Kalit so’zlar: “Raqamli iqtisodiyot”, Wifi, internet tarmoqlari Kirish


Download 31.16 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi31.16 Kb.
#1119093
  1   2   3
Bog'liq
Sarvinoz maqola xomaki




Аннотация: Maqolada Respublikamiz hududida joylashgan chekka qishloqlarda yashayotgan fuqarolarimizning “Raqamli iqtisodiyot” tushunchasi haqida va Gpon simli internet tarmoqlari orqali internetdan qay darajada foydalanayotganligi va uning ko`rsatkichlari aks ettirilgan.
Kalit so’zlar: “Raqamli iqtisodiyot”, Wifi, internet tarmoqlari


Kirish. Yangi O`zbekistonni shakllantirish va rivojlantirish sharoitida aholi bandligini, farovonligini, daromadlarini umuman turmush tarzini oshirish zamonaviy iqtisodiyot bilan bog’liq. Aynan zamonaviy iqtisodiyot taraqqiy etgan mamlakatlarda sohalarning raqamlashishi natijasida yangi xizmatlar, yangi imkoniyatlar yaratib berdi. Bu esa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan bog’langan holda “Raqamli iqtisodiyot” atamasi turli xil zamonaviy manbalar ommaviy axborot vositalarida uchramoqda. XXI asrda odamlar hayotida turli xil zamonaviy vositalar shu qadar chuqur va muhim o’ringa ega bo’ldiki ushbu vositalarsiz insonlar o’z kelajaklarini tasavvur etishni istashmaydi. Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin.
So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
Demak, "Raqamli iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", "Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi muhim savollarga javob izlashga harakat qilamiz.
Ushbu mavzuni yoritishdan avval, kundalik hayotimizda ro'y berishi mumkin bo'lgan bir holatni qarab chiqsak. Tasavvur qiling, juma kuni ishdan uyga keldingiz, oila a'zolaringiz davrasidasiz, birdan shanba va yakshanba dam olish kunlari mashinada Samarqand viloyati va Samarqand shahriga sayohat qilish fikri paydo bo'ldi. Lekin Sizning shaxsiy mashinangiz yo'q. Shunda Siz kompyuter yoki smartfoningiz orqali mashinalarni ijaraga taqdim etuvchi kompaniyalar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, ism-sharifingiz, haydovchilik guvohnomangiz raqamini kiritib, ikki kunga 6 kishilik oilaviy mashina buyurtma berdingiz. Endi sayohat yo'nalishi tanlash kerak. Qayerlarga boriladi, qaysi muzey, tarixiy obidalarga tashrif buyuriladi. Shunda Siz sayyohlik xizmatini ko'rsatadigan agentliklar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, oila a'zolaringiz sonini kiritib, o'zingizga va oila a'zolaringizga qiziq bo'ladigan sayyohlik yo'nalishini tanlaysiz. Shunda shanba kuni ertalab uyingiz oldida 6 kishilik mashina, smartfoningizda muzey va tarixiy obidalarga kirish chiptalari va mehmonxonada tunab qolish uchun oldindan buyurtma qilingan joy bo'ladi. Siz hech qayerga bormasdan, hech kimga qo'ng'iroq qilmasdan ikki kunga oilaviy, mashinada, sayohatni tashkil qildingiz. So'ng Samarqandga yo'l oldingiz. U yerda ikki kun aylangan so'ng, yakshanba kuni uyga qaytishda ozgina charchaganingizni sezdingiz, bundan tashqari dushanba kuni ishga borish kerak. Shunda Siz smartfoningizni olib darrov o'zingizga va oila a'zolaringizga Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chipta olib, vokzalga borasiz va uyga yo'l olasiz, mashina vokzalda qoldiriladi...
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir. Bu raqamli iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o`tishimizda barcha O`zbekiston fuqarolari ya’ni xalq bilan targ`ibot-tadqiqot ishlarini olib borish lozim bo`ladi. Dastlab raqamli dunyoni imkoniyatlarini barchaga yetkazish bu yo’lda birinchi navbatda internet orqali savdo va buyurtmalar xizmat ko’rsatish sohalarining online shaklda qanday ishlashi bo’yicha yetarli tushunchalar bilan xalq ichiga kirib borishimiz kerak. Targ’ib qilinayotgan masofaviy ximzat ko’rsatish tarmoqlaridan samarali foydalanish uchun chekka hududlarda mobil internet tarmoqlari yoki simli internet xizmatlari (GPON) asosiy ro’l o’ynaydi. Mobil Internet paketlariga barcha mobil aloqa vositalari ulanish imkoniyatiga ega ammo bu bir muncha qimmatroq hisoblanadi. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra MobiUz¹ aloqa kompaniyasida 1 GB internet narxi 11000 so’mni tashkil qiladi va shu tufayli ko’pchilik maqbulroq variant simli internet xizmatlaridan foydalanadi bu ancha arzonga tushadi. Hozirgi kunda O’zbekiston hududida eng arzon xizmatni Uzonline² internet xizmatlari taklif etadi narxlar esa cheksiz paketga 99000 dan boshlanadi. Lekin simli internet tarmog’iga (GPON) ulanish biroz murakkab ishdir. Kompaniyaga ariza bilan murojaat qilish, maxsus modem sotib olish va o’rnatish ishlarini o’z ichiga oladi. GPON tarmog`iga ulangach 1 ta xonadonda necha kishi yashayotgan bo`lsa barchasi undan foydalanishi mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda shahar hududlarida deyarli barcha xonadonlar GPON wifi tarmog’idan foydalanib kelmoqda deb ayta olamiz. Ammo ba`zi chekka qishloqlarni to’laligicha bu tarmoq bilan qamrab ola bilganimiz yoq. Lekin bu ishlar ustida uzluksiz ishlanmoqda shu ishlar samarasi o’laroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 22 may kuni “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi³ qarorni imzoladi. Qaror ijrosini taminash bo’yicha respublikamiz chekka hududlarida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
1. https://mobi.uz/uz/internet/mobile_internet/9837/
2. https://uztelecom.uz/ru/chastnym-litsam/internet-1/tarify-4
3. https://lex.uz/ru/docs/-4349339


Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling