Kafedra: Xizmat ko’rsatish texnikas Yo’nalish


Download 1.6 Mb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1548285
  1   2
Bog'liq
Амалий машғулот 5


Kafedra: Xizmat ko’rsatish texnikas
Yo’nalish: Transport vositalari muhandisligi

AMALIY MASHG’ULOT № 5



Talaba: Atayev Diyorbek


O’qituvchi: ass. M.A. Xudoyberdiyev






Krivoshup-shatun mexanizmi. Gaz taqsimlash mexanizmi vazifasi, ishlashi va asosiy sxemalari. Ma’lumki, dvigatelda boshlang‘ich harakat porshenda boshlanadi. Porshen silindrda to‘g‘ri chiziqli ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Lekin avtomobilning harakatlanishi uchun uning yetakchi g‘ildiraklari va ularga kuch uzatuvchi barcha transmissiya agregat detallari aylana harakat qilishi kerak. Shu vazifani krivoship-shatunli mexanizm bajaradi.
Krivoship-shatunli mexanizm silisndrda yonilg’i aralashmasi yonganidan hosil bo‘lgan gaz bosimini qabul qilib, porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o’zgartirib beradi.
Krivoship-shatunli mexanizmning barcha detallari harakatlanuvchi va harakatsizlarga bo’linadi. Harakatsiz detallari dvigatelning korpusini tashkil etib, ularga silindr 1 (2.9-rasm), uning kallagi 2 va karter 3lar kiradi. Harakatlanuvchi detallari, porshen 4, uning barmog’i 5, shatun 6, tirsakli val 7 va maxovik 8 lardan tashkil topadi.




2.9-rasm. Bir silindrli porshenli ichki yonuv dvigateli krivoship-shatunli mexanizmi:
1-silindr; 2-silindr kallagi; 3-karter; 4-porshen; 5-porshen barmog’i; 6-shatun; 7-tirsakli val; 8-maxovik
Avtomobil dvigatellarida keng tarqalgan krivoship-shatunli mexanizmning kompanovka sxemalari 2.10-rasmda keltirilgan. Ko’pchilik bir qatorli (2.10-rasm, a) dvigatellarning silindrlari vertikal joylashgan (Neksiya, VAZ-2108, Tiko, Damas, Matiz, SamKochAvto avtomobillari). Ba’zi bir dvigatellarda silindrlari vertikal holatdan 20-45° burchak ostida (2.10-rasm, b), masalan Moskvich-2140 yoki gorizontal joylashihsi mumkin (2.10-rasm, v, d). Silindrlarni bu holda joylashtirish natijasida dvigatelning balandligi qisqaradi. Silindrlari ikki qator joylashgan dvigatellarda ularning silindrlari orasidagi burchak 180° dan kam bo’lsa, bu holda ular V simon dvigatellar deyiladi (2.10-rasm, g). Agar 180° ga teng bo’lsa, ikki qatorli gorizontal dvigatellar deyiladi. Silindrlari gorizontal holda b’lganda (2.10-rasm, v, d) dvigatelning balandligi qisqaradi va ularni kuzov tagida (avtobuslarda) joylashtirish mumkin.
Silindrlar bloki. Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo’ladi. Silindrlar bloki yaxlit bo‘lib, u o‘z navbatida karter bilan birga quyib tayyorlanadi. Silindrlar bloki dvigatelning asosi bo‘lib, uning ichki qismida krivoship mexanizmi va gaz taqsimlash mexanizmlarining detallari, shuningdek, sovitish tizimining suv g‘iloflari va moylash tizimining moy kanalchalari joylashgan. Uning tashqi qismiga esa dvigatel mexanizmi va uning tizimlariga kiruvchi ba’zi detallari biriktirilgan. Silindrning ichki yuzasi (2.11-rasm, a) porshenni yo‘naltirish uchun xizmat qiladi va u silindr ko‘zgusi deb ataladi. Silindr ko‘zgusiga aniq ishlov beriladi va jilvirlanadi. Unga juda aniq ishlov berilishi porshenning silindrda zich va yengil harakatlanishini ta’minlaydi. Suyuqlik bilan sovitiladigan dvigatellarning silindrlar bloki qo‘sh devorli bo‘lib, unda ichki devor vazifasini silindrlar gilzasining tashqi sirti o‘taydi. Gilza 7 bilan blok 8 orasidagi bo‘shliq 5 sovituvchi suyuqlik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u suv g‘ilofi deb ataladi (2.11-rasm,b). Ko‘pincha silindrlar gilzasini qo‘yib olinadigan qilib ishlanishi uni birmuncha yeyilishga chidamli, qimmatbaho bo’lgan legirlangan materiallardan tayyorlash imkonini yaratadi. Silindrlar blokining konstruksiyasi o’rnatilgan gilzaning turiga va uning o’rnatilishiga bog’liq. Silindr gilzalari blokka o’rnatilishiga qarab, ular “quruq” va “ho’l” bo’lishi mumkin. Agar silindr gilzalarining sirtiga suyuqlik tegmasa, quruq gilzalar, sovituvchi suyuqlik ularning atrofini o’rab tursa, ho’l gilzalar (2.11-rasm, b, e) deb ataladi.
Quruq gilzalar blok silindrlariga zich qilib, tig’izlab o’rnatiladi va ularning sirtqi devoriga suyuqlik tegmaydi (2.11-rasm, d). bu turdagi gilzali silindrlar bloki SamKochavto avtomobillari dvigatelida qo’llanilgan. Hozirgi vaqtda ko’pchilik dvigatellarning bloklariga ho’l gilzalar (2.11-rasm, a, b) o’rnatiladi (Neksiya-2, ZMZ-53, YAMZ-236, KamAZ-740 dvigatellari). Dvigatelning ishlashi natijasida silindrning yuqori qismi ko’proq yeyiladi, chunki silindrning bu qismi doim katta harorat va bosimga ega bo’lgan gazlar ta’sirida ishlaydi. Shuning uchun ba’zi dvigatellarda (GAZ-3102 avtomobil dvigateli) silindrlar gilzasining eng ko’p
yeyiladigan yuqori qismiga yeyilishga chidamli va zanglamaydigan cho’yandan tayyorlangan 50-60 mm uzunlikdagi yupqa kalta gilza 10 presslab o’rnatilgan (2.11-rasm, e).

2.11-rasm. Silindrlar gilzasi: a-silindrlar gilzasining umumiy ko’rinishi:


1 va 3-mahkamlovchi qismi; 2-ko’zgu; 4-botiq qismi; b va d- “ho’l” va “quruq” gilzalarning blok-karterga o’rnatilishi; 5-blok-karterning suv g’ilofi; 6-silindrlar kallagining qistirmasi; 7-silindrlar gilzasi; 8-blok-karter; 9-jipslovchi rezina-halqa; e-ZMZ dvigatelining blok-karteriga “ho’l” gilzalarning o’rnatilishi; 10-gilzaning yuqori qismiga o’rnatilgan “kalta gilza”; 11-jipslovchi mis halqa
Gaz taqsimlash mexanizmi dvigatel silindrida ish jarayoni o‘tishiga qarab, unga yonuvchi aralashma (benzinli dvigatellarda) yoki havo (dizellarda) kiritish va ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. To‘rt taktli dvigatellarda asosan klapanli gaz taqsimlash
mexanizmi qo‘llaniladi. Bunday mexanizmlar klapanlarning silindrga nisbatan joylashuviga, pastda (silindrlar blokining yon tomonida) yoki yuqorida (silindrlar kallagida) joylashgan klapanli gaz taqsimlash mexanizmlariga bo’linadi.
Yonuvchi aralashma yoki havoni silindrga kirituvchi klapanlar kiritish, ishlatilgan gazlarni silindrdan tashqariga chiqaradiganlari esa chiqarish klapanlari deyiladi. Ko’pchilik avtomobil dvigatellarida har bir silindrda bitta kiritish va bitta chiqarish klapani klapani bo’ladi. Ayrim dvigatellarda har bir silindrda uchtadan (ikkita kiritish va bitta chiqarish) yoki to‘rttadan (ikkita kiritish va ikkita chiqarish) klapanlar o’rnatiladi.
To‘rt taktli dvigatelning ish sikli davomida uning tirsakli vali ikki marta aylanganda har bir klapan bir martadan ochilishi lozim. Demak, tirsakli val ikki marta aylanganda dvigatelning taqsimlash vali bir marta aylanishi kerak. Shuning
uchun ular orasidagi uzatish soni 2:1 ga teng.
Tuzilishi. Klapanlari pastda (silindrlar blokida) joylashgan gaz taqsimlash mexanizmida (2.19-rasm, a) klapan 5 silindrlar blokining yon tomonida joylashadi. Bu turdagi mexanizm quyidagi detallardan iborat: taqsimlash vali, tishli g’ildiragi 1 bilan, klapanlar 5, klapanlarni yo‘naltiruvchi vtulkalar, klapan prujinasi 7 va tayanch shayba 8, turtkich 9, rostlash bolti 4 qotiruvchi gaykasi bilan, suxariklar hamda klapanlar kallagining joylashishiga mo‘ljallangan o’rindiqlar 6.
Ishlash prinsipi. Tirsakli val 3 aylanma harakatni tishli g‘ildiraklar 2 va 1 orqali taqsimlash valiga uzatadi. Taqsimlash vali aylanganda uning mushtchasi 10 turtkich 9 ga tiralib, uni tepaga ко’taradi. Turtkichning rostlash bolti 4 klapan 5 sterjenining tubiga tegib, uni yuqoriga ko‘taradi, natijada, klapan kallagi o‘z о rindig’idan 6 tepaga siljib ochiladi. Klapan ko‘tarilganida prujina 7 siqiladi. Silindr yangi zaryad (yonuvchi aralashma yoki havo) bilan to’ldirilgandan yoki ishlatilgan gazlar chiqarilgandan so‘ng mushtcha turtkich tubidan chiqadi va prujina o‘z kuchi bilan klapanni avvalgi holatiga qaytaradi, natijada klapan kallagi o‘z o‘rindig‘iga jips joylashadi. Klapanning jips o‘rnashishini ta’minlash uchun yig‘ishdan oldin uni o’rindig‘iga tirab, aylanma harakat bilan ishqalanadi (pritirka). Shunda ularning ishlaydigan konus yuzalari yuzalari bir-biriga yaxshi moslashadi.



2.19-rasm. Gaz taqsimlash mexanizmining sxemalari:
a-pastda joylashgan klapanli; b-yuqorida joylashgan klapanli; 1 va 2-tishli g’ildiraklar; 3-tirsakli val; 4-rostlash boltlari; 5-klapanlar; 6-o’rindiqlar; 7-prujina; 8-tayanch shayba; 9-turtkich; 10-mushtcha; 11-koromislo; 12-koromislo o’qi; 13-kronshteyn; 14-shtanga

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling