Karbonat angidrid manbalari va uni tashib keltirish. Reja
Download 13.01 Kb.
|
5- Karbonat angidrid manbalari va uni tashib keltirish.
Karbonat angidrid manbalari va uni tashib keltirish.Reja:1. Karbonat angidridni qatlamning neftberuvchanligini oshirish maqsadida qo‘llash texnologiyasi. 2. Karbonat angidrid manbalari va uni tashib keltirish. CO2 ni qatlamga haydashda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar. Karbonat angidridni qatlamning neftberuvchanligini oshirish maqsadida qo‘llash texnologiyasi. Qatlamga karbonat angidrid haydash neftberuvchanlikni oshirishning eng samarali usullaridandir. Karbonat angidridni qatlamga haydash natijasida neft chiqarishda yuqori natijalarga erishmoq mumkin va eng muhimi bu usulning arzonligidir. CO2 ning neft qatlamiga haydalishi qatlam sharoitidagi suyuqliklarning qovushqoqligini keskin kamaytiradi. Chunonchi CO2 ning neftda erishi uning qovushqoqligini 10-500 % orasida kamaytirishi mumkin, qatlam harorati va bosimiga ham ta'sir qiladi. Neft tarkibida CO2 ning erishi uning hajmiy koeffitsientini 50 % oshirishi mumkin. Neft hajmining ortishi neft bilan band bo'lgan qovaklar hajmini ham oshiradi va ulardagi qarakatga foydali ta'sir ko'rsatadi. Neft qovushqoqligining kamayishi uning qarakatini osonlashtiradi, natijada neftni siqib chiqaruvchi suyuqlik kislota kamayadi. CO2 ning qatlam suvida erkin ( yahshi) erishi natijasida suvning qovushqoqligi ortib, neftning suvga nisbatan qarakatlanishi ortadi. CO2 qatlamda neft va suv o'rtasidagi sirt tarangligini kamaytiradi. YUqorida ta'rif qilingan hususiyatlar tavsiya qilingan usulning samaradorligidan dalolat beradi. Lekin CO2 ni qatlamga haydashning bir katta kamchiligi bor, u ham bo'lsa suvda erigan gaz katta qarakatchanlikka ega bo'lganligi uchun aksariyat siqib chiqaruvchi agentni yorib chiqishi mumkin va mo'ljaldagi ishga ziyon etkazadi. Neftni karbonat angidrit bilan siqib chiqarish qatlamni hamrashning yuqori ko'rsat gichi bilan ajraladi, hamda siqib chiqarish hususiyatining yuqoriligi bilan ahamiyatga molik. Karbonat angidritning suvda va neftda yahshi erishi eng yahshi hususiyat bo'lib, neftni siqib chiqarishga eng qulay sharoit yaratadi. Karbonat angidritning suvda va neftda yahshi erishi eng yahshi hususiyat bo'lib, neftni siqib chiqarishga eng qulay sharoit yaratadi. Gazning bu hususiyati neft tomchilarini qovak orasidan yuvib chiqishga va natijada ko'proq neftberuvchanlikka erishuvga olib keladi, qovakli sharoitni yuviluvchanligini oshiradi va shular natijasida qatlamdan siqib chiqariladigan neft miqdori ortadi. CO2 ning neftda eruvchanligi harorat va bosimga boqliq bulishi mumkin. Chunonchi, neftning bir hajmida CO2 ning yuzlab hajmi erishi mumkin. Boshqa sharoitlari bir hil bo'lgan holda CO2 S5-S7 neftlarida juda yahshi eriydi, smola mazutlari ko'p neftlarda uning erishi ancha yomonlashadi. haroratning oshuvi bosim o'zgarmagan holda CO2 ning neftda erishini kamaytiradi. Karbonat angidrit manbalari va uni tashib keltirish. CO2 ni qatlamga haydashda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar. CO2 qatlam suvlarida yahshi eriydi, lekin bu hususiyat biroz chegaralangandir Bunga albatta harorat bosim va suvning ta'siri ko'rsatadi. Mineralizaciya va harorat o'zgarmagan holda bosim ortishi bilan uning suvda erishligi ortadi. Mineralizaciya va bosim o'zgarmagan holda haroratning ortishi bilan CO2 ning suvda erishi bir hil bulmaydi. harorat va bosim o'zgarmagan holda suvning mineralizaciyasi ortishi bilan unda CO2 ning erishi pasayadi. CO2 ning suvdagi eritmasi karbonatlar bilan reakciyaga kirishib, ularni eritadi natijada kollektorning o'tkazuvchanligi ortadi, natijada haydovchi quduqlarning qabul kiluvchanlik hususiyati ortadi. Neftda CO2 ning erishi natijasida neftning qovushqoqligi harorat, bosim sharoitida 2-150 martagacha kamayishi mumkin. Bu hususiyat quyuq neftlarda yahshiroq seziladi. Shunday qilib CO2 neft, suv va tog jinslari ( kollektor ) bilan munosabatga kirishganda ularning fizika-kimyoviy hususiyatlarini o'zgartirish qobiliyatiga egadir. Neftberuvchanlik koeffitsientini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin: CO2 ni qatlamga haydab uning (qoshiyasini qosil qilish yoki suv bilan galma-gal haydab , suv va CO2 otorochkasi qoshiyasini) qosil qilish mumkin. gazsimon CO2 qoshiyasini qosil qilish, karbonlashgan suv haydash.(karbonlashgan suv- tarkibida 3-5 % CO2 mavjud bo'lgan suvdir) qatlamga CO2 ni haydash uchun undagi harorat, bosim va qatlamning neftga to'yinganlik darajasini bilish lozim bo'ladi. Ma'lumki CO2 + 310 S da va 4-7 Mpa bosim ostida suyuqlikka aylanadi. Agar qatlam suyuq CO2 faoliyat ko'rsatishini istasak bosim ko'rsatganimizdek, harorat esa +310 S dan ortiq bulmasligi kerak. qatlamning neftga to'yinganlik darajasi 30-40 % dan kam bo'lmasligi taqozo qilinadi. Ma'lumki asariyat neft uyumlarning harorati +31 Sdan yuqoridir. CO2 ni qatlamga haydash tehnologiyasi o'ziga hos bo'lib, unda haydovchi quduqlar karbonat angidritning taqsimlanish punkti, uglekislota nasos stanciyasining blok kollektori,iste'molchining boqlanish bo'lagi va mavjud suv haydash tizimi stanciyasi, suv bilan ta'minlanishning I ko'tarilish stanciyasi , tozalagich inshootlari, bosh nasos stanciyasi (II ko'targich) , bufer idishlari, bo'lakli kompressor nasos stanciyasi va taqsimlovchi joy. U yoki bu variantni tanlash va ishga tushirish konning konkret sharoitlari va ko'rsatgichlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi va ho’llanadi. Tekshirish uchun savollar Karbonat angidridni qatlamning neftberuvchanligini oshirish maqsadida qo‘llash texnologiyasi. Karbonat angidrit manbalari va uni tashib keltirish. CO2 ni qatlamga haydashda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar. Download 13.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling