Jismoniy tarbiya va sport. Avlayarov Eroli Bolta o’g’li


Download 18.03 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi18.03 Kb.
#999816
Bog'liq
erali jismoniy tarbiya va sport


Jismoniy tarbiya va sport.
Avlayarov Eroli Bolta o’g’li
Toshkent Moliya instituti
MMT 74 Talabasi
telefon ; 976311704
Anotatsiya; Hozirgi kunda kampyuter asri deb aytilayotgan zamonda O’zbekiston ahosining nafaqat yurtimizning balki butun dunyo aholisining jiymoniy holati ancha og’irlashmoqda . Buning sababi yoshlarning haddan ziyod telefonga beilib ketganligi deyishimiz mumkin. Buning natijasida aholi orasida turli xil jiymoniy holat bilan bog’liq kasalliklar kelib chiqmoqda.

Kalit so’zlar;


Kirish; O’zbekistonda jiymoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy maqsadi va vazifalari yosh avlodni sog’lom voyaga yetkazish , xalq o’yinlari va sport turlarini jaxon miqyosida keng targ’ib etish va rivojlantirish, aholining keng qatlamini jismoniy tarbiya va sport harakatlariga faol jalb etishdan iboratdir.


Asosiy qism;
Joriy yilning 14 - aprel kuni O‘zDJTSU hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali bilan 2022 - 2024 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi hamda filialning 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq ilg‘or xorijiy tajribalarni jismoniy tarbiya va sportga joriy etish maqsadida ZOOM platformasi orqali «JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING RIVOJLANISHI MUAMMOLARI: TARIX, ZAMONAVIYLIK, KELAJAK» mavzusida I Halqaro ilmiy-amaliy anjumanda filial professor-o‘qituvchilari va O‘zDJTSU ga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan filialning “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi Qambarov Orzubek ham ishtirok etdi.
O’zbekiston respublikasi fuqoralari jinsi ,irqi , millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi , shaxsiy va ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar jismoniy tarbiya va sport bilan shug’illanish, jismoniy tarbiya va sport jamoat birlashmalarini tuzish , jismoniy tarbiya va sport birlashmalarini tuzishda ishtirok etish huquqiga ega.

Jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish . chet el fuqorolari va fuqoroligi bo’lmagan shaxslar jismoniy tarbiya va sport sohasida O’zbekiston fuqorolari bilan teng huquqli va erkin hisoblanadilar.

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi madaniyat va sport sohasidagi organi bo’lib , unga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari yuklatilgan

O’zbekiston respublikasi ,, Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida’’ gi qonunida jismoniy tarbiya va sport davlat ahamiyatiga molik ish sifatida qaralib, uning maqsadi aholining keng qatlamlari manfaatlariga xizmat qilish, sportni rivojlantirish , aholini sportga targ’ib qilish va qulaylikni ta’minlashdan iborat.

Davlatt har yili byudjet mablag’i hisobidan O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratiladi. Barcha hududlarda aholi orasida sportni yanada targ’ib qilish, sport inshootlarini xatlovdan o’tkazish hamda sport to’garaklarini isloh qilish, ,, sog’lom avlod uchun’’ loyihasini amalga oshirish , qishloq hududlarida yosh avlodni yanada jalb qilish kabi muhim chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

O’zbekistonda sport turlari davlat reestrining asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida statistik hisobotlarni takomillashtirish, shuningdek , sport va sport fanlarini tizimlashtirishdan iborat . Faqatgina davlat reestriga kritilgan sport turlari bo’yicha o’rta va oliy kasb hunar ta’limi mutaxassislarini tayyorlashga , sport maktablarida bo’limlar ochishga , mutaxassislarga quyiladigan tregishli malaka talablarini tasdiqlashga va ularni tayinlashga , tasniflash standartlarini , sport turlarini amalga oshirishga quyiladigan talablar va shartlarini tasdiqlashga ruxsat etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasini ilmiy ta’minlash keyingi yillarda katta sakrashni amalga oshirib kelmoqda.

O’zbekiston milliy olimpiada qumitasi respublikada olimpiya g’oyalarini targ’ib etish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda va natijada O’zbekiston xalqaro musobaqalar , jaxon chempionati va olimpiya o’yinlari kabi nufuzli musobaqalarda yetakchi o’rinlarni egallamoqda.



Xulosa; Hozirgi kunda O’zbekiston respublikasida 70 dan ziyod sport federatsiyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Yoshlarni sportga jalb etish maqsadida maktab o’quvchilari orasida ,,Yoshlik’’ FSO, talabalar o’rtasida esa ,, Talaba ’’ kabi turli musobaqalar o’tkazib kelinmoqda.
Respublikada ta’lim muassasalarida , tashkilotlarning mehnat jamoalarida ommaviy jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining eng keng qatlamlarini yashash va ommaviy dam olish joyidagi jismoniy tarbiya harakatiga faol jalb etish va hokazolarga katta ahamiyat berilmoqda.
O’zbekiston xalq o’yinlari va milliy sport turlari mamlakatning keng aholisi orasida juda mashhur hisoblanadi.
Davlatimizning sportni rivojlantirish borasidagi say harakatlari besamar ketmayapti , albatta bizning olimpiyadada yoki boshqa nufuzli chempionatlarda maqtanarli natijalarimiz bor .
Afsuski mamlakatimizda futbol rivojlanishi qiyin bo’lmoqda , buning sababi albatta yosh iqtidorlarni kashf etolmayotganimizda hamda korrupsiya sabab kashf bo’lmay qolayotgan iqtidorlardir.
Qachonki bizda ham futbol Braziliyadagi kabi sevilsa ko’plab marralarga erishardik.
Bizning milliy kurash musobaqamiz esa bugun butun dunyo tan olayotgan sport turlariga aylanmoqda . Kelajakda yurtimizga sog’lom va barkamol kadrlar yetkazish uchun oliy ta’lim muassasalarida jismoniy ma’daniyat biriktirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasining ,, Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida’’gi qonuni
2.Kun.uz
3.arxiv.uz
Download 18.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling