Javob: Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta´siri


Download 17.94 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi17.94 Kb.
#166537
Bog'liq
8-topshiriq 1
MC Word dasturida Makroslar yaratish, MC Word dasturida Makroslar yaratish, dastur informatika va at 10, dastur informatika va at 10 (1), dastur informatika va at 10 (1), kompGrafikasi, Mathcad tizimida matеmatik masalalarni еchish (Восстановлен), 2 sinf harakatli oyinlar dars ishlan, ozbekstan respulikasi garessizlik jillarinda madeniy rawajlaniwi., document5357085911999841262 6557506575148970126, Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasi , muhokamatul lugatayn ziyouz com, 5-klass Olimpiya, saytlar ro'yxati, O'zbekiston Respublikasi siyosiy tizimi (1991-2017)

Topshiriq: 8


  1. Zararli nurlanishlarga nimalar kiradi?

Javob:

Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta´siri.

Ishlab chiqarishda insonga ionlovchi, elektromagnit, lazerli va ulьtrabinafsha nurlanishlar ta’sir etadi.



Ionlovchi nurlar har qanday nur bo’lishi mumkin, faqat ular muxitni bevosita yoki bilvosita ionlash, ya’ni atom va molekulalarni zaryadlashi kerak. Kosmik nurlar bunga misol bo’ladi. Yerda bunday nurlarning tabiiy manbai –tabiiy tarzda tarqalgan radiaktiv moddalardir. Sun’iy manbalar-yadro reaktorlari, zaryadlangan zarralarni tezlatgichlar, rengen uskunalari, sun’iy radiaktiv izotoplardir.

Ionlovchi nurlar odam hayoti uchun jiddiy xavf tug’diradi, shuning uchun ular bilan to’qnash keladigan paytda ma’lum texnikaviy va tashkiliy choralarni ko’rish lozim.

Nurlanish ichki va tashqi bo’ladi. Tashqaridan nurlanishda radiatsiya manbai organizmdan tashqarida bo’ladi va radiaktiv moddalar organizm ichida nurlaydi. Rentgen apparatlari va tezlatgichlar bilan ishlaganda shunday bo’ladi.

Tashqaridan nurlanishda eng xavflilari-betarentgen nurlari va neytronli nurlanish hisoblanadi. Radiaktiv moddalar organizmga havo orqali ovqat yo’li, ba’zan teri orqali kirib, ichdan nurlanishga olib keladi.



  1. Zararli nurlanishlarning manbalari va ularni inson organizmiga ta’siri?

Javob: Ishlovchilarni ionlovchi nurlar ta’siridan himoyalash umumdavlat tadbirlari tizimi bilan ta’minlangan. Sanitariya nazorati organlari korxonalar va laboratoriyalarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishning barcha bosqichlarida radiatsiya xavfsizligi talablari qanday bajarilayotganini muntazam tarzda nazorat etib boradilar. Radiaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nur manbalari bilan ishlashning asosiy sanitariya qoidalari (OSP-72/80) ishlab chiqilgan. Bu xujjat quyidagilarni qatiylashtiradi: muassasalar, uchastkalar va qurilmalarni joylashtirish; qurilish manbalarini olish, hisobga olish , saqlash va tashish; ventilyatsiya, chang-gaz tozalagich, isitish, suv ta’minoti, kanalizatsiya qurilma va inshootlari; radiaktiv chiqindilarni to’plash, uzoqlashtirish, zararsizlantirish, uskunalarni dezaktivatsiya qilish, shaxsiy himoya va shaxsiy gigiena choralari; radiatsiya nazorati masalalari.

Ionlovchi nurlardan kollektiv himoya vositalariga umum texnik talablar GOST 12.4.120-83 da belgilangan.



  1. Zararli nurlanishlarni ulchash asboblari?

Javob: Hozirgi paytda dozimetrik nazorat uchun xilma-xil asboblar ishlatiladi,

ularning asosida quyidagi usullar yotadi:

Ionli usul-nurlarning havoni ionlaytirish usuli;

Stsintillyatsiya usuli-ba’zi kristallar, gazlar va eritmalar ionlovchi nurlar

energiyasini yutganda ko’zga ko’rinuvchi yorug’lik chaqnatishiga asoslanadi;

Fotografik usul-ionlovchi nur ta’sirida fotografik emulbsiyalarning qorayish

xususiyatiga asoslanadi.


  1. Zararli nurlanishlardan ximoyalanish yo’llari?

Javob: 60 kGts..... 300 MGts chastotalarda EMMning elektr va magnit tashkil

etuvchilarining kuchlanishi GOST 12.1.006-76 “SSBT. Elektricheskie polya

radiochastot. Obshie trebovaniya bezopasnosti” bilan me’yorlangan EMMning

kuchlanishi va energiya oqimi zichligi joiz chegaradan ortib ketsa, ishlovchilarni

himoya qilishning quyidagi vosita va usullari qo’llanadi;

- EMMning kuchlanishi va energiya oqimini kamaytirish;

- ish o’rinlarini to’sish;

- ish o’rinlarini EMM manbalaridan uzoqlashtirish;

-elektromagnit nurlanish taratadigan uskunalarni oqilona joylashtirish;

-ishlovchilar va uskunalarning ishini oqilona rejimlarini belgilash;

-ogohlantiruvchi signallarni qo’llash (chiroq, ovozlar);

-shaxsiy himoya vositalarini qo’llash.

Past chastotalar va radio to’lqinlardan himoyalanishning eng samarali va

ko’p qo’llanadigan turi -ekranlash (to’sish) xisoblanadi. Buning uchun elektrni

yaxshi o’tkazadigan materiallar (mis, jez, alyuminiy va uning qotishmalari,

po’lat) ekran sifatida ishlatiladi. Ekranlar yerga ulab qo’yiladi.

Sanoat korxonalarida UBNning joiz samaradolrligini qatbiylashtiradigan xujjat

- “Sanoat korxonalarida ulbtrabinafsha nurlantirish sunbiy qurilmalarni loyihalash

va ekspluatatsiya qilish bo’yicha ko’rsatmalar” hisoblanadi. Unga muvofiq

to’lqin uzunligi 280 nm.dan ortiq UBN bilan maksimal nurlanish 7,5 er.soat/m2 dan

va maksimal sutkalik doza 60 er.soat/m2dan oshmasligi kerak. Ortiqcha UBNdan

himoyalanish uchun quyoshdan to’sadigan kimyoviy va fizik ekranlar qo’llanadi.

Kimyoviyga UBNlarni yutadigan elementlari bor moddalar, surtma kremlar,

fizik-nurlarni qaytaradigan, yutadigan yoki tarqatib yuboradigan turli to’siqlar

kiradi. UBNlarni kam o’tkazadigan matolardan (masalan, poplindan) tikilgan

kiyimlar ham yaxshi himoya vositasi bo’ladi. Ko’zlarni himoyalash uchun

maxsus oynakli ko’zoynak tavsiya etiladi. Har qanday UBNlardan to’liq himoya

qiladigan material, qalinligi 2mm bo’lgan flintglas (qo’rg’oshin oksidli shisha)



hisoblanadi.
Download 17.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling