Javob:(taxminan)m a 427-347


Download 131.74 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi131.74 Kb.
#1307181
  1   2   3   4
Bog'liq
ITT TESTLAR ( ba\'zi bir savollar to\'girlandi)-1


1-Mavzu :
1.Platon nechinchi asrda yashab o’tgan?
Javob:(taxminan)m.a 427-347
2.Platon aholini nechi turga bo’ladi va ular qaysilar?
Javob: aholini uch toifaga ajratgan:
1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar;
2. Harbiylar
3. "Qora" toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan iborat.
3.Aristotel nechinchi yilda tug’ilgan?
Javob:Aristotel(Arastu m.a 384-322)yilda tug’ilgan.
4.Aristotel ,,Haqiqiy boylik” nima deb atagan?
Javob: U "haqiqiy boylik" (tabiiy) ni tan olgan, uni is-te'mol qiymatlarining yig`indisi deb bilgan va bu bilan bog`liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli soha deb bilgan.
5.Ksenofont nechinchi yillarda yashab o’tgan?
Javob;Ksenofont (taxminan m.a 430-354).
6.Ksenofontning iqtisodiy qarashlari!
Javob: Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi,qulchilikni tabiiy,obyektiv jarayon deb baholaydi,qul mehnatiga asoslangan natural xo`jalikni ulug’laydi.U ayniqsa qishloq xo’jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbayi deb bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o’zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar.Dalada ishlash sog`liq uchun ham foydali (toza havo),ham iqtisodiy naf keltiradi.
7.Ekonomiya so’zining ma’nosi nima?
Javob: "Ekonomiya" so’zi ("oykonomiya":"oykos"-uy, xo’jalik va "nomos" - qonun,qoida)tom ma'noda uy xo’jaligi to’g’risida qoida mazmuniga ega bo’lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo’lgan.
8.,,Davlat va qonun”asarini qaysi yunon olimi yozgan?
Javob:Platon
9.Aristotelning Iqtisodiy g’oyalari qaysi kitobida mavjud?
Javob:"Nikomaxov ahloqi" va "Siyosat"
10.Aristotel Iqtisodiyot da birnchilardan bo’lib nimani aniqladi?
Javob: U birinchilardan iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini berdi va ma'lum darajada ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishni aniqladi.Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan A.Smitning "Xalqlar boyligi"asaridagi fikrlar hamohangligini ko’rish,qiymat qonunining hosil bo`lishi mexanizmini tushunish mumkin.
11.Syun-Szi nechinchi yilda tug’ilgan?
Javob:(313-278yy.)
12.Syun-Szi Iqtisodiyotda qaysi fikrni ilgari suradi?
Javob:Mehnat taqsimoti zarurligi g’oyasini.
13.Konfutsiy nechinchi yilda yashab o’tgan?
Javob:(m.a 551-479)
14.Sitseron yashab o’tgan yillar qaysi?
Javob:(106-43)
15.Daosizm qaysi g’oyani ilgari suradi?
Javob:Daosizm g'oyalari konfutsiylikka qarama-qarshi bo'lib, insoniyat avvalgi majburiyatlaridan voz kechishi,oddiy tabiiy hayotga gaytishi kerak, degan fikrni ilgari suradi.Bu g'oyaga ko'ra inson ibtidoiy davrga qaytishi,yangi mehnat qurollaridan foydalanmasligi kerak.
16.Rimda nechinchi asrda quldorlik munosabatlari yuqori o’ringa chiqdi?
Javob:Miloddan avvalgi III asrda
17.Katon Starshiy nechinchi yilda yashab o’tgan?
Javob:(m.a 234-149)
18.Katon qanday g’oyani ilgari suradi?
Javob:U fagat ortiqcha mahsulotnigina sotish kerak,xo’jalikda ishlab chiqarish mumkin bo'lmagan narsalarnigina sotib olish zarur,degan g'oyani qo'llaydi.
19.Aflotun iqtisodiyot da nimani himoya qildi?
Javob:qulchilikka asoslangan natural xo’jalikni.
20.Qadimgi yunonistonda dastlabki Iqtisodiy g’oyalar Gomerning qaysi asarida nimani ilgari surgan?
Javob:"Iliada" va "Odisseya" poemalarida aks ettirilgan bo'lib,iqtisodiyotning natural xo’jalik konsepsiyasini ilgari surilgan.
2 – Mavzu;

  1. Savol: Merkantilizm ta’limoti ilgari surilgan davr?

Javob: XVI asrdan XVIII asrgacha

  1. Savol: Merkantilizm so’zining ma’nosi?

Javob: Italyancha “merkante” so’zidan olingan bo’lib, savdogar degan ma’noni anglatadi.

  1. Savol: Bu ta’limot qanday tizimni ilgari surgan?

Javob: Bu bozor kapitalistik iqtisodiyotga bo’lgan birinchi ilmiy qarashlar tizimidir.

  1. Savol: Merkantilizm tarafdorlari qanday fikrni ma’qullaganlar?

Javob: Merkantilistlar boylikning kelib chiqish manbai savdoda, mamlakatning boyligi to’plangan pul bilan o’lchanadi degan fikrni ilgari surganlar.

  1. Savol: Merkantilizmning nechta oqimi mavjud?

Javob: Ikki oqimi mavjud, ular dastlabki va keyingi merkantilizm.

  1. Savol: Dastlabki merkantilizm vakillari aholining turmush tarzi nimaga qarab shakllanadi deb o’ylashgan?

Javob: Dastlabki merkantilizm vakillari davlatning kuch-qudrati pulda, shunga qarab aholining turmush tarzi shakllanadi deb ko’rsatishadi.

  1. Savol: Keyingi merkantilizm vakillari nima targ’ib etishadi?

Javob: Ular aktiv savdo balansiga erishish, ya’ni ko’proq sotib olishni targ’ib etishadi.

  1. Savol: Merkantilizm namoyondalari kimlar?

Javob: Vil Stafford, Tomas Man, Antuan Monkreten, Jon Lou, Gaspor Skaruffi va boshqalar

  1. Savol: Merkantilistlarning asosiy maqsadi nima bo’lgan?

Javob: Ularning maqsadi, hukumatga amaliy maslahatlar berish bo’lgan. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatlaganlar.

  1. Savol: Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari nimalardan iborat edi?

Javob: 1) har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash;
2) mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishinj ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartiblash;
3) arzon xom-ashyoni import qilish yo’li bilab sanoatni rag’batlantirish;
4) import qilinadigan sanoat tovarlariga proteksionistik ta’riflarni belgilash;
5) eksportni, ayniqsa tayyor mahsulotlarning eksportini rag’batlantirish;
6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishini qo’llab-quvvatlash.

  1. Savol: Merkantilizmning asosi nima edi?

Javob: Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv saldo balansi doktrinasi

  1. Savol: Ular qanday noto’g’ri siyosatni ilgari surishgan?

Javob: “Qo’shningni quritsang, go’yoki millat boyiydi”.

  1. Savol: Dastlabki merkantilizm qachon paydo bo’lgan va qaysi asrgacha amal qilb kelgan?

Javob: Monetar tizimining o’rnatilishi bilan bog’liq bo’lgan monetarism, buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va XVI asr o’rtalarigacha ama qilib keldi.

  1. Savol: Dastlabki merkatilizmning asosiy vakillari kimlar?

Javob: Villiyam Stafford (1554-1612) Angliya, Gasparo Skaruffi (1519-1584) Italiya

  1. Savol: Dastlabki merkantilizm vakillari qanday siyosatni amalga oshirganlar?

Javob: “Pul balansi” siyosati

  1. Savol: “Pul balansi” siyosati qanday siyosat?

Javob: mamlakatning pul boyligni ko’paytirishga qaratilgan siyosat, ularning fikricha, mamlakatning puli qanchalik ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan.

  1. Savol: D.merkantilizm vakillari tashqi savdoda ijobiy sladoga erishish uchun qanday maqsad qo’yganlar?

Javob: 1) eksport qilinadigan mahsulotga eng yuqori baho o’rnatish, tovarlar importini har tomonlama cheklash;
2) mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik.

  1. Savol: Keyingi merkantilizm qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?

Javob: XVI asrning ikkinchi yarmidan XVIII asrgacha bo’lgan davr

  1. Savol: Keyingi merkantilizmning eng asosiy vakili kim edi?

Javob: Tomas Man (1571-1641) Angliya

  1. Savol: Keyingi merkantilizm vakillari “pul balansi” siyosatining o’rniga qanday nazariya ishlab chiqishdi?

Javob: “Savdo balansi”

  1. Savol: “Savdo balansi” nazariyasi va yetuk merkantilizm qayerda yuksala boshlagan?

Javob: Angliya

  1. Savol: Aktiv savdo balansi nima?

Javob: Eksportning importdan ustun bo’lishi

  1. Savol: Eksport va importning o’rtasidagi farq?

Javob: Mamlakat boylining o’sishi hisoblanadi.

  1. Savol: Keyingi merkantilizm vakillarining fikricha, real boylik bu nima?

Javob: Real boylik bu – o’lik pullar emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.

  1. Savol: K.merkantilistlarning asosiy maqsadlari?

Javob: Tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar bilan egallash, boshqa mamlakatlar sotib olgan tovarlarini bshqa mamlakatga qimmatga sotish, aktiv saldoni ushlab turgan holda tovarlar importiga ruxsat berish (seb-siynat buyumlaridan tashqari)

  1. Savol: D.merkantilistlar bilan k.merkantilistlar ta’limotlarida nimani asos deb hisoblashgan?

Javob: D.merkantilistlar pulni jamg’arish funksiyasini, K.merkantilistlar pulning muomala funksiyasini

  1. Savol: Tomas Man kim?

Javob: Angliyada yetuk mercantilist, Ost-Indiya kompaniyasining direktorlaridan biri bo’lgan, o’z davrining yirik kommersanti

  1. Savol:“Angliyaning Ost-Indiya bilan bo’lgan savdosi to’g’risidagi mulohaza” asarini Tomas Man qachon yozgan?

Javob: 1621-yilda

  1. Savol: Tomas Man qaysi nazariyalarni bir-biriga qarshi qo’ygan?

Javob: Monertaristlar konsepsiyasiga savdo balansi nazariyasini

  1. Savol: Tomas Man tomonidan 1630-yilda yozilgan asar?

Javob: “Angliyaning tashqi savdodagi boyligi va boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi”

  1. Savol: Kim qaysi asarida pul muomalasini qattiq tartiblash zararga ishlashi mumkinligini ta’kidlaydi?

Javob” Tomas Man “Angliyaning tashqi savdodagi boyligi va boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi” asarida

  1. Savol: “”Har yili xorijliklardan xarid qilgan summadan ko’rsa, ularga ko’proq tovar sotishni” qoidani ilgari surgan vakil?

Javob: Tomas Man

  1. Savol: Tomas Man bilan “Boylik” to’g’risida deyarli hamohang fikr yuritgan olim?

Javob: Jon Lou

  1. Savol: “Savdo tabiati to’g’risidagi ocherk” (1775) asari muallifi kim?

Javob: Richard Kantillon

  1. Savol: Kim “qo’shni mamlakatlarga qaraganda muomasida ko’p pul bo’lgan mamlakat qolganlaridan ustun sanaladi” degan fikrni ilgari surgan?

Javob: Richard Kantillon

  1. Savol: Fransiyadagi asosiy merkantilizm vakili kim?

Javob: Antuan Monkreten (1576-1621)

  1. Savol: Antuan Monkretenning eng mashhur asari?

Javob: “Siyosiy iqtisod traktati” (1615)

  1. Savol: Antuan Monkreten kimlarni foydali toifa deb ataydi?

Javob: savdogarlarni

  1. Savol: O’z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etgan olim?

Javob: Antuan Monkreten

  1. Savol: Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni chiqarib tashlash tarafdori?

Javob: Antuan Monkreten

  1. Antuan xorijiy savdogarlarni nimaga taqqoslaydi?

Javob: mamlakat boyligini so’rib oluvchi nasosga

  1. Savol: Merkantilizm vakillari uchun ishsizlikka sabab nimada edi?

Javob: Ular uchun ishsizlik muammosi muhim hisoblanmagan, “ixtiyoriy ishsizlik”ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi yoki “yalqovlik”, “axloqiy buzuqlik” deb hisoblashgan.

  1. Savol: Merkantilizm g’oyalari keng tarqalgan va rivojlangan mamlakatlar qaysi?

Javob: Angliya va Fransiya

  1. Savol: Fransiyada XVII asrda moliya vaziri kim bo’lgan?

Javob: Jan Batist Kolber

  1. Savol: Uning nimani man etishi xato bo’lgan?

Javob: Mamlakatda dan ishlab chiqarishni man etib, chetdan eksport qilishni targ’ib qilishi

  1. Savol: Kolber olib brogan g’oyalar qanday atala boshlagan?

Javob: Kolbertizm

  1. Savol: Klassik siyosay iqtisod doirasidagi o’ziga xos fransuz maktabi?

Javob: Fiziokratizm

  1. Qayerda olib borilgan merkantilizm Fransiyaga nisbatan ancha “unumli” bo’lgan?

Javob: Angliyadagi

  1. Savol: Angliyadagi XVII asrdagi savdo va sanoatdagi yutuqlar kimning nomi bilan bog’liq?

Javob: Tomas Man

  1. Savol: Angliyada merkantilizm bilan g’oyaviy kurashlar kimlarning asarlarida o’z aksini topgan?

Javob: Adam Smit, David Rikardo, Tomas Maltus, J.S.Mill

  1. Savol: Qachon ANgliyada antimerkantilistik chora tadbirlar, ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosati amalga oshira boshladi?

Javob: XIX asrda

  1. Savol: Merkantilizm qaysi davlatlarda rivojlangan edi?

Javob: Ispaniya, Italiya, Angliya, Fransiya

  1. Savol: Ispaniyada boylik deb nimaga qaralar edi?

Javob: Boylik qimatli metal, pul bilan bir narsa deb qaralgan.

  1. Savol: Ispaniyada qachongacha oltin va kumushning olib chiqilishi man etilgan(o’lim jazosi tahlikasi ostida)?

Javob: XVII asrgacha

  1. Savol: Ispan bimetal monetary nazariyasining yetuk himoyachisi kim edi?

Javob: Marian

  1. Savol: Marian XVII asrning 20-yillarida qanday g’oyani ilgari surgan?

Javob: Qimmatli toshlardan iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlarni chetga chiqarishdan boshqa barcha har qanday tashqi savdoni man etish to’g’risidagi g’oya

  1. Savol: Antuan Monkreten davlatning iqtisodiyotga faol aralshuvini qaysi omillar bilan bog’lagan?

Javob: Jamg’armani ko’paytirishn, mamlakatning xo’jaligini mustahkamlash va riuvojlantirish

  1. Savol: Antuan Monkreten Lyudovik XIII ga qanday takliflar beradi?

Javob: Manufakturani rivojlantirish, hunarmandchilik maktablarini ochish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o’z mamlakatiga savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdoni kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarish.

  1. Savol: Fransuz qiroli Lyudovik XIV saroyida moliya vaziri (superintendanti) bo’lib ishlagan olim?

Javob: Jan Batist Kolber

  1. Savol: Kolber olib brogan siyosat va fransuz merkantilizmi nima deb nomlana boshlagan?

Javob: Kolbertizm

  1. Savol: Kolber yana nima bilan faol shug’ullangan?

Javob: Fransiya bojxona siyosatini tartibga solish bilan

  1. Savol: Kolber donni mamlakatda yetishtirishni man qilganidan so’ng nima yuz bergan?

Javob: Dehqonchilikning qashshoqlashuvi

  1. Savol: Uilyam Stafford merkantilizm ta’limoti uchun xarakterli bo’lgan qanday g’oyalarni ilgari surgan?

Javob: muomalada buzilgan pullar emas, balki to’la qimmatli pullar bo’lishi kerakligini, chunki faqat ular tashqi Tovar aylanmasida yaroqli hisoblanadi; chetga xomashyo chiqarishni man etishni taklif etib, keyin tayyor mahsulotlar Angliyaga yuqori baho asosida qaytib kelmasligini; katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishini oldini olish, xorijiy tovarlarni iste’mol qilishni man etish; Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan tovarlarni mamlakatga olib kirishni to’liq man etish.

  1. Savol: Tomas Man nimani tavsiya etadi?

Javob: chetga faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qattiq kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste’mol qilishdan tiyilshni tavsiya etadi.

  1. Savol: Kim merkantilizm nazariyasini rad etgan?

Javob: Adam Smit o’zining “MIllatlar boyligi” asarining 4-kitobida merkantilizm nazariyasini rad etadi.

  1. Savol: Adam Smit kimni merkantilizmning yetuk lideri sifatida keltiradi?

Javob: Tomas Man

  1. Savol: Sharqiy Hindiston kompaniyasining direktori kim edi?

Javob: Tomas Man

  1. Savol: Tanqidchi yozuvchilar tomonidan Sharqiy Hindiston kompaniyasi qaysi 2 ta jihatiga ko’ra tanqidga uchraydi?

Javob: 1) Angliya Hindistonga eksport o’ringa import qilishi; 2) Angliya import uchun Hindistonga qimmatbaho metallar yuborishi

  1. Savol: Tomas Man qanday siyosat tarafdori edi?

Javob: shaxsiy biznes manfaatidan foyda ko’ruvchi hukumat siyosati

  1. Savol: Tomas Manning birinchi kitobining nomi?

Javob: 1621-yilda yozilgan “Angliya va Sharqiy Hinditon o’rtasidagi savdo haqida ma’ruza”

  1. Savol: Sharqiy Hindiston kompaniyasini partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan asar?

Javob: “Angliya va Sharqiy Hinditon o’rtasidagi savdo haqida ma’ruza”

  1. Savol: Tomas Manning 2-kitobi?

Javob: 1628-yilda tayyor bo’lgan “Xorijiy savdo orqali kelgan Angliya xazinasi”, biroq bu kitob Tomas Man vafotidan so’ng o’g’li tomonidan 16640-yilda chop ettirilgan.

  1. Savol: Tomas Man o’zining 2-kitobida nimani ta’kidlagan?

Javob: Angliya xazinasi xalqaro savdodan boyishini

  1. Savol: “Xorijiy savdo orqali kelgan Angliya xazinasi” asari so’nggi bor qachon chop ettirildi?

Javob: 1755-yilda

  1. Savol: Keyingi merkantilizmning shotlandiyalik vakili?

Javob: Jon Lou (1671-1729)

  1. Savol: Jon Lou kim bo’lgan?

Javob: bank tizimi, qog’oz pul muomalasi va birja chayqovchili asoschilaridan biri

  1. Savol: Jon Lou nimaga harakat qilgan?

Javob: banknotalarni chiqarish yo’li bilan mamlakatda pulning mo’l-ko’lligini ta’minlashga harakat qilgan.

  1. Savol: Jon Lou nimani asoslab bergan?

Javob: tovarlar bahosining ozgina oshishi tovarlar taklifining ko’payishiga olib kelish qoidasini asoslab bergan.

  1. Savol: Faqatgina 2 ta asar yozgan merkantilizm vakili kim?

Javob: Jon Lou

  1. Savol: “Pul va savdo” asari kimga tegishli va qachon yozilgan?

Javob: Jon Lou qalamiga mansub, 1705-yilda chop etilgan.

  1. Savol: Jon Louning o’limidan 200 yildan keyin chop etilgan asarining nomi?

Javob: “Regenstvo davri moliya tarixi”

  1. Savol: Xalqaro savdoga oid ilk ta’limot g’oyalar qachon shakllandi va bu ta’limot nomi?

Javob: XVII asrda, Merkantilizm

  1. Savol: Merkantilistlar iqtisodiyotni nechta sektorga bo’lishgan?

Javob: 3 ta sektorga: ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi va harbiy koloniyalar sektori

  1. Savol: Merkantilizm ta’limotiga ko’ra eng muhim guruh qaysi va ishlab chiqarishning asosiy omili nima?

Javob: Savdogarlar iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishida eng muhim guruh hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan.

  1. Savol: Mamlakatning boyligi nima bilan belgilangan?

Javob: undagi oltin va kumush bilan

  1. Savol: Ish bilan bandlik holati merkantilistlarning nazariyasida?

Javob: Merkantilistlar g’oyasiga binoan iqtisodiy tizimda to’liq bandlik holatiga erishib bo’lmaydi.

  1. Savol: Fiziokratlar kimlar?

Javob: Ular XVIII asrdagi fransuz iqtisodchilari, klassik siyosay iqtisod vakillaridir.

  1. Savol: XVIII asrda Fransiyaning holati?

Javob: Manufaktura rivojlangan bo’lsa-da, hali ham agrar holatda edi.

  1. Savol: Fransiyada milliy boylikning necha qismi qishloq xo’jaligida yuzaga kelardi?

Javob: 2/3 qismi

  1. Savol: Fiziokratlarning fikricha, boylik qaysi sohada yuzaga keladi?

Javob: Boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi.

  1. Savol: Fiziokratlar maktabining asoschisi kim?

Javob: Fransua Kene (1694-1774)

  1. Savol: Fiziokratlar qanday g’oyani ilgari surishgan?

Javob: Boylikning manbayi ishlab chiqarishda, savdoda emas.

  1. Savol: Versal yaqinida, kambag’al oilada tug’ilgan olim?

Javob: Fransua Kene

  1. Savol: Fransua Kenening asl yo’nalishi nima bo’lgan?

Javob: Tibbiyotga

  1. Savol: 1752-yilda qirol Lyudovik XV saroyida tabiblik qilgan olim?

Javob: Fransua Kene

  1. Savol: U iqtisodiyot muammolari bilan qachon va qayerda shug’ullanishni boshlagan?

Javob: 60 yoshida iqtisodiyot bilan shug’ullana boshlagan, iqtisodiy g;oyalari qirol saroyi Versalda yuzaga kelgan. U umrining oxirigacha o’sha yerda yashagan va ijod qilgan.

  1. Savol: Uning qanday maqolalari bor?

Javob: “Fermerlar”, “Don”, “Aholi”, “Soliqlar”

  1. Savol: Uning maqolalari qayerda chop etilgan?

Javob: Uning dastlabki maqolalari Didro va D.Alember tomonidan chop etilgan “Qomus”da e’lon qilingan.

  1. Savol: “Iqtisodiy jadval” asarini qachon yozgan?

Javob: 1758-yilda

  1. Savol: Fiziokratizmning eng rivojlangan davri?

Javob: XVIII asrning 60-70-yillari

  1. Savol: Adam Smit tomonidan fiziokratlarning qaysi fikri ma’qullangan?

Javob: Boylik bu jamiyat mehnati har yili yaratilgan iste’mol qiymatlar yig’indisidir.

  1. Savol: Fiziokratizmda capital necha qismga ajratilgan?

Javob: 2 ga, aylanma va asosiy kapitalga

  1. Savol: Takror ishlab chiqarish g’oyasi qaysi ta’limotda asos soling va g’oyalari ilgari surilgan?

Javob: Fiziokratizm

  1. Savol: Fransiya klassik maktabining asoschisi kim?

Javob: Per Buagilber (1646-1714)

  1. Savol: Otasiga o’xshab huquqshunos bo’lgan olim?

Javob: Per buagilberg

  1. Savol: Per Buagulberg 31 yoshida Normandiyada sudyalik lavozimi egallaganidan so’mng, necha yilgacha shu yerda ishlaydi?

Javob: 25 yilgacha, o’limidan ikki oy avvak bu lavozimni katta o’g’liga topshiradi.

  1. Savol: U o’zining birinchi iqtisodiy nazariyasi qachon ilgari surgan va qaysi asarida?

Javob: 50 yoshida, “Fransiyadagi vaziyatning mufassil tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari”

  1. Savol: Kolberning Fransiya iqtisodiyotida keltirgan salbiy oqibatlarini yechisga harakat qilgan va XVIII asrning boshida chop etilgan asarlarining ham asosiy vazifasi hisoblagan olim kim?

Javob: Per Buagilberg

  1. Savol: Uning “Fransiyani qoralash” asari qachon chop etilgan?

Javob: 1707-yilda

  1. Savol: Uning asl familiyasi qanday bo’lgan?

Javob: Per Lepezon – iqtisodchining asl familiyasi, de Buagilberg – bu oila pomestesining nomi

  1. Savol: U o’zini kim deb ataydi?

Javob: qishloq xo’jaligining advokati-himoyachisi

  1. Savol: Per Buagilbergning asosiy yutug’i nima?

Javob: Uning muhim yutug’i U.Pettiga o’xshab, qiymatning mehnat nazariyasini “asoslab” berishi

  1. Savol: Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida pulni bekor qilish mumkin va zarur deb hisoblagan yagona iqtisodchi kim?

Javob: Per Buagilberg
3 – Mavzu;
-Jan Batist Sey (1767-1832)

1767-yil 5-yanvarda Lionda savdogar oilasida tug’uladi.


A.Smitning “Odamlar boyligi” asariga asosiy e’tibor qaratadi.
1803-yilda “Siyosiy Iqtisodiyot Traktati” asarini yozadi
1814-yilda 2-traktati chop etiladi keyin yana 3 marta 1817,1819,1826-yillar qayta nashr qilinadi.
Sey qonuni-bozor qonuni deb ham ataladi.
Yozgan kitoblari “Maltusga xatlar” , “ Siyosiy Iqtisod haqidagi Riosla “ , “ Iqtisodiy Nazarya Tarixi”

-Tomos Robert Maltus (1766-1834)



Tomos Robert Maltus (1766-1834) yillar yashaydi va dvaryanlar oilasida tug’ulgan, Ingliz iqtisodchisi.
1807-yildan siyosiy iqtisodiyot professori bo’ladi
Asarlari: “Nufus qonuni to’g’risida tajriba” (1798) , “ Yer rentasi tabiati va o’sishi to’g’risidagi tadqiqot” (1815) , “Siyosiy iqtisodiyotning prinsiplari” (1820)
Uni nimalar deb atashadi: Kapitalizm himoyachisi (apologetik), Odamlarning dushmani , Fashizm Idealogi.
Uni liberalistlar ham yoqtirmaydi va u ko’proq passimist bo’ladi.
Kammag’allikni qisqartirib bo’lmaydi degan fikrda bo’ladi va ualrni rag’batlantirish vaqtinchalik deydi.
U aholining cheksiz ehtiyojlari va resurslarning yetishmasligini hisobga olgan holda dunyo acolishini kamaytirish kerak deydi bo’lmasa global ochlik yuzaga keladi degan fikrda bo’ladi. Bu muammoni 2 yo’l bilan xal qilish usulini aytadi. 1. Epidemiyalar, Urushlar orqali aholini sonini kamaytirish. 2. Nikohdan voz kechish yoki kech uylanish tug’ulishni kamaytiradi deydi.
-Klassik iqtisodiy maktabning yakunlanishi.
Jon Styuard Mill (1806-1873) klassik iqtisodiy maktab yakunlovchilaridan
J.S.Mill o’zining 1-siyosiy iqtisod to’g’risidagi “Tajriba”sini 23 yoshida ya’ni 1829-yilda yozadi
1843-yilda unga “Mantiq Tizimi” asariunga shuxrat olib keladi.
Asosiy kitobi 5 qsmdan iborat u 1848-yilda chop etilgan “Siyosiy Iqtisod asarlari”
Iqtisodiy fanning metadalogiyasini takomilashtirgan olim hisoblanadi
Tadqiq metodi 2 asosiy narsaga tayandi. 1.Xulosa va yakun, odatda faqat muayyan sharoitda to’g’i. 2. Ular har tomonlama unversalbo’lishi mumkun emas.
Boylik almashuv qiymatga ega ne’matlardan tashkil topadi Millning fikricha.
Evaziga hech narsa olib bo’lmaydigan narsa, u hoh zara bo’lsin hoh foyda , boylik hisoblanmaydi.
Inqiroz umumiy ortiqcha ishlab chiqiarish natijasi deb hisoblash katta xato. Ishlab chiqarishva jamg’azrish ancha ko’payadi , soliqlar ancha erkinlashadi, ko’pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, Kooparatsiya takomillashib ko’payib boradi. Degan tamoili ham bo’lgan.
1.K.Marks U.Pettini qanday tariflagan?
Siyosiy iqtisodning otasi
2."Soliqlar va yig'imlar to'g'risida traktat" qachon va kim tomonidan yozilgan?
U.Petti 1662-yil
3."Donishmandlarga so'z" qachon va kim tomonidan yozilgan?
U.Petti 1665-yil
4."Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi" qachon va kim tomonidan yozilgan?
U.Petti 1672-yil
5."Siyosiy arifmetika" qachon va kim tomonidan yozilgan?
U.Petti 1683-yil
6.U.Pettining o'z asarlaridagi dastlabki fikrlari qanday?
U Merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g'oyasini va sanoatni rag'batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotiga faol aralashuvini qo'llab quvvatladi
7.U.Pettining ishlab chiqarish haqidagi fikri qanday edi?
Boylikni vujudga kelishi va ko'payishi ishlab chiqarish da sodir bo'ladi
8.U.Pettining "Boylik va pul nazariyasi" qanday edi?
Nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yer, uylar, kemalar, tovarlar va hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi
9."Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasi" iborasi kimga tegishli?
U.Petti
10.U.Pettining "Qiymat nazariyasi" qanday edi?
Tovar qiymati kumush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning "tabiiy bahosi" hisoblanadi, kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ularning "haqiqiy bozor bahosi" hisoblanadi
11.U.Pettining "Daromadlar nazariyasi" qanday edi?
Ish haqini mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo'lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi
12."Axloqiy hissiyot nazariyasi" qachon va kim tomonidan yozilgan?
A.Smit 1759-yil
13."Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqot" qachon va kim tomonidan yozilgan?
A.Smit 1776-yil
14.A.Smitning "Ish haqi nazariyasi" nima edi?
Ishchining daromod sifatidagi ish haqi mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevosita bog'liq
15.A.Smitning "Foyda nazariyasi" nima edi?
Tovar qiymatining bir qismi ish haqi sifatida ishchiga tegadi, qo'shimcha mehnat bilan yaratilgan qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko'rinishida uning foydasini tashkil etadi
16.A.Smitning "Renta nazariyasi" nima edi?
Renta ishchining haq to'lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulotning bir qismi hisoblanadi
17."Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliq olish" asari qachon va kim tomonidan yozilgan?
D.Rikardo 1817-yil
18.D.Rikardoning "Qiymat nazariyasi" qanday edi?
Tovar qiymati uni eng yomon sharoitda ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori bilan o'lchanadi
19.D.Rikardoning "Renta nazariyasi" qanday edi?
Yer rentasi bu tabiati natijasi emas, balki sotsial omillarning qishloq xo'jaligi mahsulotlarining bahosiga bo'lgan ta'siri natijasidir
20.D.Rikardoning "Qiyosiy ustunlik nazariyasi" qanday edi?Har bir mamlakat o'zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan harajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan harajatlari o'rtasidagi farqni hisobga olgan holda tashqi savdodan foyda ko'radi
4 – Mavzu;
Alisher Tursunov ITT fanidan savollari
Utopik sotsializm doirasida
1. Utopiya so'zini XVI asrda qaysi olimni qaysi kitobida birinchi ko'rish mumkin?
Tomas Mor; Utopiya
2. Utopik sotsializm asosiy g'oyalari qaysi?
mulkning umumiyligi, umumiy mehnat qilishga, adolatli taqsimotga asoslangan jamiyat
3. Tomas Morning fikriga ko'ra sotsial ofatlarini asosi nima?
pul
4. Tomas Morning utopik jamiyatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk
bo`lmagan), umumiy mehnat bo`lgan, qishloq va shahar o`rtasidagi tafovut
yo`q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan pul yo`q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari
yo`q edi va savolga kelsak uyerda ish kuni necha soatdan iborat bo'lishi belgilangandi?
6 soat
5. T. Kampanella zolimlarning shohona hayotini tanqid
qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy
sababi ...., deydi. Nuqtalardagi so'z birikmasini toping?
xususiy mulkchilik
6. "Qo`ylar odamni yeb qo`ydi" iborasining mazmuni nima, bu
ibora qachon va kim tomonidan aytilgan?
Tomas Mor; U "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi" iborasining muallifidir. Shu
davrda dehqonlarni cheklash, ya'ni yerdan siqib chiqarish siyosati amalga
oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog`liq
edi. Mato to`qish, jun, ayniqsa qo`y juniga bo`lgan ehtiyojni oshirib
yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o`rab olindi va qo`y boqish
uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan yerlar
ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular yerdan
mahrum qilindi va ko`chaga haydaldi. Bu o`ziga xos agrar inqilob - sanoat
to`ntarilishi uchun sabab bo`ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka
mahkum etildi. Shu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan T.Mor qayerdaki
xususiy mulk hukmron bo`lsa, asosiy boylik bir quchoq odamlar qo`liga
to`planadi, degan xulosaga keldi.
7. Kampanella 1602y. da yozilgan 1623y. da chop etilgan utopik asarini belgilang?
Oftob shahri
8. Utopik sotsializm yirik vakillarini sanang?
T.Myunser, T. Kampanella, J.Uinstenli, J.Melye, K.A.SenSimon
9. "SanoaT. Myut sistemasi haqida", "Inson haqidagi fan ocherklari", "Sanoat yoki siyosiy, ma'naviy va falsafiy mulohazalar", "Yangi xristianlik" va boshqalar. Yuqoridagi asarlarini muallifi bo'lmish Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasini ayting?
Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825yy.)
10. Sen-Simon sotsializmda xususiy mulkchilik bo`lishini inkor etmaydi, ammo faqat bir shart bilan? Sharti nima?
aynan xususiy mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligi
1) Karl Marks qachon tug`ilgan?
J: 1818-yil 5-may
2) Otasi kim bo'lgan?
J: advokat
3) Qayerda tug'ilgan?
J: Germaniya,Trir
4) Qaysi mavzu to'g'risida dissertatsiya yoqlagan?
J: Epikur falsafasi
5) Qaysi voqeadan so'ng Karl Marks Jurnalistika sohasida o'z faoliyatini olib boradi?
J: Otasini o'limi
6) Turmush o'rtog'i kim?
J: nemis bonnining qizi Jenni
7) "Kommunistik partiya Manifesti" kim bilan hamkorlikda yoziladi?
J: Fridirix Engels
8) Marks qaysi asarini chop etgandan keyin Germaniyadan Londonga surgun qilindi?
J: "Yollanma Kapital va Mehnat"
9) "Yirik korxonalarda va yirik iqtisodiy tarmoqlarda o'zgaruvchi kapital va mehnatning hissasi qancha yuqori bo'lsa qo'shincha qiymat miqdori ko'proq bo'ladi" nechinchi jild?
J: 1-jild
10) "Turmush darajasi muttasil pasayib borayotgan sanoat ishchilari sinfi kapitalizm go'rkoviga aylanib boradi" ushbu jumla kimga tegishli?
J: K.Marks
11) q=C/C+V yoki (V/C) bu nimani ifodalaydi?
J: Kapitalning organik tuzilishi
12) "Kapital " asarining 1-tomi qachon nashr etildi?
J: 1867-yil
13) 2-3 tomlar kim tomonida nash etilgan?
J: K.Marks o'limidan so'ng, Fridrix Engels 1885-yil 2-tom, 1896-yil 3-tom
14) Ikkinch tomda... jarayoni tadqiqot etiladi? Uchta nuqtani o'rnidagi so'z birikmasini toping.
J: Kapitalning muomala jarayoni
15) "Ishchi zarur ish vaqtida o'z ishchi kuchi qiymatiga teng qiymat yaratadi, qo'shimcha ish vaqtida esa qo'shimcha qiymat yaratadi" kimga tegishli ?
J:K.Marks
16) Ish kunini mutlaq uzaytirish yo'li bilan olinadigan qo'shimcha qiymatni K.Marks nima deb atadi?
J: Absolyut qo'shimcha qiymat.
17) Zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo'shimcha ish vaqtini uzaytirish yo'li bilan olinadigan qo'shimcha qiymatni K.Marks nima deb atadi?
J: Nisbiy qo'shimcha qiymat
18) K.Marksning takror ishlab chiqarish sxemasida ijtimoiy mahsulotni necha qismga bo'ladi?
J: 3 qismga: doimiy kapitalga (s) moddiy sarflarga amortizatsiya, xom ashyo, yoqilg'i va boshqalar qiymati, o'zgaruvchi kapitalga (v) ishchi kuchini sotib olishga bo'lgan sarflar va qo'shimcha qiymatga (m).
19) K.Marksning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasining kamchiliklari.
J: U kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning bir tekisda rivojlanib borishi shartlarini aniq ko'rsatib bermagan. U sur'at o'zgarmagan iqtisodiy o'sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o'sish mahsulot miqdorida hech qanday o'zgarish bo'lishini taqozo etmaydi.
20)K.Marks iqtisodiy sikli tugallanganmi?
J: Yo'q
21) Sey qonunini tanqid qilganlar orasida K.Marks bormi?
J: Ha
22)K.Marks ish haqini qanday talqin qiladi?
J: Ish haqi -mehnat uchun emas balki ishchi kuchi uchub to'lanadigan haq.
23) K.Marksning fikricha, real ish haqini mehnat unumdorligj o'sishi, erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot, kasaba uyushmalari o'zgartira oladimi?
J: Yo'q
Sismondi doirasida
1. Leonardo de Sismondi nechanchi yil qayerda tavallud topgan?
1776-yil Shveytsariya
2. Sismondi Adam Smitning qaysi g'oyasini inor etadi?
har bir alohida olingan inson manfaatlar umumiy manfaatlarini shakllantirishga sababchi bo'ladi
3. Sismondining ilmiy texnika rivojida talqinidagi fikrini yakunlang: ''Garchand mashinalar ixtirosi insonlar uchun katta qulaylik bo'lsada, bo'lsada ular yaratgan foydani adolatsiz taqsimlanishi, ....... uchun ofat keltiradi''. Nuqta o'rnidagi bir guruh insonlarni jamlovchi so'zni toping?
kambag'allar
4. Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy omillar bilan birga noiqtisodiy omillarning ham o'rib olishida, bir qancha omillarni insonlarni bir maqsadga yaqinlashtiruvchi omillar deb hisoblagan Sismondi. Ular qaysi omillar?
din, tarbiya, vijdoniylik va boshqalar
5. Sismondi faoliyati davomida kapitalizmni tanqid qilib, qanday ishlab chiqarishga sanoatlar qaytishini orzu qildi?
mayda tovar ishlab chiqarish
6. Sismondi: ''..... ichki qiymatga ega bo'lgan mehnat mahsulotdir va shu sababli qiymatning umumiy mezoni tarzida namoyon bo'ladi''. Nuqtalarni o'rnidai so'zni toping?
pul
7. Sismondi ta'biricha ijtimoiy fan ikki qismga bo'linadi, ular qaysilar?
oliy siyosat va siyosiy iqtisod
8. Sismondi daromatni necha turga bo'ladi va ular qaysilar?
3; foyda, renta va ish haqi
9. Sismondi ish haqida nimaga teng bo'lishi aytdi va rentani nima deb ta'rifladi?
ishchi mahsulotining jami qiymatiga; yerning ehsoni
10. Milliy daromadni ..... bilan ayni bir narsa deb bilganligi uning eng asosiy nazariy xatosidir. Nuqtalar o'rnidagi so'zni toping?
yalpi mahsulot
5 - Mavzu
1 Avstriya maktabi qachon vujudga kelgan? 19asrning 70chi yillarida vujudga kelgan.
2 Avstriya maktabi asoschisi kim? Karl Menger
3 Bu maktabda qaysi nazariya "Eng yuqori foydalilik" nomini olgan? Qimmat nazariyasi Avstriya maktabida shunday nom olgan va bu nazariya maktabning asosiy nazariyalaridan biridir
4 Byom-Baverkning fikricha foydalilik nimani anglatadi? Moddiy ne'matlarning umumiy xususiyatlari.
5 Zaxiralari cheklangan nemat qanday nemat hisoblangan? Malakali foydalilikka ega bo'lgan ne'mat hisoblangan chunki bunday ne'matlarning bir birlik kamayishi ham shaxsning farovonligiga katta ta'sir ko'rsatadi.
6 Avstriya maktabi olimlarining fikricha, qimmat necha bosqichda hosil bo'ladi? Qimmat 2 bosqichda hosil bo'ladi, 1chisi sub'ektiv qadriyat , 2chisi nisbiy noyoblik
7 Robinzon Kruzoning 5 qopi haqidagi misolda donlarning qiymati qaysi Prinsip asosida aniqlanadi? Kamayib boruvchi foydalilik prinsipi.
8 Marjinalizm yònalishi qachon paydo bòlgan? XIX asr 70-yillari

9 .Marjinalizmning asoschilari kimlar? Stenli Jevons, Karl Menger, Leon Varlos

10 . Marjinalizmning rivojlanishi necha davrdan iborat?
2ta: 1.XIX asr 70-80-yillar.
2. XIX asr 90-yillari

11. Marjinalizm rivojlanishining birinchi davrida nimalar sodir bòladi? Dastlabki marjinal ĝoyalar, ilmiy ishlar K.Menger, Jevons, Varlas

12. Nima sababdan marjinalizm tadqiqotchilari neoklassiklar deb atalgan? Ikkinchi davrga kelib, marjinalizm ĝoyalari asosiy ta'limotga aylandi, natijada yangicha iqt. maktab namoyondalari sifatida baholandi

13 Marjinalizmning ikkinchi davr olimlari kimlar? F.Lizer, Y Bem-baverk, A.Marshl, K.Litser

14 .Marjinalistlar uchun qiymat nima?
Subyektiv talqin bòlib, istak va hissiyotlar bilan aniqlanadi

15. Marjinalistlar klassik iqtisodiy nazariyadan nimasi bilan farq qiladi?


Marjinalistlar avvalo kishilarning ehtiyojini va buyumning foydaliligini òrganishdan boshlashgan

16 .Marjinalistlar tovar qiymatini qanday aniqlashgan?


2ta omil orqali
1. Foydalilik
2. Kamyoblik

17 .Me'yoriy foydalilik nima?


Buyumning oxirgi qismi foydaliligi

18 .Foydalilikdan kelib chiqqan holda, uni necha turga bòlishadi?


2turga
1.Tovarlarning òz xususiyatiga kòra foydaliligi
2. Iste'molchi ehtiyoj sezadigan tovarlarning konkret foydaliligi
6 – Mavzu;
7 – Mavzu;

1.J.M Keynsning birinchi kitobi qanday nomlaandi va qachon yozilgan ? “Hindistoning pul muomalasi va moliyasi” 1913-yil


2.1921- yilda Keyns nima haqida dessertatsiya yozgan ? “Ehtimollik to’g’risida”
3. Keynsning ”Mehnat foizlar va pulning umumiy nazariyasi” asari qachon nashr etilgan ? 1936-yil
4.Keynsning merkantilistalarga ba’gishlangan asari qaysi ? “Ish bilan bandlik , foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936) asarining “merkantilistlar haqida” bobida nazariya va tushunchalar mavjud.
5. Keynsning asarlardagi bosh g’oyalari ? –Bozor iqtisodiyoti takomillashgan va o’z-o’zini tartiblab turuvchi tizim hisbolanmaydi,- faqat davlatning aralashuvi ish bilan bandlikni eng yuqori darajaga oshishirish va iqitisodiy o’sishni ta’minlashi mumkin,- davlatning roli bozor iqtisodiyotinig inqiroz davrida yalpi talabni oshirish, ishlab chiqarish va invsetitsiyani faollashtirish, ishsizlikni esa kamaytitish lozim.
6.Qachon ko’plab malakatlarda yalpi talabning( iste’mol va investitsiya talabi ham ) samarali bo’maganligi asoslab berildi ? XX- asrning 30- yillari.
7. Invsetitsyaga bo’lgan talab 2 xil usulga kora samarsiz bo’ladi u lar qaysilar ? – iste’molchining investitsiyasidan foyda ola-olmay qolishidan qo’rqishi,- kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi
8. Bundan savol tuzsam 12 ta tuzishga togri keladi shuning uchn prosta jadvalni yodlab qo’yilar.( manimcha shunaqasi qulayroq test payti ko’z oldiga tez keladi )

9.Keyns o’z makroiqtisodiy tahlilida boshlang’ich nuqta nima edi ? ish bilan bandlik muamosi


10. Keyns Ish bilan bandlik muamosi yechimini nimadan izlash kerakligini ta’kidlagan edi ? Yalpi talab
11. Kapitalistik jamiyatning surunkali kasaligi nima ? Yalpi talabning yalpi taklifdan orqada qolib ketishi
12. Keynschilik tadqiqotining asosiy obyekti nima tashkil etadi ? Yalpi talab harakati va ijtimoiy mahsulot miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqlik.
13. Keynsning fikriga ko’ra bozor iqtisodiyoti inqiroz davrida davlat qanday yo’ tutishi kerak ? pul-kredit va byudjet siyosati vositasi yordamida tartiblab turishi kerak.
14. “ Piramidalar qurilishi,yer qimirlashi,xatto urushlar boylikni ko’paytirishga xizmat qilishi mumkin” ushbu fikr kimga tegishli ? J.M Keyns

8 – Mavzu;


9 – Mavzu;
1. Neoliberalizmning shakllanishi nechinchi yillarga borib taqaladi?
Javob: XX asrning 30-yillariga;
2. Neoliberalizmda asosan nima ilgari suriladi?
Javob: bozor mehanizmi va erkin raqobat ustinligi e'tirof etilgach, neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilish bo'yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin deb hisoblaydilar;
3. Neoliberalizmda davlat nimaga o'xshatiladi?
Javob: davlat futboldagi hakamga o'xshatiladi, ularning fikricha davlat huddi futbolda hakam o'yinga aralashmagan holda o'yinni tartiblashga hizmat qilganidek davlat ham faqat iqtisodiyotni tartiblash bilan shug'ullanishi kerak;
4. "Mumkin bo'lgan barcha joyda - raqobat, qayerda zarur bo'lsa o'sha yerda - tartiblash" kimning fikri hisoblanadi?
Javob: L. Erxard
5. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi "Oyken maktabi" ta'sirida, yana nima deb ham ataladi?
Javob: Ordoliberalizm
6. Kimning fikriga ko'ra, davlat maorifni tashkil qilish bilan ham, ijtimoiy sug'urtani tashkil qilish bilan, kvartira haqi stavkasini tartiblash bilan ham shug'ullanmasligi kerak; davlatni pul emissiyasini amalga oshirishdagi monopol huquqidan ham mahrum etish kerak; davlatga ishonib topshirish mumkin bo'lgan maksimum narsa - bu qarilik pensiyalarini, ishsizlik bo'yicha nafaqalarni to'lash?
Javob: F. Xaek;
7. Kim "o'z-o'zidan bo'ladigan tartib" konsepsiyasini qattiq turib himoya qildi?
Javob: F. Xaek;
8. Real voqelikda idea xo'jalik tiplari amal qilmaydi, shuni inobatda olgan holda kim fanga "Iqtisodiyotning real tipi" tushunchasini kiritdi?
Javob: V. Oyken;
9. Neoklassiklar bo'yicha, bozor iqtisodiyot tizimini tanlash tabiiy jarayon, chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini - erkin bozor xo'jaligini tan oladi. Lekin Neoliberalizmdagi Frayburg maktabiga ko'ra bunday emas, ularning fikricha iqtisodiyotning ikki tipi mavjud: bozor tizimi va markaziy-boshqaruv (rejali) tizimi. Bu fikr neoliberalizmdagi aynan qaysi iqtisodchiga borib taqaladi?
Javob: V. Oyken;
10. Quyidagilar kimga tegishli:
1) Germaniya iqtisodiyotini "jiddiy tuzilmaviy qayta qurishga muhtoj" deb atash, 2) "balanslashuvga moyil iqtisodiyotdan qaytish oson, ammo rejali iqtisodiyotni erkin bozor xo'jaligiga aylantirish juda katta qiyinchiliklar bilan bog'liq" degan fikrni ilgari surish, 3) Germaniyada pul islohoti o'tqazish bilan Germaniyani krizis holatidan chiqarish?
Javob: L. Erxard
11) Monetaristlar davlatning qaysi iqtisodiy siyosatini juda muhim deb sanashgan
a) Monopoliyalarni cheklash
b) Pulni yetqazib berish
c) Fiskal siyosati

Download 131.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling