Jihozlash va avtomatlashtirish 1b-mt 22 guruh talabasi


Download 78.79 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi78.79 Kb.
#1008166
Bog'liq
ogabek yonalishga kirsh 8

Navoiy davlat konchilik unverstiteti

Huzuridagi Nukus konchilik instituti Mashinasozlik

texnologiyasi Mashinasozlik ishlab chiqarishni

Jihozlash va avtomatlashtirish

1B-MT 22 guruh talabasi

BAHODIROV OG’ABEKNING

Yo’nalishga kirish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu:Tokarlik stanoklari

  • Reja:
  • Tokarlik-vintqirqish stanoklari
  • Tokarlik guruhlariga kiruvchi stanoklar va ularda bajariladigan ishlar. Tokarlik stanoklarini ishlatilishi.
  • 1K62 modelli tokarlik stanokining asosiy qismlari va uning kinematik sxemasi.
  • Ishlov beriladigan detalni, kesuvchi asbobni stanokga о‘rnatish va mahkamlash.
  • Tokarlik stanokida asosiy harakatlar. Tokalik stanokida har-xil ishlarni bajarish uchun sozlash.
  • Tokarlik stanokini tez yurarligi va quvvatini oshirish usullari.
  • Yangi tipdagi tokarlik stanoklari.
  • TOKARLIK-VINT QIRQISH STANOKLARI
  • Tokarlik-vintqirqish stanoklari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mо‘ljallangan. Bu stanoklarda sirtqi silindrik, konusaviy va shakldor yuzalar yо‘nish; silindrik va konusaviy teshiklarni yо‘nib kengaytirish; torets yuzalarni yо‘nish; sirtqi va ichki rezbalar qirqish; teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; zagotovkalarni qirqib tushirish, qisman kesish va boshqa ishlar bajarish mumkin.
  • Tokarlik-vintqirqish stanoklarining asosiy parametrlari ishlov beriladigan zagotovkaning staninadan yuqoridagi eng katta diametri va stanok markazlari orasidagi eng katta masofadir, markazlar orasidagi eng katta masofa ishlov beriladigan detalning maksimal uzunligini belgilaydi. Tokarlik-vint qirqish stanoklarining bu asosiy parametrlaridan tashqari, ularning GOST larda belgilangan muhim о‘lchamlari ishlov beriladigan zagotovkaning supportdan bо‘lgan eng katta diametri, shpindelining maksimal aylanish chastotasi, shpindel teshigidan о‘ta oladigan chiviqning eng katta diametri, shpindel markazdaing о‘lchami, keskichning maksimal balandligidir. Sanoatimiz 160—1250 mm li zagotovkaga ishlov bera oladigan va markazlari oralig‘i 12500 mm bо‘lgan tokarlik-vintqirqish stanoklari ishlab chiqaradi.
  • eriyalab tokarlik stanoklar ishlab chiqarish dastlab 1929 yilda Moskvadagi „Krasniy proletariy" zavodida boshlandi. О‘sha vaqt uchun progressiv bо‘lgan tokarlik-vintqirqish stanogi tezliklar qutisi shesternyalardan tuzilgan, 1932 yilda ishlab chiqarilgan DIP-200 tokarlik vint qirqish stanogi edi. Bu model shundan keyin bir necha marta modernizatsiyalashtirildi (takomillashtirildi), natijada 1D62M, 1A62 va boshqa stanoklar yaratildi. 1954 yildan boshlab shu zavodda normal va yuqori aniqlikdagi 1K62 stanogi seriyalab ishlab chiqirila boshladi. Bu stanok asosida har xil turdagi ixtisoslashtirilgan stanoklar yaratildi.Vatanimiz va chet el stanoksozligida tokarlik stanoklari kopirovkalash qurilmalari bilan jihozlanadi. Bu hol shakldor maxsus keskichlar va kombinatsiyalashtirilgan yо‘nib kengaytish asboblari ishlatmay turib, shakldor murakkab konturlar ishlashga imkon beradi va stanoklarni rostlash ishlarini ancha osonlashtiradi. Ikki-uch kopirovkalash supportlari bor tokarlik kopirovkalash stanoklari mavjudki, ularda sirtqi, ichki va torsaviy yuzalarga ishlov berish mumkin.Tokarlik-vintqirqish stanoklari aniqligini oshirish, boshqarilishini takomillashtirish, surishlar tezliklari diapazo-nini oshirish, texnologik asbob-uskunalarini yanada yaxshilash yо‘lida rivojlantirilmoqda. Tokarlik-vintqirqish stanoklarida zagotovkaning aylanishi bosh harakat, keskichli supportning harakati esa surish harakatidir. Boshqa barcha harakatlar yordamchi harakatlar jumlasiga kiradi.
  • Tokarlik guruhlariga kiruvchi stanoklar va ularda bjariladigan ishlar.Hozirgi zamon korxonalarida mavjud bо‘lgan stanoklar parkining 40-50 foizi tokarlik guruhiga kiruvchi stanoklardan iborat bо‘lib, materiallarni kesib ishlash jarayonida asosiy о‘rinlardan birini tashkil etadi. Tokarlik stanoklarida turlicha ishlarni bajarish mumkin, ya’ni:
  • 1. Silindrik, konussimon va fason yuzalarni yо‘nish; 2. Konussimon va silindrik teshiklarni kengaytirish; 3. Torets yuzalarga ishlov beroish; 4. Tashqi va ichki rezbalarni о‘yish; 5.Parmalash, zenkirlash, razvertkalash va h. k. Tokarlik stanoklari tuzilishi va bajariladigan ish xarektiriga qarab quyidagi turlarga bо‘linadi:
  • 1.Oddiy tokarlik stanoklari-oddiy tokarlik stanoklaridan yuritish vintining mavjudligi va universalligi bilan farq qiladi.
  • 2. Kо‘pkeskichli tokarlik stanoklari-bu stanoklarda detallarga bir yо‘la bir necha keskich bilan ishlov berish mumkin.Stanok kо‘ndalang, yо‘nalishda harakatlanuvchi oldingi support va bо‘ylanma surish harakatini ta’minlovchi orqa supportlar bilan ta’minlangan.Asosan pog‘anali val tipidagi detallarga ishlov berishda qо‘llaniladi.
  • 3. Tokarlik-revolver stanoklari - patronga mahkamlangan dona zagatovkadan va chiviqlardan detallar tayyorlashda ishlatiladi.Stanok kesuvchi asboblarni о‘rnatish uchun revolver kallak bilan jihozlangan.
  • 4. Tokar –karusel va lobovoy stanoklar – asosan katta diametrli kalta zagatovkalarni ishlashda qо‘llaniladi. Karusel stanoklari planshaybasini gorizantal о‘qda joylanishi bilan lobovoy stanoklardan farq qiladi.
  • 5. Tokarlik avtomat va yarim avtomat stanoklar – dona yoki chiviqsimon zagatovkalarni kesib ishlashga moslanganligi bо‘ladi. Bunday stanoklarda texnologik jarayon tо‘la avtomatlashtirilgan bо‘ladi. Yarim avtomatlarda esa zagatovkani mahkamlash va detallarni bо‘shatib olish qо‘lda bajariladi.
  • 6.Maxsus stanoklar – kesib tushiruvchi, о‘yuvchi, nusxalovchi va h.k. iborat bо‘lib, har bir stanok faqat maxsus biror tokarlik jarayonni bajarishga moslanilgan.
  • Tokarlik stanoklarini ishlatilishi. Har xil, hatto eng yaxshi stanoklarning son jihatidan yetarli bо‘lishi korxonaning yuqori unum bilan ritmik ishlashiga oid masalani xali hal qiladi, deb bо‘lmaydi. Ishlab chiqarishni tegishlicha tashkil etishdan tashqari, uskunalarnn tо‘g‘ri ishlatish ham nixoyatda muhim ahamiyatga ega.Stanoklarni tо‘g‘ri ishlatishning vazifasi stanokning uzoq vaqt ishlashini va aniqligi ta’minlangan holda uning ish unumini oshirishdan iborat. Stanokning eng yuqori ish unumiga kesuvchi asbobni tо‘g‘ri tanlab olish va uning yuqori sifatli bо‘lishi, tо‘g‘ri kesish rejimlari belgilash, stanokni tо‘g‘ri sozlash va rostlash natijasida erishiladi.Ikkinchi tomondan, stanoklar bugun ishlatilish davrida barqaror yuqori ish unumini ta’minlashi kerak. Stanoklarni tо‘g‘ri ishlatishga nisbatan qо‘yiladigan talablar ularni aniq va tо‘g‘ri joylash, tashish, sexlarda о‘rnatish, ishlatish, pasportlash, remont qilish va takomillashtirishni о‘z ichiga oladi. Stanoklar tо‘g‘ri joylansa va tо‘g‘ri tashilsa, ular buzilmaydi va sinmaydi. Stanokni tо‘g‘ri о‘rnatishning barcha shartlariga rioya qilish uning sifatli ishlashini ta’minlaydi. Stanoklarni sinab kо‘rish, odatda, ularning statikaviy va dinamikaviy aniqligini, stanokni quvvati, bikrligi va titrashga chidamli-ligini hamda boshqa xususiyatlarini tekshirish uchun zarur.Stanoklarning ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilishi ularni tozalash va moylash, moylash-sovitish suyuqliklari tanlash, ishlatilib bо‘lgan moylash va artish materiallarini yig‘ish hamda tiklash kabi tadbirlarni о‘z ichiga oladi. Stanokning pasporti undan barcha kо‘rsatkichlari hamda vazifasi jihatidan tо‘g‘ri foydalanishga imkon beradi.Uskunalarni hozirgi zamon talablariga muvofiq va sifatli ravishda remont qilish korxonaning ritmik ishlashining muhim shartidir.
  • Stanoklar tо‘g‘ri joylansa va tо‘g‘ri tashilsa, ular buzilmaydi va sinmaydi. Stanokni tо‘g‘ri о‘rnatishning barcha shartlariga rioya qilish uning sifatli ishlashini ta’minlaydi. Stanoklarni sinab kо‘rish, odatda, ularning statikaviy va dinamikaviy aniqligini, stanokni quvvati, bikrligi va titrashga chidamli-ligini hamda boshqa xususiyatlarini tekshirish uchun zarur.Stanoklarning ishlab chiqarish korxonalarida ishlatilishi ularni tozalash va moylash, moylash-sovitish suyuqliklari tanlash, ishlatilib bо‘lgan moylash va artish materiallarini yig‘ish hamda tiklash kabi tadbirlarni о‘z ichiga oladi. Stanokning pasporti undan barcha kо‘rsatkichlari hamda vazifasi jihatidan tо‘g‘ri foydalanishga imkon beradi.Uskunalarni hozirgi zamon talablariga muvofiq va sifatli ravishda remont qilish korxonaning ritmik ishlashining muhim shartidir. Eskirib qolgan stanoklar takomillashtirilishi loznm, bu hol stanoklardan ularning ma’naviy eskirishigacha foydalanish muddatini oshiradi. Stanoklarni ishlatishda xavfsizlnk texnikasi tadbirlariga katta ahamiyat beriladi.Ammo stanoklardan muvaffaqiyatli foydalanishning asosiy sharti zavodlarimizning stanoklarni ishlatish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining yuqori unumiy texnikaviy savodidir. Buning uchun barcha ishchilar stanokning tuzilishi tо‘g‘risida, stanokka tо‘g‘ri qarab turishning ishga ta’siri, uzellarni moylashning hamda rostlashning о‘z vaqtida о‘tkazilishi va boshqalar tо‘g‘risidagi asosiy tasavvurlarga ega bо‘lishi zarur. Korxonaning injener-texnik xodimlari ham stanoklarning ishlatilishiga oid bilimlarga ega bо‘lishi kerak.
  • TOKARLIK-VINT QIRQISH STANOGINING ASOSIY UZELLARI VA ULARNING VAZIFASI. Tokarlik-vint qirqish stanogi amalda bir tipli kompanovkaga ega, bunday kompanovkaga 1K62 stanogi misol bо‘la oladi. Uning asosiy uzellari jumlasiga stanina, oldingi (shpindelli) babka, keskich tutkich va fartuqli support, ketingi babka kiradi; oldingi babkaga tezliklar qutisi, surishlar qutisi joylashtirilishi mumkin.
  • Stanina stanokning barcha asosiy uzellarini о‘rnatish uchun xizmat qiladi va stanokning asosi xisoblanadi. 1K62 tokarlik-vintqirqish stanogining umumiy kо‘rinishi:
  • A—oldingi babka (shpiidel babkasi); V—sulport; V—ketingi babka; G—fartuq; D—stanina; YE—surishlar qutisi;1, 4—tezliklar qutisini boshqarish dastasi; 2—qadamni oshirish zvenosini qayta ulash gribogi; 3—о‘naqay va chapaqay rezbalar qirqish uchun reversni boshqarish grnibogi; 5—supportni dastaki ravishda bо‘ylama siljitish chambaragi; 6—fartuqning reykali tishili g‘ildiragini ulash va ajratish uchun tugmachali polzun; 7—supportni kо‘ndalang yо‘nalishda dastaki ravishda siljitish dastasi; 8—knopka stansiya; R—supportning yusorigi qis-iini dastaki siljitish dastasi; 10—supportni tez siljitishni ulash knopkasi; 11—supportni bо‘ylama va kо‘ndalang yо‘nalishlarda surishni ulash, ajratish va reverslash dastasi; 12, 14—shpindelning aylanishini ulash, ajratish va reverslash dastalari; 13—fartuq asosiy gaykasini qо‘shish dastasi; 15, 16—surishlar qutisini boshqarish dastalari,eng muhim qismi yо‘naltiruvchilaridir. Yо‘naltiruvchilar har xil shaklda: yassi, prizmatik va kombinatskyalashtirilgan shaklda bо‘lishi mumkin. Support karetkasi va ketingi babka ana shu yо‘naltiruvchilar bо‘ylab suriladi.Oldingi babka staninaning chapki qismiga mahkamlanadi. Oldingi babkada stanokning tezliklar qutisi bо‘ladi, tezliklar qutisining asosiy qismi shpindel bо‘lib, u dumalash yoki sirpanish podshipniklarida aylanadi. Shpindel’, odatda, boshidan oxirigacha teshik bо‘ladi, ishlov beriladigan chiviq material ana shu teshikdan о‘tkaziladi. Shpindelning oldingi uchi patron yoki planshayba о‘rnatish uchun о‘tqazish yuzlari, ichida esa markazning quyrug‘i kiritilishi mumkin bо‘lgan konusaviy teshik bо‘ladi.
  • Rasmda 1K62 stanogi shpindelining old tomoni kо‘rsatilgan. Ariqcha 1 stanok tо‘xtaganda patronning о‘z-о‘zidan buralib bо‘shab ketishiga yо‘l qо‘ymaydigan saqlagichlar uchun mо‘ljallangan. Oldingi babka korpusiga tezliklar qutisi mexanizmi ham joylashtirilgan. 1K62 stanogi tezliklar qutisining yoyilmasi (kesilgan holdagisi). Ba’zi stanoklarda tezliklar kutisi staninaning oldingi tumbasiga joylashtirilgan. Bunday holda tezliklar qutisi shpindel bilan tasmali uzatma vositasida bog‘langan. Bunday stanoklar ajratilgan yuritmali stanoklar deb ataladi.

Download 78.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling