladi.
Savol : Yangi Yapon restoranlaridagi yumosristik reklamani eshiting. Butun yaponiya bo’ylab 15 minut : Sushi , sake va X hisobi . Reklamaning oxirini bir so’z bilan ayting. 
Javob : Xarakiri 
Savol : Raqiblar Lev Yashinni hurmat qilishardi. Portugaliyalik Eysebio Anliyadagi jahon chempionati vaqtida SSSR ga qarshi o’yinning 12 – daqiqasida penaltini amalga oshirdi va Yashinni oldiga boradi va bu ishni qiladi. Qaysi ishni ? 
Javob : Uzr so’raydi. 
Savol : Polshalik kinorejissor Yeji Gofman butun umri davomida 4 ta filmni suratga olgan. 3 tasida u qaysi rol ijro etgan? 
Javob : O’zini o’ynagan. 
Savol : Amerika kinofilmi Aeroport - 79 : Konkord bir qancha davlatlarda , masalan Fransiya , Buyuk Britaniya va Finlyandiyada Aeroport – 80 deb ekranlarda namoyish etilgan. Nima sababdan ? 
Javob : Bu davlatlarda film 1980 – yildan ekranlarga qo’yiladi. 
Savol : 30 –sentyabr 1945- yil Stalin SSSR ga kelishi bilanoq , general leytenant Kuzma Derevyankoning ma’ruzasini eshitadi. Derevyanko ma’ruza davomida borib kelgan ikki shaxaridagi rasmlarini ko’rsatadi. Qaysi ? 
Javob : Hirosima va Nagasaki. 
Savol : Misrdagi Piramidalar qurilishida hattoki firavnlar ham o’z hissasini qo’shishgan ekan. Ular piramidaga qanday hissa qo’shishgan ? 
Javob : Birinchi g’ishtini qo’yishgan. 
Savol : Yaqinda Rimda Enso Kapranik ustidan sud bo’lib o’tdi . U 400 evro va 4 sent o’marganligi ma’lum bo’ldi. U bu jinoyatlarini qayerda qilganini aniq ayting ? 
Javob : Trevi fontanida 
Savol : Xitoy o’zining ajoyib kashfiyotlari bilan mashxur . ullardan biri Fen Tyan deb nomlanadi. Tarjimasi esa uchuvchi tangalar. Bu nima ? 
Javob : Qog’oz pullar 
Savol : Angliyada ayollarga nisbatan agar turmush qurgan bo’lsa Missis deb atashadi. Miss esa – turmush qurmagan bo’lsa. So’nggi vaqtlarda esa Ms ham qo’llanilmoqda . qanday ayollarga nisbatan ? 
Javob : Agar uning turmush qurgan yoki qurmaganligini noaniq bo’lsa. 
Savol : 1936 –yili dunyoda 3 ta milliarder bor edi : Endryu Mellon , Genri Ford va …. Uchinchisini ayting. 
Javob : Jon Rokfeller 
Savol : Agar siz internetga Vinni Chempion deb qidiruv qilsangiz , bu inson haqidagi maqolalar chiqadi. Bu insonni familiyasini ayting. 
Javob : Botvinnik 
Savol : Nemischasiga jamoa – mannshaft , Klismann germaniya murabbiyligiga kelgach , nemislar jamoa so’zidan 5 ta harf ko’p nom bilan atab boshlaydi. Qaysi nom ? 
Javob : Klinsmannshaft 
Savol : 1915 – yil 3 ta Janubiy Amerika davlatlari o’zaro tajovuskorlikni to’xtatish to’g’risida shartnoma imzolashdi. Bu shartnoma diplomat doiralarda qanday qisqartirilgan nom bilan yuritiladi ? 
Javob : ABC – kelishuv 
Izoh : Kelishuv Argentina , Braziliya , Chili o’rtasida tuziladi
Savol : 1924 – yil bir qizcha dunyoga keldi. Un iota onasi Telma Ursula Beatris Eleanor deya nomladi. Aniq ayting , u qayerda tug’ilgan? 
Javob : London metrosida. 
Izoh : Londonliklar o’z metrolarini TUBE deb ataydi.
Savol : Yapon choy kompaniyasi “ Oti “ doimiy ravishda eng yaxshi X lar tanlovini o’z choy qadoqlarida o’tkazib keladi. X ni toping. 
Javob : Xokku 
Savol : Vikas Svarupaning “ Savol – Javob “ romani asosida olingan film nomini toping. 
Javob : Harobadan chiqqan millioner 
Savol : 2004 –yil 1 – iyuldagi o’g’irlikdan keyin poytaxtdagi gazetalarning birining muxarriri quyidagicha ommaga jar soldi : Siz bizning filni ko’rmadingizmi ? Bu poytaxtni ayting. 
Javob : Kopengagen 
Izoh : Fil ordeni – Daniyada oliy toifali orden.
Savol : Hozirgi kunda Yevropada monarxiyalar deyarli qolmadi. Bittasidan boshqasi – San Remo kurortidan uncha uzoq bo’lmagan Liguriy daryosi yonida joylashgani. U qanday nomlanadi ? 
Javob : Imperiya 
Izoh : Italiyadagi shaxarcha.
Savol : Siz menga ovoz balandligi o’lchov birligi uning kashfiyotchisi sharafiga qo’yilgan , mashhur kashfiyotni ayting.  
Javob : Telefon 
Izoh : Detsibel Bell sharafiga qo’yilgan.
Savol : G’amgin anekdot : Mana va nihoyat uy – o’yladi quyon. Mana va nihoyat tushlik qildim – o’yladi u . Uni ayting. 
Javob : Bo’g’ma ilon. 
Savol : Yanin Ipoxorskiyning fikricha : erkak 2 paytda ayollarni umuman tushunmas ekan. Birinchi davr : nikohgacha . Ikkinchi davrini ayting. 
Javob : Nikohdan keyin. 
Savol : Suvda qaroqchilik , talonchilik kitobining muallifi yozishicha , agar qaroqchiga ziyon yetkazilsa , u birinchi uchun 600 real , ikkinchi uchun 500 real , uchinchi uchun 500 real , to’rtinchi uchun esa 400 real haq oladi. To’rtovini birma bir ayting. 
Javob : O’ng qo’l , chap qo’l , o’ng oyoq , chap oyoq. 
Savol : Texas qamoqxonalarida o’limga mahkum qilingan maxbuslarga oxirgi sigareta so’rashsa berilmas ekan. Bu bilan ular nima deyishmoqchi ? 
Javob : Chekish sog’liq uchun zarar. 
Savol : Grigoriy Gorin o’zining bir pyesasida bechora kuygan deb ta’rif berilgan yunon hudosini ayting. 
Javob : Artemida 
Izoh : Pyesa Gerostradni unutish deb nomlanadi. U bilamizki , Efesdagi Artemida ibodatxonasini yoqib yuborgan. 
Savol : Aktyor Geogriy Siyavinda Paragraf 78 filmida zambiyalik rolida kaskadyorsiz o’ynashga majbur bo’lgan. Buning sababini ayting. 
Javob : Qora tanli kaskadyor topishning iloji bo’lmaganligidan. 
Savol : Ular har kuni 10 km yugurish yo’lakchasida yugurishadi. Keyin – espander va velotrenajor. Kuni bo’yi ichki tomoni jgutlangan kostyum kiyib yurishadi. Bularning hammasi organizmni unga o’rgatish uchun. Nimaga o’rgatish uchun 
Javob : Vaznsizlik xolatiga. 
Izoh : ular kosmonavtlar.
Savol : Londonning Xerrots univermagida hamma narsa bor. Bu haqda shunday anekdot yuradi. Ronald Reygan o’zining Londonga tashrifi chog’ida Xerrotsga tashrif buyuradi va so’raydi : Sizda fil bormi ? Savolga sotuvchi qanday savol bilan murojaat qiladi ? 
Javob : Sizni qanday fillar kerak, hindistonnikimi yoki afrikanikimi ? 
Savol : Mayyaliklar insoniyat tarixida birinchi marotaba aniq nomerlash sistemasini kiritgan. Sanoq – nuqtadan boshlangan. 2 uchun ikkita nuqta, 3 uchun 3 nuqta va hokazo Besh – gorizontal chiziq bilan belgilangan. 6 esa chiziq va ustiga nuqta qo’yish bilan belgilangan. Dengiz chig’anog’I qaysi raqamni bildirgan ? 
Javob : Nol 
Savol : 19 asr oxiri – 20 asr boshlarida Yevropa va Shimoliy Amerikaning zamonaviy xonimlarini ko’chada bu predmetsiz uchratish qiyin edi. Misrliklar uni birinchi marta aktrisa Teddi Barrning sayohati davomida ko’rishdi. Italiyalik va lotin amerikaliklar uni biroz qisqartirishni taklif qilishgan. Bu predmetni ayting. 
Javob : Soyabon 
Savol : Mail.ru saytining ma’lumotiga ko’ra , Everest cho’qqisining aniq balandligi to’g’risidagi bahslar 1856- yildan boshlangan ekan. Bunga sabab bo’lgan voqeani ayting. 
Javob : Birinchi marta Everestning balandligini o’lchangan 
Savol : Xotini homiladorligi vaqtida qirol Alfonso 12 vafot etadi. O’limidan oldin u rafiqasidan bir ishni qilmaslikni so’raydi. Qaysi ishni ? 
Javob : Tug’ilajak farzandiga Alfonso deb ism qo’ymaslikni. 
Izoh : Chunki farzandi Alfonso 13 bo’lardi.
Savol : Basketbolchi Kirilenko vaqtinchalik maydonga tusha olmayotgan vaqtda muxlislari haykaltaroshga pul yig’ishadi. Ular Andreyni haykalini bir narsadan yasashni iltimos qiladi. Aynan nimadan ? 
Javob : Gipsdan 
Savol : 2004 – yil Fransiyada bir tajriba o’tkazildi : unga ko’ra hakam maydonga agar shifokorlar yordami kerak bo’lsa , uni ko’rsatar edi. Uni ikki so’z bilan ayting. 
Javob : Yashil kartochka 
Savol : Manbalarga ko’ra , Amir Temur ularning bir necha yangisini yaratgani aytiladi. Masalan : tuya va jiraf . ularni 2 so’z bilan ayting. 
Javob : Shaxmat figuralari 
Izoh : Amir Temur shaxmatni juda yaxshi ko’rgan va uni rivojiga xissa qo’shganlardan. 
Savol : Polshadagi bir saytdagi bannerda bir predmet tasvirlangan. Bu predmet oddiy zarbani bajarish uchun ishlatiladi. Bu predmetni 2 so’z bilan toping. 
Javob : Auksion bolg’asi 
Savol : Braziliyada yaqinda yangi qonun qabul qilindi. Unga ko’ra maxbuslar har bir bu ishni qilishgani uchun 4 kunga jazo muddati kamayar edi. Faqat bu ishni tugatishganidan so’ng ular esse yozishlari shart. Qaysi ishni ? 
Javob : Kitob o’qish 
Savol : Unchalik mashxur bo’lmagan matros Rodrigo de Trians Guanaxani orolini ko’rib qoladi. Uning mashxur hamrohini ayting. 
Javob : Kolumb 
Izoh : Shu matros birinchi bo’lib San Salvador orolini ko’rib qolgan. 
Savol : “Qizdirish , Parchalanish , Eritish , Bug’lantirish , Birikish , Sublimatsiya “ . Bernar Verber nima haqida bu so’zlarni yozgan ? 
Javob : Alkimyo 
Savol : AQSh maktablarida iggi nomli oyoq kiyimlarini kiyish taqiqlab qo’yildi. Bunga sabab o’quvchilar shu oyoq kiyimlari tufayli boshqa mashg’ulotlarda taqiqlangan qoidani buzishayotgani edi. Iggudan ular nima maqsadda foydalanishgan edi? 
Javob : Mobil cho’ntak sifatida. 
Savol : Da Vinchi aytishicha : yaxshi rassom ikki muhim narsani chizishi kerak : inson va uning qalbining ko’rinishi. Birinchisi oson , ikkinchisi qiyin. Chunki qalbini tasvirlash uchun tana azolarining xarakati va xissiyotlarini to’gri ko’rsatib berishi kerak. Bunday odamlarda bu hatti harakatlar aniq ravshan ko’rinar ekan . Leonardo kimlardan o’rganishni maslaxat bergan . 
Javob : Soqovlar 
Savol : Bu shaharning asosiy bayramlari quyidagilar: fevralda – karnaval, mayda – regata (sport kemalarining poygasi), oktyabrda - tumanlar festivali, noyabrda – vabodan xalos bo`lish sharafiga uyishtiriluvchi bayram. Diqqat savol: Bu shaharda avgust oxiri sentabr boshlarida qanday tadbir bo`lib o`tadi? 
Javob : Venetsiya kinofestivali 
Savol : 2002-yil San-Fransisko okruglaridan birida besh kishi pichoqlandi. 2004-yilda benzopila bilan qurollangan kishi odamlar to`dasiga hujum qildi. 2006-yilda to`qqiz kishi ko`chadagi mushtlashuvlar paytida otib ketildi. Qizig`i, voqelalarning barchasi bir kunda sodir bo`lgan. Diqqat savol: Qaysi kuni? 
Javob : 31-oktabr. Hellowen kunida 
Izoh : Shundan so`ng ommaviy sayillarga barham berildi. 
Savol : 1988-yilning 26-sentabrida fransuz Buaven Everestga qo`shimcha bir yuk bilan ko`tarildi. Bu yuk ko`tarilish jarayonida xalal berganmi yo`qmi bilmadimu, ammo 12 daqiqada bazaga qaytib kelishiga yordam bergan. Diqqat savol: Qo`shimcha yuk nima edi? 
Javob : Parashyut 
Savol : 1935-yilda ,,Time” jurnali ,,Yil insoni” deb Efiopiya imperatori Xayle Selassie I topiladi. E`tiborga molik jihati shundaki, u monarx edi, ikkinchidan qora tanli. Diqqat savol: ,,Time” 1963-yilda kimni ,,Yil insoni” deb e`lon qilgan? 
Javob : Martin Lyuter King 
Izoh : U ham qora tanli, u ham monarx
Savol : Lotin Amerikasining quruq tabiatli tepalik va tog` yonbag`irlarida mila nomli kaktus turi o`sadi. Diqqat savol: Qaysi davlatda u eng keng tarqalgan? 
Javob : Peru 
Izoh : Mila Limaning anagrammasi
Savol : Mashhur avtomobil kompaniyasining shiorlaridan biri uchta so`zdan iborat. Dastlabki ikki so`z ,,bugun” va ,,ertaga”. Diqqat savol: Shundan kelib chiqib kompaniya nomini toping 
Javob : Toyota 
Izoh : Today, Tomorrow, Toyota
Savol : O`tgan asrning so`nggi choragida 40 ta buldozer,90 ta samosval, 65 ta kran, 55 ta ekskavator shiddat bilan u yerda mehnat qilishdi. Diqqat savol: Qayerda? 
Javob : Berlin devorida 
Savol : Latifa qahramonining aytishicha, sayohat davomida u Amerikada sodir bo`layotgan hodisalardan shokka tushgan ekan. Televizorda ko`chada yugurgancha insonlarni o`ldirayotgan rahbarni ko`ribdi. Diqqat savol: U qaysi shtatda bo`lgan? 
Javob : Kaliforniyada 
Izoh : Arnold Shvarsneggerni ko`rgan
Savol : Oleg Lisenko JCH 2010 da Germaniyaning Argentina ustidan qozongan g`alabasiga bag`ishlangan maqola yozadi. Maqola sarlavhasi 1994-yilgi dunyo yuzini ko`rgan mahsulot nomidan ozgina farq qilardi. Diqqat savol: O`sha mahsulotni o`zbekchada ayting. 
Javob : Qirol Sher 
Izoh : Ruschada Korol Lev. Germaniya murabbiyi esa Yoahimm Lyov
Savol : Arman topishmog`i: O`rtada bodom, atrofida esa tikanlar. Diqqat savol: Topishmoqning javobini toping. 
Javob : Ko`z va kipriklar 
Savol : Mashhur bir savolga berilgan javoblarni tinglang: Kserokopiyada, printerda, faksda. Diqqat savol: Savolni ayting. 
Javob : Tipratikanlar qanday ko`payadi? 
Savol : Ularni Rossiyada ba`zan mulatlar va metislar ham deyisharkan. 2010-yilda ular o`z yubileyini nishonlashdi. Ularning safiga Aleksandr Makedonskiyni ham kiritish mumkin. Diqqat savol: Ularni ikki so`z bilan ayting. 
Javob : Olimpiada bolalari 
Izoh : 1980-yilgi Olimpiadadan keyin Rossiyada mulatlar va metislar ko`plab tug`ila boshlagan va ularga shu nom berilgan. Aleksandrning onasining ismi Olimpiada
Savol : ,,Dunyo bo`ylab” jurnalida ular haqida ,,Pistolet o`rniga vilka” sarlavhali maqola chop etildi. ,,E`mo” ulardan biri hisoblanadi. Uning o`ziga yarasha plyus va minuslari bor. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Elektromobil 
Izoh : Yoqilg`i quyishdagi pistoletlar o`rniga elektr uzatuvchi vilkalar . E`mo. Elektr va mobil so`zlaridan hosil bo`lgan. Plyus va minus ham elektrga ishora
Savol : Artur Xeylining bir romani ,,Linkoln nomli” so`zlari bilan boshlanadi. Diqqat savol: Roman nomini toping. 
Javob : Aeroport 
Izoh : Illinoysda
Savol : ,,Shaffof dunyo” teatrining spektakllari uch daqiqadan uzoqqa cho`zilmasdi. Ammo Sanari-syur-Mer yaqinida sinovdan o`tgan bir ixtiro davomiylik uzayishiga xizmat qildi. Diqqat savol: Bu qanday ixtiro? 
Javob : Akvalang 
Izoh : Bu suvosti teatri. 1943-yilda Kusto akvalangni ixtiro qildi
Savol : ,,Liverpul” ning Chempionlar Ligasidagi uchrashuvlaridan birida sharhlovchi klubni ispan murabbiyi boshqarayotganini, jamoada ispan futbolchilari ko`payib borayotganini aytarkan, hatto Stiven Jerrardning X i sariq rangda ekanligini alohida ta`kidlaydi. Diqqat savol: X ni ikki so`z bilan ayting. 
Javob : Sardorlik bog`ichi 
Izoh : Qizil formada sariq rangli sardorlik bog`ichi tursa, Ispaniya bayrog`ini eslatib yuboradi.
Savol : Ular ilk bor Afinada miloddan avvalgi 500-yilda paydo bo`lgan. Ular shahardan kamida bir milya uzoqlikda joylashishi shart bo`lgan. Diqqat savol: Ularni toping 
Javob : Axlatxona. Axlat uyumlari. 
Savol : Birinchisi Enola Gay deb atalgan. Ikkinchisi Bock`s Car. Diqqat savol: Ular bilan bog`liq sanalarni toping. 
Javob : 6-9- avgust 
Izoh : Bular bombani tashlagan samolyotlar. Bombalarning nomi Mittivoy va Semiz bo`lgan.
Savol : Dasturchilar orasida shunday gap yurarkan: Tajribasiz dasturchi kilobayt 1000 baytdan iborat deb o`ylaydi. Tajribali dasturchi esa kilogram … Diqqat savol: Fikrni yakunlang. 
Javob : 1024 grammdan iborat deb o`ylaydi 
Savol : Bu kasbning ilk namoyondasi Elen Marshall hisoblanadi. U quyidagi ishlarni qilishi talab etilardi: soatni burash, pashshalarni yo`q qilish, yo`lovchilar poyafzalini tozalash va chekuvchilarning bir ishni qilmasliklarini kuzatib turish. Diqqat savol: Nima ish? 
Javob : Sigareta qoldig`ini samolyot oynasidan uloqtirish 
Izoh : U ilk styuardessa hisoblangan. Dastlab samolyotda chekish mumkin bo`lgan, chekuvchilar esa qoldiqlarni ilyuminatordan uloqtirishga urinishgan. 
Savol : Fransuzcha so`zlar ketma-ketligini tinglang: pus, indeks, major, anyuler, orikyuler. Men bu so`zlar tarjimasini so`ramayman. Diqqat savol: Agar pus bosh ko`tarsa va qolganlar bo`yin egishsa bu qanday ma`no anglatishini ayting 
Javob : OK 
Izoh : Gap barmoqlar haqida ketmoqda
Savol : 1964-yilda 17 yoshli Rendi Gardner jahon rekordini o`rnatdi. 264 soat 12 daqiqa uning rekordi bilan bog`liq ko`rsatkich. Men sizdan qanday rekord ekanligini so`ramayman. Diqqat savol: U rekord o`rnatib bo`lishi bilanoq 15 soat nima qilgan? 
Javob : Uxlagan 
Savol : Latifa. Erkaklar uch guruhga bo`linarkan: 1. Qorboboga ishonadi. 2. Qorboboga ishonmaydi. Diqqat savol: Uchinchisini toping. 
Javob : Qorbobo 
Savol : - Aytishlaricha, bu yilgi Yangi yil jumaga to`g`ri kelarkan! - Nima! Faqat … Diqqat savol: Ayolning keying gapini ayting. 
Javob : 13- bo`lmasa bo`ldi! 
Savol : Qadimda AQShda o'lmaydiganlar guruhi bo’gan. Xoxlagan odam unga a’zo bo’lishi mumkin. Faqat uladan 2ta narsa talab qilingan. 1-si vznos to’lash. 2-sini toping. 
Javob : O'lmaslik 
Savol : Malayziyaliklar tilida "orang" inson degani. Savol: Malayziyaliklar tilida "orangorang" nima degani? 
Javob : Xalq 
Savol : Masal. Bir kuni yosh buddist daryo ko’prigidan o’tmoq4i bo’lgan va ko’prik suv ostida qolgan edi. U qanday o’tishni o’ylab turganida narigi tomonda ustozini ko’rib qoladi va narigi tomonga qanday o’tsa bo’ladi deb so’raydi. Shunda ustozi toza buddistcha javob beradi. Savol: javobni toping) 
Javob : Sen allaqachon narigi tarafdasan 
Savol : 1958-yil Myunxendagi shaxmat olimpiadasida irlandiya vs JAR o’yinida irlandiyaning sobiq chempioni Volfgang Heydenfeld o’z raqibini yutadi. Lekin umumiy hisob 0:4 JAR foydasiga. Qanday qilib? 
Javob : Volfgang JAR nomidan o�ynagan 
Savol : Bir maqolada aytilishicha Xudo dunyoni yaratilishining uchinchi kunida insoniyat uchun 2ta jarrohlik kesmasini qilish imkoniyatini qoldirdi. Savol: ikkala kesmani toping. 
Javob : Panama va Suvaysh kanallari 
Savol : U Xni no’xat bug’doy suli arpalar bilan aralashtirib yuboradi. Oqibatda xalok bo’ladi. Xni toping. 
Javob : Sim sim yoki sezam Gap Alibobo va 40qaroqchidagi Qosim haqida edi 
Izoh : Gap Alibobo va 40qaroqchidagi Qosim haqida edi
Savol : 1826-yil ingliz kimyogari John Uoker qo’lidagi tayoq bilan ishqor va mishyakli qorishmani aralashtirayotib cho’pini tushirib yuboradi. Aytinchi John Uoker 1827-yilda nimani savdo qilishni boshlaydi? 
Javob : Gugurt 
Savol : Eksperiment. Ishtirokchilar 2 guruhga bo'linishgan va ularga bitta videoni alohida alohida qo'yib berishadi. Videoda 9 oylik chaqaloq yonginasida turgan qutidan chiqib kelgan o'yinchoqni ko'rib baqirgani tasvirlangan. Guruhlardan biri chaqaloq qo'rqib ketgani uchun baqirgan deb hisoblasa, ikkinchi guruh chaqaloqni jaxli chiqqani uchun baqirdi deb hisoblagan. Bu fikrlarning turlichaligiga guruhlarga video ko'rishdan oldingi ma'lum qilingan malumotga bog'liq. Savol: guruhlarga qanday ma'lumot berilgan? 
Javob : Chaqaloqning jinsi 
Izoh : 1-guruhga chaqaloq qiz bola, 2-guruhga esa o'g'il bola deb aytishgan
Savol : Rus emigrantlariga hujjat rasmiylashtirayotganda, fors mansabdor shaxslari ularga yangi familiyalar berishgan. Siz menga Mullazoda familiyasini olgan rus emigrantining asl familiyasi qanday bo'lganini ayting? 
Javob : Popov 
Izoh : Mullazoda - mullaning o'g'li. Musulmonlarda � mulla, xristianlarda � pop.
Savol : Versiyalardan biriga ko'ra Alyaska poytaxti nomi Djozef ismli oltin qidiruvchining familiyasiga atab qo'yilgan. Ikkinchi versiyaga ko'ra, poytaxtga qadimgi xudolardan biri nom bergan. Ushbu xudoni ayting? 
Javob : Yunona 
Izoh : Alyaskaning poytaxti � Djuno
Savol : Ivrit tilida ayrim so'zlar 2 ta boshqa so'zning qo'shilishidan hosil bo'ladi. “Av” so'zi “ota”degan ma'noni, “maim” so'zi – “suv” degan ma'noni anglatadi. Unda “av-maim” so'zi o'zbek tiliga qanday tarjima qilinadi? 
Javob : Vodorod (kimyoviy element) 
Izoh : vodorod � suvni yuzaga keltiruvchi, ya'ni suv otasi.
Savol : Ma'lumki turli firmalarning ori vositalari bir xil tarkibga ega, lekin turli savdo nomlariga ega. Masalan, paratsetamol va efferalgan. Nazariy jihatdan bu vositalar bir-birini o'rnini bosadi, lekin shunda ham 100% bir xil deb bo'lmaydi. Ko'pchiligingiz farmakologiya bilimdoni bo'lmasligingiz mumkin, bunga qaramasdan, menga farmakologiyada bunday juft dori vositalari qaysi so'z bilan atalishini ayting. 
Javob : Sinonimlar 
Izoh : Grammatikadagi sinonimlar kabi ular ma'nodosh, lekin baribir ishlatilish uslubi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Savol : Uzoq o'tmishlarda hindistonlik savdogarlar Samarqanddan katta boyliklar bilan yurtlariga qayta turib, erta kelgan qorli qishga duch kelishgan va nobud bo'lishgan. Bu joylarni biz qanday ataymiz? 
Javob : Hindikush 
Izoh : Hindikush � hindlarni nobud qiluvchi. 
Savol : Odatda stollarni “P” harfi shaklida yoki “T” harfi shaklida joylashtirishadi. Ba'zan esa “el” shaklida joylashtirilganligiga ham guvoh bo'lishimiz mumkin. “El” harfi shaklida stollarni joylashtirishlariga nima sabab bo'lgan? 
Javob : 50 yillik yubileylar 
Izoh : Bu erda lotincha �el� (L) nazarda tutilmoqda. Ma'lumki, L rim raqami 50ga teng.
Savol : ??????? ????? (??????? ???? ?????). ????????? ?????: ..., ??????, ?????, ??????, ????, ?????? VIII ??????, ... ?????????? ??????? ????????? ??????. 
Javob : ??????? 
Izoh : �???????� ???????? ??? ?????? ???????? ???????: �???? ??????�, �?? ??????�, �???? ?????? ?? ??�, �??? ????�, �?????? VIII ?? ????? ???? ??????�, �???? ???????�. ??????? ?????, ????? ??? ???? ????? ??????. 
Savol : ??????? ???????? ????????? ?? ??????? “??????? ???????” ???????? ???????? ????? ????????????? ?????? ??????????, ????? ????????? ??????????? ??? ??????? ????????? ???????: ??????????? ??? ??????? ???????? ????? ?????? ???. ??? ????????? ???? ??????? ?????????? ??????????, ?????? ????? ???? ?????? ???? 
Javob : ?????? ???? 
Izoh : ??????? ????????, ?????????, ???????????.
Savol : ??????? ??????? ?????? 4 ?? ??? ????????, ????? ?????? ??????? 10 ?????? ????????. ???? ???????? ??? ?????? 2 ???? ?????? ??????. ??? ????? 63 ?? ?????? ??????? ?????? ?????? ??????? ??????. 
Javob : ????????? 
Izoh : Gap elementlar haqida ketmoqda. Greklarda � olov, suv, havo va er. Allaqachon uglerod, oltingugurt, oltin, qo'rg'oshin, mis, temir, kumush, qalay, simob, surma ma'lum bo'lgan. O'zrta asrlarda margimush (mishyak) va fosfor kashf etilgan. Mendeleev jadvalining 1869 yildagi dastlabki shakliga 63 ta element kiritilgan. 
Savol : Juda hushyorligidan uni “Yo'lbars terisini yopingan quyon” deb tanqid qilishgan. U unvonini 6 yil davomida munosib himoya qildi. U kim? 
Javob : Tigran Petrosyan 
Izoh : Yo'lbars (tigr) � uning ismiga o'xshatish.
Savol : Uning shakllanishi 30 mln. yildan davom etmoqda. U egallagan maydonga bemalol Gollandiya, Belgiya yoki Shveytsariyani joylashtirish mumkin. Bu hududdagi seysmik stantsiya yiliga 2000 dan ortiq zilzilani qayd etadi, quyosh charaqlashi yiliga 2583 soatni tashkil etadi. Bu ob'ektni ayting. 
Javob : Baykal ko'li 
Savol : Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, moviy rangdagi platsebo tabletkalari italiyalik ayollarda uyqu effektini, erkaklarda esa kuchaytirish effektini yuzaga keltiradi. Olimlar fikricha, bu fenomen nima bilan tushuntiriladi? 
Javob : Futbol bo'yicha Italiya terma jamoasining futbolkasi rangi 
Savol : Sport mavzusini davom ettiramiz. Qaysi sport turi uchun madhiya sifatida nemis musiqachisi Xarmut Engler tomonidan “Burgutlar uzoq, baland va erkin uchishlari kerak” kompozitsiyasi yozilgan edi? 
Javob : Chang'ida tramplindan sakrash 
Savol : Shimoliy amerikaliklarda shunday afsona bor. Bir kuni hudolar gildan odam haykalchalirini yasashadi va ularni pechga qo'yishadi. Hammasi muvafaqqiyatli tugaydi, lekin keyingi safar chalg'ib, odamchalarni o'z vaqtida olishni esdan chiqarishadi. Keyingi safar esa haykalchalirni ko'p pechda olib qo'ymaslik uchun ularni oldinroq olishadi. 1-, 2- va 3-safar kim hosil bo'ladi? 
Javob : Hindular, negrlar va oq tanlilar 
Izoh : Tabiiyki, bu hindularning afsonasi.
Savol : Yozuvchi Marselo Figeras bu shaharning joyida oldin botqoqlik bo'lgan va tabiiyki, u erdagi iqlim achinarli bo'lgan. Shuning uchun ushbu shaharning nomi kinoyali tus olgandek tushunish mumkin. Shaharni ayting. 
Javob : Buenos-Ayres 
Izoh : Botqoqlikdagi havo juda yomon bo'lganligidan, �yaxshi havo� ma'nosini bildiruvchi nom kinoyali sifatida qabul qilish mumkin. Figeras � argentinalik yozuvchi.
Savol : Uning nomi versiyalardan biriga ko'ra, finikiya tilidagi “malat” – “boshpana”, “osuda bandargoh” so'zidan kelib chiqqan. Boshqa versiyaga ko'ra, lotincha “melita” – “asalli” so'zidan olingan. Uchinchi versiya ham bor: uning nomi arabchadan – “qoplanmagan” deb tarjima qilinadi. Undagi eng katta shaharga tamal toshini qo'ygan Magistrning ismini ayting. 
Javob : La-Valett (Valetta) 
Izoh : U � Malta oroli. Uning eng katta shahri albatta uning poytaxti La-Valetta.
Savol : Nauru respublikasi davlat bayrog'i oltin gorizontal chiziqli va oq 12 burchakli yulduzga ega ko'k rangdan iborat. Yulduz – Nauruning 12 qabilasi hamdo'stligini anglatadi. Oltinrang qiziq va ko'k rang nimani anglatadi? 
Javob : Ekvator va Tinch okeani 
Izoh : Nauru Tinch okeanida joylashgan va uni ekvator kesib o'tadi.
Savol : Permda bo'lib o'tgan frantsuz kinosi festivalida ham yangi filmlar, ham klassik filmlar namoyish qilindi. Festivalni ochib bergan film nomini ayting. 
Javob : �Poezdning kelishi� (�Poezdning La Sota vokzaliga kelishi�) 
Izoh : Festivalning eng birinchi frantsuz kinosi (nafaqat Frrantsiyaning balki dunyoning ham) bilan ochilishi ramziy ahamiyat kasb etadi.
Savol : Tomsk shaxridagi bir muassasa yonida haykal kompozitsiyasi o’rnatilgan bo’lib, u ichidan odam chiqayotgan diametri 1 metrdan kichik bo’lgan o’simlik shaklida tasvirlangan. Siz ushbu o’zimlik bilan bir xil vazifa bajarishi mumkin bo’lgan jonivorni toping? 
Javob : Laylak 
Izoh : Muassasa-tug�ruqxona. Haykal ichidan chaqaloq chiqib kelayotgan karam shaklida tasvirlangan. Bilamizki chaqaloqni yoki karam polizidan topib olishadi, yoki laylak olib keladi!
Savol : 1893 yil dekabrda 20 mingga yaqin abonentlar o'zining “Strend” jurnaliga obunasini bekor qildi. Bunga sabab bo'lgan asarning nomini ayting. 
Javob : �Xolmsning oxirgi ishi� 
Izoh : Bu jurnalga, asosan, Sherlok Xolms haqidagi hikoyalar sababli obuna bo'lishgan. Bu ham savollarning oxirgisi edi.
Savol : DEMOKRIT fikricha: Agar maqtovni noloyiq deb topsang, bilginki, bu udir. Diqqat savol: Nima? 
Javob : xushomad 
Savol : B. SHOU fikricha: U� qo�rqoqning qo�rqib ketganidan paydo bo�lgan o�chi. Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : Nafrat 
Savol : Ilf va Petrovning ,,O`n ikki stul� asarida cherkov kashishi Fyodor qo`liga chorvachilik jurnali tushib qoladi. Jurnalda uning go`shti jo`ja go`shti kabi mazali bo`lishi, ishning ko`zini biladigan odam uning ortidan katta daromad olishi haqida yozilgandi. Biroq natija kutilganidek bo`lmaydi. Diqqat savol: Shunga o`xshash holat qaysi o`zbek filmida uchraydi? 
Javob : ,, Ajoyib hayolparast�. 
Izoh : Quyon
Savol : Ippolit Matveyevich Vorobyaninov ismli shaxsning mulki: ,,Bekker� royali, chinni guldonlar, ,,Podachi ayol� va ,,Podachi� gilami, idish ko`targan ayiq tulupi va yana bir qancha narsalar. Men mulkning muhim bir qismini aytmay ketdim. Diqqat savol: Uni uchta so`z bilan ayting. 
Javob : O`n ikki stul 
Savol : U shunday dardki, yo�q unga darmon, Shohu gadolarga beradi farmon. Kirmon podshohikim yerdi Kirmonni, Endi yegay uning o�zini Kirmon Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : Ajal 
Savol : Har zamon ko�nglimni qilib parishon, Loladek dil kulin sochaman har yon. Har tun uningdek firoq g�uborin Boshimga sochaman har soat, har on. Diqqat savol: Uningdek o`rnida qaysi ikki so`z qo`llangan? 
Javob : qum soat 
Savol : Qo�zingdir noz bilan jono go�zalroq, G�amzangdan karashma sozidir quvnoq, Ovlagay dil qushin xuddi baliqdek, Muattar sochingdir ham X, ham Y. Diqqat savol: X va Y ni toping. 
Javob : Ip va Qarmoq 
Savol : A.P.Chexovning ,,Vanya tog`a� pyesasida Ilya Ilich Telegin ismli qahramonni yuzi cho`tirligi tufayli ba`zilar shunday ataydi? Diqqat savol: Qanday? 
Javob : Patir 
Savol : O`qituvchi o`quvchidan so`rabdi: ,,Qaysi davlatda eng ishtahasi karnaylar yashaydi?� Diqqat savol: O`quvchi qanday mantiqiy javob bergan? 
Javob : Vengriya. Hungary, hungry 
Savol : Qaysi film Vikash Svarupning ,,Savol-javob� asari asosida suratga olingan? 
Javob : ,,Xarobadan chiqqan millioner� 
Savol : Yaqinda televideniye orqali namoyish etilgan ,,Do`stlik afsonasi� filmida oromgoh tarbiyachilaridan biri bolalarni internet, kompyuter o`yinlaridan xalos qilish kerakligin aytadi. Ikkinchi tarbiyachi esa bolalarni MRZ dan ozod qilish kerak deydi. Diqqat savol: MRZ nima? 
Javob : MP3 pleyer 
Savol : ,,Qunduz amaki hikoyalari� multfilmining bir qismida bosh qahramon Ko`ngli to`lmas ismli jo`ja edi. U tabiatdan navbati bilan g`oz, o`rdak, suvsar va qunduzning bittadan xususiyatini so`rab oladi. Oqibatda u aynan shu hayvonga aylanadi? Diqqat savol: Qaysi hayvonga? 
Javob : O`rdakburunga 
Savol : Tarqatma material: 19 � 11 (Kaliy) 5 - 2 (Bor) 53 � 9 (Yod) 39 - 24 (Ittriy) 1 - ? (Vodorod) Diqqat savol: ? ni toping. 
Javob : 8. Bu vodorod 
Savol : ,,Mushtum�dagi fikrlardan biri: Uni bo`g`zidan olamiz, u-nomard, bizni oyog`imizdan oladi. Diqqat savol:Uni toping. 
Javob : Shisha 
Savol : Latifa. Bir ayol dugonasiga : - Ey, sho`rim qursin! Erimga: ,,Hammasi jonimga tegdi. Bo`ldi, ajrashaman� deb uydan chiqayotsam, paqillagan tovush eshitildi. - Nima, o`zini o`zi otib qo`yibdimi? Diqqat savol: Ayol nima deb javob bergan? 
Javob : Shampan vinosini ochibdi, ahmoq. 
Savol : M.Qosimov fikri: Muxlislarning soxta ekanligiga bir voqea: Men futbolchi bo`lgan vaqtimda bir guruh muxlislar stadionga tushishgan. Ular orasida shunchaki xursandchilikka kelgani ham bo`lgan. O`yin ketayotgan vaqtda muxlislar � desa, bir muxlis ,,Negr qani?� degan. Diqqat savol: Muxlislar nima deyishgan? 
Javob : Vne igre 
Savol : ,,Farishtalar� multfilmida bosh qahramon Din-Din sherigidan xizmatkor sichqonning laqabini so`raydi. Sherigi ,,X� deb javob beradi. ,,Nega aynan X� deb so`raydi Din-Din . Sherigi ,,Bilmadik. X desak yugurib keladi� deydi. Diqqat savol: Xni toping. 
Javob : Pishloq. 
Savol : X � bamisoli bir maxluq, u o�zidan-o�zi boshlanib,yo�q gaplarni yuzaga chiqaradi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Rashk 
Savol : Servantes fikri bilan tanishing: Ular chumolini � fil, qumursqani � bahaybat maxluq, taxminni � rost qilib ko�rsatadigan vahima oynagi orqali qaraydilar. Savol: Kimlar? 
Javob : Rashkchilar 
Savol : A. Dyuma (o�gli) fikri: X o�zingga boshqalardan ko�ra ko�proq yomonlik tilab olish san�atidir. Diqqat savol: X ni toping? 
Javob : Rashk 
Savol : D.Didro fikricha: X � nimanidir yo�qotishdan qo�rqadigan ojiz, ochko�z hayvon ehtirosidir. Bu hissiyot odamga munosib bo�lmay, chirigan rasm-rusmlarimiz va mulkdorlik huquqining oqibatidirki, shu hissiyotni ta�sirchan fikrlovchi, xohishi bor, erkin zotga ham qo�llamoqchi bo�ladilar. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Rashk 
Savol : X sayoz aql illatidir. I. BENTAM X xususiy mulkchilik tuyg�usining bir ko�rinishidir. P. LAFARG Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Rashk 
Savol : Davlatingdan ayrilsang - ko�p narsa yo�qotasan, Nomusingdan ayrilsang - ko�p narsa yo�qotasan, Undan ayrilsang - hamma narsangni yo�qotasan. Diqqat savol: U ni toping 
Javob : Mardlik 
Savol : Hobbit filmidan topishmoq: Uning ildizi ko`rinmaydi, lekin o`zi terakdan baland. Yuqoriga bo`y cho`zaveradi,lekin o`smaydi. Diqqat savol: Nimaning? 
Javob : Tog` 
Savol : 1900 yilning fevral oyining boshida Frants Djon va uning 18 ta futbolga qiziquvchi do'stlari tomonidan bir klubga asos solindi. Keyinchalik bu klub katta g'alabaga erishdi. Savol: Bu qaysi klub edi? 
Javob : Bavariya 
Savol : 1907 yil Bavariyani Berlindan Myunxenga ko'chiriladi. Jamoa Myunxen shahridagi Leopoldshtrasse ko'chasiga ko'chib o'tdi. Yangi jamoaning kuchini birinchi bo'lib bir jamoa sinab ko'radi va 1-8 mag'lubiyatga uchradi. Savol: Bu qaysi jamoa edi? 
Javob : “Vakker” FK 
Savol : 1936 yilgi Bavariya jamoasi mamlakat chempionligini qo'lga kirita olmaydi. Bunga asosiy sabab Bavariyaning 3 asosiy futbolchisi Smietsrayter, Goldrbrunner va Moll ning so'nggi turlarda jamoaga yordam berishi olmagani edi. Savol: Ular nima uchun jamoaga yordam berisha olmagan edi? 
Javob : Ular Olimpiada bahslarida ishtirok etgandi 
Savol : 2014 yil yanvar oyida championat,asia saytida bir xabar ko'rib qoldim. Bu xabar bir inson haqida edi. Xabar sarlavhasi shunday edi “... tobora Latsiodan uzoqlashmoqda”. Bu xabar bir insonni klubi bilan yangi shartonoma tuzganligi haqida edi. Savol: nuqtalar o'rnidagi insonni ayting? 
Javob : Yaqin 
Izoh : Bu maqola Hoqon Yaqin haqida edi
Savol : Bu insonni eslashicha u 14 yoshida harbiylikka qiziqib qolib maxsus maktabga hatto imtihon topshirgan ekan. Tibbiy ko'rikdan yaxshi o'tadi hatto lekin tallafuzi bilan harbiycha buyruq bera olmaydi deb qaytarishgan ekan. Keyin futbolga qaytib o'zbek futboliga katta foyda bermoqda. Savol: Bu inson kim? 
Javob : Igor Shkvirin 
Savol : Har yili Fransiyaning BeFoot portali tomonidan “Oltin gips” sovrini topshiriladi. Savol: Bu sovrin kimlarga topshiriladi? 
Javob : Jarohatlangan o'yinchilarga 
Savol : Italiyaning Inter klubi sardori Xaver Zanetti o'zining sardorlik bog'ichida har xil yubiley raqamlarni, muhim insonlarga va jarohat olgan jamoadoshlariga bag'ishlanganlari ko'p edi. Yaqinda uzoq muddatli jarohtadan keyin u sadorlik bog'ichiga ikki so'zni yozib olgan edi. Bu ikki so'z mashhur bir film nomidan olingan edi Savol: Bu bahsda uning sadorlik bog'ichiga nima deb yozilgandi? 
Javob : “Kelajakka qaytish” 
Savol : 1974 yil Bavariya jamoasi Qita'alararo kubokda Argentinaning “Independente” jamoasiga qarshi o'ynashdan bosh tortadi. Bunga sabab keltirishadi va Ayaks va Feyenord jamoalarini misol qilib keltiradi. Bavariya tutgan yo'lni keyinchalik Nottingem Forest va Liverpul jamoalari ham davot etirrishadi. Savol: Bavariya nima uchun “Independente” bilan o'ynashdan bosh tortadi? 
Javob : “Independente” jamoasining qo'pol o'yini 
Savol : Diqqat savolda almashtirish bor. Bu stadionni shimoliy qismida “TSV 1860” degan restoran bor. Janubiy qismida esa “mashhur pivo” nomi bilan ataladigan restoran bor. Savol: Bu qaysi stadion edi va janubiy qismdagi restoran nomini ayting? 
Javob : Alyants Arena va Bavariya 
Savol : Angliyaning 30 yillardagi bosh vaziri Nevil Chembirlen 1938 yil Germaniyaga mash'um “Myunxen” bitimini tuzish uchun keladi. Chembirlen samoliyoti qo'ngan ayradrom o'rinida keyinchalik futbol stadioni quriladi va bu erda juda ko'p futbol uchrashuvlari bo'ladi. Savol: Bu qaysi stadion edi? 
Javob : Olimpiashtadion 
Savol : Myunxenning Bavariya klubini maslahat guruhiga bir mashhur sportchi ham kiritilgan va u klubni ashaddiy muhlisi hisoblanadi. U Angliyadagi bir turnirni eng yosh g'olibi hisoblanadi. Savol: Nemis tilini bilmasangiz ham novvoy deb ayting? 
Javob : Boris Bekker 
Izoh : izoh: U Uimboldon turnirini eng yosh g'olibi hisoblanadi. Bekker-nemischa novvoy
Savol : 2013 yilgi bu o'nlikda 1 ta ingliz, 2 ta ispan, 2 ta italyan, 1 ta vengr, 1 ta turk, 1 ta golland va 1 ta nemis bor edi. Savol: 10 chi etishmayotgan millat vakilini ayting? 
Javob : O'zbek 
Izoh : Bu dunyoning eng yaxshi hakamlar ro'yxati edi
Savol : 1969 yil noyabr oyida bu insonni Braziliyaga tashrifi munosabati bilan Rio-de-Janeyro va San-Paulo termalari o'rtasida o'yin bo'ladi. O'yindan keyini u g'olib jamoaga kubok sardori Pelega kubok topshiradi shu payti kadrga tushish uchun o'nlab odam yopiriladi. U esa qochib qolishga harakat qiladi. Ammo shu vaqt barcha suratchilar u ayol kishiga barobar “Qayoqqa?! Pelening yonida tursangiz, sizni birga suratga tushirmoqchimiz” deyishadi. BU o'sha davrda Pelening qanchalik mashhurligini anglatardi. Savol: Bu ayol kishi kim edi? 
Javob : Qirolicha Yelizavetta 
Savol : Belgiyada Ebonit butsa sovrini bor. Bu sovrin chempionatdagi ma'lum bir toifa to'purarlarga beriladi. Bu sovrin yangi yulduzlar kashf etilishga sabab bo'ladi. Savol: Bu sovrin kimlarga beriladi? 
Javob : Afrikaliklarga 
Savol : Bu futbolchi Sevilyada tug'ilgan. Faoliyatini orol jamoasida boshlagan. Gullagan vaqtini 20 asr oxirlari va 21 asr boshlarga to'g'ri kelgan. Uning hujumdagi sherigi ucharlardan edi. 2000 uning “qirollikka” o'tishi amalga oshmay qoladi. U o'z terma jamoasidagi debyutini 2001 yil o'tqizgan. Uning familiyasini eshitsangiz beixtiyor mashhur sevgi juftiliklaridan biri keladi(misol: layli va majnun).Savol: Bu futbolchi kim edi? 
Javob : Diego Tristan 
Izoh : Juftlik Tristan va Izolda edi
Savol : 2011 yil 30 oktyabrda Yaponiyaning Fagiano Okayama va Yokogama o'yinida o'ziga xos gol uriladi. Gol 58,6 ko'rsatkichni tashkil etadi. Bu oldingi 57,3 ko'rsatkichni yangilaydi. Bu gol rekorlar kitobga kiritiladi.Savol: Bu golni o'ziga xosligi nimada edi va 58,8 ko'rsatkich nimani bildiradi? 
Javob : Bosh bilan urilgan ko'rsatkich metr 
Savol : 2011 noyabr oyida MYu navbatdagi yangi judayam iste'doli futbolchi bilan shartonoma tuzdi. Bu o'yinchi Charli Jekson edi. Uni skautlar 2 yil davomida kuzatishgan. Savol: Bu shartnomaning g'ayritabiy tomoni nimada edi? 
Javob : Bu bola atiga 5 yoshda edi 
Savol : 2011 yil Aprel oyida Tojikiston chempionatining navbatdagi turida Xayr jamoasi futbolchisidan bu ishni qilishini so'rashadi. U buni qatiy rad etishadi. Undan futbol yoki uni tanlashga to'g'ri kelsa, ikkinchisini tanlashani yashirib o'tirmadi. Shunday dedi “Futbol-bu o'tkinchi dunyo, biz esa mangulik haqida o'ylashimz kerak”. Savol: Bu futbolchidan nima qilish so'ralgandi? 
Javob : Soqolini olish 
Savol : 2002 yil 3 iyul kuni Janubiy Koreyaning Seyong universitetida, ertasi kuni esa Konkuk unversitetida bir insonga faxriy doktorlik darajasi berildi. Savol: Bu inson kim edi? 
Javob : Gus Xiddink 
Savol : “Hotel Casanovas”, “Ia carretera d’Horta”, “El carrer Muntaner”, “Carrer Industria”, ‘’Les Kortes’’ … Savol: Bu qanday ro'yxat ekanini topgan bo'lsangiz 6 chisini ayting? 
Javob : Nou Kamp 
Izoh : Bu Barselona jamoasini uy o'yingohlari edi
Savol : 1930 yil 30 iyul kuni Barselona tarixidagi qor kun hisoblanadi. Chunki o'sha kuni bir inson vafot etgandi. U Barsa tarixidagi muhim shaxslardan biri edi. Savol: U inson kim edi? 
Javob : Gans Gamper 
Izoh : U Barselona klubi asoschichsi edi
Savol : Bu klub MDH kubogida 7 marta qatnashgan. Shu qatnashishlarida 1 marta chempion 1 marta kumush medalni qo'lga kirittgan va yana 1 marta kubok yarim finaliga chiqqan. Savol: Bu qaysi jamoa? 
Javob : Paxtakor 
Savol : Braziliyalik bu futbolchi Minas Jerais shtatining Tres-Korasaes shaharchasining "Bakino" bolalar jamoasi Gazolina taxallusi ostida 9 yoshli bir bola to'p surardi. Bu bola keyinchalik hozir biz taniydigan laqabni oladi. Savol: bu futbolchi kim edi? 
Javob : Pele 
Savol : Barselona jamoasi 2005 yilgicha o'z formasida hech qanday xomiylar nomini yozishni rad qilgan. O'sha yili jamoa libosini shorti va yoqa qismiga Katoloniya bayrog'i va futbolkaning chap elka tomoniga bir komponiya logotipi tushirilgnadi. Bu kompaniyaning logotipi birinchi bo'lib Barselona futbolkasida aks etishi edi. Savol: Bu qaysi kompaniya edi? 
Javob : TV3 
Izoh : Katoloniya televidinyasi edi
Savol : Gramenet (Santa-Koloma-de-Gramenet) Ispaniya, Konstantsiya (Inka) (Ispaniya), Poblense (Sa Pobla) (Ispaniya), Leon (Leon)(Meksika) shu klublarni qaysidir ma'noda Yangier (O'zbekiston) va Barselona (Barselona) klublari bilan bog'lash mumkin. Savol: Ularni bir birga bog'laydigan so'zni meng o'zbekchasini ayting? 
Javob : Yangi er 
Izoh : Bu klublarni stadionlarini nomi Yangi er ma'nosini bildiradi
Savol : 1992 yil Nou Kamp tashrif buyurgan bu inson Barselona klubini 100 800-a'zosi sifatida klub tarixidan joy oldi. Savol: Bu butun dunyoda mashhur inson kim edi? 
Javob : Ioann Pavell II 
Izoh : o'sha paytdagi Rim papasi
Savol : Oltin to'pni qo'lga kiritgan bu futbolchi uni zargarga olib borib sovrinni 60 plastinagan bo'lib uning har biriga o'zining ismi-shariyai tushirlgan kumush plastina byurtma beradi va ularni hammasini bu unvonni qo'lga kiritishga hissa qo'shgan barchaga-futbolchilar, murrabbiylar, shifokorlar, massajchilar va hatto klub oshpachi va farroshigacha tarqatgan. Savol: Bu futbolchi kim edi? 
Javob : Rivaldo 
Savol : Bir yili 28 mayda Bu futbolchi Barselonadan ketib Realga o'tadi va birinchi marta Nou Kampga Real tarkibida tashrif buyurganda muxlislar “Iuda!!!”, “Bizning stadionimizga qadam bosma” degan shiorlarni ko'tarib olgandi. Stadionni bosimiga bosh bera olmagan o'yinchi murrabiydan o'zini almashtirishini so'raydi. Savol: Bu futbolchi kim edi? 
Javob : Mikael Laudrup 
Savol : 1971 yil yil Urugvay futbol federatsiyasi щsha paytdagi FIFA prizidenti Stenli Rouzga futbolni ommalashtirish uchun bir qiziq taklif beradi. Shunda Rouz quyidagi tarzda javob beradi “Bu taklifda eng og'ir jihat biz har bir o'yingohda 4 tadan kiyim almashtirish xonasini qaerdan topamiz.”. Keyinchalik bir italyan bu yangilikni klubida sinamoqchi edi bo'lmadi. Savol: Urugvayliklar qanday taklif bildirgandi? 
Javob : Ayollar va erkaklarni birgalikda futbol o'ynashni 
Savol : Dunyoda faqat shu millat vakillari diniy mazhabiga qarab terma jamoa tanlaydi. Futbolchilar ko'pincha mazhabidan kelib 2 termadan birini tanlashga majbur bo'ladi. Savol: Bu qaysi terma jamoalar? 
Javob : Irlandiya va Shimoliy Irlandiya 
Izoh : Katolik va protestant
Savol : Germaniyaning Buksxaym shaharchasida bo'lib o'tgan o'yinda futbol tarixida xali boshqa biro marta takrorlanmagan voqea yuz berdi. Voqea hakam penalti belgilangan so'ng yuz bergandi. Hali hech kim buni takrorlay olgani yo'q. Savol: Bu o'yinda o'yindagi gol bilan bog'liq qanday o'ziga xos voqea yuz bergandi? 
Javob : Penaltidan avtogol o'ziga xos voqea 
Savol : 2003 yil Braziliya chempionatining “Guarani”-“San-Paulu” o'yinidan keyin mag'lubiyatni ko'tara olmagan. “Guarani” muxlislari hammasiga jamoani 2 ta golini hisobga olmagan hakamlarni aybdor hisoblashadi. Ular xakamlarga quyidagi tarzda baqirishdi “Hali sizlar bilan ... da hisoblashamiz” deb alam bilan baqirishdi. Savol: Nuqtalar o'rnidagi joyni toping? 
Javob : To'shak 
Izoh : Bu o'yinni ayol hakamlar boshqargandi
Savol : 1957 yil JAR futbol rahabarlari 1 chi Afrika kubogidan oldin AFK ga bir g'alati murojat qiladi. Bu murojat qit'a futbol rahbarlariga yoqmaydi ularni talabi qondirilmaydi. Natijada JAR AFK tarkibidan ham chiqariladi. Savol: JAR futbol federatsiyasi qanday taklif bilan murojat qilgandi? 
Javob : Ular qaysi terma jamoani jo'natishni so'ragan. Oq tanlilardan iborat terma jamoanimi yoki qora tanlilardan iborat termanimi deb 
Savol : 2008 yil yangi yoshargan Serbiya terma jamoa shakllantirishga kirishgan Miroslav Jukich oxirigi to'rt yilda terma jamoa tarkibidan muntazam joy olib kelgan va doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lgan Igor Dulyayni terma jamoaga chaqirmay qo'yadi. Jurnalistlar buning sababaini Dulyaydan so'rashganda u “Murrabiy menda uning yo'qligi tufayli terma jamoaga jalb qilmayotgandir. Men hali 28 yoshdaman va terma jamoaga yordam bera olaman deb o'ylayman” degandi. Savol: Dulyayning fikricha unda nimaning yo'qligi termaga jalb etilishiga to'sqinlik qilgan? 
Javob : Soch 
Savol : Arablar uni “Abu riyoh” – “shamol otasi” deb atashadi. Uni eslaganimizda bizningko‘z oldimizga keladigan mavjudotni esa arablar abulyaqzon deyishadi. Bir daqiqadan so‘ng aburiyoh va abulyaqzon nimaligini ayting 
Javob : Flyuger, xo‘roz. 
Savol : Bu ingliz harbiy gidrografi va kartografi, kontr-admirali 1829-1855 yillarda BuyukBritaniya gidrografik xizmatiga rahbarlik qilgan. 1806 yilda u taklif etgan 12 ballik shkala haliham amalda qo‘llanilmoqda. Siz menga bu shkala bo‘yicha 0 ball va 12 ball qanday atalishiniayting. 
Javob : Shtil va dovul(uragan). 
Izoh : Gap bu yerda Frensis Bofort va u taklif etgan Bofort shkalasi haqida ketmoqda
Savol : U shoti, tegarchik va o‘q kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Uning ot, tuya, ho‘kiz,eshakka mo‘ljallangan turlari bor. Uning odamga mo‘ljallangan turi qanday atalishini ayting. 
Javob : Riksha. 
Izoh : Gap bu yerda arava haqida ketmoqda
Savol : Miloddan avvalgi 5 asrda Gerodot skiflar turmushini tasvirlaganda ularning engyaxshi ko‘radigan ichimligi oldindan tayyorlab qo‘yiladigan bir shifobahsh ichimlik ekanliginiqayd etgan. Skiflar hayotini ko‘z oldingizga keltiringda, bu qanday ichimlik ekanligini ayting. 
Javob : Qimiz. 
Savol : Olloyor boyning yagona qizi Guloyim o‘z dugonalari va o‘z oshig‘i Arslon bilan Eronshohi Nodirshoh va qalmoq xoni Surtaysha hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Sizmenga Guloyimning nechta dugonasi u bilan birga vatan himoyasiga otlanganini ayting 
Javob : 39 ta. 
Izoh : Gap bu yerda “Qirqqiz” eposi haqida ketmoqda
Savol : O’zbekiston hududida ular dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyisifatida vujudga kelgan. Hozirda esa u yerlarda kishilar to‘rttala faslda ham hayotkechirmoqdalar. Qaerda? 
Javob : Qishloqda. 
Savol : Diqqat savolda almashtirilgan so‘z bor. Sakfar, Omarg va Oamiris dushmanqo‘shinini yengish uchun harbiy kengash o‘tkazayotganda, ularning huzuriga marshal kelib o‘zrejasini bayon qilgan. Bu reja keyinchalik samara beradi va dushman qo‘shini qurol-yarog‘sizmag‘lubiyatga uchratiladi. Siz ushbu savolda marshal so‘zi qaysi so‘z bilan almashtirilganinitopingda menga o‘sha marshalni ismini ayting. 
Javob : Shiroq. 
Izoh : Marshal so‘zi frantsuz tilida otboqar degan ma’noni anglatadi
Savol : Brassica rapa ni chiqarish uchun avval 3 ta Homo sapiens, so‘ngra Canis familliaris,Felis catus ovora bo‘lishdi, nihoyat Murinae vakili kelib ishni oxiriga yetkazadi. Endi ularningbarchasi qanday sho‘rva ichishlari mumkin? 
Javob : Sholg‘om sho‘rva 
Izoh : Bu yerda sholg‘om, 3 ta inson ya’ni, chol, kampir, nevara hamda it, mushuk va sichqonning lotincha ilmiy atalishi keltirilgan
Savol : Bahri Akramovaning Habiba, Vova, Shuhrat, Hamidulla, Rafiq, Rahmatulla, Xolida,Samug‘, Yo‘ldosh, Ergash, Halima, Qoravoy, Ne’mat, Muazzam, Hakima va Ulug‘bek deganfarzandlari bo‘lgan. Siz menga Bahri Akramovaning erining ismi-sharifini ayting. 
Javob : Shoahmad Shomahmudov 
Savol : “To‘maris o‘yinlari” festivalida xalq milliy harakatli o‘yinlari “Otib qochar”,“Otishma”, “Tortishmachoq”, arqonda sakrash, to‘p uloqtirish, qo‘l kuchini sinash kabimusobaqalar bo‘ladi. Ushbu festivalilk marotaba Jizzah shahrida nechanchi yili bo‘libo‘tganligini ayting. 
Javob : 1999 yil – Ayollar yilida. Musobaqada faqat ayollar ishtirok etishadi 
Savol : Ushbu “Ustalarning ustasi” bo‘lgan “Professional” aktyorning Kann kinofestivalibilan munosabatlari yaxshilanmadi. Biroq bu “Riodan kelgan odam” Fahriy legion ordenigasazovor bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu savolda gap kim haqida ketmoqda? 
Javob : Jan Pol Belmondo. 
Izoh : Ushbu savolda Jan Pol Belmondo suratga tushgan eng mashhur filmlarning nomi keltirilgan.
Savol : 1499 yilda ispanlarning A. De Oxeda ekspeditsiyasi bu mamlakat qirg‘oqlarinitekshirganda indeyslarning suvda qoziqlar ustida qurilgan turar joylarini ko‘rib, bu diyorni birnom bilan atashdi. Ular bu diyorni qanday atashgan? 
Javob : Venesuela (“Kichik Venetsiya”). 
Savol : Men birinchi marta u bilan 16 yoshimda tanishdim. U bilan oz emas, ko‘p emas 10 yilbirga bo‘ldik. Keyin u meni vaqtinchalik tark etdi. Biroq hijron uzoqqa cho‘zilmadi, oradan 3hafta o‘tib biz yana diydor ko‘rishdik. U endi boshqacha, o‘zgacha edi. Biz yana 20 yil u bilanbirga bo‘ldik. Buni qarangki, yana ayriliq. Bu ayriliq ham uch haftaga cho‘zildi va biz yanadiydor ko‘rishdik, endi ajralmas bo‘lib, umrbod birga qoladigan bo‘lib uchrashdik. Mening bubeqaror va sodiq do‘stimni ayting. 
Javob : Pasport. 
Savol : Uning hususiyatlaridan texnikada keng foydalaniladi. Kemalar, samolyotlar, kosmikapparatlarga uning hossasiga asoslangan har hil asboblar, giroskop, kompas va stabilizatorlaro‘rnatiladi. Lekin 30 yildan ortiq davr mobaynida undan boshqa maqsadda ham foydalanilmoqda.Qanday maqsadda? 
Javob : Tomoshabinlardan kelgan maktublarni tanlashda. 
Izoh : Bu yerda gap pirildoqlar (volchok) haqida ketmoqda
Savol : Butunittifoq o‘simlikshunoslik institutining O’rta Osiyo tajriba stantsiyasida 1944 yiliJuravel va Negrul Bolqon uzumi va Gamburg muskati navlarini chatishtirib, yangi uzum naviniolishadi va unga yaxshi niyat bilan nom berishadi? Qanday nom berishgan? 
Javob : “Pobeda” (“g‘alaba”). 
Savol : Protivogazlarning ikki hil turi bor. Filtrlovchi va izolyatsiyalovchi. Ular tashqiko‘rinish jihatdan bir-biriga o‘xshab ketadi. Lekin ularning bir printsipial farqi bor. Bu farqnimada deb o‘ylaysiz? 
Javob : Filtrlovchi protivogazdan foydalanilganda tashqaridagi havodan foydalaniladi, izolyatsiyalovchi protivogazda esa foydalanilmaydi. 
Savol : 1865 yilda tog‘ muhandisi Frederik Idestem o‘z mamlakatining janubi-g‘arbidayog‘ochga ishlov beruvchi korxonani tashkil etadi. Keyinchalik borib-borib bu korxonayiriklashib butun dunyo insonlarini o‘zaro bog‘ladi. Siz menga Idestem qaysi mamlakat fuqarosibo‘lganligini va uning tashkil etgan korxonasi qanday atalganini ayting 
Javob : Finlyandiya, Nokia. 
Savol : Bu ikki adashlardan birinchisi 1946 yilning 5 sentyabrida Zanzibarda, ikkinchisihuddi shu yili 16 aprelda Toshkentda tug‘ilgan. Ularning har ikkalasi ham 25 yoshgato‘lganlarida o‘z guruhlarini tuzishadi. Bu guruhlarni birinchisi butun dunyoga mashhur bo‘lganbo‘lsa, ikkinchisi ham jahonning ko‘p davlatlarini kezib chiqdi. Siz menga bu adashlarningismini emas, ular tashkil etgan guruhlar nomini ayting. 
Javob : “Kuin” va “Yalla”. (Farruh Balsara va Farruh Zokirov) 
Savol : Sizlarning har biringiz shubhasiz unga egasiz, kimdadir ko‘proq, kimdadir kamroq.Bunga bizda unchalik e’tibor berilmaydi. Lekin AQSh da uning yordamida armiyaga yoshlarnisaralab olishadi. Albatta bo‘lajak vatan himoyachisi uchun uning qanchaligi katta ahamiyatgaega. Bilimdonlar uchun ham bu ahamiyatli ekanligini hisobga olib uni nimaligini ayting. 
Javob : Intellektual koiffitsient 
Savol : O’zbekiston milliy entsiklopediyasining 4-jildida Sent-Lyusiya davlati poytahtihaqidagi maqola bilan Pokistonning sharqiy qismidagi shahar haqidagi maqolalar orasida butundunyoga mashhur yurist haqidagi maqola berilgan. Bu yuristning to‘liq ismi-sharifiga e’tiborbersangiz uni bir millatga mansub deb o‘ylashingiz mumkin. Lekin u boshqa millatga mansub.Men sizdan u qaysi millatga mansubligini so‘ramayman, siz menga u qaysi davlatda tug‘ilganiniayting. 
Javob : Kuba. 
Izoh : Gap bu yerda Fidel Kastro Rus haqida ketmoqda. (Kastri va Kasur shaharlari haqidagi maqola orasida).
Savol : Blits savol.Mavzu: Servis belgilari.1-savol: Mexmonxonani shifoxonaga aylantiruvchi belgi qaysi?2-savol: Oshxonani anglatuvchi belgida aynan qaysi ikki predmet tasvirlangan?3-savol: Dam olish joyini anglatuvchi belgida qaysi daraxt tasvirlangan? 
Javob : 1. Qizil xoch. 2. Vilka va pichoq. 3. Archa. 
Savol : U haqida ikki o‘zbek adibi bir-biriga o‘xshash fikrlarni bayon qilishgan: birinchisiuning kuchini artilleriya qurolidan yuqori qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchisi yadro qurolidan ustunqo‘ygan, xatto uning qo‘llanilishi borasida tavsiya ham bergan. Siz menga uning nimaligini vao‘sha ikki adib aytgan qurol turlarini ayting. 
Javob : Adabiyot, zambarak va atom (bombasi). 
Izoh : Adiblar esa mos ravishda Parda Tursun va Abdulla Qahhor.
Savol : Agar mushuksimonlar oilasi vakillaridan birining nomidan bitta harfni olsak,bo‘risimonlar oilasi vakillaridan birining erkagining nomi kelib chiqadi. Birinchisi yovvoyihayvon bo‘lsa, ikkinchisi uy hayvoni hisoblanadi. Bir daqiqadan keyin ikkala hayvonni hamayting. 
Javob : Sher va it. (Arslon va arlon). 
Savol : Bu xalq o‘zini “oq quyoshning farzandlari” deb hisoblashadi. Xattoki ularningbayrog‘ida ham oq quyosh tasvirlangan. Bu xalqning nomini eshitganimizda bizning hayolimizgakeladigan qimmatbaho tosh esa oq rangli emas. Siz menga bu tosh qaysi rangda bo‘lishini ayting. 
Javob : Qizil (yoqut). 
Izoh : Yoqutlar o‘zlarini aynan shunday atashadi. Yoqutiston bayrog‘ida esa oq quyosh tasvirlangan.
Savol : Misr iyerogliflarida jonli mavjudotlar tasvirini ko`rgansiz, albatta. Masalan, timsoh. Timsoh ba`zi yozuvlarda o`ngga, ba`zan chapga, ba`zan pastga qarab turgan. Diqqat savol: Bu nimani anglatgan? 
Javob : Yozuvning qay tarzda o`qilishini 
Izoh : Masalan, o`ngdan chapga, tepadan pastga va hokazo
Savol : Arxeologlar qadimgi yunon polislarini qazish chog`ida suyakdan yasalgan lavhalarni topishadi. Ularning barchasida so`zlar, sanalar, sonlar yozilgan edi. Hozirda uning analogi boshqa narsadan tayyorlanadi. Diqqat savol: Bu suyak lavhalardan nima maqsadda foydalanishgan? 
Javob : Teatrga kirish uchun bilet 
Savol : Joze Samaragoning bir romani asosida film suratgaolinadi. Unda materikdan ajralib chiqqan yarim orol taqdiri tasvirlanadi. Buni qarangki, film reklamasida ikkita X ning boshqalaridan alohida turgani tasvirlanagan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Yulduz, Yevroittifoq yulduzi 
Izoh : Bu ikki yulduz Ispaniya va Portugaliyani ifodalagan
Savol : Farazlarga ko`ra, uning logotipi bir-biriga qo`l berib turgan ikki insonni aks ettirgan: biri kompaniya, ikkinchisi xaridor. AQShda bu kompaniya sloganlaridan biriga ,,Yakshanba” so`zi qo`shib qo`yilgan. Diqqat savol: Kompaniyani toping. 
Javob : Hyundai 
Izoh : ,,H� bir-biriga qo`l berib turgan ikki insonga o`xshaydi. AQSh da logotiplardan biri ,,Hyundai. Like Sunday� deb o`zgartirilgan
Savol : ,,Sen menga do`sting kimligini ayt, men senga kimligingni aytaman” degan naqlni eshitgansiz, albatta. Bir siyosatchi ham shunga o`xshash gap aytgan. Uning fikricha, mamlakat qaysi davlatga qaram bo`lganini yerdagi X larga qarab osongina payqash mumkin ekan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Sport turlari 
Izoh : Misol qilib kriket ommalashgan Hindistonni keltirish mumkin. Ibora: ,,Sen menga mamlakatda qaysi sport turi ommaviy ekanligini ayt, men senga davlating avval qaysi davlatga qaram bo`lganini aytaman�.
Savol : Blits. Sarguzashtchi adabiy qahramonlar 1.Bu savolning javobini hech kim bilmasligiga ishonmayman. Bu sayohatchiga ,,suvostida yashovchi odamovi” deb nom berilgan. Diqqat savol: Kim u? 2. Bu adabiy sayohatchiga ,,barcha davrlarning eng ulkan va mitti odami”debt a`rif berilgan. Diqqat savol: Kim u? 3. Bu sayohatchiga ,,Qo`y terisini yopingan pahlavon” degan deb laqab berilgan. Diqqat savol: Kim u? 
Javob : 1. Kapitan Nemo (Nemo � hech kim) 2. Gulliver 3. Yason 
Savol : Angliya, Shotlandiya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Hindiston va bir shahar. Diqqat savol: Ularni bog`lab turuvchi sport turini toping. 
Javob : Shaxmat 
Izoh : Shahar Sitsiliya. Inglizcha boshlanish, gollandcha, hindcha, sitsiliyacha himoya, ispancha, italyancha, shotlandcha partiya.
Savol : Fantast yozuvchi Boris Shternning aytishicha, uning ilk o`qigan kitobi fantastik detektiv bo`lgan ekan. Bu asarda bir necha bor qotillik qilishga urinib ko`rilgan va ulardan biri ayanchli yakun topgan. Diqqat savol: Qaysi asar? 
Javob : Bo`g`irsoq 
Savol : Blits. 1.Tomas Alva Edisonning bir ixtirosi uni fransuz shifokori bilan bog`lab turadi. Diqqat savol: Bu fransuz shifokori kim? 2. Fransiya Qurolli Kuchlaridagi eng yosh rahbar u bo`lgan. Diqqat savol: U kim? 3. Hazilga ko`ra, Prezident Genrix Lyubke Unga oilaviy hayotda baxt tilagan deyishadi. Diqqat savol: Kimga? 
Javob : 1. Giloten. 2. Janna d`Ark 3. Rim Papasiga. Benedikt XVI ga 
Izoh : Ixtiro � elektr stul 
Savol : Kapitan Nemoning soati 24 ga bo`lingan. Diqqat savol: Nega 12 ga emas aynan 24ga? 
Javob : Suv ostida kun bilan tunning farqini sezish qiyin 
Izoh : Agar 12 ga bo`lsa, kun va tun chalkashib ketishi mumkin.
Savol : Yapon choy marosimi to`rtta prinsipga asoslanadi: 1- hurmat, 2-jiddiylik, 3-tozalik. Diqqat savol: 4-ni toping. 
Javob : Jimlik 
Savol : Aleksandr Makedonskiy yahudiylarni o`ziga bo`ysundirgach, ularning xotirasida abadiy qolish uchun bir ish qiladi. O`zbek qishloqlaridan birida esa bu ishni qilmay qo`yishganini ko`rgan bo`lsangiz kerak. Diqqat savol: Nima ish? 
Javob : Farzandlarga ism berish 
Izoh : Aleksandr o`sha yili tug`ilgan barcha go`daklarga Aleksandr ismini qo`ydiradi. ,,Vatan� filmida esa Homid ismini qishloqliklar o`z farzandiga qo`ymaydilar
Savol : A.Eynshteyn, P.Ferma, D.Mendeleyev, A.Nobel. Diqqat savol: Ular qaysi nom ostida birgalikda joy olishgan? 
Javob : Aktinoidlar 
Savol : Ikki sichqon uchrashib qolibdi: - Kechagi film senga yoqdimi? – Menga ….. yoqardi. Diqqat savol: Fikrni to`ldiring. 
Javob : Menga uning kitob variant yoqardi 
Savol : Uganda, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Keniya, Braziliya, Kongo. Diqqat savol: Ularni nima birlashtirib turishini emas, ro`yxatda aytilmagan eng asosiysini toping. 
Javob : Ekvador 
Izoh : Bu davlatlardan ekvator chizig`i o`tgan
Savol : XX asrning 20-yillarida jurnalist Alan Miln o`z o`g`liga yumshoq ayiqcha sovg`a qildi. Diqqat savol: O`g`lining ismi nima edi? 
Javob : Kristofer 
Izoh : Alan Miln 
Savol : 1839-yil 10-avgustda Lui Dagger va Nikifor Nepye 10 yillik mashaqqatlardan so`ng o`z kashfiyotlarini ommaga namoyish qilishdi. Diqqat savol: Ular nimani kashf qilishgan? 
Javob : Fotografiya 
Savol : Platon uni ,,Gretsiyaning tarbiyachisi” deb atagan. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Gomer 
Savol : Qadimgi Bangladeshda maktablarni ,,Yuqori maktab” deyilgan. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Ular tepaliklarga qurilgan 
Izoh : Maqsad suv toshqinlaridan himoyalanish
Savol : Okinava oroli Yaponiya va Xitoy oralig`ida joylashgan. O`rta asrlarda bu orolga goh Xitoy, goh Yaponiya hujum qilib turardi. Diqqat savol: Orol aholisini nimani o`ylab topgan? 
Javob : Karate 
Izoh : Bu yerga sharq va g'arb tomondan tez-tez xujumlar bo'lib turgan
Savol : Ruslarda : ,,O`zga qayiqda baliq ko`p bo`ladi”. Koreyslar: ,,O`zga bo`tqadagi loviya kattaroq bo`ladi”. O`zbeklar ,,Qo`shnining ovqati shirin bo`ladi”. Diqqat savol: Yaponlarda-chi? 
Javob : Boshqaning guruchi oqroq 
Savol : 1896-yil 6-aprelda Gretsiya qiroli Georgiy unga shunday degandi: Siz bu yerda mezbonsiz. Greklar va butun dunyo sizning xizmatlaringizni unutmaydi. Diqqat savol: Kimga? 
Javob : Pyer de Kubertenga 
Savol : Zamonaviy bir karikaturada cho`chqaning yonida turgan inson tasvirlangan. Uning o`z kasbiga doir bir jumlasi cho`chqani dahshatga tushirgan. Diqqat savol: Insonning kasbini toping 
Javob : Fotograf 
Izoh : Ibora: ,,Hozir qushcha uchib chiqadi�. Cho`chqa ,,Angry birds� ni eslagan.
Savol : ,,Cars 2” multfilmi mualliflari dunyoga mashhur obidalarni avto olamiga moslashtirishgan. Masalan, Angliyadagi bir mashhur obidaga uchta harf qo`shib qo`yishgan. Diqqat savol: Qaysi obidaga? 
Javob : Big-Ben 
Izoh : Big-Bently qilishgan 
Savol : Oldos Xakslining bir romanida Lyusi ismli qahramon qizga shunday ta`rif beriladi: Ko`z osti ko`m-ko`k, og`zi qip-qizil, tanasining qolgan qismi esa oppoq. Shu tasvirdan so`ng muallif Lyusini X ga o`xshatadi. Diqqat savol: X ni ikki so`z bilan ayting 
Javob : Fransiya bayrog`i 
Savol : Bir necha yil avval bu shahar hokimiyati binosi yonida har kuni ,,ERTAK” eshitish mumkin edi. Diqqat savol: Qaysi shahar? 
Javob : Oslo 
Savol : Barak Obama fikricha, U oq va qora tanlilar o`rtasidagi chegarani buzgan ekan. Diqqat savol: Kim? 
Javob : Maykl Jekson 
Savol : Jak Plant 1950-yillarda Muntazam Xokkey Ligasida to`p surgan, yangiliklarni xush ko`ruvchi darvozabon edi. Uchrashuvlardan biri arafasida Jakni ko`rgan muxlislar ,,Ey, Plant axir U o`tib ketdi-ku” deb hazillashishgan. Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : Hellowen 
Izoh : Bu darvozabon ilk bor shlem bilan maydonga chiqqan 
Savol : X ilk bora Nyurenberg sudi vaqtida keng miqyosda qo`llanilgan ekan. German Gering esa X bizning ya`ni fashistlarning umrini qisqartirmoqda degan da`vo bilan chiqqan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Sinxron tarjima 
Savol : Hozir musiqada qo`llanilayotgan bu atama aslida oshpazlikdan kirib kelgan. Fransuzchada ,,terma taom” degan ma`noni beradi. Diqqat savol: Qaysi atama? 
Javob : Popurri 
Savol : Untervaldda – Arnold Melxat, Uri-Valterda – Fyurst, Shvitsda – Verni Shotouffaxen. Diqqat savol: Uning barchamiz biladigan nomini ayting 
Javob : Vilgelm Tell 
Savol : Yevropadagi bir poytaxt shahar markazida o`ra joylashgan. Unda doimiy ravishda ayiqlar yashashadi. Bu an`ana uzoq 1513-yildan beri mavjud. Diqqat savol: Bu qaysi shahar? 
Javob : Bern 
Savol : Yahudiy, yunon, suriyalik, italyan, nemis, fransuz, ingliz, portugal, ispan, polyak. Diqqat savol: Ro`yxat nima asosida tuzilganini aniqlab, oxirgi millatni ayting. 
Javob : Argentinalik 
Savol : O`tgan asrning 30-yillarida amerikalik Allan Frid radioda bu so`zni ilk bor qo`lladi. Diqqat savol: Qaysi so`z? 
Javob : Rok-n-roll 
Savol : Chexoslovakiyada Mikulash, Kolumbiyada Paskuale, Kubada Baltasar, Gaspar, Melchor. Diqqat savol: AQShda-chi? 
Javob : Santa-Klaus 
Savol : ,,Lego” firmasi o`z mahsulotlari tarkibiga bariy sulfat qo`shib chiqaradi. Diqqat savol: Bundan nima maqsad ko`zlangan? 
Javob : U Rentgen apparatida yaxshi ko`zga tashlanadi 
Savol : Merfi qonunlaridan biriga ko`ra, optimist samolyotni ixtiro qilgan bo`lsa, pessimist uni ixtiro qilgan. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Parashyut 
Savol : Londonning ,,Tayms’’ gazetasida 1927-yil 24-noyabrda chop etilgan e`lon: Shuni chuqur qayg`u bilan e`tirof etamizki, 1-jahon urushining qahramoni ser Lyudvig Jon hayotdan ko`z yumdi.Dafn marosimi ertaga soat 14-00 da markaziy qabristonda bo`lib o`tadi. Diqqat savol: E`londagi xatoni toping. 
Javob : 1-jahon urushi emas Jahon urushi bo`lgan 
Savol : Lunatizm kasalligida samarali yordam beruvchi bu mahsulotning bir qutisi so`m turadi. Biroq uni aptekadan izlab ovora bo`lmang. Bu mahsulotning yaratilishi haqida Mark Tven yozib qoldirgan ekan. Diqqat savol: Sandiqchada nima bor? 
Javob : Kanselyariya knopkalari 
Savol : Italiyada bir qancha odamlar qora chiziqlarga ega maxsus kiyimlarni sotib olishadi. Natijada mahalliy hokimiyat vakillari bunday kishilarni aldoqchi, firibgar deb nomlashadi. Ular bu borada haqlar. Diqqat savol: hokimiyat vakillari bunday kishilarni nima ish qilmaslikda ayblashadi? 
Javob : Xavfsizlik kamarini taqmaslikda. 
Savol : Barchangizga ma`lum aqshda sog`liqni saqlash katta summalar aylanuvchi tarmoqlardan biri. Har yili katta hajmdagi tibbiy texnologiyalar bilan oldi-sotdi ishlari amalga oshiriladi. Masalan, 2009-yilda infark, yurak to`xtab qolishi, yurak yetishmovchiligi kasalliklarida qo`llaniluvchi minglab elektroshok apparatlari sotildi. Diqqat savol: bu apparatlardan eng ko`pini ya`ni 200 tasini qaysi shahar sotib olganligini ayting. 
Javob : Las-Vegas 
Savol : Janubiy Afrikada ularning soni uchta, Gollandiyada ikkita, Nauruda umuman yo`q. Diqqat savol: Gap nima haqida borayotganligini anglagan holda aytingchi, biz fransuzlarnikini qanday nomlaymiz? 
Javob : Parij. Poytaxtlar 
Savol : Shvedcha shaxmat bilan tanishing. Diqqat savol: Siz menga bu o`yinning boshqa bir davlat nomi qatnashgan ikkinchi nomini ayting 
Javob : Siam egizaklari 
Izoh : Chang va Eng Banker
Savol : Barselona yaqinidagi plyajda dunyoda birinchi marta 75 smga yugurish bo`yicha Yevropa chempionati o`tkaziladi. G`olib bu masofani bosib o`tish uchun 1daqiqa 20 soniya sarfladi. Bu bilan g`olib ajdodlari tezkorligi haqidagi fikrlarni shubha ostiga qo`ydi. Diqqat savol: Musobaqa ishtirokchilari kimlar edi? 
Javob : Toshbaqalar 
Izoh : Axillesni toshbaqa yenggan
Savol : Bir nemis xotiniga debdi:-Bunga qara, men uchta erkak, ikkita ayol pashsha tutib oldim. Xotin:-Ularning erkak ayolligini qayerdan bila qolding. Er: Uchtasini Boltiqdan, ikkitasini Vizantiyadan topdim. Er davlatlar nomi o`rnida ikkita joyni aytgan. Diqqat savol: Boltiq va Vizantiya so`zlari o`rnida qaysi so`zlar qo`llangan? 
Javob : pivo yonidan va ko`zgu yonidan 
Savol : Hayne bir shoir do`stiga debdi: Bolaligimda onam menga she`rlar o`qib berganligi uchun shoir bo`lib yetishdim. Amakim Solomon esa bankir bo`lib yetishdi. Chunki bolaligida onasi unga Robin van Persi haqidagi ertaklarni o`qib berardi. Diqqat savol: Robin van Persi qaysi bitta so`z bilan almashtirilgan? 
Javob : Qaroqchilar 
Izoh : Van Persi ,,Uchar Golland”
Savol : Agar siz bu ishni yuqori tarafdan qilsangiz demak optimistsiz. Agar pastki tarafdan qilsangiz pessimistsiz. Londonda bir turdagi muassasa tashkilotchisi bo`lgan S. Fenkorning talabi bilan bu ishni qilgan odamlar hatto yetti yilgacha qamoq jazosini o`tashi mumkin edi. Diqqat savol: Gap qanday ish haqida ketmoqda? 
Javob : Kitob varag`ini qayirish 
Savol : Gitler, Eynshteyn, Banderas, Shevchenko, Moresmo, Kurosava, Timoshuk. Ular o`rtasidagi bog`liqlikni bir daqiqadan keyin siz aytasiz. 
Javob : A harfi 
Izoh : Ularning ismlari shu harf bilan boshlanadi. Adolf Gitler, Antonio Banderas, Andrey Shevchenko, Ameli Moresmo, Akiro Kurosava, Anatoliy Timoshuk
Savol : Ular aka-ukalarmi yoki opa-singillar degan savolga Andersen opa-singillar deb javob bergan. Bu opa-singillar yoshi haqida biron nima deyish qiyin. Ularning biri oldidan 47-ni , yana biri oldidan 79-ni ishlatamiz. Yana biri doimo qimmatbaho bir toshni yetaklab yuradi.Men yana birini aytmadim. Uni siz ayting. 
Javob : Yoz 
Izoh : Gap fasllar haqida. Andersenning ,,Qor malikasi” ertagida fasllar opa-singillarga o`xshatilgan. Oltin (davriy jadvalda 47) kuz, kumush (davriy jadvalda 79), zumrad bahor va albatta yoz.
Savol : Bobokalonimiz Amir Temur va Toshkentning ,,Bunyodkor” jamoalari o`rtasida g`alati bir o`xshashlik bor ekan. Ularning ikkalasi ham bir holatni boshdan o`tkazishgan. Bu holatga ikkalasi ham o`zlari istamagan holda tushishgan. Va ularning bu holatga tushishiga ma`lum ma`noda tabiat ham sababchi. Ularni shu holatga tushirganlarni ayting? 
Javob : Ilyosxo`ja va ,,Paxtakor” jamoasi 
Izoh : Gap shundaki,ularning ikkalasi ham ,,Loy jangi” da mag`lub bo`lishgan. 
Savol : Albert Eynshteyn, Alfred Nobel,Mariya Kyuri, Dmitriy Mendeleyev. Ular turli vaqtlarda, turli yerlarda yashagan bo`lishlari mumkin. Lekin hozirda ular bir-biridan uzoq bo`lmagan joyda birgalar.Aynan qayerda? 
Javob : Dmitriy Ivanovich Mendeleyev davriy sistemasida 
Savol : Germaniyada nashr etiluvchi vitamin.de jurnalida bir maqola chop etildi. Unda yoshlar tilida qo`llanilayotgan yangicha so`zlar haqida yozilgan. Qizig`I nemis yoshlari bir toifa kishilariga nisbatan ,,scheibenwischer’’ ya`ni mashina oynalaridagi tozalovchi moslama deb laqab qo`yishgan. Harakatlar o`xshashligini inobatga olishgan bo`lishsa kerak. Men bu toifa kishilardan anchaginasini taniyman. Sizlar o`sha toifa kishilar kimlar ekanligini ayting. 
Javob : Sensorli telefondan foydalanuvchilar 
Savol : ,,Bahorning o`n yetti lahzasi” asarida Shtirlits yo`lda ketarkan u haqida ,,aql yordamchisi,mayda-chuyda hayollardan butkul qutulish imkonini beradi” deb o`ylaydi. Hind kinosida shu nomli film ham bor. Uning ortiqchasi yo quvonch, yo qayg`u keltiradi. Ba`zan shoshilish uning onasiga aylanadi. Maktabda olgan bilimlaringizga tayanib uni bitta harf orqali yozib bering. 
Javob : v 
Izoh : Gap tezlik haqida borayapti. Fizikada u v bilan ifodalanadi
Savol : Sirojiddin Sayyid ijodidan: Sening hasratlaring uzun, She’rlaring qisqa. Ne-ne gado ko‘rding, ne sulton ko‘rding. Nuh ming yil yashadi – Ko‘rdi bir to‘fon. Sen Nuh bo‘lmasang ham, ming to‘fon ko‘rding. Birovdan taxt qoldi, Birovdan - daraxt. Sendan meros qolmish baytlar - tug‘yoning. ...Agar ko‘ylak tiksang armonlaringdan, Egni but bo‘lardi yupun dunyoning. She`rda buyuk bir bobokalonimiz haqida so`z boradi. She`rdagi ikki o`rinda uning hayot yo`liga oid ma`lumotlarga ishora qilingan. Savol: She`r sarlavhasini toping 
Javob : PAHLAVON MAHMUD 
Izoh : Sening hasratlaring uzun, She’rlaring qisqa. (U faqat ruboiy yozgan) Agar ko‘ylak tiksang armonlaringdan (U po`stin tikuvchi bo`lgan)
Savol : Ularni har kuni ko`plab uchratishimiz mumkin. Yaqinda ularga e`tibor qildim va bir narsaning soni kamayganligini sezib qoldim. Maktabda o`qib yurgan paytlarimda ularning soni 6 ta edi. Hozirda 5 ta bo`lib qoldi. Ularning doimiy sherigi ham bor. Ular avvalgidan ko`proq. Avval 1 ta bo`lgan bo`lsa, hozir 5 ta. Bu narsaning zamonaviysida yana bir element qo`shilgan. O`sha elementni toping. 
Javob : O`zbekiston bayrog`i 
Izoh : Gap avtomobillardagi davlat raqamlari haqida ketyapti. Eski variantda raqamlar 6 ta, harflar 1 ta edi. Yangisida raqamlar ham harflar ham 5 ta 
Savol : Italiyalik bir yozuvchi bo`lmagan shaxs kitobidan parcha: -Yangi yilda sovg`a qilgan qalpog`im senga yoqdimi? Italiyalik bo`lmagan ikkinchi kishi javobi qanday bo`lganligini ayting. 
Javob : U Materratsining ko`kragiga bosh bilan zarba beradi 
Izoh : Materratsi 2006-yilgi o`sha voqeadan keyin ,, Zidan ustidan kulishning 999 usuli” nomli kitob chop ettiradi. Yuqorida 999tadan biri keltirilgan. Materratsi qalpoq orqali Zidan tepakalligi ustidan kulgan
Savol : Bu ,,olim” 2001-yil 15-yanvarda dunyoga keldi. Uning otalari unga ismni qo`yishda ikki so`zdan foydalanishgan. Birinchisi ismining birinchi qismi gavaycha tez degani. Ikkinchi qismi esa uning vazifasini bajaradigan boshqa bir ,,olim” ismining ikkinchi qismi bilan bir xil. Familiyasi esa unga bog`liq.Uni eslasam negadir ko`zimga mozaykalar ko`rinadi. Olim nomini ayting 
Javob : Wikipedia 
Izoh : Bu electron ensklopediyaning nomi wiki-tez, pedia- ensklopediyaning ikkinchi qismi tarzida yasalgan. Uning belgisi mozaykali globus
Savol : U 1960-yil 10-avgustda o`qituvchi oilasida tug`ilgan. U aktyor, rejissyor, qo`shiqchi, prodyuser. U bolaligida futbolchi bo`lishni orzu qilgan. U dublyaj sohasida ham yetarli muvaffaqqiyatga erishgan. Shrek mutfilmining 2 va 3 qismlarida, ,,Etik kiygan mushuk” multfilmida etik kiygan mushukka ovoz bergan. Men sizdan uning kimligini so`ramayman. Siz uning eng mashhur rolini eng qisqa shaklda ifodalab bering. 
Javob : Z 
Izoh : Gap A.Banderas haqida ketmoqda.Uning eng mashhur roli Zorro. Zorroni esa qisqacha Z bilan ifodalasa bo`ladi. O`yinni ingliz alifbosi bo`yicha birinchi harf A bilan boshlagan edik, so`nggi harf Z bilan tugatamiz
Savol : Rossiya terma jamoasi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvdan so`ng Gretsiya terma jamoasi sardori Karagunisning intervyusi: Greklar nochor hayot kechirishmoqda, biroq jamoamiz ularga hech bo`lmaganda uni taqdim etishni uddalay oldi. Uning eng shaytoniy ko`rinishi Zigmund Freyd fikricha unda ekan. Diqqat savol: Uni toping 
Javob : Jakonda 
Savol : 50-yillar oxiri Italiyada noodatiy futbol uchrashuvi bo`lib o`tdi. Jamoalardan birining darvozasiga bahsli gol kiritilguncha, barchasi yaxshi davom etayotgan edi. Birdan har bir o`yinchi gol haqida fikr bildirib, o`z haqligini isbotlashga kirishib ketishdi. Ish janjalga borib yetdi. Qizig`I ikkala jamoa ham bir xil kasbdagi kishilardan tashkil topgan edi. Diqqat savol: Bu futbolchilarning eng mashhur hamkasbini ayting. 
Javob : Futbol hakamlari 
Izoh : Per Luidji Kollina
Savol : Sergey Korsunning qalamiga mansub bu karikaturada it o`qiyotgan asar nomi yashirilgan. Diqqat savol: Rasmni diqqat bilan kuzatib, bu kitob nomini mantiqan bo`lsada to`g`ri ayting. 
Javob : Koreys oshxonasi, koreys taomlari 
Izoh : Stiven King horror janri qiroli. Itlar uchun horror bu koreys taomlari.
Savol : 2001-yil aprelda ,,Guardian” gazetasida nuumte-oote tili haqidagi tilshunoslarning tadqiqotlari e`lon qilinadi. Unda Manuela Segovia va uning turmush o`rtog`I Isidro Velaskes ham esga olib o`tiladi. Diqqat savol: Ularning esga olinish sababini ayting? 
Javob : Ular bu tilni biluvchi oxirgi kishilar 
Savol : 2009-yil oxirida Dmitriy Medvedevga shunday savol berishadi: ,, Kimni tugab borayotgan yilda ,,Yil insoni” deb aytgan bo`lardingiz. Medvedev bu savolga ular deb javob bergan. Ular butun Rossiyada yarim milliondan oshiq ekan. Diqqat savol: maksimal aniqlikda ayting, ular kimlar? 
Javob : 2009-yilda tug`ilgan bolalar 
Izoh : Bu Rossiyada dolzarb muammo. Hukumatning ko`plab chora-tadbirlari ham yetarli natijalarni bermayapti.
Savol : Yaqinda Internetda Yevropa mamlakatlari xaritasi e`lon qilindi. U yerdagi har bir davlat ma`lum bir ism bilan atalgan. Masalan, Polsha-Yakub, Fransiya-Lyuka, Italiya-Franchesko, Shvetsiya-Erik, Portugaliya-Joao. Diqqat savol: Nima sababdan davlatlar bu ismlar bilan nomlangan? 
Javob : Polshada-Yakub, Fransiyada-Lyuka, Italiyada-Franchesko, Shvetsiyada-Erik, Portugaliyada-Joao eng keng tarqalgan ismlar 
Savol : 2006-yilgi futbol bo`yicha jahon chempionati doirasidagi Kot-d`Ivuar va Serbiya Chernogoriya uchrashuvi. Qo`shib berilgan daqiqalarda Ivuarliklardan biri asablarini jilovlay olmaydi va o`yinni ertaroq yakunlaydi. Diqqat savol: Menga ilk marta 1939-yilda Angliyada nashr etilgan mashhur asar nomini ayting. 
Javob : ,,O`nta negr bolasi” 
Savol : Fizik, Bibliyadagi syujet, 7 ta bo`ydoqning tutingan singlisi, Diqqat savol: Mashhur kompaniya nomini ayting. 
Javob : Apple 
Savol : Diqqat: Meg va Xyu ismlari almashtirilgan. Gollivud filmlaridan birida oshiq bir bolakayga agar haqiqiy sevgini tushunishni istasa, unga Meg va Xyu yordam berishi mumkinligini aytadi. Va unga Meg va Xyu qatnashgan mashhur filmni tomosha qilishni maslahat beradi. Bolakay uning gapiga amal qilib, ,,Meg va Xyu” filmini ko`radi. Ammo oshiq boshqa filmni nazarda tutgan edi. Diqqat savol: Qaysi filmni? 
Javob : Titanik 
Izoh : Meg Rayan va Xyu Jekman ,,Keyt va Leo” filmida bosh rol ijrochilari. Keyt Uinslet va Leo Di Kaprio Titanik filmi bosh rol ijrochilari
Savol : Bu yarim himoyachining shaxsiy kolleksiyasida jahon va Yevropa chempionatlarining kumush medalini ko`rish mumkin. Bundan tashqari ikkita Angliya chempionati kumush medalini ham. U ikki karra Chempionlar Ligasi finalchisi ham. Qizig`I Angliya liga kubogi va Angliya kubogi finalida ham qatnashgan ekan. Uning natijalaridan kelib chiqib unga ,,abadiy ikkinchi” deb laqab berishgan.Diqqat savol: U qaysi raqam ostida to`p surgan? 
Javob : 13 
Izoh : Mixael Ballak
Savol : Oktyabr maydoni, bilasizki, Moskvada joylashgan. Yelisey maydoni Parijda. Diqqat savol: Qaysi mashhur shaharda dunyoga mashhur ,,Yangi maydon” joylashgan 
Javob : Barselonada 
Izoh : Kamp Nou
Savol : Mashhur kinoaktrisa Jina Lollobridjida ,tabiiyki,ko`plab dastxatlar yozib bergan. Lekin bir safar bir mashhur kishidan o`ziga bag`ishlab dastxat yozib berishini so`raydi. O`sha mashhur unga shunday yozib beradi: Men ko`p yulduzlarni ko`rdim,lekin haqiqiy yulduz- Jina Lollobridjida. Diqqat savol:O`sha mashhurni toping. 
Javob : Yuriy Gagarin 
Savol : Bu g`oyani avstraliyalik journalist Edvard Jorj Xani urushdan bir yil o`tganidan so`ng ilgari surgan. U darhol beshni taklif etgan. Lekin beshdan emas, balki birdan foydalanish odat tusiga kirdi. Ammo faktlar ba`zida bir ham to`liq bo`lmayotganligini ko`rsatmoqda. Diqqat savol: 20 soniya ichida javobni toping. Qolgan bir daqiqa ichida javobni jamoaviy namoyish etasiz. Diqqat: Agar shartni bajarmasangiz to`g`ri javobingizni ham qabul qilmayman 
Javob : Bir daqiqalik sukut 
Izoh : Sizlar ham bir daqiqada jim bo`lib o`tirishingiz kerak edi
Savol : Teleshoulardan birida Nikolay Valuev sovg`a sifatida tortga ega bo`ladi. Tort ustida katta Klichkoning surati bor edi. Studiyada mehmonnavozlik boshlanib ketadi. Shu payt Nikolay o`zi xohlamagan holda bir ishni amalga oshiradi. Diqqat savol: Xuddi shu ishni o`tgan asr oxirlarida amalga oshirgan shaxsni toping. 
Javob : Tayson 
Izoh : Valuev tortdagi Klichko qulog`ini tishlab oladi. 1997-yil iyun.
Savol : Yapon ko`ngilochar o`yinlaridan biri tora-torani o`ynaymiz. Falonchi, tora-tora nimaligini bilasizmi? Tora-tora bu yo`lbars-yo`lbars degani ekan. O`yin shartlari: uch ishtirokchi bir vaqtda shirma ortidan chiqadilar. Ular yo`lbars, ovchi yoki qariya qiyofasiga kiradilar, yo ulardek kiyinadilar. Diqqat savol: Bu o`yin bizda o`ynalayotganda yo`lbars, ovchi,qariyani nimalarga almashtirilishini toping. 
Javob : qaychi-qog`oz-quduq 
Savol : Abdulla Qahhor antiqa fikrlar bilan kishilarni hayron qoldira oladigan kishi edi. U kishining shunday fikrlaridan biri: Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, bunday odamlarga hech kim hushtak chalmaydi. Diqqat savol: qanday odamlarga? 
Javob : Tilni buzayotgan odamlarga 
Savol : Kristofer Meril ijodi bilan tanishamiz: Ochman. Zakot berishim kerak. Diqqat savol: She`rda almashtirilgan o`rinni o`z holiga keltiring. 
Javob : Ro`za tutishim kerak 
Savol : J. BRUNOdan zargarona aforizm: Muhabbatning undan yaqinroq do‘sti bo‘lmaganidek, undan battarroq dushmani ham yo‘q: bu ayni temirning o‘zida paydo bo‘lib, keyin uning qattol dushmaniga aylanadigan zangning o‘zginasidir. F. LAROSHFUKOning aytishicha, uning bir foizi muhabbat, to‘qson to‘qqiz foizi esa shaxsiyatparastlikdan iboratdir. Diqqat savol: uni toping. 
Javob : Rashk 
Savol : T.FULLER fikricha, X yurak yorilib ketmasligi uchun qalqondir. I. GYOTE fikricha, X hatto qabr yoqasida ham yashaydi. L. VOVENARG fikricha, X hech qachon odam to‘ymaydigan boylikdir. A. POP fikricha, Umr bo‘yi bizga hamroh bo‘lgan umid hatto o‘lim to‘shagida ham bizni tark etmaydi. Diqqat savol: X ni toping 
Javob : Umid 
Savol : Topishmoq toping: "Kambag'alniki suvda, boyniki devorda" 
Javob : Ko'zgu 
Savol : Fransiya sartaroshlari mijozlari uchun bir qulaylikni kiritishdi, bu qulaylik tufayli mijozlar soch olish paytida elektron qurilmalaringizdan bemalol foydalanishi mumkin boladi. Savol bu qanday qulaylik? 
Javob : Shaffof yopinchiq 
Savol : Bir paytlar germaniyalik qo'yboqar Verner Kiber qo'ylarini ijaraga berib turar ekan. Diqqat savol: nima uchun u qo'ylarini ijaraga berib turadi? 
Javob : Gazon tekislash uchun 
Savol : Agar Gruziya Misr bilan, Armaniston Marokash bilan, Ozarbayjon JAR bilan mos kelsa Ukrainaga qaysi davlat to'g'ri kelishini ayting? 
Javob : Avstraliya 
Izoh : Gap davlatlarning internet domenlari haqida
Savol : Jon Karpenter otasiga qo'ng'iroq qilganida uzoq suhbatlashish imkoni bo'lmagan, Jon unga yordam kerakmasligini, Richard Nikson bir Amerika serialda rol o'ynaganini eslaganini va bir yirik sonni aytishga ulguradi. Siz ushbu sonni ayting? 
Javob : Million 
Izoh : Jom "Kim milliner bo'lishni xohlaydi" ko'rsatuvida ishtirok etayotgandi
Savol : Kimdir sizni ozodligingizni cheklasa ham, u bilan bir necha soat yolg'izlikda qolish sizni uning muammolarini tushunishga olib keladi. Huddi shu vaziyatga 1962 yilda suratga olingan multfilm qahramoni tushgan. Bu personajni ismini yoki bu qanday sindromligini toping! 
Javob : Karlson, yoki Stokgolm sindromi 
Savol : Dmitri Poslovskiyni bir asarida sudya jinoyatchiga nafaqat ölim jazosi bilan, balki yana bir jazo bikan hukm chiqaradi. Siz shunday jazoga mahkum bo'lgan boshqa inson bilan bog'liq bo'lgan obyektni ayting? 
Javob : Artemida ibodatxonasi 
Izoh : Jinoyatchining nomi unitilishiga hukm chiqaradi. Tarixda Gerostrad ham ibodatxonani yoqib yuborgani uchun shunday jazoga mahkum bo'lgan.
Savol : Rossiya va Gretsiya futbol oynidan so'ng grek hujumchisi Georgiyus Karagunis Gretsiya aholisining hayoti og'ir kechadi, lekin bugun biz ularga Xni bera oldik deydi. Zigmund Freyd Xga bir asarida iblisona jozibadorlik deb tarif beradi. Xni toping? 
Javob : Tabassum 
Savol : Uning omad yo'lini quyidagi ketma-ketlikda ifodalash mumkin: A, A, D, A, C, A, D, D, A. Bu personaj qaysi filmdan? 
Javob : Xarobadan chiqqan millioner 
Savol : Ba'zi manbaalarga kóra uning otasi Simon Rene ōglini o'qish yozishga bolg'a, mixl va taxta yordamida o'rgatgan ekan. Uning familyasini toping? 
Javob : Brayl 
Savol : Yozuvchi Nabokovning asari qahramoni Alp kurortida dam olayotganda sovg'alar do'konidagi bir jihoz uning e'tiborini tortadi. Bu jihozning ichki qismlari tashqariga chiqarilgan holda bo'lib, agar siz sayohatga chiqadigan bo'lsangiz 5/1 yoki 10/1 ligini olsangiz vaqtingizni ham asabingizni ham tejaysiz. Bu qanday jihoz? 
Javob : Shveytsarcha pichoq 
Savol : Gollandiyalik rassomning bir rasmida XVII asrdagi shahar tasvirlangan bo'lib, unda ikki bir biriga ōxshash tegirmonni kōrish mumkin. Rasmda qaysi shaxar tasvirlangan? 
Javob : Nyu-york 
Savol : Dmitriy Bikov bir fransuz ofitseri haqida aytishicha Napoleon oldida noto'g'ri qadam qo'ygani uchun uni gvardiya xizmatdan cheklaydi. Napoleon nimaga bunday qildi deb soramayman. Aytingchi bu ofitser qaysi xarbiy xizmatning qaysi bo'limida xizmat qilgan? 
Javob : Sapyor(portlovchi qurollarni zararsizlantiruvchi) 
Savol : Topishmoq toping: Uy yangiligida egasi yo'q, egasi paydo bo'lganida uy buziladi? 
Javob : Tuxum 
Savol : “Atletik” va “Valensiya” o`rtasidagi match fevral oyining oxirlariga to`g`ri keladi. Bu o`yinda bir futbolist simulyatsiya ishlatadi. Bu holatdan keyin football.ua saytining sharhlovchisi o`sha kuni bo`lib o`tadigan bir voqeani aytib o`tadi. Bu voqeani ayting? 
Javob : Oskar mukofoti topshirish marosimi 
Savol : Bir yuvelir magazining reklamasiga ko`ra, uning mahsuloti yordamida bosh tortib bo`lmaydigan taklifni amalga oshirish mumkin ekan. Bu kompaniya nima ishlab chiqarishini maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : Nikoh uzugi 
Savol : Bir necha yil oldin Londondagi eng qimmat avtomobil nomeri sotilgan. Bu 6 belgili nomerda 5, 5, 1 raqamlari bor. Siz menga undagi harflarni ayting. 
Javob : R, U, A 
Izoh : Sonlar harflar rolini o`ynagan va RUSSIA so`zi aks etgan
Savol : Sizga yaxshi ma’lumki, ko`pincha hayvonlar ularni ochgan yoki ular haqida birinchi yozgan odamlar sharafiga nomlanadi. Masalan, Prjeval oti, Joffrua mushugi, Gumbolt pingvini. Siz Spiks arasi nomlanishiga sabab bo`lgan voqeani ayting. 
Javob : Spiks birinchi bo'lib otib o'ldirgan qushni 
Savol : Vladimir Klichko bilan Franchesko Pyanet o`rtasidagi jang oldidan Komanda gazetasi faqatgina birgina holatda Klichkoning 100% mag`lubiyatga uchraydi deb yozilgan. Agarda Klichkoning oyoqlari kishanlangan bo`lsa, qo`llari beliga mahkam bog`langa bo`lsa va raqibining qo`lida X bo`lsa. Nikolas Keydjning filmlaridan birida Xga shunday ta’rif berilgan: “U shtamplangan po`lat va fanerlardan tashkil topgan, vazni 10 funt. U buzilmaydi, tiqilib qolmaydi va qizib ketmaydi” Xni ayting. 
Javob : Avtomat Kalashnikov 
Savol : Bir internet maqolada Buyuk Britaniyadagi активно развивается путешествие по декорациям. Bunday turizm marshrutlari orasida Yorkshir grafligidagi Gotlentdagi vokzal aytib o`tiladi. Siz menga bu vokzal bilan bog`liq bo`lgan transport vositasini maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : Xogvarts-ekspress 
Savol : Britaniya multserialida bir mahsulot o`rniga g`ildirakdan (inglizcha wheels) foydalanadilar. Qaysi mahsulot o`rniga g`ildirakdan foydalanishgan? 
Javob : Pishloq(cheese) 
Izoh : Rasmga olish paytida jilmaytirish uchun
Savol : 2005 – yil 23 – aprelda Yakov Lapitski 20 sekund davomida o`zining San-Diegodagi zooparkda bo`lganligi haqida aytib beradi. Bu birinchi … bo`lgan. Nuqtalar o`rnini to`ldiring. 
Javob : YouTubedagi rolik 
Savol : Bu Fransiyalik o`zining birinchi sayohatini 1883 – yilda, oxirgisi 1977 – yilda qiladi. Sayohatlari davomida Marlen Ditrix, Jan Mare, Sharl de Goll va boshqa ko`plab odamlar bilan tanishadi. 1932 – yilda sayohatlari mashhur asar nomida aks etadi. Bu asar avtorini ayting. 
Javob : Agata Kristi 
Izoh : Asar Sharqiy ekspressdagi qotillik
Savol : Fransuz yozuvchisi Anri Truayaning bir asari qahramoni kinoni juda yaxshi ko`rgan. U har safar kinoteatrga borganida o`zi bilan qo`shni bolakayni olib borgan. Savol nima sababdan qo`shni bolani olib brogan? 
Javob : Kino yaxshi ko`rinishi uchun 
Izoh : Bolani o`zidan bitta oldindagi qatorga o`tqazgan va bolakay unga pana qilmagan
Savol : XVI asr oxirida Seviliya shahri ko`chalarida ko`pgina hochlarni ko`rish mumkin edi. Binolar, uylar devorlariga chizilgan, yoki shunchaki ko`chalarga o`rnatilgan hochlarni ko`rish mumkin edi. Shahar hukumati bu bilan nimaga qarshi kurashmoqchi edi? 
Javob : Ko`chalarni ifloslanishiga qarshi 
Izoh : Hoch ular uchun muqaddas hisoblangan, shuning uchun aholi hoch yaqiniga chiqindi, ahlatlar tashlamaydi degan fikrda bo`lishgan
Savol : Avstriya imperatori Ferdinand I o`zi boshqaruvi xulosalarini aytar ekan, iqtisodiy, harbiy va siyosiy ishlari haqida gapirib o`tadi. Shundan so`ng u quyidagi gaplarni aytadi: “San`atga keladigan bo`lsak, men imperator sifatida san`atning rivojlanishiga qo`limdan keladigan barcha ishni qildim”. Savol: imperatorning fikricha uning san`at uchun qilgan eng asosiy ishi nima edi? 
Javob : Halaqit bermagani 
Savol : Mashxur yozuvchi Den Braun Rim Papasi bilan uchrashish oldidan uni tekshirishgani haqida aytib o`tadi. Turli xil sovuq qurol yoki papaning sog`lig`iga ta’sir qiluvchi narsalar yo`qligiga tekshirishadi. Bundan tashqari oddiy va papa uchun xavfsiz bo`lgan yana bir bor yo`qligini tekshirishadi. Savol: nima bor yoki yo`qligini tekshirishadi? 
Javob : Suv 
Izoh : Rim papasi huzuriga kirib chiqqach suv muqaddas hisoblashadi va keyinchalik bu suv bilan savdo qilishmasligi uchun tekshirilar ekan
Savol : Xitoy an`analariga ko`ra kelin va kuyovni biror soatning 2-yarmida nikohdan o`tkazish kerak. Misol uchun 2 yarimdan keyin. Savol: nima sababdan Xitoyda biror soatning 1-yarmida nikoh o`qish yomon alomat hisoblanadi? 
Javob : 1-yarmida minut strelkasi pastga qarab harakatlanadi 
Savol : XIX asrda harbiy tarjimonlar maktabini bitirgan rus ofitserlariga tamg`alar (znachok) berishgan. Ushbu tamg`alarming ba`zilarida rus alifbosida BV yoki DV harflari tushirigan bo`lgan. BV nimani bildiradi, DV nimani bildiradi? 
Javob : Yaqin sharq, uzoq sharq 
Savol : Qora quti. Qora quti ichidagini Italyan mafiyasi a`zolari muzokaralarga borganda o`zi bilan olib bormagan. Modelyer Emonuel Ungara o`z kostyumlarida bu narsa uchun maxsus bo`lim ham kiritgan. Sandiqchada nima borligini toping yoki ko`rsatib bering. 
Javob : Uzuk 
Savol : Dizayner Andrey Zubrilov noodatiy bir eshikni o`ylab topadi. Ushbu eshikning o`ng va chap tomonida 2 ta turli rangdagi eshik ruchkalari joylashgan. Lekin faqat bittasi eshikni ochadi. Muallifning fikricha bunday eshiklar kelajakda qayerlarga o`rnatilshi kerak va uning yordamida siz nimani oldindan tekshirishingiz mumkin? 
Javob : Kazino eshiklariga 
Izoh : Bugun omadingiz keladimi yo`qmi tekshirishingiz mumkin
Savol : Nabokovning Mashenka romanining voqealari Berlindagi kamtargina rus pansionida bo`lib o`tadi. Asarning Aleksey Alfyorov nomli qahramoni yashagan xonani 1-aprel xonasi deyishadi. Bunga sabab nimada? 
Javob : Pansion katta mablag`ga ega bo`lmagan, eshiklarga eski calendar varoqlari osib qo`yilgan 
Savol : Amerikalik professor Duglas Vorf o`tgan asrning 70-yillarida makkajo`xori uni, quritilgan sut va tuxum parashogidan mebel yasashni taklif qilgan. Bunday mebellardan zarur holarda kimlar va qanday qilib foydalanishlari mumkin bo`lgan 
Javob : Kosmonavtlar yegulik tugagande yeyishi mumkin bo`lgan 
Savol : 1979-yilda yaratilga bir sovet multfilmida bir mo'ylovli kishi uzoq yillar davomida unutilib yotgan bir predmetni yerdan ko'taradi. Ushbu kishining familiyasini toping? 
Javob : Per de-Kuberten 
Savol : 1915-yilning bahorida, birinchi jahon urushi ayni qizg`in pallasida nemislar lageri ustida fransuz samolyoti paydo bo`ladi va ulkam bombani tashlaydi. Askarlar pana-pana joylarga berkinishdi, lekin negadir portlash bo`lmadi. Fransuz samolyoti bomba o`rniga koptokni tashlagan ekan. Diqqat savol: koptokda qanday yozuv yozilgan edi? 
Javob : “1-aprel bilan!” 
Izoh : Voqea bahorda 1-aprel sanasida sodir bo`lgan
Savol : Bu piramida 1972-yilda “qurilgan”. Uning “arxitektori” nemis Uve Meffert bo`lib piramida tetraedr ko`rinishida qurligan. Ushbu piramida mashxurlikka biroz keyinroq erishgan. Uni ko`pchilik boshqa bir shaxs bilan bog`laydi, lekin u shaxsning ushbu piramidaga aloqasi yo`q. Diqqat savol: o`sha shaxsni toping? 
Javob : Erne Rubik 
Savol : Abu Nars Farobiy o`zining “Fozil odamlar shahri” asarida ko`pgina ilmlarning paydo bo`lishi haqida ma`lumotlar keltirgan hamda ilmlarga ta`riflar bergan. Shulardan bir quyidagicha, bu ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir, chunki tana kasal bo`lsa, rux ham so`ladi, tana to`siqqa uchrasa rux ham to`siqqa uchraydi. Shuning uchun X larning ta`siri bilan ruxni sog`aytirish yordamida tana sog`aytiriladi. Savol: men sizdan X ni so`ramayman, siz menga gap qaysi ilm haqida ketayotganini ayting. 
Javob : Musiqa 
Izoh : X – bu ovoz
Savol : Noyob qobiliyatlarga ega mutant odamlar haqidagi X-men fimini barchangiz ko`rgan bo`lsangiz kerak. Ushbu film qismlaridan birida Piter ismli juda tez yugura oladigan mutant bo`ladi. Film syujetlarining birida Piterning oldiga professor hamda Rosamaxa kelganda u bir ishni yolg`iz qilayotgan bo`ladi. Qanday ishligini toping. 
Javob : Stol tennisi o`ynash 
Savol : Harfiy badiiy tasvir vositalaridan biri istixroj san’atidir. Zahiriddin Muhammad Bubur ijodidan bir istixroj: Qadding alifu, qoshing erur yo, Desam ne ajab agar seni …? Oshiq sevgilisining qomatini alifga, qoshini yo harfiga o‘xshatib, uni «... » deb da’vo qilmoqda. Diqqat savol: nuqtalar o`rnidagi bitta so`zni toping 
Javob : Oy 
Izoh : Alif, yo harflaridan oy so‘zi hosil bo‘ladi
Savol : AQSH terma jamoasining ko'p yillik yetakchisi Lendon Donavanga muhlislar qo'ygan laqab 1917-yil 4-iyulda tug'ilgan deb hisoblanadigan "odam" bilan bir xil. Savol: Uning laqabini aniq ayting? 
Javob : Kapitan Amerika 
Izoh : U terma jamoa sardori bo'lgan
Savol : Xalq donishmandligiga ko`ra: "Eng o`tmas qalam, eng o`tkir undan yaxshiroq". Uni toping? 
Javob : Xotira 
Savol : Aleksandr Povetkin Bladimir Klichkoga mag`lub bo`lganidan so`ng, Povetkin muxlislari Klichko nohaq yutgani haqidagi turli bahonalarni o`ylab topishgan. Shunday hazilomus bahonalardan birida har ikki raundda bir hodisa sodir bo`lgani aytiladi. Qanday hodisa? 
Javob : Vladimir Klichkoni Vitaliy Klichkoga almashtirish 
Savol : Pos Team Pts Arsenal [tashlab ketilgan so’z] 39 Everton [tashlab ketilgan so’z] 30 Chelsea [tashlab ketilgan so’z] 28 …. Liverpool [tashlab ketilgan so’z] 11 Nottm Forest [tashlab ketilgan so’z] 4 Fulham [tashlab ketilgan so’z] 4 Diqqat savol: BU bir inchi savol. Unda muallif Arsenal jamoasining birinchida ekanligini ta`kidlagan. Siz menga tashlab ketilgan so`zni ayting 
Javob : Ayollar 
Izoh : Ladies first ya`ni ayollar birinchi! Bu ham birinchi savol edi. Jadval ayollar ligasiniki 
Savol : Qadimgi Misrda U haqida gapirilar ekan nafaqat u ilmiy nuqtayi nazardan muhim ahamiyatga ega balki manbaalarda aynan u soliqlarda adolatni ta`minlaganligi qayd etiladi. Savol Uni toping! 
Javob : Nilometr 
Izoh : 
Savol : 22-iyun 1940-yilda Fransiya taslim bo`lgach, Britaniya yolg`izlanib qoladi. Shunga qaramasdan fandagi ajoyib ixtirolar va inglizlar matonati tufayli Tumanli Albion mardonavor kurashadi. Ingliz razvedkasi boshlig`i Alister Delisten nemis armiyasining shifrlangan xabarlarini o`qish uchun Bleychli-Parkda ajoyib jamoa tashkil etadi. U jamoaga kriptograf va matematiklardan tashqari yana bir toifa insonlarni jalb etgan edi. Savol: O`sha toifani toping. 
Javob : Krossvord yechishni xobbiga aylantirgan insonlar 
Savol : Mashhur Jahon chempioni Steynitsning Chigorin bilan o’ynagan o’yini juda mashhur. Aynan shu partiya sababli, Chigorindan Nyu York politsiyasi uni shpion ya`ni josus deb shubhalangan. Sizlar menga ular nima o’ynaganini absolut aniqlikda bir nechta so’z bilan ayting 
Javob : Telegraf orqali shaxmat (maktub orqali shaxmat ham qabul) 
Izoh : Ular yurishlarni odatiy shaxmat alifbosida yozib jo’natib o’ynashgan masalan E4 E2 va h.k ularni yozishmalarini shifr deb o’ylashgan ekan. 
Savol : Farg’ona viloyatining teatri ilgari “Trinidat qalampiri” deb nomlangan edi. Teatrning 60 yillik yubileyi munosabati bilan unga “C12H22O11” deb nom berilgan edi. Savolda o’zgarishlar borligini sezgan bo’lsangiz kerak. Menga o’sha o’zgarishlarning ikkalasini ham ayting? 
Javob : Gorkiy va SHAKARjonov 
Izoh : Teatr nomi avvaliga M.Gorkiy nomi atalgan edi, keyinchalik yubiley munosabati bilan Farg’onalik mashhur qiziqchi Yusufjon Shakarjonov nomiga o’zgartirildi. “Trinidat qalampiri”-dunyodagi eng achchiq qalampir(Gorkiy), C12H22O11-esa saxarozaning formulasi(Shakar).
Savol : 18 kvintillion 446 kvadrillion 744 trillion 73 milliard 709 million 551 ming 615. BU ko`rib turgan raqamingiz "In va Yan" da sodir bo`ladigan voqealarning raqamdagi ifodasi ekan. siz menga "In va Yan"ni ikki so`zda ayting 
Javob : Shaxmat taxtasi 
Savol : Rus muallifi romanining bir qahramoni baland bino ostidan devorga o‘rmalab chiqar ekan devorning har bir g‘adir-budurini qo‘li bilan yaxshilab tekshirib ko‘rar edi. Diqqat savol: muallif ushbu holatda qaysi fransuzning familiyasini eslab o‘tadi? 
Javob : Brayl 
Izoh : u qo‘li bilan paypaslab ko‘rishga majbur edi, xuddi ko‘zi ojizlarning kitob o‘qishi kabi.
Savol : Facebookdagi bir guruh posterida guruhning asl maqsadini tasvirlash uchun rasmni tasavvur qiling, bu guruh xoxlagan zabondagilar bo`lishiga qaramasdan poster rus tilida edi va guruh mijoz va ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi har qanday aloqani o`rnatishga qaratilgan maqsadga ega. Posterda tasvirlangan ikkita mijoz, bir – biriga qarama-qarshi eshikka kirib ketmoqda, o`ng tomon eshikka kirayotgan mijoz bashing kiyingan va huquq himoyachilari andozasidagi kiyimda. U kirib borayotgan eshik oldida esa “Kлиент прав” degan yozuv yozilgan. Savol: shu eshikka qarama qarshi tomondagi eshikka kirib borayotgan mijoz qanday tasvirlangan va eshik oldidagi yozuvni ayting. Bunda rus tilidan bilimlaringizni ishga soling 
Javob : sher shaklida va eshik oldida «Клиент Лев» degan yozuv bor edi 
Savol : XVIII asrda johillar tomonidan cherkovlarga amalga oshirilgan bir nechta o‘g‘riliklar haqida arxivlardan hujjatlar topilgan. Hujjatlarda yozilganiga ko‘ra cherkovga kirgan o‘g‘rilar birinchi bo‘lib aynan uning yoniga borishgan. Ularning eng kattasi esa ayni kunda Kyolnda saqlanadi. Diqqat savol: o‘g‘rilar Uning yoniga kelgach nima qilishgan? 
Javob : Arqon kesishgan 
Izoh : U – cherkov qo‘ng‘irog‘i edi. O‘g‘rilarning birinchi qiladigan ishi qo‘ng‘iroq arqonini kesib, o‘ziga xos signalizatsiyani o‘chirish bo‘lgan.
Savol : 20-asrning 80-yillarida bir bankir o‘z merosxo‘riga katta miqdorda meros qoldiradi. Faqat vasiyatnoma shartiga ko‘ra, merosxo‘r bankirning tobutiga 30 ming dollar qo‘shib ko‘mishi lozim edi. Merosxo‘r dafn marosimida yuridik tomondan bankirning shartini to‘liq bajargan, ammo buning natijasida merosxo‘rga hech qanday moddiy zarar yetmagan. Savol, merosxo‘r nima qilgan? 
Javob : Aytilgan summaga chek yozib beradi 
Izoh : Chek ham pulga tenglashtirilgan, ammo bankir nomiga yozilgan va tobutga solib, ko‘milgan chekdan hech kim foydalana olmaydi, natijada merosxo‘rga hech qanday ziyon yetmaydi.
Savol : G'arb ruhiyatshunoslarining aniqlashicha ayol kishi o'ziga notanish erkak kishiga baho berishi uchun 45 sekund yetar ekan. Bunda ular 10 sekund erkak kishining bo'y-bastiga, 8 sekund ko'zlariga, 7 sekund sochiga, 10 sekund yuzining boshqa qismlariga va 5 sekund yelkalariga tikilishlari yetarli ekan. Bundan tashqari ayol kishi oxirgi 5 sekundda yana nimaga xohlasagina qaraydi? 
Javob : Nomsiz barmoq, Teng kuchli javob: nikoh uzuk 
Savol : 1867-yili AQSH Alyaska hududin Rossiyadan sotib olganidan keyin u yerga amerikaliklar köchib kela boshlaydi. Yangi kelgan amerikalik xalq bilan oldindan bu yerda yashab kelayotgan rus xalqi örtasida bir masalada bahs boradi va bu bahs amerikaliklar foydasiga yechiladi. Savol bahs nima xususida kechgan? 
Javob : rus xalqi yulian kalendari, amerikaliklar grigorian kalendaridan foydalanishgan. Taqvim böyicha bahs amerikaliklar foydasiga yechilgan 
Savol : Dunyo bo'ylab jurnalining 1966 yil dekabr sonida Londonlik bosqinchi haqida maqola U kirgan uyda esa ochilmagan seyf bor edi. Politsiyaning nega seyfni sh paytgacha ochmading degan savoliga u ,, Men o'zimga. . . " qilishni xohladim deb javob bergan edi. Diqqat savol: nuqtalar o'rnini 3 ta so'z bn to'ldiring 
Javob : Yangi yil sovg’asi 
Savol : Bu ikkita insonning öxshash ish qilganliklari haqida köp aytiladi. Ularning birinchisi bu ishni bir marta qilgan bölsa, ikkinchisi naqd 8 marta bu ishni takrorlagan. Hatto ularning birinchisi ikkinchisini xatti-harakatlarini tushunishini ham aytib ötgan. Savol ularning qilgan ishlarini topgan holda bu ikki insonning kimligini toping 
Javob : Tayson va Suares 
Izoh : Birinchisi bir marta, ikkinchisi 8 marta raqiblarini tishlab olgan
Savol : Aynan bitta shaxs uchun ataylab pishirilgan Italian Pizzasi retseptini qisqacha yozib oling: 1 kg un, 1 stakan issiq sut, 2 choy qoshiq shakar, 3qoshiq zaytun yog’i, 5 ta piyoz. Unutmang bu retsept 8-asrdan buyon qo’llanilmoqda. Savol: bu pizza kimga bag’ishlab pishirildi? 
Javob : Fibonachchi 
Izoh : Bu yerdagi mahsulotlar miqdori ketma-ketligi Fibonachchi sonlarini beradi. E’tiborni shunga qaratish kerak edi
Savol : UEFA kubogining Arsenal va Galatasaray jamoalari o’rtasidagi uchrashuv haqiqiy tomoshabop va ajoyib jangovor ruhda o’tgan edi. Ushbu o’yin haqida tayyorlangan rolikda bir filmning musiqalaridan foydalanishgan. Maqola ham shu film nomi bilan nomlangan ekan. Siz menga filmni ayting 
Javob : Yulduzlar jangi 
Savol : Baliq ovi vaqtida qarmoqqa kalmar ilinsa, tajribali baliqchilar kalmarni qayig‘iga olishga shoshilmas ekan. Bunga uni sababchi qilib ko‘rsatishadi. O‘sha sababchini ayting. 
Javob : Siyoh 
Izoh : Qarmoqqa tushgandan keyin, kalmarlar o‘zidan siyoh chiqarishni boshlashadi. Shu sababli, baliqchilar siyoh tugashini kutib turishadi, yo‘qsa qayiqni rasvo qilishi mumkin. 
Savol : Duplet! Mini futbol bo’yicha Dinamo Yamal jamoasi o’tgan mavsumlarning birida juda ajoyib o’yin namoyish eta boshladi. Ularning amaldagi chempionlarga qarshi o’yini qoldirilgan bo’lib so’nggi turdan avval o’tkazilishi lozim edi. Ungacha har ikki jamoada ochkolar teng bo’lgan. Dinamo yamal jamoasi bu o’yinda g’alaba qozonadi. Diqqat savol mazkur o’yin haqida chiqqan maqola nomini bir so’zda ayting Dinamo Yamalning so’bggi tur uchrashuvi ham amaldagi chempionlarga qarshi edi ular bu bahsda ham g’olib chiqishadi diqqat savol bu haqida muxlislar maqola nomini davom ettirib qo’shgan so’zni ayting? 
Javob : 1. SHax 2. Mot! 
Savol : Aristotel fikriga ko'ra X ning maqsadi X ning yo'qligi ekan. Diqqat savol: X? 
Javob : Urush 
Izoh : Urushning maqsadi tinchlik degan ekan Aristotel
Savol : Kanadaliklar ustidan parodiya qilib ishlangan bir filmda, amerikalik fuqaro o‘zining eski mashinasida AQSh va Kanada chegarasini kesib o‘tadi. E'tiborli tomoni, uning mashinasi kuzoviga Kanadani haqorat qiluvchi juda ko‘p yozuvlar yozilgandi. Chegaradan o‘tgach, uni kanadalik politsiyachilar to‘xtatishadi. Albatta, yozuvlar uchun. Politsiyachi qoidabuzarga antiqa bir buyruq beradi. Diqqat savol: politsiyachi qanday buyruq berganligini emas, u o‘z buyrug‘ini asoslash uchun qanday fakt aytganini toping. 
Javob : Kanadada davlat tili ikkita 
Izoh : Politsiyachi amerikalik fuqaroga Kanadani haqorat qilib yozilgan so‘zlarni fransuz tilida ham yozib chiqishi kerakligi haqida buyruq bergan. 
Savol : Markaziy yevropada tadqiqot olib borgan olimlardan biri bir topilmani topgach “yaxshiyamki bu yerga 60 yillardan beri inson qadami tegmabdi” degan edi. Diqqat savol bu yerga olim kimlarni chaqirganini ayting? 
Javob : Sapyorlar 
Izoh : Bu yerdan mina topgan jahon urushi paytida portlamay qolgan. 
Savol : O‘tgan asr oxirlarida Nyu-Jersida bir jinoiy guruh mavjud bo‘lgan. Ular omma orasida yaqqol ajralib turishgan. Ularning shimlarining bir oyog‘i ikkinchisiga nisbatan kaltaroq bo‘lgan. Bu jinoyatchilar to‘dasini 1950 yilda Oskarni qo‘lga kiritgan film nomi bilan atasa bo‘ladi. Siz bizga o‘sha film nomini ayting. 
Javob : Velosiped o‘g‘rilari 
Izoh : Jinoyatchilar velosiped o‘g‘rilashgan va haydash jarayonida shimlari velosiped zanjiriga ilakishib qolmasligi uchun bir tomonini kaltalashtirishgan. 
Savol : Duplet!! Birinchi savolga 24 soniya, ikkinchi savolga 36 soniya vaqt! 1. Tayvanda "V" toshbaqa topildi uni harakati g'alati bo'lib izi dam o'ngga dam chapga o'zgargan edi. "V" o'rnidagini 2 so'zda ayting. 2. Ayrim manbaalarga qaraganda "W" hayvonlar bir necha ming yil avval mavjud bo'lgan. Ular haqida afsonalarda ham eshitganmiz. 1-savolni topgan bo'lsangiz "W" o'rnidagini 2 so'zda ayting. 
Javob : V o'rnida ikki boshli, W o'rnida uch boshli 
Izoh : Ya`ni ikki boshli toshbaqa topilgan, ikkinchi savolda esa uch boshli hayvonlar haqid agap boradi. 4 va 6 daqiqa berilishi va V hamda W tanlanishi ham shu sababli edi.
Savol : O‘rta asr Germaniyasida cherkov devorlari Bibliyadagi syujetlar rasmlari bilan qoplangan edi. Bundan nafaqat chiroy yoki dizayn, balki bir amaliy maqsad ham ko‘zlangan edi. Diqqat savol: nima sababdan, ma'lum bir vaqt o‘tgach, cherkov devorlaridan rasmlar o‘chirib tashlandi va boshqa chizilmay qo‘yildi? 
Javob : O‘rta asrlarda savodsizlar ko‘p bo‘lgan. Rasmlar savodsiz insonlar Bibliyani yaxshi tushunishi uchun chizilgan. Keyinchalik, savodlilar ko‘paygach, rasmlarga ehtiyoj yo‘qolgan 
Savol : Uning 12 ta asosiy turi bo’lib , ularning barchasida ayolning hasratlari , ko’ngil kechinmalari , dard alamlari hamda umidlari yagona mavzu asosida birlashadi. Siz menga uni emas , uning maestrosini ayting. 
Javob : Mukarrama Turg’unboyeva 
Savol : O’rta Osiyoda xususan bizda chorvachilik bilan shug’ullanish keng tarqalgan. Bizda agarda sigirning buzoqchasi erta vafot etadigan bo’lsa , ular 1 xolatni oldini olish uchun jiddiy kirishadilar. Bu xolat e’tiborsiz qoldirilsa , ular uchun ancha og’riqli muammo yuzaga keladi. Savol : ular qanday holatni oldini olishga xarakat qilishgan ? 
Javob : Sigirni yelini sut to’lib ketmasligini oldini olishgan. 
Izoh : Agarda yelin sutga to’lib ketsa , sigir o’zini o’zi emishga harakat qiladi. Natijada esa sut ta’mini bilgan sigir qayta qayta emaveradi. Egasi esa har doim sutdan quruq qoladi. 
Savol : Butun jaxon sogliqni saqlash tashkiloti bu kasallikka – F63.9 deb nom berishgan . Zamonaviy terminologiyada unga ,, vasvasali depressiv psixoz “ deb nom berishgan . Kasallik belgilari idrokning pasayishi , tez-tez kayfiyat o’zgarishi . bu vaqtda organizm qarshiligi ortadi . Bazi xollarda o’lim bilan tugashi mumkin . Bu qaysi kasallik? 
Javob : Sevgi 
Savol : Kino nomini eslaymiz. Mashaning xikoyasi: Qayerdadir yer quruq , qayerdadir xo’l . Biz sayrga chiqdik , yedik , ichdik , uyga qaytishga xozirlik ko’rdik . Yo’lda otam ,,Tezlikni oshiraman” dedi . Shunda mashina ag’darilib ketdi . Magnitafondan xamon qo’shiq yangrar edi . Bizni kimlardir kelib mashina ichidan tortib olishdi . Otamni korgan odamla hayajon bilan xitob qilishdi . Qanday xitob edi? 
Javob : Ex Smoktunovskiy avtomildan saqlaning! 
Savol : Ispaniya qiroli Alfonso XIII da musiqani xis etish qobiliyatiga ega emasdi. Ya’ni u bir musiqani ikkinchisidan umuman farqlay olmasdi. Shuning uchun uning mulozimlari orasida bir odam bo’lgan. Uning vazifasi nima bo’lgan 
Javob : Ispaniya madhiyasi yangragan paytda qirolni ogohlantirib turgan. 
Savol : Vino degustatsiyasini ikki turi bor ekan . Biri gorizontal ikkinchisi vertikal . Bu ikkalasi qanday bo’lishini aytib bering? 
Javob : Vertikal degustatsiyada bir yilda chiqqan turli korxonalar vinolari gorizontal degustatsiyada turli yilda chiqqan bir korxona vinolari tatib ko’riladi. 
Savol : Moskvada bir nechta kenguru nomli magazinlar bor. Ularni aynan kimlar uchun ekanligini aniq ayting. 
Javob : Homilador ayollar uchun. 
Savol : Qadimgi Shomda sopol taxtachalarga yozuv tushirilganidan keyin va u qizdirilib tayyor bo’lganidan so’ng, uning ustidan yana loy qatlamini surtishgan va yana boshqa matnni yozib yana qizdirishgan. Ularning bu xarakatlari natijasida biz xozirda qaysi lotin tilidagi so’z bilan ataymiz. 
Javob : Konvert 
Izoh : Bunday nomani o’qish uchun kishi ustidagi loy qatlamini sindirishi zarur bo’lgan
Savol : Yomg’ir ostida kuylayotganlar” (1952 yil) filmida suniy yomg’irdan foydalanishgan . bunda suvni kamerada ko’rinishi uchun suvga uni xam qo’shishgan ekan . Nimani? 
Javob : Sut 
Savol : Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti olimlari uni texnikadagi rolini juda baland deb topishdi . Mobil telefonini boshqarish , boshqaruv pultini boshqarishda u katta axamiyatga ega . Siz menga uni nimaligini aytmang uni menga ko’rsatib bering 
Javob : Bosh barmoq 
Savol : Rim restoranlarida yuqori sifatli hizmat ko’rsatishadi. Ayniqsa faqat italyanlar ovqatlanadigan joylar o’zgacha. Geo jurnali muhbiri Razdunov shu joylardan biriga tashrifi chog’ida u yerda buni yo’qligidan hayron qoladi. Nimani? 
Javob : Menyu 
Savol : Angliyalik matematik Abraxam de Muavr keksalik davrida uyqusining vaqti kuniga 15 minutdan ortib borayotganini aniqladi.Arifmetik progressiya tuzib, uyqusining umumiy vaqti shuncha soatga teng bo’lgan kunini hisobladi – bu kun 1754 – yil 27 – noyabrga to’g’ri keldi va bir voqea sodir bo’ldi. Uyqusining umumiy vaqti necha soatga teng kelgan va bu kuni nima bo’lgan.  
Javob : 24 soat va uning vafoti. 
Savol : Sports.ru forumida Angliya Premyer Ligasi ixlosmandlaridan biri ximoyada o’ynovchi , markaziy Yevropadan kelgan Filipp va Ioanni ximoyada yomon o’ynagani , o’yinchilarni o’tkazib yuborgani uchun xam futbolchilarni shu kasb egalariga tenglashtirilgan . Qaysi kasb egalariga? 
Javob : Shveytsar 
Savol : Budapeshtda 1893- yildan 1918 – yilgacha Hirmondo hizmati yordamida uni radio karnayga ulanashar edi va shu orqali butun oila bilan ma’lum vaqtda qiziqarli va ko’ngil ochar dasturlarni tinglash mumkin bo’lar edi. Ularnimaniradiogaulashar edi ? 
Javob : Telefon 
Savol : Gustav Mayrinkning Golem romani bosh qaxramoni qamoqxonaga tushadi. Uyg’onib qarasaki xibsga olingan sheriklaridan biri qopchasidan qora qog’oz bo’lagini olib , yerga qo’yadi va unga qumg’ondagi suvdan quyib tizzalabb o’tiradi. Shundan so’ng u bir qancha xarakatlarni amalga oshiradi. Huddi shu maqsadda biz qaysi predmetdan foydalanamiz. 
Javob : Oyna 
Savol : Barchamizga ma’lumki , Kukriniksi uch rassom - Kupriyanov , Krilov , Sokolovning laqabi hisoblanadi. Endi aytingchi , 60- yillarda tarqalgan Vinimor laqabi kimlarga tegishli edi. 
Javob : Vitsin , Nikulin , Morgunov 
Savol : 1987 – yil Finlandiya hukumati ko’plab iltimoslarga asoslanib mamlakatda faoliyat ko’rsatadigan barcha sirklarning eng qiziqarli nomerlaridan birini ko’rsatishni man qilib qo’ydi. Qanday nomerni? 
Javob : Tropik mamlakatlardan olib kelingan hayvonlar bilan nomerlar ko’rsatishni taqiqlab qo’ydi. 
Izoh : Finlandiya ob xavosi sovuqligidan xabaringiz bor.
Savol : Chikagodagi muzeylar ichida bir muzey bor . Unda xar xil o’lchamdagi toshlarni ko’rish mumkin . Bu toshlar aynan qayerdan olinganini ayting? 
Javob : Bemor organizmidan 
Savol : Ivan Manyeroning otasi vrach , onasi rassom. Ivan Manyero esa bu kasb bilan shug’ullanadi. U fitness va diyeta yordam bermagan odamlarga yordam berishi mumkin. Uning mashg’ulotini toping. 
Javob : Plastik Jarrox 
Savol : ,,Hikmatlar saodatga yetaklar” kitobida aytilishicha xavotirga tushish xuddi X ga o’xshaydi: seni doim xarakatlantirib turadiyu lekin xec qayerga olib bormaydi . X ni ikkita so’z bilan ayting? 
Javob : Tebranma kursi 
Savol : Aleksandr Shapiro kundaliklarining birida o’smasi bor britan askari to’g’risida yozib qoldirgan. Urush paytida Yevropadagi bir shaxar atrofida bo’lib qaytganidan so’ng bu askar so’g’ayib ketadi. Bu shaxarni toping. 
Javob : IPR 
Izoh : Iprit bu askar uchun o’ziga xos ximioterapiya vazifasini bajargan va o’sma tez orada yo’q bo’lib ketgan. 
Savol : Fransiyada yangi tadqiqot o’tkazildi. Unda 35000 ga yaqin ayollar ishtirok etdi. Tadqiqot mobaynida aniqlanishicha uning maksimal davomiyligi ayollarda 47 soatni tashkil etdi. Uni vulqon og’zida qaynab turgan lavaga qiyoslashlari esa sizni javobga yaqinlashtirishi mumkin. So’rovning mavzusini toping. 
Javob : Ayollar qancha vaqt sir saqlashadi? 
Savol : Hobbit filmidan topishmoq: Qizil tepalikda 30 ta ot bor. Avval qo`shiladi,keyin ajraladi. Keyin jim qolishadi. Diqqat savol: Bu nima? 
Javob : Tishlar 
Savol : Ovozsiz qichqiradi, qanotsiz uchadi, tishsiz g`ajiydi, tilsiz gapiradi. Diqqat savol: Bu nima? 
Javob : Shamol 
Savol : ,,Og`riq tishlar dan: ...U shirin! U o'lgurning tishi bo'lsa o'zini yeb qo'yar edi! To'g'ri, tishi bo'lmagani uchun ba'zi birovlarning aqlini yalab, vijdonini so'rib yuripti-da!.. Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : Pul 
Savol : ,,O`tmishdan ertaklar'' asaridan: Yosh bir juvon mahalladagi hamma erkaklarga laqab qo'yib hammaning ichagini uzdi: Madamin talmov, bu odam hamisha talmovsirar ekan; G'ani salang, bu odam juda novcha bo'lib, salanglab yurar ekan; Nurmat tajang, bu odamning hech to'g'ri gapi yo'q, nima desa xunob bo'lib aytar ekan. Juvon dadamga "Chinoq" deb laqab qo'ydi, hammadan ham shu kulgi bo'ldi: ayam shuncha yil turib dadamning qulog'i kemtik ekanini ko'rmagan ekan. Diqqat savol: Chinoq so`zining ma`nosi nima? 
Javob : Qulog`i kemtik 
Savol : Akram degan bola... bir darsda domlaga: "Nima uchun ona tili deymiz, ota tili desak bo�lmaydimi?" deb savol berdi. Shu masala Toshkentda bo�lib o�tgan imlo konferentsiyasida ham ko�tarilgan, bunga Fitrat degan kishi: Diqqat savol:U nima degan? 
Javob : 
Savol : Abdulla Qahhor fikri: U � bir mo�jiza. Uning mo��jizalik sirlaridan xabardor bo�lish, bu sirlarni jilovlash har kimga ham muyassar bo�lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa yana nimadir kerak. Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : She�r 
Savol : Ko�pgina hunarmandlar qariganda suygan hunaridan mahrum bo�ladi: uloqchi ot chopolmaydi, surnaychi yaxshi puflolmaydi, o�yinchi oyog�ini ko�tarolmay qoladi. Yozuvchi dutor yoki vinoga o�xshaydi � eskirgan sayin ochiladi, quvvati oshadi. Diqqat savol: Nimaga? 
Javob : vinoga 
Savol : Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak, lekin yozilgan narsani o�chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldi-rish uchun talantning o�zigina kifoya qilmaydi, U ham kerak. Diqqat savol: Nima? 
Javob : Insof 
Savol : Baland qoyadagi daraxtga yana Ilinib qolibdi Mening qalpog`im . . . Kobayasi ISSA Diqqat savol: Qalpog`im o`rnida qaysi so`z almashgan? 
Javob : Varragim 
Savol : Oyning birinchi kuni , mening ushoqdek Chumchug`im boshqa chumchuqlar bilan Qo�shilib likillar Edo* ustida . . . * Edo- Tokioning eski nomi. Kobayasi ISSA . Diqqat savol:Chumchuq qaysi so`z bilan almashgan? 
Javob : Varragim 
Savol : Xuddi odamlarday daydib yuribdi , Kaptarlar , chumchuqlar Sholi o`rimi mavsumida . Kobayasi ISSA . Diqqat savol: Sholi o`rimi mavsumida so`zlarini qaysi so`zlar bilan almashtirdim? 
Javob : Baliq ovi mavsumida 
Savol : Sholi o`rimi mavsumida Qisqichbaqa ishonqiramay O�lchab yurar qumda oyoq izlarin . . . ROFU Diqqat savol: Sholi o`rimi mavsumida so`zlarini qaysi so`zlar bilan almashtirdim? 
Javob : Baliq ovi mavsumida 
Savol : Gullagan sakuralar ichra Fudziyama yuksalmish ko�kka - Yaponiyada bitta so`z! SYoU. Diqqat savol: o`sha so`zni toping. 
Javob : Bahor 
Savol : Uzoqdagi fudzi tog�larin To�sib qo�ydi yashil to�nila Yoshgina bitta so`z. Yosa BUSON . Diqqat savol: O`sha so`zni toping. 
Javob : Yaproq 
Savol : Baliq ovi mavsumi Ox qancha qayg�u , qancha tashvishlar Quyilgan - a bu qo�shiqlarga ! Kobayasi ISSA . Diqqat savol: Baliq ovi mavsumini so`zlari o`rnida qanday so`zlar bor? 
Javob : 
Izoh : Sholi ekish mavsumi
Savol : Kun uzundan uzoq , Olisdan elas - elas eshitiladi , Uning horg�in g�ijiri . . . YaXA . Diqqat savol:Nimaning? 
Javob : Objuvozning 
Savol : Eh sen bitta so`z ! Loy oyog�ingni arttayapsanmi , Olxo�ri gullariga . . . Kobayasi ISSA . Diqqat savol: Ikki bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : Bulbul 
Savol : Tong yorishar Ular ovozi Tumanlarga belanar . Mantsuo BASYO . Diqqat savol:Uch bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : Qo`ng`iroq 
Savol : Kuzgi osmonni teshib Ko�tarilar yuksakka . ONISURA . Diqqat savol: Birinchi qatordagi ikkita so`zni toping. 
Javob : Fudzi tog�i 
Savol : Taralmoqda � o - o - o - ou ! � Mungli chorlov aks - sadosi Tun qo�ynida daydiydi U. . . Matsuo BASYO . Diqqat savol:ikki bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : bug�u 
Savol : Kuzgi tog�da ibodatxona . Ayvonda turgancha tingladim ma�yus Bulbul chorlovin . . . Kobayasi ISSA . Diqqat savol: Bulbul so`zini qaysi so`z bilan almashtirdim? 
Javob : Bug`u 
Savol : Tungi sovuq . Menga juldur to�nin qarzga beradi Daladagi U . . . Matsuo BASYO . Diqqat savol: Uch bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : Qo`riqchi 
Savol : O�choq boshidagi kovakka Chirildoq kirib olgan Tungi . . . Yosa BUSON . Diqqat savol:Ikki bo`g`inli so`zni toping? 
Javob : sovuq 
Savol : Kuz kelmoqda Bu xaqda xabar olib , Uchib keldi qizil �. SIRAO . Diqqat savol: Uch bo`g`inli so`zni toping? 
Javob : ninachi 
Savol : ,,Sovet sporti” gazetasi barcha sport turlari haqidagi yangiliklarni chop etib boradi. Diqqat savol: Shaxmat va Shashka yangiliklari chop etiluvchi rubrikaning nomini toping. 
Javob : 64 
Savol : Fransiya, Norvegiya, Yaponiya, AQSh, Italiya, Kanada. Diqqat savol: Qaysi davlat bu ro`yxatni davom ettiradi? 
Javob : Rossiya 
Izoh : SOCHI - 2014. So'nggi qishki olimpiadalar o'tkazilgan hududlar
Savol : Sportchi Leonid Jabotinskiy jurnalistlarning X haqidagi savoliga javob berarkan go`shtligina qilib pishiriluvchi onasining karam sho`rvasini esga oladi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Doping 
Savol : Bir safar ,,Yuventus” mutasaddilari yanglishish tufayli futbolchilar uchun katta o`lchamdagi futbolkalar olib kelishadi. Bu kiyimda maydonga tushgan futbolchilarni ko`rib, hazilkashlar ularga bir adabiy qahramon nomini beradi. Diqqat savol: O`sha adabiy qahramonni toping. 
Javob : Kvazimodo 
Savol : Parij ishg`ol qilingan payti san`atga shinavanda nemis ofitseri bir rassom uyiga tashrif buyuradi. Suhbat chog`ida stol ustida turgan suratga ko`zi tushadi va hayrat bilan deydi: Nahotki, buni Siz qildingiz (chizdingiz ma`nosida)?! Rassom javob berdi: ,,Yo`q, buni sizlar qildingiz!” Diqqat savol: Surat va surat muallifini toping. 
Javob : Pikasso ,,Gernike� 
Savol : Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, xitoylik Xi va Xo miloddan avvalgi 2640-yilda bu ishni birinchi bor amalga oshirgan. Keyinchalik xitoyliklar yana bir marta urinib ko`rishgan. Bu ishni qilishga vikinglar 5 marta, hindlar 4 marta, irlandlar ,arablar, portugaliyaliklar 1 martadan urinib ko`rishgan. Diqqat savol: Bu ishni oxir-oqibat amalga oshirganni toping. 
Javob : Kolumb 
Izoh : Amerikani ochgan
Savol : Gulliverning ish asboblari orasida bir xo`jalik buyumi ham bo`lgan. Ba`zida uning o`rniga rom (ichimlik) dan foydalangan. Diqqat savol: Xo`jalik buyumini toping. 
Javob : Bolg`a 
Izoh : Narkoz maqsadida
Savol : Mashhur aktyor Jet Lining aytishicha, agar jang vaqtida bu ishni qilsangiz, siz eng yuqori darajaga erishgan bo`lasiz. Tailandda chiqarilgan qonunga ko`ra, endilikda askarlar va patrul xodimlari bu ishni qilib yurishlari shart. Diqqat savol: Aniq ayting, nima ish qilish? 
Javob : Jilmayish 
Savol : 100 Ernest Rezerford tasviri bor. 50 dollarlikda Apirana Ngata, 20 dollarlikda Yelizaveta II. Besh dollarlikda ham yana bir mashhur insonni ko`rish mumkin. Diqqat savol: Menga u insonni emas, u ,,tiz cho`ktirgan” raqibini ayting. 
Javob : Everest (Jomolungma, Sagarmatha) 
Izoh : Bu inson Edmund Xillari, dollarlar Yangi Zelandiyaniki.
Savol : Xarkovdagi bankomatlardan birining yuzasida bankomatda pul ko`pligini ifodalovchi inglizcha jumla yozilgan. Diqqat savol: Yozuv yonida qaysi hayvon surati bor? 
Javob : Kashalot 
Izoh : Jumla esa ,,Cash a lot�.
Savol : 2007-yilning 19-sentabrda ular 25 yoshga to`ldi. Uni yaratgan Skott Felman muloqotda emotsiyalarni ochib bergani uchun ularni ,,emotikonlar” deb atagan. Diqqat savol: Ularni qanday ataymiz? 
Javob : Smayliklar 
Savol : Aytishlaricha, g`ozlar juda keng qo`llanuvchi bir iboraning paydo bo`lishiga sababchi ekan. Diqqat savol: G`ozlarning hayot tarzidan kelib chiqib, o`sha iborani toping. 
Javob : Suvdan quruq chiqmoq 
Savol : Tarixchilarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi 1193-yildan 1183-yilgacha bu mashhur voqea sodir bo`lgan. Diqqat savol: Qaysi voqea? 
Javob : Troya urushi 
Savol : X larga bag`ishlangan muzey Kot-d`Ivuarda mavjud bo`lib, u yerda X ning bir necha santimetrligidan tortib, 70-80 santimetrigacha uchratish mumkin. 1994-yilda ekranga chiqqan bir filmda unda g`arazli maqsadlarda foydalanishadi. Diqqat savol: O`sha filmda bosh rolni kim ijro etgan. 
Javob : Jim Kerri 
Izoh : Gap niqoblar haqida ketmoqda
Savol : Haynrix Haynening eslashicha, uning davrida bir qancha mashhur harbiy marshlar bo`lgan. Ulardan eng mashhuri esa 1842-yilda bastalangan. Menimcha, bu marshning hozirda ham juda to`g`ri maqsadda qo`llanilmoqda (harbiy maqsadda bo`lmasa-da). Diqqat savol: Bu marsh muallifi kim? 
Javob : Mendelson, Feliks Mendelson-Bartoldi 
Izoh : Hozirda bu marshni er-xotinning abadiy janglari oldidan miriqib eshitish mumkin 
Savol : Bir ko`rsatuvda karate ustasi X ning katta bo`lagini mohirlik bilan parchalab tashlaydi. Shunda boshlovchi hazillashib, bu karate ustasi Y ga yetishmaganligini aytib o`tadi. Diqqat savol: X va Y ni toping. 
Javob : Muz va Titanik 
Savol : Xaruki Murakami asarlaridan birining qahramoni Yaponiyaga kelgach, o`zi uchun odatiy bo`lgan bir ishni qiladi va halok bo`ladi. Diqqat savol: O`sha ishni toping. 
Javob : Chapga qaraydi 
Izoh : Yaponiyada harakat chap taraflama. Shu tufayli Dik Nort halok bo`ladi
Savol : Basketbol kuch hamma narsani hal qilmaydi. Basketbolda egiluvchanlik, moslashuvchanlik va aniqlik ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham basketbol X va Y dan tashkil topgan deyishadi. Diqqat savol: X va Y ni toping. 
Javob : X � balet, Y � boks 
Izoh : b-a-l-e-t-b-o-k-s harflaridan basketbol so`zini terish mumkin. Savoldagi ,,tashkil topgan� so`zi o`z ma`nosida qo`llangan!
Savol : Arxelay, Koponiy, Mark Ambiviy, Appiy Ruf, Valeriy Grat… Diqqat savol: Aslida oltinchi bo`lsa-da, asarda beshinchi sifatida eslanuvchi, ro`yxatda tilga olinmagan shaxsni toping. 
Javob : Pontiy Pilat 
Izoh : ,,Usta va Margarita�da
Savol : U bundan 57 yil muqaddam hayotdan ko`z yumdi va o`zi yashagan Nyu-Jersi shtatidagi fermaga dafn qilindi. Ammo uning tasviri xotiralarda abadiy muhrlangan. Nafaqat tasviri balki uning ovozi ham. Diqqat savol: Uning tasviri ostidagi uchta so`zni toping 
Javob : Metro Goldven Mayer 
Savol : Shotlandiyada – kakku, Fransiyada – baliq, Yaponiyada – qo`g`irchoq bu kunning timsoli sanalarkan. Diqqat savol: Qaysi kun? 
Javob : 1-aprel 
Savol : U mashhur insonning 1990-yilda chop etilgan ,,Biz bir jamoamiz” kitobidagi boblardan biriga ,,7,32 ga 2,40” deb nom olgan. Diqqat savol: Bu inson kim? 
Javob : Rinat Dasayev 
Izoh : 7,32 va 2,40 bu futbol darvozasining o'lchamlari. 
Savol : Bugungi kunda X ni kech kim jismoniy kasallik deb hisoblamasi kerak. Lekin Ibn Sinoning ,,Tib qonunlari” asarida X ga shunday ta`rif berilgan: ,, X melanxoliyaga (dilgirlik, tushkunlik) o`xshab ketuvchi vasvasining bir turidir”. Bundan tashqari bobokalonimiz X ni davolash usullarini ham yozib qoldirgan. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Sevgi 
Savol : Undan foydalanish haqida ilk gap-so`zlar 1880-yilda paydo bo`lgan ekan. Uning ilk ko`rinishi esa 1914-yilda dunyo yuzini ko`rdi. 1928-yilda uning temirdan yasalgan ko`rinishi ommaga taqdim etildi. 60-yillarda esa u hozir biz bilgan ko`rinishiga keldi. U endilikda X dan yasala boshladi va bu uning nomida ham o`z aksini topdi. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Plastika 
Izoh : Gap plastik kartochkalar haqida ketmoqda. U dastlab kartondan, keyin temirdan yasalgan.
Savol : Bu davlat Qishki Olimpiada o`yinlarida birinchi oltin medalini 1908-yilda qo`lga kiritgan ekan. Biroq keyingi oltin medalni qo`lga kiritish uchun 86 yil vaqt talab qildi. 1994-yilda navbatdagi oltin medal qo`lga kiritildi. Diqqat: millatga chalg`imang. Diqqat savol: Gap qaysi davlat haqida ketayapti? 
Javob : Rossiya 
Savol : Angliyalik Jozef Blekbernni ,,Qora o`lim” deb atashgan. Gap shundaki, u doimo qora kostyum , eski qora silindr kiyib yurgan va yana bir ishni qilgan. Diqqat savol: uni mashhur qilgan ,,jang turi”ni ayting. 
Javob : Shahmat 
Izoh : U ko`pincha qora donalarda o`ynab g`alaba qozongan
Savol : Qarshingizda iks yodgorligi. Bu yodgorlik Malagada joylashgan. 2011-yilda Avstraliyada ,,Yil odami” bo`lgan Jeyms Xarrison iks vazifasini ming marta o`tagan. Diqqat savol: iksni toping 
Javob : Donor 
Savol : Uni farishta deb bilishgan. U esa o`zini ,,Parvardigor qo`lidagi mo`yqalam” deb atagan. Asl ismi Agnes Gonja Boyajiu. U rahmdillik va umid ramziga aylangan. U brogan joylarda urush vaqtinchalik to`xtatilgan. Diqqat savol: uni biz va butun dunyo qanday ataydi? 
Javob : Ona Tereza 
Savol : Yorkshir va Lankashirda uni ,,Shriker” yoxud ,,Barguest”, Shotlandiyada ,,Muckle Black Tyke”, Uelsda ,,Gwyligi”, Sharqiy Angliya va Norfolkda ,,Black Shuck” deyishadi. Uni Hars Kristin Andersen va Joanna Rouling asarlarida ham uchratish mumkin. Artur Konan Doylning xuddi shu nomdagi asari ham bor. Bu asar 1901-1902-yillarda nashr etilgan bo`lib, 80 000 funtga sotilgan. Diqqat savol: asar nomini toping. 
Javob : Baskervil iti 
Savol : Ular AQShda 109ta, Fransiyada 56ta,Yaponiya 51ta,Germaniya 20ta,Buyuk Britaniya 35ta,Rossiya 29ta. Diqqat savol: Ular orasidan 2011-yil mart oyida butun dunyo nigohini o`ziga qaratganini ayting 
Javob : Fukusima 
Izoh : AES lar haqida so`z bormoqda
Savol : O`z vaqtida bu rassomga yuborilgan xat uch haftadan so`ng yetib kelgan. Unda xotini Lukretsiyaning kasalligi haqida yozilgan edi. Xatni olgan rassom uyiga shoshadi, lekin kechikkan edi. Bu voqea 1828-yilda sodir bo`lgan. Diqqat savol: Rassom kimligini ayting? 
Javob : Samuel Morze 
Izoh : Shundan keyin u yangi axborot yetkazishning yangi usulini yaratadi
Savol : Rossiya chempionati doirasida o`tkaziladigan Volga va Terek jamoalari o`rtasidagi bahsga xuddi shunday nom berish mumkin. Bu so`z qadimgi grekchadan olingan. Hozir meni o`sha grekcha so`zni so`raydi deb o`ylaysizmi? Adashasiz. Diqqat g`alatiroq savol: Men hozir nima yeyishni xohlayapman? 
Javob : Xurmo 
Savol : Tarqatma material: Jaam Bir aforizmga ishonadigan bo`lsak, u yerda sodir bo`ladigan o`pichlar soni hatto FHDYO bo`limidagidan ham ko`proq ekan. Bu so`zning estonchasi qo`lingizda turibdi. Diqqat savol: uni toping? 
Javob : Vokzal 
Izoh : Yom estonchada shunday ekan. XIII-XVIII asrlarda Rossiyada pochta stansiyalari yomlar deyilgan. Estonchada saqlanib qolgan ekan.
Savol : Mashhur yozuvchi Boris Strugatskiy yozuvchilik sohasidagi ilk qadamlarini eslar ekan, dastlabki hikoyalaridan biri bo`lgan ,,Visko”ni yodga olgan. Aytishicha bu hikoyasi u tomonidan yuqori baholangan ekan. U adib Abdulla Qahhorning mashhur hikoyalaridan birining nomi. Diqqat savol: ikkita so`z bilan javobni ayting. 
Javob : Adabiyot muallimi 
Savol : Ginnes Rekordlar Kitobini varaqlaymiz. Yugoslaviyalik havaskor yozuvchining romani ham bu kitobdan joy olgan. Asar shunday boshlanadi: ,, Urush?” Davom etamiz: ,,Yo`q”. Diqqat savol: Asar qanday so`z bilan yakunlanishini maksimal aniqlikda ayting 
Javob : Yo`q 
Izoh : Bu asar eng qisqa roman. Atigi ikkita so`zdan iborat
Savol : Mashhur aeroportlardan birida g`alati e`lonning guvohi bo`lishingiz mumkin. G`alati. Originalda to`rtta so`z for all the inconvenience. O`zbekchada barcha noqulayliklar uchun bitta so`z Diqqat savol: to`rtta so`z bilan javobni ayting 
Javob : Thank you very much 
Savol : XX asrning 60-yillari. Amerikadagi oilalardan biridagi oddiy janjal. Xotin toqati toq bo`ldi va eriga ,,Agar qo`shning u yerga chiqsa, sen bilan ajrashmasligimiz mumkin”-deydi. Baxtni qarangki, ular ajrashmadilar. Ularning qo`shnisi kim bo`lgan? 
Javob : Nil Armstrong 
Savol : Alisher Navoi Opera and Ballet Theateri , Çaçma Ayub Mazar masjidi, Ali Shir Nawai MonumentI, Gur-e Amir maqbarasi,Kazi Zade Rumi Mausoleumi, Shah-i-Zinda kompleksi, Registan, Istiqlol san`at saroyi, Sherdor madrasasi Bu ro`yhatni bitta ism bilan yakunlang. 
Javob : Amir Temur 
Savol : Taqiqlangan savol Xalq maqoliga ko`ra u osmonga qaramaydi. Yana bir maqolga ko`ra: Jayron quvgan o’tloqqa boradi, uni quvgan balchiqqa. Gap nima haqida borayotganligini anglagan bo`lgansiz, bir ertakdan kelib chiqib ularning uyi nimadan qurilsa maqsadga muvofiq bo`lishini ayting. 
Javob : G`ishtdan 
Savol : Matsuo Baso ijodidan: Qani ketdik! Men senga ko'rsatay Yosino bog'larida gullagan bog'chalarni, Ey,eskirgan handalagim! Shu qoyadan turib Ko‘m - ko‘k dengizga Handalagimni uloqtiraman! Xokkularda so`z almashtirilgan. Originaldagi so`zni toping. 
Javob : Qalpoq, Handalak ham qalpoq ham hajviy ko`rsatuvlar 
Savol : Qiziq holat. Ikkinchi jahon urushi davrida Shekspir pyesalarida rol o`ynovchi bir qancha britaniyalik aktrisalar badanni siqib turuvchi korsetlardan foydalanishgan. Aynan qaysi maqsadda ular bu ishni amalga oshirishgan? 
Javob : Ular erkaklar rolini o`ynagan 
Savol : Nijegorodlik filolog talabalar yozda dialektlar bo`yicha amaliyot o`tashadi. Bu paytda ular har xil ijtimoiy guruhlar tilini o`rganishadi: yoshlar, sport ishqibozlari va hokazo. Bu talabalalarni bir afsonadan kelib chiqib va faoliyatlariga qarab shunday atash mumkin. Aynan qanday? 
Javob : Argonavtlar 
Savol : Ularning eng qadimiysi San Marinoda, eng tushunarsizi Hindistonda, eng tinchlikparvari Yaponiyada, eng barqarori AQSh da. Nimaning? 
Javob : Konstitutsiyaning 
Savol : Blits bo`lmay qolgan duplet 1.Bu davlat 2008-yilda tashkil topgan. Bu davlat 8 million fuqaroga ega va bu borada u ikkinchi edi. Yordam sifatida aytishim mumkinki, bu davlatning tarixiy nomi boshqacha. Aholi soni ham yilning ikkinchi yarmida keskin ko`paygan. 2.Bu davlat 1996-yilda tashkil topdi. Aholisi soni 6 milliondan ortiq. Bu borada u uchinchi edi. Yordam sifatida aytishim mumkinki, bu davlatning tarixiy nomi boshqacha. Aholi soni ham yilning ikkinchi yarmida keskin ko`paygan. 
Javob : 1. Ucell. 2. Beeline 
Savol : Happens.ru saytida bir foydalanuvchi tizim operatoriga arz qiladi. Gaplariga qaraganda uning qirqlik dasturi ishlamayotgan ekan. U nimani nazarda tutgan? 
Javob : Excel dasturini XL=40 
Savol : Yumshoq ayiqchalarni barchangiz ko`rgansiz. Ular Teddi ayiqchasi nomi bilan mashhur. Ularning paydo bo`lish tarixi qiziq bo`lgan. O`tgan asr boshlarida,,Washington Evening Star” gazetasida bir karikatura chop etiladi. Unda ayiqlar delegatsiya bir inson bilan hujum qilmaslik to`g`risida pakt imzolayotganligi tasvirlangan edi. O`sha shaxs nomini ayting? 
Javob : Teodor Ruzvelt 
Savol : Frederik Begbederning bir romanida kompaniya xodimlari odatiy so`zlar o`rniga simvollardan foydalanishadi. Ulardan birini taqdim etaman. K1H1O4. Diqqat savol: BIR daqiqadan keyin bu kombinatsiya qanday ma`no anglatishini ayting. 
Javob : 1-aprel 
Izoh : 4 oyning 1 haftasining 1 kuni
Savol : Taneda Santoka ijodIdan: (boshni qimirlatib) Go‘yo itoatkor bemorni oldiga solib Xaydab kelayotganga o‘xshar So‘qmoqdagi yo‘lovchi. Diqqat savol: xokkudagi bemor so`zi qaysi so`zning o`rnida qo`llanmoqda? 
Javob : Kapalak 
Izoh : Ulug`bek Rahmatullayevning ,, Bemor’’ va ,,Kapalak” nomli qo`shiqlari bor
Savol : O`zbek xalq topishmog`i. Bir uyda to`rtta eshik bor, har bir eshik oldida uchtadan yigit turibdi, har bir yigitga o`ttiztadan qiz to`g`ri keladi, har bir qizning boshida beshtadan gulchambar bor. Diqqat savol: Gulchambar nima ekanligini ayting. VAQT 
Javob : Sizga ma`lumki, O`zbekiston musulmon davlati. Gulchambar esa namoz, besh mahal namoz haqida gap ketmoqda. 
Savol : Berkinadi o‘t - o‘lan ichra Tunash uchun o‘tloq Ukkisi, Yaqinlashar tun . . . Diqqat savol:Ukki so`zini qaysi so`z bilan alishtirdim? 
Javob : kakku 
Savol : Akutagava Ryunoske: Xatto Xning ham , lYari shalpayib qoldi Qanday issiq xavo ! Diqqat savol: X vaY ni toping 
Javob : quyon, Quloq 
Savol : Natsume Soseki: Men kasal yotgan xonaning Bambuk pardasida Kuzgi … Diqqat savol: Xokkuni bitta so`z bilan yakunlang. 
Javob : kapalak 
Savol : Takaxama Kyosi: Guvillagan sovuq shamolni , Ko‘ksim bilan qarshi olib . Bir zumga unutdim . . . Diqqat savol: Nimani? 
Javob : qariganimni 
Savol : Takaxama Kyosi: Mo‘rini ochaman . Qilt etmay osilib turar , Kul ustida mudroq … Diqqat savol:Xokkuni bitta so`z bilan yakunlang 
Javob : o�rgimchak 
Savol : Kovaxigasi Xekigado: Oyog‘im ostida o‘ralashib , O’sgan maysalar aro Chiyillaydi mitti Ular Diqqat savol:Nimalar? 
Javob : 
Izoh : jo�ja
Savol : Kovaxigasi Xekigado Men tun bo‘yi savat to`qiyman, Xotinim esa Nimanidir yamab - yasqaydi . . . Diqqat savol:Savat to`qiyman so`zlari qaysi so`zlar bilan almashtirildi? 
Javob : 
Izoh : xayku yozaman
Savol : Suv charxpalagin aylantirishdan , Charchadi odamlar … …. . . . Diqqat savol:Xokkuni uchta so`z bilan yakunlang. 
Javob : Sholi ekish mavsumida 
Savol : Toki Dzemmaro: Qayta - qayta o‘qiyman ko‘zlarimda yosh, Yurakka yaqin Uning bu kitobi. Muqovasi sarg‘ayib ketgan… Diqqat savol:Rus yozuvchisini toping 
Javob : Turgenev 
Savol : Oqshom xasrati ! Qirmiz ko‘mirlarga sochgin Ozgina … Xushbo‘y ko‘katlarning xidiga To‘lib ketar o‘shanda xonang . Diqqat savol: Bitta so`zni toping. 
Javob : SAKE 
Savol : VAKAYAMA BOKUSIY tankasi: Bulutlar tarqadi Men Asama cho‘qqisidagi So‘qmoqlarda daydiyman Uning mo‘risi ustida Bulut parchasiga o‘xshagan tutun Diqqat savol:U ni toping. 
Javob : Vulqon 
Savol : 333 ruboiy kitobidan: Bedil ????? ??? ??????? ???????? ??????, ???? ???????, ?????? ?????? ??????. ?????? ??? ????? ????? ??? ?????????, ?? ???? ??????? ???? ??? — ?????????4. Diqqat savol:tabxol so`zining ma`nosini toping. 
Javob : Uchuq 
Manbaa : 333 ruboiy kitobi
Savol : 333 ruboiy kitobidan: Dehlaviy U ??l????, ??????? ?? ??? ??????, ??? ????????? ????? ?????? ??????. U ???????? - ?????? ?????? ???, U ???????? — ????? ??? ??????... Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Navro`z 
Manbaa : 333 ruboiy kitobi
Savol : Said Ahmadning ,,Yo`qotganlarim va topganlarim” asaridan parcha: O`sha kuni Oybek domlaning uyiga chiqdim. U daraxt soyasida chirmanda chalib o`tirardi. Kulgim qistadi-yu, o`zimni bosdim. Shunday buyuk odamning chirmanda chalishi menga g`alati tuyuldi. Zarifaxonim juda xushyor ayol edi. Darrov izoh berdi. Diqqat savol: Oybek nega chirmanda chalgan? 
Javob : Oybek umri so`ngida qalam tutolmay qolgan. Shifokorlar unga barmoqlari harakatlanishi uchun chirmanda chalishni buyurishgan. 
Manbaa : Yo`qotganlarim va topganlarim� asari, 21-bet
Savol : G`afur G`ulom Said Ahmad bilan suhbat suhbatlashayotganda ayoli Muharram opa shoirning ba`zi g`alati xislatlarini ochib qo`yadi. Shunda shoir Said Ahmadga: Mana ko`rdingmi, bechora G`afur G`ulomning ahvolini ko`rdingmi. Menga azob bergani bergan. Tag`in ham bir amallab she`r yozaman-da. Shuning uchun ham ular xotin olishmagan-da. Diqqat savol: Shoir nazarda tutgan ikki mashhur shaxsni toping. 
Javob : Navoiy va Muqimiy 
Manbaa : Yo`qotganlarim va topganlarim� asari, 32-bet.
Savol : G`afur G`ulom Sadriddin Ayniy bilan suhbatda: ,, Anchadan beri bir so`zning ma`nosini chaqolmay yuraman. Na forsda, na arabda bor bu so`z. Turkiy xalqlarda ham bunga ma`ni berib bo`lmaydi.Sal-pal forsga yaqin boradi-yu, ma`ni berib bo`lmaydi. No qo`shimchasi fors so`zlarida ishlatiladi. Menimcha buzib aytilgan forscha so`z bo`lsa kerak” deydi. Shunda Ayniy ,, To`g`ri mulla Abdug`ofur. Uning ma`nosi shuki, och qoringa yeyilgan taom.” deydi. Diqqat savol: Qaysi so`z haqida gap bormoqda? 
Javob : Nonushta aslida noshito bo`larkan. 
Manbaa : Yo`qotganlarim va topganlarim� asari, 38-bet
Savol : Said Ahmadning aytishicha, G`afur G`ulom ,,Shum bola” asarini davom ettirmoqchi bo`lgan ekan. Asar davomida Qoravoy bir mamlakatga safar qilishi kerak edi. Ermaktalablar Qoravoyga bu mamlakatga zanjir, hushtak, To`ychi hofizning plastinkalari, samovar karnay olib ketishni maslahat beradilar. Diqqat savol: Qoravoy qayerga sayohat qilishi kerak edi? 
Javob : Hindistonga 
Manbaa : ,,Yo`qotganlarim va topganlarim� asari,44-45 bet.
Savol : Said Ahmadning aytishicha, G`afur G`ulom ,,Shum bola” asarini davom ettirmoqchi bo`lgan ekan. Asar davomida bir mamlakatdan kelgan sarrof Qoravoyga o`z yurti haqida shunday deydi: U yerda qo`y tekin, ona-bola bir hayvon bir tanga, non daraxtda pishadi. Diqqat savol: Sarrof qayerlik va ona-bola birgalikda bir tangaga baholangan hayvon qaysi? 
Javob : Hindiston, fil 
Manbaa : ,,Yo`qotganlarim va topganlarim� asari,44-bet.
Savol : ,,Yo`qotganlarim va topganlarim” asarida shunday parcha bor: 1939-yilning dekabrida uch buyuk voqea kutilmoqda edi. Biri Iosif Stalinning 60 yoshli yubileyi. Ikkinchisi – O`zbekiston sho`rolar jumhuriyatining o`n besh yilligi. Diqqat savol: Said Ahmad bularni yozayotganligidan kelib chiqib maksimal aniqlikda aytingchi uchinchisi nima? 
Javob : Katta Farg`ona kanaliga suv ochilishi 
Manbaa : ,,Yo`qotganlarim va topganlarim� asari,69-bet
Savol : G`afur G`ulom ijodidan: Saydahmadlar ham yozuvchi, ham o`spirin, Bo`ydoqlikda qilar ishi sho`rin-burin. Burnidan-e ko`rinadi O`rinburun, Osh kelganda qoshiq solar eldan burun. Diqqat savol: O`rinburun nimaligini toping. 
Javob : Orenburg shahri. Askiyalarda u burunga o`xshatiladi. 
Manbaa : ,,Yo`qotganlarim va topganlarim� asari, 78-bet.
Savol : A.Qahhorning ,,Sarob” romanidan parcha: Murodxo`ja domla o`zining yurishi bilangina emas, boshqa yana birmuncha sifatlari bilan ham unga o`xshaydi. Domla maktabda-muallim, qishloqda-yer egasi, mehmonxonasida,garchi oshkora bo`lmasa-da, savdogar”. Diqqat savol: Domla nimaga o`xshatilgan? 
Javob : O`rdakka 
Izoh : Havoda-uchadi, yerda-yuradi, suvda-suzadi.
Manbaa : ,,Yo`qotganlarim va topganlarim� asari, 96-bet.
Savol : Abdulla Qahhorning otasi temirchi edi. Taxminan yigirma yettinchi yillarda saratonda u bir ishni qilmagan. Shu sababli machit imomi uni kofirga chiqarib, do`koni buziladi. Diqqat savol: Abduqahhor nima ish qilmagan? 
Javob : Ro`za tutmagan 
Izoh : Chunki, issiqda temirchi doimo suv ichib turishi kerak.
Manbaa : ,,Yo`qotganlarim va topganlarim� asari, 121-bet
Savol : Yozuvchligim tamom bo`pti. Ilgarilari yozganlarimni obdon qisqartirardim. Endi qisqartirish qayoqda, har o`qiganimda gap qo`shyapman. Ezma bo`lib qopman shekilli. Ezmalik-adabiyotning ofati. Diqqat savol:Yuqoridagi fikrlar kimga tegishli? 
Javob : Abdulla Qahhorga. 
Izoh : ,,Yo`qotganlarim va topganlarim� asari,128-bet
Savol : Abdulla Qahhor buyuk inson va yozuvchi edi. Vetnamliklardan biri ,,Abdulla Qahhor mening hikoyachilikdagi ustozimdir” degan. Diqqat savol: U kim edi? 
Javob : Xo Shi Min 
Izoh : ,,Yo`qotganlarim va topganlarim� asari, 137-bet
Savol : 2002-yilda Angolaning Kissama parkiga JAR va Botsvanadan dengiz yo`li orqali 200 ta fil, jirafalar, gnu antilopalari, zebralar, tuyaqushlar olib kelindi. Diqqat savol: Bu operatsiyaga qanday nom berilgan? 
Javob : Nuh kemasi 
Savol : 2005-yilning 6-iyulida dastlab Moskva rad etildi, so`ngra Nyu-York, keyin Madrid va nihoyat Parij. Diqqat savol: Oxirgi qolgan shaharni toping. 
Javob : London 
Izoh : 2012-yilgi Olimpiada o'tkazilish joyi
Savol : O`zbekiston terma jamoasining so`nggi o`yinlarini ko`rib yozilgan xokku: Futbolimiz tufayli Tez sotilmoqda X lar. Diqqat savol: X ni toping 
Javob : Televizor 
Savol : Hazilkashlarning fikriga ko`ra, bu ikki davlatning do`stligi haqida biror narsa deyish mushkul, chunki birining gerbida vilka, ikkinchisinikida tovuq bor. Diqqat savol:Ikkala davlatni ham ayting. 
Javob : Ukraina va Rossiya 
Savol : Angliya chempionati vakili ,,Norvich” klubining rasmiy kiyim ranglari sariq va yashil hisoblanadi. Shu sababdan klub-rasmiy sayti nomida X so`zini uchratish mumkin. Ammo bu so`zni o`qiganlar klub boshqa bir davlat chempionatida to`p sursa kerak degan fikrga kelishmoqda. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Kanareyka 
Izoh : Ranglardan kelib chiqib, ularga ,,kanareykalar� laqabi berilgan. Kanareykani eshitib ko`pchilikning ko`z oldiga Kanar orollari keladi. Kanar orollari esa Ispaniyaga tegishli
Savol : Yevropadagi bir shaharda noyob turdagi institut faoliyat yuritadi. Bu yerda talabalar o`qishmaydi. Asosiy ish ma`lum turdagi kasb egalarining faoliyatini tartibga solish turish. Diqqat savol: Bu institut qaysi shaharda joylashgan? 
Javob : Venetsiya 
Izoh : Kasb gondolyerlar
Savol : Hazilkashlarning fikricha, eng alamlisi dorini ichishni unitishingdir. Diqqat savol: Yuqoridagi jumlada qoldirilgan so`z (so`zlar) ni toping. 
Javob : Sklerozga qarshi 
Savol : Napeleon Rossiyada mag`lubiyatga uchragach, oddiy chanaga chiqib G`arbga yo`l oladi. Nemanga yetganida bir dehqon uni narigi qirg`oqqa o`tkazib qo`yadi. Odatiga sodiq qolgan imperator so`roq qilishga o`tadi:- Daryoni kesib o`tgan qochoqlar ko`pmidi? Diqqat savol: Dehqon nima deb javob bergan? 
Javob : Yo`q, siz birinchisiz 
Savol : — Esperanto tilida: "Felichan Naskightagon!" — eskimoscha: "Inuuinni pilluarit!" — hindcha: "Janam Din ki badhai!" — maori tilida: "Kia huritau ki a koe!" — slovencha: "Vse najboljse za rojstni dan!" — afrikans tilida: "Veels geluk met jou verjaarsdag!" Diqqat savol: Siz menga o`zbekchasini ayting. 
Javob : Tug`ilgan kuningiz bilan 
Savol : Bu shaharni qurish g`oyasi 1913-yildayoq paydo bo`lgan, ammo shahar qurilishi yarim asrga cho`zildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu shahar ,,hayoliy poytaxt” degan nom oldi. Diqqat savol: Bu qaysi shahar? 
Javob : Kanberra 
Savol : Ginnes Rekordlar kitobi ma`lumotiga ko`ra, X ning birinchisi 1893-yilda Parij politsiyasi tomonidan amalga tadbiq etilgan. 10 yildan so`ng X Angliyaga kirib keldi. 1903-yilda Angliyada X ning ilk egasi Rassel ismli shaxs bo`lgan ekan. 1993-yilda uning yuz yilligi nishonlandi. Uning paydo bo`lishiga nemis ayoli sababchi degan faraz ham mavjud. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Avtomobil raqamlari 
Savol : Aytishlaricha, g`alati qarorlari bilan dong taratgan imperator Kaligula bir safar dengiz qirg`og`idagi barcha chig`anoqlarni yig`ib olishni buyuradi. Diqqat savol: Bundan ko`zlangan maqsadni toping. 
Javob : Chig`anoqlarni pul deb e`lon qilmoqchi bo`lgan 
Savol : Plavt shunday degandi: Yoshligimda u mening barchasini aniq o`lchab beruvchi soatim edi. Diqqat savol: U ni toping. 
Javob : Oshqozon 
Savol : 2002-yilgi Jahon Chempionati mobaynida hakamlikka e`tirozlar juda ko`payib ketdi. Shu tufayli ba`zi hazillar ham paydo bo`ldi. Shulardan biri: Ispaniya vakillaridan biri Janubiy Koreya bilan bahsdan oldin terma jamoaga shuncha miqdordagi kartochka ko`rsatilishini taxmin qiladi. Diqqat savol: Futbolchining taxminini maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : Bitta sariq va ikkita qizil 
Izoh : Bu Ispaniya bayrog`ini hosil qiladi.
Savol : Aforizm: Har bir X da bo`lganidek, har bir ota-onaning ham o`ziga yarasha musbat va manfiy jihatlari bor. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Elektr manbai 
Savol : Bu sport turinining (ruscha) nomi chet tilidan kelib chiqqan ikki so`zdan tuzilgan (Bizda ham shu ma`noda). Lekin nomdan hosil bo`luvchi anagramma boshqa bir sport turi afsonasining familiyasi hisoblanadi. Diqqat savol: O`sha afsona qaysi sport turida faoliyat yuritishini toping. 
Javob : Formula-1 
Izoh : Shaxmat ruschada Shax umer ham deyiladi. Shumaxer esa unga anagramma
Savol : Hozirgacha ikkita futbolchi besh marotaba Jahon chempionatlarida qatnashgan. Albatta bu noyob natija. Ammo, shvetsiyalik Erik Nilson va shvetsariyalik Alfred Bikkel ikki marotabadan Jahon chempionatlarida qatnashgan bo`lishsa-da, bu ham o`ziga xos noyob natija. Diqqat savol: O`sha o`ziga xoslikni toping. 
Javob : 2-Jahon urushidan oldingi va keying Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan 
Izoh : Bilasiz, 1938-yildan 1950-yilgacha tanaffus yuzaga kelgan
Savol : Bu mashhur inson hayoti davomida 400 dan ortiq konsertlar uyushtirgan. Ko`plab musiqa asarlari mavjud bo`lsa-da, to`rttasini aniq bilasiz. Diqqat savol: To`rttalasini ham ayting. 
Javob : ,,Bahor�, ,,Yoz�, ,,Kuz�, ,,Qish� 
Izoh : Antonio Vivaldi
Savol : ,,Koinot go`zali” tanlovida qizlar oyoqlarini ham namoyish etadi. O`tgan asr 60-yillari boshida bu unvon bir ayolga berildi. Uning go`zalligi haqida bir nima deyish qiyin-u, oyog`i masalasida tanlov hakamlari fikriga qo`shilsa bo`ladi. Diqqat savol: O`sha ayol kimligini toping. 
Javob : Valentina Tereshkova 
Savol : Birinchisining uyi Via Kapelloda, ikkinchisiniki Via Arke Skalidjereda. Diqqat savol: Bu ko`chalar qaysi shaharda joylashganini toping. 
Javob : Verona 
Savol : 1956-yilda Kann kinofestivali bosh mukofoti ,,Oltin Palma” ni birinchi va oxirgi marta hujjatli film ,,Sukunat dunyosi” qo`lga kiritdi. Diqqat savol: Bu film rejissori kim? 
Javob : Jak Iv Kusto 
Savol : Bir safar Pikassoning uyiga kelgan mehmonlar devorda uning suratlari osilmaganini ko`rib so`rashibdi: Pablo, suratlaring o`zingga yoqmaydimi? Pikasso: Juda yoqadi, ammo … Diqqat savol: Uning keying gapini ayting. 
Javob : Cho`ntagim ko`tarmaydi 
Savol : Sidneydagi ekskursiyalardan birida gid shahar haqida uzoq vaqt gapiradi. Sayyohlar zerika boshlaydi. Gid ularni qiziqtirish uchun shunday debdi: Hozir biz barcha insonlar ichish va chekishni tashlagan joyga boramiz. Diqqat savol: Ular qayerga yo`l olishgan? 
Javob : Qabriston 
Savol : 2002-yilgi Jahon chempionatining madhiyasi sifatida amerikalik xonanda ayol Anasteyshaning qo`shig`i tanlab olingan. Bu voqeadan so`ng u shunday degandi: Men hech qachon futbol o`ynamaganman. Agar futbol o`ynasam, hammasi qayg`uli yakun topishi aniq. Sababi X larimdan ayrilishim mumkin. Diqqat savol: X ni toping. 
Javob : Oyoq tirnoqlari 
Savol : Alp Jamol, Muxtor Xudoyqulov, Said Ahmad va bu ro`yxatni yana 1-2 yozuvchi to`ldiradi. Ularning bir qator asarlari aynan bir joyda “uchrashadi” Savol: Qayerda? 
Javob : “Uchrashuv” filmida. 
Izoh : Ushbu film parchalari mana shu insonlar qalamiga mansub
Savol : XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoning eng mashur tennischilari qatorida Yevgeniy Kafelnikov nomi ham tilga olinadi. Ushbu tennischi Toshkenda o`tkazilgan “Prezident kubogi” turnirining muntazam ishtirokchilaridan sanalgan. Bir yil AQSh ochiq chempionatining yarim finalida imkoniyatni boy bergan Kafelnikov Toshkentga kelgach, yo`lga chiqishidan oldin Nyu-Yorkda Uning guvohi bo`lganin aytadi. Savol: Kafelnikov nimaning guvohi bo`lgan? 
Javob : Egizak binolarning portlashini 
Izoh : AQSh ochiq chempionati har yili taxminan 13 sentyabrgacha Nyu-Yorkda bo`lib o`tadi
Savol : “Hamisha bahor”. Siz bu iborani doim kulib yuradigan insonlarga nisbatan qo`llaniladigan talqinini eshitgandursiz. Lekin Abdulla Qahhor o`zining “Kartina” nomli hikoyasida bu iborani bir obektga nisbatan ishlatadi. Savol: Qayerga nisbatan? 
Javob : Issiqxona 
Savol : Arxeologik tadqiqotlarning ko`rsatib berishicha, ushbu shaharga mil. Av. I mingyillik o`rtalarida asos solingan va uning nomi “Tarmita” deb atalgan. Yana bir manbada “Taro maetha” versiyasi ham mavjud bo`lib, u “daryoning narigi sohilidagi manzilgoh” ma’nosini anglatadi. Shuningdek, ushbu shahar arman manbalarida “Drmat”, Xitoy solnomalarida “Tami” nomi bilan qayd etilgan. Diqqat savol: Gap qaysi shahar haqida ketmoqda? 
Javob : Termiz shahri 
Savol : Gi de Mopassan asarlarining birida g'alati bir qahramon bo'ladi. U ayol kishi bo'lib, nikohsiz yo'l bilan bola orttirib oladi va uni dunyoga keltirgach, ataylab kichik darajada nogiron qilib qo'yadi. Yillar o'tgach u o'z farzandini bir kasb egalariga juda katta pulga sotib yuboradi. Tabiiyki, u kasb egalari bolakay ketidan mo'may daromat ishlab olishgan. Diqqat savol: O'sha ayol o'z farzandini kimlarga sotish uchun tarbiyalagan edi? 
Javob : Sirkchilarga 
Izoh : Sirkchilar undan masxarabor yoki shu kabi komedik rollar uchun foydalanishgan
Savol : Tilimizda iste`moldan deyarli chiqib ketgan bir qator so`zlar, iboralar ko`p uchraydi. Yozib oling: Tarvuz chopiqqa ketdi, Anjir poylagani ketti, ketmoni uchmay qoldi. Bular mana shunday ro`yxatning bir turi. Savol: Bu so`zlar bilan qadimda ota-bobolarimiz nima demoqchi bo`lishgan? 
Javob : Vafot etgan, hayotdan ko`z yumdi kabi so`zlarning “yumshoq” varianti sifatida bu so`zlardan foydalanishgan 
Savol : Yaqinda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o`yinlari bo`lib o`tganidan xabaringiz bor. Ushbu musobaqada ishtirok etgan delegatsiyalar 3 harfli qisqartmalarda berilgan. Masalan, O`zbekiston UZB, Italiya ITA, Braziliya BRA, AQSH USA va hokozo. Musobaqada Olimpiya o`yinlari tarixida ilk bor ROT qisqartmasiga ega Olimpiya jamoasi ham qatnashdi. Savol: Ingliz tilidagi bilimlaringizga tayanib, ROTning kengaytmasini yozib bering 
Javob : Refugees Olympic team 
Izoh : Rio-de-Janeyrodagi musobaqada Olimpiya o`yinlari tarixida ilk bor dunyoning turli mamlakatlaridan bo`lgan boshpanasiz, qochoq sportchilar bir jamoa bo`lib ishtirok etishdi
Savol : Hozirgi paytga kelib, zamonaviy OAV orasida “sariq matbuot”ning bozori chaqqon. Yurtimizda 80-yillar matbuotning mushtariylari ko`p bo`lgan. Hatto bir gazetaning bir tiraji 80-yillarda 850 ming nusxaga teng bo`lgan. U gazeta yengil-yelpi mavzularni yoritmasa ham, shunday ko`rsatkichga erishgan. Afsuski, hozir o`sha gazetaning tiraji ancha tushib ketgan. Savol: Hozirgacha o`z nomini o`zgartirmay kelayotgan bu gazeta nomi nima? 
Javob : “O`zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi 
Izoh : O`sha paytlarda chop etilgan adabiy asarlar odamlarni shu darajada jalb etgan ekanki, mana shu gazetaning tiraji 850 ming nusxagacha borgan ekan
Savol : Ushbu inson 1916 yili Buxoro viloyatida tavallud topgan. Faoliyati davomida “Unutmas seni bog`im”, “Topmadim seni”, “Sog`indim”, “Yurak sadosi” kabi bir qator ijod namunalari mavjud. Ushbu insonning yaratgan eng mashshur asari barchamizni jo`shqinlashtirib, oyoqqa turg`azishi aniq. Savol: Yuqorida ta`rifi keltirilgan inson kim? 
Javob : Mutal Burxonov 
Izoh : Aynan bu inson bastalagan madhiyamizni eshitishi bilanoq, har qanday inson tik oyoqqa turishi aniq
Savol : “Yulduzli tunlar” romanida sunniylar va shialar o`rtasidagi to`qnashuvlar haqida ham to`xtalib o`tilgan. Shialar alamini olish uchun mashhur bir zotning qabrini topib, uni toptashadi. Arab alibosida yozilgan taxallusida birgina nuqtaning o`rnini o`zgartirib qo`yish bilan qabrtoshdagi ism-sharif butkul o`zgartirib yuborishadi. Savol: Bu qaysi alloma edi? 
Javob : Abdurahmon Jomiy 
Savol : Oyoq ostidan chiqqach Chiroyliroq bo�lib qoldi u - Bujmaygan � KYOSI . Diqqat savol: Ikki bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : yaproq 
Savol : Oppoq xrizantema - Mana qarshisida to�xtab � ham Qotib qoldi bir daqiqaga . Yosa BUSON . Diqqat savol: Ikki bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : qaychi 
Savol : Maymun ham qarshilik qilmaydi Kiydirsang chopon . Matsuo BASYO . Yangi bog� yaratdim Nihoyat undagi toshlar namlandi SYADO . Diqqat savol: Uchta so`zni toping? 
Javob : Birinchi qish yomg�iri 
Savol : Shamol qalpog�ini uchirib Savalaydi sellar beayov � dalada XAGI - DZYO. Diqqat savol: Uch bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : Qo`riqchi 
Savol : Oydin kecha - Naqadar ayanchli , naqadar baxtsiz . . . Masaoka SIKI . �.. Hatto Xizr bo�lib kelganida ham Boshdan olmas yevroqalpog�in . DANSUY . Diqqat savol: Ikkita so`zni toping. 
Javob : Daladagi qo�riqchi 
Savol : Teshik soyabon - Qishlov uchun qo�l keldi juda X larga !. . . Yosa BUSON . Diqqat savol: To`rt bo`g`inli so`zni toping 
Javob : Ko`rshapalak 
Savol : ?hiqib borar Ko�rpam yonidagi jinchiroq sari Yog� ham muzlabdi . . . Yosa BUSON . Diqqat savol:Ikki bo`g`inli so`zni toping 
Javob : Sichqon 
Savol : Oxir quvib yetdim O�tgan �ni Olis �Vaka� bandargoxida. Diqqat savol:Ikki bo`g`inli so`zni toping 
Javob : bahor 
Savol : Kobayasi Issa: Kechib o�tdim sayoz va toshli, Fe�ruzarang daryo suvlarin Telpagimni qo�limga olib Diqqat savol: Telpak so`zini qaysi so`z bilan almashtirdim? 
Javob : Shippak 
Savol : Nayto Meysetsu: Tutunlarda ko�rinmay ketar Sargashta roxib. Olislarda yangrar�. Diqqat savol: 3 bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : qo�ng�iroq 
Savol : Nayto Meysetsu: Menga sovg�a berishdi, Uyga olib ketyapman suvli kosada U ni. Diqqat savol: Ikkita so`z bilan xokkuni to`ldiring. 
Javob : Oltin baliqcha 
Savol : Taneda Santoka: ��. ��.. Chirildoqlar bilan Uxlab qolibman. Diqqat savol: Birinchi qatordagi ikkita so`zni toping. 
Javob : Sake ichib 
Savol : Taneda Santoka: Yaxshilab chaynash kerak, Hafsala bilan. Saqich bu saqichda� Diqqat savol: Saqich so`zini qaysi so`z bilan almashtirdim? 
Javob : Guruch 
Savol : Taneda Santoka: Hoy ,noinsof yaramas! Xaltadagi guruch o�zi oz! Ertagacha yetsin� Diqqat savol: Yaramas so`zi o`rnidagi so`zni toping. 
Javob : chigirtka 
Savol : Taneda Santoka: Yolg�iz U pildirab Uchib aylanyapti. Hamma yoqda tosh. Diqqat savol: U so`zi o`rnidagi uch bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : kapalak 
Savol : Taneda Santoka: Oqshomda uyga qaytayapman Qor ustini qoplab borar qor. Taraladi �.. xidi. Diqqat savol: Uch bo`g`inli so`zni toping 
Javob : sukunat 
Savol : Taneda Santoka: May oqshomi. Baqalar qurillashi aro �. shovqini. Diqqat savol: Ikki bo`g`inli toping. 
Javob : Poyezd 
Savol : Taneda Santoka: Xotiralar uchib kelar Qaydandir birdan Oppoq yuvosh U bilan . . . Diqqat savol: Uch bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : kapalak 
Savol : Taneda Santoka: Tungi ibodatxonada Tongacha U O�ynaydi parvona kapalak bilan Diqqat savol:Ikki bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : mushuk 
Savol : Taneda Santoka: U menga tikildi , Qiziqishdan ochilgan og�ziga Kirmoqda kuzgi shamol . Diqqat savol:Ikki bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : Cho�chqa 
Savol : Isikava Tokuboku: U ning romanin Poezdda o�qib ketayotib � Isikari � dan o�tib ketibman Diqqat savol: familiyasi uch bo`g`inli rus adibini ayting. 
Javob : Turgenev 
Savol : Midzuxara Syuosi: Ko�l uzra porlayotgan oyni , Tomosha qilmas hech kim Barcha �. �... Diqqat savol: Ikkita so`z bilan xokkuni yakunlang. 
Javob : sholi o�rimida 
Savol : Midzuxara Syuosi: Yomg�irli kun . Oqin bo�ylab oqar Ular Ko�rinmaydi bironta qayiq Diqqat savol:To`rt bo`g`inli so`zni toping. 
Javob : xrizantema 
Savol : Midzuxara Syuosi: U gullaydi baland qoyada , Shom zulmati qoplagan tog�lar . Olislardan ko�tarilar oy Diqqat savol:U ni toping. 
Javob : Choy 
Savol : Ular ja’mi 4 ta. Shundan birinchisida 20 ta bo‘lsa ham u bosiq, ikkinchisida boryo‘g‘i 9 ta, lekin u osmonni boshiga ko‘taradi, uchinchisida bor-yo‘g‘i 5 ta va u sharqonakamtarinlikni namoyon qiladi, to‘rtinchisida 10 ta va u eng yuqorida turadi. Siz menga ushbuto‘rtlikni emas, ularda nima shunchadan ekanligini ayting. 
Javob : Dengizlar. 
Izoh : Gap okeanlar haqida ketmoqda: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy muz okeanlari
Savol : 1830 yil 18 sentyabrda AQSh da bir poyga bo‘lib o‘tdi. Unda bir yangi kashfiyotsinab ko‘rilgan edi. Lekin tabiat har doimgidek insondan ustun keldi. Lekin bunga qaramayoradan 3 oy o‘tib bu kashfiyotdan insonlar foydalana boshladilar. Siz menga mag‘lubiyatgauchragan kashfiyotni emas, balki undan to‘xtashni iltimos qilgan film qahramonini ayting 
Javob : Balbes. 
Izoh : So‘z paravoz haqida ketmoqda, Yu.Nikulin qahramonini qo‘shig‘ini eslang: Shoshma paravoz….
Savol : Islomda bu narsa kishilarningn qaysi ijtimoiy guruhga tegishliligiga qarab turlichabo‘ladi. Shialik ruxoniylarida u qora, sayyidlar va hojilarda yashil bo‘lgan. Siz menga uning nimaekanligini emas, balki ba’zi holatlarda u nimaning o‘rnini bosishi mumkinligini ayting. 
Javob : Kafanlik. 
Izoh : So‘z salla haqida ketmoqda.
Savol : 1455-1485 yillarda o‘zaro kurash olib borgan ikki dinastiya bo‘lgan. Buni qarangki,ularning har ikkalasining belgisi haqida oradan bir necha asr o‘tib qo‘shiqlar kuylandi. Qo‘shiqkuylaganlardan biri rus, ikkinchisi o‘zbek ayoli hisoblanadi. Agar rus ayoli Alla Pugachyovabo‘lsa, o‘zbek ayoli kim? 
Javob : Umida Mirxamidova. 
Izoh : Gap Angliyada bo‘lib o‘tgan “Oq atirgul” va “Pushti atirgul” ramzlariga ega bo‘lgan dinastiyalar o‘rtasidagi urush haqida ketmoqda. Alla Pugachyova pushti atirgul haqida kuylagan bo‘lsa, Umida Mirxamidova oq atirgullar haqida kuylagan
Savol : Sobiq sovet ittifoqidan fazoga “Orbita”stantsiyasi to‘riga rangli va oq qora TVdasturlarni uzu-kun translyatsiya qilish uchun sun’iy yo‘ldosh uchirildi. Unga nom berishda esaoq-qora TV larni unutib, rangli TV larga hos bo‘lgan nomni berishdi. Unga qanday nom berilganbo‘lishi mumkin? 
Javob : “Raduga” 
Savol : Mark Tven aytgan: “Agar sizning yoshingiz 48 dan kichik bo‘lsa va siz birinchisibo‘lsangiz, demak siz juda ko‘p bilasiz. Agar sizning yoshingiz 48 dan katta bo‘lsa va ikkinchisibo‘lsangiz demak, siz juda kam bilasiz”. Birinchisi va ikkinchisini tartib bilan ayting 
Javob : Pessimist va optimist 
Savol : Madam de Steyl aytgan: “Men erkak emasligimdan baxtiyorman, chunki agar erkakbo‘lganimda o‘sha ishni qilishimga to‘g‘ri kelardi” degan. Nima qilishga to‘g‘ri kelardi? 
Javob : Ayol kishiga uylanishga 
Savol : Bu ikkala narsa ham sarflanadigan narsa. Birinchisi bizning hohishimizga qaramaysarflanaveradi, ikkinchisinig sarflanishi esa, bizga bog‘liq. Ikkovini ham foydali yoki zararlitomonga sarflash insonning o‘zining ishi. Endi siz menga o‘zbeklar iborasiga ko‘ra birinchi vaikkinchining oxirgisini nimaga sarflashni tavsiya qilinishini ayting. 
Javob : Palov yeyishga 
Izoh : Gap kun va pul haqida ketmoqda: “Kuningdan bir kuning qolsa ham osh ye, pulingdan bir so‘ming qolgan bo‘lsa ham osh ye”.
Savol : Xalqimizda “Oyga qarab adashsang otingni oltin qoziqqa bog‘la” degan ibora bor.Xo‘sh o‘sha “ot bog‘lanadigan” “oltin qoziq” nima? 
Javob : Qutb yulduzi 
Savol : Shaxmatda uzoqqa uruvchi (dalnoboykiy) figuraning raqib figurasi yoki piyodasi, shuningdek, qandaydir maydonga raqibning boshqa figuralari orqali o‘tishi aynan bir insonning nomi bilan ataladi. U inson aslida shaxmatchi emas, lekin uning nomi nafaqat shaxmatchilarga balki tibbiyot xodimlariga ham juda yaxshi tanish. U kim? 
Javob : Rentgen. 
Savol : Vorfolomey, kichik Iakov, Andrey, Matvey, Faddey, Simon, Foma, Iakov Zavedeev,Filipp, Petr, Ioann. O’sha sirli kechaning yana ikkita qatnashchisini ayting. 
Javob : Iso va Iuda. 
Izoh : Bu yerda gap Leonardo da Vinchining “Tilsimli kecha” suratidagi Iso va 13 ta havoriylar haqida ketmoqda.
Savol : 100 metrlik metall sterjen 1 daraja isitilganda 1 mm ga uzayadi. Toshkentda haroratyil davomida o‘zgarib turadi. Shu sababli metall haroratining 15 gradusdan 65 gradusgachaqizishini hisobga olsak,uning balandligi taxminan 15 sm ga o‘zgarib turadi. Uni ayting 
Javob : Toshkent teleminorasi 
Savol : Odatdagi asalarilar oilasi bir mavsumda 50-60 kilogrammgacha asal va 1-1,5kilogramm uni berishi mumkin. U nima? 
Javob : Mum. 
Savol : O’zbekistonda davlat muhofazasi ostiga ularning 319 tasi olingan, ulardan ko‘pchiligiFarg‘ona vodiysida,Samarqand,Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridadir.Ulardan ayniqsaehtiromga sazovori Vodilda bo‘lib, uning ko‘rsatkichlari 800, 35, 8 ga teng.U nima? 
Javob : Chinor (800 yosh,bo‘yi 35 m,qalinligi 8 m). 
Savol : Bu narsaga nisbatan non 3 marotaba,sigir suti 10 marotaba kamroq to‘yimlidir.Kaloriyaviyligi bo‘yicha unga hatto cho‘chqa yog‘i ham bas kelolmaydi. U nima? 
Javob : Yong‘oq 
Savol : Blits savol.Mavzu: O’zbek topishmoqlari.1.Onasidan kiyim-boshimBolasidan yog‘li oshim.2.Tim qora kichkina xolTo‘xtatar yo‘lda darhol3.Yettisi bir yerga yig‘ilsaBeshisi bir yerga yig‘iladi. 
Javob : 1.Paxta. 2.Nuqta. 3.Palov (palovning yettita asosiy masallig‘i va uni “o‘zbekchasiga” yeydigan beshta barmoq). 
Savol : Shaxmat bo‘yicha 9-jahon chempioni Tigran Petrosyanning shunday gapi bor:“Shaxmat –bu shakli bo‘yicha o‘yin, mazmuni bo‘yicha-san’at, o‘yinni o‘rganish qiyinligibo‘yicha esa - udir”. U nima? 
Javob : Fan. 
Savol : Bu qirollikning Agadir, Safi, Tetuan, Tanjer kabi portlari bor. Uning poytahti hamport port shahar hisoblanadi. Lekin u mamlakatdagi eng yirik port emas. Siz menga ushbumamlakatning eng yirik portini ayting 
Javob : Kasablanka (Gap Marokash davlati haqida ketmoqda). 
Savol : Injilda shunday yozilgan: “U ishni qilmanglar - na osmon haqqi, chunki u Xudoningtaxtidir, na yer haqqi, chunki u Xudoning poyandozidir, na Quddus haqqi, chunki u BuyukPodshohning shahridir. Boshing haqqi ham u ishni qilma, chunki sen bironta sochingni oq yokiqora qilomaysan”. Injilda nima qilmaslik to‘g‘risida nasihat qilingan? 
Javob : Qasam ichish 
Savol : Blits savol.Mavzu: Namoz.1.Fors tilida namoz, arab tilida-chi?2.O’zbekistonda namoz asosan shu mazhabga muvofiq o‘qiladi.3.Joynamozning bosh tomoniga aynan uning shakli tikilgan bo‘ladi. 
Javob : 1.Salot. 2.Hanafiylik. 3.Burchak (mehrob). 
Savol : Bir zolim podsho xalqqa: “Mening bo‘yimga loyiq ko‘rpa tikib kelinglar” debbuyuribdi. Ertasiga podsho ko‘rpalarni birma-bir ustiga yopib ko‘ra boshlabdi. Ko‘rpa agaruzunroq bo‘lsa, uni ataylab bosh tomonga tortib, oyoqlarini cho‘zib: “Ie bu kalta-ku!” deb, agarkaltaroq bo‘lsa jo‘rtaga oyoqlarini yig‘ib olib: “Ie bu uzun-ku” deb baqiraveribdi. Shunda navbatbir cholga kelibdi. Podsho u keltirgan ko‘rpani ustiga yopibdi-da, bosh tomonga tortib oyoqlarinitizzasigacha ochib: “Ie bu kalta-ku!” deb baqirgan ekan, sabr kosasi to‘lib turgan chol qo‘lidagihassasi bilan podshohning oyoqlariga bir tushirib, bir gap aytibdi. U podshoga nima degan? 
Javob : “Ko‘rpangga qarab oyoq uzat-da!”. 
Savol : Bu nisbat finvalda 0,0045%, Hind filida 0,27%, itda 0,22%, asalarida 0,5%, uysichqonida 3-3,2%, gorillada 0,2%, shimpanzeda 0,8%, odamda esa 2-2,5% ni tashkil etadi. Aniqqilib ayting, nimaning nimaga nisbati? 
Javob : Bosh miya massasining tana massasiga nisbati 
Savol : Ularning rangiga ko‘ra qora, kulrang, durrang, kumushrang, tillarang, bronza rang, qahrabo rang, platina rang, po‘lat rang, jigarrang, brilliantsimon rang, oq va boshqa turlari bor. U nima? 
Javob : Qorako‘l terisi. 
Savol : Vladimir Voroshilovning sevimli iborasi bor: “Birinchisini ko‘rdingmi-uni qo‘y.Ikkinchini ko‘rdingmi-uni o‘tqaz. Agar hech nima ko‘rmayotgan bo‘lsang, qog‘oz va matonivayron qilma”. Siz menga birinchi va ikkinchini o‘zaro birlashtirgan va bundan bir yangilikniyaratgan insonni ayting. 
Javob : Morze (Gap bu yerda nuqta va chiziq, ya’ni tire haqida ketmoqda). 
Savol : Bir necha yil oldin ,,Futbol Week End” ko`rsatuvi sharhlovchisi Rossiya premer-ligasining o`tkazilish davrini hisobga olib bir maqolni o`zgartirib aytgan edi. Endilikda bunday qilomasligi aniq. Diqqat savol: Maqolni o`zgartirilgan holda toping.  
Javob : Ochkoni kuzda sanaydilar 
Savol : Latifa. Bir ikkinchisidan so`ramoqda: ,, … ingliz tiliga qanday tarjima qilinishini bilasanmi?”. -,,Bilmayman”. -,,Ko`rdingmi, hech kim bilmaydi”. Diqqat savol: Nuqtalar o`rnidagi inglizcha jumlani toping.  
Javob : I don`t know 
Savol : 93 yoshli Sutomu Yamaguchi bir jihat bo`yicha dunyodagi yagona inson hisoblanarkan. Diqqat savol: Uning o`ziga xosligi nimada? 
Javob : Ikki atom bombardirovkasini ham boshdan kechirgan 
Izoh : 6-avgustda xizmat safari tufayli Xirosimada edi. 8-avgust uyiga qaytadi. Omadsizlikni qarang!
Savol : SSSR terma jamoasi 1974-yilda Devis Kubogi doirasida o`yinlarni o`tkazish uchun Hisndistonga boradi. Bahslar boshlanishidan oldin kortda X umuman yo`q edi. Bir necha kun o`tib esa X paydo bo`ldi. Qizig`i, bunga tashkilotchilarning hech bir aloqasi yo`q. Diqqat savol: X ni toping.  
Javob : Soya 
Izoh : Kort tribunalari atrofida bambuklar o`sgan va bir necha kunda hammayoqni soya qoplaydigan darajada to`sib qo`yishgan
Savol : Futbolchi Sergey Nazarenko yoshligida ,,Dnepr” jamoasi tarkibiga kirishga uch bor urinib ko`radi. Jurnalist Valeriy Prigornitskiy bu holatga izoh berarkan: Agar Nazarenko bir mashhur sitatani eslaganida edi, uchinchi muvaffaqqiyatsiz urinishni amalga oshirmasdi- deydi. Diqqat savol: O`sha fikr muallifi kim?  
Javob : Geraklit 
Izoh : Sitata: Bir daryoga ikki marta tushib bo`lmaydi
Savol : 1970-yil 9-iyunda noodatiy shaxmat o`yini bo`lib o`tadi. Shaxmat donalari maxsus teshiklar bo`ylab harakat qiladi. O`yin 6 soat davom etadi va durrang bilan intiho topadi. Diqqat savol: O`yin qatnashchilari kimlar? 
Javob : Kosmonavtlar 
Savol : Donetsk shahridagi ko`p qavatli aholi turar joylaridan birida quyidagi e`lon yozilgan : ,,Yonimizdagi uy biznikidan qulayroq”. Diqqat savol: Bundan qanday maqsad ko`zlangan? 
Javob : BOMJlardan xalos bo`lish 
Savol : ,,Jiro d`Italiya” ko`pkunlik velopoygalari uchun 2009-yilda maxsus logotip ishlab chiqiladi. Logotipda velosiped haydab ketayotgan velosipedchining surati bor. Diqqat savol: Velosipedchi aynan nimaga o`xshatib chizilgan? 
Javob : 1 soniga 
Izoh : 2009-yilda musobaqaning 100 yilligi nishonlandi. Velosiped g`ildiraklari ikkita 0 0 ni hosil qilgan. Velosipedchi 1 ga o`xshatib chizilgach, 100 hosil bo`lgan!
Savol : Futbol sharhlovchisi Tomas Xitslshpergerning eng katta kamchiligi X degan edi. Lars fon Trierning muvaffaqqiyatga erishishida X muhim ahamiyatga ega. Diqqat savol: X ni toping.  
Javob : Familiya 
Izoh : Trier fon qo`shimchasini o`zi qo`shib olgan
Savol : Aforizm: ,,Optimistlar baxt … ga ishonishadi”. Diqqat savol: Nuqtalar o`rnidagi so`zni toping.  
Javob : Oxirzamon 
Savol : Kubalik Xose Kastelar uning uzunligini 43 metr 38 santimetrga yetkazib, dunyo rekordini o`rnatgan. Diqqat savol: Uni toping. 
Javob : Kuba sigarasi 
Savol : Pele ularni pulemyotchilarga o`xshatgan. Bundan tashqari ularga bir jihati bilan yordam berishini ham aytgan. Diqqat savol: Ular kimlar?  
Javob : Futbol sharhlovchilari 
Izoh : Ismining qisqaligi ularga yordam
Savol : Xitoyliklarning Yangi Yil dasturxonida har bir narsa o`z ma`nosiga ega. Masalan, bambuk novdasi – ertangi kunga ishonch. Diqqat savol: Ugra (Lapsha) nimaning ramzi?  
Javob : Uzoq umr 
Savol : Denis Xoup Oydagi joylarni sotgani tufayli mashhurlik va boylikka erishgan. Jurnalistlar esa endilikda bunday ishlarni u yerda davom ettirgan ma`qul degan fikrni ilgari surishadi. Diqqat savol: Qayerda?  
Javob : Merkuriy sayyorasida 
Izoh : Merkuriy savdo-sotiq xudosi
Savol : ,,Chery QQ” avtomobili xalq orasida shunday laqab olgan. Diqqat savol: Qanday?  
Javob : Kakku 
Izoh : QQ ,,Kyu-Kyu� tarzida o`qiladi
Savol : Tabiatni sevuvchi Uolter Rotshild sharofati bilan X 1895-yil Britaniyada paydo bo`ldi. Diqqat savol: X ni toping.  
Javob : Zebra 
Savol : ,,Klinika” seriali bosh qahramoni doktor Dorian o`z bemorlarini o`ldiruvchi qonxo`r vampir edi. Keyinroq u o`ziga X deb taxallus qo`yib oladi. Diqqat savol: X ni toping.  
Javob : Akula 
Izoh : Dr.Acula
Savol : Bir qo`shiqchining hazil qo`shig`ida shunday so`zlar bor: ,,Men daltonik bo`lib tug`ilishni va butun dunyoga qichitqi o`t ekishni juda xohlayman”. Diqqat savol: Bu qo`shiq qaysi voqeaga bag`ishlangan?  
Javob : Qizil va Oq atirullar urushi 
Savol : Ingliz tilidagi bir suratda ingliz xalq maqolini o`zgartirib qo`yilganini ko`rish mumkin. Maqolning o`zgartirilgani: Xudo – temirchi, lekin … emas. Diqqat savol: Bu suratda kimni ko`rish mumkin?  
Javob : Garri Potter 
Izoh : Maqolning inglizchasi: ,, God is the potter, not Harry�
Savol : Kvebek provinsiyasida Kanada tarkibidan chiqishni asosiy maqsadi qilib olgan partiya ish yuritadi. Diqqat savol: Ularning ikkinchi maqsadini topib, partiya nomida qaysi son borligin toping.  
Javob : 51 
Savol : Bu asarning ekranlashtirilgan variantida bosh qahramon shunday deydi: Meni qattiq tumov qiynamoqda. Diqqat savol: Bu qaysi asar?  
Javob : Otello 
Izoh : Ro`molchani so`rash yo`li
Savol : ,,Pashshalarning oyga sayohati” mutfilmida pashshalar oilasi bir salat tayyorlashadi. Uning nomi mavjud bir salatdan ozgina farq qiladi. Diqqat savol: O`sha nomni toping.  
Javob : Setsezar 
Izoh : Setse pashshasi mavjud, shuningdek Sezar salati ham
Savol : E`londan: Kartrijingizni istalgan bo`yoq bilan to`ldirib beramiz, bu rang esa tekin. Diqqat savol: Qaysi rang?  
Javob : Oq 
Savol : Afrikadagi ,,Kariba” nomli ulkan GES qurilishi oqibatida hayvonot olami uchun katta xavf tug`iladi. Diqqat savol: Ularni qutqarish uchun tuzilgan qutqaruv ekspeditsiyasi qanday nom olgan.  
Javob : Nuh 
Savol : O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa, Dod demoqqa palla bo’lgani shudir. Ma’rifatdan ayru o’ynasa, kulsa, Aza chog’i X bo’lgani shudir. O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa, Aldangani, alla bo’lgani shudir. Yulg’ich aziz bo’lib, bilgich xor bo’lsa, Paytavaning Y bo’lgani shudir. Savol: x va y ni toping. 
Javob : X-yalla; Y-salla. 
Savol : Stendalning fikricha U uchun biroz g’amgin va yetarli darajada baxtsiz odamlar kerak, Gyote esa Unga qiyin va ezgu ishlar bilan shug’ullanadi deb ta'rif bergan. Uni toping? 
Javob : San’at 
Savol : “Katta Farg’ona kanali” qurilishida xizmat ko’rsatgan polvon Do’nan Do’stmatov matbuot konferensiyasida gapirishdan oldin SHU ISHNI qiladi. Shunda zalda o’tirgan G’afur G’ulom xazil qilib: “ Gap ketmon emas, SHU ISHni qilmay ham gapiravering, Do’nan aka” deydi. Savol: SHU ISHni 2 so’z bilan yozib bering 
Javob : Kaftiga tuflaydi 
Savol : Shoir Muhammad Yusufning fikricha turna kishnasa, qahratonda olma gullasa, osmonni suv bossa, quyoshni o’t bossa-yu yulduzlar tullasa ham hayron qolmagan Shoirni nima hayron qoldiradi? 
Javob : Qiz bolaning sevib qolishi 
Savol : Hazrati Ali (r. a.) aytadi: “X seni qo’riqlaydi, Y ni esa sen qo’riqlaysan. X- hokim, Y- esa mahkumdir. Y sarflash bilan tugaydi, X esa sarflash bilan ko’payadi”. Savol: x va y ni toping 
Javob : x-ilm, y-boylik 
Savol : Blits: Alpomish dostonida bu geografik hudud bilan Boybo’ribiy nomi bog’langan bo’lib, hozirda bu hudud Qoraqolpog’iston hududida joylashgan. She’rlardan birida, Go’ro’g’lining uchayotgan otiga to’xtash haqidagi buyruqni qay tarzda aytganini toping Qoraqolpog’istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi do’stim otiga qanday laqab qo’yganini toping. 
Javob : 1. Qo’ng’irot, 2. Qo’n G’irot! 3. Qo’ng’ir ot 
Savol : Uzoqdagi Fudzi tog’larin To’sib qo’ydi yashil to’nila ... Savol: Yosa Buson qalamiga mansub xokkuni 2 so’z (umumiy 5 bo’g’in) bilan yakunlang 
Javob : Yoshgina yaproq 
Savol : Duplet: “X – aldamchi ozodalikdir” Y. V. Gyote. Eriyotir kaftimda Ko'zyoshlarim taftidan Sochlarning ___ _____. Matsuo Basyo 
Javob : X- qor, Y- oq qirovi 
Savol : Artur Shopengauer fikricha, “U kallang o’rniga boshqaning kallasi bilan o’ylamoq demakdir”. Uni 2 so'z bilan ayting? 
Javob : Kitob o'qish 
Savol : __ _____ ____ Hafsala bilan. Guruch bu guruchda… Savol: Taneda Santokaning xokkusida qoldirilgan Fletcheristlarga bog’liq bo’lgan 3 ta so’zni toping. 
Javob : Yaxshilab chaynash kerak 
Izoh : Fletcherist-ovqatni uzoq chaynab so’ng tanovul qiluvchilar
Savol : Uchrashuv agar Shibua stansiyasida joylashgan “M” atrofida belgilangudek bo’lsa, vaqtdan kechikib kelish xolatlari kam kuzatilar ekan, xatto o’sha yerga ham kech qolib borishni o’zlariga ep ko’rishmas ekan. Diqqat savol: M o’rnidagi 2 so’zni ayting? 
Javob : Xatiko haykali 
Savol : Fransiyaning Artua hududida yashovchi aholi suv yetishmovchiligidan azob chekishar edi. Va ko’p o’tmay ular buni ijobiy yo’l bilan hal etishdi natijada yillar o’tib boshqa davlatlargaham ular qilgan ish ma’qul keldi. Savol ular qanday yo’l tutishgan? 
Javob : Yer ostidagi suvni tashqariga olib chiqish uchun ular maxsus quduq o’ylab topishgan,, va keyinchalik bu quduqlar Artezian qudug’i degan nom olgan 
Savol : Ayrim davlat aviareyslari qonun qoidasiga ko’ra bu ikki turdagi passajirlarni 'salon ichida' yonma yon bo’lishi va yonma yon olib ketish mumkin emas ekan. Savol ularni toping? 
Javob : It va mushuk 
Savol : Yans uni Yangi golland yeri deb atagan, Tasman esa Van Dimmenga tegishli yer deb, Kuk bolsa Yangi Uels degan ekan. Savol uni Flinders qanday atagan? 
Javob : Avstraliya 
Izoh : Yuqorida sanab o’tilganlari Avstraliya davlatiga sayyoh va olimlar tomonidan berilgan nomlar edi
Savol : Bir nechta Afrika davlatlaridagi halqlarda qadimda bir udum paydo bolgan. Unga ko’ra qizlar, ayollar lablarini o’rtasiga cho’p tiqib olib, yoki qanday usulda bo’lsada lablarini xunuk xolga keltirib kattalashtirishgan. Savol bu tarixdan udum boilib kelayotgan ishni qilishlariga nimani asosiy sabab qilib ko’rsatishgan? 
Javob : Qullikni oldini olish 
Izoh : Agarda ayollar shu tariqa xusnlarini yashirsalar, qancha yoqimsiz xolga kelsalar, quldorlar ularni tanlab, sotib olish holatlari kamaygan ekan.
Savol : Farzand tug’ayotgandagi og’riqdan keyin og’riqlilik bo’yicha BU ISH ni qilish turadi deb xazil qilishadi. Lego kompaniyasi BU ISHni qiluvchilar kamroq shikastlanishsin deb xatto bu maxsulotniham ishlab chiqarishdi. Savol: Gap qaysi maxsulot xaqida ketayapti? 
Javob : Shippak 
Izoh : BU ISH bolalar o’yinchog’ini yalangoyoq holda bosib olish
Savol : Bir Norveg oilasida ota ona qizini noodatiy “Yunva” ismi bilan atashibdi. Endi har dam olish kunlari, ota uyda televizorni yolg’iz ko’rmaydigan bo’libdi. Savol: Mantiqan o’ylab bu qiziqqon oila 2015 yil yevropaning qaysi shaxrida bo’lishganin ayting? 
Javob : Liverpul 
Izoh : Ynva ya’ni YNWA – You’ll Newer Walk Alone Liverpul fc muxlislari qo’shig’I edi, qizning otasi Liverpulga muxlislik qilib shu ismni qo’ygan, 2015 yilda esa oilasi bilan Liverpul shaxriga kelgan ekan.
Savol : Finlyandiyada agar odam o’zi istak bildirmasa BU ISHni qilish mumkin emas, BU ISHni odamni do’stlari davrasida kamchiliklarini ko’rsatib qo’yish mumkinligi uchun maqullashmaydi. Bizda esa xechkim xoxlamasa birinchi bo’lib birinchilardan boshlashadi. Savol: BU ISH o’rnida qanday ikki so’z bor? 
Javob : Doskaga chiqish 
Savol : Nils bor aytgan ekan : “Agar seni kvant fizikasi qo’rqitib qo’ymagan bo’lsa demak sen ….” Fikrni yakunlang? 
Javob : Xech nimani tushunmading 
Savol : Barchangiz, yaqin masofaga yugurish bo’yicha rekordchi Useyn Boltni bilsangiz kerak, u xaqda Jennifer Bolt xazil tariqa: “Useyn startda ikkilanib naq 1,5 xafta qolib ketgan” deb aytadi. Savol siz menga Bolt bir yarim xafta nimaga kech qolganini ayting 
Javob : Tug’ulishga 
Izoh : U doktorlar ko’rsatgan muddatdan 10 kunga kechikib tug’ilgan ekan)
Savol : Nils Bor va uning akasi Xarald universitetda faqat ilm bilan shug’ullanishmagan. Qizig'i, Xaraldni doktorlik dissertatsiyasini ko’rgani kelgan matematiklarga qaraganda ULAR ko’p kelishgan edi. Savol: Ularni ikki so’z bilan ayting? 
Javob : Futbol muxlislari 
Izoh : Aka-ukalar futbol bilan ham shug'illanishgan.
Savol : Bir afsonaviy serialda amerikalik politsiyachi UNI qo’lga olib, bir buyruq beradi, lekin bu buyrug’I bajarilmagach . U bizni eshitayaptimi o’zi deb xamkasbidan so’raydi. Siz U ni ikki so’z bilan ayting 
Javob : Boshsiz chavandoz 
Izoh : Politsiyachi unga qo’llaringni boshingni ortiga qo’y deb buyruq bergan edi. Bilasizku boshsiz bu ishni qilib bo’lmaydi
Savol : Xindiston o’ziga noodatiy vaqt mintaqasini tanlagan. U Londondan besh yarim soatga farq qiladi. Bu sabab inglizlar “Xindistonda soat necha bo’lganini bilish uchun …. kifoya” deb tez tez xazil qilishadi. Savol: Xindistondagi vaqtni bilish uchun Nima qilish kerak bo’ladi? 
Javob : Soatni boshdan oyoq aylantirish 
Izoh : 180 gradus ga aylantirilganda, London va Xindiston orasida 5 soat 30 minut farqni xosil qilsa bo’ladi ekan
Savol : Omar Miges BU ISHni sakkiz marotaba qilgan, Layosh Toxi yetti marta. 1930 yil Iyul oyida esa birinchi bo’lib Loran qilgan. Bu voqea qaysi davlatda sodir bo’lgan? 
Javob : Urugvay 
Izoh : Gap Jaxon chempionatida gol urish haqida ketayapkan edi, 1-gol muallifi esa Lyusyen Loran
Savol : Daniya Prinsessasi, Rubi Red, Triumf, Laki Strayk, Prins Sharl. Bu ro’yxatda nima keltirilganin topgan xolda menga 1952 yili ekran yuzini ko’rgan filmni ayting? 
Javob : Fanfan Lola 
Izoh : Yuqoridagilar Lolaning turlari. Fanfan Lola filmi esa 1952-yili ekranga chiqqan edi
Savol : Ezoterik izlanishlar natijasiga ko’ra inson nafaqat bir (jismoniy) tanadan, balki 7 ta har xil qalinlikdagi tanalardan tashkil topgan degan to’xtamga kelingan, bunga hayotiy, ruhiy, emotsional tanalar misol. Lekin rangli tanalar har bir normal insonda birmuncha ko’proq. Diqqat savol: Siz menga birozdan so’ng insonda ularni normal soni nechaga teng ekanin ayting? 
Javob : 46 
Izoh : Bu grek tilidan “rangli tana”lar ma’nosin beruvchi inson organizmidagi xromosomalar soni edi.
Savol : Yevropalik yoki yevropada yurgan Daltoniklar qiyinchiliksiz mashina minib yurisha olisharkan. Lekin ular Xitoyga borib qolishsa, albatta avariyaga uchrashlari aniq ekan. Savol buni sababini aniq qilib ayting? 
Javob : Chunki hitoyda yashil hamda qizil chiroq o’rni almashgan bo’ladi 
Savol : Yaponiyada bir muddat oldin “Yuvinish honasida ingliz tili” deb atalgan kitob nashr qilindi. U, inson ingliztilini vannada dam olayotganda, o’zini erkin his etganda shug’ullaniladigan kitob ekan. Savol : siz menga kitob nashriyotchilari uni o’qiyotgan vaqtda, qog’oz o’rniga nimaga yozishni maslahat berishganini ayting? 
Javob : Parlangan(bug’langan) oynaga 
Savol : Hindistonning ayrim hududlarida bir odat haligacha saqlanib qolgan ekan, unga ko’ra Hindlar mehmonga kelishganda suvni piyola yoki suv uchun moslangan idishlarda emas aynan kaftlariga quydirib ichisharkan. Buni esa ular ayni arzirli sabab bilan shunday qilar ekan. Savol: Nega ular idishlardan foydalanmasliklarini ayting? 
Javob : Piyolaga har hil tabaqa vakkillarini labi tegishi mumkin bolgani uchun 
Izoh : Bilamiz Hindistonda aholi sinflarga bo’lingan ya’ni tabaqalanish bor. Shuning uchun hoh yuqori hoh eng quyi sinfga aloqador mehmon bo’lmasin idishga emas kaftiga quydirib bir birlarini idishlaridan o’zlarini nari olishadi
Savol : Robinzon Kruzoning to’ti qushi, Edgar Po ning “Skelet”I, Kinsli kitobidagi sandiq… ular hammasi jam bo’lib bu asarga kiritildi. Qaysi asarga? 
Javob : Xazinalar Oroli 
Savol : Aytishlaricha Korrida o’yinlarida bo’lsangiz va yoki tomosha qilgudek bo’lsangiz, siz darrov nimaga ushbu davlatning milliy bayrog’ida bu ikki rang keltirilganiga guvoh bo’lasiz, davlatni topdingiz deylik, ranglarni ham chamamda, endi siz menga bu ikki rang nimani anglatishin aniq aytib bering? 
Javob : Korridadagi Qon va tuproq 
Savol : Davlatning qat’iy tug’ilish to’g’risidagi chekloviga qaramay 2000 yili Xitoyda demografik portlash yuzaga kelgan, yani tug’ulish soni keskin, so’ngi yillarga qaraganda birmuncha ko’tarilgan. Ushbu yil asr ohiri yoki boshi bo’lishi bunga sabab bo’lolmaydi. Savol bu hol kuzatilishida eng asosiy sabab deb nimani keltirish mumkin? 
Javob : 2000-yil Ajdarho yiliga to’g’ri kelgani 
Izoh : Xitoyliklarniyam o’z yil hisoblari bor, 2000 yil esa Ajdarho yili bo’lgan, bu muqaddas jonvorni yilida tug’ilsa, farzandni ulkan omad va baxt kutadi deb bilishadi ekan
Savol : Ma’lumki, hozirgi o’zbek tilidagi foydalaniladigan ko’plab so’zlar asosan arab, fors-tojik, rus va boshqa tillardan kirib kelgan. Turkiy tildan qolgan va hozirda ham ishlatiladigan so’zlar ham talaygina. Qadimda turkiy til oddiy xalq tili hisoblangan. Diqqat bilan nazar tashlansa, turkiy tildan qolgan so’zlar asosan bir bo’g’inli o’zaklardan tarkib topgan fe’llardan iborat. Masalan: yur, ot, chop, qo’l, tur va boshqalar. Savol: Nima uchun qadimgi turkiy tildan qolgan bu so’zlar asosan bir bo’g’inli so’zlardan tashkil topgan? 
Javob : Bir bo’g’inli bu so’zlar buyruq berishga juda qulay bo’lib, asosan harbiy til sifatida foydalanilgan. Askarlikka esa ko’p hollarda oddiy xalq vakillari olingan. 
Savol : 90-yillarda Rossiya jamiyatshunoslari tomonidan “o’ta ideal erkak” mavzusida ijtimoiy so’rov o’tkaziladi. Ushbu so’rov natijalari bilan tanishing: Shtirlits-30%, Jukov-10%, artist Batamov-5%, artist Mironov-5% ovoz to’playdi. Mazkur so’rovnoma natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, eng ko’p ovoz Shtirlits ga nasib qilgan. Bu esa o’sha davrda ro’y bergan bir voqeaga ham bevosita dahldor deb rus jamiyatshunoslari e’tirof etishadi. Savol: 90-yillarda ro’y bergan qaysi voqea mazkur so’rov natijalariga aloqador bo’lishi mumkin? 
Javob : V.Putinning prezidentlik saylovida eng ko’p ovozga ega bo’lib, xalq tomonidan saylanishi 
Izoh : “Bahorning o’n yetti lahzasi” filmi qahramoni Shtirlits maxfiy xizmat da ishlagan. V.Putin esa davlat xavfsizlik idorasida ishlaganligi bois, rus jamiyatshunoslari xalq hech ikkilanmay Putinning nomzodini tanlagan degan fikrni ilgari surishadi
Savol : Arab xalifaligi davrida musulmon davlati hududida yashab, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar ya’ni zimmiylar musulmon emasligining belgisi sifatida bir ishni qilishga majbur qilinganlar. Mazkur holat xatto shariatda ham qonuniylashtirilgan. Buxoro amirligi davrida mamlakat hududida istiqomat qilgan yahudiylarga nisbatan ham ushbu qoida amalda qo’llanilgan. Rus istibdodi yurtni egallagach mazkur qoida to’la barham topdi. Savol: Qanday majburiyat haqida so’z ketmoqda? 
Javob : Ular bellariga kamar o’rniga chilvir ya’ni arqon bog’lab yurishga majbur qilingan 
Savol : Ularni ko’rishimiz bilan yuzimizga tabassum yuguradi va beixtiyor ortlaridan qarab qolamiz. Ularni birinchi bor ko’rganimizda, ko’zimizga shunday ko’rinayotgandir, deb ishonqiramaymiz ba’zan… Statistik ma’lumotlarga qaraganda ularning soni so’nggi ellik yil ichida ikki barobar ortgan. Xitoy va Yaponiyada ularning soni boshqa davlatlarga qaraganda kamroq. Afrika davlatlarida esa aksincha ular ko’pchilikni tashkil qilarkan. Qadimda ularga bog’liq juda ko’plab irimlar mavjud bo’lgan. Masalan ularda ob-havoni boshqarish, ilon va chayonlar zahriga chidamlilik kabi g’ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonishgan.Shunisi qiziqarliki, ekologiya iflosligi ham ularning ortishiga omil bo’la olarkan. Chiqindilarni qayta ishlovchi zavodlar atrofida yashovchilar orasida ekologik muammolar kamroq bo’lgan hududda yashovchilarga nisbatan ularning soni ikki barobar ko’proq bo’lishi olimlar tomonidan o’z isbotini topgan. Bunga radiatsiya nurlari sabab bo’lar ekan. Savol: gap nima haqida bormoqda? 
Javob : Egizaklar 
Izoh : Bugungi kunda yer yuzida 77 million egizaklar mavjud
Savol : Ernest Xemengueyning “Chol va dengiz” qissasida baliqchi chol Santyago qayiqda dengizga baliq ovlagani chiqib ketadi va kechga yaqin iziga qaytishidan oldin qorni ochiqib, baliq go’shtini iste’mol qilmoqchi bo’ladi. Lekin, ovga chiqishidan oldin o’zi bilan tuz olib ketmaganiga afsus qiladi. “ – Menda kalla degan narsa bo’lganida kunduzi shu ishni qilganimda hozir qo’limda ozroq bo’lsa ham tuz bo’lardi, deb o’ziga o’zi shikoyat qiladi. Savol: Santyago kunduzi qaysi ishni qilganida kechga borib uning qo’lida tuz bo’lardi ? 
Javob : Agar u kun bo’yi dengiz suvini o’z qayig’ining burniga quyib, uni quyosh nurida selgitib turganida dengizning sho’r suvi bug’lanib tuzi qayida qolgan bo’lardi. 
Savol : Taniqli shoir va adib asqad Muxtor ijodidan she’riy parcha: U – aql, u – talant, u – hukm, taqdir, Chulg’aganda so’l-u sog’ingni. Bog’laydi tilingni, qo’l-oyog’ingni, So’z-u iymon nohaq, faqat u haqdir. Usiz kirolmaysan, yo’llaring bekik - Na ishxonang, na xilxonangga. Tug’ruqxonadan ham uni ushlab chiq, Yo’qsa begonasan ota-onangga. Savol: Asqad Muxtor bu she’rida aynan nimaga nisbatan kinoyali ta’rif bergan? 
Javob : Qog’oz 
Savol : Barchamizga ma’lumki, Xitoyliklar o’ta tejamkor xalq ekanligi bilan mashhur. Ayniqsa, elektr energiyani sarflashda ular kabi tejamkor va ehtiyotkor millatni topish qiyin. Pekin aholisi qayerda chiroq yoqib qo’yilgan bo’lsa, va u yerda odam bo’lmasa, darrov chiroqlarni o’chirib qo’yishar ekan. Biroq, tuni bilan elektr chiroqlari mash’ala qilib yoqib qo’yiladigan joylar ham bo’lib, ularda hamisha ish bitguncha chiroq o’chmay turadi. Shundan bo’lsa kerak, bu kabi chiroqni o’chirmay ish olib boorish natijasida uzog’I bilan bir yilda ishlar yakuniga yetadi. Savol: qanday joylarda chiroq tuni bilan yoqib qo’yilishi mumkin va bu odatiy holga aylangan 
Javob : Qurilish bo’layotgan maydonlar. Sababi, xitoyliklar biror bir imorat qurishni boshladilarmi, har qanday kata bino bo’lmasin, tun-u kun ishlab uni bir yilga qoldirmay bitkazob yuborishadi. 
Savol : Xalqimizda “daryo teskari oqmaydi” degan maqol bor. Ammo, ba’zi hollarda daryo o’z oqimi davomida muyulishlar hosil qilsa, orqa tomonga oqish holatlari kuzatiladi. Rossiyaning Uksh ko’lidan oqib chiquvchi Shuya daryosini dunyodagi haqiqiy teskari oquvchi daryo deb aytish mumkin. Chunki, u yiliga 15-20 marta o’z oqimi yo’nalishini o’zgartirb, ba’zida teskari yo’nalishda, ya’ni Uksh ko’liga qaytib oqib keladi. Savol: aytingchi, bunday g’aroyib hodisaga qaysi omil sabab bo’lishi mukin? 
Javob : Uksh ko’li va Shuya daryosini to’yintiruvchi buloqlar 
Izoh : Chunki, ushbu buloqlar suv rejimi g’aroyib bo’lib, agar ko’l atrofidagi buloqlar to’lib oqsa, Shuya daryosi ko’ldan oqib chiqadi, buloqlar qurib qolsa, daryo teskarisiga – ko’l tomonga qarb oqadi
Savol : Xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti bu xastalikni kasalliklar ro'yxatiga kiritib, unga G'63.9 ro'yxat raqamini berdi. Kasallik simptomlari – borliqni his qilish o'tmaslashadi, kayfiyati tez o'zgaradi va boshqalar. Zamonaviy terminologiyaga ko'ra, bu depressiv psixoz bo'lib, ba'zi hollarda o'lim bilan ham yakunlanishi mumkin. Xastalik ijobiy tus olsa,organizmning qarshiligi ortadi, inson kamroq shamollaydi va deyarli gripp bo'lmas ekan. Bu kasallikni toping. 
Javob : Sevgi 
Savol : Bo'ron va to'fonlarga ayollar nomini berish an'anasi borligini yaxshi bilamiz. Bu ismlarni kuzatib turib, mazkur yilda taxminan nechta to'fon va bo'lganligini bilish mumkin. Qanday qilib? Jamoa javobi: Bo'ronlar nomi alvafit tartibida berilgadi Alvafit esa cheklangan shunga qarab bo'ronlar nechta bo'lganini bilish mumkin Oxirgi bo'ron nomini bilsak bo'ldi taxmin qilish mumkin 
Javob : Bo'ron va to'fonlarga nom yil boshidan ALIFBO tarzida beriladi va uning nomiga qarab, bir yilda taxminan nechta bo'ron yoki to'fon bo'lganligini topish mumkin 
Savol : Kunlardan birid Yandeksning bosh sahiqasida mana shunday e'lon paydo bo'ldi: “________ ________ Qozonning “Rubin” jamoasi futbol bo'yicha Rossiya chempionatining g'olibiga aylandi”. E'lon boshidagi qoldirib ketilgan ikkita so'zga “Rubin” jamoasining ba'zi o'yinchilari va ishqibozlari qo'shilmasliklari mumkin. Men esa “Rubin” chempion bo'lganida bu so'zlarni aytgan bo'lishim mumkin. Bu ikki so'zni maksimal darajada aniq toping. 
Javob : 
Savol : Grenlandiyada birinchi kinokomediyalar namoyish etilganda mahalliy aholi ularni o'ta jiddiylik bilan tomosha qilishgan. Bu filmlar ularga kulguli tuyulsa-da, ular umuman kulishmagan. Nimaga? 
Javob : Grenlandiyaliklar juda tarbiyali bo'lishgan va film qaxramonlari ustidan kulishni o'zlariga ep ko'rishmagan 
Savol : Bu o'yin sivilizatsiya paydo bo'lishni boshlaganda Hindistondan Qadimgi Gretsiyaga kirib kelgan va “Qadah o'yini” degan nomga ega bo'lgan. Bugun bu o'yinni butun dunyoda o'ynashadi. Bizda bu o'yin nima yordamida o'ynaladi? 
Javob : Ular qadaxning to'nkarib, ostiga berkitilgan narsani topish o'ynashgan. Bizda bu maqsadda angishvonadan foydalaniladi. 
Savol : O'rta asrlarda ruhoniylar askarlar bilan yonma-yon turib jang qilishgan. Biroq, ularning qurollariga bir o'ziga xos talab qo'yilgan. Bu qanday talab? 
Javob : Ular qon to'kmasliklari kerak edi. Shuning uchun, ular to'qmoqlar yordamida jang qilishgan 
Savol : Mashhur shoir Jorj Bayronning Boksyor porodali kuchugi bo'lgan. Aytingchi, Bayronning kuchugining laqabi nima bo'lgan? 
Javob : Bayron boks bilan juda qiziqqan. Uning kuchugining laqabi ham Boksyor bo'lgan 
Savol : Nottingem universiteti mutaxassislari qirilib ketayotgan hayvonlarni muzlatishni amaliyotda qo'llashadi. Bu loyihaning nomi “Muzlatilgan X”. Ayrim manbaalarga ko'ra afsonaviy Xning ba'zi qismlari haligacha bir geografik ob'ektda saqlanib qolgan. Qaysi geografik ob'ektda? 
Javob : Ararat tog'i 
Savol : Ginness rekordlar kitobining Gamburg vakolatxonasidan bo'lgan O.Kuxenbeker Zuurxusen nemis qishlog'idagi ko'rsatkichni yangi rekord deb rasman tan olgan. Bu ko'rsatkich 5,19 gradusga teng. Ginness rekordlar kitobidagi avvalgi rekord 3,97 gradusga teng edi. Avvalgi rekord qaysi shaharda qayd etilgan? 
Javob : Bu gradus – burchak gradusi edi. Avvalgi 3,97 burchak ostida qiyshaygan bino Piza shahridagi Piza minorasi edi 
Savol : Futbolchi Leonid Kovel bir necha yil avval Ukraina chempionatidan Rossiya chempionatiga o'tganidan so'ng shunday deydi: “Ukraina chempionatidan so'ng menda shunday taassurot paydo bo'ldiki, ___________ bu boshqa sayyora”. Qoldirib ketilgan so'zni toping. 
Javob : U Rossiyaning “Saturn” futbol jamoasiga o'tgan va “Ukraina chempionatidan so'ng ... Saturn bu boshqa sayyora” degan 
Savol : Nepal hukumati ayollarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, BU IShNI QILGAN erkaklarga 650 dollar miqdorida pul to'laydi. Ostap Bender ham 2 may kuni BU IShNI QILGAN (g'arazli maqsadda). Aytish kerakki, uncha-muncha yigitlar BU IShNI QILIShMAYDI. O'zbek yigitlari ota-onalarining aksariyati ham bunga qarshiligi tabiiy. BU IShNI erkaklar umri davomida sanoqli marotaba QILISh mumkin. “BU IShNI QILISh” o'rnidagi ikkita so'zni toping. 
Javob : Bevaga (tulga) uylanish 
Savol : Vaqti-vaqti bilan paydo bo'ladigan xabarlarga ko'ra, ularga tinchlantiruvchi dorilar beriladi yoki ularni savalashadi. Ularning ko'zlariga benzin gelini surib, ularni soatlab qorong'u joyda saqlashadi, shuning uchun yorug'ga chiqqanda ular yaxshi ko'ra olishmaydi. Ular qatnashadigan tadbirni toping. 
Javob : Korrida 
Savol : Uning sifatini yanada yaxshilash uchun olimlar qadni rostlashni va tabiiyki chekishni tashlashni maslahat beradilar. Bizning mamlakatimizda ko'pchilik yoshlar uning ertangi vakiliga aylanib ulgurishgan. Uni toping. 
Javob : Ovoz. 
Savol : A.Eynshteyn kvantlar borligini isbotlagan, barcha narsalar nisbiyligini isbotlashning uddasidan chiqqan, Ruzveltga atom bombasi yaratish zarurligini ham isbotlagan. Ammo, u bir narsani bir insonga isbotlab bera olmadi. Insonning nomi shart emas, nimani isbotlay olmaganni topsangiz bo'ldi. 
Javob : Prezident Trumenga atom bombasidan foydalanmaslikning afzalligini isbotlab bera olmadi 
Savol : Koreya afsonalariga ko'ra, Qadimgi Koreyaning birinchi qiroli g'ayrioddiy inson bo'lgan. U oltin tuxumdan tug'ilgan va etti yoshida erkaklikka erishgan. Koreya xalqining bu otasining ismi nima bo'lgan? 
Javob : Hozirda ko'plab Koreyaliklari o'zlarini bu qirol avlodidan deb hisoblashadi. Koreyadagi eng ko'p tarqalgan familiya – Kim. 
Savol : Bir shaharning abbreviaturasi bu shaharning to'liq nomining bor-yo'g'i 3,63 %ni tashkil qiladi. Bu qaysi shahar? 
Javob : Los-Andjeles – LA. To'liq nomi - (El Pueblo de Nuestra Senora la Reina de los Angeles de Porciuncula) 
Savol : Kirsan Illyumjinovning fikricha, mukammal Davlat bunday ko'rinishga ega: “Prezident siyosat bilan mashg'ul, erkaklar ishda, ayollar uy xo'jaligini yuritishadi...”. Bolalar nima bilan mashg'ul? 
Javob : K.Illyumjinov Halqaro shaxmat federatsiyasi rahbari va shaxmat muxlisi ekanligini bilsangiz kerak. Bolalar shaxmat o'ynashadi 
Savol : AQShning ko'plab shtatlarida bu yovvoyi hayvon qishloq xo'jaligi zararkunandasi sanaladi. Zamonaviy vositalar paydo bo'lishidan avval, fermerlar ularni otib o'ldirish huquqiga ega edilar. Lekin, 1940 yillarda deyarli har bir fermer uyida ularning himoyachilari paydo bo'ldi. Yordam berib aytishim mukinki, bu himoyachilar bolalar bo'lishgan. Bolalar nima uchun bu zarakunandalarning himoyachisiga aylanishgan? 
Javob : Bu zararkunandalar – kiyiklar. O'sha vaqtda mashhur “Bembi” filmi suratga olinib, bolalar kiyiklarni sevib qolishgan va ovchilar bolalar uchun ashaddiy zolimga aylangan. 
Savol : Eramizdan avvalgi 10-asrdagi Xitoy qo'lyozmalaridan birida, dori-darmonlardan tashqari IKS yordamida davolaniladigan kasalliklar ro'yxati keltirilgan. Galen IKS yordamida, jarohatlangan gladiatorlarning sog'liqlarini tiklagan. 1813 yilda Stokgolmda IKS Davlat instituti ochildi. IKSning ko'plab turlari mavjud. IKSni toping. 
Javob : Massaj 
Savol : Shahzoda Diana xotirasiga bag'ishlangan kontsert davomida ko'plab teletomoshabinlarni reklama tanaffusidagi ikki rolik qattiq ranjitdi. Roliklarning birinchisi dafn qilish byurosining reklamasi edi. Ikkinchi rolik esa ijtimoiy reklama edi. Ikkinchi rolik nimani reklama qilgan? 
Javob : Yo'l harakati qoidalariga amal qilishni. 
Savol : Hindiston bu mahsulotni jahon bozoriga etkazib beruvchilar ichida eng yiriklaridan. Tarifga ko'ra, ularning uzunligi 36sm. Dan kam bo'lmasa, uning 1 kilosi 700 rupiy turadi. Kaltalarining narxi – kilosi 30 rupiy. Hindiston mahsuloti Xitoynikidan yaxshi hisoblanadi, chunki elastikroq. Bu mahsulot kimyo sanoatida, farmatsevtika va parfyumeriya ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu mahsulotni toping. 
Javob : Soch 
Savol : 1895 yilda poligonda sinovdan o'tayotganda u shunchalik katta tezlik ko'rsatdiki, Moskva ober-politsmeysterining eng tez uchlik otidan ham o'zib ketdi. Ober-politsmeysterning jahli chiqib, to'rt yil davomida unga ruxsat bermadi. Moskvada 1899 yil 7 aprelida nima voqea ro'y bergan? 
Javob : Birinchi tramvay ishga tushgan 
Savol : 1826 yilda kimyogar Djon Uoker cho'p yordamida ishqor va margimushli qorishmani aralashtirar edi. U birdan cho'pni erga tushirib yuboradi. Aytingchi, 1827 yilda Djon Uoker nima sotishni boshlaydi? 
Javob : Gugurt 
Savol : “Rezolyut” - AQSh Prezidentlari stolining nomi. Uning ilk egasi Rezerford Xeyz. Bu stol Prezidentdan Prezidentga o'zgarmay o'tib keladi. Faqat bir Prezident uning old tomoniga o'zgartirish kiritgan. Bu Prezident stolning old tomoniga nima uchun o'zgartirish kiritgan? 
Javob : Prezident F.Ruzvelt nogironlar aravachasida harakatlangan va stolni o'z aravachasiga moslashtirgan. 
Savol : Grafinya Stroganova I.Krlovga “Nega boshqa yozmay qo'ydingiz?” deb savol berganida, adib unga “Boshqa bir savolni eshitishni qo'rqqanim uchun” deb aytadi. Adib qanday savolni eshitishdan qo'rqqan? 
Javob : “Nima uchun haliyam yozmoqdasiz?” 
Savol : Uni birinchi bo'lib Lomonosov ilmiy nuqtai-nazardan tushuntirib berdi va 4 turga bo'ldi. Keyinchalik uning izlanishlari bir nemis tmonidan takomillashtirildi va 12ga bo'lindi. Toshkent ham undan boxabar - bir necha o'n yil avval, bir necha yil avval va bu yil ham. O'sha nemisning ismini toping. 
Javob : Rixter 
Izoh : Bu zilzila shkalasini yaratgan
Savol : Mashhur futbol darvozaboni va sharhlovchisi Maslachenko hikoya qiladi: “Bir mukofot topshirish marosimida barcha smoking kiyib olgan edi, men esa oddiy kiyimda keldim”. Maslachenko nimaga bunday yo'l tutganligiga qanday izoh bergan? 
Javob : Maslachenko darvozabon bo'lgan. U, “Darvozabonning kiyimi maydondagi boshqa o'yinchilar kiyimidan farq qilishi kerak”, degan. 
Savol : Irland xalq maqoliga ko'ra, uchta narsa bir “yomon ahvol”ga tushmasligi kerak – qilich, belkurak va ______. Bu qanday “yomon ahvol”ligini topib, uchinchi, qo'l bilan ushlab bo'lmas narsani ayting. 
Javob : “Yomon ahvol” – o'tmaslashib qolish. Uchinchisi – inson fikri, aql. 
Savol : Yaponiyadan asosan chorvadorlik bilan shug'ullanuvchi Mo'g'ulistonga asosan televizor, radio va boshqa yapon mahsulotlari eksport qilinadi. Mo'g'ulistondan Yaponiyaga esa an'anaviy mo'g'ul mahsuloti eksport qilinadi. Bu mahsulot yaponlar uchun g'ayrioddiy va avallari yaponlar uni iste'mol qilishmasdi. Lekin, aniqlashdiki, u artosklerozni va erta qarishning oldini olar ekan. Bu mahsulot O'zbekistonda sevib iste'mol qilinadi. Men ham yaxshi ko'raman. Bu mahsulotni toping. 
Javob : Ot go'shti. 
Savol : Bolqon slavyanlarining Rossiya bilan aloqalari har doim yaxshi bo'lib kelgan. 1904 yilda Chernogoriya Rossiyaga bo'lgan o'z simpatiyasi ajabtovur yo'l bilan isbotladi. Aytish joizki, bu usul Chernogoriya uchun foyda ham, zarar ham keltirmadi. Chernogorya Rossiyaga o'z simpatiyasini bildirish uchun 1904 yilda nima qilgan? 
Javob : Yaponiyaga urush e'lon qilgan 
Savol : Oq uyda barcha qandillar shipga yaxshilab mahkamlab qo'yilgan. Bundan faqatgina Oval kabinetdagi qandil mustasno. Uni vaqti-vaqti bilan echib qo'yishga to'g'ri keladi. Nima uchun? 
Javob : Archa o'rnatish uchun 
Savol : Musiqachi Kaluginning aytishicha, Leonardo Da Vinchini hech kim tanimaydigan dunyoda ijod qilish qiyin emas. Achinarlisi shundaki, aksariyat insonlar ikkinchi Leonardoni juda yaxshi tanishadi. Aksariyat taniydigan ikkinchi Leonardo kimligini toping. 
Javob : Haqiqiy olim insonlardan ham mashhur toshbaqa-nindzya Leonardo. 
Savol : 1902 yilda ushbu arab amiri Quvayt hukmdori Muborakni mag'lub qilib, Ar-Riyodni bosib oldi, Rashididlarning hududlarini egallab, o'z Davlatini kengaytiradi. Bu amirning otasining ismi nima bo'lgan? 
Javob : Saud (Saudiya Arabistoni). 
Savol : Erkaklar ayollarni suyib yashashadi. Lekin, bir hazilkash insonning so'zlariga ko'ra, Skandinaviya erkaklari hayotida uchta shunday davr bo'ladiki, bu vaqtda u ayollarga qiyo ham boqmaydi. Bu qanday uchta davr. 
Javob : Skandinavlar sevadigan xokkeyning uchta davri (Xokkey o'yini uchta davrdan iborat). 
Savol : Oramizdan hech kim bunday “maqola”ni yozgan yoki o'qimagan bo'lsa kerak. Djuzeppe Verdi, Nikolo Paganini, Yaroslav Gashek va Mark Tvenlar uni aniq o'qishgan. Bir shaharda yo'l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga sudya jazo sifatida bunday “maqola” yozdirar ekan. Bu qanday “maqola”? 
Javob : O'z nekrologi (o'limi haqidagi xabar) 
Savol : 2007 yilda Latviya hukumati 40tacha bir xil kichik inshootni auktsionda sotib yuborgan. Bugun bu inshootlarning ko'pchiligi kafe sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu inshootlarning sotilishiga sabab – G'arbiy Yevropadagi bir joy nomiga qo'yilgan hudud. Keyinchalik kafega aylantirilgan inshootlardan avvallari nima sifatida foydalanilgan? 
Javob : G'arbiy Yevropadagi Shengen joy nomidan Shengan hududi nom olgan. Latviya Shengen hududiga kirgandan so'ng, unga chegara/bojxona punktlari kerak bo'lmay qolgan va ular sotib yuborilgan 
Savol : AQSh va Kanadaning sharqida 2003 yil avgust kunlarining biri ekologik jihatdan ajoyib edi: atmosfera ifloslanishi 50-90%ga kamaygan, havo tozaligidan 40km uzoqlikni ham ko'rish mumkin edi. O'sha kuni ro'y bergan bir voqea bunga sabab bo'lgan. Nima ro'y bergan? 
Javob : Elektr-energiya o'chib qolgan 
Savol : “Formula-1” poygalari chempioni Mika Xakkinenning turmush o'rtog'i avtomobilda tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortiladi. Lekin, jarima miqdori 116 evro bo'lib, bu jarimalarning eng kichigi edi. Nima uchun u bunchalar kam jarimaga tortilgan? 
Javob : Bu jarimaning kamligiga sabab – u ishsizlar toifasiga solinadigan jarima edi. Chempionning turmush o'rtog'i ishsiz bo'lgan. 
Savol : Uning birinchi ko'rinishini hattoki Vitruviy ishlatgan. Arximed uning uchtasini topgan, hozir esa uning 206 milliardi topilgan. O'z nomini bu 1706 yilda matematik Uilyam Djons tufayli oldi. Gap nima haqidaligini topib, 14 martda qanday xalqaro kun nishonlanishini toping. 
Javob : Savoldagi sonlar “Pi” sonidagi 3dan keyingi raqamlar soni edi. “Pi”ning eng mashhur ko'rinishi -3,14. 14 martda – xalqaro “Pi” soni kuni. 
Savol : Bundan bir necha yillar avval Moskvaning “Torpedo” jamoasini natijalari yomon emasdi. Lekin, ko'pchilik an'anaviy oq-qora futbolkada o'ynaydigan jamoaning nursiz, rangsiz va yorqin vaziyatlarsiz o'yinidan norozi edi. Tanqidchilar “Torpedo”ning bunday o'yinlarini nimaga qiyoslashgan? 
Javob : Oq-qora TVga 
Savol : Yevropada, politsiyachilar eshik qo'ng'irog'ini chalayotganini eshitgan bir jinoyatchi, uyda hech kim yo'qdek ovoz chiqarmay o'tiraverdi. Shunda politsiyachilardan biri orderdagi sanaga tikilib turib bir fikrga keladi. Shundan so'ng politsiyachilar bir ish qilishadi va jinoyatchining o'zi eshikni ochib beradi. Ular qilgan ish 19-asrning oxirida yaratilgan. Politsiyalar qanday usul qo'llashgan? 
Javob : Bugun jinoyatchining tug'ilgan kuni ekanligini sezib qolib, “Happy birthday” qo'shig'ini kuylashadi va jinoyatchi do'stlaridan biri mehmonga keldi deb o'ylab, eshikni o'zi ochib beradi. 
Savol : Jahondagi ko'plab hayvonot bog'larida “dushanba sindromi” bor. Aynan dushanba kuni ko'plab hayvonlarning mazasi bo'lmas ekan. Bunga albatta tashrif buyuruvchilar aybdor. Nima uchun dushanba kuni ko'plab jonzotlarning mazasi bo'lmaydi? 
Javob : Yakshanba kuni tashrif buyuruvchilar eng ko'p keladigan kun va ular hayvonlarni keragidan ortiq “boqib” yuborishadi. 
Savol : Bir Amerikalik yozuvchi o'zining kitobiga nom izlaydi va Jyul Vernning “Suv ostida 20000 le” kitobining nomini biroz o'zgartirishga qaror qiladi. U o'z kitobiga “Suv ostida 600 milliard ________” deb nomlaydi. Bu qoldirib ketilgan so'zni barcha yaxshi biladi va aksariyat sevadi. Qoldirib ketilgan so'zni toping. 
Javob : Bu yozuvchi g'arq bo'lgan kemalarning xazinalari haqida yozgan. Qoldirib ketilgan so'z – dollar. 
Savol : 2010 yilda suratga olingan hujjatli filmda aytilishicha, 20-asr oxiri – 21-asr boshida Moskva shahrida IKS 18 yil davom etgan. IKS, shuningdek, 127 minut davom etadigan film nomida ham bor. IKSni ikki so'z bilan ayting. 
Javob : Yura (Yuriy) Lujkov 18 yil davomida Moskva meri bo'lgan. Filmning nomi – “Yura davri parki”. IKS – Yura davri. 
Savol : So'rovnomalar ko'rsatadiki, mohir chavandozlar otga mingan holatda orqaga qarash zarur bo'lganda faqat bu usulda ortga qarashar ekan. Bundan maqsad – muvozanatni yo'qotmaslik. Mohir chavandozlar qanday qilib ortga qarashadi? 
Javob : Qo'llari ostidan 
Savol : AQSh bo'ylab sayohat qilgan I.Ilf va Ye.Petrov avtomobil yo'llariga qoyil qolishgan. Yomon sifatli yo'lni ular faqat bir shaharda ko'rishgan va bu yo'l chuqurlaru-ko'lmaklarga to'la edi. Nima uchun barcha yo'llari sifatli AQShda bunday yomon sifatli yo'l bor edi? 
Javob : Bu yo'l sinov yo'li edi. Ya'ni mashina ishlab chiqarishda uni sinovdan o'tkaziladi shu yo'lda. Avtomobillarni sinash uchun. 
Savol : Bir yozuvchining asaridan: “Ko'chadagi bolalardan biri oyog'ida kishan bordek mayda qadam tashlardi. Ikkinchisining esa xuddi shpagatga o'tirmoqchiga o'xshardi”. Bu bolalar nima qilishayotgandi? 
Javob : Ikkalasi futbol o'yinida penalti uchun 11-metr sanayotgan edi. Bittasi yaqinroq bo'lish maqsadida kichik, ikkinchisi uzoq bo'lish maqsadida katta qadam tashlayapti 
Savol : Jahondagi ko'plab xalqlarning asosiy taomi sutli mahsulotlar. Bular asosan ko'chmanchilar, masalan, badaviylar va mo'g'ullar. Ba'zi xalqlar sutni deyarli iste'mol qilishmaydi, masalan, xitoyliklar. Xitoyliklar nima uchun ongli ravishda sut iste'mol qilishni yoqtirishmaydi? 
Javob : O'z vaqtida Xitoyni qaram qilgan mo'g'ullarga o'xshamaslik uchun. 
Savol : Demak, osonidan boshlaymiz. Ushbu sonlarni o'qib bering: 444->555->55 7777->2->888->666->555 
Javob : ILK SAVOL 
Izoh : Javobni topish uchun telefoningizda (yozuv kiritiladigan joyga) yuqoridagi raqamlarni kiritishingiz kifoya (-> belgisi shunchaki sonlarni ajratish uchun qo'yilgandi). Demak, bu bizning navbatchiligimizdagi ilk savol edi.
Savol : Frensis Ogyustning eng mashhur asarini ayting. Yordam sifatida shuni aytishim mumkinki, bu asarni AQShda pivo krushkalarida, mushuklar uchun mo'ljallangan ovqat upakovkalarida, unitaz qopqog'ida aks ettirish mumkin emas. 
Javob : Ozodlik haykali 
Savol : Bir odam katta shaharda ko’p qavatli uyning eng yuqori qavatida yashar ekan. U har kuni ishga ketayotib liftdan foydalanar ekan. Qaytayotganda esa binoning ¾ qismiga liftda chiqib, qolganiga piyoda chiqib ketar ekan. Agar o’sha kuni yomg’ir yoqqan bo’lsa oxirgi qavatgacha liftda chiqarkan. Aytingchi nega unday qiladi? 
Javob : Chunki bo’yi pakana, liftda o’z qavatini bosishga bo’yi yetmidi, yomgir yoqqan kuni zontik bilan bosadi lift tugmasini. 
Savol : London 2012 olimpiadasi ochilish marosimida vatandoshlarimiz tanlagan liboslarida milliylik elementlarining yoqligi ko’p gap-so’zlarga sabab bo’ldi. Huddi shunga o’hshash gap-so’zla Amerika Qo’shma shtatlari sport delegaciasining liboslari haqida ham bo’lib o’tdi, radio va TVlada muhokama qilindi. Lekin amerikaliklarning noroziliklarining sababi sal boshqacharoq, vaholanki liboslar taniqli firma tomonidan tikilgandi. Diqqat savol: Nima deb o’ylisiz, ularning noroziliklarining sababi nimeydi? 
Javob : Hitoyda ishlab chiqarilgan bo’lgani uchun. Made in China bo'ganiga USAni hitoyda tikilgan kiyimlar bilan represent qilish uyatdek bo'lgan 
Savol : Marii Gorelovoy so'zlariga qaraganda "U" nishonga zarar etkazmaydigan yagona sport quroli. savol: men "U" ni ikki so'z bilan ayting 
Javob : Start to'pponchasi. 
Izoh : Ma'lumki, musobaqalarda start uchun to'pponchadan osmonni "nishonga olib" o'q uziladi.
Savol : Yaqinda yaponiyada bir kichik but sanam yasaldi, ammo, u boshqa haykalchalardan mutlaqo farq qiladi. U shunday vahimali, mag'rur, kuchli ko'ringani bilan unga sig'inish uchun emas, esdalik sovg'asi sifatida yasalgan. Hint sifatida, Tottenham va Barselona o'yinchilarini ismlarini birlashtirsa, nisbatan u haykalchaning ismi yaqin talaffuz qilinadi. Haykalcha kimning sharafiga yasalgan?  
Javob : Balotelli 
Izoh : uning Yevropa chempionatida Germaniya darvozasiga kiritgan ikkinchi golini qanday nishonlagani hali hech kimning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. U o'zini "vahimali, kuchli, mag'rur" ko'rsatmoqchi bo'lgandi. Aynan shu voqeadan keyin yaponlar unga atab suvenir haykalcha yasashgan. Tottenham futbolchisi Bale + Barselona futbolchisi Tello = Balotelli
Savol : 5 1 7 2 0 6 8 4 9 3 Sonlar nimaga bunday tartibda yozilgan? 
Javob : Alifbo tartibida 
Izoh : Besh Bir YEtti Ikki Nol Olti Sakkiz To'rt To'qqiz Uch
Savol : Yozuvchilardan biri o’zining mayda detallarga ham e’riborli ekanligi bilan ajralib turadi. Lekin unda ham ba’zi kamchiliklar bo’lgan. U 1714 yildagi voqealar tasмirlangan bir romanidagi qahramon omadsiz safarlardan biri haqida eslab X ni tilga oladi. Siz menga X ning yordamchisini ayting? 
Javob : JUMAvoy 
Izoh : Roman qahramoni omadsiz dengiz safarlari haqida gapirib Robinzonni eslaydi. 
Savol : 1993 yilda Norvegiyada eng original usul bilan gugurtsiz olov yoqish bo’yicha tanlov bo’ladi. Qizig’i shundaki, tanlovdan hech qanday moddiy rag’bat bo’lmasa ham unda 100000 dan ortiq odam ishtirok etdi. Buning sababi nima? 
Javob : Ular Olimpiada mashalasini tabiiy yoqish konkursiga ishtirok etishgandi!! 
Savol : Bu ikkita shahs turli davrlarda turli ikkita islom mamlakatlarini tepasida turishgan. Hatto ularning laqablari ham deyarli bir hil manoni anglatadi. Lekin birining laqabi rasmiy familya darajasida bo’lsa ikkinchisida bunday emas, lekin uning laqabi bilan butun boshli shahar nomlanadi. Xoxlasangiz ularning har ikkalasining ismlarini, xoxlasangiz taxalluslarini ayting 
Javob : Otaturk, Turkmanbashi ( Mustafo Kamol, Saparmurat ) 
Izoh : Turkmanistondagi oldingi Krasnovodsk shahri ayni kunda Turkmanbashi deb nomlanadi
Savol : 1992-yilda yaratilgan Bu film “Inson huquqlari bo’yicha islomiy komissiya”si tomonidan musulmonlar hayoti to’g’risida negativ tasavvur hosil qilish, shuningdek yovuz va hasis inson qilib ko’rsatganlikda ayblanib tanqid qilinadi. Lekin baribir film ijodkorlarining tilaklari ijobat bo’ldi: film ikkita Oskarga ega bo’di, 500 mlndan ortiq mablag’ keltrirdi va film evaziga aktyor Robin Uilyams “Oltin Globus”ga erishdi. Bu filmning bosh qahramonini ayting 
Javob : Alovuddin 
Izoh : Robin Uilyams bu multiplikatsion filmda Olovuddinga ovoz bergan. Savolda esa o'sha mashhur uchta tilakka ishora bor
Savol : Hokkey bo'yicha Stenli kuboki-2009 sohibi "Pittsburg Pingvinz" jamoasi Barak Obama huzurida oq uyda bo'ladi. Jamoa rahbriyati Prezidentga Pittsburg formasini topshiradi. Diqqat savol: formada nechchinchi raqam tushirilgan edi? 
Javob : 44 
Izoh : Obama AQShning 44-prezidenti hisoblanadi
Savol : Ptolemeylar hukumdorlik davrida Misr poytxatiga kirayotgan har qanday kemani sinchiklab tekshirishgan. Agar kemadan bir predmetni topishsa uni olib qo'yishgan va egasiga kompensatsiya to'lashgan. Diqqat savol: nimani zo'rlik bilan sotib olishgan? 
Javob : Kitob 
Izoh : Shu yo'l bilan Aleksandriya kutubxonasi boyitilgan. Ya'ni Misrga kirgan kitob qaytib chiqmagan
Savol : Teatrda rol ijro etayotgan bu aktyor yaxshi bo'g'lanmagan trosslar sabab yiqilib tushadi va uni it tishlab oladi. Diqqat savol: u qaysi rolni ijro etayotgan edi? 
Javob : Karlson 
Izoh : Aktyor uchayotgan paytida yiqilib tushadi va Kichkintoyning iti uni tishlab oladi. Aktor - Spartak Mishulin edi
Savol : Savolni Tobi beradi: Moriarti haqida gapirar ekan Sherlok Xolms u IGREK emas IKS ekanini ta'kidlaydi. “IKS-IGREK” insonlarga yordam berish bilan bir qatorda fotomuxbirlik bilan ham shu'gullanadi. Savol: IKS va IGREKni to'g'ri ketma-ketlikda yozib bering 
Javob : O'rgimchak, odam 
Izoh : “Moriarti odam emas, ulkan o'rgimchak to'ri markazida o'tirib to'rning har bir uchida bo'layotgan voqealardan xabardor bo'layotgan o'rgimchakka o'xshaydi”. Tobi Maguayer - Spiderman
Savol : Rossiyadagi kafelarning birida quyidagi yozuvni ko'rish mumkin: “Bizning eng yaxshi mijozimiz”. Diqqat savol: bu yozuv qayerga yozib qo'yilgan? 
Javob : Ko'zguga, ko'zgu past qismiga 
Izoh : Kirgan va ko'zguga qaragan har bir mijoz bu yozuvni o'qiydi va o'ziga xos e'tiborni his qiladi. Kreativ!
Savol : Londonning Chelsi klubining rossiyalik muxlisi o’zini aristokratlarning muhlisi ekanligini bildirib turish uchun o’ziga taxallus tanlaydi. Agar uning Chelsi muhlisi ekanligini bilmaydigan odam bu taxallusni eshitsa “U bir qadimgi yunon ijodining muhlisi bo’lsa kerak” deb o’ylaydi. Siz shu yunonni ayting 
Javob : Aristofan 
Izoh : Aristokratning fani ma’nosida AistoFan deb taxallus tanlagan
Savol : "Alfiya” ismi ma'nosi bilan qiziqib ismlar kitobini ochgandim. U yerda yozilishicha bu ism Arablarda “Alfi” shaklida bor ekan. Bu ism asosida “ming” ma’nosini beruvchi “Alf” so’zi yotadi. Savol: qadimda Alfi ismi qanday toifa insonlarga berilgan? 
Javob : Qullarga 
Izoh : 1000 tilloga olingan qullarga xo'jayinlari tomonidan Alfi deb nom berilgan, ya'ni chaqaloqligidagi ismidan qat'iy nazar yangi xo'jayin uni shinday atagan. Alfi o'g'il bollar ismi hisoblanarkan
Savol : Navbatchilik faoliyatimni Zakovat klubi bilimdonlarining eng sevimli savollar turkumidan bo’lmish yapon Hokkulari bilan boshlamoqni niyat qilgan edim: Marhamat, Yapon shoiri Ransetsn Xattori (1654-1707) ijodidan hokku: Yilning birinchi kuni Ular uzundan-uzoq Suhbatga chorlar quyoshni. Savol: Ularni toping? 
Javob : Qarg’alar 
Savol : Yaponiyadan Xitoyga yo’l olamiz: Xitoy ieroglifida bitta tom ostida turgan ikki ayol surati tasvirlansa qaysi so’zni anglatadi? 
Javob : Qiyinchilik yoki ko’ngilsizlik. Ya’ni bitta uyda ikki ayol (kundosh) bo’ldimi albatta ko’ngilsizlik bo’ladi-de! 
Savol : Siz-u bizga ma’lumki tarixda Abu, Al, Ibn kabi bir qancha ism oldi va ism orti qo’shimchalari mavjud bo’lgan. Bular aslida qo’shimcha emas balki, ma’lum bir ma’noni anglatuvchi so’zlar bo’lgan deyish mumkin. Masalan, Ibn – shaxsni otasining ismi nima ekanligini, Al – esa u qayerda tug’ilganligini izohlashga ko’rsatkich bo’lgan. Savol: Abu – nimani izohlagan? 
Javob : Abu-o’g’ilning ismini izohlagan. (Abu Ali Ibn Sino ya’ni Alining otasi Sinoning o’g’li). 
Savol : Charchab qolmang, hazil savol! Oddiy askar Ivanovdan so’radilar: - Hobbiyingiz? - Sport. - Qaysi sport turiga qiziqasiz? - Futbol. - Eng yomon ko’rgan komandangiz? Savol: Ivanov qanday javob bergan bo’lishi mumkin? 
Javob : Rota padyom 
Savol : 2012-yilning 25-yanvari, 54 va 1100 lar o’rtasida murosasiz “jang” bo’lib o’tdi. Hisob esa durrang bilan yakunlandi. Bu javob uchrashuvi ekanligini hisobga olsak 2 o’yin natijasiga ko’ra 54 1100 ni 3:2 hisobida yutgan. Savol: Almashtirishlarni sezgan bo’lsangiz 54 va 1100 larni mos ketma-ketlikda yozib bering? 
Javob : Liverpul va Manchester City 
Izoh : 54 ni Rim raqamlarida ifodalasak LIV va 1100 ni yozsak MC hosil bo’ladi
Savol : Toshkent shahri uchun 6 raqami hosiyatli raqam hisoblanmaydi. Birgina zilzila va yer qimirlashlarni o’zi bunga yaqqol dalil bo’la oladi. Xususan, 1886-yil va 1946-yil yana 1866-yil va 1966-yillarda zilzila va yer qimirlashlar bo’lgan. Savol: Biz nega bu 4 ta yilni 2 juftlab yozdik? 
Javob : Zilzila va yer qimirlashlar 1886, 1946 yillarda Noyabr oyida va 1866, 1966 yillarda esa Aprel oyida sodir bo’lgan. 
Manbaa : “Toshkent” ensiklopediyasi, T.:Qomusla b. t., 1992 // 123-bet.
Savol : Nemislar o’rtasida so’rovnoma o’tkazildi va uning natijalari asosida kasblar reytingi e’lon qilindi. Unga ko’ra, 1-o’rinni Sug’urta agentlari, 2-o’rinni Siyosatchilar, 4-o’rinni Avtomobil sotuvchilar, 6-o’rinni Astrologlar ya’ni munajjimlar band etishdi. Savol: Aytingchi hurmatli bilimdonlar, bu reyting qanday kriteriyaga ko’ra uyushtirilgan? 
Javob : Mijozlarni aldash kriteriyas(jihat)iga ko’ra uyushtirilgan 
Savol : Avvallari hindular platinani oltindan qimmat turishini bilishmagan, balki shu sabab bo’lgan bo’lsa kerak ular platinani daryo tubiga ko’mib qo’yishgan. Savol: Nima sababdan? 
Javob : Ular platinani pishsa oltin bo’ladi deb o’ylashgan 
Savol : Qo’y boqadigan ko’chmanchi cho’ponlar qishda qo’ylari uchun yegulik ko’p bo’lgan tog’larga chiqib ketishadi. Ular u yerda o’zlariga chodir yoki o’tov tikishadi. Bilsangiz kerak tog’ tepasi qishda juda sovuq bo’ladi. O’tov ichida olov yoqilsa ham kechasi baribir oyoqlar muzlab qoladi. Lekin tajribali cho’ponlar shunday g’ayritabiiy yo’l tutishadiki, ularning oyoqlari muzlamaydi. Savol: Cho’ponlar bu holatda qanday yo’l tutishgan? 
Javob : Oyoqlarini yerga ko’mishadi 
Savol : Amerikalik mashhur yozuvchi Mark Tven huzuriga bir kishi kelib, “Tuni bilan uxlolmay chiqaman. Xayolimda kimdir kravatimning tagidan chiqib meni bo’g’ib o’ldiradigandek bo’laveradi” debdi. Shunda adib u kishiga bir maslahat beradi va u kishi uyiga xursand qaytadi. Savol: Mark Tven unga qanday maslahat bergan? 
Javob : Kravatingizning oyoqlarini kesib tashlang 
Savol : Sharikli ruchkalar 1930-yil oxirlarida vengriyalik olimlar aka – uka Laslo va Georg Birolar tomonidan ixtiro qilingan. Tabiiyki uning siyoxli ruchka oldida afzalliklari juda ko’p. Ammo olimlarning aytishicha, sharikli ruchkalarning bir yomon tarafi bor ekan. Savol: Sharikli ruchkaning yomon tarafi nimada? 
Javob : Olimlarning aytishicha sharikli ruchkalar yaratilgach insonlarning yozuvlari anchayin xunuklashib ketibdi. 
Savol : I.Yefimovning “Yettinchi xotin” romani bosh qahramoni o’zining ko’p sonli xotinlari va qarindoshlarini raqamlash tizimini o’ylab topdi. Masalan, “Xotin-1” birinchi xotinni, “Er 1-2” esa birinchi xotinining ikkinchi erini anglatadi. “Qiz 1-1” belgisi birinchi xotinning to’ng’ich qizini bildiradi. Savol: “3-1a” va “3-1b” belgilari kimlarga nisbatan qo’llanadi? 
Javob : Uchinchi xotindan bo’lgan egizaklarga 
Savol : To’qima obrazli savol: Qadim zamonda ikki amaldor o’rtasida bog’ bo’lgan ikki minoraning ustiga o’tirib olib, bog’dagi har xil rangli kiyim kiygan qizlarning raqsini tomosha qilishar va har-har zamonda qizlardan birini bog’dan tashqariga chiqarib yuborishardi. Savol: Ular nega bunday qilishardi? 
Javob : Ular shaxmat o’ynashardi 
Savol : “X” haqidagi birinchi kitobni milodning 780 yilida mashhur Xitoy adibi Lu Yuy yozgan. «Chatszin» deb nomlangan bu asarda “X” haqida ko’p ma’lumotlar keltirilgan. Yaponlar esa uning 2 turini farqlab birini «kocha» va yana birini «ocha» deb atashadi. Savol: “Kocha” va “Ocha” so’zlarini o’zbekchaga tarjima qiling! 
Javob : “X” bu yerda choy so’ziga almashtirilgan. Kocha – qora choy. Ocha – ko’k choy 
Savol : “X”ning o’rni qurilishda juda muhim hisoblanar ekan. Bir o’zbek o’g’loning aytishicha “X”ning borligini o’ziyoq bir binoning tayyorligidan dalolat berar ekan. Uning ofislaridan biri shahrimizdagi “O’rda” dahasida joylashgan. Savol: “X”ning familyasini toping? 
Javob : Rasulov 
Izoh : Rasulov GI eshiklari haqida gap ketmoqda. O’zbek o’g’loni – Shukrullo Isroilov (reklamada).
Savol : Koreyslarda bir naql bor: “Tosh otsang albatta ULARning boshiga tushadi.” Savol: Ular kimlar? 
Javob : KIMlar ya’ni KIM familyalilar 
Izoh : Ular Koreya xalqining 5 dan 1 qismiga teng
Savol : Jahon chempionati-2010 ning timsoli etib “ZAKUMI” laqabli leopard tanlab olindi. Tashkilotchilarning fikriga ko’ra, leopardning ismidagi dastlabki 2 harf ya’ni “za”, afika tilidagi “Jannubiy Afrika” so’zining abbreviaturasini izohlar ekan. Savol: U holda aytingchi “ZAKUMI” nomidagi “kumi” so’zi qanday ma’noni anglatadi? 
Javob : kumi – 10 (o’n). JCh o’tkazilgan yil 
Izoh : ZAKUMI – Janubiy Afrika - (20)10.
Savol : Abdulla Oripovdan bir she’r, she’rning nomi “X”: Bulutlarga yondosh, osmon ostida, Kiprikdagi yoshday turibdi “X”, Qilichning damiday arqon ustida Ko’zlarini yumib yuribdi “X”. Savol: “X”ni toping? 
Javob : DORBOZ 
Savol : G’arbiy Afrika jo’g’rofiya jamiyatining a’zosi G.Mingod 1920 – yilda Gabon bo’ylab sayohat qiladi va u bu sayohati davomida Gorillalarning bu yerlik ayollarga juda kam hujum qilishlarini, chunki ular o’zlari bilan ehtiyot shart ularni olib yurishlarini aniqlaydi. Savol: Gabonlik ayollar o’zlari bilan ehtiyot shart nimalarni olib yurishadi? 
Javob : Sigaretalarni, chunki gorillalar sigareta hidiga toqat qilolmas ekanlar 
Manbaa : “Jahon adabiyoti” jurnali.
Savol : 2011-yilgi ma’lumotlarga ko’ra: U ro’yxatdan biz uchun muhim bo’lgan bir nota, xalqimizning bir buyuk allomasi, yilning oylaridan biri, lotin alifbosidagi bitta yoki ikkita harf, biznes uchun muhim qism, bir yoki bir nechta transport turning nomi joy egallagan. S: Aytingchi hurmatli bilimdonlar, uning eng asosiy qismi nima bilan ifodalanadi? 
Javob : (Oyning) raqam(i) bilan 
Izoh : Bu yerda gap 2011-yilgi oylik yo’l chiptalari haqida edi va javobda uning qaysi oynikiligi nazarda tutilgan.
Savol : Gogolning “O’lik jonlar” asari qaxramoni chamadonida har doim siyoh, qog’oz va qum olib yurar edi. Qog’oz va siyoh tabiiyki yozish uchun kerak bo’ladi. Savol: Unda qum nima uchun kerak? 
Javob : Siyoh bilan yozilgan yozuvni ustiga sepib quritish uchun kerak 
Savol : Demak birinchi savol!Intervyuning muvaffaqqiyatli chiqishi Xga bog'liq shubhasiz. Internetdagi folbin reklamalaridan birida esa X tekin ekani aytiladi. Xni ayting. 
Javob : Birinchi savol 
Izoh : Bu jamoamizning ham birinchi savoli edi
Savol : Osonidan (c) Arsenal klubining rasmiy saytida quyidagi ma'lumotni ko'rish mumkin edi Arsenal {___} 39 ... Everton {___} 30 Chelsea {___} 28 ... Nottm Forest {___} 4 Fulham {___} 4 {___} to'ldirish sizdan 
Javob : ladies 
Izoh : Ayollar jamoalari reytingi
Savol : Bir do'stim Mario Balotellini yomon ko'radi. Uning fikricha Italiya termasi forvardi kasbini o'zgartirishi kerak. Xatto unga munosib boshqa ish ham o'ylab qo'ygan. Qanaqa ish? 
Javob : santexnik 
Izoh : xuddi kompyuterdagi Mario o'yinidagidek
Savol : Bir akaning hikoyasiga ko'ra uning bobosi sobiq ittifoq davrida sudya bo'lgan. BU ISHNI u(sudya) o'g'li orqali amalga oshirgan. Mashhur rus asarida esa BU ISHNI kuchuklar orqali amalga oshirishadi. Asar va BU ISHNI ayting? 
Javob : 
Savol : "Aleksandr" filmida Makedonskiy Eron chegaralariga boradi va 40.000 qo'shin b.n 250.000 kishilik qo'shinga qarshi jangni ertaga boshlashini ma'lum qiladi. Shunda sarkardalardan biri ikkinchisiga aytadi: "Bugun bazm uyushtiramiz, ertalab jang qilamiz. Ertangi bazmni esa Xda qilamiz!" X ni maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : Aid saltanatida 
Savol : ALMASHTIRISH.WILLIAMning yoshligida onasi uni umriboqiy qilish uchun uni olovda tovonidan ushlab "cho'miltiradi." Bundan biror bir narsaning zaif tomoniga nisbatan "WILLIAMning tovoni" iborasi ishlatiladi. WILLIAM qayerda vafot etgan? 
Javob : Troyada 
Izoh : WILLIAM-Axil. William Brad Pit 
Savol : Qadimgi Movaraunnahr va Iroqning umumiy jihatini ayting? 
Javob : Daryolar oralig'ida joylashgani 
Savol : Nayza uloqtirish bo'yicha ayollar o'rtasidayam, erkaklar o'rtasidayam rekord chexiyalik sportchilarga tegishli. Men savol tuzayotganimda ulardan aqalli bittasi AYNAN SHU millat vakili bo'lishini xoxlagandim. Qaysi millat? 
Javob : Nemislar 
Izoh : Germaniya boshqa tillarda Allemagane deb ataladi va uning ma'nosi nayza otgan askar
Savol : 1996-yilgi Italiya chempionatida 4-turdan keyin "Parma" va "Roma" klublari bir hil ochko to'plashadi va bir hil gol urib, o'tkazib yuboradi. Qaysi klubni balandroqqa joylashadi va nima uchun? 
Javob : Parma alifbo tartibida 
Savol : Amerikaning Virjiniya shtatida Smitfild nomli cho'chqa rassomchilik b.n shug'ullanar ekan. Uning kartinalari 50-150 $ atrofida sotiladi. Uning muhlislari tomonidan unga berilgan laqab uning rassom ekaligni bildirib turadi. Cho'chqaning yangi laqabini ayting 
Javob : PigCasso 
Savol : "Soxilda bor ajdaho, kuni b.n dam olib, kechqurun suv ichadi. Suv ichib tugatgach uni kuni bitadi" Topishmoqni toping? 
Javob : SHAMCHIROQ 
Savol : Maqol: "Donishmand oyni ko'rsatsa, tentak X ni ko'radi". Biz Xdan ko'ra uning yonidagisini ko'proq ko'rib o'rganganmiz. Qayerda? 
Javob : facebookda 
Izoh : X-ko'rsatkich barmoq. Yonidagi bosh barmoq. Uni ko'rish uchun 
Savol : "Bu ishni qiling-sizni it tishlamaydi,Bu ishni qiling-sizni o'g'ri urmaydi,Bu ishni qiling-siz qarimaysiz". Biz bu ishni qilmaslik haqidagi ogohlantirishni qayerda ko'ramiz? 
Javob : sigaret qutilarida 
Izoh : .
Savol : Atrofga qarasangiz meni ko'rmaysiz, agar meni ko'rsangiz boshqa narsani ko'rmaysiz. Meni toping? 
Javob : Tush 
Savol : Oyga qarab adashsang otingni oltin Xqa bog'la. Bu o'zbek xalq maqoli. Agar Xni topgan bo'lsangiz, "oltin X" qaysi hayvon bilan bog'liq ekanligini toping.  
Javob : ayiq 
Izoh : X yulduz, unda qutb yulduz turkumi tarkibiga kiruvchit katta,kichik ayiq ayiqlar bo'lsa,hayvon ayiq 
Savol : Amerikaliklar xazili.Dunyo bugun tugaydimi deb havotirlanmang, chunki Avstraliyada ... bo'lgan. Mobodo Avstraliyada oxir dunyo sodir bo'lsachi deb ham havotirlanmang. Chunki unda allaqachon sodir bo'lib o'tgan bo'ladi. Nuqtalar o'rnidagi so'zni toping. 
Javob : erta, ya'ni ertangi kun ma'nosida 
Savol : Uning narxi oltindan qimmat hisoblanadi va shu qadar nozik va ekanki, hatto odam ovozi bilan ham uni buzishi mumkin ekan. S: nima? 
Javob : Sukut 
Savol : Inglizlarda bir gap bor: "Har bir kuchukning o'z kuni bor". Buning biz ishlatadigan varinatini ayting. 
Javob : bizning ko'chadayam bayram bo'bqolar 
Savol : Ma'lumotlarga qaraganda X.Kolumb Amerikaga kirib kelgan kunini Dominika Respublikasidagi ko'pchilik yaxshi biladi. Qaysi kuni kelgan va buni Dominikaliklar nega unutmaydi? 
Javob : Lotincha 'Dies Dominica' yakshanba degan ma'noni bildirar ekan 
Savol : Maqolni davom ettiring: Agar siz boy bo'lsangiz, shaytonning dumidan tutasiz; agar kambag'al bo'lsangiz u holda shayton... 
Javob : tomog’ingizdan tutadi. 
Izoh : Ya'ni nafsinizni qitiqlaydi, yomon yo'lga boshlashga undaydi degan ma'noda
Savol : Ingliz xalqidgi bir iborada it bilan burga eslanadi. Shu iborning o’bekcha anlogidagi element esabir xajviyada alkogol tufayli NUJ siftida e’tirof etiladi. Inglizcha iborani mantiqan bo’lsa ham toping 
Javob : 
Izoh : O'zbekchada esa 
Savol : Savolda o'zgartirish: Maktab vaqtlarimiz Pushkinni "MERGAN Pushkin" deb atardik. U paytlari MERGANning ma'nosini bilmasdikam. Bir adabiyotchi domlamizni ta'kidlashicha u haqiqatanam MERGAN. Aytgancha bunga men ham aminman, ammo maktab paytlada tushunmaganman. Almashtirilgan so'zni ayting. 
Javob : As 
Izoh : A.S.Pushkindan uni as deganmiz. U haqiqatan o'z ishining ustasi-AS!
Savol : Uchuvchi shogirdiga o'rgatyapti: mana bu balandlik kursorini o'zingdan itarsang, yerdagi uylar kattalashib boradi. Uni o'zingga tortsang, uylar kichraya boshlaydi. Agar tortishda davom etsang... Xo'sh bilimdonlar, natija nima bo'ladi?  
Javob : uylar yana kattalasha boshlaydi 
Izoh : samolyot yuqoriga aylanadi va aylanib pastga qulay boshlaydi.
Savol : Qarshingizdgi kolleksiya bitta lotinchadn kelib chiqqan so’z bilan ataladi. Shu so’zni ayting.  
Javob : Gerbariy 
Izoh : kolleksiya muallifi shu yo’sinda “gerb” va “gerbariy” so’zlarini bir hil o’zakli ekanini isbotlamoqchi bo’lgan. Lekin unday emas.
Savol : Versiyalardan biriga ko'ra bu yerga borgan Yevropaliklar u yerdagi aholining me'morchiligiga qoyil qolishadi. Uy va chaylalar ko'l ustiga, judayam mustahkam qilib qurilgan edi. Shundan davlat nomi kelib chiqadi. Qaysi davlat? 
Javob : Venesuela 
Izoh : Shaharchani Venetsiyaga qiyoslab Kichik Venetsiya deb atashgan 
Savol : Farzand tarbiyasida aqlingizni ishlating (o'git bering), foyda bermasa qalbingizni ishlating (duo qiling), u ham foyda bermasa ... ni ishlating. Nuqtalar o'rnidagi so'zni toping.  
Javob : Qo'lingizni 
Izoh : Ya'ni uring
Savol : Charli Chaplinga taqlid qilish bo'yicha tanlovda hayratlanarli holat kuzatiladi: bir mashhur inson ham bu tanlovda qatnashadi va 3-o'rinni oladi. Ajablanarli tomoni shu ediki, bu insonning bu tanlovda qatnashishini hech kim kutmagan edi. O'sha mahshur inson ringda tango raqsiga tushish bilan tanilgan edi. Savol: U kim? 
Javob : Сhaplinning o'zi 
Izoh : katta shahardagi yong'in filmida Chaplin boks ringida tangoga tusha boshlaydi.
Savol : “Yuventus” klubining o’yinini tanqid qilar ekan NTV+ sharhlovchisi klubning o’yini faqat g’alaba uchun ekanini, chiroyli o’yin uchun umuman o’ynamasligini aytib o’tadi. Bu hatto klubning ruscha nomida ham ko’rinib turarkan. Savol: klub nomida nimani ko’rish mumkin? 
Javob : Klub odatda qayd qiladigan hisobni: 1-0 
Izoh : “Ювентус” so’zidagi “Ю” harfi 1-0 ni eslatadi 
Savol : Olimlarning hisob kitoblariga ko'ra, X ga erishish uchun yulduzlar tinimsiz 33 million soat nur sochib turishi kerak ekan. Savol: X ni toping 
Javob : oftobda qorayish, ya'ni zagar olish 
Savol : Bu joyning toponimik hikoyasi qisqacha quyidagicha: bu o'lkada ko'l bo'lib, u yerda mingta ot rohatda yashagan. Keyin ko'l atrofini parilar makon qilgan. Dev parilarga ko'z olaytirsa, parilarni otlar himoya qiladi. Dev hiyla ishlatib ko'lni zaharlaydi va otlarni uxlatib qo'yib zanjirband qiladi. Shu yerda katta qal'a qurib parilar bilan yashay boshlaydi. Joy nomini ayting? 
Javob : Hazorasp 
Izoh : Hazor-"ming", asp-"ot" degani ya'ni "ming otliqlar diyori". Qal'a "Dev qal'asi" deyiladi
Savol : Bred Pittning suratini ko'rgan ayollarda U 80 dan 150 gacha ko'payar ekan. U ni toping? 
Javob : Puls 
Savol : Qarshingizdagi rasmga IKS deb nom berishgan. Bundan 20-25 yillar oldin IKS Piter va uning sheriklarini hafa qilgan. IKS ni ayting. 
Javob : Xudoning qo’li 
Izoh : JChda Maradonaning Piter Shiltong urgan golini eslang
Savol : Bokschi Vladimir Klichko qoratanli Rey Merserni mag’lub etgach, 1985-yilgi jahon chempiono bilan uchrashadi. Bu champion uning harkatlarini baolab, jang haqida o’z fikrini bildirar ekan unga mashhur fraza aytadi. Shu frazani to’rtta so’z bilan ifodalang. 
Javob : Oqlar boshlaydi va yutadi 
Izoh : Chempion – Kasparov. Rey merserning qortanli ekani savolda aytildi
Savol : Qorbobo va Santa Klaus ning tashqi ko'rinishida bir-biridan farqlari ko'p. Ularning eng asosiylari: 1-kiyimi uzun kaltaligida; 2-birida hassa bor, ikkinchisida yo'q; 3- birida belbog, boshqasida kamar (tasma).Menga asosiy 4-farqni ayting. 
Javob : Santada ko'zoynak bo'ladi 
Savol : Gomerning davrida O'rta Yer dengizi yozdan boshqa payti judayam notinch edi. U o'zinging "Illiada" asarida O'rta Yer dengizidagi uchta xavfsiz portni keltirib o'tadi. S: ularni sanab bering? 
Javob : iyun, iyul, avgust 
Izoh : yuqorida yoz oyida dengiz xavfsiz deyilgan
Savol : Aytishlaricha XVIII asrning ohirlarida rus elchisi Razumovskiy Sankt-Peterburgga Potyomkinga uning oldiga istedodli musiqachi kelib, o`zini va uyidagilarni boqishga puli yo`qligi haqida noliganini yozadi. Musiqachi Rossiyaga borib, u yerda yashab, ijod qilishni ruhsat so`ragan edi. Potyomkin shu bo`yicha javob bermapti, natijada musiqachi o`z vatanida qolipti. Bu musiqachining familiyasini toping. 
Javob : Motsart 
Savol : Fransiya va Italiya o'rtasida bo'lib o'tgan 2006-yildagi regbi bahsida ishtirokchilardan biri jamoa ramzi b.n doimiy ravishda bajariladigan o'yinoldi harakatini bajaraolmadi. Buning asosiy sababini ayting 
Javob : Parranda grippi 
Izoh : Fransiya termasining ramzi Xo’roz hisoblanadi 
Savol : Bir suhbatda biri yulduzlar bu vafot etib ketgan ajdodlar ekanligini aytsa, ikkinchi buni rad qilib, shunchaki ular osmonda yopishib turgan yonar qurtlar ekanligini aytadi. Savol: Suhbat kimlar orasida bo'lgan? 
Javob : Simba va Pumba 
Savol : Futbol bo'yicha Rossiya termasi o'yinlaridan birida Rossiya termasi 4ta gol o'tkazishiga qaramay markaziy himoyachi Aleksey Berezutskiy eng yaxshi o'yinchi deb topiladi. Diqqat savol aynan nimaga asoslanib Berezutskiyni eng yaxshi o'yinchi deb topishadi? 
Javob : Savol javobda faol qatnashgani uchun 
Izoh : Rossiya termasi 
Savol : Bir ishda ishlovchi tanishimning aytishicha U ishida ko'proq foyda ko'rishi uchun bugun yomg'ir yog'ishi kerak, ertasi kuni esa quyosh chiqib havo qizib ketishi kerak ekan. U hatto bu holat bo'lishini Xudodan so'rarkan. Diqqat Savol tanishim qaysi ishda ishlaydi? 
Javob : Avtomobillarni yuvish shahobchasi 
Izoh : Yomg'ir yog'gandan keyin mashina loy bo'ladi, ertasi kuni ham yomg'ir havosi bo'lsa haydovchilar avtomobil yuvish shahobchalariga borishga shoshilmaydi. Do'stim esa buni istamaydi u ertasi kuni havo ochilib ketishni istaydi
Savol : Bir necha oylar muqaddam Eron prezidenti Rimga rasmiy tashrif buyuradi. Shu munosobat bilan Rimdagi Kapitoliu muzeyi xodimlari muzey va shaxarda bir ishni amalga oshirishadi. Bu Eron prezidentiga hurmat va madaniyatning yuksak ko'rinishi deyish mumkin. Savol Qanday ish amalga oshirilgandi? 
Javob : yalong'och haykallar yopib qo'yilgan 
Savol : Yaqinda Xitoyda 4ta egizak farzand tug'ildi. Ularga Syaodun, Syaonan, Syaosi va Syaobey deb ism qo'yishdi. Diqqat kutilmagan Savol menga Syaosini "yaxshi" ko'radigan predmetni ayting! 
Javob : Kompas 
Izoh : Ismlarning tarjimasi sharq g'arb shimol va janub. Kompas esa faqat shimolni ko'rsatishi ma'lum
Savol : Sayohatga ketgan John do'sti Frenk bn suhbatlashyapti:John: men bu shaxarda ko'p narsalarni o'rgandim hatto kuniga 2pachka sigaret chekyapman. Savol Johnning chekmasligini inobatga olib uning qaysi shaxardaligini ayting! 
Javob : Pekin 
Izoh : Pekin shahri dunyodagi havosi eng iflos hisoblanib ekologlar tomonidan 1kun nafas olish 2pachka sigaret chekish bn teng deyilgan.
Savol : Qulog'ingga nimadir deyishim kerak, Sen bo'lsa yashirinib olibsan quduqqa.Ayt buncha hayoni qayerdan olding, X. Savol X? 
Javob : Oy 
Savol : Farida Afruzdan Tasbeh:Mehmonlar ketdi,Horigan dasturxon ustida,Anor po'chog'I va U qoldi.Savol Uni ayting! 
Javob : g'iybat 
Savol : Eramizdan avvalgi 164-152yillarda yashagan antik davr insoni Gretsiyalik Leonid Rodosskiyda ularning soni 12ta bo'lgan. Diqqat savol Ularning soni 14ta bo'lgan shaxsni toping! 
Javob : Maykl Felips 
Izoh : bu ko'rsatkichlar Olimpiadadagi shaxsiy jamg'arilgan Oltin Medallar
Savol : Farida Afruzdan Tasbeh:Ilk bora sevgisin izhor etganiUyaladi u, hech kimdan emas, ... Savol Tasbehni 2so'zda yakunlang! 
Javob : Oqargan sochidan 
Savol : Ibn Al-Mutaz O'limni-senga qarata uzilgan o'qdir deb ta'riflaydi. Savol u hayotni qanday ta'riflaydi? 
Javob : Hayot esa o'sha O'qning senga yetib kelgunicha bo'lgan lahza 
Savol : Bir o'g'ri doimo o'g'irlagan joyiga keyingi o'g'rilik qiladigan shaxarini shifrofka qilib ketarkan.Masalan:1ta olma5ta apelsin2ta olcha4ta limonSavol uning keyingi manzilini ayting! 
Javob : Oslo 
Izoh : 1ta deyilganda 1chi harf 5ta deyilganda 5chi harf
Savol : U ko'p narsani bilgani va o'ziga ishongani bois doim yosh yigitlarday mag'rur, Uning do'sti esa bilimsizlik va ishonchning yo'qligi evaziga beli bukchaygan cholga o'xshaydi. Agar ularga ahvollaring qanday deb savol berishsa. U: men juda yaxshiman!Uning do'sti esa sen nima deb o'ylaysan? deb javob bergan bo'lardi. Savol menga har ikkalasini yozib berolasizmi?! 
Javob : Undov va so'roq belgisi 
Savol : Wikipediaga ishonsak U qadimgi Yunonistonda "yetti erkin san'at" deb atalgan. Ilk bor XVIII-asr o'rtalarida Fransuz Lui Breton tashabbusi va D Didroning 25yillik mehnati evaziga dunyoga keldi. XIX-Asr boshlarida esa Ispaniya, Germaniya va Rossiyaliklar ham Uni yaratishdi. Savol hozirda Uning eng mashxurining nomini ayting! 
Javob : WIKIPEDIA 
Izoh : gap Ensiklopediya haqida edi. Hozirda eng mashxuri Wikepedia
Savol : Mashxur romanlardan biri bo'lgan Oltin Buzoq romanida shunday voqea bo'ladi: Ostap Bender va uning hamtovoqlari magazinga ketishayotganda oldidan 3ta rassom ketma ket chiqib qandaydir bir amaldorning ismini aytib Uni ko'rmadingizmi deb Ostapga savol berishadi. Bu savollar Ostapning jig'iga tegib shunday deydi: Mening Bir grajdanka tanishim bor, men ham sizlarga uni ko'rmadizlarmi deb aytmaymanku duch kelgan insonga deb kesatiq qiladi. Yordam qilib aytishim mumkinki Ostap Benderning "tanishini" ko'rishni hech kimning ko'zi uchmasa kerak. Savol Benderning mashxur tanishini ayting! 
Javob : Meduza Gorgona 
Savol : Avvallari(balki hozir ham bordir) Surxondaryo taraflarda kelin va kuyov tarafdagilar bir birlarini rosa surishtirishgan ekan. Ular ayniqsa "pishganmi? Pishmaganmi?" deb savollar berishgan. Agar ikkala tarafdan ham pishgan degan javobni olishsa xursand bo'lishgan. Mashxur romanlarimizdan birida ham ota kichkina qizchasini ko'zdan kechirib hali xom, pishmagan deb xitob qiladi. Savol aynan nimasiga qarab pishgan, yoki Xom deyishgan? 
Javob : qizamiq chiqqan yoki chiqmaganligiga qarab 
Izoh : Agar chiqqan bo'lsa balog'atga yetganini bildirgan. Roman esa Mehrobdan chayon edi
Savol : 2014-yil futbol bo'yicha Jahon chempionatining yarim finalida Braziliyaliklar 1taymning o'zida Nemislarga yirik hisobda mag'lub bo'layotganini ko'rgan Rahmatli sharhlovchimiz Davlat Turdaliyev tanaffusga chiqish oldidan Braziliyalik futbolchilar tanaffusda U yerga ketishi kerakligini aytadi. Savol qayerga ketishi kerakligini 2 so'zda ayting! 
Javob : Kanada chegarasi 
Izoh : Mashxur filmda aytilgan 15minutda Kanada chegarasiga yetvolamiz degan ibora mashxurligi hammamizga ma'lum. Tanaffus ham 15minut.
Savol : Aleksandr Dyumaning Askanio romanida aytilishichs XV-XVI asrlarda Fransiyada o'lim jazosiga mahkum etilgan mahbuslar faqat 1marta o'z yaqini bilan uchrashish huquqiga ega va bu juda qisqa minutlarni tashkil etarkan. Ammo bazi mahbuslarda yana shunday bir huquq bor ekanki 2chi marta ham uchrashish huquqi berilarkan va bu uchrashuv uzoqroq (tahminan 1soat) davom etarkan. Savol bu uchrashuv birinchisidan qanday farq qiladi? 
Javob : 2chi marta uchrashuvda mahbusning to'yi bo'ladi. Bu imkoniyatdan faqat bo'ydoq mahbuslar foydalana oladi. 
Savol : Karikaturalardan birida U(mashxur shaxs) uyida televizor ko'rayotganida birdan tok o'chib qoladi, va Uni yaratadi. Savol Uning nima yaratganini 2so'z bilan ayting! 
Javob : Qora kvadrat 
Izoh : Televizor o'chsa qorayib qoladi. Kazemir Malevich shundam ilhom oladi deyishadi karikaturada
Savol : Somerset Moemning Oy va sariq chaqa romani bosh personaji Charlz Striklend havaskor rassom bo'ladi. U umrining oxirida Moxov (o'limga olib boruvchi yuqumli kasallik o'sha paytda Moxovlardan hamma qochgan) bo'lgani uchun va puli yo'qligi uchun uyidan chiqmay xona devorlariga rasm chizgan. O'limidan so'ng xonaga kirib rasmlarni ko'rgan doktor Charlzni buyuk rassom deb ataydi. Savol doctor Charlz haqida yana qanday faktni bilganligi uchun uning rasmlaridan hayratlanadi? 
Javob : U ko'r bo'lib qolgan edi 
Savol : Hazil versiyaga ko'ra Yaponlar bu sport turini yoqtirmas ekan. Bu sportda qatnashganlarni Yaponlar o'zlari uchun eng qabih bo'lgan insonlarga qiyoslashadi. Albatta bu hazil hozirgi kunda ko'plab Yaponiyaliklar bu sportda qatnashyapti. Savol bu sport nomi? 
Javob : Biatlon 
Izoh : Biatlonda o'q sektoridagi nishonlar Yaponiya bayrog'iga o'xshaydi.
Savol : Ular qoyali, yerli, qishloqniki, shaharniki bo‘lishadi. Biz esa ularning yordamisiz tur jadvalida bu savolga plyus belgisini qo‘yolmaymiz. Savol: Ularni ayting. 
Javob : Qaldirg‘ochlar 
Savol : Singapur shahar ko‘chalari va jamoat transportini ifloslantirganligi sababli uning eksportini, 1992-yilda o‘z hududida uni ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatib qo‘ydi. Lekin yaqin vaqtlargacha uni ishlatish Singapurda qattiq jinoyat hisoblanardi. Endilikda, uni tibbiy preparat sifatida tish tozalash uchun shifokor tavsiyasi bilan faqatgina dorixonadan sotib olish mumkin. Savol: Uni ayting. 
Javob : Saqich 
Savol : Filippin topishmog‘ini tinglang: “Ikki tola uchrashsa – dunyo qorong‘u bo‘ladi”. Savol: Gap qanday tolalar haqida ketmoqda? 
Javob : Kipriklar 
Savol : Ibn Sinoning fikriga ko‘ra, bu kasb egasida lochinning ko‘zi, ayolning qo‘llari, ilonning donoligi va sherning yuragi bo‘lishi kerak. Savol: Kim bu kasb egasi? 
Javob : Vrach (shifokor, tabib). 
Savol : Hindistonda har kuni ertalab ko‘pgina ko‘chalarda tirbandliklar paydo bo‘ladi, buni xatto politsiya kuchi bilan ham tarqatib bo‘lmaydi. Savol: Bu muammo nima bilan bog‘liq? 
Javob : Sigirlar yo‘lning o‘rtasiga yotib oladi 
Savol : So‘nggi vaqtlarda G‘arbda ularni xuddi kiyimlar kabi o‘lchamlarga ajratishdi: 53 grammdan kichiklari – S, 73 grammdan kattalari – XL. Savol: Ularni ayting. 
Javob : Tovuq tuxumi 
Savol : Turmalin minerali har xil rangda bo‘ladi: pushti rangi – rubellit, ko‘ki – indigolit, yashili – verdelit, rangsizi – axroit va boshqa ranglarda. Savol: Turmalinning ichi pushti, sirti yashil bo‘lgan kristallari nimaga o‘xshatib nomlanadi? 
Javob : Tarvuzga 
Savol : “Mass Effect” kompyuter o‘yinida Gagarin nomi kosmik stansiya va yulduzga, Tereshkova nomi esa yulduzlar tizimiga berilgan. Savol: Armstrong tumanligi qayerda joylashgan? 
Javob : Oyda 
Izoh : Neyl Armstrong – Oyda bo‘lgan birinchi inson
Savol : Dalning ta’riflashicha, u kichkinagina dumaloq non. Savol: Bu kichraytirilgan formada bizga ma’lum bo‘lgan so‘zni ayting 
Javob : Bo‘g‘irsoq 
Savol : Bu shaharning asosiy bayram va festivallari quyidagilar: fevralda – karnaval; mayda – regata (sport kemalari an’anaviy poygasi); oktabrda – tumanlar festivali; noyabrda – o‘latdan halos bo‘lish sharafiga bayram. Savol: Ushbu shaharda an’anaviy ravishda avgustning oxiri va sentabrning boshida qaysi bayram o‘tkaziladi? 
Javob : Venetsiya kinofestivali 
Izoh : Bu shahar – Venetsiya
Savol : Yоzuvchi Kurtsio Malaparte (Маlaparte – uning taxallusi) o‘z taxallusi haqida shunday yozadi. Маlaparte bu – italyanchasiga “Qattiq ulush” degani. Nega qattiq, yumshoq emas desangiz, chunki “yumshoq ulush” boshqa zot tomonidan band qilingan. Savol: Aytingchi, yumshoq ulush bilan kim atalgan? 
Javob : Italyanchasiga – yumshoq ulush Buanoparte 
Izoh : Маshhur fransuz imperatori. Napoleon Bonapart tomonidan band qilinganiga ishora qilgan.
Savol : Sanskrit tilida indigo o‘simligi “nila” deyiladi. Shuning uchun ushbu shahar tarjimasi “indigo o‘sadigan joy” degan ma’noni bildiradi. Savol: Bu shahar qaysi mamlakat poytaxti hisoblanadi? 
Javob : Filippin Respublikasi 
Izoh : Uning poytaxti – Manila
Savol : Birinchi amerikalik astronavtlar Oyda eksperiment sifatida pero va bolg‘ani tikka tashlab ko‘rishdi. Savol: Ushbu tajriba kimning sharafiga nomlangan? 
Javob : Galileo Galiley 
Izoh : Turli vazndagi predmetlar vakuumda bir vaqtda qulab tushgan. Galiley bu tajribani Piza minorasidan predmetlarni tashlab, qo‘llab ko‘rgan
Savol : “Yomg‘ir keltiruvchi momaqaldiroq”. Antuan Antuan de Sent-Ekzyuperi bu haqda shunday degan edi. Stendal esa uni “kulguning eng yuqori darajasi” deb nomladi. Savol: Uni ayting. 
Javob : Ko‘z yoshi 
Savol : Genri Xayns fabrikasida xodimlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, ayollarga bodring tozalayotganda haftasiga bir marta bepul bir xizmatdan foydalanish huquqi beriladi. Savol: Bu xizmatni bir so‘z bilan ayting 
Javob : Manikyur 
Savol : Bu so‘z sanskrit tilidan tarjima qilinganda “Ko‘proq sigirga ega bo‘lishni xohlayman” degan ma’noni bildiradi. Ularning eng qisqasi 1896-yil sodir bo‘lgan va jami 30 daqiqa davom etgan. Savol: Gap nima haqida ketmoqda? 
Javob : Urush 
Izoh : Angliya va Zanzibar orasidagi urush aynan shuncha vaqt davom etgan
Savol : Rivoyatga ko‘ra, dastlab ular Yevropada Xorun-al-Rashid elchilari Buyuk Karl qabuliga yetib kelganda paydo bo‘lgan. Savol: Javob uchun ulardan istalganini varoqchangizda tasvirlab bering 
Javob : 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9 
Izoh : Ular arab raqamlari
Savol : Bir ekzotik mamlakatda yodgorlik o‘rnatildi va uning tegiga “Bizning shoirga” deb yozib qo‘yishdi. Savol: Bu davlatni ayting. 
Javob : Efiopiya 
Izoh : Mashhur Pushkinning ildizi Afrikaga borib taqaladi. “Bizning shoir” deganda shoirning ularga tegishli ekanligiga ishora qilinmoqda
Savol : Qadimgi yaponiyalik Asinadzuti va Tenadzutilarning Bibliyadagi analogini ayting 
Javob : Adam va Yeva (Odam Ato va Momo Havo) 
Savol : 1859-yil 17-avgustda Amerikaning Indiana shtatidan noodatiy yuk bilan havo shari start oldi. Shu bilan ushbu kun uning tug‘ilgan kuni deb hisoblandi. Savol: Nimaning? 
Javob : Aviapochtaning 
Izoh : Shu tarzda xatlar havo orqali birinchi marta jo‘natilgan
Savol : 1945-yildan 1950-yilgacha bu kemadan Malta va Gotso orollari orasida parom (solsimon yassi kema) sifatida foydalanilgan. Savol: 1950-yilda kim bu kemani sotib olishni istab qoldi? 
Javob : Jak-Iv Kusto 
Savol : Alpinizmda tog‘ cho‘qqilarini zabt etish bo‘yicha yirik maxsus dastur bor. Savol: Ular orasidan “Yetti cho‘qqi” deb nomlanganiga nimani taqdim qilish kerak? 
Javob : Barcha qit’alardagi baland cho‘qqilarni zabt etish 
Savol : Bilga Xoqon (716-734) bitigida, Bilga Xoqon qullik davrining fojealarini so’zlarkan, Xalqqa chinliklarning shirin so’ziga, yumshoq “X” lariga uchmaslikni, yo’qsa yana qullikka mahkum bo’lajaklarini, uqtiradi. Savol, “X”ni toping? 
Javob : Ipak 
Savol : Yemish muommosi tufayli cho’ponlar podalarni mavsumga qarab tog’ning u tomoniga yoki bu tomoniga olib o’tadilar. Yo’lda podaga burgutlar hujum qiladi. Savol, nega burgutlar qora mollarga hujum qiladilar, ularga kuchlari yetmasligini biladilarku? 
Javob : Burgutlar hujum qilib mollarni qo’rqitadi sarosimaga tushgan mol esa tog’-u toshdan tushib ketib nobud bo’ladi, burgutlar esa bundan umidvorlar 
Savol : Hozirgi kunda ular 6 ta: Ulug’bek, Beruniy, Xorazmiy, Avetsenna (Ibn Sino) … Savol, qolgan 2 tasini siz ayting? 
Javob : O’zbekistoniya va Samarqand 
Izoh : Shunday nomdagi samoviy jismlar mavjud
Savol : G’o’za yaproqlarida Ko’katlarning bargida Chechaklarning bag’rida Yaltirar lak-lak inju. Savol, she’rning nomi(sarlavhasi)ni toping? 
Javob : Shudring 
Izoh : She’rning muallifi, Mirtemir
Savol : She’riyatdan chiqib ketmang yana she’riyatga taklif qilamiz! Qahramon o’g’illar, botir farzandlar, Aziz manglayingiz bo’lsin yaqinroq. Otalik shafqati, o’g’it va pandlar, TOSHBIBINING QALBIDAY bo’lsin sizga oq, Savol, she’rdagi “TOSHBIBINING QALBIDAY” so’zlari qaysi so’zlar bilan almashtirilgan? 
Javob : Onaning sutiday 
Izoh : Ushbu she’r G’.G’ulomga tegishli ekanligini bilgan bo’lsangiz, Uning onasini ismi Toshbibi ekanligini ham bilgandursiz. 
Savol : 2011-yilning yoz oylarida uff.uz sayti bir maqolani taqdim qilgan edi. Unda, Ukrainadan keyin yana bir jamoa ham terma jamoamizning kuragini yerga tekkizishga muvaffaq bo’lganligi, o’rtoqlik uchrashuvi mezbonlarning g’alabasi bilan tugaganligi, 65-daqiqada kiritilgan gol yagona bo’lib qolganligi yoritilgan. Maqolaning e’tirborga molik jihati uning ajoyib sarlavhasidir. Sarlavha quydagicha edi: “Yana yutqazdik, … balandlik qildi.” Savol, 3 ta nuqta o’rnini 2 ta so’z bilan to’ldiring? 
Javob : Yana yutqazdik, XITOY DEVORI balandlik qildi 
Savol : 5 barobar iqtisodiy foyda, 4 barobar ekologik foyda, 2 barobar dvigatel umrining uzayishi. Savol, bu foydalarni “taqdim etuvchini” toping? 
Javob : Metan gazi 
Savol : Latifa: Bemor vrachga murojaat qilyapti: - Operatsiya uchun 20 ming dollar olasizmi, bu juda qimmatku? - Ana, hamkasbim kelyapti, u sizdan 1 sent ham olmasdan operatsiya qiladi. - Nahotki, u bepul operatsiya qiladimi? - Yo’q, odatda unga pulni … … to’lashadi? Savol, nuqtalar o’rnini 2 ta so’z bilan to’ldiring? 
Javob : bemorning merosxo’rlari 
Savol : “Sandi Tayms” gazetasi bundan bir-necha yil avval Angliyaning eng badavlat sportchilari ro’yxatini tuzib chiqqan edi. Unga ko’ra, 3-o’rinni sobiq avtopoygachi Jonni Damfrins 110 mln. funt sterling bilan egallagan. 2-o’rinni 125 mln., 1-o’rinni esa 190 mln. funt sterling band etgan. Savol, birinchi va 2-o’rinlarni egallagan hamkasb adashlarning kimligini aniq ayting? 
Javob : 1-David Uilan, Blekbern Rovens futbolchisi, 2-Devid Bekham 
Savol : “X”ni iste’mol qilish bo’yicha dunyoda 1-o’rinda Shvetsariyaliklar turarkan. Mamlakatning 6,5 millionlik aholisi chetdan har yili 20 tonna “X”ni xarid qilar ekanlar. Bir filmni suratga olish jarayonida “X” qimmat bo’lgani uchun uning boshqa bir turdagisidan foydalanishgan ekan. Savol, film ijodkorlari “X”ning boshqa turdagisidan “X”ni tayyorlash uchun qaysi mahsulotdan foydalangan? 
Javob : Solyarka 
Izoh : “X”-Qora ikra. “Ivan Vasileyivich kasbini o’zgartiradi” filmida qora ikra qimmat bo’gani uchun qizil ikradan foydalanishadi. Buning uchun esa unga SALYARKA quyib yoqishadi.
Savol : Qadimda odamlar uni dangasa va ishyoqmasligi uchun yoqtirishmagan. Yapon samuraylari qoidasiga kura uni bab-baravar mavqeda ushlab turush talab etilgan. U xaqida 4 ming yil ilgari qadimgi Misr devorlarida chizilgan suratlar xam shohidlik beradi. Savol. U ni toping. 
Javob : Chap qo'l 
Savol : O'z umri davomida Italida ham yollanib jang qilgan bu chapaqay kishining qulog'ida bir paytlar qul bo'lganini bildiradigan teshik-belgi bor edi. Uning ismi ham chapaqayligiga ishora qilishini bilgan holda, uning kimligini toping. 
Javob : Spitamen 
Izoh : Bu ism Shappe temen deb talqin qilingan, ya'ni chapaqay
Manbaa : V. Yan "Qo'rg'on uzra gulhanlar"
Savol : Bir ingliz yigit yoqtirgan qiziga tuģilgan kuni uchun sovģa olmoqchi böladi. Dökonga kirgach, unga juda ham chiroyli, lekin qimmat bölgan guldon (vaza) yoqib qoladi. Puli yetmaganidan afsuslanib chiqib ketar ekan, kimdir ösha guldonlardan birini sindirib qöyganini eshitadi. Shunda yigit ösha singan guldonni örab berishini aytadi. Sotuvchi hayron böladi, biroq u aytganday qiladi. Qizning uyiga kelgach, yigit qizga "sizga ajoyib sovģa olgandim, biroq köchada shunchalik odam köpki, uni sindirib qöydimmi deb qörqayapman", deydi. Lekin sovģani ochganda esa uning gapi yolģanligi fosh böladi. Savol: nima sabab uning yolģon gapirgani fosh böladi? 
Javob : Sotuvchi har bir singan bölakni alohida-alohida öragan böladi 
Manbaa : English in topics and some jokes" kitobi
Savol : 1988-yilda Janubiy Koreyada Olimpiada ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Bu marosimda minglab o'g'il-qizlar qatnashishgan. Ularning hammasi tengdosh, hammasi 7 yosh, hammasi koreyalik. Savol: bu bolalarni nimaga qarab (qanday asosda) tanlab olishgan? 
Javob : Bu bolalar olimpiadadan 7 yil oldin - Olimpiada-88 Seulda o'tkazilishi e'lon qilingan kunda tug'ilgan 
Savol : Ikkita sevishgan Inglizlar gaplashyapti: Qiz: biz Turmush qura olmaymiz, sen bilan faqat do'st bo'lib qolishim mumkin.Yigit: Yo'q! Biz OILA qurishimiz kerak. Chunki MEN SENI SEVAMAN! DO'ST bo'lsak hammasi TUGAYDI!Diqqat savol mantiqan o'ylagan holda yigit gapini qanday tushuntirganini ayting! 
Javob : Oila qurish lozimligini quyidagicha izohlagan: Oila inglizchada FamILY bo'ladi. oxirgi 3ta harfini olgan ya'ni I love you(Men seni sevaman). Do'st bo'lsa hammasi TUGASHIni esa: Do'st inglizchada FriEND oxirgi 3ta harfini olgan END tugadi degani. Shunday mantiq ishlatgan. (p.s yigit va qiz do'st bo'lolmaydi axir hammasi TUGAYDIKU)))) 
Savol : Kevin Kayl ismli futbolchi bolaligidagi bir o'yinni yuzida tabassum bilan eslaydi. Sababi bu o'yinda u raqibga nisbatan qo'pollik qiladi hamda qizil kartochka bilan jazolanadi. Qizig'i o'yin hakami unga qizil kartochka ko"rsatkach uning ismini so'raydi. Savol. Nega bu holat u uchun qiziq bo'lgan? 
Javob : Hakam Kevin Kaylning dadasi edi 
Savol : Navoiy yashagan davrlarda podshohlar farzandli bo'lishsa shunday ish tutishganki, bu hukmdorning buyuklik ramzi hisoblangan. O'rta asrlarda bu ishni qilgan qo'zg'olonchilar ham g'alabaga erishadi. Hozirga kelib ham bu ishni tez-tez qilib turishga majbur bo'linadi. Aytib o'tilgandek bu ish hozir asosan faqat majburlikdan qilinadi. Bu ishni bajarishni hech kim xohlamaydi. Savol. Bu qanday ish? 
Javob : Qora libos kiyish 
Savol : General Makarturga qo'l ostidagi bir kapitan ulardan so'ramasdan bevosita tepaga murojaat qilgan harbiylarni jazolashni xizmatdan bo'shatishni taklif qilganda u: " Agar bizdan so'ramasdan bevosita tepaga murojaat qiladigan askarlarni ishdan bo'shatadigan bo"lsak, AQSH armiyasi bir paytning o"zida 25000 askardan mahrum bo'lishini aytadi. Savol. Bu qanday askarlar edi? 
Javob : Harbiy ruhoniylar 
Savol : Hindlar bu paytda "osmonni " eslashadi. Ruslar esa bir suyakni eslab o'tadi. Diqqat savol. Bu vaziyat qaysi ekanligini anglagan holda bir mashxur o'zbek asarida u qanday atalganini ayting. 
Javob : Yulduz sanash. 
Izoh : Vaziyat kurashdagi kuragi yerga tegishi edi
Savol : Rembrandning Gollandiyada joylashgan uyida hozirda ham barcha narsa Rembrand yashagan davrdagidek saqlanib qolgan. Barcha buyumlari turli joylarda bo'lsada ularni yana tiklay olishgan ekan. Diqqat savol buning sababini o'sha bir Lotincha so'z bilan ayting. 
Javob : Bankrot 
Izoh : Rembrand bankrot bo'lgan ekan. bankrot bo'linganida uyidagi barcha narsalar xatlanib ro'yxati tuziladi. O'sha ro'yxat orqali uy yana aslicha tiklangan! Bankrot lotincha so'z bo'lib singan kursi degani
Savol : Aqsh janubiga sayr qilgan Ilf hamda Petrovning yozishicha ular u yerda Xlarning turli xillarini ko'rishgan: ba'zilari qo'llarini ko'kka cho'zib turibdi, ba'zilari quchoqlashgan holatda, qolgan boshqalari esa mag'rur kekkaygan holatda. Savol Xlarni ayting. 
Javob : Kaktuslar 
Savol : X lar bugungi kunda ekzotik transport turi hisoblanadi. Ular bundan bir yarim asr avval paydo bo'lgan. Yevropalik bir shaxs rafiqasi kasal bo'lganligi tufayli 60-yillar oxirida u aravachani yaratgan va unda xotinini olib yurgan. Keyinchalik u hozirgi kundagi ko'rinishga ega bo'lgan. Savol: Hozir bu X larni biz nima deb ataymiz? 
Javob : Rikshalar 
Savol : "Bay, bay, bay! Qani endi, bu o'zbek o'g'lonlari shu tartibda , shunday g'ayrat va ixlos bilan Vatan ozodligi uchun jangga kirsa!" Ushbu so'zlarni aytgan zot - Alixonto'ra Sog'uniy hazratlari uzun safga zavq bilan tikilib qolgan edilar.Savol: bu saf nima munosabat bilan tizilib turganini 2 ta so'z bilan ayting. 
Javob : Nahorgi osh 
Savol : Bir shifokor Xning barcha dardlarga da'vo bo'lishi haqida aytayotib uning 3turini eslab o'tadi.Ularning 2tasi insonga bittasi esa tabiatga tegishli. Mashxur tabiblar fikricha 1-si inson tanasini turli kasalliklardan xalos qiladi. 2-si esa dard, g'amni yengishda yordam beradi. 3-si esa mazza qilib dam olishga sabab bo'ladi. Ularning nima ekanini ayting. 
Javob : Tuzli suv 
Savol : Mashhur Jahon chempioni Steynitsning Chigorin bilan o’ynagan o’yini juda mashhur. Aynan shu partiya sababli, Chigorindan Nyu York politsiyasi uni shpion ya`ni josus deb shubhalangan. Sizlar menga ular nima o’ynaganini absolut aniqlikda ayting 
Javob : Telegraf orqali shaxmat 
Izoh : Ular yurishlarni odatiy shaxmat alifbosida yozib jo’natib o’ynashgan masalan E4 E2 va h.k ularni yozishmalarini shifr deb o’ylashgan ekan.
Savol : Yevropa chempionati 2008. O’yinlaridan birida Rossiya va Shvetsiya jamoalari uchrashishadi. Aynan ushbu o’yin haqida bir sharhlovchi shunday deydi: “Unda yana ruslar g’olib” savol U ni ikki so’zda ayting. 
Javob : Poltava jangi 
Savol : Savol muallifi Tallindagi bir umumiy ovqatlanish joyining reklamasini ko'rib qoldi.Bu joyning nomini o'qib,u yerda ovqatlanish uchun o'zida xoxish topa olmadi.Keyin bilishicha bu yer yapon oshxonasimas,gruzin oshxonasi ekan.Bu joy qanday nomlangan? 
Javob : Kamikadze 
Savol : Somerset Moemning Oy va sariq chaqa romani bosh personaji Charlz Striklend havaskor rassom bo'ladi. U umrining oxirida Moxov (o'limga olib boruvchi yuqumli kasallik o'sha paytda Moxovlardan hamma qochgan) bo'lgani uchun va puli yo'qligi uchun uyidan chiqmay xona devorlariga rasm chizgan. O'limidan so'ng xonaga kirib rasmlarni ko'rgan doktor Charlzni buyuk rassom deb ataydi. Savol doctor Charlz haqida yana qanday faktni bilganligi uchun uning rasmlaridan hayratlanadi? 
Javob : Ko'r bo'lib qolganini 
Savol : Xokku " X ning jimligiBechora OtelloniUzoq o'ylantirib qo'ydi". Savol: X kim? 
Javob : Suflyor 
Savol : XVIII asrning birinchi yarmida bu ikki davlatga ilk bor yevropalikning qadami yetdi. Ikkala davlatning aholisi ham deyarli yarim million edi. Qizig`i birinchi davlat poytaxtining hududi ikkinchisinikidan 3000 marta kichik. Diqqat savol: Yevropalikni ayting. 
Javob : Gulliver 
Savol : Ayrim san‘atshunoslar fikricha, odamlar uning yuz mimikasini ko‘rishni juda ham xohlashadi. Kulyaptimi yoki yo‘q, asabiymi yoki xotirjam, jaxldormi yoki muloyim.. Savol: U ni toping. 
Javob : Dirijyor 
Savol : Qadimgi misrda ushbu qurolga ega bo'lish kuc qudrat ramzi bo'lgan. Ko'plab rasmlarda firavnlar aynan shu qurol bilan tasvirlangan. Bu qurol har kuni minglab qotilliklarga sabab bo'lgan. Hozir esa o'zining hayotdagi o'rnini deyarli yo'qotib bo'ldi. Savol bu qaysi qurol? 
Javob : Pashsha o'ldirgich 
Savol : Bir donishmandning farzandiga nasihati:Sen hayotingda X ham Y ham bo'lma. Z bo'l. Shunda kam bo'lmaysan.X-bahildir. Barcha topgani boyligini o'ziga tortadi.Y-esa ahmoqdir. Topgan boyligini butunlay boshqalarga sarflaydi.Z- topganini o'rtaga to'playdi.Savol. X, Y, Zlarni hammamiz ko'rganmiz, ishlatganmiz. Ularni ayting. 
Javob : X-tesha, Y-randa, Z-arra. 
Izoh : Ularning topganlari esa yog'och payrahasi edi. Tesha yog'ochning chiqindisini o'zi tomon chopadi. Randa esa aksincha. Arra esa o'rtaga to'playdi
Savol : Qanchalik g'alati tuyulmasin bularning ikkovida umumiylik ko'p. Ikkalasiyam italyan ildizga ega. Ularning otasining ismi (otchestvo) bir xil bo'lgan bo'lardi agar ularda mavjud bo'lganda albatta. Ularning Rossiya bilan aloqasi har xil bo'lgan. Birinchisining Rossiyaga tashrifi ko'ngilsizliklarni olib kelgan. Ikkinchisi hamma yoshu qariga ma'lum va mashhur. Faktga ko'ra u Rossiyada dunyoga kelgan. Ularning nomini toping. 
Javob : Napoleon va Buratino 
Savol : Bu odamlarga odatda yoritish moslamasi yokmaydi.Motam atributlaridan biri keskin nokulaylik tugdiradi.Bir elektrotexnik kurilma esa xursandchilik bagishlaydi.Ular kanday odamlar? 
Javob : Zakovatchilar 
Izoh : Gap zakovatchilar grob,svechka,knopka deydigan savollar xakida ketmokda
Savol : Uzining ish kunini ba'zida kimdandir karzdorligi va kimgadir yokishini yozish bilan boshlaydigan kishining kasbini ayting 
Javob : Buxgalter 
Izoh : Buxgalter debit,kredit suzlarini kup ishlatadi.Debit-ishonaman,kredit-karzdorman degan ma'noni bildiradi.
Savol : Arman podshosi Yervand Yervandakert shaxrini barpo etadi.Shaxar urtasiga esa uzining tanga ushlab turgan xolatdagi xaykalini urnatadi.Bu xaykal kanday ma'no anglatishini maksimal aniklikda ayting 
Javob : Xamma pulimni shaxar kurilishiga sarfladim degan ma'noda shu xaykalni urnatadi 
Savol : Prussiya kiroli Paganiniga sovga kilgan buyumda "Xar bir yaralaydi,oxirgisi uldiradi"-deb yozilgan edi.Kirol Paganiniga nima sovga kilgan? 
Javob : Soat sovga kilgan 
Savol : Agar siz XVI asrda yashab,karzdor bulib kolsangiz,karzingizni tulay olmaganligingiz sababli xibsga olmasliklari uchun nima kilgan bular edingiz? 
Javob : Uydan chikmaslik kerak 
Izoh : Karzdorni uyida xibsga olish mumkin bulmagan
Savol : Xindistonning Tamiland shtatidagi Irular kabilasi kishlogi.Kishlokda saroy bor.Saroyda esa okar suvga tashlab kuyilgan kuplab sopol kuzalarni kurish mumkin.Savol:Irular kabilasining asosiy mashguloti nima? 
Javob : Ilon tutish va zaxarini olish 
Izoh : Suvga tashlangan kuzalar sovib turadi.Sovigan kuzaga solingan ilonlar ancha tinchib koladi va zaxrini olish oson buladi
Savol : Yana Xindistonga sayoxat kilamiz. Tasavvur kiling Xindistonda xizmat utayotgan ikki ingliz askari korongi xonaga kirib ketishdi.Askarlardan biri kaytib chikdi biri esa yuk.Nima vokea yuz bergan? 
Javob : Duel 
Izoh : Korongi xonaga kobra kuyib yuborishadi.Kaysi birini chaksa uladi.Bu duelning bir kurinishi bulgan
Savol : J.J.Russoning fikricha U ni nima demokchi ekanligingizni bilmasdan boshlab,nima deganingizni tushunmasdan tugatish kerak.U ni toping 
Javob : Sevgi maktubi 
Savol : Tasvvur kiling dustingizni tugilgan kunida mexmonsiz.Davradagilardan biri kadax suzi aytdi va kelinglar kadimgi rimliklar kabi ichamiz-deb koldi.Dikkat savol:Kadimgi rimliklar tugilgan kunda kanday ichishgan? 
Javob : Tugilgan kun soxibining ismida nechta xarf bulsa shuncha kadax ichishgan 
Savol : Katta shaxarlar administratsiyasi atmosfera ifloslanishiga karshi turli usullarda kurashishadi.Parijda uzgacha usulni taklif kilishdi.Smog kayd etilgan kunlari shaxarda U ni bekor kilishdi.U-? 
Javob : Shaxar jamoat transporti u.n tulovni bekor kilishadi. 
Savol : Portugaliya armiyasi bulinmalaridan birining gerbida parashyut gumbazi tasvirlangan.Bu tasvir boshka bir davlat gerbining deyarli nusxasi ekan.Bu davlat kaysiligini toping va javobingizni izoxlang. 
Javob : Yaponiya 
Izoh : Parashyut gumbazi tepadan karalsa xrizatema gulbarglariga uxshab ketar ekan
Savol : XX asr 20-yillaridan boshlab Turkiya evropacha kurinish olaboshlaydi.Konstitutsiya kabul kilinadi,grigorian kalendariga utiladi va xokazo.1928 yil 3 noyabrdan boshlab esa arab dunyosidan yanada uzoklashadi.Bu kunda kanday vokea sodir buladi? 
Javob : Chapdan ungga yozish boshlanadi ya'ni yozuv isloxoti boshlanadi 
Savol : "Palermo"darvozaboni M.Ameliya "Milan" bilan uyinda Ronaldino tepgan penaltini kaytaradi.Buni kanday uddalingiz?-degan savolga Ameliya: -Meng U yordam berdi-deb javob beradi.Darvozabonga yordam bergan U nima edi? 
Javob : Playstation 
Izoh : Ronaldinoni tupni tepayotgandagi xarakati Playstation dagiga uxshab ketgan.
Savol : Uz noshiri bankrot bulgan V.Skott katta mikdorda karz bulib koladi.Karzini yopish uchun Skott erta tongda xam,yarim tunda xam yozuv stolida utirishga majbur buladi.G.Morten bu xakda xikoya kilar ekan V.Skottni shark ertaklaridan biridagi jonzotga uxshatadi.Bu kanday jonzot? 
Javob : Jin 
Izoh : Ertayu kech yozuv stolida utirganini stolning k,uliga aylanib koldi deb xikoya kiladi.Xuddi Alouddinning sexrli chirogi dagi jin kabi
Savol : AQSh dagi aloka kompaniyalaridan birining uykusizlikka chalingan mijozlari maxsus rakamga telefon kilishlari mumkin.Ular telefonda nimani eshitadilar? 
Javob : Esnoq ovozini 
Savol : Xitoyliklar bizning tabobat evropa tabobatidan fark kiladi.Chunki biz kasallikni davolamaymiz deyishadi.Unda xitoyliklar nimani davolashadi? 
Javob : Odamning uzini davolaymiz deyishadi 
Savol : Alan Parker,Stiven Spilberg,Elton Djon,Pol Makkartnilar "Britaniya imperiyasi ritsari"faxriy unvoniga ega kishilardir.Lekin S.Spilberg bu katorda bulsada kolganlar olishi mumkin bulgan yana bir unvonni ololmaydi.Bu kanday unvon? 
Javob : Ser unvoni 
Izoh : Bu unvon fakat Britaniya fukarolariga beriladi
Savol : Rejissyor A. Xichkok shunday deydi: "Kino-ekran va tuldirilishi kerak bulgan kuplab X lardan iborat".X urnidagi suzni toping. 
Javob : Urindiklar 
Savol : Xazilkashlarning aytishicha Shekspir bir kuni xotinidan: -Menga xiyonat kilayotganing rostmi?-deb suraydi. Xotini: -Azizim fakat ... ....-deb javob beradi.Nuktalar urnidagi ikki suzni toping. 
Javob : Tragediya yasama. 
Savol : J.Shirak prezident etib saylangach undan ish kabinetiga kimlarning portretini osib kuyishini surashadi.J.Shirak Lyudovik XIV,Sharl de Goll va yana bir kishini aytadiki u Shirakning vatandoshi bulmasada,uni frantsuz deyishar edi.Savol:Bu "frantsuz"ning familiyasini ayting. 
Javob : Pushkin 
Izoh : Litseydagi lakabi 
Savol : Bir karikaturada tinmay tish pastasi okib chikayotgan tyubik yonida U tasvirlangan.U ni ikki suzda ayting. 
Javob : Ilon uynatuvchi 
Savol : Kampir nabirasidan suradi: -Bolam,meni xar gal akldan ozdiray deydigan nemisning nomi nima edi? -X ,buvijon,X 
Javob : Altsgeymer 
Izoh : Keksalarda kup uchraydigan kasallik xakida gap ketmokda.
Savol : Malay arxipelagidagi Belitung oroli yakinida taxminan 1200 yillar oldin chukib ketgan kema topildi.Belgilariga kura oltin,kumush,keramikadan yasalgan 60 000 ga yakin buyum ortilgan bu kema uyga kaytayotgan bulgan."National geographic" jurnalida bosilgan bu vokea xakda bosilgan makola sarlavxasi ancha keng tarkalgan uch suzdan iborat edi.Usha uchta suzni ayting. 
Javob : Made in China 
Izoh : Savdo kemasi Xitoydan kaytayotgan bulgan
Savol : Germaniyadagi ushbu telefon rakamiga kungirok kilsangiz 20 ta suz eshitishingiz lozim. Agar 20 ta suz eshitmasangiz bir ishni kilishingiz lozim.Bu kanday ish? 
Javob : Shifokorga murojaat kilish lozim 
Izoh : Bu suzlar orkali kishi uzining eshitish kobiliyatini tekshirishi mumkin.
Savol : Agar siz korrida u.n bilet sotib olsangiz garbiy tribuna biletlari sharkiysidan kimmat bulishi m.n.Lekin ba'zida biletga ortikcha pul tulaganizga afsuslanib kolishiz xam mumkin.Nima sababdan? 
Javob : Xavo bulut bulib kuyosh kurinmasa.Biletlar soya tomonga kimmat buladi 
Savol : Usha kuni bir vaktning uzida xam kuyosh chikishini xam kuyosh botishini kurish mumkin edi.Bu vokeani mashxur ibora b.n izoxlang 
Javob : Kirol uldi,yashasin kirol! 
Izoh : Lyudovik XIV(Kuyosh lakabi)vafot etadi.
Savol : Afgonistonda kambagal erkaklar boylar kulida bir martalik maosh u.n unlab yillar ishlashgan.Nima u.n? 
Javob : Qalin pulini ishlash uchun.Uylanish arafasida olgan 
Savol : Marxum shoirimizning kuyidagi misralarini tinglang: Bir ulug alloma fikrin aylab jam, Suzimni matalga yuymanglar debdi. Tokchaga kul chuzsang Kur'on tursa xam, UNGA sira oyok kuymanglar debdi. Savol:Biz she'rdagi kaysi suzni UNGA deb almashtirdik? 
Javob : Nonga 
Izoh : A.Oripovning 
Savol : Xarbiy yurishlar paytida mugullar xar kanday yokilgidan kura bambukni afzal kurishgan ekan.Aytishlaricha mugullar buni xitoy chuponlaridan uzlashtirishgan ekan.Bambukning xususiyati va chuponlar xayotidan kelib chikib nima u.n bambukdan foydalanishganini ayting. 
Javob : Bambuk yonganda karsillagan ovoz chikarib atrofdagi yirtkichlarni chuchitar ekan 
Savol : XIX asrda Misrda bir kuzli askarlardan tashkil topgan polklar tuzila boshlaydi.Bu polklar eng ogir vazifalarni bajarishar edi.Bu polklar kanday askarlardan tuzilgan deb uylaysiz? 
Javob : Xarbiy xizmatga bormaslik u.n uz kuzlarini uygan odamlardan tuzilgan.Jazo tarikasida eng ogir topshiriklar berilgan. 
Savol : Eronda jamoat transportida konduktorlar salon urtasida turishi belgilab kuyilgan.Ular bilet sotishdan tashkari yana bir vazifani bajarishar ekan.Bu kanday vazifa? 
Javob : Salonda erkak va ayol pasajjirlarni ajratib turishadi 
Savol : Mendeleev dunyoning 100 dan ortik akademiyalari va ilmiy jamiyatlari a'zosi bulgan.U bir kuni uzining barcha unvonlari keltirib utilgan makola korrekturasini ukir ekan kulganicha bu makolani bosib bulmaydi deydi.Olim nima u.n bunday degan? 
Javob : 
Izoh : Chunki uning unvonlari podshonikidan kup bulgan.
Savol : 1999 yilda Yaponiyada U b.n boglik ikkita ulim kayd etilgan.Bir kiz tormozni bosolmay kolishi natijasida,ikkinchisi esa yikilib bosh miya jaroxati natijasida.U ni ikki suzda ayting. 
Javob : Baland poshnalar 
Savol : San Frantsiskodagi meteostantsiya kuyidagicha ma'lumot beradi: Ertaga yomgir yogish extimoli 7:3.Aytingchi bu extimol kanday xisoblanadi? 
Javob : Meteostantsiyaning 10 ta xodimi ovoz beradi 
Savol : Angliya Frantsiya va Germaniyada u yaxshi.Italiyada xam yaxshi bulishi yoki baxtli bulishi xam mumkin.Bizda kanday buladi? 
Javob : Xayrli 
Izoh : Xayrli tun tilagi edi
Savol : Spartada podsho vafot etsa 10 kun ikkita muassasa yopilgan. Buni Persiya shohi Kserks eshitganida, bunday qilishni Persiyada iloji yo'qligini chunki bu uning ikkita sevimli ishidan mahrum qilishini aytadi. Ikki muassasani ayting. 
Javob : Bozor va sud 
Savol : "Weekly world news" gazetasi Amerikaning 5 yirik shaharlarida 1 mln $ ga ishga yalang'och borishga kim rozi bo'lishini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazganda 84 foiz erkaklar rozi bo'ladi. Ayollar esa biroz uyatchanroq bo'lib, ularning 20 foizi rozi bo'ladi. Shunda bir ayol bu so'rovnomaga agar buni bir hafta oldin aytganlaringda rozi bo'lardim deydi. Savol u nega bunaqa degan? 
Javob : Ozish uchun vaqt so'ragan 
Savol : U o'g'rilarning dushmani. U nozik ishora. U kaftni musht qilishga ham sababchi bo'ladi. Uning eng uzoq umrlisining rangi ko'k. U nima? 
Javob : Yo'tal 
Savol : Gollivud kinolari xar bir mayda detaligacha ideal ishlanadi desa xam bo'ladi. Matritsa filmining ikkinchi qismida Agent Smit IS 5416 raqamli mashinaga mingan joyi bor. Ijodkorlar bu nomerni bekorga tanlashmagan ekan. Bu nomer tanlanishiga sabab qilib Isayi kitobining(Bibliyadan) 54 bob 16- sherida; ,, Mana o'z uchun ko'mir yoqib qutol yasovchi temirchiga aylandim, va men bosqinga qarshi kurashmoqdaman''. duosi sabab qilib ko'rsatilgan. savol bu oyatni Agent Smitga qanday bog'liqlik joyi bor? 
Javob : Duoda temirchi xaqida gap ketgan, Smit ismi inglizchada temirchi degan manoni bildiradi. 
Savol : 2008 yilda boshlanib butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatgan, asil kelib chiqishi ipoteka kreditlarining "ayovsiz" berilishi bo'lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Islandiya davlatiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Mamlakat iqtisodchilari esa salbiy effektlar tufayli orttirilgan tashqi qarzlardan xalos bo'lish yo'lini izlashni boshlashdi va unchalik murakkab bo'lmagan bir to'xtamga kelishdi. Hurmatli bilimdonlar bu qanday to'xtam edi??? 
Javob : Islandiya hech kimga hech narsa qarz emas. 
Izoh : inqirozdan keyin 2009-yili konstitutsiyaga "Islandiya hech kimga hech narsa qarz emas" degan qarorni qabul qildi va u wu yo'l bilan 8,7 mlrd qarzdan qutuldi
Savol : Plutarxning yozishicha Letsiyning o’g’li Arxidam tosh otuvchi manjaniqni ilk bor ko’rganda “Ehhh X mana jasoratlar ham barham topdi” degan ekan. Xni toping! 
Javob : David 
Izoh : Manjaniq ham ulkan qal’ani tosh otib buzadi))) Goliafni tosh bilan yenggan Davidni eslagandirsiz)
Savol : Bahorning 17 lahzasi asarida Shtirlits muzeylarda ko'p bo'lar edi. sababini quyidagicha izohlagan birinchidan u yerda gestapo nazoratchilari bo'lib uni qayerdaligi haqida doim guvohi tayyor bo'lar edi, ikkinchidan, ikkinchi sababi xavfsizlik nuqtayi nazaridan bo'lib u yerda odam kam va X mavjudligi, binoning balandligi ta`kidlanadi. Siz X ni ayting? 
Javob : Aks sado 
Izoh : Aks sado bo'lib ortdan kimdir kelsa yoki qo'shni xonalarda nimadir rejalashtirilsa darrov payqagan.
Savol : Agata Kristi asarlaridan birida Erkyul Puaro vafot etgan keksa xonimni garchand morfi(murphy) idishi topilgan bo’lsada, morfi(murphy) bilan zaharlashganiga ishonmaydi. Ishonmaganligini tasdig’ini keyinchalik qotildan qusdiradigan dori bo’lgan Apamorfin(apamurphym) dori qutisi topilgach uning shubhasi to’g’riligi tasdiqlanadi.Savol: dastlab uning shubhasining sababini ayting! 
Javob : morfi(murphy) kichik harfda yozilganligi Qotil bu so’zni Apamurphymdan kesib olgan. 
Savol : Bu musoboqaning Oklaxomalik g'olibasi jurnalistlarga bergan intervyusida wunday deydi: bizda Oklaxomada juda qattiq wamol bo'ladi. Ikki yil oldin wu darajada qattiq wamol bo'ldiki oqibatda tomorqamdagi pomidorlar qizarmadi. Shamol quyow nurlarini uchitib ketti. Savol: u qiz qanday musobaqada g'olib bo'lgan? 
Javob : Qiz yolg'on gapirish musobaqasida g'olib bo'lgan. 
Savol : Angliya kemalari 1634-yilda Kuba qirg'oqlariga yaqinlawarkan, ularga xujum qiliwdan bow tortiwdi. Ularning fikricha, qirg'oqda minglab olov ko'targan askarlar bo'lib, orol qattiq qo'riqlanardi. Endi savol: orol qirg'oqlarida aslida qanday manzara bo'lgan? 
Javob : Javob. Kemadagilarga uzoqdan olov bo'lib ko'ringan nur aslida minglab yonar qo'ng'izlar edi, yani qo'ng'izlarni olov ko'targan askarlar deb o'ylab ortlariga qaytib ketiwgan ekan. 
Savol : AQShda 69 yoshlik bir Afrikalikning butunlay AKSh fuqoroligi berilishi kýrib chiqildi. Bu Oniango degan «amaki»ga ellik yil AKShda noqonuniy yashagandan keyin AKSh fuqoraligi berildi. Uning Amerikada shuncha vaqt noqonuniy yashashi- uning qarindoshlarining obrýsi sabablidir. Oniangoning familiyasini ayting. 
Javob : Obama 
Savol : Vena shaxriga turist sifatida tashrif buyursansiz, sizga bir futbolkani esdalik sifatida berishadi. Bu futbolkani berishdan maqsad bir xatoni oldini olishdan iborat edi. Savol: futbolkada yozilgan jumlani 3 so'z bilan yozib bering. 
Javob : Avstriyada kengurular yo'q 
Savol : "Suyaklar" ("Kosti") serialining bir joyida detektiv shunday deydi: "Dunyoda ovqat tanlashga eng qiynaladiganlar X lardir". Bu yerda X lar deganda kimlar nazarda tutilmoqda? 
Javob : O'limga mahkum odamlar 
Izoh : Ularga istalgan ovqatini tanlash huquqi beriladi, shunga ikkilanib qolishadi tanlashda
Savol : Bilamizki xar bir davlatda moliyaviy inqiroz xolati boladi va ish zavod korxonalar ishchilari , ish tashlasharkan va ochlik e'lon qilarkan. Savol: ochlik e'lon qilganidan keyin faqat bir narsa iyarkan(icharkan) bir narsani toPing!!!! 
Javob : Namakob 
Savol : Yaylovda o'tlab yurgan ot bir guruh odamlarga qarab xorsinibdi. Qanidi men ham wu iwni qilganimda men ham odam bo'lar edim. Diqqat ot nmani orzu qilgan. 
Javob : Ot chekishni orzu qilgan 
Izoh : 1 gramm nikotin otni o'ldiradi))
Savol : XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida olimlsr dastlab bu jonzodni ko‘rganlarida uni soxta deb o‘ylashgan.Savol: u qanday jonzot? 
Javob : O'rdakburun 
Savol : Suqrotni o'limga hukm qilishadi. Shunda xotini diydiyo qiladi: Sani nohaq o'ldirishyabdi deydi. Shunda Suqrot tutaqib deydi: ..... Savol: U nima deb javob qilishi mumkin? 
Javob : Nima, haqli o'ldirishlarini istaganmiding? 
Savol : Sitseronning mashxur bir sitatasida aytilishicha x uyatni bilmas ekan. Unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Shuni aytish mumkinki, x ning o'rnini hozir umuman boshqa narsalar egallab olgan. Ammo uning o'rinbosarlari huddi u kabi emotsiyalarni o'zida ifoda etolmaydi. Savol. Xni aniq ayting. 
Javob : Maktub 
Savol : XXasr ohirgi yillarida Angliyada ģaroyib avtohalokat (avariya) ròy berdi. avtohalokat natijasida ikki haydovchi hayotdan kòz yumdi. Avtohalokatni ğaroyib tomoni shuki Ikkala avtomobilga ham umumman shikast yetmagan. Savol:Haydovchilar qanday halok bòlishdi? 
Javob : Xaydovchilar quyuq tuman tufayli yulni kurishmagan va boshlarini chiqarib olishgan edi, va boshini bir biriga urib buyinlari sinib xalok bo'lishadi. 
Savol : Maksim Gorkiy fikricha, ulardan juda ko'p narsani, boshqacha qilib aytganda, lo'nda fikrlashni o'rganish mumkin ekan. Savol: Ular nimalar? 
Javob : Maqol 
Savol : Insonlarni biz 2 toifaga boliwiz mumkin. 1-toifa faqat otmiwni ko'radi, 2-toifa esa faqat kelajakni ko'radi. Dunyodagi juda kamdan kam insonlargina wu 2 toifaga ham mansub boliwadi. Wu 2 toifani toping. 
Javob : O'naqaylar va chapaqaylar 
Izoh : O'naqaylar yozayotganiga yozib bo'lingan so'zlarni ya'ni o'tmishni ko'rishadi, o'naqaylar esa hali yozib bolinmagan joyni ya'ni kelajakni ko'rishadi
Savol : «Di Velt» gazetasi ma'lumotiga karaganda keksa odamlar 4 ta predmetini tez-tez cherkovda yukotib kuyar ekan, bular zontik, xamyon, diniy kitobi va «X». Savol: «X»ni ikki suz bilan ayting? 
Javob : Tish protezi 
Savol : Bir rus karikaturachining san’at asarlariga nazar tashlasak, unda bir karikaturada asarning ichki mazmuniga mos kelmaydigan kitob muqovalari aks etgan edi. Masalan Drayzerning “Titan” romanini kitobnig ust qatlamida isitgich moslamasi “titan” bilan bezalgan, Djovanolinig “Spartak” romanini esa Spartak futbol jamoasini rasmi bilan izohlagan. Savol: Kitob muqovasida Sigir tasvirlangan asarni toping. 
Javob : Mu mu 
Savol : Zlatan Ibragimovichning tug'ilgan kuniga qilingan sovg'a uning keyinchalik yomon ishga bir necha marta qo'l urishiga sabab bo"ladi. Boshqa bir sport yulduzini esa aynan shu narsa kelajakda o'zi uchun boksni tanlashiga sabab bo'lgan deyishadi. Hatto ba'zi manbalarda uning shaytonga tegishliligi ham aytib o'tiladi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Velosiped 
Savol : 2008-yil dekabr oyida Turkiyaning "Bayden-Shoes" kompaniyasi ishlab chiqaradigan erkaklar oyoq kiyimlariga talab nihoyatda oshib ketdi. Natijada firma yana 100 kishini ishga oldi. Hattoki AQSHdan ham zakaz oldi. Savol. Buning sababi nima? 
Javob : Bush tuflisi 
Izoh : 271-rusumli tufli shu kompaniyaniki deb tahmin qilingan
Savol : Bir aroq do'koni oldida alkash cho'zilib yotibdi. Yoniga militsiya hodimi yaqinlashib:-O'rtoq grajdanin. Bu yerda nima qilib yotibsiz?-?Alkashni javobini aniq ayting! 
Javob : Reklama 
Savol : Afsonalarga ko'ra Angliyani ayol qirolicha tomonidan boshqarilishiga aynan u sababchi ekan. Chunki qadimgi bitiklarda unga egalik qilgan odam dunyoga egalik qilishi ammo unga faqat Xudo yoki Ayol kishi egalik qilishi mumkinligi aytilgan. Savol. U-? 
Javob : Ko'hinur olmosi 
Savol : Qadimgi greklar inson yolg'on gapirganda uning yuragi tez urishini aniqlashgan. Diqqat savol. Bu narsa qaysi ixtiroga asos bo'lgan? 
Javob : Yolg'on detektor 
Savol : Angliya. Mr. Simpson: Kechirasiz janob, siz Mr. Grinmisiz?Mr. Red: -Yo'q, men janob Redman.Mr. Simpson: -Uzr janob. Men .....Savol. Jumlani yakunlang! 
Javob : Daltonikman 
Savol : Folbin: -Havotir olmang xonim. Yaqinda boshingiz uzra barcha qora bulutlar tarqab quyosh porlay boshlaydi.Xonim: Men kelajagimni bilmoqchiman, Xni emas. Savol. X-? 
Javob : Ob havo malumoti 
Savol : Sug'urta agenti:-Janob, ofisingizdagi barcha narsani o'g'irlikdan sug'urtalamoqchimisiz?Ofis egasi:-Ha faqat X dan tashqari. Chunki unga hamma qaraydi.Savol. X-? 
Javob : Soat 
Savol : Bir kompaniya o'z mahsuloti reklamasida "Bizning mahsulotlarimizni sotib olgan mijozlar hech qachon mahsulotlarimiz sifatsiz ekanidan shikoyat qilishmagan" deb aytib o'tadi. Diqqat savol. Bu kompaniya nima ishlab chiqaradi? 
Javob : 
Savol : 
Javob : Parashyut 
Savol : O'qituvchi:-Dennis, biz doim sergaplik qiladigan hamda boshqalar uchun umuman qiziq bo'lmagan narsalarni gapiradigan odamni qanday ataymiz?Dennis:-.....!!!Savol. Dennisning javobini ayting 
Javob : O'qituvchi 
Savol : Ikki pashsha Robinzon Kruzoning boshida qo'nib turgandi. Ulardan biri ikkinchisiga:-Hozircha hayr og'ayni!!!Diqqat savol. Shundan so'ng ikkinchi pashsha unga qachon ko'rishishlarini aytadi? 
Javob : Juma 
Savol : Ali amaki o'zining eski markadagi Pobeda mashinasi o"g'irlangani haqida militsiyaga shikoyat qilib keldi. Diqqat savol. Zukko tergovchi unga eng avvalo kimdan shubhalanish kerakligini aytdi? 
Javob : Eski mashina kolleksionerlaridan 
Savol : Bir hazilga ko'ra ona farzandiga telefon qiladi hamda bir ishni qilmoqchi ekanligini aytadi. Shunda o'g'li bu ish osonroq bo'lishi uchun X kerakligini aytadi. Biroz o'tgach ona o'g'liga telefon qilib "Dadang uni ushladi. Endi undan qanday foydalanamiz" deydi..Diqqat savol. X-? 
Javob : Sichqoncha 
Savol : Diqqat savolcha. Advokat:-Janob sizni himoya qilishim uchun menga beradigan pulingiz bormi?Jinoyatchi:-Yo'q. Ammo mening brilliant soatim bor.Advokat: Yaxshi. Buz sizni himoya qilishimga yetarli bo'ladi. Aytingchi qanday jinoyat qilgamsiz o'zi.Diqqat savol. Jinoyatchining javobini maksimal aniqlikda ayting! 
Javob : Brilliant soat o'g'irlaganman 
Savol : Latifa 1.Bir xodima xo'jayinidan nolimoqda:-Xo'jayinim shu qadar xunuk va bad baxtki hatto X ham uning ortidan yurishni xohlamaydi.Latifa 2.-Jimmi sen tez yugurasanmi?-Yo'q. Kecha maktabdan uyga yugurib borgunimcha hatto X ham meni quvib o'tdi.Diqqat savol. X-? 
Javob : Soya 
Savol : Bir hazil rasmda U ning kompyuterda qizlar bilan online gaplashyotgani hamda beixtiyor kompyuter ekranini sindirib yuborgani tasvirlangan. Savol. U-? 
Javob : Pinokkio/Buratino 
Savol : 103 yoshli milliarderning 20 yoshli erkatoy o'g'li o'zining sevgilisidan unga turmushga chiqishini so'radi. Qiz biroz muddat so'radi. Bu orada yigit qizni oilasi bilan tanishtirgani olib keldi.Bir haftada so'ng esa qiz U nga aylandi. Savol. U-? 
Javob : O'gay ona 
Savol : Hazilga ko'ra, 2+2=5, 3+3=8 5+7=12 tarzida matematik misollarni xato ishlagan o"quvchidan ustozi bu bilim bilan qayerda ishlamoqchisan deganda u mana 5ta joydan x bo'lib ishlashga taklif oldim deydi. Bir film personaji esa do'stini bu ishda ko'rib " Onang yoshligingda katta bo'lsang qo'ling ochiq bo'lsin va hammaga boringni ulashgin deb duo qilardi. Nihoyat duosi ijobat bo'libdida" deydi. Diqqat savol. Bu qanday ish? 
Javob : Ofitsiant 
Savol : X-biz deyarli har kuni uchratadigan narsa. Ayrimlarda uzun, ayrimlarda esa kalta. Olimlar aniqlashicha X beldagi og'riqlarga sabab bo'larkan. Ammo shunga qaramay X ni afzal bilish davom etmoqda. Yordam sifatida shuni aytish mumkinki Yevropa axolisining bir qismi aynan "X"da yashaydi. Savol. X-? 
Javob : Koblok(poshnali oyoq kiyim) 
Savol : 2008-yil. Ispaniyada va O'zbekiston o"rtasida juda katta bir savdo shartnomasi amalga oshmay qoldi. Butun dunyoni o'ziga qaratgan bu voqea haqida rus saytlarining biri "Bu - juda qiziq!" nomli maqola yozdi. Hurmatli bilimdonlar o'sha yilgi voqealarni eslab ko'rib ushbu shartnoma predmetini aniq ayting. 
Javob : Samuel Eto'o 
Savol : 2005-yilda Shveysariyaning soat ishlab chiqaruvchi Vacheron Constantin firmasi o"zining 2,5 asrlik yubileyi uchun 3 seriyadagai soatlarni ishlab chiqaradi. 1-seriya soatlar L'espririt De Cabinoes atigi 1 nusxada ishlab chiqarilgan. 2-seriya Tur D'Ille 7 nusxada ishlab chiqarilgan. Diqqat savol. 3-seriya Sen Jerves necha nusxada ishlab chiqarilgan? 
Javob : 55 nusxa 
Izoh : Kompaniyaga 1755 -yil asos solingan
Savol : Mashxur harbiy dengizchi Robert Piri Shimoliy qutbni ochish uchun 10 oy sarflagan. Diqqat savol. Shu ishni bajarish uchun 1 kungina yetarli bo'lgan personajni ayting. 
Javob : Vinni Pux 
Savol : Xususiy kosmik kemaning uchish sxemasi 5-qismdan iborat.1-qism-?2-qism- Tik ko'tarilish3-qism-Salom kosmos4-qism-Atmosferaga chiqish5-qism-Yerga qo'nishDiqqat savol 1-qismni nomini aniq ayting. 
Javob : Ketdik (Poyexali) 
Savol : 1582-yil bo'lib o'tgan bir voqea tufayli Mishel Monten mendan 10 ish kunimni olib qo'ydilar deb aytadi. Savol. Shu voqea bilan bog'liq bo'lgan mashxur rim papasini ayting. 
Javob : Grigoriy XIII 
Izoh : Shu yil Grigoriy kalendariga o'tilgan va 10 kun "yo'q bo'lib ketgan
Savol : Uning soqoli, shoxi hamda bosh tuzilishi bizonnikiday, qoshi gorillanikiday, dumi bo'rinikiday. Terisi ayiqniki, oyoqlari esa bo'rinikiday. Diqqat savol. "U"ning "qurbon"i bo'lgan qizni ayting 
Javob : Bell 
Savol : Har hafta Shvetsiyada davlatni "boshqarish" uchun qur'a tashlanadi. Qur'a natijasida tanlangan nomzod davlatni bir hafta boshqarish imkoniga ega bo'ladi. Savol. Qayerdaligini aniq ayting 
Javob : Tvitterda 
Izoh : Davlatning tvitterdagi sahifasi @Sweden har hafta yangi boshqaruvchiga o'tadi
Savol : "To'kilayotgan xurmo" deb nomlangan she'rda o'z mevalari bilan odamlarni xursand qila olmaydigan bir xurmo daraxti haqida eslab o'tiladi. Shuningdek ushbu she'rda siz bilan bizga yaxshi tanish bo'lgan mashxur parallel ham esga olinadi. Savol. Savol. Ushbu daraxt qayerda joylashganini emas mevalari bilan odamlarni nega xursand qilolmasligini ayting 
Javob : Bu daraxt ikki Koreya o'rtasidagi neytral hududda o'sgan 
Savol : Rob Morrov unchalik taniqli odam emasligi aniq. Lekin u farzandli bo'lgach qizining ertangi kunini o'ylab qiziga shunday ism qo'yadi. Savol. Qanday ekanini aniq ayting 
Javob : Tu (To) 
Izoh : Shunday qilib qiz To Morrow ga aylanadi
Savol : Buratinoning teatrga kirishga puli yo'q edi. Shu sababli u o'z alifbesini 4 (ta) "5- va 1-" ga pullaydi. Diqqat savol. 5- va 1- larni aniq ayting 
Javob : Sol do 
Izoh : Soldo italyancha tanga degani
Savol : "Arsenal"ga o'tib ketarkan "Zenit"raxbariyatidan g'azablangan Arshavin "Zenit" raxbarlariga hatto X ham sovg'a qilmasligini aytib o'tadi. X ning nomi ispancha "chupar" degan fe'ldan kelib chiqqan ekan. Logotipi Salvador Dalli tomonidan ishlangan hamda unga Slogan sifatida "U dumaloq va uzoq davom etadigan" (krugliy i dolgiy) degan yozuv tanlangandi. Savol. X ni bir xarf bilan boshlanuchi ikkita so"z bilan ayting 
Javob : "Chupa Chups" 
Savol : 1967-yilda olingan bir film syomkalarida 20 ta parashyutiska qatnashadi. Bu esa filmning keyinchalik shunday atalishiga sabab bo'ladi. Bu filmning nomi boshqa mashxur film nomidan bir so'zga farq qiladi. Diqqat savol. Ushbu filmning "osmon"dagilarga bag'ishlanganini inobatga olib nomini ayting 
Javob : "Osmonda faqat ayollar" 
Izoh : Bu film "Jazda faqat ayollar" filmiga alluziya sifatida ishlangan
Savol : "X"- avtomobilning o'z xo'jayiniga bo'lgan javobsiz muhabbati haqidagi roman. Bir hazilga ko'ra esa Qahqadaryoda qabristonlarning yo'qligiga ham aynan X sabab ekan. Savol. X ni 3 yoki 4 so'z bilan ayting 
Javob : Bir tomonlama harakat 
Izoh : Avtomobilning muhabbati faqat bir tomonlama bo'lgan ekan. Hazilga ko'ra Qashqadaryodan Toshkenga kelib odamlar qolib ketadi. Bunga esa yo'llarning faqat bir tomonlama ekani sabab qilib ko'rsatilgan
Savol : Ushbu so'zning ingliz va rus tillarida yozilishi bir xil. Ammo inglizcha talaffuzi ruschasidan farq qiladi. Ingliz tilidagisi yoshlarning "ashaddiy dushmanlaridan biri"ni anglatsa, rus tilidagisi esa " yaqin insonni" ifodalaydi. Diqaat savol. Ushbu so'zni ayting 
Javob : Drug 
Izoh : Rus tilida друг-do'st Ingliz tilida drug [drag]-narkotik modda
Savol : Ellinlar uzoq vaqt Makedoniyani varvarlar davlati deb hisoblashadi. Ammo mill.av 5 asrdan makedon hukmdorlari o'z davlati aholisini afina va spartaliklar bilan teng huquqliligini tan olinishiga erishadi. Bu bir huquqqa ega bo'lingani bilan belgilangandi. Yordam tariqasida aytish mumkinki, masalan, Ozarbayjon davlati bunday huquqqa roppa rosa 20 yil avval erishgan. Diqqat savol. Bu qanday huquq? 
Javob : Olimpiada o'yinlarida qatnashish 
Savol : Qadimgi Rim manbalariga ishonadigan bo'lsak, m.avv. 14-yilning 19-avgustini shunday deb atash mumkin. Bizning yurtimiz uchun eng quvonchli voqea yuz bergan sanani savolning oldingi qismiga bog'lagan xolda 3ta so'z bilan ayting 
Javob : Avgustning so'nggi kuni 
Izoh : M.avv 14-yilning 19-avgustida mashxur sarkarda Oktavian Avgust vafot etadi. Yurtimiz esa 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishadi
Savol : "Nyu-York post" gazetasi o'tkazgan bir so'rovnomada ishtirokchilarga bir savol beriladi. Javoblar ichida eng ko'pi-33% "Birinchi marta tish doktorga borgan kunim" deb javob beradi. 15 % ishtirokchi "Soliq deklaratsiyasini to'ldirish kuni" deb javob beradi. Ishtirokchilarning 18%i esa o'z javoblari bilan bir rus maqolini tasdiqlaydilar. Ba'zan biz ham shu savolga ruslar bilan bir xil javob berishimizni inobatga olib, 2-ni aniq ayting 
Javob : Dushanba 
Izoh : So'rovnomadagi savol "Eng og'ir kun qaysi?" edi
Savol : "Vilgelmina models" modellar agentligi 1960-yillar oxirlaridan boshlab qora tanli modellarni ishga qabul qila boshlaydi. Ularning raqibi bo'lgan "Ford"agentligi esa uzoq vaqt bu ishni qilmaydi hamda shu tufayli kinoya qilib bir XVIII asrda qurilgan inshoot nomi ataladi. Diqqat savol. Ford agentligiga kinoya qilib qanday nom berilgan? 
Javob : Oq uy 
Savol : Vladimir Nikifarov xotiralaridan : " Uni Lazkov deb atashardi. Judayam yuvosh yigit edi. Tug'ilgandan beri uydan tashqariga chiqmagan, ajoyib oilaparvar. Ammo bir kun UNI o'qidiyu poyezdga o'tirdi hamda uzoqlarga jo'nab ketdi". Savol UNI o'rnidagi ikkita so'zni aniq ayting 
Javob : Familiyasini teskari 
Savol : Advokat Jak Verjes terroristlar hamda sobiq diktatorlarni himoya qilishga ixtisoslashgan. Shuning uchun jurnalistlar tomonidan unga g'alati laqab berilgandi. Bu laqab bilan bir xil ataluvchi filmda esa Kianu Rivz advokat rolini o'ynagan. Diqqat savol. O'sha kino nomi yoki laqabni ayting. (Umuman ikkovi bir xil nom) 
Javob : Shaytonning advokati 
Savol : Yumorist Georgiy Frumkerda bir qator Yunon miflariga asoslangan hazillardan iborat e'lonlar mavjud.Masalan, "Zajigalkalar Kolleksiyasini sotaman. Gerostrat" yoki "Doimiy ish uchun sherik qidirilmoqda. Sizif" kabi. Endi aytingchi, "Buyurtmachi hozirligida qabrtosh yasayman. O'xshashlik 100% kafolatlanadi" degan e'lon kimga tegishli? 
Javob : Meduza Gorgona 
Savol : 2006-yil iyun oyining 1-yarmida sodir bo'lgan voqea tufayli Ukrainada bir majmuani qo'riqlash kuchaytirildi. Savol. O'sha majmua qanday majmua edi? 
Javob : Ispaniya elchixonasi 
Izoh : Jahon chempionatida Ukraina Ispaniyada katta hisob (0:4) mag'lub bo'lgach shunday qilingandi.
Savol : Bu davlatdagi har bir maktab o'quvchisi o'z mamlakatining dunyo xaritasida tut bargi shaklida ekanligini bilishi kerak. Diqqat savol. Ana shu tut bargining asosiy hayot manbai bo'lgan hamda davlatni janub va shimolga ajratib turuvchini ayting 
Javob : Yanszi 
Savol : Ushbu kino teleekranlarda namoyish etilganda bir necha yil o'tgach, Professor Govolov seminarga kirib : parxonaga kirishdan oldin, parxonada yoki parxonadan chiqqach alkogol iste'mol qilish o'lim xavfini tug'diradigan darajada xavfli. Bu film ekranga chiqqandan beri 400dan ortiq odam shuning natijasida vafot etdi" deb aytadi.Savol. Qaysi film haqida gap ketgan? 
Javob : Taqdir hazili yoki qushday yengil bo'ling 
Savol : Ayzek Azimovning "Fan yo'lboschisi" nomli asarda bu insonning familiyasi o'zi bilan bog'liq holda 2 marta, boshqalar bilan bog'liq holda esa 100dan ko'p marta esga olinadi. Ushbu familiya egasining ismini ayting 
Javob : Alfred (Nobel) 
Savol : Bir Osiyo davlat o'zi hududida intetnet uchun judayam qattiq cheklovlar joriy qiladi. Bu orqali o'zining qattiq tartibli, nazorat qilinadigan, intizomiy internet maydonini yaratmoqchi bo'ladi. Bu esa ushbu davlat internet dunyosini biz bilgandan "web" so'zi ortiqligi bilan farqlanuvchi nom bilan atalishiga sabab bo'ladi. Diqqat savol. O'sha nomni bir necha so'zdan iborat to'liq versiyasini yozib bering 
Javob : Buyuk Xitoy web devori 
Savol : Hokku. Dzyosyo. Maydondan ham tog'dan hamIndamasdan barchasi o'g'irladi.Hammasi bo'shab qoldi.Savol. O'sha o'g'rini ayting 
Javob : Qor 
Savol : Patriarxat davom etayotgan bir zamonda ayollar asta sekin erkaklar uchun bo'lgan kasblarni egallay boshladi. Masalan, 1934-yil, AQSHlik Helen Richi 1-yo'lovchi tashuvchi samalyot uchuvchisi bo'lgan ayol sifatida esda qoldi. Yoki, 1936-yilda Findlandiyada Mino Sillaila parlament raxbariga aylandi. Bunday 1-ayollar juda ko'p. 1-prezident ayol, kosmosdagi 1-ayol kabi. Ammo bundaylar orasida 1976-yilda Angliyalik 24 yoshli Jenni Bezli alohida o'rin tutgan. U shu yildagi bir kunda atrofida 10lab yosh yigitlar qurshovida turardi. Hamda yana millionlab odamlarning nigohi uning lablari va qo'liga qadalgandi. Diqqat savol. Jenni Bezli qay sohada 1-edi? Aniq ayting. 
Javob : Erkaklar matchini boshqargan 1-ayol hakam 
Savol : Amerikaliklar nimani "cho'ntakdagi ajdaho" deb ataydi? 
Javob : Zajigalka 
Savol : Ushbu holatga berilgan izohlarning birida "Shunchaki arxitektor Bonannus fundamentni ekonom qilgan" deyiladi. Diqqat savol. Ushbu holatni qayerda ko'ramiz? 
Javob : Piza 
Savol : 2002-yili nemis do'konlarining biriga Germaniyada sodir etilgan esda qolarli voqea sabab bankasini og'irligi 1,95583 kg lik Nutella shokoladi sotuvga chiqarildi. Agar bu qanday voqea bilan bog'liqligini tuwungan bo'lsangiz nega aynan bunday og'irlikdagi shokolad tayyorlanganini ayting 
Javob : bir nemis markasi 1,95583 evroga tengligi uchun Shokolad Germaniyani evro pul birligini qabul qilishi munosobati bilan tayyorlangan edi 
Savol : Dunyoda har xil kasalliklar bor: yuqumli, yuqumsiz, bedavo, davolasa bo'ladigan... Bular qatoriga qo'rquv(fobiya)niyam kiritiw mumkin. Masalan: balandlikdan qo'rqiw, o'rgimchakdan, ko'chaga chiqishdan qo'rqiw... Buni qarangki, "tugmadan qo'rqiw" kasalligiyam bor ekan. Bu bilan kasallangan odamlar vaqt o'tib tugmaning razmeridagi bowqa mayda narsalardanam qo'rqib borar ekan. Siz bizga bu kasallikning nomini emas, tugmadan qo'rqadigan, 2007-yildan buyon jurnalistlarning maqolalarini bezab kelayotgan mashxurning ismini ayting? 
Javob : Stiv Jobs 
Izoh : Apple kompaniyasi asoschisi tugma va knopkalardan qo'rqqani uchun ham tugmasiz vadalazka kiyib yurgan va u o'z maxsulotlarini iloji boricha kam miqdorda knopkaga ega bo'liwini xohlagan. 2007-yilda uning ilk "Iphone"ni dunyo yuzini ko'rdi va o'wa yili "Wall street Journal"da birinchi marta uni Kumpunofobiyasi haqida maqola yozildi
Savol : U haqida birinchi marta 1938-yilda Amerikalik matematikdan eshitishgan. 2001-yil esa u "Kim millioner bo'lishni xohlaydi" teleo'yini g'olibiga taxminan million funt sterling yutuq olib kelgan. Biz esa ayni online turnir davomida unga qarshimiz. Diqqat savol. "U"ni ayting 
Javob : Google 
Izoh : Turnirimiz shiori esa #no_google. Asl bilim Google yordamiga muhtoj emas
Savol : Qora quti.Qora quti ichidagi narsa uzoq yo'l bosib o'tgan. Ivan III rusni boshqargan davrda ular pul deb hisoblangan. Aleksey Mihaylovich Tishayshiy zamonida Yevropada dabdaba belgisi hisoblangan. Kardinal Reshalye ham uni yaxshi ko'rgan va tengi yo'q dori deb hisoblagan. Hozirgi kun shifokorlari ham uning ba'zi foydali sifatlarga ega ekanligini aytishadi. Diqqat savol. Qora qutida nima bor? 
Javob : Shokolad 
Savol : Bir mashxur yumorist miflarga asoslangan ajoyib e'lonlarni havola etadi. Demak savol. "Zajigalkalar to'plamini sotaman" degan e'lon kimga tegishli? 
Javob : Gerostrat 
Izoh : Chgk 2005
Savol : Bu kunda basklar milliy bayramni, Lesoto aholisi-Qahramon kunini, Xitoyliklar-ko'klam sayli kunini nishonlaydi. Shuningdek, bu kunda web-programmistlar ham o'z kasb bayramlarini nishonlaydi. Aytish kerakki, bu kun shunchaki tanlanmagan: web-programmistlarning ham kasb bayrami borligi esdan chiqmasligi uchun aynan shu kun tanlanadi. Diqqat savol. Bularning barchasi yilning qaysi sanasi haqida? 
Javob : 4-aprel. (4.04) 
Izoh : Mashxur 404 xatoligi esdadir
Savol : Boris Zaxoder so'z o"yinlarini judayam yaxshi ko"radi. Shuni bilgan holda uning she'rini yakunlang (erkin tarjima qilingan):Qachondir shaytondan so'radilar:"Bunchalik uzoq vaqt vannada nima qilding?"Javob undanda qiziq edi:Men .....Diqqat savol. Shaytonning javobini ayting 
Javob : O'z gunohimni yuvdim 
Savol : Avstraliyaliklar klassik anekdoti."-Simpsonni ishlari qalay?-Unchalik yaxshi emas.-Nima bo'ldi o'zi?-U o'ziga yangi X sotib oldi. Ammo eskisini otib yubora olmayapti. Diqqat savol. X-? 
Javob : Bumerang 
Savol : Bu mashhur aktyorni biz ko'pincha õz ismi bilan emas balki filmlarda õynagan personajlari ismi bilan ataymiz. Kunlarning birida bu aktyor ijodiy safardaligi paytida bir tadbirda boshlovchi unga sõz navbatini beradi. Aktyor sõzga chiqqanda zalda õtirganlardan biri "BO'TQA, BO'TQA" deb yuboradi. Shunda aktyor õzini yõqotmay o'sha muxlisga shunday javob beradi: " Meni siz emas, faqat " X " "bo'tqa" deydilar " . DIQQAT SAVOL: O'SHA MASHHUR AKTYOR KIMLIGINI ANGLAGAN BO'LSANGIZ "X" NI TOPING 
Javob : mashhur aktyorimiz ABDURAYIM ABDUVAHOBOV edilar "X" esa ASADBEK (" SHAYTANAT" asari bosh qahramoni nazarda tutilmoqda edi) aktyorga ''SHAYTANAT" filmi suratga olinayotganda BO'TQA roli topshirilgan ekan 
Savol : Xokku:Yõq sen uni emas,U seni otmoqda ...xokku oxirini 2 sõz bilan tõldiring 
Javob : Qimor toshlari 
Savol : Ushbu mashxur kompaniya brendidagi "G" va "i'' harflarining bir qismi kesilganligini ko'rishimiz mumkin.Kompaniya nomini ayting!? 
Javob : Gilette 
Savol : Katta olis safarga chiqqan karvonlar haqida gap ketkanda albatta,yuk ortilgan tuyalar ko'z oldimizga keladi.Sahroda bu asosiy "transport" jonivordan tashqari otlar ham olib ketiladi.Otlardan nafaqat yuk ortish vazifasi,yana bir maqsadda,bir muhim narsani aniqlashda xam foydalaniladi.Bunga esa tuyalardagi bir salbiy hususiyat sababdir.Savol: Otlarni karvonda yuk va odam tashishdan tashqari yana nima maqsadda olib yurishadi? 
Javob : Tuyaning charchaganini ot orkali aniklash uchun. Izoh: uyalarni shunday bir yaramas fe'li bor,ular charchash nimaligini bilmaydi,yuraveradi,yuraveradi va to'sattan cho'k tushadida,tappa o'ladi-qoladi.Ot esa sekin holdan toya boradi.Tuyaning qattiq charchaganini,jonivorlar qachon dam olish kerakligini,yana qancha yurishligini,qachon yiqilishini aynan ot orqali bilib boradi. 
Savol : Uning vazifasi tibbiyotni taftish qilishdir. uning hayoti qirolu, oqsochlarning hayotidan ham oğirroq, u tirikligida "toğlar hukmdori" nomini oladi, õlganda esa dunyoni suv bosadi. Uni Chinda "TIBBIYOT TAFTISHCHISI" deb atashgan. Diqqat savol U kim? 
Javob : ONA 
Izoh : onamiz bizning soğligimiz uchun qayğuradi, u õzini ovqatlanishimiz, kiyinishimiz uchum masul shaxs hisoblidi. u tirikligida bizga toğ bõla oladi õlganda esa ko'z yoshimiz dunyolarga sig'midi
Savol : O’zbek adabiyotining nodir asarlaridan birining qahramoni saroydagi har xil nizolar sabab zindonband qilinadi. Uni alohida quduqday chuqur, uzuniga uch-to’rt, eniga ikki, ikki yarim qadam keladigan tor bir zimistonga tashlashadi. Bu yerda tashqaridan nuqtaday nur olib kiruvchi teshikham yuqligi sabab, u qachon tong otdiyu, qachon kun botganini bilmay juda qiynaladi. Lekin, bir kuni u kunduzi va tunning farqini anglay oldi. Savol: Asar qaharamoni kim va buni qanday bilgan? 
Javob : Hashoratlar harakatidan 
Izoh : U yerda kechasi devor kavaklaridan chiqadigan kana va burgalar ko’payar, kunduzi esa kamayar edi Manba: O.Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” asaridan, yuqoridagi zindonband qahramon-Ali Qushchi
Savol : Bu maskan Yunonistonda tashkil etilib, u yer dastlab jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadigan maskan sanalgan. Vaqtlar o'tishi bilan bu maskanning vazifasi tubdan o'zgargan bo'lsa-da, uning nomi o'sha qadimiy vazifasidan kelib chiqqan nom bilan yuritilavergan.Bu maskanni nomi qanday? 
Javob : Gimnaziya 
Izoh : U yerda qadimda gimnastik mashqlar bilan shug'ullanishgan bo'lsalar, hozirda fanlarni chuqurlashtirilgan holda o'rgatiladi
Savol : Xitoyda bazi o'limga maxkum qilinganlardan "M" qancha tursa shuncha, o'rtacha 10 yuan pul miqdori undirib olishadi ekan. Teodor Ruzveltga esa "M" nutqini gapirishi uchun tinglovchilar e'tiborini qaratishga yordam bergan. Savol: M - ? 
Javob : O'q 
Izoh : Xitoyda otib o'ldirishga maxkum qilinganlardan bunga ketadigan bir o'q puli undirib olinadi. 1912 yil Saylov oldidan esa Ruzveltga o'q uzishadi lekin jaroxat qattiq bo'lmagani uchun u nutqini davom etadi, vaxolanki o'q ovozidan xammani diqqati jam bo'lgan edi)
Savol : XOKKU:Gul sõlib qoldiUruği tõkilmoqda Misoli ...nuqtalar õrnidagi 2 sõzni toping 
Javob : Ko'z yosh 
Savol : Kolxozchi Anna Taxtarova shunday eslaydi: Boshimni shundoq ko'tarishimi bilan men tomon kelayotgan odamni ko'rdim. Shoshib qoldim-u odam umuman bizga o'xshab kiyinmagandi. Xuddi osmondan yerga paydo bo"ldi. Keyin jilmaydi. U shunday jilmaydiki, bu jilmayish mening barcha qo'rqinchlarimni bartaraf etdi. "Diqqat savol. O'sha odam kim edi? 
Javob : Gagarin 
Savol : B.Akunindan Xokku:.... .... ....Ahmoqona savol, agar senBir bor bo'lsada baxtli bo'lgan bo'lsang.Diqqat savol. Xokkuda tushirib qoldirilgan jumlani kim aytgan? 
Javob : Hamlet 
Savol : O'zining talabalik davrini eslarkan bir ustozimiz "Dada salom pul tamom" degan mazmundagi biz bugun hazillashib eslaydigan iboraning kelib chiqishiga aynan X sabab ekanini aytib o'tadi. Diqqat savol. O'sha paytlarni eslagan xolda X ni ayting 
Javob : Telegramma 
Izoh : Uning har bitta harfiga pul to'lanadi
Savol : 1357-yil 9-iyul kuni Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Karl IV keyinchalik Pragadagi eng e'tiborga moliklardan biriga aylangan ko'prik qurilishining tamal toshini qo'yadi. Diqqat kutilmagan savol. Shu tosh soat nechida qo'yilganini aniq ayting 
Javob : 5.31 
Izoh : 1-3-5-7-9-7-5-3-1
Savol : Savolni Tobi beradi:Moriarti haqida gapirar ekan Sherlok Xolms u IGREK emas IKS ekanini ta'kidlaydi. “IKS-IGREK” insonlarga yordam berish bilan bir qatorda fotomuxbirlik bilan ham shu'gullanadi. Savol: IKS va IGREKni to'g'ri ketma-ketlikda yozib bering 
Javob : O`rgimchak odam 
Izoh : Tobi Maguayer bu filmda o`ynagan aktyor
Savol : Navoiy hazratlarining ajoyib bir misrasi bor edi.Unga ko`ra, Hohishlari boshqaning hohishiga mos emasligini va yana boshqalarning hohishi esa uning o`ziga mos emasligini takidlagan.To`g`ri bu ideal tarif emas lekin siz nima demoqchiligimni tushunishga harakat qilgan holda.Menga o`sha misrani yozib bering. 
Javob : Meni men istagan kishi suxbatiga arjumand etmas Meni istar kishining suxbatin ko'nglim pisand etmas 
Savol : Pushkinning "Kapitan qizi" asarida ajoyib bir iqtibos keltirib o'tilgan:"Modomiki gumondorning "x"i uning aybsizligini tasdiqlamas ekan,uning "y"i ham aybdorligini isbotlamasligi kerak."savol.Menga x va y o'rniga bir xil harf bilan boshlanib, bir xil harf bilan tugaydigan(m:olma-olcha) 2 so'zni ayting 
Javob : x-Inkor y-iqror 
Savol : Bu söz b.n Kaliforniyadagi shaxar, ommaviy kokosli likyordan tashqari GTA yani "Grand Theft Auto: Vice City" kompyuter öyinidagi töqima kafe nomi ataladi. Ommalashganiga hali ko'p bo'lmagan bu sözni eshitgan savol muallifining hayoliga taxminan 100 mln kelgan. Shu sözni ayting 
Javob : MALIBU 
Izoh : chevrolet.uz saytidagi Preyskurantlarda 
Savol : Savolni kichkina shaxzoda beradiMashhur qirg`iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov o`z asarlarida badiiy timsollardan ustalik bilan foydalanadi. Qoranor nomli tuya, agukuk qutb boyqushi, kitlar, ko`k sichqon, Luvr o`rdak kabilar ko`pchilikka yaxshi tanish. Yozuvchi o`z asarlaridan birida X ni quyidagicha ta`riflaydi: "X insonning eng yaqin do`sti. X hech qachon aldamaydi. X ga ishonib xato qilmaysan". Biroq,asar davomida X insonga Y tufayli pand beradi. Savol: X va Y nima? 
Javob : X yulduzlar y-tuman 
Savol : O'tgan asrning 60-70-yillarida Rossiya militisiyasi qo'llarida tushunarsiz tarzdagi DNDR degan g'alati yozuvdagi tatiurovkali odamlarni qo'lga oladi. Avvaliga ushbu tatiurovkani rasshifrovka qilisha olmaydi. Ammo keyinchalik ularning ashaddiy muxlis ekanligi ma'lum bo'ladi. Savol. Ular kimning muxlislari edi? 
Javob : Beatles yoki Djon (Lennon), Pol (Makkarti), Djorj (Harrison) va Ringo (Starr) 
Savol : Karikaturada ota qo'rqinchli kino ko'rayotganligi, uning yoniga kelgan o'g'li esa qo'lida ushlagan narsani ortiga berkitkancha "menda bundanam qo'rqinchli narsa bor" deyotganligi tasvirlangan. Diqqat savol. Bolaning qo'lidagi narsa nima? 
Javob : Kundalik 
Savol : O. Zamonaviy yozuvchi Erik Emmanuel Shmidtning fikricha bir voqea sodir bo'lgandan so'ng boylar yashovchi va shu tufayli "milliarderlar ko'chasi" nomini olgan Dyu Bua nomli ko'cha "millionerlar ko'chasi"ga aylanib qolgan? Diqqat savol. Bunga sabab bo'lgan o'sha voqeani ayting. 
Javob : Yevroga o'tish 
Izoh : Avval frankda hisoblangan paytda boylarning kirimi yuqori baholangan. Yevro bilan farqlar rufayli ko'plab milliarderlar millionerga aylanishgan
Savol : Dunyoning ikkita mashxur ommaviy axborot vositalari bor. Bularning 1-si BBC bo'lib, faoliyatining asosiy qismini Buyuk Britaniyada amalga oshiradi. Ikkinchisi esa AQShda faoliyat olib boruvchi MSNdir. Bu ikki gigantning manfaatlari kamdan kam xolatlarda to'qnash keladi. Ammo, so'nggi 3 yillikda ular o"rtasida Yevropaning bir davlati "bozori" uchun qizg'in kurash ketmoqda. 2014-yilda bu kurashda AQSh vakillari 81lik ko'rsatkich bilan raqiblarining 79lik ko'rsatkichlaridan o'zib ketishdi. Diqqat savol. Bu ko'rsatkichlar nimani ifodalardi? 
Javob : Ispaniya chempionatidagi gollar 
Izoh : BBC bu Real Madrid hujum 3ligi, MSN esa Barselonadagi 3 xujumchi. BBC-Yevropaliklar. MSN esa Amerika qit'asi vakillari
Savol : Moldovalik siyosatchi Renato Usatiy Vladimir Visotskiy yodgorligi o'rnatilishiga xomiylik qiladi. Sababi u bu inson ijodini juda yaxshi ko'rardi. Parlament saylovlarida ishtirok etish Renato Usatiy 5 harfli so'z bilan ataluvchi o'z partiyasini tuzadi. Ba'zilar bu nomni uning xudbinligiga yoygan bo"lsalar, qolganlar buni Renatoning sevimli ijodkoriga yana bir karra xurmat ko'rsatishi deb baholaydi. Diqqat savol. Uning partiyasini nomi nima? 
Javob : PaRUs (Parus) 
Izoh : PaRUs-Renato Usatiy partiyasi (Partiya Renato Usatogo)ning qisqartmasi. V.Visotskiyning mashxur qo'shiqlaridan biri ham 
Savol : Mavjud bo'lgan faktlarga qaramasdan, ba'zilarning fikricha Shekspir va Migel de Servantes bir kunda vafot etmagan ekan. Diqqat savol. Buning sababi nima? 
Javob : Kalendar. (Aniqlashtirilgan javoblar ham qabul) 
Izoh : Bu adiblar davrida Angliya va Ispaniyada turli kalendarlar amal qilgan.
Savol : Bir milliy odatimiz haqidagi maqolada: "Paradoksni qarangki, u endi ommaviy madaniyatga aylanib o'zimizga qaytib keldi. Endi "u"ni yuritish 1-yanvardan boshlandi" deyiladi. Bir paytlar Markazit Osiyo xalqlari foydalangan "u" yer yuzidagi barcha odamlarning e'tiboriga tushdi. Endi har yili Yevropaning aksar davlatlarida yangi yil oldi 1 ko'rinishdagi mahsulotlar bozorlarni bosib ketadi. Diqqat savol. Shu mahsulotlar qanday ko'rinishda ekanini ayting. 
Javob : Muchal yili qaysi hayvon bo'lsa shu ko'rinishda 
Izoh : Maqolar muallifi qadimdan yurtimizda yuritilgan muchal yil hisobi hozirda ayrim 
Savol : Agar o'sha mashxur garov 1995-yil avgustning o'rtasida o'ynalganida edi, mashxur muddat 31 soat 27 minut 49 sekundga qisqargan bo'lardi. Diqqat savol. Gap qanday mashxur garov haqida ketmoqda? 
Javob : Dunyo bo'ylab eng qisqa muddatda sayohat 
Izoh : Aynan shu kuni bo'lib o'tgan musobaqada Fransiyaning 
Savol : Sloveniyalik mashxur chang'ichi Davo Karnikar 2000-yil sentabr oyining ilk kunlaridan boshlab bir yerda o'zining bo"lajak mashxur sayohati uchun xavfsizlikni o"rgana boshladi. Bir oy davom etgan o"rganishlardan so'ng u o"zining chang'idagi mashxur sayoxatini boshladi hamda 5350m masofagacha chang'isini yechmadi. Diqqat savol. Mazkur "sayohat" qayerda bo'lganini aniq ayting 
Javob : Everest (Jamolungma) cho'qqisi 
Savol : Ulug'larimiz uni iymonning kamoli, tinchlik elchisi, mehr-muhabbat garovi, inson ma'naviyatining ko'zgusi deb aytib o'tishgan. U do'stlik alomati, o'zaro aloqalarni mustahkamlovchi metin arqondir deyilgan ba'zi manbalarda. Imom Buxoriyning "Al adab al mufrat"ida aytilishicha u Yaratguvchining ismlaridan biridir. Diqqat savol. U-? 
Javob : Salom 
Izoh : Shu orqali turnirimizni sizga eng ezgu tilaklarni tilagan holda Assalomu alaykum deya ochiq deb e'lon qilamiz!
Savol : Ota bola Tim va Mixael yozda dam olayotgan paytlarida ularga Deichhörnchen haqida ma’lumot kerak bo‘lib qoldi. Imkoniyatdan kelib chiqqan xolda ular Xga xat yozib yuborishga majbur bo'lishdi:"Salom X. Bizni Deichhörnchen haqidagi barcha ma’lumotlar qiziqtiradi — u qanday mavjudot, qayerda yashaydi, nima bilan oziqlanadi."Xchilar ham o'zini yo'qotib qo'ymadi. Ota va o'g'liga 7 kunda javob xati yetib keldi:"Hurmatli Tim va Mixael!So‘rovingiz uchun rahmat. Balki, siz Eichhörnchenni nazarda tutgandirsiz?..... ...Yozgi oromgohda vaqtingiz xush o‘tsin!"Diqqat savol. Xni aniq ayting. 
Javob : Google 
Izoh : Umid qilamizki googledan foydalanmay turnirimizda qatnashish har bir bilimdonning shioriga aylanadi. #no_google
Savol : Moldova Respublikasi tarkibida Gagauziya nomli avtonomiya mavjud bo'lib, 2015-yilda bu avtonomiyada bo'lib o'tgan saylovlardan keyin birinchi marta ayol kishi rahbarlik lavozimini qo'lga oldi. U haqida chiqqan maqolalarning sarlavhasi siz bilan bizga ma'lum bo'lgan mashxurning nomidan 4(yoki 5) harfga farq qilardi. Diqqat savol. Ana shu mashxurni ayting. 
Javob : Ledi Gaga 
Izoh : Maqolalar nomi 
Savol : Hazilni eshiting.Mushugim doim "ovqat jonga tegdi uxlash" shioroga amal qiladi. Xni har safar turli joyga qo'yadi."Diqqat savol. Hazilda aytilgan X-? 
Javob : Vergul 
Izoh : Agar vergulni ovqat so'zidan keyin qo'ysa umuman boshqa ma'no, uxlash so'zidan oldin qo'ysa umuman boshqa ma'no chiqadi
Savol : Seulda Hyowon Healing kompaniyasi mavjud bo'lib, ushbu kompaniya 2012-yildan boshlab bir dasturni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu dasturning asosiy foydalanuvchilari bedavo dardga yo'liqqanlar, suitsidga moyil shaxslar, qolganlari esa shunchaki ko'ngilochar dastur sifatida qatnashuvchilar hisoblanadi. Dastur doirasida ular xrizantema bioan bezatilgan zalda ma"ruza tinglab o'rgatuvchi videoni tomosha qiladi. Keyinroq esa hatto 10 daqiqaga zulmatga bandi bo'ladi. Diqqat savol. Ushbu dastur doirasida odamlar nimani "mashq qiladilar"? 
Javob : Dafn ma'rosimi 
Izoh : Qabul. O'z o'limini varianti ham
Savol : Karikaturada ota qo'rqinchli kino ko'rayotganligi, uning yoniga kelgan o'g'li esa qo'lida ushlagan narsani ortiga berkitkancha "menda bundanam qo'rqinchli narsa bor" deyotganligi tasvirlangan. Diqqat savol. Bolaning qo'lidagi narsa nima? 
Javob : Kundalik 
Savol : X haqidagi dastlabki ma'lumotlar m.avv 2700-yildayoq Misrda ma'lum bo'lgan. Qadimgi Rim va Yunon manbalarida ham X haqida ma'lumotlar mavjud. Gomer va Platon asarlaida ham Xga o'rin berilgan. Geradotning yozishicha Lidiyada ekin bitmay ocharchilik bo'lgan yillari odamlar X orqali ocharchilikni unutganlar. Savol. X-? 
Javob : Shashka 
Savol : Nemis xalq maqoliga ko'ra Xlar o'zlariga, Ylar esa boshqalarga ishonar ekan. Xni qo'rqoq deydilar ba'zan. Y esa donolikka boshlovchi vositadir. "X va Y" bizda ba'zida g'amxo"rlikni, ba'zida xoinlikni ifodalaydi. Diqqat savol. X va Y ni to"g'ri ketma ketlikda aniq ayting. 
Javob : Ko'z va quloq 
Izoh : Nemis maqolida ko'zlar o
Savol : Bir nihoyatda kelishgan lekin oyog'i cho'loq yigit uylanmoqchi bo'ladi. Ammo qiz tanlash jarayonida nuqul injiqlik qilib barchasini rad etaveradi: unisini u deydi, bunisi bu deydi. Bundan jig'ibiyron bo'lgan qishloq oqsoqoli yigitga uyidagi "u"ni kichkinaligini va shu sababli kattarog'iga almashtirishni maslaxat beradi. Diqqat savol. Yigit tezroq uylanishi uchun nimani almashtirish maslaxat berilgan? 
Javob : Ko'zgu 
Izoh : Yigit juda kelishgan va ko'zguda faqat yuzini ko'rgan. Shu sababli o
Savol : Karikaturada armiya generali xning yulduzchalariga qaragancha "Uning unvon (zvaniyasi) qanaqa ekan" deb o'ylanmoqda. Diqqat savol. U nimaga qarab turibdi? 
Javob : Shampan vinosi 
Savol : Hazil hikoyalar to'plamidan.Bir kuni mashxur haykaltarosh Fidiyga bir odam o'z haykalini yasashga buyurtma beradi. Haykal bitgandan keyin esa mijozga haykal umuman yoqmaydi. Sababi haykal unga umuman o'xshamagan edi. Shu sababdan mijoz pul to'lashdan qochish uchun "U yeri o'xshamabdi bu yeri o'xshamabdi" deb noliyvergach, jig'ibiyron bo'lgan Fidiy "Senga xuddi seni aslingdek qilib haykal yasab berishim uchun men "U " bo'lishim kerak" deydi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Meduza Gargona 
Savol : Qadimgi davrda dengizchiladan kamida bitta tilla tishi bo'lishi talab etilardi. Diqqat savol qisqa. Buning sababi nima? Aniq ayting 
Javob : Agar u uydan uzoqda vafot etsa shu tishni sotib puliga dafn etishgan 
Izoh : Qabul. Uydan yiroqda vafot etsa ko'mgani
Savol : O'rta asrlar Yevropasida g'alati bir formula mavjud bo'lgan. Erkak/2+7 Bu formula inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblangan. Shuningdek aynan formula asosida o'zini hayotini boshlaganlar uzoq va baxtli hayot kechirganlar. Diqqat savol. Ushbu formula asosida nima hisoblanganini aniq ayting. 
Javob : Yigit nechi yoshli qizga uylanishi kerakligi 
Izoh : Agar erkak 24 yoshda bo'lsa, u 19 yoshli qizga uylanadi. (24/2+7). Bu formula orqali baxtli oila, o
Savol : Mihail Shishkinning bir asarida qiz musht qilib siqilgan qo'lini mehr bilan o'padi hamda Yuliy Sezarni o"pganini ta'kidlaydi. Boshqa tomondan u Oktaviyan o"pgan bo'lishi ham mumkin edi. Diqqat savol. Buni sababini ayting. Qanday qilib? 
Javob : Hammamizga ma'lumki, oylarni 30 yoki 31 kunligini hisoblashda qo'limiz kaftining ort tomonidagi barmoqlar boshlanish joylari va chuqurchalardan foydalanamiz. Qiz aynan Iyul oyini ifodalovchi nuqtani o'padi. Agar teskari tomondan hisoblansa, bu nuqta Avgust oyi nuqtasiga to'g'ri keladi. Sir emaski, ushbu oylar esa yuqoridagi 2 buyuk sarkardaning nomiga atalgan. 
Savol : Diqqat savolda almashtirish mavjud. Ilk o'rta asrlarda Xitoyda bir turdagi "OCHARCHILIK" bo"lib o'tadi. Ushbu "OCHARCHILIK" davlat hayotiga shu qadar jiddiy zarar yetkazadiki, natijada g'oz ko'zlaridek tangalardan foydalana boshlanadi. Diqqat savol. Yuqorida "OCHARCHILIK" so'zi bilan almashtirilgan voqeani yozib bering. 
Javob : Temir inqirozi 
Izoh : Natijada tangalarni judayam kichkinalashtirishga majbur bo'lishadi.
Savol : Bir nihoyatda kelishgan lekin oyog'i cho'loq yigit uylanmoqchi bo'ladi. Ammo qiz tanlash jarayonida nuqul injiqlik qilib barchasini rad etaveradi: unisini u deydi, bunisi bu deydi. Bundan jig'ibiyron bo'lgan qishloq oqsoqoli yigitga uyidagi "u"ni kichkinaligini va shu sababli kattarog'iga almashtirishni maslaxat beradi. Diqqat savol. Yigit tezroq uylanishi uchun nimani almashtirish maslaxat berilgan? 
Javob : Ko'zgu 
Izoh : Yigit juda kelishgan va ko'zguda faqat yuzini ko'rgan. Shu sababli o
Savol : Laroshfukoning aytishicha, o'z vaqtida "bu ishni qilish" hazilakam mahorat emas ekan. Labruyer esa "bu ishni qilish" uchun yetarli mulohazaga ega bo'lmaslikni baxtsizlikka qiyoslaydi. Sharron esa "bu ishni qilish"ni bilmagan odam kamdan kam yaxshi gapira oladi deb fikr bildirgan. Diqqat savol. "Bu ishni qilish" so'zlari bilan almashtirilgan ikki so'zni ayting 
Javob : Sukut saqlash 
Savol : Bu inson 2-jahon urushi tugagandan 2 yil o'tgach Kinoaktyorlar uyushmasi prezidentiga aylanadi. 30 yildan ortiq umrini kinosanoatga bag'ishlaydi: goh aktyorlik qiladi, goh rejissuraga qo'l uradi. Bir mashxur komedik fantastikada esa bu insonning kelajakdagi ish joyini eshitgan prifessor suhbatdoshiga uning ustidan kulmasligini aytadi. Diqqat savol. O'sha mashxur inson kim? 
Javob : Ronald Reygan 
Izoh : Kelajakka qaytib filmida ortga tarixga sayohat qilgan Martindan professor hozirgi prezident kim deb so'raganda Ronald Reygan deb aytadi. Tabiiyki bu davrda aktyor bo'lib yurgan odamning prezidentligini eshitgan professror Martinga ustidan kulmaslikni aytadi
Savol : Ushbu joyning qadimgi nomi Laklakxona bo'lib, bunday nomlanishi aholining zich joylashgani bilan bog'langan. Mahalliy manbalarga tayansak, ushbu joyning hozirgidek atalashi Povulg'on, Laylakxona, Yangiqo'rg'on, Jo'ra, Kitkon va yana bir qishloqning suv taminoti bilan bog'liq deyiladi. Hozirda ham ushbu joy o'zining mehnatkash hamda mehmondo'st xakqi bilan mashxur. Diqqat savol. Ushbu joy nomini aniq ayting 
Javob : Oltiariq 
Savol : XIXasr oxirlarida Buyuk Britaniyadan kelgan bir odam boshqa bir davlatda futbol klubi tuzishni xohlab qoladi. Tez orada qiziquvchilar bilan birgalikda klubga asos soladi. Ammo klub nomida ham uning bayrog'ida ham inglizlarning ta'sirini ko'rish mumkin. Diqqat savol. Ushbu klub qaysi? 
Javob : Milan 
Izoh : Jamoa nomi Milan inglizcha. Asli italyanchada shahar nomi Milano. Shuningdek jamoa bayrog'ida ham Angliya bayrog'iga o'xshash belgi mavjud
Savol : Erta bahor paytlari tumanimizni turli hududlarida vaqtinchalik bozorlarga dehqonlar o'z mahsulotlari (qalampir, pomidor, bodring)ni olib kelib sotishadi. Qizig'i, ushbu bozorda 10-12 yashar bolalar ham faol qatnashadilar. Do'stimning aytishicha, uning ukasi ham ertalabda bir narsa bilan uydan chiqib ketadi. Qizig'i bir-ikki oy davom etadigan bunday bozorlarda kimlarning daromadi kamaysa kamayadiki, lekin bu bolakaylarning daromadi kamaymaydi. Diqqat savol. Bu bolalar qanday daromad qiladi? 
Javob : Tarozini ijaraga berish 
Izoh : Ma'lumki dehqonlar bo'lgandan keyin ular bozorga faqat mahsulotlarini olib keladilar. Shu sababli taroziga ehtiyoj tug'iladi. Bolakaylar esa bundan unumli foydalanadi. Mahsulot narxi qancha o'zgarishidan qat'iy nazar, tarozi ijara narxi o'zgarmaydi
Savol : Shox Aleksey Mihaylovich bu ishni qilishni Moskvada o'lat kasalligini epidemiyasi tarqalmasligi uchun buyuradi. "Bu ishni qilish"ning boshlanishi AQSH Gangsterlaridan biri tomonidan ochilgan kir yuvish punkti bilan bog'lanadi. Diqqat savol. "Bu ishni qilish" so"zlari bilan almashtirilgan so'zlarni toping 
Javob : Pul yuvish 
Izoh : Aleksey Mihaylovich soliqchilarga soliq to'lanishidan oldin soliq to'lovchilarga asl ma'noda o'latdan xavfsirab pulni yuvishlarini bugurgan. AQSH Gangsterlaridan biri esa arzon kir yuvish punkti ochgach, o'z daromadlarini shu orqali 
Savol : Fransiyada aylanib yurgan paytingizni tasavvur qiling. Aylanib "Shanel"ning butiklaridan biriga kirib bordingiz. Shu payt butik xodimlaridan biri yoningizga keldi. Qo'lingizdagi sumkani oldi hamda uni mayda bo'laklarga bo'lib tashladi. Keyin esa uning pulini to'liq to'lab berdi. Diqqat savol. Buning sababini aniq ayting 
Javob : Sizning sumkangiz 
Savol : Turli davlatlar o'zlarining g'alati qonunlariga ega. Masalan, AQSH qonunchiligiga ko'ra, ishlab chiqaruvchilar yeyish uchun mo'ljallangan mahsulotlar ichiga yeb bo'lmaydigan narsalar qo'shishlari mumkin emas. Xattoki pasxa bayramida ham bunga yo'l qo'yilmaydi. Diqqat savol. Shu tufayli biz magazinlarda qaysi mashxur mahsulotni ko'rmaymiz. 
Javob : Kinder syurpriz 
Savol : 1712-yil Shved qiroli Karl XII kontrreformatsiya o'tkazadi. Natijada yana eski tartibga qaytiladi. Ammo shu sababli fevral oyi 30 kundan iborat bo'lib qoladi. Diqqat savol. Bu kontrreformatsiyani aniq ayting. Aynan javoblar qabul 
Javob : Grigoryan kalendaridan qayta Yulian kalendariga o'tgan 
Izoh : Buning natijasida ortib qolgan 2 kunni fevral oyiga qo'shib yunorishadi
Savol : AQSHda har yili 35000dan ortiq odam "ular"dan himoyalash uchun sug'urta qilishadi. Bir mashxur filmda "ular"dan biri o'zining yurtini birinchi va ikkinchi deb aytadi. diqqat savol. "Ular"ni ayting 
Javob : O'zga sayyoraliklar 
Izoh : AQShda har yili 35000dan ortiq odam o'zga sayyoraliklar tomonidan o'g'irlanishdan o'zini sug'urta qildiradi. Abdullajon esa o'zining yurtini 
Savol : Bir AQSH serialida Aqshning prezidentini "u" orqali shantaj qilishadi. Agar Klinton xonim prezident bo'lganda, biz AQSHda dastlabki "u"ni ko'rishimiz mumkin bo'lardi. Ammo "Preston" darvozaboni Andres Lindegard bashoraticha "u"ni biz albatta baribir ko'rar emishmiz. Diqqat savol. "U"-? 
Javob : Birinchi Jentelman. (Prezidentning eri) 
Savol : Rim Papasi Stefan VII g'alati sud majlisi o'tkazadi. Aybdor Formoza sud oldiga llib kelinadi hamda unga mahsus liboslar kiydiriladi. Unga "cherkov qoidalarini buzish" aybi qo'yiladi. Keyin undan kiyimlarni yechib olishadi, 3ta barmog'i kesib tashlanadi hamda o'zini Tibr daryosiga uloqtirib yuboradilar. Diqqat savol bu hozirgacha takrolanmas pretsident bo'lib kelayotgan sud majlisining o'ziga xosligi nimada edi? 
Javob : Formoza--Stefan VIIdan avvalgi Papa edi. Uni Papalik davrida cherkov qoidalarini buzganligi aniqlanadi. Ma'lumku Papalar umrini oxirigacha Papalik qiladi. Bundan shuni tushunish mumkunki, Stefan VII Formozaning jasadini sud qilgan 
Savol : Ushbu sport turi bo'yicha xalqaro federatsiya 1964-yilda tuzilgan. 90-yillar boshlarida 40ga yaqin davlat a'zo bo'lgan. Federatsiya tashkil etilganidan beri jahon birinchiliklari o'tkazib kelinadi. Bir qarashda yosh bolalarning sevimli mashg'ulotini eslatib yuboradi. Tarjima qilinganda "Zarba" degan ma'noni anglatadi. Endi esa kutilmagan savol. Bir mashxur arab sayyohining otasini ismi ushbu sportning italyancha atalishi bilan bir xil. Diqqat savol. O'sha sayyohni ayting. 
Javob : Ibn Battuta 
Izoh : Sport turi batut
Savol : Ko'pchiligimiz "Plants vs zombies" o'yini haqida bilamiz. Bir karikaturada zombilar o'rniga Xlar "brains" deb asta qadam tashlab kelayotganligi, o'simliklar esa ularga o'q otishdan bosh tortayotgani tasvirlangan.Diqqat savol. Yuqorilardagilardab kelib chiqib Xlarni ayting 
Javob : Dala qo'riqchilari 
Izoh : Zombilarda bo'lgani kabi dala qo'riqchilarida ham miyaga 
Savol : Bir ingliz kampaniyasi maktabdagilar o'rtasida chekishga qarshi kurashish uchun "Sigaret chekma" degan shiorni bir maktab buyumiga "pastdan tepaga" qilib yozgan holatda ishlab chiqaradi. Ammo tez orada bu tadbir aks ta'sir eta boshlaydi. Diqqat savol. Bu shior qayerga joylanganini ayting 
Javob : Qalamlarga 
Izoh : 
Savol : Muqaddas kitoblardan birida shunday yozilgan. "Sizlarga barcha o't-o'lanlarni berdim, mevali daraxtlarni berdim shularni o'zi yetar." Bundan xulosa qilish mumkinki, Odam Ato va Momo havo ...... 
Javob : Vegetarian bo'lishgan 
Savol : O'sha mashxur voqea haqida hammaga birinchi marta Volter aytib bergan ekan. Voqeaning qahramoni esa bu haqida hech kimga aytmagan. Yaqinda chiqqan "Afsona va haqiqatlar" nomli bir suratlar to'plamida aslida voqea biz bilgandan biroz farqlanishi aytib o'tiladi. Diqqat savol. O'sha mashxur voqea qahramonini ayting 
Javob : Nyuton 
Izoh : Volter olma voqeasi haqida aytgan 1-odam ekan. U o
Savol : Rim imperatori Vespasion imperiyani saqlab harob bo'lishdan saqlab qolish uchun g'alati soliqlar joriy qilgan. Ulardan biri laturanlar-umumiy xojatxonalar uchun soliq edi. Aynan ushbu soliqni joriy qilinishi senatorlarning noroziligiga sabab bo'ladi. Norozilik bildirgan senatorlarga esa Vespasion "shu ishni qilish"ni aytadi. Diqqat savol. Senatorlar "shu ishni qilgan"idan keyin paydo bo'lgan mashxur frazani ayting 
Javob : Pullar hid taratmaydi 
Izoh : Norozi senatorlarga qarshi Vespasion pulni xidlab ko'rishlarini aytadi. Albatta soliq obyekti juda ham g'alati
Savol : Qiziqarli 1000ta faktda aytilishicha qushxo'r o'rgimchak dunyodagi eng katta o'rgimchak emish. U hattoki baqalar, kaltakesaklar, sichqon va hatto unchalik katta bo'lmagan ilonlar bilan oziqlanarkan. Uning gavda xususiyatlaridan kelib chiqib olimlar uni "Qushxor X" deb ham atasharkan. Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki, Fifa 14 o'yinida o'yin boshlanishidan oldin chiqadigan o'yin haqidagi maqolada ham, agar bir o'ta kuchli jamoa bilan o'ta kuchsiz jamoa uchrashib qolsa "X"ni eslab o"tishadi. Albatta mashxur raqibi bilan. Diqqat savol. O'sha mashxur raqibni ayting 
Javob : David 
Izoh : Eng katta o'rgimchak bo'lgani uchun uni 
Savol : Ali amaki o'zining eski markadagi Pobeda mashinasi o"g'irlangani haqida militsiyaga shikoyat qilib keldi. Diqqat savol. Zukko tergovchi unga eng avvalo kimdan shubhalanish kerakligini aytdi? 
Javob : Eski mashina kalleksionerlari 
Savol : Tarixchi Istaxriyning yozishicha ushbu shaxar kattaligi jihatdan Farg'onada Axsikatdan keyingi 2-shahar bo'lgan. Tarixchi A.Muhammadjonov fikricha ushbu joyning dastlabki nomi "Qaybod" bo'lgan hamda qaviylarning qarorgohi deb yuritilgan. Yoki uni bosh shahar-Poytaxt degan ma'nosi ham bo'lgan. Diqqat savol. Ushbu toponimni aniq ayting 
Javob : Quva 
Savol : O'z vaqtida Nodirshox unga shunday tarif bergan. "Agar biror odam 5ta tosh olib birini sharqqa, birini g'arbga, birini shimolga, birini janubga va beshinchisini osmonga otib, toshlar yetkan manzilni oltin, marvarid, duru javohirlar bilan to'ldirsa, uning qiymatiga teng boylik bo'ladi." Qadimgi afsonaga ko'ra, uning egasi faqat ayol kishi bo'larkan. Diqqat savol. U-? 
Javob : Ko'hinur olmosi 
Savol : Indiana Jons haqidagi filmlarning birida bosh qahramon g'azablangan kobra bilan juda yaqin masofada yuzma yuz turgan sahnasi mavjud. Ushbu sahnani olishda haqiqiy kobra ishtirok etadi. Ammo sinchkov tomoshabin ushbu sahnani olishda "X"dan foydalanilganini ko'rishi mumkin. Diqqat savol. X-? 
Javob : Shaffof oyna 
Izoh : Albatta, haqiqiy kobra bu ancha xavfli. Ayniqsa g'azablanganda. Ammo ijodkorlar sahnani anchayin o'xshatib ishlash uchun shaffof oynadan foydalanganlar
Savol : Kuni kecha AQSH prezidentlik saylovlatida Donald Tramp g'alaba qozondi. Bu esa omma tomonidan noxush kutib olindi. Bu voqeaga izoh berar ekan mashxir bir sportchi ushbu kun u uchun daxshatning o'ziga aylanganini ifodalash uchun boshqa bir kunni eslagan xolda: "Avval x.y edi. Endi esa y.x bo'ldi" deb yozadi. Diqqat savol. X va Y ni maksimal aniqlikda yozib bering 
Javob : 11 va 9 
Izoh : Avval 11.9 yani 11-sentabr endi esa 9.11 yani 9-noyabr
Savol : Dirijyor Artur Nikish Leyptsigda aholi orasida juda ham mashxur edi. Uni hamma hurmat qilardi. Elektr korxonasi ishchilari esa uning yurak xurujiga uchraganini eshitgandan "chekinishga" qaror qilishadi. Savol. Bu "chekinish" nima ekanini ayting 
Javob : Ishga qaytish. Ya'ni ish tashlashni bekor qilish 
Savol : Bir unchalik mashxur bo'lmagan komiksda futbol matchi tasvirlanadi. O'yin qish kunlari bo'layotgandi. Stadion oppoq qor bo'lishiga qaramay o'yin boshlanish arafasida. Ammo o'yin boshlanishidan oldin bir ishni qayta qayta 4 marta takrorlashga majbur bo'lishadi. Huddi shunday voqea 2013-yil 8-dekabrda Filodelfiyada ham amerikacha futbol matchi boshlanishidan oldin sodir bo'ladi. Diqqat savol. O'sha qayta qayta takrorlangan ishga nima sabab bo'lgan? 
Javob : Tanganing tik turib qolishi. (Shunchaki tanga tashlash qabul emas 
Izoh : O'yin boshlanishidan oldin tanga otib ba'zi narsalar aniqlanadi. Ammo afsuski o'sha ikki o'yinda ham shunday hodisa ro'y bergan ekan
Savol : Yana AQShda bo'lib o'tgan saylovlar mavzusiga qaytamiz. Donalt Tramp bir qancha chiqishlarida boshqa irq va din vakillariga nisbatan yomon munosabatda ekanligini bildirib o'tgan. Uning prezident bo"lganini eshitgan sportchi Joel Embid o'zining chiqishida "U bizni mamnuniyat bilan kutib oladi" deb nutqini yakunlaydi. Bu nutq esa menga XXasr 20-yillaridagi boshqa bir amerikalik tomonidan aytilgan shiorni eslatib yubordi. Diqqat savol. O'sha mashxur shiorni ayting 
Javob : 
Izoh : Joel Embid qora tanli basketbolchi. U Tramp prezident bo'lgach 
Savol : Malayziya va Tailanddagi kokos yong'og'i plantatsiyalarida hozilni yig'ib olish jarayonida yig'uvchi vazifasini "ular" bajaradi. Bir mashxur hazilga ko'ra esa ular tepaga chiqib ketgan odamlardan paydo bo'lgani aytiladi. Diqqat savol. Ular-? 
Javob : Maymunlar 
Izoh : Malayziya va Tailanddagi holatku tushunarli. O'tkir Hoshimovning 
Savol : Devid Mitchellning tarixiy romanida Yapon shaharlaridan birini bombardimon qilayotgan ingliz kemasi haqida yoziladi. Shu jarayonda bir kema ofitseri "pushkani o'qla" degan ma'nodagi "Xni yedir" degan evfemizmni ishlatadi. Real hayotda esa X mashxur daxshatli voqealarning 2-sini qahramoniga aylanadi. Diqqat savol. Xni nomini ayting 
Javob : Baqaloq (semiz) 
Izoh : Asardagi kema Nagasakini bombardimon qilayotgandi. Ofitser 
Savol : Jeki Chan o"z filmlarida qiziqarli sahnalarni jonlantirishni yaxshi ko'radi. Uning so'nggi filmlaridan birida bosh qahramon Rossiyaga bir odamni izlab keladi. Kerakli odamni izlash jarayonida bir mahsulot ishlab chiqaruvchi zavodda raqibi bilan mushtlashgan sahnasi bor. Shu sahnada Jeki Channing qahramoni janglardan birida o"zining raqibini zarbalaridan himoyalanishda zavod ishlab chiqaruvchi mahsulotdan foydalanadi. E'tiborlisi bu mahsulot unga raqibining 7ta zarbasini qaytarishga yordam beradi. Diqqat savol. Bu qanday mahsulot edi? 
Javob : Matryoshka 
Savol : Bir dirijyorning do'sti juda ham mashxur bo'lish bilan birga azgina g'alati odatga ega edi. Navbatdagi uchrashuvda uning do'sti yana "Men Betxoven bilan suhbatlashganman" deb maqtana boshlagach, bizning dirijyor "men senga ishonmayman" deb aytadi va bir fakt keltiradi. Diqqat savol. Shu faktni ayting. 
Javob : Betxoven kar 
Savol : 1947-yil Los Alamosdagi yadro reaktor labarotoriyasidagi izlanishlar natijasida bir toifa insonlarning shu paytgacha ushlanmagan orzulari ushlandi deyish mumkin. Aynan o'sha yili 100mg simobdan olingan 35 mkg.lik mahsulot hamon Chikagodagi ilm fanni rivojlantirish muzeyida hamon saqlab kelinmoqda. Diqqat savol. Shu voqeaga bag'ishlangan maqolada esga olingan mashxur soha vakillarini ayting 
Javob : Alximiklar 
Savol : AQSHda 62000dan ziyod bo'lgan ma'lum toifadagi "oshlab chiqaruvchilar" mavjud. Ularning mahsulotlaridan 50 gektari har kuni iste'mol qilinadi. Bir karikaturada esa uning nomini "Google"dan qidirgan odam mashxur bir imoratga duch keladi. Diqqat savol. Yuqorida tilga olingan mahsulot nomini ayting. 
Javob : Pitsa 
Savol : XX asr 70-yillarida Yaponiyada xalqaro ko'rgazma tashkil etiladi. U yerdagi Sovetlarning mayfonchasida bir maket mavjud bo'lib, ayniqsa shu maket yaponlarning alohida qiziqishiga sabab bo'ladi. U maketning o'ziga xos tomoni shunda ediki, undagi bir tugmani bossangiz maket o'z shaklini o'zgartirib eski holatdan yangi holatga almashinishi yoki qayta bossangiz aksincha holat yuz berishi mumkin edi. Diqqat savol. Ushbu maketda qayer tasvirlanganini ayting 
Javob : Toshkent 
Izoh : Ma'lumki 1966-yil Toshkentda yer qimirlashi bo'ladi va shahar deyarli butunlay qayta quriladi. Seysmik zonada yashovchi yapon xalqi uchun esa bu maket naqadar qiziqarli tuyilishi tabiiy
Savol : Bovi ismli muzikantni u ko'plab stillarda musiqa chalgani uchun "Rok musiqa alfasi" deb atashadi. Ganin ismli yozuvchining hikoyasida alfa svetofor vazifasini bajaradi. Savol. Alfa-? 
Javob : Xameleon 
Savol : Bu ishni qilganlarga qadim qadimdan alohida e'tibor berib kelingan. Ular boshqalardan alohida e'tibor va hurmatga sazovor bo'lganlar. Bir ertakda ham podsho bu ishni qilishni va'da qilganni tanlaydi. Jaholat davrida arablarda bu ishni qila olganlar yaratgandan benihoya minnatdor bo"lardi. Ammo Xitoyda bu ishni qilish doim ham quvonchli voqea bo'lmagan. Diqqat savol bu ishni qilish-? 
Javob : O'g'il farzandni dunyoga keltirish 
Savol : Oila mavzusini davom ettirgan holda bir ustozimizning aytgan gaplarini eslaymiz. U kishining aytishicha ota-onaning farzand oldida ham o'z majburiyatlari bo'lar ekan. Shunday deya u kishi ota-onaning 3ta asosiy majburiyatini sanab o'tadilar. Bular.1.2. Uni o'qitib tarbiyalab voyaga yetkazish.3. Vaqti yetkanda uylantirish (turmushga berish).Birinchi majburiyat haqida aytar ekan ustoz boshqa 2 shartdan farqli o'laroq bu shartni maromiga yetkazib bajarish hammaning ham qo'lidan kelavermasligini ta'kidlaydi. Yana shuni aytishim mumkinki, o'yinimiz ishtorikchilarining deyarli hammasi bu shartni o'z o"rnida bajargani uchun ota-onasidan minnatdor bo'lsa kerak. Diqqat savol. 1-shart qanday ekanligini maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : Farzandiga chiroyli ism qo'yish. Shunchaki ism qo'yish varianti qabul emas. 
Savol : Rokvel Kant ismli odamning eslashicha, yosh eskimos qizcha bu ishni qilosh uchun oyoq kiyimini yechishga majbur bo'ladi. Diqqat savol. Bu ish-? 
Javob : 20gacha sanash. Umuman 10dan ortiqqa sanash 
Izoh : Eskimoslar sanash uchun barmoqlardan foydalanadi. 10gacha bo
Savol : B.Akunindan Xokku:.... .... ....Ahmoqona savol, agar senBir bor bo'lsada baxtli bo'lgan bo'lsang.Diqqat savol. Xokkuda tushirib qoldirilgan jumla mashxur bir personajga tegishliligini anglagan holda qoldirilgan jumlani kim aytgan? 
Javob : Hamlet 
Izoh : Tirik qolmoq yo o'lmoq savoli edi
Savol : Qora quti.Qora quti ichidagi narsa uzoq yo'l bosib o'tgan. Ivan III rusni boshqargan davrda ular pul deb hisoblangan. Aleksey Mihaylovich Tishayshiy zamonida Yevropada dabdaba belgisi hisoblangan. Kardinal Reshalye ham uni yaxshi ko'rgan va tengi yo'q dori deb hisoblagan. Hozirgi kun shifokorlari ham uning ba'zi foydali sifatlarga ega ekanligini aytishadi. Diqqat savol. Qora qutida nima bor? 
Javob : Shokolad 
Savol : Agar sizni zaharli ilon chaqib olsa, zaharni tanaga tarqab ketmasligi uchun jarohatni biror mato bilan bog'lab (jgut) oldini olish hamda shifokorga uchrash kerakligi ma'lum. Endi esa bir tasavvur qilingki, siz shunday sharoitdasizki, ilon chaqqan jarohatni bog'lash uchun hech qanday narsa yo"q. Hattoki kiyim kechak ham. Yaqinda shunday vaziyatga tushib qolgan bir angliyalik jgut sifatida umuman kutilmagan vositadan foydalandi. Diqqat savol. U shu vaziyatda foydalangan vositani ayting. 
Javob : Zaharli ilonni o'zi 
Izoh : Huddi shu vaziyatda unda na biror mato va na bir kiyim kechak mavjud edi. Ammo vaziyatdan esankirab qolmagan qahramonimiz ilonni o'zidan jgut sifatida foydalanib qo
Savol : Bir kompaniya vakillari o'z mahsulotlarining "osmonlarga uchishi uchun" hamda raqiblaridan oldinga o'tib olishi uchun nima qilish kerakligi haqida o"ylab qoladi. Shunda ularga bir mutahassislari kompaniya nomining boshidagi 3ta harfdan voz kechishni taklif qiladi. Diqqat savol. O'sha 3ta harfni ayting 
Javob : Peg 
Izoh : Bu mashxur 
Savol : Moskvada marshrutlar yo'lga qo'yila boshlagach, bir guruh odamlar aynan ushbu sonli marshrutning xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortadi. Sababi ular ushbu marshrut baxtsizlik keltiradi deb ishonardilar. Natijada, marshrut berilgan son o'zgartiriladi. Keyinroq mijozlarni yo'qotishdan qo'rqqan temir yo'l xodimlari ham aynan shu sonli poyezdga berilgan sonni almashtiradilar. Diqqat savol. Aynan qaysi marshrut edi bu? 
Javob : 666-sonli 
Izoh : Xristian dinida ushbu raqamni iblis raqami deb hisoblashadi va shuning uchun ushbu marshrutdan xavfsirashgan
Savol : Tomas Jefferson mashxur siyosatchi davlat arbobi. Uning fikriga ko'ra hech qaysi bir avlod keyingi avlodga o'zining dunyoqarashini singdirmasligi kerak. Aynan shu sababli ham Jeffersonning fikricha har 19 yilda "u"ni o'zgartirib turish kerak. Ta'kidlab o'tish joizki, "u" hammada ham mavjud emas. Aynan AQSHda "u" paydo bo'lgan va xususiyatiga ko'ra qattiq hisoblanadi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Konstitutsiya 
Savol : "Olimpning qulashi" filmini sevib tomosha qilganlar ko'p oramizda. Ushbu film oxirida prezidentni qutqarib chiqayotgan qahramon Oq uyning buzilib dabdalasi chiqqanini ko'rgach, bundan juda ham afsusda ekanligini aytadi. Prezident esa (naqadar achinarli holatda bo'lishiga qaramay) jilmayib "Xavotir olma" deydi hamda bunday deyishiga sababni keltiradi. Diqqat savol. O'sha sabab-? 
Javob : Sug'urta 
Savol : Irlandiyalik Uilyam Mak Kramning o'ylab topgan "jazo" turini kollektivlari hazillashib "o'lim jazosi" deb aytishar edi. Keyinchalik bu hazilda bitta so'z tushib qoldi hamda hozirgi nomini oldi. Diqqat savol. Mak Kram o'ylab topgan hamda keyinchalik uning hamkasblari uchun daxshatga aylangan "jazo" qanday jazo edi? 
Javob : Penalty 
Izoh : Inglizcha death penalty
Savol : Skruj Makdak haqidagi multfilmlarning birida u xazina yashiringan orolga boradi. Qidirgan xazinasini topgandan keyin esa oltinlarning birortasiga ham tegmaydi hamda ortga faqat tarixiy buyumlarni olib qaytadi. Shu qismni ko'rayotgan savol muallifi "Skrujga ham insof kiribdida" deb luqma tashlaydi. Shunda uning yonida o'tirgan do'sti "Balki unda x bordir" deb aytadi. Diqqat savol. x ni xohlang bir so'z bilan xohlang ikki so'z bilan ifodalang 
Javob : Aurofobiya (oltin fobiyasi) 
Savol : Angliyada 1812-yildan beri amalda bo'lgan bir qonun mavjud. Unga ko'ra, mamlakatdagi har bir morg uzun arqonli qo'ng'iroqcha bilan jihozlangan bo'lishi kerak ekan. Diqqat savol. Buning sababini ayting 
Javob : Ma'lumki, ba'zi odamlar uzoq uxlash(letargik uyqu) kasalligiga chalingan bo'ladi. O'sha davrlarda bunday uyqudagi odamlarni o'ldi deb hisoblab ko'mib yuborishgan. Keyinchalik esa buning kasallik ekanligi ma'lum bo'lgan. Va ana shunday uyquga ketgan odam uyg'onganda shifokorlarni yordamga chaqirishi uchun shunday turdagi qo'ng'iroqcha bilan jihozlanish majburiyati o'rnatilgan 
Savol : Uning familiyasi Roberts. Muhlislari juda ham ko'p. Yigitinig ismi Ken. Haridorlari soni 1959-yil 1mlrd ta bo'lgan.. Diqqat savol. U-? 
Javob : Barbi 
Savol : Bir hujjatli filmda aytilishicha aktyor Mikki Runining mashxurligi filmdan filmga ortib borgan. Shu bilan birga Xlar ham huddi sovunli pufakchalar kabi ko'payib boradi. Diqqat savol X-? 
Javob : Nollar (uning gonoraridagi) 
Savol : 1929-yil 1-oktabrdan 1931-yil 1-dekabrga qadar sovetlar hattoki "u yerda" ham tenglik o'rnatishadi. Natijada bir toifa insonlar uchun ham 100ga kirish imkoni paydo bo'ladi))). Diqqat savol " u yerda" so'zlari bilan almashtirilgan so'zlarni toping. 
Javob : Kalendarda 
Izoh : Aynan shu payt mobaynida SSSRda 12 oy ham 30 kundan iborat bo'lgan kalendar mavjud bo'lgan. Buning natijasida kabisa yilida 29-fevralda tug'ilganlar uchun ham 100 yoshga kirish imkoni paydo bo'ladi
Savol : 1941-yil. Ayni qish payti. SSSRda, Xabarovskdan uncha uzoq bo'lmagan yerda bir chaqaloq dunyoga keladi. Unga yaxshi niyat bilan Yurir Irsenovich deb ism qo'yadilar. Diqqat savol. Mana shu insonning familiyasini ayting 
Javob : Kim 
Izoh : Bu mashxur Kim Chen Ir edi
Savol : Bir fantastik roman qahramoni XX asr haqida eslar ekan "O'sha davr odamlarini birgina odam boshqara olardi" deb eslab o'tadi hamda bu Aqshda 1888-yillardan, Germaniyada 1885-yillardan, Rossiyada esa 1895-yillardan keyinroq boshlanganini aytadi. Diqqat savol. U nima haqida gapirayotgan edi? 
Javob : Radio 
Savol : 2002-yilgi Varshava merligi uchun saylovlarga yaqin qolgan payti nomzodlarga bir xil miqdordagi boshlang'ich byudjert beriladi. Ko'pchilik o"z jamoasi kuchiga ishonib bu pullarni turli tuman sarflab yuboradi. Ammo har narsaga o"z kuchi bilan erishib kelgan Lex Kachinskiy bundayam, saylovdayam g'olib chiqadi. Diqqat savol. Bunda degan so'z o"rnida so'zlarni ayting 
Javob : Simcity (Umuman shahar qurish haqidagi virtual o'yinlar javobi qabul) 
Savol : 2015- yoki 2016-yil boshlarida chiqqan ingliz komedik filmida film qahramonlaridan biri uzoq muddatli ayriliqdan keyin ukasini topadi. Shunda aka ukasiga bir yerga borishni quvonch bilan taklif qiladi. Aka esa "Qaysi aql bilan bu haqida o'ylayabsan" deb javob beradi. Shunda uka tatiurovkasini ko'rsatadi. "Angliya ..... ........200016"Aka shunda istehzoli kulib "Demak bunga hali 198000yil bor ekanda" deydi. Diqqat savol. Tushirib qoldirilgan ikkita so'zni aniq ayting. 
Javob : Jahon chempioni 
Savol : Bir fransuz maqolida aytilishicha "u"lar o'z vaqtlari kelmaguncha judayam oz ishga yaraydilar". Psixologlar ta'kidlashicha "u" hammada bor, faqat kamchilik "u"ndan foydalana biladi. Qadimgi Yunonistonda esa "u" juda qadrlangan. Diqqat savol. "U"-? 
Javob : Talant 
Savol : Sevgi-ilohiy tuyg'u deyishadi. Albatta, bunga qo'shilmaslik ilojsiz. Har bir inson bu dunyoga kelibdiki, nimagadir ko'ngil beradi. Irlandlarning ta'kidlashicha, "inson eng ko'p yorini, eng yaxshi shaklda oilasini va eng uzoq muddat "u"ni sevadi. Diqqat savol. "U"-? 
Javob : Ona 
Izoh : Onajonlarimizni Yaratganni o'zi asrasin. Saylov bo'lmasa Yangi yilgacha ko'rolmas edimmi onamni. 1 hafta qoldi.
Savol : Bir afinalik o'zining tanbal o'g'liga "bu ishni qilish"i uchun 24ta qul sovg'a qilgan. Diqqat savol. "Bu ishni qilish" bilan almashtirilgan so'zlarni toping. 
Javob : Alfavitni yodlash 
Izoh : Grek alifbosi 24ta harfdan iborat. Har bir qulning ismi ham bittadan shu harflar bilan boshlangan
Savol : Bir kemaga tashrif buyurgan sayyoh u yerda oltita turli nomlardagi ustunlarni ko'radi. Shunda u hayron bo'lib "nega sizlarda x nomli ustun yo'q" deb savol berganda kemadagilar "chunki biz kemadamiz" deb javob beradi. Diqqat savol. X-? 
Javob : Yakshanba 
Izoh : Kemada dam olish kuniga hojat yo'q
Savol : M.Veys ismli ayol orqamacha yiqilib qolgan ritsarlarni "X" larga o"xshatgan. Bir Xitoy filmida esa dushmanni yengishga "X" ustchizmalari yordam beradi. Shuningdek, qadimda "X"nomli himoya uslubi ham bo'lgan. Diqqat savol. X-? 
Javob : Toshbaqa 
Izoh : Og'ir qurollangan ritsar orqamacha yiqilsa boshqa borpvning yordamisiz o'nglana olmagan. Bu jihati bilan u toshbaqani eslatgan. Xitoy filmida esa toshbaqaning toshidagi chiziqlarga o'xshash himoya chiziqlari qilib dushmanni yengishadi. Qadimgi Rimda falangada himoyalanishning bir usuli 
Savol : Bir voqea haqidagi baxsda aytilishicha dastavval "X" "Y"dan 3 metr balandlikda bo'lgan hamda to'qnashuv "Y"dan 500 "Y" zarba qabul qilib olgan. Diqqat savol. "X"va "Y"-? 
Javob : Olma va Nyuton 
Savol : 2010-yil MHL klublaridan biri bo'lgan jamoa o'z o'yinchilaridan biri bilan 15 yilga 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Diqqat savol. Mazkur shartnomani tuzgan klubning laqabini ayting 
Javob : Devils (Iblislar) 
Izoh : Shartnomaga e'tibor beradigan bo'lsak, summa yiliga 6.6(6) mln $ni tashkil etgan. Bu esa iblislarning ramziy raqami hisoblanadi. (666)
Savol : X har doim ham ayriliqqa sababchi bo'lavermas ekan. Bir mashxur hind filmida X muhabbat qissasiga asos bo'ladi. Biz ham bugun Xdan foydalanmoqchi emasmiz. Aksincha sizlar bilan yana qayta ko'rishishga umid bog'laymiz. Diqqat savol. X-? 
Javob : Alvido 
Savol : Duplet savol: 1. Turk kinolaridan birida (nomi muxim emas) X ni karnay ovoztga uxshatishadi " uzokdan yokimli yakiniga borsang tokat kilish kiyin". X ? 2. TSeylon tilidan tarjima kilsak Y ikki suzning birikmasi yani " ukotar va chakmok". Erkaklar Y bilan odatda X larni aytishadi. Y ? 
Javob : 1. Qaynona 2. Anakonda 
Savol : A.Navoiy asarlaridan birida unga "Ey etagi ho'lu, yuzi qora" deb murojaat qilgan.U nima? 
Javob : Ko'z 
Savol : Inson uni toplmasa ham, u insonni qidirib topadi.U nima?(T.Malik) 
Javob : Rizq 
Savol : Masjid binolarining tomlarida yarim oy tasviri tushirilgan rasm bo'ladiBuning sababi nima? 
Javob : Oyning og'zi ochilgan tomoni qiblaga qaragan bo'ladi. Bu ko'chada#ketayotganlar u/n yo'riq. 
Savol : Voinovning "Dovyuraklar" asari qahramoni Potapich bir vaqtlar shahardagi eng yaxshi restoranda xizmat qilardi. Urush paytida esa partizanlarga oshpaz bo'lib keldi. U askarlarga o'zining bir narsasini ko'rsatib, doim "bu mening jamg'armam" deb maqtanardi.U nima bilan maqtangan? 
Javob : U yaxshi restoranda oshpaz bo'lib ishlaganda qorin qo'ygandi. U katta qorni bilan maqtangan 
Savol : Voinovning "Dovyuraklar" asarida sal qolganda kuz faslida razvetka paytida "qovun tushirib qo'yishlariga" sal qoladi. Kolya hamma ish bitgandan keyin kakku bo'lib sayrashi kerak edi.Sayraydi ham, lekin Andreevich unga bu ishi xato ekanligini aytadi.Kolya qanday xatoga yo'l qo'ygan? 
Javob : Kakku kuzda sayramaydi 
Savol : Voinovning "Dovyuraklar" asari qahramoni Kolya erta tongda ko'chaga chiqib bir narsaga guvoh bo'ladi:xuddi chetan devorlar tagida unda-bunda quyon cho'zilib yotgandek.U nimani bunday tasvirlagan? 
Javob : Gap Rossiya davlati haqida ketayotganini personajlar ismidan bilsa ham bo'ladi. U yerlarda doim qor yog'adi. Tuni bilan yoqqan qor erib, shunday taassurot qoldirgandi 
Savol : A.Qahhorning "Qo'shchinor chiroqlari" romanida bir hodisa qishloqda ko'p kishilarni hayratga soldi. Oblast gazetasi bu haqda "Tushingan ota" sarlavhali bir xabar bosib chiqardi.Bu qanday hodisa? 
Javob : Ota-ona qizini unashtirilgan joyidan qaytarib sevgan yigitiga berganligi uchun 
Savol : Bunday odamlar haqida gazetalarda ham ancha muhokamali tortishuvlar bo'lib, A.Qahhorning "Qo'shchinor chiroqlari" romanida bunday odamlarni hamqishloqlari hamqishlog'im deyishga or qilishgan. Ularni "yuvindixo'r" deb atab, saflariga qo'shishmagan.Ular qanday odamlar. 
Javob : Ichkuyovlar 
Savol : A.Qahhorning "Botirali" hikoyasida qarilarning quvvati qayerda bo'ladi degan savolga "u yerda" bo'ladi deyilgan. U yer qayer? 
Javob : Dilida 
Savol : O'.Hoshimov "Dunyoning ishlari" qissasida "Kuz kelganini qishloq bolasining qo'lidab bilsa bo'ladi" degan.Qanday qilib? 
Javob : Qo'llari qoraygan 
Izoh : Kuzda yong'oq pishadi. Yong'oq tergan, tozalagan odamning qo'li qorayadi
Savol : Qoplonlar savannalarning qalin o't-o'lanlarida bolalari bn sayr qilib yurganda qoplon bolalari ona qoplonni yo'qotib qo'ysayam, tezda toparkan.Qanday qilib? 
Javob : Dumi orqali 
Izoh : Qoplon yurganda doim dumini yuqoriga ko'tarib yuradi, dumi esa oq - u xuddi oq bayroqchadek belgi berib turadi qoplon bolalar shundan onalarini yo'qotsayam tezda topadi
Savol : Zamonaviy etiket qoidasiga muvofiq har qanday ... yoshga yetgan inson "siz" murojaatiga loyiq.Aytingchi, necha yoshdan boshlab, insonlarga "siz" deb murojaat qilish kerak? 
Javob : 12 yoshdan 
Izoh : Inson 12 yoshdan birinchi muchalini nishonlaydi. Shu fakt yordam berishi mumkin edi.
Savol : Said Ahmadning mashxur "Ufq" trilogiyasi qahramoni Dildor traktor haydab, paxta kultivatsa qilayotganda, shunday bir xatolikka yo'l qo'yadiki, natijada u g'o'zalarni bosib, yakson qilib ketadi.Agar, velosiped haydagan odam ham shu xatolikka yo'l qo'ysa, albatta velosipeddan yiqilar ekan.Dildor qanday xatolikka yo'l qo'ygan? 
Javob : Oyoq ostiga qarash 
Izoh : Dildor traktor haydayotganda yo'lga qarash o'rniga, Oyog
Savol : Chexov asari qahramonlaridan biri juda Xudojo'y bo'lib, shunday gaplarni aytadi:"Yo Dostoyevskiyda, yo Volterda: Agar xudo bo'lmaganida edi unda odamlar ..."Uch nuqta o'rniga uchta so'z bilan siz davom ettiring. 
Javob : O'zlari o'ylab topardi. 
Savol : Chexovning hikoyalaridan birida insonlar kasallanganda azoblarni xab(dori) va tomchilar bilan yengillashtirishga qarshi turilganligi haqida yozilgan.Buning aniq sababi bor.Sababini siz ayting. 
Javob : Bu dindorlarga yoqmagan 
Izoh : Agar insonlar azoblarini dori-darmon bilan yengillashtirishga o'rgansa, din va falsafadan voz kechadi. Din va falsafa ularning azoblarini yengillashtirishiga ishonmay qo
Savol : A.Qodiriyning "O'tkan kunlar" asarida shunday purma'no so'zlar bor:"Insonning dunyoda do'sti yo'q, lekin unga o'zi do'st, insonning dunyoda dushmani yo'q, lekin unga o"zi dushman"U nima? 
Javob : Nafs 
Izoh : Nafsiga o'zi do'st, o'zi dushman
Savol : Chexovning "Olintinchi palata" hikoyasi qahramoni Ivan Dmitrich odamlarni ikki toifaga bo'lardi.Shuning uchun ham u odamlar haqida fikr yuritayotganda u ranglardan foydalanardi.U odamlar sur'atini chizayotganda qaysi ranglardan foydalangan? 
Javob : Oq va qora 
Izoh : Chunki, uning fikricha insoniyat muttaxamlar va to'g'ri odamlarga bo'linardi
Savol : Chexovning "Yengiltak" hikoyasi qahramoni Olga Ivanovna erini ismi bilan emas, familyasi bilan chaqirardi.Chunki unga erining Osip ismi yoqmasdi. Buning ikta sababi bor edi:Birinchisi: "Осип ахрип, а Архип Осип" ya'ni "Osip xirillab qoldi, Arxip esa ovozdan qoldi" degan mashxur "tez aytish" so'z o'yini yoqmasdi.Ikkinchisini esa siz ayting. 
Javob : Olga Ivanovaga Gogolning 
Savol : Gogolning "Dikanka qishlog'i oqshomlari" asarida u narsa Rudiy Panko tilidan "Tozaligi ko'z yoshiga, yoki qimmatbaho isirg'alarning aqiq toshiga o'xshaydi" deyiladi.Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki, bizning yurtimizda u narsaning eng yaxshisi tog"li hududlarda uchrar ekan.U nima? 
Javob : Asal 
Izoh : Kimki, Gogolning ushbu asarini o'qigan bo'lsa, Rudiy Panko asalarichilik bilan shug'ullanar edi.
Savol : Chexovning "Yengiltak" hikoyasida "Insonlar faqat u paytdagina dunyoda doktor borligini eslashadi" deyilgan.Qachon insonlar dunyoda doktor borligini eslashadi? 
Javob : Kasal bo'lishganda 
Savol : T.Malik o'z asarlarining birida "Inson qachonki, o'z qilgan ishiga to'g'ri baho bera olgan onidan boshlab, u bilan xayrlashadi, yo'q vidolashadi" deydi.U narsa ba'zan odamni quvontiradi, ba'zan vijdon azobiga soladi.U nima? 
Javob : Bolalik 
Izoh : Savol mashxur 
Savol : Doktor House bemorlarini davolashda ajoyib bir mantiqqa tayanadi. Uning aytishicha, eskimoslar baliq ovlamoqchi bo'lishsa, dengizdan baliq qidirmas ekanlar, to'g'ridan to'g'ri uni qidirishar ekan.U nima? 
Javob : Ular baliqchi qushlar - ya'ni chaykalarni qidiradi 
Izoh : Ular dengizning baliq mavjud joyidan uchishar ekan
Savol : Bolalar ertaknavis yozuvchisi yozuvchisi Antuan de sent-Ekzyuperining"Kichkina shahzoda" falsafiy ertagida u narsa "Sayyohlarga yo'l ko'rsatuvchi, Olimlarga yechilishi lozim bo'lgan masala, Karchalonga esa, oltin bo'lib ko'rinadi" deyilgan.U nima? 
Javob : Yulduz 
Savol : A.Oripov she'rlaridan birida uni "Juldur kamzuldagi billur tugmachaga o'xshatadi.U nima? 
Javob : Juldur kamzul - bulut Billur tugmacha - yulduz 
Savol : Jon Lutsning "Aybsiz aybdor" detektiv hikoyasi qahramoni Xolli Enn Nadjer ismli insonga qaylig'i Koltning "Chaqmoqni minishini" xohlamayotganligini aytadi.U nega bunday degan, "Chaqmoqni minish" qanday ma'noni anglatadi? 
Javob : Elektr stuli 
Izoh : Nadjer xususiy izquvar bo'lib, Xolli Enning qaylig'i Kolt qamoqda bo'lib, u o'limga hukm qilingan bo'ladi. O'sha paytlarda hukumat tomonidan gaz bilan zaharlab, o'ldirish ta'qiqlangan bo'lib, elektr stulida o'ldirish urfda edi. 
Savol : Chexovning "Yengiltak" hikoyasi qahramoni Osip juda ham ko'p kasalliklarga, aniqrog'i yuqumli kasalliklarga tez-tez uchragan. Ohiri yuqumli kasallik tufayli vafot etadi.Siz menga uning kasbi nima bo'lganligini ayting.  
Javob : U o'liklarni yoradigan doktor bo'lgan hozirgi til bilan aytganda, Sud-eksport 
Savol : Mihail Bulgakov yozuvchi bo'lishidan oldin boshqa kasb egasi bo'lgan.Uning shu kasbi yozuvchi bo'lib ketishiga va "Usta va Margarita" asarining yaratilishiga turtki bo'lgan.Uning yozuvchi bo'lmasdan oldin asosiy kasbi nima bo'lgan? 
Javob : Shifokor 
Izoh : U shifokor bo'lgan, bir qizni davolayotganda, kasallik yuqtirvoladi. Keyin miyasida o'zgarish bo'lib, asarlar yoza boshlaydi
Savol : Gollandiya terma jamoasi a'zolaridan biri "Uchmas Golland" laqabi bn mawxur bo'lgan.Siz menga uning kimligini emas, nega bunday laqab olganligini ayting. 
Javob : Samalyotda uchishga qo'rqqan 
Izoh : Futbolchi Berkamp bo'lib, Gollandiya terma jamoasi futbolchilari laqabi esa, 
Savol : Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilik" asarida insondagi juda ko'p illatlar tanqid ostiga olingan.Masalan, shoshma-shosharlik. Shoshib ish boshlash judayam yomon odat ekanligi aytilgan.Hech bir ishni shoshib boshlama, faqat u narsaga doimo shoshil deyilgan.Biz qaysi ishni qilishga shoshilishimiz kerak?? 
Javob : Toat-ibodatga 
Savol : Aleksander Dyuma o'zining Londonga qilgan sayohatlarining birida restoranlarning biriga kirib, o'zi yoqtirgan taomni buyurtma qilmoqchi bo'ladi, biroq u ingliz tilida bironta ham so'z bilmasdi. Qorni juda ham och.U afitsantga tushintirishga harakat qildiyu, tushintirolmadi. Shunda afitsant, Dyuma oldiga qog'oz va qalam olib keldi. Dyuma endi xursand bo'lib, yoqtirgan taomini chiza boshladi.Afitsant taxminan 10 daqiqadan so'ng restoran eshigidan qo'liga soyabon ko'targan holda kirib, unga soyabonni beradi.Dyumaning xafsalasi pir bo'ladi.Dyuma afitsantga qanday taom buyurtma bermoqchi bo'lgan? 
Javob : Qo'ziqorin 
Izoh : Rasmda soyabon va qo'ziqorin deyarli bir xil
Savol : Agar siz biror ish qilmoqchi bo'lsanggiz, yoki sayohat qilmoqchi bo'lsanggiz-u, shu bugun-erta yomg'ir yog'ish-yog"masligini bilmay, yoki ikkalanayotgan bo'lsanggiz, ko'chada ketayotib, u narsaga, shunchaki, bir e'tibor bering, aniq bilasiz - yomg"ir yog'ish yoki yog'masligini.Nimaga e'tibor berish kerak? 
Javob : Chumoli iniga 
Izoh : Chumoli inini tuproq bn berkitayotgan bo'lsa, aniq yomg
Savol : O'.Hoshimovning "Ikki karra ikki besh" hajviy hikoyasi qahramoni Qo'shoqvoy:-Qishlog'imizning teng yarmi soatini unga qarab to'g'irlaydi, ertalabdan budilnik bn emas, undan uyg"onaman. Dadam ham unga qarab, ishga jo'naydilar deb, faxrlanib aytadi. U nima? 
Javob : Eshak hangrashidan 
Izoh : Qo'shoqvoyning eshagi bir daqiqadan ham kechikmay o'z vaqtida hangraydi
Savol : O'.Hoshimovning "Ikki karra ikki besh" qissasi qahramoni Qo'shoqvoy umrida birinchi marta shaharga kelganda, baland binoli imoratlarni ko'rganda, ularni shunday ta'riflaydi, hayrati bn, oddiy qishloq bolasi tasavvurida.Agar siz ham u tasvirlaganini eshitsanggiz, chindan ham baland binoligini tasavvur qilasiz.Qanday tasvirlaydi? 
Javob : Tepaga qarasanggiz, do'ppinggiz tushib ketadigan bino deb tasvirlaydi. 
Savol : O'.Hoshimovning "G"aroyib sayohat" hikoyasida sevimli adibimiz Said Ahmad u yozuvchini "Achchiq Maxsum" deb ataganligi aytiladi.U kim? 
Javob : Maksim Gorkiy 
Savol : O'. Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asarida shunday purma'no gaplar bor:Agar bir kishi o'g'irlik qilsa, ehtimol uni hech kim bilmay qolishi mumkin, ehtimol odam o'ldirsa, hech kim bilmay qolishi mumkin, lekin u ishni qilgan odamni bilmay bo'lmaydi, baribir bir kun ayon bo'ladi, chunki uning sherigi bo'ladi.U qanday ish? 
Javob : Hiyonat 
Savol : "Ikki eshik orasi"da u narsa asov otga o'xshatiladi: "Uni bir marta qo'yib yubordingmi, qayta qo'lga kiritolmaysan.Otni qayta ushlashing mumkin, lekin uni boshqa tutib qololmaysan"U nima? 
Javob : Mansab/amal 
Savol : Charli Chaplin u narsani "Mening eng yaqin do'stim, chunki, u men yig'laganimda hech qachon kulmaydi degan.U nima? 
Javob : Ko'zgu 
Savol : O'rmonlarda daraxtlar qalin o'sgan. Yildan yilga kamayish o'rniga ko'payib boraveradi. O'rmonlarda ba'zan yong'in chiqib daraxtlar yonsa ham, hech kim o'rmonga daraxt ekmasa ham nima sababdan daraxtlar ko'payib ketaveradi? 
Javob : Olmaxonlar mevalarni va yong'oqlarni uzib, qishga g'amlash u/n, boshqa hayvonlar topa olmasligi u/n ko'mib qo'yadi. Keyin qayerga ko'mgani esidan chiqib ketarkan. O'sha joylardan daraxtlar o'sib chiqadi 
Savol : Suvga yaqin joylashgan mamlakatlarda, masalan, Tailandda achchiq taomlar juda ham ko'plab iste'mol qilinar ekan. Ular achchiq taomlarni azbaroyi yoqtirganlaridan emas, balki, bir zarurat tufayli ham yeyishar ekan.Ularni achchiq taom yeyishga qanday zarurat majbur etgan? 
Javob : Savol: 39.Suvga yaqin joylashgan mamlakatlarda, masalan, Tailandda achchiq taomlar juda ham ko'plab iste'mol qilinar ekan. Ular achchiq taomlarni azbaroyi yoqtirganlaridan emas, balki, bir zarurat tufayli ham yeyishar ekan. Ularni achchiq taom yeyishga qanday zarurat majbur etgan? Javob: Immunititetni ko'tarish uchun 
Izoh : Tabiiyki suvga yaqin joylashgan mamlakatlar zax bo'ladi. Zax esa, immunitetni tushirib yuboradi. Achchiq taom esa immunitetni ko'taradi.
Savol : Mashxur faylasuflardan biri "Bilim ojizlik qilgan joyda u yordamga keladi" degan.U nima? 
Javob : Vaqt 
Savol : T.Malikning "Alvido Bolalik" qissasida "Jinoyatchidan ham xavfliroq odam bormi?" deyilganda, "Bor, u ham jinoyatni biladi, ham jazosiz qoladi, keyin esa boshqa jinoyatlar sodir bo'lishiga sababchi bo'ladi" deyilgan.Jinoyatchidan ham xavfli odamlar kimlar? 
Javob : Loqayd insonlar 
Savol : A.Qahhor uni "Oddiy axloqsizlikning borib yetadigan joyi" degan.U nima? 
Javob : Jinoyat 
Savol : Tadbirli qishloq odamlari yozning issiq kunlarida ham oziq-ovqatni muzlatkichlarsiz, tabiat yordamida aynitmay saqlashni bilishadi.Qanday qilib? 
Javob : Salqin, doimo shamol esib turadigan daraxtlarga oziq ovqatlarni osib qo'yishgan. Osilgan narsa hech qachon aynimas ekan 
Savol : Bizning she'riyatimizda bu mavzuda Navoiy davrida ham ijod qilingandi.Rus she'riyatida esa Pushkin davrida ham hali qo'l urilmagandi.To'g'ri Pushkin uning "vazifasini o'tovchi' haqida yozgan, lekin u haqida emas.U she'riyatdagi qanday mavzu? 
Javob : Ona mavzusi 
Izoh : Navoiyning: 
Savol : Yapon shoirlaridan biri ushbu xokkuni bitadi:Ninachi qanotiniYulsang, o'xshab qolarQalampir qo'zog'iga.Buni o'qigan ustozi "Bu xokku emas" deb rad etadi va uni o'zi boshqatdan to'g"irlab yozadi.Qanday yozgan? 
Javob : Qalampir qo'zog'iga Qanot bersang, bas - Ninachiga aylanar. 
Izoh : Ustoz shogirdining ninchini 
Savol : Chexovning "Oltinchi palata" hikoyasida bunday odamlar "Devor orasiga shuvab tashlansa ham yashayveradi" deyilgan.Qanday odamlar? 
Javob : Ishonchi bor odamlar 
Savol : Chexovning "Noma'lum odam" hikoyasi qahramoni Orlov: Ayollardagi bir holatni ko'rsa, chidab turolmasligini, u narsa Orlovni qurolsizlantirishini, u narsa, xatto, "sevaman" deb aytib, tiz cho'kishga majbur qilishini aytadi.U holat nafaqat ayollarda, balki erkaklarda ham ba'zan bo'lsa ham sodir bo'lib turadi.U nima? 
Javob : Ko'z yoshi 
Savol : Tohir Malikning "Ov" qissasida "Olloh payg'ambarimiz(s.a.v)ga nazm ya'ni she'r yozish qobiliyatini bermagan" deb yoziladi.Buning aniq mantiqiy sababini ayting. 
Javob : She'rlar bo'rttirma va yolg'onlardan tuziladi. Payg'ambarimiz esa hech qachon yolg'on gapirmaydilar 
Savol : U o'rmonda tug'ilib, dengizda yashaydi.U nima? 
Javob : Qayiq 
Savol : Ch.Aytmatov o'z esdaliklarida shunday yozadi:Bizning ovulimizda bu odatga qat'iy rioya qilinardi. Shuning uchun bu odatni bilish muqaddas burch ekanligi, bolaligimizdanoq ongimizga singdirilardi. Odatda, ovul qariyalari bu borada o'g'il bolalarni sinab ko'rishardi. Agar bola bu haqda hech narsa bilmasa, uning ota-onasi qattiq izza qilinardi" deb yozadi.Qirg'izlarda muqaddas sanalgan bu odat nima? 
Javob : Yetti avlodini bilish 
Savol : Gogolning "Viy" hikoyasida malorossiyaliklarning g'aroyib odati tilga olinadi. Ular bir ishni qilganlaridan so'ng, qo'llarini pechkada isitib olisharkan.Qanday ishdan so'ng ular qo'llarini pechkada isitib olishadi? 
Javob : O'lik ortilgan tobut ko'targanlaridan so'ng 
Savol : Gogolning hikoya qahramonlaridan biri Ostap bobosining qovunlarni quyosh urmasligi uchun ajoyib usuldan foydalanganligi haqida aytadi.Kunduz kuni qovunlarni quyosh urmasligi uchun qanday usuldan foydalangan? 
Javob : Qovunlarni ustiga barglarni tashlab qo'ygan 
Savol : Gogol hikoyasi qahramonlaridan biri (yana o'sha) Ostap bobosi tunda bir ishni qilgandan so'ng, xattoki, paykaldagi chumchuqlar ham qochib ketdi deb, kinoyaomuz gapiradi.Bu ishni ko'pchilik qiladi. Tunda deyilgandan foydalanib, aytingchi, Ostapning bobosi nima qilgan? 
Javob : Xurrak otgan 
Savol : Chexovning "Qora monax" hikoyasi qahramoni Yegor Semyonich ularga shunday ta'rif beradi:"Ular xuddi Shatranj taxtasisimon joylashgan, haddan tashqari to'g"ri va askar qatorlaridek tartibli".U nimaga yoki qayerga bunday ta'rif bergan? 
Javob : Bog'dagi daraxtzorlarning tartib bilan ekilganligiga 
Savol : Chexovning bir hikoyasida "Bulut chiqib, havo aynib turgan paytda unchalik ayoz bo'lmaydi" deyilgan.Lekin bulut bo'lmagan paytlari u yerda doim qora tutun bo'lardi.Qayerda bulut yo'q, sovuq paytlari doimiy tutun mavjud bo'lgan? 
Javob : Bog'da 
Izoh : Tutun ayozdan, ya'ni daraxtlarni sovuq urushidan saqlagan
Savol : Chexovning "Mening hayotim" hikoyasida ikki qiz bir-biri bilan solishtiriladi. Birinchi qiz undan ustun bo'lib, u bir gulga o'xshatiladi, ikkinchi qiz ham juda yaxshi, lekin u birinchi qizdekmasda, u shu gulga o'xshovchi boshqa narsaga o'xshatiladi.Lekin ikkala gulga qarasanggiz, bitta narsa deb o'ylashinggiz mumkin.Ikkalasining ham nimaga o'xshatilganligini ayting 
Javob : Birinchisi - atirgulga. Ikkinchisi - na'matak guliga. 
Izoh : Na'matak(itburun) gullasa, xuddi guli atirgulga o'xshaydi. Ko'pchilik na'matak bilan atirgulni ajratolmas ekan
Savol : Chexovning bir hikoyasida soliq to'lolmaganligi tufayli, Chikildiyevlar xonadonidan bir ashyoni olib ketishadi, u narsasiz Chikildiyevlar xonadoni butunlay befayz bo'lib qolganligi, u narsadan ajralish uyning or-nomusini tahqir etish va haqorat qilishdek tuyiladi.Ehtimol, hamma stol, hamma skameyka, hamma xurmachalarni olib ketganda, bunchalik huvillab qolmasdi.U nima ediki, rus oilasini bunchalik tashvishga solgan? 
Javob : Samovar 
Izoh : Rus oilalarida samovar alohida ardoqlanadi
Savol : E.Heminguiy o'zining O'zbekistondagi sayohatlarning birida shunga amin bo'ladiki, bozorda o'g'irlik sodir etilganda, shunday yo'l tutishadiki, natijada, o'g'ri o'g'irlagan narsasini yarim soat ichida qaytarib olib kelib beradi.Shunda E.Heminguiy "Bu usuldan Yevropa militsiyalari ham o'rganishsa bo'larkan" deydi.O'g'rini tutishda qanday usuldan foydalanishgan? 
Javob : Kimki o'g'irlangan narsani qaytarib kelmasa, mullani chaqirib, duoyi bat qildiramiz deydi 
Savol : Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida do'ppilar shakliga qarab, ramziy ma'nosi bor, mantiqan o'ylab, aytingchi, to'rtburchak do'ppilar qanday ramziy ma'noni anglatadi? 
Javob : Bu dunyoning to'rtta tomonini anglatadi: g'arb, sharq, shimol va janubga intilish. 
Savol : Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida yumaloq do'ppilar alohida ramziy ahamiyatga ega ekan. Yumaloq do'ppilar xuddi, tarixiy imoratlarimiz kabi gumbaz shaklida.Yumaloq do'ppining tep qimi uchli bo'lib, u qanday ma'noni anglatadi? 
Javob : Aslida, dumaloq do'ppi yerning dumaloq ekanligiga ham ishora qiladi. Yumaloq do'ppining tepa qismi uchliligi esa kamolotga intilishni ham bildiradi 
Savol : Ko'pinchi yosh bolalar kiyadigan do'ppilarning orqa tomonida bitta popugi bo'ladi. Buni ota-onalar yaxshi niyatda kiydirishadi.Bunday do'ppilar qanday yaxshi niyatda kiydirilgan? 
Javob : Bu orqapopuklar 
Savol : Endi Xorazm do'ppilariga o'tamiz.Tepasida popugi bor do'ppilarni nafaqat, san'atkorlar, balki oddiy uy bekalari ham to'y-tadbirlarda kiyishgan. Popuklarning ranggiga qarab, o'sha qizning oilaviy ahvoli haqida oz bo'lsada ma'lumot olish mumkin bo'lgan.Masalan, bitta oq va ikkita qora pat qo'ndirilgan bo'lsa, o'sha qizning oilaviy ahvoli qanday bo'lgan.  
Javob : Oilada ikki o'g'il va bir qiz farzanddan iborat bo'ladi 
Savol : Hadisda aytilishicha, u narsa sahroda do'st, ochlarga taom, hayot yo'llarida tayanch ekan.U nima? 
Javob : Bilim 
Savol : Knopkali uyali aloqa vositalarida "5" raqami alohida belgi bilan ajratilgan bo'ladi. Masalan, "5" raqami bo'rttirilgan belgiga ega.Bu belgi kimlar uchun qo'yilgan? 
Javob : Ko'zi ojizlar uchun 
Izoh : 
Savol : 1970-yillarda ba'zi bir amerikaliklar o'zlarini o'sha paytdagi juda qimmat hisoblangan yangilikka qurbi yetadigandek ko'rsatish maqsadida bir ishni qilib "yurishgan". Shu ishni qiluvchi qurilmani xalq tilida uy-ro'zg'or buyumi nomi bilan ham atashadi. Savol: Ushbu uy-ro'zg'or buyumini toping 
Javob : Myasorubka (Go'sht qiymalagich) 
Izoh : O'sha paytda avtomobillarda endi endi konditsionerlardan foydalanish boshlangandi. Bunday mashinalar esa ancha qimmatga tushardi. Ba'zilar issiqda oddiy konditsionersiz mashinalarni ham oynalarini ko'tarib olib xuddi konditsionerli mashinada ketayotganday ko'rsatishgan va issiqda qiynalishgan. Mashinani oynasini ko'taruvchi steklopodyomnikni mexanik variantini xalq tilida myasorubka deb ham atashadi
Savol : O'tgan asrda mediklar Uni davosi uchun kinematografdan foydalanishgan. Bemorlarni bir joyga yig'ib, ularga tog' va chiroyli landshaftlarni ko'rsatishgan. Savol: Bu qaysi kasallikdan davolash uchun qilingan? 
Javob : Dengiz kasalligi 
Izoh : Passajirlarni kema saloniga yig'ishgan va ularga shunday kino qo'yib berishgan va bu yordam bergan
Savol : 1950-yillarda bir inson ko'proq yashash maqsadida 150 funt qo'shimcha og'irlik yig'adi. Uning o'ylashicha, X unga to'g'ri kelmasligi kerak edi. Savol Xni toping 
Javob : Elekt stul 
Izoh : Bu inson o'lim jazosi maxkum etilishi bilan vazn yig'ishni boshlaydi. Uning o'ylashicha agar stulga sig'masa jazo bekor qilinishi kerak edi. Lekin...
Savol : Ish jarayonida ular iloji boricha ko'rinmaslikka harakat qilishadi. Ular tez tez gavdasini noodatiy ko'rinishda tutib turishga majbur bo'lishadi. Shuning uchun ularning kasb kasalligi umurtqa pog'onasi bilan bog'liq. Ular ishini yakunlagach o'zlari "yo'rgak" deb nomlagan matodan foydalanishadi. Savol: Ularni toping 
Javob : Qo'g'irchoq o'ynatuvchilar 
Izoh : Seansdan keyin ular qo'g'irchoqlarni matoga o'rab qo'yishadi
Savol : Amerikada tug'ilgan xitoyliklarni qisqa qilib "123" atashadi. 1936-yilda chop etilgan asarni original nomida ham "123" mavjud. Savol: "123" ? 
Javob : ABC 
Izoh : Amerikada tug'ilgan xitoyliklar "American-born Chinese" qisqartmasi ABC bo'ladi. Agata Kristining "Alfavit bo'yicha qotillik" romanini original nomi "The A.B.C. Murders"
Savol : Britan ofitseri Vo hisob kitoblarni amalga oshiradi va roppa rosa 29000 degan natijaga ega bo'ladi. Boshqalar bu yaxlit sonni taxminan olingan deb o'ylamasligi uchun u natijani biroz o'zgartiradi - 29002. Bundan xabar topgan vatashdoshlari, Voni u yerga ikki oyo'gini qo'ygan shaxs deb hazillashishadi. Savol: Qayerga? 
Javob : Everestga 
Izoh : Uning hisob kitobiga ko'ra Everest balandligi 29000 fut chiqadi. Bu natijani 2 futga ko'paytirgach inglizlar hazillashib o'zining 2 fut(foot)ini Everestga qo'ygan shaxs deyishadi
Savol : Yaponlar Xni "tatsuno otosigo" - nikohsiz tug'ilgan ajdarho bolalari deb atashadi. Xlarni uyda saqlansa Ajdaho yilida talisman vazifasini o'tar ekan. Ko'pchiligimizning uyimizda Xlarga o'xshash predmetdan bir nechtasi bo'lsa kerak. Xech bo'lmasa telefonimizda. Savol: Xni toping? 
Javob : Dengiz otlari 
Izoh : Agar uyingizda shaxmat bo'lsa demak 4ta ot ham topilsa kerak. Shaxmatdagi otni odatiy otdan ko'ra dengiz otlariga o'xshash desak bo'ladi. Dengiz otlari ajdahoga o'xshasa kerak
Savol : Uning analogi Pompey ko'chalarida ham bo'lgan. Hozirgisidan farqli o'laroq u balandliklardan tashkil topgan va aholi undan deyarli faqat yomg'ir paytida foydalangan. Savol: uni toping 
Javob : Zebra 
Izoh : O'sha paytdagi ko'chalarni xohlagan joyidan kesib o'tish mumkin bo'lgan va faqat yomg'ir payti yo'llar loyga aylansa, aholi o'sha toshlar bilan hozirgi zebra ko'rinishida qilingan yo'laklardan o'tishgan
Savol : Arizona shtatidagi shosselardan birida taxminan 100 kilometr davomida 1970-yillarda amalga oshmay qolgan reforma "qoldiq"larini ko'rishimiz mumkin. Savol: Ushbu reforma natijasida AQSHda qanday o'zgarish bo'lishi kerak edi? 
Javob : Metrli sistemaga o'tilishi kerak edi 
Izoh : O'sha paytlari metrli sistemasiga o'tish masalasi ko'rib chiqilayotgan edi. Arizonadagi shossening ushbu qismida yo'l axborotnomalari hozir ham metr, kilometrlarda ko'rsatilgan. Savolda ham kilometrdan foydalanildi
Savol : Aytishlaricha, Nikolay II xatto taxtdan voz kechish paytida ham taxtni qaytarishdan umidini uzmagan ekan. Bunday qarorga kelishda, imperatorning taxtdan voz kechish paytida bir predmetdan foydalanilgani dalil sifatida keltiriladi. Savol: Predmet? 
Javob : Qalam 
Izoh : Taxtdan voz kechish haqidagi xujjatga Nikolay II qalamda imzo chekadi. Qalamda yozilgan imzoni esa bemalol o'chirib tashlash mumkin
Savol : Fuqarolar urushi davrida janubliklar juda ham qashshoqlanib qolishgan va shu tufayli Xlarni yankilar otib tashlagan deb bahona qilishgan. Savol: Xni toping? 
Javob : Santa Klaus 
Izoh : Ular farzandlariga Rojdestvo sovg'alari nega olmaganliklarini shunday izohlashgan
Savol : "Apple" rahbarini AQSh kongressiga soliq to'lashdan bosh tortganlikda ayblab sudga chaqirishadi. Maseviloni takidlashicha, senatorlar BU ISHni qilishiga sal qolishadi. Savol: Tarixda BU ISHni kimlar qilishgan? 
Javob : Aborigenlar 
Izoh : Bu ish - Kukni yeyish
Savol : Interest.ru saytida berilgan bir maqolada Xga berilgan ta'rifni o'qing. " Biz Americaliklar ular bilan nikoxdan o'tishgacha bordik ba'zi axmoqlar esa sevib ham qolmoqda. Qarshingizdan bu san'at asari bexos chiqqanmi hech, qo'rqmaganman deyolasizmi? O'tkir qarash, xech bir kamchiliksiz qaddi qomatdan bir muddat dovdiramagan inson oramizda kam bo'lsa kerak. Qushdek yengil ushbu X lar bugungi kunimizni xaqiqiy be'mani va foydali mo'jizalaridan biridir. Yuqoridagi ta'riflarda tilga olingan Xni siz ham albatta ko'rgansiz. Uni topib ko'ringchi? 
Javob : MANIKENLAR 
Izoh : Barchamizga tanish o'sha boshsiz manikenlarni xozirgi kunda aynan inson qiyofasidagi turlarini ko'rgan bo'lishingiz kerak
Savol : Los Angelos Edu maktabini talabasi imtixonda o'tirib mashxur asar xaqida bayon yozar ekan, o'qituvchi tepasiga keldida uni ruchkasini qo'liga olib " bayon mavzusiga naqadar mos ko'rinish" deya kulib undan uzoqlashdi. Talaba, orqa tomoni xayajon va stressda g'ajib tashlangan ruchkasiga tikilgancha bir kulib yozishda davom etdi.Xurmatli bilimdonlar aytingchi bayon qaysi mashxur asarga yozilayotgan edi? 
Javob : Boshsiz chavandoz 
Izoh : Ruchkani qog'ozda chopib borayotgan chavandozga qiyos qilib aytilgan ushbu ta'rifda talaba o'z ruchkasini bosh tarafini chaynab tashlagan edi
Savol : Shuncha narsa bisyor bo'lishiga qaramay davraga salobat ila boshida qalpoq bilan "U" kirib kelganda beixtiyor tanimiz yayrab ketadi. Uni mag'rur qorindor savlatiga qarab biror amaldor deysizda? Yo'q u yana biz bilgan mashxur multfilmda mexribon ona qiyofasida xam gavdalangan. U bor davrani suhbatiyu xangomasi tugamaydi. Ana endi yuqorida berilgan ta'riflardan foydalaningda menga UNI ayting 
Javob : CHOYNAK 
Izoh : Sohibjamol va Maxluq multfilmidagi baqaloq choynak xonim barchangizni esingizda bo'lsa kerak)
Savol : Ba'zida bir joyda qarovsizdek yotadiyu ammo ishga kirishgach qo'lidan ko'p narsa keladi.Ba'zan shamol kabi yeladiSichqon kemirayotgan buyum kabi ovozni ham ba'zan unda eshitamiz.Uni mexnati xusniga shifokorlar pand bermasa uni ishi ham san'at. Uni toping. 
Javob : Ruchka, Qalam, Yozuv vositasi. 
Savol : U xaqidagi ma'lumotlar va savollar talaygina ekanini xisobga olsak bundan qozon devor va radio ham benasib qolmagan ekan. Uni bir milliy taomimizga uyqash xolda kelishini eslab siz menga "u"siz ham mashxur bo'lgan insonni ayting 
Javob : Van Gog 
Izoh : Gap quloq xaqida edi
Savol : Xitoyda tarkibida X mavjud salfetkalar ayrim baliq pishiriladigan restoranlarda taqdim etiladi.X dan yana zargarlar unumli foydalansa, siz ham uyda birinchi tibbiy yordam sifatida albatta uni sinab ko'rgansiz.U nima? 
Javob : Tish pastasi 
Savol : Bu "qora belbog'" sohibini vatani Janubiy America. Uni o'zbek honadoniga yilda ikki marotaba tashrifini xisobga olsak u hamma uchun tanish.Uni mezbonlarini fikricha u Navruz va Qaxrabo "nikida" ham Sharqda mashxur. Ushbu ta'riflardan kelib chiqib hozir siz unga yetolsangiz yutib olishingiz mumkin? 
Javob : Loviya 
Izoh : Bingo! Bean go- loviya yurdi ( ingliz tilida)
Savol : Ingliz tilida mustaqil gaplashishni o'rganishda ushbu metod ommabop xisoblanadi. Dastavval yozuvli kinofilmlar, keyin qo'shiqlar, keyinroq kichik topiclar, ular yordam bermasa audio formatdagi dialoglar, foyda bo'lmagach esa so'zlashgich lug'atlar ketma ketligi tavsiya etiladi. Agar o'rganish foizi ortavermasa sizga oddiygina ko'zgu yordamga chaqiriladi.Aytingchi bu metod nomi nima? 
Javob : TT metodi. TURNIP TALE) 
Izoh : SHOLG'OM ERTAGI.(o'zbekchasi ham qa'bul)
Savol : Turk yozuvchisi Yashar Kamolning " Ilonni o'ldirsalar" ("Yılanı Öldürseler") romanida Unga shunday ta'rif beriladi. U ayrimlarda misoli ilon yutgan quyon kabi uzoq xazm bo'ladi, ayrimlarga esa igna yutgan ayiq kabi xalovat bermaydi, yana bir toifa borki undan sharbat kabi simiradi, u shunchalar yengil taomki garchi to'ymasang ham yemoqni qusmog'i bor. Ushbu ta'riflardan kelib chiqib Uni aynan biz, musulmon xalqida kimlar "iste'mol" qilmasligini maksimal aniqlikda bir ibora bilan to'ldiring! 
Javob : YIGIT QASAM ICHMAYDI 
Izoh : Ta'rif esa QASAMga berilgan edi
Savol : Bu shaxsni do'stlari jaranglagan tangalar qopi" ( sack of resonant coins) deya xazillashar ekanlar. Kimligi shart emas. Nega bunday deyishganini ayting?  
Javob : Bu president Andrew Jackson. Eng ko'p sonli duelga chiqqani va tanasida ko'p o'q qolib ketgani uchun shunaqa xazil qilishar ekan. 
Savol : Malaysianing Sepiloc nomli kichik archaeologic massivida sartaroshxonada ish boshlashdan avval BIRINCHI va IKKINCHI orasida "jang" bo'lib o'tadi.UCHINCHI esa bo'laklanadi. Tartib va ketmaketlikda ushbu uch buyumni hohlang o'zbek tilida hohlang boshqa tilda aytib bering? 
Javob : Tosh, Qaychi, Qog'oz 
Izoh : Sartaroshxonada Qaychi qayroqtosh yordamida charxlanib qurumini qog'ozda kesib tozalab, sozlab ish boshlanar ekan
Savol : Charlz Ksavyer superqahramoni o`ta kuchli telepat. Xattoki u o`z singlisidagi salbiy kuchni his qilib uni o`ldirmoqchi bo`ladi. Uning singlisi esa muqarrar o`limdan qutilish uchun UNDAN qochib chiqqan ekan. SAVOL: Uni toping? 
Javob : Ona qorni 
Izoh : U egizak singlisi edi.
Savol : "Oltin globus" turkumidagi hujjatli filmlardan birida Normandiya va Bretanya o`rtasidagi chegara mojarosiga Normandiyaliklar baxtiga Kuenon aralashgani haqida gapiriladi. Qizig`i shundaki u qo`qqisdan bir ishni qilgan. SAVOL: QANDAY ISHNI? 
Javob : O'zanini o'zgartirgan 
Izoh : Fransiyadagi tarixiy viloyatlar bo'lmish Normandiya va Bretanya o'rtasidagi chegara Kuenyon daryosi bo'ylab belgilangan edi. Daryo esa Bretanya tarafga o'zanni o'zagrtirgan
Savol : Vikipediyaga ishonadigan bo`lsak bir quvonchli voqeadan so`ng Uning uyining oldiga tun yarmidan oqqanda ko`plab muxlislar kelishadi, uy atrofini gullarga to`ldirib, tuni bilan tango o`ynab chiqishadi. SAVOL: Uy sohibasini toping 
Javob : Maradona onasi 
Izoh : Jahon chempionatidagi g'alabadan so'ng!
Savol : Bir xokkuning dastlabki ikki qatoriga diqqat qiling: Sen daryoga tushding. | Ammo daryo tez-tez o`zgarib turadi... SAVOL: Uchinchi qatorda nima yozilganligini topgan bo`lsangiz xokku sarlavhasi bo`lgan palindromni yozib bering 
Javob : 404 
Izoh : 3-qator: Web-sahifa mavjud emas
Savol : 1887-yilda Enrike Gaspar-i-Rimbau "El-anacronopete" nomli novellasini chop etadi. Bu bilan Enrike xuddi shunday syujetga ega boshqa bir asardan biroz ilgarilab ketgan edi. SAVOL: O`sha asrni toping? 
Javob : 
Izoh : Asar nomining tarjimasi: 
Savol : Gendrik Lorens Maksvell kitoblarini intellektual X deb ataydi. Boshqa bir nobel laureati X haqida kitob yozgan. SAVOL: X ni toping 
Javob : Jungli 
Izoh : Lorens va Maksvell bular fiziklar, maxsus nisbiylik nazariyasini asoschilari. Maksvell asarlarini tushunish qiyin. Savol ikkinchi qismida 
Savol : Olimpiadaning yakka kurashlari finalida qadimgi yunon kurashchisi Arraxionning raqibi taslim bo`ladi. Shundan so`ng Arraxion jang vaqtida BU ISHNI qilgan bo`lsa ham Olimpiada g`olibi deb e`lon qilinadi. SAVOL: Nima ishni? 
Javob : O'lib qolgan 
Izoh : Raqibi taslim bo'lishidan oldin u bo'g'ilib o'lib qolgan
Savol : O`rta asr qomusiy olimi Sevilyalik Isidor fikricha murch ilonlar tomonidan qo`riqlanadigan daraxtlarda yetilar ekan. Murch pishgach esa ilonlarni xaydash un UNDAN foydalaniladi. SAVOL: Nimadan? 
Javob : Olov yordamida 
Izoh : Shu tufayli murchni rangi qora bo'lar emish
Savol : Dmitriy Samin fikricha yevkilid UNI yaratdi, va UNING yordamida nazariy matematika asoslarini shakllantirdi. SAVOL: Mashxur yozuvchi fikricha esa UNI kim yaratganini toping 
Javob : Sherlok Xolms 
Izoh : X - bu deduktiv metod
Savol : Savol qisqa: 1968-yil martda ochilgan xat qaysi yilning qaysi oyida yozilgan edi? 
Javob : Aprel, 1961 
Izoh : Gagarin parvozdan avval o'lib qolsa ochilishi kerak bo'lgan xat yozgandi
Savol : Radbod - bu VII-VIII asrlarda franklarga qarshi kurashgan friz qabilasining qiroli. Kunlardan bir kuni Radbod unga qilingan bir taklifni inkor qilar ekan, Y ga qaraganda X ni xush ko`rishini, chunki franklarning basharalarini ko`rishga toqat qila olmasligini aytadi. SAVOL: X va Y ni toping 
Javob : Y - jannat, X - do'zax 
Izoh : qirolga xristianlikni qabul qilishni taklif qilishadi. Xristianlik kanonlariga ko'ra faqat xristianlar jannatga tushishadi, qolganlar esa do'zaxga. Franklar xristian edi. Qirol jannatda franklar bilan bo'lgandan ko'ra, do'zaxga tushganim yaxshi degan ekan
Savol : O.Genri personaji Missis Poszunter bazm davomida qora kofedan boshqa narsa ichmaydi. SAVOL: Buning sababini bir so`z bilan ayting 
Javob : Aza 
Savol : Qiziq fakt. Voleybolda ham X ishlatiladi, faqat mashg`ulot vaqtida, to`pli uzatmaning aniqligini oshirish maqsadida. SAVOL: X ni toping 
Javob : Basketbol savati 
Savol : O`tgan asrning 80-yillarida samimiy troll haqida multfilm yaratiladi. Trollni tiriltirish uchun kerakli burilishlarni amalga oshirish kerak edi. SAVOL: Trollning ismini toping 
Javob : Rubik 
Izoh : Qotib qolgan kubni yig'ish orqali uni tiriltirish mumkin edi
Savol : 1851-yilda Jon Ryoskin X ning har bir zarbasidan so`ng Bibliya nurab tushayotganini aytib shikoyat qiladi. X Magadan viloyati gerbida tasvirlangan. SAVOL: X ni ikkita so`z bilan ayting 
Javob : Geologlar bolg'asi 
Savol : XIV asrda U fors davlatida toshbaqa kosasidan yasalgan. Shishadan yasalgan U xavfli bo`lgani uchun ham 1972-yilgacha Olimpiya o`yinlarida ta`qiqlab qo`yilgan edi. Hozirda esa U nafaqat professional sportchilar, balki oddiy odamlar tomonidan ham ishlatilmoqda. SAVOL Uni toping 
Javob : Suzish uchun ko'zoynak 
Savol : Maks Fray asari qahramoni asar so`ngida xobbi sifatida turli tillarda salomlashishni o`rganayotgan qorovulni uchratadi. SAVOL: Qorovul ismini toping. 
Javob : Pyotr 
Izoh : Apostol Pyotrga ishora
Savol : Angliya Premyer Ligasining so`ngi bir-necha mavsumida "Sanderlend" klubi mavsum davomida turnir jadvali tubida bo`lishiga qaramasdan, mavsum so`ngida qiyin vaziyatdan chiqib ketishga muvaffaq bo`lmoqda. Aynan shu tufayli "Sanderlend" klubini bir insonga qiyoslashadi. SAVOL: O`sha insonni toping 
Javob : Garri Gudini 
Savol : Ralf Rangnik o`z klublari bilan ikki marotaba regional ligadan birinchi Bundesligagacha bo`lgan yo`lni bosib o`tgan. Hazilga ko`ra Rangnik hatto U yerda ham eng past joyni tanlar ekan. SAVOL: U yerni toping. 
Javob : Yer osti avtoturargohi 
Savol : Skautlardan biri X haqida gapirar ekan futbolchi top bilan shaytonga xos muomala qilishini aytib otgan. Mashxur aktyor yaqinda bergan intervyusida X hali ham tasvirga olish jarayonida yuzaga chiqayotganini aytgan. SAVOL: X ni toping 
Javob : Cho'loqlik 
Izoh : Futbolchi bu Garrincha. Cho'loqlik shaytonning xususiyatlaridan biri. Aktyor esa Doktor Xaus roli ijrochisi Xyu Lori.
Savol : Fin tilida ba`zi so`zlar ikkita boshqa so`zlar qo`shilishidan xosil bo`ladi. Masalan "karva" so`zi soch ma`nosini anglatsa, "madot" so`zi shilliqqurt deb tarjima qilinadi. Finlar "karvamadot" deb atovchi so`zning boshqa bir sinonimi ham bor. Bu sinonim Finlyandiya oq atirguli o`rdeni kavaleri familiyasidan kelib chiqqan. SAVOL: O`sha familiyani toping 
Javob : Brejnev 
Izoh : So'zning ma'nosi qalin qosh
Savol : Jorj Bernard Shou fikricha chekish va azart o'yinlardan tashqari ingliz kishisining barcha ko'ngilochar mashg'ulotlari X ning ko'ngilochar mashg'ulotlari bilan bir xil ekan. SAVOL: X ni 2 ta so'z bilan ayting 
Javob : Uning iti 
Savol : 1668-yilda Parij ko'chalarida o'sha davr uchun misli ko'rilmagan ISH amalga oshiriladi. Bu ISH va uning natijasi insonlarni shu darajada ruhlantirdiki, xatto shoirlar bu voqeaga bag'ishlangan she'rlar bitishgan bo'lsa, badiiy akademiya bu ish tashkilotchilari uchun bronza medali ta'sis etadi SAVOL: Bugungi kunda biz BU ISH bilan shug'ullanuvchilarni qanday ataymiz? 
Javob : Ko'cha supiruvchilar 
Izoh : O'shanda o'ziga xos xashar yordamida Parij ko'chalari birinchi bor tozalangan edi
Savol : Petroniy "Satirikon" jurnalida inson UNGA ega bo'lgach o'z-o'zidan shlyapa kiyish huquqiga ham ega bo'lishi haqida yozadi. SAVOL: UNI toping? 
Javob : Ozodlik 
Izoh : Amerikada qullar ozodlikka chiqqancha faqat ozod odam kiyishi mumkin bo'lgan shlyapani kiya olgan
Savol : Ivan Bunin o'z ma'ruzalaridan birida shunday deydi: "U menga chinakam baxt ulasha olgan zamonaviy texnika namunasidir". Bunin nazarda tutgan U amerikaliklarni odatda to'shakdan turishga majbur qiladi. SAVOL: U amalga oshiriladigan shaharni toping. 
Javob : Stokgolm 
Izoh : Bunin Nobel ma'ruzasida Nobel komiteti tomonidan qilingan qo'ng'iroq haqida gapirgan. Odatda bo'lajak nobel laureatlariga ularning ismi ommaga e'lon qilinishidan 10 daqiqa oldin qo'ng'iroq qilisharkan. Agar laureat AQShlik bo'lsa unda bu xabar unga tunda yetkaziladi.
Savol : Amerikancha iborani yakunlang: "Bugungi siyosiy va'dalar bu ertangi..."? 
Javob : Soliqlar 
Savol : Qisqa ro'yxatni tinglang: muqaddas, sobiq. SAVOL: qaysi insonni do'stlari va hamkasblari bu so'zlar bilan ataganini toping 
Javob : Antuan de Sent Ekzyuperi 
Izoh : Saint - muqaddas Ex - sobiq
Savol : Internet foydalanuvchilari turli personajlar yuborishi mumkin bo'lgan SMS-xabarlar ro'yxatini tuzib chiqishadi. Masalan "Moskvaga ketadigan poyezdlar jadvalini menga yubor" SMS-xabari Anna Kareninaga tegishli. SAVOL: "Tulpor? Ayiqjon? Nega aloqada emassiz?" SMS-xabari qaysi personajga tegishli? 
Javob : Tipratikan 
Izoh : 
Savol : XX asr boshlarida AQSh shaharlaridan birida bir yangi moslama paydo bo'ladi. Kutilmaganda shahardagi bir yevropa davlatidan kelgan immigrantlar diasporasi moslamaga nisbatan e'tiroz bildiradi. Ularning fikricha bu moslama yordamida inglizlar ularni yerga urayotgan ekan. Natijada bu shahar uchun ushbu moslama konstruksiyasiga o'zgartirish kiritiladi. SAVOL: Immigrantlar qaysi davlatdan edi? 
Javob : Irlandiya 
Izoh : Moslama svetafor, Irlandiya bayrog'i ranglariga teskari
Savol : Afsonaga ko'ra hosil yomon kelgan yili ULARDAN biri ochdan o'layotgan odamlarga rahmi kelib o'z tanasidan go'sht olib bergan ekan. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Flamingo 
Izoh : Shunga patlari qizil qon rangida
Savol : Firmalardan biri reklama kampaniyasi vaqtida o'z xaridorlarini ogohlantirish maqsadida quyidagi yozuvlar yozilgan futbolkalarni sotuvga chiqaradi: "Hot Pink Chili Peppers", "Grey Sabbath". SAVOL: reklama qilinayotgan maxsulotni aniq qilib ayting? 
Javob : Rangli kiyimlar uchun kir yuvish kukini 
Savol : "Omadsiz uchrashuv" nomli karikaturada Avliyo Patrik va butkul kal X tasvirlangan. SAVOL: X ni toping. 
Javob : Meduza Gorgona 
Savol : Norveg yozuvchisi Xans Yeger dastavval U haqda turli nuqtai nazarlar orqali hikoya qilmoqchi edi va hattoki hammualliflikka ham umid qilgan. Ammo oxir oqibat trilogiyani o`zi yozishga qaror qiladi. SAVOL: UNI ikkita so`z bilan ayting. 
Javob : Sevgi uchburchagi 
Izoh : U romanni 3 kishi yozishini xolagan
Savol : XX asr ikkinchi yarmida GDR rahbariyati G`arbiy Berlin atrofida temir yo`l liniyasini quradi. Ushbu liniyadagi datslabki poyezdlar 1958-yilda yurishni boshlaydi. SAVOL: Ushbu temir yo`l liniyasini Berlin aholisi nemis tilidagi qaysi neologizm bilan atay boshlaganini toping. 
Javob : Sputnik 
Izoh : 1957-yilda birinchi suniy yo'ldosh uchirilgach 
Savol : 1912-yilda Paul Atlantidani topganini e`lon qildi. SAVOL: Paulning familiyasini toping. 
Javob : Shliman 
Izoh : Bu Genri Shlimanning nevarasi
Savol : "Adabiy ensiklopediyaning" Andrey Platonovga bag`ishlangan maqolasi o`rin olgan jildi adabiyot vakillariga qatag`on shamoli biroz tingan paytda chiqadi. Shu boisdan ensiklopediyada Platonovga nisbatan kamroq tanqidni uchratish mumkin. Biograf fikricha Platonov BU ISHNI qilgani uchun ham omadi kelgan ekan. SAVOL: BU ISHNI toping. 
Javob : Taxallus olgan 
Izoh : Asli familiyasi Klimentov. Ensiklopediyada yozuvchilar taxallus bo'yicha joylashtirilgan.
Savol : Filmlardan birida X hayoti haqida hikoya qilinadi. Kunlardan bir kuni X dengizgacha uchib borib u yerda meduzani uchratadi. U bilan bo`lgan suhbatdan so`ng meduzani ancha rivojlangan mavjudod deb tan oladi. SAVOL: X ni 2 ta so`z bilan ayting. 
Javob : Plastik paket 
Izoh : Plastik paket meduzaga o'xshab ketadi
Savol : "Apollo" konsert zalida eng muhimi bu tomoshabinlar fikri. Shu boisdan ham artistlar chiqishi davom etayotganda ba`zi-ba`zida bir inson qo`lida U bilan sahnada paydo bo`ladi. SAVOL: UNI ayting. 
Javob : Supurgi 
Izoh : tomoshabinga yoqmagan artist sahnadan supurib tashlangan
Savol : Jorj Martin memuarlari nomi "quloqlar" so`zi bilan yakunlanadi. SAVOL: O`sha nomni to`liq yozib bering. "All you need is ears" 
Javob : 
Izoh : Jorj Martin 
Savol : O`z faoliyati so`ngida shifokor Norman Betyun "Ko`krak qafasi jarrohligidagi mening 25 tajribam" nomli ma`ruzasi bilan chiqish qiladi. Uning hamkasblarining bir qismi bu ma`ruzani iliqlik bilan kutib olgan bo`lsa, qolgan qismi uni keskin tanqid ostiga oladi. SAVOL: Savol matnida almashtirilgan so`zni toping. 
Javob : Xato 
Savol : UNING tarixiga bag`ishlangan kitob annotatsiyasida U tufayli ijtimoiy tabaqalar joylashuvi keskin o`zgargani aytiladi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Lift 
Izoh : Lift yaratilguncha boylar pastki qavatlarda yashashgan. Hozir aksincha
Savol : Rio olimpiadasi sharhlovchilaridan biri voleybol Braziliyadagi eng ommabop sport ekanligini aytadi. Uning fikricha agar shu faktni inobatga olsak Marakana - bu braziliyadagi eng katta X ekan. SAVOL: X ni toping. 
Javob : Ibodatxona 
Izoh : Voleybol eng ommabop sport bo'lsa, futbol ular un din. Marakana esa ibodatxona
Savol : Kunlardan bir kuni "Yunion Glesyer" turistik bazasida janjal chiqadi. Janjalga sabab Jan-Gabriel Leynoning insonlar halokatiga sabab bo`lgan, omadsiz, xudbin odamni esga olgani edi. SAVOL: O`sha omadsizni toping. 
Javob : Robert Skott 
Izoh : Bu lager Antarktidada. Fransuz turist ingliz milliy qahramonini tanqid qilgan
Savol : Gazeta.ru saytida Unga bag'ishlab yozilgan nekrolog quyidagi so'zlar bilan yakunlanadi: "U dunyoga Toshkentni tanitdi, Toshkent uni dunyoga tanitdi". SAVOL: UNI toping. 
Javob : Aleksandr Faynberg 
Izoh : O'zbekiston xalq shoiri
Savol : Anri Russo vaqti-vaqti bilan o`z portretini yangilab turgan ekan. SAVOL: Qanday qilib? 
Javob : Sochini bo'yagan 
Savol : X ni ishlab chiqatuvchilar dastlab u asosan ijod qilish uchun emas, zerikarli ishlarni tezlashtirish maqsadida ishlatilidai deb o`ylashgan. Shu boisdan ham birinchi X lar gullar bilan bezatilgan edi. SAVOL: X ni toping. 
Javob : Pechat mashinasini 
Savol : Orgtexnika ishlab chiqaruvchi "Brother" kompaniyasi reklamasidagi slogan juda qisqa: "141%". Ammo bu sloganni yanayam qisqaroq yozish mumkin. SAVOL: Bor yo`g`i ikkita simvoldan iborat qisqa variantini yozib bering. 
Javob : A3 
Izoh : Printer A3 formatda chop etgan. A3 A4 formatning 141%,ni tashkil etadi
Savol : Trumen Kapote qahramoni chekka, kam aoli yashaydigan shaharda ishlaydi. Vaqti-vaqti bilan uning ishi ko`payib qoladi. Aynan mana shu holatdagi vaziyatni ta`riflar ekan qahramon o`zini amerika futboli o`yinchisiga qiyoslaydi. SAVOL: Qahramon kasbini toping. 
Javob : Pochtalyon 
Izoh : Shahar kichkina bo'lgabidan poyezd to'xtamasdan o'tgan. Yurib ketqyotgan poyezddan unga xatli qobni otishgan
Savol : Amerika Yurak Assotsiatsiyasi asoschisi Lyuis Konnor bir tibbiy protsedurani bajarish vaqtida dastrro`moldan foydalanadi. Gap shundaki, Konnor dastlab "silindr" deb atalgan moslamaga ishonmagan. SAVOL: O`sha moslamani toping. 
Javob : Stetoskop 
Izoh : Bemor ko'kragiga ro'molcha qo'yib qulog'i bilqn eshitgan
Savol : Bobbi o`zining bolalik xotiralarida hindu bolalari daraxtlarning qayrilgan nivdalaridan foydalangani haqida yozadi. SAVOL: Nimaning o`rniga? 
Javob : Klyushka 
Izoh : Gap xokkeychi Bobbi Orr haqida ketmoqda
Savol : DUPLET. 1. Xokkeychi Bobbi Orr uylanganidan keyin ULARNI yechinish xonasida qoldirishga uringanini aytadi. SAVOL: ULARNI toping. 2. Ba`zi kataloglarda bu markadagi soatlar vaqri 12 dan biroz o`tganini ko`ramiz. SAVOL: Markani toping. 
Javob : 1. Maglubiyatlar. 2. 
Savol : Bastakor Gans fon Byulov Bax, Betxoven va Brams ijodini juda hurmat qilgan. SAVOL: Byulova Bax va Betxovenni kim bilan solishtirganini so`ramaymiz. Aytingchi, Bramsni Byulov kim bilan qiyoslagan? 
Javob : Muqaddas ruh 
Savol : Zamonaviy tez aytishda mashxur aktyor bolg`alaydimi degan savol beriladi. SAVOL: O`sha aktyorni toping. 
Javob : Uil Smit 
Izoh : 
Savol : Buyuk Ipak yo'li orqali sayohat qiluvchi savdogarlar o'choq yoqqanda toshlardan foydalanishgan ekan. O'choqqa suv sepib o'chirganda esa toshlar pishshillab, oq tusga qirgan. SAVOL: Bu fakt orqali olimlar qaysi shahar nomining kelib chiqishiga izoh berishgan? 
Javob : Jizzax 
Izoh : Jiz + Oq
Savol : 1781-yilda "Zong" kemasi ekipaji chuchuk suv tanqisligiga uchraydi. Muammoni hal qilish uchun ular Xlarni kemadan tashlab yuborishga qaror qilishadi. SAVOL: X ni toping 
Javob : Qul 
Savol : Sovuq urush vaqtida AQSh maxsus xizmatlari tomonidan "Tamarisk" operatsiyasi o'tkaziladi. Operatsiya rejasi Sharqiy Germaniya bozirida X tanqisligini yuzaga keltirish va shu orqali kerakli hujjatlarga ega bo'lishni o'z ichiga olardi. SAVOL: X ni 2 ta so'z bilan ayting. 
Javob : Hojatxona qog'ozi 
Savol : 1919-yilda Skapa-Flou buxtasi yaqinida nemis floti halokatga uchraydi. Dengiz tubiga cho'kkan kemalardagi po'lat oradan bir necha o'n yillar o'tgach bir asbobni tayyorlashda keng ishlatilgan. SAVOL: O'sha asbobni toping. 
Javob : Geyger shchetchigi 
Izoh : 20 asr o'rtalariga kelib qariyb barcha po'latlarga radiatsiya o'z tasirini o'tkazgan edi. Geyger schetchigi un esa radiatsiyadan holi po'lat zarur bo'lgan.
Savol : Yoshligida U bir-nechta verlibrlar (qofiyasiz she'r) to'plamini chop ettiradi. Ammo keyinchalik eslab qolish oson bo'lishi uchun she'rlarida qofiya ishlatishga majbur bo'lgan. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Xorxe Luis Borxes 
Savol : Uilyam Bruks 1850-yilda Shropshirda arava poygalari hamda qo'shiq aytish bo'yicha musoboqalarni tashkillashtiradi. Shundan so'ng u bir davlat hukumatiga bir qator xatlar bilan murojaat qiladi. SAVOL: O'sha davlatni toping. 
Javob : Gretsiya 
Izoh : Olimiapda o'yinlari
Savol : Shimoliy Yorkshir bo'ylab sayohat qilsangiz tosh-barometrga ko'zingiz tushadi. Uning yonida quyoshli havoda tosh SHU ISHNI qilishi haqida yozib qo'yilgan. SAVOL: Qaysi davlatda SHU ISHNI qilmaydigan 30 metrli monument bor? 
Javob : Ekvador 
Izoh : Gap soya tashlash haqida ketmoqda.
Savol : Ma'lumotlarga qaraganda yozuvchi yuqori tabaqa vakili bo'lmagani uchun alamzada bo'lgan. Shu boisdan ham "SIM-SIM" da avtobiografik motivlar bor deyish mumkin. SAVOL: "SIM-SIM" o'rnidagi asarni toping. 
Javob : No'xat ustidagi malika 
Izoh : Gap Anderson haqida ketmoqda.
Savol : Pol Stretern fikricha buddizm ham turli konfessiyalardan iborat bo'lgan. Ammo, turli kelishmovchiliklar vaqtida buddistlar, nasroniylardan farqli ravishda, BU ISHNI qilishgan. SAVOL: BU ISHNI toping. 
Javob : O'zini yoqqan 
Izoh : Xristianlar esa bir-birlarini
Savol : Lukas Reylli fikricha XIX asrda AQShda miyani ALFA deb o'ylashgan. Shu boisdan o'quvchilar uchun yozgi tatil joriy qilingan. SAVOL: ALFAni bir so'z bilan yozib bering. 
Javob : Muskul 
Izoh : Muskul qayta tiklanishi un vaqt berishgan
Savol : Teofilus Kumalo va uning hamkasblari Fransiyaga borish huquqini qo'lga kiritishganda ALFA haqida Fransiyada ko'pchilik eshitmagan edi. Ammo 12 yildan so'ng fransuzar Kumalo vatanida mehmon bo'lishgach ALFA Fransiyada ta'qiqlab qo'yildi. SAVOL: ALFAni toping. 
Javob : Vuvuzela 
Savol : Britaniya muzeyida noyob toshdan yasalgan "Likurg qadahi" nomli eksponat saqlanadi. Bu qadahning bir tomonida Likurg tasvirlangan bo'lsa, boshqa tarafida kim tasvirlangan? 
Javob : Dionis (Baxus) - sharob va uzumchilik ma'budi 
Savol : Ikkinchi Jahon Urushi vaqtida nemislar Poltava viloyatini okkupatsiya qilgan vaqtda nemis qo`mondonligi buyrug`i bilan U Germaniyaga vagonlab olib ketilgan. SAVOL: UNI toping 
Javob : Tuproq 
Savol : Aleksandr III hech bir sohada Rossiya ortga chekinmasligini ko`rsatmoqchi bo`lgan. Shu boisdan ham imperator menyusidan UNDAN tayyorlangan taomlarni olib tashlagan. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Qisqichbaqa 
Savol : UNING inglizcha nomi kelib chiqishiga XVIII asrda Yevropada UNING oq va dumaloq navi keng tarqalgani sabab qilib ko`rsatiladi. UNING ruscha nomi esa turkcha yoki tojikchadan olingan. SAVOL: UNING o`zbekcha nomini ayting 
Javob : Baqlajon 
Izoh : Inglizchada - eggplant
Savol : Maorilar orasida shunday fikr bo`lgan ekan: "Sendan barcha qimmatbaho narsalaringni o`g`irlashlari mumkin. Lekin BUNI o`g`irlay olishmaydi." SAVOL: BUNI toping 
Javob : Tatuirovka 
Izoh : Ular tatuirovkalarga katta e'tibor berishgan ekan
Savol : Devid Bodanis UNI o`ziga xos tonnelga o`xshatgan. UNDAN o`tadigan o`ta kichkina massa yorug`lik tezligi yordamida o`ta katta energiyaga aylanadi. SAVOL: UNI toping 
Javob : = (barobar belgisi) 
Izoh : E = mc^2
Savol : Tay tili alifbosida undosh tovushlarni tasvirlash uchun 44 ta xarf, unli tovushlarni ifodalash uchun 28 ta xarf hamda maxsus tovush tonlarini ifodalaydigan 4 ta diakritik belgi mavjud. Bundan tashqari alifboga kiritilmagan undosh tovushlarni ifodalovchi yana 4 ta harf bor. Ularning ikkitasi hozirda muomaladan chiqqan. Malumotlarga qaraganda 1892-yilda Edvin Xanter Makfarland birinchi tay ALFASINI yaratganda osha ikkita harfga joy yetmay qolgan ekan. SAVOL: ALFANI toping 
Javob : Pechat mashinkasi 
Savol : 1915-yilda "Istlend" paroxodi Chikago yaqinida to`ntarilib cho`kib ketadi. Fojea sababi sifatida ALFALAR ko`pligi bois kema muvozanatining buzilganligi ko`rsatilgan. SAVOL: ALFANI toping. 
Javob : Qutqaruv qayiqlari 
Izoh : Titanik halokatidan keyin barcha kemalarda qutqaruv qayiqlarini ko'paytirishga buyruq berilgan. Ammo bu ham halokatlarga olib kelgan ekan
Savol : 1914-yilda Britaniyaning Ispaniyadagi vaziri Britaniya koloniyalaridan biridagi ofitserlarga xat yozadi. Xatida u "ispan asirlari"ga ishonib bo`lmasligini aytib o`tgan. SAVOL: Bu koloniya o`rnida hozirda qaysi davlat mavjud? 
Javob : Nigeriya 
Izoh : O'sha davrda Ispaniyalik afiristlar qamoqqa tushib qolgani, qutilib ketish uchun biroz pul kerakligini, keyinchalik qarzini bir-necha barobar qilib qaytarishini aytib koloniyalarga xat yozishgan. Xozir bu turdagi xatlar 
Savol : Chexoslovakiyadagi Dvur-Kralov shahridagi zooparkda ko`plab ekzotik hayvonlar bo`lgan. Zoopark xodimlari afrikaga yangi hayvonlar olib kelish uchun ekspeditsiyaga borishganda o`zlari bilan ko`plab X olib olishgan ekan. Agar X ning hech biri to`g`ri kelmasa ushlab olingan hayvon qo`yib yuborilar ekan. SAVOL: X ni toping 
Javob : Hayvonlar uchun oziq-ovqat 
Savol : Katolik cherkovining huquq kodeksida yangi ochilgan hududlarga kim egaliq qilishi borasidagi bahslarga oydinlik kiritish borasida aniq qoidalar ko`rsatilgan. Shundan kelib chiqib Florida shtatidagi Orlando yeparxiyasi yepiskopi ALFA aslida uning yurisdiksiyasida ekanligini aytadi. SAVOL: ALFANI toping. 
Javob : Oy 
Savol : Ota o'g'lining yoniga keldi va o'g'lidan so'radi:-O'g'lim, kim kuchliroq, senmi, menmi?O'g'il:-Men.Ota yana shu savolni so'radi, o'g'il yana shu javobni berdi.Ranjigan ota keta boshladi va eshikdan chiqishda yana so'radi:-O'g'lim kim kuchliroq, senmi, menmi?O'g'il:-Siz, ota, - deb javob berdi.Ota nega boya savol berganimda boshqacha javob berding deganda, o'g'il nima deb javob bergan? 
Javob : Siz yonimda edingiz kuchli edim 
Savol : Aytishlaricha, har bir kasbning "uchinchi ko'zi" bo'larkan. Masalan, Tergovchining uchinchi ko'zi - guvoh, Shifokorniki - kalidaskop, Sartaroshlarning uchinchi ko'zi ... mayli, buni siz ayting. 
Javob : Ko'zgu 
Savol : A.Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanidagi "Kiroyi kuyaving shundog' bo'lsa" bo'limida bu so'z taxminan emas, aniq yigirma marta ishlatilgan.Bu qaysi so'z? 
Javob : Kumush 
Izoh : Ishonmasanggiz, sanab ko'ring))
Savol : Mashxur "Kuntug'mish" dostonida "Davlat ham egiz, mehnat ham egiz" degan maqol ishlatadi.Bu maqol nega va kim uchun ishlatilgan? 
Javob : Bu maqol Kuntug'mishning egizak farzandlari Mohi va Gurki uchun ishlatilgan. Ular davlat bo'lsa, ularni birini baliq og'zidan, birini bo'ri og'zidan bir paytda qutqarib olish ham egiz mehnat edi. 
Savol : Bir podsho vaziri bilan ovga chiqib, bir oddiy dehqonga duch keladi: u juda yupun kiyingan ekan.Shunda podsho unga: "O'n ikkini sakkiz qilmagan ekansanda" debdi.Dehqon esa:-O'ttiz ikki qo'ymadida debdi.Podsho "Ertaga senga bir g'oz jo'nataman, patini yulib ol" debdi.Saroyga borgach, podsho vaziriga bu suhbatni ma'nosini topishni buyuribdi.Vazir esa dehqonga borib "nima olsang ol, suhbatini ma'nosini ayt" debdi.Dehqon nima deb javob bergan? 
Javob : 
Savol : Ko'pchilik biladiki, Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma" kitobini Somoniylar buyrug'iga binoan bitgan."Shohnoma" oltish ming bayt bo'lib, shundan ellik to'qqiz ming bayti Firdavsiyga tegishli.Somoniy amir "Shohnoma"ning har bir bayti uchun bir tilladan berishni va'da beradi.Asar tugallangach, Amir unga ellik to'qqiz ming tangani beradi. Firdavsiy esa tangalarni hammasini salqin ichimliklar olib, hammollarga sarflab ishlatib tashlaydi.Amir Firdavsiyning bu ishlaridan xabar topib, uni o'limga hukm qiladi.Firdavsiy nega tangalarni arzimas narsalarga ishlatgan-u, nega amir uni o'limga hukm qiladi? 
Javob : Amir asarning har bir bayti uchun bir tilla tangadan berishga va'da qiladi. Biroq, tarixga nazar tashlasak, ko'pchilik hukmdorlar mehnatkashlarni loyiq mukofotlamagan. Firdavsiy ham shunday jabrdiydalardan biri edi. Amir unga tilla tangalar o'rniga kumush tangalar beradi. Shunga yarasha, xafa bo'lgan Firdavsiy tangalarni tarqatib chiqadi. 
Savol : Ular asli ikkita bo'lib, doimo birga yurishadi.Birgalikda nomlarini "Uy" deb atasak, yolg'iz qolganda "Eshikning bir tabaqasi" deb tarjima qilamiz.Har ikkalasining nomini ayting. 
Javob : 
Izoh : Arab tilidan shunday tarjima qilinadi.
Savol : Hozirda bunday odamlar yo'q bo'lib, qadimda ular hamma joylarini berkitib, alohida kiyinib yurishgan. Zero, hassaga ehtiyoj bo'lmasa ham, doim hassa ko'tarib yurishgan.Hassani dukillatib, odamlarni ogohlantirgan: "Qochinglar, men kelyapman" degan ma'noda.Ular kimlar? 
Javob : Mahov kasalligi bilan og'riganlar Hozir mahov kasalligi umuman yo'q bo'lib ketgan 
Savol : Xalqimizda bir odat borki, u hali-hanuz saqlanib qolgan. Odamlar o'z molini bozorga olib borishdan oldin, albatta molning qulog'iga uni tiqib qo'ygan. Ular ishonishadiki, bozorda molning haridorlari xuddi shunday bo'ladi deb.Ular molning qulog'iga bozorga ketishdan oldin nima tiqishgan? 
Javob : Ari uya(in)sini. 
Izoh : Molga haridorgir ari o'z uyasiga qanday gavjum bo'lib yopishsa, shunday yopishadi deb ishonishadi.
Savol : Bu kishini ism-sharifini eshitgan odam Angliyaning bir shahrida tug'ilgan deb o'ylaydi, lekin u Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili bo'lib, Kaliforniya shtatida tug'ilgan.Lekin u hayoti davomida Angliyaga ham sayohat qiladi va qashshoq ishchilar hayotini tasvirlagan ocherklar to'plamini nashr ettiradi.U kim? 
Javob : Jek London 
Izoh : U londonlik ishchilar hayotini tasvirlagan 
Savol : Shohruh Mirzoning rafiqasi Gavharshodbegim yangi kelinchaklik paytida Amir Temur unga yirik la'llar qadalgan oltin sirg'a in'om qiladi. Bu sirg'alarni Bibixonim uning qulog'iga taqib qo'yarkan:-Bu in'omning teran ma'nosi bor - deydi.Aytingchi, yangi kelinning qulog'iga sirg'a taqilishining qanday teran ma'nosi bor? 
Javob : Sirg'a quloqqa taqiladi - bu degani 
Savol : 1879yildan Farg'onada neft qazib chiqara boshlangandan keyin, oradan bir yil o'tar-o'tmas u yerda yana nima qurildi? 
Javob : Neftni tashib ketish uchun temiryo'l qurilgan 
Savol : Behbudiy: "Agar xalqlar va millatlar uning asl mohiyatini, uni qandayligini bilgandami, ular unga mollarini, jonlarini, hikmatlarini bahshida qilar edi" degan.Ishonamanki Behbudiy ham unga molini,jonini, hikmatini baxshida qilgan.U nima? 
Javob : MAKTAB 
Savol : Ko'z oldinggizga pichoq va har qanday o'simlikni keltiringda, tibbiyotda ularni birlashtiruvchi uchinchi narsani ayting 
Javob : Shirin so'z 
Izoh : Savol mashxur Ibn Sinoning so'zlari haqida edi: 
Savol : Tatar shoiri Xodi Taqtash: "U asli eski narsa, lekin uni har bir yurak o'zi yangilaydi" degan.U nima? 
Javob : Muhabbat 
Savol : Inglizlarda shunday mashxur maqol bor:"U mening himoya qasrim".U nima? 
Javob : Uyim mening himoya qasrim 
Savol : Hamid G'ulomning "Mash'al" romani qahramoni komissar qayiqda ketayotib, Umrzoq otaga "Fonarni o'chirmabsizku" deydi.Umrzoq ota uni atayin yoqib ketganini aytadi.Nega Umrzoq ota tunda fonarni atayin yoqib ketgandi? 
Javob : Kechga qolgan yo'lovchilarga belgi bo'lish uchun 
Izoh : Umrzoq ota daryodan o'z qayig'ida odamlarni o'tkazib qo'yib, kun ko
Savol : H.G'ulomning "Mash'al" romanida bir ziqna boy haqida hangoma qilinadi:Emishki, boy uzoqdagi bir boy oshnasinikiga mehmon bo'lib borganda uyidagi chiroqni o'chirmaganligi esiga tushib, ortiga qaytadi.Uyga kelib darvozani taqillatadi: "zanjirni tushirmay qo'yaqol, temiri yeyilmasin, chiroqni o'chirib qo'y" deydi keliniga.Kelini esa, shundan shu yoqqa kelib, kavushinggiz yeyilmadimi, desa, ziqna boy qanday javob bergan? 
Javob : 
Savol : O'zbek tili iboralarga boy til. Masalan, H.G'ulomning "Mash'al" romanida G'ani samovarchi "bir qop yong'oq" deb sifatlanadi.Bu iboraning asil ma'nosini ayting 
Javob : Gapdon, hazilkash degani. 
Savol : "Savdoyi izquvar" filmi qahramonlaridan biri firibgar bo'lib, bir kompaniya ma'lumotlarini o'g'irlab, boshqa kompaniyaga sotardi.Kunlarning birida kompaniya dizayneri barcha derazalarga yangicha parda tikib ilmoqchiligini aytadi.Ertasi kuni esa, firibgar o'sha dizayner ayolni o'ldiradi.Firibgar nega dizayner ayolni o'ldirgan? 
Javob : Firibgarning qulog'i kar bo'lib, u eshitmagan. U lablarning harakatiga qarab, so'zlarni anglagan. Kompaniya direktorining derazasida parda yo'q bo'lib, bemalol uning suhbatlarini lab qimirlashidan bilsa bo'lardi. Parda ilingach, hech narsa ko'rinmay qolardi. Shuning uchun dizayner ayolni o'ldiradi 
Savol : Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida u narsa "barcha nomunosib ishlardan tiyuvchi, barcha xayrli ishlarga yo'llovchi" deyilgan.U nima? 
Javob : uyat 
Savol : O'zbek momolari yosh kelinlarga ko'p nasihatlar qilishadi. Shulardan biri, bolalarni beshikka belaganda beshik yopinchig'ini faqat bir tomonini ochishni uqtirishadi. Agar beshik yopinchig'ining ikki tomonini ham ochsa, bolalarga salbiy ta'siri bor ekan. Qanday salbiy ta'siri bor? 
Javob : G'ilaylik paydo qiladi 
Izoh : Agar bola ko'ziga birdaniga ikki tomondan nur tushsa, g'ilaylik paydo bo'lar ekan.
Savol : Muhammad(s.a.v) uni "Barcha yaramasliklar onasi" deb ta'riflaganlar."Munshaot" to'plamida esa A.Navoiy hukmdorlardan biriga yo'llagan maktubida: "Man etilgan narsalardan tiyilish uni tark etishcha bo'lmas" deb yozilgan.U nima? 
Javob : May/Chog'ir (spirtli ichimliklar) 
Savol : O'.Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobida: "Kashfiyotlar dangasa odamlarga tegishli bo'ladi" degan edi. Ushbu kashfiyot ham erinchoq ayolga tegishli bo'lib, u AQSH chiqindixonalarining 1%ini egallagan. Ular chiqindixonalarda 250 yilda chirir ekan.Yaqinda Bangkokdan Yekaterinburgga uchadigan samalyotning hojatxonasida u sababli bo'lgan nosozlik tufayli, parvoz 10 soatga qoldirilgandi.U nima? 
Javob : Bolalar tagligi (pampers/padguzniki) 
Savol : Rivoyatlarga ko'ra, sohibqiron Amir Temur bir mamlakatga yurish qilib, bir necha bora mag'lubiyatga uchrab, nima qilishini bilmay boshi qotibdi.U o'sha mamlakat fuqarosi kiyimida bir kampirnikiga ovqatlanishga kirib, bir kosa issiq atalani ichayotganda o'rtasidan xo'plab, kuyib qoladi.Haligi kampir: "Sen shoshqaloq Temurga o'xsharkansan" deydi.Bu gapning mazmuniga tushingan A.Temur o'sha mamlakatni olishga muvaffaq bo'lgan ekan.Kampirning gapi mazmuni qanday edi? 
Javob : A.Temur har doim markaziy shaharga hujum qilavergan, natijadagi atrofdagi qishloqlar yordamga kelib, o'zini tiklab olgan. Avval, qishloqlarni qo'lga olish kerak edi 
Savol : Biz u yerga zarurat yuzasidan ko'p boramiz.Tohir Malik bir asarida u joyni "Shaytonning uyi" degan.Qayer? 
Javob : Bozor 
Savol : A.Navoiy: "Bu telba dunyoda bunday sifatga ega bo'lish oson emas, odamning bu sifati deyarli hamisha uning o'ziga zarar keltiradi deydi.Bunday odamlarga mutanosib ravishda yulduz va nayza misol keltiriladi.Bu qanday sifat? 
Javob : To'g'ri bo'lish 
Izoh : Yulduz to'g'ri uchganligi sababli ham, yonib ketadi. Nayza esa to'g'riligidan bosh uzra o'ynaydi
Savol : Cho'lponning "Kecha va Kunduz" romanida u "omonsiz suddan va yaltiragan yalang'och qilichdan ham ko'ra vahimaliroq" deb tasvirlangan.U "o'rta asrlardagi Ispaniya inkivizitsiya mahkamalarining qora aboli va sirli kardinallari"ga o'xshatilgan.Gap nima haqida ketyapdi? 
Javob : Zebi 
Izoh : Ustida qora barqut paranji, qora chimmat, oyog'ida qora amirkon mahsi-kavush bilan sud binosiga keladi. Chunki u a'zador edi. Qop-qora kiyimi vahimali edi.
Savol : Bunday odamlar oramizda ko'p bo'lib, aytishlaricha, Navoiy davrida har ikki kishidan bir kishi bu ish bilan shug'ullangan.Muhammad Yusuf esa, ularni: "Ular doim shoshilib yurishadi, Xudoning erkatoylari" degan.Ular kimlar? 
Javob : Shoirlar 
Savol : Erkin Vohidov u narsaga atab she'r yozgan:Ismi ne ul qushnikim,Na jismi bor, na joni bor,Izla, top, ne bog'kim ul,Na haddi, na poyoni bor.U nima? 
Javob : Istak 
Savol : E.Vohidov uni "Qorday oppoq dilning xati, oqko'ngilning mehri, tafti hurmati,Oshinolik chin vafo izhori ul,Gohi pinhon sevgining iqrori ul" degan. U nima? 
Javob : Qorxat 
Savol : Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida ajnabiy sayyoh Bezdomniy va Berlioz bilan ularning yurtida ateist(Xudoning borligiga ishonmaydigan)lar ko'pligi haqidagi suhbatdan so'ng u atrofdagi uylarga qo'rqa-pisa ko'z yugurtirib chiqadi.U nega atrofdagi uy derazalariga qo'rqa-pisa ko'z yugurtiradi? 
Javob : U har bir derazada bittadan ateistni ko'rishdan xavotirlanayotgan edi. 
Izoh : Sayyoh xudojo'y edi.
Savol : Sevimli adibimiz Odil Yoqubov shunday degan edi: "Ijod bilan u bir ota-onadan tug'ilgan aka-ukadir".U nima? 
Javob : Azob 
Savol : Mirzo Abdulqodir Bedil insonlardagi yaxshi va yomon fazilatlarni turli xil majoziy ma'nolar bilan isbotlab, na'muna keltirib ko'rsatgan:"Agar chiroqni yoqib, shiftga uni ilib qo'ysang, chiroqning barcha qorasi, g'ubori va tutuni unga yopishib qoladi hech qayerga tegmasdan" deydi.U nima? 
Javob : Paxta 
Izoh : Hamma yomonkiklar "oq odam"ga ya'ni yaxshi odamga boradi hamma qolib demoqchi.
Savol : Nemis xalqining eng mashxur odami, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov judayam tartibli odam bo'lib, o'ziga juda talabchan. U har kuni qiladigan va qoldirmaydigan ishlari bor. Uning sochini ko'pchilik "parik" deb o'ylar ekan, lekin u har kuni sochlarini taroshlaydi. Uning yana bitta har kuni qoldirmaydigan bir yumushi borki, uni Lyov: "Sog'liqni mustahkamlaydi, qon aylanishni yaxshilaydi, asablarni tinchlantiradi" deb hisoblaydi.U nima? 
Javob : Issiq vanna 
Savol : Qadimgi Badaviylar tunda isinish uchun olov yoqishganidan xabaringiz bor. Ammo ular ba'zi-ba'zida kunduzi ham olov yoqishgan ekan. SAVOL: Nima maqsadda? 
Javob : Sahroda sarob ko'p uchraydi. Ko'ringan narsa sarob yoki haqiqat ekanligini aniqlash un ular olov yoqishgan. Tutundan sarob yo'qolar ekan. 
Savol : Devidning fikricha eng qiyini UNING ustida ishlash bo`lgan ekan. Devid va uning guruhdoshlari UNING 80 ga yaqinini o`ylab topishadi. Va oxir-oqibat UNING kutilgan variantiga erishiladi. Devidni biz tentakroq pingvin va mag`rur aristokratga o`xshash U orqali taniymiz. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Puaro yurishi 
Izoh : Bu Devid Sushe edi
Savol : Gonoluludagi aeroport terminallari o`rtasida harakat qiluvchi shatllar sekin harakat qilishidan sayohatchilar ko`p bora nolishgan ekan. Qizig`i shundaki ushbu shatllar nomida bir so`z ikki marotaba uchraydi. SAVOL: O`sha so`zni toping 
Javob : Wiki 
Savol : XIV asrdagi o`lat pandemiyasi oddiy xalqqa qaraganda aristokratlarga o`ta katta ziyon yetqazgan ekan. shu boisdan ham o`latni U Britaniyada o`z raqobatchilari ustidan g`alaba qozonishiga asosiy sababchi deb aytish mumkin. SAVOL: UNI toping 
Javob : Ingliz tili 
Izoh : O'sha davrda ingliz tilida oddiy xalq so'zlashgan. Aristokratlar esa fransuz tilini afzal ko'rishgan. O'lat ularni Britaniyadan quvib chiqargach, orollarda ingliz tili asosiy tilga aylanadi.
Savol : Belgraddagi inshootlardan birining tomida ulkan qarg`alar galasi yashaydi. Shahar aholisi fikricha qarg`alar yordamida BU ISHNI qilish mumkin ekan. SAVOL: BU ISH orqali mashxurlikka erishgan insonni toping. 
Javob : Tofik Bahramov 
Izoh : Bu ish - golni aniqlash. Belgrad stadionida gol urilganda muhlislar hayqirig'idan qarg'alar osmonga ko'tqrilar ekan
Savol : Tasavvur qiling siz ozarbayjon xonadonida aziz mehmonsiz. Dasturxon noz-nematlarga to`lib toshgan. Yoningizda mezbon o`tirib sizga choy uzatayabti. Choy piyolaning yarmidan ham pastda. SAVOL: Nega ozarbayjonlar aziz mehmon piyolasiga kam choy solishadi? 
Javob : Kam choyni tez ichib qo'ysa, yana uzatadi - aziz mehmoniga ko'proq hizmat qilish uchun 
Savol : 1971-yilda Sobiq Ittifoq aholisi o'z pochta qutilarida bir xil mazmunga ega bo'lgan xatni topib olishadi. Xatda aholidan X ni unutmaslik iltimos qilingan edi. SAVOL: X ni toping. 
Javob : Pochta indeksi 
Izoh : Shu yili indekslar joriy qilingan.
Savol : O'tgan asrning 70-yillari boshida aktyor muhim qaror qabul qiladi. O'z qaroriga izoh berar ekan u: "Butun umr bir otni qamchilash mumkin emas!" degan. Ammo keyinchalik u yana bir marta ushbu "ot"ni "qamchilashiga" to'g'ri keladi. SAVOL: Bu aktyorni toping. 
Javob : Shon Konneri 
Izoh : U dastavval bondianada boshqa suratga tushmaslikka qaror qiladi. Ammo 1983-yilda 
Savol : Stalin Mao Tse Dunga ishonmagan ekan. Uning fikricha Xitoy rahbari haqiqiy kommunist emas. Maoga ta'rif berish uchun Stalin bir so'z ishlatadi. Keyinchalik butun ittifoq aholisi bu so'zning boshqa ma'nosi bilan ham tanishishadi. SAVOL: O'sha so'zni toping. 
Javob : Rediska 
Izoh : Usti qizil, ichi oq
Savol : Mixail Derjavin bolaligini eslar ekan ko'plab mashxurlar ularnikiga mehmonga kelishganini aytadi. Kunlardan bir kuni u maydonda o'ynayotganda chiroyli kiyingan, barvasta inson bilan tanishishga muvaffaq bo'ladi. Shu kuni Mixail BU ISHNI qila olgan. SAVOL: Kim 1971-yilda BU ISHNI qila olmagan edi? 
Javob : Gerd Myuller 
Izoh : Gap Lev Yashinga gol urish haqida ketyabti.
Savol : 1968-yilda U shved markasida paydo bo'ldi. Oradan bir-necha yil o'tib sovet va rumin markalarida ham UNI ko'rish mumkin edi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Rezerford 
Savol : Filipp Vuds o`z bo`linmasi uchun ramz tanlayotganida uning askari bilan hamisha ishonch, umida va sevgi yonma-yon yurishini xohlagan. SAVOL: Siz esa bugungi o`yin uchun omadni o`zingizda olib qolib, Vuds tanlagan ramzni aniq qilib ayting 
Javob : Uch yaproqli beda(klever) 
Izoh : Agar 4 yaproqlisi uchrasa bu omadga degan irim bor.
Savol : Nega o`rta asrlarda ingliz gertsogi Nortumberlend o`z qasrini tark etishidan oldin qasrning barcha derazalarini yechib olishni buyurgan? 
Javob : Shisha qimmatligi sabab derazalarga zarar yetmasin degan 
Savol : Qora sandiqcha. Qora sandiqchadagining nomidan kelib chiqadigan bo`lsak uni muzalar uchun yaratishgan deb o`ylashimiz mumkin. Aslida esa u bolalar uchun o`ylab topilgan. SAVOL: Sandiqchada nima bor? 
Javob : Mozayka 
Savol : BLITS:1. Mo`g`ul topishmog`i: Bo`yni g`ozniki, qorni cho`chqaniki. SAVOL: U nima?2. Armyan topishmog`i: 100 ta qo`y bir arqonga bog`langan. SAVOL: Topishmoq javobini toping.3. Nanay xalq topishmog`i: Agar bir oyoqli echki sakrasa, ovqatga ta`m kiradi. SAVOL: Topishmoq javobini toping 
Javob : 1. Choynak, 2. Tuzdon, 3. Uzum 
Savol : Leonardo da Vinchi 15-16 asrlarda yashagan. Ammo fikrlari va qarashlari bilan davridan ancha ilgarilab ketgan. SAVOL: Da Vinchi nimaga quyidagicha ta`rif bergan: "U yashamaydigan joyda hayvon ham yashamaydi"? 
Javob : Olov 
Izoh : Olov kislorod yo`q joyda yonmaydi. Tabiiyki u yerda hayvon ham yashay olmaydi
Savol : Buzrugmehr insonning eng asosiy fazilatlaridan biriga ta`rif berar ekan UNGA ega bo`lish uchun bitta umr kamlik qiladi, kamida ikkita umr kerak deb aytadi. SAVOL: O`sha fazilatni toping. 
Javob : Sabrli bo`lish 
Savol : 1860-yilda Bostonlik Edvard Ueston Linkoln AQSH prezidenti bo`la olnmaydi deb do`sti bilan bahs boylashadi. Tabiiyki u bahsni boy beradi. 1861-yilda esa bahs shartini bajarishga u 10 kun sarflaydi. Shunday qilib Edvard Ueston UNGA asos soladi. SAVOL: Nimaga? 
Javob : Sportcha yurish 
Izoh : U Linkoln Inauguratsiyasiga piyoda yurib borgan.
Savol : Qora sandiqcha. Bir ozarbayjon multfilmida bug`u, quyon, ayiq, bo`ri, ilon va tulki bir hayvonni ta`riflashadi. Ammo hammasini ta`rifi bir-biridan farq qiladi. Sandiqchada ushbu multfilmga nom bergan predmet bor. SAVOL: Sandiqchada nima bor? 
Javob : Ko'zgu 
Savol : Ivan Andreevich Krilov juda sahiy inson bo`lgan ekan. Ko`pincha u muallifni ranjitmaslik uchun anchayin sayoz asarlarga ham ijobiy taqrizlar yozib bergan. Vijdonsiz yozuvchilar bundan foydalanib Krilov taqrizlarini o`z asarlari boshida chop ettirishgan. Buni ko`rgan Krilovning do`sti "ko`rdingmi, sening sahiyliging nimalarga olib keldi? Odamlar sen haqingda endi qanday fikrga borishadi?" deganida Krilov "Hech qisi yo`q, axir hamma..." SAVOL: Krilov fikrini yakunlang. 
Javob : Hamma mening masal yozishimni biladi. 
Izoh : Fikrlarimni jiddiy qabul qilishmaydi ma`nosida.
Savol : Sizni qachondir politsiyachi tergov qilganmi? Jon Dikson Kar o`z romanlaridan birida Fransiyadagi sohilbo`yi shahrlaridan biri bo`lgan La-Bandelett shahrida ishlovchi tergovchi haqida hikoya qiladi. Tergovchi maxbuslarni tunlari so`roq qilgan. Tergov davomida u maxbusni deraza oldiga o`tqazgan. SAVOL: Nega? 
Javob : Shahar dengiz bo`yida joylashgan 
Izoh : U maxbusni deraza oldiga tunda o`tqazganida vaqti-vaqti bilan uning yuziga mayoq nuri tushib turga, O`ziga xos qiynoq.
Savol : O`rta asr Yevropasida ULARGA o`ziga xos nomlar berishgan. Masalan ULARNING ikkinchisi "shahar soqchisi", yettinchisi "temirchi" deb yuritilgan. "Shifokor" va "savdogar"ning joylashuvi turli holatdan kelib chiqib belgilangan. SAVOL: ULARni toping. 
Javob : Shaxmat piyodalari 
Izoh : Boshqa figuralarda shundoq ham nom bor, piyodalarda esa yo`q
Savol : Fuqarolar urushi vaqtida janubliklar juda kambag`allashib ketishadi, shu boisdan ham UNI yankilar o`ldirishgan degan gap tarqatishadi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Santa Klaus 
Izoh : Kambag`al ota-onalar bolalariga yangi yil sovg`alarini olishga qurbilari yetmagan. Shunga Sahta-Klausni o`ldiga chiqarishgan.
Savol : Keyt Kinlax o`z vataniga 1962-yilda qaytishga qaror qiladi. Avialayner bortida "Hurmatli passajirlar! Sizni.." so`zlarini eshitganda xushidan ketadi. SAVOL: Layner kapitani familiyasini toping. 
Javob : Smit 
Izoh : Bu ayol Titanik halokatidan omon qolgan. Titanik kapitanining ham, layner kapitanining ham familiyasi bir xil bo`lgan.
Savol : Lyusi Uorsli fikricha Nikolay II taxtdan voz kechayotganda ham uni qaytarib olishga umid qilgan ekan. Gap shundaki imperator UNI ishlatgan. SAVOL: Nimani? 
Javob : Qalam 
Izoh : Imperator o`z imzosini o`chirishga umid qilgan.
Savol : UNING muqobili Poypen ko`chalaridan topilgan. Zamonaviysidan farqli o`laroq U bo`rtiq bo`lgan va Pompey aholisi undan faqat kuchli yomg`ir vaqtida foydalanishgan. SAVOL: UNI toping 
Javob : Piyodalar o`tish yo`lakchasi(Zebra) 
Savol : 1950-yilda Donald Snayder ismli odam 150 fut yig`adi. SAVOL: Uning maqsadini toping 
Javob : Elektr stuliga sig`maslik 
Izoh : Semirish orqali o`lim jazosidan qutilmoqchi bo`lgan.
Savol : Shoir va Edit Piafning prodyusseri qo`shiqchining bolaligi qiyinchilik bilan o`tganini inobatga olib U uchun bir-nechta IKSlar o`ylab topgan. Piaf esa IKSlarni yaxshilab yodlab, o`rganib oladi. SAVOL: IKSni toping. 
Javob : Dastxat 
Izoh : Imzo javobi qabul qilinmaydi
Savol : Savol muallifining iqtisod qilishni yaxshi ko`radigan tanishi bor. U bir predmetning 14 tasini yig`ib, ularni navbatma-navbat nutun imri davomida ishlatmoqchi. SAVOL: O`sha predmetni toping. 
Javob : Kalendar 
Savol : 1898-yildan bu kompozitor doimo Shalyapinning repertuarida bo`lgan. Shalyapinning sheriklari esa tez-tez o`zgaib turgan. Masalan tenorlar Shkafer, Davidov va boshqalar. SAVOL: O`sha kompozitorni toping. 
Javob : Salyeri 
Izoh : Ko`pchilik Salyerini o`ynashni xohlamagan. Motsartlar esa tez-tez almashib turgan
Savol : X asrda xalif kechgi taomga Baalbekdan kelgan IKSlardan bahramand bo`lishi uchun tong saharda Baalbekdan Qohiraga pochta kabutarlari uchirilgan. SAVOL: O`tgan o`yinlarimizni esga olib IKSni toping. 
Javob : Olcha 
Izoh : O`tgan o`yinlarimizdan birida olcha murabbosi haqidagi savol o`ynlagandi. Bu ham olcha edi. 600 dan ortiq kabutarning har biri bittadan olchani yetqazgan.
Savol : XIX asrda Bryusselda o`z sigirlari va qo`ylari bilan nom qozongan Ejen Verbukxoven istiqomat qilgan. Kunlardan bir kuni uning oldiga birga sotilayotgan qo`y va ikkita qo`zichoqni olish uchun xaridor keladi. Xaridorning puli faqat ikkita hayvonga yetadi. Vebukxoven esa narhni tushirishni istamaydi. Ammo oxir-oqibat xaridor niyatiga erishadi. SAVOL: Verbukxoven xaridor aytgan narhga rozi bo`lishdan avval nima qilganini toping. 
Javob : Kartinadagi qo'ylardan birini bo'yab qo'ygan. Bu rassom edi. 
Savol : 2014-yilda "Moet & Chandon" kompaniyasi bu vaqea sharafiga maxsus shampan vinosini ishlab chiqaradi. SAVOL Qaysi voqea? 
Javob : 1994-yildagi Aerton Senni o'limi. 
Savol : Agar odamlar pullarini bexavotir saqlamoqchi bo'lishsa, uyda albatta "seyf" saqlashadi.Lekin bu - majburiy emas.Lekin shunday odamlar borki, ular uylarida temir seyf saqlashga majburlar.Agar ular temir seyf saqlashmasa, jarimaga tortiladilar. Ular kimlar? 
Javob : Ovchilar 
Izoh : Ovchilar xavsizlik uchun davlatdan olgan miltiqlarini temir seyfga qulflab saqlashga majburlar.
Savol : 2016-yilning kuz faslida chiqqan bir karikaturada Zeniddin Zidan bir necha joyi teshilgan kattakon bakni yamayapdi. U juda ham xavotirda.Bu qanday ma'noni anglatadi? 
Javob : "Real" klubi asosiy tarkib o'yinchilari jarohat olib, safdan chiqayotganligini. 
Savol : Endi yarayilayotgan ulkan uskunaning balandligi ozodlik haykalidan ham baland, kattaligi futbol maydonidan ham katta ekan. U 70 tonnagacha yuk ko'tara olarkan.Siz uni ko'rmagan bo'lsanggiz ham, aniq u qoldirgan izni ko'rgansiz.U nima? 
Javob : Raketa 
Savol : Ishga tushdi sonsiz asir,Me'mor, naqqosh, sangtaroshZanji qullar og'och tashir,Fillar tashir xarsangtosh.Yigirma yil...Yigirma ming jon jabridan bir amal -Mo'jizasi bu olamning Bino bo'ldi ...Nuqtalar o'rniga so'z qo'ying. 
Javob : Tojmahal 
Savol : "Savdoyi izquvar" dediktiv filmida Izquvar Monk ko'rgazmaga qo'yilgan bir sur'atni shunday ta'riflaydi: "Ayol erini o'ldirmoqchi" - deb.Rasmda er xayollar og'ushida o'tiribdi, ayol ham o'z xayollari bilan band - qo'lida pichoq bilan sabzavot to'g'rayapdi.U ayolning erini o'ldirmoqchiligini qanday bilgan? 
Javob : Ayolning ko'zlari va qo'llari kaltak zarbidan ko'kargan. U azoblardan qiynalgan shuning uchun ham u erining joniga qasd qilmoqchi bo'ladi. Qo'lidagi pichoqda sabzavot to'g'rayotgan bo'lsa ham xayolida uni eriga o'qtalishni rejalashtiryapdi. 
Savol : Bir kino qahramoni uni shunday ta'riflaydi:"Uni cho'loqdan ham oldin fahmlasa bo'ladi. Chunki uning "oyog'i juda kalta" bo'larkan.Bizda esa sal boshqacharoq aytiladi: "Uning umri qisqa"U nima? 
Javob : Yolg'on 
Savol : Hazil savol:Men u bilan anchadan beri birgaman. Menimcha, u bilan hali ancha paytlargacha birga bo'lsam kerak.U menga juda mehribon: yomg'ir yog'ishidan, qor yog'ishidan xabardor qilib turadi. Yomon ob-havo paytida safarga chiqmasligimni tayinlaydi.U meni har bayramda tabriklaydi, xatto, tug'ilgan kunimda ham tabriklaydi.Mening "mehribonim"ni ayting. 
Javob : Ucell kompaniyasi. 
Izoh : Gap kompaniyadan keladigan smslar haqida ketyapdi.
Savol : C.Ronaldo stadionda muxlisasining bir harakatini ko'rib, "u mendan jismonan kuchli ekan" deydi.Ronaldodan ham "kuchli" muhlxlisa qanday harakat qilgan? 
Javob : Stadion to'sig'idan va qo'riqchilardan qochib o'tgan Ronaldo bilan ko'rishish uchun. 
Savol : Butun dunyoga mashxur bu anjomni kelib chiqishi Turkistonga, aniqrog'i, Shimoliy Turkistinga borib taqalishini ko'pchilik "yetti uxlab, tushida ham ko'rmagan" bo'sa kerak. Ajdodlarimiz "Buyuk ipak yo'li" orqali savdo-sotiq qilishgan paytlari tog'lardagi sovuqqa qarshi bu narsani o'ylab topishgan.Tarjima qiladigan bo'lsak, "bo'yin osti" degan ma'noni anglatar ekan.Ayrimlar undan har kuni foydalansa, biz taniydiganlarni undan ikki haftada bir marta majburiy foydalanganiga guvoh bo'lamiz.Gap nima haqida ketyapdi? 
Javob : Galstuk 
Izoh : "Gal osti" bu "bo'yin osti" ekan. Bundan ikki haftada bir majburiy foydalanadigan savolimiz qahramonlari esa "Zakovat" bilimdonlari.
Savol : Xalq og'zaki ijodining toponomik rivoyatlariga ko'ra, bu joy nomi bir podshoh bilan bog'liq ekan. Emishki: Podshoh yurtidan uzoqda jang-u jadalda joni uzilolmay qiynalgan - chunki, yurtida mahbubasi qolgan edi. "O'lolmayman u yerda jonim qolgan" deb vafot etgan ekan.Bu rivoyat qaysi joy nomi bilan bog'liq? 
Javob : Andijon 
Izoh : "Anda jonim qolgan, anda jon qolgan" degan ekan
Savol : Avstraliyalik mahalliy aboraginlar tilida bunday odamlarni "Endi uning ismini aytib bo'lmaydi" deyisharkan.Ular qanday odamlarga nisbatan ushbu iborani qo'llashgan? 
Javob : Marhumlarga nisbatan 
Savol : T.Malikning "Ov" qissasida qamoqda o'tirgan bu odam: "Erkin boshqalardir - qamalgan menman" deb she'r aytadi.Uning kimligini chalg'imay ayting. 
Javob : Cho'lponning shogirdi 
Savol : Nuriddin Ismoilovning "Mafia sardori" asarida Rossiya bozorlarida o'zbeklarning asosiy savdo raqiblari ular bo'lib, ularning laqablari asarda "buratino" deyilgan.Ular kimlar? 
Javob : Ozarbayjonlar 
Izoh : Kavkazliklar ham to'g'ri javob. ("Bejirim" burunlari uchun)
Savol : Ma'lumotlarga qaraganda, ushbu jonzotlarning yarmi Xitoyda yashaydi. Xitoyliklar bu jonzotni iste'mol qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda. Jonzotni toping 
Javob : Cho'chqa 
Izoh : Xitoyliklar yiliga o'rtacha 90 mln tonna cho'chqa g'oshti iste'mol qilarkan
Savol : Ushbu sport turida raqibni yengishning asosiy ikkita usuli mavjud: Birinchisi, raqibni oyoq kaftlaridan boshqa har qanday tana a'zosini yerga tekkizish. Ikkinchisi, raqibni maydondan surib chiqarish. Bu qaysi sport turi? 
Javob : Sumo 
Savol : Yaponlar u yerni "osmon" va "mamlakat" iyeroglaflari bilan ifodalaydi, ya'ni "osmon mamlakati" deb ataydi. Qayerni? 
Javob : Jannatni 
Savol : Tomas Genryning ta'kidlashicha, kitob qurtining ikki xil turi mavjud. Birinchi turi kitobni kemiradi va ularni hashoratshunoslar "Sitodrepa Panicea" deb ataydi. Ikkinchi turi esa aksincha, kitoblar tomonidan kemiriladi, ya'ni yeyiladi. Ikkinchi turning nomini ayting. 
Javob : Homo Sapiens - odam 
Savol : Adabiyotshunos Viktor Shklovskiy ushbu inglizni "doimiy ahmoq” deb ataydi. Uning vazifasi suhbat qilish va do'stining aytganlarika replika qilish, ya'ni o'z emotsiyasini bildirish xolos deydi u. Ushbu inglizni kim ekanligi ayting. 
Javob : Doktor Vatson 
Savol : U quyosh atrofida soat strelkasi bo'yicha aylanuvchi yagona sayyora. U qaysi sayyora ekanini toping. 
Javob : Venera 
Savol : Yaponlar o'zlari foydalanidan iyeroglaflarini "Kanji" deb atashadi. "Ji" harf degani, siz "Kan" qanday ma'noni anglatishi ayting 
Javob : Xitoy 
Izoh : Yaponlar iyeroglaflarni xitoydan o'zlashtirishgan, shu uchun ularni xitoy harflari, ya'ni kanji deb ataydi.
Savol : Andrey Gelasimov hikoyasi qahramoni bir meva nomining etimologiyasini tushintirar ekan, Momo Havo (Yeva) Odam Atoga yeyish uchun olma emas, aynan shu mevani berganligini aytadi. qahramon Bu meva nomi bir xorijiy tildan "Gunoh olmasi" deb tarjima qilinadi deb o'z fikrini izohlaydi. Bu qaysi meva ekanligini toping. 
Javob : Apelsin 
Izoh : Apple-olma, Sin-gunoh
Savol : Xitoy hukumati mashhur aktyor Brid Pittning Xitoyga kirishini butunlay taqiqlab qo'ygan. Bu taqiqqa sabab bo'lgan filmni ayting. 
Javob : "Tibetda 7 yil" 
Izoh : Bunda Brid Pitt Xitoy istilosiga qarshi kurashgan Dalay Lamaning ustozi Genrix Garrer rolini ijro etgan
Savol : 2009-yilning yanvar oyida Angliyada sabzining sotilishi o'tgan oydagidan deyarli ikki baravar oshib ketadi. Bunga nima sabab bo'lgan? 
Javob : Qorning odatdagidan ko'proq yog'ishi 
Savol : Lukianning aytishicha, rimliklar hujjatlar bilan ishlashda hayoti davomida faqat bir marta samimiy bo'lishadi. Rimliklar bu samimiylikni qaysi hujjatda ifodalashini ayting 
Javob : Vasiyatnomada 
Savol : Yapon tilida "Qog'ozni buklash" deb ayting 
Javob : Origami 
Savol : Katolik ruhoniysi Redjinal Fosterning aytishicha, uning yosh hamkasblari X ga katta qiziqish bilan qaramas ekan va shu sababli X yo'qolib boryotgab ekan. X nimaligini ayting. 
Javob : Lotin tili 
Savol : "Xarkov kuryeri" gazetasida e'lon qilingan iborani yakunlang: "Ayollar ikki kategoriyaga bo'linadi: birinchisi eriga hech qachon ishonmaydigan ayollar, ikkinchisi esa ...? 
Javob : Eri yo’q ayollar 
Savol : Yaponlar o'zlari foydalanidan iyeroglaflarini "Kanji" deb atashadi. "Ji" harf degani, siz "Kan" qanday ma'noni anglatishi ayting. 
Javob : Xitoy 
Izoh : Yaponlar iyeroglaflarni xitoydan o'zlashtirishgan, shu uchun ularni xitoy harflari, ya'ni kanji deb ataydi.
Savol : Mark tTvendan "Nega Kaliforniyadan Knniktikutga ko'chdingiz" deb so'rashganda, u o'zini ko'chishga majbur qilgan 4 ta sababni sanab beradi. Bu sabablarni siz ham sanab bering 
Javob : Yoz, kuz, qish, bahor 
Savol : Dastlab X soqov bo'lib dunyoga keladi. Lekin oradan 32 yil o'tib, to'satdan gapira boshlaydi. X ni ayting. 
Javob : Kino 
Savol : Tibbiyot sohasidagi ushbu yangilikdan eshitganidan, Shifokor Yanovskiy har kuni qotillik sodir bo'ladigan joyda ishlay olmasligini aytib ishdan bo'shaydi. Ushbu yangilikni ayting? 
Javob : Abort qonuniylashtirilishi 
Savol : Fors tilida "Tilanchi" deb ayting 
Javob : Darvesh 
Savol : Xitoy qonunchiligiga ko'ra, chet elda tug'ilgan har qanday X Xitoyga qaytarilishi lozim. X ni ayting. 
Javob : Panda 
Savol : 2006-yil 13-sentyabrdan keyin chiqqan karikaturada judayam katta sakkizoyoq ULAR ni aylantiryapti. Savol: ULARni ayting 
Javob : Sayyoralar 
Izoh : Aynan shu sanada Pluton sayyoralar safidan chiqarilgan edi
Savol : Oskar Uaylddan iqtibos: " Men do'stlarni chiroyiga qarab, tanishlarni - reputatsiyasi qarab, dushmanlarni - ularning X iga qarab tanlayman" . X- ni toping? 
Javob : Aqliga qarab tanlayman 
Savol : Bir personajni eslangda, Italyan tilida "Qarag'aydan yasalgan" deb ayting. 
Javob : Pinokkio 
Savol : "Reader's Digest" jurnali egizaklarni yoshlik vaqtida X ga qarab farqlash taklifini bergan. Qizig'i shundaki, Albrext Dyurerning "Adam va Eva" kartinasida Xlarni ko'rish mumkin. Savol: X ni ayting 
Javob : Kindik 
Savol : U tarixda ham "Nobel", ham "Oskar" mukofotini olgan yagona shaxs hisoblanadi. U kim? 
Javob : Bernard Shou 
Savol : Grek tilida "Pardoz berish san'ati" deb ayting? 
Javob : Kosmetika 
Savol : 2002-yilning 17-iyunida Indoneziyaning Sumatra orolidagi qamoqxonadan 48 ta mahbus qochib ketadi. Bunga boshqa bir Osiyo davlatida sodir bo'layotgan hodisa (sobitie) sabab bo'ladi. Bu qanday hodisaligini ayting. 
Javob : Futbol matchi 
Izoh : Shu sanada Yaponiyaning Kobe shahrida Jahon chempionati doirasida Braziliya va Belgiya terma jamoasi o'yini bo'lib o'tadi, qorovullar matchni tomosha qilishga berilib ketganligidan mahbuslar foydalangan
Savol : Ma'lumotlarga ko'ra, yildan yilga bunday insonlar soni ortib bormoqda. Eyfel minorasi qurilishi boshlanganidan beri, bunday insonlardan 400 ga yaqining taqdiri unda hal bo'lgan ekan. Bular qanday isnonlar? 
Javob : O'z joniga qasd qilganlar 
Savol : Fevralda - olxo'ri, martda - shaftoli, mayda - glistsiyina guli, iyunda - pechak guli, oktabrda - xrizontema. Siz apreldagisini ayting 
Javob : Olcha (sakura) 
Savol : Beatles guruhining qo'shiqlari nomlarini eshiting: "A Taste of Honey", "Twist and Shout", "Roll over Beethoven", "Rock and Roll Music". Beatles guruhining ushbu qo'shiqlari boshqa ashulalaridan qanday farq qiladi? 
Javob : Ular guruh a'zolari tomonidan yozilmagan 
Savol : Rembrant va Velaskes rassomchilik san'atining rivojanishiga ulkan hissa qo'shgan va ularning birini ikkinchisidan ustun qo'yib bo'lmaydi. Lekin shunday bo'lsa-da, auksionlarda Velaskes kartinalari Rembrant kartinalaridan doim qimmatroqqa sotiladi. Buning sababini ayting 
Javob : Velaskes kamroq surat chizgan 
Savol : Buddizm g'oyalariga ko'ra, Ular 3 xil ko'rinishda jo'rinishda bo'ladi: og'zaki, jismoniy va aqliy, ya'ni ongda sodir bo'ladigan. Gap nima haqida ketmoqda? 
Javob : Gunoh 
Savol : Ispan yoxuvchisi Mariano Xose de Larra maqolalaridan birida "Kitobning o'zi yaxshi yozilmagan bo'lsa, Goratsiy ham, Aristotel ham yordam bera olmaydi" deb yozadi. U ushbu maqolasini "Iqtibos keltirish va X qo'yish maniyasi" deb ataydi. X ni ayting 
Javob : Epigraf 
Savol : U Pantining sharqiy qirg'og'idan boshlanib, Chisvik Bridgeda tugaydi. U ni ayting 
Javob : Oksford va Kembridj o'rtasidagi eshkak eshish poygasi, musobaqasi 
Savol : Amerika filmlaridan biri ushbu ibora bilan tugaydi: "Uni samalyotlar emas, go'zallik o'ldirdi". Gap qaysi film haqida ketmoqda 
Javob : King-Kong 
Savol : 
Javob : 
Savol : Ispaniyaning Kadis shahrida ayollarga faqat hokimyat ruxsati bilangina parik kiyish mumkin, shu bilan birgalikda parikni politsiyadan ro'yxatdan o'tkazish zarur. Ushbu qoida bir necha yil joriy qilingan. Siz bu qoidaning joriy etilishiga nima sabab bo'lgan? 
Javob : Parikdagi ayollar tomonidan amalga oshirilgan seriyali o'g'riliklar 
Savol : Lingvistika qonuniyatiga ko'ra, predmet odamlarga qanchalik tanish bo'lsa, u shunchalik qisqa so'z bilan ifodalanadi. Endi aytingchi, qaysi jonzotni mongollar " Uk", peru indeytslari esa " Okvilla upara klamaru koalu nakla nata" deb atashadi? 
Javob : Ot 
Savol : Ushbu shaharga bag'ishlangan Vikipediyadagi maqolasida yozilishicha, ekskursiya (sayohat)ni ushbu shahardagi Luar qasrlaridan boshlash kerak ekan. Shahar gerbida 3 ta minora tasvirlangan. Shahr nomini Fransuz tilidan tarjima qilganda “Minora” degan ma’nini anglatadi. Savol: Bu qaysi shahar? 
Javob : Tur 
Savol : Osetiyada yangi tug'ilgan o'g'il bolaning ota-onasiga "Farzandingiz fil bo'lsin" deb tilak bildirishar ekan. Bir o'yinni eslagan holda ayting, men qaysi so'zni "fil" so'zi bilan almashtirdim? 
Javob : Ofitser 
Izoh : Shaxmat
Savol : Sovet ittifoqida Komsomol aktivistlari Shunday kishilarni " ular Rediskaga o'xshaydi, usti qizil, ichi oq" deb ta'riflashgan. Qanday kishilarni? 
Javob : Avval Rus imperiyasi, ya'ni oqlarga xizmat qilgan, keyinchalik Qizillarga - bolshveklarga qo'shilgan odamlani. 
Savol : Praga botanika bog'i bir bayramga taklif qilar ekan, keluvchilarga o'zi bilan qoshiq va pichoq olib kelishni taklif qildi. Bu qanday bayram? 
Javob : Hellowen 
Savol : Mayke Xardening dizaynerlik ishi, buyumida balerina vaqti-vaqti bilan oyoqlarini turli ko'rinishlarda ifodalaydi: ba'zida shpagat tushadi, ba'zida sakrashga tayyorgarlik ko'radi. Ushbu dizaynerlik buyumini nima ekanligini toping? 
Javob : Soat 
Savol : Jonatan Li Riches 2600 dan ortiq da'vo va shikoyat arizalari yozgan, ammo ularning deyarli hammasi asossiz deb topilgan. 2009-yildagi bir voqeadan keyin Riches X ga nisbatan da'vo arizasi bilan chiqdi. X ni 3 so'z bilan ayting. 
Javob : Ginnesning rekordlar kitobi 
Savol : Ushbu fransuz ayol turmush o'rtog'i haqida yozgan memuarini " Atirgul esdaliklari" deb nomlaydi. Uning turmush o'rtog'ining ism-familiyasini ayting 
Javob : Antuan de Sent-Ekzyuperi 
Savol : Yaponlar X ni "Qo'l" va "San'at" iyeroglaflari bilan ifodalaydi, ya'ni "Qo'l san'ati" deb ataydi. X ni ayting. 
Javob : Jarrohlik operatsiyasi/ xirurgiya 
Savol : 1937 - yildan boshlab ingliz valyutasining nominal, ya'ni eng kichik qiymatli tangalariga bigiztumshuq qushining tasviri bosib chiqarila boshlaydi. Bu tangalarda nega aynan shu qush tasvirlangan? 
Javob : Bu Britaniya hududida yashovchi eng kichik qush 
Savol : Grek tilida “Chiroyli ko’rinish” deb ayting 
Javob : Koleydoskop 
Savol : Skott Bekkerning bir romanida BU ISHni qilish ancha e'tibor talab qilishini, lekin bu ish butunlay nafsiz ekanligi aytilgan. O'zbek xalqi esa BU ISHni aynan shu faslda qilish kerakligini aytadi. Qaysi faslda? 
Javob : Kuzda 
Izoh : Jo'jani sanash
Savol : Belgiyaning Durbay shahrida Alfa shaklidagi mehmonxona qurildi. Mijozlar oynadan o'zlariga yoqqan manzara ko'rinib turishi uchun bu mehmonxonani o'zining tarixdagi prototipi kabi joyidan har hil tomonga siljitish mumkin. Bu mehmonxonani tarixdagi mashur prototipini ikki so'zda ayting 
Javob : Troya oti 
Savol : Hindistonda ularni "Birovning mulki" deb atashadi, yordam uchun aytish mumkinki, ular aholining qariyb yarmini tashkil etuvchilarning sirasiga kirishadi. Savol: Gap kimlar haqida ketyapti 
Javob : Qizlar 
Izoh : Ota onalar qizlari voyaga yetib turmushga chiqgach birovning mulkiga, qaramog'iga o'tadi deb shunday deyishadi
Savol : Amerikada o'tgan asrning birinchi yarmidan xalq tilida "vertikal temir yo'l" so'zi paydo boldi. Amerikaliklar nimani shu nom atashgan? 
Javob : Lift 
Savol : XX asr boshida Uni Jeneva Universitetining 350-yilligiga smoking kiyib keladi deb o’ylashgan, lekin u qolganlarnikiga nisbatan ancha arzon bo'lgan kostyum va shlyapa kiyib keladi. Savol: uni kimligini ayting. 
Javob : Albert Eynshteyn 
Savol : Hind afsonasiga ko’ra, Yama yer yuzida eng birinchi paydo bo’lgan odam hisoblanadi. Siz nega aynan u o’liklar dunyosi hukdoriga aylanganligi sababini ayting 
Javob : U eng birinchi o’lgan va o’liklar dunyosi hukmdoriga aylangan 
Savol : Hazilga ko’ra, balerinalar kelishgan qomati, nafisligi, har doim aylanib turishi va eng asosiysi, bu ishni qilishi bilan odamlarda rus ayollari to’g’risida noto'g'ri tasavvur uyg'otadi. Bu ishni qilish deb nima nazarda tutilgan? 
Javob : Jim turishi, gapirmasligi 
Savol : Aristotel X ni mavjud emasligi, shunchaki mukammal davlatga misol tariqasida o’ylab topilganini ta’kidlaydi. Siz menga Aristotelning ushbu X ni o’ylab topgan kishiga nisbatan aytgan mashhur frazasini ayting? 
Javob : Platon mening do’stim, lekin haqiqat undan qadrliroq/ustunroq. X platon tomonidan o’ylab topilgan Atlantida edi 
Savol : 1395- yilda fransuz baroni Anglyurning yozib qoldirilgan ma’lumotni tinglang: "Menga aytishlaricha, Qohiradagi eng ko'rkam binolar 1000 yildan oshiqroq vaqt davomida u yerdan olingan toshlarga qurilgan ekan". Savol: Qayerdan? 
Javob : Misr piramidalaridan 
Savol : Inglizlar bunday insonga kinoya aralash shunday ta’rif berishadi: “Bunday inson hech qachon boshqalarga bilmasdan yomonlik qilmaydi”. Bu qanday insonga berilgan ta’rif? 
Javob : Gentleman 
Savol : Gollandcha "dek" so'zi “qopqoq”, "himoya qopqog’i" deb tarjima qilinadi. Siz "quyosh” gollandchasiga qanday atalishini ayting? 
Javob : "Zon" Shu sozdan " zondek" - zontik so'zi kelib chiqqan ekan 
Savol : “VinoFest” jurnali Germaniyada ishlab chiqarilayotgan oq vinolar Jahon vino bozorida muvafaqqiyat qozonayotgani haqidagi maqolasini aynan shu ibora bilan boshlaydi. Ibora aslida bir o’yinga tegishli ekanligi hisobga olgan holda, ushbu iborani ayting 
Javob : Oqlar boshlaydi va g’alaba qozonadi 
Savol : Topishmoqni toping: Ko’zining Yoshi oyog’iga dori 
Javob : Sham 
Savol : Laqabi “Pakana” bo'lgan Lyudovik Jyuli ismli fransuz shaxmatchisi o’yinlardan birida H5 xonasida Farzinni qurbon qilib , raqibini chiroyli mot qiladi. Raqibi uni yerga urish maqsadida “5 yurish avval H8 xonasida filni qurbon qilib yutishingiz mumkin edi” deydi. Lyudovik shunday javob qaytaradi: “Bilaman ammo……” uning javobini mantiqan yakunlang 
Javob : H8 xonasiga qo’lim yetmasdi 
Izoh : Savolda uning pakana ekanligi aytilgan) demak qo’l oyog’I ham shunga yyarasha kalta bo’lgan va bu gapi bilan raqibini ham yana bir karra mot qilmoqda
Savol : Melburn victory jamoasining Kelvin ismli juda dangasa bo’lgan. U doimo oldinda to’p kelishini kutib o’tirgan va vaziyatdan foydalanib gol urgan. Lekin hech bir o’yinda, hatoo jamoa hisobni saqlab qolishga o’ynaganida ham himoyaga yordam berish uchun orqaga qaytmas edi. Bu xususiyati uchun muxlislar unga Alfa deb laqab qo’yishgan. Muxlislar tominidan qo’yilgan laqabni ayting 
Javob : Kenguru 
Izoh : Kenguru orqaga yura olmaydi. Melburn Avstraliyada demak unga Avstraliyadagi ortga yura olmaydigan hayvon nomini laqab qilib qo’yishgan
Savol : Bu mashhur asar qoraqalpoq tiliga "Farog'atchilik minan to'palasuv" deb tarjima qilingan. Asarning o'zbekcha nomini ayting. 
Javob : "Urush va tinchlik" 
Izoh : To'palasuv - urush, farog'atchilik - tinchlik
Savol : Ushbu davlatda dunyodagi 10 ta eng baland tog' cho'qqilarining 8 tasi joylashgan. Bu qaysi davlat? 
Javob : Nepal 
Savol : Hindistonda paydo bo'lgan ushbu jamoaviy sport turi bo'yicha hozirgacha 9 marta Jahon Chempionati tashkil etilgan va ularning barchasida Hindiston terma jamoasi g'alaba qozongan. Siz sort turini emas, uni o'zbeklarga tanitgan mashhur hindni ayting 
Javob : Shohruhxon 
Izoh : Sport turi Kabaddi edi. "Pardes", ya'ni "Parchalangan ishonch" filmida Shohruhxon kabaddi o'yinida jamoasiga g'alaba olib keladi
Savol : Yaponlar bunday joyni, ya'ni bunday yerni "mushuk peshonasi" deb ataydi. O'zbeklar aynan shunday yerda hatto osh yeyishdan voz kechishi mumkin. Qanday yerda? 
Javob : Tor yerda 
Savol : Rus xalqining aytishicha, ular insonlarning mast erkaklardanda jirkanchliroq ko'rinishga ega bo'lgan yagona toifasi ekan. Ular kimligini ayting 
Javob : Mast ayollar 
Savol : Miloddan avvalgi 3-asrda Xitoyda ixtiro qilingan X qushlarning ahamiyatini ma'lum darajada pasaytirib yubordi. Ushbu ixtironi ayting 
Javob : Kompas 
Izoh : Dengizchilar dengizdan orolga qaytish yo'nalishini qushlarning uchishiga qarab emas, kompasga qarab aniqlashni boshlagan
Savol : Ushbu an'anaviy hodisa (sobitie) davomida Angliyada singan derazalar soni 20% ga oshar ekan. Qaysi hodisa davomida? 
Javob : Uimbldon turniri 
Izoh : Uimbldon turniri davomida Tennisga qiziquvchi yoshlar tomonidan tennis o'ynash keskin oshadi va derazalar ko'proq sinadi
Savol : Shveytsariya 3 ta Kanton (o'lka) birlashishidan yuzaga kelgan, uning ranmzlaridan biri oq krest (hoch). Endi esa Shetsariyaning shiorini yozib bering. 
Javob : Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun 
Izoh : Oq hoch mushketyorlarning ham ramzi
Savol : Myunxenning "Bavarya"si Frank Riberi ular bilan yangi shartnomani imzolashiga juda katta umid qilishar edi. Klub prezidenti futbolchi tug'ilgan kuniga uni sovg'a qildi. Savol: uni ayting. 
Javob : Ruchka 
Izoh : 
Savol : Yozuvchi Nikolay Kratov boshni aylantirib yuboradigan darajadagi muvofaqqiyat va mansabdagi tezda yuqoriga ko'tarilish insonni o'ldirishi mumkin, deya turib UNI yodga oladi. U fransuzcha " ящик" so'zidan olingan. Savol: uni 2ta so'z bilan ayting 
Javob : Kesson kasalligi 
Izoh : caission- ящик. G'avvoslar kasalligi.
Savol : "Chiqish 22" ( "Выход 22") nomli Vankuver teatri reklamasida bu teatrning nomi 6 ta harf bilan yozilgan. Savol: siz ham menga shu nomni yozib bering. 
Javob : EXXIIT 
Izoh : bir o'q bilan ikki quyon...
Savol : Avvallari grek mifologiyasidagi ko'p ko'zli mahluq ARGUS uni ramzi hisoblangan.Valentin Pikul UNI ustiga tuz sepib qo'yilgan qora nonga o'xshatadi. Savol: uni 2 ta so'z bilan ayting 
Javob : Yulduzli osmon 
Savol : David Ueber ning romanida "zindon sayyora" haqida yozilgan. Unda tutqundagilar uchun eng yomon sharoit, u yerdan chiqib ketishni esa iloji yo'q deb xisoblanadi. Shu sayyora joylashgan sistemada 3 ta yulduz mavjud. Savol: Shu 3 ta yulduzni qanday atagan. 
Javob : Serber 
Izoh : sayyora Aid deb nomlangan, lekin uni ko'pincha Ad (jahannam) deb nomlashar ekan. Serber 3 boshli qo'riqchi it.
Savol : Nikaning romanida yomg'irlar mavsumi tugagach qahramonga anchadan beri ko'rinmayotgan BU narsa uning oyoqlari ostidan ketolmay qoldi. Savol. Uni ayting. 
Javob : soya 
Izoh : Yomg'irlar mavsumida soyasi yo'q edi
Savol : Daniel Pennek ning asar qahramonlaridan biri, bir qariyani shkafiga berkinadi va shkafda uni hidini sezadi. Savol: Uni o'zbek asariga bog'lab 2 ta so'z bilan ayting. 
Javob : O'tgan kunlar 
Izoh : qariyani kiyimlaridagi hid unga o'tgan kunlarni eslatadi
Savol : 1424 yilda Janubiy-Sharqiy Osiyodagi bir mamlakat qiroli Ayutai vafot etadi va uni ikki o'g'li taxt endi kimga tegishli ekanligini aniqlashtirib olish uchun noodatiy duel o'tkazishadi. Duel shaxardagi ko'prik ustida bo'lib o'tadi va ularning ikkisinham nobud bo'ladi. Savol: ularning o'limiga sabab bo'lganni ayting. 
Javob : Fil 
Izoh : Ko'prik fillar og'irligini jo'tara olmay buzilib ketadi
Savol : Savolni venger arxitektori Erniyo beradi. Yer yuzidagi birinchi qurilgan uy "Ka'ba" dir. Savol: arabcha Ka'ba so'zini ma'nosini ayting. 
Javob : Kub 
Izoh : Ka'ba kub shaklidagi bino. Erniyo Rubik kubik-rubik ixtirochisi
Savol : Tatariston hukumati Respublika Konstitutsiyasini nashr ettirishga tayyorlaydi. Ularning oldida jiddiy savol paydo bo'ladi: Uni qaysi tilda nashr qildirish. Ruschami yoki tatarcha? Agar ikkalasi bo'lsa qaysi biri oldin? Savol: Nima deb o'ylaysiz vaziyatdan qanday chiqishgan? 
Javob : 2 tilda 2 tomonlama 
Izoh : kitobni orqa oldi yo'q, ikkala tomon ham old
Savol : "Queen" musiqiy guruhi a'zosi bo'lgan Breyn Mey har doim samalyotda uchmoqchi bo'lsa 2 ta bilet olar ekan: 1 ta kattalarga, 1 ta yosh bolalarga. Savol:Uni bolasi bo'lmasa 2- biletni nima uchun olgan? 
Javob : Sevimli gitarasi uchun 
Savol : "Quyosh oydan ustun, oy quyoshdan nur oladi". Bu gap qozoqlarning to'y marosimlaridan birida o'z aksini topgan. Savol: Qanday marosimda o'z aksini topgan? 
Javob : Uzuk taqish 
Izoh : Erkak tilla uzuk ( ramzi quyosh), ayol kumush ( ramzi oy) taqgan. Bizda aksi.
Savol : Taxminlardan biriga ko'ra: U "Endi sen yalqov, qariya Yaponsan" deb rosshifrovka qilinadi. U kashf qilingan payitda Yaponya va AQSh orasida kelishmovchiliklar bo'lib turgan payt edi. Savol: uni ayting. 
Javob : NYLON ( mato) 
Izoh : Now you, Lazy Old Nippon. ( New York London)
Savol : XIX asrda Skotland Yardda yashagan inspektor Moris shunday eslaydi: Bir kuni hamkasbi jinoyatchini ushlab olgan va qo'liga kishan taqmagan, jinoyatchi ham qochib keta olmagan. Uni shu holatda inspeksiyaga olib kelgan. Savol: Yo'l bo'yi jinoyatchini qo'lida nima bo'lgan. 
Javob : O'zining shimi 
Izoh : shimini bog'ichini olib qoygan
Savol : Belgiyalik tadbirkor Jorj Nogelmarkers har xil madaniyatlar orasida ko'prik o'rnatishni hoxlardi. Oxir oqibat bu narsa amalga oshdi. 1923 yilda Otaturk uni yangi texnalogiyalar ramzi va mamlakatlar aro hamkorlik deb ataydi. Savol: Uni 2 ta so'z bilan ayting. 
Javob : sharqiy ekspress 
Izoh : Temir yo'l Turkiya va g'arbiy yevropani bog'lab turardi
Savol : Kordobadagi universitetda dunyoda yagona bo'lgan ShUNDAY kafedra ochildi. U kafedrada tarixchilar, faylasuflar, tadbirkorlar, shifokorlar va shu soha mutaxassislari dars berishardi. Savol: Bu kafedrada nima o'qitiladi ( nimani o'rganadi)? 
Javob : Korrido 
Izoh : Ispanya. Mutaxasis- Matador.
Savol : ХХ asr boshlarida Anglyadagi kulublarda yosh jentlmenlar quloq qimirlatish, qoshni ko'tarish bo'yicha musobaqalar qilardilar. Savol:Quloqni qimirlatish qanchalik qiyin tushunarli, ammo qoshni ko'tarishda qiyinchilik nimada edi? 
Javob : ko'zidagi monokl tushib ketmasligi kerak edi 
Savol : Bu guruh haqida gapirganda Pol Makkartni, Ringo Starr, Noel Galaxer, Mik Jaggerlarni yodga olish mumkin. Bu guruh dunyoda eng keng tarqalgan desak mubolag'a bo'lmaydi.Savol: guruhni ayting. 
Javob : Birinchi qon guruhi. 
Savol : Bunday kimyoviy elementlar juda ko'p. Masalan: selen va eynshteyniy,brom va rubidiy, seziy va skandiy, qalay va nilsboriy va boshqalar.Savol: Agar siz bu kimyoviy ekementlar qanday asosda juftlanganini topgan bo'lsangiz, Galliy elementini juftini ayting. 
Javob : Kumush 
Izoh : bu kimyoviy elentlarni birini teskarisi ikkinchisini aks ettiradi: Se-Es, Br-Rb, Cs-Sc, Sn-Ns... Ga-Ag ( argentinum).
Savol : Bu uch so'z ilk bor 1920- yilda tarixchi Charlz Repington asari sarlavhasida ishlatildi. Bu asar uncha uzoq bo'lmagan voqeaga bag'ishlangan edi.Savol: qaysi so'zlar? 
Javob : Birinchi jahon urushi 
Savol : Qadimgi naqillardan birida Uni "tijoratning qanotlari" deb atashgan.Savol: nimani? 
Javob : yelkan 
Izoh : Tijorat mollari asosan kemalarda tashilgan
Savol : Bilamizki Beruniy "Mineralogiya" da barcha toshlarni o'rganib, tasvirlab beradilar. O'q yoy bilan jarohatlanganda u tosh yaxshi yordam berishi mumkinligini aytadilar.Savol: qaysi tosh? 
Javob : Magnit 
Izoh : Aruya And tog'larida Kislorod
Savol : Xindistondagi bir soha vakilkari 1988- yil 6 oy mobaynida 3200 kg otin topishga muvaffaq bo'lganlar. Bu miqdor esa oltin qidiruvchilar va shaxtyorlar o'ljasidan ikki barobar ortiqdir.Savol: ular kimlar? 
Javob : Bojxona xodimlari. 
Izoh : chegaradan noqonuniy olib o'tilayotgan oltinlarni musodara qilib...
Savol : 1852 yil Janubiy Afrika qirg'oqlari yaqinida Britaniyaga tegishli "Birkenxed" kemasi cho'kib ketadi. Fojeani qarangki juda oz inson qutilib qolishi evaziga 445 qurbon beriladi. Shu voqeadan so'ng "Birkenxed" qonuni amalda qo'llana boshlaydi.Savol: Qonun mazmuni nimadan iborat edi? 
Javob : Ayollar va bolalarni birinchi qutqarish 
Izoh : halok bo'lganlarni ko'pchiligi ayollar va bolalar edi.
Savol : Psixologlar uni sifatiga ko'ra 4 tipga ajratadilar, ya'ni tez-sekin, sekin-sekin, tez-tez, sekin-tez.Savol: uni ayting. 
Javob : xotira 
Izoh : 1-tip tez eslab qoladi, sekin unutadi...
Savol : San'atshunos Irina Yazikovani aytishicha "X" ni qarshisida turuvchi ko'pgina insonlarni chuqurlikni qarshisida turganlik xissi tark etmaydi. Savol: "X" ni ayting.  
Javob : 
Savol : Amerikani Flarida shaxri shifoxonasi tadqiqotchilari Alsgeymer kasalligini eng asosiy sababchisi bo'lgan amiloid oqillarni yo'q qilish uslulini ishlab chiqmoqda. Zararli moddalarni birin ketin yutib yuboruvchi bu fermentga bir kompyuter o'yini qahramonini nomini berishadi.Savol: qaysi qahramon? 
Javob : Pac-Man 
Izoh : C • • • •
Savol : 19- asrning oxirida hakam Tomasga miltiq tiradi va shunday dedi: " Tur va hamma kabi ShUNDAY qil, bo'lmasa otib tashlayman"Savol: ShUNDAY qil o'rnidagi bir so'zni ayting. 
Javob : yugur 
Izoh : Tomas Berk birinchilardan bo'lib 
Savol : 1940- yildagi nemislar tajovuzida tinch xalqni har qayoqqa qochayotgani eslanganda, U yozuvchi toptalgan chumoli inini esga oladi.Savol: U yozuvchini ayting. 
Javob : Antuan de Sent- Ekzyuperi 
Izoh : U uchuvchi bo'lgan, yuqoridan odamlar chumoliday mayda ko'rinadi
Savol : Vichislav Shaliginning fantastik kitobida Ular Quyosh sistemasida hokimlikni qo'lga olishadi va Saturndan uzoq bo'lmagan bir joyni poytaxt etib tanlashadi.Savol: ularni ayting. 
Javob : Titanlar 
Izoh : Titan- saturn yo'ldoshi
Savol : Yapon olimlari kosmosdagi katta-katta kosmik chiqindilarni yo'q qiladigan robotlarni ishlab chiqishdi. Robot eski sun'iy yo'ldoshlar yoki raketa qoldiqlarini ushlaydi va o'zi bilan birga atmosferaga olib kiradi. Bir jurnalis bu robotlarni shunday nomlaydi.Savol:qanday? 
Javob : Kamikadze 
Izoh : Atmosferaga kirish paytida chiqindi bilan birga o'zi ham yonib yo'q bo'lib ketadi
Savol : Tomara Kryukovani qissasi qahramoni qizlar bilan muomalada juda uyatchan bo'lib, shuning uchun yigit BU narsani juda og'ir shtangaganqiyoslaydi?Savol: Bu narsani 2 ta bir xil xarf bilan boshlanuvchi 2 so'z bilan ayting.  
Javob : Telefon trubkasi 
Savol : "Sherlok Xolmasni qayg'uli boshlanishi" filmida tekshiruv ishlarini bosh qahramon va Dr. Vatson olib bormaydi balki 2 ta boshqa real tarixiy doktorlar olib boradi. Ulardan birinchisi Sherlok Xolmas prototipi doktor Jozef Bell.Savol: Ikkinchisini ayting.  
Javob : Artur Konan Doyl. 
Savol : "Sen finishga hammadan oxiri kelishni xohlaydigan yagona musobaqa bu... " 
Javob : Hayot 
Savol : Bir otani aytishicha unqiziga bir sovg'a bergandan so'ng, qizining xonasini 1/3 qismi doimo yaxshi yig'ishtirilgan xolda ekan.Savol: Nima sovg'a qilgan? 
Javob : Vebkamera 
Izoh : Fon yaxshi ko'rinishi uchun)
Savol : Fantast yozuvchi Boris Shtern aytishicha uni ilk o'qigan kitobi o'ldirishlik uchun 3 ta muvofaqqiyatsiz urinish va 1 ta muvofaqqiyatli urinish bo'lgan fantastik detektiv asar bo'lgan ekan.Savol: Bu kitob qanday nomlanadi? 
Javob : Bo'g'irsoq 
Savol : Daniya shaxarlaridan biri bo'lgan Xelsingyor o'zining qasri bilan mashhurdir.Savol: 1601 - yilda bu qasrda bo'lgan voqealarni yozgan insonni ayting 
Javob : Shekspir 
Izoh : Gamlet, Elsinor qasri.
Savol : 1880 yillarda Buyuk Britanya ko'chalarida bosh suyagi va suyaklar tasvirlangan doskalar paydo bo'ldi.Savol: Ular qanday vazifa bajargan? 
Javob : Yo'l belgilari 
Izoh : Velosipedchilarni xavfli joylardan ogohlantirar edi.
Savol : Kapitan Nemoning soatini boshqa soatlardan ajralib turuvchi farqi bo'lgan. Savol: qanday farq? 
Javob : 24 ga bo'lingan 
Izoh : suv ostida kun- tun ajratib bo'lmaydi...
Savol : 1986 yilda G'arbiy Yevropada beixtiyoriy abortlar soni keskin ko'tarilib ketadi. Savol: Nega? 
Javob : Chernobel AES avaryasi tufayli 
Savol : 2002 -yilni 19- oktabrida Addis-Abebada unga atab xaykal o'rnatildi. Savol: kimga? 
Javob : Pushkin 
Izoh : Pushkin ajdodlari Efiyopalik
Savol : Yaqinda Rossiyada 2ta sichqonni birdaniga, o'ldirmasdan ushlaydigan qopqon uchun patent olindi. Savol: Ixtiro egasi bu qopqonni qanday nomladi? 
Javob : 
Savol : Ularni orasida: tailand, oltin, sevgi, polinez kabi turlari bor. Savol. Siz menga eng mashhurini ayting. Javob: Bermud 
Javob : uchburchaklar 
Savol : Xind okeanida "kemacha" deb nonlanadigan boshoyoqli molyuska yashaydi. Savol: Uni biz biladigan nomini ayting. 
Javob : Nautilus 
Izoh : Kapitan Nemo kemasi. Nemo ham Xind okeanida
Savol : Savol muallifi seminarlardan birida quyidagi ma'lumotlarni yozib olishni maslahat berdi. " O'z oldiga aniq maqsad qo'yib oladigan insonlar, aniq maqsad qo'yib olmaydigan insonlardan 20 barobar ko'proq maqsadlariga erishar ekan" Savol: O'z oldiga aniq maqsad qo'yib olganlardan ham ko'ra 20 barobar ko'proq maqsadiga erishadiganlar kimlar? 
Javob : Maqsadini yozib qo'yadiganlar 
Izoh : Yozib olishni maslahat berdiku
Savol : Shaxmat bo'yicha jahon chempioni Tigran Petrosyan shunday deydi: " Ertami kechmi chempionlik unvonimni yoqotaman, lekin baribir BUNDAY unvonimdan ajralmayman" Savol: Qanday? 
Javob : Eks chempion 
Izoh : Sobiq chempion
Savol : U 1887 yilda taqdim qilinganida muallif uni " Internacia" deb nomlagan edi. Ammo xozirda u muallif nomi bilan ataladi. Savol: Qanday nom? 
Javob : Esperanto 
Izoh : Lyudvig Zamengofni taxallusi Doktor Esperanto edi
Savol : Ekvador davlatida unga atab monument o'rnatilgan. Savol: Uni ayting? 
Javob : Ekvator jizig'i. 
Izoh : Ekvator chizig'ini Ekvadordan o'tgan yerida o'rnatilgan
Savol : Nemis shoiri Novalisnig 15 yoshli turmush o'rtog'i Sofiya fon Kyun vafot etgandan so'ng, U xotiniga sevgisini saqlash maqsadida fanga chuqur berildi. Savol: aynan qaysi fanga? 
Javob : Falsafa ( Философия) ( Sofiyani sevish) 
Savol : XIX asr oxirlarida sanoatchi Simens kavkazda mis qazib chiqarishni boshladi, ammo mahalliy erkaklar konda ishlashni xohlashmasdi, chunki ular o'zlariga kerakli hamma mahsulaotlarni o'z yerlarida yetkazishar, ularga pulning keragi yo'q edi. Simens ularni ishlatishni yo'lini baribir topdi. Savol: Simens qanday yo'l tutdi? 
Javob : Qishloqda ayollar taqinchoqlari va ayollar uchun boshqa narsalar sotadigan do'kon ochadi. Bu yerda xamma narsa faqat pulga sotilar edi. 
Savol : Jangchi, yengillik, bo'sh qo'l. Bu so'zlarni birlashtiribirlashtirib turuvchi so'ni ayting. 
Javob : Yo'l ( do) 
Izoh : Busido, Dzyudo, Karatedo
Savol : Yaqinda Astraxanda Amur yo'lbarschalari dunyoga keldi. 2 ta yo'lbarschalarning erkagiga Xan deb ism berishdi. Savol: urg'ochisigachi? 
Javob : Astra 
Savol : 2010- yilda tuzilgan xayriya jamiyatining shiori bir xil xarfdan boshkanuvchi 3 ta so'zdan iborat edi. Ulardan biri Help, ikkinchisi Hope, Savol:uchinchi so'zni qanday edi? 
Javob : Haiti ( Gaiti) 
Izoh : 2010 yil 7 balli yer qimirlashida vayronaga aylangan Gaitiga yordam
Savol : "Eng mashhur qaroqchilardan o'rganilgan o'g'rilik va qotilliklarni umumiy tarixi, hamda ularning urf odatlari, nizomlari, yo'l boshchilari va ularni boshqaruv usuari" Savol: Londonda chop etilgan ushbu kitob muallifini ayting. 
Javob : Daniel Defo 
Savol : Jurnalist Dmitriy Shevorov fikricha bu ertak " Ingliz yozuvchisi yozgan, rus xalq ertagidir" Savol: yozuvchini ayting 
Javob : Alan Miln 
Izoh : Vinni Pux
Savol : Beshinchi mamalakat Zigmund sharofati bilan GDR bo'ldi. To'rtinchi Miroslav bilan Polsha. Uchinchi Vladimir bilan Chexoslovakiya. Ikkinchi Jon sharofati bilan AQSh. Savol: birinchi o'rindagi mamlakat va insonni ayting 
Javob : SSSR, Yuriy Gagarin 
Savol : Ko'pgina ertaklar o'z davridagi voqealarni bo'rttirishdir aslida. Lekin ba'zi ertaklar bizgacha sal yengillashgan holda yetib kelgan. Masalan: Zolushka ertagi. Bilamizki Zolushkani opalariga tufli torlik qiladi va kiya olmaydi. Savol: aytingchi aslida qanday edi? 
Javob : Tuflini kiyaman deb biri barmog'ini, biri esa tovonini kesgan 
Savol : Angliya, Shotlandiya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Xindiston. Savol: Qaysi orolni yuqoridagi davlatlar qatoriga bemalol qoshishimiz mumkin? 
Javob : Sitsiliya 
Izoh : Sitsiliyacha himoya, Ingilizcha boshlash, Gollandcha, yangi va eski Xindcha ximoya. Shotlandcha, Ispancha, Italiyancha partiyalar.
Savol : Bu mahsulotning aholi jon boshiga yillik o'rtacha iste'moli quyidagicha: Xitoyda - 130 gr, Hindistonda - 290 gr, Aqshda - 430 gr. Savol: Qaysi mamlakatda bu ko'rsatkich 4,5 kg? 
Javob : Angliya 
Izoh : Bu mahsulot - choy. Ko'k choyni damlab, bemalol o'tirib, savollarga javob topishingiz mumkin
Savol : "Hatto ishonchli hamrohga ham suyanib qolmaslik kerak". Ushbu gapni bir ma'lumot ham tasdiqlashi mumkin, ya'ni ULAR orasidagi masofa har yili 3,8 santimetrga ko'paymoqda ekan.Savol: ULAR ni ayting. 
Javob : Yer, Oy 
Savol : Amerikadagi bir cherkov saytida shunday e'lon yozilibdi: "Cherkovimizdan ushbu predmetni o'g'irlaganlar diqqatiga! Uni o'zingizda olib qolishingiz mumkin, chunki u sizlarga kelajakda kerak bo'ladi". Savol: Cherkovdan qanday predmet o'g'irlangan? 
Javob : Konditsioner 
Izoh : "Siz kelajakda, albatta, do'zaxga tushasiz. U yer esa judayam issiq" degan ma'noda
Savol : Bir karikaturada Yeti (qor odam) va darts o'yini uchun moslashtirilgan X lar tasvirlangan. X lar haqida gapirganimizda bir taomni ham esga olamiz. Savol: X ni ayting. 
Javob : Sumalak 
Izoh : Karikaturada muz sumalaklar darts o'yiniga moslashtirilgan. Sumalak degan mashhur taomimiz ham bor))
Savol : Muqaddas hisoblangan Miyatsizm degan orolda 2ta ta'qiq amalda bo'lgan. Shu sababdan ular og'ir kasallarni va ULAR ni oroldan ketkizib yuborishgan. Savol: Kimlarni? 
Javob : Xomilador ayollarni. 
Izoh : Ushbu muqaddas orolda shunday ta'qiq bo'lgan: bu yerda o'lish ham, tug'ilish ham mumkin emas.
Savol : Eyfel minorasi qurilishining o'ziga xosligi sababli BIRINCHI ning ta'sirida minoraning yuqori qismining maksimal og'ishi 7 santimetrni tashkil qilar ekan. IKKINCHI ning ta'sirida esa og'ish 18 santimetrni tashkil qilar ekan. Savol: BIRINCHI va IKKINCHINI ayting. 
Javob : Shamol va Quyosh 
Izoh : Quyoshli kunlarda metal shunchalik kuchli isib ketadiki, natijada deformatsiya darajasi shamolnikidan ancha yuqori bo'lar ekan
Savol : O'yinlar tadqiqotchisining tasdiqlashicha, XVI asrda bir mamlakatda an'ana bo'lgan, ya'ni asirga tushgan yollangan jangchilarga o'lim jazosi berilmagan, aksincha, asirga olgan harbiy qo'mondonga hizmat qilishgan. Natijada bunday jangchilarning barcha aslahalari va otlari bilan sobiq xo'jayinlariga qarshi foydalanishgan ekan. Savol: Bu mamlakatni ayting. 
Javob : Yaponiya 
Izoh : Tadqiqotchining fikricha, mana shundan keyin yapon shaxmati "syogi" ning noan'anaviy qoidalari kelib chiqqan ekan. Syogi qoidasiga ko'ra, raqibdan olingan figuralar taxtadan tashqariga olib tashlanmaydi, balki o'zingizni figuralaringiz sifatida foydalanishingiz mumkin.
Savol : Diqqat, ALFA so'zi almashtirilgan.Ma'lum bo'lishicha, ALFA ovozsiz harakatlanar ekan va hatto jarohat olganida ham umuman ovoz chiqarmas ekan. ALFA laqabli inson ham mashhur janjalga sabab bo'lgan suhbatda jim turishni afzal bilgan ekan. Keyinchalik bu inson ALFA ni tasvirlab, tagiga so'z ham yozib qo'ygan. Savol: Qanday so'z? 
Javob : Puma 
Izoh : ALFA - bu puma. 1948-yilda aka-uka Dasslerlar bahslashib qolishadi va noma'lum sabablarga ko'ra tarqalib ketishadi. Natijada 2ta yangi kompaniya paydo bo'ladi - "Adidas" va "Puma". Rudolf Dasslerning yoshlikdagi laqabi "Puma" bo'lgan. Ehtimol, shu sababli u sakrayotgan pumani chizib, tagiga firma nomini yozib qo'yadi.
Savol : Polshadagi bir noodatiy mukofotni topshirish vaqtida nomzod 1 stakan limon suvini ichishi kerak.Savol: U shundan keyin nima ish qilishi kerak?  
Javob : Kulish kerak 
Izoh : Polshada "Tabassum" degan medal bor, u voyaga yetganlarga berilar ekan. Mukofotni olish jarayonida esa nomzod limon suvini ichganidan keyin atrofdagilarga tabassum hadya qilishi kerak, bu esa o'z navbatida qiyin ish)) Men esa sizlarga har qanday vaziyatda ham yuzingizdan tabassum arimasligini tilab qolaman
Savol : Xitoy an'anasida har bir rang ramziy ma'noga ega: sariq rang imperatorni, yashil rang daraxtni, qora rang suvni anglatgan va hokazo. Pekindagi Saroylar majmuasida ("Запретный город") ko'pgina tomlar imperatorni anglatuvchi sariq rangga bo'yalgan. Savol: Qaysi binoning tomi qora rangga bo'yalgan? (Iloji bolsa izohi bilan) 
Javob : Kutubxona 
Izoh : Yuqoridagi ma'lumotda qora rang suvni anglatadi deyildi. Suv esa olovdan himoya qiladi, demak, kitoblar ham bezarar saqlanadi.
Savol : Bir shoirning fikriga ko'ra, bu ayolning hayotiga nuqta emas 2 nuqta qo'yilgan. Savol: Bu qaysi ayol? 
Javob : Kleopatra 
Izoh : 2 nuqta bu ilon tishining izlari. Kleopatra ilon chaqishidan o'lgan
Savol : "Forbes" ma'lumotiga ko'ra, eng boy X lar ro'yxatini Michael Jackson boshqarmoqda ekan. Savol: X ni bir xil harflar bilan boshlanuvchi 2 so'z bilan ayting. 
Javob : Marhum millionerlar 
Savol : 1870-yilda Napoleon III Sedanda mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, Prussiya askarlari Parijni qamal qilishadi. Tez orada qamaldagilarning ochlikdan qutulishdan boshqa hohishlari qolmaydi. Agar Umberto Ekoga ishonadigan bo'lsak, Parijdagi uylarda tushlikka X ni qovurishgan ekan. Savol: X ni 2 so'z bilan ayting. 
Javob : Oltin baliqlar 
Izoh : Ochlik shu darajada avj olganki, ular hatto akvariumdagi oltin baliqlarni yeyishga majbur bo'lishgan. Savoldagi "hohish" degan so'z yordam edi.
Savol : Darvozabon Jek Kelsining tan olib aytishicha, to'pni mahkam ushlab olish qobiliyati uchun u X dan minnatdor bo'lishi kerak. Amerikaliklar X ga bir yilda bir necha milliard dollar sarflashar ekan. Savol: X ni ayting.⏳ 
Javob : Saqich (jvachka). 
Izoh : Kelsin qo'lqopiga saqich yopishtirib olgan ekan.
Savol : 2015/2016 mavsumda Liverpul o'z uyida Vest Bromvich bilan durang o'ynaganidan so'ng, ushbu o'yinga bag'ishlangan maqolada shunday deyiladi: "Klopp sekin-sekin Unga o'xshab boryapti, chunki turnir jadvalining yuqori qismidagi jamoalardan ochko olib, ikkinchi o'ntalikdagi jamoalarga ulashyapti. Savol: Menga Uning ism va laqabini yozib bering 
Javob : 
Izoh : Robin Gud
Savol : Valentin Glushkoning aytishicha otgan asr 30-yillaridagi, Siolkovskiyning fikr va goyalari tarafdori bolgan entuziastlarni bir kasallikka chalingan deyish mumkin edi. Diqqat savol: ushbu kasallikni ayting 
Javob : Lunatizm 
Savol : Umuman olganda unga Andrea Mantinining "Venera va Mars" asari yoqib qoladi, ammo ushbu asar kattaroq bolgani uchun, X bilan cheklanib qoladi. Siz X ni emas, U qaysi davlat fuqarosi bolganligini ayting 
Javob : Italiya 
Izoh : X Mona Liza asari edi, uni og'irlab ketishgan
Savol : Futbolist Sergey Chepchugovning boshi muammodan chiqmas ekan. DIqqat savol: dostlari unga qanday qisqa laqab qoyishgan? 
Javob : CHP 
Izoh : Cherzvuchaynoy proizshestvii
Savol : Bir Lillik vino sotuvchining vinolari har yili aynib qolavergach u katta zarar ko`rdi. Diqqat savol: ushbu muammoni yechishda u kimdan maslahat so’ragan? 
Javob : Lui Paster 
Savol : Ushbu yigitchaning onasi Irmelinning aytishicha, chaqaloq uning qornida Mona Lizani tomosha qilayotganida birinchi marotaba qimirlagan ekan. Diqqat savol: Ushbu yigitchani otasi qaysi oroldan ekanligini ayting 
Javob : Kapri 
Izoh : Leonardo di Caprio
Savol : Bundan taxminan 1 asr muqaddam, Avgusta Diter chochqa goshti bilan karam yeganidan so’ng, uning sherigi “-nimA YEDING” degan savoliga “kartoshka” deb javob beradi. Uning sherigi familiyasini ayting? 
Javob : Altsgeymer 
Izoh : Nima yegani esidan chiqib qolgan
Savol : Eduard Vartanyaninning aytishicha 19-asrda paydo bolgan ushbu oyin dastlab Buyuk Britaniy shaharlarida mashxurlikka erishdi va keyinchalik Yevropaga ham uchib o’tdi. DS ushbu oyinni toping 
Javob : Badminton 
Savol : Tarqatma material O Milésimo DS: ushbu hayqiriq aynan qayerda bo`lganligini ayting 
Javob : Marakana stadionida 
Izoh : Pelening 1000-goli urilganda aytilgan
Savol : Sulton haramida begonalar bilmasligi kerak bolgan sirlar kop boladi. Haramdagi Xonimlarni yuzi yurish turish kiyinishini aytmasa ham boladi. Aynan shu tufayli ham, Sulton haramlarida ushbu san'atni qadrlashgan ekan. Ushbu sanatni ikki sozda ayting 
Javob : Soyalar teatri 
Savol : U kema kapitani bilan dengizda suzish boyicha musobaqalashdi. Oradan bir qancha vaqt otib, olim Robert MakKormik unga munosib raqib bo`lolmagach musobaqadan chiqdi. Diqqat savol: u kim? 
Javob : Charlz Darvin 
Savol : Bir asarda yozilishicha Salib yurishlari davomida Richard Sheryurak arab jangchilari oldiga borib, birga bir turish haqida taklif qiladi. Ammo arablar bu taklifga rozi bo`lmaydi. Arablar Richardga xatto yaqinlashishmaydi ham. Diqqat savol: Salibchilar lageriga qaytgan RIchardni asar muallifi qaysi hayvonga qiyoslaydi 
Javob : Tipratikan 
Izoh : Ko'plab kamon o'qlari sanchilgan
Savol : 1810-yilda Bavariyalik shagzoda Lyudvig Bavarskiy Tereza Saksenga uylanadi. To`y munosabati bilan juda katta bazm, pir uyushtirladi. Diqqat savol: To`y qaysi oyda o`tkazilgan edi? 
Javob : Oktyabr 
Izoh : Oktoberfast bayrami boshlangan
Savol : Ularning ish asboblari bilan tanishing: Bo`yinga osiladigan qop, teridan qilingan qo`lqoplar va arqon. Diqqat savol: ular nimani "ovlashadi"? 
Javob : Marvarid 
Savol : Jonatan Kerrol asari qahramoni Samuel Bayerga do'stlari farmasevtik laqab berishgan. Qanday? 
Javob : Aspirin 
Izoh : Bayer futbol klubining laqabi 
Savol : Bir safar Anna opa Axmatova uzoq sayrdan so'ng Parij kafelaridan biriga dam olishga kiradi. Anna opa kafedan chiqmoqchi bo`lganligida esa, qo'shni stolda o'tirgan misye unga o'z tashrif qogozini qoldirib ketibdi. Misye vizitkani qoldirar ekan, savol muallifi fikricha Anna opa yoqqan bo'lsada, uni qidirmaslikni oylagan bolsa kerak. Diqqat savol: anna opa vizitkani qayerdan topib oladi 
Javob : Tuflisidan 
Izoh : Charchab tuflisini yechib qo'ygan
Savol : Emmanuel Ninjerning omadli va uzoq muddatli karyerasi bardagi xo'l stol tufayli o'z yakuniga yetdi. Diqqat savol: U nima bilan shugullangan? 
Javob : Qalbaki pul ishlab chiqarish 
Izoh : Bo'yoqlar bo'yalib ketgan
Savol : Bir komediyada Asperger sindromi mavjud bo`lgan qahramon mukofot oladi. DS: u o'zining juda uzun bo`lgan nutqida kimga oxirgi bo`lib rahmat aytganligini fransuzcha so`z bilan ayting 
Javob : Akusher 
Izoh : Aspergerlarning xotirasi kuchli bo'ladi
Savol : Kontrabas filmi qahramonining aytishi bo`yicha u o'zining temperamenti tufayli bir nechta pianinolarni sindirgan. Stiven Fray fikricha esa bunga boshqa sabab bor. DS: u kim? 
Javob : Betxoven 
Izoh : Aslida u kar bo'lib qolgan
Savol : Inglizlar selfie-tayoqchasini "Uning tayog'i" deb atashar ekan. U kim? 
Javob : Nartsis 
Izoh : Nartsis o'zini sevib qolgan
Savol : Vittoriya de Sakoning filmida qahramonni Uni yopishtirayotganida o'marib ketishadi. Oqibatda qahramon qamoqxonaga tushishiga bir bahya qoladi. Unda kim tasvirlangan edi? 
Javob : Rita Heyvurts 
Izoh : Shoushenkdan qochish filmidagi devorga ilingan aktrisa surati
Savol : Rejissorning aytishicha uning qahramoniga kino davomida qo'rquv yo`ldosh bo`lib yuradi, qahramon esa shu qo'rquvni yenga olishi kerak. Diqqat savol: gap qaysi film haqida ketmoqda? 
Javob : Marslik 
Izoh : Mars sayyorasining qo'rquv(fobos) nomli yo'ldoshi bor
Savol : Yozuvchi Jozetta Frabsua sharq taomlarini maqtar ekan, Misrni " Bir ta'm mamlakati" deb ataydi. DS: yuqoridagi gapda tushib qolgan sozni ayting 
Javob : Ming 
Izoh : 1001 ta'm mamlakati
Savol : Bu mamalkat Argentina, Shimoli Amerika, Turkiya, Kipr, hatto Uganda xududida bo'lishi mumkin edi. Savol: Bu mamlakatni poytaxtini ayting. 
Javob : Tel-Aviv 
Izoh : Davlat Isroil
Savol : Kunlardan bir kun Jerom g'alati tush ko'ribdi. U teatrga kelganda garderobda boshqa teatrga keluvchi odamlarga eng ko'p xalaqit beradigan narsani topshirib ketishini so'rashayotgan emish. Savol: Nimani? 
Javob : Oyoqlarini 
Savol : 1997-yilada bir guruh Rossiyalik sayyohlar Bering bo'g'zini suzib o'tmoqchi bo'lishdi. Bu sayohat davlatga qimmatga tushdi: 200 million rubl. Savol: Shuncha pul nima uchun sarflangan. 
Javob : Yoqolib qolgan ekspeditsiya guruhini qidirishga. 
Savol : Edison elektr stulni o'lab topishiga sabab, U ishlaydigan telefon kontorasida Ularning ko'pligi edi. Savol: ularni ayting. 
Javob : Suvaraklar 
Izoh : Suvaraklarstulidan yuqoriga chiqa olmagan ekan
Savol : AQSh politsiyachilarida qondagi alkogol miqdorini aniqlashni usullari bor. Savol: Gumondagi inson Ichmaganligini tasdiqlash uchun nimani teskari tartibda sanab berish zarur.  
Javob : Alfavit xarflari 
Savol : Bir romanda ingliz josus ayoli Parijda avval birinchi ishni, so'ngra ikkinchini qilganligi uchun fosh bo'lib qoladi. Savol: Birinchi ishni qilish bilan nimani almashtirdik? 
Javob : O'ng tomonga qarash 
Izoh : Yo'ldan o'tayotganda o'ng tomonga avval qarash unga odat bo'lib qolgan edi
Savol : 2010-yilning noyabrida Nikaraguaning bir harbiy bo'linmasi chegarani buzib Kosta-Rika hududiga o'tib ketadi. Bu voqea tufayli Ikki mamalakat orasida mojaro chiqishiga oz qoladi. Savol: Bunga qaysi kompaniya mahsuloti sababchi bo'ladi? 
Javob : Google 
Izoh : Mahsulot -Google maps. Harbiylar onlayn karta bo'yicha harakatlangan edilar. U esa chegarani noto'g'ri ko'rsatgan edi.
Savol : Olimlar Misrliklar qanday qilib birorta mixsiz o'z qayiqlarini taxtasini mustahkamlaganliklarini ustida uzoq bosh qotirishdi. Bilishsa taxtalar X prinsipida ulangan ekan. Savol: X ni kelib chiqishi ingilizcha bo'lgan so'z bilan ayting 
Javob : Mozayka 
Savol : Avstriya seriali "Komissar Reks" ni bosh qahramoni - politsiyachi it. Bir kuni u o'z xo'jayini bilan birgalikda 1827 yilda Venada vafot etgan bir inson qabridagi o'g'irilik ishini ochish bo'yicha iahlaydi. Savol : Vafot etgan inson kim edi? 
Javob : Betxoven 
Izoh : Betxoven ham it zoti. Lyudvig van Betxovenni bosh suyagini o'g'irlashgan edi
Savol : "Parker Brazers" firmasi monopolist hisoblanadi, ular 1935- yildan 1965-yilgacha 40 millin nusxa uni sotdilar. Savol: nimani? 
Javob : "Monopoliya" o'yinini 
Savol : Bu simvolni nomlaridan biri - "oktotorp". Bu nom o'rya asrlar kartografiya odatlaridan kelib chiqgan. Bu simvol bilan sakkizta tomoni dala bo'lgan qishloqni ifodalashgan. Menimcha bu simvolni hammangiz ko'rgansiz, ko'pchiligingiz hozir ham ko'rishingiz mumkin. Savol: Uni chizib bering. 
Javob : # 
Izoh : Oktotorp(#) ni mobil telefon klaviyaturasida ko'rish mumkin
Savol : Pol Oster romani personaji mashhur amerika universitetiga kiriahga otlanadi. Shunda u o'z amakisidan bir yarimminga yaqin kitob sovg'a oladi. Savol: Personaj qaysi universitetga kirgan? 
Javob : Kolumbiya universiteti 
Izoh : Amakisi 1492 ta kitob beradi- Kolumb amerikani ochgan yil
Savol : Bolaligidanoq uning laqabi "Truba" edi. Uni qizini eslashicha urush vaqtida u kamdam-kam uxlardi. Savol: U kim? 
Javob : Yuriy Levitan 
Izoh : Truba ( musiqa asbobi) degan laqabni baland ovozi uchun olgan. Urush vaqitda xoxlagan vaqtda chaqirib qolishar edi.
Savol : Stiv Jobsning iltimosiga binoan uning yangi Mersadesidagi kojenniy narsalarni olib tashlashdi. Jobsning iltimosini sababini kelib chiqishi lotincha bo'lgan bir so'z bilan yushuntirdi. Savol: Bu so'zni ayting. 
Javob : Vegetaryanlik 
Savol : Etonyalik baliqchilar uyga qaytayotganda qirg'oqgacha bo'lgan masofani shu bilan o'lchashgan. Bir mashhur ingliz ham ham ishning qiyinlik darajasini shu bilan o'lchaydi. Savol: Uni ayting. 
Javob : Chekilgan trubka ( trubka) 
Savol : Gippokrat aytadi " 1000 ta doridan 999 tasi bu-..." Savol : tushirib qoldirilgan so'zni ayting? 
Javob : Harakat 
Savol : Gippokratning aytishicha birinchi tishlar undan paydo bo'ladi? Savol: Nimandan? 
Javob : Ona sutidan 
Izoh : Sut tishlari
Savol : Nyulend universiteto professorini aytishicha Jakondaning sirli kulgusi va qo'llarida taqinchoqlarning yo'qligiga uni sababchi qilb ko'rsatadi. Savol: Nimani? 
Javob : Homiladorlik 
Izoh : Qo'llarida shish sababli uzuk taqmagan deydi
Savol : 1999- yil Turkiyada zizlzila bo'lgandan so'ng ko'pgina mamlakatlardan qutqaruv guruhlari keldi. U yerga uch soha vakillari kelgan edi: birinchi- tog' quyqaruvchilari, ikkinchi -shifokorlar. Savol: uchinchini ayting. 
Javob : Kinologlar 
Izoh : Kuchuklar harobalar ostida qolgan insonlarni qidirganlar
Savol : Statistik ma'lumotlarga ko'ra 1996- yil sportchilar orasida eng ko'p pul ishlab topgan bu uchta adash sportchi ekan. Savol: ular kimlar? 
Javob : Mayk Tayson, Maykl Jordan, Mixail Shumaher 
Savol : Xitoyda o'qituvchilar kuni uning tug'ilgan kuni sanasida nishonlanadi. Savol: Kimni? 
Javob : Konfutsiy 
Izoh : Konfutsiy- buyuk ustoz
Savol : Bir tibbiy jurnalni "Shifokorlar haqida barcha haqiqatlar" maqolasida, "Shifokorlar o'zlari orasidagi bu soha mutahassislaridan minnaddor bo'lishlari lozim, chunki barcha shifokorlarni shu soha vakillari ish bilan ta'minlaydi" deydi. Savol: Qaysi soha vakillari? 
Javob : Akusherlar 
Izoh : Odam tug'ilar ekan shifokorlarga ish bor, aksincha
Savol : Tibbiyotda shunday sindrom borki, bunda odam o'zida yo'q simptomlarni bor deb aytadi ( boshi og'rimasa ham, og'riyapdi deydi). Savol: Tibbiyotda bu sindrom qaysi personaj nomi bilan yuritiladi? 
Javob : Myungxauzen 
Savol : Ilk bor bu narsa Kuk ekspeditsiyasi a'zolari o'rtasida urf bo'lgan. Buning uchun akula tishlari, kaktus tikanlaridan foydalanishgan. Hozir u juda ommalashib ketti. Hozirda sharikli ruchkaga o'xshash uskunadan foydalaniladi. Savol: Nima?  
Javob : Tatuirovka 
Izoh : Dengizchilar suvga cho'kib vafot etganda tanib olish qiyin. Tatuirovkadan tanib olishgan.
Savol : Topishmoq: "Oyog'i osmondan turar, Odamlarga haqiqatni aytar" Savol: Topishmoqni javobini ayting. 
Javob : Topishmoqni javobi. 
Izoh : Kitoblarda topishmoqlar berilsa ularning ostida javobi, oyog'i osmondan qilib yoziladi.
Savol : AQSh da X tufayli har yili minglab odamlar vafot etar ekan. Pirogovda X chiroyli bo'lgan. Savol: X ni ayting. 
Javob : Shifokorlar xusnixati (xati) tufayli. 
Izoh : Aptekachilar retseptni tushunmay boshqa dorilarni berib yuborishar ekan
Savol : Bu olim Cheshir grafligida tug'ilgan edi. Bu graflikda uning onasi tarafidan tayyorlangan pishloqlar ham mashhur edi. Savol: Bu olim kim? 
Javob : Aleksandr Fleming 
Izoh : Penitsilin ixtirochisi. Pishloq tayyorlashda ham ishlatilinar ekan
Savol : Yaqinda 2012 ta adadda chiqarilgan kolleksioner soatlarning bittasini narxi, 170 ming dollargacha edi. Uning bunchalik qimmatligiga korpusi sabab edi. Savol : korpusi bilan bog'liq atoqli atni ayting 
Javob : Titanik 
Izoh : Bu soatlarning ko'rpusi cho'kib ketgan kema po'latidan tayyorlangan edi
Savol : U "Nima yozishni bilmay boshlanadigan, tugaganda esa nima yozganligini bilmaydigan" narsa. Savol: uni ayting. 
Javob : Sevgi xati 
Savol : Genri Makken U jaqida bunday degan." U huddi urushga o'xshaydi: boshlash oson, to'tatish esa qiyin" Savol: Uni ayting. 
Javob : Sevgi 
Savol : Prishvin nimani " Sevgining dorisi" degan 
Javob : Nikoh 
Savol : Stalin " ЗИС-110" zirxli avtomobilda, Gitler buyurtma bo'yicha tayyorlangan zirxli "Mersades" da. AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt esa musodara qilingan zirxli "Kadillak" avtomobilda yurardi. Savol: Kimdan musodara qilingan?  
Javob : Al-Kapone 
Savol : Misr maqoli " Daryodan suzib o'tish, Uni haqorat qilishdir" Savol: Uni ayting. 
Javob : Timsoh 
Savol : Inkivizitsiya har xil davrda, har xil ko'rinishda bo'lgan. Ammo Gertsen fikricha eng shafqatsiz inkivizator odam emas. Savol: Nima? 
Javob : Vijdon 
Savol : Rimlik zodagonlar erkin insonlarni qullardan farqlash uchun, qullarga mahsus kiyim berishni o'ylashdi. Ammo yaxshilab mulohaza qilishgandan so'ng, bu fikrlaridan qaytishdi. Savol: Nega? 
Javob : Bu kiyimda qullar ulardan ko'p ekanliklarini bilib qolardilar. Daxshatlisi keyin bo'lardi 
Savol : Qadimgi cho'ntak soati. Strelkasi bitta, ustida oynasi yo'q, har bir son bo'rtib turibdi. Savol: Bu soatni ko'zi ojizlar ishlatmagan bo'lsa, kimlar ishlatgan 
Javob : Jentlmenlar 
Izoh : Mehmonda o'tirganda soatiga qarash odobsizlik xisoblangan va ular vaqtni soatni paypaslab bilib olishgan.
Savol : Vladimir Korotkeyvich bir qahramoni achchiq hazil qilib shunday deydi. Hukumat Ocharchilik va qashshoqlikda biror bir narsani narxini arzonlashtirishga va'da bersa bu ham bo'lsa "X" bo'ladi. Savol: X ni ayting. 
Javob : Arqon 
Izoh : O'zingni osishinga
Savol : Bu mashhur personajning nomi Genri. Ammo bizga u boshqa nom ostida tanish. Agar bu ismni kichraytirilgan variantini oxiriga bir xarf qo'shsak bir mamlakat nomi, agar kichraytirilgan variant boshiga bir xarf qo'shsak shu mamalakat gaplashadigan til kelib chiqadi. Savol: Bu personajni familyasini ayting. 
Javob : Jons 
Izoh : Indiana Jonsni aslida nomi Genri Jons-kichkina. Kichraytirilgan variant- Indi. Indiya. Xindi.
Savol : Nikolay Chukovskiy SSSR ga kelgan Yamaykalik shoirdan sizga sevimli shoirlar kimlar deganda, U biri Rossiyalik va biri Yevropalik bo'lgan adashlarni ayatganini eslaydi. Savol : Bu adashlarni ayting. 
Javob : Aleksandr Pushkin, Aleksandr Dyuma 
Izoh : Izoh bular ham yamaykalik shoirga o'xshab negr, to'g'rirog'i mulat edi
Savol : 
Javob : 
Savol : 1517-yil Angliya davlat arbobi Tomas Mor o'zini mashhur "Utopiya" asarini yozdi. Savol: 1551 -yil ushbu asar bilan bog'liq qanday muhim voqea sodir bo'ldi? 
Javob : Lotin tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi 
Izoh : Bu yillarda hali ham lotin tilida ijod qilinar edi
Savol : 1999-yil Ruminyada maxsus to'q rangdagi platikli banknotalar chiqarildi. Banknotada ba'zi joylarga belgi qo'yilgan Ruminya xaritasi bor edi. Savol: Qanday xodisaga atab chiqarilganligini ikki so'z bilan ayting. 
Javob : Quyosh tutilishi 
Izoh : Plastik quyoshga qarashga, xaritada esa quyosh tutilishini qayerlarda ko'rish mumkin ekanligi belgilangan.
Savol : O'rta asrlarda Nimvrod Bobil minorasini qurdirishiga sabab Uni kutganligi deyishardi. Ioan Karlion Uni 1524-yilda Yupiter va Saturn baliq yuldiz turkumiga kelganda bo'lishini bashorat qilgan edi. Savol: Uni to'rt so'z bilan ayting. 
Javob : Ikkinchi Butundunyo suv toshqini 
Savol : Kalimantan orolida yashovchi baravan va lelak qabilalarida BU DAVR da ba'zi oila a'zolariga tor tuynuklarga qo'l solish,ostonada turib qolish kabi harakatlar ta'qiqlanar ekan.BU DAVR har bir oilada bo'lishini hisobga olib bu ta'qiqlar sababini ayting 
Javob : Farzand kutilayotgan davr.Bola qiyinchilik bilan tug'ladi deb hisoblashar ekan 
Savol : Butilka-qadimgi rusda syuqlik o'lchov birligi bo'lgan.Birinchisi 1/16 chelak(satil) yoki 0,7687 litr,ikkinchisi 1/20 chelak yoki 0,615 litr bo'lgan.Bu butilkalar qanday atalgan? 
Javob : 1-vino,2-pivo butilkalari 
Savol : Nartlar-ko'plab kavkaz afsonalarining qahramonlaridir.Ularni eng kuchlisi toshdan paydo bo'lib temirchi o'chog'da toblangan Sasrikvardir.U Xudolardan olib,odamlarga bergan ichinlik nomini ayting. 
Javob : Nart-sano ya'ni narzan 
Savol : IX asr o'rtalarida vikinglar birinchi marta O'rta yer dengiziga chiqadilar.Ular dengiz bo'yidagi shaharlarda jiddiy qarshilikka uchrashmasada orqaga qaytishga majbur bo'lishadi.Ularni to'satdan paydo bo'lgan "dengiz kasalligi"vahimaga solib qo'yadi.Bu qanday "kasallik"edi? 
Javob : Bu hech qanday kasallik emas edi.Shunchaki vikinglar janub quyoshida kuyib qolisgadi.Buni kasallik deb o'ylab orqaga qaytishadi 
Savol : Moskva metropoliteni ochilishidan oldin poyezdlar jo'nashini bildiruvchi signal qanday bo'lishi kerak degan masala paydo bo'ladi.Rahbariyat oxir oqibat payg'ambarimiz Muhammad(s.av.)tanlagan usulda to'xtaydi.Bu qanday usul? 
Javob : Odam ovozi 
Izoh : Stansiylardagi shovqinda baland odam ovozigina yo'lovchilar e'tiborini tortadi.Namozga han muazzinlar chaqirishi bejiz emas.
Savol : Qadimgi Xitoy manbalarida bahorda-otlar ajdodi-Ma tszuga,yozda otboqar-Syan mu ga,qishda kasalliklar ruhi-Ma bu ga qurbonlik qilish kerak deyilgan.Kuzda esa Ma she ga qurbonlik qilish kerak ekan. Ma she ni toping. 
Javob : Birinchi chavandoz 
Savol : O'tgan asr oxirlarida Rossiyada "Bu kasallik bizga va yaponlarga ta'sir qilmaydi,chunki rivojlanish darajasi bo'yicha Yaponiya XXI asrda,biz esa XIX asrda yashapmiz"-degan latifa tarqaladi.Latifaga qaysi kasallik sabab bo'lgan? 
Javob : SPID 
Savol : Abul-Farajdan qanday odamni dono odam deyish mumkin?-deb so'rashdi.-Maqsad sari intilgan odamni-javob berdi u.Savol:qanday maqasad? 
Javob : Yetish mumkin bo'lgan maqsadga 
Savol : Eng qisqa reklama roligi 3 sekund davom etgan va Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. Rolikda nima namoyish etilgan? 
Javob : Ginnesning rekordlar kitobi reklama qilingan 
Savol : Ufa restoranlarida qiziq bir holat kuzatilgan.Restoranlarga vaqti vaqti bilan bir kishi kirib eng sara ovqatlardan buyuradi.Yeb bo'lgach esa ofitsianga sovet o'n so'mligini uzatadi.Politsiya chaqiriladi lekin u odam qo'yib yuboriladi.Chunki unda "shizofreniya"ma'lumotnomasi bor edi.Eng qizig'i bu odam bir iborani aytishni unutmagan.Bu qaysi ibora? 
Javob : Qaytimi kerak emas 
Savol : II jahon urushi.Nemislar Moskvaga yaqinlashib kelganda U zudlik bilan Tyumenga ko'chiriladi va 1945 yil bahorigacha o'sha yerda bo'ladi.U ni ikki so'zda ayting. 
Javob : Leninnig jasadi 
Savol : Grek madaniyati haqidagi ko'rsatuvni ko'rayotgan qizaloq notanish so'zni eshitib bu duxilar sotiladigan magazin bo'lsa kerak deb o'yladi.Bu so'z-? 
Javob : Parfenon 
Izoh : Parfyumeriya mahsulotlari sotiladi deb tushungan
Savol : O'rta asrlarda cherkov ta'qiqlagan kitoblar bu so'z bilan atalgan.Hozir esa bu so'z matematika,iqtisod,kutubxona ishi,meteorologiya va aloqada qo'llaniladi.Bu qaysi so'z? 
Javob : Indeks 
Savol : 1992-yili Angliyada "So'nggi Nuh kemasi"nomli albom-boshqotirma nashr etiladi.Unda 707 hayvon turi tasvirlangan edi.Boshqotirmada qaysi hayvonni topish so'ralganini toping 
Javob : Jufti yo'q bo'lgan hayvonni. 
Savol : Bir reklamada bir shisha pivo yonida turgan U ta'qiqlovchi belgiga aylanadi. U ni ayting. 
Javob : Avtomobil ruli 
Savol : 1665 yilda vabo tarqalishi tufayli Londonda o'pishish ta'qiqlanadi.Bu esa X ommalashuviga sabab bo'ladi.X ni bajarish uchun bir oyoqni sal orqaga tortish talab etiladi.X ni fransuzchadan kirib kelgan so'z bilan ayting. 
Javob : Reverans 
Savol : 2005-yil ekranga chiqqan "Toj-Mahal" filmi bu mamlakat aholisini shunchalar qiziqtirib qo'ydiki hukumat deyarli 40 yil davom etgan hind filmlariga qo'yilgan ta'qiqni bekor qildi.Bu mamlakat poytaxtini toping. 
Javob : Islomobod 
Savol : Davolashning bu turi umurtqa tizimi,qon tomir tizimi,asab tizimi kasalliklari,bepushtlikning ayrim turlarini davolashda qo'llaniladi.Davolashning bu turi-"qo'lqop","paypoq" , "shim" , "kurtka" deb nom olgan protseduralardan tashkil topgan.Bu qanday davolash turi? 
Javob : Balchiq bilan davolash. 
Izoh : Nomi tananing qaysi qismi balchiq bilan qoplaninshidan olingan
Savol : Bundan 35-36 yillar oldin yaxshi formadagi AQSH lik sportchi Greg Luganis bir voqea tufayli Gretsiya fuqaroligini olmoqchi bo'ladi.Biz sizdan u Gretsiya fuqaroligini olgan olmaganligini so'ramaymiz,Luganisning bunday qarorga kelishiga sabab bo'lgan voqeani aniq ayting. 
Javob : Olimpiada-1980 
Izoh : Bu olimpiada Moskvada bo'lganini bilasiz.SSSR bilan AQSH o'rtasidagi siyosiy nizolar sabab AQSH lik sportchilar qatnashmaydi.Luganisning maqsadi olimpiadada qatnashish bo'lgan
Savol : Qadimgi rimda xudolarga qurbonlik uchun oq rangli hayvonlarni keltirishgan.Qanday holatda qora rangli hayvon keltirilgan qurbonlik uchun? 
Javob : Qurbonlik yerosti xudolariga atalgan bo'lsa 
Savol : Qadimgi inklar odamlarni qurbonlik qilishgan.Lekin odam o'rniga bir xususiyatga ega bo'lgan qushni olib kelish ham mumkin bo'lgan.Bu qaysi qush? 
Javob : To'tiqush 
Izoh : Qush gapirish xususiyatiga ega bo'lishi kerak bo'lgan
Savol : AQSH Kongressi rasmiy ravishda besh marta urush e'lon qilgan.Birinchi va ikkinchi jahon urushlarida,1846 yili Meksikaga,1898 yili Ispaniyaga qarshi.AQSH birinchi marta qachon va kimga qarshi urush e'lon qilgan? 
Javob : 1812-yil Napoleonga qarshi 
Savol : J.Bruno daryosi,J.d'Ark daryosi,Yan Gus daryosi...... .Aslida bunaqa daryolar yo'q.Shimoliy Amerikadagi qaysi haqiqiy daryoni bu qatorga qo'shish mumkin? 
Javob : Avliyo Lavrentiy 
Izoh : Uni ham yoqishgan
Savol : Davlat miqyosidagi bayramlarda ko'plab AQSH shtatlarida alohida joylarda bepul bir stakan kofe ichish mumkin.Bu qanday joy? 
Javob : Katta yo'llar yoqasidagi restoranlar 
Izoh : Haydovchilar uxlab qolmasligi uchun
Savol : 1-jahon urushi paytida nemis josusi Redjinald Roulend nomiga berilgan amerika pasporti bilan Angliyada yashaydi.Maxfiy xabarlarni urush paytida ham soatdek aniq ishlaydigan angliya pochtasidan jo'natadi.Bir jo'natmadan keyin uni qo'lga olishadi.Pochta xodimlari nimadan shubhalanishadi? 
Javob : U xatni adresat-uy-ko'cha-shahar-davlat(angliya va amerikadagiday)ko'rinishida emas davlat-shahar-ko'cha-uy-adresat ko'rinishida jo'natgan 
Savol : De Stal xonimning fikrini eshiting:"Kimki tamaki cheksa cho'chqadek sasiydi,tamaki hidlasa cho'chqadek ko'rinadi,tamaki chaynasa .... ....".Savol:Nuqtalar o'rnidagi ikki so'zni ayting. 
Javob : Cho'chqaning o'zi 
Savol : Aytishlaricha bir yengiltabiat ayolning o'g'li odamlarga tosh otayotganini ko'rgan Diogen unga shunday maslahat beradi:"Tosh otishni bas qil,toshlaring U nga tegishi mumkin".U ni ayting. 
Javob : O'z otangga tegishi mumkin degan 
Savol : A.Makedonskiy jangga otlanar ekan shunday deydi:"Agar biz yengsak ham hech kim bizni maqtamaydi,yengilsak haqiqiy sharmabdalik bo'ladi".Makedonskiy kimlarga qarshi janga otlangan edi? 
Javob : Amazonkalarga qarshi 
Savol : 1979 yili bu sovrin angliyalikka nasib etadi.O'sha payt bu sovrinni oradan 22 yil o'tib 1979 yilda tug'ilgan yana bir angliylik qo'lga kiritishini hech kim o'ylamagan bo'lsa kerak.Ikkinchi angliyalikni toping. 
Javob : Maykl Oven 
Izoh : 2001-yil oltin to'pni oladi.1979-yili esa Kevin Kigan olgan
Savol : 1934 yilda Berlindagi ayollar tashkiloti Angalt vokzalida Gitlerni kutib olmoqchi bo'ladi.Tegishli vazirlikka telefon qilib fyurer qaysi gulni yoqtirishini so'rashadi.Ma'lum bo'ladiki fyurer gulni umuman yoqtirmaydi.Shunda bir mansabdor bir gulni taklif etadi.Birinchidan kam uchraydi,ikkinchidan Berlindan uzoqda Bavariyaning chekka joylarida uchraydi.Keyinchalik "fyurer guli"rasmiy nomini olgan bu gulni toping. 
Javob : Edelveys 
Savol : 1966 yili "Pravda" gazetasida jurnalist A.Saxinning kontrabandistlarga qarshi kurash haqidagi maqolalari chop etiladi.Maqolalardan birida keyinchalik bir film ssenariysiga asos bo'lgan kontrabandachilarning tovar olib o'tish usuli haqida ayrilgan.Bu qanday usul edi? 
Javob : Gipslangan qo'llar 
Izoh : Bu usul "Brilliant qo'l"filmiga asos bo'lgan
Savol : Xitoy tilida bu so'z yo'qligi uchun xitoyliklar uning o'rniga "Bu eshak yilida sodir bo'ladi"-deyishar ekan.Bu qanday so'z? 
Javob : Hech qachon 
Savol : Mexanikadan imtihon ketmoqda.Domla:-Nima uchun siz meni sochimdan tutib ko'tara olasizu,o'zingizni ko'tara olmaysiz?Talaba:-Sizni ham ko'tara olmayman.Savol:Talabaning javobini izohlang 
Javob : Domla kal bo'lgan 
Savol : Ukrainaning Odessa viloyatidagi bir shosse yaqinida ketma ket Tarutino,Beryozino va yana bir aholi punkti bor.Ulardan unchalik uzoq bo'lmagan joyda esa Kutuzovo posyolkasi bor.Savol:Birinchi ketma ketlikdagi uchinchi aholi punktini toping. 
Javob : Borodino 
Izoh : Tarutino,Beryozino,Borodino 1812 yildagi katta janglar.
Savol : Sankt-Peterburgning P-2 nashriyoti 2002 yilda "Kalendur" nomli hazil kalendar nashr etadi.Unda oylarning nomi quyidagicha o'zgartirilgan:Mart-koshmart,aprel-soprel,iyul-jaryul.Bayram kunlari ko'pligini bilgan holda aytingchi yanvar qanday nomlangan bu kalendarda? 
Javob : Pyanvar 
Savol : Latifa:Palataga kirgan vrach bemorni jon jahdi bilan silkitayotgan hamshirani ko'rib:-Bemorni nima qilyapsiz?-deb baqirdi.Hamshira:-Bemorga dori beribmanu bir ishni unutibman demoqda.Aytingchi hamshira nimani unutgan? 
Javob : Dorini chayqatishni 
Savol : Chilida bir yilda-1000 dan ortiq,Yaponiyada-430,Meksika-100 dan ortiq,Kaliforniyada-90.Gap nima haqdaligini aniq ayting. 
Javob : Bir yildagi zilzilalar soni 
Savol : Bu ishni hammadan tez fransuzlar qilishadi,ulardan so'ng yaponlar turishadi,oxirgi o'rinda polineziyaliklar turishadi.Gap nima haqda ketmoqda? 
Javob : Tez gapirish 
Savol : Shvetsariyalik bir talonchi kunduz kuni talonchilik qiladi.Boy xonadonlarga borib eshikni taqillatadi.Eshikka quloq tutadi va hech qanday ovoz eshitilmasa ishini bajaradi.Oxir oqibat bu usul uni qo'lga tushiradi.Qanday qilib? 
Javob : Izquvarlar eshiklardan quloq izlarini topishib jinoyat ishiga tikishadi 
Savol : "Jahon futboli ensiklopediyasi"ning "Buyuk o'yinchilar" bo'limida U Franko Barezi va Frans Bekkenbauer orasida joylashtirilgan. Futbolda golni nishonlashdagi bir element aynan Uning nomi bilan atalgan. Aynan shunday qilib golni nishonlash qanday voqea bilan aloqador? 
Javob : Farzand tug'ilishi 
Izoh : Qo'l bilan bolani tebratgandek harakat qilishni ilk bor JCH-94 da Bebeto qilgan.
Savol : Mendeleev faqatgina davriy sistema bilan emas balki boshqa ishlari bilan ham mashhur. Masalan, u o'zining aralashmalar haqidagi doktorlik dissertatsiyasida har bir rus erkagiga ma'lum bo'lgan bir son chiqargan. Qaysi son? 
Javob : 40 
Izoh : 40% spirtning suv bilan aralashgandan keyingi optimal ko'rsatgich.
Savol : Bir futbol matchida bir muxlis o'yinga berilib ketib butun o'yinni his-hayajon bilan o'tkazdi. O'yin oxirida u yonidagi muxlisga :-Menimcha men X ni yo'qotdim.-X ni mening qulog'imdan qidiring! X - ? 
Javob : Ovoz 
Savol : Aytishlaricha, XVIII asrda bir banditizm juda ham keng tarqalgan ekan. Undan hatto Russo, Volter va boshqalar ham jabr ko'rishgan ekan. Hozirda u boshqa nom bilan ataladi. Qanday? 
Javob : "Tipografik qaroqchilik" 
Savol : XIX asrning oxirlarida tarixda birinchi marta bir nechta davlar bir voqeaga bag'ishlab pochta markalari chiqardi. Qaysi voqea sabab? 
Javob : Amerikaning kashf qilinganligining 400 yilligi. 
Savol : Afinaliklar uni Dionis ishqida yongan Erigona deb atashgan. Boshqa versiyalarga ko'ra esa u Persefonaning onasi Demetra. Biz esa uni umuman boshqacha nomlaymiz. Savol : qanday? 
Javob : Sunbula 
Savol : Agar men Sankt-Peterburg yoki Amsterdam fuqarolari o'rnida bo'lganimda U ni jiddiy kuzatib borardim. Chunki undagi bir o'zgarish shu shaharlarning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. U qaysi davlatda joylashgan? 
Javob : Grenlandiya 
Izoh : Ma'lumki S.Peterburg va Amsterdam botqoq ustida joylashgan shaharlar hisoblanadi.
Savol : Bir fantastik asar qahramonining fikricha, agar haqiqiy do'sting kimligini bilmoqchi bo'lsang, U YERDA bo'lishing kerak. Bir safar Yevgeniy Petrov U YERDA bo'lganligini qayg'u bilan aytadi. Qayerda? 
Javob : O'zining dafn marosimida 
Izoh : Petrov Ilya Ilfning dafn marosimida bo'lgan edi.
Savol : Aytishlaricha, ko'chada uni ko'rib qolganlar "ana u yerda bo'lgan odam" deb ko'rsatishar ekan. Kimni? 
Javob : Dante 
Izoh : Do'zaxda
Savol : Bir mashhur teleboshboshlovchining fikricha, "u xuddi balandlikdan suvga sakrash bilan teng. Sakragandan keyin esa basseynda suv yo'qligini payqaysan. Lekin hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi." U nima haqida gapiryapti? 
Javob : Jonli efir 
Savol : Gamburgda yaqinda noodatiy univermag ochildi. Sotiladigan tovarlar assortimenti oddiy : uy uchun predmetlar, instrumentlar, xullas har xil mayda chuydalar. Unda u nimasi bilan noodatiy? 
Javob : Sotiladigan hamma tovarlar chapaqaylar uchun ishlab chiqarilgan. 
Savol : Manilada bo'lib o'tgan XXX shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan bu mamlakat ayollar terma jamoasi tarkibi quyidagicha edi :Irina Levitina, Yelena Axmilovskaya, Anna Axsharumova, Esfir Epshteyn. Boah murabbiy - Aleksandr Ivanov. Qaysi mamlakat? 
Javob : AQSH 
Savol : Jek Londonning "Hayotga muhabbat" qissasida aytilishicha, X orttirilgan tajriba bilan hisoblashmaydi. "Shoushenkdan qochish" filmida bosh qahramon X ni hech qachon yo‘qotmagani uchun qochishga muvaffaq bo‘ladi! X - ? 
Javob : Umid 
Savol : Oltin izlovchi bo‘lishdan avval u juda ko‘p kasblar bilan shug‘ullandi : gazeta tarqatuvchi, konserva fabrikasida ishchi, matros, kirxonada dazmol bosuvchi... vhk. Muhtojlik tufayli o‘qishni bitira olmadi. Hayotning o‘zi unga dorilfunun bo‘ldi va u hayotdan o‘rganganlarini butun olamga hikoya qilib berish bilan yonar edi...Gap kim haqida ketyapti? 
Javob : Jek London 
Izoh : "U kim, bu nima" bolalar inseklopediyasi
Savol : Oybekning "Haqgo‘ylar" dostonidan parcha : - "Ota, siz haqlisiz, zamona yomon. X - balo, halokat boshi. Olovda zabt etmak istaydi jahon. Mudom Y ning urush yo‘ldoshi. X - ?, Y - ? 
Javob : X - AQSH, Y - B.Britaniya 
Savol : Yana Oybek ijodidan : X , mendan minglarcha chaqirimUzoqsan, yuragim senga yaqin bil!Tuprog‘inga hali oyoq bosmadim,Dardingni tashirman naq yigirma yil. AQSHga bog‘lagan holda, X ni ayting 
Javob : Yaponiya 
Savol : Ma'lumki, matbuotda gazeta bosib chiqarish uchun tahririyat qog'ozni rolonlarda kilogrammlab sotib oladi. Sifatli qog'ozlar o'zimizda chiqmagani uchun chetdan keladi va ularga boj olinadi. Aynan shunday yo'nalishda chop etiladigan gazetalar uchun bojxonada olinadigan boj miqdori ancha kam. Shu boisdan uni matbuot tarqatish shahobchilaridan ham juda arzon narhda harid qilishingiz mumkin. Savol: bu qaysi yo'nalishdagi gazeta? 
Javob : Bolalar 
Izoh : Masalan, 2x2, Bilimdon, Tong yulduzi kabi gazetalarning narhlari ham ancha arzon.
Savol : Aynan u yurt vakillaridan chiqqan alpinistlar mohir bo`larkan. Chunki bu yurtda mavjud Janubiy Alp tizmasi Himolay tizmasiga o`xshab ketadi. Alpinistlar Everestga chiqish payti noqulay muzliklardan o`tishadi. Janubiy Alp tog`lari ham xuddi shunday muzliklar bilan qoplangani uchun Everestni zabt etishni istagan ayrim insonlar shu tog` tizmasida o`ziga xos mashq qilarkan. Savol: ushbu tog` tizmasi qaysi davlatda? 
Javob : Yangi Zelandiyada 
Izoh : Everestga ilk bor chiqqan inson ham yangi zelandiyalik edi
Savol : Taraz – Qozog`istonning janubida joylashgan hudud. Uning qadimiy nomi haligacha saqlanib qolgan va aholi orasida hali-hanuz shunday nomalanadi. Tarazning eski nomi haqida maktabdagi adabiyot darsligida ajoyib doston o`qiganmiz. Savol: Siz menga o`sha doston va muallifni ayting 
Javob : Hamid Olimjon 
Izoh : Bu shaharning avvalgi nomi – Jambil. “Jambil haqida ertak” muallifi Hamid Olimjon
Savol : Yoshi katta insonlardan so'rasangiz, u haqida ilgari juda ko'plab she'r yodlaganliklarini aytib breishadi. Masalan, yodlangan she'rlar orasida Uni mardlar maydoni, gapning ustidan chiqadigan, lafzi halol, subutli odamlar uchun deyishadi. Savol: Uni 2 ta so'z bilan yozib bering 
Javob : Paxta maydoni 
Savol : 1966 yil Toshkentdagi zil-ziladan so'ng ayrim xonadonlarda sodir bo'lgan voqealar mish-mishlarga aylanib ko'pchilikka ovoza bo'la boshlaydi. Ayrim adabiyotchilarning fikricha, aynan mana shu voqealardan biriga asoslanib, yozuvchilarimizdan biri 1969 yili o'lmas asarlardan birini yaratildi. Savol: o'sha asar qaysi? 
Javob : “Oltin devor” pesasi 
Izoh : Haqiqatdan ham zil-ziladan keyin Toshkentdagi aygim xonadonlarda “Oltin devor” pesasida bo'lgani kai voqealiklar: hovlilarning devorlari, tomlari yoki boshqa chekkalaridan boyliklar topilgan ekan
Savol : Erkin Vohidovning hayotiz voqea asosida yozgan maqolasidan: Redaktsiyada bir yigit kelib "Eshitdinglarma, Qozog'istonda bir zo'r klub chiqibdi, nomini qarang "Pari seni jeremen". Shunda ustoz uning qattiq adashayotganini yumor bilan shunday aytadilar: – Eshitdingmi, Italiyada ham yangi klub chiqibdi – Yo'q, qanday ekan? – X Boyagi xodim klub nomi va davlatini buzib, o'zgartirib aytgani uchun Erkin Vohidov ham ushbu italyan klubi nomini buzibroq aytadilar. Savol: O'sha klubning asl nomini yozib bering. 
Javob : Bolonya 
Izoh : Shoirimiz “Bolonya” nomini biroz o'zgartirib, o'sha insonga qarata “Baloni e” deya javob bergan ekanlar
Savol : Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani boshlarida Umarshayx Mirzo saharlik qilayotib quyidagicha nutq qiladi: “Ilk o'z o'rnida aziz, ko'z o'z o'rnida suyukli. Ular nizo qilsalar, bir-biriga jarohat etkazishi mumkin”. Savol: Umarshayx Mirzo gaplarining manzilini kimlarga qaratilgan? 
Javob : Birinchi va ikkinchi rafiqalari Qutlug' Nigorxonim va Fotima Sultonlarga 
Savol : Blits: 1. TSerenbatar TSogbayar va Byambarinchen Bayara yaqinda qilmishlari uchun munosib jazolandi. Jazoga ko'ra, ular 3 yil muddat davomida o'z sohalari bo'yicha ishlay olishmaydi. Kutilmagan savol: ularni biz bilan kim bog'lab turadi? 2. Sport jurnalistlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovga ko'ra, yurtimizda 2016 yilning eng yaxshi sportchisi deya Hasanboy Do'smatov tan olindi. Ikkinchi o'rinda og'ir atletika bo'yicha Olimpiya rekordchisi Ruslan Nurudinov qayd etildi. Siz menga uchinchi o'rinda kimning ism-sharifi keltirilganini ayting. 3. Olimpiya o'yinlarida yurtimiz madhisi ilk bor qaysi shaharda yangragan? 
Javob : 1.Ixtiyor Navro'zov 2.Rishod Sobirov. 3.Lillexammerda 
Izoh : 2. Buni qarangki, o'zi ishtirok etgan 3 ta Pekin, London va Rio Olimpiadalarida uchinchi o'rinni olgan Rishod Sobirov bu ro'yxatda ham uchinchi. 3. 1994 yili Norvegiyadagi qishki Olimpiya o'yinlarida fristaylchimiz Lidiya Cheryazova Olimpiya o'yinlarida ilk bor oltin medalni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik sportchidir. Savolda yozgi yoki qishki Olimpiya o'yinlarida deyilmadi
Savol : Farg'ona viloyatining Oltiariq tumani o'zining bodring, turplaridan tashqari uzumlari bilan mashhur. Hosil yig'ib olingach, yuqori navli uzumlar biroz lat eganlari bilan bir joyda parvarish qilinadi. Ko'p foyda olishni istaydigan uzum etishtiruvchi bog'bonlar o'z mahsulotlarini kuz yoki erta qishda bozorga olib chiqmas ekan. Sababi bu vaqt ichida kechpishar uzumlarning hisobiga narhlar biroz arzonroq bo'ladi. Ular uzumlarni qishning oxirlari yoki erta bahorda bozorga olib chiqishadi. Unda oliy navli uzumlar deyarli yangi uzulgandek, bandi yam-yashil, tishlaganda ham suvli bo'lib turadi. Bunday natijaga erishishda lat egan uzumlarning xizmati katta. Savol: Bu yo'l bilan uzum saqlash jarayonini tushuntirib bering. 
Javob : O'sha lat egan uzum boshlaridagi donalar yaxshi saqlanayotganlarining kesilgan joyiga tiqib qo'yiladi. 
Izoh : Uzum saqlashni balki boshqa yo'llari ham bordir. Bir inson bilan suhbatimda shunday usulni aytib bergan, ya'ni o'sha lat egan uzum boshlaridagi donalar yaxshi saqlanayotganlarining kesilgan joyiga tiqib qo'yiladi. O'sha donalar meva daraxtidan oladigan kerakli oziq moddalarning katta qismini berib turar ekan
Savol : Diqqat, savolda o'zgartirish bor. Yaqinda Sahroyi kabir bo'ylab marafon o'tkazildi. E'tiborlisi, bu musobaqada atrof-muhitni saqlashga katta urg'u berilgan. Poyga davomida yo'lda ichimlik suvi idishini tashlab yuborgan har bir ishtirokchiga 60 evro jarima qilingan. Savol: matnda almashtirilgan so'zning aslida qanday ekanini yozib bering. 
Javob : daqiqa 
Izoh : Sportchilar uchun bunday vaziyatda 60 evro jarima to'lash hech narsa emas. Lekin shaxsiy vaqtida 60 daqiqa jarima tarzida qo'shib qo'yilishi chinakam muammo.
Savol : Zakovat sandiqchasi. Sandiqcha ichidagini ko'p davlatlarda olma deb atashadi. Masalan, Franiyada “Sevgi olmasi”, nemislar “jannat olmasi”, italyanlar esa xuddi biz ataydigandek “oltin olma” deydi. Atsteklar hammadan ham aniqroq qilib, unga “yirik meva” deb nom berishgan. Haqiqatdan ham, botanika fani nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo'lsak, unga shunday noma bersa bo'ladi. Savol: sandiqchada nima bor? 
Javob : Pomidor 
Izoh : Frantsuzlar Pomidorni “Pomme de amog'”, ya'ni “sevgi olmasi”, nemislar o'z tillarida “jannat olmasi”, italyanlar biz dilgandek “pommi dor”, ya'ni “oltin olma” deyishadi.
Savol : XX asr boshlarida ushbu hunar deb egalari deymizki, kasb egalarimi, o'z bilim va ko'nikmalarini ulardan ancha uquvsiz bo'lgan afrikalik sohadoshlariga o'rgata boshlashdi. Bu ish jarayonida ular mahkam arqondan foydalanishadi. Savol: Bu hindlarning kasbi qanday? 
Javob : Filbonlar 
Savol : Bir hazilnamo latifaga ko'ra:-Qorbobo mo'ri tuynigiga tiqilib qolsa, nima bo'ladi? -deb so'raganda:-... deb javob beradi.Nima deb javob bergan? 
Javob : "U erishni boshlaydi" deyilgan 
Savol : "Revizorro" ko'rsatuvi boshlovchisi Yelena Letuchaya bir-biridan obro'li besh yulduzli, to'rt yulduzli restoranlarni tekshiruvdan o'tkazib, ayblarini topib, obro'sizlantirgach, jahli chiqqan restoran egalari "O'zinggizni uyinggizda shunday tartib bormi?" deyishganda, Lena o'zini qanday oqlagan? 
Javob : "Men odamlarga xizmat qilmayman" degan 
Savol : Insoniy fazilatlarni majozan yoritishga asoslangan "Kungfu Panda" multifilmida "Agar jangchining quroli yo'qolsa, jangchiga u qurol bo'lishi mumkin" deyilgan.U nima? 
Javob : Jangchi uchun har narsa qurol bo'lishi mumkin 
Savol : Hozirda yurtimizdagi barcha qishloqlar vodoprovod suvi bilan ta'minlangan bo'lib, oldinlari hovuz suvidan foydalanishgan.Hovuz suvlari doim salqin salqin va sovuq saqlangan.Keyinchalik odamlar hovuzda suvning salqin saqlanishi sirini bilishgach, uylarida ham shu usuldan foydalanishgan. Suvning salqin saqlanish sirini ayting 
Javob : Suvda yashovchi baqalar tufayli(Ko'l baqasi) 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida Prokurator qatl paytida ko'zlarini qisib oladi.Yordam tariqasida aytishim mumkinki, uning ko'zlari oftob shu'lasidan qisilmagan edi.Nega prokurator ko'zlarini qisib oladi? 
Javob : Prokurator o'limga maxkum etilganlarni ko'rishni xohlamas edi 
Savol : Yevropa xalqlarining irimiga ko'ra, agar qiz uxlayotganda, uning qo'lini muzdek suvga tiqsa,qiz uning ismini aytib chaqirar ekan.U kim? 
Javob : Sevgan yigitini. 
Savol : Dunyo yuzidagi 44% ayollar u yordamida o'zlarini o'zgartirishni istaydilar.Ularning 38%i undan qanday foydalanishni bilmaydilar.U nima? 
Javob : Kosmetika 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida Qora badan suriyalik kamandir haqida gap ketadi:Komandirning yuzi qora bo'lib, u narsa uning yuzini yana ham qoraroq ko'rsatishga "yordam bergan"U nima? 
Javob : Suriya xalqi - musulmon. Ular oq salla kiyishgan. Oq salla yuzlarini yana ham qoraroq ko'rsatgan. 
Savol : Tohir Malikning bir hajviyasida "Otello" spektakli qo'yilganda, sahnadan bir tomoshabin chiqib: ro'molchani unga almashtirishni tavsiya qiladi. Chunki ro'molcha bo'g'ib o'ldirishga arzimas emish u nima? 
Javob : Telefonga 
Izoh : T.Malikning "Dezdemonaning telefoni" hajviyasidan olindi
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asari qahramoni ajnabiy konsultant Patriarx ateistlarni Xudo borligiga ishontirib ko'radi, lekin oxiri ularni ishontirolmagach, "Sizdan o'tinib so'rayman, hech bo'lmasa, uning borligiga ishoning, sizdan yagona iltimosim shu" deydi.U nima edi?  
Javob : Shayton 
Savol : Taxminan XX asrning birinchi yarmida yashagan rus shoiri Orlovskoyning sonetidan parchani eshiting: "Al-qasosu min al-haq" deb hayqirganda senBo'laverdi yog'iy barbod ustiga barbod.Zero, sening qudratingdan Chingiz edi lol. Orlovskoyning ushbu soneti kim haqida yozilgan? 
Javob : Jaloliddin Manguberd 
Savol : Taxminan XX asrning birinchi yarmida yashagan rus shoiri Orlovskoyning sonetidan parchani eshiting: "Al-qasosu min al-haq" deb hayqirganda senBo'laverdi yog'iy barbod ustiga barbod.Zero, sening qudratingdan Chingiz edi lol. Orlovskoyning ushbu soneti kim haqida yozilgan? 
Javob : Jaloliddin Manguberdi 
Savol : Taxminan XX asrning birinchi yarmida yashagan rus shoiri O.Orlovskoyning Jaloliddin Manguberdiga atalgan sonetidan parcha:Va ul bir kurd hujrasida Jaloliddinning Boshin qo'ydi kundaga va taqdirga tan beraroqMangulikka doxil bo'ldi oxirgi ...! Nuqtalar o'rniga shaxs otini qo'ying. 
Javob : Xorazmshoh 
Savol : Mihail Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida Ivan professor, regent va mushukni ortidan ta'qib qilib, ular ortidan yuradi, endi yetay deganda, uchovlon odamlar gavjum joyga yetganda "Banditlar to'dasi ko'p qo'llaydigan usul"ni ishlatganligi uchun ularni yo'qotib qo'yadi.Ular qanday usuldan foydalanishadi? 
Javob : Har tomonga tarqalib ketishadi 
Savol : Mihail Bulgakovning "Usta va Margarita" asari qahramoni regent "O'qdek uchib borayotgan tirband avtobusga sakarab chiqib olib, ololmon ichiga xuddi Xdek suqilib kirdi-yu, ko'zdan g'oyib bo'ldi" deyiladi.X nima?M.Bulgakov ajoyib o'xshatishlar qilib, asar jozibasini oshirgan 
Javob : Olqindidek 
Savol : Bizda ertak qahramoni "No'xatpolvon" borligini bilasizlar. Uni "No'xatvoy" ham deyishadi.Xuddi shu nomdagi "qahramon" Germaniyada ham bor.Uning kimligini ayting. 
Javob : Chicharito 
Izoh : Germaniya chempionatining "Bayer Levirkusen" klubining yettinchi raqamli meksikalik futbolchisi. Chicharito - ispanchasiga "No'xatvoy" degani
Savol : A.Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida ular "to'rt qator saf tortgan surmarang kiyingan zangi qo'shinlarga" o'xshatiladi."Ular ikki qo'shindek qon to'kmoq uchun bir-biriga tashlanadi"Ular nima? 
Javob : Kiprik 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asari qahramoni Prokurator mahbuslarga qatl hukmini chiqarayotganda, avval yaxshilab o'ylab, hech qanday gap qolib ketmaganligini keyin bitta nutqda hamma so'zlarni, gaplarni aytardi.Buning sababi nima? 
Javob : Qatl paytida hukm ham o'qilgan. U paytlarda qatl jarayonlari ko'chalardav o'tkazilib, butun olomon yig'ilib kelardi. Hukm o'qilgandan so'ng olomon yoki rozilikdan, yoki norozilikdan hayqirishgan. Shuning uchun ham prokurator doim bitta nutq paytida nutqini bayon etgan, keyingi gaplarini baribir hech kim eshitmasdi gapirsa ham. 
Savol : O’zbek xalq topishmog’i. 4ta yarim oy, har birida 6 tadan, 24 ta yulduz. Men sizlardan oy va yulduzlar nima ekanligini so’ramayman, siz menga ularni birlashtiradiganni ayting 
Javob : OT 
Izoh : Bu yarim oylar taqalar, yulduzla esa ulardagi mix qoqish uchun mo’ljallangan teshikchalar edi. Bilasiz, taqa-bu omad ramzi! Men esa ushbu fursatdan foydalanib,yana bir bor barcha jamoalarga omad tilayman
Savol : Abdulla Qahhorning “Jonfig’on” hikoyasida Erning xotiniga aytgan quyidagi gaplarini uchratishingiz mumkin: “Agar zo’rlik bilan ajrashish to’g’risidagi arizani topshirsang,tovonimga qolasan”. Diqqat savol: Aytingchi, bu yerda er xotininga “tovonimga qolasan” deya nimaga ishora qilmoqda? 
Javob : O’zini dorga osishiga 
Izoh : ER agar xotini ajrashish to’g’risidagi xatini topshirsa, o’z joniga qasd qilishini,aniqrog’i o’zini osishini, shunda u tovoniga osilib yig’lab qolishini aytgan
Savol : O’z hukmronligi davrida qirol Lyudovik XVI bir tadbirda ishtirok etish evaziga bir umrga qamoq jazosiga hukm qilingan mahbuslarni ozodlikka chiqarishga va’da beradi. Ammo ular o’z muvaffaqiyatiga ishonib, qirolga bu ishni qilish juda xavfli ekanligini, buning natijasida ashaddiy jinoyatchilar yana ozodlikka chiqishini ta’kidlashadi va uni fikridan qaytarishadi. Men sizlardan Lyudovik XVI ning shartini so’ramayman, siz menga ular kimligini yozib bering. 
Javob : AKA-UKA MONGOLFYELAR 
Izoh : 1783-yil 21-noyabrda aka-uka Mongolfyelar tomonidan ilk bor havo shari yaratilgan. Fransuz qiroli esa unda 1-martta uchishdek xavli ishni dastlab mahbuslarda qo’llab ko’rmoqchi bo’lgan ekan.
Savol : Bilsangiz kerak,” Alibobo va 40 qaroqchi” filmining sovet kinoprodyusserlari tomonidan ishlangan variantida bir qancha aktyorlarimiz ishtirok etgan va filmning ayrim sahnalari, xususan g’orga oid barcha sahnalar o’zimizning Chimyon tog’larida suratga olingan. Qanchalik ishonchli ekanligini bilmadimu, lekin aytishlaricha aynan ushbu filmni suratga olish vaqtlarida Chimyon mahalliy aholisi tomonidan tayyorlanadigan bir mahsulotga bo’lgan talab odatdagidan ko’ra sezilarli darajada oshgan ekan. Bunga esa ko’plab film ishtirokchilari va uning suratga olinishiga ma’sul shaxslarning bu yerlarda birinchi martta bo’lganliklari va havo almashtirishlari sabab bo’lgan ekan. Diqqat savol:shundan kelib chiqib aytingchi qaysi mahsulot haqida gap ketmoqda? 
Javob : QURT 
Izoh : Havo almashtirish natijasida ko’plab aktyorlar va film ijodiga ma’sul odamlarda ko’ngil aynishi,bosh aylanishi kabi noxush holatlar tez tez uchrab turgan. Shu sababli ham ular doimo yonlarida mahalliy aholi tomonidan tayyorlangan qurtlar olib yurishgan ekan.
Savol : Ochko’z bir vazir podshohga xushomad qilibdi: “Shohim,”X” solig’i olishni hech o’ylab ko’rganmisiz? Dunyoda kimsa yo’qki, “Y”man deb da’vo qilsa! Hamma bir-biridan oshirib soliq to’lashga tushadi! Shoh miriqib kulibdi va “Darvoqe, oqilona tadbir! “Topag’on”liging evaziga seni bu soliqdan ozod qilaman” deb javob beribdi. Siz 1 daqiqadan so’ng meng X va Y zid ma’noli so’zlar ekanligini hisobga olib, vazir qanday soliq turini taklif qilganligini ayting. 
Javob : AQL SOLIG’I 
Savol : DUPLET. Dupletimiz mavzusi-Iskandar Zulqarnayn. Kunlarning birida Iskandar o’zining bir xizmatchisini huzuriga chaqirib, unga “ men seni bu vazifaga tayin qilishim bilan o’z jonimni, o’z nomusimni, o’z jasoratimni ham topshirdim, bu vazifani sen o’z joning va aqling bilan saqla”-degan ekan S: u bu gaplarini kimga aytgan? Kunlarning birida Iskandar o’z huzuriga bir xizmatchisini chaqirib, “ Mening gavdam sening qo’lingga topshirilgan. Unga o’z joning baravar g’amxo’rlik qil”-degan ekan. Savol: u bu gaplarni kimga aytgan? 
Javob : 1. Qozisiga, 2. Oshpaziga 
Savol : Bilasiz qadimda boshqa yurtlar singari bizning diyorimizdaham bir qancha davr mobaynida qaroqchilik ancha avj olgan. Ba’zi malumotlarga ishonadiga bo’lsak, O’rta Osiyolik qaroqchilar qadimda biror bir qishloqni talashdan oldin, u yerga ayg’oqchi yuborib, qishloqdagi “U”larning sonini aniqlashni buyurishar ekan. Agar qishloqda ularning soni ko’p bo’lsa, bu qaroqchilarga qo’l kelgan, kam bo’lsa aksincha, bu hududni bosib olish ular uchun ancha qiyinchilik tug’dirishini bilishgan, va aksariyat holatlarda yurishlarini to’xtatishgan ham ekan. Savol juda oddiy: siz menga uni toping. 
Javob : TANDIR 
Izoh : Agar har bir uyda tandir bo’lsa, bu qishloqda qo’ni-qo’shnichilik, o’zaro aloqa yaxshi bo’lmaganligidan darak bergan va bu ularni talashni ancha yengillashtirgan. Aksincha, qo’ni-qo’shnilarning bir tandirda non yopishi, ya’ni bu qishloqda tandirlarning kam bo’lishi bu hududda o’zaro aloqaning a’lo darajada ekanligini va bunday xalqni bo’y sundirish naqadar qiyin ekanligini bildirgan.
Savol : Ba’zi qiziqarli ma’lumotlarga ko’ra, yurtimiz hududida joylashgan ayrim qishloqlarda ba’zi odamlar, aniqrog’i erkaklar bir qo’lining bosh barmog’i tirnog’ini o’zlarining bir ishini yengillashtirish maqsadida atayin o’stirib yurishar ekan. Yordam tariqasida aytishim mumkinki, bu ularning kasbi bilan bog’liq ish emas va siz bu holatga siz har doim ham emas, ayni to’ylar mavsumi boshlangandagina duch kelishingiz mumkin. Savol : Aytingchi ular qaysi ishni yengillashtirish uchun shunday yo’ldan foydalanishadi? 
Javob : SABZI TO’G’RASH 
Izoh : Bilasiz, qishloqlarda sabzi to’g’rash va shunga o’xshash boshqa ishlar hashar yordami bilan amalga oshiriladi. Bu bilan ular nafaqat o’z ishlarini tezlashtirar, shuningdek uni ancha xavfsizlantirishar ham ekan.
Savol : Bilasiz har bir sport turining o’z norasmiy terminlari, jargonlari mavjud. Aytingchi, qaysi sort turida “kampir tishlari” nomli termin mavjud? 
Javob : BOULING 
Izoh : Shar otilgandan so’ng, 4-,6-,7-va 10-raqamdagi keglilar qolib ketgan holatga “kampir tishlari” nomi berilgan ekan
Savol : Erix Mariya Remark 2-Jahon urushi yillarini qamrab oluvchi “O’lish va Yashash vaqti” nomli kitobida bir turdagi davlatlarni “Chiroqlar yurti” deb atagan ekan. Endi siz menga bu qanday davlatlar ekanligini, va nima sababdan ularni “Chiroqlar yurti” deb ataganligini toping.  
Javob : Bular Neytral davlalar 
Izoh : Neytral davlatlar tunlari ularni bexosdan, xato yuzasidan bombardimon qilmasliklari uchun tuni bilan davlatdagi barcha chiroqlarni yoqishgan ekan.
Savol : She’riy savol. Pahlavon Mahmud ijodidam. Savolda” Bax”t so’zi almashtirilgan. Baxt ul-toki xalq uchun saodat bo’lsin! Baxt ul-bu saodat to qiyomat bo’lsin! Ul Baxt tug’di meni aslida onam emas, Ul onaga ming tahsinu rahmatlar bo’lsin! Diqqat savol: Savolda Baxt so’zi qaysi so’z bilan almashtirilgan? 
Javob : ISHQ 
Savol : BLITS. Demak, 1-turning so’nggi savolida sizlar bilan “Xitoy” mavzusida blits savollari o’ynaymiz. 1-savol. Bir hazilga ko’ra, agar Odam ato va Momo havolar xitoylik bo’lganliklarida, hozir biz hammamiz jannatda yashagan bo’lar edik. Savol: nimaga? 2-savol. Bir hazilga ko’ra, YPX larining hayoti xitoyliklarnikiga o’xshar ekan. Savol: nimaga? 3-savol. Ko’plab xalq madaniyatlarida o’ziga xos tabu-“muqaddas jonivorlarni o’ldirmaslik” tabusi mavjud. Bir hazilga ko’ra esa, aynan shuning uchun ham ayyor xitoyliklar “ajdar”ni muqaddas hayvon sifatida tanlshgan ekan. Aytingchi yuqorida qaysi so’z almashtirilgan?  
Javob : 1. Chunki xitoylik bo’lganlarida ular avval olmani emas, ilonni yegan bo’lishar edi. 2. Chunki ularning har ikkalasiham tayoqlar yordamida oziqlanadi. 3. Yemaslik so’zi, o’ldirmaslik so’ziga almashtirilgan 
Savol : Ma’lumotlarga qaraganda, Sobiq ittifoq davrida poytaxtimiz Toshkent shahrining maydoni Moskvadan so’ng 2-o’rinni band etgan ekan. Bunga izoh berar ekan, saytlardan biri bunga asosiy sabab qilib o’sha paytlarda Toshkent shahridagi bir turdagi obyektlar boshqa shaharlardagilardan bir jihati bilan farq qilishini keltirib o’tadi. Savol: Bular qaysi obyektlar va ularning farqi nimada? 
Javob : Bu obyektlar Uylar, farqi ular asosan 1 qavatli bo’lgan 
Savol : Kunlarning birida she’r yozib o’tirgan chet el musiqasi shaydosi Matmusa oldiga do’sti kelib,nima bilan bandsan deb savol bersa, men bir mashxur guruh qo’shig’i uchun she’r yozyabman deb javob beradi. Hayratdan yoqa ushlagan do’sti, qaysi guruhga ekanligini so’raganda u, “quyidagi she’rimni eshitib o’zing topib ko’rchi”-deb javob qaytaradi. Hurmatli bilimdonlar, ushbu she’rni eshitib sizham taxmin qilib ko’ringchi, bu qaysi guruh bo’lishi mumkin. Oh muhabbat,muhabbat, sensan bebaho! Nechun azob bergaysan,qildimmi xato? Ko’z yoshlarim artishchun topmay bir mato Ishq o’tida kuyarman, qoldim men tanho 
Javob : ABBA 
Izoh : She’rning qofiyalanish tartibiga e’tibor bersangiz, 1- va 4-, 2- va 3-qatorlar o’zaro qofiyadosh hisoblanadi, ya’ni adabiy til bilan aytganda she’r A-B-B-A shaklida qofiyalangan.
Savol : Koreys tilidagi “YON” so’zi ikki xil ma’noni anglatadi. Ulardan biri bu-Ajdar. Ikkinchisi esa kelib chiqishiga ko’ra ajdarga borib taqaladigan bir narsa. Savol: Sandiqchada nima bor? 
Javob : Varrak 
Savol : 1-Jahon Urushi davrida, bir voqeadan so’ng urush ishtirokchilari bo’lmish davlatlarda erkaklarga, aniqrog’I askarlarga soqol o’stirish qat’iyan ta’qiqlanganligi aytiladi. Aytishimiz mumkinki,ta’qiq bo’lmaganda ham askarlarning o’zi hayotini xavf ostida qoldirmaslik uchun soqol o’strishmagan bo’lardilar. Bu haqda bir qancha manbaalarda,xususan Ernest Xemingueyning “Alvido,Qurol” asarida ham aytib o’tilgan. SAVOL: Siz menga ushbu voqeani, yoki ular nima sababdan soqol o’stirishmaganligini ayting. 
Javob : Ipr jangi. Yoki protivogaz kiyishga halal bergan 
Izoh : Bilasiz 1915-1917-yillarda IPR jangida ilk bor kimyoviy qurollar XLOR va IPRIT gazlari ishlatilgan
Savol : Bir yumoristik ruhdagi rasmda inglizlar “HAM” ya’ni cho’chqa go’shtini turli Angliya futbol klublariga moslashtirgani tasvirlangan. Misol uchun bir parcha go’shtning chap tomoni kesilib, unga “West Ham”, o’ng tomoni kesilib “East Ham” deb izoh berilgan bo’lsa, butun bir go’sht bo’lagining o’ziga “Fulham” deb nom berishgan. SAVOL: Aytingchi, likopchada pichoq va vilka bilan iste’mol qilinayotganligi tasvirlangan cho’chqa go’shtiga ular qaysi futbol klubi nomini berishgan? 
Javob : NOTTINHAM 
Izoh : Cho’chqa go’shti qaysidur ma’noda “yo’q qilinyabti”
Savol : Vikipediya ma’lumotlariga ishonidan bo’lsak, tabiatda ular 20-30 yil umr ko’rsa, shahar sharoitida atigi o’rtacha yarim yilgina “umr ko’risharkan”. Eng uzoq muddat esa Zooparkdagilari, 40-yilgacha yashashi mumkin ekan. SAVOL: Ularni toping 
Javob : Zebralar 
Savol : Xorijiy gazetalardan birining shiorini tinglang. “Bizning doimiy o’quvchilarimiz yo’q”. Bunday shior tanlanishiga sabab esa, bu gazetani asosan bunday odamlarning o’qishi ekan. SAVOL: Qanday odamlar? 
Javob : Ishsizlar 
Izoh : Bu bilan gazeta uni o’qiydiganlar darrov o’ziga mos ish topishiga, va boshqa uni o’qishga hojat ham qolmasligiga ishora qilmoqda.
Savol : Saytlardan birida yozilishicha, Lamborgini kompaniyasi hech qachon o’z mahsulotini Televideniyada reklama qilmaydi. Chunki……Jumlani to’ldiring. Bilasiz “oq raqsga” ayollar erkaklarni taklif qilishadi. So’ngi yillarda sharq malakatlaridan birida esa “kumush raqs” urf bo’lmoqda. Siz menga bu raqsga taklif qiluvchilarni ayting 
Javob : 1. Lamborgini kompaniyasi hech qachon o’z mahsulotini Televideniyada reklama qilmaydi. Chunki uni sotib oladiganlar TV qarshisida o’tirishmaydi! 2.Robotlar (davlat esa shubhasiz Yaponiya) 
Savol : London bankomatlaridan birida bir jonzot tasvirini ko’rishiniz mumkin. Bu bilan bankomatda yaxshigina pul borligiga ishora ekan. SAVOL: qaysi jonzot tasviri? 
Javob : Cashalot. 
Izoh : Naqd pul-cash, ko’p+a lot.
Savol : Yurtimizda joylashgan ushbu shahar nomining qanday kelib chiqganligi haqida asosan 2ta faraz mavjud. Ulardan birinchisi juda mashxur, bunga to’xtalib o’tirayman. Ikkinchi taxminga tayanadigan bo’lsak, bu shahar nomi qadimda yon atrofdagi dushmanlar hech ham bosib ololmaganlidan kelib chiqqan ekan. SAVOL: Ikkinchi farazni inobatga olib aytingchi, qaysi shahar haqida gap bormoqda? 
Javob : Olmaliq 
Izoh : Yovlar “Ololmadiq”, “Olmadiq” degan joy hozirda Olmaliq deb ataladi. 1-faraz esa, joy nomi olmalar ko’p bo’lganligidan kelib chiqqanligi hisoblanadi
Savol : Savol muallifi tahsil oluvchi “O’zbekiston Davlat Jahon tillari” universitetida temir sim to’rdan yasalgan bir ko’prik mavjud. Qizig’i shundaki, ba’zi paytlari, asosan odam ko’p bo’lgan hollarda, ko’prik keng bo’lishiga qaramay uning oldida navbatlar ham vujudga keladi, ya’ni undan o’tayotgan ba’zi talaba va o’qituvchilar ko’prik o’rtasiga tayanch sifatida joylashtirilgan to’rtburchak shakldagi quvur ustidan birma bir o’tishga harakat qilishadi. Endi siz tasavvuringizni ishga solingda, ushbu navbatdagilarning kimligini maximal aniqlikda yozib bering. 
Javob : Poshnali qizlar 
Savol : Geografiyada U-YAXSHI, futbolda -SO’NGGI, AQSHda esa U-SHIOR. Aniq bilmadimu, lekin fikrimcha Zakovatda “unga” eng boy jamoa bu Jobir Ahmedov jamoasi hisoblanadi. SAVOL: Gap nima haqida bormoqda? 
Javob : Umid 
Izoh : Jan.Afrikada,bilasiz “Yaxshi umid” burni, futbolda “so’nggi umid foli” bo’lsa, Rod Aylend shtatining shiori “Umid” hisoblanadi. 2016-yilning mutlaq chempioni Jobir Ahmedov jamoasida esa yaxshi bilasiz Umid Valiyev va Umid Narimovlar o’ynashadi. Shu imkoniyatdan foydalanib, butun klub nomidan jamoani chempionlik bilan chin yurakdan tabriklab qolamiz!
Savol : Ota-bobolarimiz so’zlariga ishonadigan bo’lsak, avvallari uzoq vaqt davomida ko’rishmagandan so’ng uchrashib qolgan tanish do’stlar ( asosan erkaklar) dialogida quyidagi mazmundagi savolni uchratishingiz mumkin ekan,“ sening nechta plyus (+) va nechta minusing (-) bor. SAVOL: ular plyus va minus bilan nimaga ishora qilayotganligini maximal aniqlikda yozib bering. 
Javob : + o’gil farzand, - qiz farzand 
Izoh : bilasiz o’g’il farzand uylanib, oilaga yangi a’zolarni qo’shadi. Qiz farzand esa aksincha, turush qurib, oilani tark etadi
Savol : 10 yildan ortiq Germaniyaning “Shalke 04” jamoasida to’p surgan kamerunlik futbolchi Joel Matip 2016-yili yozgi transfer mavsumida Angliyaning eng nomdor jamoalaridan biri “Liverpool” jamoasi safiga qo’shiladi, va u yerda xorvatiyalik himoyachi Deyan Lovren bilan birgalikda himoya markazida ancha ishochli harakat qilib omma e’tiborini tortadi. Aytish mumkinki, Matip va Lovren juftligi raqib jamoa hujumchilari uchun ancha bosh og’rigi bo’lishadi. O’zlarining muvaffaqiyatli o’yinlariga izoh berar ekan Lovren bunda uning ham hissasi katta ekanligini ta’kidlab o’ziga bog’liq bir ma’lumotni keltirib o’tadi. Aytish mumkinki, bu ma'lumotni Liverpulning braziliyalik hujumchisi Roberto Firmino ham keltirishi mumkin. SAVOL: Qanday ma’lumot? 
Javob : Nemis tilini bilish 
Izoh : O’yin vaqtida himoyachilar bir-biri bilan nemischa gaplasharkan, va inglizzabon raqib o’yinchilari buni tushunmas ekan. Roberto Firmino ham Germaniya Bundes ligasida Xoffenxaymda bir necha yillar o’ynagan, tabiiyki u ham nemis tillini biladi.
Savol : U bolaligimda har kuni menga uyqu oldidan ertaklar aytib berardi va meni kichkintoy, erkatoy, shirintoy kabi so`zlar biln erkalardi. Endi esa uyqu oldidan unga quloq tutsam, u turli she`rlar, aforizmlar va jahon adabiyotidan hikoyalar o`qib beradi va meni tungi bedor deb ataydi. U-? 
Javob : Radio 
Savol : Surdo tili lug`ati taom va ichimliklar bo`limiga qarar ekanman, manti va x bir-biriga teskari ekan deb o`yladim. O`ng kaftingizni tekis yozib tepaga qarating, chap qo`lingizni esa barmoqlar orasini ochgan holda huddi orasida nimadir bordek o`ng kaftingiz ustiga qopqoqddek yoping. Bu manti degani. Endi esa huddi shu holatni saqlagan holda teskarisiga, 180°ga aylantirsangiz x so`zi hosil bo`ladi. Siz menga x ning nima ekanini topgan holda uni yurtimizning qayerida tayyorlanadigan turi mashhur ekanini toping 
Javob : Jizzax 
Izoh : x- somsa 
Savol : Bolaligimda javonda 3ta charm jildli “qora kitob”ni ko`rib, nega bular boshqa kitoblardek mato yoki qattiq, silliq qog`oz yoki salafan jildda emas deb kattasini ochdim. Avvaliga 3-4 varoqni qarab telefon kitobchasi, O`rtanchasini 1 varoq ochib, o`lchov birliklari standartlari yozilgan kitob, 3-sini 1 varoq ochib yillarning kalendarlari bor ekan-da deb o`ylagan edim yana bir necha varoqdan keyin ularning hammasi bir x ekanini bildim. X-? 
Javob : Bloknot 
Savol : Gyotening musulmon bo`lgan-bo`lmaganligi hususida baxs ketganda, uning musulmon bo`lganiga dalil sifatida o`limi onlari yaqinlashganda qo`li bilan qilgan bir ishorasini keltirilgan manbaaga ko`zim tushdi. Aytilishicha, ayoli bu holatni “U o`limi oldidan (xristianlarga xos) muqaddas uchlik ishorasini qilmadi, ko`ksiga bir yozuvni barmog`i bilan chizdi, bu ismining birinchi harfini bildirsa kerak ” deya izohlagan ekan. Xo`sh, ismining birinchi harfini eslagan olda aytingchi, musulmonlar (arabchada) bu belgini qanday izohlagan? 
Javob : Ismi Wolfgang bo`lgan. W harfi arabcha “Lillah” ya’ni alifsiz yozilgan Allah so`zini bildiradi deya izohlashgan. 
Savol : Sog`inch va y ning orasi bor yo`g`i 90°. Qanday qilib deysizmi? Kaftlaringizni surdodagi “v” harfidek, ya’ni barmoqlar tekis yozilgan va birlashtirilgan holatida bilaklarni X kabi ko`ksingiz ustiga qo`ying. Bu sog`inch, sog`indim degan ma’noni bildiradi imo-ishora tilida. Endi kaftlaringizni tashqi chet tarafga 90° bursangiz y so`zi paydo bo`ladi va uni topishingizga yordam sifatida qaroqchilar bayrog`idagi suratni eslatmoqchiman. X-? 
Javob : O`lim 
Savol : Partadoshim bir kuni tanaffus payti kutilmaganda so`rab qoldi: “Mana sen, a’lochisan, hazil ko`tarolmay tez jahling chiqishini hisobga olmasa, aqlli, odobli qizsan. Menga turmushga chiqib qo`yaqol, uy ishlarimni bajarishga yordamlasharding” dedi kulib. Hazil ko`tarolmaysan deganiga atay hazil bilan javob berdim: “Maktabda a’lochi bo`lganim bilan, uy ishlarida ikkichimanda. Men hatto …ni ham tagiga oldiraman. Maylimi?” Nuqtalar o`rnini mantiqan to`ldiringchi? 
Javob : Sho`rva 
Savol : Qadimda bir podshoh bir qancha askarlari bilan asirlarni olib ketayotganida oziq- ovqat oz qolgani ma'lum bo'ladi va bir yerga yetganda asirlarni o'limga hukm qilish uchun hali hechkim ta'tib ko'rmagan mevaning yerga to'kilganlarini yeyishlarini amr etadi. Ular o'lish o'rniga borgan sari quvvatga kirib, kayfiyatlari ko'tarilib yana so'rardilar. Hayron qolgan podsho ham undan tatib ko'radi va unga ham yoqib, har doim ziyofatlari to'riga qo'yishni odat qiladi. Savol: Podshoning ismini toping? 
Javob : Jamshid 
Izoh : Uzum, Vino, Bazmi Jamshid iborasi
Savol : Siz "chizgan chizig'imdan chiqma" iborasini eshitgansiz, albatta. To'y oldi buvim bilan bir ishni qilayotganimizda, ular bu iborani asl ma'nosida qo'lladilar. Ular chizgan chiziqni uyog'iga ham buyog'iga ham chiqib ketmay bir ish qilishim kerak. Bolalar ko`p eshitadigan bu iborani ham mehnatkash momolarimiz topishmaganmikan deb o'ylab qoldim. Biz qanday ish bilan shug'ullanayotgandik? 
Javob : Ko'rpa qavish 
Izoh : Ko'rpaga paxta solingach, bir tekisda qovish uchun igna uchini matoga botirib uzun chiziq chizib olinadi bir xil oraliq tashlab parallel ravishda, osha chiziq boylab qavish kerak
Savol : Savol: Bir kishining ayoli nuqul uning gaplariga teskari javob qaytarar, buyruqlarini teskarisini bajarar ekan. Bir kuni ular ko`prikdan o`tishayotganda chirib qolgan bir necha yog`ochi sinibdiyu ikkisi suvga qulashibdi. Oqim kuchli bo`lishiga qaramay, bazo`r oyoqda turgan kishi oqimga qarshi yurib ayolini izlay boshlabdi. Uni ko`rgan boshqa kishi “Hotining allaqachon oqib ketgandur, oqim bo`ylab yurmaysanmi?”- debdi. Uning javobini siz yozib bering. 
Javob : U har doim teskari gapirib teskari ish qilardi. Hoynahoy, oqimga qarshi oqib ketgan bo`lsa kerak. 
Savol : Chingiz Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” asarida bir minilmagan toy, tuya va eshshaklarni o`rgatib beradigan bola tilidan aytilishicha, eshshakdan yiqilish ot yoki tuyadan yiqilishdan yomon ekan. Ot yoki tuya eshshakdan ko`ra balandku, u bu gapini qanday izohlagan? 
Javob : Ot va tuya eshshakdan baland bo`lgani uchun ham yerga yiqilguncha odam o`zini o`nglab olib, talofatsiz yiqilishga harakat qiladi. Eshshakdan esa birdan qaysi holatda yiqilishini anglamay ham qolgani uchun qattiq tushadi. 
Savol : Savol: DABLYU, boshdan oyoq o`tining foyda, Maydami, siniqmi, butuning foyda. Oltindan qimmatroq davongga so`z yo`q, Hattoki, yonganda tutuning foyda. Muhibbiy satrlaridagi DABLYUni topgan bo`lsangiz, uning handalak va Jangbogo bilan qanday bog`liqligini ayting. 
Javob : Handalak hajviy guruhi bir ko`rsatuvda Jangbogo rolida ISIRIQni reklama qilgan 
Savol : Savol: Uyda yolg`iz qolib archardim IGREK, Ko`zim achib, yig`lab yubordim biroz. IGREK kulib deydi: “Nega yig`laysan?! Achchig`im da’voku, ey aqli sayoz!” Muhibbiy jumlalaridagi IGREKni topgan holda jahon urushlari paytida uning o`rniga foydalanilgan narsaning qanday ramziy ma’no anglatishini toping. 
Javob : Tinchlik 
Izoh : IGREK piyoz, uning o`rniga lola ishlatilgan
Savol : Savol: Donolar bisotidan: 4 narsa 4 narsaga muhtoj, ya’ni, ulug`lik- odobga, shodlik- hotirjamlikka, yaqinlik- muhabbatga va aql… U nimaga muhtoj ekanini sizlar bilasizlar va unga ega bo`lishg intilyabsilar. Ayting aql nimaga muhtoj? 
Javob : Tajriba 
Savol : Pushkin uni buyuk sehrgarga o`xshatgan, Gogol uning baxtiyorligi kelajagi borligida deb bilgan, N.Hikmat ko`p narsa bilan, jumladan, u kelajak uchun tuzilgan rejalar, u- istiqbolning boshlanishi deya ta’rif bergan. U-? 
Javob : Yoshlik 
Savol : Yurtimizda o`rta asrlar adabiyotida sana, yosh va boshqa hisoblarni son va raqamlar bilan emas, so`zlar bilan ifodalashganini bizgacha yetib kelgan asarlardan bilamiz. Agar "abjad" deb nomlangan ushbu hisob tizimi mantig`iga tushunsangiz menga "abjad"ning son qiymati nechaga tengligini yozib bering 
Javob : 10 
Izoh : Arab yozuvida bu so`z 4 harf bilan yoziladi: alif+be+jim+dol=1+2+3+4=10
Savol : Agar o`rgimchak ini o`rtasida qimirlamay tursa, mol kunduzi mudrasa, mushuk kulala bo`lib yotib olsa, tovuq daraxtning balandroq joyiga chiqib, patlarini tozalasa, qaldirg`ochlar pastlab uchsa demak yaqin orada bir o`zgarish yuz beradi. Qanday? 
Javob : Yomg`ir 
Savol : Xalqimiz tilida “qirmoch” atamasi mavjud bo`lib, u Tohir- Zuhra ertagida uchraydi. Tohir bir kampir maslahati bilan onasiga “qirmoch” pishirib berishini aytadi. Uni nimaga solib bersa ham yemaydi va kaftida berishini iltimos qiladi. Kaftida berayotganda esa qo`llarini makam qisib, “Zuhra menga unashtirilganmi?” deb so`raganda, onasi azbaroyi qo`llari kuyganidan bu sirni aytib qo`yadi. Siz menga “qirmoch”ning adabiy nomini, ya’ni qaysi so`zning qisqartirilgani ekani va nimadan tayyorlanishini ayting 
Javob : Qovurmoch 
Izoh : U bug`doydan tayyorlanadi, bug`doyning qovurilgani
Savol : Do`stlikka yaramas nodon ulfati,Bunday do`stlik bo`lur jonning olovi. Abulmajd Sanoiyning ushbu baytida biz “olovi” deb almashtirgan so`z ismi bo`lgan obraz qatnashgan mashhur kino nomini toping. 
Javob : “Qaynona” 
Izoh : Olov so`zi o`rnida Ofat bo`lishi kerak edi. Ofat “Qaynona” kinosidagi obraz
Savol : Yov Rustam bo`lsa ham bo`yningni egma,Minnat chekma, do`sting bo`lsa ham Ahmadboy. Sezganingizdek, Ahmadboy boshqa ism o`rnida yozilgan. Mantiqan u o`rindagi ismni toping. 
Javob : Xotamtoy 
Izoh : Ahmadboy ham moliyaviy piramida orqali aancha xotamtoylik qilgandi
Savol : U bolaligida tili chuchukligidan odamlar orasida uyalib deyarli gapirmasdi. Keyinchalik tilini ravon qilishga ahd qilib g`orda mashq o`tkazgan ekan. O`zini ayovsiz jazolaganiga bir misol: gapirganda yelkalari titrab ko`tarilib ketaverishini to`xtatish uchun tepaga uchini pastga qaratib 2ta qilichni shunday osib qo`yganki, yelkalari salgina ko`tarilsayam qonatib yuborgan. Og`ziga tosh solib yurgan ekan. Lekin, u o`z qat’iyati va irodasi bilan yunon uyg`onish davrining buyuk notiq olimlaridan biri sifatida tarixda qolgan. U kim? 
Javob : Suqrot 
Savol : Masalani yeching: 1000-1,8-2,20-7,6-2,80-2,10-2,2-1 7-1,5-2,3-2,2-4,1000-3 
Javob : Masalani yeching 
Izoh : Har bir x-y shaklida bitta harf yashiringan bo`lib, x ni talaffuz etgandagi y-tartibda joylashgan tovushga teng. Masalan, 1000-1= “ming so`zidagi birinchi harf”= “m” va hokazo
Savol : Sulaymon payg`ambar kirpini yoniga chaqirib, “Menga eng yumshoq jonivorni xabarini topib kel. Uni boshimga yostiq qilaman”- debdi. Kirpi jahon kezib horib- charchab uyiga qaytsa, bolalari yugurib quchog`iga otilibdi-yu, yumshoq narsani uyidan topibdi va podshohga olib boribdi. … Podshoh yuziga tikonlari botgach nima qilganini emas, shundan qolgan iborani toping 
Javob : Kirpi bolasini yumshog`im derkan, Qarg`a bolasini oppog`im derkan 
Manbaa : Kirpi bu tipratikan bo`lib, Sulaymon payg`ambar a.s. betiga tikonlari botgan. Tipratikanga esa dunyoda bolasidan yumshoq narsa yo`qdek tuyulgan
Savol : To`ylar bilamizki, karnay- surnay sadolarisiz o`tmaydi. Qadimdan shunday bo`lganiga isbot sifatida karnaychi va surnaychi do`stlar haqida hikoya qilmoqchiman. Bir kuni ular podsho to`yida rosa yaxshi xizmat qilishgani uchun asboblarini tillalarga to`ldirib berishibdi. Shunda surnaychi karnaychiga “Ikkimiz ham arobar xizmat qildik, qaytadan teng bo`lishib olishimiz kerak” debdi. Karnaychi karnay chalish og`irligini aytibdi. Ikkisi qanday murosaga kelganini o`sha rivoytdan qolgan iborani eslagan holda mantiqan tahmin qilib ko`ring 
Javob : Keying gal cholg`u asboblarini almashtirib chalishga kelishishgan 
Izoh : Tabiiyki, ikkisi ham yaxshi chala olishmagan va podsho ularni asboblari bilan savalashni buyurgan. Ibora esa “G`am- g`am chalgan karnaychi, baloga qolgan surnaychi”
Savol : “Har bir ishni obdon o`ylab, tadbirkorlik bilan puxta qil”, “Yog`och kessang, uzun kes- kessa bo`lar, temir kessang kalta kes- cho`zsa bo`lar”, “Kiyim bichsang uzun bich- kiysa bo`lar”, “O`ymoq bichsang ham o`ylab bich” kabi bir- biriga sinonim bo`lgan xalq maqollarini uncha ko`p eshitmagan bo`lsangiz- da, hozir men so`ramoqchi bo`lgan variantini hammangiz eshitgansiz yoki o`qigansiz. 4 so`zda ifodalanuvchi yuqoridagilarga ma’nodosh maqolni toping. 
Javob : “Yetti o`lchab bir kes” 
Savol : Shekspir fikricha u bir maxluq, Servantes fikricha “Uning egasi chumolini fil, qumursqani bahaybat maxluq kabi ko`radilar”, Goldoni fikricha u azob- uqubat va ranj- iztirob keltiradi. Toroning fikricha undan qo`rqish kerak. Larashfuko fikricha uning 99% shaxsiyatparastlikdan iborat. U nima? 
Javob : Rashk 
Savol : Viktor Gyugo so`zlariga qarang: “Bu biz uchun buyuk, hech narsaning o`rnini bosolmaydigan ahamiyat kasb etadi. U huddi go`shtga sepiladigan tuzdek yurakka singib, uni buzilishdan saqlaydi.” “Bu” so`zi bilan almashtirilgan so`z birikmasini toping 
Javob : Ayolga muhabbat 
Savol : Chak Palanik fikricha UNDAN odamlar bilan birga bo'lishni istamaydigan, ammo yolg'iz qolishdan qo'rqadiganlar foydalanishadi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Telefon 
Savol : Intervyularidan birida U shunday deydi: "Kunlardan bir kuni men "Taqdir hazili"ga tushdim. Bilasizmi, shundan so'ng men xalqni tushuna boshladim. Filmni rostdan ham yaxshi rejissyor suratga olgan ekan." SAVOL: UNI toping 
Javob : Eldar Ryazanov 
Izoh : Rejissyor o'zini maqtagan ekan)
Savol : 1896-yilda Maksim Gorkiy UNGA shunday ta'rif beradi: "U hayot emas, u hayot soyasi, u harakat emas, harakatning soyasi." SAVOL: UNI toping 
Javob : Kinomotograf 
Savol : Fransuz strukturalisti Jak Bens irratsional sonetlar yozishni taklif qilgan. Bunday sonetlarda sonet qoidalariga muvofiq satrlar soni saqlanib qoladi, ammo sonetdagi bandlar soni UNGA bog'liq. Masalan sonetda 5 ta band bo'lishi kerak. Uchinchi banda to'rtta satr, to'rtinchi bandda bitta satr, beshinchisida esa beshta satr bo'lishi kerak. SAVOL: Birinchi va ikkinchi bandlardachi? 
Javob : 3 va 1 
Izoh : 3,1415-PI soni
Savol : 1927-yilda Liberiyadagi prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident saylovchilar umumiy sonidan 15,5 barobar ko'p ovoz to'playdi. Versiyalardan biriga ko'ra bir ibora shundan so'ng paydo bo'lgan ekan. SAVOL: O'sha iborani toping. 
Javob : Qora piar 
Savol : Xitoychada "shan" bu tog', "shuy" esa suv. SAVOL: "Shan-shuy"chi? 
Javob : Peyzaj 
Savol : Koreyschada "tayyor tushlik solingan quticha" deb ayting? 
Javob : Doshirak 
Savol : Faina Ranevskaya ULAR haqida shunday yozadi: "Ular insonga orom baxsh etadi. A. va P. birlashsa go'yo osmonda bir vaqtda ham quyosh, ham oy, ham chaqmoq, ham momaqaldiroq paydo bo'lgandek bo'ladi. SAVOL: A. va P.ni toping. 
Javob : Axmatova va Pasternak 
Savol : Konvent afishasida U haqda shunday yozilgam edi: "UNI xafa qilganlarni tayoqlar bilan uring, UNGA qo'l ko'targanlarni dorga osing!" SAVOL: UNI toping 
Javob : Lyudovik XVI 
Savol : Markiz orollarida XIX asr boshlarida 80 mingga yaqin aborigen istiqomat qilgan. Ammo yevropalillarning orollarga kirib kelishi natijasida aberigenlar soni 10 martaga kamayib ketadi. Bunga sabab ularda IKSNING yo'qligi edi. SAVOL: IKSni toping. 
Javob : Immunitet 
Savol : Napoleon armiyasi Germaniyani bosib olgach fransuz generali Perneti antik davr bilan qiziquvchi tanishidan havotirga to'la maktub oladi. Shundan so'ng Perneti tezda UNI topishni buyuradi. SAVOL: UNI toping 
Javob : Mashxur nemis oLimi Fridrix Gauss 
Izoh : Arximed qismatini takrorlamasligi uchun
Savol : 1904-yilning saratonida Frederik Lorts holdan toygach avtomobilga o'tirib narsalarini olish uchun yo'lga tushadi. Ammo yo'lda avtomobil buzilib qoladi. Natijada u IKSNI qo'lga kiritadi. SAVOL: IKSNI toping. 
Javob : Marafon bo'yicha olipiada oltin medali 
Savol : U oddiy oila vakili bo'lgan. Hech qachon qora ishdan qochmagan. Jayls Slayd fikricha U o'zi yaratgan mahsulot jamiyatdagi tabaqalanishni yo'q qilishdagi birinchi qadam bo'lishiga ishongan. SAVOL: UNI toping 
Javob : Genri Ford 
Savol : Avstraliyada yashovchi malyur qushi tuxum qo'yishi bilan har bir-necha soniya ichida o'ziga xos qo'shiqni kuylashni boshlaydi. SAVOL: Bundan maqsad nima? 
Javob : Kakku polaponlarini boqmaslik 
Izoh : Bu qo'shiqni faqat o'z polaponlari eslab qolarkan. Tuxumdan chiqishgach shu qo'shiqni kuylay olmasa indan tashlab yuborarkan.
Savol : AQSh da sorovnoma o'tkazilgan. Unda "Sizga kerakli lekin nafratizga sazovor narsa?" so'ralgan. 1-o'rinda mobil telefon. Shundan keyin Panasonic firmasi bir sovuq qurol ko'rinishidagi telefon chiqaradi. Savol: qurol? 
Javob : Bumerang 
Savol : Bir hazilga ko`ra IKSDA avtobuslar tugaganda o`qituvchilar havotirga tusha boshlashgan ekan. Bir hazil ensiklopediyada IKS haqidagi maqolani qidirsangiz IGREK haqidagi maqola chiqib keladi. SAVOL: IKS va IGREKNI toping 
Javob : Punkt A va Punkt B 
Savol : 2012-yilda 50 ta bir-biriga yaqin joylashgan metall ustunlardan monument yasaldi. SAVOL: Ushbu monument kimning xotirasiga bag`ishlangan edi? 
Javob : Nelson Mandela 
Izoh : Temir ustunlar qamoq panjaralarini anglatgan
Savol : Bazmlardan birida Karl Kal (Лысый) irland faylasufi Eriugenga savol beradi: "Faylasuvni mayparastdan nima ajratib turadi?". SAVOL: Eriugen nima deb javob bergan? 
Javob : Stol 
Izoh : O'zi va qirol o'rtasidagi stolni nazarda tutgan
Savol : Radishev shunday yozadi: "UNING beshigida janglarda to`kilgan qon izlari bor edi. Tobutga ham UNI qontalash libosda qo`yishdi." SAVOL: UNI toping 
Javob : XVIII asr 
Manbaa : Rafishev XVIII-XIX asrlarda yashagan
Savol : Natalya Vaynxanen fikricha BIRINCHI marafonchiga o`xshaydi. U mehnatsevarlik bilan kundan-kunga kattaroq tezlik bilan harakat qilsagina maqsadiga erishadi. IKKINCHI esa bir tundagi uyqusidan kechsa bas. Tongga yaqin u yaxshimi, yomonmi har qalay biron natijaga erishadi. SAVOL: BIRINCHI va IKKINCHINING har birini ikkitadan so`z bilan yozib bering. 
Javob : Nasr tarjimoni va nazm tarjimoni 
Savol : Arslar davomida Seine shahri aholisi turk bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashishgan. Shundan kelib chiqib bu shaharni IKS deb atashadi. Ammo, qizig`i shundaki shahar aslida Chernogoriyada joylashgan. SAVOL: IKSNI bir xil harfdan boshlanuvchi ikkita so`z bilan yozib bering. 
Javob : Serb Spartasi/ Serblar Spartasi 
Savol : Dialogdan parcha: - U bizga yon bosadi deb o`ylamayman.SAVOL: Dialogning davomidagi javob gapini yozib bering. 
Javob : Men unga rad qilib bo'lmas taklifni aytaman 
Izoh : Cho'qintirgan ota asaridan
Savol : XVI asrga tegishli pyesada graf Robert o`z xizmatkori bo`lgan Uormenning sotqinligi tufayli qochishga va yashirinib yurishga majbur bo`ladi. SAVOL: Ushbu sotqinligi uchun Uormen qanday lavozimga ega bo`lganini aniq qilib yozib bering 
Javob : Nottingem sherifi 
Savol : XVIII asrda Londonda ma`lum miqdordagi pul evaziga qorong`u kechalarda odamlarning yo`lini yorituvchi fonuschilar paydo bo`lishadi. Bunday fonuschilarni xalq orasida "IKSNI qarg`ovchilar" deb atashgan. SAVOL: IKSNI toping 
Javob : Oy 
Izoh : Oy chiqqan tunlarda ularning biznesi yurishmagan
Savol : ULARNING dastlabki emblemasi sifatida uchta g`ildirak tasvirini aytish mumkin. SAVOL: ULARNI toping 
Javob : Paraolimpiya o'yinlari 
Savol : DUPLET:1. Ikkita tuz, uch, to`rt va beshdan iborat kombinatsiya nomini toping.2. Ikkita tuz, ikki, uch va beshdan iborat kombinatsiya nomini toping. 
Javob : 1. Pi soni 2. Fibonachchi 
Savol : BLITS.DUPLET bilan BLITS ketma-ket bo`b qobti. 😂1. Birinchi savol yo`q. Unga javob bermasangiz ham bo`ladi.2. Vikipediya maqolalaridan birida "SHUNDAY kun" deb nomlangan bo`lim mavjud. Ushbu bo`limda Magellan haqidagi maqolaga havola ham bor. SAVOL: Qaysi so`z SHUNDAY so`zi bilan almashtirilgan?3. U haqidagi Vikipediya maqolasida Aflotun, Gyugens, Nyuton va Xoking esga olingan. SAVOL: UNI toping 
Javob : 1. 2. Yo'qotilgan 3. Vaqt 
Izoh : (Yevgeniy Shvars "Yo'qotilgan vaqt haqida ertak")
Savol : Kunlardan bir kuni Mariyaning kvartirasi pastida yashivchi qo`shnilari uning qadam tovushlaridan shikoyat qilishadi. Buni eshitgan Mariyaning otasi hayron qolgancha "men hech qachon qizimning qadam tovushlarini eshitmaganman" degan ekan. SAVOL: Mariyaning familiyasini toping 
Javob : Talyoni 
Izoh : Puante kiyib oyoq uchida raqsga tushgan birinchi balerina
Savol : Finlyandiyaning umrbod prezidenti bo`lgan Urxo Kekkonenning vasiyatnomasi quyidagi so`zlar bilan boshlangan: " men o`lsam..." SAVOL: Tushirib qoldirilgan so`zni toping. 
Javob : Agar 
Savol : Sergey Lukyanenkoning "Akslar labirinti" asarida bir restoran tasvirlanadi. Asarda yozilishicha restoran qisman toshdan, qisman yog`ochdan va qisman somondan qurilgan ekan. SAVOL: Restoran nomini toping. 
Javob : Uch cho`chqacha 
Savol : Bu rus yozuvchisi o`z kundaligida shunday yozadi: "Men o`lsam men haqimda "mashxur yozuvchi" deb emas, balki qirq yil bitta ayol bilan yashagan savdoyi deb eslashadi." SAVOL: O`sha yozuvchini toping. 
Javob : Lev Tolstoy 
Savol : Dzyote Yamomotoning "Xakagure - samuraylar kitobi"da IKS - bu samuray yo`li degan fikrni uchratish mumkin. Frederik Begbeder fikricha esa IKS - bu sizning kundalik daftaringizda yozilmagan yagona uchrashuv ekan. SAVOL: IKSNI toping. 
Javob : O'lim 
Savol : Rina Zelyonaya Ulug` vatan Urushi vaqtida Sobiq Ittifoqda judayam mashxur va sevimli bo`lgan ekan. Kunlardan bir kuni frontda bir askar o`z quroldoshining "Rina Zelyonayani o`ldirishdi!" degan hayqirig`ini eshitadi. Askar quroldoshining yoniga halloslagancha yugurib kelganida esa IKSNI ko`radi. SAVOL: IKSNI toping 
Javob : Singan grammplastinka 
Savol : U 1828-yilda tug`ildi. Dastlab dramalar va opera librettolarini yozib kun kechirdi. Amma 1863-yilda unga mashxurlik olib kelgan boshqa janrga o`tadi. SAVOL: UNI toping 
Javob : Jyul Vern 
Savol : Portretist rassomlar nima yaratishi ularning nomidan ham ma`lum. Marinistlar esa dengiz peyzajlarini, animalistlar esa hayvonlarni tasvirlashadi. SAVOL: Teddist rassomlarchi? 
Javob : Teddi ayiqchalari 
Savol : 1918-yilda ushbu yozuvchi Katta Kreml Saroyida kvartiraga ega bo`ladi, uning kitoblari millionlab adad bilan bosilishni boshlaydi. Madaniyat narkomi Lunacharskiy esa unga "buyuk" deya ta`rif bergan ekan. SAVOL: O`sha yozuvchini toping. 
Javob : Demyan Bedniy 
Savol : "Sovet oshxonasi sirlari" kitobining muqovasida o`roq va bolg`a IKKINCHI yordamida BIRINCHIDA tasvirlangan. SAVOL: BIRINCHINI topib, javobingizga IKKINCHINI qo`shing. 
Javob : Borsh va smetana 
Savol : Pol Erdesh ko`plab ilmiy maqolalar muallifi. Erdesh quyidagi afarizmni takrorlashni yaxshi ko`radi: "Matematik - bu IKSNI teoremaga aylantiruvchi avtomat." SAVOL: IKSNI toping. 
Javob : Kofe 
Izoh : Juda ko`p ishlagan
Savol : 25-yanvar 1916-yilda Petrograddagi Tenishev bilim yurtida "Kubizm, futurizm va supermatizm" mavzusida ma`ruza bo`lib o`tadi. Ma`ruzada Ivan Puni va U so`zga chiqadi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Kazemir Malevich 
Izoh : Qora kvadrat supermatizm yo`nalishiga tegishli.
Savol : Ma`lumki shaxmat bo`yicha jahon chempioni ikkita shaxmatchi o`rtasidagi matchlar seriyasi yordamida aniqlanadi. Hozirgi kunda teng kuchli shaxmatchilarning ko`pligi va chahon chempionligiga erishishning aniq belgilangan kriteriyalari yo`qligi sabab jahon tojiga ega chiqish juda ham qiyin. Shu boisdan ham jahon chempionligi uchun turnir o`tkazilishi mumkin. Bunday turnir avval ham o`tkazilgan. SAVOL: Bunga sabab bo`lgan voqeani ayting. 
Javob : Alyoxin o`limi 
Savol : 31-dekabr 999-yilda Rim Papasi Silvestr II UNI e`lon qiladi. SAVOL: UNI toping? 
Javob : Oxirzamon 
Savol : Navaho hindulari inglizcha so`zlarni o`z tillariga mantiqan tarjima qilishgan. Masalan suv osti kemasi - bu "temir baliq". SAVOL: "Sekin kuylovchi ko`chma quticha"ning bizga tanish so`z bilan ayting. 
Javob : Ratsiya/Radio 
Savol : Madriddagi Bruklin Bekham tahsil oladigan kolledj Devid Bekhamdan BU ISHNI qilmaslikni iltimos qilgan. Aslida esa o`quv muassasalari ota-onalardan tez-tez BU ISHNI qilishni iltimos qilishadi. SAVOL: BU ISHNI QILISH so`zlari bilan qaysi so`zlar almashtirilgan? 
Javob : Kollejga kelmaslik 
Izoh : Ajiotaj bo`lmasligi uchun
Savol : Chak Palanik fikricha UNDAN odamlar bilan birga bo'lishni istamaydigan, ammo yolg'iz qolishdan qo'rqadiganlar foydalanishadi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Telefon 
Savol : Intervyularidan birida U shunday deydi: "Kunlardan bir kuni men "Taqdir hazili"ga tushdim. Bilasizmi, shundan so'ng men xalqni tushuna boshladim. Filmni rostdan ham yaxshi rejissyor suratga olgan ekan." SAVOL: UNI toping 
Javob : Eldar Ryazanov 
Izoh : Rejissyor o'zini maqtagan ekan)
Savol : 1896-yilda Maksim Gorkiy UNGA shunday ta'rif beradi: "U hayot emas, u hayot soyasi, u harakat emas, harakatning soyasi." SAVOL: UNI toping 
Javob : Kinomotograf 
Savol : Fransuz strukturalisti Jak Bens irratsional sonetlar yozishni taklif qilgan. Bunday sonetlarda sonet qoidalariga muvofiq satrlar soni saqlanib qoladi, ammo sonetdagi bandlar soni UNGA bog'liq. Masalan sonetda 5 ta band bo'lishi kerak. Uchinchi banda to'rtta satr, to'rtinchi bandda bitta satr, beshinchisida esa beshta satr bo'lishi kerak. SAVOL: Birinchi va ikkinchi bandlardachi? 
Javob : 3 va 1 
Izoh : 3,1415-PI soni
Savol : 1927-yilda Liberiyadagi prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident saylovchilar umumiy sonidan 15,5 barobar ko'p ovoz to'playdi. Versiyalardan biriga ko'ra bir ibora shundan so'ng paydo bo'lgan ekan. SAVOL: O'sha iborani toping. 
Javob : Qora piar 
Savol : Xitoychada "shan" bu tog', "shuy" esa suv. SAVOL: "Shan-shuy"chi? 
Javob : Peyzaj 
Savol : Koreyschada "tayyor tushlik solingan quticha" deb ayting? 
Javob : Doshirak 
Savol : Faina Ranevskaya ULAR haqida shunday yozadi: "Ular insonga orom baxsh etadi. A. va P. birlashsa go'yo osmonda bir vaqtda ham quyosh, ham oy, ham chaqmoq, ham momaqaldiroq paydo bo'lgandek bo'ladi. SAVOL: A. va P.ni toping. 
Javob : Axmatova va Pasternak 
Savol : Konvent afishasida U haqda shunday yozilgam edi: "UNI xafa qilganlarni tayoqlar bilan uring, UNGA qo'l ko'targanlarni dorga osing!" SAVOL: UNI toping 
Javob : Lyudovik XVI 
Savol : Markiz orollarida XIX asr boshlarida 80 mingga yaqin aborigen istiqomat qilgan. Ammo yevropalillarning orollarga kirib kelishi natijasida aberigenlar soni 10 martaga kamayib ketadi. Bunga sabab ularda IKSNING yo'qligi edi. SAVOL: IKSni toping. 
Javob : Immunitet 
Savol : Napoleon armiyasi Germaniyani bosib olgach fransuz generali Perneti antik davr bilan qiziquvchi tanishidan havotirga to'la maktub oladi. Shundan so'ng Perneti tezda UNI topishni buyuradi. SAVOL: UNI toping 
Javob : Mashxur nemis oLimi Fridrix Gauss 
Izoh : Arximed qismatini takrorlamasligi uchun
Savol : 1904-yilning saratonida Frederik Lorts holdan toygach avtomobilga o'tirib narsalarini olish uchun yo'lga tushadi. Ammo yo'lda avtomobil buzilib qoladi. Natijada u IKSNI qo'lga kiritadi. SAVOL: IKSNI toping. 
Javob : Marafon bo'yicha olipiada oltin medali 
Savol : U oddiy oila vakili bo'lgan. Hech qachon qora ishdan qochmagan. Jayls Slayd fikricha U o'zi yaratgan mahsulot jamiyatdagi tabaqalanishni yo'q qilishdagi birinchi qadam bo'lishiga ishongan. SAVOL: UNI toping 
Javob : Genri Ford 
Savol : Avstraliyada yashovchi malyur qushi tuxum qo'yishi bilan har bir-necha soniya ichida o'ziga xos qo'shiqni kuylashni boshlaydi. SAVOL: Bundan maqsad nima? 
Javob : Kakku polaponlarini boqmaslik 
Izoh : Bu qo'shiqni faqat o'z polaponlari eslab qolarkan. Tuxumdan chiqishgach shu qo'shiqni kuylay olmasa indan tashlab yuborarkan.
Savol : AQSh da sorovnoma o'tkazilgan. Unda "Sizga kerakli lekin nafratizga sazovor narsa?" so'ralgan. 1-o'rinda mobil telefon. Shundan keyin Panasonic firmasi bir sovuq qurol ko'rinishidagi telefon chiqaradi. Savol: qurol? 
Javob : Bumerang 
Savol : Bir hazilga ko`ra IKSDA avtobuslar tugaganda o`qituvchilar havotirga tusha boshlashgan ekan. Bir hazil ensiklopediyada IKS haqidagi maqolani qidirsangiz IGREK haqidagi maqola chiqib keladi. SAVOL: IKS va IGREKNI toping 
Javob : Punkt A va Punkt B 
Savol : 2012-yilda 50 ta bir-biriga yaqin joylashgan metall ustunlardan monument yasaldi. SAVOL: Ushbu monument kimning xotirasiga bag`ishlangan edi? 
Javob : Nelson Mandela 
Izoh : Temir ustunlar qamoq panjaralarini anglatgan
Savol : Bazmlardan birida Karl Kal (Лысый) irland faylasufi Eriugenga savol beradi: "Faylasuvni mayparastdan nima ajratib turadi?". SAVOL: Eriugen nima deb javob bergan? 
Javob : Stol 
Izoh : O'zi va qirol o'rtasidagi stolni nazarda tutgan
Savol : Radishev shunday yozadi: "UNING beshigida janglarda to`kilgan qon izlari bor edi. Tobutga ham UNI qontalash libosda qo`yishdi." SAVOL: UNI toping 
Javob : XVIII asr 
Manbaa : Rafishev XVIII-XIX asrlarda yashagan
Savol : Natalya Vaynxanen fikricha BIRINCHI marafonchiga o`xshaydi. U mehnatsevarlik bilan kundan-kunga kattaroq tezlik bilan harakat qilsagina maqsadiga erishadi. IKKINCHI esa bir tundagi uyqusidan kechsa bas. Tongga yaqin u yaxshimi, yomonmi har qalay biron natijaga erishadi. SAVOL: BIRINCHI va IKKINCHINING har birini ikkitadan so`z bilan yozib bering. 
Javob : Nasr tarjimoni va nazm tarjimoni 
Savol : Arslar davomida Seine shahri aholisi turk bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashishgan. Shundan kelib chiqib bu shaharni IKS deb atashadi. Ammo, qizig`i shundaki shahar aslida Chernogoriyada joylashgan. SAVOL: IKSNI bir xil harfdan boshlanuvchi ikkita so`z bilan yozib bering. 
Javob : Serb Spartasi/ Serblar Spartasi 
Savol : Dialogdan parcha: - U bizga yon bosadi deb o`ylamayman.SAVOL: Dialogning davomidagi javob gapini yozib bering. 
Javob : Men unga rad qilib bo'lmas taklifni aytaman 
Izoh : Cho'qintirgan ota asaridan
Savol : XVI asrga tegishli pyesada graf Robert o`z xizmatkori bo`lgan Uormenning sotqinligi tufayli qochishga va yashirinib yurishga majbur bo`ladi. SAVOL: Ushbu sotqinligi uchun Uormen qanday lavozimga ega bo`lganini aniq qilib yozib bering 
Javob : Nottingem sherifi 
Savol : XVIII asrda Londonda ma`lum miqdordagi pul evaziga qorong`u kechalarda odamlarning yo`lini yorituvchi fonuschilar paydo bo`lishadi. Bunday fonuschilarni xalq orasida "IKSNI qarg`ovchilar" deb atashgan. SAVOL: IKSNI toping 
Javob : Oy 
Izoh : Oy chiqqan tunlarda ularning biznesi yurishmagan
Savol : ULARNING dastlabki emblemasi sifatida uchta g`ildirak tasvirini aytish mumkin. SAVOL: ULARNI toping 
Javob : Paraolimpiya o'yinlari 
Savol : DUPLET:1. Ikkita tuz, uch, to`rt va beshdan iborat kombinatsiya nomini toping.2. Ikkita tuz, ikki, uch va beshdan iborat kombinatsiya nomini toping. 
Javob : 1. Pi soni 2. Fibonachchi 
Savol : BLITS.DUPLET bilan BLITS ketma-ket bo`b qobti. 😂1. Birinchi savol yo`q. Unga javob bermasangiz ham bo`ladi.2. Vikipediya maqolalaridan birida "SHUNDAY kun" deb nomlangan bo`lim mavjud. Ushbu bo`limda Magellan haqidagi maqolaga havola ham bor. SAVOL: Qaysi so`z SHUNDAY so`zi bilan almashtirilgan?3. U haqidagi Vikipediya maqolasida Aflotun, Gyugens, Nyuton va Xoking esga olingan. SAVOL: UNI toping 
Javob : 1. 2. Yo'qotilgan 3. Vaqt 
Izoh : (Yevgeniy Shvars "Yo'qotilgan vaqt haqida ertak")
Savol : Kunlardan bir kuni Mariyaning kvartirasi pastida yashivchi qo`shnilari uning qadam tovushlaridan shikoyat qilishadi. Buni eshitgan Mariyaning otasi hayron qolgancha "men hech qachon qizimning qadam tovushlarini eshitmaganman" degan ekan. SAVOL: Mariyaning familiyasini toping 
Javob : Talyoni 
Izoh : Puante kiyib oyoq uchida raqsga tushgan birinchi balerina
Savol : Finlyandiyaning umrbod prezidenti bo`lgan Urxo Kekkonenning vasiyatnomasi quyidagi so`zlar bilan boshlangan: " men o`lsam..." SAVOL: Tushirib qoldirilgan so`zni toping. 
Javob : Agar 
Savol : Sergey Lukyanenkoning "Akslar labirinti" asarida bir restoran tasvirlanadi. Asarda yozilishicha restoran qisman toshdan, qisman yog`ochdan va qisman somondan qurilgan ekan. SAVOL: Restoran nomini toping. 
Javob : Uch cho`chqacha 
Savol : Bu rus yozuvchisi o`z kundaligida shunday yozadi: "Men o`lsam men haqimda "mashxur yozuvchi" deb emas, balki qirq yil bitta ayol bilan yashagan savdoyi deb eslashadi." SAVOL: O`sha yozuvchini toping. 
Javob : Lev Tolstoy 
Savol : Dzyote Yamomotoning "Xakagure - samuraylar kitobi"da IKS - bu samuray yo`li degan fikrni uchratish mumkin. Frederik Begbeder fikricha esa IKS - bu sizning kundalik daftaringizda yozilmagan yagona uchrashuv ekan. SAVOL: IKSNI toping. 
Javob : O'lim 
Savol : Rina Zelyonaya Ulug` vatan Urushi vaqtida Sobiq Ittifoqda judayam mashxur va sevimli bo`lgan ekan. Kunlardan bir kuni frontda bir askar o`z quroldoshining "Rina Zelyonayani o`ldirishdi!" degan hayqirig`ini eshitadi. Askar quroldoshining yoniga halloslagancha yugurib kelganida esa IKSNI ko`radi. SAVOL: IKSNI toping 
Javob : Singan grammplastinka 
Savol : U 1828-yilda tug`ildi. Dastlab dramalar va opera librettolarini yozib kun kechirdi. Amma 1863-yilda unga mashxurlik olib kelgan boshqa janrga o`tadi. SAVOL: UNI toping 
Javob : Jyul Vern 
Savol : Portretist rassomlar nima yaratishi ularning nomidan ham ma`lum. Marinistlar esa dengiz peyzajlarini, animalistlar esa hayvonlarni tasvirlashadi. SAVOL: Teddist rassomlarchi? 
Javob : Teddi ayiqchalari 
Savol : 1918-yilda ushbu yozuvchi Katta Kreml Saroyida kvartiraga ega bo`ladi, uning kitoblari millionlab adad bilan bosilishni boshlaydi. Madaniyat narkomi Lunacharskiy esa unga "buyuk" deya ta`rif bergan ekan. SAVOL: O`sha yozuvchini toping. 
Javob : Demyan Bedniy 
Savol : "Sovet oshxonasi sirlari" kitobining muqovasida o`roq va bolg`a IKKINCHI yordamida BIRINCHIDA tasvirlangan. SAVOL: BIRINCHINI topib, javobingizga IKKINCHINI qo`shing. 
Javob : Borsh va smetana 
Savol : Pol Erdesh ko`plab ilmiy maqolalar muallifi. Erdesh quyidagi afarizmni takrorlashni yaxshi ko`radi: "Matematik - bu IKSNI teoremaga aylantiruvchi avtomat." SAVOL: IKSNI toping. 
Javob : Kofe 
Izoh : Juda ko`p ishlagan
Savol : 25-yanvar 1916-yilda Petrograddagi Tenishev bilim yurtida "Kubizm, futurizm va supermatizm" mavzusida ma`ruza bo`lib o`tadi. Ma`ruzada Ivan Puni va U so`zga chiqadi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Kazemir Malevich 
Izoh : Qora kvadrat supermatizm yo`nalishiga tegishli.
Savol : Ma`lumki shaxmat bo`yicha jahon chempioni ikkita shaxmatchi o`rtasidagi matchlar seriyasi yordamida aniqlanadi. Hozirgi kunda teng kuchli shaxmatchilarning ko`pligi va chahon chempionligiga erishishning aniq belgilangan kriteriyalari yo`qligi sabab jahon tojiga ega chiqish juda ham qiyin. Shu boisdan ham jahon chempionligi uchun turnir o`tkazilishi mumkin. Bunday turnir avval ham o`tkazilgan. SAVOL: Bunga sabab bo`lgan voqeani ayting. 
Javob : Alyoxin o`limi 
Savol : 31-dekabr 999-yilda Rim Papasi Silvestr II UNI e`lon qiladi. SAVOL: UNI toping? 
Javob : Oxirzamon 
Savol : Navaho hindulari inglizcha so`zlarni o`z tillariga mantiqan tarjima qilishgan. Masalan suv osti kemasi - bu "temir baliq". SAVOL: "Sekin kuylovchi ko`chma quticha"ning bizga tanish so`z bilan ayting. 
Javob : Ratsiya/Radio 
Savol : Madriddagi Bruklin Bekham tahsil oladigan kolledj Devid Bekhamdan BU ISHNI qilmaslikni iltimos qilgan. Aslida esa o`quv muassasalari ota-onalardan tez-tez BU ISHNI qilishni iltimos qilishadi. SAVOL: BU ISHNI QILISH so`zlari bilan qaysi so`zlar almashtirilgan? 
Javob : Kollejga kelmaslik 
Izoh : Ajiotaj bo`lmasligi uchun
Savol : 2009-yil AQSHning Vashington shtatida bir uchrashuv bo'lib o'tadi. Unda negroid irqiga mansub odamlar Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga murojaat qilib, Olimpiada o'yinlarida Xdan voz kechishni talab qiladilar. Bunga sabab qilib X otib o'ldirilish xavfi ostida yashagan qora tanli qullarning ruhini azoblayotganini keltirishadi. Ammo XOQ ularning bu talabini rad etadi. Diqqat savol. X-? 
Javob : Start to'pponchasi 
Savol : Ro'yxatni eshiting:237000 fotosurat olinadi.4000 chashka qahva yoki 18000 piyola choy damlanadi.950ta sms yoziladi.1 dona injil nashr etiladi.Diqqat savol. Yuqoridagilarning barchasini birlashtirib turuvchi ikki so'zni ayting. 
Javob : 1 soniya 
Savol : Islandiyaliklar o'zlarini judayam aqlli deb hisoblaydilar. Bu bejiz emas. Sababi Islandiyada har 1 millionta odamga 3ta "U" to'g'ri keladi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Nobel mulofoti 
Savol : Bundan deyarli 10 yilcha avval issiq yoz kunlarining birida Portugaliyaning Lissabon shahrida bir ajoyib tadbir tashkil etiladi. Ushbu tadbirda Krishtianu Ronaldu, Jennifer Lopes, UNESCO sobiq bosh direktori Federiko Mayor, kosmonavt Nil Armstronglar ham qatnashadi. Tadbirdan tushgan mablag' Afg'onistondagi vayron etilgan Budda haykalini tiklash uchun aarflanadi. Diqqat savol. Yuqoridagi tadbir qanday ekanligini tushingan bo'lsangiz unda g'olib bo'lganlar ichidan kamida ikkita Osiyo vakilini ayting 
Javob : uyuk Xitoy devori, Tojmahal yoki Iordaniyadagi Petra majmuasidan istalgan ikkitasi. 
Izoh : Ushbu marosimda dunyoning yangi 7 mo'jizasi aniqlangandi. 07.07.2007
Savol : Uning "dunyoga kelishi" haqida turlicha fikrlar mavjud. Ba'zilar uning Suriyada "tug'ilganini" aytsalar, qolganlar turkiyada "tug'ilgan" deydi. Yana bir manbaga ko'ra Muntadar uni Misrda uchratgan. Ammo Muntadarning akasi Darg'amning aytishicha u Iroqlik emish. Xullas uning taqdiri ayanchli uning qayerlik ekaniga aniqlik kiritish imkonini bermagan. O'z qurboniga intilgandan so'ng u AQSH xavfsizlik xodimlari tomonidan tilka pora qilib tashlanadi. Diqqat savol. Uning o'sha mashxur qurboni-? 
Javob : Jorj Bush 
Izoh : Gap mashxur Bush tuflisi haqida ketayotgandi. U shunchalar mashxurlashib ketganki, hamma bu tuflini o'ziniki qilishga intilgan. Ammo uning qayerda ishlab chiqarilganini bilish imkonsiz edi. Sababi undan portlovchi modda izlagan xavfsizlik xodimlari uni tilka pora qilib tashlaydi. Ma'lumot uchun. Bu tuflini o'ziniki deb e'lon qilgan 
Savol : Noqonuniy tug'ilgan bu bolakayning yoshligi qiyinchiliklar bilan o'tadi. Onasidan yetim qolgach esa kambag'allar uchun boshpanalarda yashashga hamda tasodifiy kundalik maoshlarga kun ko'radi. Aynan shu paytlarda o'zining bir qancha akvarellarini sotadi. Ammo mazkur qiyinchiliklar uning buyuk shaxs bo'lib yetishishiga to'sqinlik qilolmaydi. Urushda muvaffaqiyatli qatnashib bir qancha ordenlarni ham qo'lga kiritadi. Diqqat savol. Bu bolakay kim? 
Javob : Adolf Hitler 
Savol : Uning razmeri 157x67 mm bo'lib, old tomoni kulrang, orqa tomoni yashil rangda. XVIII asr oxirlarida uning tarkibida 1,6 gr sof oltin yoki 24,06 gr sof kumush bo'lgan. Keyinchalik bu miqdor yo'qolib ketgan. U ko'pchiligimiz uchun sevimli. Yana qolgan ko'pchiligimiz uning sevimliligini o'zimizcha rad etamiz. Diqqat savol. U-? 
Javob : Aqsh dollari 
Savol : U ishlab chiqarilganda 349donagacha ishlab chiqariladi va oldindan maxsus zakaz bergan kishilargagina yetkazib beriladi. U boshqa bir kompaniya tarkibida bo'lsada, obro' jihatdan manaman degan korporatsiyalar bilan tenglasha oladi. Bundan tashqari yuqoridagi 349 kishining oxirgisi albatta italyan bo'lishi shart. Diqqat savol. U-? 
Javob : Ferrari 
Izoh : U sanoqli ishlab chiqariladi hamda unga erishish uchun oldindan zakazlar beriladi. Partiyalarining maksimal miqdori 349 ta ekan. Vatanparvarlik jihatidan so'nggi mijoz albatta italyan bo'lishi kerak ekan. Aytgancha, Ferrari Fiat tarkibiga kiradi.
Savol : Uning otasi AQSH prezidenti Reyganni ham aktyor ham siyosatchi sifatida hurmat qilardi. Shu sababli o'g'liga uning sharafiga ism bermoqchi bo'ladi. Ammo onasiga boshqa ism ko'proq yoqardi. Oxir oqibat ikkalalari murosa qiladilar va farzandlariga shu ismni berishadi. Diqqat savol. Bu inson kim edi? 
Javob : Krishtiano Ronaldo 
Izoh : Ma'lumki, Reyganning ismi Ronald edi. Ammo onasi o'g'liga Cristian ismini bermoqchi edi. Oxir oqibat unga Krishtiano Ronaldo deb ism beradilar.
Savol : "Hayrat ul-abror" dagi maqolatlarning birida to'g'rilik haqida so'z yuritiladi. Unda aytilishicha "X to'g'ri bo'lganligi uchun so'fiylar uni yaxshi ko"rishadi. Agar u egri bo'lsa, tanbeh uchun qulog'i buraladi" deyiladi. Boshqa bir hikoyada esa X bir insonning sirini hammaga oshkor qiladi. Diqqat savol. X-? 
Javob : Nay 
Izoh : Iskandarning shohi borligi haqidagi qissada qamishdan yasalgan nay uning sirini oshkor etgandi. Nayni ovozi yaxshi chiqmasa sozlash uchun qulog'i buralarmish. Manba: 
Savol : Qadimgi Xitoyda odam o'ldirganlar turlicha jazolangan. Ayol kishini o'ldirganlar o'limga hukm qilingan bo'lsa, erkak kishini o'ldirgan odam bir xonaga umrbod qamab qo'yilgan. Bu Qadimgi Xitoyda mavjud bo'lgan bir qoida bilan bog'liq edi. Keyinchalik bu qoida bekor qilingach erkak kishini o'ldirganlar uchun ham o'lim jazosi belgilanadi. Diqqat savol. O'sha bekor bo'lgan qoidani ayting 
Javob : Ayol kishi eri o'lgach qayta turmushga chiqmasligi. 
Izoh : Erkak kishini o'ldirgan odam ayol kishini umrbod yolg'izlikka mahlum etardi va aynan shu sababdan o'zi ham shunday yolg'izlikni his qilishi uchun bir xonaga umrbod qamab qo'yilardi. Keyinchalik ayollarga qayta turmush qirishga ruxsat beriladi.
Savol : Tarixchi professor Neudning huzuriga talabalaridan biri qog'ozda yozilgan xatni olib keldi. Talabaning aytishicha bu xat shishaning ichida bo'lgan va uni dengizdan topib olishgan. Professorni mot qilmoqchi bo'lgan talabalar bu xar qaysi kemaning kapitani tomonidan yozilganligini so'rashadi. Xatda shunday yozilgandi:"Mening kemam juda katta va antiqa. Unda hamma narsa mavjud. Hech narsa bilan savdo qilmayman. Hech narsani boshqasiga alishmayman. Duch kelgan shamolga bo'ysunib ketaveraman. Borar manzilim qayerligini ham umuman bilmayman. Ammo anchadan beri quruqlikka chiqishga mushtoqman."Professor Neud xotirjamlik bilan mazkur savolga javob berdi. Diqqat savol. Bu kemaning kapitani kim edi? 
Javob : Nux alayxissalom 
Savol : Peterburgdan hikoyalar. Avvaliga "U" janob Lemarjga uncha e'tibor qaratmadi. Ammo xushchaqchaq va so'zamol bu yosh janob tobora Annaning e'tiboriga tushib bordi. "U" bor kuchi bilan Annaning e'tiborini tortishga harakat qilar, Anna esa bahona topib janob Lemarj tomon oshiqardi. O'sha kungi oqshomda esa Lemarj janoblari uning bilimsizligi ustidan ochiqchasiga kuladi: "Hijolat bo'lmang janob. Sizdan yaxshigina adabiyotchi chiqsa kerak". Tez orada janob Lemarj va Annaning to'ylari bo'ladi. "U"ni ham taklif etadilar. Ammo u kasalligini bahona qilib to'yga bormaydi. Diqqat savol. Mazkur hikoyaning mashxur qahramoni bo'lgan "U"-kim? 
Javob : Alfred Nobel 
Izoh : Janob Lemarj o'sha mashxur matematik(aslida mashxur bo'lmasada, matematiklarga nobel berilmasligiga sabab bo'lgan inson)
Savol : Ushbu so'zning ma'nosi lotinchada "vassalning yer mulki" degan ma'no anglatishi ko'pchiligimizga qorong'u bo'lsa kerak. Ba'zi xorijiy mamlakatlarda o'rta ma'lumotga ega bo'lib, oliy o'quv yurtiga kirib o'qish huquqiga ega bo'lgan shaxs shunday ataladi. Bizning ichimizda ham bunday nomga erishganlar ham borligini bilgan holda o'sha biz so'rayotgan so'zni ayting 
Javob : Bakalavr 
Manbaa : Manba. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. B harfi
Savol : Bir yapon firmasi o'zining tez tayyor bo'ladigan makaron mahsulotlarini (rolton kabi) reklama qilarkan bir mashxur jamoa a'zolarining 3tasidan foydalanishdi. Ular ushbu makaron mahsulotlarining juda tez pishishini reklama qilarkan reklama posterida "Biz 3 daqiqani sevamiz" degan yozuvni ko'rishimiz mumkin edi. Diqqat savol. Ushbu jamoani va ularning 3 daqiqani sevishlariga sabab bo'lgan voqeani ayting 
Javob : Manchester Yunayted 
Izoh : 1999-yilgi ChL finalini so'nggi 3 daqiqada yutib olgandi.
Savol : X-dastlab Xitoyda 7-9 asrlarda yetishtirilgan. Xning eng ko'p tarqalgan turi sherbosh, vual dum, kometa, diakin. Shuningdek X-o'zbek xalq ertaklaridan biri. "Qalandar va Samandar", "Suhrob bilan Muzrob", "Sohibjon va Ahmadjon" kabi ertaklarda bosh qahramonning yaqin yo'ldoshi. Shuningdek, karaslarning eng kenja turi X deb ataladi. Diqqat savol. Xni 2 so'z bilan ayting 
Javob : Oltin baliq 
Savol : Marketingda "X uchun nutq" degan tushuncha mavjud bo'lib, bu loyiha konsepsiyasi haqidagi qisqacha nutqni anglatadi hamda uzog'i bilan 30-40 sekund davom etishi va ko'pi bilan 100-150 so'zdan iborat bo'lishi kerak. O"tgan asrning 60-yillarida "Deportiva la Korunya" jamoasi bir necha marta segundaga tushib primeroga qaytib chiqavergani uchun mutahassislar klub tarixidagi bu vaqtni "Xdagi davr" deb atashadi. Diqqat savol. X-? 
Javob : Lift 
Savol : Diqqat ro'yxatni eshiting.-Duxi Chanelle N5;-Zajigalka Zippo Solid Brass;-Emmenatal pishlog'i;-Lui Vuitton Alma sumkalari;-Roleks Oyster Perpetual soatlari;-50 yevrolik banknotalar.Mazkur ro'yxatdagi mahsulotlar eng, eng, eng degan ro'yxatga aynan SHUNDAY yo'nalishda kirganlar. Diqqat savol. Qanday? 
Javob : Eng ko'p sohtalashtiriladigan. 
Izoh : Yuqoridagi ro'yxatdagi brend nomlaridafi ba'zi xatoliklar ham bejiz emasdi. Ular aynan shu tarzda sohtalashtiriladi.
Savol : X-Nijniy Novgorodda bo'lib o'tadigan xalqaro dizayn festivali nomi. X-Krasnoyar metropolitenidagi rejalashtirilayotgan stansiyalardan biri.X-jargonda "uchrashuv".Va nihoyat X-o'tgan asrning o'rtalarida yerga qaytganlardan biri. Diqqat savol. X-? 
Javob : Strelka 
Savol : "100ta buyuk ixtiro" nomli ko'rsatuvda Uni musiqa notalariga qiyoslaydilar. Bir hazilga ko'ra Uning ixtirochisi budilniklardan nafratlanarkan. Diqqat savol. U-? 
Javob : Davriy jadval 
Savol : Bir mashxur chet el romanida C nomli bo'lim mavjud. Ammo undan oldingi bo'lim B yoki A deb nomlanmagan. Diqqat savol. Shundan kelib chiqqan holda C bo"limidan oldingi bo'lim qamday nomlanganini toping. 
Javob : XCIX yoki IC 
Izoh : Ma'lumki C-rim raqamlarida 100ni anglatadi. Tabiiyki undan oldingi bo'lib 99 deb nomlanadi
Savol : 2014-yil chiqqan bir karikaturada Angela Merkel, Fransua Olland, Vladimir Putin hamda Fedor Poroshenko kabi davlat rahbarlari X asrda Yevropani titratgan bosqinchilar qiyofasida tasvirlangandi. Ular qo'llarida qalqon va qilich tutgancha "Biz qaytdik" deyotgandi go'yo. Diqqat savol. Mazkur karikatura qaysi voqea munosabati bilan chiqarilgan? 
Javob : Normann 4ligining tuzilishi. 
Savol : Bir olimdan so'rashibdi:-Ustingizdan kulganlarda qanday qilib chidab turasiz. Olim esa javob beribdi:-Nima qibdi axir bu "u ishni qilishlaridan" yaxshiroqku. Diqqat savol. Qanday ish? 
Javob : Ustimda yig'lashlaridan 
Savol : Omadli omadsiz. Yaqingacha Leanardo di Kaprioni shunday atashardi. Nihoyat u maqsadiga erishdi. Yoki 2008-yildan muvaffaqiyatli yurishini boshlagan Ispaniya terma jamoasi ham shu paytgacha omadli omadsiz deb atalardi. Mashxur fizioximik olim bo'lgan Luis Gilbert Nyutonni ham biz shundaylar sirasiga kiritishimiz mumkin. Diqqat savol. Aynan 30 soni bilan bog'liq uning omadli omadsizligini aytib bering 
Javob : Uning nomzodi 30 marta Nobel mukofotiga qo'yilgan. Ammo hech qachon u bu mukofotni yutolmagan 
Savol : Bir kuni bir odam ulug' donishmandlardan birining oldiga kelib savol berdi:-Xurmatli janob, aytingchi, odamzodning qancha aybi bor ekan?U donishmand javob berdi:-Odamzotning ayblari shunchalar ko'pki, ularni sanab sanog'iga yetolmaysiz. Ammo insonda bir xislat borki, u inson bolasining barcha ayblarini yopib turadi. Diqqat savol. Donishmand aytgan o'sha xislat qaysi? 
Javob : Tilni tiyish 
Savol : Yapon xalqi ajoyib odatlariga ega. Buni bilasiz. Xattoki yapon futbolchilari ham bunday odatlarga rioya qiladi. Yapon futbolchisi Shinji Kagava ham o'z xalqining odatiga xilof ish qilmasdi. U ham har kuni ertalab Manchester Yunayted klubi bazasiga yetib kelgach, jamoadoshlarining ko'z o'ngida "bu ishni qilganligi"ni bir necha marta ko'rishgan. Yaponiyada har bir ishchi har kuni ertalab "bu ishni qilishi" haqida qonun bo'lmasa-da, lekin bu ularning odatiga aylanib ulgurgan. Fiqqat savol. Shinji Kagava har kuni ertalab nima qilgan-? 
Javob : Manchester Yunayted madhiyasini kuylagan 
Izoh : Yaponlar har kuni ishga kelgach o'zlari ishlayotgan ishxona madhiyasini kuylashlari shart. Glory glory Manchester United
Savol : Yurak huruji yuz beradigan joylar haqida o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, "BUNDAY JOYLAR"da bugungi kungacha butun dunyoda 250ga yaqin yurak huruji tutish holatlari aniqlangan. Agar ularga ularni "BOSHQA JOYDA"ko'rib turganlarni ham qo'shsak, bu sonlar yana bir necha yuz kishiga ortsa kerak. Diqqat savol. "BUNDAY JOYLAR" hamda "BOSHQA JOYDAN" o'rnidagi 2 so'zni toping 
Javob : Stadion va televizor 
Savol : AQSH, boshqa sport turlarini bilmadimku, lekin basketbol bo'yicha N1. MBAda o'ynaydigan basketbolchilar o'zlarini boshqa basketbolchilardan, MBA esa o'zini boshqa assotsatsialardan bir bosh ustun deb hisoblaydi. Balki shuning uchun ham MBAda ushbu standart 6,7 ni tashkil etadi, garchi xalqaro standart 6,25 bo'lsada. Diqqat savol. Ushbu standart nimani belgilaydi. 
Javob : 3 ochkolik hududni 
Izoh : Shu orqali ular o'zlarining ustunligini yana bir bor ta'kidlaydilar. Sonlarni yonida esa metr o'lchov birligi edi
Savol : Mashxur ixtirochi Tomas Edison AQSHning bir shtati chetrog'idan kichkina yer sotib olib, o'z ixtirolarini sinab ko'ra boshlaydi. 1908-yilda esa u yerda umuman boshqa maqsadga mo'ljallangan maydoncha quriladi. Diqqat savol. O'sha joyning hozirgi nomi nima? 
Javob : Hollywood 
Savol : Bir bolakay ustoziga bir narsadan norozi ekanligini bayon qildi. Ustozi esa unga tasalli berib dedi:-Nima, shu ish yomon bo'lgan deb o'ylaysanmi. Ikki kishi edilar, endi milliardlarcha bo'lishadi. Agar shu ishlar bo'lmaganda hamon yolg'iz yuraverardilar.Diqqat savol. O'sha o'quvchi nimadan norozi bo'lganini aytib bering 
Javob : Odam Ato va Momo Havoning ta'qiqlangan mevani yeb jannatdan haydalganidan. 
Savol : Bir o'ta bilimdon lekin uncha mashxur bo'lmagan odamdan so'radilar:-Sizdagi bilimning 1/10 ega bo'lmaganlar sizdan bir necha barobar ko'proq tanildi. Buning boisi nimada?U kishi javob berdi:-Men "shu" uchun o'qidim, ular "shuni" uchun!!!Diqqat savol. "shu" va "shuni" o"rnidagi ikki so'zni ayting 
Javob : Bilmoq va bilinmoq 
Savol : Aytishlaricha, 2-jahon urushi paytlarida uning tashqi qiyofasi haqida yolg'on ma'lumotlar tarqatilar ekan. Masalan, uning bo'yi baland, sochlari qora kabi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Yuriy Levitan 
Savol : Zamondoshlari uni qachonlardir dam olganini ko'rmagandilar va shu sababli uni "dam olmas" deb atashardi. Uning familiyasi o'qilsa, huddi shunday ma'no beruvchi jumlani eshitish mumkin. Diqqat savol. U kim? 
Javob : Jorj Everest 
Izoh : Familiyasi ever rest deb eshitiladi. Bu esa o'z o'zidan yuqoridagi ma'noni anglatadi.
Savol : Tailandda u yerda fillar, Yaponiyada qisqichbaqalar, AQSHda ayiqlar, Kanadada kiyiklar, Malayziyada esa xatto talonchi o'g'rilarni ko'rishimiz mumkin. Diqqat savol. Qayerda? 
Javob : Yo'l belgilarida 
Savol : Robert Kiyosaki aytadi: Omadsiz, baxtsiz, bechora va kasal kishilargina BU SO'Zdan tez tez foydalanib turadigan kishilardir. Boshqa bir frazaga ko'ra BU SO'Z har doim xatolarsiz yangi "yaralish"ni anglatarkan. Diqqat savol. BU SO'Z-? 
Javob : Ertaga 
Savol : Bu qahramon bir umr unga tegishli bölgan narsani qidirib kelarkan. Hatto Vashington Irvingning bir asarida ham bu qahramon özining ahvoliga boshqalarni solarkanu ammo hech ham o'ziga mosini topolmasdi. Diqqat savol. O'sha qahramonni ayting 
Javob : Boshsiz chavandoz 
Savol : Fyoder Shalyapin ikki marta BU ISHNI qiladi. Birinchisi 1915 yilda ammo muxlislari uning ovozidan bahra ololmadilar, shundan keyin ashulachi anchagacha bu ishni qilgisi kelmadi faqatgina ikkinchisi 1935 yilda mashxur böldi. Bu ishni qilish söz qanday söz bn almashtirilgan? 
Javob : Kinoda öynash 
Izoh : Birinchi marta ovozsiz kinoda keyin ovozli kinoda rol ijro etgan ashulachi haqida
Savol : Tarixdan ma'lumki, m.avv 3-asrda qadimgi Misrda pochta xizmati yo'lga qo"yilgandi. Agar masofa yaqin bo'lsa, bibliofor, masofa uzoq bo'lsa, kamelit degan xizmatchidan foydalanishgan. Diqqat savol. Bu ikki xizmatchilarni farqini aytib bering. 
Javob : Biri piyoda, ikkinchisi tuyada manziliga yetkazilgan 
Savol : O'tgan asr o'rtalarida JARda ushbu jonzodlarni ov qilish ommaviy tus oladi. Bunga sabab olmos konlarida ishlovchilar olmoslarni o'g'irlab chiqishda ulardan foydalanardilar. Ularning bunday ishlari ommaga ma'lum bo'lgach odamlar ularni ommaviy qira boshlaydi. Albatta hamma boylik ilinjida. Diqqat savol. Qanday jonzot? 
Javob : Kabutar 
Izoh : Kondagilar o'rgatilgan kabutarlarning oyog'iga olmos bog'lab uchirib yuborardi.
Savol : 1878-yilda Stokgolmga ketayotgan kuryer poyezdi ro'paradan kelayotgan yuk poyezdi bilan to'qnashib ketib xalokatga uchraydi. Fojea butun davlatni larzaga soladi. Tirik qolgan mashinist esa voqeani izohlab berolmaydi hamda hech qanday qoidani buzmaganligi aytadi. Bu voqeani eda tergov sohasi mutaxassislari emas, aksincha fiziolok ochib berishga muvaffaq bo'ladi. Diqqat savol. Fojeaning sababi nima edi? 
Javob : Mashinist daltonik edi. Shu sababli svetofordagi ranglarni farqlay olmagan. 
Savol : ir kompyuter o'yinlari haqidagi filmda Packman, Mario, hamda Crazy Jacklar Donkey Kongga qarshi kurashadilar. Film davomida Donkey Kongning bolg'achasidan 5-marta bahramand bo'lgan Mario asabiylashib ketadi hamda alami kelib "o'sha mashxur frazani" aytadi. Bu fraza aytilgan paytda uning egasi o'zining o'ta manmanligini ifodalagandi. Diqqat savol. O'sha frazani yozib bering. 
Javob : Why always me? 
Savol : Hozirgi kunda transfer olamida bo'layotgan yangiliklarni ko'rib turarkan bir futbol muhlisi "u nihoyat uyg'ondi" deb aytib o'tadi. Diqqat savol. Butun dunyoga uni uyg'otmaslikni maslaxat bergan mashxur kim edi? 
Javob : Napoleon Banopart. 
Izoh : Gap Xitoy klublari haqida ketayotgandi. Xitoyni uyg'otmang deb xitob qilgan inson esa N.Banopart edi
Savol : Donishmandlar "U"ni qal'aga qiyoslaydilar: Tashqaridagilar unga kirish uchun, ichkaridagilar esa chiqish uchun kurashadilar.Shaxsan men Uni hali zabt etmaganman. Diqqat savol. U-? 
Javob : Uylanish 
Izoh : Nikoh deb javob berganlarning e'tirozlari qabul qilinmaydi)
Savol : Olimpiadada davlat nomlari qisqartirib yozilishi sir emas. Masalan, O'zbekiston Uzb, AQSh USA kabi. Diqqat savol. 1908-1912-yilgi Olimpiada o'yinlarida qaysi davlat ANZ qisqartmasi orqali ifodalangan? 
Javob : Avstraliya va Yangi Zelandiya 
Izoh : Bu davlatlar o'sha yili Olimpiadada birgalikda qatnashgan
Savol : Yevro-2004 chorak finalida Angliya va Portugaliya jamoalari o'rtasida qizg'in baxs bo'lib o"tadi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlanadi. Bu seriya haqidagi maqolada "Portugallar ochiq qo'l bilan g'alaba qozondilar" deyiladi. Diqqat savol. Buning boisi nima? 
Javob : So'nggi penaltini darvozabon qo'lqoplarini yechgan holda qaytargandi 
Savol : Bir yozuvchining ta'kidlashicha, bu joyda qadimda botqoqlik bo'lgan va ob xavosi judayam nosog'lom. Shuning uchun ushbu joyda joylashgan shaxar nomini u joyning ustidan masxaralash sifatida qabul qilish mumkin. Diqqat savol. Shaxarni ayting 
Javob : Buenos Ayres 
Izoh : Buenos Ayres 
Savol : Ichiga bir biriga nisbatan 60° burchak ostida joylashtirilgan 3ta ko'zgu plastilinkalari mavjud bo'lgan ushbu turdagi trubkalarni 1817-yil ingliz fizigi kashf etgan. Ushbu moslamadan me'morchilik, naqqoshlik, to'qimachilikda foydalansa bo'ladi. Diqqat savol. Yuqorida nima ta'riflangan? 
Javob : Koleydaskop 
Savol : Uning paydo bo'lishiga odamning xo'jalik faoliyatini yuritish ehtiyoji sabab bo'lgan. Ushbu "qarz daftari"dan foydalanish qadimdan mavjud bo'lgan. XVI asr oxirlariga kelib esa matematik Luiji Lulio sharofati bilan isloh qilingan. Ammo u islohotni biz umuman boshqa odam bilan bog'laymiz. Diqqat savol. Qaysi odam? 
Javob : Grigoriy XIII 
Izoh : Gap kalendar haqida ketmoqda
Savol : Chap qanotdagi binoga yuring, bino eshigi aylana shaklda. Birinchi qavatda qabulxona, anketada …. Va ikkinchi qavatga zinadan ko’tariling nihoyat birinchi o’ng eshikka kirasiz.Diqqat savol. Bo’shliqni to’ldiring 
Javob : Bo'shliqni to'ldiring 
Izoh : Anketalarda odatda nimadir so'rab katakchalar qoldiriladi va sizdan shu bo'sh katakchalarni to'ldirish talab qilinadi
Savol : Hozirda "unga" qiziqish yanada rivojlanib bormoqda. Bugungi kunga kelib "u" pantomima, sport va akrobatika elementlari bilan boyib bormoqda. "U" XV-XVI asr italiyada paydo bo'lgan. Diqqat savol. U-? 
Javob : Balet 
Savol : Bu gapni Italiyalik marafonchi Dorando Pietri haqida, u marraga bir necha metr qolganda sillasi quriganlik va ochlikdan yiqilganini ko'rishganda aytishgan. Biz ham bugun bir qancha jamoaga shu 4 so'zdan iborat gapni aytmoqchimiz. Diqqat savol. Qaysi gap? 
Javob : Muhimi g'alaba emas, ishtirok 
Savol : Unga bo'lgab qiziqish qadimdan mavjud bo'lgan. Ammo o'rta asrlarda imtiyozli tabaqalarning yuzaga kelishi va ularning avlodlarini rasmiylashtirish zarurati uning ahamiyatini oshirib yuboradi. Bu esa o'z keyinchalik u haqida yirik-yirik asarlarning yozilishiga ham sabab bo'ladi. Bunday asarlardan ikkita mashxurini Xiva xonlaridan biri yozgan. Diqqat savol. Uni ayting 
Javob : Shajara 
Izoh : Abulg'oziy Bahodirxonning 
Savol : Ushbu mahsulot yetishtirish uchun Nikaragua 627 ming ga, Kuba 1100 ming ga, Xitoy 1048 ming ga maydon ajratgan. (1999-yilgi ma'lumot) Yevropada esa faqat Ispaniyada o'stiriladi. O'zbekiston xududida 1936-yil Denovda yetishtirila boshlagan. Diqqat savol. Qaysi o'simlik haqida gap ketmoqda? 
Javob : Shakarqamish 
Savol : Hindistonning Tata Motors kampaniyasi 2015-yilda ishlab chiqargan mahsulotlari orqali yaxshigina daromadga ega chiqishmi rejalashtirgan edilar. Har qanday qulayliklarga ega bo'lmasin yangi chiqarilgan markadagi mashinalar xaridorlarni cho'chitardi. Shundan keyin kompaniya a'zolari mashina nomini o'zgartirishga qaror qiladilar. Diqqat savol. Bunga nima sabab bo'lgan? 
Javob : Zika virusi 
Izoh : Kompaniya yangi markani 
Savol : Alparslan Yegit mast holda jamoat tartibini buzganligi uchun Anqara sudi tomonidan antiqa tarzda jazolanadi. U har kuni 2 soat davomida "BU ISHNI QILISHGA" majbur etiladi. Bir mashxur insonning fikricha esa "BU ISHNI QILISH" o'zing qolib boshqa odamning kallasi bilan fikrlash ekan. Diqqat savol. "BU ISHNI QILISH"-? 
Javob : Kitob o'qish 
Savol : Dastlabki Xlar qadimgi Rimda paydo bo'lgan. Xitoyda esa dastlabkisi "Di bao" nomini olgan va VII asrdan beri chiqariladi. Xning shunday nom olishi italiyaga borib taqaladi. Yurtimizda esa dastlabki mehnatkash xalqning ongini o'stirishda, qorong'u kunlarni yoritishda, xalq orasida fikr tarqatishda qurol sifatida paydo bo'lgan. Diqqat savol. X-? 
Javob : Gazeta 
Savol : AQSH milliy xavfsizlik agentligi qoshida shifr yechuvchilar jamiyati bor bo'lib, har yili yangi yil kiradigan kuni ular bayram dasturxoniga 4ta bir xil elementni marmelad idishchasiga solgan xolda qo'yadilar. Ular bu 4 predmetni juda xurmat qiladilar. Bu qurol jamiyatning ramziy belgisi hisoblanadi. Diqqat savol. Qanday qurol? 
Javob : Qalam 
Izoh : Qalam shifrlarni yechishdagi asosiy quroldir
Savol : Aqsh chegara xizmati ikki xodimi boshi uchun Meksika narkobaronlari 30ming AQSH dollaridan mukofot vada qiladi. Rokki va Barko ismli bu ikki serjant ularning juda ko'plab jinoyatlarini fosh qilar, hamda ishlarini muntazam zararga burardi. Ammo bularni o'ldirish ularga nasib qilmadi. Tez orada ular ovqatdan zaharlanib vafot etishadi. Yana bir qiziq tarafi ular umuman maosh olmay ishlashardi. Savol. Nima uchun? 
Javob : Sababi ular chegarachi itlar edi 
Savol : Bu jonivorlar yovuzlik, ham jismonan ham manan tubanlik timsoli bo'lishgan. Shu tufayli qadimda ushbu qurol Xitoy va Xindistonda kuch qudrat va hokimiyat ramzi hisoblangan. Diqqat savol. U qurol-? 
Javob : Pashsha o'ldirgich. Jonivorlar tabiiyki pashshalar edi. 
Izoh : Tubanlikla qarshi kurash vositasi esa pashsha o'ldirgich
Savol : Bu voqea Qohirada sodir bo'lgan. Bu shaharda yashovchi erkak xotini bilan yashirincha ajrashadi. Ammo u bilan yashab yiraveradi. Vaqt o"tib esa xotin bilan janjallar yuzaga keladi. Navbatdagi janjaldan so'ng xotin uni sudga beradi. Er esa sudga ajrashganlik haqidagi hujjatni ko'rsatadi. Tekshiruvga ko'ra hujjat haqiqiy. Lekim sud uni baribir jazolaydi. Diqqat savol. Nima uchun? 
Javob : Zino uchun 
Izoh : Misr qonumchiligida zino uchun qatiy jazolar belgilangan
Savol : Xalqimizning asrlar davomida yaratgan o'lan va laparlari, maqol va matallari, ertak va dostonlari bilan faxrlansak arzidi. Ana shu o'lmas merosimizni bugungi kunga qadar yetib kelishiga Ularning o'rni beqiyosdir. Manbalarda aytilishicha U "ziyo ulashuvchi" ma'nolarini bildiradi. Prezidentimiz ularni biyron tillar deb e'tirof etgan. Diqqat savol. Ular-? 
Javob : Baxshi 
Savol : Bir tilshunos olimning fikricha, uni rus Orfeyi deb atash mumkin ekan. Sababi, uning sexrli qobiliyati uning raqiblarini gipnozlashga yordam berarkan.Boshqa bir hazilda esa u futbol o'yinining paydo bo'lishiga ulkan xissasini qo'shgani aytiladi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Bo'g'irsoq 
Izoh : Uning qo'shig'i raqivlarni gipnozlab qo'yadi deb o'ylagan tilshunos. Bo'g'irsoq hazilda, dadasidan rosa tepki yeganligi uchun shaxmatrang (to'pga o'shash) bo'lib qolganini va shu tariqa futbol paydo bo'lganini aytadi.
Savol : Tarixda o'tgan qonxo'r hukmdorlardan biri ozchilik qo'shini bilan ham katta qo'shinlarni ko'p marta yengardi. Hukmdor biror joyga qo'shin yubordsa, o'z qarorgohiga tez-tez chopar yuborishlarini buyurardi.Bu esa jangning natijasi yaxshilanishiga olib kelardi. Odatiga ko'ra, u noxush xabar keltirgan choparni kallasini olar, yaxshi xabar keltirganini esa siylardi. Diqqat savol. Mazkur jarayonda choparlar bilan bog'liq vaziyat qanday qilib jang sifatiga ijobiy ta'sir qilardi? 
Javob : U chopar sifatida qo'shin sarkardasi o'g'lini yoki yaqinlarini tayinlardi. Shu sababli qo'shin boshlig'i yaxshiroq natija uchun tirishardi. 
Savol : Bir mashxur satirikning bir qancha aforizmlarida "Ahmoqda X uning boshida joylashgan bo'larkan" deb aytadi. X-egasiga onasining ehtiyotsizligi natijasida zarar keltirgandi. Diqqat savol. Xni 2ta so'z bilan ayting. 
Javob : Axilles tovoni 
Izoh : Axilni onasi Stiks daryosiga botirib olayotgan paytda tovonidan ushlab turgandi. Natijada, uning tovoniga suv tegmaydi. Mangu hayot taqdim etuvchi bu daryo suvi tegmagach, Axilning joni tovonida joylashib qoladi.
Savol : Yemoqning qusmog'i bor. Karikaturada DOLGARUKIYning 13512 tomdan iborat kasallik tarixini ko'rishimiz mumkin. Biz DOLGARUKIY bilan qaysi personajni almashtirganimizni ayting. 
Javob : O'lmas Kashshey 
Izoh : Uzoq yashagan odam ko'p kasallanadi
Savol : Madagaskar multfilmi esingizdadir. Muzlik eriyotgani va kemagina ularning hayotini saqlab qolishini eshitgan jonvorlar hammasi kemaga oshiqadi. Bu voqeafa bag'ishlangan karikaturada mashxur to'fon voqeasi eslangan holda "Bu yer xuddi Nuh kemasiga o'xshaydi. Ishqilib yo'lboshchimiz Nuh bo'lsinda" deyiladi. Qahramonlardan biri esa pessimistik ohangda "Agar yo'lboshchi "U" bo'lsachi" deydi"."Unda tamom. Hammamizni qismatimiz o'lim ekan" deydi boshqa biri. Diqqat savol. U-? 
Javob : Haron 
Izoh : Yana kim odamlarni o'lim saltanati tomon eltishi mumkin deb o'ylaysiz.
Savol : Bir dizayn ko'rgazmasida tomoshabinlar bo'm bo'sh podiumni ko'radilar. Dizayner buni o'zining yangi ko'rinishdagi Xlarni namoyish etgani bilan izohlaydi. X-bir adabiy personajniy yaqin do'sti va hamrohi. Personajning do'stiga qovunlar mamlakatida ham rosa asqotadi.Petr Chex Chelsida o'ynab yurgan paytida bir o'yinda juda ko'p seyvlar ishlatgandan keyin o'zbek matbuotida e'lon qilingan maqola ham X deb ataladi. Diqqat savol. Xni ikki so'z bilan ayting. 
Javob : Sehrli qalpoqcha 
Izoh : Dizayner bu ko'rgazmada sehrli qalpoqlarni namoyish etdim, ular ko'rinmaslik xususiyatiga ega deydi. Sehrli qalpoq-Hoshimjonning yaqin hamrohi. Uning do'sti Akrom haqidagi 
Savol : Yana bir hazil karikatura.Sumerki filmidagi Bella va Eduardning tanishuvi. Bella:-Men sening kimligingni bilaman. Sen oppoqsan, tez yugurasan va odamlarning qonini ichishni yaxshi ko'rasan.Eduard hayrat bilan:-Xo'sh, kim ekanman.Bella:-.......Diqqat savol. Savolning hazil ekanligini inobatga olib Bellaning javobini aniq ayting. 
Javob : Luis Suarez 
Savol : Rossiyaning karikatura.ru saytidagi karikaturalardan birida Real Madrid futbolchisi Rafael Varanning Lester futbolchilarini chempionlar ligasining keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayotgani tasvirlangan. Diqqat savol. O'sha karikaturada qanday personajlar tasvirlanganini aniq ayting 
Javob : Qarg'a va tulki 
Izoh : Varane so'zi ruscha 
Savol : Mashxur faylasug Suqrotni o'limga hukm qildilar. Olomon teng ikkiga bo'lingan. Yarmi yig'lamoqda, yarmi kulmoqda. Suqrotga so'nggi so'zni berdilar:-Menga X uchun sizlarga Y uchun bu yerni tashlab ketish fursati yetdi.Diqqat savol. X va Y o'rnidagi ikki so'zni ayting. 
Javob : O'lish va yashash 
Izoh : Biz ham sizlar bilan hozircha hayrlashib qolamiz. Turnir davomida va umuman kimnidir hafa qilgan bo'lsam uzr. Egilgan boshni qilich kesmas. Sizlar bilan kamida 6 oydan keyin yana bir ajoyib turnirda uchrashamiz (nasib qilib kanal ishlab tursa) deb qolaman. Omon bo'lilar
Savol : Olimlarning aniqlashlaricha bunday kunlarda insonda jinoyatga moyillik xissi ancha yuqori bo'larkan. Bunday paytda odamda jig'ibiyronlik, asabiylik xolatlari kuzatilar ekan. Bunday kunlar ko'pchilikka juda yoqadi. O'zbek qo'shiqchilari ham bunday kunlar haqida ko'plab qo'shiqlar aytishgan. Diqqat savol. Qanday kunlar? 
Javob : To'lin oy 
Savol : Bir rus zamonaviy hazil maqolini eshiting. "Yuzta do'sting bo'lmasin ..... ..... bo'lsin". Diqqat savol. Maqolni to'ldirib bering. 
Javob : 100 $ (dollar) 
Savol : Bizda, masalan istalgan odam yetarli yoshda bankka borib bu ishni qilishi mumkin. Ammo Igor Sergeyev Xitoyda "bu ishni qilish"ga ancha qiynaldi. Savol. Bu ishni qilish-? 
Javob : Hisob ochish 
Izoh : Birinchi holatda bankda hisob (raqam) ochish nazarda tutildi. Igor Sergeyev Xitoyda gollari hisobini ocholmay ancha sarson bo'ldi
Savol : Hind yigitlarining fikricha, qizlarning ko'ngliga yo'l topishning ikta yo'li bor:1.GitaraIkkinchisini siz ayting. 
Javob : Raqs 
Savol : Mutaxasislarning fikricha, odamni uchta narsa "ajalidan oldin" o'ldirarkan:1.Yoqtirmagan taomni yeyish.2.Yoqtirmagan ishini bajarish.Uchinchisini siz ayting. 
Javob : Yoqtirmagan insoni bilan yashash 
Savol : Taxminan XX asrning birinchi yarmida yashagan rus shoiri Orlovskoyning sonetidan parchani eshiting: "Al-qasosu min al-haq" deb hayqirganda senBo'laverdi yog'iy barbod ustiga barbod.Zero, sening qudratingdan Chingiz edi lol. Orlovskoyning ushbu soneti kim haqida yozilgan? 
Javob : Jaloliddin Manguberdi 
Savol : Roberto Arl'tninng shunday purma'no so'zlari bor:"Roman ochkolar bilan yutsa, hikoya Xlar bilan g'olib keladi.X nima? 
Javob : Nokautlar bilan 
Savol : Bu futbolchi asli futbolga darvozabon ampluasida kirgan bo'lib, yoshligida barmog'ini sindirib olganligi sabali, onasi darvozabon bo'lib o'ynashiga ruxsat bermaydi.Shu bilan boshqa ampluaga o'tib, shu ampluada mashhur bo'ldi."Ot aylanib qozig'ini topadi" deganlaridek, u hozir yana "La Liga"da.Kim haqida gap ketyapdi? 
Javob : Fernando Torres 
Savol : Mantiqan o'ylab, yer yuzidagi ilk qo'shiqni kim va qanday sabab tufayli aytganligini ayting. 
Javob : Odam Ato o'g'li Hobilning o'limi munosabati bilan aytilgan marsiya 
Savol : U "yangi" degan ma'noni ham anglatib, fransuz, nemis va shu kabi tillarda yozilgan asarlar dastlab shunday nomlangan.Ular bundan 2,5 ming yillar oldin yuzaga kelgan va sochma yo'lda qora so'z bilan bitilgan.U nima? 
Javob : Roman 
Izoh : Dastlab har qanday roman tillari oilasidagi bir tilda yozilgan asar "roman" deyilgan. Fransuz, nemis tilllari - roman tillari oilasiga kiradi
Savol : O'zbek Xalq maqolini tinglang:Suvga tushsa, mingta,Suvdan chiqsa, bitta.Uning nimaligini ikta so'z bilan ayting. 
Javob : Otning dumi 
Savol : I.Karimov unga juda yuqori baho berib, shunday degan:"U - o'zbekning o'zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan avlodlarga o'tkazib kelayotgan qahramonlik qo'shig'idir"U nima? 
Javob : "Alpomish" dostoni 
Savol : U narsa "birovga yetgan ne'matdan rashk bilan qarash va o'sha ne'matning o'z sohibidan ketib, o'ziga kelishni xohlashdir.Lug'atlarda u shunday ta'riflanadi: "Biron kishidagi Alloh bergan ne'mat yoki fazilatni zavol topib, o'ziga o'tib qolishni xohlashdir".M.Bukgakovning "Usta va Margarita" asarida esa, "Qani, uni yoqlab kim bir og'iz so'z ayta oladi? U eng razil hissiyot toifasidandir" deyilgan.U nima? 
Javob : Hasad 
Savol : U arabcha so'z bo'lib, uning ma'nosi "oshiqona so'z", "ayolga yolvorish" yoki "xotin-qizlar bilan yoqimli muomalada bo'lish" demakdir.Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki, uni bog'lash kerak bo'lsa, faqat muhabbatga bog'lanadi.U nima? 
Javob : G'azal 
Savol : Mihail Bulgakovning "Usta va Margarita" asari qahramoni Ivan Nikolayevich shifokor huzuriga borgach, u bilan borgan odamdan:"Suvarak, kalamush, shaytonvachchalarni yoki mishiqi itlarni tutish bilan shug'ullanmasmidi?" deb so'raydi.U qanday shifokor huzuriga borgan? 
Javob : Ruhiy kasalliklar shifokoriga borgan(jinnixonaga) 
Savol : "Alpomish" dostonida u Alpomish tomonidan "Yigitning qanoti" deb ataladi.U nima? 
Javob : Boychibor(Alpomishning oti) 
Savol : Mihail Bulgakovning "Usta va Margarita" asaridan olingan fikrlarni eshiting:"Dunyoda esdan ayrilishdek baxtiqarolik bormi?Butun bashariyat shunday fikrlaydi-ku! Yo'q yana qandaydir boshqa tuyg'u mavjud.Nima ekan u?Ha-a bildi - ...!Bu Ryuxinning fikrlari edi. U bu fikrlarni Ivanning alamli fikrlaridan keyin o'z-o'ziga aytadi.Nuqtalar o'rnida qanday tuyg'u qo'yilishi kerak? 
Javob : Alam 
Savol : U rus tilidan olingan bo'lib, "chizmoq", "tasvirlamoq" degan ma'nolarni anglatadi.U "hujjat adabiyoti" deb ham yuritiladi.U nima? 
Javob : Ocherk 
Savol : Mihail Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida Ivan Nikolayevich Arbatning har tomonga taralgan tor ko'chalarini unga o'xshatadi.Nimaga o'xshatganligini ikki so'z bilan ayting. 
Javob : O'rgimchak iniga 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida asar qahramoni Ivan Nikolayevich Moskva daryosidan chiqayotib, shunga guvoh bo'ladiki, uning kiyimlarini o'g'irlab ketishibdi. U yana shunday fikrga keladi: u kiyimlarini ishonib topshirib ketgan soqolli odamni ham o'g'irlab ketishibdi.U nega bunday qarorga kelgan? 
Javob : Aslida soqolli odam o'zining juldur kiyimlarini yechib tashlab, uning qimmatbaho kiyimlarini kiyib, o'g"irlab ketadi. Sodda Ivan esa, uni ham o'g'irlab ketishibdi deb o'ylaydi 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asari qahramoni Ivan Nikolayevich Moskva daryosiga o'zini tashlaganda bildiki, daryodan uni hidi kelardi.Daryodan nimaning hidi kelgan? 
Javob : Neft 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida asar qahramoni Ivan Nikolayevich chet ellik sayyohni izlayotganda, qulog'iga hamma joydan u asardagi ariya eshitilaveradi.Ariyada yigit qizga muhabbat izhor etardi.Qaysi asar? 
Javob : "Yevgeniy Onegin" (A.S.Pushkin) Oneginning Tatyanaga sevgi izhor qilib aytgan ariyasi. 
Savol : Erkin Vohidovning bir she'ridan parchani eshiting: Yellar, bir daqiqa to'xtang esishdan,Sernavo bulbullar, sayramang biroz.Karbalo dashtida yayov kezishdanCharchab tin olmoqda ... ustoz. Nuqtalar o'rniga shaxs nomini qo'ying. 
Javob : Fuzuliy 
Izoh : E.Vohidovning "Fuzuliy haykali qoshida" she'ridan
Savol : Uni qoraqalpoq xalqi jirov, ozarbayjonlar oshiq, deb ataydilar. Xorazmda esa ularni xalfa deb atashadi.O'zbek xalqi uni nima deb ataydi? 
Javob : Baxshi 
Savol : Bu xalq og'zaki ijodiga mansub atama arabcha "zakiy" so'zidan olingan bo'lib, "zehni o'tkir, so'zamol, zakovatli" degan ma'nolarini bildiradi.U nima? 
Javob : Askiya 
Savol : "Madakaskar" multifilmida Madakaskar pingvinglari uni "bizning uzoq qarindoshimiz" degan?Bunga aniq sabab bor.Ular kim(nima)ni shunday atagan va nega? 
Javob : Zebra(Martin)ni 
Izoh : Oq-qora ranglari uchun. Pingvinglar ham oq-qora rangda.
Savol : Mihail Bulgakovning "Usta va Margarita" asaridan olingan fikrlarni tinglang:"Vaqt o'tgandan keyin odam o'z hayotida hech narsani o'zgartirib bo'lmasligini anglaydi.Faqatgina Xning iloji bor".X nima? 
Javob : Unutish 
Savol : Mihail Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida tun o'tib ketganligi ajoyib tasvirlangan:"Tun o'tib ketganligini bilish uchun osmonga bir nazar tashlashning o'zi kifoya edi.Ofitsantlar shoshqaloqlik bilan dasturxonni yig'ishtirishardi".Asarda tun o'tib ketganligini mushuklar bilan bog'lagan holda yana nima deb ta'riflagan? 
Javob : Mushuklar ham allaqachon yuz-qo'lini yuvib bo'lgandi 
Savol : U narsa ko'plab xalqlarda mavjud bo'lib, aytaylik, azarbayjonlar uni "leyla-leyla", qoraqalpoqlar esa, "xeyla-xeyla" deyisharkan.Uning yaralganligiga ko'p yillar bo'lgan bo'lib, Navoiy ham o'z satrlaridan birida uni "navogul" degan.Bir olimamiz esa, uni "mehr qo'shig'i" deb atagan.U nima? 
Javob : Alla 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida ajnabiy professor Styopaga o'ttiz besh ming sumlik shartnomani ko'rsatgach, avval shartnomani qalbaki deb o'ylagan Styopa shartnomadagi uch narsadan shartnomani haqiqiyligini biladi:1.Styopaning o'z qo'li bilan qo'ygan jimjimador imzosi.2.Moliya direktorining beriladigan o'ttiz besh ming sumdan o'n mingi avans tariqasida berilishi to'g'risida dastxat.Uchinchisini siz ayting.
Javob : O'n ming avansni olganligi haqida tilxat 
Savol : U firoq bilan ayriliqda har qanday oshiqni ortda qoldiradi. Unda kuchaytiruv, ta'kid bor.Unga ta'rif beray desam "kuchli o'ntalik"ka kirmagan.Sizga uni topishda Tohir-u Zuhrolar, Layli-yu Majnunlar yordam berishi mumkin.U nima? 
Javob : Chiziqcha(-) 
Izoh : Satrdan satrga ko'chirishda chiziqcha so'zni ikkiga bo'lib, ayirib tashlaydi. "Kuchli o'nlik" bu - o'nta tinish belgisi, bilasiz, chiziqcha tinish belgisi hisoblanmaydi. U yuklamalarda ishlatiladi va hakazo. Berilgan misollarda esa chiziqcha ishlatilgan
Savol : Mihail Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida asar qahramoni Ivan Nikolayevich ruhiy kasalliklar kasalxonasining bir kabinetiga kirganda u yerga o'zi "oshxona-..." deb nom qo'yadi. Buning o'ziga yarasha sababi bor edi: bu yerda ancha-buncha shkaflar, nikellangan yaltiroq asboblar qo'yilgan oynavand shkafchalar tizilib turardi. Nihoyatda murakkab moslamali kreslolar, soyaboni yaltiroq qandaydir yapasqi chiroqlar, son-sanoqsiz shisha idishlar, gaz bilan yonuvchi garelkalaru, elektr simlari-yu, mutlaqo notanish moslamalar bor edi bu yerda.Nuqtalar o'rniga qanday so'z qo'yiladi? 
Javob : Oshxona-fabrika 
Savol : 1809-yilda Vena shahri o`qqa tutilganda U ikkita yostiqni olib yerto`laga berkinib oladi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Betxoven 
Izoh : U paytda u kar bo'lishni boshlagandi. Yanayam ko'proq kar bo'lmaslik un yostiqlarni quloqlarigq qo'ygan
Savol : Haligacha U haqiqatan ham bo`lganmi yoki yo`qligi noma`lum. Ba`zi manbalarga ishonadigan bo`lsak UNING ismi Milton bo`lgan va u o`tgan asrning 30-yillarida Oksfordda yashagan. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Shryodinger mushugi 
Izoh : Uning ham tirik, yoki o'ligi noma'lum.
Savol : Shveytsariya kommunlaridan birida o`ziga xos lotareya o`ynashadi. Katta dalani ma`lum kvadratlarga bo`lishadi va dalaga bir-qancha sigir va buzoqlar qo`yvoriladi. SAVOL: Lotareya g`olibi qanday aniqlanishini toping. 
Javob : Har bir odam kvadratlaridan birontasini tanlayning. Ma'lum vaqtdan so'ng kimning kvadratida eng ko'p tappi (lepyoshka) aniqlansa o'sha g'olib bo'ladi. 
Savol : Ushbu o`ziga xos til 19-asrda vujudga kelgan va asosan his-tuyg`ularni aks ettirgan ekan. Keyinchalik ushbu tilga jamiyat, omma fikrini ifoda qilish funksiyasi ham qo`shialadi. Masalan teskari bayroq - bu Vyetnamdagi urushga nisbatan norozilikni anglatgan. SAVOL: Bu bayroq qayerda tasvirlangan? 
Javob : Pochta markasi 
Izoh : Markalarni turli burchak ostida va konvertning turli joyariga yopishtirish orqali his tuyg'ular ifodalangan.
Savol : Nektar yig`ish uchun asalarilar inlaridan uzoqqa uchib ketishmaydi. Ammo uylariga juda yaqin hudularda ham ular nektar yig`ishmas ekan. Bundan maqasad yirtqich hayvonlarni o`z inlariga boshlab kelmaslik. Ba`zi fikrlarga ko`ra asalarilar fe`l-atvorini o`rganish ULARNI ushlashda yordam berishi mumkin. SAVOL: ULARNI toping. 
Javob : Ashaddiy qotillar 
Savol : Perpendikulyar dastakli politsiyachilar tayog`ining proobrazi bu tonfa deb ataluvchi yaponlar dubinkasidir. SAVOL: Tonfaning proobrazini toping. 
Javob : Xassa 
Savol : Mixail Potapovich har doim yomon habarlarni olib keadi. Unga doimo qarshi turadigan Syoma esa optimist hisoblanadi. Bu "O`rmon IKSI" nomli asar syujeti edi. SAVOL: IKSNI toping. 
Javob : Birja 
Izoh : Mixail Potapovich bu ayiq, Syoma esa buqa
Savol : O`z izdoshlarini tanqid ostiga olar ekan Pikasso shunday deydi: "Ular BU AMAL orqali kuch-qudratga erishish mumkin deb o`ylashadi". SAVOL: BU AMAL so`zlari bilan qaysi so`zlar almashtirilgan? 
Javob : Kubga oshirish 
Izoh : Pikasso kubizmdan boshqa yo'nalishlar ham ajoyib degan fikrda bo'lgan
Savol : XX asr boshlarida Kembrijda dars bergan doktor Sirl qiz bola talabalarni yomon ko`rgan. Bunga sabab ularning magnit qurilmalarga salbiy ta`sir o`tqazishi bo`lgan. Gap shundaki o`sha paytlarda UNI tayyorlashda po`lat ishlatilgan. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Korset 
Savol : Misrliklar xudosi bolgan Gorning ong kozi quyoshni anglatgan. SAVOL: Misrliklar qaysi holatni Gorning chap kozi lat yegani bilan izohlashadi? 
Javob : Oy fazalari 
Savol : Bo`lajak Papa Sikst V konklavga xassaga tayangan holda keladi. Shu sababdan ham Siskst V Vatikan tarixida yagona SHUNDAY Papa hisoblanadi. SAVOL: Qanday? 
Javob : Bir ovozdan saylangan 
Izoh : Zaif papani boshqarish oson bo'ladi deb o'ylashgan.
Savol : Rossiya imperiyasidagi yomon yo`llar tufayli ushbu korxona ko`p miqdorda somon(pichan) sotib olgan. Ushbu korxona ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibiga bor kiradi. SAVOL: Mahsulot nomini toping. 
Javob : Borjomi 
Izoh : Suv shisha idiahlarsa chiqarilgan. Nomida ham "bor" bor.
Savol : Har yili Avstraliyadagi Kvinslend shtatida yuzlab koalalar avtomobil ostiga tushib halok bo`ladi. Bunga sabab avtomobillar faolligi va koalalar aktivligi bir vaqtga to`g`ri kelgani ekan. Muammo yechimi sifatida olimlar bir ishni qilishni taklif qilishgan. Turnirlarimiz davomida ham biz bu ishni bir-necha marta qildik. SAVOL: O`sha ishni toping 
Javob : Soatni bir soat oldinga, yoki orqaga surish 
Savol : Normandiyada yaqinda fermerlar o`z dalalarini otlar o`tlashi uchun ijaraga berishni boshlashdi. narhlar esa quyidagicha: dumi uzun ot uchun kuniga - 20 santim, dumi kalta ot uchun esa kuniga - 10 santim. SAVOL: Nega ayanan shunday tariflar belgilangan? 
Javob : Pashsha haydash uchun vaqt ketkazmaydi dumi uzuni 
Savol : Itning ko`rinishi aktyor Grigoriy Tolchinskiyga nimasi bilandir bir qarindoshini eslatib yuborgan ekan. SAVOL: O`sha qarindoshining ismini toping. 
Javob : Filipp 
Izoh : "Спокойные ночи малыши" ko'rsatuvidagi kuchukcha Filya
Savol : Ushbu ekskursiyaga otlanishdan oldin guruh rahbarlari mijozlarga bir shishadan vino ichishni taklif qilishadi. Obyektga borish va qaytish uchun avtobus ajratilgan, dasturga ekologik toza nonushta, obyektni ko`zdan kechirish, uning yonidagi shahrga sayohat va ekstremallar uchun baliq ovi ham kiritilgan. SAVOL: Obyektni toping. 
Javob : Chernobil AES 
Savol : Zamonaviy texnika inqilobi natijasida jurnalistlarning imkoniyatlari keskin tarzda oshib ketdi. 2004-yilda "Reason" jurnali tahririyati o`z obunachilarini hayron qoldirdi. Jurnalning 40 000 dan ortiq obunachilarining barchasi jurnal muqovasida IKSNI ko`rgan. SAVOL: IKSNI toping 
Javob : O'z uyini 
Izoh : Sputnikdan har bir obunachi uyini suratga olishgan
Savol : 1949-yilda u ikkita chiziq yoniga uchinchisini qo`shadi. SAVOL: Shundan biroz oldin u ikkita "d" harfi o`rtasiga qaysi harfni qo`shgandi? 
Javob : "i" 
Izoh : Adidas firmasi
Savol : Xaruki Murokami romanlaridan birida qahramon bir antiqa personaj uyiga tushib qoladi. "Teridan ishlangan aylanma o`rindiqda oyoqlarini bir-birining ustiga tashlab, silindr kiygan baland bo`yli erkak o`tirardi. Egnida etagi uzun, yorqin qizil rangdagi syurtuk, uning tagida esa qora jilet. Qora etik va oppoq shim. Chap qo`lida xassa ushlab olgandi...". Agar murokami qahramoni boyroq bo`lganda yoki personaj tik turganda balkim u unig ismini eslay olgan bo`lardi. SAVOL: Siz ham antiqa personaj ismini eslashga urinibko`ring. 
Javob : Jon Uolker 
Izoh : Shu nomli skotch bor. Agar qahramon boyroq bo'lganda skochga puli yetardi
Savol : 1962-yilda bir guruh chililiklar qiziq fikrni bildirishdi. Ularning fikricha qisqa vaqt ichida ular o`ziga xos dietani ushlashga majbur bo`lishgan ekan. Avvaliga ular faqat shveytsariya pishlog`ini tanavvul qilishgan bo`lishsa, keyinchalik faqat rus arog`ini ichishgan. Ammo so`nggi mahsulot ularga umuman yoqmagan. SAVOL: O`sha mahsulotni toping. 
Javob : Braziliya kofesi 
Savol : Vikipediyadagi Rudolf abelga bag`ishlangan maqolada u 1941-yildan boshlab NKVDda ishlagani, fashistlar orasida partuzanlik urushlarini tashkillashtirish bilan shug`ullangani yozilgan. Shu yili u bir inson bilan tanishgan. SAVOL: O`sha inson ismi va familiyasini toping. 
Javob : Rudolf Abel 
Izoh : Bu aslida rys shpioni. Germajiyada yashash un yangi tanishining shaxsini o'g'irlagan
Savol : Jyul Vern yoshligida muhtoj hayot kechirgan. Biroz bo'lsa ham o'zini ta'minlash uchun kichik pyesalar yozgan, repetitorlik qilgan va kotib bo'lib ishlagan. Onasiga yozgan xatida onasidan uni zudlik bilan uylantirishini so'raydi. "Men istalgan ayolni yumiq ko'zlar va IKS bilan qabul qilaman" deb yozadi. SAVOL: IKSNI ikkota so'z bn ayting? 
Javob : Ochiq cho'ntak 
Izoh : So'z o'yini
Savol : Shifokor Igor Streletskiy fikricha U davo bo'la olmaydigan uchtagina kasallik borakan. Bular rakning so'nggi stadiyalari, qon quyilishidagi buzilishlar va UNGA bo'lgan allergiya. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Zuluk 
Savol : Shimolda ko'proq penneni ya'ni patlarni xush ko'rishadi, janubda fuzulka ya'ni spirallar. Markazda esa bog'ichlarni yaxshi ko'rishadi. SAVOL: Bog'ichlarning bizga tanish nomini toping. 
Javob : Spagetti 
Izoh : Bu italyan pastalarining nomi
Savol : Inqilob natijasida taxtdan ayrilgan ispan qiroli Alfonso, Rim aristokratlari tomonidan quvib solingan Papa Ioann va bir yo'la uchta taxtdan ayrilgan Daniya qiroli Erik. SAVOL: Ularni nima birlashtirib turadi? 
Javob : 13 soni 
Izoh : Barcha sanab o'tilgan monarxlar 13-bo'lishgan
Savol : Shlezvigda ov rahnamosi qirol Abel hisoblanadi. Mahalliy aholi fikricha ular bu bilan Abelni jazolashgan ekan. SAVOL: Nima uchun? 
Javob : Akasini o'ldirgani uchun 
Izoh : Qobil va Hobil kabi
Savol : Bu aktyor bir intervyusida "Men aslida rusman, ammo tog'am tarixchi bo'lgan" degan ekan. SAVOL: Aktyorni toping. 
Javob : Spartak Mishulin 
Savol : Ameriklaik tadqiqotchilar fikricha bunday omadning sababi o`sha davr iqlimiga borib taqaladi. U paytlarda Alpdagi daraxtlar sekinroq o`sgan, daraxtdagi halqalar zichlashgan va natijada yog`och chidamliligi oshib ketgan. SAVOL: Bu omadni odatda kimning ismi bilan bog`lashadi? 
Javob : Stradivari 
Izoh : Shu boisdan ham Stradivari skripkalari o`ziga xos akustikaga ega bo`lgan ekan
Savol : Hazildagi tushirib qoldirilgan so`zlarni toping: "U shu darajada yoshki, hatto [...]ni to`g`ri ketma-ketlikda ko`ra oladi". 
Javob : Star Wars 
Savol : Aytishlaricha 1980-yillarda 13 yoshli bolakay Santaga unga qizil Ferrari sovg`a qilishini iltimos qilib xat yozadi. SAVOL: Santa bolakayga qanday javob yuborganini toping 
Javob : Men ham qizil Ferrarini xolayman 
Savol : Mahalliy afsonaga ko`ra bahodir Rapetu suv toshqini[потоп] vaqtida UNDA turgani uchun U materikdan bo`linib cho`kib ketmagan ekan. SAVOL: UNI toping 
Javob : Madagaskar 
Savol : Gullarni changlata oladigan yagona sut emizuvchini ayting. 
Javob : Ko'rshapalak 
Savol : Qadimgi Xitoyda sud jarayoni vaqtida ayblanuvchi va guvohlotga nisbatan qiynoqlar qo`llanilishi odatiy hol bo`lgan. Ammo, qizig`i shundaki qiynoqlar natijasida guvohlar yoki ayblanuvchining o`lishi hollari juda kam uchragan. Bunga sud qonunchiligidagi bir tartib sababchi. SAVOL: O`sha tartib, qoidani toping. 
Javob : Ayblanuvchi o`limiga sababchi bo`lgan xodim ham qiynoqqa solingan 
Savol : "Sirka tatib ko`ruvchilar" nomli qadimgi Xitoy kartinasida sirkali bochka atrofida 3 inson tasvirlangan. Ularning barchasi barmoqlarini bochkaga botirib keyin yalan ko`rishgan. Birinchisining yuzi 😐, ikkinchisiniki 😣, uchinchisi ☺️ [yuz ifodasini anglatuvchi so`zlarning aniq tarjimasini topa olmadim]. SAVOL: Har uchala insonni toping 
Javob : Konfutsiy, Budda , Lao Tzi 
Savol : Ko`p yillar avval Markiz orollarida Anaxo va Xatixeu nomli ikkita qo`shni qishloq bo`lgan. Qurg`ochilik tufayli Anaxo atrofidagi barcha non daraxtlari qurib qoladi, Xatixeuda esa suv tanqisligi kuzatilmaydi. Shu tafayli ham Anaxoning har bir kishisi Xatixeudagi biron kishidan mahsulotlarni olishga majbur bo`ladi. SAVOL: Xatixeu vakilidan yegulik olish uchun Anaxo vakili nima qilishi kerak? 
Javob : Ismini berishi kerak 
Savol : Boris Akuninning "Pelagiya va qora monax" romanida XIX asr ohirida yashovchi qahramon oroldagi epidemiya sababini qidiradi. Simptomlar: soch to`kilishi va tezkor o`lim holatlari. Vaziyatdan chiqish uchun qahramon Masha va Totoga xat yozadi. Toto bu Antuan Bekkerel. SAVOL: Mashachi? 
Javob : Mariya Skladovskaya Kyuri 
Savol : Laos bo`ylab sayohat qilsangiz uch haykaldan iborat monumentga ko`zingiz tushadi. Birinchisi qo`lida bolg`a ushlagan ishchi, ikkinchisi o`roq tutgan dehqon qizi. SAVOL: Uchunchi haykal qo`lidagi predmetni toping 
Javob : Kalashnikov avtomati 
Savol : Bir komediyada bosh qahramon "Xudo tatilga chiqadimi?" degan savolga "Albatta. Nima siz IKS haqida eshitmaganmisiz?" deb javob beradi. Stanislav Eji Lets fikricha har bir asrning o`z IKSI bo`ladi. Akademik Pokrovskiy fikricha esa AQShda IKS umuman bo`lmagan. SAVOL: IKSNI toping 
Javob : O`rta asr 
Savol : Ushbu shahar 1825-yildan boshlab Qo`qon xonligining chegara qal`asi sifatida xizmat qilgan. Uning nomi qimiz tayyorlashda ishlatiladigan maishiy anjom nomidan olingane ekan. SAVOL: Shahrni toping 
Javob : Bishkek 
Savol : Bir film qahramoni unga xotini xiyonat qilganidan so`ng Venetsiyaga borishni xohlaydi. O`z xohishiga izoh berganidan so`ng do`stlari unga Venetsiyaga emas Kiprga borishni maslahat berishadi. SAVOL: Qahramon nega Venetsiyaga otlangan edi? 
Javob : Otello u yerda Dezdemonani o`ldirgan 
Savol : 1908-yilda birinchi bo`lib Tomas Selfrij halok bo`ldi. Bir yildan so`ng yana uch kishi. 1910-yilda 32 ta, 1911-yilda 82 ta, 1912-yilda esa 128 ta. SAVOL: Bular kimlar? 
Javob : Aviatorlar 
Savol : Futbolchi Sergey Nazarenko yoshligida Dnepropetrovskning “Dnepr” klubiga a’zo bo’lishga 3 marta harakat qilgan. Jurnalist Valeriy Prigornitskiy esa bunga to’xtalib o’tarkan, Nazarenko klubga qo’shilishdagi 2-muvaffaqiyatsizligidan so’ng bir mashhur aforizmni eslab, undan shunday xulosa chiqargan bo’lsa kerak: “Demak, 3-urinishda uddalay olishim kerak”. Savol: mill.avv. 544-yilda Yunonistonda tug’ilgan faylasuf tomonidan aytilgan ushbu mashhur aforizmni ayting. 
Javob : Bir daryoga ikki marta sho’ng’iy olmaysan (Geraklit) 
Izoh : O’z o’rnida Dnepr ham daryo
Savol : Bir klassik asar ekranlashtirilayotganda bosh qahramon shunday deydi: “Meni og’ir tumov bezovta qilyapti”. Siz menga qahramon ushbu gapni kimga aytayotganini toping 
Javob : Dezdemonaga 
Savol : “Liverpul” ilk tashkil topgan paytlarda klubda asosan shotlandlar to’p surishgan. O’sha paytlarda xalq orasida klubga “Olmalar jamoasi” degan laqab berishgan. Savol: biz qaysi so’zni “Olmalar’ so’zi bilan almashtirdik? 
Javob : Maklar 
Izoh : Shotland familiyalari Mc xarflaridan boshlanadi
Savol : caricatura.ru saytining bir karikaturasida Vinni Pux va eshak Ia o’zlarining 2 do’stlari qabri oldida yig’layotgani tasvirlangan. Qo’rqib ketgan Vinni Pux eshak Iadan so’rayapti: “nima deb o’ylaysan Ia, X bormikan?”. Savol: X o’rniga qaysi so’z birikmasi almashtirilgan? 
Javob : Ayiq grippi 
Izoh : Qabrlar Vinni Pux multfilmidagi boyo’g’li va puchuqvoyniki edi, ular parranda va cho’chqa grippidan o’lishgan edi
Savol : Ko’pincha futbolchilarga laqablar Pelening fikricha, ishi pulemyotga o’xshaydigan odamlar tomonidan beriladi. Savol: qaysi kasbdagi odamlar tomonidan? 
Javob : Sharhlovchilar 
Izoh : Ularga albatta, futbolchilarni Pele, Didi, Vava deb chaqirishsa ancha qulay bo’ladi.
Savol : 1936-yilgi birinchi ekranlashtirishda bosh rollarni 42 yoshli Lesli Hovard va 35 yoshli Norma Shirer ijro etishdi. Savol: Ular qaysi personajlarni o’ynashgan edi? 
Javob : Romeo va Julyetta 
Izoh : Asardagiga teskari ravishda yoshi ancha kattaroq aktyorlar o’ynashgan ekan
Savol : Xitoyda yangi yil dasturxoniga tortiladigan barcha taom o’z ma’nosiga ega. Masalan, nilufar urug’i – erkak jinsining naslliligini, bambuk kurtaklari – ertangi kunga ishonchni, quritilgan soya tvorogi – mo’l-ko’lchilikni anglatadi. Savol: dasturxonga tortiladigan lapsha qanday ma’noga ega? 
Javob : Uzoq umr 
Savol : Alabamada Jekson degan bir inson magazinidagi vitrinalarda urfga kirgan (modniy) xushbichim kiyimlarning rasmi chizilgan. Qiziği, ushbu magazinda kiyimlar sotilmaydi. Savol: U yerda nima sotilishini aniq yozib bering 
Javob : Dieta, ya'ni parhez mahsulotlari 
Savol : Anvar Obidjonning hajviy to’rtligini eshiting:Kalamushvoy, kalamush,Savoding sal chalamush.Yoz desalar “TEMIR” deb,Sen yozibsan X deb. Diqqat savol: she’rda X o’rnida qaysi so’z tushirib qoldirilgan? 
Javob : “KEMIR” 
Izoh : Ma’lumki, “kalamush”larning doimiy ishi “kemirish” hisoblanadi.
Savol : O’zbek milliy topishmog’ini eshiting:Uzun-uzun ulama,Uchiga yetib bo’lama?Yerda yotgan ilonniIlib otib bo’lama?Savol: topishmoqda nimaga ta’rif berilgan? 
Javob : Aravaning izi 
Savol : Topishmoqni eshiting:Qizil sigir qora sigirning qornini yalaydi. Savol: topishmoqda qizil va qora sigir deganda nimalar nazarda tutilmoqda? 
Javob : Olov va qozon 
Savol : Betakror yozuvchimiz O’tkir Hoshimovning fikrini eshiting:- Yurtimizda eng mirishkor, ishning ko’zini biladiganlar kim?- Oltiariqliklar! Oltiariqlikning bolasi emaklashni o’rganishi bilan bodring ekilgan plyonka tagiga kirib ketadi-da, nariyog’idan BU ISHNI QILIB chiqadi! Savol: nima ish qilib chiqadi? 
Javob : Mashina minib chiqadi. 
Savol : Uncha ishonchli bo'lmagan versiyalardan biriga ko'ra, U maktub yo'llab hammani oldiga chaqirganida ba'zilar Unga ishonmay uning oldiga bormagan, bular jumlasiga: yakkashox, dinozavrlar, mamontlarni kiritish mumkin. Uning kimligini ayting 
Javob : Nuh alayhissalom 
Savol : Amerikalik shifikorlar orasida ular 14%, yuristlar orasida 15%, muxandislar orasida 3%, menejerlar orasida 1%. Ularni ayting 
Javob : Ayollar 
Savol : “Oyga parvoz qilamiz” multfilmida pashshalar oilaviy dasturxonda tanovul qilayotgan salatini bir mashhur salat nomidan ikki harfga uzunroq bo’lgan nom bilan atashadi. Savol: qanday nom bilan? 
Javob : Setsezar 
Savol : Volterdan nima uchun jannatda U yóq, deb sòrashibdi. Bunga javoban Volter shunday javob beribdi: "Chunki, Unda jannat yóq". Uni toping. 
Javob : Nikoh 
Izoh : Jannatda nikoh bólmas ekan
Savol : 1955-yilda Rimda metropoliten ochiladi. Lekin bugungi kungacha ham Rim metrosi bor yóği ikkita liniyada harakatlanish bilan cheklanyapti. 2015-yilda 3-liniyani tóliq qurib bólish rejalashtirilgan bólishiga qaramasdan, qurilish ishlari tez-tez tóxtab qolyapti. Savol: nima uchun? 
Javob : Yer ostidan arxeologik qazilmalar, inshootlar chiqib qolyapti. Rimning qanchalik qadimiy shahar ekanligini hamma bilsa kerak 
Savol : Madriddagi bir noodatiy muzeyda barcha eksponatlarni qól bilan ushlab kórish mumkin. Shuningdek, eksponatlar haqidagi ma'lumotlarni ingliz va ispan tillarida eshitib ham kórish mumkin. Savol: ushbu muzeydagi buklet va jadvallarning óziga xos xususiyatini ayting! 
Javob : Ulardagi yozuv va ma’lumotlar brayl alifbosida 
Izoh : Bu muzey ko’rlar uchun
Savol : 1972-yili Nyu York shahar hokimiyati Ularning ichki tomonini ótkir qizil bóyoqqa bòyash haqida qaror chiqardi. Psixologlar fikricha, bunday rang asablarga yomon ta'sir qilishi va bu orqali bir jarayonni tezlashtirishi kerak. Savol: Ularni toping 
Javob : Telefon budkalari 
Izoh : Bu bilan budkadan tashqarida odam yig’ilib qolishining oldi olingan
Savol : Ushbu inson ózining asosiy faoliyatining ózidan 30 mln $ ishlagan, bu esa unga pullarini sanamasdan ham bemalol sarflash va tókin-sochin yashash imkonini bergan. Lekin shunga qaramay, kópchilikning ta'kidlashicha, ushbu inson 80-yillarda bir soha mutaxassislarining jargoni bilan aytganda "pul sanash"ni boshlagan ekan va buni u ziqnalik yoki qurumsoqlikdan qilmagan.Savol: ushbu inson kimligini ayting 
Javob : Muhammad Ali 
Izoh : U parkinson kasaliga yo’liqqan, ushbu kasallikda barmoqlar xuddi pul sanayotgandek qaltirab turadi va shifokorlar bejizga shunday nomlashmagan
Savol : Malayziyaning bir shtatida bir qiziq qonun qabul qilindi. Unga kóra, eri uzoq muddatli xizmat safariga ketgan ayollar nimadan foydalanishlari taqiqlangan? 
Javob : Kontraseptiv vositalardan 
Savol : Nyu York Mets jamoasi beysbol bóyicha oliy ligada 1962-yildagi ózining 1-mavsumida tóliğicha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Jamoa murabbiyi jamoaning chempion bólish imkoniyatlari haqida yetarlicha ishonchsizlik bilan baho beradi. Lekin uning bu fikri avliyolarcha fikr bólib chiqadi. Shunga kóra, ushbu jamoa unchalik uzoq muddat ótmay, chempionlikka erishadi. Savol: murabbiyning jamoaning chempionlik uchun imkoniyati haqida aytgan fikrini toping? 
Javob : “Inson oyga chiqqanida biz chempion bo’lsak kerak” 
Izoh : Murabbiy oyga yaqin orada chiqilishiga ishonmagan. Jamoa esa 1969-yilda chempionlikka erishgan
Savol : Bir KVN sahnasi ishtirokchisi ikkinchisiga shunday deydi: "Men senga hech qachon iltimos bilan murojaat qilmaganman. Lekin hozir sendan ótinaman, men juda charchadim, menga tinchgina ólishga yordam ber, mendan manavi la'nati matohni olib tashla!" Ushbu ikki ishtirokchi ham bir hayvon libosini kiyib olishgan edi. Savol: qaysi hayvon? 
Javob : Quyon 
Izoh : “Duracel” batareyasi reklamasi kulgi qilingan
Savol : 1945-yil may - urushning tugashi. 1953-yil 5-mart - Stalin ólimi. 1961-yil - insonning fazoga ilk parvozi. Bir gazeta ushbu voqealarning barchasini bir mashhur odamning tarjimayi holiga kiritgan. Savol: siz menga ushbu insonning familiyasini ayting 
Javob : Yuriy Levitan 
Izoh : Aynan u ushbu voqealarning barchasini radioda e’lon qilgan
Savol : Venedikt Aleksiychukning yozishicha, nemis konslagerlarida shunday gap bólgan: "Lagerni faqat u orqali tark etish mumkin". Afsonaga kóra, kim u orqali tanga tashlab, kambağallarga yordam bergan? 
Javob : Santa Klaus 
Izoh : “Konslagerni faqat krematoriy mo’risidan tark etish mumkin” deyishgan
Savol : Kópchilik ushbu tovushni inson quloği uchun eng yoqimlilaridan biri deb hisoblaydi. Xitoyda bunday tovushni XI asrdayoq eshitish mumkin edi. computerra.ru saytiga kóra, qaysi qurilma óz ish jarayonida bu tovushning yozib olinganidan foydalanadi? 
Javob : Bankomat 
Izoh : Gap pul sanalgandagi ovoz haqida ketmoqda
Savol : Bir safar Mark Tvenga uyqusizlikdan azob chekayotgan bir tanishi murojaat qildi: "Men har safar tóshakka yotganimda menga xuddi krovatimning tagida kimdir bordek tuyulaveradi. Krovatdan tushib uning tagiga tikilib turganimda esa, endi u krovatning ustiga yotib olgandek tuyula boshlaydi. Men yana tóshakka chiqib yotganimdan sóng yana uning tagiga qarayman... Va shunday qilib butun tunni uxlolmay ótqizaman. Aqldan ozishimga bir bahya qoldi". Óta topqir yozuvchining bir maslahatidan sóng, uning tanishi bu maslahatga amal qilib, tinchlandi va hayoti iziga tushib ketdi. Mark Tven unga nima maslahat bergan? 
Javob : Krovating oyoqlarini kesib tashla degan 
Savol : Yanko Svetkov Yevropa xaritasini taqsimlashning bir qancha yólini taklif etgan. U aytgan variantlardan birida Yevropaning shimoliy qismi malla rangga, janubiy qismi esa qizilga bóyalgan. Siz ushbu qismlar qanday inglizcha ikki qofiyadosh sòz bilan nomlanganini ayting. 
Javob : Potato, tomato. 
Izoh : Shimolda kartoshka, janubda esa pomidor ko’p iste’mol qilinar ekan.
Savol : Buyuk futbolchi Yoxan Kroyfning laqabi "Xaloskor" bólgan, bunga sabab esa unda shunday X bólgan. Siz menga shuningdek, yana qaysi Amerika prezidentida shunday X bólganligini ayting. 
Javob : Jimmi Karter. 
Izoh : X – bu JC initsiali edi. Kroyf initsiali ham original yozilishida JC ko’rinishida bo’ladi, Isus Xristosni ham “Xaloskor” deb atashadi.
Savol : U 1959-yilda tuğilgan. Uning otasi shifokor, onasi esa uy bekasi bólgan. 2007-yilda u haqida Pol Chalenning shunday nomdagi kitobi chiqdi: "U qurgan uy". Uning ism-familiyasini ayting.  
Javob : Hyu Lori. 
Izoh : U mashhur Doktor Haus roli ijrochisi. Doktor – shifokor, house – uy
Savol : Yozuvchi Yozef Pavlovichning bolalarga atalgan "Aka-uka chumolilar" qissasining bosh qahramonlari ismi Yulo va Gusto bóladi. Siz menga ularning tuğilgan kunlarini yozib bering. 
Javob : ular egizak - biri 31-iyul, ikkinchisi 1-avgustda tug’ilgan. 
Savol : Nistatin dori vositasining nomi qaysi ma'muriy birlik sharafiga qóyilganligini maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : Nyu York shtati (NY state). 
Savol : Kapitan Nemoning soati nimasi bilan noodatiy bólgan? 
Javob : Siferblatda 24 ta soat belgisi mavjud bo’lgan. 
Izoh : U suvosti kemasida kun va tunni ajrata olmagan.
Savol : Eronda konduktor avtobus salonining órtasida ótiradi. Bu orqali u qaysi ikki muhim vazifani bajaradi? 
Javob : Birinchisi albatta chipta sotish, ikkinchisi – ayollarni bir tomonga, erkaklarni boshqa tomonga ajratish. 
Savol : Blits!1. Tomas Edison qaysi ixtirosi bilan Doktor Gilyotenning ishini davom ettirgan?2. Kim Fransiya tarixida eng yosh qóshin qómondoni bólgan?3. FRG prezidenti Genrix Lyubke kimning oilaviy hayotiga baxt tilab, anekdotlarga tushgan? 
Javob : 1. Elektr stul 2. Janna d’Ark 3. Rim papasi 
Savol : Nostradamusning "global isish oqibatida u qaytadan dunyo yuzini kórishi mumkin" degan mavhum bashoratini kópchilik ta'birchilar X bilan boğlashadi, lekin Nostradamusning bashoratlarida biror marta ham X tilga olinmagan. Xni toping. 
Javob : Nuh kemasi 
Savol : Tóydan oldin: Yigit: Ura, va nihoyat, men boshqa kutolmayman!Qiz: Balki, men ketganim ma'quldir?Yigit: Yóq, buni xayolinggayam keltirma!Qiz: Meni sevasanmi?Yigit: Albatta!Qiz: Sen qachondir menga xiyonat qilganmisan? Yigit: Yóq, bu gap qayerdan kallangga kelib qoldi?! Qiz: Meni ópasanmi?Yigit: Ha!Qiz: Balki menga qól kótararsan?Yigit: Hech qachon! Qiz: Senga ishonsam bóladimi?... Tóydan keyin:... Yuqoridagi latifani to’rtta sòz bilan tugating. 
Javob : Pastdan tepaga qarab o’qing 
Savol : Voqealari milodiy V asrda kechadigan Zamyatin romanida nishlari orqali boğlangan ikkita shisha ilon tilga olinadi va bu nishlar orqali ingichka moviy ip òtib turgani aytiladi. Ushbu ilonlar ózida nimani ifodalaganini aniq ayting. 
Javob : Suv soati. 
Savol : Ikki narsa dunyoda hukmron - bu Shillerning "Dunyo donishmandligi"(1795) she'rining yakunlovchi qatori. Shunga óxshagan ta'kidni Gorkiyning "Klima Sanginaga" she'rida ham uchratish mumkin. Bu ikki narsadan 1-si sevgi bólsa, siz 2-sini ayting. 
Javob : Ochlik 
Savol : Tasavvur qiling: ushbu savolga tóğri javob berishni sizdan ispan inkvizitsiyasi talab qilyapti, agar nótóğri javob bersangiz, tayoq bilan qattiq urishlari yoki tirnoğingiz ostiga igna tiqishlari yoki tanangizni maxsus uskunada cho’zishlari yoki sutkalab bitta joyingizga muzdek suvni tomchilatib qóyishlari yoki uyqudan mahrum qilishlari yoki boshingizni kunda orasida qisishlari yoki voronka bilan oğzingizga majburlab shór suv quyishlari mumkin... Sizga nisbatan ushbu qiynoqlarning qaysi birini ikvizitsiya qóllamasligini topsangiz, qolgan qiynoqlardan ham qutulib qolasiz ;)Savol: ular qaysi qiynoqni qo’llashmaydi? 
Javob : Tirnoq ostiga igna tiqish 
Izoh : Inkvizitsiyada tanadan qon chiqaradigan qiynoqlar qo’llanmagan ekan.
Savol : Aktrisa Sofi Loren óz qóllariga juda e'tiborli bólgan: uydan hech qachon qólqopsiz chiqmaslik, qóllarni doimiy ravishda krem bilan ishqalash, kamdan kam tirnoq bòyash. Shuningdek, U bir ish bajarayotganda sizdan farqli ravishda qalamdan foydalangan. Qaysi ishni? 
Javob : Telefonda raqam terish. 
Izoh : U paytlarda telefonda raqam maxsus g’ildirakcha orqali bajarilgan, bu esa uzun tirnoqlar uchun xavfli bo’lgan.
Savol : Tasavvur qiling: oldingizda konvert yoki quticha turibdi. Ichida esa bir tutam soch, kesilgan tirnoqlar va xat bor. Bir vaqtlar bitta mamlakatda ushbu turdagi jónatmalar juda keng tarqalgan. Savol: Ushbu jónatmani kim jónatishi mumkinligini toping. 
Javob : Kamikadzelar 
Savol : Yaponiyada katta magistrallarda yól chetiga turli rangdagi bolalar òyinchoğini osib qòyishgan. Nima uchun? 
Javob : Haydovchilar diqqatini tortib, ularni uxlab qolishdan saqlash 
Savol : Agar yapon asalarilari begona arini kórib qolishsa, juda kópchilik, ya'ni 300-400tasi uni òrab olishadi va 20 minutcha ushlab turishadi. Shundan so’ng, asalarilar tarqalishadi va òrtada faqat ólik arining tanasi qoladi. Qiziği, òlgan arining tanasida hech qanday tishlash yoki boshqacha jarohat izlari bólmaydi. Savol: ushbu ari nimadan òlgan bólishi mumkin? 
Javob : Isib ketishdan 
Savol : Uning dunyoga kelishi uchun unga aka va opalar topilishi kerak. Uning yashab qolishi uchun unda bittayam opa yoki akalar bólmasligi kerak. Uni toping 
Javob : Kakku 
Savol : Latifani tugating:Ilohiyot óqituvchisi óquvchilardan sòradi: "Nima deb òylaysizlar, Nuh alayhissalom dunyoni suv bosgan vaqti anchagina baliq ushlab qóygan bólsa kerak a?"Shunda bir qiz órnidan turdi va shunday dedi: "Qanday qilib? Axir unda faqat...". 
Javob : “Bir juft chuvalchang bo’lganku!” 
Savol : Yapon choyxórligi 4 ta qat'iy tamoyil asosida òtadi: 1 — hurmat, 2 — kamsuqumlik, 3 — ozodalik. Savol: 4-tamoyilni siz toping. 
Javob : Jjimlik saqlash 
Savol : Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin! 📦Ma'lumki, haqiqiy ingliz jentlmeni nonushtasi an'anaviy tarzda 3 qismdan iborat: qaynatilgan tuxum, qahva va yangi gazeta. Ushbu nonushtani tayyorlash uchun xizmatkor an'anaviy tarzda 3 narsadan foydalanishi kerak: kastryulka, kofe qaynatgich va sandiqchamizdagi narsa. Ushbu 3-narsadan foydalanmagani uchun jentlmen xizmatkoridan qattiq norozi bólishi, hatto buning oqibatida xizmatkorni ishdan bòshatishi ham mumkin. Diqqat savol: Sandiqchada nima bor? 
Javob : dazmol 
Izoh : Yangi gazetaning bo’yog’ini qotirish uchun dazmoldan foydalaniladi.
Savol : Mordoviya topishmog`ini tinglang! Uni osongina ko`tarasan, ammo uzoqqa uloqtira olmaysan! Bir hikmatda topishmoqning javobi bo`lgan predmet o`zidan ancha og`irroq narsadan ham ustun ekanligi ta`kidlanadi. Diqqat savol: Xodimimiz tashqaridan nimalarni olib keladi? 
Javob : Pero va Bolta 
Izoh : Pero bilan yozilgan narsani bolta bilan yo`q qila olmaysan
Savol : 1941-yil 20-oktabrda SSSRdagi xalqaro diplomatlar xavfsizlik nuqtayi nazaridan bitta joyda – Kuybishevda to`planadi. Bir qancha vaqtdan so`ng jahon tarixida juda kam ro`y beruvchi hodisa – diplomatlar mushtlashuvi ro`y beradi. Diqqat savol: Mushtlashuvchilar kimlar edi? 
Javob : AQSh va Yaponiya diplomatlari 
Savol : 1979-yilda aka-uka Xarvi va Robert yangi bir tuzilmaga asos solishdi va ota-onalari ismini berishdi. Otalarining ismi Maks edi. Diqqat savol: Onasining ismi nima? 
Javob : Mira 
Savol : Avvaliga bu aktyor dunyoga mashhur obrazni talqin etgan. Keyinroq bir komediyada yana o`sha rolni ijro etgani qiziq holat. Yana bir komediyada esa qahramonlardan biri taxminlar ro`yxatini u bilan yakunlaydi. Diqqat savol: Bu aktyor qaysi rolni ikki marta ijro etganini ayting. 
Javob : Gamlet 
Izoh : U Innokentiy Smoktunovskiy! U avval teatrda Gamletni o`ynagan. ,,Avtomobildan saqlaning” da ham shu rolni havaskor teatrda o`ynagan. ,,Ivan Vasilevich o`z kasbini o`zgartiradi” filmida Yakin ,,Sergey Bondarchuk, Yuriy Nikulin, vo ajab, Innokentiy Smoktunovskiy!” deydi
Savol : Ujgorod shahrida hech qachon kuchli futbol jamoasi bo`lmagan. Lobanovskiyning aytishicha, ba`zi sovet murabbiylari o`z mahoratlarini oshirish uchun tez-tez Ujgorodga borib turishgan. Diqqat savol: Nega? 
Javob : G`arb televideniyesining ko`rsatuvlari faqat shu yerda namoyish etilgan va murabbiylar g`arbning kuchli jamoalari o`yinlarini tomosha qilib, nimadir o`rganishgan 
Savol : Diqqat savol: Oyog`i bilan o`ylaydi qabilidagi ta`rif qanday kishilarga nisbatan ishlatiladi? 
Javob : Qo`rqoq 
Savol : Nemirovich-Danchenko bu mashhur rus pyesasi haqida shunday deydi: Ilk jumla, shu birgina jumla… Va pyesa boshlanib ketadi. Shu jumlaning o`zida fabula ham, pyesani harakatga keltirib turgan tushuncha, ya`ni QO`RQUV ham yashirin! Diqqat savol: Qaysi pyesa? 
Javob : Revizor 
Izoh : Hokim: Sizlarni chaqirtirishdan murod, janoblar, ko`p sovuq bir xabarni eshittirib qo`yish: bizning tomonga revizor kelyapti!
Savol : U Tumanli Albionda tug`ildi. Cherkov uni shaytonning farzandi deb e`lon qildi. Plantagenet, Lankaster va Tyudorlar uning umriga zomin bo`lishga zo`r berib harakat qilishdi. U Tinchlik bo`yicha Nobel mukofotini olishga loyiq deyishadi. Diqqat savol: UNI ayting! 
Javob : Futbol 
Savol : 1928-yilda 100 metrga yugurish musobaqalarida Olimpiada oltin medali Elizabet Robinsonga nasib etadi. U 1931-yilda aviahalokatga yo`liqsa-da tirik qoladi. Ammo, tizza suyagi yetarli darajada bukish imkoniyatidan mahrum edi. Diqqat savol: Aniq ayting, u Berlinda qaysi ditsiplinada ikkinchi marta oltin medal olgan? 
Javob : Estafeta (4X100) 
Izoh : U tizzani bukolmagach, nizkiy start ololmagan. Ammo estafeta bu start uchta yuguruvchi uchun shart emas!
Savol : Marhamat shakarli paxta olib chiqilsin! Diqqat savol: Shakarli paxta ixtirochilari Uilyam Morrison va Jozef Laskoning kasbi nima? 
Javob : Stomatolog 
Savol : Bir qishloqda qiziq odat mavjud. Uylanish yoshiga yetgan yigit qarshisida nomzod kelinlar qad rostlaydi. Yigit ishora berilishi bilan kelinlar ortidan quva ketadi va qay birini tutsa, shu bilan turmush quradi. Diqqat savol: O`sha qishloq qaysi mamlakatda? 
Javob : Keniya 
Savol : 1916-yilda bu soha vakillari uyushmasining prezidenti konferensiyada shunday degandi: Qarshimda shunchaki bo`sh stollar qatori tizilgan. Men o`zim tanigan insonlardan birontasini ko`ra olmayman! Mana shu yoqimsiz holat mening ish jarayonim natijasidir! Diqqat savol: Qaysi kasb haqida gap ketmoqda? 
Javob : Rentgenolog (radiolog) 
Savol : Kopernik ham, Galiley ham geliosentrik nazariyani ilgari surgan! Ajablanarlisi shundaki, cherkov Galileyni tinmay ta`qib etgan-u, Kopernik bilan u qadar ko`p ishi bo`lmagan. Diqqat savol: Bunga sabab nima? 
Javob : Kopernik asarlari lotin tilida, bu tilni oddiy xalq deyarli bilmagan. Galiley asarlari italyan tilida, bu tilni ko`pchilik bilgan va yangi nazariya tez ommalashib ketishi mumkin edi! 
Savol : Qarilikka har xil ta`rif berishadi. Shulardan birini tinglang. Qarilik bu – hayotingizda BIRINCHI ko`prog`-u, IKKINCHI deyarli uchramay qo`ygan davrdir. Diqqat savol: BIRINCHI va IKKINCHIda inson ismlari borligini bilgan holda, ularni tartib bilan ayting! 
Javob : Shopen marshi va Mendelson marshi 
Savol : Bir safar u shunday degandi: Tasavvur qilyapsizmi? Tatyana meni lol qoldirdi. U turmushga chiqdi! Men buni undan sira ham kutmagandim, axir. Kim aytgan bu gaplarni? 
Javob : Pushkin 
Savol : Bu tushunchaga shunday ta`rif berish mumkin: Bu tushunchada ham aql yashiringan. Ammo, bu aql yaxshilikdan xolidir. Diqqat savol: Qaysi insoniy sifat haqida gap ketmoqda? 
Javob : Ayyorlik 
Savol : Yaponlar Ikkinchi Jahon urushi vaqtida o`z kasbini harbiy yo`nalishga o`zgaritishga majbur bo`lgan. Diqqat savol: kimono tikuvchilar armiyada nima ish bilan shug`ullangan? 
Javob : Parashyutlar tayyorlashgan 
Savol : Bir safar baronessa Nadin de Rotshildga zodagon ayolning sevgi maktubi xatolik tufayli kelib qoladi. Baronessa xatni tegishli manzilga jo`natib yuboradi. Ertasi kuni baronessaga qutida zodagon xonimning tufhasini olib kelishadi. Bu tufha aynan nima ekanligini ayting! 
Javob : Uch maymun haykali 
Izoh : Baronessaga ,,hech nimani ko`rmading, hech nimani eshitmading, hech nimani aytma!” demoqchi bo`lgan
Savol : Bu muassasa yuqori martabali kishilar uchun mo`ljallanganligi qiziq. U yerda mutolaa qilish, kuylash, rasm solish, musiqa asbolarini chalish mumkin edi. U yerni faqat qisqa muddatgagina tashlab chiqishga ruxsat etilgan. O`sha yilning o`sha kunida u yerda faqat yetti kishi bor edi. Qaysi sanaligini aniq ayting 
Javob : 1789-yil 14-iyul 
Izoh : Gap Bastiliya haqida ketmoqda
Savol : Danzas familiyali shaxs quyidagi ishlarni tezgina amalga oshirib chiqdi: Bir juft chanani yolladi, Kurakinning qurol do`koniga kirib chiqdi, keyin esa Volf va Beranje do`konlariga jo`nab ketdi. Shu kuni esa muhim bir voqea sodir bo`ldi. Diqqat savol: Qaysi sanaligini aniq ayting 
Javob : 1837-yil 27-yanvar 
Izoh : Danzas Pushkinning sekundanti edi
Savol : Gollandchada ,,dek” bu ,,qopqoq, tom” degani. Diqqat savol: Quyosh qanday aytiladi? 
Javob : Zon 
Izoh : Zontik shundan kelib chiqqan
Savol : Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin! O`rta asr fransiyasi. Kambag`al aholining kiyimlarini tasavvur qilib ko`ring. Diqqat savol: Hozirda ham garderobimizdan o`rin olgan qaysi kiyim aynan o`sha fransuz kambag`allarining kiyimidan kelib chiqib nom olgan? 
Javob : Jaket 
Izoh : Qadimda oddiy fransuz aholisi Jak deb masxaralangan. Jakeriya qo`zg`oloni shundan olingan
Savol : Marhamat tennis koptokchasi olib chiqilsin! Qadimiy usulni tinglang. Tennis koptogini cho`ntakka solasiz. Aytishlaricha, yordam berarkan. Diqqat savol: Cho`ntak qayerda bo`lishi kerak? 
Javob : Belda 
Izoh : Xurrak otmaslik yo`li
Savol : 1922-yilgi savlovlar Cherchil uchun omadsiz tugadi. U qisqa muddatga shifoxonaga tushib qoldi va saylovlarni boy berdi. Cherchil qayg`u bilan shunday degandi: Men ko`z ochib yumguncha ko`p narsasiz qoldim: ishsiz, parlamentdagi o`rnimsiz, partiyasiz va … Diqqat savol: Cherchilning fikrini yakunlang 
Javob : Ko`richak 
Savol : Jon Donning romantik she`ridan parcha: Avval mening, keyin esa sening qoning unda birlashdi! Diqqat savol: UNI ayting! 
Javob : Burga 
Savol : Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin!!! Prjevalskiy harbiy garnizonda istiqomat qiladi va kunlardan birida ekspeditsiya tashkillashtirish uchun yetarli miqdordagi pulga ega bo`ladi. Pulni olishi bilan sandiqcha ichidagini Amur suvlariga oqizadi. Diqqat savol: Sandiqchada nima bor? 
Javob : O`yin kartalari 
Savol : Afsonani tinglang! Ustoz o`lar chog`ida uch shogirdiga 17 ta tuyani meros qildi va shunday dedi: Katta shogird, sen yarmini ol. O`rtancha shogird senga tuyalarning uchdan biri tegishli. Kichik shogird, senga tuyalarning 9 dan birini qoldiryapman. Bu jumboq sirini faqat bir donishmand yechadi va shogirdlarning yangi ustoziga aylanadi. Diqqat savol: Qanday qilib? 
Javob : O`zidan bir tuya qo`shadi 
Izoh : Shunda kattasi 18 ning yarmi 9 tasini oladi. O`rtancha uchdan bir ya`ni 6 ta oladi. Kichigi to`qqizdan bir ya`ni 2 ta oladi. Shunda donishmandning bir tuyasi yana o`z yoniga qoladi
Savol : Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin! Aforizmga ko`ra, inson yoshlikda BIRINCHI ning ko`proq bo`lishiga intilib, IKKINCHI ni sarflaydi. Qariganida esa IKKINCHI ni uzaytirishni istab qoladi va endi BIRINCHI ni sarflashga kirishadi. Diqqat savol: Sandiqchada nimalar bor? 
Javob : SOAT va PUL 
Izoh : Gap PUL va VAQT haqida ketmoqda
Savol : Falonchi! Epidemiya nima? Nima deb o`ylaysiz, epidemiyani boshqarish mumkinmi? Bernard Shou fikricha, U boshqarish mumkin bo`lgan epidemiya ekan! Boshqarishni uddalaganlarning deyarli barchasi dunyoga mashhur kishilarga aylangan. Diqqat savol: Boshqarish mumkin bo`lgan epidemiya nima? 
Javob : Moda 
Savol : Falonchi! Yozing! B va D! Endi mazkur jumboqni bir daqiqada jamoa orasida aylantiring-da, savolimiz javobi qaysi jonzot ekanligini ayting! 
Javob : Tuya 
Izoh : Tuyani ikki turi bor. Bactrian va Dromader(y). B ni aylantirsak, ikki o`rkachga o`xshaydi, demak Baqtriyan tuyasi ikki o`rkachli, D esa aylantirilganda bir o`rkachni eslatadi, Dromader bir o`rkachli tuya!
Savol : Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin!!! Oltin vasvasasi paytida qimor vasvasasi ham juda avj olgan. Ishni bitirgan erkaklar qimorxonalarga shoshilishgan. Krupye yonida doimo ikki predmet turishi odat tusiga kirgan. Birinchisi to`pponcha, yaxshi bor, yomon bor. Diqqat savol: Ikkinchisini toping! 
Javob : Tarozi 
Izoh : Oltinli qumni o`lchash uchun
Savol : Angliyalik rassom Mark Kuinn o`z avtoportreti ustida 5 oy ishlagan. U o`z ishini bundan-da qisqaror muddatda yakunlashi ham mumkin edi. Ammo bunday qilish xavfli, chunki rasm yakunlanmay qolib ketishi hech gapmas. Kuinning avtoportreti bilan bog`liq ko`rsatkichlardan biri 4 dan ko`proqni tashkil etgan. Diqqat savol: Bu suratning o`ziga xosligi nimada? 
Javob : Surat Kuinning qoni bilan chizilgan 
Izoh : 4,5 litr qoni ketgan
Savol : Marhamat Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin U narsa juda ko`p insonlarga kerak. Bolalarga ham, injener-u, hisobchilarga ham. Yaponlar u haqida shunday deyishadi: Agar boshing bilan xato qilsang, orqang bilan uni to`g`irlashing kerak! Diqqat savol: Aniq ayting, sandiqchada nima bor? 
Javob : Orqasida o`chirg`ichi bor qora qalam 
Savol : Avvaliga quyidagilar ishlatilgan: yong`oq, tuxum, pechenye, mevalar va hokazo. Albatta yeyish uchun. Ammo XVIII asrda hosil juda kam bo`ldi. Bu vaziyatda esa saksoniyalik ustalar o`z xizmatlarini taklif qilishdi. Diqqat savol: Ustalarning mehnat mahsulini nima maqsadda ishlatishgan? 
Javob : Archalarni bezash uchun 
Savol : Rossiyada XIX asrda tug`ilgan bir bolakay oilada yettinchi farzand edi. Oila ham ancha kambag`al. Qahramonimizning tug`ilgan sanasi haqida aniq ma`lumot saqlanmagan. Undan ham qizig`i, ota-ona ham uning aniq qachon tug`ilganini bilishmaydi. Diqqat savol: Nega unda uning tug`ilgan kunini avgustning o`rtalariga belgilagan? 
Javob : Shu paytda hamma mahsulotlar eng arzon narxda bo`ladi 
Savol : U ijod yo`lining o`rtalarida o`zining so`nggi kinotaqrizini yozdi. Diqqat savol: Kim u? 
Javob : Xorxe Luis Borxes 
Izoh : U keyin ko`r bo`lib qolgan
Savol : Smayl Texas nomli tish shifokorlari klinikasi reklamasida barcha shifokorlar bir musiqa asbobi yonida tasvirlangan. Qaysi? 
Javob : Royal 
Savol : Aytishlaricha, Mussolini Berlinga kelib, nutq so`zlayotganida yomg`ir yog`ib qoladi. Xalq esa hazillashib, bir so`zning o`rniga ikkinchi so`zni ayta boshlaydi. Ulardan birontasini ayting! 
Javob : Duche emas, Dusche 
Savol : Shirvonshohlardan bo`lgan Ibrohim I o`z mamlakatiga Amir Temur hujum qilishi mumkinligini payqab, unga quyidagilarni jo`natadi: 9 ta qilich, 9 ta ot, 9 ta gilam. Diqqat savol: Nega 9 ta emas, 8 ta qul yuborgan! 
Javob : 9-qul o`zimman degan ma`noda 
Savol : Basyo xokkusi! May oyi yomg`irlari UNI dafn qilishdi, Suvga cho`ktirib. Diqqat savol: UNI ayting! 
Javob : Sharshara 
Savol : Xodimimiz tashqaridan javob bilan kirib keladi! Zarang daraxtida ALFA yorqin va baland, qizil daraxtda ALFA past va chuqur, qarag`ay va qoraqarag`ayda ALFA juda yomon. Diqqat savol: Bu qoidalarni yoddan biluvchi meksikalik ustalar ijod mahsulini ayting 
Javob : Gitara 
Izoh : ALFA – tovush
Savol : Turkman maqolini tinglang: U birinchi kun oltin, ikkinchi kun kumush, uchinchi kun mis 
Javob : Mehmon 
Savol : Ayollar ikki holatda vafodorliklarini saqlab qolarmish: birinchisi agar ayol o`z yorini hech kimga o`xshamaydigan ya`ni yagona deb hisoblasa. Diqqat savol: ikkinchisichi? 
Javob : Agar hamma erkaklarni bir xil deb hisoblasa 
Savol : U ayollarga o`xshaydi, yoki chiroyli bo`ladi, yoki to`g`ri (vafodor). Diqqat savol: U nima? 
Javob : Tarjima 
Savol : Fuqarolar urushi paytida Xitoyning iqtisodiy ahvoliga maymunlar yig`lagan. Bir xitoylikning eslashicha, uning o`gay otasi oyda bir marotaba maktabga borish uchun riksha yollagan. Agar bu mehribonchilikdan bo`lmasa, unda sabab nima? 
Javob : O`qish uchun to`lovni shu rikshaga ortib borishgan 
Izoh : Juda kuchli inflyatsiya bo`lgan
Savol : Urugvaylik Alsidio Gidja o`z yurtida juda mashhur shaxs. Boshqa bir Lotin Amerikasi mamlakatida shunday deyishadi: Faqat uch kishi: Ioann Pavel II, Frenk Sinatra va Alsidio Gidja UNI jim turishga majbur qila olgan. Diqqat savol: UNI ayting! 
Javob : Marakana 
Izoh : Gidja mashhur futbolchi. 1950-yili finalda gol urib, Urugvayga 2-jahon chempionligini keltirgan
Savol : Falonchi! Siz yaponiyalik biznesmenlar bilan hamkorlik qilmoqchisiz. Ular uchun juda ham qulay sheriksiz. Ular siz bilan sheriklik qilishsa, do`ppilarini osmonga otishadi. Suhbat chog`ida ulardan biri shu so`zni tez-tez takrorlaydi. Siz hayronsiz. Ammo ajablanmang, u to`g`ri gapiryapti. Diqqat savol: Uning qaysi so`zi sizni ajablantiradi? 
Javob : Kamikadze 
Izoh : Kamikadze XIII asrda ularni ikki marta mo`g`ul bosqinidan asrab qolgan. Kamikadze ular uchun xaloskor degandek bir gap. O`zini o`ldiruvchi uchuvchilarni ular tokkotay degan. Bu so`z kamikadze bilan bir xil yozilgani tufayli chalkashlik kelib chiqqan!
Savol : Yaponiyada yangi ko`rinishdagi qo`g`irchoq sotuvga chiqarildi. Xaridorlarga bir qancha muddatdan so`ng yana ikkita qo`shimcha element yuborilgan. Biri kalitcha bo`lib, qo`g`irchoqning tashqi ko`rinishini o`zgartirishga moslashgan. Diqqat savol: Ikkinchisi nima? 
Javob : Chaqaloq qo`g`irchoq 
Izoh : Sotuvga xomilador Barbi chiqarilgan. Kalit bilan uning qomati joyiga qaytarilgan
Savol : Vengerlarda bo`ydoqlar raqsi ham bor. Bu raqsda barcha bo`ydoqlar o`zlarining bo`ydoq ekanliklarini bildirish uchun qo`llarida bir predmet bilan ko`rinish berishadi. Diqqat savol: Xodimimiz bir daqiqadan so`ng tashqaridan nima olib kiradi? 
Javob : Supurgi 
Savol : Qadimgi hind hikmatiga ko`ra, Yer yuzidagi to`rtta savol haqiqiy qiymatga ega va barchasining javobi bitta! O`sha savollar quyidagilar: Ruh nimadan tashkil topgan? Nima muqaddas? Nima uchun yashasa arziydi? Nima uchun o`lsa arziydi? Diqqat savol: Javobni ayting 
Javob : Muhabbat 
Savol : Zamonaviy bir hikmatni tinglang! Bir inson Xudoga nola qilibdi: Allohim, hamma yoqda muammolar avj olgan: rak, SPID, urushlar, hammayoq vayron! Sendan o`tinib so`rayman, bizga ezgu elchilarni, yaxshi insonlarni yubor, ular sayyoramizni bu tahdidlardan xalos etsin! Alloh javob beribdi: Men shunday insonlarni doimo jo`natib turibman, ammo … Diqqat savol: Fikrni davom ettiring! 
Javob : Odamlarning o`zlari ularni abort yo`li bilan o`ldirishmoqda 
Savol : Bir cholning uyidan Baxt ketib qolibdi. Chol uni tutib, qaytarib kelibdi. Baxt unga bunday tirishqoqligi uchun bitta tilagini bajarishini aytibdi. Chol Baxt U mening uyimda abadiy qolsin debdi. Baxt esa bu gapni eshitib: Men ham seni tashlab ketmayman, chunki U bor joyda men ham bo`laman! – degan ekan. Diqqat savol: U deb qaysi xislat nazarda tutilgan! 
Javob : Or-nomus 
Savol : ,,Pshekruy” hazil jurnalida shunday deyiladi: U menga hatto tajribaga ham ishonmaslikni o`rgatdi! Genri Shou fikricha, U inson avval o`zi qanday ahmoq bo`lganini bildiruvchi maktabdi. Mariz Kerlenning fikri esa yanada chiroyli: U yutuq chiqib bo`lgandan keyin sotib olingan lotereya biletidir! Diqqat savol: Nima haqida gap ketmoqda? 
Javob : Tajriba 
Savol : Olimpiya o`yinlariga kiritilgan bu sport turi bo`yicha musobaqalar o`tkazilayotganda qattiq qarsak chalish mumkin emas. Hatto shu qoidani diktorlar tomoshabinlarga tinimsiz eslatib turadi. Diqqat savol: Qaysi sport? 
Javob : 
Izoh : Ot sporti
Savol : 1889-yil 15-noyabr, soat 20-30 daqiqa o`tgan. Aynan shu vaqtdagi osmonning tasviri bir mamlakatda nafaqat suratga, balki milliy ramzga ham joylandi. Diqqat savol: Qaysi davlat? 
Javob : Braziliya 
Savol : Antverpendagi Olimpiada paytidagi taqdirlash marosimida qiziq hol kuzatildi. G`olib sportchi mamlakatining madhiyasining notasi orkestrda yo`q edi. Dirijyor aqlli qaror chiqarib, shu musiqani chalishga buyurdi. Bu kuyni butun stadion jo`r ovoz bo`lib kuyladi. U ham ekranda payti murakkab holatga tushib qolgach, biz aytayotgan kuydan najot topishga uringan. Diqqat savol: UNI ayting! 
Javob : Quyon 
Izoh : Gap ,,O sole mio” kuyi haqida ketmoqda
Savol : 1982-yilgi JCH doirasida o`tkazilgan G`arbiy Germaniya va Avstriya o`yini futbol tarixidagi eng xunuk o`yinlardan biridir. Ikkala jamoa ham Germaniyaning 1-0 hisobida g`alaba qozonishi uchun 90 daqiqa harakat qilgan. Germaniya tezda gol urgan va keyin butun vaqtni to`pni bir-birlariga uzatib turaverishgan. Fransiya murabbiyi Mishel Idalgo ikki terma jamoa a`zolari bilan bir ish qilishni taklif qilgan. Bu ish shu voqeadan yarim yil avval shved Alva Myurdal va meksikalik Alfonso Garsiya Robles bilan sodir bo`lgan! Diqqat savol: Qaysi ish? 
Javob : Tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti sohibi bo`lish 
Savol : Yunon-fors urushlari boshlanganda Afina orakuli ,,o`z yog`och devorlaringizga ishonishingiz mumkin” deya uqtirgan. Odamlar Akropol atrofidagi yog`och devorni tushunishgan, ammo u tez orada vayron qilingan. Orakul haq edi. Diqqat savol: U nimani nazarda tutgan? 
Javob : Flot 
Savol : Olimpiya o`yinlarida sportchilar ishtirok etgan. Pifiy o`yinlarida sportchilar va musiqachilar ishtirok etgan. Ikariy o`yinlarida kimlar ishtirok etgan? 
Javob : Sirk akrobatlari 
Savol : Mark Tven noshirlik vaqtida ko`pincha tahdidli anonim xatlar olib turgan. Chunki u felyetonlar ko`p yozardi. Shunday xatlardan birida butun boshli qog`ozga birgina ,,ahmoq” deb yozilgandi. Ertasi kuni tvencha izoh gazetada chop etiladi: Bizga avvallari ko`pincha BIRINCHISIZ IKKINCHILAR kelardi. Kecha esa bizga IKKINCHISIZ BIRINCHI keldi. Diqqat savol: BIRINCHI va IKKINCHINI aniq ayting! 
Javob : IMZO va XAT 
Savol : Marhamat Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin! Rimlik Simfosiy jumbog`ini tinglang! Men ishonchsizman, ammo ko`pchilik menga ishonadi, menga umid bog`laydi. Parvozim har doim har xil qo`nish bilan yakunlanadi. Goho quvonchga, goho qayg`uga sabab bo`laman. Diqqat savol: Sandiqchada nima bor? 
Javob : O`yin toshlari 
Savol : Falonchi! Tasavvur qiling, Siz o`sha mashhur Onore de Balzaksiz! Avstriyada sayohat qilaturib, nemis tilini bilmasligingiz tufayl ba`zi muammolarga duch kelasiz. Lekin tadbirkorsiz. Izvoshchi xizmatidan foydalangan paytingizda, pul to`lash uchun bir usuldan foydalanasiz. Izvoshchiga tangalarni birdan emas, bitta-bittalab uzatasiz. Diqqat savol: Bu usulning davomi qanday, yoki mohiyati nimadan iborat? 
Javob : Balzak izvoshchiga tikilib turib, tangalarni uning qo`liga bitta-bittalab qo`ygan. Izvoshchi yuzida tabassum paydo bo`lishi bilan oxirgi tangani qaytarib olgan! 
Savol : Janni Rodarining asarida aytilishicha, ALFA va BETTA senyorlar, boylar uchun o`ylab topilgan. GAMMA va DELTA esa kambag`al va nochorlar uchun chiqarilgan. Bolalik damlarini bir-bir eslab, yuqoridagilarning hammasini ayting 
Javob : QO`SHISH va KO`PAYTIRISH. AYIRISH va BO`LISH! 
Savol : Norvegiyada 70-yillarda tug`ilgan avlodi uchun yegani oldida, yemagani ortida, yoki qo`lini sovuq suvga urmagan kabi iboralarni ishlatish mumkin, chunk ota-onalar farzandlari uchun hamma sharoitni muhayyo qilgan. Ota-onalar farzandlar kelajagi uchun yo`l ochib, bu yo`lni farzandi qiynalmay bosib o`tishi uchun harakat qilishgan. Shuning uchun ham bu avlodni ALFA avlodi deyishadi. Diqqat savol: ALFA ni ayting. 
Javob : Kyorling avlodi 
Savol : Falonchi! Sizda nimaningdir kolleksiyasi bormi? Jorj Simenonning qiziq bir hobbisi bor edi. U telefon kitoblarni kolleksiya qilgan. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, bu kolleksiyadan bir amaliy maqsadda foydalangan. Diqqat savol: Qanday maqsad? 
Javob : U yangi asari qahramoni ismini telefon kitobning bironta varag`ini ochib, tavakkaldan tanlab olgan! 
Savol : Shopengauerning fikricha, BIRINCHI qisqa o`tmish va uzoq kelajakka ega. IKKINCHI esa uzoq o`tmish va qisqa kelajakka ega. Diqqat savol: BIRINCHI va IKKINCHI ni ayting. 
Javob : Yoshlik va Keksalik 
Savol : Marhamat tarqatma material olib chiqilsin! CaSO4 + 2H2O Diqqat savol: Siz navbatdagi ikki kimyoviy elementlarni aniq ayting! 
Javob : Uglerod va Oltin 
Izoh : Bu ,,Brilliant qo`l” filmidagi Gorbunkovning qo`lidagi elementlar. Gips ostida brilliant va oltin buyumlar bor edi!
Savol : 1891-yilda hech kimga tanish bo`lmagan bogemiyalik skripkachi silliqlaydigan mashina yasaydi. U o`z yurtida qolmaslikka qaror qiladi, chunki raqobat juda kuchli edi. U Avstriyaga ko`chib o`tdi va dunyoga mashhur bo`lib ketdi. Diqqat savol: Uning familiyasini ayting. 
Javob : Svarovskiy 
Izoh : Daniel Swarovskiy – bogemiyalik shishasozlar avlodidan edi
Savol : Greklar va turklar bir-birini ko`rarga ko`zi yo`q. Falonchi! Tasavvur qiling, siz yunonsiz. Men bironta ham yunon bilan ishlashni xohlamayman, minglab turklar bilan ishlasam xursand bo`laman – deysiz hammani ajablantirib. Diqqat savol: Sizning kasbingiz nima? 
Javob : Go`rkov 
Savol : Lyudovik XVI qatl etilganidan so`ng jallod qirolning kesilgan boshini va unga yaqin bo`lgan kishilarning boshlarini bir insonga vaqtincha berib yuboradi. Biroz vaqtdan so`ng boshlar unga qaytariladi, boshlar tozalangan va sochsiz holatga kelgan edi. Diqqat savol: Boshlar kimga berib turilgan? 
Javob : Madam Tyussoga 
Savol : Rossiyadagi bir qahvaxonada istalgan taomingizni tatib ko`rishingiz mumkin. Sizga turli xildagi menyular taqdim etiladi. Ulardan biri konflikt-menyu. Diqqat savol: Unda nimalar qayd etilgan? 
Javob : Idish-tovoqlar va jihozlar ro`yxati hamda ularning narxlari 
Savol : XIX asrda Itonda o`quvchi bolalarni ho`llar va quruqlarga ajratishgan. Diqqat savol: Ho`llar qo`lidagi asosiy qurol nima bo`lganini ayting. 
Javob : Eshkak 
Izoh : Quruqlar kriket bilan shug`ullangan. Ho`llar eshkak eshish sporti bilan shug`ullangan
Savol : Leningrad blokadasi juda og`ir kechgan. Ammo onalarning bolalarga kitob o`qib berishlari blokada tufayli to`xtab qolmagan. Onalardan biri bolalariga Dikkensning asarini o`qib berish jarayonida majburiy ayyorlik ishlatgan. Diqqat savol: Bu mutolaaning tinchlik paytidagi mutolaadan farqi nimada edi? 
Javob : Ona asardagi ovqat haqida yozilgan o`rinlarni o`qimasdan tashlab ketgan 
Savol : O`rta Osiyoda haligacha qalin berish ananasi saqlanib qolgan. Kelinlarga to`lanadigan qalin har xil miqdorda bo`lgan. Eski odatlarga sodiq qolgan joylarda USIZ qizlar UNGA ega qizlardan ko`ra, qimmatroq baholangan. Diqqat savol: U ni ayting. 
Javob : Savodxonlik 
Savol : Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin! Avvalboshda ULAR o`zlariga taqdim etilgan hududning yarmigagina egalik qiladi. Buyuk fransuz inqilobi paytida ULAR g`oyaviy ziddiyatlar tufayli turli o`zgarishlarga yuz tutdi. ULAR orasida ,,bayroq”, ,,zambarak” kabi nomlar monarxiya qoldirlari deb qaralganlar o`rnini egalladi. Diqqat savol: Sandiqchada nima bor? 
Javob : Shaxmat donalari 
Savol : Mashhur yozuvchi Sholom-Aleyxum amerika klublaridan birida ajoyib nutq so`zlaydi. Uzoq olqishlardan so`ng, yozuvchining yoniga nyu-yorklik mashhur advokatlardan biri kelib, qo`llarini cho`ntaklariga solgancha shunday deydi: Janob, men ko`rgan yahudiy yozuvchilar orasida birinchisisiz, qaysiki ajoyib nutq so`zlay oladigan. Sholom-Aleyxum unga shunday javob beradi: Janob, siz ham men ko`rgan advokatlar orasida birinchisisiz, qaysiki… Diqqat savol: Fikrni yakunlang. 
Javob : Qo`llarini o`z cho`ntagiga solib yuradigan 
Savol : Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin! Ma`lumotlarga ko`ra, eng past bo`yli britaniyalik monarx Charlz I edi. Qizig`i, hatto bir voqeaga qadar ham u bu statusga egalik qilgan. Diqqat savol: Sandiqchada 1866-yilda yaratilgan qaysi ijod mahsuli turibdi? 
Javob : ,,Boshsiz chavandoz” 
Savol : Daniyaning Ordrup shaharchasi bolakaylar tinmay futbol o`ynashar va bundan janob Nilsenning derazalari tez-tez aziyat chekardi. Xotini bir kuni unga arz-dod qiladi. O`qituvchi Nilsen bolalarning qiziqishiga o`zgartirish kiritadi. Diqqat savol: Nilsen nimani o`ylab topgan? 
Javob : Gandbol 
Savol : BIRINCHI bilimlar manbayidir. IKKINCHI esa umidlar bulog`idir. BIRINCHI va IKKINCHI oralig`ida ham nimadir bor. Yordam berib shuni aytishim mumkinki, bergan savolim ayni paytda BIRINCHI bilan, oladigan javobim esa IKKINCHI bilan bog`liq. Diqqat savol: BIRINCHI va IKKINCHI ni ayting. 
Javob : O`tmish va Kelajak 
Savol : Hamma yunon xudolari ham o`lmaydigan emas. Masalan, hazil-mazax xudosi Mom go`zal va aqlli Afroditani ko`rgach, o`lgan. Diqqat savol: Uning o`limi sababini aniq ayting 
Javob : U Afroditaning raso qomati va but aqliga guvoh bo`lgach, uning ustidan kulishga hech bir sabab topolmaydi. Oxiri alamidan yorilib o`ladi 
Savol : Bir pyesada qahramonlardan biri ALFA xarid qiladi va keyin xotirjamlik bilan o`sha sotuvchining hamyonini o`g`irlab oladi. Diqqat savol: ALFA ni ayting 
Javob : Indulgensiya yorlig`i 
Savol : Bahorni bizda kelinchakka o`xshatishadi. Qizlarga ham Bahora deb ism beramiz. Buni qarangki, Lyudovik XIV saroydagi teatr tomoshalaridan birida Bahor rolini o`ynagan. Diqqat savol: Nega? 
Javob : Bahor so`zi fransuz tilida mujskoy rodga tegishli 
Savol : 2003-yil fevrali. Ser Aleks Fergyusson jahl ustida Devid Bekxemga butsa uloqtirib yuboradi. Butsa Bekxemning chap qoshini yoradi. Diqqat savol: Bekxemning xuddi shunday zararlanishi oradan biroz vaqt o`tib qayerda yuz berdi? 
Javob : Madam Tyusso muzeyida 
Savol : Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin! Agar semiz bo`lsangiz, sport bilan, ayniqsa gimnastika bilan shug`ullanish orqali ozishingiz mumkin. Shunday mashqlardan biri deylik aylanish. Kundalik hayotimizga nazar tashlasak, buning aksini ko`ramiz. Sandiqcha ichidagi narsa qancha aylansa, shuncha semiraveradi. Diqqat savol: Sandiqchada nima bor? 
Javob : Urchuq 
Savol : Karandash taxallusi bilan mashhur bo`lgan masxaraboz pochtaga o`zi uchun yuborilgan pulni olib ketish uchun keladi. Pasportdagi suratiga siyoh to`kilgan, rasm siyoh bilan bejalgan edi. Xodimlar unga pul berishmaydi. Karandash esa bir ishni amalga oshiradi va niyatiga yetadi. Diqqat savol: U nima ish qilgan? 
Javob : Siyohni olib, yuzini bejagan va ,,Ana endi o`xshadimmi?” degan 
Savol : Marhamat Amerika gerbi olib chiqilsin! Diqqat savol: Amerika xalqi va davlati urushni emas, balki tinchlikni xohlashini isbotlab bering! 
Javob : Burgut boshi o`q tutgan panja tarafga qarab emas, zaytun tutgan panja tarafga qarab turibdi 
Savol : Boylar har doim kambag`allarning ustida turgan. Bu tabiiy holat. Ammo qadimda kambag`allar har doim boylardan tepada bo`lishgan. Diqqat savol: Qayerda? 
Javob : Teatrda 
Savol : Meksikada bu kasb egasi bo`lish uchun yo`l harakati qoidalari bo`yicha maxsus imtihon topshirishi kerak bo`ladi. Imtihonni qoniqarli topshirganlarga ruxsatnoma taqdim etiladi. Ruxsatnomaga o`sha insonning rasmi va bir to`daning surati yopishtiriladi. Diqqat savol: Qaysi kasb haqida gap ketmoqda? 
Javob : Cho`pon 
Savol : Tabiiyki, kun qancha issiq bo`lsa, chanqoq shuncha kuchli bo`laveradi. Shu boisdan ham bu tadbir 1872-yildan boshlab, o`z nomiga to`la mos kelmay qoldi. Diqqat savol: Qaysi tadbir? 
Javob : Oktoberfest 
Izoh : Shu yildan bu tadbir sentabrning yarmidan boshlangan
Savol : Marhamat Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin! Marhamat asalari nishi va asal olib chiqilsin! Siz ko`rib turgan narsalar Sharqdagi maqolda uchraydi. Diqqat savol: G`arbdagi variantni bilgan holda sandiqchada nima borligini ayting. 
Javob : Shampan vinosi 
Savol : Pekin opera teatri ayollar sahna kiyimining bu elementi sheysyu deyilgan. U uzun bo`lgan. Barcha rollarni erkaklar o`ynagan davrlarda sheysyu yordamida erkaklikni yashirishgan. Sheysyu nima? 
Javob : Yeng 
Izoh : Erkak panjasi ayolnikidan katta bo`lgan. Shunga yashirishga majbur bo`lishgan
Savol : Mashhur bo`lib ketgan A. K. Doyl bir kuni o`z pyesasining tayyorgarlik jarayoniga tashrif buyuradi. Mayda rollarda o`ynab yurgan yoshgina aktyor Doylga hazillashib so`z qotadi: Keling, ish haqimizni qo`shamiz, keyin teng bo`lamiz. O`ylashimcha, ikkalamizga ham umrimizning oxirigacha yetadi! Doyl: Men uchun bu qulay taklif emas - deydi. Diqqat savol: Yosh yigitcha kim edi? 
Javob : Charli Chaplin 
Savol : 2000-yil 25-iyulda ,,Tarxanov Mark Krass rolida” nomli maqola chiqqan. Maqolaga qaysi voqea sabab bo`lgan? 
Javob : Tarxanov boshchilik qilgan ,,Krilya Sovetov” ,,Spartak” ni mag`lub etgan 
Savol : Qalbaki ko`zoynak va yasama burunli kishining gapi 60 soniyadan oshib ketdi. 8 yoshli qizcha kelib unga: Zerikib ketdim, iltimos, bas qiling – dedi. Diqqat savol: Voqea aniq qayerda sodir bo`lmoqda? 
Javob : Shnobel mukofotini topshirish marosimida 
Savol : XVII asrda U qisqa muddatga boshqa bir nom olgan. Bu nomda Apelsinni ko`rish mumkin. Diqqat savol: Uning hozirgi nomi qanday? 
Javob : Nyu-York 
Izoh : Qisqa muddat Oranskiylar sharafiga nomlangan. Yana inglizlarga qaytgan
Savol : 2013-yil 12-mart kuni Britaniya parlamenti a`zosi Devid Lemmi BBC ni irqchilikda ayblaydi. BBC jurnalistlari tvitlaridan birida muhim bir mavzuga bag`ishlangan savol o`rtaga tashlangan. Diqqat savol: Bu voqea qayerda sodir bo`lgan? 
Javob : Vatikan 
Izoh : Oqmi yoki qora (tutun)
Savol : 1903-yilda Elsi Bell Grosvenor AQSh Geografik jamiyati bayrog`ini yaratgan. Bayroq uchta gorizontal yo`ldan iborat: Moviy, yashil, jigarrang. Har bir yo`lda bittadan so`z bor. Qaysilar? 
Javob : Osmon, Yer, Dengiz 
Izoh : Elsi Shimoliy Qutbda, Everestda, Oyda bo`lgan
Savol : Bu insonning atrofidagilar u juda ko`p sayohat qilgan va ko`p narsani ko`rgan deb ishonishgan. Bir safar ichki ishlar vazirining kotibi uni qabul qilganida shunday degan: O`tiring, msye. Menimcha shuncha sayothatdan keyin juda charchagan bo`lsangiz kerak! Kim u? 
Javob : Jyul Vern 
Savol : Italiyaning mo`jazgina Santa-Tereza-Riva shahrida Bayron Moreno sharafiga to`rtta jamoat hojatxonasi nomlangan. Aniq ayting, kim u? 
Javob : JCH – 2002 da Italiya va J. Koreya o`yinida hakamlik qilgan odam 
Savol : Gollandiyaning Alsmer shahrida har yili noodatiy auksion bo`lib o`tadi. Auksionni bir ko`z oldingizga keltiringda, bu auksionning eng farqli tomonini ayting. 
Javob : Lot sotilmaguncha, narxlar pastga tushib boraveradi 
Savol : Hazil: Garvard universiteti olimlarining aniqlashicha, kalamushlar juda tez ko`payishi mumkin. Agar …? 
Javob : Garvard olimlari ularga xalaqit bermasa 
Savol : Luis Perreyra she`rining qahramoni sevgilisini o`limidan keyin ham tinch qo`ymaydi. U sevgilisi hokidan nima maqsadda foydalangan? 
Javob : Qum soat 
Savol : Argentinada yuz bergan voqea. Rahbarlarni ketma-ket kelgan omadsizliklar hayron qoldirdi. O`ylab-o`ylab, yerni kavlash kerak degan qarorga kelishdi. Kovlash chog`ida esa 6 ta organik obyektni topishdi, keyinroq yana bitta. Buni qarangki, ishlar yurishib ketdi? Diqqat savol: Kovlangan yerda nima ish qilishar edi? 
Javob : Futbol o`ynashardi 
Izoh : Raqib muxlislari irim qilib, mushuklarni ko`mib ketishgan
Savol : Aleksandr Dyumaning guvohlik berishicha, Volter mehmondorchiliklarning birida Shevalye de Rogan ismli kalondimog` odam bilan janjallashib qoladi. Roganning xizmatkorlari Volterni kaltaklaydi. Tahqirlangan Volter intiqom olish maqsadida uch oy uyiga qamalib oladi va ikki mashg`ulot bilan shug`ullanadi. Birinchisi: Qilichbozlik. Roganni duelga chaqirib, uni o`ldirmoqchi edi. Ikkinchisi: Ingliz tili. Nega ingliz tili? 
Javob : Bunday obro`li odamni o`ldirgandan keyin bekinish uchun joy kerak. Volter Angliyaga qochib ketmoqchi bo`lgan 
Savol : Yakshanba kuni chiquvchi sariq matbuot namunalaridan birini o`qib o`tirgan nemis bachkana va ikkiyuzlamachi bo`lishni xohlamay qoladi. U dadil, qaror qabul qilishdan qo`rqmaydigan insonga aylanmoqchi bo`lib, bir ish qiladi. Bu ish qonunga xilof. Bu ishidan nima zarar ko`rgan? 
Javob : Uning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi (passport). U munajjimlar bashoratini o`qiyotib, bir burjdan ikkinchisiga o`tgisi kelib qolgan 
Savol : Londonning Nyugeyt qamoqxonasiga XVII-XVIII asrlarda tushgan mahbuslarda bir odat bo`lgan. Ko`pchilik mahbuslar sudda ko`rsatma berishdan bosh tortishardi. Ularni bu uchun juda azoblab o`ldirishgan. Bir jihati bunday mahbuslar o`ldirilsa-da, aybini bo`yniga olmagani uchun ularni aybdor deb e`lon qilishmasdi. Diqqat savol: Jim turishdan nima maqsad ko`zlangan? 
Javob : Oilasining mol-mulki musodara qilinmagan. Agar aybdor deb topilsa, oilasi bir tiyinsiz qolardi 
Savol : Nikola Tesla bolaligida shlangasidan suv chiqmay qolgan yong`in o`chiruvchilarga yordam bergan. U daryoga tiqilgan shlanganing oxiri buralib qolganini payqagach, suvga tushib, uni to`g`irlaydi. U suvdan chiqqach odamlar shahar bo`ylab boshlarida ko`tarib aylantirishadi. Tesla o`zini kimdek his qilgan? 
Javob : Arximed 
Izoh : Yarim yalang`och va ho`l holatida shaharni aylantirishgan
Savol : Bremdan sitata: G`arbiy dengizning bir qancha orollarida kun bo`yi daraxtga osilib turuvchi ko`rshapalaklar bor. Ular ulkan yong`oqlarga o`xshaydi. Sitata keltirilgan asar nomida qaysi hayvon bor? 
Javob : Akula 
Izoh : Bu Brem Stokerning ,,Drakula” asaridan
Savol : XX asrda ularning ko`payishiga electron liftlar sababchi bo`lgan. Nimalarning? 
Javob : Ko`p qavatli uylar 
Savol : ,,Gindenburg” dirijabli yoqilg`ida yurgan. Shu uchun dirijablda X uchun maxsus rezervuarlar bor edi. X? 
Javob : Yomg`ir suvi 
Izoh : Vaznni me`yorda ushlash uchun
Savol : Shakarli paxta ixtirochilari Uilyam Morrison va Jozef Laskoning kasbi nima? 
Javob : Stomatolog 
Savol : XIX asr London pablarida it ishtirokida bir ko`ngilochar o`yin avj olgan. Jek Blek ismli odam pablarga bir narsa yetkazib berib turgan. Uning eng mashhur hamkasbi qaysi shahar nomi bilan birga esga olinadi? 
Javob : Gammeln 
Izoh : U kalamush sotgan
Savol : Bir bola plastmassadan yasalgan T harfini o`ynashni yoqtirgan. Uning laqabi nima? 
Javob : ,,Bolg`a” 
Savol : ,,Shifokor huzuriga tashrif” nomli Yan Stenning suratida yonayotgan lenta bor. Bu lentani yoqishdan oldin bir ish qilishgan. Bu lent anima vazifa bajargan? 
Javob : Xomiladorlikni aniqlagan 
Savol : Aleksandr Dyumaning otasi o`lganida 4 yoshda edi. Kattalarga bir nechta savol bergach, qurolni olib, zinadan tepaga qarab yo`l oladi. U bir ishni qilmoqchi edi. Meditatsiyasiga xalal berishganidan jahli chiqqan Shiva shu ishni qilgan. Nima ish? 
Javob : Xudoni o`ldirish 
Izoh : Shiva o`ziga o`q otib xalal bergan Kamani o`ldirgan
Savol : Sovet biografik filmida qahramon zalga teskari o`tirgancha, yordamchisidan sigaret so`raydi. ,,Xotiram past, doim ularni unutib yuraman” – deydi. Kim u? 
Javob : Aleksandr Alyoxin 
Savol : AQSh shtatlaridan birining bayrog`ida saqoqush tasvirlangan. U inida o`tiribdi. Bo`ynini to`g`ri tutgan va qanotlarini yoygan. Bu nilufarni eslatadi. Qaysi shtat? 
Javob : Luiziana 
Izoh : Fransuz qiroli sharafiga qo`yilgan
Savol : Qarshingizda savol yoki tanlov bor. Siz qutidan istalgan kartani olasiz. Bu topqirlik yo`li bir nom bilan ataladi. Bu nomdagi asar muallifi kim? 
Javob : Stendal 
Izoh : ,,Qizil va Qora”
Savol : Bir reklama plakatida yangi mashina tasvirlangan va yozilgan: Afsuski 3 milliondan ortiq fransuzlar bu yangi mashina reklamasi deb o`ylaydi. Aslida reklama nimaga qarshi kurash uchun chiqarilgan? 
Javob : Savodsizlikka 
Savol : Bu ishni qilish bahorda qulay, chunki hali daraxtlarning barglari yo`q. Bu ish 1962-yili Kaliforniyaning bir nechta shaharlarida amalga oshirilgan. Nima ish? 
Javob : ,,Qushlar” ni suratga olish 
Izoh : Alfred Xichkok filmi
Savol : Mark Xastingsning yozishicha, to`rt ming kishidan ko`pchiligi bu dabdabadan ilk bor bahramand bo`ldi. Qanday? 
Javob : Taksi 
Izoh : 1914-yili Marne jangi payti askarlar taksilarda olib borilgan
Savol : Russo o`zining fikrlash tezligi past ekanligini inobatga olib, o`zining muloqot qilish yo`lini unga o`xshatgan. Unga bag`ishlangan karikaturada pochtachi biroz noodatiy jo`natmani ko`tarib yuribdi. U nima? 
Javob : Yozib o`ynaladigan shaxmat 
Savol : Kinoprokatda ,,Pyorl Xarbor” filmini ,,ALFAsiz BETA” deb nomlashdi. BETA yanada mashhurroq film nomi. ALFA va BETA ni ayting. 
Javob : AYSBERGsiz TITANIK 
Savol : ,,Garri Potter va Olov kubogi” kitobi sotuvga soat 17 da chiqarilgan. Nega buncha kech? 
Javob : O`quvchilar dars qoldirmasligi uchun 
Savol : 2002-yilgi Jahon Chempionatida to`p Bekxem yoki Ronaldoga tushganida stadion juda yorug` bo`lib ketgan. Nega? 
Javob : Fotoapparat vspishkasi tufayli 
Savol : Berlin hokimiyati shahar ko`chalarida uning yangi xilini o`rnatishmoqchi. Ularning sirtiga ,,Katta rahmat” deb yozilgan. Diqqat savol: Nimalar? 
Javob : Axlat qutilari 
Savol : Hazil: Internetda koreys virusi paydo bo`ldi. Uning belgisini ayting 
Javob : Kuchukchani (@) ni yeb qo`yadi 
Savol : AQSHda bu markadagi avtombilni sovg`a qilish aniq bir taklif ma`nosini bildirar ekan. Diqqat savol: Uylanishni istaganlar suyuklisiga qaysi markani sovg`a qiladi? 
Javob : BMW (Be My Wife) 
Savol : Basyo ijodida xokkularda unga "bolalikdagi konfetlar" Sagyo ijodida tankalarda esa unga "billur qoziq" , "yakkashox" deya ta'rif berib o'tiladi. Ta'riflarda keltirilgan nima ekanini toping?  
Javob : Muz bo'laklari 
Savol : Uni ilk namunalari xaqida M. Qoshg'ariy asarlarida uchratish mumkin. 11 asrda O'rta Osiyoda polimer molekulalarni kuchsizlantirishda keng qo'llanilgan. Xitoyda esa yassi tovoqdan bu maqsadda foydalanganlar. Xozirgi kunda uni Sartaroshlikda Santexnika soxalarida xam uchratamiz. Bu nima?  
Javob : Dazmol 
Savol : Daniya Topilmalar idorasida qo'lqoplarni 750 turi, soyabonlarni 200dan ortiq turi, ko'zoynaklarni 300turi, turli xil kitoblar, sumka, hamyonlar, telefon, shapka, pidjak, qimmatbaxo taqinchoqlar, idishlar, oyoq kiyimlaru kanselyariya mollari va boshqa ko'plab buyumlar bor ekan eng qizig'i ularni egalari 3 yilgacha olib ketmagach ushbu idorada muzey tashkil etilibdi.Muzey nomini esa siz taxmin qilib ko'ringchi? 
Javob : GOOGLE 
Savol : Ingliz tilini o'rganish uchun interactive usullarni turli xillari mavjud. Ulardan biri bilan tanishing. 1-O'quvchi bir so'z aytadi, 2- O'quvchi shu so'z ichidagi mavjud xarflardan boshqa so'z yasaydi. Masalan: crocodile-code. Ushbu o'yinni nomini ba'zan shaxar ko'chalarida uchratishimizni xisobga olsak, uni qishloqlarda deyarli ko'rmaymiz. Ushbu nomni hoh ingliz hoh o'zbek tilidagi ikki so'z bn ayting. 
Javob : SECOND HAND 
Izoh : Ikkinchi qo'lga o'tib ketishi nazarda tutilyapti. So'z butunlay o'zgaradi. Va so'zni egasi ham. Huddi kiyimlar kabi egasi o'zgarsa, u ham second hand kiyimi deyiladi
Savol : Avvaliga bu so'z Angliyaga kirib kelgan vaqtda " o'z uyini almashtirgan ayol" ma'nosida tarjima qilingan.Keyinchalik ham u o'z ma'nosini yo'qotmadi va aynan hozirda ham shu ma'noda qo'llanib kelinadi. 1835-yildan keyin bu palindrom so'z bir mashxurga omad keltirdi, uni asl ismini unutib shu nom bilan atay boshladilar.Ushbu palindrom so'zni toping? 
Javob : Madam 
Izoh : Madam Tyusso
Savol : Bu uyga men faqat uhlash uchun kirardim uyqu vaqtida qo'y ham sanaganimni aytib o'tishim kerak shu qisqa vaqt mobaynida hamma do'stlarimdan ayrilar, keyin esa telbalarcha xar tomon yugurardim. Qaytganimda uyim tarsakilar qurshovida qolardi. Hammasi ajoyib edi. Xurmatli bilimdonlar sizda ham shunday "uy" bo'lganiga hech shubxa yo'q, endi savol bu uyni xamma provinsyada xar xil aytishlarini xisobga olgan xolda siz uni nomini topib ko'ringchi? 
Javob : Bekinmachoq 
Savol : Sakura xiyobonida- baxorOy osmonida- tunKo'rshapalak inida- naxorBo'ri kavagida kun Qarshingizda rus tarjimoni Burel Lyubovni Yapon she'riyatidan tarjima qilingan she'ri. (O'zbek tiliga ma'no o'zgarmagan holda tarjima qilindi) Ushbu she'rni siz bir abbrevaturada nomlang. 
Javob : Nima qayerda qachon. CHGK 
Savol : Viloyat gazetasini xazil ruknida O'zbek milliy udumlarini sanab o'tilgan, asosiy urg'u albatta to'ylarimizga qaratilgan bo'lib, xajviya nomi "Bir boshga bir X" deb nomlanadi. X haqidagi Ozarbayjon maqolini tinglang: Bir bosh, bir oyoqda onasiga do'q urar.Savolda berkitilgan Xni toping. 
Javob : Kapgir 
Izoh : Onasi qozon
Savol : Ular o'zi uchta, uchtasi amalga kirmay so'zdayoq katta kuch. Ularga ta'rif bersam, birinchisi deyarli hammani uy ustaxonasida mavjud "yirtqich", ikkinchisini esa yoddan bilmaydiganlar kam bo'lsa kerak, uchinchisi jazo turlaridan biridir. Ushbu uchlik yahshilik va yomonlikka xizmat qilgan "mashxur ibora" . Berilgan ta'riflardan kelib chiqib ularni tartib bilan ayting. 
Javob : Arra, karra, darra 
Izoh : 7-jin kinofilmi
Savol : "Fikr.uz sayti haqida o'z mulohaza va takliflaringizni bir haftalik TOZALOV davomida ko'rib chiqamiz va ulardan ma'qullarini saqlab amalda joriy qilamiz" Ushbu e'lon Fikr.uz sayti administratorlari tomonidan saytga kiritildi. Bir xaftalik ushbu TOZALOV kunini ular sayt nomiga qofiyadosh, lotin tilidan kirib kelgan bir so'z bilan almashtirdilar. Ushbu xaftalik nomini biz ham shartli TOZALOV so'ziga almashtirdik. Xaftalikka berilgan nomni esa siz toping. 
Javob : Filtr.uz 
Izoh : Tozalov bu savolga yordam so'zi edi
Savol : Biz uni " poliglot" sifatida ham bilamiz. Ozarlarni bir topishmog'ida esa u bir qush nzomi bilan bir qatorda keladi. Yapon jumboqlarida esa bumerang bilan bir safda uchratamiz. Yana shunisi ma'lumki u bilan tortishish befoyda. Uni nimaligini o'zbek tilidagi ikki so'zda ayting. 
Javob : Aks-sado 
Izoh : Aytishlaricha u hamma tilda gapira oladi; Ozar topishmog'ida to'tilar aks-sado qushi deydilar; Aks sado bilan tortishish befoyda oxirgi so'zni baribir u aytadi.
Savol : Hazil savollar turkumidan: Xotin erini telefonini tekshirayotib uyerda, YANGI QUSHCHA, QO'SHNI QUSHCHA, ESKI QUSHCHA, TEPA QAVATDAGI QUSHCHA, SUPERMARKETDAGI QUSHCHA , ISHDAHI QUSHCHA deb saqlangan raqamlarga ko'zi tushadi va birdan o'zini raqamini ular orasida uchratadi, eri xotinini raqamini qanday nomda saqlaganini siz ikki so'z bilan ayting. 
Javob : Angry Bird) 
Savol : Yapon falsafasida uni insonning quroli sifatida ko'rsatishadi. Quroldan shunday foydalanginki bu qurol bilan yaqinlaringni jaroxatlama, rahbaringga esa ko'rsatma, begonalarga tushuntirma, uni murakkablashtirma, faqat o'zingga ko'rsat deyiladi. Biz uni asosan og'zaki nutqimizda rus tiliga grek tilidan kirgan va tilimizga o'rnashib ketgan so'zda foydalanamiz. Uni toping. 
Javob : Xarakter 
Savol : Nomi bir tabiat xodisasini ko'rsatayotganini ifodalaydigan ushbu " mittivoy" ko'p qo'shiqlarga mavzu bo'lgan. Xatto yorga yetmoq istagida ham u bor. Uni nimaligini toping? 
Javob : Do'lana 
Izoh : Do'l ana. Toqqa chiqmasang do'lona qayda Jon kuydirmasang janona
Savol : Yapon xokku ustasi Kyoray ijodidagi bir she'rni umumiy so'zlari ichida, " sut bilan to'ldirilgan ikki kosa, ikki xasi cho'pi, ikki oyoq jim, ikki qo'l esa qo'zg'alon qilmoqda" deb bir xarakatga ta'rif beradi.Sizlar quyida keltirilgan signal so'zlardan foydalanib aytingchi, she'r qaxramoni nima bilan band? 
Javob : Baraban chalish 
Savol : Xarob ko'nglimdan"Merosxo'r"ning ovoziKeladi unsiz. Kyoray ijodidan tarjima qilingan ushbu xokkuda biz "merosxo'r" so'zini qaysi boshqa bir so'z bilan almashtirganimizni toping. 
Javob : Boyo'g'li 
Izoh : Xarobalarda boyo'g'li bo'lishiga xokkuda urg'u berilgan
Savol : M.V. Lomonosov Fanlar Akademiyasining minerallar kolleksiyasini sinchkovlik bilan tekshirishga kirishganda, u kolleksiyadagi bittasidan boshqa hamma toshlarning nomini hech qanday qiyinchiliksiz aniq ayta olgan. Akademiya kotibi Shumaxer Lomonosovning bu qanday tosh bóldi, degan savoliga, "bu kolleksiyadagi eng qimmatbaho mineral, zero buni shaxsan Polsha qiroli Yan Sobeskiy tuhfa etgan" deb javob beradi. Savol: U qanday mineral edi? 
Javob : Qirolning buyragidan chiqqan tosh 
Savol : XVIII asr oxirigacha, shaxmat qoidalari bir qolipga solinayotgan vaqtda, kópgina Yevropa mamlakatlarida doskaning oxirgi qatoriga yetgan piyoda Farzindan (va albatta qiroldan ham) boshqa istalgan figuraga aylanishi mumkinligi belgilangan. Ushbu qoidani ózgartirishga bólgan urinishlar avvaldan cherkovning keskin qarshiligiga duch kelgan. Savol: Nima sababdan? 
Javob : Bir doskada 2ta farzinning bo’lishini ham cherkov ko’pxotinlik deb hisoblagan. 
Savol : Bugungi kunda kóplab madaniyat sohasida faoliyat yuritadiganlar ózlarining muvaffaqiyatlari evaziga dvoryan maqomini olishmoqda. Bir zamonaviy rejissyorga dvoryan unvonini beradigan bòlsak, undan hosil bóladigan familiya bir asar nomi bilan deyarli bir xil bóladi. Siz menga asar muallifining tóliq ismini ayting 
Javob : Jovanni Bokachcho 
Izoh : Rejissor J.Kameron edi, hosil bo’ladigan familiya d’Kameron
Savol : Studentlar folkloriga kóra, uning quvonchi - yonğin, uning baxti - axlat órasi, uning orzusi esa - qabr. Uning mutaxassisligi -... Savol: Mutaxassisligini toping. 
Javob : Arxeolog 
Savol : Aforizmni 2 sóz bilan tóldiring: "Dunyoda yashash qanchalik yengil bólardi, agar erkaklar uyda xuddi ...dagidek sabr kórsatganlarida"? 
Javob : Baliq ovi 
Savol : Angliyada bir qiziq rekord òrnatilgan. Futbolchi Li Todd beixtiyor sókinib yuborgani uchun òyinning 2-soniyasidayoq maydondan chetlatilgan. Savol: Uning bunday qópol muomala qilishiga qaysi holat sabab bólgan? 
Javob : hakamning hushtagi uning qulog’i ostida yangragan 
Savol : 70-yillarda Pizada nihoyat Piza minorasini qutqarib qolishga qaratilgan tanlov e'lon qilindi. Tashkilotchilarning fikricha, barcha loyihalar 2 maqsadga qaratilgan bólishi kerak. Birinchisi - minorani qulashdan saqlab qolish. Ikkinchisini siz ayting. 
Javob : Pizani xuddi shu qiyshiqligicha saqlab qolish 
Savol : Aristotel u haqida shunday fikr bildiradi: "U yaxshi bóladi, qachonki hamma kerakli narsalar haqida sòzlasa va faqat kerak bólgan narsalar haqida sòzlasa". Aristotel nimani nazarda tutgan? 
Javob : Kitob 
Savol : Ushbu juftlik, ya'ni erkak va ayol ilk marta ekranlarga 30-yillar órtalarida chiqa boshlagan. Shu vaqtdan boshlab ular òz mamlakatining turli janrlardagi juda kóp filmlarida birga chiqishgan. Savol: ushbu juftlik kimlardan iborat edi? 
Javob : Ishchi va kolxozchi ayol 
Izoh : Gap “Mosfilm” kinostudiyasi logotipi haqida ketmoqda
Savol : 1886-yilda Madrid gazetasi Rafael Arnalde Burelning qirol Alfons XIIIning tish shifokori etib tayinlangani sababli avvalgi ishidan bóshagani haqida xabar qildi. U haftada 2 marta qirolning tishini óz asistenti bilan kórib qóyishi va zaruratga qarab plomba qilishi zarur edi. Lekin ma'lum davr mobaynida vrach óz vazifalarini bajarolmay turdi. Nimaga? 
Javob : Qirol hali tishi chiqmagan chaqaloq edi. 
Savol : Bu haqda ma'lumot mil.avv. 1122-yilda qadimgi Xitoy manbalarida uchraydi. Undan sóng 1492-yilda Amerika hindulariga va 1788-yilda Avstraliya aborigenlariga ham bu borada omad kulib boqmadi. Biz esa Bu 1977-yilda Somalida oxirgi marta namoyon bölib, shu bilan tarixda qoldi deb umid qilamiz. Savol: gap nima haqida ketyapti? 
Javob : Chechak kasali 
Savol : Gyote yozishicha, nafrat - bu norozilikning faol kórinishi. Diqqat savol: U nimani "norozilikning passiv kórinishi" deb atagan? 
Javob : Hasad 
Savol : Órta asrlarda yashagan satirik Ulrix fon Gutten taxminimizcha, óz achchiq tajribasiga asosan, boqiy shaharda bólib, shunday degan: "sayohatchilar, Rimda ma'lum vaqt yashab, ózlari bilan vatanlariga Rimdan faqat 3 narsa bilan qaytishadi: iflos vijdon, buzilgan oshqozon va ... Uchinchisini siz ayting. 
Javob : Bo’sh xamyon 
Savol : Afsonaviy Pele "Men Pele" kitobini nashr qildirgan. Ayni shu voqeadan sóng, Braziliyada bir kórsatkich sezilarli darajada oshdi va buning uchun Braziliyaning bir vazirligi tomonidan Pelega oltin medal topshirilgan. Bu qaysi vazirlik edi? 
Javob : Ta’lim vazirligi 
Savol : Ushbu tavsiya qilinadigan ajoyib dori vositasi kópchilikda jirkanish va irganish hislarini uyğotadi. Uning spirt ekstrakti buyrakning funksiyalarini yaxshilar ekan, ushbu yangilikni tibbiyotga Botkin kiritdi. Undan tayyorlangan kukun Yevropada pulvisblatte deb nomlanadi. Shuningdek, sal oldinroq undan perikardit va zotiljamni davolashda foydalanishdi. Xitoyda esa singan suyaklarning ulanishini tezlashtirish uchun, Yamaykada esa saraton va oshqozon yarasini davolashda. Ushbu dori sifatida foydalanilgan vositani toping. 
Javob : Suvarak 
Savol : IX asrda yashagan Xalifa Al Ma'mun shunday degan ekan: "Hayratli tomoni shundaki, men dunyoning sharqda Hindistondan ğarbda Andalusiyaga qadar chózilgan hududiga hukmdor bólishimga qaramay, ikki tirsak orasidagi masofaga eplab hukmronlik qilolmayman. Savol: Xalifa bu fikrida alam bilan nima qólidan kelmasligini nazarda tutgan? 
Javob : Shaxmat o’ynash 
Savol : Bizning tinib-tinchimas yumoristlarimiz nimalarni óylab topishmaydi :) masalan, ular akulaning oltin baliq bilan chatishmasini óylab topishibdi. Hurmatli bilimdonlar, hammangiz oltin baliq nima ekanligini juda yaxshi bilasiz, shuningdek, akulani ham kóz oldingizga keltirdingiz. Endi menga aytingchi, ushbu chatishmamiz(gibrid)ning asosiy qiziqarli jihati nimada deb óylaysiz? 
Javob : Ushbu gibrid sónggi 3ta tilakni bajo keltiradi 
Savol : Fransuz tilidan "barcha tósiqlardan ótuvchi" deb tarjima qilinuvchi mashhur multfilm qahramonini ayting. 
Javob : Paspartu 
Savol : Ruslar hasadchilar haqida "begona qayiqda har doim baliq kóp tuyiladi" deyishadi. Koreyslar esa "birovning bòtqasidagi loviya kattaroq bóladi" deyishadi. Yaponlar bu borada nima deyishadi? 
Javob : Birovning guruchi oqroq bo’ladi. 
Savol : Volterdan nima uchun jannatda U yóq, deb sòrashibdi. Bunga javoban Volter shunday javob beribdi: "Chunki, Unda jannat yóq". Uni toping. 
Javob : Nikoh, turmush 
Savol : Sirakuzalik tiran Katta Dionisiy jinoyatchilarni beshafqatlarcha jazolagan. Lekin shunga qaramay, u kócha talonchilariga nisbatan ancha yengil munosabatda bólgan. Nima sababdan? 
Javob : Odamlar kechasi kòchada kamroq sanqib yurishi va ichib yurmasligi uchun. 
Savol : Braziliyada chorvani daryodan ótkazishdan oldin, ya'ni hamma sigirlarni suvga haydab kirgizishgandan avval bitta sigirni suvga alohida haydab kirgizishgan. Nega? 
Javob : Piranyalarni chalg’itib turish uchun 
Savol : Qadimgi yunon urush xudosi Aresning 4ta oti bólgan ekan: Yarqiroq, Alanga, Dahshat va ... Savol: 4-sini qanday atashgan? 
Javob : Shovqin, tópolon. 
Savol : Amerikaliklar bu maqsadda eski avtomobillar va bolğa (kuvalda)dan foydalanishadi. Yaponlar esa maxsus qóğirchoq va akvariumdagi baliqlardan. Nima maqsadda? 
Javob : Stressdan qutulish uchun 
Savol : Finlandiyalik sportchi Teyen Selyanneda ustaning xatosi tufayli Uning tatusi bor. Uning kelib chiqishi bilan boğliq afsonalardan biriga kóra, qirol bólajak jang oldidan ibodat qilayotgan vaqtda osmonda quyosh nurida xochni kórgan ekan. Uni 2 ta sóz bilan ayting. 
Javob : Shvetsiya bayroği 
Savol : Bir komiks qahramoni yaxshi daromad kelishini móljallab, Uni shirinliklar uyida tashkil etadi. Odatda Unga tashrif buyurilgan vaqtda kózni yumish va baland musiqa eshitib turish tavsiya etiladi. Uni 2 sóz bilan ayting. 
Javob : Stomatolog klinikasi 
Savol : XX-asr boshlarida bir sport o’yini vaqtida oq va oq emas kabutarlardan foydalanilgan. Sportni qaysiligini o’zim aytaman, bu-futbol. Savol: Endi, aytingchi bu kabutarlar aynan kimlar uchun “xizmat qilishgan”? 
Javob : O’yin stadioniga kira olmaganlar, ya’ni tashqaridagilarga “jonli efir” vazifasini o’tagan. Ya’ni o’zlarini mahalliy komanda gol ursa oq kabitarlar uchirilgan. Raqib jamoa gol kiritsa ko’k,qora yoki boshqa rangdagi kabutarlar osmonga uchirilib turilgan. 
Savol : Hindistonda vaqtni o'lchashni eng katta birligi yaratilgan. Yani bu dunyodagi eng katta vaqt o'lcham birligi. Savol: Mantiqan o'ylagan holda eng katta vaqt o'lcham birligi qancha muddatni o’z ichiga olishini maksimal aniqlikda ayting! 
Javob : Bu vaqt o'lchami Kalpa deb ataladi. Kalpa - Yer yuzi paydo bo'lganidan, to yo'q bo'lib ketgungacha vaqtni o'z ichiga oladi 
Savol : Adigey xalqi milliy bayramlarida odatga ko’ra, “Qavm go’zali” ni aniqlaydi. Asosiy shart: Bunda qizlar bir ishni bajarishlari kerak. Savol: Qaysi ish? 
Javob : Hammani ko’z oldida yuzini yuvish. Izoh: Bunda makiyajsiz, ortiqcha buyoqlarsiz tabiyiy go’zalligi namoyon bo’lishi uchun. 
Savol : Senegaldan 3ta erkak kema kapitaniga AQSHga noqonuniy yo’l bilan eltib qo’yishi uchun pul to’laydi. Kapitan ularni eng pastgi xonalaridan biriga joylaydi. Lekin, kapitan ularni AQSHga emas balki Janubiy Afrika Respublikasiga qul qilib sotishni muljallagan edi. Kema yo’lga chiqqach ma’lum vaqt o’tib yo’lovchilardan biri xojatxonadan chiqishi bilan-oq u ikki hamrohiga o’zlarini AQSHga emas balki boshqa tomonga olib ketayotganliklarini aytadi va kemadan qochish kerakligini bildiradi. Savol: U odam nimaga asoslanib bunday qarorga kelgan edi? 
Javob : Unitaz yoki rakovinaga suv oqqanda soat strelkasi bo’ylab aylanganini ko’radi, bu ekvatordan yernin janubiy tarafiga o’tdi degani. Senegal va AQSH yerning shimoliy tomonida. Shimoliy yarim sharda suv strelkaga qarshi aylanadi. 
Savol : Uning qadimda tayyorlanish texnologiyasi tarkibi: daraxt novdasi, suv, olov, maydalovchi maxsus moslama va iskanja. Uning hozirgi zamonaviysini saqlanish muddati uzog’I bilan 100 yil bo’lsa, qadimiysi 2000 yilgacha yaxshi sifatli bardosh bergan. Uni sifatini yumshoqligidan, rangidan, ovozidan tanib oladigan bo’lgan. Savol: Uni ikki so’z bilan ayting? 
Javob : Samarqand qog’ozi 
Izoh : Avval daraxy novdasi qobiqlari olinadi, suvda baland olovda qaynatiladi, katta, urib maydalovchi moslamada tuyiladi song aralashtirilib, keyin ivib ketmasligi uchun va qattiq biriktirilib turishi uchun iskanjada maxkam jipslanadi. Shu tariqa Samarqand qog’ozi tayyorlangan ekan
Savol : “Pyatnitsa” kanali, “Oryol & Reshka” tele-sayohat ko’rsatuvi boshlovchisi Yevgeniy Sinelnikov Lotin Amerikasi shaharlaridan nirida mehmon. U shaharga kiraverishda shunday fikrga keldi: “Bu-kriminal shahar ekan. Chunki….” deya bunga X larni ko’rsatib aytib o’tadi. Savol: Yevgeniy nega bunday fikrga keldi? 
Javob : Panjaralangan derazalar 
Izoh : U shaharda deyarli hamma uylarni derazalari qalin temir panjaralari bilan berkitilganligini ko’radi.
Savol : Vino zavodi. U o’z mahsulotlarini faqat bitta nom ostida ishlab chiqarish huquqiga ega. Lekin, shunga qaramasdan ishlab chiqaruvchilar rang-baranglikni xush ko’rgan holda o’z mahsulotlarini 4 xil etiketkalardan foydalangan holda chiqargan. Savol: Siz hohlang firma nomini, hohlang etiketkalarda nimalar tasvirlanganini toping? 
Javob : “O’yin kartasi” nomi ostida. 4ta belgi bular: Tappon,chillik,g'ishtin,qarg'a 
Savol : Vankuver teatrida namoyish qilinishi kutilayotgan “Chiqish-22” nomli spektakl’ni reklamachilar 6 harf bilan belgilab reklama qilishdi. Savol: Qaysi xarflar bular? 
Javob : EXXIIT 
Izoh : “exit” inglizcha “chiqish” degani XXII-rim tsifri 22
Savol : Tatuirovka, “O’tirib chiqqan” larni bazilarida qo’llarida pichoq yoki xanjar rasmi chizilgan bo’lib, bu uning agresiv ekanini bildirar ekan. Bazilarida esa qiniga solingan pichoq tasviri tushirilgan bo’ladi. Savol: Bu nimani bildiradi? 
Javob : Endi bu jinoyat olamida emasman, tavba qildim. O’yindan chiqdim.Endi to’g’rihayot tarzida yashayman ma’nosida ekan 
Savol : XX-asr o’rtalarida Moskva va Leningrad shaharlarida ketma-ket har xil jinoyatlar sodir bo’lavergan. Ushbu iki shahardagi jinoyatlarni bir korxona yoki muassasa go’yoki “birlashtirib” turardi. Savol: Qaysi? 
Javob : Shahar Gaz ta’minoti 
Izoh : “MosGaz” va “LenGaz” laqabini olgan bu jinoyatchilar go’yoki “gaz tekshirish xizmati”dan kelib, xonadonlarda talon-tarojlik va o’g’irlik jinoyatlarini sodir etgan
Savol : Uning oyoq kiyimi aslida biz bilganimizdek billurdan emas balki haqiqiy teridan yasalgan bo’lgan. Uning kimligini o’zim aytaman. U-Zolushka. “Teri” esa ULARni xatosi tufayli “billur”ga aylangan. Savol: Ular kimlar? 
Javob : Tarjimonlar 
Izoh : Ertak matnini tarjima qilishda “teri”ni “billur” deb tarjima qilishgan ekan
Savol : Gollandiya(Niderlandiya) ob-havosi namli, yomg’irli. Bu mamlakatda yomg’ir tez-tez yog’ib turadi. Lekin,shunga qaramay mahalliy aholi zontiklardan deyarli foydalanishmaydi,uning o’rniga yomg’irpo’sh plashlarni kiyib olishni avzal ko’rishadi. Savol: Nega zontlardan ko’ra plashlar ularga ko’proq qulay deb o’ylaysiz? 
Javob : Chunki, Gollandiyada velosiped transporti yaxshi ommalashgan.Ularning deyarli hammasi ko’cha-kuyda velosipedda yurishadi. Velikda haydab zontik ko’tarib yurish albatta noqulay. Shu sababli ham ular yomg’irpo’sh plashlarga ko’proq ejtiyoj sezadi 
Savol : Jahon Sog’liqni Saqlash Vazirligi tavsiya etadi: “USHBU KUN - tamaki chekishni tashlash uchun eng qulay kun”. Savol: Qaysi kun? 
Javob : Bugun 
Izoh : Ya’ni, tamaki chekishni bugundan, hozirdanoq tashlang demoqchi
Savol : Marhamat skanvord yoki krossvord olib chiqilsin! Hozir sizlar bilan bitta psixologik treyning o’tgazamiz. Sizlar, ushbu skanvord yoki krossvordni yechishda optimist qanday yo’l tutishini-yu, pessimist qanday yo’l tutishini toping? 
Javob : Optimist krossvordni o’ziga ishonib ruchka bilan, pessimist esa xato qilib qo’yishdan cho’chib qalam yordamida to’ldirib chiqadi 
Savol : Marhamat yarim stakan oddiy suv olib chiqilsin! Bunda bir psixologik treyning o’tgazib kim optimist, kim pessimist ekanini bilib olish mumkin ekan. Savol: Bu idishga qarab optimist nima deyishini-yu, pessimist nima deyishi mumkinligini topig? 
Javob : Optimist – “Idishni yarmida suv bor” deb javob beradi. Pessimist – “Idishni yarmi bo’m-bo’sh” deb. 
Savol : Sayd Ahmadning “Ufq” romanida cho’lda tuyasiga yoki otiga minib olib, boshqa bir manzilga ketayotgan yo’lovchida bitta muommo bo’lishi yoziladi. U ham bo’lsa cho’lning zerikarli manzarasi ta’sirida uxlab qolmaslik. Yo’qsa u yo’lidan adashadi. Shunda bu yo’lovchi do’mbirasini qo’liga oladi va qo’shiq kuylashni boshlaydi. Aytishinggiz mumkin, “qo’shiq ham uyquni keltiradi-kuu” deb, aynan shuni oldini olish uchun ham, u g’ayrioddiy usulda kuylaydi. Diqqat savol: Asarda, yo’lovchilar bunday holda uxlab qolmaslik uchun aynan nima qilishlari aytiladi? 
Javob : U do’mbirasini qo’liga olib, zerikarli cho’l manzarasidan nimayki ko’ziga ilinsa shunga atab qo’shiq to’qib ketadi. Buning uchun U atrofga sinchkov nazar bilan qarashi kerak, qidirishi kerak, bundan tashqari qo’shiq matnini tuzishi kerak, miya nima bilandir doimo band bo’lishi kerak va u uxlamaydi, aksincha u uyquni qochiradi 
Savol : Kunlardan bir kuni ingliz adibi Bernard Shouni ko'chada velosipedchi turtib yuboradi. Hechkim shikastlanmaydi. Hijolat chekib, uzr so'rayotgan aybdorga keksa dramaturg: -Ozgina omadingiz chopmadi. ...- deydi. Savol: aybdorning omadi chopganida nima bo'lar edi, Shou fikricha? 
Javob : Tarixda qolar edi 
Izoh : Agar dramaturg o'limiga sababchi bo'lganida
Savol : Amerikalik raqqosa Bernard Shou haqida eshitib, uning aqliga o'z husnini teng bilib, turmushga chiqish istagini bildirib, xat yozibdi: "Janob Shou, bir tasavvur qiling-a, tug'ilajak farzandimizda sizning aqlingiz- u, mening husnim mujassam bo'lsa..."Shou raqqosaga "... Hay, hay, o'tinaman sizdan meni tinch qo'ying" deb bitgan javobida nimani sabab qilib ko'rsatgandi? 
Javob : Teskarisi bo'lib, mening husnim, sizning aqlingiz mujassam bo'lsachi? 
Savol : Bernard Shou bir semiz odam bilan uchrashib qolganida u ozg'in yozuvchi ustidan kulmoqchi bo'lib, deydi: -Sizni ko'rgan odam Angliyada ocharchilik boshlanibdi deb o'ylaydi.Shou qanday mos javob qaytarganini tahmin qiling. 
Javob : Sizni esa shu ocharchilikning sababchisi deb o'ylashadi 
Savol : Bernard Shou sochini oldirish uchun sartaroshxonaga kiradi.- Sochingizni qanday olay? - deb so'ragan ezma sartaroshga qanday javob qilgan? 
Javob : Iloji bo'lsa, gapirmasdan oling 
Izoh : Uning EZMA ekanini Bernard Shou bilardi
Savol : Bernard Shoudan so'rashibdi:- Xlarni kimga aytgan ma'qul?- Albatta dushmanga- da! Ular ... oxirigacha eshitishadi. X-? 
Javob : G'am- alam 
Savol : Kunlardan bir kuni adiba de Stal xonimdan so'rashibdi:- Nima uchun aqlli ayollar emas, chiroyli ayollar erkaklarga ko'proq yoqadi?- Bu tabiiy. X erkaklar kam, Y erkaklar esa istagancha topiladi. X va Y-? 
Javob : x-ko'zi ojiz, y-axmoq 
Savol : Ko`pchilik mashhurlar qatori Enshteyn ancha parishonxotir bo`lgan. Bir kuni xonasida ishlab o`tirganida yordamchisi shunday deydi:- Janob professor! Bugungi gazetalar sizning yetmisga kirganingizni yozishibdi.- E shundaymi? Unday bo`lsa … Nuqtalar o`rnini mantiqan to`ldiring. 
Javob : Uni mening nomimdan tabriklab, unga guldasta yuboringlar 
Savol : Kuppa- kunduzi chiroq ko`tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi Diogendan nimani qidiryabsan deb so`rashibdi.Ko`pchilik eshitgan hikmatga boy javobini toping. 
Javob : Odam qidiryabman 
Savol : Shekspirning “Qirol Richard-3” tragediyasida nemis aktyori Devrient rol ijro etayotgandi. Aktyor “Ot! Ot! Otga yarim qirolligimni almashtiraman!” degan o`sha mashhur xitobini aytganida tomoshabinlar orasidan shunday qitmir luqma eshitiladi:- X bo`lmaydimi?- Bo`ladi, keeling tezroq! -deydi hozirjavob aktyor.x-? 
Javob : Eshshak 
Savol : Mashhur italyan kompozitori Rossiniga haykal o`rnatmoqchi bo`lishganda u endigina 30 yoshda edi.- Yodgorlik qanchaga tusharkan? –deb so`raydi kompozitor Rim shahar ma’muriyati vakilidan.- 300 ming lira.- Voy-bo`y! 300 ming lira?- hayrat bilan hitob qildi Rossini. –o`sha pulni o`zimga beraqolinglar. Men buning o`rniga… Nuqtalar o`rnini mantiqan to`ldiring 
Javob : Rimning qoq markaziy ko`chasida kuniga bir necha soat tippa- tik turib beraman 
Savol : Dunyoda men uchta narsani yaxshi ko`raman, -deydi mashhur kompozitor Glyuk. –Bular – pul, vino va shon- shuhratdir.- Shon- shuhrat oxirgi o`rindami? – deb so`ragan do`stiga shu uchchovini izchil bog`lab qanday izoh bergan? 
Javob : Pulga vino sotib olaman, vino ichib ilhom olaman, ilhom esa menga shuhrat keltiradi 
Savol : Mashhur fizik yoshligida slesarlikka astoydil qiziqqan ekan. Vaqt o`tib, Gertsning professor bo`lganini eshitgan eski ustozi bosh chayqab aytgan gapini tahminan yozib bering. 
Javob : Afsus, u ajoyib slesar bo`lishi mumkin edi. 
Savol : Mashhur fizik Robert Uatson Uayt bir kuni mashinada ketayotib tezlikni me’yoridan oshirib yuboradi. Tezlikni o`lchaydigan zamonaviy radar uskunasi bilan qurollangan nazoratchi uni to`xtatadi. Professor e’tiroz bildirmay, jarimani to`lagach shunday deydi:-Keyingi gal sal o`ylab ko`rish kerak…-Siz tezlikni aytyabsizmi?- … Uning shaxsidan kelib chiqib qanday javob berganini toping 
Javob : Yo`q, men radarni ixtiro qilishdan oldin o`ylash kerak demoqchiman 
Savol : Kunlardan bir kun mashhur ixtirochi Edisonning nabirasi so`rab qoldi:- Bobojon, gapiradigan apparatni siz ixtiro qilganmisiz?- Yo`q, bolakay, birinchi gapiruvchi apparatni Alloh erkakning qobirg`asidan yaratgan va uni “Xotin”deb atagan.- Ularning qay biri yaxshi?- Shubhasiz, Allohning yaratgani chiroyliroq. Ammo, men yaratgan apparatning bir afzalligi bor… Siz uning nima haqida gapirayotganini bilgan holda o`sha afzallikni yozib bering. 
Javob : Uni istagan vaqting o`chirib qo`yishing mumkin 
Savol : Mashhur satiric adib Svift o`g`lini vaqtliroq uylanishga undardi.- O`g`ling hali yoshku!- deydi adibning do`sti. – Yaxshisi yana biroz kutib turgin, oq- qorani tanib, aqli sal to`lishsin. Yozuvchining hazilomuz e’tirozini toping. 
Javob : Aqli to`lishganda uuman uylanmaydi 
Savol : Charlz Darvinni bir kuni do`sti restoranda ovqatlanishga taklif qildi. U yerda bir yoshgina, go`zal honim Darvindan so`rabdi:- Janob Darvin, siz doimo odam maymundan tarqalgan deb ta’kidlaysiz. Bu fikringizni menga ham taalluqli deyish mumkinmi?Uning javobini bilasizmi? 
Javob : O, bo`lmasamchi! Faqat siz oddiy emas, chiroyli maymundan tarqagansiz 
Savol : Nemis geologi Remerdan ma’ruza payti talaba so`radi:- Janob professor, mabodo mana shu biz o`tirgan yerdan Yerning diametri bo`ylab lahm qazisam, qayerdan chiqaman?- Siz to`ppa- to`g`ri …dan chiqasiz! –deya javob qiladi olim.Nuqtalar o`rnida qayer? 
Javob : Jinnixona 
Savol : Mashhur shifokor Gippokratdan so`rashibdi:- Daholik- kasallik degan gap to`g`rimi?- To`ppa-to`g`ri! Ammo afsuski, bu kasallik … deya daholikning qanday ikki belgisini aytganini toping. 
Javob : O`ta kamdan- kam uchraydi va o`ta yuqumsiz 
Savol : Angliyalik mashhur astronom Jon Gershel qoq yarim tunda samoni kuzatib turganda yoniga observatoriya farroshi yaqinlashib so`radi:- Aytingchi, janob, boshqa sayyoralarda ham X bo`ladimi?- Aniq aytolmayman! Ammo, u yerlarda Y lar bo`lsa, X ham bo`ladi.X ni tez topishingizga ishonaman. Yni ham toping. X-? Y-? 
Javob : x-axlat, y-ongli mavjudot 
Savol : Bernard Shou hechqachon rejissorlarga pyesasini qisqartirishga ruxsat bermasdi. Londondagi teatrlardan birining direktori Shouning komediyasini sahnalashtirilayotganda, asosiy ko`rikdan so`ng dramaturgga shunday telegramma yubordi:“Pyesani qisqartirishga ruxsat bering, aks holda tomoshabinlar oxirgi poyezdga ulgurisholmaydi”. Shouning javobini mantiqan toping. 
Javob : Qisqartirmayman! Poyezd jadvalini o`zgartiring 
Savol : Maxmud Sattorning "O`zbek udumlari" kitobida "Keyingi avlodlarimiz tomonidan qattiq ta'qib ostiga olinib, la'natlanib, yo`q qilib yuborilgan odatlarimizdan biri ..." deya ta'rif berila boshlangan ikki nom bilan ataluvchi odatimiz haqida yozilgan. Bu bir kichik marosim tarzida o`tib, unga taklif qilinganlar albatta yosh bolalarini olib borishar ekan. Bir milliyserialimizda ham unga hilof ish tutgan o`g`ilni deb ota nomus azobida qoladi. Siz ikki nomni ham toping 
Javob : Quloqtishlatar, beshikketdi 
Izoh : Serial: 
Savol : Honim unga laganda 7ta tuxum jo`natadilar va "Tatib ko`rib aytsinlar har birining ta'mi bir xilmi yo alohidami?" deb ayttirib yuboradilar. Usta laganni ochib, 7 xil rangga bo`yalgan tuxumlarni ko`rib, chuqur iztirob chekadi va Amir Temurning safardan kelar vaqti yaqinlashganini eshitib, ko`z o`nggi qorong`ulasha boshlaydi. Bu begunoh odamga yaqinlashayotgan balo sababchisini bolalikda o`ynagan bir o`yinimizga o`xshatdim. Qanday o`yin? 
Javob : Buzuq telefon 
Izoh : Bu o`yinda ketma- ket bir- birining qulog`iga bir so`z aytiladi. avval aytilgan so`z hechqachon oxirgi aytilgan so`z bilan bir xil bo`lmaydi ishtirokchilar 3tadan oshsa. sabab esa g`iybat edi.
Savol : Avstriya rassomi Oskar Kokoshka juda hozirjavob odam bo`lgan ekan. Bir kuni Fransiyadagi Versal saroyini tomosha qilib yurgan rangtasvir ustasi ozgina nafasini rostlash uchun kartinalar galereyasidagi kresloga o`tiribdi. - Msyo, siz qirol Lyudovik XIV ning kreslosiga o`tiribsiz, bu mumkin emas, - debdi unga hizmatchi ayol.- Xijolat bo`lmang, … Uning javobini to`ldiring. 
Javob : Qirol kirishi bilan darrov o`rnini bo`shataman 
Savol : Kunlardan bir kun amerikalik mashhur yozuvchi Folkner shotlandiyalik bir muxlisning g`alati e’tirofi unga Nobel mukofotini olgandan ham kuchli ta’sir qilganini aytadi. O`shanda muxlis shunday degan ekan:- Janob Folkner, sizning romaningiz menga shuchalik yoqdiki, …Siz uning antiqa javob tushirib qoldirilgan qismini toping. 
Javob : Uni sotib olishimga sal qoldi 
Savol : Fransua Rable hamisha ertalab soat oltida turib, yaxshilab badantarbiya qilgach, yozuv stoliga o`tirardi. Bir kuni qo`shnisi so`rab qoldi:- Aytingchi, Fransua, qanday qilib aniq soat oltida tura olasiz? Hali soat kashf etilmagan, shekilli.- Men yostig`imning tagiga Xni qo`yib yotaman,- deya hazillashdi yozuvchi.x-? 
Javob : Xo`roz 
Savol : Xat keldi: “Sizning har bir so`zingizga bir dollardan haq to`lashadi deb eshitdim. Sizga bir dollar yuborayabman, ijodingiz namunasi bo`lmish so`zlardan birini yuborsangiz”Xeminguey qanday javob yuborgan? 
Javob : “Rahmat!” 
Savol : Angliyalik mashhur yozuvchi Somerset Moem ijodining boshlanishida yozgan romanlari kutilgan natija bermaydi. Bir kuni adib gazetalarga e’lon bergach bir necha kunda romani tezda sotilib ketadi.Unda shunday deyilgandi: “Yosh, ko`rkam, badavlat vrach “falon” asar qahramoniga fe’l- atvori o`xshabroq ketadigan qizga uylanmoqchi”. E’londa keltirilgan tezda sotilib ketga o`sha asar nomini yozib bering. 
Javob : “Lambetlik Liza” 
Savol : Akademik Beketov xotirjamligi bilan ajralib turardi. Bir safar xizmatchi uning xonasiga baqirib kirib keldi:- Kutubxonangizda o`g`rilar yurishibdi!Akademik qanday savol berdi? 
Javob : Ular qanday kitob o`qishyabdi? 
Savol : Kunlardan bir kuni Italyan qo`shiqchisi Karuzo pulini olish uchun pochtaga keladi. Yonida passporti bo`lmagani uchun pochtachi pulini bermaganida o`z shaxsini isbotlash uchun bir ishni qiladi va pulini oladi. qanday ish? 
Javob : Operadan bir ariyani qoyilmaqom ijro etadi 
Savol : Qadimgi greklar Diogenning fikrini juda qadrlashgan. muxlislari undan "bu ish"ni qachon qilgan ma'qulligini so`rashibdi. donishmand: "yoshlarga hali erta, keksalarga esa kech" deb javob beribdi. "bu ish" o`rnida yashirilgan so`zni toping. 
Javob : Uylanish 
Izoh : Turmush qurish, oilali bo'lish kabi umumiy javoblar emas, aynan uylanish nazarda tutilgan.
Savol : Kunlardan bir kuni Bernard Shoudan so`rashibdi:- Ishing yurishmaganda kimga arzi hol qilgan ma’qul? Do`stlargami yoki dushmanga?- Har xil tashvishlar va ko`ngilsizliklar haqida do`stlarga aytmagan ma’qul. Yaxshisi uni dushmanga ayting. Shunda birinchidan uni bir necha lahza hursand qilasiz, ikkinchidan esa… Mantiqan uning fikrini davom ettiring. 
Javob : Oxirigacha (diqqat bilan) eshitadi. 
Savol : Bir kuni Enshteynning haydovchisi shunday deydi:- Janob, siz shu qadar ko`p ma’ruza o`qiyabsizki, shu nazariyangiz hatto menga ham yod bo`lib ketdi. - Unda keyingi gal ma’ruzani sen o`qiysan!- deydi olim. Haydovchi xo`p deb, keyingi gal ma’ruzani qoyil qilib o`qib, minbardan tushayotganda tinglovchilardan biri nogoh savol berib qoladi. U o`zini yo`qotmay vaziyatdan chiqib ketadi:- Savolingizning javobi shu qadar oddiyki, falonchi ham javob bera oladi. Falonchi so`zi bilan almashtirilgan so`zni toping. 
Javob : Haydovchim 
Izoh : Haydovchi professor rolida ekanida Enshteyn haydovchi rolida edi- da
Savol : Fransuz adibi Andre Moruadan bir do`sti so`radi:- Qani aytchi, tarixni kim ko`proq o`zgartirdi?Morua javobiga ko`ra sivilizatsiya paydo bo`lgandan buyon tarixni eng ko`p o`zgartirgan shaxslarni mantiqan topib ko`ring. 
Javob : Tarixchilar 
Savol : Bir ziyofatda Balzak sohibjamol uy bekasiga iltifot qilib deydi:- O, qanday go`zalsiz! Alloh nechun yosh xonimlarni bu qaday jozibali yaratar ekan- a?- Sizlar bizni yaxshi ko`rishingiz uchun!- deya javob qiladi xonim.- Unda nega Alloh sizlarga aqldan kam bergan? Hozirjavob xonimning javobini toping. 
Javob : Biz sizlarni yaxshi ko`rishimiz uchun 
Savol : Lessing degan kishi bir uyni eshigini taqillatganda ichkaridan “Janob professor uyda yo`q” – degan javob olib, “Hay mayli, nima ham qilardim, boshqa vaqtda kelarman”- deb uzoqlashadi. Uning parishonxotirligini hizobga olib, kimning uyiga borganini toping. 
Javob : O`z uyiga 
Izoh : Uning o`zi xizmatchi nazarda tutgan professor edi, faqat ko`p olimlar kabi o`ta parishonxotir edi
Savol : Kunlardan bir kuni Milan konservatoriyasi direktori huzuriga bir o`smir kelib, o`zini imtixon qilib ko`rishlarini so`raydi. Kirish sinovida u o`zi ijod qilgan asarlarni royalda ijro etadi.Oradan bir necha kun o`tgach u shunday yozma javob oladi:“Konservatoriyaga kirishni hayolingizdan chiqarib tashlang va o`zingizga durustroq muallim yollang”.Bu voqea 1832- yil bo`lgan edi. Oradan 10 yil o`tgach Milan konservatoriyasi uning nomi bilan atala boshlaydi. Uning nomi-? 
Javob : Juzeppe Verdi 
Savol : Mashhur rus qo`shiqchisi Fedor Mixaylovich Shalyapin hamisha artistlarning mehnatini yengil deb hisoblovchi kishilarni yoqtirmasdi.Kunlardan bir kuni u feytonda ketayotganda aravakash so`raydi:- Xo`sh xo`jayin, o`zlari nima ish bilan shug`ullanadilar?- Men… shu endi… qo`shiq aytaman.- Men buni aytayotganim yo`q, nima ish qilishingni so`rayabman. …O`sha payt Fedorning jahlini chiqargan, hozir hamma uchun yengil qabul qilinadigan oxirgi gapini 3 so`zda yozing. 
Javob : Qo`shiqni hamma aytaveradi 
Savol : Mashhur italyan qo`shiqchisi Karuzo safarga chiqqanida mashinasi buzilib qolib, bir fermerning qo`rg`oniga tushadi. Qo`shiqchi o`z ismini aytganida fermer o`rnidan sakrab turib, qo`lini siqib hayajon bilan xitob qiladi:- Men qachonlardir bir kuni o`z uyimda mashhur sayohatchi “OROLMIRZO SAFAROV”ni ko`raman deb o`ylamagan edim.“OROLMIRZO SAFAROV” o`rnidagi u nazarda tutgan ism- familiyani toping. 
Javob : Robinzon Kruzo 
Izoh : U Robinzon Karuzo deb aytadi, uni nazarda tutib. Xotira xatosi bo`lsa kerak. Ism pod edi
Savol : Bir ajoyib ziyofat ustida do`stlari bilan o`tirgan kompozitor Borodin kutilmaganda turib, kiyimlarini kiya boshladi. So`raganlarga:- Salomat bo`linlar, mening vaqtim ziq, uyga borishim kerak, ertaga ma’ruzam bor- deb javob berganda qah- qah urib kulib yuborishadi. Kulgu sababi nima? 
Javob : U o`z uyida, qolganlar uning mehmonlari edi. 
Savol : Charli Chaplin mehmonxonadan chiqayotib eshik og`asiga 20 frank choychaqa bersa, norozi bo`lib:- O`tgan gal sizga salomatlik tilashimni so`rab, 40 frank bergan edingiz- debdi.Chaplin BU GAL kam berganiga qanday sabab ko`rsatadi? 
Javob : Bu gal o`zimni yaxshi his qilyabman 
Savol : Albert Enshteyn Charli Chaplin filmlarini yaxshi ko`rar, bu aktyorga hurmati baland edi. Bir kuni unga xat yozdi: “Sizga qoyilman. “Oltin vasvasasi” filmingizni hamma tushunadi, siz kelajakda buyuk odam bo`lasiz. A. Enshteyn”.Hademay javob keladi: “Men esa sizga ming marta qoyilman. Sizning alfa ni jahonda kamdan- kam odam tushunadi, lekin baribir siz bettasiz. Ch. Chaplin” alfa-, betta-? 
Javob : Nisbiylik nazariyasi, buyuk odam 
Savol : Raxmaninov Amerikaga kelganda bir tanqidchi undan so`rab qoladi:- Namuncha bunaqa oddiy kiyinasiz, maestro?- Menga baribir. Axir meni bu yerda hech kim tanimaydi- ku!- deb javob qiladi mashhur kompozitor. Oradan bir yil o`tadi. O`sha tanqidchi Raxmaninovni uchratib, yana o`sha savolni beradi.- Menga baribir, - deb kulimsiragan kompozitor bu safar qanday izohlaydi? 
Javob : Axir meni shundog`am hamma taniydiku 
Savol : Sergey Orlov degan shoir “dablyu” nomli to`plamini Svetlovga sovg`a qiladi. U esa hazillashib shunday deydi:- Seryoja, shundan yana uchta bo`lsa, moshinali bo`lasan.Dablyu- ? 
Javob : G`ildirak 
Savol : Mixail Svetlov Moldovan shoirlarining she’rlarini rus tiliga tarjima qilib, qalam haqini ololmay yurgandi. Shunda shoir noshirlarga po`pisa qiladi:- Agar bir oy mobaynida pulni bermasalaringlar, she’rlarni …U she’rlarni nima qilishini aytadi? 
Javob : Qayta moldovanchaga tarjima qilaman deydi. 
Savol : Bir kishi taksi yukxonasida qimmatbaho buyumlari bor yukini unutib qoldirganini aytib, avto turar joyi hodimlariga yordam so'rab murojaat etdi. Undan so'rashdi:- Taksist tel raqamini bilasizmi?- Bilsam, o'zidan so'rardim qaytarishini- Mashina raqamini bilasizmi?- Qaramagandim- Qanaqa mashina edi? Belgilari esingizda bormi?- Ha esimda. Lekin, ...Uning javobini mantiqan oxiriga yetkazing 
Javob : Ha esimda. Lekin esim o'zimda emasdi. Aks holda yukimni unutib qoldirmagan bo'lardim. 
Savol : U yosh jihatidan kundoshlaridan katta bo'lmasa ham, aql- idroki, nozik did- farosati, latofati bilan "katta xonim" unvoniga sazovor bo'ladi. Jufti haloli vafot etgach, eriga vafo qilib qolishiga ko'zi yetgan bir kundoshi maxfiy buyrug'iga ko'ra zaharlab o'ldirilgan ekan. Siz uning mashhur nomini emas, asl ismini toping. 
Javob : Saroymulkxonim 
Izoh : 
Savol : Qonunchiligimizni bilasizmi? Unda ham qiziq hollarni ko'rishingiz mumkin. Agar bosh vazir bilan Oliy Majlis deputatlari o'rtasida doimiy nizolar bo'lsa, deputatlarning kamida 1/3 qismi shikoyat arizasi yozadi. Senator va deputatlarning kamida 2/3 qismi tasdiqlasa, bosh vazir barcha qo'l ostidagi vazirlar bilan o'z xizmat vazifasidan ozod etiladi va prezident Oliy Majlisga boshqa nomzodni ko'rsatadi. Ketma- ket 2 marta ra'd etilgan holda prezident nima ish qilishi mumkin? 
Javob : Oliy Majlisni tarqatib yuboradi va qayta saylovgacha vaqtincha bosh vazirni o'zi tayinlaydi 
Manbaa :
Savol : Bir ustoz qo'lida ikki do'st ta'lim tarbiya olardi. Bir kuni ustoz dunyoda eng qudratli buyumni rasmini chizishni so'rasa, biri qilich, biri qalam suratini chizibdi. Ustoz biriga shoh bo'lishini aytibdi- yu, ikkinchisiga shivirlab "Sening yo'ling to'g'ri, do'stingdan ayrilmaki, yurt vayron emas, obod bo'lsin" -debdi. Bu ikki mashhur shaxsning ismlarini yozing 
Javob : Xusayn Boyqaro va Alisher Navoiy 
Savol : Tanzaniyada X larni jodugarlar va baliqchilar ovlashadi. X jodugarlarga dori-darmon va sehr-jodu qilishga kerak baliqchilarga esa to'r yasash u-n X larni ko'pgina xalqaro tashkilotlar o'z ximoyasiga olishiga qaramay ularni ovlash bugunki kunga qadar davom etmoqda.X - ni maksimal aniqlikda ayting? 
Javob : Albinos bolalari 
Savol : Gollivudda o`tkazilayotgan bir tanlovga Charli Chaplin yashirincha kirib qatnashadi(u paytlar mashhur edi). Tanlov komissiyasi musobaqa natijasini e’lon qilganida Chaplinning bor- yo`g`i uchinchi o`rinni olgani ma’lum bo`ladi. Qizig`i bu qanday tanlov ekanida. Qanaqa tanlov o`tkazilganini mantiqan topib ko`ring. 
Javob : Charli Chaplinga taqlid qiluvchi artistlar tanlovi 
Savol : Amir Temur urush safarlariga ko'p chiqqan. Bir safar askarlarga haq to'lashga ham puli qolmay, Bibixonimga maktub bitadi:- Kumush- zar tugadi. Ko'proq berib yuboring.Zukko xonim javob yozadilar:- Zaringiz tugagan bo'lsa, tadbiringiz ham tugadimi?Ushbu javobni olgan Amir Temur o'zlarida serob bo'lgan bir narsani yig'dirib, har biriga muhr urib, vaqtinchalik pul o'rnida ishlatgan, yurtga qaytgandan keyin ularni tilla- kumush pullarga almashtirib bergan ekan. Vaqtinchalik nimadan pul sifatida foydalanganlar? 
Javob : Suyaklardan 
Savol : "Zamonaviy ayol bilan qanday yashab qolish mumkin" asari muallifining aytishicha, Erkaklar ayollarga nisbatan bu "bir boshqacha" ishni qilib turishi kerak, lekin tez tez emas ba'zi ba'zida. Agar ayol 90 soni bilan ifodalangan bu ko'rsatgichdan oshib ketsa bu ishni umuman qilmaslik kerak - ayolning o'zi bunga aybdor bo'lar ekan. Diqqat savol: aynimasdan, ibu ishni aytinglar. 
Javob : Ayolni qo'lda ko'tarib yurish 
Izoh : 90 soni bilan ifodalangan ko'rsatgich esa vazn edi, 90 kg dan oshib ketsa uni umuman ko'tarish kk emas deydi
Savol : Afinada bo'lib o'tgan 1896 yilgi olimpiada medalining old tarafida Olimpiya stadioni ustida g'alaba ma'budasi tasvirlangan. Siz menga bu medalda tasvirlangan, o'yinlarning yangi erasini bildiradigan qushni ayting 
Javob : Feniks 
Savol : Kolorado shtatidagi eskidan qolgan qonunga ko'ra, erkak kishi bu ishni, xatto u o'zizning xotini bo'lsa ham, qilishga xaqqi yo'q ekan. Britaniyalik sotsiologlarning xazil qilishicha, bu ishni ertalablari qilish odati faqatgina Er ayoldan ko'p ishlashga to'g'ri kelayotganini izohlaydi xolos deyishadi. Diqqat savol bu ish deganda nima nazarda tutildi? 
Javob : Uxlayotgan ayldan bo'sa olish 
Izoh : Tong arafasida er uxlayotgan ayoldan bo'sa olsa, bu, er ayoldan erta ishga ketib ko'proq ishlashidan dalolat deyishadi)
Savol : Elizabet Teylorning onasini aytishicha Elizabet tug'ilganidan 8 kun o'tibgina ko'zini ochgan va ko'zini ochiboq onasining qo'lidagi bu narsani ko'radi deydi. Tasodiflar tasodifiy emas... Mana shuning uchun Elizabet bu ishni shuncha marta qilgan deyishimiz mumkin ekan.) Diqqat savol: bu ishni soni bilan maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : 8 marta turmushga chiqish! 
Izoh : U 8-kun ko'zini ochib birinchi ko'rgan narsasi onasini qo'lidagi nikoh uzugi bo'lgan ekan
Savol : Bir kuni Artur Toskanini ni konsertidan so'ng, oldiga muxlisi bu maqsadda kelganini ko'rib "Man Primadonna ham o'likham emasman" deydi va muxlis o'ylagan ishini amalga oshirishiga yo'l qo'ymaydi. Diqqat savol: Muxlis nima qilmoqchi bo'lganini ayting. 
Javob : Gul sovg'a qilish! Gul berish! 
Savol : Bu ishni qilayotganda, hayollari bilan bo'lib bexosdan "Nega sizni ko'tarish qiyin-a?!" degan savol bilan o'zini o'zi sotib qo'ygan personajni ayting! 
Javob : Rapunzel 
Izoh : Jodugar Rapunzelni sochidan ushlab minoraga ko'tarilayotganda, U Shaxzodasini o'ylaydi, va Jodugar Shaxzodaga qaraganda og'irroq ekanini eshitiladigan darajada aytib yuboradi, buni eshitgach jodugar, o'zidan boshqa kishiham minoraga ko'tarilayotganini payqab qoladi.
Savol : Sizlarga yapon iyerogliflaridan misol keltiraman. Iyerogliflarda ikkitadan simvol, "M+go'dak" bizga Qizbola tushunchasini beradi, "M+uy, joy" esa Xotin so'zini anglatadigan bo'lsa menga M ni aniq qilib ayting. 
Javob : M - bu Ayol! Ayol+go'dak yosh ayol ya'ni qiz) Ayol+uy esa tabiiyki Xotin) 
Savol : Fransiz faylasufini aytishicha: Chiroyli ayol ko'z uchun M. Chiroyli ayol qalb uchun W. Chiroyli ayol cho'ntak uchun N. Diqqat savol: Uch savolga javob topib bir kommentda yozing yoki bo'lmasam javoblardan foydalanib bir klassik asarni ayting! 
Javob : M - Jannat, Chiroyli ayollar ko'z uchun jannat, qalb uchun do'zah(w, ko'rganingizdek M xarfining aksi...), cho'ntak uchun esa "tozalovchi" 
Izoh : Klassik asarimiz esa Dantening "Ilohiy komediya"si
Savol : Moskva metropoliteni ochilishidan oldin, poyezdlar jo'nashini bildiruvchi signal qanday bo'lishi kerak degan masala paydo bo'ladi.Rahbariyat oxir oqibat payg'ambarimiz Muhammad(s.av.)tanlagan usulda to'xtaydi.Bu qanday usul? 
Javob : Odam ovozi 
Izoh : Stansiylardagi shovqinda baland odam ovozigina yo'lovchilar e'tiborini tortadi.Namozga han muazzinlar chaqirishi bejiz emas
Savol : a)200 dan ziyod chaqaloq b)100 ga yaqin odam o'lishi c)144 ta inson yangi uyga ko'chishi d)116 ta nikoh e)5 martta yer qimirlashi f) ..... Yuqoridagi ro'yhat nimaga asoslanib tuzilganini topgan bo'lsangiz, f bo’limida nima yozilishi kerakligini o'yinimiz(Zakovat)dan uzoqlashmagan holda ayting. 
Javob : Savolga javob izlash! (javob Berish qabul emas) 
Izoh : Yuqoridagi ma'lumotlar yer yuzida 1 daqiqa mobaynida yuz beradigan holatlarga asoslanib tuzilgan
Savol : Birinchi uni quloqlaridan tortib voyaga yetkazadi. Ikkinchi esa unga farzandlar ato etadi. Uchinchi shu farzandlardan judo qilib rangini somon qiladi. To'rtinchi esa uni quvib so'nggi manzilga kuzatadi. 1,2,3,4-ni topgan bo'lsangiz UNI nima ekanini ayting? 
Javob : Barg 
Izoh : Birinchi …to’rtinhilar bu fasllar edi, mos ravishda
Savol : Yoshlar o’rtasidagi 2009-yilgi Yevropa chempionatining finalida Ukraina va Angliya duch keladi. Angliyalik Deniel, hakam ko’rsatgan sariq kartochkadan qattiq norozi bo`lib, o’z hissiyotlarini jilovlay olmaydi. Buni ko’rgan ,,Yevrosport” kanali sharhlovchisi, xazil tariqa, futbolchi tinchlanishi uchun tanaffusda bir ish qilishi kerak deb aytadi. Diqqat savol: nima ish? 
Javob : Suv ichish 
Izoh : Bu futbolchi Daniel Drinkwater edi
Savol : Diqqat qiling tarqatma material -Lankaster: 27-sentabr 1777 yil -Prinston: 1782 yil 30- iyun -Annapolis: 1783 yil 26-noyabr -Trenton: 1784 yil 1 noyabr. Savol yuqoridagi ma'lumotlarda o'zaro bog’liqlik nimada? 
Javob : Bular Aqshning sobiq poytaxtlari sanaladi, 1880-yildan esa Vashington 
Savol : Xazilga ko'ra uni ayol kishi deb taxmin qilinmoqda, chunki hali gapingni tugatmasingdan u senga bir dunyo o'zini taxminlarni taqdim etadi. Savol: uni, uni yordamisiz, toping. 
Javob : Google 
Savol : 1665 yilda vabo tarqalishi tufayli Londonda o'pishish ta'qiqlanadi. Bu esa X ommalashuviga sabab bo'ladi. Yordam tariqasida aytamanki, X ni bajarish uchun bir oyoqni sal orqaga tortish talab etiladi. X ni fransuzchadan kirib kelgan so'z bilan ayting. 
Javob : Reverans 
Savol : Amerikalik olim Edvard Lorensning xulosasiga ko’ra, atmosferadagi kichik o’zgarish ham katta va kutilmagan oqibatlarga olib kelar emish. Uning bu maqolasiga javoban, Muhammad Alida(albatta hazil), bir savol tug’iladi: "Braziliyadagi “U” Texasda tornado keltirib chiqara oladimi?". Savoldagi U ni uchta so’z bn ayting. 
Javob : Kapalakning qanot qoqishi 
Savol : O'zbeklar xamma ishlarni Bismilloh deb o'ng oyoqdan boshlashadi. Lekin, aksariyat holda, bu ishni chap oyoqdan boshlab chap tomondan tugatamiz. Oramizdan kimda kim bu ishni qilgan bo'lsa u xam chap oyoqni birinchi bo'lib qo'ygan bo’lishi kerak. Savol: gap qaysi ish haqida ketmoqda? 
Javob : Otga minish 
Savol : Frenk Tauerni uch yil davomida uch marotaba "Suvdan quruq chiqqan" shaxs deb bilishadi. Savol: Birinchi jaxon urushi boshlanishidan 2.5 yil avval u qayerda ishlagan? 
Javob : Titanik kemasida 
Izoh : Bu dengizchi 1912-1915 yillar davomida katta uch (Titanik, Ampress va Luzitaniya)kemalarda xizmat qilgan va hammasidan xalokatdan qutilib qolgan ekan
Savol : Sapling Press nashriyotining xazilomus otkritkasida M ning "Global isish bu-birnecha yil avvalgi xalokat xuni" degan so'zlari bor. Savol: M ni ayting 
Javob : Titanik 
Izoh : Ma'lumki "global isish" - bu yer yuzida iqlim xarorati bora-bora isishidir, natijada 1-o'rinda muzliklar va aysberglar erishni boshlaydi
Savol : "Gitarani, Iksga qaraganda omadi yurishmagan. Gitara xali ham o'zining Igregini kutmoqda" deydi bir musiqachi. Ko'p Iks ustalari Kremona shaxridan bo'lganini bilgan xolda, manga, muallifi Igrekning Iksi bilan ta'minlagan Personajni ayting 
Javob : Sherlok Xolms 
Izoh : Doyl unga Stradivali Sripkasi bilan ishlashga “sharoit yaratib bergan”
Savol : Variantlardan biriga ko'ra bu so'z asli eski turkiy tildan kelib chiqqan bo'lib, "yo'l yo'l hind ma'tosi" degan ma'noni anglatgan. Bir hazilga ko'ra esa, bir ayol bir hodisadan keyin chivinlardan qo'rqmay qo'yganini aytadi. Savol shu so'zni yozib bering 
Javob : Fata 
Savol : Anatoliy Frans bu davrni "insoniyat ongining BAXORI" deb aytadi. 
Javob : RenesSans 
Savol : Bir manbaaga ko'ra, Babenberg knyazi Leopoldning oppoq plashi jang paytida belbog'i o'rni oq bo'lib qolib qolgan yeri qizil qonga belanadi. Shundan kelib chiqib U paydo bo'ladi deb yozilgan edi.Savol: u ni ikki so'zda ayting. 
Javob : Avstriya bayrog'i 
Izoh : Leopold jangdan keyin plashdagi bu ko'rinishni o'z qalqoniga chizdiradi shu shu Avstriya bayrog'i kelib chiqadi deyishadi
Savol : Agar bu Avstraliya aborigenini O'zbekistonga olib kelishganida yoki qadimdan shu yerda yashagan bo'lganida uni biz "Suvichma" deb atagan bo'lar edik.Siz menga uni aslida qanday atalishini ayting 
Javob : Koala 
Izoh : Bilasiz u jonzot Evkalipt daraxti bargidan oziqlanib, suv ichmaydi
Savol : Italyanchada: "Iloji boricha tezroq"; ispanchasiga "g'ayrioddiy"; portugalchasiga: "Oliy darajada qonunga hilof "; islandchasiga: Oliy sud advokati"; gollandcha: bolalar karnavaliga tayyorlov dasturi bo'yicha ish" Savol: Yuqorida keltirilgan so'zlarni nima birlashtirib turadi, ya’ni umumiylikni toping? 
Javob : Bu o'sha tillardagi eng uzun so'zlar 
Savol : 60-yillarda Sovet Ittifoqi rok gruppalari chet el musiqasidan nusxa olishar edi. 70-yillarda esa ular yangi g’oyalar qidira boshladilar, Sergey Dyachkov BU ISHNI QILISH uchun hatto shimolga safar uyushtirdi. Siz esa BU ISHNI QILISH un janubga borgan personajni ayting. 
Javob : Shurik 
Izoh : Bu ishni qilish-folklor namunalarini yig’ish. "Kavkaz asirasi" filmi qahramoni shu niyatda janubga borgan bo’ladi
Savol : Tarqatma material "Rock is dead" Qarshingizda amerika hazillaridan birining boshlanishi. Hazilni davomiga e'tibor bering: " Xa, salom X va Y". Diqqat savol: X va Y ni ayting. 
Javob : Qaychi va qog'oz 
Izoh : Rock tosh deb ham tarjima qilinadi. Tosh o'ldi salom qaychi va qog'oz
Savol : Qadimgi yunon masalchisi Ezop ajoyib ibora, sitatalari bilan mashxurligi barchamizga ma'lum. Uni bir sitatasida “Bolalarni o'yinchoq bilan, kattalarni esa U bilan aldash mumkin” deyiladi. Uni nima ekanini topib ko'ring 
Javob : Qasam 
Savol : Tasavvur qiling, siz finikiyaliksiz va uzoq safardan qaytdingiz. Sizni kutib olgan suyukli xotiningiz sizga kichkina idishchadagi Uni ko’rsatadi. Savol: nimani? 
Javob : Ko’z yoshini 
Savol : Ayrim manbalarga qaraganda uning otasi Simon Rene uni salohiyatini oshirishda bolg'a, mix va taxta doskadan foydalangan ekan. Uning familyasini ayting. 
Javob : Brayl 
Savol : Bolaligimizda ko’pchiligimiz qilgan ishni Andrey Ferez suratida ajdar qilayotganini ko’rishimiz mumkin, lekin u bunda biz erishgan natijani teskarisini bajaradi. Savol: Rasmda Ajdar nima bilan mashg’ul. 
Javob : Shamni puflab yoqish 
Izoh : Ajdarcha tugilgan kunida tort ustidagi shamlarni puflab yoqayotgani tasvirlangan biz esa o’chiramiz
Savol : Fransuzlar eng sermulozamat xalq. Ular har doim boshqalarga mulozamat ko'rsatadilar. Yaqinda esa bir yerdagi yozuv hammasidan oshib tushdi. Unda "sizni o'rnimdan turib kutib ololmaganim uchun meni ma'zur tutasiz" deyilgandi. Diqqat savol. Yozuv qayerda edi? 
Javob : Qabr toshida 
Savol : XX asrning 60-yillarida chau-chau, volfshpits, va layka zotlari chatishishidan kelib chiqqan "Oyrazir" it zoti o'z nomini qanday sözdan olgan? 
Javob : EvroOsiyo 
Izoh : Eurasier - Olmoncha zot nomidir. Chau-chau, volfshpits va Layka itlari esa EvroOsiyoning turli xududlaridan bo'lgan it zotlaridir
Savol : Kinochilarga bu davlatda kino olish yoqishini bir qancha tarixiy filmlar: "Gladiator", "Kleopatra", "Asteriks va Obeliks" hamda boshqa filmlarning shu mamlakat hududida suratga olinganidan bilsa ham bo'ladi. Lekin, buni qarang-ki, shu mamlakatning bir shahri nomi bilan atalgan mashhur film esa Los-Anjelesda suratga olingan. Shu filmni ayting 
Javob : "Kasablanka" 
Izoh : Yuqoridagi filmlar Marokashda suratga olingan. Marokashdagi Kasablanka shahri haqidagi "Kasablanka" filmi esa Los-Anjelesda suratga olingan.
Savol : Tohir Malikning "Murdalar gapirmaydilar" qissasida shunday gap bor: "Uyni urishga urib royal chalganingga hayronman". Savol: Bu gapning ma'nosi qanday? 
Javob : Jinoyat joyida barmoq izlarini qoldirib ketish 
Savol : Tarixchilarning fikricha Uyerda yong’oq, olma va hatto apelsinlar yeyishgan. Uyerning yer sharidagi koordinatalari: 51 gradus 30 minut 29 sekund shimoliy kenglik va 0 gradus 5 minut 50 sekund garbiy uzoqlik. Uyerni toping. 
Javob : Globus teatri 
Izoh : Yuqorida keltirilgan mevalar popkornlarning o`sha paytdagi analogi hisoblanadi va ularning shakli sharsimon. Agar namoish yoqmasa, ular bemalol saxnadagilarga qarata otishdan chamamda
Savol : Oliygohlar yoki o'quv yurtlari nomi ko'pincha qayerda joylashgan bo'lsa, shundan nom oladi. Masalan, Kembrij - Kem shaharchasidan, yoki Samarqand Davlat universiteti. Osiyodagi bir shahar bilan esa buning teskarisi yuz bergan. Bu shahar o'z nomini o'quv yurti nomidan olgan. Qaysi shahar? 
Javob : Madras 
Izoh : Madrasadan kelib chiqqan. U yerda katta madrasa joylashgan
Savol : "Ular"dan rim imperatorlari ham Rimni tashlab qochgan ekan. Mag’lubiyatni bilmagan Iskandar Zulqarnayn qo’shiniga ham zarar yetqazgan ekan. Siz esa "ular"ni toping. 
Javob : Chivinlar 
Savol : Bir karikaturada, bir odam qo’lidagi bolg’a bilan "Kanizak Izaura. 13-seriya", "18-seriya", "25-seriya" deb yozilgan videokassetalarni sindirayotganini ko’rish mumkin. Muallif bu karikaturani ikki so’z bilan nomlaydi. Siz esa o’sha nomni hoh ruscha hoh inglizcha ayting. 
Javob : Serial killer. Серийныйубийцa. Karikaturadagi ma’no esa Seriallar qotili. 
Savol : Bu asarda 3 hafta ichida 3 ta qotillik, ikki bor o’z joniga suiqasd bo’lsa yana bittasi qayg’udan jon taslim qilish hollari uchraydi. Siz bu asarni ayting 
Javob : Romeo va Julyetta 
Savol : 1986-yili muddatdan oldin Argentina chempionligini qo’lga kiritgan River Pleyt jamoasi Boka Huniors jamoasini qabul qiladi. Ushbu match zarg’aldoq koptok machti sifatida tarixda qoladi. Ya’ni Argentina chempionatida birinchi marta bunday rangdagi to’pda o’ynashgan. Savol: Nima sababdan odatiy oq to’p bilan emas boshqa rangdagi to’p bilan o’ynashgan? 
Javob : Muxlislar g’alabani erta nishonlab maydonni oq qog’ozlar bilan toldirib tashlashgan 
Savol : Taylandchada "Xa" - "Besh" degani. Savol: qaysi polindrom o’rniga Taylandliklar 555 sonini ishlatishadi? 
Javob : LOL 
Izoh : LOL-bu yozishmalarda kulishni ifodalovchi akronim hisoblanadi(laughing out loud). *Izohga izoh: Akronim bu abbreviaturaning bir turi bo’lib, bunda so’zlar xarfma xarf emas qo’shib o’qiladi masalan: NATO
Savol : 
Javob : 
Savol : 1999-yil 6-iyunda Rossiya Fransiya ustidan g'alaba qozonganidan so'ng, bir Rus gazetasi "Biz Fransuzlardan qasos oldik" sarlavhasi asosida maqola chop etadi. Ular Qaysi ish uchun qasos olishdi? 
Javob : Pushkinning o'limi uchun. Aynan o'sha yili Pushkin yubileyi bo'lgan. 
Savol : Ingrid Bergman Unga shunday ta'rif beradi: U tabiat tomonidan, suxbat davomida ortiqcha gaplarni to'xtatish uchun in'om etilgan shirin hiyla. Uni toping. 
Javob : Bo’sa 
Savol : Ko'plab italyanlar xorijiy so'zlarni qanday yozilgan bo'lsa shunday o'qiladi deb hisoblab noto'g'ri talaffuz etishar ekan.Ular qaysi mashhur davlat arbobini "Kurkille" deyishganini ayting 
Javob : Cherchill 
Savol : 80-yillar oxirida "Nature"jurnalidaGermaniyada tug'ilishning kamayishini tasvirlovchi, hatto bolalar ham tushunadigan, grafik chop etiladi.Unda bir-biriga mos keluvchi 2 ustun bo'lgan.1-tug'ilishning kamayishi.2-mamlakatda ULAR ning kamayishi.Ular ni toping. 
Javob : Laylaklar 
Savol : Bu hududning nomini kelib chiqishi arabcha "manha" - "quruq yer" so'ziga borib taqaladi. Siz menga voqealar rivoji shu hududdan boshlanadigan romanni ayting! 
Javob : "Don Kixot" 
Izoh : Gap Lamanch xaqida ketayotgan edi
Savol : Zamonaviy kuzatuvlar natijasiga ko'ra, agar kimdir "Men o'zimni sevaman" deb aytsa, bu o'zini sevish(egoizm dir), agar "Men o'zimni sevaman" deb yozsa bu - ... Gapni to'ldiring! 
Javob : T9 
Izoh : Avtomatik ravishda mos keluvchi so'zlarni o'rniga qo'yib yozishni qulay qiladigan bu usulda osongina bunday xatolikka yo'l qo'yish mumkin
Savol : Bir ilmiy filmda fir'avnlar haykallarining yuzidagi xarakterli ifodalar haqida gapiriladi. Bunga ko'ra, Misrda asalari xo'jaliklari ko'payib ketganidan so'ng ari keng tarqalib ketgan ekan. Savol: Savolda bir so'zda bir necha harf tushirib qoldirildi. Siz menga o'sha so'zni to'liq yozib bering. 
Javob : Karies 
Izoh : Ko'plab fir'avnlar haykallarining yuzida o'ziga xos nim tabassum saqlanib qolgan ekan. Bunga sabab esa o'sha paytda Misrda sifatsiz non va asal judayam ko'payib ketganidan so'ng tishlarda muammolar yuzaga kela boshlagan. U paytda esa stomatologiya rivojlanmaganligi ko'pchilikka ma'lum.
Savol : 1700-yillarning oxirlarida ko'plab dindor fuqarolar endigina o'rnatilgan X larni sindirib tashlashgan ekan. O'zlarining bu harakatlarini Xudoning ixtiyoriga qarshi chiqish mumkin emas deb izohlashgan. Savol: 2ta o'zakdan iborat X ni yozib bering. 
Javob : Yashinqaytargich 
Izoh : O'sha paytdagi dindor insonlarning fikricha, chaqmoq Xudoning jahl quroli emish va bunga qarshi chiqmaslik kerak ekan. Shu sababdan ular yashinqaytargichlarni sindirib tashlashgan. Ma'lumotlarga ko'ra, yashinqaytargich 1752-yida Benjamin Franklin tomonidan yaratilgan ekan.
Savol : XIX asrning 2-yarmida Moskva shahrida Rossiyadagi ilk shunday ko'rgazma bo'lib o'tgan. Bu ko'rgazmada, shunigdek, "ish uchun" va "ayollarga xos" larini ko'rish mumkin bo'lgan. Hozirgi kunda bu nomlar o'zgargan. Savol: Bu qanday ko'rgazma edi? 
Javob : Itlar ko'rgazmasi 
Izoh : Hozirgi kunda esa 
Savol : Aytishlaricha, lamalarda X ni oldindan bilishning deyarli iloji yo'q. Yagona alomati bu quloqlarini bo'yniga yopishtirib olishidir. Savol: X ni ayting. 
Javob : Tupurish 
Izoh : Lamalar tuyasimonlar oilasiga mansub. Ularga nimadir yoqmasa, tuyalardan ham ko'p tupurar ekan
Savol : Bir rus yumoristik serialida qahramon non sotib oladi va uyiga qaytadi. Uning bunday uzoq yo'q bo'lib ketishidan ko'ngli to'lmagan onasi o'g'lining qayerda bo'lganligini so'raydi. O'g'il esa bir poytaxt shaharni esga oladi. Diqqat savol: Poytaxt shaharni yozib bering. 
Javob : Toshkent 
Izoh : 1968-yilda 
Savol : Bir insonning fikricha, haqiqiy erkak ayolga nisbatan bir ishni qila olishi kerak ekan, faqat unchalik tez-tez emas. Lekin agar ayol 90 li normani buzsa, erkak kishi bu ishni qilishi shart emas, bunga ayolning o'zi aybdor bo'lar ekan. Diqqat savol: Gap qanday ish haqida ketyapti? 
Javob : Ayol kishini qo'lida ko'tatish 
Izoh : 90 raqami bu ayol kishining og'irligi
Savol : Taxminan 90 yillar avval Amerika Qo'shma Shtatlari va Buyuk Britaniyada U ko'plab zargarlik ishlarida, jez tugmalarda, otkritkalarda bezak sifatida foydalanilgan ekan. Sotib oluvchilar esa U 4ta elementdan tashkil topganiga ishonishar ekan. Birinchisi hayot, ikkinchisi yorug'lik. Diqqat savol: Siz menga qolgan uchinchi va to'rtinchi elementni ayting. 
Javob : Sevgi va omad 
Izoh : U svastika edi (fashistlarniki emas). Odamlar svastikada hayot (life), yorug'lik (light), sevgi (love) va omad (luck) elementlari jamlangan deb ishonishar ekan
Savol : Bir multfilmda shunday epizod bor: Sher X dan olgan maktub haqida aytish uchun o'rmondagilarni katta kengashga chaqiradi. Ko'pchilik hayvonlar ushbu maktubga ishonishadi, ammo ayrim hayvonlar, masalan, yakkashox - ishonmaydi. Savol: X ni yozib bering 
Javob : Nuh 
Izoh : Sher barcha hayvonlarga suv toshqini va har bir turdan bir juft tanlanishi haqida xabar beradi, ammo ayrim hayvonlar buni tuzoq deb o'ylab ishonishmaydi va qirilib ketishadi.
Manbaa :
Savol : Eman daraxti eng tomiri uzun daraxtlardan biri hisoblanadi. Bu daraxt tomiri yer tagida suvga yetguncha o'sarkan. Shu sababli eman olimlar tuzgan ro'yxatda tez nobud bo'ladigan daraxtlar ro'yxatida 1-o'rinda turar ekan. Savol : Eman daraxti yana qanday ro'yxat 1-o'rinda turadi? 
Javob : Eng ko'p chaqmoq uradigan daraxt 
Savol : Muhammad Alining murabbiyi uni Chemberlenga qarshi boks musobaqasi uyushtirish fikridan qaytarish maqsadida, aniqroq bo'lishi uchun, SHUNDAY QILADI."10ta negar bolasi" filmidagi qahramon ayol o'limidan bir oz oldin SHUNDAY QILADI. Savol: SHUNDAY QILADI ning o'rnidagi 2 so'zni ayting. 
Javob : Stulga chiqadi 
Izoh : Chemberlenning bo'yi novchaligi haqida tasavvur uyg'otish uchun Muhammad Alining murabbiyi stul ustiga chiqadi. Film oxirida esa ayol stul ustiga chiqib, o'zini arqonga osib o'ldiradi
Savol : Tarqatma material: nl hrflrsz yzlgn mtnn qsh mmkn, ammo uo aai a uua uuai. "Fan va hayot" jurnalida tilning o'ziga xosligini ko'rsatish maqsadida yuqoridagi tushunarsiz matn berildi.Savol: Menga matn oxiridagi so'zni yozib bering. 
Javob : 
Izoh : 
Savol : Bir asarda aytilishicha, Uning keng tarqalishi natijasida qahramonlar tashqi ko'rinishini o'zgartirishlariga to'g'ri kelgan, natijada ular ayrim do'stlari bilan uchrashishlari noqulay bo'lib qolgan. Hozirgi kunda Uning tarqalish ehtimoli guruh bo'lib selfi tushishni yoqtiradigan o'smirlar orasida yuqori ekan.Savol: Uni ayting. 
Javob : Pedikulyoz (bit talash) 
Izoh : Asarda barcha yigitlar sochini kal qilib oldirib tashlaydi va tabiiyki, qizlar bilan uchrashish ular uchun noqulay bo'lib qoladi. Guruh bo'lib selfi tushganda bitlar erkin harakat qilishi mumkin))
Savol : Bir saytning xabar berishicha, bir aholi yashash punktida qisqa raqam, ya'ni 02 ishlamay qolibdi va militsiya bilan bog'lanish uchun uzun raqamni terishga to'g'ri kelibdi. Bu nomerni esa quyidagicha eslab qolish taklifi berilibdi: "Ey xudo, qayerda jin urgur bu militsiya". Savol: Ushbu raqamni yozib bering. 
Javob : 33-666-02 
Izoh : 33 - Isoning yashagan yili; 666 - ko'p mamlakatlarda iblis raqam deb ataladi; 02 - militsiya (savolda aytib o'tilgan)
Savol : Bir karikaturada sport hakami va stadion tasvirlangan. Rasmni tagiga shunday yozilgan: "Hatto yuqori texnogiyalar ham ba'zan foydasiz". Haqiqatdan ham hatto fotofinish ham o'ylanib turgan hakamga savolga javob topishga yordam berolmayapti... Savol: Musobaqalashayotgan "sportchilar"ni ayting. 
Javob : Tovuq, tuxum 
Izoh : Hakam 
Savol : Fridrix Dyurnmatt asarining ekranizatsiyasida shaharning tanazzulga yuz tutganini korgan mahalliy aholidan biri e'tibor bersaki, X lar anchadan beri ishlamayapti. Sababi, ehtimol hech kimning bu shaharga yana qaytib kelishga intilmasligi bo'lsa kerak.Savol: X ni ayting. 
Javob : Fontan 
Izoh : Shunday an'ana bor: biror joyga qaytib kelishni hohlagan insonlar suvga, fontanga, ko'lga tanga tashlashadi. Tanazzulga yuz tutgan shaharga hech kim qayta kelishni hohlamaydi
Savol : Bir karikaturadagi katta qahramon qo'ziqorinlarsiz pitsaga buyurtma berganini aytib, ofisiantga shikoyat qilyapti. Savol: Ushbu qahramonni ayting 
Javob : Mario 
Savol : Ma'lumki, Gretsiyada hamma narsa bor. Ammo X kamdan-kam uchraydi. X qadimgi Gretsiyada ham kam bo'lgan. 1920-yillar boshidagi yangilikka qarshi chiqqanlar aynan shu argumentni keltirib o'tishadi.Savol: Bu qanday yangilik edi? 
Javob : Qishgi olimpiada oyinlari 
Izoh : X - qor
Savol : AQSHDA AYG’OQCHILIK ISHLARI BO’YICHA XALQARO MUZEY TASHKIL QILISH LOYIHASI AMALGA OSHIRILDI. BU YERDA TASHKILOTCHILAR NAFAQAT ЦРУ, BALKI DUNYONING BOSHQA RAZVEDKA ISHLARIGA TEGISHLI AYG’OQCHILIK TEXNIKALARINI KO'RSATISHADI. SAVOL: MENGA MUZEYDAGI QANDAY MODEL BIRINCHI EKSPONAT BO'LGANINI AYTING. 
Javob : Troya oti 
Savol : Ikkinchi Jahon Urushi davrida Angliya bombardimon bo'lish ehtimoli yuqori bo'lgan shaharlardan bolalarni evakuatsiya qilish operatsiyasini o'tkazgan. Bu operatsiya nomi 2011-yildan beri Londondagi Dauning-strit 10 da yashab kelayotgan Larrining "lavozim"i bilan bir xil. Savol: Ushbu "lavozim" ni yozib bering. 
Javob : Kalamush ovlovchi 
Izoh : Gamelnlik kalamush ovlovchi ham bolalarni shahardan olib chiqib ketgan. Larri - bu mushuk. Uning vazifasi esa Buyuk Britaniya premyer-ministri rezidensiyasida kalamush va sichqonlarni tutish
Savol : Xitoyda, taomilga ko'ra, sabzavot va go'sht judayam mayda qilib to'g'raladi. Avvallari bu X ni tejash maqsadida qilingan. Savol: X hozir ko'pchiligimizga zarur bo'lsa, uni yozib bering 
Javob : O'tin 
Savol : Mobil telefonlar uchun mo'ljallangan bir o'yin zastavkasida qizlarning lablari hamda 2ta bir xil predmet tasvirlangan. Savol: Ushbu predmetlarni ayting 
Javob : O'yin toshlari 
Izoh : Kazinoning shunday banani, yo'g'e, an'anasi bor. Agar qizlar toshlarga puflasa, omad kelar emish.
Savol : Bir katta muzeyda qaysi eksponat eng mashhurligini aniqlash maqsadida tadqiqot o'tkazishga qaror qilishibdi. Tadqiqotga katta pul ajratilibdi. Ammo keyinchalik oddiy va bepul yechim topishibdi va javob olish uchun Unga murojaat qilishibdi. Savol: Kimga murojaat qilishibdi? 
Javob : Farroshga 
Izoh : Qaysi eksponatning atrofi ko'proq tozalansa, demak, u yerga ko'p odam kelgan
Savol : Bir amerika filmi qahramoni uyiga doimiy keladigan mehmonlardan unchalik xursand bolmaydi. Mehmonlar kino qahramoning eshigini taqillatayotgan bir sahnada X ni deyarli butunlay o'chib ketganini ko'rish mumkin edi.Savol: X ni aniq yozib bering. 
Javob : Welcome (yozuvi) 
Izoh : Mehmon judayam ko'p kelganidan eshik tagidagi gilamchadagi Welcome yozuvi deyarli o'chib ketgan
Savol : Qiziqarli mos kelish: ayrim fransuz ertaklarida yalmog'izlar Uni tayyorlashda sichqon ham qo'shishgan ekan.Savol: Uni fransuzcha so'z bilan ayting 
Javob : Ratatuy 
Izoh : Ratatuy - sabzavotlardan tayyorlanadigan fransuz oshxonasining an'anaviy taomi. 
Savol : Haydovchi Rodrigez qoidani qo'pol tarzda buzgani uchun sud oldida javob berishiga to'g'ri keldi. Rodrigez o'zining shtrafsiz o'tgan 30 yillik tajribasini dalil sifatida keltirib, aybni qanaqadir bir avtopoygachiga yuklaydi. Rodrigezning so'zlariga ko'ra, avtopoygachi Rodrigezning ALFAsi bo'lgan ekan.Savol: ALFAni bir so'z bilan yozib bering. 
Javob : Donor 
Izoh : Bir kuni Rodrigez kasalxonaga tushib qolganida unga avtopoygachining qoni quyilgan ekan. Shu sabab, avtopoygachining xarakteri Rodrigezga qon orqali o'tib, qoidani buzishga undagan emish
Savol : AQShda xarid qilinadigan bu yegulik mahsulotning 99%i bayram dekoratsiyasi uchun xizmat qilar ekan.Savol: Bu qaysi mahsulot? 
Javob : Oshqovoq 
Izoh : Halloween bayrami uchun
Savol : Faktga ko'ra, ALFA va BETTA bir o'zakli so'zlar ekan. Qadimgi greklarning hisoblashicha, ALFA da tartib, uyg'unlik va go'zallik hukmronlik qiladi. ALFA astronomiyaga oid atama bo'lsa, BETTA esa asosan ayollarga xos.Savol: Grek tilidan kelib chiqqan ALFA va BETTA ni ayting. 
Javob : ALFA - Kosmos, BETTA - Kosmetika 
Savol : Xitoylik donishmanarning fikricha, insonning o'ng biqinida shohlar, chap biqinida donolar, belida avliyolar uxlar ekan. Savol: Ularning fikricha, insonning qornida qanday insonlar uxlaydi?(SSSR da 1988-yili komediya janrida shu nomdagi film ishlangan) 
Javob : Gunohkor insonlar 
Savol : Faktga ko'ra, ALFA Portugaliyada ishga bormaslik uchun asosli sabab sifatida qabul qilinar ekan. BETTA esa ALFA ga xos jarayon. Alyaskada 2ta BETTA bir vaqtda kuzatilgan.Savol: BETTA ni menga 7 daqiqa ichida yozib bering 
Javob : BETTA - Kamalak, ALFA - yomg'ir 
Savol : DIQQAT XOKKU! (MA'NOLI EKAN JUDAYAM) Naxot shu kul qolgan bo‘lsaYoqib yuborilgan "X" imdan ?. . . Savol: X ni bir so'z bilan ayting 
Javob : Kundalik 
Savol : “10 TA NEGR BOLASI” FILMINING SYOMKASI VAQTIDA QOBILIYATLI, AMMO BIR OZ DANGASAROQ ALEKSANDR ABDULOV O’Z ROLINI O’YNAB BO’LIB, HAMKASBLARIGA 1 SAVOL BERAVERIB BEZOR QIVORADI. SIZ USHBU SAVOLNI YOZIB BERING 
Javob : Qotil kim? 
Savol : AMERIKA BOLALAR TOK-SHOUSINING BIR SONIDA BOSHLOVCHI TUG’ILGAN KUNI BO’LGAN BIR BOLAGA QUTI BERIB AYTADIKI, USHBU SOVG’AGA QARAB BOLAKAY QANDAYDIR NOYOB, JUDA QIMMATLI VA BETAKROR, DUNYODA BOSHQA HECH KIMDA UCHRAMAYDIGAN BIR NARSANI KO’RISHINI AYTADI. SAVOL: QUTIDA NIMA BO’LGAN? 
Javob : Ko'zgu 
Savol : BIR ASAR QAHRAMONI FEXTOVANIYA SPORTIDA BIR RAQIBI BILAN URUSHIB TURIB, UNI YARALAYDI VA DARROV TUSHUNADIKI, BU BILAN U O'ZI UCHUN ISHNI ANCHA QIYINLASHTIRDI. SAVOL: ANIQ AYTING, UNING YARALANGAN RAQIBI JAROHAT OLGANDAN KEYIN QANDAY ISH QILGAN? 
Javob : Chap qo'lda jang qiladi 
Savol : KOMMENTATOR ROMAN SKVORSOV QO’L-OYOG’INI HAVODA YOYGAN BASKETBOLCHINI “X” GA O’XSHATGAN. “X” – SALAT NOMI HAM BO’LIB, UNING TARKIBIGA O’ZGACHA KO’RINISHDA BO’LGAN KREVETKA VA SYOMGA (BALIQNING TURI) KIRADI. SAVOL: “X” NI 2 SO’Z BILAN AYTING. 
Javob : Dengiz yulduzi 
Savol : TARQATMA MATERIAL “NOBELIUM” NOBELIY ELEMENTI KASHF QILINGAN PAYTDA TURLI LABORATORIYALARDA OLINGAN MA’LUMOTLAR BIR-BIRIDAN TUBDAN FARQ QILGAN. AMERIKALIK OLIMLAR BULAR AYNAN 1TA ELEMENT EKANLIGIGA ISHONISHMAGAN, SHUNING UCHUN UNING NOMIGA BIR NECHTA HARF QO’SHISHGAN. SAVOL: HOSIL BO’LGAN NOMNI SIZ AYTING. 
Javob : Nobelivium 
Savol : Bir asar qahramoni muhim uchrashuvdan oldin viski ichishga qaror qiladi, fikricha, ichgan holatda ishonchni qozonish osonroq ekan. Bunga isbot sifatida 2ta so'zdan iborat ibora keltirib o'tadi.Savol: Bu qaysi ibora? 
Javob : Haqiqat vinoda 
Izoh : In vino veritas
Savol : Missisipi shtatidagi motel mijozlarga taklif qiladi: "Bu yerga xotiningizni, jazmaningizni, hatto ularni ham olib kelishingiz mumkin.Savol: Ular deb kimlar nazarda tutilgan? 
Javob : Flomaster 
Savol : Bir inson karta o'ynovchilar o'rtasidagi musobaqani "X lardagi jang" deb atadi. X lardagi jang san'ati "Tessendzyutsu" deb ataladi.Savol: X ni ayting. 
Javob : Yelpig'ich 
Izoh : Durakda ko'p karta ko'targanlar qo'llarida go'yoki yelpig'ich ushlab olganga o'xshab qolgan
Savol : Tarqatma material: thing, anything, something, nothing Tadqiqotlarga ko'ra, Agata Kristi oxirgi asarlarida yuqoridagi so'zlarni juda ko'p qo'llay boshlaydi. Savol: Ushbu tadqiqot haqidagi maqola nomida qaysi Germaniya fuqarosi esga olinadi? 
Javob : Alsgeymer 
Izoh : 80-yillarga kelib Agata Kristining so'z zaxirasi keskin kamayib ketadi, bu esa Alsgeymer kasalligining alomatlaridan edi
Savol : Bir karikaturada qo'ylar devordan sakrab emas, shunchaki yurib o'tib ketyapti.Savol: Qaysi mashhur inson uxlashga harakat qilyapti? 
Javob : Salvador Dali 
Izoh : Dalining kartinalarida ko'plab hayvonlarning oyoqlari ingichka, uzun va ko'p bo'g'imli. Karikaturadagi qo'ylarda ham xuddi shunday
Savol : Ko'p xitoyliklar inglizchaga tillari kelishmaydi, ammo bir inglizcha jumlani deyarli har bir xitoylik biladi. Bu jumlaning eshitilishi xitoycha "3 gramm yog'" so'z birikmasiga o'xshaydi. "3" xitoychada "san" degani. Savol: Ushbu inglizcha jumlani yozib bering 
Javob : Thank you 
Izoh : 
Savol : Xitoy afsonasiga ko'ra, ular bir insonni U YERGA katta daraxtni kesish uchun yuborishgan ekan. Ammo daraxt yana o'sib chiqaverar ekan. Diqqat savol: U inson qayerga yuborilgan? 
Javob : Oyga 
Izoh : Oy fazalari ya'ni, yangi oy chiqib, to'lishib borishini shunday izohlashgan ekan
Savol : Bir multfilmda "go'yoki U oynalarga to'la zalda" degan hazil ibora bor, ma'nosi esa judayam noqulaylikni ifodalaydi. Ammo, shunisi aniqki, multfilm mualliflari U haqidagi ma'lumotni batafsil o'rganishmagan. Diqqat savol: U o'rnidagi atoqli nomni yozib bering. 
Javob : Meduza Gorgona 
Izoh : Multfilm mualliflarining fikricha, Meduza uchun oynalarga to'la zalda yurish noqulay ekan, chunki o'ziga bexosdan qarab yuborsa, toshdek qotib qolishi mumkin. Aslida esa, unday emas. Bu uchun Perseyning oynali shit orqali Meduzaga qarab, uni o'ldirganligini bilish kerak edi
Savol : Hurmatli bilimdonlar! Menimcha, oldingi vaqtlarda burlaklar "ko'z" deb atagan narsa hammangizda bo'lsa kerak. Ularning fikricha, agar kimda "ko'z" bo'lmasa, u ko'r hisoblanar emish. Men ham ko'r emasman, chunki o'sha narsa hozir yonimda turibdi. Diqqat savol: Burlaklar nimani "ko'z" deb atashgan? 
Javob : Pasport 
Savol : Bir odam inson xotirasini ALFA bilan taqqoslaydi: agar hammasi yaxshi bo'lsa, o'sha lahzalar avtomatik tarzda o'chib ketaveradi. Diqqat savol: ALFA ni 2 so'z bilan ayting 
Javob : Qora quti 
Izoh : Ma'lumki, qora quti faqat yomon momentlarni, avariyalarni yozib boradi. Inson xotirasi ham shunday: yaxshi narsalar unutilib boradi, yomon voqealarni esa esdan chiqarish qiyin kechadi
Savol : Bir yirik shaharda ishlaydigan vrach-ortodont (stomatologiyaning bo'limi) o'z klinikasining logotipini namunasini mashhur binoning ko'rinishidan olgan.Savol: U qaysi shaharda faoliyat yuritadi? 
Javob : Sidney 
Izoh : Logotip - Sidney opera teatri Vrach-ortodont qiyshiq tishlarni to'g'rilash bo'yicha mutaxassis
Savol : Faraz qiling, sizga konvert yoki kichikroq quti taqdim qilindi. Uni ichida bir tutam soch, kesilgan tirnoqlar va xat bor. Bir davlatda bunday jo'natmalar ma'lum vaqt davomida ko'p amalga oshirilgan. Savol: Bunday jo'natmalar muallifini bir so'z bilan ayting. 
Javob : Kamikadze 
Izoh : Xatda vidolashuv so'zlari va meros haqida yozilgan. Soch va tirnoq esa, mabodo ularning tanasi topilmasa, ularni hurmat bilan dafn qilishlari uchun kerak bo'lgan
Savol : Richard Kasl detektiv asar qahramoni, kasbi esa yozuvchi. Jinoiy ishlarda politsiya xodimlariga yordam beradi. U hamisha sodir bo'lgan jiyonat, jinoyatchi yoki qurbon haqida aniq sabablar va fantastik fikrlar aytadi. Uoll Stritlik bir yirik moliyachi o'ldirib ketiladi. Ushbu jinoyat ustida ish borayotgan Kasl uni ALFA o'ldirdi deydi, chunki tanada jarohat izlari yo'q edi. Savol: ALFA atamasini XVIII asrda kim birinchi bo'lib aytib o'tgan? 
Javob : Adam Smit 
Izoh : ALFA - Bozorning ko'rinmas qo'li
Savol : BMT ning hisob-kitobiga ko'ra, dunyoda X siz insonlar soni 12 mln dan ortiqni tashkil qilar ekan.Savol: Ushbu fakt haqidagi maqolada qaysi aktyor tasviri bor? 
Javob : Tom Henks 
Izoh : X - fuqarolikka ega bo'lmagan insonlar. "Terminal" filmida T.Henks qahramoni shunday insonlardan biri bo'lgan
Savol : Avtomobillar ilk bor ko'chalarda ko'ringan paytlari ayrim dizaynerlar yo'llardagi harakat ishtirokchilarinining hissiyotlari haqida qayg'urgan holda mashinaning old qismiga X ni o'rnatishgan ekan. Bir mashhur asarda esa X dan teskari maqsadda foydalaniladi.Savol: X ni 2 so'z bilan ayting. 
Javob : Otning kallasi 
Izoh : O'sha paytlarda asosiy transport ot bo'lgan, kochalarda yurgan. Mashinadan qorqmasligi uchun old qismiga mumdan yasalgan otning kallasini qoyishgan
Savol : Ruminiyada Yangi Yilni biror bir hayvon maskasi yoki kiyimida raqsga tushgan holda kutib olish odat tusiga kirgan. Ya'ni ular bu bilan yovuz ruhlarni quvib, baxt va farovonlikni chorlashar ekan. Bu jarayonning kulminatsiyasi bir hayvon bilan raqsga tushish hisoblanadi. Buni, albatta, paradoks deyish mumkin. Savol: Bu qaysi hayvon? 
Javob : Ayiq 
Izoh : Ruminiyada ayiq mard va kuchli erkaklar homiysi hisoblanadi. Yangi yilda esa ayiq uxlab yotgan bo'lishi kerak
Savol : Rus yozuvchisi, shoiri va tarjimoni Asar Isaevich Eppelning yozishicha, sentyabr oyidagi mevali bog' xuddi u yerda U trenirovka qilganday ko'rinar ekan.Savol: U kim? 
Javob : Vilgelm Tel 
Savol : Bu inson Fyun orolidagi Odense shahrida, kambag'al oilada tug'ilgan. U hayotning barcha qiyinchiliklarini boshdan kechirgan. Keyinchalik yozuvchi bo'lgan va mashhurlikka erishgan. Savol: Uning qaysidir darajada avtobiografik ertagini yozib bering. 
Javob : Irkit o'rdakcha 
Izoh : Bu inson - Xans Kristian Andersen
Savol : Pol Sezanning aytishicha, tabiatga shar, konus va silindr shakli orqali qarash kerak ekan. Shunga qaramay, ilk X Sezanga tegishli deb aytishadi. Savol: X ni yozib bering. 
Javob : Kubizm 
Savol : "Segodnya" gazetasi jurnalistikasining guvohlik berishicha, Misrda har qadamda ularning bazalt (tog'larda uchraydigan tosh turi) dan qilingan turli xil o'lchamdagi haykallari sotilar ekan. Qora rangdagilari uyni qo'riqlash, sariq rangdagisi nazardan saqlash, yashil rangdagisi esa kasallik paytida yordam berar ekan.Savol: Bu nimaning haykallari? 
Javob : Mushuk 
Savol : Sportchi Meredit Mixaels Birbaum olimpiada bo'yicha Germaniya terma jamoasi tarkibidan chetlashtirilibdi. Bunga sabab esa ta'qiqlangan gidroksipromazin preparati bo'yicha ijobiy tahlil (ya'ni aniqlangan) edi, garchi Mixaels Birbaum uni iste'mol qilmagan bo'lsa ham. Savol: U ayol qaysi sport turi bo'yicha qatnashgan? 
Javob : Ot sporti 
Izoh : Ta'qiqlangan modda uning otidan topilgan
Savol : Diqqat, savolda almashtirish bor.Jozefina Kokreyn tufayli AGATA KRISTI XIX asrning 80-yillarida paydo bo'ldi. Ko'plab internet saytlarining fikricha, AGATA KRISTI bor oilalarda janjal kamroq bo'lar ekan. Savol: AGATA KRISTI o'rnidagi 2 so'zni yozib bering. 
Javob : Idish yuvish mashinasi 
Izoh : Agata Kristi o'z asarlari syujetini idish yuvayotganda tuzar ekan
Savol : Maks Mallouen ish faoliyati bo'yicha qabrlarni kavlashga to'g'ri kelardi. U bo'lajak rafiqasidan, uning bu ishidan xafa bo'lish-bo'lmasligini so'rabdi. Rafiqasi shunday javob beribdi: "Aksincha, men murdalarni yaxshi ko'raman". Savol: Mallouenning xotini bizga qanday ism-familya bilan tanish? 
Javob : Agata Kristi 
Savol : "Biznes" gazetasidagi karikaturada 3ta inson tasvirlangan, ulardan biri narigi 2ta insonni qo'lini ushlab turibdi. Ulardan biri shunday deyapti: "X nima? Menimcha, hozir bizni sug'urta qilishadi". Savol: Ularning qo'lini ushlab turgan insoninng kasbini ayting 
Javob : Politsiya 
Izoh : Inglizchada Police bo'ladi. Ular esa sug'urta polisi deb tushunishadi
Savol : 1798-yili o'sha paytning eng boy odami, Angliyalik moliyachi Uilyam Jennens vafot etdi. U vasiyat qoldirmagan, shuning uchun merosxo'rlar orasidagi da'vo sudi rekord darajada cho'zilgan - 117 yil. Diqqat savol! Ushbu sud ishi oxir-oqibat qanday yakun topgan? 
Javob : Meros qolgan pullar advokatlik xizmatlari va boshqa xarajatlarga sarflanib tugaydi 
Savol : Eramizgacha 8-asrda Sparta aholisi yoniga hosil yaxshi bo'lmagan qo'shni shahardan elchilar kelishadi. Elchilardan biri qarzga don so'rab, hayajonli nutq so'zlaydi. Ammo spartaliklar rad javobini berishadi. Biroq ikkinchi elchi qattiqqo'l Spartaliklardan yordam olishga erishadi. Diqqat savol! Ikkinchi elchining yordam olishida unga qanday predmet yordam bergan? 
Javob : Qop 
Izoh : Spartaliklar ko'p gapni yoqtirishmagan, dangalchi bo'lishgan
Savol : Norvegiyada yangi pasport dizayni skandinaviya minimalizmi ruhiyatida ishlangan va milliy an'analarga to'liq javob bera oladi. Diqqat savol! Tez orada Norvegiya pasporti varaqlarida ultrafiolet nurlar yorug'ligida nimani ko'rish mumkin? 
Javob : Shimol yog'dusi 
Savol : Bir mamlakat noqonuniy migrantlarning kirib kelishini oldini olish maqsadida Rossiya bilan chegarasida devor qurishni rejalashtiryapti ekan. Ushbu yangilikka bag'ishlangan karikatura shu mamlakatning inglizcha atalishidan 1 harfni olib tashlagan holda nomlangan. Diqqat savol! Qaysi harf bu? 
Javob : R 
Izoh : Norway - No Way
Savol : Diqqat, qora quti! "Aka-uka Karamazovlar" filmining sur'atga olish vaqtida rejissyor Ivan Pirev aktyor Mixail Uylanovga bu narsani syomka maydoniga opkelishni ta'qiqlab qo'yadi. Bu narsa hozir qora qutida turibdi. Diqqat savol! Qora qutida nima bor? 
Javob : "Aka-uka Karamazovlar" kitobi. 
Izoh : Aktyor kitob bilan film syujetini taqqoslayverib, syomka ishlariga halaqit beradi
Savol : XIX asrning oxirida Angliyadagi bir gazetada shunday e'lon berilgan: "Yaxshi oiladan bo'lgan, 2 million funt sterling mablag'ga ega 20 yoshli qiz turmush qurish uchun yaxshi yigit bilan tanishmoqchi". Diqqat, savol! Ushbu e'lon muallifi, aslida, qanday maqsadni ko'zlagan edi? 
Javob : Marka yig'ish 
Savol : Ilgari Avstraliya taksofonlaridan foydalanmoqchi bo'lgan odam belgilangan summani to'lash sharti bilan cheksiz gaplashish imkoniga ega bo'lgan. Abonentlar soatlab gaplashishgan, bu esa taksofon egalariga zarar keltirgan. Diqqat, savol! Vaziyatni to'g'rilash uchun taksofon ishlab chiqaruvchilar qanday oddiy o'zgartirish kiritishgan? 
Javob : Telefon trubkasini og'irlashtirib qo'yishgan 
Savol : Qachondir Xanti-Mansiysk avtonom okrugida madaniyat departamenti rahbarligiga saylov bo'lib o'tgan. Turli tumanlardan kelgan 100 nafar vakil uncha katta bo'lmagan rotonda (doira yoki yarim doira shaklidagi gumbazli bino) shaklida qurilgan san'at muzeyiga yig'ilishadi. Bir jurnalsit ushbu muzeyni boshqa shahardagi bir bino bilan taqqoslaydi. Savol: Bu qaysi shahar? 
Javob : Rim 
Izoh : Jurnalist muzeydagi bu jarayonni papa saylanishiga qiyoslaydi, Sikstin Kapellasidan tutun chiqqani kabi
Savol : Bir yumoristik asarda bir shahar haqida gapiriladi. Shahardagi kuryerlar U orqali yuborilar edi, ammo tez orada buni hohlovchi kuryerlar soni kamayib ketdi.Savol: U o'rnidagi grek tilidan kirib kelgan so'zni ayting 
Javob : Katapulta 
Izoh : Katapultada uchish hammaga ham yoqmaydi, ayniqsa, bu o'lim bilan tugasa...
Savol : Bir asar qahramonlari Afrika bo'ylab sayohat qilishadi. U yerdagi qabilalardan birining yo'lboshchisi Yevropaliklarni hech qachon ko'rmagandi, shuning uchun ularni QOYADAN YIQILGAN deb o'ylaydi. Savol: O'zbeklarda ham shunaqa ibora borligini bilgan holda QOYADAN YIQILGAN so'zlari o'rnidagi 2ta so'zni yozib bering 
Javob : Oydan tushgan 
Izoh : Qabila yo'lboshchisi oq tanli insonlarni Oydan tushgan deb o'ylaydi. O'zbeklarda hamma biladigan narsani bilmagan odamga nisbatan "Oydan tushganmisan" iborasi ishlatiladi
Savol : Ular 1936-yildagi Olimpiada o'yinlarida Buyuk Britaniya termasi muvaffaqiyatini ta'minlashgan. Bir saytning tasdiqlashicha, Ularning ko'pchiligi bug'u yoki qunduzni afzal ko'rishar ekan. Savol: Ularni ayting 
Javob : Kanadaliklar 
Izoh : 1936-yilgi qishgi olimpiadada Buyuk Britaniya hokkey terma jamoasi kanadaliklardan tashkil topgan edi (bir o'yinchi bundan mustasno). Taxminan 40% kanadalik mamlakat ramzi sifatida qunduz yoki bug'uni afzal bilishar ekan
Savol : Bir yozuvchining asarida o'z vataniga birinchi marta kelgan arab ALFA ni ko'rib hayron qoladi. Yozuvchi arabni BETTA ni birinchi marta ko'rgan grek bilan taqqoslaydi.Savol: ALFA va BETTAni yozib bering. 
Javob : ALFA - tuya, BETTA - kema 
Izoh : Arablarda eng mashhur hayvon tuya, greklar esa paydo bo'lgandan beri kema yasaydi)) Tuya - "cho'l kemasi"
Savol : Tarixda mashxurlikka erishgan juda ko'plarni bilamiz. Mashxurlikka erishishni ham yo'llari ko'p. Masalan Gerostrat kabi. Ya'na bir shunday salbiy mashxur haqida eslanarkan, "agar uning ichi bo"m-bo'sh bo"lganida, bunchalik mashxur bo'lmasdi" deyishadi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Troya oti 
Savol : Bir sharhlovchining aytishi-cha, Qurbon Berdiyev jamoalarining maydondagi harakatlari Unga o'xshab ketadi. Jak Iv Kusto esa Uni insonning do'sti va qalb qo'ng'irog'i deb atagan. U - ? 
Javob : Tasbeh 
Savol : "Garri Potter va olov kubogi" filmining final titrlarida ko'pgina filmalarda ko'rishimiz mumkin bo'lgan remarkani sal boshqacharoq talqinda ko'rishimiz mumkin. Savol, film syujetini eslagan holda aytingchi, film so'ngida qanday gapni uchratamiz? 
Javob : "Filmni tasvirga olinayotgan paytda bironta ajdarho aziyat chekmadi" 
Izoh : Ko'pgina filmlarda ajdarho o'rnida hayvonlar deb yozilishini bilamiz
Savol : Blits!1. 1999-yili Vladivostokda shaxmat turniri o'tkazildi. Bu turnir qatnashchilari kimlar? 2. 2002-yili Grozniyda shaxmat turniri bo'lib o'tdi. Turnir qatnashchilari kimlar? 3. 2008-yili Vetnamda shaxmat bo'yicha Jahon chempionati o'tkazildi. Chempionat kimlar o'rtasida bb o'tdi? 
Javob : 1. Ayollar 2. Qariyalar 3. Yoshlar Yurtimizda esa shu yillar mos ravishda Ayollar, Qariyalar va Yoshlarga bag'ishlangan. 
Savol : Bir odam kitob do'konidan kitob sotib olmoqchi bo'lib, sotuvchidan kitob narxini so'raydi. "1 dollar" degab javobni eshitgach, kitobni arzonroqqa sotishni so'rayverib, sotuvchini zeriktirib yuboradi. Sotuvchi rad etavergach, haridor undan do'kon egasini chaqirib berishni talab qiladi hamda do'kon egasi kelgach, undan kitobni necha pulga sotishi mumkinligini so'raydi. Shunda do'kon egasi xaridorni hayratga solib, "1,5 dollar" deb javob beradi. Xaridor ham ajablanib, ham g'azablanib "axir menga 1 dollar deyishayotgandiku" deydi. Do'kon egasi esa xotirjamlik bilan: "Siz kitobni 1 dollar turgan paytida sotib olishingiz kerak edi" deydi. Diqqat savol. Mazkur hikoyaning mazmunini tushungan holda, hikoyada aytilgan do'kondorning ismi sharifini ayting. 
Javob : Benjamin Franklin 
Savol : Bir telekanalda 2000-yildan bu yog'iga Yevropa superkubogi uchun baxslarda urilgan gollar top 10ligi beriladi. Ushbu gollarning kuchli beshligi quyidagicha o'rin olgan Marco Asensioning yil boshida urgan super goli, Lionel Messining jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi, Kaka hamda Krishtiano Ronaldo tomonidan kiritilgan gollar o'rin olgandi. 1-o'rinni esa Marek Yankulovskiyning superkubokda kiritgan ajoyib goli egallaydi. Ushbu gollar o'ziga xos jozibaga ega ekanligi bilan birga yana bir bog'liqlikka ham ega edi. D.S. Mazkur bog'liqlik qanday ekanini ayting. 
Javob : Yuqoridagi barcha gollar Sevilla darvozasiga urilgan 
Savol : Hindiston kinosanoati mukofoti hisoblangan IIFA(Xalqaro Hind filmlar akademiyasi)ni berish taqidmoti ilk bora JARda o"tkazilgan. Unda eng arzon bilet narxi 100$ hisoblangan. VIP biletlar narxi ancha yuqori hisoblangan. Undan tashqari eng qimmat 5000 $dan sotilgan biletlar ham bo'lgan. Diqqat savol. O'sha biletlar sotilgan insonlarni 4 harfdan iborat abreviaturada ayting. 
Javob : VVIP. (very, very important person) 
Savol : Bir darvesh ko'cha chetida o'tirganda oldidan bir bechoraxol odam yugurib o'tib ketib yaqin oradagi xufya joyga yashirinadi. Biroz o'tgach bu yerga 3-4 otliq soqchilar yetib kelib darveshning oldida to'xtashadi. Darvesh ularning oldiga yaqin keladi hamda bosh egib ta'zim qiladi. Soqchilar darveshdan boyagi yugurib o'tgan odamni ko'rgan ko'rmaganini so'rashadi hamda uni obdon tasvirlab berishadi. Darvesh yolg'on gapirib gunoh qilishni istamasdi. Shuningdek, rost so'zlab bir bechoraning uvoliga qolgisi ham kelmasdi. Shu sababli soqchilar savoliga shunday javob beradiki, natijada yolg"on ham gapirmaydi, bechoraning uvoliga ham qolmaydi. Diqqat savol. Darvesh soqchilarning u odamni ko'rgan-ko'rmaganlik gaqidagi savoliga qanday javob bergan? 
Javob : Bu yerda turganimdan beri hech kim o'tmadi 
Savol : Meningcha hammangiz Lixtenshteyn davlatini juda yaxshi bilasiz. Ko’pchilik mutaxasislarning fikricha, Lixtenshteynning X si Shvetsariya bo’lsa, Y i Avstriya deyishadi. Agar sizlar bu davlatning iqtisodiyotidan yaxshi xabardor bo’lsangiz va X va Y larni topgan bo’lsangiz, aslida X ichidagi Y ni olishi kerak bo’lgan, lekin X dan foydalanmagani uchun ham pand yegan va buning uchun kulgili bir laqab olgan o’zbek adabiy personajining laqabini yozib bering?  
Javob : Kesakpolvon 
Izoh : X-cho’ntak va Y-hamyon. Iqtisodchilar Lixtenshteynga shunday baho berishgan. “ Shaytanat” romanini eslasangiz, Haydar bozorga kelgan cholni tunamoqchi bo’ladi va belidagi kesakni o’g’irlagani uchun ham shunday laqab oladi.
Savol : 19 asrda ruslarda bir antiqa firibgarlik yo'li paydo bo'ldi. Bu firibgarlar ma'lum muddatda katta pulga ega bo'lishar va xohlasa Odessa, xohlasa Konstantinopolda bir muddat dam olib yana yurtlariga qaytishar edi. Faqat qaytishdan oldin ular o'ziga xos suvenirlarni sotib olishardi. Diqqat savol: Ushbu suvenirlar qaysi shahardan keltirilgan bo'lishi kerak edi? 
Javob : Makkadan 
Izoh : Islomda kimning holati hajga borishga to’g’ri kelmasa, boshqa bir insonni o’z nomidan yuborish mumkin. Firibgarlar ana shunday insonlardan pul olib o’zlari xohlagan joyida dam olib, Makkaga borganliginig isboti sifatida suvenirlar olib borishadi.
Savol : Shvetsariya universiteti doktori Ibroxim Karim kashfiyotiga ko'ra Quloq kasalliklari uchun 221marta. Yurak mushaklari kasalliklari uchun 339 marta. Arteriya va venadagi kasalliklar uchun 237 marta. Burun bo'shlig'idagi kasalliklar. uchun 16 marta bu ishni bajarish kerak ekan. Bu qanday davolash usuli va qanday ish ekanini toping 
Javob : Allohning ismlarini shuncha marotaba zikr etish 
Savol : Xurshid Do‘stmuhammadning "Yoqub izquvarning hiylasi" nomli hikoyasida birovning ro‘zg‘oridagi, kundalik turmushidagi ahvolni biladigan bitta joy U deyiladi. U yerda kechadigan jarayonlarda niqoblar yirtiladi, ekan Xurshid Do‘stmuhammad fikricha. U ni toping 
Javob : Bozor 
Savol : Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" romanida x ni shunday ta'riflaydi: Odamlar x ni askarlikdan qaytgan o'g'lini yoki g'urbatga uzatilgan, ya'ni uzoqqa kelin bo'lib tushgan qizini kutib olgan ota-ona kabi qarshilaydilar. Savol: x ni uchta so'z bilan yozib bering 
Javob : Bahorning birinchi quyoshi 
Savol : Gruzin xalq maqolida unga salom berdingmi, aql bilan hayrlash deyilgan. Bir xazilda esa u o'z idishidan boshqa hamma narsani yemiradi deyiladi. Diqqat savol. Uni ayting. 
Javob : Aroq 
Savol : Kaliforniyada har yili go'zallik tanlovi bo'lib o'tadi. Tanlov final bosqichi odatda ertalab saharda o'tkaziladi. Unda barcha nomzodlar bir joyga yig'iladi va tanlov boshlovchisi barchani reglament bilan tanishtiradi va bir ishni qiladi. Savol: Boshlovchi qilgan ish qizlarning makiyaj qilish chegarasini belgilab berishini bilgan holda uning nima qilishini toping 
Javob : Esnash 
Izoh : Saharda kimdirni esnaganini korgan odamga esnash yuqadi. Oqibatda qizlar ham esnaydi. Esnaganda makiyaj buzilmasa boldi
Savol : 1956-yildan boshlab G'arbiy Virginiyada o'lim jazosiga hukm qilingan ayollar soni ko'paydi. Mutaxassislar buni qotillik bilan bog'liq ishlarni hal qiladigan sud tarkibidagi o'zgarishlar bilan bog'lashadi. Qanday o'zgarish? 
Javob : Sudda ayollar ishlashiga ruxsat berilgan 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida "Har kimning qismati uning Xsiga qarab belgilanadi" deyilgan.Bizning zamonada o'z Xsini o'zgartirganlar talaygina. Ulardan eng mashhurlari vafot etgan. Kimligini aytsam, javobni topib qo'yasiz. Ulardan biri futbolchi Frank Riberi.Xnimaligini maksimal aniqlikda ayting. 
Javob : E'tiqod 
Savol : Ozodalikni qishloq aholisidan o'rgansa bo'ladi. Qadimdan qishloq aholisi axlatxonalarni turli nomlar bilan atagan: axlatxona, chiqindixona, padimxona va Xxona.Hozir ham ko'p joylarda bu nom saqlanib qolgan.Xxona deb atalishiga u yerdagi bir holat sababchi bo'lgan. Qishloqdagi ozodalikni hisobga olib, Xxona nima ekanligini ayting 
Javob : Kulxona 
Izoh : Qishloq aholisi axlatlarni axlatxonada saqlamay, yoqib yuborishgan. U yerda doimiy kul bo'lganligi sababli ham kulxona deyishgan
Savol : Manbalarda keltirilishicha, u yerga odamlar "tushib qolish"ining asosiy sababi mehrga muhtojlik ekan. Bukgakovning "Usta va Margarita" asarida esa, Margarita ustadan:-Hozir qayerdan keldinggiz, deganda,-Hasrat uyidan, deb javob bergan.Qayer nazarda tutilyapdi? 
Javob : Jinnixona 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida Volandning mushugi karavot tagidan galstuk va marjon taqib chiqadi.Shunda Voland unga:-Nega galstuk taqding, egningda ishtoning bo'lmasa? - desa,Mushuk:-Mushuk hech qachon ishton kiymaydi, balki menga "Xni kiy" deb ham aytarsiz. Lekin u faqat ertaklarda bo'ladi deydi.X nima? 
Javob : Etik 
Izoh : "Etik kiygan mushuk" ertagi
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida afsungar Voland bal uyishtirganda, Korovyov Margaritaga bir kishini tanishtiradi:-Dunyodagi eng antiqa erkaklardan biri, qalbaki pul yasashda tengi yo'q davlat jinoyatchisi, qirolning zavjasini zaharlab o'ldirib, dovrug' qozongan.Shu ma'lumotlarga tayanib, aytingchi, uning asl kasbi nima? 
Javob : Kimyogar 
Savol : A.Navoiyda shunday fikrlar bor:"X bergan odobni ota-onang berolmas,Dili so'qir Xdan odob nurin ololmas".X nima? 
Javob : Kitob 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida "roman ichidagi roman" deb ataluvchi, usta tomonidan yozilgan Pontiy Pilat haqidagi romanni usta yoqib yuborgach, bir qancha vaqtdan keyin Voland romanni hammasini ustaning qo'liga tutgach, mashhur iborani aytadi.Qaysi ibora? 
Javob : Qo'lyozmalar yonmaydi. 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida asar qahramoni Ustada shunday gap bor:-X yo'q ekan, demak, odam ham yo'q. Mana, aynan men yo'qman, chunki menda X yo'q.Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki, hozirda kimdadir X yo'q bo'lsa, jarimaga tortilib, jazolanadi.X nima? 
Javob : Hujjat 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida Volandning yordamchisi Begemot laqabli mushuk Nikolay Ivanovichka xotini va militsiyaga ko'rsatish uchun guvohnoma yozib berganda Guvohnomaga Xni kiritmaydi. Xni kiritishni N.Ivanovich talab qilganda, Begemot:-X qo'yilgan hujjat o'z kuchini yo'qotadi, shuning u-n biz X qo'ymaymiz deydi. Haqiqatdan ham, birginia X tufayli hujjatlar yaroqsiz holga kirishi mumkin. X nima? 
Javob : Sana 
Izoh : Sanasi eskirgan hujjat yaroqsiz hisoblanadi
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida yog'ni to'kib yuborib, Berliozning o'limiga sababchi bo'lgan ayol - Annushkaga asarda berilgan ta'rifni tinglang:-Uni og'ir sumka ko'targan holda goh neft do'konida, goh bozorda, yo bo'lmasam uy bostirmasi ostida, zinada uchratish mumkin edi.Annushka paydo bo'lgan hamma yerda o'sha zahotiyoq, albatta janjal ko'tarilardi.Unga odamlar qanday laqab qo'yishgandi? 
Javob : O'lat 
Savol : Alisher Navoiy unga:"Go'zal so'zlovchilarning boshidagi toji, haqiqat ganji tojining gavhari, fazilat koni javharining saqlovchisi, yetuklik dengizining qimmatbaho duri bo'lgan ganjalik ma'noli so'zlar ijodkorining o'y fikri mezoni" deb ta'rif bergan.U nima? 
Javob : "Hamsa" dostoni 
Savol : A.Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonidaFarhodga atab otasi to'rt faslga moslab, to'rtta qasr qurdiradi. Qishga atab - oq rang, yozga atab - yashil, kuzga atab - za'faron ya'ni sariq bo'lgan.Bahorga atab Xrang deyilgan. U muayyan rang emas, bahorning bir "detal"iga moslangan rang, u rangni o'qigach, siz o'ziz xohlagan rangda tasavvur qilasiz.Aytingchi, bahorga atalgan qasr qanday rang deb tasvirlangan? 
Javob : Gulrang 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida qatl oldidan Ha-Notsri atrofga tinimsiz alanglaydi - do'stini kelib qutqarishidan umidvor edi. Qatl oldidan hatto suv ham ichmaydi. Lekin bir so'z aytadi: "Odamzodga mansub illatlar ichida eng marazi Xdir"X nima? 
Javob : Qo'rqoqlik 
Savol : Bolalar u-n yozilgan she'rni tinglang: X kirdi kinogaO'xshab Buratinoga,Hamma joylar edi band,Qilib dedi nopisand:-Menga qara, hoy, laylak,Yeganmisan hech kaltak?Qani, turchi o'rningdan,Yee, o'rgildim burningdan. Mantiqan o'ylab aytingchi,ushbu she'rdagi X nima? 
Javob : Qarg'a 
Savol : Zamondosh yosh shoirimiz - Shohrux Najot qalamiga mansub "Ta'rif" she'rini tinglang: Yuzi qora,qalbi ham shunday,Umri uzoq bir tirik murda.La'natlangan yashaydi o'lmay ,Asli yurak o'lgandir unda. Dunyo kezar daydi itdayin,Akillashi buzar olamni.Yana qanday ta'rif qilayin?!Xni. Ushbu she'rda qanday insonlarga ta'rif berilgan? 
Javob : Vatandan kechgan insonlar 
Savol : Yaponlarda shunday gap yuradi:-G'ururga berilgan X imkoniyatni qo'ldan beradi. X? 
Javob : Samuray 
Savol : O'.Hoshimov bu faslni o'lim to'shagida yotgan bemorga o'xshatgan. Qaysi fasl? 
Javob : Kuz 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida Volandni juda ham yomon ko'ruvchi Leviy Matvey Voland huzuriga borib, salom bermasdan gap boshlaydi. Shunda Voland unga:-Baski, huzurimga kelgan ekansan, nega menga salom bermading, deydi qahr bilan.Shunda L.Matvey unga:-Chunki...Gapni davom ettiring. 
Javob : ChUNKI SENI SALOMAT BO'LISHINGNI XOHLAMAYMAN 
Savol : O'.Hoshimov bir asarida uni kuzda ko'rib, "motam libosini kiygan" deya ta'riflagan. U nima? 
Javob : Bulut 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida Korovyov va Begemot bir restoranga borishganida restoran qo'riqchisi ularning juldur kiyimiga boqib, ularga:-Sizlar restoranga kirmanglar, chunki sizlarda valyuta yo'q, biz valyutaga savdo qilamiz deydi.Shunda ular:-Kiygan kiyimimizga qarab shunday deyapsizmi? Aslo, unday qilmang, juda katta xatoga yo'l qo'ydinggiz.Hech bo'lmasa, mashhur Xning kechmishlariga qayta ko'z yugurtirib chiqing, deb javob beradi.X kim? 
Javob : XALIFA XORUN AR-RASHID 
Savol : Bandasiga atagan dardi ham ko'p ekan-da!O'.Hoshimov asari qahramoni Qurbonoy xola betob bo'lib, kasalxonaga tushib qoldi. Dardi qanday ekanligini eshitib shunday dedi:-Qanday qilib, axir men uni atayin yemadimku!Qurbonoy xola qanday kasallikka chalingan edi? 
Javob : BUYRAGIGA TOSH YIG'ILGAN BO'LADI 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margaritasida asar nihoyasida usta bilan Margaritani Azazello uchar otlarda olib ketadigan joyida bir oshpaz ayol ularni ko'rib cho'qinmoqchi bo'ladi. Shunda Azazello o'tirgan joyidan unga dag'dag'a qiladi:-Naqd qo'lingni kesib tashlayman.Siz ushbu dag'dag'aning sababini ayting. 
Javob : Azazello shayton edi 
Izoh : Agar oshpaz ayol cho'qinganda Azazello yoq bb qolardi
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida tabiatga berilgan ajoyib ta'rifni tinglang:Momaqaldiroq dag'dag'asidan asar ham qolmadi, bu mahal butun Moskva uzra ko'tarilgan X Moskva daryosidan suv ichardi. X nima? 
Javob : KAMALAK 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita"si tarkibidagi "Roman ichidagi roman" hisoblanuvchi Pontiy Pilat haqidagi romanda "Qo'rqoqlik yomon illat" degan aforizm bir necha bora takrorlangan. Lekin Pilatning Banga laqabli dovyurak ko'ppagi hech narsadan qo'rqmaydi, faqat Xdan boshqa. X nima? 
Javob : MOMAQALDIROQ 
Savol : Poytaxt Moskvaning aql bovar qilmaydigan mish-mishlardan xuddi X kabi g'uvillagani va bu mish-mishlar eng chekka go'shalargacha yetib borganini M.Bulgakov o'zining "Usta va Margarita"sida ajoyib tasvirlagan. Endi siz X o'rniga 4ta so'z qo'yib asar jozibasini tasdiqlab bering. 
Javob : ARI INIGA CHO'P SUQQANDEK 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asari nihoyasida Voland va uning sheriklari shaharni tark etgach, shaharda katta tergov boshlanadi. Natijada, X rangdagi bu hayvonlarga qirg'in keladi. Odamzodga ham vafodor, ham foydali bo'lgan bu yuvosh jonzodlarning taxminan 100ga yaqini mamlakatning turli yerida otib tashlanadi.Bu qaysi hayvon va uning rangi qanday? 
Javob : QORA MUSHUKLAR 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida ommaviy qora mushuklarni tutish boshlanganda bir kishi ko'chada bexosdan qora mushukni tutib olib, uning oyoqlarini bog'lashda Xdan foydalangan. X nima? 
Javob : GALSTUK 
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asarida Voland shaharni tark etgach anchagacha cho'zilgan tergov jarayonida mushuklar bn birgalikda bir qancha odamlar ham jabr chekib, qisqa muddatga qamalib chiqqan. Qamalganlar ism yoki familiyalarining bosh uch harfi bir xil. Ular nega qamalishgan? 
Javob : ULARNI VOLAND DEB SHUBHA QILISHGAN 
Izoh : Volman, Volper, Volodin, Volox
Savol : M.Bulgakovning "Usta va Margarita" asari bosh qahramoni usta asarda uchta nom bilan tilga olinadi: 1.O'z ismi;2.Usta - laqabi;Uchinchisi ham laqab bo'lib, unga bu nomni jinnixonada birga yotgan hamrohi Ivanushka qo'ygan edi. Savol shundayki, siz laqabi nima ekanligini esmas, nimaga asoslanib, unga laqab qo'yganini ayting. 
Javob : Jinnixonadagi palata raqamiga qarab 
Izoh : 118-palata. Laqab: Bir yuz-u o'n sakkizinchi
Savol : O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin" romanida Mingbuloq qishlog'i manzaralari ajoyib tasvirlangan. Masalan, tunda: "Osmon to'la yulduz. Olmazor hisobsiz kumush sirg'a taqqan edi" Savol, muallif hisobsiz kumush sirg'a deganda nimani nazarda tutgan? 
Javob : OY NURINI 
Savol : O'.Umarbekovning mashhur bir asari qahramoni Abdulla Leningrad yadro-fizika instituti talabasi: "Hamma qonunlarning asosi bor. Bu - X" deb o'ylab qoladi. Hatto, Lomonosovning "Xdan yuksak qonun yo'q" degan so'zini eslaydi. Xnima? 
Javob : HAYOT 
Savol : O'zbek tili lug'atida taxminan, "Ag..." harflari bn boshlanuvchi so'zlar orasida, aytish mumkinki, "agar" so'zidan boshqa so'zlar Xdir. X? 
Javob : O'ZLASHGAN SO'ZLAR 
Savol : O'zbek Xalq maqolini to'ldiring:"Bir Xga sig'gan bolalar bir hovliga sig'maydi..."X? 
Javob : QORIN 
Savol : Xlar qayg'uli jimlik hukmida o'limlarini kutadilar. Kuz o'zining sovuq nafasi bn ularninng peshonalaridan bir-bir o'pib, aldabgina jonini oladi-da, qabrlar uzra to'shaydi. X nima? 
Javob : DARAXT BARGLARI 
Savol : T.Malikning mashhur bir asarida militsiya xodimi va beshikchi ustaning suhbatini tinglang:Militsiya xodimi:-Agar sizning bozoringgiz kasod bo'lsa, boshqa hunar qilasiz. Ular boshqa hunar qila olishmaydi. Chunki ularning "bozori" hech qachon kasod bo'lmaydi.Muallif ular deb kimni nazarda tutgan? 
Javob : O'G'RILAR 
Savol : T.Malikning bir asar qahramoni To'lqinning otasi aynan shu fan olimi edi. U o'z sohasini odamlarga foyda keltirishini xohlardi va shunday gap aytgan joyi bor:X odamzodni ezuvchi dushman emas, og'irini yengil qiluvchi do'sti bo'lishi kerak. X? 
Javob : KIMYO 
Savol : Ko'pchilikning fikricha, bu so'zning bosh harf bilan yozilishini inglizlarning manmanligi uchun deb hisoblashisharkan. Aslo unday emas. XI asrgacha bu so'z inglizlarda "ic", nemis tilida esa "ich", deb yozilgan. Keyinchalik bu so'zda "yo'qotish" ro'y bergan. Boshqa so'zlarga qo'shilib, bilinmay ketmasligi uchun bosh harf bn yozila boshlangan. Qaysi so'z? 
Javob : I - men 
Savol : Xalqimiz kulguni, hazilni yaxshi ko'radi. O'.Hoshimov: "Agar radioda "Tabassum" yangrasa, televizorda "Miniatura"lar ko'rsatilsa, odamlar hamma ishlarini yig'ishtirib qo'yadi" degan. Yana X kirib bormagan xonadon yo'q. X? 
Javob : "MUSHTUM" 
Savol : Doro I ning turli xotinlaridan 10lab og'il farzandlari bo'lgan. Shox o'z valiahdi etib Kserks ismli farzandini tayinlaydi. Ammo Kserks uning to'ng'ich farzandi emasdi. Diqqat savol. Nega aynan Kserksni valiahd bo'lgan? 
Javob : U Doroning shox bo'lgandan keyin tug'ilgan 1-o'g'li edi 
Savol : "Mstiteli-tuganmaslik qo'lqopi" komiksida Kapitan Amerikaning eng kuchli dushmanlaridan biri bir zarba bilan BU ISHNI QILADI. Shakil O'Nil o'zining professional faoliyati davomida 3marta BU ISHNI QILGAN. diqqat savol BU ISHNI QILISH-? 
Javob : Qalqonni sindirish 
Izoh : Kapitan amerikaning kuchli himoya qalqoni (shit) har qanday zarbaga bardosh berardi. Shakil O'Nil esa basketbol shitini sindiradi.
Savol : Turk hukmdorlaridan biri keyinchalik ichki nizolar, taxt uchun kurashlar ro'y bermasligi uchun o'z farzandlaridan biriga BU ISHNI QILISHga ruxsat beradi. Diqqat savol. 1-bo'lib BU ISHNI QILGAN odamni ayting. 
Javob : Qobil 
Izoh : Hukmdor o'z o"g'liga ukasini o'ldirishga ruxsat beradi. O'z ukasini 1-bo'lib o'ldirgan esa albatta Odam Atoning farzandi Qobil edi.
Savol : "Nissan G-TR" va "Lamborghini Egista" 100 km/soat tezlikka 2,4 sekundda erishadi. "Bugatti Veyron" hamda "Ferrari FXX" esa bunday tezlikka 2,5 sekundda erishadi. "U" esa 75 km/soat tezlikka 2 sekundda erishadi. Diqqat savol. "U"ni ayting. 
Javob : Gepard 
Savol : Pxenyanda barpo etilgan "G'alaba arkasi" Kim Ir Sen tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab qurilgandi. Ushbu arka 25500ta sement bloklardan iborat edi. Diqqat savol. Nega aynan 25500ta blok? 
Javob : Ushbu son Kim Ir Senning shu kungacha yashagan kunlarining miqdori edi. 
Savol : Hammaga ma'lumki, Roma klubi yetakchisi Franchesko Totti muhlislarning eng sevimli va erkatoy futbolchisi hisoblanadi. Uning faoliyatida ham o'sish va pasayishlar bo'lgan. Ammo shunday paytlarda ham muhlislar uni qo'llab quvvatlardi. Bir gal u penalti tepishdan adashganda ham muhlislar uni qo'llab quvvatlash maqsadida "U adashdi" deb aytishadi va bu bilan o'z seviklilariga bo'lgan hurmatlarini ifodalashadi. Aytish kerakki, "U" bir ingliz asari personaji hisoblanadi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Akela 
Izoh : Roma klubining laqabi-bo'rilar ekani ma'lum. "Maugli" asarida bo'rilar yetakchisi Akela edi.
Savol : 1933-yilgi Millatlar ligasi kanferensiyasi chog'ida Alfred Eyzenshtad Gebbelsning oldiga yaqinlashdi hamda unga qarab "Bilasizmi, men yevreyman" dedi. Diqqat savol. Eyzenshtadning kasbi nima? 
Javob : Fotograf 
Izoh : Shu orqali u Gebbelsning hayratlangan yuzini suratga oladi
Savol : Jon Tolkin Janubiy Afrikada tug'ilgan. Yoshligi judayam issiq ob-havo sharoitlarida o'tgan. Hayotidagi birinchi "U" esa evkalipt daraxti bo'lgan. Diqqat savol. "U"ni 3ta so'z bilan ayting. 
Javob : Yangi yil archasi 
Savol : "Aql evolutsiyasi"asarida takidlanishicha "U" ritmik musiqaning butun insoniyat sivilizatsiyasida san'atning ajrlamas bir qismi ekanining sababi ekan. Diqqat savol. "U"ni ayting. 
Javob : Onaning yurak urushi 
Izoh : Homiladorlik paytidagi onaning yurak urushi ritmik musiqaning shunday etirofiga sabab bo'lgan
Savol : Mashxur Italiyalikning 2015-yilda bergan intervyusida u jahon darajasidagi ijrochilarsiz yaxshi natijaga erishib bo'lmasligini ta'kidlaydi. Diqqat savol. O'sha italiyalik kim? 
Javob : Klaudio Ranieri 
Izoh : Biroz muddat o'tgach u Angliya chempioni bo'ldi. O'sha paytda jamoasida hech qanday jahon darajasidagi ijrochi yo'q edi)
Savol : Bir miniatyurada sug'urta agentining noodatiy konsultatsiyasi haqida gap boradi. Unda sug'urta agenti o'z mijozida "ALFA" juda ham qisqa ekanligini ta'kidlaydi. Diqqat savol. ALFA-? 
Javob : Hayot chizig'i. 
Izoh : U konsultatsiya vaqtida xiromantlik bilan shug'ullangan.
Savol : Die Antword guruhi o"zining 1-albomini 2009-yilda SOS degan nom bilan chiqaradi hamda internetga bepul yuklab olish imkoni bilan joylaydi. Diqqat savol. Albom nomi internetga qay tarzda qo'yilganini yozib bering. 
Javob : $0$ 
Izoh : Tekin ekanligiga yana bir ifoda
Savol : XVIII asrda bir necha ming italiyaliklar "pontikul" va "lentikul"ning omadsiz egasiga aylandilar. Diqqat savol. Bu odamlarga nima bo'lgandi? 
Javob : Ular tif bilan kasallangandi 
Izoh : Bu esa "tiffozi" atamasi paydo bo'lishiga sabab bo'lgan deyishadi)
Savol : 1908-yil rus ofitserlari 13 kunga kechikishadi. Diqqat savol. Qayerga? 
Javob : Londondagi olimpiada o'yinlariga 
Izoh : Rossiya kalendari hamon 13 kun orqada edi)
Savol : Amerikadagi eng quruq cho'llardan birida joylashgan Kitt-Pik tog'i yaqinida bir necha tablitsalardagi quyidagicha yozuvni ko'rish mumkin:"Iltimos, tinchlik saqlang. Kunduzi ULAR dam olishadi"Diqqat savol. Kimlar? 
Javob : Astronomlar 
Izoh : Bu joy osmon jismlarini o'rganish uchun eng qulay joy hisoblanadi
Savol : Franklin Delano Ruzvelt gap boshlash usulidagi ikki xil kirish qism haqidagi shunday degandi:"Mening o'ylashimcha" deb boshlangan fikr bilan baxslashish mumkin. Ammo "SHUNDAY" boshlangan fikr bilan baxslashish befoyda. Diqqat savol. Qanday? 
Javob : Prezidentning o'ylashicha 
Savol : 1960-yillarda UNDA paydo bo'lishi mumkinlar haqida quyidagicha yozilmagan qoida mavjud edi:"Uyda 2ta, mehmonda 3ta, yutqizayotganingda 4ta" Diqqat savol. UNDA deganda nazarda tutilganmi ayting 
Javob : NBAda 
Izoh : O'yin 5ligidagi afroamerikaliklar haqidagi yozilmagan qoida edi bu. O'sha paytlarda hali ham irqchilik belgilari mavjud edi
Savol : Jonatan Franzen o'zining yangi romanini boshlash uchun uzoq harakatlardan so'ng dam olishga qaror qiladi. Shu maqsadda u Aleksandr sharafiga nomlangan orolga boradi. Ammo keyinchalik u yerda hatto 4kun ham qolib bo'lmasligini ta'kidlaydi. Diqqat savol. Yuqorida ta'kidlangan Aleksandrning familiyasini ayting. 
Javob : Selkrik 
Izoh : Bu o'sha mashxur Robinzon Kruzoning prototipi bo'lgan shaxs edi
Savol : "...-san" yapon ismlariga qo'shiladigan suffiks. Masai Takuxiro mangalari qahramonlaridan biri jungli o'rmonlari qiroli edi. Diqqat savol. Uning ismi nima bo'lgan? 
Javob : Tar (Taru) 
Izoh : Tar-san Tarzanga qiyos edi
Savol : Tibilisidagi Uspenskiy sobori chaqmoq chaqishi natijasida yonib ketadi. Keyinchalik musulmon hukmdor Vaxtang V ushbu soborni qayta tiklaydi hamda "SHUNDAY" omborga aylantiradi. Diqqat savol. Qanday? 
Javob : Porox ombori 
Izoh : Bir marta chaqmoq urgan joyga ikkinchi marta chaqmoq tushmaydi. Shu sababli u yerda bemalol poroxni saqlash mumkin
Savol : Shveytsariyada uning bajaradigan odatiy funksiyasini ko'proq mantiqiyroq bo'lgan kakku qushi bajaradi. Diqqat savol. Nimaning? 
Javob : Pasxa quyonining 
Izoh : Kakku qushining uyalarga tuxumlarni tashlab ketishi mantiqiyroq
Savol : Bir komediya filmda Asperger sindromi bilan kasallangan kishi katta mukofot olad6i. U shunda o'zining e'tirofi bilan aytganda, "Endi esa o'zim qachonlardir ko'rgan odamlarga teskari ketma-ketlikda minnatdorchilik bildirmoqchiman" deydi. Diqqat savol. U o'zining uzoq nutqi so'nggida kimga minnatdorchilik bildirganini ayting. 
Javob : Akusherkasiga 
Izoh : Tug'ilgan paytda birinchi kimni ko'rganini ham eslolgan. Asperger sindromi bilan kasallanganlar uzoq vaqt eslab qolishlari bilan mashxur
Savol : Har bir diktator o'zi hokimiyatga kelgach qaysidir kunni o'zining sharafiga umumxalq bayrami deb e'lon qiladi. Diqqat savol. Syerre-Leone sobiq diktatori Valentin Strasser qaysi kunni umumxalq bayrami deb e'lon qilganini ayting. (Sana aniq aytilsin yoki kun nomi. Masalan, "Bolalar bayrami kuni" kabi) 
Javob : 14-fevral. (Avliyo Valentin kuni) 
Izoh : Bejizga uning ismi aytib o'tilmagandi. Valentin uchun eng munosib kun 14-fevral. Ma'lumot uchun, boshqa diktatorlar odatda tug'ilgab kunini umumxalq bayrami deb e'lon qilarkan.
Savol : Rugter Hauer yoshligini Masterdamda o'tkazgan. U 11 yoshidayoq "Ayaks"da debyut qilgan. U bungacha ham bir necha marta "maydonga" chiqqan, umuman 5 yoshidan beri "maydon"da edi. Diqqat savol. Yuqoridagi gapda almashtirilgan so'zni ayting. 
Javob : Sahna 
Izoh : U 5 yoshdan boshlab teatrda rol o'ynardi. 11 yoshida esa Sofoklning "Ayaks" asari sahnalashtirilganda rol o'ynagan. Umuman yuqoridagi gapda fikr umuman futbol haqida emas, teatr haqida edi.
Savol : "Deer Avenger 4" komyuter o'yini bosh qahramonlaridan biri faqat nayza bilan qurollangan holda dushmanlari bilan bir o'zi kurashardi. Ushbu qahramonning ismi (o'yin nomini esdan chiqarmagan holda) o'ziga o'xshash mashxur personaj nomidan 1 harfga, bir o'zi dushmanlariga qarshi kurashishidan kelib chiqqan holda, boshqa bir mashxur personaj nomidan 1harfga farqlanardi. Diqqat savol. O'sha o'yin qahramonining ismini ayting. 
Javob : Bembo 
Izoh : Deer inglizchada kiyik degani. Eng mashxur personaj kiyik esa Bembi edi. Boshqa tomondan o'yin qahramoni huddi Rembo kabi bir o'zi dushmanlarni yer tishlatardi.
Savol : 1900-yil 31-martda Otto Sverdrupning Grenlandiyadagi 4 yillik izlanishlaridan biridagi sayohat davomida sayyohlardan biri unutib qoldirilgan bir shisha konyakni topib oladi. Albatta kanyak o'sha kuni esdan chiqarib tashlab ketilgandi. Ammo ushbu kanyakni icha olishmaydi. Shu tufayli "SHUNDAY QILISHGA" majbur bo'lishadi. Diqqat savol. Ular nima qiladi? 
Javob : Yeb qo'yishadi) 
Izoh : Konyak sovuq havo tufayli muzlab qolgandi
Savol : Mayalarda Bakaba degan mifologik mahluqlar bo'lgan. Ular dunyoning to'rt chetida turishi haqida shu miflarda aytib o'tilgan. Diqqat savol. Ular bilan o'xshash funksiyani bajargan grek mifologik qahramonini ayting. 
Javob : Atlas 
Izoh : Bakabalar osmonni ko'tarib turganlar. Atlas esa shu holatda yerni ushlab turgan
Savol : Aytishlaricha avvaldan barcha YELKANLARning rangi ALVON (qizil) bo'lgan. Ammo keyinchalik ulardan biri yomon xabar keltirgani uchun Afinaning buyrug'i bilan o'zgartirilgan. Diqqat savol. Yuqoridagi gapda YELKAN va ALVON so'zlari bilan almashtirilgan so'zlarni toping. 
Javob : Qarg'a va oq 
Izoh : Avval hamma qarg'alar oq rangda bo'lgan. Afinani buyrug'i bilan ular qora rangga bo'yalgan. Shuningdek, oq qarg'a ham huddi alvon yelkanlardek kamdan kam uchraydigan narsadir
Savol : Tarixiy faktlarga ishonadigan bo`lsak ushbu Shotlandiyalik hech nima qurmagan va hech nima ekmagan ekan. U o`zi haqida gapirganda ko`pirtirmasdan, boricha hikoya qilgan. Ammo 1719-yildan so`ng uning hikoyasi voqealarga boy va qiziqarli bo`lib qoladi. SAVOL: Bu shotlandni toping. 
Javob : Aleksandr Selkirk 
Izoh : Bu Robinzon Kruzo prototipi. 1719-yilda assr chop etilgach Selkirk ham voqealarni asardagidek qilib gapirishni boshlagan.
Savol : XIX asrda Janubiy Afrikada uy parrandalarini boqish daromadli ish hisoblangan. Agar omad kelsa nafaqat tuxum, pat yoki go`shtdan, balki boshqa yo`l bilan ham boyish mumkin bo`lgan. Balkim mashxur yozuvchi bir hikoyasini yozishda shundan ilhomlangan bo`lishi mumkin. SAVOL: O`sha yozuvchini toping. 
Javob : Konan Doyl 
Izoh : Moviy Karbunkul
Savol : Soyfa Tolstaya eslashicha unga va singlisi Lizaga fransuz tilini ancha qarib qolgan universitet professori o`rgatgan ekan. sofyaning Lev Nikolayevichga turmushga chiqayotganidan xabar topgan professor "Ex attang, Liza emas ekanda" degan ekan. SAVOL: Professor nega bunday degan? 
Javob : Liza yaxshiroq o'qigan 
Savol : Lev Tolstoy xatidan iqtibos: "Sizga ushbu xatni [...] yozyabman. Shu boisdan ham xatim sizga ahmoqona bolib tuyulsa meni tushunasiz degan umiddamnan." Shu kunning ertasiga yozilgan xatning davomidan iqtibos: "... xatni odatiy yol bilan davom ettirishga qaror qildim". Xatning birinchi qismidagi noqulaliklar bir mashxurning Tolstoyga qilgan sovgasi tufayli yuzaga keladi. SAVOL: Osha mashxurni toping. 
Javob : Edison 
Izoh : Fonograf
Savol : Ma`lum hollarda yaponlar bamuk o`rmoni va yashil maymunni esga olishadi. Xitoylik esa bunday holda bizga tanish iborani esga oladi. SAVOL: O`sha iborani toping. 
Javob : Qorong'u xonadan qora mushukni topish 
Savol : Boshqa ko`plab kaltakesaklardan farqli o`laroq gekkonlar ovoz chiqara olishadi. Ular pishshilashi, baqirishi yoki chigirtkadek sayrashi mumkin. SAVOL: Gekkonning osiyoda keng tarqalgan turi asosan qanday ovoz chiqarishini toping 
Javob : Gekkon 
Izoh : Kaltakesak taqlid so'zdan o'z nomini olgan.
Savol : 1888-yilning yomg`irli tongida bir inson yomg`irdan qochib Augsburg shahri muzeyiga kirib qoladi. Uning e`tiborini 1833-yilda yasalgan shishadan ishlangan shprits shaklidagi yondirgich tortadi. SAVOL: Bu inson familiyasini toping 
Javob : Dizel 
Izoh : Shundan so'ng ichki yonuv dvigatelini ixtiro qilgan
Savol : Bolqon yarimorolidagi xalqlar asrlar davomida qirollarini ham dinlarini ham tez-tez almashtirishgan. Natijada kim qaysi millatga tegishli ekanligini aniqlash juda qiyin. Shundan bo`lsa kerak Sloveniyada hali ham "Kim BU ISHNI bir o`zi qilsa yoki o`gri, yoki bastard[gibrid degani] bo`ladi" degan o`ziga xos maqol bor. Boshqa bir shaharning yosh fuqarosi bu ishni bir o`zi qilgani uchun ham mashxurlikka erishgan. SAVOL: o`sha bolakay qaysi shaharlik edi? 
Javob : Bryussel 
Izoh : Choptirayotgan bola haykali
Savol : Yupiter atmosferasi eng yengil gaz bolgan vodoroddan tashkil topgan. Artur Klarkning fantastik asari qahramoni dirijabldan yupiter boylab sayohat qiladi. SAVOL: Dirijabl nima bilan to`ldirilgan edi? 
Javob : Qizdirilgan vodorod 
Savol : 1993-yilning bahorida "Xitoy yoshlar gazetasi"da Xitoy hukumati fan nomzodlari va fan doktorlariga nittadan ortiq farzand ko`rishga ruxsat bergani haqida xabar chop etiladi. Gazetada ta`kidlanishicha bundan maqsad davlatning ilmiy salohiyatini yanada oshirish ekan. Tez orada esa Xitoy ma`muriyati g`arbga xos bir an`anani jiddiy tanqid ostiga oladi. SAVOL: O`sha an`anani toping. 
Javob : 1-aprelni nishonlash 
Savol : Mashxur minyaturachi Eduard Kazaryan balandligi 1.5 mm ga teng traktor modelini yaratdi. Ijodkor monument postamenti sifatida bug`doy donidan foydalangan. Ammo afsuski ko`rgazma vaqtida monument postamentdan tushib ketgan. SAVOL: Buning sababini toping. 
Javob : Bug'doy o'sib chiqqan 
Savol : Nemis matematigi Feliks Kleyn ko`plab ommabop maqolalar va kirtoblar muallifi. U maktablarda matematikani o`rgatishni yanada rivojlantirish haqida gapirar ekan eng avvalu ushbu bo`linishni yo`q qilish kerakligini aytadi. SAVOL: Kleyn nimani nazarda tutgan. 
Javob : Algebra va geometriya 
Savol : Nil Armstrong va Edvin Oldrin oyga safarlari vaqtida oydagi tektonik o`zgarishlarni o`rganish uchun seysmometr o`rnatishadi. Seysmometr yoqilishi bilan u yerga oy qimirlashi haqida xabarlarni uzata boshlaydi. SAVOL: Oy qimirlashiga nima sabab bo`lgan edi? 
Javob : Astronavtlar qadamlari 
Savol : UNING muqobillari o`zbeklardan tashqari qoraqalpoqlar, osetinlar, mariylar va belaruslarda ham bor ekan. Belarussiyada xatto belarus tilining o`ziga xosligini saqlash maqsadida aynan Polotsk shahrida UNGA haykal ham qo`yilgan. SAVOL: UNI toping. 
Javob : O' harfi 
Izoh : Polotsk shahri nomi ham o'ziga xos ishora edi
Savol : Bir maqolada ushbu o`ziga xos infeksiya haqida qiziqarli ma`lumotlar keltirilgan. U juda tez tarqaladi. Unga qarshi immunitetga ega odamlar odatda ziyraklikdan yiroq, hissiz va o`zga odamlar kechinmalariga bee`tibor bo`lishadi. SAVOL: O`sh infeksiyani toping. 
Javob : Esnash 
Savol : Jozef biografiyasida mutaxasislar fikricha bir voqea ajralib turar ekan. 1866-yilda u Luizianaga ishga kiradi. Ammo u kabi e`lon bo`yicha ishga kirgan ishchilarni Luizianaga yetmasdan yo`lda tashlab ketishadi. Va natijada ular uyga piyoda qaytishga majbur bo`lishgan. Bundan jahli chiqqan Jozef "Westiche Post" gazetasiga tanqidga to`lib toshgan xat yozib yuboradi. Bu xatni xatto nashr ham qilishadi. Ammo o`zining bu maqolasi uchun u hech qanday mukofot olmagan. SAVOL: Jozefning familiyasini toping. 
Javob : Pulitser 
Savol : 1851-yilda yozilgan xatdan parcha: "Men xatto ayol yoki bolakay ham o`z fikrini bildirishi, o`z haq-huquqlari uchun kurashishi kerak bo`lgan davr kelganligini his qilayabman. Bizning davlatimizda bugungi kunda mavjud bo`lgan daxshat va sharmandalik oz vaqtida xatto Rim imperiyasida ham kuzatilmagan. Umid qilamanki yozishni biladigan hech bir ayol bu voqealardan chetda qolmaydi." SAVOL: Xat muallifini toping 
Javob : Gariet Bicher Stoun 
Savol : Atlantadagi bir uy bilan XX asr boshlarida qiziq voqea sodir bo`ladi. Kuchli shamol natijasida uyning tomi ikki marta uchib ketadi. Qizig`i shundaki uy yaqnidagi boshqa binolarda bunday holat kuzatilmagan. SAVOL: Uy egasini toping. 
Javob : Margaret Mitchell 
Izoh : 
Savol : U Fijak shahrida tug`ilgan va Grenoblda tahsil olgan. U kichkinaligida onasi unga cherkov qo`shiqlaridan o`qib berardi. U ibodatni yodlab olgach og`zaki va yozma nutqni solishtirish orqali xat-savodga o`zi mustaqil o`rgandi. SAVOL: Uning familiyasini toping. 
Javob : Jan-Fransua Shampalyon 
Savol : Bir afrika ertagi barchaga yaxshi tanish bir afsonadan biroz farq qiladi. Unda bosh qahramonlar sehrgar va cho`chqa. Bundan tashqari ertak so`ngida cho`chqa o`lmaydi, balki o`ziga xos burunga ega bo`ladi. Qolgan jihatlari bilan ertak bizga tanish afsonadan qariyb farq qilmaydi. SAVOL: Bizga tanish afsonaning bosh qahramonlarini toping. 
Javob : Dedal va Ikar 
Izoh : Cho'chqani qanotlari yonib burni bilan yerga uriladi. Va burni 
Savol : Uning nemischa nomi Nudelholz. Bu so`z ikkita: "lag`mon" va "tayoq" so`zlaridan tashkil topgan. SAVOL: Nudelholz so`zining o`zbekcha muqobilini ayting. 
Javob : O'qlov 
Savol : 1885-yilda Sinod ober-prokurori Pobedonostsev quyidagicha yozadi: "Yangi ko`rgazmada juda yomon kartinaga ko`zim tushdi. Bu hukumat vakillari uchun haqorat. Rassom bu voqeani tasvirlashdan qanday maqsadni ko`zlaganini tushunish qiyin". SAVOL: Gap qaysi kartina haqida ketmoqda? 
Javob : Ivan Grozniy o'g'lini o'ldirishi 
Savol : Qadimgi Rimdagi siyosiy yetakchi Katon Kichkina haqida qiziqarli ma`lumot bor. Fersaldagi jangda mag`lub bo`lgan Katon a`za tutib, qat`iy hayot tarziga o`tishga qaror qiladi. Masalan u BU ISHNI o`tirib qilishni boshlagan. SAVOL: O`sha ishni toping. 
Javob : Ovqatlanish 
Izoh : Rimda aristokratlar yotib ovqatlangan ekan
Savol : Leonid Solovyov "Xo`ja Nasriddin haqida qissa" asarida Buxoro amirligida Bahouddin Naqshband hoki naqadar muqaddas ekanligi haqida yoziladi. Vaqti vaqti bilan Buxoro amiri yalangoyoq, boshini ekkancha, buyuk insonga hurmat bajo keltirib Bahouddin Naqshband qabrini ziyorat qilgan. Uning ortidan esa aroy a`yonlari tinchlikni saqlab borishgan. Faqatgina bir guruh xizmatkorlar uyoqdan buyoqqa zir yugurgancha o`z vazifalarini bajarishgan. SAVOL: Bu xizmatkorlar nima bilan mashg`ul bo`lishgan? 
Javob : Amir poyiga gilam to'shab borishgan 
Savol : Adabiyotshunoslar XIX asrda yozilgan asar va injil syujetlari orasidagi o`xshashlikni ko`p bora ta`kidlashgan. Masalan bosh qahramon Isoga o`xshaydi, u ham qaysidir ma`noda o`lib so`ngra qayta tiriladi, prokuror esa Isoni ushlab bergan prokurator bilan qiyoslangan. SAVOL: Qaysi bizga tanish italiyalik satana (shayton) bilan qiyoslangan? 
Javob : Abbat Fariya 
Savol : Bu turdagi birinchi obyekt 1925-yilda Sent-Luisda qurilgan. U ispan uylari uslubida qurilgan edi. Faqatgina molxona va otxona o`rniga avtoturargoh qurilgan. SAVOL: Qaysi turdagi obyekt haqida gap ketmoqda? 
Javob : Motel 
Savol : Ikkita ro`yxatni ishiting. Birinchisi: o`lim, yolg`izlik, yaqinlarini yo`qotish, balandlik, qorong`ulik. Ikkinchisi: yadro urushi, ekologik halokat, genetik mutatsiya va epidemiyalar, apokalipsis, o`zga sayyoraliklar hujumi. Bu YUNESKO talqini bo`yicha BIRINCHI va IKKINCHINING asosiy qo`rquvlari ekan. SAVOL: BIRINCHI va IKKINCHINI to`g`ri ketma-ketlikda ayting 
Javob : Odam va odamzot 
Savol : 1964-yilda Avstriyadagi bir shahar ma`muriyati stadion yonida maktab o`quvchisi tasvirlangan haykal qo`yishga qaror qiladi. O`quvchining partfeli vaqti vaqti bilan IKS bilan to`ldirib turilishi kerak edi. SAVOL: Gap qaysi shahar haqida ketayotganini topgan bo`lsangiz IKSNI ayting. 
Javob : Qor 
Izoh : Insburgdagi olimpiada un maktab bolalari qor tashishgan. Portfeldagi qor erigach yangilab turilgan.
Savol : Mishle shunday yozadi: "U jirkach qovoqxonalarni yo`q qildi. Bu qovoqxonalarda Lyudovik XIV vaqtida yoshlar o`zining oltin davrini may va yomon insonlar qurshovida o`tqazardi. U tufayli endi tunlari mast qiyqiriqlar kamroq eshitilayabdi." Yordam berib shuni aytishim mumkinki U sizga tanish infeksiyaga davo bo`la oladi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Kofe 
Izoh : Birinchi savol esnash haqida edi. Oxirgisi kofe
Savol : Pavel Taranov fikricha eramizdan oldingi 323-yilda Aristotel Afina shahri aholisini falsafaga qarshi daxshatli jinoyat qilishdan asrab qolgan ekan. SAVOL: Qanday qilib? 
Javob : Afinadan qochib 
Savol : Ssenariyga ko`ra bu epizodda qum va qamchidan foydalanish kerak edi. Ammo bu rejissyorlarni qoniqtirmaydi. Shundan so`ng qahramonlar qo`l ostida bo`lgan ip g`altagi va ignalardan foydalanib ko`rishadi. Bu urinish ham omadsiz chiqadi. Tushlik vaqtida esa asistentlardan biri stolga UNI olib kelib qo`yadi. Shundan so`ng filmdagi mashxur sahna paydo bo`lgan ekan. SAVOL: UNI toping 
Javob : Kartoshka 
Izoh : Shundan so'ng Chapayev haqidagi filmdagi mashxur sahna yuzaga kelgan
Savol : Amerikalik jurnalist Albert Eynshteynga savol beradi: "Fikringizcha pivo va aroq o`rtasidagi farq nimada?". Eynshteyn javob qiladi: "Agar sizga buni tushuntirish uchun menda pivo bo`lganida siz buni tushunib olishingiz uchun aroq kerak bo`lgan bo`lardi". SAVOL: Piva va aroq so`zlari bilan qaysi so`zlar almashtirilgan? 
Javob : Vaqt va abadiyat 
Savol : Viktor Pelevinning "Chapayev va bo`shliq" romanidan iqtibos: "Turli usullar mavjud. Birinchisi gorizontal. Bu judayam oddiy. Ikkinchisi vertikal. U asosan chekka provinsiyalarda ishlatiladi. Xoch shaklidagi usul ham mavjud. Hozirda aynan shu usul modada." SAVOL: Ushbu monologni qaysi davlat vakili gapirayotganini toping. 
Javob : Yaponiya 
Izoh : Harakiri
Savol : U Gelmgoltsning shogirdi bo`lgan. Aynan Gelmgolts UNGA inson ovoz apparatini o`rganishni maslahat bergan. 1872-yilda U surdotarjimonlar maktabini ochadi. U butkul kar odamlarni ham gapirishga o`rgatish mumkinligiga ishongan. SAVOL: UNING yordamchisining familiyasini toping. 
Javob : Vatson 
Izoh : Bell telefon yaratgach yordamchisiga telefon qilib "Vatson, oldimga kiring. Yordamingiz kerak" degan ekan
Savol : Janubiy Amerikada mahalliy ma`bud hisoblangan Umoskorpakortsuakotlning haykalchasi topildi. Qadimgi hindular qarargohi bo`lgan Tau-Xaudagi qazilma ishlari vaqtida esa ma`bud Ketsalmigonkugankoatlktenotchetlanning oltin haykalchasi topilgan. Bular ikkita insoniy sifatlar ma`budlari hisoblanishadi. SAVOL: Ular nimaning ma`budlari? 
Javob : Diktsiya va xotira 
Savol : 2004-yilda Keyptaun ma`muriyati UNI qayta ishlangan qurol-aslahalardan yasamoqchi bo`ladi. Ammo bunga Nelson Mandela qarshi chiqadi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Nelson Mandelaning haykali 
Savol : Kanadalik olimlar erkaklarning jahldorligi va barmoqlari uzunligi orasidagi bog`liqlikni aniqlshdi. Barmoq uzunligini o`lchas oson, ammo jahldorlikni qanday hisoblash mumkin? Olimlar bu muammoni bir tajriba guruhini tanlash orqali hal qilishdi. SAVOL: Qap qanday guruh haqida ketayotganini yoki tajriba ishtirokchilarining umumiyligini topgan bo`lsangiz jahldorlikni o`lchas birligini aniq qilib yozib bering 
Javob : Jarima daqiqalari 
Izoh : Xokkey jamoasida tajriba o'tqazilgan
Savol : XIX asr boshida Aleksandr Gumbolt Peruning Tinch okeani sohilida havo harorati 35 darajaga yetganda okean suvi harorati 15 darajadan oshmaganini aniqlaydi. SAVOL: Oradan qariyb bir yarim asr o`tgach kim bu fakt yordamida mashxurlikka erishganini toping. 
Javob : Tur Xeyerdal 
Izoh : Sovuq oqim yordamida sayohat qilgan
Savol : Berlinda o`ziga xos retoran mavjud. Uning menyusidagi taomlar o`zgacha nomlangan. Masalan "Qaroqchi ko`zlari" nomli taom bu oddiy qovurilgan tuxum. Shunga o`xshash qiziqarli nomlarni ko`p uchratish mumkin. Menyudagi asosiy taom esa bepul - siz bo`sh tarelkaga sheriklaringiz taomlaridan istalgancha solib olishingiz mumkin. SAVOL: Bu restoran kimlarga mo`ljallangan? 
Javob : Ishtahani yo'qotganlar 
Izoh : Bular anareksiyaga chalinganlar
Savol : Ingliz tilidan tarjima qiligan aforizm: "Kechagi kun - bu tarix, ertangi kun esa hali ochilmagan sir. Bugungi kun esa sovg`a. Shu boisdan ham biz uni ... deb ataymiz". Savol: Aforizmda tushirib qoldirilgan so`zni toping. 
Javob : Present 
Izoh : Ya'ni sovg'a
Savol : G`arbiy slavyanlar ma`budi Prove bir qo`lida tosh, bir qo`lida oybolta ushlagan holda, katta-katta quloqlar bilan tasvirlangan. Uning atrofida esa ko`plab ko`zlarga ega bo`lgan farsihtalar aylanib yurishgan. SAVOL: Prove nimaning ma`budi ekanligini mashxur asar nomi bilan ayting. 
Javob : Jinoyat va Jazo 
Savol : XIX asrda yashagan Rafael Molina 4867 ta UNI o`ldirgan ekan. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Buqa 
Savol : Komi xalqi Voris nomli o`rmon ilohasiga ishonishadi. Uning suyaklari shaffof, unda qosh va kipriklar yo`q. Bundan tashqari uning soyasi ham yo`q ekan. Vorisga doimo uning iti hamrohlik qilishadi. O`zining soyasiz xo`jayiniga munosib bo`lish uchun ushbu itning ham bir xususiyati bor. SAVOL: O`sha xususiyatni toping. 
Javob : It hurganda chiqqan ovozning aks sadosi yo'q 
Savol : Qadimgi Xitoy guldonidagi yozuvni to`ldiring: "O`zgarishlar shamoli esayotganini sezgan odam qalqon emas, balki ... qurishi kerak." 
Javob : Shamol tegirmoni 
Savol : Rossiya jinoyat olamidagi o`ziga xos "kasb"lar vaqt o`zgarishi bilan yo`qolib, yangilari paydo bo`lar ekan. Masalan "ostonachilar" bu bir vaqtlar ostonada yechib qoldirilgan kalislarni o`g`irlab kun ko`rgan o`g`rilar, "baliqchilar" esa kareta chetlariga ilib qo`yiladigan chemodanlarni o`g`irlaydiganlar. SAVOL: Qaysi voqeadan so`ng "yumronqoziqlar" nomli "kasb" paydo bo`lganini toping. 
Javob : Ular metroda o'g'rilik qilishadi 
Savol : Boloniya Universiteti tiglovchisi professor Rigidan gerts to`lqinlari haqida eshitib qoladi. 1894-yil dekabridan boshlab shahar tashqarisidagi villada bir necha yil ichida uzoqlikni 30 yarddan 2 milgacha ko`paytirishga muvaffaq bo`ladi. SAVOL: Talaba familiyasini toping. 
Javob : Markoni 
Savol : 3 oktyabr 1978-yilda Moskvaning Gogol bog`idagi o`rindiqda 1958-yilga tegishli sahna suratga olinadi. Ertasi kuni esa shu yerda 1978-yilga tegishli sahna suratga olingan. SAVOL: Qaysi film uchun? 
Javob : Moskva ko'z yoshlarga ishonmaydi 
Savol : "Nyu-Yorker" jurnali UNING Supermenning birinchi nikoh tuni haqidagi she`rini chop etishdan bosh tortadi. UNING ma`ruzalari universitetda juda katta shuhrat qozonadi. Nyu-Meksikoda esa UNI mahalliy fermer daraxtlariga qiyom surtgani uchun hibsga olishlariga bir bahya qoladi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Nabokov 
Izoh : Daraxtga qiyom surib kapalaklarni jalb qilmoqchi bo'lgan
Savol : Ivan Jdanovning bir misralik she`ri: "Men senga sen menga kerak bo`lishing uchun kerakman". SAVOL: Muallif she`rini qanday nomlagan? 
Javob : Mebius lentasi 
Savol : Tonino Guerro hikoyasidan iqtibos: "Tun qorong`usidan bo`lak hech nima ko`rinmayotgan oynaga tikilib o`tirar ekan u o`z yoshuning butun zalvorini birinchi bor his qilgandek bo`ldi". SAVOL: Aytingchi, hikoya qahramoni bilan bir-necha soniya oldin qanday voqea sodir bo`lgan edi? 
Javob : Avtobusda unga joy berishgan 
Savol : Umid qilamanki siz dastlabki pochta markalarida kim tasvirlanganini eslay olasiz. AQShdagi ayol kishi tasvirlangan datslabki pochta markalari esa 19 asr oxirida bir yubileyga bag`ishlab chiqarilgan edi. SAVOL: markalarda tasvirlangan ayolni toping. 
Javob : Qirolicha Izabella 
Izoh : Birinchi pochta markalari Buyuk Britaniyada chiqarilgan va unda qirolicha Viktoriya tasvirlangan. Yubiley - Amerika ochilishining 400 yilligi.
Savol : Aytishlaricha Ilf va Petrov Venaga ekskursiyaga borishgan ekan. Shahar aylanishayotganda ekskursovod bir saroyga ishora qilib bu Rotshildlar saroyi ekanligini aytadi. Sovet hayotiga o`rgangan Petrov esa bir savol bilan avstriyaliklarni biroz hayron qoldiradi. SAVOL: Petrov qanday savol bergan? 
Javob : "Hozirchi?" 
Izoh : Sobiq Ittifoqda barcha saroylar egalaridan tortib olingan
Savol : Yaponiyada metro passajiri uchun bog`ich o`ylab topilgan. SAVOL: Bog`ich nega kerakligini topgan bo`lsangiz, unda qanday yozuv yozilganligini ayting. 
Javob : Tushadigan bekati 
Savol : Maykl Jeksonning shaxsiy hayoti bilan bog`liq mojarolar tufayli boshlngan sud jaroyoni 90-yillar boshidan beri davom etadi. Endigini bor haqiqat oydinlashdi deganda yana yangi guvohlar va isbotlar paydo bo`ladi. SAVOL: ushbu ish qaysi okrug sudida ko`rib chiqilayotganini toping. 
Javob : Santa-barbara 
Savol : Anvar Obidjonning “Oltiariq hangomalari” kitobi aytilishicha, Shakarqishloqliklarda eng izzatli kishi kim degan savolga shu qishloqliklardan biri “Kasal ko`rgani kelmaydigan U” deb javob beradi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Go`rkov 
Savol : Pasxa orollaridan bir necha yuz tosh haykallar topilgan. Vulqon etagida esa yana 150tacha tugallanmagan haykal mavjud edi. Aynan shu yerdan tadqiqotchi Serjio Rapu bir necha yuz dona marjon bo`laklarini topadi. Uning fikricha, bu marjonlar tugallanmagan haykallarning juda ham mos keluvchi qism bo`la oladi. Diqqat savol. Qayeriga? 
Javob : Bo`sh ko`z chanoqlariga 
Savol : “Deer Avenger 4” kompyuter o`yini bosh qahramoni “butun vujudi bilan qurollangan” qahramon edi. Ushbu qahramonning ismi o`zining mashxur turdoshining ismidan 1 harfga farqlanardi. Ammo aynan shu farq ushbu qahramonni xuddi mashxur bir kinopersonaj qahramondek bir o`zi yolg`izlikda ko`plab dushmanlarga qarshi kurashishini tushunib olishimizga yordam beradi. Diqqat savol. O`yin qahramonining ismi kinopersanaj ismidan ham 1 harfga farq qilishini hisobga olib, uning ismini ayting 
Javob : Bembo 
Izoh : Ism Bembi hamda Remboning qo`shilishidan hosil bo`lgan. O`yin nomi qahramonning kiyik ekanini anglab olishga yordam berardi.
Savol : Kompozitor Aleksandr Zatsepin italiyalik kinoyulduz Klaudiya Kardinalyega qanday sovg`a berganligini eslarkan, u yulduzga ruslarning cheksiz qalbini ko`rsatib hayratda qoldirish maqsadida, qimmatbaho palex qutichani sovg`a qiladi. Quticha sovg`aga xos o`ralgan, haqiqiy san`at asari edi.. Kardinalye sovg`ani olgach tabassum qiladi. Ammo biroz muddat o`tgach uning yuzidagi xursandlik alomatlari sovg`adan qoniqmaganlik bilan almashadi. Shu paytdagina Zatsepin o`z xatosini anglab yetadi. Diqqat savol. Zatsepinning xatosi nimada edi? 
Javob : Qutining bo`m bo`shligida. 
Izoh : Mashxur yulduz qutichaning ichida sovg`a izlagan. Qutichaning qimmatbaho ekanligini tushunmagan
Savol : Gyote uni yosh bolaga qiyoslaydi. Yozuvchining fikricha, u qarimaydi ham, aqllilashib qolmaydi ham. Uliss Grantning fikricha, uning xohishi eng yaxshi qonun. Tatyana Ivanovna Peltserni yoqtirmagan Baris Novikovning ta`kidlashicha, Tatyana xonimni undan boshqa hech kim yoqtirmaydi. Diqqat savol. Senekaning ta`kidlashicha, uning nimasi Xudoniki bilan bir? 
Javob : Ovozi 
Izoh : U-xalq. Seneka aytadiki: “Xalq ovozi-xaq ovozi”
Savol : 1900-yil 31-martda Otto Sverdup qo`l ostidagi 4 yillik Grenlandiya ekspeditsiyasi vaqtida sayyohlardan biri unutib qoldirilgan konyak butilkasini topib oladi. Albatta, konyak o`sha kuniyoq sayyohlar tomonidan “yo`q qilinadi”. Ammo u ichilmagandi. Diqqat savol. Unda konyakni qanday “yo`qotishgan?” 
Javob : Konyak muzlab qolgandi. Shuning uchun uni yeb qo`yishgan. 
Savol : Sizlarning ko`pchiligingiz Pit Taunshendga tegishli bo`1gan “Tez yasha – yosh o`l” degan rok-n-roll-ning 1-qonuni haqida eshitgan bo`lmasligingiz mumkin. Ushbu shior bir tarmoqqa qarshi reklama lozunglaridan o`ziga xos o`rin egallagan. Albatta biroz o`zgargan holatda: “Tez ye – yosh o`l”. Diqqat savol. Ushbu shior ostida qanday mashxur belgini ko`riah mumkin? 
Javob : Makdonalds. 
Izoh : lozung fast-fudlarga qarshi chiqarilgan
Savol : Ularning birinchisi ivritchada “koxav”, ikkinchisi “noga”, to`rtinchisi “maadim”, 5-si “tsedek”, 6-si shabtay” deb atalgan. Kiyingilarini qadimgi ivritliklar umuman ko`rmagan va shu tufayli ularga, huddi boshqa tillarda bo`lgani kabi o`sha vaqtlarda nom berishmagan. Diqqat savol. Mazkur ro`yxatdagi 3-ni nima deb ataymiz? 
Javob : Yer 
Savol : Dal slovarida “zubochist” so`zi “tish doktori” deb sharxlanadi. Zubochistka” so`zi esa bir necha ma`nolar anglatadi. Masalan, tish tozlaydigan kukun, tish shyotkasi va shunga o`xshash h.k.lar. Diqqat savol: uning yana bir ma`nosini ayting 
Javob : tish davolovchi ayol 
Izoh : Zubochistka rus tulida jenskiy rodda))).
Savol : 2003-yilda chang`ichi Olga Zavyalova Jahon kubogi etaplaridan birida bronza medalni qo`lga kiritadi. “Gazeta.ru” saytidagi ushbu voqeaga bag`ishlangan maqolada shunday gapni o`qishimiz mumkin edi: “ O`tkir ko`z Zavyalovani kumushdan mahrum qildi”. Diqqat savol. Bu orqali Zavyalova muvaffaqiyatsizligiga sabab sifatida nima e`tirof etilgandi? 
Javob : Fotofinish. 
Izoh : Kumush medal taqdirini fotofinish hal qilgandi
Savol : Buyuk kniginya Mariya Aleksandrovna Moskvaga kelgan paytda bir ishlab chiqaruvchi unga yuksak mehmondo`stlik ko`rsatadi hamda muhtaram mehmonaga atirgul, marvaridgul, fialka va nartsis kabi gullardan iborat bo`lgan muattar hid taratuvchi buket sovg`a qiladi. Bu buket tufayli u “Rossiya Imperatorlik saroyi ta`minotchisi degan nomga sazovor bo`ladi. Diqqat savol. U saroyni nima bilan ta`minlagan.? 
Javob : Parfyumeriya 
Izoh : Izoh.gullar sun`iy bo`lib, ularga atir sepib qo`yilgandi.
Savol : 2002-yil yozida J.Koreya rahbarlari KXDR raxbari Kim Chen Irni sentabrda Seulda tashkil etiladigan uchrashuvga taklif etishadi. Siyosatchilarning fikricha, ushbu uchrashuv ikki koreys davlati o`rtasidagi munosabatni mustahkamlashi kerak edi. Garchand antogonistik harakterga ega bo`lsa-da. Uchrashuvga 2 oy qolgan bo`lsa-da, ushbu uchrashuvning protokolida bir qancha yozuvlarni ko`rishimiz mumkin edi: masalan, uning qancha davom etishi konkret ma`lum edi. Agar uchrashuv vaqtidagi tanaffuslarni inobatga olmasa, uchrashuv qancha davom etishi kerak edi? 
Javob : 90 daqiqa 
Savol : Tailandda, yilda bir marta UNDA tasvirlangan hayvon insonning butun vujudini qamrab olishiga ishonadilar. Faqat bir cherkovning monaxlari Ularni yil davomida egalariga yordam bergandan keyin tinchlantira oladi. Diqqat savol. Gap qanday tasvir haqida ketmoqda? 
Javob : Tatiurovka 
Savol : O`rta asrlarda bunday o`simliklardan nemis pivo tayyorlovchilari pivoga mastlikni yanada kuchaytirish uchun qo`shishganlar. Uning nemischa nomi “bilzen”. Chexlarning Plzeni o`zining mashxur pivosi bilan aynan shundan kelib chiqqan. Ushbu o`simlik nomining kelib chiqishini Apollonga ham bog`lanadi. Diqqat savol. Qaysi o`simlik? 
Javob : Mingdevona (Belena) 
Savol : Nemis kanali bo`lgan ZDF tmoshabinlar o`rtasida eng mashxur nemis kimligi yuzasidan so`rovnoma o`tkazdi. Ushbu ro`yxatning dastlabki 10ligidan muzikant, yozuvchi va diniy odam ham o`rin oldi. D.S: ularni aniq ayting. 
Javob : Bax, Gyote, Martin Lyuter 
Savol : Birda ushbu savol bir mashxur sovet filmidagi mashxur personajlarga beriladi hamda hayratlanarli javobni olishadi. Bu savol mashxur bir ertak kulminatsiyasidagi savol bo`lib, uning topilgan javobi ertak nomi bilan bir xil. D.S: o`sha javobni ayting. 
Javob : Zolushka 
Savol : 1792-yil bir qirol ko`rgazmali namoyishda foydalaniladigan bir predmatning detaliga o`zgartirish kiritadi. U o`zining monarxlik qo`li bilan yarimaylanani o`chirib tashlaydi hamda chiziqlar tortadi. Bir yildan keyin u bu o`zgarishni o`zida sinab ko`radi. D.S: qanday o`zgarish? 
Javob : Gilotina keskichidagi o`zgarish. 
Izoh : yarimaylana keskichni Lyudovik XVI 3burchak keskichga almashtiradi.
Savol : Maya miflarida bakaba degan katta devlar mavjud bo`lib, ular dunyoning 4 chetida turishi aytib o`tiladi. D.S: Ushbu devlarga o`xshash bo`lgan grek mifologik qahramonini ayting. 
Javob : Atlant 
Izoh : Bakabalar osmonni ko`tarib turadilar
Savol : “Polundra” degan teleo`yindagi hazilga ko`ra, “Qaroqchilar U YERNI yomon ko`radilar, sababi U YERDA baqirish, so`kinish va shovqin qilish mumkin emas.” D.S: UNI 2 so`z bilan ayting. 
Javob : Tinch okeani 
Savol : Lindaning “Ichki nigoh” nomli klipi syomkasida UNI butun Moskva va uning atrofidagi hududlarda joylashgan mahsus joylardan izlaydilar. Ammo topa olishmaydi. Uning o`rniga elektr toki va dorilardan foydalanishadi. Nihoyat UNI “Mosfilm” dan topishadi. Bu aynan o`sha “Kavkaz asirasi” hamda “Ivan Vasilevich” da foydalanilgani bo`lishi mumkin. D.S: Gap nima haqida ketmoqda. 
Javob : Jinnilarga kiydiriladigan kiyim 
Savol : Gollandiyalik tarixchi va madaniyatshunos Iohan Xeyzing bir gal yarim hazil yarim chin tarzda shunday ta`kidlaydi: odam o`ylashni o`rganda yoki bronza va temir olishni o`rganganda emas, balki BIRINCHI va IKKINCHINI farqlay boshlagan paytda odamga aylangan. Diqqat savol. BIRINCHI va IKKINCHIni ayting. 
Javob : o,ng va chap 
Savol : Shlezvigda yovvoyi ovchilar yetakchisi qirol Abel hisoblanib, u XIII asrda vafot etgan. Miflarga ko`ra, Abel uni o`ldirgani sababli o`limga hukm qilingan ekan. Diqqat savol: Kimni? 
Javob : O`z akasini 
Izoh : Aytishlaricha uning akasini ismi Qobil bo`lgan ekan
Savol : 1587-yil yevropalik astrolog Jon Di keyingi yilda ko`plab bo`ronlar bo`lishini tahmin qiladi. Ushbu bashorat bir katta dengiz ekspeditsiyasining boshlanishiga xalaqit berdi. D.S: bu ekspeditsiya qaysi orolga yo`naltirilgandi? 
Javob : B.Britaniya 
Izoh : ispan xurofotchi dengizchilari dengizga chiqmaydi va natijada “Yengilmas armada” yengiladi.
Savol : Yaqinda, Kirov oblastida kichik ayiqcha qishloqqa kelib qoladi hamda bir necha kun mobaynida ovqat o`g`irlaydi, dahlizlarda uxlaydi va boshqalarning noz ne`matlardan foydalanadi. Diqqat savol. Ushbu ayiqchaga aholi qanday nom bergan? 
Javob : Masha 
Savol : Uning muhlislari uni shunchaki Legolas deb atashadi. Do`stlari esa uni U YERDA joylashgan aeroport nomi bilan bir xil atashadi. D.S: Qayerdagi? 
Javob : Parijdagi 
Izoh : Gap Orlanda Blum haqida edi. Do`stlari uni Orli deb chaqiradi
Savol : Bir agentlik jurnalistlari unga “Bavariyalik Ratsi ota” degan laqab beradi. Yuqori Bavariyadagi Marktl qishlog`ida esa uning sharafiga yangi pechenye tayyorlanadi hamda unga 4ta harfdan iborat nom beriladi. Diqqat savol. Qanday nom? 
Javob : Papa 
Izoh : Gap yangi Papa Yosef Ratsinger haqida boryotgandi
Savol : Tadqiqotlar natijasiga ko`ra, u 3 yoshli bolada 12 va undan ko`proqqa, 6 yoshli bolada 10ga, katta odamlarda 7-8ga teng. D.S: U 0ga teng bo`lganlar nimadan qiynaladilar? 
Javob : Uyqusizlikdan 
Izoh : raqamlar uyqu soatlarining ko`rsatkichi edi
Savol : Dagomeyaga o`tgan asrning 70-yillarida borgan Yevropa va Amerikalik ko`plab turistlar “mashxur afrikalik oshpazlar”ni ko`rishni xohlashardi. Bu “oshpazlar” kamchilikni tashkil qilar, o`z byurolarini ochib, u yerda 2 smenada navbatchilik qilishardi. Ushbu byurodan turistlar arzon haq evaziga “mahsulot sanitariya inspeksiyasi tomonidan tekshirilgan, iste`molga yaroqli” degan yozuvli spirtlarni sotib olishlari mumkin edi. D.S: oshpaz so`zini qaysi so`z bilan almashtirdik. 
Javob : Sehrgar. (Jodugar, shaman) 
Savol : Rossiya harbiy qismlariga mutahassis yetkazib beruvchi o`quv markazlaridan birining muzeyida Ivan Seredaning afsonaviy boltasi saqlanadi. Ushbu bolta bilan Ivan ishdan chiqarilgan tankning pulemyotini yo`q qilib yuboradi. Ushbu ishi uchun Sereda Sovet davlati qahramoni unvoniga ega bo`ladi. U urush yillari ushbu lavozimga ega chiqqan yagona o`tinchi edi. D.S: Yuqorida biz o`tinchi so`zini boshqa so`zga almashtirganimizni inobatga olib, yuqorida ta`kidlangan o`quv markazi rus armiyasi uchun qanday mutahassislar yetkazib berishini ayting. 
Javob : Oshpazlar 
Izoh : Ivan Sereda Sovet davlati qahramoni bo`lgan yagona oshpaz
Savol : “Rozigrish” ko`rsatuvida bir o`tkinchi odam mashxur figuristka Mariya Butirskayani boshqa, Buyuk Pyotr safdoshlaridan birining familiyasi bilan chaqiradi. Bu mashxur hazilni paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Diqqat savol. Pyotrning o`sha mashxur safdoshini ayting. 
Javob : Frans Leffort 
Savol : Yaponiyada u 2ta iyeroglifdan iborat so`z bilan ifodalanadi va tendzi deb ataladi. Ten-nuqta, dzi-harf yoki belgi degani. Tendzilik 1-kitob Fransiyada 1837-yil nashr etiladi. Diqqat savol. Tendzi-? 
Javob : Brayl alifbosi 
Savol : Vrach Igor Streletskiyning fikricha, ular yordamida 3ta kasalliknigina da`volab bo`lmas ekan – rakning og`ir stadiyalarini, qon buzilishi va ularga allergiya. Diqqat savol. Ular-? 
Javob : Zuluklar. 
Savol : Yoshlik yillarida Jyul Vern judayam muhtoj hayot kechirgan. Pul topish uchun pyesalar yozgan, repetitorlik qilgan, sekretar bo`lib ishlagan. Shu paytlarda uyiga bir xat yozadi. Xat tahminan shunday ko`rinishda edi: “Onajon, meni uylantiring. Men har qanday siz tanlagan ayolni qabul qila olaman. Men ularni yopiq ko`z va “shunday u” bilan qabul qilaman. Diqqat savol. Shunday u-? 
Javob : ochiq (bo`sh) hamyon 
Izoh : Vern o`zining iqtisodiy holatini uylanish hisobiga yaxshilamoqchi bo`lgan.
Savol : Nemis tilida yaxshi, mohir mergan degan ma`no anglatuvchi so`z mavjud bo`lib, u 2 qismdan iborat. Diqqat savol: ushbu so`zning 2-qismi schuss – mergan degan so`z bo`lsa, 1-qismini ayting 
Javob : Tell. 
Savol : Yaqinda topilgan Mark Tvenning unchalik mashxur bo`lmagan asarida aytilishicha, bir guruh kambag`al parij rassomlari o`z sheriklaridan birining kartinalari sotilishi uchun o`ziga xos yo`l tutadi. Huddi shunday usuldan bir ingliz ham foydalangan. Diqqa savol. Qanday ish? 
Javob : sohta o`lim 
Izoh : Rassomlar hazillashib, o`lgandan keyin mashxurlikka erishishlarini ta`kidlaydi. Ingliz esa, Sh.Xolms edi
Savol : Qadimgi sharqda uni yuqumli deb o`ylashgan. Qadimgi Misrda uni kokos suti va asal yordamida davolashgan. Xitoy, Koreya va Vetnamda bunday bo`lmagan erkaklar bunday erkaklarga yaqinlashishi taqiqlanadi. Salvador Dali fikricha U erkakning ko`zlarini alohida boricha ko`rsatadi hamda bunday erkaklar rassomlar uchun idealniy hisoblanib, ichki dunyosini yuzi orqali ochib berishni osonlashtiradi. Diqqat savol. Uni ayting. 
Javob : Kallik. 
Savol : Kaliforniyalik olimlarning ta`kidlasahicha, uni rivojlantirish uchun yoshlikdanoq bolalarga xitoy ilini o`rgatish zarur ekan. Buning boisi shundaki, xitoychada ma deb eshitiluvchi so`z 4 ta ma`no anglatadi: ona, ot, kanop, o`pka. D.S: uni ayting 
Javob : Ideal musiqiy slux 
Savol : B.Akunindan hokku: …………………….. Ahmoqona savol, agar sen Bir bora bo`lsada baxtli bo`lgan bo`lsang. D.S: sizdan bo`sh qatorni mashxur savol bilan to`ldirishingizni emas, shu savolni bergan personajni aytib berishingizni so`raymiz 
Javob : Gamlet. 
Savol : XIX asrda jamoat joylarida qo`lqopsiz paydo bo`lish judayam ahmoqona holat hisoblangan. Qo`lqoplarni kun bo`yi yechishmagan, hattoki uyda ham kiyib yurishgan. Bunday o`ziga xos moda esa ULARning misdan yasalganlarini xrustaldan yasalganlariga almashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. D.S: Nimalarning? 
Javob : Eshik tutqichlari. 
Izoh : Mis tutqichlar qo`lqoplarning tez qorayishiga sabab bo`lgan.
Savol : Samvel Garibyanning “Mening yangi Vavilonim” nomli kitobi bo`lib, ushbu kitobda oddiy inglizcha so`zlarni hamda ularning talaffuzini eslab qolishning bir usuli sifatida o`sha so`zning tarjimasiga mos keluvchi so`zlardan foydalanadi. Masalan, “U Merriga uylandi” (Merry-uylanish, turmush qurish). Ushbu kitobdagi quyidagi fikrni to`ldiring: Kelinglar … shtatiga birlashamiz” 
Javob : Konnektikut (connect-birlashish) 
Savol : Ossur elchisi Asura-Resua o`zining mahsus raqamiga ega bo`lganmi yo`qmi bilmaymiz, ammo u dunyo tarixidagi ushbu kasbning ilk vakillaridan biri edi. D.S: qaysi kasb? 
Javob : Shpion. 
Savol : Siz Belgiyadagi Maneken Pis haykaliga turli kiyimlar kiydirib qo`yish odati haqida eshitgan bo`lsangiz kerak. Geteborg ko`chasi kiraverishida xudo Poseydonning haykali mavjud. Yilda bir bora ushbu haykalga qizil qalpoq kiydirib qo`yishadi. D.S: nima sababdan? 
Javob : Yangi yil tufayli. Uni qorbobodek bezatishgan 
Savol : Bir davlat rasmiy saytiga kirgan odam u yerda bir paytlar mahfiy bo`lgan arxiv materiallarni o`qishi, xo`r qo`shiqlarni tinglashi, o`ziga xos calendar bilan tanishishi, dunyoda bo`lgan voqealarga fikr bildirishi mumkin. Shuningdek, ushbu saytda bir odamning sayohat grafigini ham ko`rish mumkin. D.S: kimning? 
Javob : Rim Papasining 
Izoh : Sayt Vatikan davlatiniki edi
Savol : 2005-yil Daniyada chop etilgan “Andersencha Kopengagen” ocherkida Daniyada BIRINCHILARNING 46 mingtasi, IKKINCHILARNING 36 mingtasi, UCHINCHILARNING 173 mingtasi borligi aytiladi. D.S: 1-,2-, 3-larni ayting. 
Javob : Ganslar, Kristianlar, Andersenlar. 
Savol : 1864-yilda Kiyevda ULARning 228mingtasini sanashgan. San`atshunos Solovyovning ta`kidlashicha, ULAR – shoir Jukovskiyning sevimli simvoli bo`lgan hamda baxtli lahzalar, insonning keyingi hayotini yoritib turish simvoli bo `lgan. Shoirning fikricha, ular qanchalik tez-tez uchrab tursa, insonning hayoti shunchalik yorqin va yoqimli bo`larkan. D.S: Ularni ayting 
Javob : Ko`cha fonarlari 
Savol : Bir insonning ta`kidlashicha, Iogann Shtaus-o`g`il 3ta mashxur operettalarni yozgan. Bu uning shaxsiy hayotidagi bir voqealar bilan bog`liq edi. D.S: Qanday? 
Javob : Uylanish. 
Savol : 1-birlashgan Germaniyaning 2 marka nominalidagi pochta markasi 1875-80-yillarda binafsharang-qirmizi, 1880-84-yillarda liliyarang-qirmizi, 1890-99-yillarda xira-qirmizi, 1899-1900-yillarda yana boshqa rangda chiqariladi. Filatelistlar ushbu markaga Rus klassik adabiyotidagi asar bilan bir xil nomad nomlashadi. D.S: Qanday nom? 
Javob : Xameleon. 
Savol : Dalyaning “Rus xalqi maqollari” lug`atida quyidagi maqollarni uchratamiz: “To`nka to`siq bo`lmas, ahmoqona nutq X bo`lmas”, “Eski Xni asrlar ham sindirolmas”. Diqqat savol. X-? 
Javob : Maqol. 
Savol : Videoo`yinlar otasi sifatida 1952-yilda kompyuter o`yin programmasi OXO haqida dissertatsiya yoqlagan Artur Duglasni qayd etish mumkin. Diqqat savol. OXO qaysi o`yinning vitual analogi edi? 
Javob : Krestik-nolik 
Savol : Bir anekdotda qiz aytmoqda: “Tasavvur qil, men fioletoviy lamborjinida borishni istagandim. Ammo, ushbu sariq jipdagina borishga majbur bo`ldim”. Diqqat savol. Shundan oldin qiz nimani almashtirishni so`ragan? 
Javob : Qovoqni baqlajonga. Mashxur ertak esingizga tushgandir ))) 
Savol : Hozirda biz foydalanadigan ALFALAR birinchi marta “Leonid Magnitskiyning 1703-yildagi “Arifmetika” asariga kiritilgan. Cherkov ALFAlarni yangilik bid`ati deb e`lon qilgan. Hazilga ko`ra, Jorj Bush ALFAlarni moliyaviy hujjatlarda ko`rishi bilan daxshatga tushgan ekan. D.S: ALFA-? 
Javob : Arab raqamlari 
Savol : XIX asr o`rtalarida qora tanli amerikanka Xerriet Tabmen 300tacha qulning janubiy shtatlardan shimolga o`tkazib qo`ygan ekan. Shu sababli u bir nom olgandi. D.S: Qanday? 
Javob : Moisey (Muso a.s.) 
Savol : Yokogamadagi “Vorldkona-2007” ochilish marosimida shahar meri yig`ilganlarga qarata shunday deydi: “Siz, fantastlar, har doim insoniyatning iqlimga ta`siri haqida juda ko`p yozasizlar. Mana men esa bu yerga ekologiya ta`sir qilmaydigan transportda keldim” D.S: Qanday transport? 
Javob : RIKSHA 
Savol : “Men oq kiyim kiyib yuraman, bu mening terimni rangini qora qilib ko`rsatishga yordam beradi. Uyimdagi barcha oshxona jixozlari nerjaviykadan bo`ladi. Yong`in kelib chiqarmaydigan zaharli gazga to`la xonada uxlayman” ushbu sitatalar “Fantastikalar dunyosi” nomli jurnaldagi istehzoli mulohaza bo`lib, u “Men X bo`lib qolsam qiladigan 30 ta ish” degan maqola ostiga joylashtirilgandi. Diqqat savol. X-? 
Javob : VAMPIR 
Savol : Bo`lajak aktrisa Denis Richards maktabni tugatishi bilanoq kattalar uchun kosmetika mahsulotlari reklamalari modelligiga taklif etiladi. Reklama tashkilotchilari uning yumshoq terisi va yuzining rangidan hayratlangandilar. Denisning takidlashicha, bu uning onasining hizmati ekan. D.S: Qanaqasiga.? 
Javob : Onasi unga bo`yanishni ta`qiqlagandi. 
Savol : Ushbu afsonaviy qushning nomini eshitgan odam uning nomini jigar yoki kalbasaga bog`lashlari mumkin. Aslida bu nom bir ingliz shahri nomidan kelib chiqqan. Diqqat savol. Bu qaysi qush? 
Javob : Liverbird 
Savol : Bir necha yil burun Liverpul shahridagi Mersisayd maydonida navbatdagi mshina raqamlar seriyasi taqdimoti bo`lib o`tadi. Ushbu ko`rgazmada hamma turdagi raqamlar sotilgan bo`lsa-da, faqat shu ikki harf bilan boshlanuvchi raqamlar seriyasi sotilmay qoladi. D.S. Qaysi ikki harf? 
Javob : MU 
Izoh : Asl liverpullik azaliy raqibi initsiallariga ega raqamdagi mashina minmaydi.
Savol : Aforizmga ko`ra, urush – bu siyosatchilar “ULAR” orqali bog`lgan tugunni yechishga urinishidir. Boris Vasilevning yozishicha, “U” har doim dushman. Diqqat savol. U-? 
Javob : Til. (Ko`pincha siyosatchilar o`zlarining nutqlari bilan urush paydo qiladi.) 
Savol : Tomskda urush tugaganining 1 yilligi munosabati bilan “U”ni ishlatilgan gilzalardan yasashni rejalashtirishadi. Diqqat savol: Nimani? 
Javob : Qo`ng`iroq 
Savol : 1933-yil Kaliforniyalik havaskor astronom o`z mashinasi ustiga katta teleskop o`rnatadi va “U YERNI” ko`rishni xohlovchi turistlardan pul ola boshlaydi. Diqqat savol. Qayeni?  
Javob : Alkatraz qamoqxonasi 
Izoh : Alkatraz qamoqxonasi orolda joylashgandi. 1933-yil Al-Kapone qamaladi hamda unga bo`lgan qiziqish yanada ortadi.
Savol : 2009-yil Rossiya va Argentina terma jamoalari o`rtasida bo`lib o`tgan o`yinga bag`ishlangan Sergey Yolkin karikaturasida Argentina terma jamoasining raqiblariga qarshi taktik sxemasi tasvirlangan bo`lib, bunda xujum taktikasi strelkalaridan tashqari UNI ham ko`rishimiz mumkin edi. Diqqat savol. UNI ayting. 
Javob : Xudoning qo`li 
Izoh : O`sha paytda Argentina terma jamoasini Maradona boshqarardi.
Savol : 1908-yilda ushbu material hozirgi nomini oldi. Uning nomini ma`nosi grekchadah “shaffof selluloza” degan ma`no anglatadi 
Javob : Sellofan. 
Savol : O`tgan asrning 1-yarmida U 1 kilogram og`irlikda Krupning yuz yillik konsernida tayyorlangan. Uning komplektida parabolic oyna ham bor edi. Diqqat savol. U-? 
Javob : Olimpiya mashalasi 
Izoh : Mash`ala 1936-yilgi Berlin Olimpiadasi uchun tayyorlangan.
Savol : Ko`pchilikning o`ylashicha, U ritsarlik titulini adabiyotdagi ko`plab yutuqlari tufayli olgan. Ammo bunday emas. Aslida u Ingliz-Bur urushida valantyor sifatida ishtirok etgani uchun “ser” unvonini olgan. D.S. kim?  
Javob : Artur Konan Doyl 
Izoh : U urushda vrach sifatida qatnashgan
Savol : Afsonaga ko`ra ULARning Yevropada paydo bo`lishi Xorun ar-Rashid elchilari Buyuk Karl oldiga tashrif buyurishi bilan bog`liq ekan. D.S. ULAR-? 
Javob : Arab raqamlari. 
Savol : 1955-yilda Montgomeri shaxarchasida bir pasajirkaning hibsga olinishi bilan jamoat transportidan foydalanishni boykot qilish komitetiga asos solinadi. D.S ushbu komitet rahbari kim edi 
Javob : Lyuter. Martin King 
Savol : O`rta asrlarda truli hududlarda yilning boshlanishi turli sanalarga bog`lnagan. Masalan, Anju va Puateda bunday kun 25-dekabr – Rojdestvo bayrami bilan bog`langan. D.S. Muqaddas Benedikt abbatligida yil qaysi sanadan boshlangan? 
Javob : 25-mart. Rojdestvodan 9 oy ilgari. 
Savol : 1883-yil Forlin provinsiyasida kichik bir Dovia qishloqchasida temirchi oilasida bolakay tug`iladi. Onasi unga Benedetto ismini bergan. Ammo otasi cho`qintirishdan oldin uni meksikalik liberal Xuares sharafiga qayta nomlaydi. D.S o`sha bolakayning mashxur familiyasini ayting. 
Javob : Mussolini. 
Savol : Aqshga sharqiy Yevropadagi bir davlatdan uchib kelgan hamda aeroportda noqulay vaziyatga tushib qolgan film qahramoning hujjatlaridan birida ЕЩЬ РФТЛЫ degan yozuvni ko`rishimiz mumkin edi. D.S. Mazkur kinoda o`sha qahramon rolini kim o`ynagan? 
Javob : Tom Hanks 
Izoh : Gap mashxur “Terminal” filmi haqida edi. Unda bosh rolni Tom Henks o`ynagan va dokumentida Tom Hanks so`zlaridagi harflar klaviaturada kirill alifbosiga o`tkazilgan holda yozilgan.
Savol : Pem Jeyms va Robertning oilasida 4ta qiz farzand tug`iladi. Ammo ular o`gillik bo`lishni judayam xohlashgandi. Ularning so`nggi qizlarining ismini xohlasangiz inglizcha, xohlasangiz ruscha, xohlasangiz o`zbekchada yozib bering. 
Javob : Hope (Nadejda, Umida). 
Izoh : O`gil ko`rish uchun so`nggi umid degan ma`noda
Savol : Xuan Antonio Samaranch oz intervyularidan birida Xitoy Olimpiya termasining hayratlanarli yutuqlariga e`tibor qaratadi: oltin medal yig`ish bo`yicha Atlantada – to`rtinchi, Sidneyda – uchinchi, Afinada – ikkinchi. Bularni eslarkan, Samaranch janoblari Xitoydagi sportning yuksalishini ifodalash maqsadida ikki so`z bilan bog`liq 7.9, 11.2 hamda 16.7 kabi sonlarni ham eslab o`tadi. D.S. ikki so`zni ayting. 
Javob : Kosmik tezlik. 
Savol : Bir odamning fikricha, bir mashxur antik shaxs bilan bog`liq tarixiy voqeada detektivlikning belgilarini ko`rishimiz mumkin: unda jinoyatni ochishni so`rab murojaat qilgan konkret buyurtmachi bo`lgan, uning o`zi tergov jarayonida ko`plab tajribalarga asoslanuvchi mutahassis bo`lgan. D.S O`sha mutahassisning ismini ayting. 
Javob : Arximed. 
Savol : Yuriy Vlasov bir nutqida keskin tarzda shunday ta`kdlaydi: “IKS – bu endi kuchlilarning emas, himik preparatlarning IGREKi deb aytadi. Diqqat savol. Ruscha o`ylagan holda, IKS va IGREKni bir harfga farqlovchi so`zlar bilan ayting. 
Javob : Sport va spor 
Savol : Diqqat sitata: Ko`pchiligimiz ba`zi holatlarda uni yomon ko`ramiz va ayrim hollarda ko`zdan yo`qolishi uchun berkitib qo`yamiz. U esa aksincha bor kuchi bilan bizning hayotimizni saqlab turadi. Va deyarli yarim asr davomida millionlab odamlar hayotini saqlab qoldi. D.S. Uni ayting 
Javob : Havfsizlik kamari. 
Savol : Qaysi orol gerbida uchta cho`qqidan iborat tog` hamda Pinta, Niniya va Santa Mariya tasvirlangan? 
Javob : Trinidad va Tabago. 
Savol : Mashxur dramaturg Bomarshega tegishli bo`lgan “Rodrigo Gortales va Ko” nomli sohta savdo uyi 1million livr pulni 200 ta pushka, 100 tonna porox, 30 mingta mushkethamda 20 mingta askarni mundir bilan ta`minlashga sarflaydi. Diqqat savol. Yuqorida ta`kidlangan armiyaning yetakchisi kim ekanligini ayting 
Javob : Jorj Vashington. 
Izoh : Bu davrda AQSH va Britaniya urushi borardi, Fransiya esa AQSHni qo`llab quvvatlardi. Bomarshe esa Vashington bilan bir yilda tug`ulib bir yilda vafot etgan – 1732-99.
Savol : “Ferents Pushkash” (Vengriya) – 69, “Mane Garrincha” (Braziliya) – 53, “ “Artemio Franki” – 47, “Gus Hiddink” (……) – 44. Diqqat savol. Biz sizdan yuqoridagi raqamlar nimani anglatishini emas, balki qoldirib ketilgan davlat nomini aytishingizni so`raymiz 
Javob : J.Koreya 
Izoh : yuqoridagilar stadionlar hamda ularning sig`imi haqida edi.
Savol : Xitoychada “ma” , “bao” qimmat degan. D.S. Xitoyliklar “bao-ma” deb nimani atashini 3ta harf Bn ayting 
Javob : BMW 
Savol : Versiyalardan biriga ko`ra, ularning protiplari o`rta asrlarni Yevropani daxshatda ushlab turgan shavqatsiz va qattiqqo`l vengerlar ekan. D.S. Ular-? 
Javob : Orglar (Yevropa folklorida o`ylab topilgan odamxo`r devlar). 
Izoh : Org so`zi talaffuz jihatdan vengr so`zidan kelib chiqqan.
Savol : 2010-yilda olimlarning hisoblashicha, bu ishni qila oladigan 320mingta odam bor ekan. Biz sizdan bu ishni qila olasizmi deb so`ramoqchi emasmiz, bu ishni qila oladigan odamlarning ko`p qismi qaysi davlatda yashashini ayting.  
Javob : Islandiya 
Izoh : Gap mashxur vulqon Eyyafyatlayokudl vulqonini tog`ri taklaffuz qilish haqida ketmoqda.
Savol : 2006-yilda Kit Ellison Aqsh kongressiga saylangach bir jarayonda Xni Yga almashtirishlarini so`ragan 1-insonga aylanadi. Diqqat savol. Jarayonni hamda almashtirilganlarni ayting. 
Javob : Qasam ichish jarayonida Injilni Qur`onga 
Savol : Takachixo – yapon mifologiyasidagi muqaddas tog`. Qaysi kompaniya 1949-yil xalqaro bozorga chiqquncha shu tog` nomi bilan nomlanganmdi? 
Javob : Olimp 
Izoh : Takachixo tog`ida ham huddi Olimpdagi kabi xudolar yashagan
Savol : Byorjesning qahramoni bir rassomchilik salonidan bir necha rasmlarni sotib olinadi. U shu jarayonda zamonaviy rassomlarning kuzatuvchanligi nihoyatda yomon ekanligini tushunib qoladi. D.S Bung anima sabab bo`ladi? 
Javob : Soxta pullar. 
Izoh : Qahramon rasmlarga to`lovni juda ham yomon tayyorlangan sohta pullar bilan amalga oshiradi. Ammo ular buni sezishmaydi.
Savol : Birda yuvelir Mohobot Gahil 2 mingta brilliantlaridan ajrab qoladi. Toshlar yo`qolib qolmagandi. Mohobot toshlarni qaytib olish uchun biroz muddat kutib turishga majbur bo`ladi. Aslida, kutishni hojati bo`lmasligi ham mumkin ediku, garchi brilliantlar shunchalik qimmatbaho bo`lsa-da, Gahil janoblari bu ishni qilishda o`zini tiyadi. Diqqat savol. Brilliantlarga nima bo`lgandi. 
Javob : Sigir yeb qo`ygan. 
Savol : 2009-yil oktabr – noyabr oylarida Qozonning Rubin jamoasi ikki marta “Barselona” bilan o`ynaydi va har ikki safar ham mag`lub bo`lmaydi. Shundan so`ng “Sovet sporti” gazetasida bir hazil rasm chop etiladi. Unda ispanlar murabbiyi Gvardiola tilidan mashxur sovet filmlaridan birida aytilgan gapning teskarisi aytilayotganini ko`rishimiz mumkin edi. D.S. o`sha gapni ayting. 
Javob : Qozon olinmadi 
Savol : Hokkey himoyachisi Vladislav Bulinning so`zlariga ko`ra, muz ustidagi dastlabki va qaqshatqich zarbani Aleksandr amalga oshirgan ekan. D.S. Qaysi yili? 
Javob : 1242.yil 
Izoh : Gap Chud ko`li ustidagi (“Muz ustidagi”) jang haqida borayapti.
Savol : Bir hazil gapga ko`ra “2009-yil quvnoq may oqshomlaridan birida butun yevropadagi ALFAlar o`zlarining do`stiga ovoz berishgan. Diqqat savol. ALFA-? 
Javob : Baliqchilar 
Izoh : Gap Yevrovideniya tanlovida A.Rybakning g`alabasi haqida
Savol : O`zlarining buzg`unchi harakteriga qaramasdan bu ikki egizak haqida “Nyu-York tayms jurnalisti shunday degandi: “Bu hammani o`ziga maftun qiladigan go`zallik!” Robert Lyuis esa o`z kundaliklarida shunday yozib qoldirgan: “Ey Xudoyim! Biz nima qilib qo`ydik…” Diqqat savol. Gap ketayotgan egizaklarning ismini ayting 
Javob : “Kichkintoy” va “Baqaloq”. 
Izoh : Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalari.
Savol : If qal`asining real hayotdagi mahbuslari qatorida Joze Kustodio degan ismni ham uchratishimiz mumkin edi. Diqqat savol. Uning famiiyasini ayting. 
Javob : Faria 
Savol : Uelsdagi kichik bir shaharcha poyezd vokzalidan chiqishingiz bilan 6 metrlik belgiga duch kelasiz. Diqqat savol. Bu belgi orqali nimani bilib olish mumkin? 
Javob : Shaharcha nomini 
Savol : Aytishlaricha AQSH davlat kotibi Aleksandr Heyg president Ronald Reygan oldida amerika siyosatiga to`g`ri kelmaydigan bir ish qiladi, hayron bo`lib qaragan prezidentga “Men dushman hosilini yo`q qilyapman” deb aytadi. D.S U nima qilganini aniq ayting. 
Javob : Kuba sigarasini chekkan 
Savol : Kelt afsonasi qahramoni Kuxulinni nayza bilan og`ir yaralashganida u o`zini ustunga bog`laydi. Nega bunday qilganini esa dushmanga hech qachon taslim bo`lmaslikni ifodalovchi bir aforizmdan tushunsa bo`ladi. D.S aforizmni ayting. 
Javob : Tiz cho`kib yashagandan tik turib o`lgan afzal 
Savol : Kot d`Ivuar hamda Serbiya va Chernogoriya terma jamoalari o`rtasida 2006-yil jahon chempionati doirasi o`tkazilgan o`yinning qo`shimcha vaqtida sodir bo`lgan voqeadan keyin sharxlovchi tomonidan 1939-yilda Angliyada chop etilgan bir mashxur adabiy asar eslab o`tiladi. D.S Qaysi asar?  
Javob : 10ta negr bolasi. 
Manbaa : Kot d`Ivuarlik futbolchi qizil olgach maydonda 10ta negr qolgandi
Savol : Kamerun hamda “Barselona” jamoasi hujumchisi bo`lgan Samuel Eto`Odan iqtibosni tinglang. “Men hozir huddi Xdek yuguryapman, keyinchalik Ydek yashamoq uchun”. D.S. X va Y ni ayting. 
Javob : Qora tanli, oq tanli. 
Savol : Olimlar hamon tirannazavrlar qanday harakatlanishi haqida bahslashadilar. XX asr boshlarida ba`zi olimlar tirannazavrlar huddi ULAR kabi harakatlangan degan fikrni ilgari surdilar. Buning uchun tirannazavrlar judayam hayratlanarli muskullarga ega orqa oyoqlarga egalik qilishganligi tahmin qilinadi. Sizlardan ULARni qanday tarjima qilinishini emas, ULARning o`zini nima ekanligini so`ramoqchimiz. 
Javob : Kenguru 
Savol : Martin Lyuterning shunday yozadi: “Men haqiqiy U mavjud bo`lgan birorta kitob o`qimadim, birorta xatda haqiqiy Uni ko`rmadim”. “Rammshtayn” guruhi yetakchisi Til Lindeman ta`kidlashicha U – tez-tez “Rammshtayn”chilarni nartsizmda ayblashga sabab bo`luvchi omil ekan. D.S U-? 
Javob : Nemis tili. 
Savol : Biografik asar nomini o`qigan odamda tabiiy savol tug`iladi: “Uchinchisi kim? Muqaddas Ruhmi?” Aslida 3-ni “bobo” deb aytsak ham bo`ladi. D.S Kitob nomini ayting. 
Javob : “Uch Dyuma”. 
Savol : Bir ko`zi ojiz ayol uchun 3 printerda rasm chop etib berishadi. D.S. Bundan oldin ayol qanday jarayonni boshdan o`tkazganini aniq ayting 
Javob : Xomilasini UZI tekshiruvidan o`tkazgan. 
Savol : Kamandir Gustav Ryodel UNDAN foydalanayotgan dushman uchuvchisini urib tushirgan o`z uchuvchilarini shaxsan otib tashlashi haqida aytgan. D.S. NIMADAN? 
Javob : Parashyut 
Savol : Uolter Sammerforni 3marta yashin uradi. To`tinchisida esa “U” zarar ko`radi. D.S Nima zarar ko`rgan? 
Javob : Tobut. 
Savol : O`tgan asr 30-yillarida ULARni “vertical ko`chalar” deb atashardi. Diqqat savol. Ana shunday vertical ko`chalardan biryo`la ikkitasi yo`q bo`lib ketgan sanani ayting 
Javob : 11.09.2001. 
Savol : Geynening yozishicha, San Domingoda negrlar to`dasi plantatorlarni o`ldirib, ularning mulklarini yo`q qilib yuboradi. Bu to`daga oq tanlilarni “shu ishni qilish”da ayblab baqirib boruvchi negr fanatic boshchilik qilgan. D.S. Qanday ishni? 
Javob : Iso a.s ni o`ldirish. 
Savol : Bir maktab o`quvchisi achingan holda va tushunmaganligi ifodalangan ohangda “U ketishga qaror qilgan ekan nima qilardi uni o`ldirib. Undan ko`ra o`zi bilan olib ketsa bo`lardiku” deydi. D.S Gap nima haqida ketmoqda 
Javob : “Mumu” hikoyasi haqida 
Savol : Radiofizik Vasiliy Denisov 1929-yilda quvonchli voqea ro`y bergach “BU ISHNI QILADI”. Bundan bir necha o`n yil keyin esa Juan shunday ishni amalga oshiradi. D.S Juanning familiyasini ayting. 
Javob : Du Nasimento 
Izoh : Gap farzandini Edison sharafiga nomlash haqida ketayotgandi.
Savol : Dmitriy Puchkov turkcha so`zlar tarjimasi yordamida ajoyib lug`at tuzadi. Unga ko`ra Qorqiz – “kizim nishtyak”, Terminator – “armatur batir”, zebra esa “ishak moryak” kabi tarjimalarga ega edi. Endi blitsni tinglang. 1. Yuqoridagi lug`atga ko`ra “kizim balik” deb nima aytilgan? 2. Yuqoridagi lug`atga ko`ra “avtogen gyurza” deb nima aytilgan? Yuqoridagi lug`atda “saksaul batir” deb nima aytilgan? 
Javob : 1. Suv parisi. 2. Zmey Garinich. 3. Buratino 
Savol : Janob Delevan yoshligida juda katta qarzga botib qoladi. Ikkita joydagi maosh ham qarzning protsentlarini qoplashga yetmaydi. Shunda u shunchaki “BU ISHNI QILISH” orqali qarzlariga ko`proq to`lovlar amalga oshirishi mumkinligini anglab yetadi. Siz savol muallifidan “BU ISHNI QILISH”ni so`rashingiz mumkin, ammo u baribir bunday qilolmaydi. Diqqat savol: BU ISHNI QILISH - ? 
Javob : Chekishni tashlash 
Savol : 1989- yilda chiqarilgan Bir Xlik kupyurada X tasvirlangan. 5 Xlikda esa Fransisko de Miranda tasvirlan. Diqqat savol. X-? 
Javob : Bolivar (Venesuela pul birligi) 
Savol : Uning haqiqiy familiyasi PURTSELD bo`lgan. 1937-yilda uning oilasi etnik nizolar tufayli familiyasini undagi bir nechta harfni saqlab qolgan holda o`zgartirishga qaror qiladi. 1960-yilda u ismini Fransiskoga almashtiradi. D.S. U kim? 
Javob : Ferents Pushkash 
Savol : 2004-yil MoBA deb nomlangan muzeydan bir rasm o`g`irlanadi. Ammo bir necha kun o`tgach, u biroz shikastlangan holda muzeyga qaytariladi. Albatta bu shikastlanish ham muzey foydasiga edi. Diqqat savol. Muzey nomidagi so`nggi 2 harf nimani anglatishini ayting. 
Javob : Yomon san`at (Bad art) 
Savol : Pelikan kemasi bilan bu ish 1578-yilda sodir bo`ladi. “Sinko lyagas” fregati bilan esa Barbados sohillarida sodir bo`ladi. Qaysi kema bilan bu voqea fin qo`ltig`ida sodir bo`ladi? 
Javob : Pobeda kemasi. 
Izoh : Gap kemalarning qayta nomlanishi haqida edi. Vrungelning Pobeda kemasi esa qirg`oqdan chiqishga urinish paytida ikki harfidan ajraladi hamda “Beda” deb nomlanadi 
Savol : Huddi Sherlokni trubkasiz, Cherchilni sigarasiz tasavvur qilib bo`lmaganidek uni ham sumkalarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Uning sumkasida naqd pul ham, kredit kartochka ham, shaxsiy hujjatlar ham bo`lmaydi. Uning pasporti ham yo`q, shunga qaramay u bir necha bor chet davlatlarda bo`lgan. Sumkasida makiyaj qutisi, telefon kitobchasi, krossvordlar qalam uchlagich va shu kabi mayda chuydalar bo`ladi. D.S. Shu sumka egasining ismini ayting 
Javob : Yelizavetta 
Savol : Diqqat savol. Greklar “basilissa”, polyaklar “xetmen” deganda nimani nazarda tutadilar? 
Javob : Farzin. 
Izoh : Grekcha vasilevs-qirol, basilisa-qirolicha
Savol : Inglizcha “trump” so`zi kozir degan ma`noni anglatadi. D.S U qaysi lotincha so`zdan kelib chiqqan 
Javob : trium 
Savol : “Shaffof dunyo” nomli teatr spektakllari 3 daqiqadan uzoqroq davom etmasdi. D.S. Qaysi ixtiro bu spektakllar vaqtini uzaytirishga yordam bergan? 
Javob : Akvalang 
Izoh : Bu suv osti spektakli edi.
Savol : Xalqaro praktikada bu yangilik Nyurnberg sudi jarayonida tatbiq etiladi. Shunda sudlanuvchilardan bir German Gering bu narsa uning umrini qisqartirayotganidan shikoyat qiladi. D.S. Qanday yangilik haqida gap ketmoqda? 
Javob : Sinxron tarjima. 
Savol : Arablarda bir so`z mavjud bo`lib, tarjima qilsak “Juda ham uzun” degan ma`no anglatadi. Bu arabcha so`zdan bizning tilimizga kirib kelgan 2ta so`z kelib chiqqani aytiladi. Ularning birinchisi bilan biz o`z turdoshlari ichida haqiqatan ham eng uzunlardan biri bo`lgan jonzotni ataymiz, ikkinchi bilan esa bir idishni. D.S Har ikki so`zni ayting. 
Javob : Jirafa va Grafin. 
Savol : Ba`zi manbalar GAMMA haqida gapirarkan Cherchilning nutqini hamda 1946-1991-yillarni eslaydi. Eynshteyn esa DELTA haqida gapirganda toshlar va yog`och palkalarni eslab o`tadi. D.S. GAMMA va DELTA - ? 
Javob : 1. 3- hamda 4- jahon urushlari. 
Savol : 2009-yil Qozog`iston Milliy banki 34 yil ilgari yuz bergan bir voqea xotirasi munosabati bilan bimtalli tanga ishlab chiqaradi. D.S.Qanday voqea? 
Javob : Soyuz-Apollom kosmik kemasi parvozi. 
Savol : 1863-yilda tavallud topgan osiyo tadqiqotchisi Frensis Yangxazbend 1887-yilda Qirollik Geografiya jamiyati medalini oladi. 1890-yilda Kashmir haqida kitob yozadi. 1891-yilda Ingliz Imperiyasi III darajali kavaleriga aylanadi va nihoyat 1897-yilga kelibgina BU ISHNI qiladi. Diqqat savol. Nima qigan? 
Javob : Uylangan 
Izoh : Familiyasiga teskari ish albatta 
Savol : Ikkinchi jahon urushi ketayotga bir paytda FBR Vladimir Zvornikinni tunda avtomobilni faralarini yoqmay haydayotganligi sababli uning mahfiy labaratoriyasi yaqinida hibsga oladi. Diqqat savol. Zvornikin shu paytda nima ish qilayotgandi? 
Javob : Tunda ko`rish moslamasini sinayotgandi. 
Savol : Pedagoglarga Doskaga sariq I, jigarrang U hamda g`ishtrang qizg`ish Ani yozish tavsiya etialdi. Shunda bolalar ularni chalkashtirib yubormaydilar. D.S nimani? 
Javob : Cho`chqachalarni Nif Nuf va Naf. 
Savol : 100 yilcha oldingi voqealar haqida hikoya qilarkan N Yepanich bir davlatda konoteatrga kirish uchun bir bulochkani narxicha haq to`lash kerakligi haqidagi afishalar bo`lganini aytadi. D.S nega afishalar bunday bo`lganini bir so`z bilan ayting. 
Javob : Inflatsiya. 
Savol : Ular tufayli Uliss Grant memuarlar olgan, knyajna Tarakanova esa ko`plab davlatlada bo`lgan. Ko`plab kitoblarda ular gunohga tenglanadai. D.S U-? 
Javob : Qarz. 
Savol : Qaysi qirol o'ziga laqabni gavayi olov ma'budasi nomidan olgan? 
Javob : Pele 
Savol : Minglab tengdoshlari sinovdan o'tishini bilgach, bu qiz donolarcha va aqlan teran holda ish ko'rdi. Natijada prodyuser uni aynan shu rolga loyiq ko'rdi. Qaysi rol? 
Javob : Germiona Greynjer 
Savol : Bir safar kimyo darsidagi tajribalarda "gidroksoalyuminat"dan "aminokislota"ni ajratishga erishdim! Lekin afsuski undan "gidroksid"ni ajrata olmadim. Bunga nima yetishmadi? 
Javob : D harfi)) 
Savol : Dorivor o'simlik damlamasi, qirilgan qalampir, spirtlangan tibbiy paxta va issiq grelka. Xalq tabobati buni nima bilan kurashishga tavsiya etishadi? 
Javob : Uyqusizlik 
Savol : 50 yoshlar chamasidagi bir turist Afrikadagi zooparklardan birida aylanib yurib hamyonini yo'qotdi. Shundan so'ng u sudga hamyoni o'g'irlangani haqida murojaat qildi. O'g'ri ham tezda topildi va u hech ham yashirinishni o'ylab ko'rmadi. Qiziq tomoni o'g'ri javobgarlikka tortilmadi. Nega? 
Javob : Chunki u maymun edi) 
Savol : Marketingda "kabalizatsiya" degan strategik termin bor. Bunda bir tashkilotning mahsulotini o'sha tashkilotning boshqa bir mahsuloti siqib chiqarish jarayoni. Yuqoridagi savol matnida qaysi uchta harf tushirib qoldirildi? 
Javob : nni 
Izoh : Kannibalizatsiya
Savol : Bir rassomning kartinasidagi uzilgan musiqa tori jamiyatdagi o'sha paytning tartibsizligining belgisi sifatida gavdalanadi. Kartina avtorining aytishicha, ushbu musiqa asbobining nomi bir familiya bilan ohangdosh ekan. Qaysi familiya? 
Javob : Lyuter 
Izoh : Musiqa asbobi - Lyutna. Yevropadagi reformatsiya haqida edi gap. Martin Lyuter - asosiy reformatorlardan biri bo'lgan
Savol : Bir jurnalistning aytishicha, konservativ amerikalik bir Nobel mukofoti laureatini Luzer deb atagan. Kim bu laureat? 
Javob : Martin Lyuter King 
Savol : Bir yozuvchining aytishi-cha, X bu doim berkinib yuradigan, ho'l, yalang'och va ko'r hayvondir. O'tgan asrning o'rtalarida chiqqan bir asarda esa, X umuman berkinmagan. X - ? 
Javob : Til 
Izoh : Asar deganda Eynshteynning mashhur tilini chiqarib tushgan rasmi nazarda tutildi.
Savol : Yaqinda Yevropadagi zooparklardan birida U larning tug'ilganligi munosabati bilan matroslar va desantlar bepul kirish huquqiga ega bo'lishdi. Ular - ? 
Javob : Zebra 
Izoh : Yangi tug'ilgan egizak zebralarni 3 kun davomida bepul ko'rish uchun yuqoridagilarni kiyimlaridan kiyib olish kifoya edi
Savol : Bir iqtisodchining so'zlariga qaraganda, bir vaqtlar afrikaliklar o'zlarining tanasidagi jarohatlarni tez va bildirmasdan tika olishardi. Ular qaysi zamonaviy Afrika davlati hududida yashashgan? 
Javob : JAR 
Izoh : Olmosni shu yusinda o'g'irlash urfga kirgan
Savol : Har yili minglab turistlar Amerikaning bir shahriga bo'yoqqa burkanishi mumkinligini bilishsada tashrif buyurishadi. Shu shahar yaqinidagi qanday yodgorlik joylashgan. 
Javob : G'or 
Izoh : Mark Tven tug'ilgan Gannibal shahriga "Tom Soyer" ning bo'yoq bayramini nishonlash va devor bo'yash uchun turistlar kelishadi. Bir necha mil uzoqda esa Tomning g'ori joylashgan
Savol : Aytishlaricha, bir shirinlik mahsuloti ishlab chiqarilgandan so'ng, kimdir uni diagonal bo'yicha ikki qismga kesishni taklif qilibdi. Shirinlik qanday nomlanadi? 
Javob : Napoleon 
Izoh : To'rtburchak tortni ikkita uchburchakli qismga ajratib, uni Napoleonning uchburchagiga o'xshatishgan
Savol : San-Fransiskodagi bir muassasaga intellektual o'yinlar o'ynash uchun tashrif buyuruvchilar oq xalat kiyib yurishadi. Ushbu muassasa kimning nomi bn ataladi? 
Javob : Arximed 
Izoh : Bu hammomda shaxmat o'ynash va ba'zi hollarda "Evrika!" deb qichqirish mn)
Savol : Akula bolalari tug'ilganidan juda yaxshi suza olishadi. Shuning uchun bir necha yil oldin biologlar SHUNDAY akulani tutishganida juda ham hayratlanishgan. QANDAY akula? 
Javob : Xaltali 
Izoh : Odatda xaltalar hayvonlarga bolalarini tashqi muhitga o'rgatish uchun kerak. Xalta akula uchun nega kerak bo'lgani haligacha jumboq bb qolmoqda
Savol : XVI asr boshlarida U musiqachilar va qiziqchilar qurshovida vatandoshini kuzatardi. U - ? 
Javob : Mona Liza (Jakonda) 
Izoh : Da Vinchi kartinada Mona Lizaning tabassumini yaratish davomida musiqachilar va hazilkashlar uning atrofida bo'lishgan
Savol : Bir serialdagi erudit odam (bilimi kuchli, intellektual) qamoqqa tushgach, "endi men SHUNDAY ALFA man" deydi. QANDAY ALFA - ? 
Javob : O'tiradigan ensiklopediya 
Izoh : Bundan oldin uni "yuradigan ensiklopediya" deb atashgan
Savol : Bir kashfiyotchi o'lchov birligini 1,5 martaga oshirishga qaror qildi. Chunki ko'mirni ULAR ko'tarardi. Ular - ? 
Javob : Ponilar 
Izoh : Ko'mir shaxtasida ishlagan Jeyms Uatt poni otlaridan foydalanar edi. Oddiy ot ponidan kuchli ekanini bilgan Uatt birlikni 1,5 martaga oshiradi. 1 ot kuchi shu tariqa kelib chiqadi
Savol : 1945-yil bahorining oxirlarida vafot etgan rassom-dizayner Veniamin Samoylov "U" ning muvaffaqiyatini ko'ra olmadi. Lekin rassom U ni ko'rgan deya olishimiz mumkin. U - ? 
Javob : "U" - Pobeda mashinasi. U - jahon urushidagi g'alaba 
Izoh : V.Samoylov mashina ko'rgazmasiga 1 oy qolganda o'z joniga qasd qilgan
Savol : Savolni Nakamura beradi. Bir rus bir yevropa poytaxtida qarmoqqa ilindi. Bu voqea nechinchi yilda sodir bo'lgan? 
Javob : 1972 
Savol : Radiofizik Vasiliy Denisov BU ISHNI 1929-yilda qiladi. Oradan qariyb 10 yil o`tgach esa Juan ham BU ISHNI qiladi. SAVOL: Juanning familiyasini toping. 
Javob : Du Nasimentu 
Izoh : BU ISH - o`g`lini Edison sharafiga nomlash
Savol : 1908-yilda dunyo yuzini ko`rgan romanning turkcha nomi "Bay Pershenbe". SAVOL: Roman muallifini toping. 
Javob : Chesterton 
Izoh : Roman: "Payshanba bo`lgan odam
Savol : Aytishlaricha uning so`ngi so`zlari "Men tayyorman, yigitlar!" bo`lgan ekan. Shu so`zlardan so`ng u xatto ularga bo`sa ham hadya qilgan. U haqdagi dastlabki film 1920-yildayoq dunyo yuzini ko`rgan. SAVOL: Uni toping. 
Javob : Mata Xari 
Savol : 16-dekabr 1986-yilda Gorbachov Andrey Saxarovga Moskvaga qaytishi mumkinligini telefon qo`ng`irog`i orqali xabar qiladi. SAVOL: Bundan bir kun oldin Saxarov uchun qanday quvonchli voqea sodir bo`lganini toping. 
Javob : Moskvadan surgun qilingan Saxarovniy Gorkiydagi uyiga telefon o`tqazilgan 
Savol : "Xazinalar oroli" postanovkalaridan birida Jon Silver Jimga skvorodka va undan sal narida qotib qolgan momo haqida gapiradi. Keyinchalik aynan shu Momo Jimga uyga qaytishga yordam beradi. SAVOL: Jon Silver nimani Momoga o`xshatgan? 
Javob : Qutb yulduzi 
Izoh : Skovorodka bu cho`mich yulduzi edi
Savol : Vladimir Korochansev yozichi Afrika davlatlaridan birida tuzum o`zgargach ko`p qavatli uylardagi xonadonlar yangi xo`jayinlar tasarrufiga o`tadi. Ammo tez orada bu xonadonlar yashashga yaroqsiz bo`lib qoladi. SAVOL: Buning sababini toping. 
Javob : Olov yoqishgan 
Savol : XVII asrda Londonda savodlilik darajasi juda past bo`lgan. Shu booisdan ham poytaxt muassasalaridan birida bir nechta rangli bayroqlardan foydalanishgan. SAVOL: Qora bayroq qanday ma`noni anglatgan? 
Javob : Tragediya 
Izoh : Bu teatrga osib qo`yilgan
Savol : 1462-1505 yillarda hukmronlik qilgan Ivan III O`rdaga qaram bo`lgan. Buni Ivan III yuritgan hujjatlardan ham bilib olish mumkin. SAVOL: Qanday qilib? 
Javob : Hujjatlarda hijriy yil ishlatilgan 
Savol : "The Village" sayti ushbu so`zni 2014-yilning eng asosiy neologizmlari ro`yxatiga kiritdi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko`ra bu neologizm bit yarim trillion rublni anglatadi. SAVOL: O`sha neologizmni toping. 
Javob : Olimpiard 
Izoh : Sochi olimpiadasiga rekor darajada mablag` sarflanggan. Bu mablag` keyinchalik olimpiard deb atalgan. Milliarda o`xshab
Savol : Shpengler fikricha haqiqiy o`rdak uchun absolyut to`g`ri yoki noto`g`ri nuqtai nazar mavjud emas. SAVOL: Eng mashxur o`rdakni yaratgan insonni toping. 
Javob : Roden 
Izoh : O`rdak bu mutafakkir edi
Savol : Mashxur asraning kinovariantida Nikolay Ivanovichning ismi o`zgargan. Ammo bosh qahramon ism, sharifini o`zgartirmagan. SAVOL: Bosh qahramonning film avvalidagi lavozimini toping. 
Javob : Uy boshqaruvchisi(domkom) 
Savol : Koreys urushi davomi etayotgan yoz kunlridan birida britan artilleriyasi xitoyliklarni odatdagidek o`qqa tutish o`rniga rangli tutun chiqaruvchi snaryadlarni otishadi. SAVOL: Bunga sabab bo`lgan voqeani toping 
Javob : Yelizaveta II ning taxtga o`tirishi 
Savol : Vatamanu ismli yozuvchining "Atomikning sarguzashtlari" nomli ertagida Yogurt ismli shahar shifokori 53-xonadonda istiqomat qiladi. SAVOL: Yogurtning bizga tanish nomini toping. 
Javob : Yod 
Izoh : Ertak kimyoviy elementlarga bag`ishlangan. Yod 53-element hisoblanadi
Savol : Yozuvchi Yevgeniy Lukindan o`ziga xos retsept: bir chimdim san`at va bir chimdim fanni olib qozonga solamiz. Tobiga yetguncha aralashtiramiz. SAVOL: Tayyor bo`ladigan "taom" nomini toping. 
Javob : Ilmiy fantastika 
Savol : Siril Rolandning “Adolat kuchi” nomli kartinasida dor ustida ko`zlari bog`langan holta ketayotgan qiz tasvirlangan. SAVOL: Qiz muvozanatni saqlash uchun qanaday predmetlardan foydalanayotganini toping 
Javob : Tarozi va qilich 
Savol : Kamillo Kavur Italiyaning ozod qilinshi va birlashishida juda katta rol o`ynagan. Kavuruga bag`ishlangan haykalning eng pastiga allegoriya uslubida tarix tasvirlangan. SAVOL: Haykaldagi tarix nima ish qilayotganini toping 
Javob : Klavur ismini yozyabti 
Izoh : Klavur tarixda iz qoldirgan ma'nosida
Savol : Bir oltoy afsonasida xudo Ulgen odamlarni yaratgach qarg`ani odamlar uchun o`lmas qalb olib kelishga yuboradi. Qarg`a qalbni olib qaytayotganda ULARNING ustidan uchib o`tayotganida qalbni tumshug`idan tushirib yuboradi. Shundan so`ng insonlar o`lishni boshlaydi, ULAR esa bir sifatga ega bo`lishadi. SAVOL: O`sha sifatni toping 
Javob : Doimo yashil bo'lib turish 
Izoh : Bu archalar edi
Savol : Bir taksi firmasi o`z telefon raqamini U YERGA joylashtiradi. Raqam yonida quyidagi so`zlarni o`qish mumkin: “Siz bu raqamni uchinchi bor ko`rganingizda unga qo`ng`iroq qiling.” SAVOL: Reklama qayerga joylashtirilgan? 
Javob : Pivo krujkasi 
Savol : Tarqatma:Tayyorla meni peshindagi taqchillikka, tayyorla meni oqshomgi nurga.Tayyorla meni mening yulduzli osmonimga. Qarshingizda Uolr Uitmenning she`ridan parcha. 1888-yilda boshqa bir mashxur opasiga yozgan xatida Uitmen she`rlari unda katta taassurot qoldirganini yozadi. SAVOL: O`sha mashxurni toping. 
Javob : Van Gog 
Savol : Bir film qahramoni xotiniga 100 ta mashq bajarib, so`ng uxlashini aytadi. Oradan biroz vaqt o`tgach uxlashga yotayotgan erini ko`rgan xotini qanday qilib 100 ta mashqni bir pasda bajarganini so`raganida u shunchaki UNDAN foydalanganini aytadi. SAVOL: UNI toping. 
Javob : Ikkilik sanoq sistemasi 
Izoh : Ikkilik sanoq sistenasida 100 soni 4 ga teng
Savol : Bir dasturchining tashrif qog`ozi chetida zigzag ko`rinishidagi qirqilgan naqshni ko`rish mumkin. SAVOL: Bu naqsh nimani ifodalaydi? 
Javob : Www 
Savol : Butun jahon yovvoyi tabiat fondi tomonidan chiqarilgan plakatda to`rtta timsox va to`rtta sumka tasvirlangan. Plakat ostida “Sening navbating” dega yozuvni ko`rish mumkin. SAVOL: Plakat dizaynida qaysi o`yindan foydalanilgan 
Javob : Iks nolik o'yini 
Izoh : Sizning qaroringizdan so'ng yo timsoxlar, yoki sumkalar g'alaba qozonadi
Savol : Gilbert Chesterton hikoyasida Uilyamson familiyali odamni Uilyam ismli odam o`ldirib ketadi. Hikoyaning ruscha tarjimasida U esga olinadi. U 1880-yilda yaratilgan boshqa bir mashxur asar mavzusi hisoblanadi. SAVOL: O`sha asar muallifini toping. 
Javob : Ilya Repin 
Izoh : Fanilya va ismdan ota o'z o'g'lini o'ldirgan degan hayolga borish mumkin. Repin kartinalaridan birida o'g'lini o'ldirgan Ivan Grozniy tasvirlangan
Savol : Daniyel Kluger shunday bir voqeani hikoya qiladi. 1980-yillarda sovet afitseri kitob do`koniga kiradi. Qidirgan kitobini peshtaxtadan topolmagach sotuvchidan " "Sirli orol" bormi?" deb so`raydi. Biroz sarosimadga tushib qolgan sotuvcha sal ikkilanadi, so`ngra boshqa bir xodimga imo qiladi. U xodim ichkariga kirib ketib gazetaga o`ralgan kitobni olib chiqib xaridorga tutqazadi. Xaridor uyiga kelib gazetadagi kitobni ochib hayron qoladi. SAVOL: U qaysi asarni sotib olgan edi? 
Javob : Gulag arxipelagi 
Izoh : SSSRda bu taqiqlangan kitob bo'lgan va qorq bozorda "Sirli orol" nomi bilan sotilgan
Savol : Bir romanda ingliz josus ayolini Moskvada qo'lga tushirishadi. Bunga sabab ayol dastlab BIRINCHI ISHni qilgan, keyin esa IKKINCHI ISHni. BIRINCHI ISHni qaysi so'zlar bilan almashtirdim? 
Javob : O'ng tomonga qaragan 
Izoh : Angliyada qoida boshqacharoq
Savol : "Kuragi yerga tegmas" hikoyasi voqealari XIX asrning birinchi yarmida Amerikada bo'lib o'tadi. Quldor o'z quliga "jang qilish"ni qilishni taklif qiladi. Agar qul SHU ISHni qilsa ozod qilinishini aytadi. Qaysi bir nechta so'z yuqorida almashtirilgan? 
Javob : Shaxmatda qoralarda o'ynab yutish 
Izoh : Oq tanli quldor qulga shaxmat o'ynashni taklif qiladi, albatta har kim o'z rangida
Savol : Tanklar bilan kurashishning juda ko'plab usullarini ko'rib chiqqan mutaxassislar, eng yaxshi himoya yo'li bu - Ular degan qarorga kelishgan. Ular - ? 
Javob : Boshqa tanklar 
Savol : BU qadimgi Arabiston va Misrda ham bo'lgan. Bir ishbilarmonning fikricha, BUsiz pul qilish faqat pul chiqaruvchi dastgohga hosdir. BU - ?  
Javob : Reklama 
Savol : Arab afsonalarida aytilishicha, Ularni yerga tashlab yuborgan farishta Alloh taolo tomonidan jannatdan chiqarib yuborilgan ekan. Yaqin sharqada ikkita bir-biriga o'xshagan Ular mavjud emas deyiladi. Chunki ularga Alloh taolo tomonidan chizilgan, taqdirni bashorat qiluvchi yozuvlar-belgilar bor ekan. U - ? 
Javob : Qovun 
Savol : Qadimgi Mesopotamiyada kemalarda suv o'tkazmaslik uchun Undan foydalanishgan. Aynan U tufayli ekipaj transportlarida suhbat qurib ketish osonlashdi. U - ? 
Javob : Asfalt 
Savol : Buyuk dengizchi Sebastian Kabot o'z vaqtida atrofida sovuq suv, yog'li va mazali baliqlar bo'lgan yerni kashf qiladi. U bu yerni Xitoy deb o'ylagan edi. Biz hozirda bu joyni qanday ataymiz? 
Javob : Nyufaundlend 
Savol : Sara Polk Oq uyda alkogol, raqslar va bazmlarni ta'qiqlab qo'ygan. Eriga esa BU ISHni qilishni ta'qiqlagan. XIX asrda eri bilan SHU ISHni qilgach depressiyaga tushgan ayolni familiyasini toping! 
Javob : Linkoln 
Izoh : BU ISH - teatrga tushish
Savol : Zakovat sandiqchasi! Albanlarning 1-mayda nishonlanadigan bayramida an'anaviy milliy taom tayyorlanadi. Bu taomga qo'shiladigan sandiqchadagi mahsulotni hamma ham tanavvul qilavermaydi, garchi uning bir qancha foydali tomonlarini e'tiqodlilar ham, atiestlar ham ta'kidlashgan bo'lsa-da. Sandiqchada nima bor? 
Javob : Sarimsoq piyoz 
Savol : Bir kuni Paganinidan uning muxlisasi "nima qilsam har doim sizning ilohiy musiqangiz bilan birga bo'la olaman?" deb so'rabdi. Paganini muxlisasiga qanday maslahat berganini aniq ayting! 
Javob : Stradivari skripkasi bo'lishni aytgan 
Savol : Boris Pasternak fikricha, BU ISHni bir marta qilgan odam shu ishining tasdig'i uchun yana yigirma marta BU ISHni qilishga majbur bo'ladi. Shu gaplarni ayta turib yozuvchi qaysi qahramonni tilga olgan? 
Javob : Pinokkio 
Izoh : Gap yolg'on haqida edi
Savol : Rey Bredberining "Momaqaymoqdan vino" asari qahramoni - 12 yoshli bola. Yoz kelishidan juda ham xursand bo'lib, yashil olmalardan, shaftolilardan va olxo'rulardan iloji boricha ko'proq uzib olishga shay ekanligini aytib o'zi Unga o'xshatadi. U - ? 
Javob : Shiva 
Izoh : Qancha ko'p qo'l bo'lsa shuncha ko'p meva
Savol : Gullardan fe'l-atvorga qarab sovg'a qilsak, o'g'il bolaga egoistligi uchun nartsiss sovg'a qilish kerak. Juda ko'p gapiradigan qizga qanday gul sovg'a qilinadi? 
Javob : Qo'ng'iroq gul 
Savol : 1974 - Telstar 1978 - Tango 1986 - Azteca 1990 - Etrusco 1994 - Questra 1998 - Tricolor 2002 - Fevernova 2010 - ? 
Javob : Jabulani 
Izoh : Adidas to'plari nomlari shu yillarda chiqarilgan
Savol : Biron kasallik bilan ilk bor kasallangan odam shu kasallikka odatda o'z nomini beradi. "Californian Star" gazetasi direktori bo'lgan Sem Brennan bunday sharafdan quruq qolgan. Qanday "kasallik" haqida gap ketyapti?  
Javob : Oltin talvasasi 
Savol : Bir safar Yevgeniy Yevtushenko otasi bilan restoranga kira olishmagan. Shundan so'ng otasi yoshlik paytida komsomol yig'inida uni aksincha, burjuaz kayfiyatida deb ayblashganini aytib beradi. Uning hikoyasida qaysi predmet eslab o'tiladi? 
Javob : Galstuk 
Izoh : Galstuksiz restoranga kiritishmagan. Inqilobdan keyingi vaqtlarda esa galstugi borlarni burjuaz deb ayblashgan
Savol : Haligacha tadqiqodchilar va o'quvchilar nega aynan asarga shu nom tanlanishi yuzasidan bir to'xtamga kelishmagan. Ko'pchilik bunda harbiyning va dindorning qarama-qarshiligini namoyon qiliuvchi hayot o'yini deb tushuntirishga harakat qilishadi. Gap qaysi asar haqida ketyapti?  
Javob : Qizil va Qora 
Savol : XX asrning 10-yillarida muzeyga kelganlardan biri Repinning "Ivan Grozniy va uning o'g'li Ivan" kartinasini kesib qo'yadi. Muzey mutasaddilari kartinani qayta tiklash uchun bir rassomni chaqirishadi. Lekin rassom kartinani chetlarini g'alatiroq ranga bo'yab buzib qo'yishiga oz qoladi. Muzey mutasaddilari qiyinchilik bilan kartinani tiklashga erishgan. Savol, qaysi rassom yordamga kelgan edi?  
Javob : Repinning o'zi 
Izoh : Rassom bu paytda ancha qarib qolgan edi
Savol : Ingliz fizigi G.Maxwell molekulalarning gazdagi tarqalish tezligini ochgan olim hisoblanadi. Bu kashfiyot u hali olim bo'lmagan paytda uning nomi bilan atala boshlagan. Kashfiyotni u tasodifan ochgan. Qanday qilib? 
Javob : Imtihondagi savol javob paytida 
Savol : Marko Poloning sayohatlari haqida hikoya qiluvchi kitobda Gobi cho'li Unga o'xshatilgan. Shuningdek, Marko Polo Uni tasvirlagan birinchi yevropalikdir. U - ? 
Javob : Sariq dengiz 
Savol : 1241-yil oxirlarida Vengriyada mo'g'ullar Dunayning sharqiy qirg'og'ida qoramolni qoldirishdi va och qolgan qochoqlarga daryoni kesib o'tib qoramolni olib kelishni buyurishdi. Savol, bundan ko'zlangan maqsad nima edi? 
Javob : Muzning mustahkamligini tekshirish 
Savol : Rossiya chempionati o'yinlaridan birida Aleksandr Kokorin uchta pozitsiyada o'ynashga ulguradi. sports.ru sayti sharhlovchisi futbolchini bir asar personajiga tenglashtirgan. Personajni toping. 
Javob : Figaro 
Savol : Jon Arrien 2500 dan ortiq sudga arz qilgan. Lekin ularning deyarli hammasi asossiz deb topilgan. 2009-yilda Arrien Unga qarshi arz qildi. U - ? 
Javob : Ginnes rekordlar kitobi 
Savol : Shuncha da'vodan keyin u "eng shikoyatchi" degan nom bn kitobga kiritilgan. Bundan xafa bo'lgan Arrien shikoyat qilgan Ushbu vizitka egasining kasbini toping! 
Javob : Fotograf 
Izoh : Bu belgilar fotoapparatda uchraydi
Savol : "KEMACHA"lar sportga XIX asrda kiritlgan. Shundan beri deyarli o'zgarmagan. Lekin zamonaviy "KEMA"lar oldingi ajdodlaridan keskin farq qiladi. "KEMACHA" va "KEMA" ni qaysi so'zlar bilan almashtirdim? 
Javob : Raketka va Raketa 
Savol : Akutagava asari qahramoni BIRINCHILARni oqayotgan daryoga, IKKINCHILARni esa daryo ostidagi toshga o'xshatgan. BIRINCHI va IKKINCHI - ? 
Javob : O'quvchi va o'qituvchi 
Savol : Bir aforizmda aytilishicha, kapitan ko'p narsan biladi, lekin ULAR kapitandan ham ko'proq narsani bilishadi. "Kirill va Mefodey" ensiklopediyasida ULAR bir-biri bn hazillashishi va hatto kulishi mumkin deyilgan. ULAR - ? 
Javob : Kalamushlar 
Savol : Manuel Brindjirning uzoq va muvaffaqiyatli kar'erasi bardagi nam stol tufayli poyoniga yetadi. Brindjir eng mashhur amerikalik X lardan biridir. X - ? 
Javob : Soxta pul yasovchi 
Savol : Napoleon Uni insoniyatning eng katta baxtsizliklaridan biri deb hisoblagan. Buyuk sarkarda fikricha, osmon insonlarni U bn jazolaydi, U hammani bebaxt qiladi, Uning tarafdorlari ham bu baxtsizlikdan quruq qolmaydi. Gap nima haqida ketyapti? 
Javob : Revolyutsiya 
Savol : Yaqinda Londondagi auksionda 1912-yilda chiqarilgan plakat sotildi. Plakat barchani yoqimli sayohatga chorlaydi. Qayerga? 
Javob : Amerikaga 
Savol : BLITS. Mavzu - "Totalitar rep" qo'shig'i. "Totalitar rep - okeanni sevganlar uchun ...dir." "Totalitar rep - seni sotishadi va sotib oladigan ...dir." "Totalitar rep - panjara ortida seni o'zing bo'lgan ...dir" Nuqtalar o'rinini to'ldiring. 
Javob : 1. Akvarium 2. Auksion 3. Zoopark 
Savol : Jyul Vern bu shaharni shaxmat doskasiga o'xshatgan. Shu shahar haqida aytilgan qo'shiqda brauning eslab o'tiladi. Gap qaysi shahar haqida ketyapti? 
Javob : Keyptaun 
Savol : Amerikadagi ozodlik haykalini bilasiz. U haqida ma'lumotga egasiz. Uning ochilish marosimida haybiy parad bo'lgan va dengizda salyutlar otilgan. Ko'plab kemalarda esa ULAR ning ko'tarilganini ko'rish mumkin edi. Savol: ULAR ni 2 so'z bilan yozib bering. 
Javob : Fransiya bayrog'i 
Izoh : Ma'lumkin, ozodlik haykali fransuzlarning amerikaliklarga sovg'asi bo'lgan. Parad vaqtida kemalarda fransiya bayrog'ini balandga ko'tarib, ilib qo'yishgan
Savol : Bir mashhur rus qo'shiqchisi o'zining konsertlarida bir frazani aytishni odat qilgan ekan. U tomoshabinlarga shunday degan: "ALFAngizni ehtiyot qiling, u keyinchalik bolalaringizga mehr ko'rsatganda kerak bo'ladi". Savol: ALFA o'rnidagi so'zni yozib bering 
Javob : Kaft (qo'l javobi ham qabul) 
Izoh : Bu qo'shiqchi Visotskiy edi. Uning konsertlarida qarsakbozlik judayam kuchli bo'lgan. Shunda u odamlarga aytgan: "Kaftingizni ehtiyot qiling, u bolalaringizni boshini silash uchun kerak bo'ladi"
Savol : Bir serialda personajlardan biri o'zining raqibiga shunday deydi: "BU ISHNI qilmoqchi edim, ammo qishgi kiyimlarimni joylab qo'yib bo'lganman". Savol: BU ISH QILISH o'rnidagi so'zlarni yozib bering. 
Javob : Duelga chaqirish (Qo'lqop tashlash ham qabul) 
Izoh : U raqibiga qo'lqop tashlab duelga chaqirmoqchi bo'ladi, ammo qo'lqopini boshqa qishgi kiyimlariga bilan birga yig'ishtirib, joylab qo'ygan edi
Savol : "The Birds" musiqiy guruhining bir a'zosi guruh judayam mashhurlikka erishgan vaqtda guruhni tark etibdi. Bunga esa ALFA sababchi bo'libdi. Savol: Grek tilidan kirib kelgan ALFA ni yozib bering. 
Javob : Aerofobiya 
Izoh : Guruh mashhur bo'lganindan so'ng, turli shaharlarga gastrol safarlari ko'payadi. Bu guruh a'zosi esa samolyotda uchishdan qo'rqardi. Guruh nomi ham yordam berishi mumkin edi
Savol : olalar uchun mo'ljallangan kitob ekranizatsiyasida U sohil bo'yida shaxmat o'ynaydi va shaxmat figurasini suvga berkitmoqchi bo'lgani uchun qilmishiga yarasha jazolanadi. Savol: Uni 2 so'z bilann ayting. 
Javob : Kapitan Xuk 
Izoh : U shaxmat figurasini suvga berkitayotganda qo'lini timsoh tishlab oladi
Savol : Qoraqalpog'iston Respublikasi. Mo'ynoq tumani. Orol dengizi. U yerda "Kemalar qabristoni" mavjud. "Qabriston"da 11 ta kema bor. Ularning hozircha ikkitasinng nomi bor: Biri - "Germaniya", ikkinchisi - "Yaponiya". Savol: Aytingchi, ularga bu nom nimaga asoslanib qo'yilgan? 
Javob : U yerga qaysi davlatdan eng ko'p turistlar tashrif buyurishiga qarab shu nomlar tanlangan 
Savol : Qoraqalpoq Davlat O'lkashunoslik muzeyiga kelgan turistlarda biri mizey eksponatlari orasidan Qoraqalpoq milliy qahramoni "Ernazar Alako'z batir" portretini sotib olmoqchi bo'lib, muzey xodimiga murojaat qiladi. Lekin uni sotib olishda rad havobini oladi. ammo muzey xodimining o'ziga xos ajoyib javobidan u juda mamnun edi. Savol: Xodim unga qanday ta'sirli javob berganini maksimal aniqlikda ayting? 
Javob : Xalq qahramon botirlari sotilmaydi.("Sotqin emas" ma'nosida) 
Savol : Seneka shunday yozadi: "Har bir kutubxona bir dona bo'lsaham UNING mavjud bo'lmasligiga qaysididr ma'noda o'z ta'sirini o'tgazadi" UNI toping? 
Javob : Qamoqxona 
Savol : Yaqinda ijtimoyiy saytlardan birida bir ajoyib postga ko'zim tushdi. Unga ko'ra, muallifning aytishicha u bobosinikida mehmonda bo'lganida bobosining tabiyatga nisbatan chuqur g'amxo'rligi ning ko'nglida katta qiziqish va ta'sir ko'rsatadi va natijada u ham do'stlari bilan birga o'z ajoyib ishini yo'lga qo'ygan ekan. Savol: Aytingchi, Murad Buildings jamoasi qanday ibratli amal bilan shug'ullanadi? 
Javob : Istirohat bog'lari, bog'chalar,maktab va boshqa jamoat joylarida qushlar chun uya,in qurish bilan 
Savol : Angliya qonunchiligiga ko'ra, agar haydovchi yo'lda itni urib ketsa, unga odam urib ketganidan nisbatan og'irroq javobgarlikka tortilar ekan. Savol: Aytingchi, Buning sababini ular qanday izohlaydi? 
Javob : Chunki,itlar yo'l-haakati qoidalarini bilmaydi. 
Savol : Olmos toshining o'z qoidasi bo'larkan. Unga ko'ra, agar olmosning massasi 50 karattan oshsa, SHU ISH amalga oshirilar ekan. Qaysi ish? 
Javob : Ularga alohida o'ziga tegishli nom qo'yiladi 
Savol : Faylasuf Solratning ta'kidlashicha, "Hechkim senga dushman emas, hechkim senga do'st ham emas. Ammo, bilib qo'y-ki, harbir odam sen uchun U!" U kim? 
Javob : Ustoz 
Savol : Sharq donishmandligidan bir shingil: "Kelajagingga umid bilan boq, o'tmishingga shukronalik bilan qara, atrofingga muhabat ila nazar sol. Tepaga esa U bilan intil"Savol: U ni toping? 
Javob : Ishonch 
Savol : Rus yozuvchisi M Bulgakov qalamiga mansub "Usta va Margarita" asarida shunday deyiladi: "Siz o'zinggizdagi ULAR bilan juda ehtiyot bo'ling, chunki ULAR kutulmaganda "ishga tushib" ketish qudratiga ega." Savol: Yozivchi ULAR deb nimani nazarda tutgan? 
Javob : Hohish-istaklar.Orzu-niyatlar. 
Savol : Nimaning hisobiga soat strelkalari chapdan o'nga qarab harakatlanadi. Izohlang? 
Javob : Yer sharining quyosh atrofida aylanishi hisobiga. Chunki, tarixda bilamiz eng birinchi soalar quyosh soatlari bo'lgan. Ya'ni quyoshdan tushib turuvchi soyaning harajatiga asoslanib keyinchalik bu xolat mexanik soalarga ham qo'llanilgan.
Savol : Ushbu ikkita bir-biriga raqobatdosh dunyoga mashhur nemis kompaniyalaring asoschilari aslida aka-uka bo'lishgan. Lekin shunga qaramay ular bir birlari bilan hayotining so'nggi kunlariga qadar gaplashmagan. Yaqinlarining eslashlaricha, ularning har biri o'z aro qarindoshlik aloqalarining yaxshilanishini chindan xoxlagan, lekin birinchi qadam qo'yish har ikkalasigaham malol kelgan. Savol: Ushbi ikki kompaniyani ayting? 
Javob : Adidas va Puma 
Izoh : Ado'lf va Rudol'f Dasslerlar
Savol : XX-asrning ikkinchi yarmida Mao Tszedun tashabbusi bilan "Katta poyga" deb nomlangan "birinchi dushmanlar"ga qarshi ommaviy kurash tashkillashtiriladi. Bu kurash poygada 2 mlrddan ortiq dushmanni qirib tashlashga erishiladi. Maqsad yillik hosilni saqlab qolish edi. Lekin, afsuski bu ommaviy qirg'in mahalliy eko-sistemaning tabiyiy mu'tadilligi uchun katta yuqotish bo'ldi. Shundan so'ng mamlakatda "Buyuk itoy ocharchiligi" boshlandi. Bunga endi ikkinchi dushman sabab. Vaziyat "birinchi dushman"ni zudlik bilan "qayta tiklash" ni talab qildi. Savol: Birinchi va ikkinchi dushmanlarni toping? 
Javob : Chumchuqlat va chigirtkalar 
Izoh : Avval rogatkalarda ekin maydoniga kelgan chumchuqlar va shunga uxshash qushlarni qirib tashlashadi. Buning oqibatida chigirthalar ko'payib barcha ekinlarga haqiqiy qiron kelib, ocharchilik boshlanadi. Va zudlik bilan SSSR va Kanadadan chumchuqlarni import qilishgan
Savol : Amir Temur Aqdaryo bo'yida ko'shkda. Yonida xos munajjimi movlono Badriddin bilan shatranj o'ynayabdi. Birinchi o'yinda hukmdor Temur g'olib keldi. Ikkinchisida munajjim engdi. Ular endi uchinchi bor dona surardilar. Eshik oldida eshik og'asi va chopar paydo bo'ldi. Savol: Aytingchi, ular usha payt Amir Temurga qanday muhim xabani yetgazgan, izohlang? 
Javob : Hukmdorning o'g'il farzand ko'rgani xabarini. Izoh: Usha o'ynda Amir Temur "shox" qo'yib g'olib bo'ladi va bu o'yin tarixda qolishini istab yangi tug'ilgan chaqaloqqa "Shoxrux" ismi qo'yiladi 
Manbaa : Nuriddin Qobul "Yetti iqlim hoqoni yohud ahd va taxt" romanidan
Savol : Prokuror tergovchisi Zohid Sharipov ustozi bilan suhbati chog'ida o'zining to'g'rilik, adolatparvarlik, jasurlik, jinoyatni fosh etish yo'lida hechqanday xavfu-to'siqlardan ortga qaytmasligini ayta turib shunday deydi: "Bilasiz-u men X manda o'zi". Ustozi esa Xni nimaligini tezda anglay qolmay, hayron bo'lib "Bu yana qaysi mashhur gruzin bo'ldi?" deb so'raydi. Tergovchi esa qah-qah otib kulib, Xning gruzinlarga hechqanday aloqasi yo'qligini, ular maxsus topshiriq olganlar guruhi ekanliini aytib tushintiradi. Savol: X o'rnidagi so'zni topishga urining? 
Javob : Kamikadzelar 
Izoh : Bilamiz gruzin familyalarini aksari "dze" qo'shimchasi bo'ladi. Kamikadze-yapon harbiy kuchida maxsus topshiriq olgan uchuvchilar. Ular o'ziga topshirilgan ishni bajarishda samalyotlariga faqat uchish uchun gina yoqilg'i olib ketadi,qo'nishga emas. Demak, orqaga qaytmaydi.
Manbaa : T.Malik "Shaytanat" kitobidan
Savol : Chingizxan Yevropani bosib olishga otlanishi oldidan bir g'alati farmon joriy etgan. Aytish joyiz-ki, bu farmon usha davr odamzod tarixida deyarli amalga oshirib bo'lmas ish edi. Chingizxan fikricha, bu narsa ya'ni usha ma'n etilayotgan jarayon askarning tezligini pasaytiradi, kuch-quvvatini kamaytiradi, diqqat-e'tiborining bir joyga jamlanmasligiga va ko'ngil notinchligiga sabab bo'lishi mumkin. avol: Aytingchi, Chingizxan nimani qat'yan ma'n qilgan? 
Javob : Farzand ko'rish 
Izoh : Askar 1.5 yilgacha ya'ni Yevropani ishg'ol qilguncha farzandli bo'lishga ruxsat yo'q. Chunki, farzabdli bo'lgach, xotini va chaqalog'iga g'amxo'rlik qilish kerak, qayg'rish kerak.
Manbaa : Chingiz Aytmatov "Qulayotgan tog'lar" asaridan
Savol : Bobur Mirzoning nevarasi Akbar. Akbarning nevarasi Xurram. Savol: Biz Uni qaysi mashhur nom bilan taniymiz? 
Javob : Taj-Mahal 
Izoh : Hurram-Shohjahon Taj-Mahalni qurdirgan
Manbaa : P.Kadirov "Humoyun va Akbar" romanidan
Savol : Sokratdan so'radi: SHU ISHni qilmoqchiman.Sokrat javob berdi: Ehtiyot bo'l, baliqqa uxshab qolmagin. Chunki, baliq ham tahаqarida payt to'rga ilingan xo'rakka intiladi-yu, to'rga tushgach,undan qutulishga harakat qiladi. Savol: Qaysi ish? 
Javob : Uylanish 
Izoh : "Bir qal'a bor. Undahilar tashqariga chiqishga, tashqaridagilar ichkariga kirishga mushtoq"
Manbaa : "Hikmatlar va hikoyalar" kitobi, "Baliq va to'r" hikoyasidan.
Savol : G'. G'ulom "Shum bola" asarida bozorni ta'riflay turib, shunday deyiladi: Bozor. Rastalardan birida sopol buyumlar. Boshqasida ushbular savdosi. Diqqatinggizni USHBU sotiladigan qatorga qaratay. Bu mahsulotni sotayotgan savdogarlar yon atrofida harom o'lgan mollarning ichak-chavag'ini ko'rishinggiz mumkin. U yer juda badbo'y.Og'zi-burninggizni yopib zo'rg'a chidash mumkin. Xaridor tezda ketishga shaylanishi aniq. Savdogar xaridorni sal bulsaham ushlab turish uchun bir piyola choy bilan mehmon qilishi ham mumkin. Savol: Aytingchi, bu yerda sotilayotgan mahsulot nima? 
Javob : Sovun 
Izoh : Sovun tayyorlash jarayonida zarur bo'ladigan xom-ashyolar badbo'y.
Savol : Germaniya qiroli Konrad 3 o'z davlati atrofidagi o'lkalardan biri Bavariyaga Bel'lf qal'asiga hujim qiladi. Qal'ani ishg'ol qilgan qirol shahar xalqiga jumladan ayollarga rahm qilishini va ularga bitta imtyoz berajagini aytadi va qal'adan hohlaganini olib tark etish imkonini beradi. Qirol ayollarning oqilona tanlovida hayratda edi. Savol: Ayollarni qarori nima bulgan? 
Javob : Hamma o'z erlarini olib chiqib ketgan 
Manbaa : "Qilga osilgan qilich" kitobidan
Savol : Shoh Humoyun Hindistonda har yili Navro'z bayramini nishonlashni tadbiq etadi. Navro'z kuni hamma xalq olomon ham hukmdorni, ham uning tojiga qistirilgan Ko'xinur olmosini yaqinroqdan ko'rishga intilib, yo'llarni tiqilinch-tirband bo'lishiga olib keladi. Shunda yasavullar oddiy fuqoroni kuch bilan qamchi bilan yo'ldan chetga chiqishiga urinib ko'radi. Shunda adolatli shoh buni tinch va bayramona bir ish, usul bilan amalga oshiradi. Savol: Bunda hukmdor mulozimiga qanday topshiriq beradi? 
Javob : Yopirilgan olomon ustidan va indan ham nariroqqa kumush va mis tangalardan sochqi sochish. Odamlar pulni olishga shoshilib yo'lni bo'shatadi. 
Izoh : P.Qodirov "Humoyun va Akbar" romanidan
Savol : Ko'koldosh nima ma'noni bildirishini yaxshi bilasizlar?! Humoyunning o'g'li Akbar shoh do'stlari Adham ko'koldosh va hind o'rtog'i Birbal bilan Jamna bo'yida sayrda yurgan payt Birbaldan so'raydi: - Sizning ham ko'koldoshinggiz bormi, Birbal? Birbal: -Ha bor lekin, hazratim ularni sizga tanishtirsam odobsizlik bo'lar.Shoh: Sabab?Savol: Sababini siz izohlang? 
Javob : "Chunki,ular buzoqlar. Men chaqaloqligimda onam meni ovqatlantirishga suti yetmay qolganida sigir suti bilan boqqan ekanlar" deb javob beribdi Birbal. Ko'koldosh - tug'ishgan aka-uka emas, ln bir onani emgan emikdosh aka-ukalar. 
Manbaa : P.Qodirov "Humoyun va Akbar" romanidan
Savol : 2017-yil 23-aprel kuni Angliya Kubogi yarim final baxslaridan biri Arsenal hamda Manchester City jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi. Matchning 105-daqiqasida Raxim Sterling o`rniga Ixeanacho maydonga tushadi. Bu almashtirish futbol tarixida o`z o`rniga ega desak ham bo`ladi. D.S. Ushbu almashtirishning o`ziga hosligini toping. 
Javob : Bu almashtirish futbol tarixidagi dastlabki to`rtinchi almashtirish edi 
Izoh : 2017-yildan e`tiboran futbol qoidalariga bir qancha o`zgarish kiritilgani ko`pchiligingizga ma`lum bo`lsa kerak. Shu yangi qoidalardan biri bu - "Qo`shimcha bo`limlarda 4-almashtirishni amalga oshirish qoidasi" edi.
Savol : 2003-yilgi Chempionlar ligasi baxslarining yarim final baxslarida bir mamlakatning ikki jamoasi toqnash keladi. Birinchi oyin 0-0 hisobida yakunlanadi, ikkinchi oyin esa 1-1 hisobidagi durrang bilan yakunlanadi. Mehmonda urilgan gol evaziga jamoalardan biri finalga yol oladi. Diqqat savol ushbu o`yindagi har ikkala jamoani toping 
Javob : Inter hamda Milan jamoalari. 
Izoh : Milanning ushbu ikki jamoasining uy stadionlari bitta hisoblanadi.
Savol : Fridirix Tik tomonidan yaratilgan bu haykal 1853-yilda qad roslaydi. Muallif bu haykal o`rnatilishidan 2 yil oldin duyodan ko`z yumgan. Haykal ostida yozilgan jumlada “Stator” va “Motor” sozlari ham qatnashgan. D.S. Ushbu haykal kimga atalganligini toping. 
Javob : Nikolay Kopernik 
Izoh : lotinchadan “Motor” – “Joyidan qozgatmoq”, “Stator” esa – “Toxtatmoq” degan manoni bildiradi. Haykal ostida esa “Nicolaus Copernicus Thorunensis. Terrae motor, Solis Caelique stator” (Torunlik Nikolay Kopernik. Quyosh toxtatib, yerni joyidan qozg`atdi) degan yozuv mavjud.
Savol : Yahudiylarda Xning “Dinastiya” degan ma'nosi bor. Arablarda esa X – Y dan 2 marta kichkina. Y ni esa mashxur matematik judayam yoqtirgan. Zamonaviy sohada esa X dan kichik bo`lgan bittagina birlik mavjud. D.S. X ni toping. 
Javob : Bayt 
Izoh : X – bayt, Y – Ruboiy. Ruboiyda 4 ta qator bo`ladi, bayt esa 2 qatordan iborat. Ruboiyni yaxshi ko'rgan matematik bu Umar Xayyom, informatikada esa baytdan kichik bittagina birlik mavjud bo`lib u baytdan 8 baravar kichik.
Savol : Ma`lumotlarga qaraganda, 1250-yili mo`g`ullar Bog`dodni egallagach u yerda ko`prik qurishadi. ushbu ko`prik qurilishidan keyin bir necha kunlar davomida dengiz suvi qora rangda bo`ladi. Diqqat savol: buning sababi nimad edi? 
Javob : Ko`prik kitoblardan qurilgan siyoxdan suv qora rangga kirgan 
Savol : Duplet. Mavzu: Poytaxtlar 1) Yevropadagi ushbu poytaxt nomi Usmoniylar imperiyasi davrida bu yerda qasr qurilgani tugfayli olgan. Qaysi poytaxt? 2) Ushbu poytaxt nomi tutayotgan ko`rfaz ma`nosini beradi. Qaysi poytaxt? 
Javob : 1) Sarayeva (Bosniya va Gertsogoviniya) 2) Reykyavik (Islandiya) 
Izoh : 2) geyzerlardan chiqayorgan bug`lar tufayli shunday nom olgan ekan
Savol : Alfadagi bunday holatni izohlashar ekan bazi astronomlar atmosferasi zich bo`lgan barcha planetalarda bunday holat bo`lishini ta`kidlashadi. Yana bir guruh astronomlar esa Alfaning bundayligiga sabab qilib, sayyoraga ko`plab yirik asteroidlar tushganligini ko`rsatishadi. Diqqat savol: Alfani va qanday holat haqida gap ketayotganini toping. 
Javob : Alfa - Venera sayyorasi 
Izoh : Bunday holat - Veneraning boshqa sayyoralarga nisbatan qarama - qarshi tomonga aylanishi
Savol : Sharq donishmandligiga ko`ra, insonlar baxslashishsa, ularning qalblari uzoqlashib, oralarida ulkan masofa paydo bo`lar ekan. Shu sababdab ham bu masofani bartaraf qilish uchun ular bu ishni qilishar ekan. Diqqat savol: Bu ishni toping. 
Javob : Baqirish (baxs janjalga aylangach bir-birlariga baqirib gapirishlari nazarda tutilgan) 
Savol : Saratov viloyatida 4 ta bir xil nomdagi ko`chalar mavjud. Ularning barchasi o`z nomlarini deyarli bir paytda olishgan, 1985-yilda. Shunga o`xshash nomlarni yana 4 ta ko`chaga berishgan, lekin boshqa shaharlarda. Diqqat savol: Bu ko`chalar nom olgan yilga e`tibor beringda Saratovdagi bir xil nomga ega bo`lgan ko`chalar nomini hohlasangiz o`zbekchada hohlasangiz ruschada yozib bering. 
Javob : G`alaba 40 yilligi. 
Savol : Yaponiyadagi choy kompaniyalaridan biri doimiy ravishda choy paketchalari uchun eng zo`r u tanlovini uyushtirib turadi. U ni toping. 
Javob : xokku 
Savol : Xitoyda uni vengercha deb atashadi, Vengriya va Germaniyada – sehrli deyishadi. Boshqa mamlakatlar, shu jumladan biz ham uni bir familiya bilan bog`laymiz. O`sha familiyani toping. 
Javob : Rubik 
Savol : Manbaalarga qaraganda ushbu jumla qirol Karl XII ga tegishli ekan. Germaniyada bo`lib o`tgan futbol bo`yicha jahon chempionatigi Polsha terma jamoasining eng ko`p gol urgan o`yinchisi - Bartosh Bosatskiy haqidagi maqola ham shu jumla bilan ataladi. Diqqat savol: ushbu jumlani 4 yoki 5 so`z bilan yozib bering 
Javob : Eng yaxshi himoya - bu hujum. 
Izoh : Bosatskiy - himoyachi bo`lgan va Polshaning turnirdagi yagona goli muallifi
Savol : Iosif Brodskiy 4 yoshidan o`qishni o`rgangan. Bir kuni onasi xonasiga kirganida uning qo`lida qo`lida kitobni ko`rgach o`qishni o`rganganini sezgan, lekin bunga ishinch hosil qilish uchun onasi uning qo`lidagi kitob bilan bir ish qilgan. Shundan so`ng uning o`qishni o`rganganiga ishonch hosil qilgan. Diqqat savol: onasi kitob bilan nima ish qilgan? 
Javob : Kitobni olib uni aylantirib o`g`liga qaytargan. 
Izoh : O`g`li kitobni to`g`ri ushlab yana o`qishni davom ettirgan
Savol : 1983-yili Bob ismli rassom oqko`ngil talonchi haqidagi kitob uchun illustratsiya ustida ishlayotganida u o`g`il farzandli bo`ladi. Diqqat savol: Bob ning familiyasini toping. 
Javob : Van Persi 
Izoh : Bob van Persi Robin Gud haqidagi kitob uchun illustratsiya chizayotgan bo`ladi, o`g`lini ham Robin ismini qo`yadi. Uning o`g`li mashxur futbolchi Robin van Persi
Savol : Aytishlaricha “Evendjer” kemasi X tufayli Chandeler orolida bir necha yil qolib ketishiga to`g`ri kelgan. Lekin boshqa bi X esa kemani yana suzishga yordam bergan ekan. X ni yaponcha so`z bilan ayting. 
Javob : Sunami 
Savol : O`zining qattiqqo`lligi bilan mashxur bo`lgan rim imperatori Kommod senatga tuyaqushning uzilgan boshini o`ynatib kirib keladi va yana boshqa turli kulgili harakatlar qiladi. Bu holatni ko`rgan senatorlardan biri lavr yaproqlarini chaynay boshlaydi. Bu ishni qilishga yana bir qancha senatorlarni ham ko`ndiradi. Diqqat savol: senatorning bu harakatini tushintirib bering. 
Javob : O`zini kulgidan turib turish uchun qilgan 
Izoh : Qattiqqo`l Kommod kulganlarning hammasini qatl qildirgan
Savol : Qadimgi rimda uning uch xil kategoriyasi bo`lgan: arilar ovozi, tomdan tushayotgan yomg`ir ovozi hamda sopol idish singan ovozi. Diqqat savol uni toping. 
Javob : Qarsak 
Savol : Google kompaniyasi hodimlaridan birining aytishicha, Google books loyixasi bo`yicha juda ham ko`plab kitoblar skaner qilingan ekan, lekin bularning hammasi bor yo`g`I bittagina kitobxon uchun edi. O`sha kitobxonni ikki so`z bilan ayting. 
Javob : Sun`iy intellekt 
Savol : Tasavvur qiling qora quti. Qora quti ichida bir jumboqning javobi bor. Bir nechta qog`oz formati, bir nechta vitaminlar, bir filmdagi robotning yarmi, avtopoygalar. Diqqat savol: qora qutida nima bor? 
Javob : Shaxmar taxtasi 
Izoh : Qo`g`oz formatlari – A4, A3, vitaminlar – B1, B2, Yulduzlar jangi firlmidagi robot R2D2, uning yarmi – D2, avtopoygalar – F1. Bularning barchasini shaxmat taxtasida ko`rish mumkin.
Savol : KVN yozgi kubogining Kaliningradda bo`lib o`tgan o`yinida hazilda, nemis tilida: “Edi seniki, endi bo`ldi meniki qanday bo`ladi?” deb berilgan savol qanday javob berilgan? 
Javob : Kyonigsberg 
Izoh : Bilasizlar Kaliningrad ya`niy oldingi Kynigsberg oldim Germaniyaga tegishli bo`lgan
Savol : Duplet. 1) Amerikaning Nyu-Gemshir shtati avtomobil raqamlarida “Ozod yasha yoki vafot et” shiori yoziladi. Diqqat savol: avtomobil raqamlarini kimlar ishlab chiqaradi? 2) Bir sabab tufayli bir yilda o`rtacha 12 ta bola begonalarni o`zining ota-onasi deb hisoblashiga to`g`ri kelar ekan. Diqqat savol: qanday sabab? 
Javob : 1. Maxbuslar 2. Tug`riqxonada adashtirib qo`yishganligi tufayli 
Savol : Versiyalarning biriga ko`ra, bu imperator Rimdagi yong`inga sababchi bo`lgan. Bir kompyuter dasturi nomida ham ushbu imperator nomini uchratish mumkin. Qaysi dastur? 
Javob : Nero 
Izoh : To`liq nomi Nero burning rom
Savol : Jurnalist Boris Valiev uni “sherni tarbiyalagan yulduzli yo`lbars” deb atagan. Diqqat savol: siz menga uni emas, sher deganda kimni nazarda tutilganini toping. 
Javob : Lev Yashin 



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling