Jismoniy tarbiyani tarbiyalashrеja


Download 152 Kb.
bet1/3
Sana18.03.2023
Hajmi152 Kb.
#1282917
  1   2   3
Bog'liq
JISMONIY TARBIYANI TARBIYALASHRЕJA


JISMONIY TARBIYANI TARBIYALASH
REJA:
Kirish
Asosiy qisim
1.Jismoniy tarbiya vositalariga umumiy xaraktеristika: jismoniy mashqlar, tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari, gigiеnik omillar.
2.Jismoniy mashqlar- jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi.
3. Jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni.
4. Jismoniy mashqlarning turkumlarga bo’linishi.
5. Jismoniy mashqlar tеxnikasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mamlakatimizda yuqori malakali jismoniy tarbiya mutaxasisilari tayyorlash tizimi zamonaviy talabalarga to‘liq javob bera oladi, shu bilan birga bu tizim xalqaro standartlar asosida takomillashib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida mamlakatimizda etishib chiqayotgan ko‘plab yuqori malakali sportchilarni, xalqaro musobaqalar va olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini misol keltirishimiz mumkin. Xalqimiz sog‘ligi darajasi yildan yilga ortib borishi, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini keng ommaviylashib borishida deb xulosa qilishimiz mumkin. Shunga qaramay jismoniy tarbiya mutaxasislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni zamon talablariga muvofiq kasbiy malaka va tajribalarini ortirib borish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.[1.19] Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi: ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining roli katta bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklari hamda tajribalari jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini muvaffaqiyatli tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘quvchi va talabalarni jismonan barkamol va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifasi: Bitiruv malakaviy ishda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish jarayonlarini tashkitl etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy faoliyatlari hamda ularning tarbiyaviy va ta’limiy xususiyatlari keng tahlil etildi. O‘quvchi va talabalarrning ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarini asosiy shakllari va ularni tashkil etish uslublari va talablari ham o‘rganildi. Bitiruv malakaviy ishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari tayyorlash jarayonlari va ularga qo‘yiladigan talablar, ularning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, tajriba hamda malakalarini ortirish jarayonlarining shakllari ham o‘rganildi. 5 Tadqiqot predmeti va ob’ekti; Andijon davlat universiteti qoshidagi 4- sonli akademik litseyda tahsil oluvchi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rganilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida 50 dan ortiq o‘quvchilar jalb etilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida litseyda tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy faolityalarining xususiyatlari o‘rganilgan.
Bu maqsadga erishishda aholining yoshi, jinsi, sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi hamda qiziqishlari hisobga olingan holda vazifalar belgilanadi. Bu bilan jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari shakllanadi. Tarbiyachi, murabbiylar oldida faqatgina sportda oliy natijalarga erishish emas balki, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash vazifasi turish kerak. Bu vazifani nazariy va amaliy jihatdan etuk bo‘lgan hamda o‘z kasbini sevadigan mutaxassislar amalga oshiradilar. Sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni kamol toptirish va harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish masalalarini amalga oshirishda shug‘ullanuvchilar tarkibi xususiyatlarga muvofiq yondashiladi. Bolalar jismoniy tarbiyasi ularni har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlash va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etsa, ayollar jismoniy tarbiyasi ularni kelgusi hayotga tayyorlashdan iborat bo‘ladi. O‘smirlar va kasb tayyorgarligi talab etuvchi mutaxassislar jismoniy tayyorgarligi jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, sportda texnik va taktik tayyorgarlik, umumiy va maxsus tayyorgarliklarni ta’minlash, amaliy jismoniy tayyorgarlik asoslarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling