Kalkulyatsiyalash
Download 303.18 Kb. Pdf ko'rish
|
8a-Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiyalash-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2–topshiriq.
8-amaliy mashg‘ulot: MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR TANNARXINI KALKULYATSIYALASH 1–topshiriq. Quyidagi mahsulotlari tannarxini aniqlang. Sut yo‘nalishidagi qoramolchilikda 1 sentner sut va 1 bosh buzoq tannarxini aniqlang: Chorvachilik kompleksida “Asosiy poda” analitik schyoti bo‘yicha jami xarajatlar 990565 ming so‘mni tashkil etdi. Joriy yilda 125 bosh sigirdan 3062,5 sentner sut, 93 bosh buzoq olingan. G‘o‘ngning normativ xarajatlar bo‘yicha qiymati 7450,0 ming so‘m. 1 sentner sut va 1 bosh buzoq tannarxini aniqlang? 1 sentner paxta xom-ashyosi tannarxini aniqlang: Xo‘jalikda 2490,7 sentner paxtani yetishtirish uchun 719517,0 ming so‘mlik xarajat qilingan. G‘o‘zapoyaning normativ xarajatlar bo‘yicha qiymati 5150,0 ming so‘m. 1 sentner paxta tannarxi necha so‘mni tashkil etadi? 1 sentner g‘alla tannarxini aniqlang: Xo‘jalikda yetishtirilgan jami g‘alla 2380 sentner. Don chiqiti (laboratoriya tahlili bo‘yicha 40% doni bor) – 32 sentner. Ushbu g‘allani yetishtirish uchun 397043 ming so‘m sarflangan. Undan tashqari 540 sentner somon (somonning normativ xarajatlar bo‘yicha qiymati 6015,5 ming so‘m) olingan. 2380 sentner sof g‘alla va 32 sentner don chiqitining tannarxini aniqlang? 2–topshiriq. O‘simlikchilik xarajatlari va mahsulot chiqishi hisobi bo‘yicha quyidagi operatsiyalar bo‘lib o‘tgan. T.r. Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni Summasi, ming so‘m Buxgalteriya provodkalari debet kredit 1. O‘simlikchilikning quyidagi tarmog‘i ishlovchilariga mehnat haqi hisoblandi: a) paxtachilik 752800 b) donli ekinlar 415200 d) sabzavotchilik 98600 Jami: 2. Hisoblangan mehnat haqidan 12% daromad solig‘i ushlandi: a) paxtachilik b) donli ekinlar d) sabzavotchilik Jami: 3. O‘simlikchilik tarmog‘i ekinlarini ekish uchun urug‘lik sarflandi: a) paxtachilik 37550 b) donli ekinlar 20690 d) sabzavotchilik 57890 Jami: 4. Quyidagi ekinlarni zararkunandalardan himoya qilish uchun tuman o‘simliklarni himoya qilish korxonasi xizmat ko‘rsatdi: a) paxtachilik 12561 b) donli ekinlar 11236 d) sabzavotchilik 9261 Jami: 5. Quyidagi ekinlarni oziqlantirish uchun mineral o‘g‘it sarflandi: a) paxtachilik 11236 b) donli ekinlar 4489 d) sabzavotchilik 2256 Jami: 6. O‘simlikchilikning quyidagi tarmoqlariga xizmat ko‘rsatgan traktorlarga yoqilg‘i sarflandi: a) paxtachilik 27985 b) donli ekinlar 21123 d) sabzavotchilik 12563 Jami: 7. O‘simlikchilik ekinlari hosili ixtiyoriy sug‘urta qilinib, quyidagilar xarajatiga qo‘shildi: a) paxtachilik 9145 b) donli ekinlar 7805 d) sabzavotchilik 3435 Jami: 8. Xo‘jalik yuk avtotransporti xizmati quyidagilar xarajatiga qo‘shildi: a) paxtachilik 8256 b) donli ekinlar 7245 d) sabzavotchilik 5258 Jami: 9. O‘simlikchilik umum ishlab chiqarish xarajati taqsimlanib, quyidagilar xarajatiga qo‘shildi: a) paxtachilik 6236 b) donli ekinlar 5998 d) sabzavotchilik 3459 Jami: 10. O‘simlikchilik tarmog‘idan yil davomida quyidagi mahsulotlar daromadga olindi: a) Paxtachilik bo‘yicha: – paxta, 8690 sn., 1 sn. reja tannarxi 240000 so‘m b) Donli ekinlar bo‘yicha: – don, 10300 sn., 1sn. reja tannarxi 165000 so‘m – don chiqiti, 1200 sn., 1sn. reja tannarxi 90000 so‘m tarkibida 40% don bor – somon, 1840 sn., 1sn. reja tannarxi 80000 so‘m d) Sabzavotchilik bo‘yicha: – pomidor, 750 sn.,1sn. reja tannarxi 130000 so‘m – piyoz, 970 sn., 1sn. reja tannarxi 90500 so‘m – karam, 600 sn., 1sn. reja tannarxi 102300 so‘m 12. O‘simlikchilik tarmog‘idan olingan mahsulotlar haqiqiy tannarxi aniqlanib, kalkulyatsiya farqi tegishli schyotlarda aks ettirildi: - paxta bo‘yicha (to‘liq sotilgan) –don bo‘yicha (to‘liq sotilgan) - don chiqiti bo‘yicha (chorva mollariga to‘liq berilgan) - pomidor (to‘liq sotilgan) - piyoz (xo‘jalik omborida saqlanmoqda) –karam (to‘liq sotilgan) Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan foydalanib aniqlang: 1.Xo‘jalik operatsiyalariga buxgalteriya provodkalari tuzing. 2.Xarajatlarni va olingan mahsulotni ishlab chiqarish hisobotida aks ettiring. 3.Mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlab, kalkulyatsiya farqini tegishli schyotlarda aks ettiring. Bunda, donli ekinlar bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish xarajati 32850,0 ming so‘m ekanligini hisobga oling. Sabzavotchilik mahsulotlari 1 sn.ni sotish baxolari to‘g‘risida ma’lumot: pomidor 180000 so‘m; piyoz 110000 so‘m; karam 150000 so‘m. Download 303.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling