Jismoniy va estetik tarbiya


Download 65.48 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi65.48 Kb.
#1222572
Bog'liq
chinnigul Jismoniy va estetik tarbiya

Jismoniy va estetik tarbiya

  • Reja :
    • Jismoniy tarbiya haqida tushuncha
    • Estetik tarbiya
    • Estetik tarbiya berish vositalari
    • Tayyorladi : Po`latova Chinnigul 403-guruh talabasi

Jismoniy tarbiya

  • Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri.

Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik.


a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi;
b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish;
v) jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yo`naltirish printsipi

Jismoniy tarbiyada O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashg‘ulot davomida o‘qituvchi rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillash uslubiyatini tushunamiz

Ta`lim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvara-kayiga (frontal), uzluksiz-ulab, guruhchalarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari orqali tashkillaydilar

Estetik tarbiya

  • Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.Bu tarbiya o`quvchilarda nafosat va go`zallikni sevish va uni his qilishga o`rgatadi

Estetik tarbiya vazifalari


Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan.
-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.

Estetik tarbiya berish vositalari

  • San’at- o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi..
  • Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi.
  • Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi

“Kungaboqar” texnologiyasi

  • Talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga boʼlinadi. Oʼqituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, oʼrtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Аjratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni oʼsha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qoʼyadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.
  • Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy asoslari. -Т.: 2005.
  • Avliyakulov N. X., Musayeva N. N. Pedagogik texnologiya. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik.

Download 65.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling