Кафедраси текширди: шомуродов р


Download 54.94 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi54.94 Kb.
#1039572
Bog'liq
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ



ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ

БАНК ИШИ 55.2 ГУГУҲ
СИРТҚИ ФАКУЛЬТЕТИ

«БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ, ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛ ВА АУДИТ»
КАФЕДРАСИ


ТЕКШИРДИ: ШОМУРОДОВ Р
БАЖАРДИ: НОРМУРАДОВА Н

ТОШКЕНТ 2022

ORALIQ NAZORAT
Variant 26
1. Tijorat banklarining kredit siyosatiga qo‘yiladigan Markaziy bank talablari.
2. Tijorat banklarining kredit siyosati va uning mezonlari.
3. Tijorat banklarining kredit siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari.



  1. Tijorat banklarining kredit siyosatiga qo‘yiladigan Markaziy bank talablari

Bank xizmatlari iste’molchisi O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi haqida nimalarni bilishi lozim?
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi - O‘zbekiston Respublikasi moliya va pul-kredit tizimining uzviy qismi hisoblanadi. Respublikamizda bank tizimi ikki pog‘onali bank tizimidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga Markaziy bank va tijorat banklarini oladi. Markaziy bankning tijorat banklari bilan hamda tijorat banklarining o‘z mijozlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari, jumladan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi hamda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunlarida belgilangan. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar.
Markaziy bank bilan tijorat banklarining bir-biridan nimalar bilan farq qiladi?
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
• monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
• O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;
• banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolarini nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
• O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo‘shgan holda, saqlash va tasarruf etish;
• bank xizmatlarining ommabopligini oshirishni ta’minlash va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish;
• davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.
Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb:
• narxlar barqarorligi;
• bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
• to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi.
Markaziy bank o‘z oldiga qo‘yilgan vazifaga erishish uchun banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi. Markaziy bank vakolatlarining to‘liq ro‘yxati «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunida aks ettirilgan. Tijorat banklari «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq tijorat tashkilotlari hisoblanib, ularning faoliyati daromad olishga qaratilgan.
Tijorat bankining o‘ziga xos xususiyati, bu yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanishdan iboratdir. Shuningdek, tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlarini ochadi va yuritadi, to‘lovlarni amalga oshiradi. Banklar qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin,
Shunga ko‘ra, o‘zining joriy faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash hamda rivojlanishini ta’minlash uchun tijorat banklari foydaga ega bo‘lishi lozim. Shu sababli, bank xizmatlari muayyan haq evaziga bajariladigan xizmat turi hisoblanadi.
Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar
Banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar Qonun hujjatlariga muvofiq, jumladan O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 31-moddasiga ko‘ra, banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, banklar mijozlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini, jumladan bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilash huquqiga egadirlar.
Davlat dasturlarini moliyalash uchun Markaziy bank tomonidan banklarga beriladigan kreditlar bo‘yicha Markaziy bank ushbu banklar qarzdordan undirib oladigan foiz stavkalarining eng ko‘p miqdorini belgilashi mumkin, bunda markazlashtirilgan resurslar uchun to‘lov va banklarning xarajatlari o‘rnini qoplash hisobga olinadi.
Qayd etish lozimki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra omonatchilar va qarz oluvchilar o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankini mustaqil tanlash huquqiga egadirlar. Bugungi kunda respublikamizda bank xizmatlari bozorida tijorat banklari o‘rtasida (2018 yil 1 yanvar holatiga 28 ta) kuchli raqobat mavjud bo‘lib, ushbu holat tijorat banklari doimo taqdim etilayotgan xizmat turlarini sifati va ko‘lamini oshirishga, bank xizmatlarining narxini takomillashtirib borishga, mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga undab kelmoqda.
Shunga ko‘ra, iste’molchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan shartlarda bank hizmat turlarini taklif etadigan tijorat bankini mustaqil tanlash huquqiga ega.
Siz bank xizmatlaridan foydalanmoqchisiz. Nimalarga e’tibor qaratish lozim.
Bankning biron-bir xizmat turidan foydanish haqida qaror qabul qilishdan avval, ushbu xizmat turi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni aniqlash hamda o‘z majburiyatlaringizni (shu jumladan moliyaviy) anglab yetish talab etiladi.
Agar bank xizmatlari shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladigan bo‘lsa, ushbu shartnomani imzolashdan avval uning barcha shartlari va qoidalarini tijorat bankining mutaxassisi bilan birgalikda diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur. Shartnomada uchrashi mumkin bo‘lgan notanish terminlar hamda shartnoma qoidalarini to‘liq tushunish yuzasidan bank xodimlariga murojaat etishdan uyalmang. Chunonchi, barcha tijorat banklarida jismoniy shaxslarga, shu jumladan maxsus moliyaviy bilimlarga ega bo‘lmagan mijozlarga oddiy, tushunarli tarzda bank maslahatlarini berish vazifasi yuklatilgan mutaxasislar mavjud. Shartnomani imzolashga shoshilmang. Iloji bo‘lsa shartnomani uyga olib ketib, uning barcha shartlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur.

  1. Tijorat banklarining kredit siyosati va uning mezonlari.

Kredit turlari

Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo‘yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qo‘yilmalarni moliyalash va b. Kredit turlari bo‘yicha: “kredit liniyalarini ochib va ochmay” kreditlash, lombard va veksel kreditlari va b.


Kredit siyosatida maxsus ssudalarni berish direktiv tamoyillari aniq ifodalangan holda mazkur bank uchun mos kelmaydi yoki maqbul bo‘lmaydi, deb hisoblanuvchi kredit turlari va toifalari ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.


Keyingi tahrirga qarang.


2.4. Kreditlarning to‘planishi

Kredit siyosati kreditlar va mikroqarzlarning to‘planishi darajasi, shu jumladan kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, geografik hududlar va boshqalar bo‘yicha to‘planishi darajasi monitoringi bo‘yicha talablarni o‘z ichiga olishi zarur. Kredit siyosatida rahbariyatga muntazam ravishda topshiriladigan tegishli hisobotlarni tayyorlashga doir talablar belgilanishi lozim.


2.5. Kreditlarni to‘lash

Kreditni to‘lash muddati uni to‘lashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosat rahbariyat nuqtai nazaridan har xil toifa va turdagi kreditlarni to‘lashning ma’qul dasturlaridan iborat bo‘lishi zarur.


Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat, shuningdek kreditning asosiy summasini kredit to‘lash muddatining so‘ngida va kredit to‘lashning boshlang‘ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish tartibini ham o‘z ichiga olishi kerak.


Kredit siyosati to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, mablag‘larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirib olish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi kerak.


2.6. Qarzdorlarga doir moliyaviy axborot

Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichlarida ham jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma’lumotlar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo‘yiladigan talablar aniq ifodalanishi zarur. Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, banklar talab qiladigan ma’lumotlar Milliy Buxgalterlik Hisobi Standartlariga (MBHS) muvofiq taqdim etilishi kerak.


Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatini (likvidlik, qoplanish, muxtorlik koeffitsiyentlari, kapitallashtirish darajasi, garov ta’minoti ekspertizasi va b.) aniqlash uchun ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritilishi lozim. Bank qarzdorlarning kredit qobiliyati mezonlari va ularni baholash metodikasini aniq belgilab olishi kerak.


Bundan tashqari, kredit siyosati qarzdorlar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va bank kreditidan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan tovarlarni sotish bozorining mavjudligini kiritish bo‘yicha talabni o‘z ichiga olishi kerak.


2.7. Garov ta’minotiga nisbatan qo‘yiladigan talablar

Kredit siyosati muayyan turdagi qimmatliklar (ko‘chmas mulk, avtomobillar va b.) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal miqdori limitlarini o‘z ichiga olishi hamda ta’minlangan ssudalarning har bir turi uchun kredit hujjatlari to‘plamini rasmiylashtirish tadbirlarini belgilashi lozim. Bank kredit siyosatida garov kreditlashning uni berish vaqtidayoq kreditni to‘lash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (xazina veksellari) bilan ta’minlangan kreditlar bundan mustasno) hisoblangan yagona asosi bo‘lmasligi belgilab qo‘yilishi zarur.


Kredit siyosati garovga olingan mulk turiga qarab garov mavzuiga nisbatan qo‘yiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini o‘z ichiga olishi kerak. Mazkur bandda garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish lozim bo‘lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar o‘rnini qoplashi lozimligi aniq yoritilishi zarur.


Hujjatda garov mavzui baholovchi tashkilot va ichki bank baholovchisi tomonidan baholanadigan hollar ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi lozim. Siyosat ko‘chmas mulk, ishlab chiqarish jihozlari va iste’mol kreditlarini moliyalash uchun beriladigan kreditlarni to‘lash hisobiga qarzdor tomonidan bo‘nak to‘lovlarini kiritishga doir muayyan talablarni o‘z ichiga olishi zarur.


Kredit siyosatida ko‘rsatilishi lozimki, yer uchastkalari belgilangan tartibda garov ta’minoti sifatida bankka o‘tgan hollarda, bank ushbu yer uchastkalarini unga mulk huquqi o‘tgan paytdan boshlab olti oydan kechiktirmay sotishga qo‘yishi kerak.


1.1. Bankning kredit siyosati — kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko‘rsatishi va aniqlab berishi shart.

1.2. Tijorat banklari kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqariladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


1.3. Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalga joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruvi a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi.


1.4. Kredit siyosatining tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va tegishli kredit siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart.


1.5. Bankning kredit siyosati uning joriy bank strategiyasi va iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta’minlash uchun bank Kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda qayta ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi va Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.


1.6. Kredit siyosati kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida qaror qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asoslantirilgan holda rad etish tartibini ko‘rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tartibini o‘z ichiga olishi kerak.
Tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan kredit xizmatlari haqida nimalarni bilish kerak?
Fuqaro tijorat bankidan ko‘chmas mulk xarid qilish uchun ipoteka kreditini, yoki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol kreditini olish huquqiga ega. Bankdan kredit olish qarz oluvchiga ushbu kreditning asosiy qarzini hamda ushbu kreditdan foydalangan davr uchun hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarish majburiyatini yuklaydi. Bunda bank tomonidan kreditdan foydalanganlik uchun qarz oluvchidan qo‘shimcha to‘lovlarni undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Odatda, tijorat banklari tomonidan kreditlar doimiy daromadga ega bo‘lgan, to‘lovga layoqatli, ya’ni kredit shartnomasiga asosan to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish qobiliyatiga ega fuqarolarga ajratiladi.
Qarz oluvchilarni kreditlash qoidalari hamda ularning kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash usullari har bir tijorat banki tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Ko‘p hollarda bank tomonidan kredit ajratish jarayonida qarz oluvchi tomonidan qo‘shimcha xarajatlar (garov predmetini sug‘urtalash, garov shartnomasini notarial tasdiqlash bilan bog‘liq xarajatlar va h.k.) ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qarz oluvchi kredit shartnomasini imzolashdan avval, barcha qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olishi lozim.
Fuqaro- qarz oluvchi kredit shartnoma shartlarini tegishli ravishda bajarmasa bank kreditdan foydalanganlik uchun to‘lovni yuqori foiz stavkalarida, shuningdek neustoyka (jarima va penya) to‘lanishini talab qilishi mumkin. Bankning ushbu talablarni qo‘yish huquqi kredit shartnomasida belgilangan bo‘ladi.
Download 54.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling